logo

Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.6796875 KB
MAVZU:  Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari .
REJA:
1 .             Dunyo miqyosida ro‘y berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari.
2 .             Insoniyatga tahdidlar va ularni hal etishda hamkorlikning roli.
3 .             Xulq atvor strategiyasi va taktikasida subyektivlikning namoyon bo‘lishi.
4 .             Jamiyatning yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tishi.
5.      Globallashuvning obyektiv maqsadi.
  Globallashuvning   obyektiv   maqsadi   Hozirgi   kunda   dunyoda   ildam   qadamlar
bilan   o`zgarib   borayotgan,   tobora   insoniyat   olamini   o`z   domiga   tortib   va   ularning
hayotiga   chuqurroq   kirib,   milliy   madaniyati   va   ma`naviyatiga   ta`sir   etayotgan
globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu jarayon natijasida esa, turli tsivilizatsiyalar,
madaniyatlar  to`qnashuvi  sodir  bo`lib,  bir  qancha muammolarni keltirib  chiqarishi
oqibatida millatlar ma`naviyatiga tahdidlar solishiga sabab bo`lmoqda. Bu jarayonni
ijobiy va salbiy mohiyatini terang anglagan Prezidentimiz Islom Karimov muallifligi
asosida   joriy   yilda   “Ma`naviyat”   nashriyoti   tomonidan   chop   etilgan   “Yuksak
ma`naviyat-engilmas   kuch”   nomli   asarlarining   uchinchi   bobida   “globallashuv
jarayonlari   va   ma`naviy   tahdidlar”   misolida   alohida   to`xtalib   o`tganlar.
Prezidentimiz ushbu asarda globallashuv fenomeni haqida quyidagicha yondashib,
“bu  jarayon   mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik,  ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-
biologik   global   muhitning   shakllanishini   va   shu   bilan   birga,   mavjud   milliy   va
mintaqaviy   muammolarning   jahon   miqyosidagi   muammolarga   aylanib   borishini
ifoda etmoqda” o`z fikrlarni bildirib, masalani mohiyatini to`laroq ochib berganlar.
Keling,   shu   o`rinda   globallashuv   so`zi   o`zi   nima   ekanligi,   to`g`rirog`i   tub   lug`aviy
ma`nosini   aniqlab   olsak,   “Global”   atamasi   frantsuz   tilida   global-“umumiy”,   lotin
tilida   globus-“shar”   degan   ma`nolarni   anglatadi.   Y a `ni,   globallashuv   “hammasini
to`liq qamrab oluvchi” atama sifatida sharhlanishi mumkin. Global muammolarning
paydo  bo`lishi  globallashuv  kontseptsiyalarining  shakllanishiga olib  keldi.  Hatto  bu
jarayon natijasida umuminsoniy muammolarni o`rgatuvchi fan-globallashuv ( global
studies )   vujudga   keldi.   Bu   fan   markazida   ekologik,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy
muammolar turadi. “Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi
sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil
siyosiy   kuchlar   va   markazlarning   manfaatlariga   xizmat   qilayotganini   sog`lom
fikrlaydigan   har   qanday   odam,   albatta,   kuzatishi   muqarrar” [2] [17]
.   SHunday   bo`lsa
ham,   globallashuv   jarayoni   ta`siri   ostida   bu   immunni   yuzaga   chiqarishda   har   bir
davlatning   milliy   g`oya   va   mafkurasi   alohida   ahamiyatga   ega.   Albatta,   bunda,
mafkura negizi vatanga muhabbat, sadoqat, ishonch tuyg`ulariga yo`g`rilgan bo`lib,
ajdodlarning   asriy   orzusi   bo`lgan   tinchlik   va   osoyishtalik,   uni   asrab-avaylash,
mustahkamlash   hamda   asrlar   osha   davom   etib   kelayotgan   urf-odatlarimiz,
qadriyatlarimiz,   an`analarimizni   kelajak   avlodlarigacha   etib   borishini   ta`minlash,
maqsadiga qurilgan bo`lgandagina, mafkuraviy immunitet yuzaga chiqadi.
So`nggi paytlarda, ayrim ko`zga ko`ringan g`arb mamlakatlari o`z maqsadlariga
erishish   yo`lida   halqaro   huquq   me`yorlarini   buzib,   davlat   va   xalqlarning
suverenitetiga   qarshi   chiqib,   jahonda   o`z   tartiblarini   o`rnatishni   faollashtirib
bormoqdalar.   Bunga   Iroq   va   Afg`onistonda   olib   borilgan   urushlar,   Qirg`iziston   va
O`zbekistondagi   inqilobiy   harakatlar   yoki   bo`lmasa   yaqin   kunlarda   sodir   bo`lgan
Gruziya va Janubiy Asetiya o`rtasidagi ixtiloflar yaqqol misol bo`la oladi. G`arbning
bu   agressiv   siyosatiga   hech   qanday   halqaro   tashkilot   yoki   davlat   to`sqinlik   qila
olmadi.
Y u qorida keltirilgan mantiqiy xulosalardan so`ng, dono o`zbek halqimiz ta`biri
bilan   aytganda,   guruch   kurmaksiz   bo`lmaydi   albatta.   Globallashuv   jarayoni   ham
xuddi shunday, ya`ni, uning kamchilik tomoni bo`lgani kabi yutuq tomonlari bo`lishi
tabiiydir.
Nega   deganda,   globallashuv   jarayoni   ta`siri   mamlakatlar   bir   qancha
muvaffaqiyatlarga   erishmoqdalar.   YA`ni,   ma`lum   maqsadlar   yo`lida,   iqtisodiy,
ijtimoiy,   siyosiy   hamkorlik   yo`lini   tutudilar.   Bu   esa,   davlatlar,   mintaqalar   o`rtasida
integratsiya   jarayonlarini   kuchayishi,   halqaro   munosabatlarni   shakllanishi,
ekologiyani   buzilishi   natijasida   yuzaga   kelgan   tabiiy   ofatlar   mahsuli   talofatlar
vaqtida o`zaro ijtimoiy yordamlarni ko`rsatilishi yoki jahonshumul muammo sifatida
qaralishi,   ilm-fan   yutuqlarini   tezlik   bilan   dunyoning   har   bir   eriga   etib   borish   va
rivojlanishi, xavfsizliklarga birgalikda kurash olib borilishiga sabab bo`lmoqda.
Bundan qizig`i shundaki, globallashuv jarayoni dunyoning har soniyada sergak
turishini ta`minlaydi. CHunki,  bugungi kunda ogohlik davr talabi  hisoblanadi. Biror hududda sodir bo`lgan voqea va hodisa, yuzaga kelgan muammo bugun kelib bizda
ham namoyon bo`lishi muqarrardir.
Globallashuvning ijobiy tomonlari:
·                   Jahondagi xalqlarning tinchlik uchun kurashi;
·                   Turli   hil   mamlakatlarning   iqtisod-siyosat,   fan-texnika,   madaniyat,
ta’lim va boshqa sohalardagi xamkorlik;
·                   Qurollanish poygasiga qarshi kurash;
·                   Terrorizm va giyoxvandlikka qarshi kurash;
·                   YUqumli kasalliklar epidemiyalariga qarshi kurash;
·                   Tabiiy   ofatlar   ya’ni   zil-zila,   suv   toshqinlari,   yong‘inlar,   vulqon
otilishi,   sunami   va   boshqalardan   zarar   ko‘rgan   aholiga   boshqa
mamlakatlarning beg‘araz yordami.
Globallashuvning salbiy tomonlari:
·                   Ekologik   muammolar   ya’ni   ozon   teshiklari   er   xaroratining   oshib
borishi, o‘rmonlarining kamayishi, ya’ni cho‘l va saxrolarning paydo bo‘lishi,
orol dengizi fojiasi va boshqalar;
·                   Turli   mamlakatlarga   kasallik   epidemiyalarini   tarqalishi,   ayniqsa
OITS;
·                   Terrorizm va giyoxvandlikning oshishi;
·                   Ommaviy ma’naviyat tahdidi.
·                   Qurol   va   giyoxvand   moddalar   savdosining   kengayishi   va
boshqalar.
 
Inson   va   insoniyat   hayotining   har   bir   davri,   yili,   kuni,   daqiqalari   o`z   qadr
qimmati, ma`nosi va murakkab muammolariga ega. Lekin bugungi kunda insoniyat
boshdan   kechirayotgan   davr   mutloq   o`zgacha   ,   mislsiz   murakkab   va   ziddiyatli.
CHunki, ayni shu davrga  kelib insoniyat  hayotida  muayyan bir davr o`z xotimasiga
etib,   yangi   davr   boshlanayotganini   ko`rsatadigan   misli   ko`rilmagan   o`zgarishlar sodir   bo`lmoqda,   butun   insoniyat   taqdiriga   bevosita   ta`sir   etuvchi   murakkab   va
keskin   muammolarni   echish   zarurati   vujudga   keloqda.   Bu   davr   muammolarining
murakkab   o`ziga   xosligi   shundaki,   unda   nafaqat   ayrim   mamlakatlar,   davlatlar,
mintaqalarning ayrim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va b. muammolari va xatto nafaqat
G`arb   yoki   SHarq   tsivilizatsiyalariga   oid   umumiy   muammolar,   balki   butun
insoniyatga   va   uning   hayotining   barcha   tomonlariga   oid   murakkab   va
umumbashariy   muammolar   keskin   ko`ndalang   bo`lmoqda.   Bugungi   kunda   butun
insoniyat   hayoti   va   mamoti   masalasini   qamrab   olgan   global   muammolar   misli
ko`rilmagan   dolzarbligi   va   keskinligi   bilan   maydonga   chiqarkan,   bu   vaziyat   avvalo
G`arb   va   SHarq   tsivilizatsiyalari   ma`anaviy   qadriyatlarini   davr   tarozusiga
qo`yilmoqda.
Masalaning   behad   keskinligi   va   dolzarbligi   atrof   tabiatda   sordir   bo`layotgan
inqirozli ahvolda (katastrofalarda) ham, siyosiy alg`ov-dalg`ovlarda ham, ijtimoiy va
iqtisodiy krizis vaziyatlarida ham, kichik bir oilaning bola tarbiyasi yoki sog`liq bilan
bog`liq   muammolarida   ham   har   qadamda   ochiq-oydin   namoyon   bo`lmoqda.
Bunday   sharoitda   harqanday   inson   oxirzamon   haqida,   o`z   hayotining   ma`no   va
maqsadi   haqida   chuqur   o`yga   tolishi   tabiiy.   Bunday   sharoitda,   kema   xalokatga
uchrayotgan xolatida bo`lgani kabi ko`pchilik taxlikada, o`zini har yoqqa urmoqda.
Kimdir o`z vaandoshlarni qullikka sotib bo`lsa ham, jon jahdi bilan boylikka intiladi.
Zero nazarida uni faqat boylik qutqaradi. Kimdir zo`r berib hukmronlik martabalari
bo`ylab   tinimsiz   yuqoriga   ko`tarilish   yo`lini   izlaydi.   Go`yo   yuqori   martabaning
mas`uliyati kamday. Kimdir maishatga intiladi. Kimdir bu sharoitdan qutulish yo`lini
topa olmay, tushkunlikka tushadi, xastalanadi. Lekin mamlakat hayoti uchun jiddiy
mas`uliyat   hissini   tuygan   davlat   rahbariyatining,   chin   ma`nodagi   ziyolilarning,
avvalo,   faylasufning   boshqalar   tutgan   yo`ldan   borishga   haqi   yo`q.   Zero   ,   faylasuf
chindan ham faylasuflikka da`vo qilsa, u yashash hikmatini, ya`ni to`g`ri yo`lni bilgan
va boshqalarga uni ko`rsata oladigan odam hisoblanadi.
Globallashuv   hodisasiga   kim   qanday   (ijobiy   yoki   salbiy)   munosabatda
bo`lishidan   qat`iy   nazar   bu   jarayon   hozirgi   davrda   avj   olmoqda   va   ijtimoiy
munosabatlarda o`z aksini topmoqda. SHunga qaramasdan har qanday ongli inson
globallashuvning   ma`no   va   mohiyati   nimada,   globallashuv   inson   va   insoniyatga
nima   beradi,   bu   uning   kelajak   taqdiriga   qanday   ta`sir   etadi,   globallashuvning
mevasi   bo`lgan   umumbashariy   tartibsizlanish   (xaos)   sharoitida   inson,   jamiyat,
davlatlar   to`g`ri   yo`lni   qanday   topishi   mumkin   kabi   savollarga   tinimsiz   javob
izlashiga   to`g`ri   kelmoqda.   CHunki   ,   bu   jarayon   ham   yaratish,   ham   vayronkorlik
keltiradigan   ziddiyatli   jarayon   ekani   endilikda   yuzaki   qarashdayoq   ko`rinib   turipti. Agar   bu   globallashuv   dunyoda   har   biri   o`z   qonuniy   “men”iga   ega   bo`lgan
tengxuquqli millatlarlarning hamjihat YAgona Umumiy Fikri , Yagona Umumiy Ezgu
tuyg`ulari,   YAgona   Umumiy   Irodasining   shaklanishi   yo`lidan   ketayotgan   bo`lsa,   u
holda   insoniyat,   qanchalar   qiyin   bo`lsa   hamki,   unga   shaksiz   shubhasiz   va   tinimsiz
intilishi   joiz.   Zero   bu   Yagona   ilohiy   hikmatning   idealidir.   Lekin,   jahon   ijtimoiy
sahnasida   namoyon   bo`layotgan   hozirgi   hodisalar   -   rivojlangan   mamlakatlar   olib
borayotgan  globallashuv  siyosatining  rivojlanayotgan  mamlakatlarga  etkazayotgan
turli   zararlari,   ularning   ikkiyuzlamachiligi,   xususan,   yordam   berish   bahonasida
ularning tovar va resurs bozorlarini ochishga majbur qilib, o`z bozorlarini esa yopiq
saqlashlari,   umuman,   jahon   savdo   tizimidagi   barcha   adolatsizliklar   hozirgi
globallashuv yuqorida nazarda tutilgan yuksak ma`nodagi globallashuv emas, balki
buning   aksi   -   tor   manfaatparastlardan   tashkil   topgan   egoelitar   guruhning   butun
dunyo   boyligiga   ega   bo`lishga   intilishi   yo`lida   dunyo   xalqini   eng   boylar   va   eng
qashshoqlarga   ajralib   ketishiga,   qashshoqlarga   nisbatan   “oltin   milliard”   genotsid
siyosatining   olib   borilishida,   milliy   o`zlik   o`rniga   xalqaro   ziddiyatlar   va   terrorchilik
olovi   yondirilayotganida   va   shu   kabi   ko`plab   hollarda   yuz   ochayotgan   o`ta   salbiy
jarayon ekanini ko`rsatmoqda.
Ko`pchilik   olimlar   globallashuvning   dastlabki   paytlarida   masalaning   asl
mohiyatini   yaxshi   tasavvur   eta   olmaganlari   uchun   globallashuvga   erkin   savdo
yo`lidagi   to`siqlarni   olib   tashlaydigan   va   barcha   milliy   iqtisodiyotlarni   jamul   jam
qiladigan (integrallaydigan) ijobiy hodisa deb qaragan edilar. Lekin, bugungi kunda
bu   globallashuv   faqat   rivojlangan   mamlakatlarga   foyda   keltirib,   rivojlanyotgan
mamlakatlarga, ayniqsa, juda kambag`al mamlakatlarga inqiroz olib keluvchi hodisa
ekani   ma`lum   bo`ldi.   Bu,   rus   faylasufi   I.I.Belyaevning   ta`kidlashicha,
globallashuvning   keyingi   mamlakatlarga   nisbatan   genotsid   quroli   bo`lib   xizmat
qilayotganini ko`rsatadi. 
Ushbu fikr va mulohazalar hozirgi globallashuvning mohiyatini falsafiy jihatdan
yoritish   zaruratini   vujudga   keltiradi.   Bu   borada   oxirgi   o`n   yilliklar   mobaynida   olib
borilgan   kuzatish   va   izlanishlar   nihoyatda   ziddiyatlidir.   Bizningcha,   hozir
kuzatilayotgan globallashuv va deyarli barcha global krizislar, ko`pchilik faylasuf va
siyosatchilar to`g`ri xulosaga kelayotganlariday, aslida XX asrning 70 yillarida yuzaga
chiqqan   G`arb   tsivilizatsiyasining   yalpi   krizisi   bilan   bog`liq.   Bu   krizisning   o`zi   esa
XU11   -   XU11   asrlardagi   Ma`rifatchilik   harakatining   G`arb   industrial   jamiyatiga
bergan impul`si (ta`sir kuchi) tamom bo`lganini, uning ta`siri ostida jamiyat katta bir
tarixiy   davrni   bosib   o`tib   bo`lganini   va   endilikda   u   o`z   taraqqiyot   imkoniyatlarini
batamom sarflab bo`linganini bildiradi. Yuqorida   sanab   o`tilgan   global   krizislarning   fonida   ikki   jiddiy   krizis   -   asosiy
energiya   Resurslarining   tamom   bo`layotgani   va   kapital   substantsional   shaklining
funktsional-informatsion   shakl   bilan   almashgani   bilan   qo`shilib,   endilikda
kapitalistik   xo`jalik   mexanizmi   avvalgiday   qola   olmasligini,   uning
transformatsiyalanishi davri kelganini bildiruvchi krizis sodir bo`lgan edi.
O`z   tsivilizatsiyaning   keyingi   taqdiri,   kelajagi   muammolari   bo`yicha   intensiv
izlanishlar olib borgan G`arb faylasuflari, madaniyatshunoslari va jamiyatshunoslari
endilikda   kapitalizmning   industrial   taraqqiyot   tsikli   tamom   bo`lgani   haqidagi
xulosaga   kelgan   edilar.   XX   asr   oxiri   va   XX1   asr   boshlari   G`arb   ijtimoiy-ma`naviy
hayotini xarakterlashda “post” birikmasi qo`shib ishlatilayotgan tushunchalar rang-
barangligi,   masalan,   postiqtisodiy,   postindustrial,   postmodern,   postkapitalistik,
postpozitivistik,   posttarixiy   va   h.k.   aslida   G`arb   tsivilizatsiyasining   so`nish   pallasi,
“kuz fasli” kelganini ifodalovchi tushunchalar edi. Zero, G`arb futurologlari endi bu
tsivilizatsiyaning   kelajagi   qanday   bo`lishini   bashorat   qila   olmay   qolgan   edilar,   -
degan edi bu haqida U.Deyzard.  
  Rus faylasufi L.V.Leskovning tushuntirishicha ham
kapitalistik   formatsiya   evolyutsiyasining   dasturi   yakun   topgan   ,   ya`ni   endi   u
rivojlanish   stimullariga   ega   bo`lmay   qolgan   edi.   “Kapitalistik   formatsiya   o`z
mavjudligi mobaynida ko`p krizislarni boshdan kechirgan , - deydi U. - Lekin oxirgi
krizisning avvalgilaridan farqi shundaki, avvalgilarini kapitalistik xo`jalik yuritish ichki
strukturasini   qayta   tashkillash   orqali   bartaraf   etish   mumkin   bo`lib   kelgan   bo`lsa,
keyingisini   butun   sistemaning   o`ziga   taalluqli   bo`lgani   uchun,   uni   (bu   yo`l   bilan)
bartaraf   etib   bo`lmas   edi.”     Demak,   endilikda   uning   “faqat   postindustrial,   yoki
postiqtisodiy   tsivilizatsiyaga   va   integrallashgan   ijtimoiy-madaniy   tizimga   o`tishi
imkoniyatigina qolgan edi”   deydi uning fikrini davom ettirganday YAkovets YU.B.
Ko`pchilik   mutafakkirlar,   xususan,   rus   faylasuflari   va   siyosatshunoslari   hozirgi
davrning   aksariyat   global   muammolari,   shu   jumladan   sotsialistik   tizimning
mag`lubiyati, ya`ni sobiq Ittifoqning parchalanishi ham G`arb peshvolari o`z tizimini
krizisidan chiqarish maqsadida tanlagan yo`lning natijasi ekani haqida, bizningcha,
to`g`ri  fikrlarni  oldinga surdilar.  Masalan,  A.Kuz`mich   o`zining  maqolasida  “bizdagi
qayta   qurish   –   jahondagi   qayta   qurishning   bir   qismi.   Xomashyo   va   energiya
tanqisligi   bozir   iqtisodiyotiga   ega   bo`lgan   rivojlangan   mamlakatlarga   qanday   xavf-
xatarlar olib kelishi mumkinligini ko`rstatib bergan 1973 yil krizisi qayta qurishning
birinchi   bosqichi   edi”   deb   yozgan   edi.   F.Fukuyamaning   shu   muammoga   maxsus
bag`ishlab   yozgan   kitobida   bu   fikr   yaxshi   ochib   berilgan.   Lekin,   biz   bu   erda
sotsialistik   tizimning   mag`lubiyatga   uchrashida   faqat   shu   tashqi,   G`arb   ta`sirigina
emas, balki  uning   o`z  ichki  krizisi  ham  katta  rol  o`ynaganini hisobga  olish  joiz  deb o`ylaymiz. Ammo bu masala maxsus ishlarda yoritilgani, shuningdek yanada maxsus
va   chuqur   yoritilishi   taqozo   etiladigan   masala   bo`lgani   uchun   biz   unga   boshqa
to`xtalmaymiz.   Ammo   SSSRning   parchalanishi   olamshumul   krizisni   boshdan
kechirib   turgan   G`arb   tizimining   manfaatlariga   muvofiq   kelgani   shubhasiz.   Zero,
ayni   shu   davrda   G`arb   futurologlari   u   erda   tsivilizatsiya   katta   xavf   ostida   ekani
haqidagi   xulosalarga   kelgan   edilar.   Masalan,   postindustrializmga   bag`ishlab
yozilgan kitoblardan birining muallifi, fransuz sotsiologi Alen Turen “Xavf mavjudligi
shubhasiz.   To`kin-sochin   yashashga   odatlanib   qolgan   bizning   jamiyatimiz   o`zligini
saqlab   qolish   qayg`usida   xuddi   SHarqiy   Rim   imperiyasida   bo`lgani   kabi   tobora
inqiroz sari cho`kib borayotgani ko`rinib turipti,”    deb yozgan edi.
Kelgusi   jarayonlar   bu   siljishning   mohiyatini   yanada   aniqroq   ko`rsatmoqda.
AQSH  rahbarligi  ostida amalga  oshirilayotgan globallashuv  jahon iqtisodiy  tizimini,
xalqaro xuquqni, madaniyatni va millat va elatlar statusini tubdan o`zgartirish orqali
taraqqiyot   paradigmasini   o`zgartirishga,   dunyoda   shu   yangi   mafkuraga   muvofiq
yangi   tartib   o`rnatishga   urinishning   natijasidir.  
U   tez   orada   hammaga   taalluqli
muhim ahamiyat kasb eta boshladi. CHunki, endilikda barcha madaniyatlar o`zligini
saqlash   uchun   modernlashishga,   ya`ni   modernlashgan   G`arb   institutlari   va
texnologiyalarini o`z hayotlariga joriy etishga majbur bo`lgan edilar.
G`arb   mafkurachilari   globallashuv   barcha   mamlakat   va   xalqlarni
jipslashtiradigan   progressiv   jarayon   ekani,   agar   rivojlanayotgan   mamlakatlar
taraqqiy   etishni   kambag`allikdan   qutulishni   istasalar   ularning   rejalariga   amal
qilishlari   kerakligi,   buning   uchun   hech   qanday   davlatlar   aralashmaydigan   erkin
umumiy bozorlar tashkil etilishi ko`p ijobiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi fikrlarni
oldinga suradilar.
CHindan   ham   neolberalistik   fundamentalizm   siyosati   iqtisodiy   globallashuv
orqali jahon iqtisodiy tizimini, xalqaro huquq tartibotini hamda millat va xalqlarning
madaniyati   va   statusini   o`zgartirish   yo`li   bilan   butun   insoniyatni   ikki   katta   irqqa   –
o`ta   boylar   va   o`ta   kambag`allar   irqiga   ajralib   ketishiga   olib   kelmoqda.   Tabiiyki,
buning   oqibatida   hech   bir   millat,   mamlakat,   xalq   o`zligini   saqlab   qola   olmaydigan
yangi tartiblashuv vujudga kelmoqda.
Yangi   tartiblashuv   tufayli   transnatsional   korporatsiyalarning   (TNK)   jahon
iqtisodiy   tizimi   xo`jayinlari   bo`lib   olganlari   ham   shu   xulosani   dalillashga   xizmat
qiladi.   Ma`lumki,   TNK   jahondagi   ishlab   chiqarish   fondlarining   asosiy   qismini   va
moliya   oqimini,   shuningdek,   amalda   butun   yuqori   texnologiyalar   potentsialini   o`z nazoratlari   ostiga   olganlar.   Ayni   shu   sharoitda   insoniyat   intellektual   va   tabiiy
resurslarini   “so`rib   oladigan   nasos”   ishga   tushirilgan,   endilikda   bu   resurslar   ishlab
chiqarish   yaxshi   rivojlangan   mamlakatlarga   osongina   oqib   o`taveradi.   Natijada
boylarning   yanada   boyishi,   kambag`allarning   esa   yanada   qashshoqlashishi
kuzatiladi. TNK esa o`z iqtisodiy manfaatlarini cheklashni aslo istamaydilar. 
Rossiya siyosatchilaridan  va ziyolilaridan  bir qismi  90 yillarda yangi liberalizm
va   Yevropamarkazchilik   mafkurasi   ta`sirida   ushbu   utopiyani   qabul  qilgan   va   uning
targ`ibotchilariga   ham   aylangan   edi.     Rossiya   siyosiy   agentligi   yangiliklarida   o`z
izlanish   natijalarini   e`lon   qilgan   S.Batchikov   ham   “90   yillarda   neoliberal
globallashtirish   tashviqotiga   berilgan   rus   siyosatchilar   va   ziyolilarining   bir   qismi
etakchi G`arb sotsiologlarining bu boradagi faktlarni aytmay kelishganida ayblaydi.
Lekin,   umuman   olganda,   BMT   ma`lumotlariga   ko`ra   ham   Erda   bor   xomashyo
miqdori   va   energiya   resurslari   (optimal   ishlatilsa)   faqat   1   mlrd   kishi   uchun   etarli.
Vaholanki, 2000 yil va undan keyin aholi soni 8 mlrd. dan oshishi kutiladi. Bundan
tabiiy ravishda o`sha “oltin milliard”ning AQSH, YAponiya, IHMlariga kiruvchilardan
tashkil topishi, asosiy xomashyo va energiya manbalarining egalari bo`lgan qolgan
mamlakatlarning   aholisi   esa   yuqoridagilarning   koloniyalariga   aylanishi   haqidagi
xulosa kelib chiqadi.
G`arb   mutaxassis   olimlari   shularni   nazarda   tutib   va   qolgan   7   mlrd.   aholini
tizginda   tutib   turish   mumkin   emasligini   hisobga   olib,   XX   asrning   90   yillarida
davlatlarni “internatsionallashtirish va ularni bir biri bilan bog`lash” deb nomlangan
yangi   nazariyani   ishlab   chiqdilar.   Bu   nazariya   mohiyatan   kapitalni,   tovarlarni   va
ishchi kuchini, oxir oqibatda esa butun xomashyoni ham yagona markaz tomonidan
taqsimlanishi   yo`lga   qo`yiladigan   va   bu   ishda   TNKning   xalqaro   qurolli   kuchlari
“tartib va barqarorlik” o`rnatadigan jahon markazini yaratishni ko`zda tutadi. Uning
amaliy   dasturi   esa   Erning   tabiiy   va   energetik   resurslari   ustidan   nazorat   qilishni
jahonning   sanoat-moliyaviy   elitasi   qo`liga   topshirishni   ko`zda   tutadi,   davlatlarning
o`z   tabiiy   boyliklariga   bo`lgan   suverenitetini   bekor   qiladi,   ya`ni   diplomatlar
xomashyolarning   milliy   “uylar”ga   tarqalib   ketishi   xavfini   olish   maqsadini   oldinga
suradi.

MAVZU: Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari . REJA: 1 . Dunyo miqyosida ro‘y berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari. 2 . Insoniyatga tahdidlar va ularni hal etishda hamkorlikning roli. 3 . Xulq atvor strategiyasi va taktikasida subyektivlikning namoyon bo‘lishi. 4 . Jamiyatning yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tishi. 5. Globallashuvning obyektiv maqsadi. Globallashuvning obyektiv maqsadi Hozirgi kunda dunyoda ildam qadamlar bilan o`zgarib borayotgan, tobora insoniyat olamini o`z domiga tortib va ularning hayotiga chuqurroq kirib, milliy madaniyati va ma`naviyatiga ta`sir etayotgan globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu jarayon natijasida esa, turli tsivilizatsiyalar, madaniyatlar to`qnashuvi sodir bo`lib, bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi oqibatida millatlar ma`naviyatiga tahdidlar solishiga sabab bo`lmoqda. Bu jarayonni ijobiy va salbiy mohiyatini terang anglagan Prezidentimiz Islom Karimov muallifligi asosida joriy yilda “Ma`naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch” nomli asarlarining uchinchi bobida “globallashuv jarayonlari va ma`naviy tahdidlar” misolida alohida to`xtalib o`tganlar. Prezidentimiz ushbu asarda globallashuv fenomeni haqida quyidagicha yondashib, “bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy- biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda” o`z fikrlarni bildirib, masalani mohiyatini to`laroq ochib berganlar. Keling, shu o`rinda globallashuv so`zi o`zi nima ekanligi, to`g`rirog`i tub lug`aviy ma`nosini aniqlab olsak, “Global” atamasi frantsuz tilida global-“umumiy”, lotin tilida globus-“shar” degan ma`nolarni anglatadi. Y a `ni, globallashuv “hammasini to`liq qamrab oluvchi” atama sifatida sharhlanishi mumkin. Global muammolarning paydo bo`lishi globallashuv kontseptsiyalarining shakllanishiga olib keldi. Hatto bu jarayon natijasida umuminsoniy muammolarni o`rgatuvchi fan-globallashuv ( global studies ) vujudga keldi. Bu fan markazida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar turadi.

“Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar” [2] [17] . SHunday bo`lsa ham, globallashuv jarayoni ta`siri ostida bu immunni yuzaga chiqarishda har bir davlatning milliy g`oya va mafkurasi alohida ahamiyatga ega. Albatta, bunda, mafkura negizi vatanga muhabbat, sadoqat, ishonch tuyg`ulariga yo`g`rilgan bo`lib, ajdodlarning asriy orzusi bo`lgan tinchlik va osoyishtalik, uni asrab-avaylash, mustahkamlash hamda asrlar osha davom etib kelayotgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an`analarimizni kelajak avlodlarigacha etib borishini ta`minlash, maqsadiga qurilgan bo`lgandagina, mafkuraviy immunitet yuzaga chiqadi. So`nggi paytlarda, ayrim ko`zga ko`ringan g`arb mamlakatlari o`z maqsadlariga erishish yo`lida halqaro huquq me`yorlarini buzib, davlat va xalqlarning suverenitetiga qarshi chiqib, jahonda o`z tartiblarini o`rnatishni faollashtirib bormoqdalar. Bunga Iroq va Afg`onistonda olib borilgan urushlar, Qirg`iziston va O`zbekistondagi inqilobiy harakatlar yoki bo`lmasa yaqin kunlarda sodir bo`lgan Gruziya va Janubiy Asetiya o`rtasidagi ixtiloflar yaqqol misol bo`la oladi. G`arbning bu agressiv siyosatiga hech qanday halqaro tashkilot yoki davlat to`sqinlik qila olmadi. Y u qorida keltirilgan mantiqiy xulosalardan so`ng, dono o`zbek halqimiz ta`biri bilan aytganda, guruch kurmaksiz bo`lmaydi albatta. Globallashuv jarayoni ham xuddi shunday, ya`ni, uning kamchilik tomoni bo`lgani kabi yutuq tomonlari bo`lishi tabiiydir. Nega deganda, globallashuv jarayoni ta`siri mamlakatlar bir qancha muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. YA`ni, ma`lum maqsadlar yo`lida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamkorlik yo`lini tutudilar. Bu esa, davlatlar, mintaqalar o`rtasida integratsiya jarayonlarini kuchayishi, halqaro munosabatlarni shakllanishi, ekologiyani buzilishi natijasida yuzaga kelgan tabiiy ofatlar mahsuli talofatlar vaqtida o`zaro ijtimoiy yordamlarni ko`rsatilishi yoki jahonshumul muammo sifatida qaralishi, ilm-fan yutuqlarini tezlik bilan dunyoning har bir eriga etib borish va rivojlanishi, xavfsizliklarga birgalikda kurash olib borilishiga sabab bo`lmoqda. Bundan qizig`i shundaki, globallashuv jarayoni dunyoning har soniyada sergak turishini ta`minlaydi. CHunki, bugungi kunda ogohlik davr talabi hisoblanadi. Biror

hududda sodir bo`lgan voqea va hodisa, yuzaga kelgan muammo bugun kelib bizda ham namoyon bo`lishi muqarrardir. Globallashuvning ijobiy tomonlari: · Jahondagi xalqlarning tinchlik uchun kurashi; · Turli hil mamlakatlarning iqtisod-siyosat, fan-texnika, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalardagi xamkorlik; · Qurollanish poygasiga qarshi kurash; · Terrorizm va giyoxvandlikka qarshi kurash; · YUqumli kasalliklar epidemiyalariga qarshi kurash; · Tabiiy ofatlar ya’ni zil-zila, suv toshqinlari, yong‘inlar, vulqon otilishi, sunami va boshqalardan zarar ko‘rgan aholiga boshqa mamlakatlarning beg‘araz yordami. Globallashuvning salbiy tomonlari: · Ekologik muammolar ya’ni ozon teshiklari er xaroratining oshib borishi, o‘rmonlarining kamayishi, ya’ni cho‘l va saxrolarning paydo bo‘lishi, orol dengizi fojiasi va boshqalar; · Turli mamlakatlarga kasallik epidemiyalarini tarqalishi, ayniqsa OITS; · Terrorizm va giyoxvandlikning oshishi; · Ommaviy ma’naviyat tahdidi. · Qurol va giyoxvand moddalar savdosining kengayishi va boshqalar. Inson va insoniyat hayotining har bir davri, yili, kuni, daqiqalari o`z qadr qimmati, ma`nosi va murakkab muammolariga ega. Lekin bugungi kunda insoniyat boshdan kechirayotgan davr mutloq o`zgacha , mislsiz murakkab va ziddiyatli. CHunki, ayni shu davrga kelib insoniyat hayotida muayyan bir davr o`z xotimasiga etib, yangi davr boshlanayotganini ko`rsatadigan misli ko`rilmagan o`zgarishlar

sodir bo`lmoqda, butun insoniyat taqdiriga bevosita ta`sir etuvchi murakkab va keskin muammolarni echish zarurati vujudga keloqda. Bu davr muammolarining murakkab o`ziga xosligi shundaki, unda nafaqat ayrim mamlakatlar, davlatlar, mintaqalarning ayrim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va b. muammolari va xatto nafaqat G`arb yoki SHarq tsivilizatsiyalariga oid umumiy muammolar, balki butun insoniyatga va uning hayotining barcha tomonlariga oid murakkab va umumbashariy muammolar keskin ko`ndalang bo`lmoqda. Bugungi kunda butun insoniyat hayoti va mamoti masalasini qamrab olgan global muammolar misli ko`rilmagan dolzarbligi va keskinligi bilan maydonga chiqarkan, bu vaziyat avvalo G`arb va SHarq tsivilizatsiyalari ma`anaviy qadriyatlarini davr tarozusiga qo`yilmoqda. Masalaning behad keskinligi va dolzarbligi atrof tabiatda sordir bo`layotgan inqirozli ahvolda (katastrofalarda) ham, siyosiy alg`ov-dalg`ovlarda ham, ijtimoiy va iqtisodiy krizis vaziyatlarida ham, kichik bir oilaning bola tarbiyasi yoki sog`liq bilan bog`liq muammolarida ham har qadamda ochiq-oydin namoyon bo`lmoqda. Bunday sharoitda harqanday inson oxirzamon haqida, o`z hayotining ma`no va maqsadi haqida chuqur o`yga tolishi tabiiy. Bunday sharoitda, kema xalokatga uchrayotgan xolatida bo`lgani kabi ko`pchilik taxlikada, o`zini har yoqqa urmoqda. Kimdir o`z vaandoshlarni qullikka sotib bo`lsa ham, jon jahdi bilan boylikka intiladi. Zero nazarida uni faqat boylik qutqaradi. Kimdir zo`r berib hukmronlik martabalari bo`ylab tinimsiz yuqoriga ko`tarilish yo`lini izlaydi. Go`yo yuqori martabaning mas`uliyati kamday. Kimdir maishatga intiladi. Kimdir bu sharoitdan qutulish yo`lini topa olmay, tushkunlikka tushadi, xastalanadi. Lekin mamlakat hayoti uchun jiddiy mas`uliyat hissini tuygan davlat rahbariyatining, chin ma`nodagi ziyolilarning, avvalo, faylasufning boshqalar tutgan yo`ldan borishga haqi yo`q. Zero , faylasuf chindan ham faylasuflikka da`vo qilsa, u yashash hikmatini, ya`ni to`g`ri yo`lni bilgan va boshqalarga uni ko`rsata oladigan odam hisoblanadi. Globallashuv hodisasiga kim qanday (ijobiy yoki salbiy) munosabatda bo`lishidan qat`iy nazar bu jarayon hozirgi davrda avj olmoqda va ijtimoiy munosabatlarda o`z aksini topmoqda. SHunga qaramasdan har qanday ongli inson globallashuvning ma`no va mohiyati nimada, globallashuv inson va insoniyatga nima beradi, bu uning kelajak taqdiriga qanday ta`sir etadi, globallashuvning mevasi bo`lgan umumbashariy tartibsizlanish (xaos) sharoitida inson, jamiyat, davlatlar to`g`ri yo`lni qanday topishi mumkin kabi savollarga tinimsiz javob izlashiga to`g`ri kelmoqda. CHunki , bu jarayon ham yaratish, ham vayronkorlik keltiradigan ziddiyatli jarayon ekani endilikda yuzaki qarashdayoq ko`rinib turipti.

Agar bu globallashuv dunyoda har biri o`z qonuniy “men”iga ega bo`lgan tengxuquqli millatlarlarning hamjihat YAgona Umumiy Fikri , Yagona Umumiy Ezgu tuyg`ulari, YAgona Umumiy Irodasining shaklanishi yo`lidan ketayotgan bo`lsa, u holda insoniyat, qanchalar qiyin bo`lsa hamki, unga shaksiz shubhasiz va tinimsiz intilishi joiz. Zero bu Yagona ilohiy hikmatning idealidir. Lekin, jahon ijtimoiy sahnasida namoyon bo`layotgan hozirgi hodisalar - rivojlangan mamlakatlar olib borayotgan globallashuv siyosatining rivojlanayotgan mamlakatlarga etkazayotgan turli zararlari, ularning ikkiyuzlamachiligi, xususan, yordam berish bahonasida ularning tovar va resurs bozorlarini ochishga majbur qilib, o`z bozorlarini esa yopiq saqlashlari, umuman, jahon savdo tizimidagi barcha adolatsizliklar hozirgi globallashuv yuqorida nazarda tutilgan yuksak ma`nodagi globallashuv emas, balki buning aksi - tor manfaatparastlardan tashkil topgan egoelitar guruhning butun dunyo boyligiga ega bo`lishga intilishi yo`lida dunyo xalqini eng boylar va eng qashshoqlarga ajralib ketishiga, qashshoqlarga nisbatan “oltin milliard” genotsid siyosatining olib borilishida, milliy o`zlik o`rniga xalqaro ziddiyatlar va terrorchilik olovi yondirilayotganida va shu kabi ko`plab hollarda yuz ochayotgan o`ta salbiy jarayon ekanini ko`rsatmoqda. Ko`pchilik olimlar globallashuvning dastlabki paytlarida masalaning asl mohiyatini yaxshi tasavvur eta olmaganlari uchun globallashuvga erkin savdo yo`lidagi to`siqlarni olib tashlaydigan va barcha milliy iqtisodiyotlarni jamul jam qiladigan (integrallaydigan) ijobiy hodisa deb qaragan edilar. Lekin, bugungi kunda bu globallashuv faqat rivojlangan mamlakatlarga foyda keltirib, rivojlanyotgan mamlakatlarga, ayniqsa, juda kambag`al mamlakatlarga inqiroz olib keluvchi hodisa ekani ma`lum bo`ldi. Bu, rus faylasufi I.I.Belyaevning ta`kidlashicha, globallashuvning keyingi mamlakatlarga nisbatan genotsid quroli bo`lib xizmat qilayotganini ko`rsatadi. Ushbu fikr va mulohazalar hozirgi globallashuvning mohiyatini falsafiy jihatdan yoritish zaruratini vujudga keltiradi. Bu borada oxirgi o`n yilliklar mobaynida olib borilgan kuzatish va izlanishlar nihoyatda ziddiyatlidir. Bizningcha, hozir kuzatilayotgan globallashuv va deyarli barcha global krizislar, ko`pchilik faylasuf va siyosatchilar to`g`ri xulosaga kelayotganlariday, aslida XX asrning 70 yillarida yuzaga chiqqan G`arb tsivilizatsiyasining yalpi krizisi bilan bog`liq. Bu krizisning o`zi esa XU11 - XU11 asrlardagi Ma`rifatchilik harakatining G`arb industrial jamiyatiga bergan impul`si (ta`sir kuchi) tamom bo`lganini, uning ta`siri ostida jamiyat katta bir tarixiy davrni bosib o`tib bo`lganini va endilikda u o`z taraqqiyot imkoniyatlarini batamom sarflab bo`linganini bildiradi.