logo

HADYA SHARTNOMASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.6669921875 KB
    HADYA SHARTNOMASI.  
 
                                                         Reja: 
 
1. Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy
          belgilari va predmeti
2. S h artnomada qatnashuvchi taraflar,  
          ularning huquq va burchlari 
3. Xayr-ehson 
 
 
 
 
 
  Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti 
Hadya   deb   shunday   shartnomaga   aytiladiki,   unga   ko’ra   bir   taraf   (hadya
qiluvchi)   boshqa   taraf   (hadya   oluvchi)   ga   ashyoni   tekinga   mulk   qilib   beradi   yoki
berish majburiyatini oladi yoxud unga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk
huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o’zi yoki uchinchi
shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoyinki ozod qilish majburiyatini
oladi   (FKning   502-moddasi).   Uning   mohiyati   shundaki,   bunda   mulk   tekin
topshiriladi,   ya’ni   hadya   qiluvchining   tasarrufida   bo’lgan   ashyo   hadya   oluvchiga
mol-mulk qilib o’tkaziladi. 
Bozor   munosabatlari   tobora   chuqurlashib   borgani   sari   shart-nomalarning
mazmuni,   doirasi,   ko’lami   ham   kengayib   bormoqda.   CHunonchi,   1963   yilgi
fuqarolik   qonunchiligida   hadya   shartnomasi   deganda,   bir   taraf   (hadya   qiluvchi)
mulkni   ikkinchi   tarafning   (hadya   oluvchining)   egaligiga   tekinga   topshirishi
normalangan edi. Amaldagi FKda esa, bu holat sezilarli takomillashtirildi. Buning
natijasida   yuqoridagi   hadya   predmeti   doirasi   kengaytirilib,   u   o’z   ichiga
quyidagilarni olishi mumkin bo’ldi: 
birinchidan, bir taraf boshqa tarafga tekinga mol-mulk qilib beriladigan 
ashyolarni; ikkinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ga
o’ziga yoki uchinchi shaxsga  nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradigan yo berish
majburiyatini   olgan   hollarda   mulkiy   huquqni;   uchinchidan,   bir   taraf   (hadya
qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ni o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy
majburiyatdan ozod qiladigan yoxud ozod qilish majburiyatini olgan hollarda ham
mulkiy huquqni. 
Ko’rinib turibdiki, har bir holatda ham mustaqil ikki tushuncha qo’llanilgan
ashyoni topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi, mulkiy majburiyatdan ozod
qiladi   yoki   ozod   qilish   majburiyatini   oladi.   Bu   mazkur   shartnomagagina   xos
bo’lgan xususiyatdir. 
SHartnoma   real   bo’lsa-da,   ayni   paytda   hadya   qiluvchi   hadya   oluvchiga
kelgusida   hadya   qilish   majburiyatini   oladi.   Ammo   hamma   hollarda   ham   hadya
shartnomasi   vujudga   kelavermaydi.   Aytaylik,   ashyo   yoki   huquq   muqobil berilganida yo bo’lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo’lganida shartnoma hadya
deb tan olinmaydi (FK, 502-modda, 2-qismi). Bunday shartnomalarga FKning 250-
moddasi, 124-moddaning ikkinchi qismi qoidalari qo’llaniladi. 
SHuningdek,   yuqoridagi   uchta   holatga   to’rtinchi   mustaqil   holatni   ham
kiritish   mumkin.   Ya’ni,   biron-bir   shaxsga   ashyoni   yoki   mulk   huquqini   tekinga
berish yoki biron-bir shaxsni majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni
va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo’lsa va kelajakda aniq shaxsga
ashyo   yoki   mulkiy   huquqni   tekinga   berish   yoki   uni   mulkiy   majburiyatdan   ozod
qilish maqsadi aniq ko’rinib turgan bo’lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK,
502-modda, 3-qismi). 
Hadya bir tomonlama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. 
SHubhasiz,   hadya   bir   tomonlama   bitim   bo’lib,   taraflarning   o’zaro
kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul
qilishga   rozilik   berishida   ifodalanadi,   aynan   shu   belgisi   bilan   hadya   qarz
shartnomasidan farq qiladi. 
Fuqarolik   qonunchiligida   hadyani   hadya   oluvchiga   hadya   qiluvchining
vafotidan keyin topshirilishini  nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi. Bunday
hadyaga   nisbatan   vasiyatnoma   to’g’risidagi   qoidalar   qo’llaniladi.   Hadyaning
vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining tirikligida topshiriladi, bu
uning mulki kamayishiga olib keladi, vasiyatnoma esa insonning hayotligida uning
mulkiy   huquqlarida   aks   etmaydi.   Vasiyatnoma   bekor   qilinishi,   o’zgartirilishi
mumkin,   hadya   esa   qoida   tariqasida   ortga   qaytmaydi.   Hadyani   shartnoma   deyish
mumkin, vasiyatnoma esa odatda, bir tomonlama bitim bo’lib ko’riladi. 
Hadya   shartnomasining   predmeti   fuqarolik   muomalasidagi   ob’ektlar:
ashyolar, mulkiy huquqlar, ko’char va ko’chmas mol-mulklar bo’lishi mumkin. 
Ba’zi   hollarda   shartnoma   hadya   qiluvchining   o’zi   yoki   uchinchi   shaxs
oldidagi   mulkiy   majburiyatdan   ozod   qilish   yoki   ozod   qilish   majburiyatini   olish
orqali   amalga   oshiriladi.   Bunday   holda   shartnomaning   tuzilish   vaqti   mulk
huquqining o’tish davri bilan mos kelmasligi mumkin. Bunda majburiyat huquqiy
munosabatlari   vujudga   keladi,   uning   mazmunida   hadya   qiluvchining   o’z   mulkini kamaytirish   hisobidan   hadya   oluvchini   boyitish   yotadi.   SHartnomada   hadya
predmeti   aniq   ko’rsatilgan   bo’lishi   kerak.   Noma’lum   ashyoni   hadya   qilishga   yo’l
qo’yilmaydi,   binobarin,   ular   hech   qanday   huquqiy   ahamiyatga   ega   emas.   Hadya
oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini
aniq ko’rsatish lozim bo’ladi. 
Hadya   shartnomasining   shakli   uning   mazmunidan   kelib   chiqadi.   Umumiy
holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og’zaki tarzda amalga
oshirilishi   mumkin.   Ko’pincha,   hadyani   topshirish,   uni   taqdim   qilish   ramziy
topshirish   (masalan,   yangi   kvartirani   yoki   avtomobil ь   kalitini   topshirish)   yoki
mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo’li bilan amalga
oshiriladi. 
Ko’char   mulklar   bo’yicha   quyidagi   hollarda   hadya   shartnomasi   yozma
shaklda tuziladi:  
hadya qiluvchi yuridik shaxs bo’lganida; 
fuqarolar o’rtasida eng kam ish haqining o’n baravaridan ortiq summaga 
shartnoma   tuzilayotganida;   shartnoma   bo’yicha   kelajakda   hadya   qilish
va’da qilingan hollarda. 
Ko’chmas   mulkni   hadya   qilish   shartnomasi   notarial   tasdiqlanishi   va   davlat
ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. 
SHuningdek,   FKning   504-moddasining   2001   yil   7   dekabrdagi   tahririda
qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   davlat   ro’yxatidan   o’tkazilishi   lozim
bo’lgan   avtomototransport   vositalarini   hadya   qilish   shartnomasi   notarial
tasdiqlangan bo’lishi kerakligi belgilandi. 
Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga ko’ra
farq   qiladi.   Aytaylik,   buni   mazkur   turdagi   shartnomaning   haqiqiy   sanalmasligi
hollarida   ham   ko’rish   mumkin.   Bitimlarning   haqiqiy   sanalishi   uchun   odatdagi
qo’yiladigan   shartlardan   tashqari,   hadyada,   birinchidan,   ashyo,   mulk   huquqi   yoki
mulkiy   majburiyatdan   ozod   qilish   shaklidagi   hadya   ashyosini   (predmetini)   aniq
ko’rsatish kerak; ikkinchidan, hadya predmeti hadya oluvchiga hadya qiluvchining
tirikligida   topshirilishi   kerak.   SHuningdek,   yuqoridagi   uchta   holat   bo’yicha tuzilgan shartnomalar, albatga, oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko’chmas mulklarni
hadya   qilish   esa,   ayni   paytda,   notarial   tasdiqlanishi   va   davlat   ro’yxatidan
o’tkazilishi ham kerak. 
Haqiqiy   sanalmaslik   holati   hadya   oluvchining   nomi   va   narsasi
ko’rsatilmagan   hadyani   vakil   tomonidan   amalga   oshiriluvchi   ishonchnomalarga
ham taalluqli. 
 
 
Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va 
burchlari 
Shartnomada   qatnashuvchi   taraflar   hadya   qiluvchi   va   hadya   oluvchi   deb
atalib,   o’z   navbatida   ular   fuqarolar,   yuridik   shaxslar   va   davlat   bo’lishi   mumkin.
Hadya fuqarolik-huquqiy xarakteridagi shartnoma bo’lganligi bois, hadya qiluvchi
va   hadya   oluvchi   muomala   layoqatiga   ega   bo’lishi   lozim.   Ba’zan   muomala
layoqatiga   ega   bo’lmagan   shaxslar   nomidan   shartnomalarni   ularyaing   qonuniy
vakillari tuzadilar. 
Ayni   paytda   qonunchilikda   istisno   holat   ham   mavjud   bo’lib,   ya’ni   FKning
29-moddasi,   ikkinchi   qism,   ikkinchi   bandiga   asosan   olti   yoshdan   o’n   to’rt
yoshgacha   bo’lgan   kichik   yoshdagi   bolalar   tekin   manfaat   ko’rishga   qaratilgan,
notarial   tasdiqlashni   yoki   davlat   ro’yxatidan   o’tkazishni   talab   qilmaydigan
bitimlarni   mustaqil   ravishda   amalga   oshirishga   haqlidirlar.   O’n   to’rt   yoshdan   o’n
sakkiz   yoshgacha   bo’lgan   voyaga   yetmaganlar   o’zlari   mustaqil   ravishda   hadya qiluvchi   va   hadya   oluvchi   sifatida   qatnashib,   shartnomani   o’z   stipendiyalari,   ish
haqlari   va   qonunda   ko’zda   tutilgan   boshqa   daromaddari   miqdorida   tuzishlari
mumkin. Lekin ular mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ashyolarni tasarruf qilish
huquqiga   ega   emaslar.   Bunday   bitimlarni   amalga   oshirish   uchun   u   qonuniy
vakillarining   roziligini   blishi   kerak.   CHunki   hadya   ularning   soishg’iga   zarar
yetkazishi, yashirin daromadlarga ega bo’lishiga olib kelishi, pirovardida ularning
huquklariga   salbiy   ta’sir   qilishi   mumkin.   Ayrim   shaxslarga   hadya   shartnomasini
tuzishda rad qilish va chegaralash qo’yilgan (FKning 505-moddasi tartibida). 
Qonun   er   va   xotinlar   o’rtasida   hadya   shartnomasi   tuzilishini   cheklamaydi.
Hadya   qilingan   mol-mulk,   ashyo   yoki   mulkiy   xuquq   hadya   oluvchining   shaxsan
o’zigagina   tegishli   bo’ladi.   Aytaylik,   er-xotinning   nikoh   davomida   (yoki   nikohga
qadar)   hadya   hisobiga   ortgirgan   mol-mulklari   ulardan   har   birining   o’z   mulki
hisoblanadi.   Binobarin,   undan   haq   undirishga   yoki   boshqacha   tarzda
o’zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. 
Shartnoma  yuzasidan  taraflarning  huquq va  burchlari   uni  ba-jarishdan  bosh
tortib,   hadyani   bekor   qilish   jarayonlari   Bilan   uzviy   bog’liq.   Eng   umumiy   hodda,
hadya bo’yicha hadya qiluvchi mulkni yoki unga nisbatan bo’lgan mulkiy huquqni
hadya   oluvchiga   topshirishga,   hadya   oluvchi   esa   uni   qabul   qilib   olishga   majbur
hisoblanadilar. Biroq, ayni paytda, quyidagi hollarda:  
birinchidan,   hadya   qiluvchining   moddiy   ahvoli   jvdtsiy   yomonlashganligi
tufayli,   u   kelgusida   hadya   oluvchiga   ashyoni   yoki   mulkiy   huquqni   yoxud   mulkiy
majburiyatdan   ozod   etish   va’da   qilingan   shartnomani   bajarishdan   bosh   tortishga
haqli.   Lekin   hadya   qiluvchining   bunday   ahvolga   tushib   qolishi   oldindan   ma’lum
bo’lmasligi lozim. 
ikkinchidan, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolarining yoki
yaqin   qarindoshlarining   hayoti   yoki   sog’lig’iga   qarshi   ataylab   jinoyat   sodir
qilingan   hollarda   hadya   qiluvchi   shartnomani   bajarishdan   bosh   tortishga   haqlidir
(bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yo’l qo’yiladi).  SHuni eslatish kerakki, yuqoridagi asoslar hadya qiluvchining aybini istisno
etganligi   sababli,   uning   hadya   shartnomasini   bajarishdan   bosh   tortishi   hadya
oluvchiga bu bilan bog’liq zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi. 
Yuqorida   aytganimizdek,   hadya   bo’yicha   taraflarning   sub’ektiv   huquq   va
burchlari hadyani bekor qilish va undan voz kechish bilan uzviy bog’liq. Masalan,
hadya oluvchi hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin: 
birinchidan, ashyoning nobud bo’lishi tufayli; 
ikkinchidan, ashyo fuqarolik muomalasida bo’lmaganligi tufayli (FK, 82-
moddasi); uchinchidan, va’da qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar 
mavjud bo’lsa. 
Bunday majburiyatlar, odatda, bajarish mumkin bo’lmaganliga tufayli bekor
qilinadi. Biroq, ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki ehtiyotsizlidan sodir etgan
harakatlari oqibatida nobud bo’lsa, u hadya oluvchiga yetkazgan zararlarni qoplash
majburiyatini oladi. 
Hadya   qiluvchining   sub’ektiv   huquqlari   hal   qiluvchi   rol ь   o’ynaganligi   va
shaxsga   tekinga   o’tkazilganligi   bois,   ushbu   munosabatlarda   qonunchilik   hadya
qiluvchiga   bir   qator   ustuvorliklar   beradi.   CHunonchi,   agar   hadya   oluvchining
hadya   qiluvchi   uchun   katta   nomulkiy   qiymatga   ega   bo’lgan   hadya   buyumga
nisbatan   muomalasi   uning   butunlay   yo’q   bo’lib   ketishi   xavfini   solsa,   hadya
qiluvchi hadyani sud tartibida bekor qilishga haqli. Demak, bu hadya oluvchining
hadyaga   nisbatan   vijdonan   munosabatda   bo’lishini   va   uni   saqlash   majburiyatini
yuklaydi. SHuningdek, manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor
yoki   yuridik  shaxsning  bankrotlik  to’g’risidagi   qonun  hujjatlari  qoidalarini   buzib,
bankrot   deb   e’lon   qilinishdan   oldinga   bir   yil   ichida   tadbirkorlik   faoliyati   bilan
bog’liq   mablag’lar   hisobidan   qilgan   hadyasini   bekor   qilishi   mumkin.   Bu   holat,
shubhasiz, kreditorlarning manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladi. 
Hadya   shartnomasvda   hadya   oluvchi   hadya   qiluvchidan   oldin   vafot   etgan
taqdirda   hadya   qiluvchining   hadyani   bekor   qilish   huquqi   shart   qilib   qo’yilishi
mumkin.   Bu   jihatdan   hadyani   shartli   bitimlar   sirasiga   kiritish   mumkin   (FK,
104moddasi).  Hadya bekor  qilingan hollarda ashyo hadya qiluvchiga, agar  u hadya bekor
qiyaingan   paytda   asl   holatida   saqlanib   qolgan   bo’lsa,   qaytarilishi   lozim.   Hadya
oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o’z tasarrufida qoladi. Dgar ashyo
uchinni   shaxslarga   o’tkazilgan   bo’lsa,   uni   qaytarishning   imkoni   bo’lmaydi.
Bordiyu,   hadya   qiluvchi   hadya   oluvchining   hadyani   qaytarib   bermaslik   uchun
uchinchi   shaxslarga   o’tkazganligini   isbotlasa,   u   hadya   oluvchiga   nisbatan   da’vo
qo’zg’atish huquqiga ega bo’ladi. Agar ashyo taraflarning o’zaro kelishuvi asosida
hadya qiluvchiga qaytarilgudek bo’lsa, bunday kelishuvni yangidan tuzilgan hadya
deb tushunish mumkin. 
Hadya   tekinga   tuziladigan   shartnoma   bo’lgashshgi   bois   hadya   oluvchi
topshirilayotgan   mulkning   sifatsizligi   haqidagi   talablarni   qo’yishga   haqli   emas.
Albatga,   topshirilayotgan   ashyo   sifatsiz,   butsiz,   uning   kamchiliklari   bo’lishi
mumkin,   biroq   bu   hadya   oluvchining   hayoti,   sog’lig’i   yoki   mol-mulkiga   zarar
yetkazmasligi   kerak.   Bunday   hollarda   hadya   qiluvchining   bu   haqda   hadya
oluvchini ogohlantirganligi isbot qilinishi talab etiladi. 
Mazkur shartnomaning o’ziga xos jihatlaridan biri bu hadya va’da qilinganda
huquqiy   vorislik   masalasidir.   FK   510-moddasining   mazmuniga   ko’ra,   hadya
shartnomasiga muvofiq hadya va’da qilinganda hadya oluvchining huquqlari uning
merosxo’rlari   (huquqiy   vorislari)   ga   o’tmaydi,   hadya   berishni   va’da   qilgan
shaxsning   majburiyatlari   esa   uning   merosxo’rlari   (huquqiy   vorislari)ga   o’tadi.
Demak, hadya qilishda hadya beruvchining va’dasi muayyan huquqiy ahamiyatga
ega, ya’ni u kelgusida fuqarolik xuquq va burchlarini keltirib chiqaradi.    Xayr-ehson 
 
Rivojlanib   borayotgan   bozor   iqgisodiyoti   munosabatlarida.   turli-tuman
shartnomalar   vujudga   kelmoqda.   Ikki   yoki   undan   ortiq   shaxslarning   fuqarolik
huquqlari   va   burchlarini   vujudga   keltirish,   o’zgartirish   yoki   bekor   qilish   haqidagi
kelishuvlarning   huquqiy   ifodasi,   shakli   sifatida   shartnomalar   fuqarolik   huquqiy
munosabatlar   tizimida   muhim   o’rin   tutmoqda.   Ana   shunday   shartnomalardan   biri
xayr-ehsondir.   Xayr-ehson   hadyaning   bir   ko’rinishi   bo’lib,   bunda   qilinadigan
hadya   umumfoydali   maqsadlarga   xizmat   qilishi   bilan   xarakterlidir.   Demak,
xayrehson   keng   ommaning   umumfoydali   maqsadlarini   amalga   oshirish   uchun
qilinadi. Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat sub’ektlariga (davolash, tarbiya,
ijtimoiy   himoya   muassasalariga,   xayriya,   ilmiy   muassasalariga,   fonddarga,
muzeylarga, jamoat birlashmalari, diniy, tashkilotlarga va boshqa shunga o’xshash
sub’ektlarga),   shuningdek   fuqarolarga   va   davlatga   qilinishi   mumkinligini
normalaydi.   Xayr-ehson   qilingan   mol-mulk   kelgusida   uni   qabul   qilib   olgan
shaxsning   mablag’lari   jumlasiga   kiradi,   uning   otserativ   boshqaruviga   o’tadi.
Jumladan, amaldagi  “Fuqarolarning o’zini  o’zi  boshqarish organlari  to’g’risida”gi
qonunning   24-moddasi,   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to’g’risida”gi
qonunning   15-moddasi   mazmuniga   ko’ra,   fuqarolar   va   mehnat   jamoalarining
ixtiyoriy   xayr-ehsonlari   mazkur   yuridik   shaxslar   mol-mulkining   tashkil   topish
manbalaridan   hisoblanadi   va   ular   tomonidan   tegishli   tartibda   mustaqil   tasarruf
etiladi. 
Xayr-ehsonning   predmeti   fuqarolik   muomalasida   bo’lgan   ob’ektlar,   ya’ni
pullar, qimmatli qog’ozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshootlar (ularning bir
qismi),   avtomobillar   va   hokazolar   bo’lishi   mumkin.   Xayr-ehsonni   qabul   qilishga
biror kimsaning (ya’ni, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi. 
Xayr-ehson   qilingan   mol-mulk   bir   qator   shartlar   asosida   amalga   oshiriladi.
CHunonchi:  birinchidan,   xayr-ehson   qiluvchilar   mol-mulkni   topshirayotganda   undan
ma’lum   bir   maqsadda   foydalanishni   shart   qilib   qo’yishi   lozim.   Masalan,   “hadya
qilingan   uy-joydan   faqat   bolalar   yaslisi   uchun   foydalanish   lozimligini   shart
qilishlari   mumkin”.   Bunday   shart   qo’yilmasa,   u   odtsiy   hadya   deb   hisoblanadi   va
undan  hadya   oluvchi   mol-mulkning  vazifasiga   muvofiq  foydalanadi;   ikkinchidan,
aniq   maqsadda   foydalanishga   mo’ljallangan   xayr-ehsonni   qabul   qilib   olayotgan
yuridik   shaxs   xayr-ehson   qilingan   mol-mulqdan   foydalanish   bo’yicha   amalga
oshirilgan operatsiyalarning alohida ro’yxatini yuritishi lozim; uchinchidan, vaziyat
jiddiy   o’zgarganligi   bois   bunday   mol-mulkdan   ko’rsatilgan   maqsadlarda
foydalanish   mumkin   bo’lmasa,   undan   boshqa   maqsadda   faqat   xayr-ehson
qiluvchining roziligi  bilan, agar mol-mulkni  xayr-ehson  qilgan fuqaro vafot  etgan
bo’lsa yoki xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan
bo’lsa, bunday hollarda sudning qaroriga muvofiq foydalanish mumkin. 
FKning   511-moddasi   mazmuniga   ko’ra,   xayr-ehson   qilingan   mulkdan
ko’rsatilgan   maqsadda   foydalanmaslik   kelgusida   xayr-ehson   qiluvchiga,   uning
merosxo’rlariga   yoki   boshqa   huquqiy   vorisiga   xayr-ehsonni   bekor   kilishni   talab
qilish huquqini beradi. 
 
                                        Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Fuqarolik kodeksi
2.Fuqarolik huquqi 1-qism I.Zokirov
3.Fuqarolik huquqi 2-qism M.Abdusalomov.

HADYA SHARTNOMASI. Reja: 1. Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti 2. S h artnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari 3. Xayr-ehson

Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti Hadya deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko’ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoyinki ozod qilish majburiyatini oladi (FKning 502-moddasi). Uning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida bo’lgan ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib o’tkaziladi. Bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borgani sari shart-nomalarning mazmuni, doirasi, ko’lami ham kengayib bormoqda. CHunonchi, 1963 yilgi fuqarolik qonunchiligida hadya shartnomasi deganda, bir taraf (hadya qiluvchi) mulkni ikkinchi tarafning (hadya oluvchining) egaligiga tekinga topshirishi normalangan edi. Amaldagi FKda esa, bu holat sezilarli takomillashtirildi. Buning natijasida yuqoridagi hadya predmeti doirasi kengaytirilib, u o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin bo’ldi: birinchidan, bir taraf boshqa tarafga tekinga mol-mulk qilib beriladigan ashyolarni; ikkinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradigan yo berish majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni; uchinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ni o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladigan yoxud ozod qilish majburiyatini olgan hollarda ham mulkiy huquqni. Ko’rinib turibdiki, har bir holatda ham mustaqil ikki tushuncha qo’llanilgan ashyoni topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi, mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoki ozod qilish majburiyatini oladi. Bu mazkur shartnomagagina xos bo’lgan xususiyatdir. SHartnoma real bo’lsa-da, ayni paytda hadya qiluvchi hadya oluvchiga kelgusida hadya qilish majburiyatini oladi. Ammo hamma hollarda ham hadya shartnomasi vujudga kelavermaydi. Aytaylik, ashyo yoki huquq muqobil

berilganida yo bo’lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo’lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi (FK, 502-modda, 2-qismi). Bunday shartnomalarga FKning 250- moddasi, 124-moddaning ikkinchi qismi qoidalari qo’llaniladi. SHuningdek, yuqoridagi uchta holatga to’rtinchi mustaqil holatni ham kiritish mumkin. Ya’ni, biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berish yoki biron-bir shaxsni majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo’lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko’rinib turgan bo’lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK, 502-modda, 3-qismi). Hadya bir tomonlama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. SHubhasiz, hadya bir tomonlama bitim bo’lib, taraflarning o’zaro kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul qilishga rozilik berishida ifodalanadi, aynan shu belgisi bilan hadya qarz shartnomasidan farq qiladi. Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi. Bunday hadyaga nisbatan vasiyatnoma to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi. Hadyaning vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining tirikligida topshiriladi, bu uning mulki kamayishiga olib keladi, vasiyatnoma esa insonning hayotligida uning mulkiy huquqlarida aks etmaydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o’zgartirilishi mumkin, hadya esa qoida tariqasida ortga qaytmaydi. Hadyani shartnoma deyish mumkin, vasiyatnoma esa odatda, bir tomonlama bitim bo’lib ko’riladi. Hadya shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidagi ob’ektlar: ashyolar, mulkiy huquqlar, ko’char va ko’chmas mol-mulklar bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda shartnoma hadya qiluvchining o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish majburiyatini olish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda shartnomaning tuzilish vaqti mulk huquqining o’tish davri bilan mos kelmasligi mumkin. Bunda majburiyat huquqiy munosabatlari vujudga keladi, uning mazmunida hadya qiluvchining o’z mulkini

kamaytirish hisobidan hadya oluvchini boyitish yotadi. SHartnomada hadya predmeti aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Noma’lum ashyoni hadya qilishga yo’l qo’yilmaydi, binobarin, ular hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas. Hadya oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini aniq ko’rsatish lozim bo’ladi. Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og’zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko’pincha, hadyani topshirish, uni taqdim qilish ramziy topshirish (masalan, yangi kvartirani yoki avtomobil ь kalitini topshirish) yoki mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ko’char mulklar bo’yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi yozma shaklda tuziladi: hadya qiluvchi yuridik shaxs bo’lganida; fuqarolar o’rtasida eng kam ish haqining o’n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganida; shartnoma bo’yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda. Ko’chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. SHuningdek, FKning 504-moddasining 2001 yil 7 dekabrdagi tahririda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo’lishi kerakligi belgilandi. Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga ko’ra farq qiladi. Aytaylik, buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy sanalmasligi hollarida ham ko’rish mumkin. Bitimlarning haqiqiy sanalishi uchun odatdagi qo’yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan, ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklidagi hadya ashyosini (predmetini) aniq ko’rsatish kerak; ikkinchidan, hadya predmeti hadya oluvchiga hadya qiluvchining tirikligida topshirilishi kerak. SHuningdek, yuqoridagi uchta holat bo’yicha

tuzilgan shartnomalar, albatga, oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko’chmas mulklarni hadya qilish esa, ayni paytda, notarial tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi ham kerak. Haqiqiy sanalmaslik holati hadya oluvchining nomi va narsasi ko’rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshiriluvchi ishonchnomalarga ham taalluqli. Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari Shartnomada qatnashuvchi taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi deb atalib, o’z navbatida ular fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat bo’lishi mumkin. Hadya fuqarolik-huquqiy xarakteridagi shartnoma bo’lganligi bois, hadya qiluvchi va hadya oluvchi muomala layoqatiga ega bo’lishi lozim. Ba’zan muomala layoqatiga ega bo’lmagan shaxslar nomidan shartnomalarni ularyaing qonuniy vakillari tuzadilar. Ayni paytda qonunchilikda istisno holat ham mavjud bo’lib, ya’ni FKning 29-moddasi, ikkinchi qism, ikkinchi bandiga asosan olti yoshdan o’n to’rt yoshgacha bo’lgan kichik yoshdagi bolalar tekin manfaat ko’rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro’yxatidan o’tkazishni talab qilmaydigan bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. O’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar o’zlari mustaqil ravishda hadya