logo

Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlar

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.583984375 KB
Mavzu: Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi    sohasidagi munosabatlar .
Jismoniy shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi.
Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari.
Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar.
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.  
1. Tadbirkorlarning   to‘lovga   qobiliyatsizligi   soxasidagi   munosabatlar   tushunchasi   va
ularning huquqiy asoslari.
2. To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish asoslari.
3. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.
4. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar.
5. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari.
6. Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida.
7. S h artnomaga oid umumiy qoidalar.  Tadbirkorlik  (biznes) shartnomalari tushunchasi. 
8. Tadbirkorlik (biznes)  faoliyatida  shartnoma viy  munosabatlarining asosiy tamo y illari. 
9. Tadbirkorlik   shartnomalari subektlari, ularning huquq va majburiyatlari.  
10. Tadbirkorlik    shartnomalarini tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilish.
11. Davlat mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining shartnomaviy munosabatlarni 
tartibga solishdagi o‘rni.
III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. I.KIRISH.
Barchamizga ma’lumki davlatning kuch qudrati avvalo, demokratik insitutlarning mustaqil
faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy ijtimoiy
salohiyatini   ro‘yobga   chiqarish,   tadbirkorlik   va   iqtisodiy   tashabbuslar   erkinligi   uchun   zarur
imkoniyatlarni tashkil etibberish qobiliyati bilan o‘lchanadi.
Shunday   ekan   O‘zbekiston   Respublikasida   tadbirkorlik   subyektlariga   bugungi   kunda
yaratilayotgan   keng   imkoniyatlar,   borasida   gapiradigan   bo‘lsak,   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   ya’ni     2014-yil   6-oktabrdagi     “Davlat   mulki   obyektlarini
xususiylashtirish   tartibi   to‘g‘risida   nizomlarni   tasdiqlash   haqida”gi   279   sonli   va       O‘zbekiston
Respublikasi Prizidentining ”Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga
qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarori bu esa
yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga yaratilayotgan imkoniyat deb qarasak mumkin.
Yuqoridagi   mavzularga   to‘xtalib   o‘tiladigan   bo‘lsak   albatta   birrichi   navbatta   ketma
ketlikda ko‘rib chiqishimiz lozm.
Jumladan birinchi mavzu haqida O‘zbekiston Respublikasida o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini
olib   boradigan   tadbirkorlik   subyektlarining   to‘lovga   qobiliyatsizligi   sohasidagi   munosabatlar
qanday   tartibda   yuzaga   kelishi   mumkin   bo‘lgan   ijtimoy   iqtisodiy   munosabatlar   nyig‘indisidan
kelib chiqadigan  holatlar tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib keladigan omil bolishi
mumkin   albatta.   Binobarin   O‘zbekiston   Respublikasining   12.04.2022-yilda   qabul   qilingan
“Bankrotlilik   masalalari”   va   O‘zbekiston   Respublikasining   “To‘lovga   qobiliyatsizlik
to‘g‘risida”gi   yangi   qonuni,   12.04.2022-yildagi     O‘RQ-763-son   va   boshqa   qonun   hujjatlari   va
boshqa   qonun   hamda   qonun   osti   hujjatlari   asosida   tartibga   solinadi.   Ushbuqonunda
Tadbirkorlarning bankirotlilik va to‘lovga qobiliyatsizlik oqibatlarining qanday yuzaga kelishi va
ushbu   holatni   aniqlash,   va   to‘lovga   qobiliyatsiz   deb   topish   asoslarini   belgilab   berishi
to‘g‘risidagi   davalat   vakolatli     organlarining   o‘z   vakolat   doirasida   bish   olib   borishini   qonuniy
asoslab beradi.
Uchinchi   va   to‘rtinchi   mavzumiz   ya’ni   “Tadbirkorlik   faoliyatining   mulkiy   asoslari”   va
Tadbirkorlik   sohalarida   shartnomalar   deb   atalib,   O‘zbekiston   Respublikasining   “Mulkchilik
to‘g‘risida”gi   qonuni   asosida   tadbirkorlarning   o‘ziga   tegishli   bo‘lgan   ishlab   chiqaradiga
maxsulotlari   va   hamda   ular   faoliyat   olib   boradiga   joylari   sifatida   o‘zining   xususiy   mulklarini
tashkil etadi.shuningdik tadbirkorlarning iqtisodiy manbalari xususiy va ommaviy (davlat) mulk
shakllaridan   tashkil   topadi.   Bu   tushuncha   bo‘yicha   fuqarolik   kodeksining   167-moddasida
quyidagicha   yoritiladi   oo‘zbekiston   iqtisodiyot   negizini   xususiy   va   ommaviy   muulk   shakllari
tashkil etadi deb qonun bilan yoritib o‘tilgandir.
Shuningd   tadbirkorlik   faoliyatida   shartnomasiz   faoliyat   olib   borishga   haech   qayerda   amalga
oshirilmasa   kerak   albatta,     shuningdik   shartnomalar   Fuqarolik   huquqining     535-moddasida
shuday deb tarif berilgandir; “ Shartnoma deb jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq
va   majburiyatlarini   vudga   keltirish,   o‘zgartirishhamda   bekor   qilishga   qaratilga   kelishuv”   deb
aytib o‘tilganidik tadbirkorlik huquq va majburiyatlarni bajarishda alabatta shartnomaning o‘rni
katta ekanligi ko‘rinob turibdi.
Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlar.
To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish asoslari.
To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat:
vaqtincha   to‘lovga   qobiliyatsizlik   —   agar   tegishli   majburiyatlar   yuzaga   kelgan   sanadan
e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda   unga   tenglashtirilgan   korxonalar   tomonidan   esa   olti   oy   ichida   bajarilmasa,   sudga
murojaat   etish   sanasida   qarzdorning   pul   majburiyatlari   bo‘yicha   kreditorlar   talablarini
qanoatlantirishga   va   (yoki)   soliqlar   hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatlarini   bajarishga
qodir emasligi;
doimiy   to‘lovga   qobiliyatsizlik   —   agar   sudga   ariza   berish   sanasidagi   va   ariza   berilgan
yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan
yilning   boshidagi   hisobot   davrida   qarzdorning   majburiyatlari   uning   aktivlari   qiymatidan   oshib
ketgan bo‘lsa.
Ushbu   moddada   nazarda   tutilgan   qoidalar   to‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ishlar
soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.
( 5-modda ).
Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi soxasidagi munosabatlar tushunchasi va
ularning huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlilik masalalari” va O‘zbekiston Respublikasining 
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi yangi qonuni, 12.04.2022-yildagi  O‘RQ-763-son va 
boshqa qonun hujjatlari va boshqa qonun hamda qonun osti hujjatlari asosida tartibga solinadi. 
Ushbu qonun 17-bob 249-moddadan iborat. 
Ushbu   qonunning   3-moddasida   to‘lovga   qobiliyatsizlik   —   sud   tomonidan   e’tirof   etilgan,
qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va
(yoki)   soliqlar   hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatlarini   to‘la   hajmda   bajarishga   qodir
emasligi belgilangan.  Shuningdek, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bankrot  — sudning  qaroriga  asosan  to‘lovga  qobiliyatsiz  deb  topilgan   va  o‘ziga  nisbatan
tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor;
bir   turdagi   kreditorlar   —   qarzdorga   nisbatan   bir   xil   talablarga   ega   bo‘lgan   va   ularni
qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi;
kelishuv   bitimi   —   taraflarning   o‘zaro   yon   berish   asosida   to‘lovga   qobiliyatsizlik
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi;
kreditorlar   —   qarzdor   pul   majburiyatlari   bo‘yicha   va   (yoki)   soliqlar   hamda   yig‘imlar
bo‘yicha   o‘z   majburiyatlarini   bajarish   yuzasidan   qaysi   yuridik   yoki   jismoniy   shaxslar   oldida
javobgar   bo‘lsa,   ayni   shu   yuridik   yoki   jismoniy   shaxslar,   bundan   qarzdor   qaysi   fuqaroning
hayotiga   yoki   sog‘lig‘iga   zarar   yetkazilganligi   uchun   javobgar   bo‘lsa,   ayni   shu   fuqaro,
shuningdek   o‘z   ishtirokida   kelib   chiqadigan   majburiyatlar   bo‘yicha   qarzdor   yuridik   shaxsning
muassasalari (ishtirokchilari) mustasno;
kreditorlar   yig‘ilishining   yoki   kreditorlar   qo‘mitasining   vakili   —   to‘lovga   qobiliyatsizlik
to‘g‘risidagi   ishda   ishtirok   etishiga   kreditorlar   yig‘ilishi   yoki   kreditorlar   qo‘mitasi   tomonidan
vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv  tartib-taomili  qarzdor yuridik  shaxsga nisbatan  uning mol-mulki  but saqlanishini
ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish
va   birinchi   kreditorlar   yig‘ilishini   o‘tkazish   uchun   qarzdorni   to‘lovga   qobiliyatsiz   deb   topish
to‘g‘risidagi   ariza   qabul   qilingan   kundan   e’tiboran   keyingi   to‘lovga   qobiliyatsizlik   tartib-
taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
mol-mulkni   sotish   tartib-taomili   jismoniy   shaxsga   nisbatan   kreditorlarning   talablarini
mutanosib   ravishda   qanoatlantirish   uchun   to‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ish   doirasida
qo‘llaniladigan tartib-taomil;
moratoriy   qarzdor   yuridik   shaxs   tomonidan   pul   majburiyatlari   va   (yoki)   soliqlar   hamda
yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turish;
pul   majburiyati   qarzdorning   fuqarolik-huquqiy   shartnomasi   bo‘yicha,   shuningdek   boshqa
asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati;
soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli
jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar; soxta   to‘lovga   qobiliyatsizlik   yuridik   va   jismoniy   shaxs,   shuningdek   yakka   tartibdagi
tadbirkorning   o‘z   majburiyatlarini   iqtisodiy   jihatdan   bajara   olishi   haqida   bila   turib,   pul
majburiyatlari   bo‘yicha   kreditorlarning   talablarini   qanoatlantirish   va   (yoki)   soliq   hamda
yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatini   to‘liq   hajmda   bajara   olmasligi   to‘g‘risida   e’lon   berishi
natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;
sud   boshqaruvchisi   (muvaqqat   boshqaruvchi,   sanatsiya   qiluvchi   boshqaruvchi,   tashqi
boshqaruvchi,   tugatish   boshqaruvchisi,   moliyaviy   boshqaruvchi)   to‘lovga   qobiliyatsizlik   tartib-
taomillarini o‘tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
sud   sanatsiyasi   tartib-taomili   qarzdor   yuridik   shaxsga   nisbatan   uning   to‘lov   qobiliyatini
tiklash   va   uning   kreditorlar   oldidagi   qarzini   to‘lash   uchun   qarzdorning   ishlarini   boshqarish
vakolatlarini   sanatsiya   qiluvchi   boshqaruvchiga   o‘tkazmagan   holda   sud   tomonidan
qo‘llaniladigan tartib-taomil;
sudgacha   sanatsiya   qilish   qarzdor   yuridik   shaxsning   muassislari   (ishtirokchilari)   yoki
uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini
tiklash hamda to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar;
tashqi   boshqaruv   qarzdor   yuridik   shaxsga   nisbatan   uni   moliyaviy   jihatdan
sog‘lomlashtirish   uchun   qarzdorning   ishlarini   boshqarish   vakolatlarini   tashqi   boshqaruvchiga
o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili;
tugatishga   doir   ish   yuritish   tartib-taomili   kreditorlarning   talablarini   mutanosib   ravishda
qanoatlantirish,   qarzdorning   majburiyatlardan   ozod   etilganligini   hamda   tugatilganligini   e’lon
qilish maqsadida  sud tomonidan  qarzdor yuridik shaxsga nisbatan  qo‘llaniladigan  tartib-taomil,
bundan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar mustasno;
to‘lovga   qobiliyatsizlik   sud   tomonidan   e’tirof   etilgan,   qarzdorning   pul   majburiyatlari
bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar
bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi;
to‘lov   qobiliyatini   tiklash   tartib-taomili   sud   tomonidan   qarzdor   yuridik   shaxsga   nisbatan
qo‘llaniladigan,   sud   sanatsiyasini   yoki   tashqi   boshqaruvni   o‘z   ichiga   oladigan   hamda
qarzdorning   to‘lov  qobiliyatini   tiklashga   qaratilgan  chora-tadbirlarni   amalga  oshirishni   nazarda
tutadigan tartib-taomil;
to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi
tadbirkor tomonidan  haqiqatga  to‘g‘ri kelmaydigan  ma’lumotlar  va hujjatlar  taqdim  etilganligi,
buxgalterlik   hisobotlari   buzib  ko‘rsatilganligi   yoki  o‘zining   to‘lovga   qobiliyatsizligi   boshqacha
tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish;
qarzdor kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki)
soliqlar   hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatlarini   bajarishga   qodir   bo‘lmagan   yuridik   va
jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
qarzdor   muassislarining   (ishtirokchilarining)   yoki   uning   mol-mulki   egasining   vakili
to‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ishni   yuritish   jarayonida   muassislar   (ishtirokchilar)   yoki
qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzdor   xodimlarining   vakili   to‘lovga   qobiliyatsizlik   tartib-taomili   o‘tkazilayotganda   o‘z
manfaatlarini ifodalash uchun qarzdorning xodimlari tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzni   tarkibiy   jihatdan   o‘zgartirish   tartib-taomili   jismoniy   shaxsga   nisbatan   to‘lov
qobiliyatini   tiklash   va   kreditorlarning   talablarini   qanoatlantirish   uchun   to‘lovga   qobiliyatsizlik
to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil;
qasddan   to‘lovga   qobiliyatsizlikka   olib   kelish   yuridik   shaxsning   boshqaruv   organi
tarkibiga  kiradigan  shaxs, muassis  (ishtirokchi)  yoxud yuridik  shaxsning  mulkdori,  shuningdek
jismoniy   shaxs   yoki   yakka   tartibdagi   tadbirkor   tomonidan   shaxsiy   manfaatlarini   yoki   boshqa
shaxslarning   manfaatlarini   ko‘zlab   to‘lovga   qobiliyatsizlikni   qasddan   yuzaga   keltirish   yoki
ko‘paytirish; qishloq xo‘jaligi korxonasi qishloq xo‘jaligi kooperativi, fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs
tashkil   etgan   holdagi   dehqon   xo‘jaligi,   shuningdek   faoliyatining   asosiy   turi   qishloq   xo‘jaligi
mahsulotini ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar;
shaharni   tashkil   etuvchi   hamda   unga   tenglashtirilgan   korxona   xodimlari,   ularning   oila
a’zolari   ham   qo‘shib   hisoblanganda   tegishli   aholi   punkti   aholisining   kamida   yarmini   yoki
xodimlarining   soni   kamida   uch   ming   nafar   kishini   tashkil   etadigan   yoxud   davlatning   mudofaa
qobiliyati  va  xavfsizligi   saqlab  turilishini  ta’minlaydigan,  shuningdek  strategik  ahamiyatga   ega
bo‘lgan yoki tabiiy monopoliyalar subyekti bo‘lgan yuridik shaxs.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayoni boshlangan sanadan e’tiboran
yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar joriy to‘lovlardir.
Kreditorlarning   joriy   to‘lovlar   bo‘yicha   talablari   kreditorlar   talablarining   reyestrida   aks
ettirilmaydi.
To‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ishni   yuritish   jarayonida   kreditorlarning   joriy
to‘lovlar   bo‘yicha   talablarini   qanoatlantirish   ushbu   Qonun   150-moddasining   birinchi
qismiga        muvofiq amalga oshiriladi .  
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
To‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ish   ushbu   Qonunning   7-moddasiga        muvofiq   sudga
murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs
davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi
tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining   36-moddasi .
Qarzdorning   to‘lovga   qobiliyatsizligi   to‘g‘risidagi   ishlar   O‘zbekiston   Respublikasining
Iqtisodiy  protsessual   kodeksida   nazarda   tutilgan  qoidalar   bo‘yicha,  ushbu  Qonunda  belgilangan
o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.  ( 6-modda ).
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim
etilgan paytdan e’tiboran;
vakolatli davlat organi;
qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha ta’minot bergan shaxs.
To‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ishda   qarzdor   yuridik   shaxs   xodimlarining   vakili,
qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa
shaxslar   ishtirok   etishi   mumkin.   To‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ishda   ishtirok   etuvchi
shaxslar   to‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risidagi   ishda   qo‘llaniladigan   har   qanday   tartib-taomil
jarayonida   sudga   soxta   to‘lovga   qobiliyatsizlikka,   to‘lovga   qobiliyatsizlikni   yashirishga   yoki
qasddan   to‘lovga   qobiliyatsizlikka   olib   kelgan   alomatlarni   aniqlash   maqsadida   ekspertiza
tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari.
Qarzdor   jismoniy   shaxsning   pul   majburiyatlari   bo‘yicha   kreditorlar   talablarini
qanoatlantirishga   va   (yoki)   soliqlar   hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatini   to‘liq   hajmda
bajarishga   qodir   emasligi,   agar   tegishli   majburiyatlar   va   (yoki)   to‘lov   majburiyatlari   yuzaga
kelgan   kundan  e’tiboran  uch  oy  ichida  qarzdor   jismoniy   shaxs   tomonidan   bajarilmagan  hamda
qarzdor   jismoniy   shaxsga   nisbatan   talablar   bazaviy   hisoblash   miqdorining   kamida   ikki   yuz
barobarini   tashkil   etsa,   qarzdor   jismoniy   shaxsning   to‘lovga   qobiliyatsizligi   alomatlari hisoblanadi. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan
O‘zbekiston   Respublikasining   12.04.2022-yildagi   “   To‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risida”gi
O‘RQ-763-son   qonuni   1 ,   2 ,   3 ,   5 ,   6   va   7-boblarining   tegishli   qoidalari   qo‘llaniladi.   Jismoniy
shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun asoslar  Qarzdor jismoniy
shaxs,   kreditor,   shuningdek   davlat   soliq   xizmati   va   boshqa   vakolatli   organlar   jismoniy   shaxsni
to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Jismoniy   shaxsning   to‘lovga   qobiliyatsizligi   to‘g‘risidagi   ish   ushbu   Qonunning   195-
moddasida   nazarda   tutilgan   alomatlar   mavjud   bo‘lgan   taqdirda   sud   tomonidan   qo‘zg‘atilishi
mumkin. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida
ushbu Qonun 30-moddasining   ikkinchi qismida   nazarda tutilgan tartib-taomillar qo‘llaniladi.
Qarzdor jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza   ushbu qonun
9-moddasi   birinchi   qismining   ikkinchi   xatboshisida   nazarda   tutilgan   hollarda,   agar   jismoniy
shaxs   barcha   majburiyatlarining   umumiy   summasi   bazaviy   hisoblash   miqdorining   kamida   ikki
yuz   baravarini   tashkil   etsa,   bunday   holat   yuzaga   kelgan   kundan   e’tiboran   o‘ttiz   kundan
kechiktirmay   jismoniy   shaxs   o‘ziga   nisbatan   to‘lovga   qobiliyatsizlik   to‘g‘risida   ish   qo‘zg‘atish
haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi kerak.
Jismoniy   shaxsni   to‘lovga   qobiliyatsiz   deb   topish   to‘g‘risidagi   ariza   ushbu   Qonun   195-
moddasida   nazarda   tutilgan   to‘lovga   qobiliyatsizlik   alomatlari   mavjud   bo‘lgan   taqdirda   sudga
berilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxsning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar   Qarzdor jismoniy shaxsni
to‘lovga   qobiliyatsiz   deb   topish   to‘g‘risidagi   arizaga   ushbu   Qonunning   40-moddasida   nazarda
tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yakka   tartibdagi   tadbirkor   maqomining   mavjudligini   yoki   yo‘qotilganligini   tasdiqlovchi
ma’lumot (agar bunday faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lsa);
qarzdor jismoniy shaxs kreditorlar talablarini  qanoatlantirish uchun taqdim etishga tayyor
bo‘lgan   mol-mulki   ro‘yxati   (narxi   ko‘rsatilgan   holda),   garov   predmeti   bo‘lgan   mol-mulk
joylashgan  yoki  saqlanadigan   joy,  mol-mulk  egasining   nomi  yoki  ismi,  familiyasi  va  otasining
ismi ko‘rsatilgan holda;
jismoniy shaxsning mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning
intellektual   faoliyat   natijalariga   bo‘lgan   mutlaq   huquqlarini   tasdiqlovchi   hujjatlarning   (mavjud
bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma nusxalari;
ko‘chmas   mulkka,   qimmatli   qog‘ozlarga,   yuridik   shaxsning   ustav   fondidagi   (ustav
kapitalidagi)   ulushlarga,   transport   vositalariga   oid   hujjatlarning,   shuningdek   ariza   berilgan
sanaga qadar uch yil ichidagi davrda jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarning ko‘chirma
nusxalari;
jismoniy   shaxs   aksiyador   (ishtirokchi)   bo‘lgan   yuridik   shaxs   aksiyadorlarining
(ishtirokchilarining) reyestridan (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma;
jismoniy shaxs tomonidan olingan daromadlar, jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb
topish to‘g‘risidagi ariza  berilgan  sanaga qadar bo‘lgan uch yil  ichidagi  davrda hisoblangan va
to‘langan soliqlar hamda yig‘imlar haqidagi ma’lumotlar;
tijorat banklaridagi hisobvaraqlar va ulardagi pul mablag‘larining qoldiqlari, jamg‘armalar
(depozitlar)   to‘g‘risida   tijorat   banki   tomonidan   berilgan   ma’lumotnoma,   shuningdek   jismoniy
shaxsni   to‘lovga   qobiliyatsiz   deb   topish   haqidagi   ariza   berilgan   sanaga   qadar   uch   yil   ichidagi
davr uchun jismoniy shaxsning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorning hisobvaraqlaridagi
operatsiyalar, omonatlar (depozitlar) bo‘yicha ma’lumotlar (mavjud bo‘lgan taqdirda);
sug‘urtalangan   shaxs   shaxsiy   hisobvarag‘ining   holati   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar   (mavjud
bo‘lgan taqdirda);
bandlik   va   mehnat   munosabatlari   hududiy   boshqarmasining   jismoniy   shaxsni   ishsiz   deb
topish haqidagi qarorining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
nikoh   tuzilganligi   to‘g‘risidagi   guvohnomaning   (agar   nikoh   ariza   topshirilgan   sanada
tuzilgan   bo‘lsa   yoki   nikohdan   ajralish   qayd   etilmagan   bo‘lsa)   va   (yoki)   nikohdan   ajralish haqidagi   guvohnomaning   (agar   guvohnoma   ariza   berilguniga   qadar   uch   yil   ichida   berilgan
bo‘lsa)   ko‘chirma   nusxasi,   shuningdek   nikoh   shartnomasining   ko‘chirma   nusxasi   (mavjud
bo‘lgan taqdirda);
ariza   berilgan   sanaga   qadar   uch   yil   ichida   tegishincha   tuzilgan   va   qabul   qilingan,   er-
xotinning   umumiy   mol-mulki   to‘g‘risidagi   shartnomaning   yoki   sud   hujjatining   ko‘chirma
nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Jismoniy shaxs o‘z arizasida moliyaviy boshqaruvchining nomzodini ko‘rsatishi mumkin.
Kreditorning,   davlat   soliq   xizmatining   yoki   boshqa   vakolatli   organning   jismoniy   shaxsni
to‘lovga   qobiliyatsiz   deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasi   jismoniy   shaxsni   to‘lovga   qobiliyatsiz  deb
topish   to‘g‘risidagi   ariza   kreditor,   davlat   soliq   xizmati   yoki   boshqa   vakolatli   organ   tomonidan
kreditorlarning   pul   majburiyatlari   va   soliqlar   hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   majburiyatlariga   doir
talablarini tasdiqlovchi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi
mumkin, bundan ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari mustasno.Ushbu moddaning   birinchi
qismida   ko‘rsatilgan   sud   qarori   mavjud   bo‘lmagan   taqdirda,   jismoniy   shaxsni   to‘lovga
qobiliyatsiz   deb   topish   haqidagi   ariza   kreditor   tomonidan   quyidagi   talablar   bo‘yicha   berilishi
mumkin:
notarial tarzda tasdiqlangan bitimlar asosidagi talablar;
notariusning ijro yozuvi bilan tasdiqlangan talablar;
jismoniy   shaxs   tomonidan   tan   olingan,   ammo   bajarilmagan   pul   majburiyatlari   bo‘yicha
kreditor taqdim etgan hujjatlar asosidagi talablar;
otalikni belgilash, otalikni (onalikni) rad etish yoki boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish
zarurati bo‘lmagan voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablar.
Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizaga ushbu Qonunning   41 —
43-moddalarida   nazarda   tutilgan   hujjatlar   bilan   birga   yakka   tartibdagi   tadbirkor   maqomi
mavjudligini   yoki   yo‘qotilganligini   tasdiqlovchi   ma’lumotlar   (agar   bunday   faoliyat   bilan
shug‘ullangan bo‘lsa) ilova qilinad
T adbirkorlik  (biznes)  faoliyatining mulkiy asoslari
Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida.
Tadbirkorlik  sub’ektlari  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishiga  asos va vosita bo‘lgan
mol-mulk,   shu   jumladan   mulkiy   huquqlar   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   tartibda
huquqlarning belgilanishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq oldi-sotdi, garov, ijara va
boshqa bitimlar ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Mulk   huquqi   keng     ma’nodagi   mulk   huquqi   deganda   tabiat   ashyolarini   ijtimoiy
o‘zlashtirishning   mavjud   zahiralarini,   usullarini   belgilash,   tartibga   solish   va   mustahkamlash
uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi
nazarda   tutiladi.   CHunonchi,   mulk   to‘g‘risidagi   umumiy   qoidalar   ob’ektiv   huquq   normalari
hisoblanadi.
O‘zbekiston  Respublikasining 2000 yil 25-mayda qabul  qilingan qonuning 14-moddasida
tadbirkorlik   faoliyatining   mulkiy   asosi   belgilangan.   Unga   ko‘ra,   t adbirkorlik   faoliyati
tadbirkorlik   sub’ektlarining   o‘z   mol-mulki   asosida   va   (yoki)   jalb   etilgan   mol-mulk   asosida
amalga oshirilishi mumkin. Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq
sub’ektlarining   (davlat,   yuridik   shaxslar   va   fuqarolarning)   ob’ektiv   huquq   normalari   asosida
kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.
Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini  ko‘zlab egallash, undan foydalanish va uni
tasarruf etish, shuningdek mulk huquqini har qanday buzilishlardan  bartaraf  etishni talab  qilish
huquqi   tushunchalari   mulk   huquqining   mazmunini   tashkil   etadi.   Sub’ektiv   mulk   huquqining
mazmunini   tashkil   etadigan   bu   elementlar   mulk   egasiga   qonun   bilan   belgilangan   doiralarda
beriladi. O‘zbekiston  Respublikasining  Mulkchilik  to‘g‘risidagi  qonuni va  FKning 164-moddasida
belgilanishicha,   mulkdor   o‘ziga   tegishli   mol-mulkka   o‘z   ixtiyoriga   ko‘ra,   o‘z   xohishi   va
manfaatlarini   ko‘zlab   egalik   qiladi,   undan   foydalanadi   va   uni   tasarruf   etadi.   SHu   ma’noda
mulkdor   o‘z   mulkiga   bo‘lgan   huquqlarini   ixtiyoriy   ravishda,   o‘z   xohishiga   ko‘ra   amalga
oshiradi.   Mulkdorning   o‘z   xohishi   deganda,   uning   o‘z   erki,   irodasi   bilan   o‘z   manfaatlarini
ko‘zlab,   birovning   (uchinchi   shaxslarning)   tazyiqisiz,   g‘ayrihuquqiy   ta’sirsiz   harakat   qilishi
nazarda   tutiladi.   Agar   mulkdorga   nisbatan   bunday   holatda   zo‘rlik,   tazyiq   ko‘rsatilgan   bo‘lsa,
qonun   mulkdorning   xohish-irodasi   erkin   amalga   oshirilishini   kafolatlaydi   va   muhofaza   qiladi.
Ayni vaqtda mulkdorning o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga
oshirilishi lozim.
Mulkdorning   mulkiy   huquqni   o‘z   xohishiga   ko‘ra   amalga   oshi-rishda   uning   manfaati
yotadi.   Bu   manfaat   bevosita   uning   o‘ziga,   yaqinlariga   yoki   boshqalarga   taalluqli   bo‘lishi
mumkin.   Masalan,   ota-ona   voyaga   etmagan   farzandi   nomiga   bankka   omonat   pul   mablag‘i
qo‘yganda   ham,   garchi   bunda   uchinchi   shaxsning   manfaati   ko‘zlaganday   bo‘lsa   ham,   aslida
mulkdorning   harakati   zamirida   ota-ona   sifati-dagi   burchi   yotadi.   Mulkdorning   o‘zi   xohishiga
ko‘ra   yoki   manfaatiga   zid   ravishda   mulkiy   bitimlar   tuzishiga   majbur   qilish,   umumiy   qoida
bo‘yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida   aytganimizdek,   mulk   huquqi   uch   element-mulkka   egalik   qilish,   undan
foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil topadi.     Mulkni egallash huquqi mulkni qo‘lda yoki
unga   nisbatan   o‘z   huquqlarini   amalga   oshirishga   imkon   beruvchi   biron   joyda   saqlab   turishdir.
Mulkni  qonunga muvofiq  ravishda  o‘z qo‘lida  yoki o‘z erki-irodasi ta’siri  ostida  saqlab turgan
shaxs   mulkni   egallash   huquqiga   ega.   Bunday   huquq,   avvalo,   mulk   egasiga   tegishli   bo‘ladi.
Avvalo deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga  asosan
boshqa   shaxsda   ham   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   mulk   shartnoma   bo‘yicha   ijaraga   berilganida,
vaqtincha   tekin   foydalanish   uchun   topshirilishida,   omonat   qo‘yilishida   yoki   ma’muriy
dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga o‘tkazilishida
egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Mulkni   qonun   talablariga   muvofiq   qo‘lda   saqlab   turishga   qonuniy   egallash   deb   aytilsa,
qonuniy   asoslar   bo‘lmay   turib   birovlarga   qarashli   mulkni   egallash,   masalan,   birovning
o‘g‘irlatgan yoki yo‘qotgan mulkini qo‘lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan   foydalanish   huquqi   mulkning   foydali   xususiyatlarini   o‘zlashtirish,   mulkdan
iqtisodiy   ma’noda   foyda   ko‘rishdir.   Mulkdan   qonunga   muvofiq   ravishda   foydalanuvchi   shaxs
shu   mulkdan   foydalanish   huquqiga   ega   bo‘ladi.   Mulkdan   foydalanish   huquqi   shu   mulkni
egallash huquqi bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Mulkni egallamay,  qo‘lda saqlamay  turib undan
foydalanib   ham   bo‘lmaydi.   Masalan,   mulk   ijarasi   shartnomasiga   muvofiq,   ijaraga   beruvchi
dastavval mulkni ijaraga oluvchiga qonun yoki shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda topshiradi.
Topshirish bilan bir vaqtda ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish huquqi ham vujudga
keladi va u shundan so‘ng ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanishi mumkin. Mulkdan ishlab
chiqarishda   yoki   kundalik   hayotda   foydalanishda   bu   mulk   butunlay   iste’mol   qilinadi   yoki
muayyan vaqt davomida asta-sekin eskiradi.
Agar   birovning   mulkidan   foydalanish   qonun   yoki   shartnoma   bilan   belgilangan   asoslar
bo‘lmay   turib   amalga   oshirsa,   bunday   foydalanish   qonunsiz   foydalanish   hisoblanadi.   Masalan,
o‘g‘irlangan   yoki   yo‘qotilgan   mulkdan   foydalanish.   Mulkni   tasarruf   etish   huquqi   -mulkning
yuridik   taqdirini   belgilash,   ya’ni   mulk   yuzasidan   boshqa   shaxslar   bilan   bo‘ladigan   huquqiy
munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan huquqdir. Mulk egasi tasarruf
etish   huquqiga   binoan   mulk   yuzasidan   xilma-xil   bitimlar,   shartnomalar,   chunonchi,   ashyoni
sotish,   hadya   qilish,   ijaraga   qo‘yish   to‘g‘risida   shartnomalar   tuza   oladi.   Agar   ashyo   butunlay keraksiz bo‘lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, o‘zidan biron-bir usul bilan
soqit   qilishi   mumkin.   Bu   huquq   mulkdorga   o‘z   mol-mulkiga   nisbatan   qonunga   zid   bo‘lmagan
har   qanday   harakatlarni   amalga   oshirish,   shu   jumladan   mol-mulkdan   garov   narsasi   sifatida
foydalanishi   yoki   unga   boshqacha   yo‘llar   bilan   vazifa   yuklash,   uni   begonalashtirish   yoki   mol-
mulkni boshqa-cha usul bilan tasarruf etish imkoniga ega bo‘ladi. Bu huquqning qo‘ldan ketishi
bilan   mulkka   nisbatan   bo‘lgan   egalik   huquqi   ham   qo‘ldan   ketadi.   Masalan,   mulkni   omonatga
qo‘yishda   ashyoni   egallash   huquqi,   ijaraga   berishda   ashyoni   egallash   va   undan   foydalanish
huquqi birovga o‘tsa, ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida  esa sub’ektiv mulk huquqining
har uch elementi: egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa shaxsga
(ya’ni mulkdorga) o‘tadi.
Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo‘qotish, o‘g‘irlatish hollarida mulk egasi o‘z mulkni
egallash,   foydalanish   va   uni   tasarruf   etish   imkoniyatidan   mahrum   bo‘lsa   ham,   egalik   huquqini
qonunda   belgilangan   hollarda   va   muddatlarda   o‘zi   saqlab   turadi.   Fuqaroga   tegishli   mulk
o‘g‘irlatilganida uning kimning qo‘lida bo‘lishligi aniqlanganidan so‘ng qonun bilan belgilangan
uch   yillik   da’vo   muddati   davomida   talab   qilib   olinishi   mumkin.   Aks   holda   mulkka   nisbatan
bo‘lgan egalik huquqi yo‘qoladi. Umuman olganda mulkni tasarruf etish elementi kimda bo‘lsa,
shu shaxs (garchi mulkning qo‘lida, ya’ni egaligida yoki foydalanishida bo‘lmasa ham) mulkdor
hisoblanadi. Zero, tasarruf etish elementi mulkning shakli va huquqiy maqomiga qarab muayyan
hujjatlar (order, tilxat va h.k.) bilan tasdiqlanadi.
Mulk   egalari   o‘zlariga   tegishli   mulk   huquqidan   g‘ayriqonuniy   maqsadlarda,   birovning
zarariga foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulkdor   huquqlari   va   vakolatlarining   chegarasi   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   54-moddasida   bayon   qilingan   bo‘lib,   unga  asosan   mulkdor   o‘z   huquqlarini
amalga oshirishda ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning
huquqlarini   hamda   qonun   bilan   qo‘riqlanadigan   manfaatlarini   buzmasligi   shart.   Bu
konstitutsiyaviy  norma FKning 172-moddasida  batafsil talqin  qilingan.  Ushbu moddaga asosan
mulkdor o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirishda quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
1.   Mulkdorning   o‘z   huquqlarini   amalga   oshirishi   boshqa   shaxs-larning   huquqlarini   va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari-ni buzmasligi shart;
2.   Qonunlarda   nazarda   tutilgan   hollarda,   shartlarda   va   doirada   mulkdor   boshqa   shaxslar
uning   mol-mulkidan   cheklangan   tarzda   foydalanishiga   yo‘l   qo‘yishga   majbur   (masalan,
ko‘chmas   mulk   er   uchastkasi   egasi   qo‘shni   er   uchastkasi   egasi   qo‘shni   er   uchastkasining
egasidan zarur hollarda,  boshqa er uchastkalarining  egalaridan  ham o‘zganing er uchastkasidan
cheklangan  holda   foydalanish   (servitut)  huquqini  berishni   talab   qilishga   haqli.   Odatda,  servitut
piyodalar va transport yo‘li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lishi
mumkin.  Er uchastkasida servitut belgilanishi er egasini mulk huquqidan aslo mahrum qilmaydi.
Servitutdan   foydalanuvchi   bilan   er   uchastkasi   egasi   o‘rtasida   servitut   haqida   bitim   tuzilib,   u
ko‘chmas   mulkka   oid   bitimlar   kabi   ro‘yxat-dan   o‘tkaziladi.   Servitut   belgilangan   uchastkaning
egasi agar qonunda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut kimning foydasini ko‘zlab
belgilangan   bo‘lsa,   o‘sha   shaxsdan   uchastkadan   foydalanganlik   uchun   mutanosib   haq   talab
qilishga haqlidir (FKning 173-moddasi);
3.   Mulkdor   o‘zining   ustunlik   mavqeini   suiiste’mol   qilishga,   boshqa   shaxslarning
huquqlarini   va   qonun   bilan   qo‘riqlanadigan   manfaatlarini   kamsitadigan   o‘zga   harakatlarni
qilishga haqli emas;
4.   Mulkdor   o‘z   huquqini   amalga   oshirganda   fuqarolarning   sog‘-lig‘iga   va   atrof-muhitga
zarar etkazishning oldini olish choralarini ko‘rishga majbur. Mulk   huquqining   mazmunida   nafaqat   mulkdorning   huquqlari,   balki   mol-mulkni   saqlab
turish   burchi   ham   yotadi.   FKning   174-moddasiga   asosan,   o‘ziga   qarashli   mol-mulkni   saqlash,
agar   qonun   hujjatlarida   yoki   shartnomada   boshqacha   tartib   nazarda   tutilgan   bo‘lmasa,   mulk
egasining   zimmasida   bo‘ladi.   Agar   mulkdor   bu   majburiyatni   bajarmasa,   ba’zi   hollarda   uning
mulkiy   huquqlari   chegaralab   qo‘yilishi   yoki   mol-mulk   undan   olib   qo‘yilishi   haqida   da’vo
oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin (Masalan, FKning 190-moddasida ko‘zda
tutilgan asoslar bo‘yicha).
Tadbirkorlik   faoliyati   sub’ektlarining   mulk   huquqi   quyidagi   umumiy   tamoyillar   asosida
rivojlanadi va himoya qilinadi  
Ushbu   tamoyillar   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   (36,53,54-moddalar),
FK (164, 165, 172, 228, 231-moddalari) va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topgan: Unga ko‘ra,
1.   O‘zbekiston   Respublikasida   mulk   daxlsiz,   mulkdorning   mulkiy   huquqi   qonun   bilan
kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mahrum etilishi mumkin;
2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga yordam beradigan
har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat berilishi;
3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan kafolatlanadi va ularning
teng rivojlanishiga sharoit yaratib berilishi:
4. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni
o‘z xohishiga ko‘ra sodir etishga haqli.
5.Mulkiy   huquqning   amalga   oshirilishi   atrof-muhitga   zarar   etkazmasligi,   fuqarolar,
korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar   va   davlat   huquqlarini   buzmasligi   hamda   qonun   bilan
qo‘riqlana-digan manfaatlarga putur etkazmasligi shart.
6. Har kim mulkdor bo‘lishga haqli.
T adbirkorlik (biznes)  shartnomalari
S h artnomaga oid umumiy qoidalar.  Tadbirkorlik  (biznes) shartnomalari tushunchasi. 
Shartnomaga   oid   umumiy   qoidalar   O‘zbekiston   Respublikasining   Fuqarolik   kodeksida,
O‘zbekiston   respublikasining   « Tadbirkorlik   yurituvchi   sub’ektlar   faoliyatining   shartnomaviy-
huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi  qonunida 1
belgilangan.
O‘ zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik   kodeksining   353,   354,355,356,357,358,359-
moddalarida   shartnoma   tushunchasi   va   shartnomaga   oid   qoidalar   berilgan.   Unga   muvofiq   i kki
yoki bir necha  shaxsning fuqarolik  huquqlari va burchlarini  vujudga keltirish,  o‘zgartirish yoki
bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga   ushbu   Kodeksning   9-bobida   nazarda   tutilgan   ikki   va   ko‘p   taraflama
bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan   kelib   chiqqan   majburiyatlarga,   agar   ushbu   bobning   qoidalarida   va   ushbu
Kodeksda   shartnomalarning   ayrim   turlari   to‘g‘risida   bayon   etilgan   qoidalarda   boshqacha   tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar  qo‘llaniladi.
Ikkitadan   ortiq   taraflar   tuzadigan   shartnomalarga,   bunday   shartnomalarning
ko‘ptaraflamalik   xususiyatiga   zid   bo‘lmasa,   shartnoma   to‘g‘risidagi   umumiy   qoidalar
qo‘llaniladi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.
1 Shartnoma   tuzishga   majbur   qilishga   yo‘l   qo‘yilmaydi,   shartnoma   tuzish   burchi   ushbu
Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
Taraflar   turli   shartnomalarning   elementlarini   o‘z   ichiga   oladigan   shartnoma   (aralash
shartnoma)   tuzishlari   mumkin.   Aralash   shartnoma   bo‘yicha   taraflarning   munosabatlariga,   agar
taraflarning   kelishuvidan   yoki   aralash   shartnomaning   mohiyatidan   boshqacha   tartib
anglashilmasa,   elementlari   aralash   shartnomada   bo‘lgan   shartnomalar   to‘g‘risidagi   qoidalar
qo‘llaniladi.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni
qonun hujjatlarida ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli
qo‘llaniladigan   norma   (dispozitiv   norma)da   nazarda   tutilgan   hollarda   taraflar   o‘zaro   kelishib,
uning   qo‘llanishini   bekor   qilishlari   yoki   unda   nazarda   tutilganidan   boshqacha   shartni
belgilashlari   mumkin.   Bunday   kelishuv   bo‘lmaganda   shartnomaning   sharti   dispozitiv   norma
bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
tegishli   shartlar   taraflar   o‘rtasidagi   munosabatlarga   nisbatan   qo‘llanilishi   mumkin   bo‘lgan   ish
muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar   sh artnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini
bajarganligi  uchun haq olishi  yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi  lozim  bo‘lsa, bunday
shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo‘ladi.  
Shartnoma   bo‘yicha   bir   taraf   ikkinchi   tarafga   undan   haq   yoki   boshqa   muqobil   to‘lov
olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma
hisoblanadi.
Agar   qonun   hujjatlaridan,   shartnomaning   mazmuni   yoki   mohiyatidan   boshqacha   hol
anglashilmasa,   shartnoma   haq   evaziga   tuzilgan   shartnoma   hisoblanadi.   Baho   sh artnomani
bajarganlik   uchun   taraflarning   kelishuvi   bilan   belgilangan   bahoda   haq   to‘lanadi.   Qonunda
nazarda   tutilgan   hollarda   tegishli   vakolatga   ega   bo‘lgan   davlat   organlari   belgilaydigan   yoki
tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi.
Shartnoma   tuzilganidan   keyin   bahoni   o‘zgartirishga   qonun   hujjatlari   yoki   shartnomada
nazarda   tutilgan   hollarda   va   shartlarda   yo‘l   qo‘yiladi.   Haq   to‘lashni   nazarda   tutadigan
shartnomada   baho   nazarda   tutilmagan   va   shartnoma   shartlari   bo‘yicha   belgilanishi   mumkin
bo‘lmagan   hollarda   shartnomani   bajarganlik   uchun   o‘xshash   vaziyatlarda   odatda   shunday
tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo‘yicha haq to‘lanishi kerak.
SHartnomaning amal qilishi  sh artnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar
uchun   majburiy   bo‘lib   qoladi.   Taraflar   o‘zlari   tuzgan   shartnomaning   shartlarini   ularning
shartnoma   tuzishidan   oldin   vujudga   kelgan   munosabatlariga   nisbatan   qo‘llaniladi   deb   belgilab
qo‘yishga   haqlidirlar.   Qonunda   yoki   shartnomada   shartnomaning   amal   qilish   muddati   tugashi
taraflarning   shartnoma   bo‘yicha   majburiyatlari   bekor   bo‘lishiga   olib   keladi,   deb   belgilanishi
mumkin.   Bunday   shart   yozib   qo‘yilmagan   shartnoma   taraflar   majburiyatni   bajarishining
shartnomada belgilab qo‘yilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan
ozod qilmaydi.   Ommaviy shartnoma  t ashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot
o‘z   faoliyati   xususiyatiga   ko‘ra   o‘ziga   murojaat   qiladigan   har   bir   shaxsga   nisbatan   amalga
oshirishi   shart   bo‘lgan   tovarlar   sotish,   ishlar   bajarish   yoki   xizmatlar   ko‘rsatish   sohasidagi
vazifalarini   (chakana   savdo,   umumiy   foydalanishdagi   transportda   yo‘lovchi   tashish,   aloqa
xizmati,   energiya   bilan   ta’minlash,   tibbiy   xizmat,   mehmonxona   xizmati   va   sh.k.)   belgilab qo‘yadigan   shartnoma   ommaviy   shartnoma   deyiladi.   Bunday   tashkilot   ommaviy   shartnoma
tuzishda   bir   shaxsni   boshqa   shaxsga   nisbatan   afzal   ko‘rishga   haqli   emas,   qonun   hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar,   ishlar   va   xizmatlarning   bahosi,   shuningdek   ommaviy   shartnomaning   boshqa
shartlari   hamma   iste’molchilar   uchun   bir   xil   qilib   belgilanadi,   qonun   hujjatlarida
iste’molchilarning   ayrim   toifalari   uchun   imtiyozlar   berilishiga   yo‘l   qo‘yiladigan   hollar   bundan
mustasno.   Tashkilotning   iste’molchiga   tegishli   tovarlarni   berish,   xizmatlar   ko‘rsatish,   uning
uchun   tegishli   ishlarni   bajarish   imkoniyati   bo‘la   turib   ommaviy   shartnoma   tuzishdan   bosh
tortishiga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Qonunda   nazarda   tutilgan   hollarda   O‘zbekiston   Respublikasi
Hukumati   ommaviy   shartnomalarni   tuzish   va   bajarishda   taraflar   uchun   majburiy   bo‘lgan
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
SHartnomaning   namunaviy   shartlari   sh artnomada   uning   ayrim   shartlari   tegishli   turdagi
shartnomalar   uchun   ishlab   chiqilgan   namunaviy   shartlar   bilan   belgilanishi   nazarda   tutilishi
mumkin.   Shartnomada   namunaviy   shartlarga   havola   qilinmagan   hollarda   bunday   namunaviy
shartlar   taraflarning   munosabatlariga   ish   muomalasi   odatlari   sifatida   qo‘llaniladi.   Namunaviy
shartlar   namunaviy   shartnoma   yoki   ushbu   shartlarni   o‘z   ichiga   oluvchi   boshqa   hujjat   shaklida
ifodalanishi mumkin.
O‘ zbekiston   respublikasining   « Tadbirkorlik   yurituvchi   sub’ektlar   faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy   bazasi   to‘g‘risida»gi   qonunida   esa   tadbirkorlik   shartnomasi   tushunchasi
berilgan.   Unga   ko‘ra,   t araflardan   biri   shartlashilgan   muddatda   tadbirkorlik   faoliyati   sohasida
tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf
esa   tovarlarni,   ishlarni,   xizmatlarni   qabul   qilib   olish   va   ularning   haqini   to‘lash   majburiyatini
oladigan kelishuv tadbirkorlik shartnomasi deyiladi.  3-modda.
Tadbirkorlik (biznes)  faoliyatida  shartnoma viy  munosabatlarining asosiy tamo y illari. 
Tadbikorlik   faoliyati   sohasidagi   shartnomaviy   munosabatlarning   asosiy   prinsiplari
quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik shartnomalarini tuzishning erkinligi;
taraflarning o‘zaro manfaatdorligi;
shartnoma intizomiga rioya etish;
taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi.  
Tadbirkorlik   shartnomalari subektlari, ularning huquq va majburiyatlari.  
  Tadbirkorlik   shartnomalarining   sub’ektlari   yu ridik   shaxslar,   shuningdek   yuridik   shaxs
tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik
shartnomalarining   sub’ektlari   (taraflari)   bo‘ladi.   Tadbirkorlik   shartnomasi   taraflari   belgilangan
tartibda quyidagi huquqlarga ega:
tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan
zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
tadbirkorlik   shartnomalarini   tuzish,   bajarish,   o‘zgartirish   va   bekor   qilish   bilan   bog‘liq
masalalar   yuzasidan   ekspertlarning   yozma   xulosalarini   so‘rash   va   olish,   mutaxassislar   bilan
maslahatlashish;
davlat   organlari   va   boshqa   organlarga,   mansabdor   shaxslarga   iltimosnomalar   bilan
murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
boshqa  tarafning   iqtisodiy  ahvoli,   nufuzi  va  ishchanlik  jihatlari   xususidagi   ma’lumotlarni
to‘plash; tadbirkorlik   yurituvchi   sub’ektlarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya
qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Tadbirkorlik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan
o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.  
Tadbirkorlik shartnomasi taraflari quyidagi majburiyatlarga ega :
tadbirkorlik shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;
qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   hollarda   tadbirkorlik   shartnomalarining   o‘z   vaqtida
tuzilishini ta’minlash;
tuzilgan   tadbirkorlik   shartnomalari   bo‘yicha   zimmalariga   olingan   majburiyatlarni   o‘z
vaqtida   va   tegishli   tartibda   bajarishlari   shart.   Tadbirkorlik   shartnomasi   taraflari   qonun
hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.  
Tadbirkorlik    shartnomalarini tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilish.
Tadbirkorlik   shartnomasini   tuzish   qoida   tariqasida   taraflardan   birining   oferta   (shartnoma
tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan
tuziladi.   Agar   taraflar   o‘rtasida   shartnomaning   barcha   muhim   shartlari   bo‘yicha   kelishuvga
erishilgan bo‘lsa, tadbirkorlik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi .
Tadbirkorlik   shartnomasi   shartnoma   shartlariga   hamda   qonun   hujjatlarining   talablariga
muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga
muvofiq   bajarilishi   lozim.   Tadbirkorlik   shartnomasining   bajarilishi   neustoyka,   garov,
qarzdorning   mol-mulkini   ushlab   qolish,   kafillik,   kafolat,   zakalat   hamda   qonun   hujjatlari   yoki
shartnomada   nazarda   tutilgan   boshqacha   usullar   bilan   ta’minlanishi   mumkin.   Tadbirkorlik
shartnomasini  o‘zgartirish  va bekor qilish   a gar qonun hujjatlarida  yoki shartnomada  boshqacha
tartib   nazarda   tutilgan   bo‘lmasa,   tadbirkorlik   shartnomasi   taraflarning   kelishuviga   muvofiq
o‘zgartirilishi   va   bekor   qilinishi   mumkin.   Tadbirkorlik   shartnomasi   qanday   shaklda   tuzilgan
bo‘lsa,   taraflarning   uni   o‘zgartirish   yoki   bekor   qilish   to‘g‘risidagi   kelishuvi   ham   shunday
shaklda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik   shartnomasini   bajarishdan   bir   taraflama   bosh   tortishga   yoki   tadbirkorlik
shartnomasining shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki
shartnomada   nazarda   tutilgan   hollar   bundan   mustasno. Taraflardan   birining   talabi   bilan
tadbirkorlik   shartnomasi   tadbirkorlik   sudining   qaroriga   binoan   faqat   ikkinchi   taraf   tadbirkorlik
shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa
hollarda   o‘zgartirilishi   yoki   bekor   qilinishi   mumkin.   Taraflardan   birining   tadbirkorlik
shartnomasini   buzishi   ikkinchi   tarafga   u   tadbirkorlik   shartnomasi   tuzishda   umid   qilishga   haqli
bo‘lgan   narsadan   ko‘p   darajada   mahrum   bo‘ladigan   qilib   zarar   etkazishi   tadbirkorlik
shartnomasini   jiddiy   buzish   hisoblanadi.   Bir   taraf   shartnomani   o‘zgartirish   yoki   bekor   qilish
haqidagi   taklifga   ikkinchi   tarafdan   rad   javobi   olganidan   keyingina   yoki   taklifda   ko‘rsatilgan
yoxud   qonunda   yoki   shartnomada   belgilangan   muddatda,   bunday   muddat   bo‘lmaganida   esa
o‘ttiz   kunlik   muddatda   javob   olmaganidan   keyin,   tadbirkorlik   shartnomasini   o‘zgartirish   yoki
bekor qilish to‘g‘risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin
Davlat mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining shartnomaviy munosabatlarni
tartibga solishdagi o‘rni.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: davlat   ehtiyojlari   uchun   tovarlar   etkazib   berish,   ishlar   bajarish,   xizmatlar   ko‘rsatish
shartnomalarini,   shuningdek   kontraktatsiya   shartnomalarini   tuzish   va   bajarish   ishlarini
muvofiqlashtirib boradi;
tadbirkorlik   yurituvchi   sub’ektlar   o‘rtasidagi   shartnoma   munosabatlarini   rivojlantirish
uchun   sharoit   yaratish   chora-tadbirlarini   ko‘radi.   Davlat   boshqaruv   organlari   o‘z   vakolatlari
doirasida:
tadbirkorlik shartnomalarini tuzishda yordam ko‘rsatadi;
tadbirkorlik   shartnomalari   hamda   ularni   bajarishning   ahvoli   to‘g‘risidagi   statistika
ma’lumotlarini umumlashtiradi;
qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   hollarda   tadbirkorlik   shartnomalarining   bajarilish
jarayonini nazorat qilib turadi;
tadbirkorlik   yurituvchi   sub’ektlar   yuridik   xizmatlarining   ishini   tashkil   etishga,   yuridik
maslahatchilarning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
tadbirkorlik   shartnomasini   tuzish,   bajarish,   o‘zgartirish   va   bekor   qilish   jarayonida   qonun
hujjatlarining   buzilishiga   yo‘l   qo‘yilganligi   fakti   aniqlangan   taqdirda,   aybdor   shaxslarni
belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi.   III. XULOSA.
Xulasa o‘rnida  shni aytib o‘tishimiz  lozmki, tadbirkorlarning  to‘lovga qobiliyatsizligi  va
bankirotlilik   masalalari   bugungi   rivojlaninib   borayotgan   mustaqil   yangi   O‘zbekistonni
taraqqiyotiga ulkan iqtisodiy rivoji uchun hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlik
subyektlarining     faoliyatida   yuzaga   keladigansud   tomonidan   e’tirof   etilgan,   qarzdorning   pul
majburiyatlari  bo‘yicha  kreditorlar  talablarini  to‘la   hajmda  qanoatlantirishga  va  (yoki)  soliqlar
hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatlarini   to‘la   hajmda   bajarishga   qodir   emasligi   ya’ni
to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan bu kelib chiqadigan ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni o‘z
ichiga   qamrab   oluvchi   masalalarni   hal   etish   uchun   bu   tadbirkorlik   subyektlarining   tolovga
qobiliyatsizligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy ahamiyatga molik bo‘lgan va
huquqiy   munosabatlarni   bilishimiz   va   amalyotga   tadbiq   etishimizni   hozirgi   zamon   talabi
darajasiga aylaninib bormoqda.
Jismoniy  va YaTTning  to‘lovga qobiliyatsizligi  to‘g‘risida fikr yuritib xulosa yuritadigan
bo‘lsak,   albatta biz enng avvalo to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunni 1, 2, 3, 5, 6 va  7-
boblarining   tegishli   qoidalari   qo‘llaniladi.   Ushbu   qonun   asosida   jismoniy   shaxsning   to‘lovga
qobiliyatsizligi   alomatlarini   aniqlash   va   qanday   yuzaga   kelishini   quyidagicha   asoslab   beradi;
qarzdor jismoniy  shaxsning pul  majburiyatlari  bo‘yicha  kreditorlar  talablarini  qanoatlantirishga
va   yoki   soliqlar   hamda   yig‘imlar   bo‘yicha   o‘z   majburiyatini   to‘liq   hajmda   bajarishga   qodir
emasligi,   agar   tegishli   majburiyatlar   va   yoki   to‘lov   majburiyatlari   yuzaga   kelgan   kundan
e’tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy
shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa,
qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi  alomatlari  hisoblanishini  asoslab beradi va
jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   faoliyatlarida   yuzaga   kelishi   mumkin   bo‘lga   yuqorida   aytib
o‘tilga to‘lovga qobiliyatsizlik holatlarini oldini olishga qaratilib o‘zganishligimiz lozmdir.
  Tadbirkorlik   faoliyatining   mulkiy   asoslariga   ta’rif   va   xulosa   berib   o‘tadigan   bo‘lsak   bu
tushunchaga   qonunqn   quyidagicha   tariff   berib   O‘zbekiston   Respublikasi   FKning   207-
moddasiga   asosan   xusu-siy   mulk   huquqi   shaxsning   qonun   hujjatlariga   muvofiq   tarzda   qo‘lga
kiritgan   mol-mulkka   egalik   qilish,   undan   foydalanish   va   uni   tasarruf   etish   huquqidir.   Ya’ni   u
meros   tariqasida,   ishlab   chiqarishda   o‘z   mehnati   bilan   shaxsan   ishtirok   etish,   tadbirkorlik
faoliyatini   amalga   oshirish,   bitimlar   tuzish,   yollanma   mehnatdan   foydalanish   tartibida   hamda
qonunda   ta’qiqlab   qo‘yilmagan   boshqa   asoslarda   olgan   huquqidir.Shuningdik   bu   huquqlar
asosida   tadbirkorlik   subyektlari   balki   jismoniy   va   yuridik   shaxslar   ham   o‘zining   mulkiga
bo‘lgan huquqlarini yuzga keltirish egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishi belgilab qonuniy
himoya qilinadi.
     Shartnomalar haqida xulosa yuritishda  asosiysi  tadbirlorlik subyektlari va jismoniy va
yuridik   shaxslarning   shartnoma   tuzish   va   ular   u   o‘rtasidagi   huquq   va   majburiyatlarni   vujudga
keltirish   asoslari   va   qanday   shakllarda   tuzilishi   qanday   huquqlarni   vujudga   kelishi,   qanday
imtiyozlar   berishi   haqida   amaliy   va   nazariy   bilimlarga   ega   bo‘lishimiz   kerak.   Shartnomalarga
ikki   va   ko‘p   taraflama   bitimlar   to‘g‘risidagi   qoidalar   qo‘llaniladi.   Shartnomadan   kelib   chiqqan
majburiyatlarga,.Ikkitadan   ortiq   taraflar   tuzadigan   shartnomalarga,   bunday   shartnomalarning
ko‘ptaraflamalik   xususiyatiga   zid   bo‘lmasa,   shartnoma   to‘g‘risidagi   umumiy   qoidalar
qo‘llaniladi..Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
Bunday   shartnomalar   tuzish   albatta   jismoniy   va   yuridik   shaxslar   nafaqat   tadbirkorlik
subyektlarining   faoliyati   rivoji   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lib   xizmat   qilishi   va   o‘zaro
manfaat   keltirishi   nuqtai   nazaridan   ham   amalga   oshirilishi   shartnoma   taraflarining   manfaatlari
yo‘lida xizmat qiladi. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Toshkent..  30.04.2023-yil. 53-bet.
2. Tadbirkorlik huquqi. Z.O. Kuvandikov. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand, SamDU 
nashri, - 2023. – 420 bet. 
3. Tadbirkorlik (biznes) huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. – T . TDYU,, 2018. -296 
bet.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksi T. “Yuridik adabiyotlar publish” 
01.03.1997-yil. 792 bet.
5.  O‘zbekiston respublikasi  “ Tadbirkorlik subyektlari erkinligining kafolatlar 
to‘g‘risida”gi   qonuni ,02.05.2012-yil.,O‘RQ328-sonli.
6. O‘zbekiston respublikasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi . 26.12.2016-yildagi  
qonuni.
7. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi yangi qonuni, 
12.04.2022-yildagi  O‘RQ-763-sonli qonuni.
8. O‘zbekiston Respublikasining  “o‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi 
o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi  
07.05.1993-yildagi 851-12-son qonuni.

Mavzu: Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlar . Jismoniy shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari. Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar. I.KIRISH. II.ASOSIY QISM. 1. Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi soxasidagi munosabatlar tushunchasi va ularning huquqiy asoslari. 2. To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish asoslari. 3. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish. 4. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar. 5. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari. 6. Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida. 7. S h artnomaga oid umumiy qoidalar. Tadbirkorlik (biznes) shartnomalari tushunchasi. 8. Tadbirkorlik (biznes) faoliyatida shartnoma viy munosabatlarining asosiy tamo y illari. 9. Tadbirkorlik shartnomalari subektlari, ularning huquq va majburiyatlari. 10. Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilish. 11. Davlat mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rni. III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

I.KIRISH. Barchamizga ma’lumki davlatning kuch qudrati avvalo, demokratik insitutlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy ijtimoiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etibberish qobiliyati bilan o‘lchanadi. Shunday ekan O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlariga bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, borasida gapiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ya’ni 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining ”Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarori bu esa yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga yaratilayotgan imkoniyat deb qarasak mumkin. Yuqoridagi mavzularga to‘xtalib o‘tiladigan bo‘lsak albatta birrichi navbatta ketma ketlikda ko‘rib chiqishimiz lozm. Jumladan birinchi mavzu haqida O‘zbekiston Respublikasida o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini olib boradigan tadbirkorlik subyektlarining to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlar qanday tartibda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoy iqtisodiy munosabatlar nyig‘indisidan kelib chiqadigan holatlar tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib keladigan omil bolishi mumkin albatta. Binobarin O‘zbekiston Respublikasining 12.04.2022-yilda qabul qilingan “Bankrotlilik masalalari” va O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi yangi qonuni, 12.04.2022-yildagi O‘RQ-763-son va boshqa qonun hujjatlari va boshqa qonun hamda qonun osti hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ushbuqonunda Tadbirkorlarning bankirotlilik va to‘lovga qobiliyatsizlik oqibatlarining qanday yuzaga kelishi va ushbu holatni aniqlash, va to‘lovga qobiliyatsiz deb topish asoslarini belgilab berishi to‘g‘risidagi davalat vakolatli organlarining o‘z vakolat doirasida bish olib borishini qonuniy asoslab beradi. Uchinchi va to‘rtinchi mavzumiz ya’ni “Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari” va Tadbirkorlik sohalarida shartnomalar deb atalib, O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonuni asosida tadbirkorlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan ishlab chiqaradiga maxsulotlari va hamda ular faoliyat olib boradiga joylari sifatida o‘zining xususiy mulklarini tashkil etadi.shuningdik tadbirkorlarning iqtisodiy manbalari xususiy va ommaviy (davlat) mulk shakllaridan tashkil topadi. Bu tushuncha bo‘yicha fuqarolik kodeksining 167-moddasida quyidagicha yoritiladi oo‘zbekiston iqtisodiyot negizini xususiy va ommaviy muulk shakllari tashkil etadi deb qonun bilan yoritib o‘tilgandir. Shuningd tadbirkorlik faoliyatida shartnomasiz faoliyat olib borishga haech qayerda amalga oshirilmasa kerak albatta, shuningdik shartnomalar Fuqarolik huquqining 535-moddasida shuday deb tarif berilgandir; “ Shartnoma deb jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va majburiyatlarini vudga keltirish, o‘zgartirishhamda bekor qilishga qaratilga kelishuv” deb aytib o‘tilganidik tadbirkorlik huquq va majburiyatlarni bajarishda alabatta shartnomaning o‘rni katta ekanligi ko‘rinob turibdi. Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlar. To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish asoslari. To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat: vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona

hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi; doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi. ( 5-modda ). Tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi soxasidagi munosabatlar tushunchasi va ularning huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlilik masalalari” va O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi yangi qonuni, 12.04.2022-yildagi O‘RQ-763-son va boshqa qonun hujjatlari va boshqa qonun hamda qonun osti hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ushbu qonun 17-bob 249-moddadan iborat. Ushbu qonunning 3-moddasida to‘lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi belgilangan. Shuningdek, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bankrot — sudning qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor; bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi; kelishuv bitimi — taraflarning o‘zaro yon berish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi; kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno; kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; kuzatuv tartib-taomili qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib- taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil; mol-mulkni sotish tartib-taomili jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil; moratoriy qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turish; pul majburiyati qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati; soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;

soxta to‘lovga qobiliyatsizlik yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajara olmasligi to‘g‘risida e’lon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi; sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) to‘lovga qobiliyatsizlik tartib- taomillarini o‘tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs; sud sanatsiyasi tartib-taomili qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil; sudgacha sanatsiya qilish qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar; tashqi boshqaruv qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili; tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar mustasno; to‘lovga qobiliyatsizlik sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi; to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o‘z ichiga oladigan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tartib-taomil; to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko‘rsatilganligi yoki o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish; qarzdor kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar; qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki uning mol-mulki egasining vakili to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida muassislar (ishtirokchilar) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; qarzdor xodimlarining vakili to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili o‘tkazilayotganda o‘z manfaatlarini ifodalash uchun qarzdorning xodimlari tomonidan vakolat berilgan shaxs; qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomili jismoniy shaxsga nisbatan to‘lov qobiliyatini tiklash va kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil; qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori, shuningdek jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish;

qishloq xo‘jaligi korxonasi qishloq xo‘jaligi kooperativi, fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar; shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona xodimlari, ularning oila a’zolari ham qo‘shib hisoblanganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini yoki xodimlarining soni kamida uch ming nafar kishini tashkil etadigan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlaydigan, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yoki tabiiy monopoliyalar subyekti bo‘lgan yuridik shaxs. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayoni boshlangan sanadan e’tiboran yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar joriy to‘lovlardir. Kreditorlarning joriy to‘lovlar bo‘yicha talablari kreditorlar talablarining reyestrida aks ettirilmaydi. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning joriy to‘lovlar bo‘yicha talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladi . To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 36-moddasi . Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. ( 6-modda ). To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iborat: qarzdor; sud boshqaruvchisi; kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e’tiboran; vakolatli davlat organi; qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha ta’minot bergan shaxs. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta to‘lovga qobiliyatsizlikka, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Jismoniy shaxsning va yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari. Qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari