logo

Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.791015625 KB
Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar.
Reja:
  1.Qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish to’g’risida tushuncha.
2.Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga 
ta’sir etuvchi omillar.
3.Sanoat sohasidagi o’zgarishlar. Mustaqillik   yillarida   respublikada   qishloq   xo`jaligi   sohasiga   bozor   tamoyillarini
joriy   qilish   va   mulkchilik   shakllarini   to`liq   o`zgartirish   bilan   tub   islohotlar
o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq
xo`jaligi   iqtisodiyotining   rivojlanishida   o`z   aksini   topdi.   Ishlab   chiqarishni
diversifikatsiyalash   va   oziq-ovqat   mustaqilligini   ta`minlash   bo`yicha   qishloq
xo`jaligini   strategik   rivojlantirish   doirasida   o`tkazilgan   kompleks   chora-
tadbirlarning   amalga   oshirilishi   natijasida,   so`nggi   yillarda   sohada   yuqori
sur`atlarga erishildi.
Iqtisodiy   islohatlarning   butun   zanjirida   agrar   sohadagi   uzgarishlarga   g‘oyat   katta
ahamiyat   berilmoqda.   Bu   esa   aholining   aksariyati   qishloqda   yashashi,
iqtisodiyotning agrar-sanoat  tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni
hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning
Ayni   agrar   sohasi   katta   imkoniyatlarga   ega.   Bu   imkoniyatlardan   foydalanib,
aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay,
Respublika   qishloq   aholisining   turmushini   farovon   qilish   ham   mumkin.   Qishloq
xo‘jaligida o`zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi
mavjud   ijtimoiy   -   iqtisodiy   munosabatlarni   tubdan   uzgartirish   hisobiga   amalga
oshiriladi. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan
shakllarini   tiklash   zarur.   Qishloq   xo‘jaligini   diversifikatsiya   qilish,   yer-suv
resurslaridan   yanada   oqilona   foydalanish,   eksportbop   mahsulotlar   yetishtirish
orqali   dehqonlarning   daromadini   oshirish   borasida   olib   borayotgan   tizimli
ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Masalan, 2017 yil yakunida 96
ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar
yerda   karam,   turli   sabzavot   va   ko‘katlar   ekildi   va   bu   maydonlardan   olingan
minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv
bog‘   va   yangi   tokzorlar,   1   ming   500   gektarda   issiqxonalar   barpo   etildi.   Qishloq
xo‘jaligi   sohasida   erishayotgan   yutuq   va   natijalarimiz   haqida   yana   ko‘p
gapirishimiz   mumkin.Lekin   yutuqlarga   mahliyo   bo‘lib   o‘tirish,   xotirjamlikka
berilish   bizga   yarashmaydi.   Chunki   qishloq   xo‘jaligi   sohasida   hali   ishga
solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham
juda   ko‘pligini   barchamiz   yaxshi   bilamiz.   O‘zbekistonni   2017-2021-yillarda
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasida   barcha   sohalar   qatori
qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq
belgilab,   ularni   izchil   amalga   oshirib   borayotganimiz   sohadagi   ulkan
muvaffaqiyatlarga   asos   bo‘lib   xizmat   qilmoqda.   Qishloq   xo‘jaligini   joylashtirish
mehnatning   ijtimoiy   bo‘linishi,   geografik   (hududiy)   bo‘linishining   bir   shakli
bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yuzaga
keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar
bo‘yicha   ma‘lum   tamoyillar   asosida   va   qator   omillar   ta’sirida   shakllangan   tabiiy,
ijtimoiy,   demografik,   siyosiy   sharoitlarga   ko‘ra   taqsimlanishini   ko‘rsatadi.
Respublikamizda   qishloq   xo‘jaligi   korxonalarining   samarali   faoliyat   yuritishi   va
rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir.
Agrar   ishlab   chiqarishni   modernizatsiya   qilish   va   yangi   bosqichga   ko‘tarish
masalalari   shu   kunning   dolzarb   vazifalaridan   biriga   aylanmoqda.   Shu   munosabat bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or  mamlakatlar
tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim
ahamiyat   kasb   etadigan   zamonaviy   sug‘orish   tizimlari,   energiyani   tejaydigan
zamonaviy   texnologiya   va   agrotexnologiyalarni   o‘rganish,   urug‘chilik-seleksiya
ishlarini   yanada   takomillashtirish   va   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishining
mahsuldorligini   oshirish   bo‘yicha   aniq   chora-tadbirlar   kompleksini   ishlab   chiqish
maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta
ishlanib,   100   million   dollarlik   tayyor   mahsulot,   e’tibor   bering   tayyor   mahsulot
eksport   qilindi.   724   ming   tonna   ho’l   meva   chetga   sotildi   va   bu   yurtimizga   856
million   dollar   valyuta   keltirdi.   Qishloq   xo’jaligini   joylashtirish   bu   alohida
mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   mamlakatning   viloyat,   tuman   va   boshqa   hududlari
bo’ylab   taqsimlash   bo’lib,   jarayon   uzoq   davom   etuvchi   ishlab   chiqarish
kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Qishloq xo’jaligining eng to’liq
joylashtirilishi   ushbu   hududda   ma’lum   turdagi   mahsulot   ishlab   chiqarish   hajmi
hamda   u   yoki   bu   turdagi   yalpi   va   Tovar   mahsulotlarining   umumiy   hajmidagi
alohida hududlarning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi.
Iqtisodiy islohatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirilib, hamma 
qayta tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir sharoitga keltirmay, mos 
ravishda ijtimoiy mehnat taqsimoti amalaga oshirilmasa, ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligi ko‘tarilmaydi va qishloq xo‘jaligi oldida qo‘yilgan ulkan 
vazifalar to‘liq bajarilmaydi.
Ishlab chiqarishni joylashtirish- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiy-iqtisodiy va 
ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo‘jalik 
ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda 
joylashtirishdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat 
taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarila joylashgan har bir 
xo‘jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva 
mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, 
mehnat unumdorligini o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi 
umum iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat 
unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishiga xizmat 
qiladi.
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar 
mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy 
resurlarning bir joyga to‘plashni, yangi texnikadan keng va samarali 
foydalanishga: yangi, ilg‘or texnologiya va mehnatni tashkil etishni ijara 
munosabatlari va oila pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit yaratib, 
yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina  ko‘paytirish   imkonini beradi , mehnat unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning 
ishlab chiqarish samaradorligini ko‘taradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan 
asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg‘or, ekologik toza 
agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o‘g‘itlar 
hamda o‘simliklarni va chorvani himoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar 
ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam 
sarflagan holda qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol 
hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez va 
barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo‘yicha ish olib borganda 
quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim:
- ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazmlik va barqarorlik;
-xo‘jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini hisobga olgan holda, tashkiliy 
mulk shaklini va ishlab chiqarish yo‘nalishini tanlashga ilmiy yondashish;
-korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy hamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini 
saqlash;
-korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, ijtimoiy 
mehnat taqsimotini amalga oshirishda va mehnat resurslaridan foydalanishda 
demokratik tamoyillarga amal qilish;
-ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy 
manfaatdorligini ta’minlash;
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va 
joylashtirishga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
-bozor talabini hisobga olish;
-ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to‘la foydalanish;
-ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
-har bir iqtisodiy tumanni o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini hisobiga, o‘z 
talabini qondirish;
-respublika , viloyat va tumanlarida mehnat taqsimotini hisobga olish va mehnat 
bozorini tashkil etish.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga e’tiborini 
berish lozim: -yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
-qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, 
transport harakati va hokazolarga;
-mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga sut, qatiq, 
yog‘va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun oziqani chorva mollariga 
yaqinlashtirishga;
-transport vositalari hamda yo‘llar holatiga;
-mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va 
rivojlanish darajasiga;
-mintaqa aholisi,   uning mehnatga yaroqli qismi , mehnat malakasi, kabi va bo‘sh 
ish o‘rinlarining mavjudligiga.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy 
bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq 
xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni
amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti 
sinchiklab hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 
ratsional joylashuvi ta’minlanadi.
Ixtisoslashtirish-ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli bo‘lib, u har bir ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyanint o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlari ta’sirida vujudga 
keladi.
Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro‘y berib, 
ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun 
ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va 
takomillashadi.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy 
hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab 
yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish 
kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, 
mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning 
malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va 
buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar 
ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir 
qatorda 6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum 
darajadagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:
Bozor talablarini hisobga olish,
Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish,
Mahsulot ishlab chiqarishni talab joylarni yaqinlashtirish,
Hududlarni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlash,
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash,
Xalqaro mehnat taqsimotini hisobga olish.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, viloyat, 
tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu boisdan 
ixtisoslashishning quyidagi shakllari mavjuddir:
1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish,
2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish,
3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish.
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi 
hududlari va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir.
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish deganda xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jaligi 
korxonalarini ma’lum qishloq  Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashtirish - bu xo‘jalik ichki 
bo‘linmalarida, kichik jamoa guruhlarini, fermalarni ma’lum qishloq xo‘jaligi 
mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashishi tushuniladi.
Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalarini 
pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha moslanishiga 
aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan xo‘jaliklar va 
ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish hozirda 
ayniqsa parrandachilikda, sut va go‘sht qoramolchiligida keng tarqalgan.
Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir 
necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar 
tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu 
qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, 
balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi (5-chizma):
- hududiy (zonal) ixtisoslashuv;
- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi;
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi;
- tarmoq ichida ixtisoslashuv.
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi 
korxonalarining tovar ishlab chiqarishi
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
korxonalari (fermer, shirkat xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab 
chiqarishi
Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish
Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab 
chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqarishi=
Tarmoq ichida ixtisoslashuv
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi 
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini 
bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqa-
rishi
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu 
turdagi mahsulotning salmog‘i; korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga 
ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv 
darajasini ko‘rsatish mumkin:
Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l 
zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan 
sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar 
qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan 
korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan
yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi 
infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va 
g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va
g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik 
yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla 
yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-
avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi 
mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i
va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi 
egallagani bilan mashhur.
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini 
shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari 
qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil  qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - 
qo‘llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati 
hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab 
chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar 
asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq;
- yordamchi tarmoq;
- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq;
- qo‘shimcha tarmoq.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi 
hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish 
yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, 
chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar 
yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi.
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari 
asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi.
Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori 
bo‘lgan tarmoqqa kiradi.
Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan 
keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, 
suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish 
ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish 
resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni 
rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni 
ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori 
darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib 
rivojlantirish orqaligina erishish mumkin. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Tor ixtisosli xo‘jalik,
2) Ixtisoslashgan xo‘jalik,
3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik,
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar 
mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi 
(parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva 
kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi).
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, 
yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu 
guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-
kichikligiga qarab uchga bo‘linadi:
a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan 
yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik 
xo‘jaliklari).
b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar mahsulotidagi 
nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq 
qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, 
sabzavot-sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik)
v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini to‘rtdan 
uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan
xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka -chorvachilik va 
h.).
Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish 
qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini 
qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish ham 
mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar.
Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega 
bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi.
Bu xo‘jaliklarda tarmoqlarni kamaytirilishi va ixtisoslashtirishni chuqurlashishi 
natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar. Ixtisoslashtirish qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning asosi hisoblanadi. Chunki
ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ilmiy yutuqlarni, progressiv 
texnologiyalarni, yuqori ko‘rsatkichga erishgan xo‘jalik tajribalarini joriy etish 
uchun qulay imkoniyatlar mavjuddir.
Ixtisoslashtirishni rivojlanishi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 
samaradorligini oshishining asosidir.
Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim 
ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
• 1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma vositalarning 
xar bir so‘mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati,
• bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat),
• bir sentner mahsulot tannarxi, sum
• bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad 
miqdori, so‘m.
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik darajasi.
Ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy 
asoslangan ishlab chiqarish tiplarini aniqlashga bog‘liq. Ishlab chiqarish tiplari 
deganida ixtisoslashishi, undagi tarmoqlarning mutanosibligi va ularning 
intensivlik darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi tushuniladi. Bu ishlab chiqarish 
tiplarining nomlanishi xo‘jaliklardagi asosiy tarmog‘ining tovar mahsuloti 
nisbatiga muvofiq belgilanadi.
Qishloq xujaligi korxonalarining ishlab chiqarish tiplari xilma-xil bo‘lib, ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi, Masalan: 
hozirda O‘zbekistonda paxtachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, don-chorvachilik, 
qorakulchilik va boshqalar rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlani shi, ishlab chiqarishi ixtisoslashishini chuqurlashishi va 
uning markazlashuvini kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini markazlashuvi-bu, ishlab chiqarish 
vositalarini, ish kuchi va mahsulot yetishtirishni yirik ixtisoslashgan korxona va 
birlashmalarda intilishi (to‘planish) jarayonidir.
Yirik bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida intensiv texnologiyani jadallash, 
ishlab chiqarish vositalarini ratsional va nisbatan intensiv ishlash amalma oshriladi. Yirik korxonaning afzalligi mehnat unumdorligini oshirishda va mahsulot 
tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarishi ratsional tashkil qilish, hamda tinimsiz 
takomillashgan texnikani, fan va yuqori tajribalarni qullashda yaqqol ko‘rinadi.
Qishloq xo‘jaligini markazlashtirish jarayoni tinimsiz amalga oshirilib u ishlab 
chiqarishni samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
Qishloq xo‘jaligi- ishlab chiqarishida markazlashishning tinimsiz davom etishi, 
ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga muvofiq korxona, kompleks va 
birlashmalarning katta-kichikligi optimal bo‘lishini taqozo etadi, chunki yirik 
qishloq xo‘jalik korxonasining maydonlarini afzalligi bu ma’lum darajagacha 
bo‘lib, o‘z navbatida bu daraja qishloq xo‘jaligining tarmoqlari o‘rtasida, hamda 
har xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir xilda bo‘lmaydi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining maydalarini afzalligini asosiy omillari 
quyidagilar:
• moddiy-texnika bazasining rivojlanish darajasi.
• texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati.
• tashkil qilish va boshqarish formalari va boshqalardir.
Qishloq xo‘jalik nazariyasi va amaliyoti faqatgana yirik xo‘jaliklargina 
samaradorli bo‘lish xususiyatiga ega degan yagona fikrga mukkasidan ketilishi 
natijasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bir necha bor yiriklashtirish tadbirlari 
amalga oshirildi va bo‘larga o‘z navbatida katta isbotlanmagan kapital mablag‘lar 
sarflandi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarishni 
bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir. 
Shuning uchun ham hozirda birlamchi bug‘in sifatida, fermerlar, dexqon 
xo‘jaliklari, kichik pudrat jamoalari, oilaviy pudrat va boshqalar yirik korxonalar 
tarkibida tashkil bo‘lmoqda.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti, bir tomondan ishlab chiqarishni har xil sohalarini va 
ularni ma’lum xildagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashga ajratsa, boshqa 
tomondan ular o‘rtasida aniq va puxta kooperativ aloqani taqozo etadi. Xo‘jaliklar,
bunda o‘zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni 
amalga oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish 
formalari vujudga keladi.
Bir xildagi tarmoq va soha korxonalarining o‘zaro kooperatsiyalashishi gorizontal 
bo‘yicha amalga oshirilish deb qabul qilinib, gorizontal integratsiya deyiladi.  Integratsiya so‘zi ma’lum bo‘laklar yig‘indisini bir butunga birlashtirish ma’nosini 
bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo‘shilishga olib keladi. 
Gorizontal integratsiyani ikki xil ma’noda amalga oshiriladi:
Birinchi alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos vazifani 
bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga 
oshirishdir.
Ikkinchi, bir nechta xo‘jaliklarning imkoniyat va mablag‘larini yirik ixtisoslashgan
korxona tashkil etish maqsadida birlashishi;
Gorizontal bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy formalari bo‘lib, ular
xo‘jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlashmalaridir.
Xo‘jaliklararo kooperatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab 
chiqarishga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda 
tashkil topgandir. U korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida har xil birikma 
ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkindir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya kapi tal 
mablag‘larni tez qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish
imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat qilish 
tarmoqlariga o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi mehnati faoliyati toraya boradi: tayyor 
mahsulot yaratuvchi qishloq xo‘jaligi - ko‘p hollarda xom-ashyo yetkazib beruvchi
sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy 
samaradorligi ko‘p hollarda uning o‘z faoliyatiga bog‘lik emas balki, qishloq 
xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va 
boshqa xizmat qilish tarmoqlari sohalariga, ular o‘rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi
yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqdir. Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo‘jalik 
korxonalari bilan uzviy birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunda 
birlashishning zaminida ma’lum bir mahsulot yaratish maqsadlarining bir xilligi 
yotadi, ya’ni yagona texno logik jarayon yotadi.
Gorizontal bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
kooperatsiyasidan farq qilgan holda, bunday birlashish vertikal agrosanoat 
integratsiyasi deb yuritiladi. Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar avvalom
bor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga keldi (uzum, 
meva, sabzavot, sut, efir moylari va hokoza).
Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi shakllari 
mavjud:
* Agrosanoat korxonalari,
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari), * Agrofirma (firmalar),
* Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari.
* Agrosanoat korxonasi - bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy tuzilmasidirki, 
unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va uni qayta ishlash uzviy 
bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotini
qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega bo‘lgan xo‘jaliklar zavodlardir.
* Bunday korxonalarda mahsulotni nobud bo‘lishini oldi olinadi va yuqori 
iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari)-bu qator qishloq xo‘jaligi, 
sanoat korxonalari, hamda, xolodilnik saqlash, transport, hattoki savdo 
xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, mevasabzavot konserva, uzumchilik, 
vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
-Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman chegarasidagi xo‘jalik
va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik huquqini yo‘qotmaydilar. Faoliyati 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va 
tayyor mahsulotni sotishga ixtisoslashadi.
-Ilmiy ishla6 chiqarish birlashmalari bu tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotni 
jadallashtirish, hamda hayotga tadbiq etishni keng joriy etish maqsadida 
tuziladigan birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor navlar va kuchatlar 
yaratish, mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo‘nalishida xizmat qiladilar.
Dehqonchilik viloyat qishloq xo`jaligida bosh tarmoq hisoblanadi. Qishloq 
xo`jaligida olinayotgan yalpi mahsulotning 70%i dehqonchilikdan keladi. 
Tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikka ta`sir ko`rsatadigan asosiy omildir. 
Shuning uchun qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida tuproqning meliorativ holatini 
yaxshilash va uning unumdorligini oshirish muhim agronomik tadbir hisoblanadi. 
Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori katta ahamiyatga ega. Viloyatda sho`rlangan 
yerlarning xarakteriga qarab kuzgi-qishki ishlar bilan birga yaxob suvini vaqtida 
berish katta iqtisodiy samara bermoqda. Mexanik tarkibi jihatidan og`ir bo`lgan 
soz tuproqlarda Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` tumanlari xo`jaliklarida yaxob 
suvlarni yanvar-fevral oylarida beriladi. Mexanik tarkibi o`rtacha va yengil bo`lgan
tuproqlarda yaxob suvi mart-aprel oylarida, ekishdan 10-15 kun oldin beriladi. 
Bunday sug`orish viloyatning cho`l rayonlarida ham olib boriladi. Chunki yaxob 
suvi erta berilsa, ekish vaqtiga kelib tuproqning ustki qatlami qurib qoladi. 
Dehqonchilikda mineral va mahalliy o`g`itlarni ishlatish o`simliklarni yaxshi 
oziqlanishi va normal o`sishiga, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. 
Dehqonchilikda almashlab ekishning roli ham katta. Viloyatda paxtakor 
xo`jaliklarda almashlab ekishni to`g`ri joriy qilish paxta hosilini oshirdi, jamoa 
chorvachiligi uchun mustahkam yem-xashak bazasini yaratish imkoniyatini berdi.  Paxta asosan beda bilan almashlab ekilmoqda. Chunki beda o`stirilgan tuproqda 
juda ko`p miqdorda chirindi bo`ladi.
Viloyat dehqonchiligida paxta, don yetishtirish, meva va uzumchilik, poliz va 
sabzavot mahsulotlari, xashaki ekinlar asosiy tarmoqlarni tashkil etadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra 2017 yilda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 
mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 14761,6 mlrd. so'mni yoki 2016 yilning 
mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,3 foizni, shu jumladan dehqonchilik va 
chorvachilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 14439,8 mlrd. so'mni 
(103,3 foiz), ovchilik – 0,2 mlrd. so'mni (100,0 foiz), o'rmon xo'jaligida – 278,9 
mlrd. so'mni (98,6 foiz), baliq xo'jaligida – 42,7 mlrd. so'mni (122,8 foiz) tashkil 
qildi
Viloyatning qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy 
hajmida eng yuqori ulushi Chiroqchi tumanida (11,7 foizni) tashkil etdi va 
viloyatda yetakchilik qilmoqda, Koson (10,6 foiz), Qamashi (9,3 foiz), Qarshi 
(8,7), Kitob (8,6 foiz), Shahrisabz (8,0 foiz), Yakkabog’ (7,7 foiz), Kasbi ( 7,3 
foiz), Mirishkor (6,4 foiz), Nishon (6,2 foiz), G’uzor (5,7 foiz), va Muborak (4,3 
foiz), ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Eng kam ulush Shahrisabz 
shahar (0,5 foiz), Qarshi shahar (1,2 foiz), va Dehqonobod (3,8 foiz) tumanida 
qayd etildi.

Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar. Reja: 1.Qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish to’g’risida tushuncha. 2.Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi omillar. 3.Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.

Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora- tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi. Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay, Respublika qishloq aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida o`zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tubdan uzgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan shakllarini tiklash zarur. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Masalan, 2017 yil yakunida 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida erishayotgan yutuq va natijalarimiz haqida yana ko‘p gapirishimiz mumkin.Lekin yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish, xotirjamlikka berilish bizga yarashmaydi. Chunki qishloq xo‘jaligi sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham juda ko‘pligini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) bo‘linishining bir shakli bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo‘yicha ma‘lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko‘ra taqsimlanishini ko‘rsatadi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat

bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, e’tibor bering tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho’l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish bu alohida mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Qishloq xo’jaligining eng to’liq joylashtirilishi ushbu hududda ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda u yoki bu turdagi yalpi va Tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlarning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi. Iqtisodiy islohatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirilib, hamma qayta tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir sharoitga keltirmay, mos ravishda ijtimoiy mehnat taqsimoti amalaga oshirilmasa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘tarilmaydi va qishloq xo‘jaligi oldida qo‘yilgan ulkan vazifalar to‘liq bajarilmaydi. Ishlab chiqarishni joylashtirish- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo‘jalik ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarila joylashgan har bir xo‘jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi. Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligini o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi. Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, yangi texnikadan keng va samarali foydalanishga: yangi, ilg‘or texnologiya va mehnatni tashkil etishni ijara munosabatlari va oila pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina

ko‘paytirish imkonini beradi , mehnat unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini ko‘taradi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg‘or, ekologik toza agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni va chorvani himoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam sarflagan holda qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo‘yicha ish olib borganda quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim: - ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazmlik va barqarorlik; -xo‘jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini hisobga olgan holda, tashkiliy mulk shaklini va ishlab chiqarish yo‘nalishini tanlashga ilmiy yondashish; -korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy hamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini saqlash; -korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshirishda va mehnat resurslaridan foydalanishda demokratik tamoyillarga amal qilish; -ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy manfaatdorligini ta’minlash; Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirishga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi: -bozor talabini hisobga olish; -ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to‘la foydalanish; -ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish; -har bir iqtisodiy tumanni o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini hisobiga, o‘z talabini qondirish; -respublika , viloyat va tumanlarida mehnat taqsimotini hisobga olish va mehnat bozorini tashkil etish. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga e’tiborini berish lozim:

-yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish; -qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport harakati va hokazolarga; -mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga sut, qatiq, yog‘va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun oziqani chorva mollariga yaqinlashtirishga; -transport vositalari hamda yo‘llar holatiga; -mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va rivojlanish darajasiga; -mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi , mehnat malakasi, kabi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi ta’minlanadi. Ixtisoslashtirish-ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli bo‘lib, u har bir ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyanint o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlari ta’sirida vujudga keladi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro‘y berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va takomillashadi. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda 6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.