Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakillanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi
Mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakillanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi. Reja: 1. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi 2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi 3. «Harakatlar strategiyasi» yangi taraqqiyot bosqichi.
Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik. O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga bo'ysundirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, havo bo'shlig'i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi."Bugun o'sha davr to'grisitadi haqiqatni xolisona aytadigan bo'lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shumi ochiq aytish kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga-markazda butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi" (Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston", 1999, 6-bet).Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralariga to`la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O'zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o'z iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilash erkinlignii qo'lga kiritdi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga
asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi. ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: • kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; • ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;. • xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash; • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish; • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish; • jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish; • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish. Islohotlaring huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tiborberildi. Iqtisodiy sohaga tegishli bo'lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin. 1. Mulkchilik munosabatlari va ko'p ukladli iqtisodiyotni shakilantiruvchi qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida, ijara to'g'risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 2. Xo'jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi, shirkat xo'jaligi to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning
faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug'urta, birjalar va birja faoliyati to'g'risida, qimmatli qog'ozlar va fond birjasi to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o'rtasidagi, korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni yo'lga qo'yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo'lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo'jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo'jalik sudi tuzildi. 3. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risi»da,»Chet el investitsiyalari to'g'ris»ida», O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida» qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.Xususiylashtirish. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish 1994- yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyo’lilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi. Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o'zi tashabbuskor bo'ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994- yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan
«Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo'ldi. O’rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005- yillarda jami 4660 ta davlat korxonasi va ob’yekti xususiy mulkdorlarga sotildi. 2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad oldi. Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999- yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005- yilda 38,2 foizga yetdi. 2005- yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004- yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004- yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'lganlarning 65 foizini tashkil etdi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida kiyingi 3 yilda ham katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida «Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo’yicha barcha tashkiliy-