logo

Iqtisodiy islohotlar, uning bochqichlari. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

85.689453125 KB
Iqtisodiy islohotlar, uning bochqichlari.  O‘zbekiston da bozor
munosabatlarining rivojlanishi   
Reja:
1.   O‘zbekiston   Respublikasida   bozor   munosabatlarining   shakllanishi,   uning
yo nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. ʼ
2.   O‘zbekiston   Respublikasida   bozor   munosabatlariga   o‘tishning   huquqiy
asoslarining yaratilishi. 
3.   Iqtisodiy   islohotlarning   besh   tamoyilini   amalga   oshirilish   mexanizmi.   Bozor
infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va
yo nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasinining rivojlanishi. 
ʼ
4.   Makroiqtisodiyotni   barqarorlashtirishga   yerishish.   Kuchli   ijtimoiy   siyosat
konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. 
5.   Nodavlat,   notijorat   tashkilotlarining   ijtimoiy   himoyani   amalga   oshirishdagi
ishtiroki. Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz
berdi. Bu o’zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy
imkoniyatlari,   geosiyosiy   sharoitidan   kelib   chiqib,   O’zbekistonda   demokratik
huquqiy   davlat   barpo   yetish   jarayonidagi   yeng   muhim   vazifalaridan   biri   bozor
munosabatlariga   asoslangan   iqtisodiyotni   barpo   yetish   masalasi   dastlabki
kunlarning yeng muhim vazifasi sifatida belgilandi. 
O’tish     davrida   bozor   iqtisodiyoti   tushunchasi,   unga   o’tish   zarurati,   bozor
iqtisodiyotiga   o’tishning   «O’zbekiston   yo’li»   kabi   masalalarning   tub   mohiyatini
anglash yeng dolzarb masalalaridan biri yedi.  
Ma’lumki,   hozirda   rivojlangan   mamlakatlar   (AQS’H,   Yaponiya,   Kanada,
Buyuk   Britaniya,   Germaniya,   Fransiya,   Rossiya)ning   deyarli   barchasi   bozor
iqtisodiyoti   yo’lini   tanlagan   bo’lib,   shu   asosda   iqtisodiy   taraqqiyotini   belgilab
kelmoqda.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   XX   asrga   xos   bo’lgan   umumjahon
voqelikdir.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   kishilarning   xoxish   –   irodasi   yemas,   balki
obektiv zaruratdir. 
Bozor   iqtisodiyoti   deganda,   tovar   –   pul   munosabatlariga   asoslangan   va
ularga   xos   iqtisodiy   qonunlar,   ya’ni   bozor   munosabatlari   tamoyillari   asosida
boshqariladigan   iqtisod   tushuniladi.   Bozor   iqtisodiyoti   azaldan   mavjud.   U   bir
necha   ming   yillardan   beri   rivojlanib,   turli   iqtisodiy   –   ijtimoiy   tizimlar   doirasida
saqlanib   keladi.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   –   bu   shunchaki   maqsad   yemas,   balki
iqtisodda bozor  munosabatlarini  shakllantirish,  jamiyatni  yangilash yo’lidir, ya’ni
iqtisodiy   faoliyat   yerkinligiga,   mulchilikning   xilma   –   xilligiga,   narx   yerkinligiga,
raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va yerkinliklarning qaror topishiga, daromadning
cheklanmaganligiga yerishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zamonidagina
ishlab   chiqarishni   barqaror   rivojlantirish,   ko’plab   sifatli   mahsulotlar   yaratish,
ularga   bo’lgan   talabni   qondirish,   tejamli   xo’jalik   yuritish,   to’kinchilik   yaratib,
xalqning   farovon   turmushini   ta’minlash,   halol   va   samarali   mehnatni   qadrlash,
adolat o’rnatish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir.   Tarixan,   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   yeng   so’nggi   navbatda
«sotsialistik»   mamlakatlar   o’tmoqda.   Xalqaro   tajribada   bozor   iqtisodiyotiga
o’tishning   bir   qancha   modellari   mavjud   bo’lib,   ularni   umumlashtirib,   bozor
iqtisodiyotiga o’tishning uch turga yoki modelga bo’lishimiz mumkin:
1.    G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li.
2.   Mustamlakachilikdan   ozod   bo’lib,   mustaqil   taraqqiyot   yo’liga   kirib
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yo’li.
3.   Mustaqil   Davlatlar   Xamdo’stligi   mamlakatlari,   boshqacha   aytganda,
«sotsialistik»   rivojlanish   yo’lidan   borgan   va   hozirda   bozor   iqtisodiyoti   yo’lini
tanlagan mamlakatlar yo’li.
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda davlatlashtirilgan,
o’ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan —
bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo
yetdi:
1.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tishning   huquqiy   asoslarini   yaratish,   ya’ni   uni
ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish.
2.   Bozor   infratuzilmasini   shakllantirish.   Bun da   bozor   iqtisodiyotiga   xos
aloqalarni   o’rnatishga   ko’mak   beruvchi,   ya’ni   bozorga   xizmat   ko’rsatuvchi
sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish.
3. Mulkchilik va  xo’jalik  yuritish usullarini privatizatsiyalash.
4.   Narx   –   navoni   liberallashtirish,   narxlarni   yerkin   qo’yib   yuborish,   narx
ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.
Bozor   iqtisodiyotiga   o’tishning   umumiyligi,   masalan,   xususiy   mulkchilik,
iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish  va  takomillashtirishda   talab,  taklif  qoidalarining
bir xil bo’lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan
kelib   chiquvchi   yo’li   mavjuddir.   Bunda   uning   xo’jalik   tuzilishi   va   shart   –
sharoitlari,   joylashgan   yeri,   tabiati   va   iqlimi,   milliy   kelib   chiqishi,   rasm   –
ruso‘mlari, an’ana va milliy harakteri hamda boshqa omillar sabab bo’ladi.  Jahon   tajribasi   shuni   ko’rsatadiki,   dunyodagi   hamma   mamlakatlar   uchun   maqbul
bo’lgan   bir   xil   taraqqiyot   yo’li,   bir   xil   andoza   bo’lishi   mumkin   yemas.     Hozirda
bozor   iqtisodiyotiga   o’tishning   turli   modellari   mavjud   bo’lib,   ular   barcha
mamlakatlarni   bitta   manzilga   —   yerkin   bozor   iqtisodiyoti   tizimiga   olib   keladi.
Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial – iqtisodiy, tarixiy, milliy va
xalqaro sharoiti har xil bo’lganligi tufayli, unga o’tishning milliy xususiyatlari ham
mavjud   bo’ladi.   Shu   nuqtai   nazardan   biror   mamlakatning   taraqqiyot   yo’lini   yoki
taraqqiyot   modelini   borligicha   qabul   qilib   bo’lmaydi.   Natijada   o’ziga   xos   yo’lni
tanlash muhim hisoblanadi. 
Sobiq tuzumda amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga
asoslangan   iqtisodiyot   o’zining   hayotiy   yemasligini,   aholining   o’sib   boruvchi
yehtiyojlarini   ta’minlay   olmasligini   aniq   ko’rsatdi.   Natijada   mustaqillik   yillarida
mamlakat   taraqqiyoti   uchun   O’zbekistonda   bozor   munosabatlariga   o’tishning
o’ziga   xos   yo’lini   ishlab   chiqish   va   bu   yo’lda   tub   islohotlarni   belgilash   zarurati
yuzaga keldi.     O’zbekistonning  taraqqiyot  yo’lini  ishlab chiqishga  Prezidentimiz
I.A.  Karimov boshchilik qildi.
Islom   Karimov   o’n   ikkinchi   chaqiriq   O’zbekiston   Respubli kasi   Oliy
Kengashining   navbatdan   tashqari   1992  yil   4  yanvardagi   IX   sessiyasida   so’zlagan
dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgust oyida nashr yetilgan «O’zbekistonning o’z
istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li»   asarida   O’zbekistonning   taraqqiyot   yo’lini   har
tomonlama puxta belgilab berdi.
O’zbekistonning   o’ziga   xos   taraqqiyot   yo’li   Islom   Karimovning   keyingi
asarlari,   ma’ruza   va   nutqlarida   yangi   ma’no   –   mazmun   bilan   to’ldirilib,
aniqlashtirilib borildi.  O’zbekistonda   ijtimoiy   yo’naltirilgan   yerkin   bozor
iqtisodiyotiga   o’tish   modeli   Islom   Karimov   tomonidan   ishlab   chiqildi.   Besh
tamoyilini   o’z   ichiga   olgan   bu   modelning   mazmuni   va   mohiyati   Prezidentning
1993   yilda   nashr   yetilgan   «O’zbekiston   —   bozor   munosabatlariga   o’tishning
o’ziga xos yo’li» nomli asarida asoslab berildi. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham,
xalqaro maydonda ham taraqqiyot ning   «o’zbek modeli»   deb qabul qilindi.   O’zbek
modelini   ishlab   chiqishda,   birinchidan,   xalqaro   tajriba   asos   qilib   olindi. Ikkinchidan,   xo’jalik   imkoniyatlari,   shart   –   sharoitlari,   yeski   tuzumdan   meros
bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi.
  Quyidagi keltirilgan jadval orqali besh tamoyilning mohiyatini ko’rishimiz
mumkin:
  Shunday   qilib,   O’zbekistonning   o’ziga   xos   taraqqiyot   yo’li   nazariy   va
amaliy   jihatdan   puxta   belgilab   olindi.   Bu   barcha   tamoyillar   demokratik   va
iqtisodiy   qayta   o’zgartishlar   jarayonlarini   muvaffaqiyatli   amalga   oshirish   uchun
hal   qiluvchi   ahamiyat   kasb   yetib,   hayot   sinovidan   o’tdi.   Amaliy   islohotlar
jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning
rivojlanish   strategiyasi,   islohotlarni   chuqurlashtirish   va   jamiyatni   yangilash
borasidagi   faoliyatimizni   jadallashtirish   maqsadida   bu  tamoyillar   Oliy   Majlisning
XIV   sessiyasida   (1999   yil   14   aprel)   kuyidagi   oltita   ustuvor   yo’nalish   bilan
to’ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
yerkinlashtirish.
2.  Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3.  Kadrlar masalasi.
4.   Xalq   turmush   darajasining   izchil   va   barqaror   o’sishi,   aholini   yanada
kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5.  Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash.
6.   Jamiyatdagi   barqarorlik,   tinchlik,   millatlar   va   fuqarolararo   totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyoti   O’zbekiston   davlat   suverenitetining
iqtisodiy   asosi   bo’lib   qoldi.   Bu   yo’lni   shakllantirish   uchun   iqtisodiyotni   tubdan
isloh   qilishga   kirishildi.   Avvalo,   iqtisodiy   islohotlarning   qo’yidagi   strategik
maqsadlari belgilab olindi:  
 ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish,
milliy   boyliklarning   o’sishini,   kishilar   turmushi   va   faoliyati   uchun   munosib
sharoitni   ta’minlaydigan   kuchli   va   muntazam   rivojlanib   boruvchi   iqtisodiy   tizim
yaratish;     ko’p   ukladli   iqtisodiyotni   yaratish,   kishining   mulkdan   begonalashuvini
bartaraf   yetish,   tashabbuskorlik   va   tadbirkorlikning   har   taraflama   o’sishi   uchun
asos   bo’ladigan   xususiy   mulkchilikning   davlat   tomonidan   himoya   qilinishini
ta’minlash;
 korxonalar   va   fuqarolarga   keng   iqtisodiy   yerkinliklar   berish,   ularning
xo’jalik   ishlariga   davlatning   to’g‘ridan   –   to’g‘ri   aralashuvidan   voz   kechish,
iqtisodni boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo’q qilish, iqtisodiy
vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qo’llash;
 moddiy,   tabiiy   va   mehnat   resurslaridan   unumli   foydalanishni,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga
kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
 iqtisodiyotda   chuqur   tarkibiy   o’zgarishlar   qilish   va   raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish; 
 jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;  
 kishilarda   yangicha   iqtisodiy   tafakkurni   shakllantirish,   ularning
dunyoqarashini   o’zgartirish,   har   bir   kishiga   o’z   mehnatini   qo’llash   sohalari   va
shakllarini o’zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik   maqsadlar   asosida   iqtisodiy   –   islohotlarning   asosiy   va   muhim
tomonlari aniq belgilab olindi. Yeng avvalo, birmuncha o’tkir ijtimoiy – iqtisodiy
muammolarni   yaqin   vaqtlar   ichida   hal   yetishga   yordam   beradigan   asosiy
tarmoqlarni rivojlantirishga  ye’tibor  qaratildi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirildi:
 mulkiy islohotlar;  
 in st itutsional va moliya   –   kredit islohotlari;
 agrar islohotlar;
 tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;  
 ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishning   asosiy   omillaridan   biri   bozor
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning
huquqiy   asoslarini   yaratishga   alohida   ye’tibor   berildi.   O’zbekiston   Respublikasi birinchi   Prezidenti   I.A.   Karimov   ta’kidlaganidek,   «Iqtisodiy   islohotni   amalga
oshirishning   asosiy   nuqtalaridan   biri   bozor   iqtisodiyotining   huquqiy   negizini
yaratishdan   iboratdir».   Shu   nuqtai   nazardan   dastlabki   vaqtning   o’zida   iqtisodiy
munosabatlarning   huquqiy   negizini   barpo   yetadigan   100   ga   yaqin   asosiy   qonun
hujjatlari   qabul   qilingan.   Bu   qonunlarni   mazmun   –   mohiyati     jihatidan   quyidagi
yo’nalishga bo’lish mumkin: 
1.   O’zbekistonning   davlat   va   uning   iqtisodiy   mustaqilligining   huquqiy
negizlarini yaratish, davlatni boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonun lar. Ana
shu   yo’nalishda   «O’zbekistan   Respublikasi   davlat   mustaqilligining   asoslari
to’g‘risida»,   «Er   osti   boyliklari   to’g‘risida»,   «O’zbekistan   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi to’g‘risida», «Mahalliy davlat hokimiyati to’g‘risida», «Fuqarolarning
o’zini – o’zi boshqarish organlari to’g‘risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2.   Mulkchilik     munosabatlari     va     ko’p     ukladli     iqtisodiyotni
shakllantiruvchi   qonunlar.   Bu   yo’nalish   doirasida   mulkchilik   to’g‘risida,   mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g‘risida, yer to’g‘risida,   ijara
to’g‘risida,   davlat   uy   –   joy   fondini     xususiylashtirish     to’g‘risida     va     boshqa
qonunlar  qabul qilindi. 
3.   Xo’jalik   yuritishni   tartibga   soluvchi   qonunlar,   ya’ni   xususiylashtirish,
mulkchilik,   tadbirkorlik,   korxonalar,   fermer   xo’jaligi,   dehqon   xo’jaligi,   shirkat
xo’jaligi   to’g‘risida   qonunlar   qabul   qilindi.   Bozor   infratuzilmasini   yaratuvchi   va
uning   faoliyatini   tartibga   solib   turuvchi   banklar   va   bank   faoliyati,   pul   tizimi,
tadbirkorlik, sug‘urta, birjalar va birja faoliyati  to’g‘risida, qimmatli qog‘ozlar  va
fond   birjasi   to’g‘risida   va   boshqa   qonunlar   qabul   qilindi.   Korxona   bilan   davlat
o’rtasidagi,   korxonalar   o’rtasidagi   munosabatlarni   yo’lga   qo’yuvchi   qonunlar,
Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning
bankrot   bo’lishi   haqida   qonunlar   qabul   qilindi,   Xo’jalik   –   protsessual   kodeksi
ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi. 
4.   O’zbekistonning   tashqi   iqtisodiy   faoliyatini   belgilab   beruvchi   huquqiy
normalar   yaratildi.   Tashqi   iqtisodiy   faoliyat   to’g‘ risida   qabul   qilingan   qonunlar, xalqaro   pakt   va   bitimlar,   ularning   O’zbekiston   tomonidan   imzolanishi
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Respublika   iqtisodiyotining   huquqiy   asoslari   birinchi   Prezident
farmonlarida,   hukumat   qarorlari   va   boshqa   meyoriy   hujjatlarda   yanada
takomillashtirib borildi.
Bozor   iqtisodiyotiga   bosqichma   –   bosqich   o’tish   bozorning   ko’p   bo’g‘inli
infratuzilmasini   yaratishni   talab   qiladi.   Chunki   muayyan   infratuzilmaga   yega
bo’lmasdan   bozor   mexanizmlari   to’liq   ishlay   olmaydi.   O’tish   davrida   bozor
infratuzilmasi   shakllantirish   va   kengaytirish   borasida   ko’plab   amaliy   tadbirlar
amalga oshirildi.
Bozor infratuzilmasi  deganda bozor  munosabatlarini  shaklantirish va ularni
samarali   yuritishga   xizmat   qiluvchi   muassasa,   tashkilot   va   korxonalar   majmuasi
tushuniladi. 
Isloholar   davrida   respublikamizda   bozor   munosabatlarini   shakllantirish   va
rivojlantirishga   xizmat   qiluvchi   infratuzilmaning   asosiy   bo’g‘inlari   —   turli
muassasalar,   tashkilotlar   va   korxonalar   majmuasi   vujudga   keldi.   Avvalombor,
ishlab   chiqarishga   xizmat   qiluvchi   —   transport,   aloqa,   suv   va   yenergetika
ta’minoti, yo’l va ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. 
Tovar   va   xomashyo   bozorida   xizmat   qiluvchi   —   tovarlar   va   xomashyo
birjalari, biznes inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari,
auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo – sotiq va ularni nazorat
qiluvchi   davlat   muassasalari   tashkil   yetildi.   Bu   sohadagi   dastlabki   qadam   —
mahsulot   yetkazib   berishga   majburiy   davlat   buyurtmasining   tugatilishi   bo’ldi.
Davlat   buyurtmasi   tugatilgach,   tovar   resurslarini   markazlashgan   tartibda
taqsimlashga   mutasaddi   ta’minot   tashkilotlari   ham   tugatildi.   Ularning   o’rniga   to -
varlar  bozorini  shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil  yetildi. O’zbekistonda  1991
yilning   avgustidan   «O’zbekiston»   respublika   universal   agrosanoat   birjasi,
«O’zulgurjibirjasavdo»   —   O’zbekistonda   ulgurji   va   birja   savdosi   bo’yicha
Respublika   davlat   –   aksiyadorlik   uyushmasi   (1994   yil   mart),   «Toshkent»
Respublika tovar – xom ashyo birjasi (1994 yil 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyat ko’rsatmoqda. 1992 yil 12 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
«Birjalar va birja faoliyati to’g‘risida» qaror qabul qildi. 
Bozor   munosabatlarini   rivojlantirishda   axborot   infratuzilmasi   alohida
ahamiyatga   yega.   Shu   boisdan   iqtisodiy   faoliyat   uchun   zarur   bo’lgan   axborotlar,
xabarlar   va     ma’lumotlarni   to’plovchi,   umumlashtiruvchi   vositalar,   firmalar
vujudga keldi. 
Xo’jalik   yurituvchi   subektlarni   moliya   –   kredit   munosabatlariga   xizmat
qiluvchi     infratuzilma   —   yangi   bank   tizimi,   o’z   –   o’zini   kreditlash   idoralari,
sug‘urta     kompaniyalari,     moliya     kompaniyalari,     soliq     undirish     idoralari,     pul
jamg‘armalari yaratildi.
Respublikamizda  tadbirkorlar  va aholini  yehtimoli bo’lgan turli zararlardan
himoya   qiluvchi   sug‘urta   bozori   vujudga   keldi.   Davlat   ishtirokida   bozor
munosabatlariga   xizmat   qiluvchi   «O’zbekinvest»   (1994   yil   13   aprel),
«O’zagrosug‘urta»  ( 1997 yil 25 fevral ),  «Kafolat»  (1997 yil 14 mart)   kabi uchta
yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil yetildi. Ko’plab xususiy sug‘urta kompaniyalari,
shuningdek,  xorijiy  mamlakatlar   bilan   hamkorlikda  ishlaydigan   qo’shma   sug‘urta
kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28
taga   yetdi,   ular   moliya   bozorida   mamlakatimiz   fuqarolari   va   tashkilotlariga   150
turdan   ortiq   yo’nalish   bo’yicha   sug‘urta   xizmati   ko’rsatmoqdalar.     «Sug‘urta
faoliyati   to’g‘risida» gi   qonunning   qabul   qilinishi   (2002   yil   5   aprel),   Prezident
farmoni   bilan   2002   yil   1   fevralidan   boshlab   sug‘urta   tashkilotlarining   3   yil
muddatga   daromad   solig‘idan   ozod   qilinishi   mamlakatimizda   sug‘urta   bozorini
yanada yerkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.   2006 yil 1 yanvardagi
holatiga ko’ra O’zbekiston sug‘urta bozorida 25 ta sug‘urtalovchi kompaniya va 1
ta sug‘urta brokeri fao liyat ko’rsatadi.
Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   sharoitida   ish   bilan   bandlik   masalasi   jiddiy
muammoga   aylanadi.   Negaki,   iqtisodiy   tizim   o’zgarayotgan   paytda   malakasiz
kishilargagina   yemas,   ma’lum   ixtisosga   yega   bo’lgan   xodimlarga   ham   talab
cheklanadi,   ishsizlar   toifasi   kengayadi.   Bunday   sharoitda   ishsizlar   sonining
ko’payishiga   yo’l   qo’ymaslik   tadbirlari   ko’rildi.   1993   yildan   O’zbekistonda Mehnat birjalari paydo bo’ldi. Respublika «Mehnat birjasi» va joylardagi 225 dan
ortiq   mehnat   birjasini   o’z   ichiga   oluvchi   katta   tarmoq   barpo   yetildi.   Har   bir
tumanda   mehnat   birjasi   tashkil   yetildi.   Ishsizlarni   ro’yxatga   olish,   ularni   kasbini
o’zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash yo’lga qo’yildi.
Yangi   ish   o’rinlarini   tashkil   yetishga   ye’tibor   berildi.   1993   yilda   Respublikada
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o’rinlari tashkil yetilgan
bo’lsa,   1998   yilda  bu   ko’rsatkich   345,9   mingni   tashkil   yetdi   yoki   1,8  marta   ko’p
yangi   ish   o’rinlari   yaratildi.   2000     yilda     faqat   kichik   va   xususiy   biznes     rivoji
hisobiga 192,5 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2004 yilda
425 mingdan oshdi. 2003 yil 1 yanvarda iqtisodiyot sohasida band bo’lganlarning
76,6 % nodavlat sektor hissasiga to’g‘ri keldi.
Iqtisodiy   islohotlarning   birinchi   bosqichidayoq   narxlar   yerkinlashtirildi.   Bu
jarayon ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari
tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy yetdi, yeng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va
stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi.
Narxni   yerkinlashtirish   iqtisodiyotda   raqobatchilik   muhitini   vujudga
keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992 yil 8 avgustda O’zbekiston Respublikasining
«Monopol   faoliyatni   cheklash   to’g‘risida» gi   Qonuni   qabul   qilindi.   Bu   qonun
asosida   raqobatchilikni   rivojlantirishga   qaratilgan   bir   qator   normativ   hujjatlar
ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan antimonopol
va   narx   –   navo   siyosatini   o’tkazish   bosh   boshqarmasi   monopol   mavqeidagi
korxonalarni   belgilab,   ularning   mahsulotlari   bo’yicha   narxlarni   va   rentabellikni
tartibga solib turibdi.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo’yilgan yana bir muhim qadam – 1994 yil 1
iyuldan milliy valyutamiz – so’mning muomalaga kiritilishi bo’ldi. Bu tadbir katta
siyosiy   ahamiyatga,   ye’tiborga   molikdir,   chunki   o’z   milliy   valyutasiga   yega
bo’lmagan   davlat   chinakam   mustaqil   bo’la   olmaydi.   Respublika   hukumati   milliy
valyuta   qadrini   mustahkamlash,   uning   yerkin   aylanishini   ta’minlash   choralarini
amalga   oshirib   bordi.   2003   yil   15   oktabrdan   boshlab   so’m   qisman
konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko’tarildi.  Muxtasar  qilib  aytganda,  mustaqillik yillarida  amalga  oshirilgan iqtisodiy
islohotlar   natijasida   bozor   iqtisodiyoti   asoslari   shakllandi.   Ko’p   ukladli
iqtisodiyotni,   mulkdorlar   tabaqasini   shakllantirishdan     iborat   strategik   vazifa
amalda   ro’yobga   chiqdi.   2004   yil   boshlarida   respublikamizda   mulkchilikning
nodavlat   sektori   (xususiy   mulk   yegalari,   fermer,   shirkat   va   dehqon   xo’jaliklari,
aksiyadorlik   jamiyatlari,   qo’shma   korxonalar,   kooperativlar,   jamoa   mulki,
mas’uliyati   cheklangan   jamiyatlar,     jamoat   tashkilotlari)ning   ulushi   90,2   %ga
yetdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi yesa 9,2 %ga tushdi. 
Bozor   iqtisodiyoti,   avvalo,   turli   xil   mulk   shakllariga,   ko’p   ukladli   iqtisodiyotga
asoslanadi.   Shu   boisdan   O’zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish,   mulkdorlar   tabaqasini   shakllantirish   iqtisodiy   islohotlarda
birinchi o’rinda turdi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida iqtisodiyot xilma – xil mulk
shakllaridan   iborat   bo’lishi,   har   bir   shaxs   mulkdor   bo’lishga   haqli   yekanligi,
iqtisodiy   faoliyat,   tadbirkorlik   va   mehnat   qilish   yerkinligi,   barcha   mulk
shakllarining   teng   huquqli   yekanligi   belgilab   qo’yilgan.   Xususiy   mulk   boshqa
mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
O’zbekistonda   chek   (vaucher)   asosida   xususiylashtirishga   yo’l   qo’yilmadi.
Davlat   mulkini   sotish   orqali   xususiy lashtirish   yo’li   tutildi.   Shu   bilan   birga
xususiylashtirish   chog‘ida   imtiyozlar   tizimi   yaratildi.   Xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib
olish   imkoniyati   berildi.   Yeskirgan   asosiy   fondlar,   ijtimoiy   infratuzilma   obektlari
yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo’jaligi davlat xo’jaliklarining mol –
mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.
Xususiylashtirishga   davlat   boshchilik   qildi.   Bu   jarayonni   tashkil   yetish   va
rahbarlik   qilish   uchun   1992   yil   10   fevralda   O’zbekiston   Respublikasi   davlat
mulkini   boshqarish   va   xususiylashtirish   qo’mitasi   ( Davlat   mulk   qo’mitasi)
tuzildi, 1994 yilda uning funksiyalari kengaytirilib,  Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni   qo’llab   –   quvvatlash   davlat   qo’mitasi   sifatida   qayta   tashkil
yetildi. Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   1991   yil   18
noyabrda   qabul   qilingan   mulkni   «Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiy -
lashtirish   to’g‘risida»   gi   va   «Davlat   uy   –   joy»   fondini   xususiy lashtirish
to’g‘risidagi   (1993   yil   7   may)   qonunlar   va   20   dan   ortiq   maxsus   davlat   dasturlari
asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirish savdo, xizmat ko’rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini,
uy  –  joy  fondini,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini   tayyorlovchi   xo’jaliklarni   davlat
tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi.
1993 – 1994 yillarda davlat  ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira
yoki   davlat   uy   –   joy   fondining   95   %dan   ortiqrog‘i   fuqarolarning   xususiy   mulki
bo’lib   qoldi.   Bunda   har   3   kvartiraning   bittasi   yegalariga   imtiyozli   shartlar   bilan
bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va
ijodiy   ziyolilarga   kvartiralar   bepul   berildi.   2002   yilga   qadar   Respublika   uy   –   joy
fondining 98 %ga yaqini xususiylashtirildi.
1994   yil   21   yanvarda   ye’lon   qilingan   «Iqtisodiy   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   chora   –   tadbirlari   to’g‘risida» gi   va   1994   yil   16   martda   ye’lon
qilingan   «Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   jarayonini
yanada   rivojlantirishning   ustuvor   yo’nalishlari   to’g‘risida» gi   Prezident
farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo’ldi.
1992 –  1994 yillarda 54  mingga yaqin  savdo,  xizmat   ko’r satish,  avtomobil
transporti,   qurilish,   qishloq   xo’jalik   korxona   va   obektlari   davlat   tasarrufidan
chiqarildi.   Shularning   18,4   ming tasi   xususiy   mulkka,   26,1   mingtasi   aksiyadorlik,
8,7   mingtasi   jamoa,   661   tasi   ijara   korxonalariga   aylandi.   Q ishloq   xo’jaligida
bog‘larning  yarmi,   uzumzorlarning  40   %   xususiy   foydalanish   uchun       berildi.  14
mingdan   ortiqroq   fermer   x o ’jaliklari   tashkil   topdi,   ularga   193   ming   gektar   yer
ajratib   berildi.   Xususiy   tadbirkor   subektlarining   soni   300   mingga   yetdi,   ula rn ing
250   mi ngtasini   patent   asosida   yakka   tartibdagi   mehnat   faoliyati   bilan
shu g‘ullanadigan   kishilar   tashkil   yetdi.     1994   yilda   mamlakat   yalpi   ichki
mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorida
ishlab chiqildi, bu sektorda 4  m illionga yaqin kishi ish bilan band bo’ldi. Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   —   jamiyatda   ham   iqtisodiy,   ham   siyosiy
vaziyatni   mo’tadillashtirishga   yordam   beradigan   o’rta   tadbirkorlar   tabaqasini
paydo   bo’lishi   demakdir.   Kichik   biznes,   tadbirkorlik   bozorni   zarur   iste’mol
tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan
faoliyatdir.   Bu   –   yangi   ish   o’rinlarini   yaratish,   aholini   ish   bilan   bandligini
ta’minlash, aholi daromadlarining asosiy manbaidir.
Jahondagi   rivojlangan   mamlakatlarning   tajribasidan   kelib   chiqqan   holda
O’zbekistonda   kichik   biznesni,   tadbirkorlikni   rivojlantirishga   iqtisodiy
islohotlarning   hal   qiluvchi,   strategik   ahamiyatga   yega   bo’lgan   ustuvor
yo’nalishlaridan biri sifatida ye’tibor berildi.
O’zbekistonning   har   bir   fuqarosi   korxonalar   va   tashkilotlar   tuzish,   sotib
olish, sotish, qayta qurish yo’li bilan tadbirkorlik faoliyati yuritish huquqiga yega.
Tadbirkor   ish   yuritish   uchun   boshqa   yuridik   va   jismoniy   shaxslarning   mulki,   pul
mablag‘larini ixtiyoriylik asosida jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash va
bo’shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan soliq to’lab turadi.
Kichik biznesni ko’yidagilar tashkil yetadi:
1. Mulk shaklidan qat’iy nazar, yiliga sanoat korxonalarida o’rta hisobda 10
nafargacha,   savdo,   xizmat   ko’rsatish   va   boshqa   ishlab   chiqarishdan   tashqari
sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga yega bo’lgan mikrofirmalar; 
2.   Ishlab   chiqarish   sohasida   yiliga   o’rta   hisobda   40   nafargacha,   qurilish,
qishloq   xo’jaligi   va   boshqa   ishlab   chiqarish   sohalarida   20   nafargacha,   ilm   –   fan,
ilmiy xizmat ko’rsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari
sohalarda   10   nafargacha   ish   bilan   band   xodimga   yega   bo’lgan   kichik   korxonalar
kiradi.
Tadbirkorlik shakllari:
1.  Xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;
2.  Yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tad birkorlik;
3.   Bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar  tomonidan amalga oshiriladigan
jamoa yoki qo’shma tadbirkorlik. 1995   yil   5   yanvarda   ye’lon   qilingan   «Xususiy   tadbirkorlikda   tashabbus
ko’rsatish  va uni rag‘batlantirish to’g‘risida» gi Prezident farmoni mulkni davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishga,   mulkdorlar   tabaqasini
shakllantirishga   yangi   turtki   berdi.   Farmonga   binoan   davlat   mulkini
xususiylashtirishdan   tushayotgan   mablag‘larning   50   %   kichik   biznesni   rivojlan -
tirishga yo’naltirildi.
1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining   «Kichik
va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   to’g‘risida» gi   Qonuni   iqtisodiyotning
mazkur   sektoriga   davlat   va   mintaqaviy   darajada   rag‘batlantirishning   asosiy
yo’nalishlarini   belgilab   berdi.   Davlat   darajasida   xususiy   tadbirkorlik   faoliyati
uchun huquqiy – normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart – sharoitlar yaratildi.
Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman)  dara jasida yesa  tadbirkorlarga mahalliy soliq
va yig‘imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy
dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari ko’rildi.
Kichik biznesga ko’maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda
faoliyat   olib   boruvchi   –   Xususiy   tadbirkorlik   va   kichik   biznesni   qo’llab   –
quvvatlash fondi (Biznes – fond, 1995 yil iyul), «Madad» sug‘urta agentligi (1995
yil 26 iyun), O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996
yil martda) ularning hududiy bo’limlari tashkil yetildi. O’rta va kichik biznesning
rivojlanishiga   Dehqon   va   fermer   xo’jaliklari   assotsiatsiyasi,   «Hunarmand»
assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi  ham ko’maklashmoqda.
Kichik   biznesni   rivojlantirishga   chet   yellik   investorlarning   va   dunyodagi
nufuzli  banklarning, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot  banki, Germaniya
tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi  va boshqa
xalqaro moliya tashkilotlarining kredit  resurslari jalb yetilmoqda. Tadbirkorlar va
biznesmenlarga   maslahatlar   bilan   ko’maklashish   maqsadida   nemis   texnikaviy
ko’maklashuv   jamiyati   O’zbekistonda   kichik   biznesni   qo’llab   –   quvvatlash
markazini,   Yevropa   hamjamiyati   komissiyasi   yesa   amaliy   aloqalar   markazini
ochdilar. Markaziy Osiyodagi  Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi o’zbekistonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar
bilan ko’maklashdilar. 
1998   yil   9   aprelda   O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   p rezidenti   Islom
Karimovning     «Xususiy   tadbirkorlik,   kichik   va   o’rta   biznesni   rivojlantirishni
yanada   rag‘batlantirish   chora   –   tadbirlari   to’g‘risida»gi   Farmoni   ye’lon   qilindi.
2001   yil   22   avgustda   yesa   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
«Tadbirkorlik   subektlarini   davlat   ro’yxatidan   o’tkazish   va   hisobga   qo’yish
tizimini   takomillashtirish   to’g‘risida»   qaror   qabul   qildi.   Qarorga   binoan   kichik
biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojtirishni   rag‘batlantirish   bo’yicha   respublika
muvofiqlashtiruvchi   kengash   tashkil   yetildi.   Kichik   va   o’rta   biznes   subektlariga
Respublika tovar – xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «O’zulgurjisavdo» orqali
moddiy – texnika resurslari sotildi. 
Tadbirkorlarning  qonuniy huquq  va manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida
xo’jalik   subektlarida   «Tekshirishlarni   ro’yxatga   olish   daftari»   joriy   yetildi.
Kichik   biznes   subektlarining   tashqi   iqtisodiy   faoliyati   yerkinlashtirildi,   ular   o’zi
ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valyutaga yeksport qilishga ruxsat
berildi. 
         Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan kichik va o’rta biznesni qo’llab
–   quvvatlash   borasida   ko’rilgan   tadbirlar   natijasida   ularning   soni   yildan   yilga
ko’payib bordi. 
                    2010   yil   7   dekabr   O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimov   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   qabul   qilinganligining   18
yilligiga bag‘ishlangan tantanali  marosimda 2011 yilni  – mamlakatimizda   Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik  yili deb nomlashni taklif qildi.     
Davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekistonga sobiq tuzumdan barbod
bo’lgan   iqtisodiy   va   moliyaviy   tizim,   izdan   chiqqan   iqtisodiy   boshqaruv
mexanizmi   va   iqtisodiy   munosabatlar   meros   bo’lib   qolgan   yedi.   Respublika
korxonalari  sobiq Ittifoqning boshqa  mintaqalaridagi korxonalar  bilan bog‘langan
bo’lib,   Ittifoq   parchalangach,   ular   o’rtasidagi   aloqalar   uzildi.   Mustaqil
Respublikalardagi   islohotlar   jarayonida   korxonalar   xususiylashtirildi,   mulk yegaligi, mahsulot ishlab chiqarish yo’nalishlari o’zgardi. Natijada korxonalarning
bir   –   biriga   xomashyo,   asbob   –   uskunalar   yetkazib   berish   jarayoni   to’xtab   qoldi.
Bu   barcha   respublikalar,   jumladan,   O’zbekiston   iqtisodiyotiga   ham   salbiy   ta’sir
ko’rsatdi. 
O’zbekistonning   sanoat   korxonalarida   xomashyo   va   asbob   –   uskunalar
taqchilligi   vujudga   kelib,   xo’jalik   yuritish   murakkablashib   qoldi.   Masalan,
O’zbekiston   qishloq   xo’jalik   mashinasozligi   zavodlari,   to’qimachilik   va   kimyo
sanoati   korxonalari,   Toshkent   aviatsiya   ishlab   chiqarish   birlashmasi   va   boshqa
korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish   keskin   pasaydi.   O’zbekiston   oldida
iqtisodiyotdagi   tanglik   holatlarini   oldini   olish,   inqirozga   yo’l   qo’ymaslik,
makroiqtisodiyotni   barqarorlashtirish   vazifasi   ko’ndalang   bo’lib   turdi.   Shuning
uchun iqtisodiy sohada O’zbekistonning iqtisodiy strategiyasi asosan yeng muhim
uch vazifani hal yetishga yo’naltirildi:
1.  Ishlab chikdrishning pasayishini to’xtatish;
2.   Iqtisodiy   yuksalishning   asosi   sifatida   makroiqtisodiy   barqarorlikka
yerishish;
3.  Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart – sharoit yaratish.  
O’zbekistonda   islohotlar   yendigina   boshlangan   1992   yildayoq   Prezident
Islom   Karimov   O’zbekistondagi   iqtisodiy   o’zgarishlar   barqarorlik   vaziyatida
o’tishi kerakligini alohida ta’kidlagan yedi.
Makroiqtisodiyotni     barqarorlashtirish     uchun     O’zbekiston   iqtisodiyotda
tarkibiy   o’zgarishlar   qilish,   raqobatbardosh   tovarlar   ishlab   chiqarishga     qodir
korxonalar  qurish  va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. 
O’zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodi yotning quyidagi
tarmoqlarida   chuqur   tarkibiy   o’zgarishlarni   amalga   oshirish   chora   –   tadbirlari
ko’rila bordi:
 o’zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, yenergetikani, oltin qazib olish,
rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, yangilash;
 transport   va   aloqa   tizimini,   muhandislik   kommunikatsiyalarini   va   ishlab
chiqarish infratuzilma tizimini yangilash;  qora   metall   va   metall   mahsulotlari   ishlab   chiqaruvchi   Bekobod
metallurgiya kombinatini tubdan ta’mirlash;
 qishloq   xo’jalik   mashinasozligini,   paxtachilik   uchun   chigit   yekish,
g‘o’zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni
tarkiban qayta qurish va yangilash; 
 samolyosozlik, radio e lektronika, yelektrotexnika sohasini rivojlantirish;
 O ’zbekiston   uchun   tamomila   yangi   b o ’lgan   avtomobilsozlik   sanoatini
barpo yetish;
 kimyo sanoati kompleksini qayta qurish;  
 qishloq   xo’jaligida   va   umuman   agrosanoat   kompleksida   chuqur   tarkibiy
o’zgarishlar va progressiv siljishlarga yerishish;
 paxta, pilla, meva va sabzavot,  uzumni  qayta  ishlovchi  tarmoqlarni  yangi
texnika   bilan   qayta   qurollantirish,   ip   yigirish   va   to’qimachilik   sanoatida   tayyor
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va boshqalar.
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo yetish katta mablag‘larni
talab   qilishi   tabiiydir.   Shu   boisdan   islohot   yillarida   iqtisodiyotga   mablag‘   –
sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi.  Ular quyidagilardan iborat:
 davlat b yud jetidan ajratiladigan mablag‘lar;
 respublika banklaridan olinadigan kreditlar;
 korxonalarning o’z sarmoyalari; 
 aholi sarmoyalari; 
 qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari; 
 xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya   –   kredit resurslari;
 chet   yel   firmalari   va   kompaniyalarining   kiritayotgan   bevosita
investitsiyalari.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish va rivoj lantirish uchun
barcha mablag‘lar hisobiga sarmoya solish yildan - yilga o’sib bordi.  O’zbekistonda
xorijiy   va   mahalliy   sarmoyadorlar   uchun   qulay,   imtiyozli   investitsiya   muhiti
yaratildi.   Natijada   mustaqil   taraqqiyot   yillarida   iqtisodiyotga   100   mlrd   dollardan
ortiq   investitsiya   jalb   qilindi.   Buning   25   mlrd   dollaridan   ziyodini   xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘lari tashkil yetadi. Bu mablag‘lar yuksak texnologiyalar
bilan   ishlaydigan   yangi   korxonalar   qurishga,   ishlab   chiqarish   tarmoqlarini
zamonaviy texnologiyalar va asbob – uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni
rivojlantirishga sarflandi.
Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet yel investitsiyasini jalb
qilish choralari  ko’rildi. 1998 yil  30 aprelda O’zbekiston  Respublikasining  «Chet
yel   investitsiyalari   to’g‘risida»gi,   «Chet   yellik   investorlar   va   investitsiyalarga
kafolat   berish   to’g‘risida» gi   Qonunlar   qabul   qilindi.   Bu   qonunlar   chet   yellik
investorlarning   respublikamizda   yaratiladigan   mulklarining   daxlsizligi   va   yerkin
faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Chet yellik tadbirkorlarga
O’zbekistonda   qo’shma   korxonalar   barpo   yetish,   o’z   kompaniya   va   firmalarining
bo’linmalari,   sho’balarini   ochish   imkoniyati   yaratildi.   Ularga   soliq   va   bojxona
to’lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar
va xorijiy investitsiyalar  departamenti, 1995 yilda Prezident  farmoni bilan tashkil
yetilgan   xorijiy   sarmoyalar   bo’yicha   agentlik   respublika   tadbirkorlariga   xorijiy
hamkorlar  izlab topish,  qo’shma  korxonalar  barpo yetish, investitsiya  loyihalarini
tuzish   va   amalga   oshirish   ishlariga   ko’maklashmoqda.   Chet   yel   investitsiyalarini
siyosiy   xavf   –   xatarlardan   sug‘urtalash   bo’yicha   «O’zbekinvest   Interneyshnl»
qo’shma kompaniyasi tashkil yetildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
Chet   yel   investitsiyasini   O’zbekiston   iqtisodiyotiga   jalb   qilish   bevosita
investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz
beruvchi   mamlakatlarning   investitsiya   yoki   moliyaviy   kredit   resurslari   shaklida
amalga   oshirildi.   Respublikamizda   yaratilgan   qulay   vaziyat   va   rag‘batlantirish
tadbirlari natijasida iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog‘i yildan
yilga o’sib  bormoqda. O’zbekistonga yeng ko’p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar
qatoriga   Rossiya,   Yaponiya,   Angliya,   Germaniya,   Janubiy   Koreya   va   boshqa
mamlakatlarni kiritish mumkin.
  Dastlab   chet   yel   investitsiyalari  davlatga   qarashli   yoki   davlat  ishtirokidagi
og‘ir   sanoat   korxonalariga   jalb   qilindi.   Iqtisodiy   islohotlarning   keyingi bosqichlarida   chet   yel   investitsiyalari   kichik   va   o’rta   biznesga,   xususiy   sektorga
keng   jalb   yetildi.   Chet   yel   investitsiyalari   ishtirokida   barpo   yetilgan   va   faoliyat
yuritayotgan   qo’shma   korxonalar   soni   2002   yil   boshlarida   2087   taga   yetdi.
Ularning ish va xizmat hajmi 2002 yilda 1044 mlrd so’mni tashkil yetdi.
Islohot   yillarida   kiritilgan   investitsiyalar   respublikaning   yenergetika,
metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining
tanglikdan   chiqib   o’zini   o’nglab   olishiga,   xalq   xo’jaligi   uchun   zarur   mahsulotlar
ishlab chiqarish suratlarini izchil o’sishiga ko’maklashdi.
Mustaqillikning   davtlabki   yillaridan   boshlab   iqtisodiyotning   hayotiy   muhim
tarmoqlarini   rivojlantirish   bilan   bir   qatarda   mamlakatning   yoqilgi   mustaqilligiga
yerishishga   alohida ye’tibor qaratildi. O’zbekiston hududida 2 trillion kubometrga
yaqin   gaz   zaxiralari,   160   dan   ortiq   neft   koni   mavjud.   Biroq   mamlakat   neft
mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha qaram  bo’lgan. Xususan,   XX asrning 90 –
yillari boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600
ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun
berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi.  
O’zbekistonning   neft   mustaqilligini   ta’minlash   asosiy   vazifalardan   biri
sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoliyat yuritayotgan neft hamda
gazni   qazib   chiqarish   va   qayta   ishlash   korxonalari   1992   yilda   tashkil   yetilgan
«O’zbekneftgaz»   konserniga   birlashtirildi.   1998   yilda   yesa   u   «O’zbekneftgaz»
milliy   xolding   kompaniyasiga   aylantirildi.   Mazkur   kompaniya   rivojlangan
davlatlardagi   kompaniyalar   bilan   hamkorlik   o’rnatib,   1995   –   2000   yillarda
tarmoqqa 1,5 mlrd. AQS’H dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb yetdi. Natijada
respublikamizning  Ustyurt,   Buxoro  –   Xiva,   janubi   –   g‘arbiy  Hisor,   Surxondaryo,
Farg‘ona   mintaqalarida   gaz,   neft   va   gaz   kondensati   qazib   oluvchi   92   ta   korxona
kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi.
Yaponiyaning   «Misuiy»   firmasi   bilan   hamkorlikda   Farg‘ona   neftni   qayta
ishlash zavodi  jahon andozalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur korxonaning dizel
yoqilg‘isi uskunasini zamonaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln. AQS’H dollari
sarflandi.   Bu   korxonada   50   dan   ortiq   turdagi   yoqilg‘i   mahsulotlari   ishlab chiqarilmoqda.   Neft   mustaqilligiga   yerishishda   AQShning   «Dresser»   va
«M.Y.KoIIogg»   hamda   Yaponiyaning   «Nisho   Ivali»   kompaniyalari   ishtirokida
1997 yilda barpo yetilgan, yiliga 2,5 mlrd. kubometr gaz haydash quvvatiga yega
bo’lgan   Ko’k   –   dumaloq   kompressor   stansiyasi,   Buxoro   viloyatidagi   Qorovul   –
bozor   shahrida   barpo   yetilgan   neftni   qayta   ishlash   zavodining   o’rni   katta   bo’ldi.
Buxoro   neftni   qayta   ishlash   zavodini   bunyod   yetishda   Fransiyaning   «Texnip»
kompaniyasi   hamda   «Kredi   Kommersial   de   Frans»   va   «Pariba»   banklari,
Yaponiyaning   «Marubeni»   va   «Jey-Ji-Si»   kompaniyalari va   «Eksport – import
banki»,   AQShning   «Cheyz   Manxetten»   banki,   Turkiyaning   «Gama»
kompaniyasi o’z sarmoyalari, texnik asbob – uskunalari, mutaxassis – quruvchilari
bilan   faol   qatnashdi.   Buxoro   neftni   qayta   ishlash   zavodi   1997   yil   22   avgust   kuni
ishga   tushirildi   va   benzin,   aviakerosin,   suyultirilgan   gaz,   dizel   yoqilg‘isi   kabi
mahsulotlar   ishlab   chiqara   boshladi.   Zavod  qurilishi   jarayonida   262  mln.   AQS’H
dollari   o’zlashtirildi.   Zavod   qurilishiga   «O’zbekneftgaz»,
«O’zmontajmaxsusqurilish»,   «Neftgaz-qurilish»   va   boshqa   sanoat,   transport
korxonalari, tegishli vazirliklar ulkan hissa qo’shdilar.
          Respublikada neft mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, chetdan neft
mahsulotlari   sotib   olish   to’xtildi.   O’zbekiston   neft   mustaqilligiga   yerishdi,   neft
mahsulotlarini chetdan sotib oladigan mamlakatdan uni chetga sotadigan davlatga
aylandi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish ham o’sib bordi. 
            O’zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyo sanoati
ham   rivojlandi.   Toshkent,   Samarqand,   Andijon,   Farg‘ona,   Chirchiq,   Navoiy,
Olmaliq kabi shaharlardagi kimyo sanoati korxonalari qayta ta’mirlandi. Qizilqum
fosforit   kombinati,   Qo’ng‘irot   soda   zavodi,   Qo’qon   va   Yangiyo’l   biokimyoviy
zavodlari barpo yetildi. Respublika kimyo sanoati qishloq xo’jaligi uchun mineral
o’g‘itlar,   yekinlarni   zararkunandalardan   saqlovchi   kimyoviy   moddalar,   sun’iy
tolalar,   bo’yoqlar,   polietilen,   aholining   kundalik   turmushida   kerak   bo’ladigan
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.
Sho’rtan   gaz   –   kimyo   majmuasi   O’zbekiston   kimyo   sanoatining   faxri
hisoblanadi.   1995   yil   oktabrda   O’zbekiston   bilan   AQShning   «ABB   Lummus Global»   kompaniyasi o’rtasida Sho’rtan gaz – kimyo majmuasini qurish bo’yicha
bitim tuzilgan yedi. Tezda qurilish – montaj ishlari loyihasi ishlab chiqildi. 1997 –
2001   yillarda   AQS’H,   Germaniya,   Yaponiya,   Italiya   va   boshqa   davlatlarning
nufuzli kompaniyalari ishtirokida qurilish ishlari amalga oshirildi.  
Sho’rtan gaz – kimyo majmuasi qurilishida 1 mlrd. AQS’H dollari hajmida
investitsiya   o’zlashtirildi.   2001   yil   21   dekabr   Sho’rtan   gaz   –   kimyo   majmuasi
(Qashqadaryo   viloyatining   G‘uzor   tumanida)   ishga   tushirildi.   Majmua   yiliga   125
ming   tonna   polietilen,   137   ming   tonna   suyultirilgan   gaz   va   126   ming   tonna   gaz
kondensati   ishlab   chiqarish   quvvatiga   yega   bo’lgan   dunyodagi   yeng   yirik
korxonalardan biridir.
Mustaqillik   yillarida   mashinasozlik   sanoati   jadal     rivojlandi.   Respublikamizdagi
mavjud   bo’lgan   bir   necha   o’nlab   mashinasozlik   korxonalarini   tarkibiy   jihatdan
qayta qurish maqsadida  1993 yilda O’zbekiston davlat  mashinasozlik  korxonalari
uyushmasi   — «O’zmashsanoat» ,   1996   yilda   «O’zqishloqxo’jalikmash   –
xolding» ,   1998   yilda   «O’zneftgazmash»   korporatsiyasi,
«O’zbekto’qimachimash»  birlashmasi tashkil yetildi.
Isloholar   davrida   «O’zmashsanoat»   uyushmasi   tasarrufidagi   35   ta
korxonaning   26   tasi   ta’mirlanib,   yangi   texnik   uskunalar   bilan   qayta   qurildi.
Toshkentdagi yekskavator, podyomnik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va
abraziv zavodlari, Andijondagi «Andijonirmash» va Topoz, Samarqanddagi Kinop,
Sino   va   boshqalar   shular   jumlasidandir.   Ularda   yekskavatorlar,   ko’tarma   kranlar,
kompressorlar,   paxtani   qayta   ishlash   agregatlari,   to’qimachilik   dastgohlari,
avtomatika   vositalari,   muzlatgichlar,   mebelga   ishlov   berish   uskunalari,   uy   –
ro’zg‘or buyumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda.
Mustaqillikning   dastlabki   davridan   boshlab   mashinasozlik   sanoatini
rivojlantirish   maqsadida   xorijiy   davlatlarning   nufuzli   kompaniyalari   bilan
hamkorlik     aloqalari   yo’lga   qo’yildi.   1998   yilda   O’zbekiston   «Amerika   mobil
grupp»   firmasi   bilan   hamkorlikda   qo’shma   korxona   barpo   yetib,   O’zbekiston   –
Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga yega bo’lgan ikki turdagi minitraktorlar va   ularga   uskunalar   komplektlarini   ishlab   chiqarishni   o’zlashtirdi.   Bu   ixcham
traktorlar fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatida keng qo’llanilmoqda.
1994   yilda   «UzLzmash»   O’zbekiston   –   Isroil   qo’shma   korxonasi   barpo
yetilib paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi avlodi yaratildi. Bu
mashinalar tik shpindelli mashinalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador,
tannarxi arzon bo’lib, jahon mashinasozligining yeng yangi yutug‘i bo’ldi. Qishloq
xo’jalik   mashinalarini   «Keys»   ruso‘midagi   traktor   va   g‘alla   o’rish   kombaynlari
bilan   to’ldirish   maqsadida   AQS’H   »Keys   Nyu   –   Xolland»   kompaniyasi
sarmoyalari ishtirokida «O’zKeysmash» va «O’zKeystraktor» qo’shma korxonalari
barpo yetildi. Ularda zamonaviy  traktorlar  va  kombaynlar  ishlab  chiqarish yo’lga
qo’yildi. «O’zqishloqxo’jalikmash – xolding» kompaniyasi  2001 yilda 48,2 mlrd.
so’mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi.
Aviatsiya   ishlab   chiqarish   davlat   aksiyadorlik   jamiyatiga   birlashgan
korxonalar   ham   rivojlanmoqda.   Uning   bosh   korxonasi   V.   Chkalov   nomidagi
Toshkent   aviatsiya   zavodida   4   ta   ruso‘mdagi   yuk   va   yo’lovchi   tashiydigan   Il   –
114»,   «Il   –   114T»,   «IL   –   76MF»,   «Il   –   76TF»   samolyotlarini   ishlab   chiqarish
yo’lga qo’yildi. Yuk tashish bo’yicha dunyoda yeng qulay deb ye’tirof yetilgan «Il
– 76» ruso‘mli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi.
Mustaqillik  yillarida  metallurgiya, oltin  qazib olish  sanoati  ildam   qadamlar
bilan   o’sdi.   Olmaliq   kon   –   metallurgiya   kombinati,   Bekoboddagi   metallurgiya
zavodi, Zarafshondagi 2 – gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin yeruvchan
va   o’tga   chidamli   metallar   kom binati   qayta   ta’mirlandi.   Bekobod   metallurgiya
kombinatida yiliga 100 ming tonna po’lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi
quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3 – gidrometallurgiya zavo di barpo yetildi.
Amerikaning   «Nyumont   mayning»   kompaniyasi   ishtirokida   Navoiy   tog‘   –
metallurgiya   kombinati   chiqitlaridan   oltin   ajratib   olish   bo’yicha   «Zarafshon   –
Nyumont»  qo’shma korxonasi qurilib, 1995 yil 25  mayda ishga tushirildi. 1991 –
2001   yillarda   respublikada   oltin   qazib   olish   hajmi   1,7   baravar   o’sdi.   Birgina
«Zarafshon   –   Nyumont»   qo’shma   korxonasi   1995   –   2003   yillarda   113   million
tonna   rudani   qayta   ishlab,   110   tonna   yuqori   sifatli   oltin   ishlab   chiqardi. Korxonaning O’zbekiston iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQS’H dollarini
tashkil  yetdi. Yelektroenergetika sanoati  ancha rivojlandi. «O’zbekenergo» davlat
aksiyadorlik   kompaniyasi   mustaqillik   yillarida   issiqlik   va   gidravlik   yelektr
stansiyalarini   ta’mirlash   va   ular   tarkibida   yangi   bloklar   barpo   yetish   ishlarini
amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent, Navoiy GRES lari yenergetika
bloklarida   texnologik   jarayonlarni   boshqarishning   avtomatlashtirilgan   tizimlari
ishga tushirildi.
Germaniyaning   « Simens »   firmasi,   Yevropa   tiklanish   va   taraqqiyot   banki
ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001 yilda 37
ta   issiqlik   va   gidravlik   yelektr   stansiyalaridan   iborat   O’zbekiston   yenergetika
tizimi 55 mlrd kilovatt – soat yoki 1992 yilga nisbatan 10 % ko’p yelektr yenergiya
ishlab   chiqardi.   O’zbekiston   yenergetika   tizimi   respublika   xalq   xo’jaligi   va
aholisini   yelektr   yenergiyaga   bo’lgan   yehtiyojini   to’la   –   to’kis   ta’minlamoqda,
iqtisodiyotni   yanada   rivojlantirishga   ulkan   hissa   qo’shmoqda.   Shuningdek,
O’zbekiston   yelektr   yenergiyasi   Qozog‘iston,   Qirg‘iziston,   Tojikiston,
Turkmaniston va Afg‘onistonga ham uzatilmoqda.
Prezident   Islom   Karimov   tashabbusi   bilan   O’zbekistonda   avtomobil   ishlab
chiqaruvchi   qo’shma   korxona   barpo   yetish   maqsadida   Janubiy   Koreya
Respublikasining  «DAEWOO»  korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzokaralar
olib   borildi.   1992   yil   24   avgustda   Toshkentda   Janubiy   Koreyaning
«DAEWOOMotors»   korporatsiyasi   va   O’zbekistonning   «Avtoqishxo’jmash»
davlat   konserni   O’rtasida   Andijon   viloyatining   Asaka   shahrida   yiliga   180   ming
avtomobil ishlab chiqaradigan   «O‘zDAEWOOavto»   qo’shma korxonasini  qurish
to’g‘risida   shartnoma   imzolandi.   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
1992   yil   5   noyabrda   Asaka   shahrida   «O‘zDAEWOOavto»   korxonasi   tashkil
qilish to’g‘ risida  qaror qabul qildi. Uning ta’sischilari yetib  «DAEWOOMotors»
korparatsiyasi   va   «O’zavtosanoat»   uyushmasi,   har   ikki   tarafning   qo’shma
korxonadagi  ulushi  teng miqdorda 50%  dan iborat qilib belgilandi. 1993 yil mart
oyida   «O‘zDAEWOOavto»     qo’shma   korxonasi   ro’yxatga   olindi   va   umumiy
miqdori   658   mln.   AQS’H   dollari   hajmidagi   qurilish   ishlari   boshlandi.   Korxona qurilishiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar, o’zbekistonlik yoshlar  jalb
qilindi.   1000   dan   ortiq   O’zbekistonlik   yoshlar   Janubiy   Koreyaga   borib
«DAEWOO»   kompaniyasida   ishlab,   avtomobil   ishlab   chiqarish   tajribalarini
o’rganib   qaytib   keldilar.   «O‘zDAEWOOavto»   qo’shma   korxonasining   birinchi
navbati   1996  yil   mart  oyida  ishga  tushirildi.  1996  yil   mart  oyida   «Damas» ,  iyun
oyida   «Tico» ,   iyul   oyida   «Neksiya»   ruso‘mli   avtomobillar   ishlab   chiqarish
boshlandi. 1996 yil 19 iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bo’ldi, unda
Prezident   Islom   Karimov   qatnashdi   va   «O‘zDAEWOOavto»   qo’shma   korxonasi
qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.
O’zbekiston hukumati «O‘zDAEWOOavto» qo’shma korxonasiga butlovchi
qismlar   tayyorlovchi   korxonalar   qurish   tadbirlarini   amalga   oshirdi.   Bu   borada
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 30 mayda qabul qilingan   «Avtomobillar uchun
butlovchi   buyumlar   ishlab   chiqaradigan   O’zbekiston   –   Koreya   qo’shma
korxonalarini tashkil yetish to’g‘risida» gi qarori muhim ahamiyatga yega bo’ldi.
Qarorga   muvofiq   «O‘zDAEWOOavto»   uchun   butlovchi   qismlar   tayyorlaydigan
korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi  ishlab chiqildi va qurilish
ishlari   boshlandi.   1996   –   2006   yillarda   lak   –   bo’yoqlar,   avtomobil   o’rindiqlari,
ichki   jihozlari,   yelektr   kabellari,   shinalar,   disklar,   toblangan   oynalar,   tovush
pasaytirgichlari,   yoqilg‘i   baki,   bamperlar   va   boshqa   butlovchi   qismlar   ishlab
chiqaruvchi   «O‘z – Dong Ko», «Yan Ko», «O‘z – Sem Yun Ko», «O‘z – Dong
Von   Ko»,   «O‘z   –   Tong   Xong   Ko»,   «O‘z   –   Karam   Ko»,   «Elektromash»,
«Meridian»   kabi   75   ta   yangi   qo’shma   korxonalar,   ishlab   chiqarish   quvvatlari
barpo yetildi. 
1999   yil   oktabrda   Janubiy   Koreyadagi   yirik   «Eksimbank»   bilan
«O‘zDAEWOOavto»   zavodini   moliyaviy   jihatdan   qo’llab   –   quvvatlash   bo’yicha
bitim   tuzildi   va   «DAEWOOMotors»   kompaniyasi   bilan   hamkorlikda
«O‘zDAEWOOavto»  zavodida   «Matiz»   va   «Neksiya – 2»   ruso‘mli  avtomobillar
ishlab chiqarishga kirishildi.  «O‘zDAEWOOavto»   zavodiga   2000   yil   yanvarda
«ISO - 9001»  sertifikati berildi. 2001 yil avgustda «O‘zDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo yetilib,
xalqaro andozalarga to’la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‘or dizayn va
texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan «Matiz» ruso‘mli yangi avtomobil ishlab
chiqarish   yo’lga   qo’yildi.   2003   yilda   yana   bir   liniya   barpo   yetilib,   «Lasetti»
avtomobili   ishlab   chiqarish   boshlandi.   2004   yilda   70070   dona   avtomobil   ishlab
chiqarildi.   2007   yil   oktabr   oyida   «O‘zDAEWOO»   avto   negizida   «General
Motors»  korporatsiyasi bilan hamkorlikda  «GM O‘zbekiston»  qo’shma korxonasi
tashkil   yetildi.   Natijada   Asakada   dunyoda   mashhur   «Shevrale»   avtomobillari   —
«Captiva»,   «Epika»,   «Takuma»   ruso‘mli   yengil   avtomobillar   ishlab
chiqarilmoqda.
2010   yilda   «Shevrale»   avtomobili   –   «Spark»   ruso‘mli   yangi   avtomobil
ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 
Shunday   qilib,   «O‘zDAEWOOavto»   qo’shma   korxonasining   mustahkam
poydevori   yaratildi.   «O‘zDAEWOOavto»   zavodi   MDH   mamlakatlaridagi   yengil
avtomashina   ishlab   chiqaruvchilar   orasida   Xalqaro   sifat   tizimidan   foydalanuvchi
birinchi korxona bo’ldi.
Samarqand   shahrida   yana   bir   avtomobil   zavodini   qurishga   ki rishildi.   1995
yilda   «O’zavtosanoat»   uyushmasi   bilan   Turkiyaning   «Kochxolding»
kompaniyasi   o’rtasida   avtobus   va   yuk   mashinalari   ishlab   chiqaruvchi
« SamKochavto»   qo’shma   korxonasini   barpo   yetish   haqida   bitim   tuzildi.   1996
yilda   «SamKochavto»   qo’shma   korxonasi   ro’yxatga   olindi   va   qurilish   ishlari
boshlandi.   Mashinalar   loyihasini   ishlab   chiqishda   xalq   xo’jaligining   barcha
sohalarida   foydalanish   uchun   qulay   bo’lishini   ta’minlash   maqsadida   Italiya   –
Ispaniya qo’shma korxonasi  «Iveko» ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi
va   «Kochxolding»   kom paniyasi   a’zosi   —   «Otayo’l»   zavodida   O’zbekiston
sharoitiga moslab takomillashtirildi.
1999   yil   mart   oyida   « SamKochavto»   qo’shma   korxo nasi   ishga   tushirildi.
O’sha yili foydalanishga qulay, ixcham  163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili,
2000 yilda yesa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika
aholisi uchun  «Otayo’l»   ruso‘mli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi. 2001   yilda   O’zbekiston   avtomobilsozlik   sanoatida   band   bo’lgan   ishchi   va
xizmatchilar   soni   14   mingtaga   yetdi.   Yeng   muhimi,   o’zbek   avtomobilsozlarining
butun bir avlodi shakllandi.
1991   yil   maydan   Toshkent,   Farg‘ona,   Buxoro   to’qimachilik   kombinatlari,
Andijon   va   Nukus   ip   –   gazlama   kombi natlari,   ular   tasarrufidagi   kichik   va   o’rta
korxonalarni   birlashtirgan   «O’zbekengilsanoat»   davlat   uyushmasi   tashkil   yetildi.
BU uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlir jamiyatlari sifatida
qayta tashkil yetdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali
mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   ko’paytirish   tadbirlarini   amalga   oshirdi.   Masalan:
«Buxoroteks»   aksiyadorlik   jamiyati   1994   yilda   o’z   mablag‘lari   hisobidan
Shveysariyaning   «Riter»   firmasidan   2592   ta   yigiruv   g‘altagi   quvvatiga   yega
bo’lgan uskunalar sotib oldi. 1996 yilda yesa Shveysariyadan jalb yetilgan 5 mln.
shved   frankiga   ikkinchi   yigiruv   majmuyi   sotib   olib   korxonani   jihozladi.   Natijada
1997 yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga yerishdi.
Ikkinchidan,   davlat   uyushmasi   tomonidan   respublikamizdagi   boy   xom-
ashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi yangi korxonalar barpo yetish har tomonlama qo’llab – quvvatlandi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   1996   yil   aprel   oyida
«Mahalliy   va   yengil   sanoatni   davlat   tomonidan   qo’llab   –   quvvatlash   tadbirlari
to’g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bo’yicha 35 ta investitsiya
loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so’m, shu
jumladan,   644,4   mln   AQS’H   dollari   hajmida   chet   yel   sarmoyalari   o’zlashtirildi.
Natijada   1996  –   2001  yillarda  Janubiy   Koreya   ishtirokida   «Kobul   –  Uzbek   Ko»
qo’shma   korxonasiga   birlashgan   To’ytepa   va   Toshkent   shahrining   Ko’kcha
mavzesida   2   ta   yirik   qo’shma   korxona,   «Kobul   –   Farg‘ona   Ko»   qo’shma
korxonalari   qurilib   ishga   tushirildi.   Turkiya   to’qimachilik   kom paniyalari
ishtirokida   Nukus   shahrida   «Kateks»   to’qimachilik   majmuasi,   Namangan
viloyatida   «Asnamtekstil» ,   «Tap – fen» ,   «Kosonsoy-Tekmen» ,   «Atlas – Men»,
Qashqadaryo   viloyatida   «Qashteks» ,   «Oqsaroy   –   to’qimachi»   qo’shma
korxonalari barpo yetildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998 yilda Andijonda   «Anteks» ,   Farg‘ona   viloyatining   Yozyovon   tumanida   «Pfaff-Zinger»
qo’shma   korxonalari   qurildi.   1999   yilda   Xo’jaobod   tumanida   tikuv   va   trikotaj
buyumlar   ishlab   chiqaradigan   «Tyan-Din-Du»   O’zbekiston   –   Xitoy   qo’shma
korxonasi,   2000   yilda   yiliga   3800   tonna   kalava   ip   ishlab   chiqaradigan
«Qorako’lteks»   O’zbekiston   –   Amerika   qo’shma   korxonasi   barpo   yetildi.   2002
yilda Respublika to’qimachilik sanoatida 17 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatdi.
Tarmoq bo’yicha 32 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil yetildi. 2004 yilda 17
ta to’qimachilik korxonalari, jumladan   «Beruniy  teks»,  «Baliqchiteks»,  «Bursel
– Toshkent»  kabi yirik qo’shma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2002 yil boshlarida «O’zbekengilsanoat» davlat uyushmasiga birlashgan 15
ta   kichik   va   102   ta   yirik   korxonalar   paxta   tolasini   qayta   ishlab   yiliga   130   ming
tonna yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62
mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuvchilik buyumlari
ishlab chiqarish quvvatiga yega bo’ldi.
Agar 1991 yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 %ni tashkil
yetgan boisa, 2005 yilda bu raqam 30 %ga yetdi. Chet yellarga kalava ip, paxta va
shoyi gazlamalar yeksport qilishga yerishildi.
Respublikamizda   qog‘oz   tanqisligi   muammosini   hal   qilishga   qaratilgan
zavodlar qurildi. Namanganda barpo yetilgan   «Namangan qog‘ozi» , Yangiyo’lda
qurilgan  «O’zbek qog‘ozi»  qo’shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika
Vazirlar   Mahkamasining   2001   yil   20   iyundagi   «Respublika   qog‘oz   sanoatini
boshqarish   tuzilmasini   takomillashtirish   chora   –   tadbirlari   to’g‘risida»gi   qaroriga
asosan   «O’zbekqog‘ozsanoat»   uyushmasi   tashkil   yetildi.   Uning   tarkibiga
«Sanoatqalinqog‘ozsavdo» ,   «O’zbek   qog‘ozi»   ochiq   aksiyadorlik   jamiyatlari,
Yangiyo’l   selluloza   –   qog‘oz   fabrikasi,   «Namanganqog‘oz»   qo’shma   korxonasi
va boshqalar kiradi.  «O’zbek qog‘ozi»  korxonasi yiliga 11 ming tonna qog‘oz, 3,5
ming   tonna   karton,   7,5   mln   dona   umumiy   va   65   millionta   o’quv   daftari   ishlab
chiqarmoqda.   Yangiyo’l   selluloza   –   qog‘oz   fabrikasi   yil iga   20   ming   tonna   paxta
sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qog‘ozi ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol
buyumlari   ishlab   chiqarish   jadal   rivojlanmoqda.   Qurilish   materiallari   sanoati
bazasi mustahkamlanib, baland binolar, uy – joy qurilishi kengaydi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda transport  tizimi  – temiryo’li, avtomobil
yo’li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi.
O’zbekistonda   paxtachilik   qishloq   xo’jaligining   yetakchi   tarmog‘i
hisoblanadi.   Markaziy   Osiyo   mamlakatlarida   yiliga   2   mln   tonna   paxta   tolasi
yetishtirilsa,   uning   1,4   mln.   tonnasi   o’zbek   paxtasi   tolasidir.   O’zbekiston   paxta
tolasi   yetishtirish   bo’yicha   dunyoda   to’rtinchi,   uni   yeksport   qilish   bo’yicha   yesa
ikkinchi o’rinda turadi.
Respublikamizda   paxta   hosildorligi   va   sifatini   yaxshilashga   katta   ye’tibor
berilmoqda.   Shu   maqsadda   qator   suv   omborlari   va   sun’iy   kanallar   qurilmoqda,
yerning   meleorativ   holatini   yaxshilash   tadbirlari   amalga   oshirildi.   Suv   tanqisligi
hisobga   olinib,   1998   yildan   boshlab   paxtachilikda   Isroil   texnologiyalari   asosida
tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanilmoqda.
Andijonlik   paxtakorlar   tashabbusi   bilan   chigitni   plyonka   ostiga   yekish
texnologiyasi joriy yetildi. Bu usul paxtani yerta yekish, qisqa muddatlarda undirib
olish,   yuqori   hosil   yetishtirishga   mustahkam   zamin   yaratdi.   Paxta   yekiladigan
yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq
paxta   xom   –   ashyosi   tayyorlanmoqda.   Shuningdek,   O’zbekiston   kanop,   tamaki
yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi.
Mustaqillik   yillarida   don   mustaqilligiga   yerishish   vazifasi   qo’yildi.   Yekin
yekiladigan   maydonlarda   tarkibiy   o’zgarishlar   qilinib,   xo’jaliklar   qanday   yekin
yekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla yekish kengaydi.
Umumiy yekin maydonlarida donli yekinlar salmog‘i 1991 yilda 18,8 %ni tashkil
yetgan   bo’lsa,   1998   yilda   36   %ga   o’sdi,   natijada   g‘alla   yetishtirish   sezilarli
darajada oshdi. Agar 1991 yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna
bug‘doy yetishtirilgan bo’lsa, 2002 yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan
5,0   mln   tonnadan   ortiq   bug‘doy,   2007   yilda   6,25   mln   tonna   g‘alla   yetishtirildi.
Sug‘oriladigan yerlarda o’rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil yetdi. Andijon viloyatida yesa rekord natijaga yerishildi — har gektardan 75 sentnerdan
ortiq xirmon ko’tarildi. 
  Shunday   qilib,   mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   tadbir   tufayli   tom
ma’noda   mamlakatimizning   g‘alla   mustaqilligiga   yerishildi,   mamlakatimiz   va
xalqimizni   o’z   g‘allamiz,   o’zimizning   nonimiz   bilan   ta’minlashdek   tarixiy   vazifa
bajarildi.   Bu   yutuq   qishloq   hayotini   yangilash,   amalga   oshirilayotgan   agrar
islohotlarning natijasidir.
Respublikamizda   un  va   un  mahsulotlari,   go’sht   va   sut   mahsulotlari,  shakar
va   qand   mahsulotlari   ishlab   chiqarish   izchil   o’sib   bormoqda.   Shuningdek,
sabzavot,   meva,   uzum   yetishtirish   bo’yicha   ham   katta   yutuqlarga   yerishilmoqda.
Yiliga 5 mln. tonnaga yaqin sabzavot – meva mahsulotlari yetishtiriladi. 
O’zbekistan   Respublikasi   mustaqillikka   yerishgach,   qishloq   xo’jaligida   tub
iqtisodiy islohotlarni  amalga oshirish jarayonida davlat  xo’jaliklari jamoa, shirkat
xo’jaliklariga   aylantirildi,   chorvachilik,   aksariyat   xo’jaliklarning   qoramolchilik
fermalari   xususiylashtirildi,   dehqon   va   chorvachilik   yo’nalishidagi   fermer
xo’jaliklari tashkil yetila boshladi.
Chorvachilik   sohasini   rivojlantirish   maqsadida   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   1993   yil   15   martda   «Respublika   chorvachiligida
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari to’g‘risida» gi, 1994 yil
23 fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon
(fermer)   xo‘jaliklari   va   xususiylashtirilgan   fermalar   manfaatlarini   himoya   qilish
choralari  to’g‘risida»,  1995  yil  24  martdagi   «Chorvachilikda  xususiylashtirishni
davom yettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash chora – tadbirlari
to’g‘risida»   qarorlar   qabul   qilindi.   Bu   qarorlarga   ko’ra,   1995   yilda   jamoa
xo’jaliklarining   zarar   bilan   ishlayotgan   1499   qoramolchilik   fermalari
xususiylashtirildi.   Natijada   respublikada   ishlab   chiqarilayotgan   go’sht   va   sutning
75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Chorvachilik   sohasi   bilan   bir   qatorda   asalarichilik,   pillachilik   ham
rivojlanmoqda. Xulosa     qilib     aytganda,   mustaqillik     yillarida     iqtisodiyotning     boshqaruv
tizimi   tubdan   o’zgartirildi,   xo’jalik   yuritishning   bozor   iqtisodiyotiga   mos   yangi
tizimi   yaratildi.   Bozor   infratuzilmasi   asoslari   barpo   qilindi.   Mamlakatimiz
iqtisodiy     tanazzul   davridan   o’tib   oldi.   1995   yilga   kelib   makroiqtisodiyotda
barqarorlikka   yerishildi  va 1996 yildan boshlab  barqaror  o’sish ta’minlanmoqda.
Mamlakatda   o’tkazilgan   tub   islohotlar   natijasida   iqtisodiy   o’sishni   ta’minlovchi
zarur   shart   –   sharoitlar   vujudga   keldi.   Xususiy   mulkchilikning   huquqiy   asoslari
yaratildi. 
Davlat   mulkini   xususiylashtirish   natijasida   ko’p   ukladli   iqtisodiyot
shakllandi. Yeng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati
tubdan   o’zgarmoqda.   Turmush   darajasi,   oilasining   farovonligi   o’ziga   bog‘lik
yekanligini   tushunib   yetayotgan   odamlar   tobora   ko’payib   bormoqda.   Shunday
qilib, iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi korxonlarning bunyod yetilishi
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 
Har   qanday   islohot,   agar   u   odamlar   hayotini   yaxshilashdan   iborat   pirovard
natijaga   qaratilmasa,   unday   islo h otlar   keraksizdir.   Shuning   uchun   ham
O‘zbekistondagi   amalga   oshiriladigan   tub   islohotlar   har   tomonlama   barqarorlikni
ta’minlashga,   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan   huquqiy
demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatini   bunyod   yetishga   qaratildi.   Mustaqillik
yillarida   mamlakat   hukumatining   iqtisodiy   strategiyasi   asosan   yeng   muhim   uch
vazifani hal yetishga yo‘naltiriddi:
Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish:
Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka yerishish;
Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish.
O‘zbekistonda   islohotlar   yendigina   boshlangan   1992   yildayoq   birinchi   p rezident
Islom   Karimov   O‘ zbekistondagi   iqtisodiy   o‘zgarishlar   barqarorlik   vaziyatida
o‘tishi   kerakligini   aloxida   ta’kid-lagan   yedi.   Shuning   uchun   ham   u   o‘zining
«O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1992) nomli kitobida
hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini
chuqurlashtirishga,   makroiqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlashga,   milliy   valyutani mustahkamlashga,   iqtisodiy   tizimda   chuqur   tarkibiy   o‘zgartishlarni   amalga   oshi-
rishga,   kuchli   ijtimoiy   kafolatlar   beradigan   huquqiy   demokratik   davlatni
shakllantirishga qaratilgan, deb u q diradi.
Shu   bois   mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   iqtisodiyotini   isloh   qilishning
muqim   natijasi   bu   makroiqtisodiyotni   barqarorlashtirishga   yerishilgani   bo‘ldi.
Binobarin,   bu   jarayon   bozorni   shakllantirishdagi   mu h im   jihatdir.
«Barqarorlashtirish   siyosati,   -   deb   yozadi   I.Karimov,   -   yeng   avvalo,   bu
makroiqtisodiyotda   muvozanatni   saqlash,   ishlab   chiqarishning   keskin   darajada
pasayishiga   va   ommaviy   ishsizlikka   yo‘l   qo‘ymaslikdir.   Shuningdek,   u   pul
qadrsizlanishining, pul yemissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to‘lov balansini
bir   meyorda   sa q lash   sohasida   aniq   maqsadni   ko‘zlab   olib   boriladigan   davlat
siyosatidir».
O‘zbekistonda   makroiqtisodiyotni   barqaror   qilish   borasi   da   qator   amaliy
choralar   belgilanar   yekan,   avvalo   bu   boradagi   jahon   tajribasi   o‘rganildi,   ayni
cho g‘ da   MDH   davlatlarida   shu   sohada   yo‘l   qo‘yilgan   kamchiliklar   tahlil   qilindi.
Jumladan, o‘tish davrida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilashda avvalo ustivor,
katta   istiqbolga   yega   bo‘lgan   tarmo q lar   va   ishlab   chiqarishlarni   har   tomonlama
rag‘batlantirish,   ya’ni   yeng   muhim   bo‘g‘inlarni   aniqlash   (neft   -   neft   mustaqilligi,
yenergetika   -   yenergetika   mustaqilligi,   don   -   g‘alla   mustaqilligi,   paxtani   qayta
ishlash   sanoati   va   hokazolar)   orqali   iqtisodiyotni   tarkiban   qayta   tashkil   qilish
bo‘yicha izchil siyosat yuritishi lozim yedi.
Shuni ro‘y-rost aytish kerak, mustaqillik qo‘lga kiritilgan 1991 yil oxirlari va
1992 yilda  O‘ zbekiston zimmasiga og‘ir va jiddiy sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o‘z taqdirini, o‘z mustaqilligini, o‘z ozodligini
himoya qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga to‘g‘ri keldi. Buning
boisi   shunda   yediki,   SSSR   parchalanib   ketishi,   an’anaviy   xo‘jalik   aloqalarining
buzilishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   moliyaviy   va   xom   ashyo   zahiralarining   nihoyatda
taqchilligi   yuz   berdi.   Masalan,   boshqa   mintaqalar   va   mamlakatlardan   maxsulot
yetkazib berilishiga bog‘lanib qolgan yirik korxonalar to‘xtab qolish arafasida yedi.
Buning   ustiga   aholining   moddiy   ahvoli   yana   xam   pastlashib   ketdi.   Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning yeng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli
bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi.
O‘zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishda   Rossiya,   Ukraina   va
Belorussiyaga   nisbatan   ancha   noqulay   sharoitda   yedi.Ana   shunday   holatdan
O‘zbekiston   o‘zining   butun   kuch-g‘ayrati   va   ichki   imkoniyatlarini   safarbar   qilib,
o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal qilishga jiddiy ye’tibor berdi.
Chunki   iqtisodiyotni   barqarorlashtirishda   ustivor   hisoblangan   yetakchi
asosiy   tarmo q lar   belgilab   olinmasa,   bozor   munosabatlari   sharoitida   ularning
shakllanishiga   yordam   ko‘rsatilmasa   iqtisodiy   strategiya   boy   berilishi   mumkin
yedi.   Bu   butun   mamlakat   iqtisodiyotini   butunlay   yangidan   boshlash,   islohotlar
paytida uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlab turishning bosh yo‘li, asosiy
tamoyili bo‘ldi.
Shu   bois   O‘zbekiston   iqtisodiyotida,   avvalo,   tarkibiy   o‘zgarishlar   yuz   berdi.
Respublika   iqtisodiy   mustaqilligini   mustahkamlash,   importni   qisqartirish   va
yeksportga   yo‘naltirilgan   ishlab   chiqarishni   rivojlantirish,   shuningdek   istiqbolni
belgilaydigan   ustivor   tarmoqlarni   jadal   rivojlantirish,   tarmoqlar   ichidagi
nomutanosiblikka barham berishga ye’tibor qaratildi. Adabiyotlar  ro’yxati :
1 . O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: O’zbekiston, 1992, 2009.  
2 . O’zbekiston milliy yensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.
3 . O’zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. –T.:
Sharq, 2000. –B. 47-56; 298-238, 298-364.
4 . O’zbekiston tarixi / R. Murtazaeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi,
2003. –B. 575-592.
5 .   O’zbekiston   tarixining   muhim   sanalari   (eng   qadimgi   davrlardan   bugungi
kungacha) / Q. Rajabov [va boshq.];  mas’ul muharrir:   I. Saidov. –  3-to’ldirilgan va
tuzatilgan nashri. –T.:  O‘zbekiston,  2010.
6 . Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil  O‘zbekiston
tarixi.   –   To‘ldirilgan,   qayta   nashr.   –T.:   G‘afur   G‘ulom,   2009.   –B.150-158;   332-
410.
7 .  Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi. –T.: IQTISOD - MOLIYA, 2006. –B. 418-432.

Iqtisodiy islohotlar, uning bochqichlari. O‘zbekiston da bozor munosabatlarining rivojlanishi Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. ʼ 2. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. 3. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasinining rivojlanishi. ʼ 4. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga yerishish. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. 5. Nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyani amalga oshirishdagi ishtiroki.

Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib chiqib, O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo yetish jarayonidagi yeng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo yetish masalasi dastlabki kunlarning yeng muhim vazifasi sifatida belgilandi. O’tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o’tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga o’tishning «O’zbekiston yo’li» kabi masalalarning tub mohiyatini anglash yeng dolzarb masalalaridan biri yedi. Ma’lumki, hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQS’H, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlagan bo’lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish XX asrga xos bo’lgan umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kishilarning xoxish – irodasi yemas, balki obektiv zaruratdir. Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu shunchaki maqsad yemas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo’lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat yerkinligiga, mulchilikning xilma – xilligiga, narx yerkinligiga, raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va yerkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga yerishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zamonidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish, to’kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o’rnatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar

majmuidir. Tarixan, bozor iqtisodiyotiga o’tish yeng so’nggi navbatda «sotsialistik» mamlakatlar o’tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o’tishning bir qancha modellari mavjud bo’lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch turga yoki modelga bo’lishimiz mumkin: 1. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li. 2. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yo’li. 3. Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, «sotsialistik» rivojlanish yo’lidan borgan va hozirda bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlagan mamlakatlar yo’li. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda davlatlashtirilgan, o’ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan — bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo yetdi: 1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish. 2. Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Bun da bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o’rnatishga ko’mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko’rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish. 3. Mulkchilik va xo’jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash. 4. Narx – navoni liberallashtirish, narxlarni yerkin qo’yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xil bo’lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yo’li mavjuddir. Bunda uning xo’jalik tuzilishi va shart – sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy kelib chiqishi, rasm – ruso‘mlari, an’ana va milliy harakteri hamda boshqa omillar sabab bo’ladi.

Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin yemas. Hozirda bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari mavjud bo’lib, ular barcha mamlakatlarni bitta manzilga — yerkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial – iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo’lganligi tufayli, unga o’tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo’ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo’lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo’lmaydi. Natijada o’ziga xos yo’lni tanlash muhim hisoblanadi. Sobiq tuzumda amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o’zining hayotiy yemasligini, aholining o’sib boruvchi yehtiyojlarini ta’minlay olmasligini aniq ko’rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyoti uchun O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini ishlab chiqish va bu yo’lda tub islohotlarni belgilash zarurati yuzaga keldi. O’zbekistonning taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishga Prezidentimiz I.A. Karimov boshchilik qildi. Islom Karimov o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respubli kasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida so’zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgust oyida nashr yetilgan «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida O’zbekistonning taraqqiyot yo’lini har tomonlama puxta belgilab berdi. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no – mazmun bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan yerkin bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilini o’z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr yetilgan «O’zbekiston — bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida asoslab berildi. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot ning «o’zbek modeli» deb qabul qilindi. O’zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi.

Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari, shart – sharoitlari, yeski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi. Quyidagi keltirilgan jadval orqali besh tamoyilning mohiyatini ko’rishimiz mumkin: Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta o’zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb yetib, hayot sinovidan o’tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) kuyidagi oltita ustuvor yo’nalish bilan to’ldirildi: 1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada yerkinlashtirish. 2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish. 3. Kadrlar masalasi. 4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish. 5. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash. 6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti O’zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo’lib qoldi. Bu yo’lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo’yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:  ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning o’sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;