Hayvonlar evolyusiyasini o‘rganish metodlari.
Hayvonlar evolyusiyasini o‘rganish metodlari . Reja: 1. Evolyusion jarayonning asosiy xususiyatlari 2. Evolyusion jarayonni o‘rganishning asosiy metodlari
1. Evolyusion jarayonning asosiy xususiyatlari Ye r yuzida yashab o‘tgan va hozirgi vaqtda yashayotgan turli-tuman hayvonlarni tabiiy tanlanish jarayonida paydo bo‘lganligini isbotlovchi bir qator e volyu s ion va filogenetik qonuniyatlar mavjudki, bular qo‘yidagilardan iborat: 1. E volyu s ion o‘zgarishlar har doim o‘zgaruvchan yashash sharoitiga moslasha olish qobiliyatidan kelib chiqadi. Bunday e volyu s ion o‘zgarish tabiiy tanlanish jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Tirik tabiatda bunday qonuniyatning mavjudligini materialist olimlar (J.B.Lamark, K.F.Rule va boshqalar) kashf e tgan. Lekin uni birinchi bo‘lib ingliz olimi Ch. Darvin o‘zining “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi” (1859 y) asarida batafsil isbotlab bergan. Hayvon tanasidagi biror organ yoki umuman organizmning o‘zgargan sharoitga moslashaolish qobiliyati shu bilan xarakterlanadiki, u yangi muhitda bemalol yashayoladigan bo‘ladi va shunga binoan ma’lum bir organda yoki sistema (oziqlanish organlari, nafas organlari, sezish organlari, asab sistemasi va hakozolar) da sifat o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘z navbatida organizmni umumiy tuzilishi hamda hayotiy xususiyatlarini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishiga olib keladi. Buni A.N. Sever s ov hayvonlar e volyusiyasidagi aromorfozlar bilan ham isbotlab bergan. Aromorfozlar tufayli bir- biridan sifat jihatdan keskin farq qiluvchi yirik taksonomik guruhlar (sinflar, tiplar) shakllanadi. Lekin ko‘p hollarda o‘zgaruvchan muhitda organizmda unchalik keskin bo‘lmagan ayrim kichik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday xususiy o‘zgarish shu organizmni kelgusida bo‘ladigan e volyusion o‘zgarishlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Biron-bir substratga yopishib o‘troq yashovchi yoki parazitlik bilan hayot kechiruvchi organizmlardagi xususiy moslashish (o‘zgaruvchanlik) jarayoni regressiv evolyusion o‘zgaruvchanlik (idiadaptatsiya) hisoblanib, organizmni soddalashuvi yoki ayrim organlarni yo‘qolishi bilan ifodalansa ham ushbu organizmda boshqa ayrim sistema yoki organning funksional xususiyatlarini
rivojlanishi amalga oshadi. Regressiv e volyu s ion o‘zgarishlarni umurtqasizlar orasida s estodalarda aniq ifodalanganligini ko‘rish mumkin. 2. E volyu s iya - asosan monofiletik jarayondir, ya’ni rivojlanish bitta umumiy ildizdan (asosdan) boshlangan. Ch. Darvin o‘z vaqtida (1859 y) tabiiy guruhlar hisoblanuvchi turlar va avlodlarning bitta umumiy shoxdan belgilarning ajralishi (divergensiyasi) tufayli kelib chiqqanligini isbotlab bergan. Lekin monofiletik evolyusion jarayonda ham o‘zgaruvchan yashash muhitiga moslasha olmaganlari o‘lib ketgan, ya’ni tabiiy tanlanish jarayoni to‘la hukm surgan va oraliq formalarning ko‘pchiligini nobud bo‘lishi kuzatilgan. Monofiletik rivojlanish jarayoni deganda yangi organizmni paydo bo‘lishi qandaydir bir juft ota-ona organizmidan emas, balki ichki xususiyatlari bilan bir- biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita guruh organizmlaridan kelib chiqqan deb tushunish lozim. Shuni alohida qayd qilish lozimki, biron-bir tur ichidagi evolyusion jarayon, birinchi navbatda, asta-sekin uning geografik va ekologik formalarga ajralishi bilan boshlanadi. Keyinchalik divergent belgilarning rivojlanishini tobora chuqurlasha borishi natijasida turlar shakllanadi. Bir-biriga o‘xshash turlarning tobora ko‘payib borishi esa avlodlarni, avlodlar oilalarni va hakozo taksonomik guruhlarni hosil qila boradi. Lekin ko‘pgina turli guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarda bir xil muhitda va o‘xshash tarzda hayot kechirishi natijasida ularda o‘xshash (konvergent) belgilarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘zatiladi. Masalan, suvda o‘troq hayot kechiruvchi turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarda gidroid poliplar, marjon poliplar, o‘troq yashovchi polixetalarda, mshankalarda, pogonoforalarda, jabra qanotlilarda) o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishini aytib o‘tish mumkin. Bunday o‘xshash belgilarga, og‘iz atrofida paypaslagichlarning shakllanishi, ovqatlanishning passiv holda bo‘lishi, radial simmetriyaning yuzaga kelishi va hakozalar. 3. Hayvon organizmi yaxlit, bir butundir va undagi barcha organlar, qismlar hamda to‘qimalar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Evolyusion jarayonda ma’lum bir organning tuzilishi va funksiyasi o‘zgarsa, u o‘z navbatida boshqa organlarning
ham korrelyativ o‘zgarishiga olib keladi va dastlab o‘zgargan organ bilan morfo- fiziologik bog‘langan bo‘ladi. Evolyusiya jarayonida organlarning bir-biriga mos ravishda o‘zgarishi va rivojlanishi korrelyatsiya qonuni deyilib, uni birinchi bo‘lib 1812 yilda fransuz olimi J.Kyuve ochgan. Korrelyativ o‘zgaruvchanlikka misol qilib bug‘imoyoqlilarda tashqi kutikulyar skeletning hosil bo‘lishini olish mumkin. Bunday tashqi skeletning hosil bo‘lishi ayrim ichki organ va to‘qimalarning ham o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, tashqi kutikulyar skeletning hosil bo‘lishi bilan teri-muskul xaltasi o‘z funksiyasini davom ettira olmagan va natijada u ayrim kundalang targ‘il tolalardan iborat bo‘lgan muskul tutamlarini hosil qilgan. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (selom) o‘zining tayanch funksiyasini yo‘qotganligi tufayli o‘zgarib, trofik vazifani bajaruvchi miksotselga aylangan. Gavda hajmining o‘sishi ham davriy xususiyatni e gallaydi va u vaqti-vaqti bilan po‘st tashlash bilan amalga oshadi. Shuningdek, traxeyalar sistemasining rivojlanishi qon tomirlarning kamayishi yoki umuman yo‘qolishiga olib kelgan. 4. Evolyusiya har qanday rivojlanish singari qayta takrorlanmaydigan va orqaga qaytmaydigan jarayondir. Evolyusiyaning qaytadan takrorlanmaslik qonunini birinchi bo‘lib Belgiyalik paleontolog L.Dallo 1893 yilda kashf etgan. Ushbu qonunga binoan organizmda biron bir organ reduk s iyaga uchrasa yoki yo‘qolib ke ts a, u qayta dan hosil bo‘lmaydi. Uning o‘rniga aynan shu vazifani bajaruvchi, lekin kelib chiqishi va shakli butunlay boshqacha bo‘lgan yangi organ paydo bo‘ladi. 5. Organizmlarning evolyusiyasi har doim tana qismlari va organlarning differensiatsiyasi bilan ifodalanadi, ya’ni organizmdagi biron-bir qism yoki organ har xil sabablarga ko‘ra sekin-asta o‘z vazifasini o‘zgartira borib, oxir oqibatda dastlabki funksiyasini unitib, butunlay boshqa funksiyani bajaradigan bo‘ladi. Bunday sharoitda organizm qismlarining ishi bir-biriga juda ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Differensiatsiya jarayoni nafaqat organizmni murakkablashuviga olib keladi, balki yana undagi qismlarning ishi bir-biriga juda ham bog‘liq bo‘lib qoladi.
6. Hayvonlar e volyu s iyasi jarayonida gomologik organlarning oligomerizatsiyasi (kamayishi) sodir bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarni 1-nchi bo‘lib V.A.Dogel (1936, 1954) aniqlagan. Gomologik organlarning kamayishi har doim ularning morfologik va funk s ional tabaqalanishi bilan amalga oshadi. Evolyusiya jarayonida ancha katta guruh hayvonlarini shakllanishida, ularning tuzilishida bir qator o‘zgarishlar, jumladan yangi organlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar birinchi navbatda hayvonlarning yashash tarzini o‘zgarishi, ya’ni o‘troq hayot kechirishdan aktiv harakat qilish tarziga yoki suv muhitidan quruqlik muhitiga o‘tish va hakozolar bilan ifodalanadi. Masalan, halqali chuvalchanglardan bug‘imoyoqlilarning kelib chiqishi jarayonida gavda segmentlarining kamayishi, gomologik organlarning qisqarib geteronomlanishi, gavda bo‘limlarini (bosh, ko‘krak, qorin) shakllanishi hamda ularning har biri alohida ma’lum funksiyalarni bajarishga moslasha borganligini ko‘rsatish mumkin. 7. Turli guruh va tiplarga kiruvchi hayvonlar orasidagi qon-qardoshlik munosabatlarini aniqlashda biogenetik qonunning ahamiyati kattadir. Bunda ontogenez bilan filogenez orasida bog‘lanish mavjudligini olimlardan F. Myuller (1864), Ye.Gekkel (1866) va A.N.Seversov (1939) aniqlashgan. Biogenetik qonunga binoan ma’lum bir hayvon o‘z ontogenezida (individual taraqqiyotida) o‘tmish ajdodlari uchun xos bo‘lgan ayrim belgi va xususiyatlarini takrorlaydi. Bu jarayon rekapitulyatsiya deyiladi. Turli-tuman hayvonlarni ontogenezini kuzatish bilan uning turli bosqichlarda ajdodlarining ayrim belgi va xususiyatlarini namoyon bo‘lishini qayd qilib shu organizmni hayvonlar olamidagi sistematik o‘rnini aniqlash mumkin bo‘ladi. 1. E volyusion jarayonni o‘rganishning asosiy metodlari