logo

Hayvonlar filogeniyasini rekonstruksiya qilish. Kladistika

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

310.3935546875 KB
Hayvonlar filogeniyasini rekonstruksiya qilish. Kladistika
Reja:
1. Sistema solishning turli jihatlar (aspektlari)
2. Kladistik usul Hayvonot   olami   tirik   organizmlar   orasida   eng   xilma-xil   va   turlarga   boy
guruhidir.   Umurtqasiz   hayvonlarning   xilma   xilligi   umurtqalilarga   nisbatan   ancha
yuqori   va   barcha   hayvonlarning   99   %i   dan   ko‘prog‘ini   tashkil   etadi.   Hozirgi
vaqtda hayvonlarning 1,5 mln. dan ortiq turi tavsiflangan va nomlangan bo‘lsada,
Yer yuzasida ularning turlari soni 30 mln.dan ortiqroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik
umurtqasiz   hayvonlar   hali   ochilmagan   va   o‘rganilmagan.   Shu   sababli   zoologiya
sohasida yangi ilmiy kashfiyotlar o‘z muallifini kutib turibdi. 
Hayvonlar   haddan   tashqari   xilma-xil   bo‘lsada,   ularni   turli-tuman   jihatlari
asosida   ma’lum   sistemaga   solish   mumkin.   Bunday   jihatlardan   biri   «tuzilish
planidir».   Masalan,   bo‘g‘imoyoqlilar.   Hozirgi   vaqtda   bu   hayvonlarning   yuz
minglab   turlari   mavjud   bo‘lsada,   ular   tanasining   va   oyoqlarining   bo‘g‘imlarga
bo‘linganligi, ekzoskeletga egaligi, tullash davrida ekzoskeletini almashtirishi kabi
umumiy   tuzilish   planiga   ega.   Bu   belgilar   bo‘g‘imoqli   hayvonlarni   aniqlik   bilan
ajratish   hamda   hasharotlar,   o‘rgimchaklar,   qisqisbaqasimonlar   va   ko‘poyoqlilarni
bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning turli variantlari sifatida qarash imkonini beradi.
Hayvonlar   xilma-xilligida   adashib   ketmaslikning   ikkinchi   usuli   –alohida
guruhlar o‘rtasidagi evolyusion aloqalarni aniqlash, ya’ni evolyusion (filogenetik)
daraxt   tuzishdir.   Buning   uchun   faqat   ikkita   yoki   bir   nechta   organizmlarga   xos
umumiy belgilar aniqlanib, ular shu xususiyatlar asosida bir guruhga birlashtiriladi.
Masalan, krablar, omarlar va krevetkalar bir-biriga yaqin turlar hisoblanadi, chunki
ular   boshqa   qisqichbaqasimonlardan   5   juft   lokomotor   oyoqlarining   borligi   bilan
farq qiladi. Guruhlarning evolyusion tarixi filogeniya, uning sxematik ifodasi esa-
filogenetik daraxt yoki kladogramma deb ataladi. Albatta, filogenetik daraxt ilmiy
faraz   (gipoteza)   hisoblanadi,   va   har   doim   tekshiriladi   va   o‘zgartiriladi.   Lekin,
filogenetik daraxt evolyusiyaning umumiy sxemasini aks ettiradi.
Hayvonlar   xilma-xilligini   o‘rganishning   yana   bir   aspekti   (jihati)-   funsional
(faoliyat) yondoshishning qo‘llanilishi. Bunda biz, fizik va kimyovoy qonuniyatlar
tirik   organizmlarning   tuzilishini   belgilab   berishini   tushunishga   harakat   qilamiz.
Masalan,   uchish   uchun   ko‘tarilish   kuchini   beradigan   aerodinamik   yuza   –qanotlar
zarur.   Qanotlarning   tarkibi   turli-tuman   (ekzoskelet,   teri,   patlar,   alyuminiy)   va hamma   qanotli   hayvonlar   qarindosh   emas.   Lekin   ular   qanotlarining   tuzilishi
umumiy sxemaga bo‘ysunadi. Shunday qilib, biz xulosa qilishimiz mumkinki, har
qanday uchadigan hayvon evolyusiya davomida uchish qobiliyatini qo‘lga kiritishi
uchun qanotga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. 
Hayvonlar filogengiyasini rekonstruksiya qilish.
Kladistik usul
Biologiyaning   muhim   yutuqlaridan   biri   –   tirik   organizmlarning   tabiiy
sistemasining   yaratilishidir,   ya’ni   turli   shakllarning   qarindoshlik   darajasini
aniqlanishi va ularni ketma-ket keladigan tartibli qatorlar ko‘rinishidagi guruhlarga
joylashtirishdir.   Bunda   aniqlanadigan   evolyusion   yoki   qarindoshlik   aloqalari
sxemasi   filogeniya   yoki   evolyusion   daraxt   deb   nomlanadi.   Filogenetik   aloqalarni
aniqlash   va   bu   munosabatlarni   aks   ettiradigan   grafik   chizmasini   yaratish
filogenetik   sistematika   yoki   kladistika   deb   ataladigan   fanning   predmeti
hisoblanadi. 
Kladistikaning   asosiy   maqsadi-   turlar   o‘rtasidagi   qarindoshlik   aloqalarini
to‘la   aniqlash   va   olingan   natijalarni   filogenetik   daraxt   yoki   kladogramma
ko‘rinishida tasvirlashdan iborat. 
Amalda,   ikkita   ma’lum   sistematik   guruhlar   yoki   taksonlar   o‘rtasidagi
qarindoshlik aloqalari faqat shu taksonlarga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash orqali
amalga   oshiriladi.   Bunday   belgi,   ya’ni   faqat   shu   ikki   aniq   guruhga   xos   bo‘lgan
belgi yoki xususiyat  sinapomorfiy  (umumiy irsiy belgi) deb ataladi. Bitta yoki bir
nechta   sinapomorfiylarga   ega   taksonlar   esa   opa-uka   taksonlar   deyiladi.
Sinapamorfiylar   faqat   opa-uka   taksonlarga   tegishli   va   boshqa   taksonlarda
uchramaganligi   uchun,   bu   xususiyat   ularga   umumiy   ajdoddan   o‘tganligini
ko‘rsatadi.   Shunday   qilib,   sinapomorfiy,   shu   taksonlarning   ajdodida   evolyusion
yangilik sifatida  paydo  bo‘lgan.  Ajdodlardagi   bunday  evolyusion  yangi  xususiyat
autamorfiy   (xususiy, o‘ziga xos belgi)  deb ataladi. Bitta umumiy ajdoddan kelib
chiqqan   va   uning   yagona   avlodlari   hisoblangan   opa-uka   taksonlar   monofiletik
taksonlar   deb   ataladi.   Kladistikaning   pirovard   maqsadi   faqat   monofiletik
taksonlardan tuzilgan to‘liq filogenetik daraxtni tuzishdir. Yuqorida   aytilgan   kladistik   usulni   bo‘g‘imoqlilar   misolida   ko‘rib   chiqamiz
(1-rasm). Ikki xil takson sifatida qisqisbaqasimonlar  va traxeyalilarni (hasharotlar
va   ko‘poyoqlilar)   olamiz.   Bu   ikki   takson   vakillari   umumiy   belgi-   mandibulaga
(boshning bitta sigmentidagi oyoqchalardan hosil bo‘lgan jag‘lar) ega. Mandibula
boshqa   hayvonlarda   uchramaydi   va   qisqisbaqasimonlar   va   traxeyalilar   uchun
sinapomorfiy   hisoblanadi.   Sinapomorfiyning   mavjudligi   shuni   ko‘rsatadiki,   opa-
uka taksonlar  ( Cruatacea    va   Tracheata ) bitta monofiletik taksonni  hosil qiladi va
bu monofiletik taksonda mandibulalar evolyusion yangilik sifatida paydo bo‘lgan.
Monofiletik   takson   aniqlangandan   so‘ng   unga   nom   beriladi.   Bizning   holatimizda
bu nom – Mandibulata .
Faraz qilaylik, biz qisqisbaqasimonlar va traxeyalilarni emas, 
qisqisbaqasimonlar va xelitseralilarni (o‘rgimchak,chayon, falanga) 
taqqoslamoqchimiz. Ular uchun umumiy belgi –«bo‘g‘imli oyoqlar» mavjud va bu
belgini sinapomorfiy deb faraz qildik. Lekin «bo‘g‘imli oyoqlar» faqat 
qisqisbaqasimonlar va xelitseralilarga xos emas, balki traxeyalilarga ham xos. Bu 
holat «bo‘g‘imli oyoqlar» qisqisbaqasimonlar va xelitseralilarning ajdodlaridan 
o‘tgan va barcha bo‘g‘imoyoqlilarga xos umumiy xususiyat- simplezimorfiy 
ekanini ko‘rsatadi. Qisqisbaqasimonlar va xelitseralilar ni simplezimorfiy asosida 
bitta taksonga kiritish xato bo‘lur edi. Bunday taksonlar parafiletik taksonlar 
deyiladi. Parafiletik takson «asos» turning barcha avlodlarini birlashtirmaydi, balki
ularning ayrimlarini birlashtiradi. Parafiletik taksonlarni aniqlash va «chiqarib 
tashlash» hozirgi filogenetik tadqiqotlarning juda murakkab va qiziqarli 
vazifasidir. Bizning misolimizda «bo‘g‘imli oyoqlar» belgisi, aslida, o‘zida 
Chelicereta  va  Mandibulata  opa-uka taksonlarini birlashtiradigan monofiletik 
takson   Arthropoda  ning automorfiysi hisoblanadi.
Polifiletik taksonlar turli ajdodlardan kelib chiqqan avlodlarni birlashtiradi. 
Bunday xatolik shu paytda vujudga keladiki, taksonlarning o‘xshashligi 
kogvergent evolyusiyaning natijasi bo‘lsa.
Turli   taksonlarning   genetik   umumiyligiga   asoslangan   o‘xshashliklar
gomologiya   deb   nomlanadi,   konvergensiya   tufayli   tashqi   qiyofaning   o‘xshashligi esa   analogiya   yoki   gomoplaziya   deb   nomlanadi.   Polifiletik   taksonga   misol   qilib
uchuvchi   hayvonlarni   olish   mumkin.   Qushlar,   ko‘rshapalaklar   va   hasharotlarning
qanotlari   gomoplaziyaga   misoldir,   ya’ni   qarindosh   bo‘lmagan,   analogik
organlardir.   Bu   polifeletik   taksonning     a’zolarida   qanotlar   evolyusiya   davomida
mustaqil,   har   birida   o‘ziga   xos   yo‘l   bilan   hosil   bo‘lgan.   Monofiletik   guruhlarda
filogenetik   munosabatlarni   rekonstruksiyalashda   faqat   gomologik   organlardan
foydalanish zarur. 
Turlar yoki turlar guruhlari orasidagi munosabatlarni aniqlashda kladistik 
usullarning qo‘llanilishi dixotomik shoxlangan ierarxik sxema (chizma) - 
filogenetik daraxt tuzish imkonini beradi. Bu chizmaning ierarxik tavsifi turlarni 
yirikroq birliklarga, ularni esa yanada kattaroq birliklarga birlashtirilishini 
anglatadi. Masalan, krevetkaning qaysidir bitta turi qisqichbaqasimonlarga, 
qisqichbaqasimonlar esa jag‘lilarga, jag‘lilar esa bo‘g‘imoyoqlilar guruhiga, 
bo‘g‘imoyoqlilar esa hayvonlar guruhiga birlashtiriladi. Ierarxik chizma oddiy 
jadvalni eslatadigan filogenetik sistema shaklida ham ifodalanishi mumkin:
Arthropoda  
Chelicereta  
Mandibulata  
Cruatacea   
Tracheata  
Filognetik   daraxtni   to‘g‘ri   tuzish   katta   informatsiya   beradi.   1-rasmda   turlar
yoki  yuqori  taksonlarning o‘zaro munosabati  chiziqlar  orqali  ko‘rsatilgan,  har  bir
juft opa-uka taksonlar uchun sinapomorfiylar ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, «asos»
turning autapomorfiylari gipotetik ajdod forma qiyofasini tasavvur qilish imkonini
beradi   va   keyinchalik   uni   qazilma   qoldiqlar   (agar   bunday   topilmalar   mavjud
bo‘lsa) bilan taqqoslash mumkin.  Zamonaviy kladistikaning maqsadi taksonlar orasidagi filogenetik aloqalarni
aniqlashdan iborat. Monofiletik taksonlar va ularning filogenetik sistemadagi o‘rni
aniqlangandan keyin taksonlar o‘rtasidagi ierarxik munosabatlar aniq bo‘lib qoladi.
1-rasm. Kladistika: kladistikaning filogenetik qayta qurishda qo‘llanilishi.
  Umumiy     unikal   (o‘ziga   xos)   belgi   (sinapomorfiy)   –   «jag‘larning»   ning   mavjudligi   Cruatacea     va
Tracheata   taksonlarini   opa-uka  taksonlar   sifatida   Mandibulata   monofiletik taksoniga  birlashtirish imkonini   beradi.
Demak, «asos» turda yoki ajdod  Mandibulata  da «jag‘lar» birinchi marta evolyusion yangilik sifatida paydo bo‘lgan.
Xuddi shunday, «bo‘g‘imli oyoqlar» faqat xelitseralilarda va jag‘lilarda ( Mandibulata ) uchraydi, boshqa hech kimda
uchramaydi.   Bu   holat   «bo‘g‘imli   oyoqlar»   ni   ushbu   opa-uka   kaksonlarni   bitta   monofiletik   takson- Arthropoda   ga
birlashtiruvchi   sinapomorfiy   hisoblanadi.   Demak,   «bo‘g‘imli   oyoqlar»   ajdod   bo‘g‘imoqli   hayvonda   evolyusion
yangilik, ya’ni autamorfiy sifatida paydo bo‘lgan. 
Yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan tadqiqotchi umumiy belgi bo‘lgan «bo‘g‘imli oyoqlar» ga asoslanib,
xelitseralilar   va   qisqichbaqasimonlarni   bitta   monofiletik   taksonga   birlashtirsa,   bu   sistema   «soxta»   bo‘lib   qoladi.
Chunki, «bo‘g‘imli oyoqlar» faqat xelitseralilar va qisqichbaqasimonlarning o‘ziga xos (unikal) belgisi emas, balki
bu belgi traxeyalilarga ham xos. Demak, «bo‘g‘imli oyoqlar» xelitseralilar va qisqichbaqasimonlarning to‘g‘ridan- to‘g‘ri   ajdodida   emas,   balki   uzoq   ajdodida   baydo   bo‘lgan   va   bu   ajdoddan   traxeyalilar   ham   kelib   chiqqan.
Xelitseralilar   va   qisqichbaqasimonlar   da   bu   belgi   qadimgi   ajdodlarga   xos   umumiy   soddalik   belgisi   sifatida
ifodalangan   va   simplezimorfiy   deb   ataladi.   Simplezimorfiylarga   asoslangan   soxta   birliklar   parafiletik   takson   deb
nomlanadi. (Automorfiy «Xelitsera» -boshning 2-bo‘g‘imidagi juft   qisqichsimon o‘simtalar).
Taksonlarni nomlashda bir oz muammolar mavjud. Ko‘pchilik zamonaviy 
sistematiklar Linney katogoriyalaridan voz kechishni taklif qilishadi. Chunki, 
birinchidan, K.Linney kategoriyalarni o‘zgarmaydigan, «doimiy» «yaratilgan» 
guruh sifatida talqin qiladi, ikkinchidan, kladistik taksinglar Linneyning eskirgan 
taksonlari bilan to‘la mos kelavermaydi. Ayrim tadqiqotchilar uchun Linney 
kategoriyalardan voz kechish «oddiy tartibga solish» (bu hayvon qaysi sinfga 
mansub?) dan haqiqiy fanga (ikki taksonda qanday sinapomorfiy bor va uni qanday
aniqlash mumkin?) o‘tishni anglatadi. Boshqa tadqiqotchilar uchun esa Linney 
ierarxiyasi tanish va o‘zgarmas sistema bo‘lib qolmoqda. 
Kladistik usulda mashq qilamiz.  
Rasmda keltirilgan hayvonlarni filogenetik daraxtini tuzishga harakat 
qilamiz. Kladistikada bunday amalga oshiriladigan faoliyat 3 qadamdan iborat.
1-qadam.  Rasmdagi har bir hayvonning belgilarini tahlil qiling va har bir tur
uchun xos bo‘lgan apomorfiylarni topishga harakat qiling.
Rasmda 6 ta faraziy turga kiruvchi organizmlar ko‘rsatilagan. Birinchi 
vazifa-turning o‘ziga xosligini  tasdiqlash (yoki inkor etish) lozim. Buning uchun 
har bir turdagi faqat shu tur uchun xos belgisini topish zarur bo‘ladi. Bunday 
xususiyat topilsa, faraz qilamizki, bu belgi shu turning ajdodi uchun yangi 
evolyusion belgi hisoblanadi va tur darajasidagi autopomorfiy hisoblanadi. 
Ko‘rsatilgan oltita turning autopomorfiylari 1.2. rasmda ko‘rsatilgan.   1.3.Rasm. Kladistikada filogenetik daraxt tuziz.

Hayvonlar filogeniyasini rekonstruksiya qilish. Kladistika Reja: 1. Sistema solishning turli jihatlar (aspektlari) 2. Kladistik usul

Hayvonot olami tirik organizmlar orasida eng xilma-xil va turlarga boy guruhidir. Umurtqasiz hayvonlarning xilma xilligi umurtqalilarga nisbatan ancha yuqori va barcha hayvonlarning 99 %i dan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda hayvonlarning 1,5 mln. dan ortiq turi tavsiflangan va nomlangan bo‘lsada, Yer yuzasida ularning turlari soni 30 mln.dan ortiqroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlar hali ochilmagan va o‘rganilmagan. Shu sababli zoologiya sohasida yangi ilmiy kashfiyotlar o‘z muallifini kutib turibdi. Hayvonlar haddan tashqari xilma-xil bo‘lsada, ularni turli-tuman jihatlari asosida ma’lum sistemaga solish mumkin. Bunday jihatlardan biri «tuzilish planidir». Masalan, bo‘g‘imoyoqlilar. Hozirgi vaqtda bu hayvonlarning yuz minglab turlari mavjud bo‘lsada, ular tanasining va oyoqlarining bo‘g‘imlarga bo‘linganligi, ekzoskeletga egaligi, tullash davrida ekzoskeletini almashtirishi kabi umumiy tuzilish planiga ega. Bu belgilar bo‘g‘imoqli hayvonlarni aniqlik bilan ajratish hamda hasharotlar, o‘rgimchaklar, qisqisbaqasimonlar va ko‘poyoqlilarni bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning turli variantlari sifatida qarash imkonini beradi. Hayvonlar xilma-xilligida adashib ketmaslikning ikkinchi usuli –alohida guruhlar o‘rtasidagi evolyusion aloqalarni aniqlash, ya’ni evolyusion (filogenetik) daraxt tuzishdir. Buning uchun faqat ikkita yoki bir nechta organizmlarga xos umumiy belgilar aniqlanib, ular shu xususiyatlar asosida bir guruhga birlashtiriladi. Masalan, krablar, omarlar va krevetkalar bir-biriga yaqin turlar hisoblanadi, chunki ular boshqa qisqichbaqasimonlardan 5 juft lokomotor oyoqlarining borligi bilan farq qiladi. Guruhlarning evolyusion tarixi filogeniya, uning sxematik ifodasi esa- filogenetik daraxt yoki kladogramma deb ataladi. Albatta, filogenetik daraxt ilmiy faraz (gipoteza) hisoblanadi, va har doim tekshiriladi va o‘zgartiriladi. Lekin, filogenetik daraxt evolyusiyaning umumiy sxemasini aks ettiradi. Hayvonlar xilma-xilligini o‘rganishning yana bir aspekti (jihati)- funsional (faoliyat) yondoshishning qo‘llanilishi. Bunda biz, fizik va kimyovoy qonuniyatlar tirik organizmlarning tuzilishini belgilab berishini tushunishga harakat qilamiz. Masalan, uchish uchun ko‘tarilish kuchini beradigan aerodinamik yuza –qanotlar zarur. Qanotlarning tarkibi turli-tuman (ekzoskelet, teri, patlar, alyuminiy) va

hamma qanotli hayvonlar qarindosh emas. Lekin ular qanotlarining tuzilishi umumiy sxemaga bo‘ysunadi. Shunday qilib, biz xulosa qilishimiz mumkinki, har qanday uchadigan hayvon evolyusiya davomida uchish qobiliyatini qo‘lga kiritishi uchun qanotga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Hayvonlar filogengiyasini rekonstruksiya qilish. Kladistik usul Biologiyaning muhim yutuqlaridan biri – tirik organizmlarning tabiiy sistemasining yaratilishidir, ya’ni turli shakllarning qarindoshlik darajasini aniqlanishi va ularni ketma-ket keladigan tartibli qatorlar ko‘rinishidagi guruhlarga joylashtirishdir. Bunda aniqlanadigan evolyusion yoki qarindoshlik aloqalari sxemasi filogeniya yoki evolyusion daraxt deb nomlanadi. Filogenetik aloqalarni aniqlash va bu munosabatlarni aks ettiradigan grafik chizmasini yaratish filogenetik sistematika yoki kladistika deb ataladigan fanning predmeti hisoblanadi. Kladistikaning asosiy maqsadi- turlar o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini to‘la aniqlash va olingan natijalarni filogenetik daraxt yoki kladogramma ko‘rinishida tasvirlashdan iborat. Amalda, ikkita ma’lum sistematik guruhlar yoki taksonlar o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari faqat shu taksonlarga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bunday belgi, ya’ni faqat shu ikki aniq guruhga xos bo‘lgan belgi yoki xususiyat sinapomorfiy (umumiy irsiy belgi) deb ataladi. Bitta yoki bir nechta sinapomorfiylarga ega taksonlar esa opa-uka taksonlar deyiladi. Sinapamorfiylar faqat opa-uka taksonlarga tegishli va boshqa taksonlarda uchramaganligi uchun, bu xususiyat ularga umumiy ajdoddan o‘tganligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, sinapomorfiy, shu taksonlarning ajdodida evolyusion yangilik sifatida paydo bo‘lgan. Ajdodlardagi bunday evolyusion yangi xususiyat autamorfiy (xususiy, o‘ziga xos belgi) deb ataladi. Bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan va uning yagona avlodlari hisoblangan opa-uka taksonlar monofiletik taksonlar deb ataladi. Kladistikaning pirovard maqsadi faqat monofiletik taksonlardan tuzilgan to‘liq filogenetik daraxtni tuzishdir.

Yuqorida aytilgan kladistik usulni bo‘g‘imoqlilar misolida ko‘rib chiqamiz (1-rasm). Ikki xil takson sifatida qisqisbaqasimonlar va traxeyalilarni (hasharotlar va ko‘poyoqlilar) olamiz. Bu ikki takson vakillari umumiy belgi- mandibulaga (boshning bitta sigmentidagi oyoqchalardan hosil bo‘lgan jag‘lar) ega. Mandibula boshqa hayvonlarda uchramaydi va qisqisbaqasimonlar va traxeyalilar uchun sinapomorfiy hisoblanadi. Sinapomorfiyning mavjudligi shuni ko‘rsatadiki, opa- uka taksonlar ( Cruatacea va Tracheata ) bitta monofiletik taksonni hosil qiladi va bu monofiletik taksonda mandibulalar evolyusion yangilik sifatida paydo bo‘lgan. Monofiletik takson aniqlangandan so‘ng unga nom beriladi. Bizning holatimizda bu nom – Mandibulata . Faraz qilaylik, biz qisqisbaqasimonlar va traxeyalilarni emas, qisqisbaqasimonlar va xelitseralilarni (o‘rgimchak,chayon, falanga) taqqoslamoqchimiz. Ular uchun umumiy belgi –«bo‘g‘imli oyoqlar» mavjud va bu belgini sinapomorfiy deb faraz qildik. Lekin «bo‘g‘imli oyoqlar» faqat qisqisbaqasimonlar va xelitseralilarga xos emas, balki traxeyalilarga ham xos. Bu holat «bo‘g‘imli oyoqlar» qisqisbaqasimonlar va xelitseralilarning ajdodlaridan o‘tgan va barcha bo‘g‘imoyoqlilarga xos umumiy xususiyat- simplezimorfiy ekanini ko‘rsatadi. Qisqisbaqasimonlar va xelitseralilar ni simplezimorfiy asosida bitta taksonga kiritish xato bo‘lur edi. Bunday taksonlar parafiletik taksonlar deyiladi. Parafiletik takson «asos» turning barcha avlodlarini birlashtirmaydi, balki ularning ayrimlarini birlashtiradi. Parafiletik taksonlarni aniqlash va «chiqarib tashlash» hozirgi filogenetik tadqiqotlarning juda murakkab va qiziqarli vazifasidir. Bizning misolimizda «bo‘g‘imli oyoqlar» belgisi, aslida, o‘zida Chelicereta va Mandibulata opa-uka taksonlarini birlashtiradigan monofiletik takson Arthropoda ning automorfiysi hisoblanadi. Polifiletik taksonlar turli ajdodlardan kelib chiqqan avlodlarni birlashtiradi. Bunday xatolik shu paytda vujudga keladiki, taksonlarning o‘xshashligi kogvergent evolyusiyaning natijasi bo‘lsa. Turli taksonlarning genetik umumiyligiga asoslangan o‘xshashliklar gomologiya deb nomlanadi, konvergensiya tufayli tashqi qiyofaning o‘xshashligi

esa analogiya yoki gomoplaziya deb nomlanadi. Polifiletik taksonga misol qilib uchuvchi hayvonlarni olish mumkin. Qushlar, ko‘rshapalaklar va hasharotlarning qanotlari gomoplaziyaga misoldir, ya’ni qarindosh bo‘lmagan, analogik organlardir. Bu polifeletik taksonning a’zolarida qanotlar evolyusiya davomida mustaqil, har birida o‘ziga xos yo‘l bilan hosil bo‘lgan. Monofiletik guruhlarda filogenetik munosabatlarni rekonstruksiyalashda faqat gomologik organlardan foydalanish zarur. Turlar yoki turlar guruhlari orasidagi munosabatlarni aniqlashda kladistik usullarning qo‘llanilishi dixotomik shoxlangan ierarxik sxema (chizma) - filogenetik daraxt tuzish imkonini beradi. Bu chizmaning ierarxik tavsifi turlarni yirikroq birliklarga, ularni esa yanada kattaroq birliklarga birlashtirilishini anglatadi. Masalan, krevetkaning qaysidir bitta turi qisqichbaqasimonlarga, qisqichbaqasimonlar esa jag‘lilarga, jag‘lilar esa bo‘g‘imoyoqlilar guruhiga, bo‘g‘imoyoqlilar esa hayvonlar guruhiga birlashtiriladi. Ierarxik chizma oddiy jadvalni eslatadigan filogenetik sistema shaklida ham ifodalanishi mumkin: Arthropoda Chelicereta Mandibulata Cruatacea Tracheata Filognetik daraxtni to‘g‘ri tuzish katta informatsiya beradi. 1-rasmda turlar yoki yuqori taksonlarning o‘zaro munosabati chiziqlar orqali ko‘rsatilgan, har bir juft opa-uka taksonlar uchun sinapomorfiylar ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, «asos» turning autapomorfiylari gipotetik ajdod forma qiyofasini tasavvur qilish imkonini beradi va keyinchalik uni qazilma qoldiqlar (agar bunday topilmalar mavjud bo‘lsa) bilan taqqoslash mumkin.