HAYVONLARDA OYOQLARNING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. NERVLARNI OG’RIQSIZLANTURISH. OYOQ AMPUTASIYASI VA EKZARTIKUYASIYASI OPERASIYA TEXNIKASI
HAYVONLARDA O YO Q LAR NING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI . NERVLARNI OG’RIQSIZLANTURISH. OYOQ AMPUTASIYASI VA EKZARTIKUYASIYASI OPERASIYA TEXNIKASI REJA: Oldingi oyoq. 1. Anatomo-topografik ma’lumot, chegaralari va qismlarga bo’lishini 2. Oyoq nervlarini o’tkazuvchi og’riqsizlantirish 3. Sinovial tuzilmalardagi operasiyalar A) bo’giklar kapsulasi, shilimshiq xaltasini va naysimon sinovial qini tuzilishi. B) bo’g’inlarda o’tkaziladigan pu nk siyalar Orqa oyoq. 1. Anatomo-topografik ma’lumot, chegaralari va qismlarga bo’linishi . 2. Innervasiyasi va ularni og’riqsizlantirish . 3. Orqa oyoq bo’g’inlarini punksiyasi 4. Juft tuyoqli hayvonlarda falangalarda ekzartikulyasiya va aputasiya o’tkazish .
Oldingi oyoq quyidagi qismlarga bo’linadi. 1. qurak–yelka qismi (regio scupolo humeralis) yuqori chegarasi –kurakni yuqori uchta bir qismida, pastki-tirsak tepaligini yuqorisidan; oldingi kurak- yelka bo’g’inini oldi tarafi bo’yicha; orqadan tirsak chizig’i. Quyidagi qavatlardan iborat: Muskul qavati: 1. O’q oldi muskuli – m.supraspinelus kurak suyagining o’q oldi chuqurchasini to’ldirib turadi, kurak-yelka bo’g’inini yozuvchi muskuli. 2. Kichik yumaloq muskul – m.teres minor kichik va yupqa bo’lib, o’q orqasi va deltasimon muskullar orasida joylashadi. Bo’g’inga bukuvchi ta’sir qiladi. 3. O’q orqasi muskuli – m.intraspinalus ko’krak suyagining o’qi orqasidagi chuqurchani to’ldirib turadi. Oyoqlarni yaqinlashtiruvchi muskul. 4. Yelka suyagining uch boshli muskuli – m.tricepa brachii. Bu muskul ko’krak-yelka suyagi hosil qiluvchi uchburchakda joylashadi. Uzun, o’rta va yonbosh boshga bo’linadi. Tirsak bo’g’inini yozuvchi muskul. 5. Yelkani ikki boshli muskuli – m.bicepa brachii. U yelka suyagini oldingi tarafida joylashadi, tuzulishi naysimon, ikki bo’g’inga ta’sir qilinadi. Yuqori pay ostida bursa joylashadi. Bu muskul yelka-kurak bo’g’inini yoradi, tirsak bo’g’imini bukadi. Kurak osti muskuli – m.subscupularis kurak suyagini ostidagi chuqurchani to’ldiradi. Oyoqlarni uzoqlashtiruvchi muskul. Suyak usti pardasi. Suyak-kurak va yelka suyaklari. Bular birlashib kerak-yelka bo’g’inini tashkil qiladi. Bu bo’g’in ko’p o’qli bo’g’inga kiradi. Tirsak bo’g’ini va bilak oblasti – region cubitalis et antibrachialis. Yuqori chegarasi yuqori qismini pastki chegarasi, pastdan kaft suyagini proksimal qismidan o’tadi.
U quyidagi qatlamlardan iborat: Muskul qavati lateral yuzadan o’tadi: 1. Bilakuzuk bo’g’imini yozuvchi muskuli – m.extensa carpi radialis. Bu muskul yelka suyagidan boshlanib kaft suyagida tugaydi. Payni qin o’rab turadi. 2. Barmoqlarni umumiy yozuvchi muskuli uzun bo’lib, tirsak bo’g’imidan tuyoq suyagida tugaydi. 3. Barmoqlarni yon tomondan yozuvchi muskul, paylarini atrofida sinovial qin bo’ladi. 4. Bilakuzuk bo’g’imini yozuvchi tirsak muskul, lekin bukish funksiyasini bajaradi. Medial yuzadan: 1. Bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak muskuli – m.flexsor carpi radialis tirsak bo’g’imidan boshlanib kaft suyagida tugaydi, pay qin bilan o’ralgan. 2. Bilakuzuk bo’g’inini bukuvchi tirsak muskuli – m.flexor carpi ulnaris tirsak va yelka suyaklaridan boshlanib tuyoq suyagida tugaydi, pay qin bilan o’ralgan. 3. Barmoqni bukuvchi yuza muskuli - m.flexor digitalis super facialis yelka suyagidan boshlanib barmoqlarda tugaydi. 4. Barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul - m.flexor digitalis profundus yuza muskulni payi bilan birlashadi, atrofi qin bilan o’ralgan. 5-qavat suyak usti qavati. 6-qavat suyak-bilak va tirsak suyaklari, bilakuzuk suyaklari va kaft suyagi. Yelka, bilak, tirsak suyaklari tirsak bo’g’imini tashkil qiladi. Bilak, bilakuzuk suyaklari va kaft suyagi bilakuzuk bo’g’imini tashkil qiladi, uchta bo’g’imdan tashkil topgan – bilak-bilakuzuk, qatoraro, bilakuzuk kaft.
Kaft va barmoq qismi – regio metacarpi et digitalis yuqori chegarasi oldingi qismini pastki chegarasi, pastdan tuyoq bilan chegaralangan. Birinchi barmoq suyagi tushoq, ikkinchisi yumaloq va uchinchisi tuyoqsimon suyak deyiladi. Oldingi oyoq quyidagi nervlar bilan innervasiyasi ta’minlanadi. Ko’krak osti nervi, qo’ltiq nervi, bilak nervi, tirsak nervi, o’rta nerv. O’rta nervni og’riqsizlantirish Ko’rsatma. Bilak va bilakuzukda o’tkaziladigan operasiya vaqtida. Texnikasi. Bilakni medial yuzasida igna sanchiladi, bilak suyagi va bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak muskuli oralig’ida. 1-1,5 sm chuqurligida, 10 ml 3 % li novokain eritmasi yuboriladi. Magda esa bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak va tirsak muskullari oralig’iga yuborishni tavsiya qiladi. Tirsak nervini og’riqsizlantiri Texnikasi. Bilakni volyar yuzasida yordamchi suyakdan 8-10 sm yuqoriga bilakuzukni yozuvchi va bukuvchi tirsak muskullari oralig’iga 1-1,5 sm chuqurlikka sanchiladi va 10 ml 3 % li novokain eritmasi yuboriladi. Oyoqlarda quyidagi sinovial tuzilmalar bor: bo’g’inlar kapsulasi, shilimshiq xalta va paysimon sinovial qin. Bo’g’inlarni butun ustki tomonini biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan parda shaklidagi kapsula o’rab oladi. U ikki qavatdan iborat: tashqi fibroz va ichki sinovial, bu qavat sinovial suyuqligini ajratadi. Fibroz parda suyak pardasining davomi bo’lib, bir suyakdan ikkinchisiga o’tadi. Shilimshiq xaltacha – bursa ko’p harakat qiladigan va harakat vaqtida ishqalanadigan muskullarni payi ostida joylashadi. Ichki qavatiga qarab ular shilimshiq yoki sinovial bursaga bo’linadi, oxirgisi bo’g’inlar bilan birlashgan. U 4 qavatdan iborat – epitelioid, yupqa, yo’g’on tolali va fibroz.
Paysimon sinovial qin – oyoq muskullarining paysimon qismini o’rab olib, muskullarning oson ishlashini ta’minlaydi. U ikki qavatdan iborat: fibroz va sinovial. Sinovial qavati ikkita pardadan tashkil topgan – visseral payga yaqin, pariyetal fibroz qavatiga yaqin. Yelka bo’g’inining punksiyasi Ko’rsatma. Diagnostika va davolash uchun. Texnikasi. Yonbosh holatda fiksasiya qilinadi, tashqi tarafdan tashqi va tashqi orqa tepacha oralig’iga igna sanchiladi 4-5 sm chuqurlikgacha. Ikki boshli muskulni pay osti shilimshiq bursani punksiyasi Fiksasiya. Tik holatda fiksasiya qilinadi. Texnikasi. Muskulni yuqori payi va orqa suyagm oralig’ida ariqcha tagiga igna sanchiladi, yo’nalishi pastdan yuqoriga va 3-4 sm ichkariroq. Orqa oyoq Hayvonlarni orqa oyog’i quyidagi qismlarga bo’linadi: Sag’rin-son qismi – yuqori chegarasi o’rta chiziq bo’yicha, pastdan tizza bo’g’ini yuqori qismidan, oldida sonning keng fassiyasini taranglovchi muskul bo’yicha. Quyidagi qismlardan iborat: Muskul qavati: 1. Sag’rinning yuza muskuli; 2. Sag’rining o’rta muskuli; 3. Sag’rining chuqur muskuli; 4. Noksimon muskul – o’rta muskul bilan birlashgan; 5. Sonni ikki boshli muskuli – m.bicepa femoris dumg’aza va quymich qismi bo’ladi. shu suyaklardan boshlanib to boldir suyagigacha boradi;