ITLARDA GASTROTOMIYA, ENTEROTOMIYA VA ICHAKLARNI KESISH TEXNIKASI. TO’G’RI ICHAKDA O’TKAZILADIGAN OPERASIYALAR. DABBALARNI JARROXLIK YO’LI BILAN DAVOLASH
ITLARDA GASTROTOMIYA, ENTEROTOMIYA VA ICHAKLARNI KESISH TEXNIKASI. TO’G’RI ICHAKDA O’TKAZILADIGAN OPERASIYALAR. DABBALARNI JARROXLIK YO’LI BILAN DAVOLASH.. Reja: 1. Gastrotomiya texnikasi. 2. Enterotomiya texnikasi – ichakni yorish . 3. Ichakni kesish . 4. T o’ g’ri ichakni kesish – a) anatomo-topografik tuz i lishi . b) G.M.Olivkov, Myuller-Frik usuli . v) Sun’iy orqa chiqaruvchi teshikni xosil kilish . 5. Qorin dabbasi ni opera s iya usuli bilan davolash . a) dabba klassifikasiyasi . b) kindik dabbasida operasiya o’ tkazish . v) chov-urug’d o n xalta dabbasida operasiya o’tkazish .
Gastrotomiya texniksi. Bu operasiya asosan itlarda olib boriladi. Anatomo – topografik ma’lumotlar. Itlarning oshqozoni asosiy qismi chap qovurg’a osti va qilichsimon tog’ay qismida joylashadi. Oldi tarafi jigarga tegsa, orqa tarafi 12 - qovurg’acha yetib boradi ventral yuzasi qorin devori t o mon qaragan, u t o’ lgan vaqtida unga te g ib turadi. Oshq o zo n ni kichik qiyasi oldinga yo’ naltirilgan va kichik ch a rvi orqali jigar bilan biri kk a n. Oshq o zonni katta kiyasida kaudal t om onga katta charvi yo’na ltirilgan, u qorindagi organla r i qorin devoridan ajratib turadi. Kursatmasi - oshq oz on yoki qizilungachni p a stki qismiga begona jismlarni tiqilib qolishida. Og’riqsizlantirish - bezo v ta b o’ ladiganlarga narkoz, neyrolept - analgeziya – 2.5 % aminazin 1 ml 10 kg tirik vazn ga cha, rampun, rometar – 0,15 gr 1 kg, ketamin, kolipsol, keta nal – 1 mg 1 kg, kesim chizig’i buylab inf i ltrasion og’riqsizlantirish, plevra usti novokain blokada si Mosin buyicha. Operasiya texnikasi . Hayvon yelkada n fiksasiya qilinadi. Kesim k i ndi k oldi b o’ limida amalga oshiriladi, uzunligi 10 – 12 sm, u medial yoki paramedial olib borilishi mumkin. Qo’lni korin b o’ shli g’ iga tushirib oshq o zon begona jism bilan birga jarohat orqali tashqariga chiqariladi. Shundan sung oshqozon salfetkalar yordamida chegaralinadi va qon tomirlar kam bulgan joyi kesiladi. Kesim orqali k o rsang yoki barmoq bilan begona jism olib tashlanadi. Operasiyani ng yakuni bosqichida oshq o zon jarohatiga Shmiden, Lamber choki quyiladi. Shundan sung qorin devori va teri choqlanadi. It bir necha kun parxezda ushlanadi. Cho k lar 7–10 kundan keyin olib tashlanadi. Enterotomiya texnikasi
Kursatmasi – ichakni yorish operasiyasi asosan kichik hayvonlarda bajariladi. Agar ichaklarda begona jismlar tiqilib qolgan bo’lsa. Asboblar – har doim ishlatiladigan asboblardan tashqari bir juft ichak qisqichi. Og’riqsizlantirish – narkoz neyroleptonolgeziya, mahalliy og’riqsizlantirishi, plevra usti novokain blokadasi. Operasiya texnikasi – hayvon orqasiga yoki yon tomoni bilan fiksasiya qilinadi. Kesim oq chiziq bo’ylab kindikning orqa qismida olib boriladi. Laporotomiya o’tkazilgandan keyin, ichak begona jism bilan tashqariga chiqariladi. Ichak devori nekrozga uchramagan lbo’lsa, uni ichidagi ozuqa barmoqlar yordamida chap va o’ng tarafga surilib ichak qisqichi bilan qisiladi. Ichak devori kesilgandan keyin begona jism olib tashlanadi. Jarohat lamber usuli bilan ikki qavat choklanadi. Ichak qorin bo’shlig’iga yuborilgandan keyin devori choklanib yopiladi. Ichakni kesish texnikasi (resection intestini) Ko’rsatmasi – perforasiya yoki ichak devorini nekrozga uchrashi; qisilishi natijasida ichak devorini nekrozga uchrashi; ichaklarni bir -biriga yopishishi yoki invaginasiya: o’smalar, begona jismlarni tiqilib qolishi. Bu operasiya barcha turdagi hayvonlarda olib boriladi. Asboblar – har doim ishlatadigan asboblardan tashqari ichak qisqichi , ligatura ignasi, Belrot qisqichi. Og’riqsizlantirish – mayda hayvonlarga narkoz, neyroleptiklar, mahalliy og’riqsizlantirish, plevra usti novokain blokada si . Operasiya texnikasi – zararlangan ichakka nisbatdan lap o ratomiya o’tkaziladi. Mayda hayvonlarda paramedikal, katta hayvonlarda och biqin yoki qorinni boshqa yonbosh qismida kesim olib boriladi. Ichakni kesish barcha hayvonlarda bir xil olib boriladi, hayvonni turiga qarab ayrim texnik
o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Asosiy talab, ichak sog’lom to’kimalar chegarasida olib tashlanishi kerak. Zararlangan ichak jarohat orqali tashqariga chiqariladi va salfetkalar bilan izolyasiya qilinadi. Axlatlar ikki tarafga silkitilgandan keyin ichak qisqichlari bilan qisiladi. Ichak chorv i sidagi qon tomirlarga ikkitadan ligatura qo’yib bog’lanadi. Ichak qaychi yordamida kesiladi va shundan so’ng ligatura oralig’idagi charvi ham kesiladi. Tampon bilan jarohat tozalanadi va ichaklar bir - biriga biriktriladi. Asosan buning uchun ikkita usuldan foydalanish mumkin – uchini – uchiga va yonboshini - yonboshga. Operasiyani yakuniy bosqichida qorin devori vat yeri choklanadi. To’gri ichakni kesish (resection recti) A) anatomo – topografik tuzilishi – to’g’ri ichak ( intestium rectum ) tos bo’shlig’ini katta qismini egallaydi va iki qismga bo’linadi: oldin g i – qorin va orqa – retroperitoneal, u siyrak biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Dorsal tarafi dumg’azaning ventral yuzasiga va dumni boshlang’ich qismiga tegib turadi. Erkak hayvonlarda uning pastida siydik xalta, qo’shimcha jinsiy bezlar, siydik, urug’ yo’llari va siydik chiqarish kanali joylashadi. Urg’ochi hayvonlarda esa bachadonni tanasi va qin joylashadi. Yuqorida keltirilgan organlar, to’g’ri ichak, qorin vat os devorlari orasida, erkak hayvonlarda uchta, urg’ochilarda turtta qursoq pardani burtiqlari hosil bo’lgan. Tos bo’shlig’ini o’rta qismida to’g’ri ichak ampula shaklida kengayadi, keyin torayib orqa chiqaruvchi teshik bilan tugaydi. Katta hayvonlarda to’g’ri ichakni ng uzunligi 20-30 sm. To’g’ri ichakni qon bi lan ta’minlanishi gemorraidal tomirlar orqali amalga oshiriladi. Innervasiyasi – o’rta, kaudal gemorraidal nervlar, tos va simpatik nervlar orqali.
Ko’rsatmasi – chiqib qolgan to’g’ri ichakni devorini yorilishi va nekrozga uchrashi. Tayyorlarlik – ichak tozalanib, yuvilib, dezenfeksiya qilinadi. Fiksasiya – katta hayvonlar tik turgan, maydalari yotgan holatda fiksasiya qilinadi. Og’riqsizlantirish – katta hayvonlarga pastki sokral, maydalarga – yuza anesteziya, neyroleptanalgeziya. Anri usuli bo’yicha to’g’ri ichakni qay t a tos bo’shlig’iga yuborish. Buning uchun ichakni tashqariga chiqqan qismi 0,1 % kaliy permanganat yoki 1:1000 nisbat etakridin laktit (rivanol) eritmasi bilan yaxshilab yuviladi, yopishgan begona jismlar olib tashlanadi. Shundan so’ng vazelin surtib asta - sekin ichkariga yuboriladi va orqa chiqaruvchi teshik atrofiga ay l a n a chok qo’yiladi. B) agar to’ g’ ri i chakni tashqariga chiqqan qismi nekrozga uchragan bo’lsa unda Olivkov yoki Myuller – Frin usuli bo’yicha kesib olib tashlanadi. Bu usullar bir – biridan ichakni fiksasiya qilish usuli bilan farq qiladi. Olivkov usuli bo’yicha buning uchun to’qish apizalari, mandren yoki inyeksiya ignalardan foydalaniladi. Myuller – Frin usuli bo’yicha krest shaklida o’tkazilgan migatura ishlatiladi. Fiksasiya qilingan joydan 1-1,5 sm orqaga o’tib ichak aylana kesim bilan olib tashlanadi. To’gri ichak jarohatiga 0:5 sm uzoqlikda tugunli chok quyiladi va qolgan qismi tos bo’shlig’iga yuboriladi. To’g’ri ichakning shilliq pardasini kesish. Ichak tozalanib dezinfeksiya qilingandan keyin anusdan 0,5 – 1 sm orqaga o’tib ichakni shilliq pardasi aylana kesiladi va xudi shunday qilib chiqib qolgan qismini teshigi yonida kesim olib boriladi. Shundan so’ng qaychi yordamida shilliq parda ostidagi qavatdan ajratib olinadi va kesib tashlanadi. Ikkita aylana kesim bir – biriga yaqinlashtirib tugunli chok bilan choklanadi.