Huquqiy aksiologiya huquqning qadriyat asosi
Mavzu: Huquqiy aksiologiya: huquqning qadriyat asosi. Reja: 1. Huquq va huquqdagi qadriyatlar qiymat sifatida. 2. Ozodlik qadriyat sifatida. Huquq erkinlik shakli sifatida. 3. Adolat asosiy yuridik qadriyat sifatida.
HUQUQIY AKSIOLOGIYa Aksiologiya falsafiy va huquqiy tushuncha sifatida ontologiya va gnoseologiya bilan bilan bog’liq bo’ladi. Aksiologiya–qadriyatlar haqidagi ta’limot hisoblanadi. Umuman aksiologiya atamasi ilk bor fransuz faylasufi P.Lapi tomonidan 1902 yili va nemis faylasufi E.Gartmann tomonidan 1908 yillarda qo’llanilgan . Qadriyatlar aksiologik ta’limotlarga ko’ra avvalo huquqiy va teologik kategoriyalar hisoblanadi. Qadriyatlarning turli xil ko’rinishlari mavjud, jumladan axloqiy, estetik, diniy, huquqiy (X.Kelzen), siyosiy, iqtisodiy (Byom- Baverk) va boshqalar. Aksiologiya - qadriyatlar to’g’risidagi ta’limot. “Qadriyat” tushunchasidan axloqan zaruriy maxsus ma’noda foydalanish Kantga borib taqaladi. Uning talqinidagi qadriyat - bu muqarrarlik va erkinlik ahamiyatiga ega narsa. Zarurlikning ushbu aprior olami Kant tomonidan sabab-oqibat aloqalari va zaruriyat hukmronlik qiladigan borliq olamidan (empirik «borliqqa», faktik hodisalar, munosabatlar sohasiga va boshqalarga) ajratilgan holda va unga zidlikda tuziladi. Shunday qilib, gap qadriyatlarning normativ va regulyativ ahamiyati to’g’risida boradi. Ular, Kantga ko’ra, o’zida aqlning aprior imperativlarini - zarurning maqsadlari, talablari, formulalari va maksimalarini ifodalaydi. Kant tomonidan axloq va huquqqa tatbiqan shakllantirilagan kategoriya imperativlari ham u bilan axloqiy aloqador bo’lishi kerak. Kantning izdoshlari (R.GLotse, V.Vindelband va boshqalar) undanda ilgarilab ketishdi va nafaqat axloqiylik sohasida, balki fan, san’at va umuman madaniyat sohasida qadriyatlar va qo’yilgan maqsadning normativ-regulyativ ahamiyati to’g’risidagi tasavvurlarni rivojlantirganlar. Masalan, neokantchi Vindelband qadriyatni madaniyat normasi sifatida talqin etdi va haqiqat, ezgulik va go’zallik qadriyatlaridan tashqari inson madaniyatining san’at, din, fan va huquq singari qadriyat-boyliklarini ham e’tirof ettan. Obyektiv-idealistik falsafa (Platondan Gegelgacha va ularning zamonaviy izdoshlari) uchun qadriyatlar muammosiga boshqacha yoshdashish xosdir. Unga ko’ra borliq ne’mat (ya’ni qadriyat) dir. Biroq bunda borliq deganda empirik
reallik emas, balki haqiqiy borliq, ya’ni obyektiv aql, g’oya, borliqning ma’nosi, muqarrarlik tarzidagi borliq va, binobarin, qadriyat nuqtai nazaridan ahamiyatlilik nazarda tutiladi. Huquqiy aksiologiyaning predmet sohasi va asosiy mavzulari - bu huquqni qadriyat (maqsadlar, muqarrarlik, imperativ talablar va boshqalar) sifatida tushunish hamda talqin qilish va amaldagi mazkur qonun (pozitiv huquq) va davlatning huquqiy (ya’ni qadriyat ma’nosida - huquq nuqtai nazaridan) ahamiyati to’g’risida tegishli qadriyatli hukmlar (va baholardir). Huquqiy aksiologiyaning predmeti – huquqni qadriyatlarning o’ziga xos turi sifatida tushunish va ularni talqin qilish muammosi bo’lib, mavjud qonunlarning huquqiy ahamiyati, ya’ni qadriyatlarini o’rganadi. Huquqiy aksiologiyaning huquq falsafasi kabi asosiy tahlil etish predmeti–bu huquqiy munosabatlardan tashqari, huquqiy hodisalarning bir turi sifatida, huquqiy tashkilot sifatida davlatning mohiyatini o’rganishdan iboratdir. Huquqiy madaniyatning muhim funksiyalari ya’ni regulyativ normativ, sosiologik, kommunikativ, prognostik va boshqalar huquqiy aksiologiya bilan uzviy bog’liq bo’ladi. 2. LEGISTIK AKSIOLOGIYa Huquq va qonun bir-biriga tenglashtiradigan, huquqning obyektiv mohiyatini va shu bilan birgalikda huquqni zo’ravonlikdan farqlovchi mezonlarni inkor qiladigan legizm doirasida, prinsip jihatidan olganda, qonunning huquqiy bahosi va huquqiy qadriyati to’g’risida so’z yuritish mushkul. Legizm huquqning qonun chiqaruvchi va qonunga bog’liq bo’lmagan obyektiv xossalari hamda tavsiflarini inkor etishi tufayli aksiologik jihatdan huquqiy qadriyatlarni mohiyatan rad etadi va faqat qonunning (pozitiv qonunning) muhimligini tan oladi. Bunda legistlar (pozitivistlar va neopozitivistlar) tomonidan e’tirof etiladigan qonunning (pozitiv huquqning) «muhimligi» aslida huquqiy qadriyat mazmunidan mahrum etilgan. Qonunning (pozitiv huquqning) legistik «muhimligi» - bu biron-bir obyektiv huquqiy asos (hukmron-buyruq ruhida emas) bo’yicha uning umumiy ahamiyati emas, balki rasman umumiy majburiyligi, hukmron imperativligidir.
Bu jihatdan neopozitivist Kelzenning radikal yondashuvi ibratlidir. Unga ko’ra huquq faqat buyruq, norma sifatida qimmatlidir. Ushbu ma’noda (buyruq, norma sifatidagi) huquqni muqarrarlik shakli sifatida tavsiflaydi. «Ko’pincha bo’lganidek, - deb ta’kidalagan Kelzen, - huquq o’zida normani (yoki buyruqni) ifodalabgina qolmay, balki u shuningdek qandaydir qadriyatni tashkil etadi yoki ifodalaydi (mutlaq ilohiy qadriyatga yo’l qo’yish mumkin bo’lgandagina bunday deyish ma’no kasb etadi). Chunki huquq aynan norma bo’lganligi uchun qadriyatni tashkil etadi...» Bunda, Kelzenga ko’ra, «norma» - tenglik normasi, erkinlik normasi, adolat normasi emas, balki sof muqarrarlik-buyruqdan iborat ekanligini qayd etish muhimdir. Unda huquqning rasman-huquqiy tavsiflaridan hyech biri yo’q. Kelzenga xos bo’lgan norma (va u bilan birga huquq normasi) - har qanday erkin pozitiv-huquqiy mazmunga imperativ-buyruq maqomini va xarakterini berish uchun muqarrarlikning «sof» va bo’m-bo’sh shaklidir. 3. TABIIY-HUQUQIY AKSIOLOGIYa Tabiiy-huquqiy aksiologiyaga muvofiq, tabiiy huquq o’zida «chinakam» huquqning obyektiv xossalari va qadriyatlarini ifodalaydi va shu sababli pozitiv huquqning hamda tegishli huquqni belgilovchi hokimiyatning (qonun chiqaruvchi, umuman davlatning) qadriyatli (aslida - salbiy) baholashi namunasi, maqsadlari va mezonlari sifatida namoyon bo’ladi. Bunda tabiiy huquq tabiatan axloqiy (diniy, ma’naviy va hokazo) hodisa sifatida tushuniladi va avval boshdan tegishli mutlaq qadriyat sifatida qaraladi. Shunday qilib, tabiiy huquq tushunchasiga, u yoki bu huquqning obyektiv xossalari (kishilarning tengligi va ularning erkinligi va boshqalar) bilan birgaliqda, har xil axloqiy (diniy, ma’naviy) tavsiflar ham qo’shiladi. Huquq va axloqning (din va boshqalarning) bunday qorishig’i natijasida tabiiy huquq ijtimoiy normalarning simbiozi, qandaydir axloqiy-huquqiy (yoki ma’naviy-axloqiy, diniy- huquqiy) kompleks sifatida namoyon bo’ladi. Pozitiv huquq va pozitiv qonun chiqaruvchi (davlat hokimiyati) to’g’risidagi u yoki bu (odatda, salbiy) qadriyatli hukm mana shu nuqtai nazardan chiqariladi.
Bunday yondashuvda pozitiv huquq va davlat (qadriyati jihatidan) huquqiy mezon (tabiiy huquqning tegishli konsepsiyasida mavjud bo’ladigan obyektiv huquqiy xossalar) sifatida baholanibgina qolmay, balki, aslida, mazkur konsepsiya muallifining ushbu huquqning axloqiy (ma’naviy, diniy va hokazo) tabiati va axloqiy mazmuni to’g’risidagi tasavvurlari nuqtai nazaridan mohiyat e’tibori bilan axloqiy pozisiyadan baholanadi. Tabiiy huquqning bunday axloqiy-huquqiy xossalari va mazmun bilan bog’liq tavsiflari bu o’rinda umumlashtirilgan tarzda pozitiv huquq va umuman davlatning faoliyati muvofiq bo’lishi kerak bo’lgan tabiiy huquqning yalpi umumiy va mutlaq adolatliligi sifatida talqin qilinadi. Bunda adolat rasman yuridik ma’noda emas, balki har qanday tabiiy- huquqiy konsepsiya uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan va, binobarin, cheklangan hamda aniq axloqiy (yoki aralash axloqiy-huquqiy) mazmunli axloqiy yoki aralash axloqiy-huquqiy hodisa va tushuncha sifatida talqin etiladi. Shu sababli adolatning har xil tabiiy-huquqiy konsepsiyalari - uning axloqiy (yoki aralash axloqiy-huquqiy) umumiyligi va mutlaq qadriyatga da’vo qilishiga zid ravishda, aslida, nisbiy qadriyatga egadir va umuman axloqiylik hamda xususan huquqning axloqiy qadriyatlari to’g’risidagi relyativistik tasavvurlarni ifodalaydi. Qayd etib o’tilgan nuqsonlar an’anaviy yusnaturalizmgagina xos bo’lib qolmasdan, balki o’tmish va hozirgi zamonning har xil falsafiy ta’limotlariga ham xosdir. Ular huquqni tushunishda u yoki bu darajada tabiiy huquq g’oyalari va konstruksiyalaridan kelib chiqishadi. Shu munosabat bilan Kant va Gegelning hamda ularning izdoshlarining, V.S.Solovev, R.Marchichning va huquq to’g’risidagi ma’naviy-axloqiy ta’limotning boshqa vakillari ta’limotini, huquqning «axloqiy minimum», axloqiy tartib yoki axloqiy yaxlitlikning bir qismi, axloqiy (ma’naviy, diniy) adolatning ifodalanishi sifatida talqin etilishini aytib o’tish mumkin. Shu bilan birga huquq qadriyati, barcha kishilarning erkinligi va tengligi, tabiiy-huquqiy adolat, insonning azaliy va begonalashtirilmaydigan huquqlari, hrkimiyatning huquqiy cheklanishi, huquqiy davlat muammolarining qo’yilishi va