logo

Ta’limning qadriyat sifatidagi mohiyati. Ta’limga falsafiy yondashuvning zarurati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.2822265625 KB
Ta’limning qadriyat sifatidagi mohiyati. Ta’limga falsafiy
yondashuvning zarurati
1. Shaxs  ta’lim jarayonining sub’yekti sifatida. 
2. Ta’limni qadriyat sifatida qabul qilinishida falsafaning ta’siri. 
3. Ta’limga falsafiy yondashish.   Ta’lim va jamiyat. Shaxs   ta’lim   jarayonining   sub’yekti   sifatida,   qachonki,   ta’limni   majburiyat
sifatida emas, balki haqiqiy  qadriyat sifatida qabul qilsagina, ta’limni har bir
sohasida rivojlanish bo’ladi.
Hayot   dialektikasi   shundan   iboratki,   doimo   yangi   avlod,
oldingi   avloddan   ko‘ra   rivojlanganroq   bo‘ladi.   Ilmiy   texnik
taraqqiyotning
keskin  yuksalish  davrigacha  (XX  asrning  birinchi  yarmigacha),
fan,   texnika   va   texnologiyalar   rivoji   evolyutsion,   past   sur’atlarda
amalga oshar edi.
Shuning   uchun   ketma-ket   keluvchi   avlodlarning   rivojlanish
darajasi   deyarli   farq   qilmas   edi.   Bunday   sharoitlarda
Y.A.Komenskiyning   o‘qitishning   avtoritar   texnologiyasi,   an’anaviy
«sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.
Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish   davrida   (XX
asrning   ikkinchi   yarmi),   fan,   texnika,   texnologiyalar   yuqori
sur’atlarda   rivojla nayotgan   davrda,   bir   avlod   hayoti   davomida
fanning   rivoji   insoniyatning   butun   tarixidagidan   ko‘ra   ko‘proq
bo‘lgan   bu   davrda,   o‘qitishning   an’ana viy   tizimi   (shu   jumladan
zamonaviy   an’anaviy   o‘qitish)   o‘z   umrini   oxiri ga   yetdi.   Hozirgi
zamon   avlodining   rivojlanish   sur’ati   oldingilardan   ko‘ra   ancha
yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga
to‘sqinlik   qila   boshladi.   Bunday   sharoitlarda   taraqqiyot,   faqat   har
bir   shaxsning   mavjud   imkoniyatlarini   to‘la   ro‘yobga   chiqarish
asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga   moyilligi   va   vositalarining   yetarliligi   samarali   individual
va   mustaqil   o‘qitishni   tashkil   etish   uchun   zaruriy   shart-sharoitlar
yaratadi.   O‘qitishni   jadallashtirish   maqsadida,   pedagogning
o‘quvchiga   bo‘lgan   munosabati   «sardor»likdan,   uning   «sherigi»ga
aylanishi zarur.
O‘qitishning   shaxsga   yo‘naltirilgan   texnologiyalariga   quyidagi
asosiy tamoyillar xos bo‘ladi:
insonparvarlik,   ya’ni   insonga   har   tomonlama   hurmat   va
muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga
ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish;
hamkorlik,   ya’ni   pedagog   va   o‘quvchilar   munosabatidagi
demokratizm, tenglik, sheriklik;
erkin   tarbiyalash,   ya’ni   shaxsga   uning   hayot   faoliyatini   keng
yoki   tor   doirasida   tanlab   olish   erkinligi   va   mustaqillikni   berish,
natijalarni   tashqi   ta’sirdan   emas,   ichki   hissiyotlardan   keltirib
chiqarish.   Shaxsga   yo‘naltirilgan   texnologiyalarning   kommunika tiv
asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv
hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
pedagogik   jarayonda   shaxs   obyekt   emas,   subyekt
hisoblanadi;
har   bir   o‘quvchi   qobiliyat   egasi,   ko‘pchiligi   esa   iste’dod   egasi
hisoblanadi; yuqori   etik   qadriyatlar   (saxiylik,   muhabbat,   mehnatsevarlik,
vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarni   demokratlashtirish   quyidagilarni   o‘z   ichiga
oladi:
o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;
xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;
o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi
pedagog   va   o‘quvchilar   munosabati   zayli:   taqiqlamaslik;
boshqarish   emas,   birgalikda   boshqarish;   majburlash   emas,
ishontirish;   buyurish   emas,   tashkil   etish;   chegaralash   emas,   erkin
tanlab olishga imkon berish.
Yangi   munosabatlarning   asosiy   mazmuni,   hozirgi   zamon
sharoitida   samarali   natija   bermaydigan   va   g‘ayri   insoniy
hisoblanadigan   zo‘ravonlik   pedagogikasidan   voz   kechishdir.
Muammo   bu   tamoyilni   mutlaqlashtirishda   emas,   balki   uning
oqilona   mezonlarini   aniqlashdadir.   Umuman   olganda   tarbiya
jarayonida   zo‘ravonlik   mumkin   emas,   ammo   jazolash   insonni
kamsitadi,   ezadi,   rivojlanishini   susaytiradi,   unda   qulchilik
xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:
ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;
o‘quv   materialiga   qiziqish   uyg‘otish,   bilishga   va   faol   ijodiy
fikrlashga rag‘batlantirish; o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanishh;
jamoa   orqali   bilvosita   usullar   bilan   talablarni   amalga
oshirishni ta’minlash.
Yangi   individual   yondashuvning   mohiyati   shundaki,   u   ta’lim
tizimida   o‘quv   fanidan   o‘quvchiga   emas,   o‘quvchidan   o‘quv   fani
tomonga   harakatlanishni   taqozo   etadi,   o‘quvchilarning   mavjud
imkoniyatlarni   inobatga   olib,   ularni   rivojlantirish,   takomillashtirish
va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual   yondashuvning   zamonaviy   yangi   talqini
quyidagilardan iborat:
o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy   yondashishda   birinchi   navbatda   quyidagilar   zarur
bo‘ladi:
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat
qilish,   tushunish,   qabul   qilish,   unga   ishonish.   Pedagogda   barcha
o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.
shaxsga,   yutuqni   ma’qullovchi,   qo‘llab-quvvatlovchi,   xayrixoh
vaziyatlar   yaratishh,   ya’ni   o‘qish   qoniqish   va   xursandchilikni   olib
kelishi kerak.
bevosita   majburlashga   yo‘l   qo‘ymaslik,   qoloqlikka   va   boshqa
kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik. pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarishga imkoniyat yaratishh va ko‘maklashish.
Oliy,   o‘rta   maxsus   va   kasbiy   ta’lim   tizimi   uchun,   o‘qitishning
shaxsga   yo‘naltirilgan   texnologiyalariga   quyidagilarni   kiritish
mumkin:
ishbilarmonlik o‘yinlari;
muammoli o‘qitish;
tabaqalashtirilgan o‘qitish;
dasturlashtirilgan o‘qitish;
kompyuterlashtirilgan o‘qitish;
modulli o‘qitish.
Shaxsga   yo‘naltirilgan   o‘qitish   texnologiyalari   ilmiy-texnikaviy
taraqqiyoti   jadallashtirilgan   davrida   rivojlangan   davlatlarda
shakllantirilganligini   inobatga   olgan   holda   ular   chuqur   ildizlarga
ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Qadimiy faylasuf Sokrat o‘z chiqishlarida savol va javob usulini
ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.
Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor
va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi.
O‘rta   asr   Sharqining   buyuk   olim-mutafakkirlari   tomonidan
yirik   pedagogik   meros   qoldirilgin.   Asrlar,   mingyillar   davomida
shaxsga   muhabbat   va   hurmat,   unga   yordamlashish   xislatlari
asosida sivilizatsiya shakllanib keldi. Millatimiz   shakllanishi   bilan   birgalikda   xalqimizning
mentaliteti   insonga   muhabbat   va   hurmat   ko‘rsatish,   unga
yordamlashish   xislatlari   asosida   yuzaga   chiqdi.   Eng   avvalo,
yoshlarimizga   nisbatan   muhabbat   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.
Xalqimiz   bolalarga   «siz»   deb   munosabat   qilur,   kattalar   ularga
birinchi bo‘lib «salom» berur.
Yaponiyaning   zamonaviy   pedagog-olimlari   bolani   kuniga   200
martagacha   erkalatishni   tavsiya   beradilar.   Bu   zamonaviy
g‘oyalarning   debochasi,   buyuk   ajdodimiz   Al-Buxoriyning   «Hadis»
kitobida   «Bolaga   rahmdillik   qilmoq,   uni   o‘pib   quchoqlamoq
haqida»   bobida   yoritilgan.   Shaxsga   yo‘naltirilgan   o‘qitish
texnologiyalarning   o‘zagi   shaxslar   o‘rtasidagi   yuqori   qadriyatlarga,
teng   huquqlilikka   asoslangan   munosabat   hisoblanadi.   Bu
qadriyatlar   Al-Buxoriyning   «Hadis»   kitobida   «Shirin   so‘z   odam
haqida»,   «So‘kmoq   va   la’natlamoq   ta’qiqlanganligi   haqida»
boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan
tenglashtirilgan.
Ta’lim qadriyat sifatida:
 Davlat qadriyati 
 Jamiyat qadriyati 
 Shaxs qadriyati
 Ta’lim va davlat
 Ta’lim va jamiyat 
 Ta’lim va shaxs munosabatlari uyg’unligida namoyon bo’ladi. Ta’limga falsafiy yondashish.   Ta’lim falsafasi ta’lim jarayoni mohiyati,
rivojlanish   qonuniyatlari,   prinsiplari   muammolarini   va   ziddiyatlarini
falsafaning   o‘zagi   bo‘lgan   dialektika,   ontologiya,   bilish   nazariyasi,   logika,
etika   hamda   epistemologiya   sohalari   nuqtai-nazaridan   o‘rganadi   va   ochib
beradi.   Ta’lim   falsafasi   inson   tafakkuri   va   bilishga   oid   bo‘lgan   umumiy
tushunchalar – kategoriyalar tizimi bilan ish ko‘radi. Bu tushunchalarga ong,
tafakkur,   predmet,   hodisa,   jarayon,   zaruriyat,   munosabat,   rivojlanish,   sabab,
oqibat   kabilar   kiradi.   Bu   kategoriyalar,   prinsiplar   inson   bilimlari   tizimining
barcha sohalariga taalluqlidir.
Ta’limning   juda   ko‘p   prinsiplari   va   qoidalari,   jumladan,   tizimlilik,
asoslilik, ilmiylik, izchillik, tekshirilganlik, dialektiklik va boshqalar dastlab
falsafada   ishlab   chiqilgan.   Xullas   ta’lim   jarayoni   falsafiy   qonuniyatlar   va
prinsiplarga tayanadi.  Foydalaniladigan   adabiyotlar   ruyxati
 
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davom   yettirib,ʼ ʼ
yangi bosqichga ko taramiz. 1-jild, Toshkent,”O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ ʼ
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O zbekiston davlatini birgalikda	
ʼ
barpo yetamiz. Toshkent, “O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ
3. Mirziyoyev Sh.M. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning	
ʼ
Oliy Majlisga murojaatnomasi. “Xalq so zi” gazetasi, 2017 yil, 23-dekabr, 2-bet.	
ʼ
4.   Mirziyoyev   Sh.M.   Konstitutsiya   –   erkin   va   farovon   hayotimiz,   mamlakatimizni
yanada   taraqqiy   ettirishning   mustahkam   poydevoridir.   “Xalq   so zi”   gazetasi,   2017	
ʼ
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   Sh.M.   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O zbekiston	
ʼ ʼ
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yicha   harakatlar   strategiyasi   to g risida”gi	
ʼ ʼ ʼ
farmoni. Toshkent, “Аdolat”, 2018 yil.
6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk  kelajagimizni  mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
7.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta minlash   yurt	
ʼ
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
8. Karimov I.А. Аsarlar to plami. 1-23 jildlar. -T.:“O zbekiston”, 1996-2015 y.y.	
ʼ ʼ
9. Karimov I.А. Yuksak ma naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma naviyat”, 2008.
ʼ ʼ
10. Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O zbekiston”, 2010. 	
ʼ
11.Karimov I.А. O zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida. -T.:“O zbekiston”,	
ʼ ʼ
2011.
12.   Karimov   I.А.   Bosh   maqsadimiz   –   keng   ko lamli   islohotlar   va   modernizasiya	
ʼ
yo lini qat iyat bilan davom yettirish. T.:O zbekiston, 2013.	
ʼ ʼ ʼ

Ta’limning qadriyat sifatidagi mohiyati. Ta’limga falsafiy yondashuvning zarurati 1. Shaxs ta’lim jarayonining sub’yekti sifatida. 2. Ta’limni qadriyat sifatida qabul qilinishida falsafaning ta’siri. 3. Ta’limga falsafiy yondashish. Ta’lim va jamiyat.

Shaxs ta’lim jarayonining sub’yekti sifatida, qachonki, ta’limni majburiyat sifatida emas, balki haqiqiy qadriyat sifatida qabul qilsagina, ta’limni har bir sohasida rivojlanish bo’ladi. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyutsion, past sur’atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Y.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojla nayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’ana viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiri ga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi,

egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur. O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi: insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish; hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi: pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi; har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi. Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi; xatoga yo‘l qo‘yish huquqi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi: ishonchga asoslangan erkin talabchanlik; o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanishh; jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash. Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi. Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat: o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak. shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratishh, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak. bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik.