logo

Ta’lim va tarbiyaning falsafiy va nazariy masalalari. Ta’lim falsafasining mohiyati, maqsadi, ob’yekti va predmeti, vazifalari, qonun va kategoriyalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.439453125 KB
Ta’lim va tarbiyaning falsafiy va nazariy masalalari. Ta’lim
falsafasining mohiyati, maqsadi, ob’yekti va predmeti, vazifalari,
qonun va kategoriyalari . 
REJA :
1. Ta’lim   falsafasi   fani ning   mohiyati,   qonuniyatlari,   prinsiplari   va
muammolarini ochib beradigan falsafiy bilimlar, nazariy qoidalar . 
2. Ta’lim  falsafasining funksiyalari . 
3. Ta’lim  jarayonida  falsafiy tafakkurning muhimligi. Ijtimoiy   falsafaning   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   –   ta’limni   falsafiy
tushunish   g‘oyasidir.   Ta’lim   falsafasi   ta’limning   mohiyati,   qonuniyatlari,
prinsiplari   va   muammolarini   ochib   beradigan   falsafiy   bilimlar,   nazariy
qoidalar   yig‘indisidir.   Ayrim   manbaalarda   «ta’lim   falsafasi»   atamasi
ta’limning   falsafiy   muammolarini   tadqiq   etuvchi   bilim   sohasini   anglatadi,
deb talqin etiladi. Ta’lim falsafasining mohiyati – ta’limning inson kamoloti
va   jamiyatni   ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy   taraqqiyotidagi   rolini   falsafiy
anglash,   tushunish,   uning   rivojlanish   qonuniyatlari,   prinsiplari   va
ziddiyatlariga tahliliy yondashishdir. Uning eng muhim vazifalaridan
biri shaxsda falsafiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Ta’lim falsafasi ta’lim-
tarbiya masalalarini mantiq chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilish, bu sohaga oid
fikrlarga   tanqidiy,   ijodiy   yondashish   ko‘nikmasini   tarbiyalaydi.   Ta’lim
ijtimoiy   taraqqiyotning   va   tafakkur   uchun   kurashning   muhim   omiliga
aylangan   hozirgi   sharoitda   ta’lim   falsafasi   va   metodologiyasining   ahamiyati
ham   oshib   bormoqda.   Ta’limning   taraqqiy   etishi   unga   falsafiy   jihatdan
yonlashishni,   ulardan   mantiqiy   xulosalar   chiqarishni,   buning   uchun   esa
yuksak   nazariy   tafakkur,   falsafiy   dunyoqarashga   ega   bo‘lishni   talab   etadi.
Ta’limda   doimo   falsafiy,   nazariy-ma’rifiy   va   umumiy   metodologik
xususiyatga   ega   bo‘lgan   muammolar   yuzaga   keladi.   Uning   yechimini
topishda falsafiy tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz
ijtimoiy   hayotida   falsafiy   tafakkur   omiliga   e’tibor   kuchaymoqda.   Ayniqsa,
falsafaning ta’lim va tarbiya sohasidagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Falsafa   fanlari   doktori,   akademik   Said   Shermuhammedov   bu   haqda   bunday
deb yozadilar: «Bilish, anglash, ta’lim va tarbiya insonning dunyoga bo‘lgan
ham   nazariy,   ham   amaliy   munosabatini   shakllantirishi   lozim   ekan,   demak,
ular   avvalo,   asos   sifatida   falsafiy,   axloqiy   prinsiplarga   tayanishi   darkor».
Ta’lim   falsafasi   ta’limning   epistemologik   va   mantiqiy   muammolarining
ulkan   salohiyatini   o‘zida   mujassamlashtirgan.   U   ilmiy-pedagogik   tadqiqot metodlarining   rivojlanish   dinamikasini   ham   o‘rganadi   va   tadqiq   etadi.
Ta’limning   falsafiy   masalalari   ta’limning   metodologik,   epistemologik   va
aksiologik   negizi   hisoblanadi   (Epistemologiya   –   bu   bilim,   uning   tuzilishi,
rivojlanishini   tadqiq   etuvchi   falsafiy   –   metodologik   ta’limotdir).   Ta’lim
falsafasining tarixiy ildizlari ham qadimgi yunon
falsafasiga   borib   taqaladi.   Taniqli   olima,   falsafa   fanlari   doktori,   professor
Nigina   Shermuhammedovaning   ta’kidlashicha:   «Qadimgi   yunonlar   har
tomonlama   ta’lim   va   tarbiyani,   ya’ni   o‘z   qobiliyatlari   va   imkoniyatlarini
ro‘yobga   chiqarishga   qodir   bo‘lgan   jismoniy   va   ma’naviy   jihatdan   komil
insonni voyaga yetkazishni «paydeyya»(yunoncha: pais - bola) atamasi bilan
ifodalaganlar.     Endilikda   faylasuflar   ta’lim   va   tarbiya   muammolarini   yana
birinchi   o‘ringa   qo‘yib,   muhim   muammolarni   hal   qilishda   falsafaning   rolini
aniqlashga   harakat   qilar   ekanlar,   bu   tushunchani   qayta   esga   oldilar   …
«Paydeyya»   tushunchasi   bolani   tarbiyalab,   komil   insonga   aylantiruvchi
ta’lim   jarayoniga   e’tiborni   qaratadi».     Markaziy   Osiyoning   Abu   Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk
mutafakkirlari   ham   o‘zlarining   asarlari,   falsafiy-pedagogik   g‘oyalari   bilan
ta’lim   falsafasini   rivojlantirishga   katta   hissa   qo‘shdilar.   Falsafiy   bilimlarga
ega   bo‘lish   (ya’ni   falsafaning   o‘zagi   bo‘lgan   dialektika   ontologiya,   bilish
nazariyasi,   logika,   etika   hamda   epistemologiya   sohalarini   chuqur   bilish)
falsafiy   tafakkurni   rivojlantirishning   muhim   vositasidir.   Ta’lim   falsafasi
ta’lim jarayoni mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, prinsiplari muammolarini
va ziddiyatlarini ana shu sohalar nuqtai-nazaridan o‘rganadi va ochib beradi.
Ta’lim falsafasi inson tafakkuri va bilishga oid bo‘lgan umumiy tushunchalar
–   kategoriyalar   tizimi   bilan   ish   ko‘radi.   Bu   tushunchalarga   ong,   tafakkur,
predmet,   hodisa,   jarayon,   zaruriyat,   munosabat,   rivojlanish,   sabab,   oqibat
kabilar   kiradi.   Bu   kategoriyalar,   prinsiplar   inson   bilimlari   tizimining   barcha
sohalariga taalluqlidir. Shuni   ta’kidlash   zarurki,   ta’limning   juda   ko‘p   prinsiplari   va   qoidalari,
jumladan,   tizimlilik,   asoslilik,   ilmiylik,   izchillik,   tekshirilganlik,   dialektiklik
va boshqalar dastlab falsafada ishlab chiqilgan. Falsafa «ong», «munosabat»,
«xulq-atvor» kategoriyalarni ham o‘rganadi. Ijtimoiy ong, ijtimoiy xulq-atvor
normalarini
shakllantirishning metodlari, vositalarini esa pedagogika fani aniqlab beradi.
Bunda pedagogik jarayon falsafiy qonuniyatlar va prinsiplarga tayanadi. Ong
insonga xos obyektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli, uning dunyoga va
o‘z-o‘ziga   bo‘lgan   munosabati   usulidir.   «Ong»   tushunchasi   lotinchadan
tarjima   qilinganda   conseire   –   ya’ni   bilish,     xabardor   bo‘lish,   degan
ma’nolarni   bildiradi.   Inson   ong   tufayli   obyektiv   borliqdagi   narsa,
hodisalarning,   ijtimoiy   jarayonlarning   mazmunmohiyatini   anglab   yetadi.
Inson ong tufayli hayotiy faoliyatni amalga oshiradi, ilmiy bilimlarni egallab
oladi.   Ta’lim   jarayoni   bilish   nazariyasi   asosida   tarkib   topadi.   U   dialektik
tarzda   taraqqiy   etib   boradigan   ichki   ziddiyatlar   jarayonidir.   Shuningdek,   u
jamiyatning rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarni
o‘zida   aks   ettiradi.   Ta’lim   –   dunyoni   bilishning   maxsus,   ma’lum   maqsadga
qaratilgan   murakkab   omilidir.   U   metodologik   jihatdan   falsafasidagi   bilish
nazariyasiga   asoslanadi.   Falsafa   insonning   dunyoni   bilishidagi   umumiy
qonunlarni   ochib   beradi.   Falsafiy   dunyoqarash   dunyoni   va   uning   taraqqiyot
qonunlarini   bilish   mumkinligini,   bilish   esa   murakkab,   ziddiyatli   jarayondan
iboratligini   ta’kidlaydi.   Dunyoni   bilishning   hissiy   va   aqliy,   ilmiy   va   badiiy
yo‘llari   bor.   Ta’lim   bu   aspektlarga,   ularning   muvaffaqiyatlariga   asoslanadi.
Ta’limning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundaki,   u   inson   aql-zakovati,   ijodiy
mehnati allaqachonlar  kashf  etgan,  ammo o‘quvchi-talabalar uchun mutlaqo
yangi   va   sirli   ko‘ringan   real   olamning   ilmiy   asoslari   bilan   tanishtiradi.
Ta’limning   ijodiy   xarakteri   va   ta’siri,   ta’lim   jarayonini   oqilona   tashkil
etilishiga   bog‘liq.   O‘qituvchidan   ta’lim   jarayoniga   ijodiy   yondashish,   uning o‘ziga   xos   qonuniyatlari   va   prinsiplarini   hisobga   olish   talab   etiladi.   Ta’lim
falsafasi   ta’lim   jarayoni   mohiyati,   qonuniyatlari,   prinsiplarini   ishlab   chiqish
bilan   cheklanmay,   shaxs   oldiga   uni   o‘zgartirish   masalasini   ham   qo‘yadi.   U
inson   tafakkurini   dunyoni   bilishning   umumiy   qonuniyatlari   bilan
qurollantirib,   dialektik   fikr   yuritishni   o‘rgatadi.   Dialektik   tafakkur   narsa   va
hodisalar mohiyatini,
ularning   o‘zaro   aloqadorligini   va   rivojlanish   qonuniyatlarini   falsafiy
tushunchalar yordamida ochib beradi. Bu dunyoni bilishning to‘g‘ri, zaruriy
shartidir.   Bunday   fikr   yuritish   malakasini   hosil   qilish   esa   bizga   ta’lim
jarayonining   turli   xil   nazariy   va   amaliy   masalalarini   hal   etishda   katta   rol
o‘ynaydi.   Ma’lumki,   falsafa   o‘zida   gumanistik,   umuminsoniy   qadriyatlarni
ham   ifodalaydi.   Bunda   uning   aksiologik   fnuksiyasi   o‘z   ifodasini   topadi.
Falsafaning   aksiologik   funksiyasi   ayniqsa,   ta’lim   taraqqiyotining   hozirgi
bosqichida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ta’lim   falsafasi   insonni   ta’lim
jarayonida oliy qadriyat sifatida qarab, uning hayot mazmunini, jamiyatdagi
o‘rni,   axloqiy   prinsiplarini   baholash   asosida   tushuntiradi.   Bugungi   kunda
ta’limning   tarbiyaviy   mohiyati,   vazifalarini   yangicha   anglash,   tushuntirish,
uni   qadriyatga   aylantirish,   pedagogic   tafakkurga   doir   yangicha,   zamonaviy
yondashuvlarni   ishlab   chiqish   ta’lim   falsafasining   dolzarb   vazifasidir.   Bu
haqda   fikr   yuritar   ekan,   faylasuflar   ta’lim   –   bu   o‘z   mazmun-mohiyati   va
qadriyatlari   bilan   shaxsni   tarbiyalaydigan   falsafadir,   demoqdalar.   Ta’lim-
tarbiyadagi hozirgi yangilanishlar, yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim
tizimiga   joriy   etilishi   va   boshqalar   ta’lim   falsafasini   yanada   takomillashib
borishini taqozo etadi. Ta’lim falsafasi ta’lim tizimidagi yangi kashfiyotlarni,
ta’limning   yangi   modellarini,   paradigmalarini   chuqur   o‘rganib,   nazariy
umumlashtirish   zaminida   ijodiy   rivojlanib   bormoqda.
Modernizatsiyalashayotgan   jamiyatda   tarbiyaning   ko‘p   qirrali   vazifalari,
ularning   o‘zaro   bog‘liq   jihatlari,   ayniqsa,   ma’naviy-ma’rifiy,   ruhiy   jihatlari falsafiy   jihatdan   chuqur   va   har   tomonlama   tahlil   qilinmog‘i   zarur.   Jamiyat
hayotidagi   o‘zgarishlarning   ta’lim-tarbiyada   aks   etishi   masalalari   ham
falsafiy jihatdan chuqur tahlil qilib berilishi lozim.
Bugungi   kunda   ta’lim   falsafasining   dolzarb   vazifalaridan   biri   ta’lim
tizimida   yoshlarda   yangicha   dunyoqarashni,   sog‘lom   turmush   madaniyatini
shakllantirishning   mohiyati,   konseptual   ijtimoiy-falsafiy   asoslari,   shart-
sharoitlari,   omillarini   falsafiy   tadqiq   etishdir.   Endilikda   dunyo   taraqqiyotiga
aqidaparastlik,   zo‘ravonlik,   jinoyatchilik,   narkobiznes,   xalqaro   terrorizm,
odam savdosi kabi xatarlarning tahdidi kuchaygan bir paytda ta’lim falsafasi
qadriyatlariga ham yangicha yondashuv talab etilmoqda. Shuningdek, ta’lim
mazmunini   rivojlantirishga   oid   yangi   paradigmalarining   ta’lim   mazmunini
yangilashdagi   ahamiyatini   falsafiy   tadqiq   qilish,   ta’lim   jarayonidagi
ziddiyatlarni bartaraf etish
imkoniyatlarini   falsafiy   nuqtai-nazardan   ochib   berishi   ham   ta’lim   falsafasi
oldida   turgan   dolzarb   vazifalardir.   Ta’lim   falsafasining   muhim
funksiyalaridan   biri   –   bu   uning   tarbiyaviy   funksiyasidir.   Ta’lim   falsafasi
shaxsda faqat nazariy fikr yuritish qobiliyatini shakllantirib qolmasdan, uning
axloqiy   jihatdan   kamol   topishi,   yuksak   g‘oyaviylik,   mustahkam   e’tiqod
ruhida   tarbiyalashda   va   ilmiy   dunyoqarashni   shakllantirishda   ham   muhim
ahamiyat kasb etadi. Falsafa ta’lim uchun ishlab chiqqan umumiy tamoyillar
orasida   ta’limning   insonparvarlashuvi   tamoyili   ham   muhim   o‘rin   tutadi.   Bu
tamoyil   ta’lim   jarayonining   mazmun-mohiyatini   va   qadriyatlarini   yanada
chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik
munosabatlarni   insonparvarlashtirish   va   demokratlashtirish   o‘zida   falsafa,
pedagogika   va   psixologiyaning   insonparvarlik   g‘oyalarini   mujassam   etadi.
Bunday   pedagogik   jarayonda   hamkorlik,   g‘amxo‘rlik   yuzaga   keladi,   hamda
o‘quvchi-talaba shaxsini hurmat qilish orqali shaxsning mustaqil bilim olishi, ijod qilishi va o‘zo‘ zini rivojlantirish uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhit
yaratiladi.
Endilikda   ta’lim   falsafasi   global   dunyoning   global   muammolarini   qamrab
olmoqda. Buni ta’lim tizimidagi quyidagi yo‘nalishlarda ko‘irsh mumkin:
- ta’lim tizimida inson ma’naviyatini yuksaltirish;
- ta’lim jarayonida insonni asosiy qadriyat sifatida qarash;
- ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
- umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini yoshlar ongiga singdirish;
- ta’lim tizimida yoshlarda tabiatni avaylab-asrash, ekologik
madaniyatni shakllantirish;
- yoshlarni tinchlik uchun kurash ruhida tarbiyalash;
- yoshlarni «ommaviy madaniyat»ning har xil ko‘rinishlari,
buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash;
- yoshlarda jahonda bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik
tuyg‘usini tarbiyalash; va boshqalar.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida ayniqsa, mamlakatlar va davlatlarning
yaqinlashuvi,   ya’ni   dunyoning   globallashuvi   jarayonlari   kuchaydi,
insoniyatni   bog‘lovchi   rishtalar   mustahkamlandi.   Ilmiy   manbalarda
ta’kidlaganidek, globalizatsiya jahon mamlakatlarining umuminsoniy omillar
asosida   yaqinlashuvini   e’tirof   etilishidir.   Globallashuv   jarayonlarini   hozirgi
kunda barcha sohalarda ko‘rish
va   his  etish   mumkin.   Davlatlar   va   xalqlar   o‘rtasida   hamkorlik   aloqalarining
kuchayishi,   axborot   texnologiyalarining,   ilm-fan   yutuqlarining   tezlik   bilan
tarqalishi,  turli qadriyatlarning umuminsoniy  negizda uyg‘unlashuvi mavjud
milliy   va   mintaqaviy   muammolarning   jahon   miqyosidagi   muammolarga
aylanishi   va   boshqalar   globallashuv   tufaylidir.   Yangicha   pedagogik   falsafa
ta’lim jarayonining subyekti bo‘lgan o‘qituvchidan yuksak bilim, pedagogik
mahoratni,   texnologik   madaniyatni,   tashkilotchilik   qobiliyatini   talab   etadi. Axborot   asrida   bilimga,   yangiliklarga   bo‘lgan   talab,   ehtiyojlar   oshib
bormoqda.   Ilm-fan,   texnika,   ishlab   chiqarishning   jadal   rivojlanishi,   yangi
texnologiyalarning   joriy   etilishi   va   boshqa   omillar   insonning   bilim   olishga,
o‘z   kasbiy   mahoratini   oshirishga   bo‘lgan   talab,   ehtiyojni   oshirdi.   Endilikda
inson uchun ta’lim muassasalarida olgan bilim, ko‘nikmalar hajmi, mazmuni
yetarli bo‘lmay qoldi. Insonga media ta’lim yordamga keldi. Endilikda media
ta’lim   –   ya’ni   radio,   televidenie,   kinomatografiya,   ommaviy   nashrlar
(ro‘znoma,   jurnal),   kompyuter,   axborot   tizimlari,   turli   ijtimoiy   tarmoqlar,
elektron darsliklar insonning ma’naviy, axborot, bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirish   vositasi   bo‘lmoqda.   O‘quvchi   va   talaba-yoshlar   jamiyatda   bu
media   mahsulotlarni   eng   ko‘p   «qabul   qiladigan   muhim»   ijtimoiy   qatlamdir.
Bugungi   kunda   insonning   media   ta’limga   bo‘lgan   ehtiyoj,   talabini   noxolis
yo‘llarga,   yovuz   maqsadlarga   yo‘naltirishga   urinayotgan   kuchlar   ham
mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Pedagogika fanlari doktori, professor
Muhammadjon   Quronov   ta’kidlaganidek,   «Agar   me’yorida,   oqilona
foydalanilsa, media donolar uchun – bilimlar manbai. Nodonlar uchun – baloi
ofat.   Demak,   gap   media   emas,   undan   foydalanuvchilarda,   aniqrog‘i,   har   bir
yigit-qizning   media   madaniyatiga   bog‘liq».   Jamiyat   va   ishlab   chiqarishda
fanning   roli   oshib   borayotganligi   ham   ta’limga   bo‘lgan   e’tibor,   ehtiyojni
kuchaytirdi.   Bugungi   kunda   oliy   ta’lim   ommaviy   xarakter   kasb   etmoqda.
Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar soni muttasil oshib borayotganligi ham buni
yaqqol   isbotlaydi.   Endilikda   jahondagi   ko‘pgina   davlatlarda   ta’lim   sohasida
jiddiy   o‘zgarishlar   kotilmoqda.   Axborotlashuv,   fan   inqilobi   va   ilg‘or
pedagogik   texnologiyalarni   amaliyotga   joriy   etilishi   kabi   qator   omillar
o‘qish,   o‘qitish   samaradorligini   oshirish   imkoniyatini   yaratdi.   Ayrim   ilmiy
manbaalarda,   xorijiy   olimlarning   tadqiqotlarida   AQSh,   Yaponiya   kabi
rivojlangan   davlatlarda   XXI   asrda   yalpi   oliy   ta’limga   o‘tish   vazifasi   kun
tartibiga qo‘yilganligi qayd etiladi. Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   tomonidan   2000   yilda   o‘tkazilgan   jahon
xalqlarining   Mingyillik   Sammitida   ham   ta’limning   global   muammolari
muhokama   qilindi.   189   davlat   rahbarlari   qatnashgan   bu   yig‘inda   Mingyillik
Deklaratsiyasi   qabul   qilindi   hamda   Mingyillik   Rivojlanish   Maqsadlari
(MRM) belgilab olindi.  Foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati
 
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davom   yettirib,ʼ ʼ
yangi bosqichga ko taramiz. 1-jild, Toshkent,”O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ ʼ
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O zbekiston davlatini birgalikda	
ʼ
barpo yetamiz. Toshkent, “O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ
3. Mirziyoyev Sh.M. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning	
ʼ
Oliy Majlisga murojaatnomasi. “Xalq so zi” gazetasi, 2017 yil, 23-dekabr, 2-bet.	
ʼ
4.   Mirziyoyev   Sh.M.   Konstitutsiya   –   erkin   va   farovon   hayotimiz,   mamlakatimizni
yanada   taraqqiy   ettirishning   mustahkam   poydevoridir.   “Xalq   so zi”   gazetasi,   2017	
ʼ
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   Sh.M.   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O zbekiston	
ʼ ʼ
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yicha   harakatlar   strategiyasi   to g risida”gi	
ʼ ʼ ʼ
farmoni. Toshkent, “Аdolat”, 2018 yil.
6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk  kelajagimizni  mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
7.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta minlash   yurt	
ʼ
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
8. Karimov I.А. Аsarlar to plami. 1-23 jildlar. -T.:“O zbekiston”, 1996-2015 y.y.	
ʼ ʼ
9. Karimov I.А. Yuksak ma naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma naviyat”, 2008.
ʼ ʼ
10. Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O zbekiston”, 2010. 	
ʼ
11.Karimov I.А. O zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida. -T.:“O zbekiston”,	
ʼ ʼ
2011.
12.   Karimov   I.А.   Bosh   maqsadimiz   –   keng   ko lamli   islohotlar   va   modernizasiya	
ʼ
yo lini qat iyat bilan davom yettirish. T.:O zbekiston, 2013.	
ʼ ʼ ʼ

Ta’lim va tarbiyaning falsafiy va nazariy masalalari. Ta’lim falsafasining mohiyati, maqsadi, ob’yekti va predmeti, vazifalari, qonun va kategoriyalari . REJA : 1. Ta’lim falsafasi fani ning mohiyati, qonuniyatlari, prinsiplari va muammolarini ochib beradigan falsafiy bilimlar, nazariy qoidalar . 2. Ta’lim falsafasining funksiyalari . 3. Ta’lim jarayonida falsafiy tafakkurning muhimligi.

Ijtimoiy falsafaning muhim yo‘nalishlaridan biri – ta’limni falsafiy tushunish g‘oyasidir. Ta’lim falsafasi ta’limning mohiyati, qonuniyatlari, prinsiplari va muammolarini ochib beradigan falsafiy bilimlar, nazariy qoidalar yig‘indisidir. Ayrim manbaalarda «ta’lim falsafasi» atamasi ta’limning falsafiy muammolarini tadqiq etuvchi bilim sohasini anglatadi, deb talqin etiladi. Ta’lim falsafasining mohiyati – ta’limning inson kamoloti va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotidagi rolini falsafiy anglash, tushunish, uning rivojlanish qonuniyatlari, prinsiplari va ziddiyatlariga tahliliy yondashishdir. Uning eng muhim vazifalaridan biri shaxsda falsafiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Ta’lim falsafasi ta’lim- tarbiya masalalarini mantiq chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilish, bu sohaga oid fikrlarga tanqidiy, ijodiy yondashish ko‘nikmasini tarbiyalaydi. Ta’lim ijtimoiy taraqqiyotning va tafakkur uchun kurashning muhim omiliga aylangan hozirgi sharoitda ta’lim falsafasi va metodologiyasining ahamiyati ham oshib bormoqda. Ta’limning taraqqiy etishi unga falsafiy jihatdan yonlashishni, ulardan mantiqiy xulosalar chiqarishni, buning uchun esa yuksak nazariy tafakkur, falsafiy dunyoqarashga ega bo‘lishni talab etadi. Ta’limda doimo falsafiy, nazariy-ma’rifiy va umumiy metodologik xususiyatga ega bo‘lgan muammolar yuzaga keladi. Uning yechimini topishda falsafiy tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida falsafiy tafakkur omiliga e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa, falsafaning ta’lim va tarbiya sohasidagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Falsafa fanlari doktori, akademik Said Shermuhammedov bu haqda bunday deb yozadilar: «Bilish, anglash, ta’lim va tarbiya insonning dunyoga bo‘lgan ham nazariy, ham amaliy munosabatini shakllantirishi lozim ekan, demak, ular avvalo, asos sifatida falsafiy, axloqiy prinsiplarga tayanishi darkor». Ta’lim falsafasi ta’limning epistemologik va mantiqiy muammolarining ulkan salohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. U ilmiy-pedagogik tadqiqot

metodlarining rivojlanish dinamikasini ham o‘rganadi va tadqiq etadi. Ta’limning falsafiy masalalari ta’limning metodologik, epistemologik va aksiologik negizi hisoblanadi (Epistemologiya – bu bilim, uning tuzilishi, rivojlanishini tadqiq etuvchi falsafiy – metodologik ta’limotdir). Ta’lim falsafasining tarixiy ildizlari ham qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Taniqli olima, falsafa fanlari doktori, professor Nigina Shermuhammedovaning ta’kidlashicha: «Qadimgi yunonlar har tomonlama ta’lim va tarbiyani, ya’ni o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lgan jismoniy va ma’naviy jihatdan komil insonni voyaga yetkazishni «paydeyya»(yunoncha: pais - bola) atamasi bilan ifodalaganlar. Endilikda faylasuflar ta’lim va tarbiya muammolarini yana birinchi o‘ringa qo‘yib, muhim muammolarni hal qilishda falsafaning rolini aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani qayta esga oldilar … «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab, komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga e’tiborni qaratadi». Markaziy Osiyoning Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlari ham o‘zlarining asarlari, falsafiy-pedagogik g‘oyalari bilan ta’lim falsafasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Falsafiy bilimlarga ega bo‘lish (ya’ni falsafaning o‘zagi bo‘lgan dialektika ontologiya, bilish nazariyasi, logika, etika hamda epistemologiya sohalarini chuqur bilish) falsafiy tafakkurni rivojlantirishning muhim vositasidir. Ta’lim falsafasi ta’lim jarayoni mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, prinsiplari muammolarini va ziddiyatlarini ana shu sohalar nuqtai-nazaridan o‘rganadi va ochib beradi. Ta’lim falsafasi inson tafakkuri va bilishga oid bo‘lgan umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi bilan ish ko‘radi. Bu tushunchalarga ong, tafakkur, predmet, hodisa, jarayon, zaruriyat, munosabat, rivojlanish, sabab, oqibat kabilar kiradi. Bu kategoriyalar, prinsiplar inson bilimlari tizimining barcha sohalariga taalluqlidir.

Shuni ta’kidlash zarurki, ta’limning juda ko‘p prinsiplari va qoidalari, jumladan, tizimlilik, asoslilik, ilmiylik, izchillik, tekshirilganlik, dialektiklik va boshqalar dastlab falsafada ishlab chiqilgan. Falsafa «ong», «munosabat», «xulq-atvor» kategoriyalarni ham o‘rganadi. Ijtimoiy ong, ijtimoiy xulq-atvor normalarini shakllantirishning metodlari, vositalarini esa pedagogika fani aniqlab beradi. Bunda pedagogik jarayon falsafiy qonuniyatlar va prinsiplarga tayanadi. Ong insonga xos obyektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli, uning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati usulidir. «Ong» tushunchasi lotinchadan tarjima qilinganda conseire – ya’ni bilish, xabardor bo‘lish, degan ma’nolarni bildiradi. Inson ong tufayli obyektiv borliqdagi narsa, hodisalarning, ijtimoiy jarayonlarning mazmunmohiyatini anglab yetadi. Inson ong tufayli hayotiy faoliyatni amalga oshiradi, ilmiy bilimlarni egallab oladi. Ta’lim jarayoni bilish nazariyasi asosida tarkib topadi. U dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Shuningdek, u jamiyatning rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarni o‘zida aks ettiradi. Ta’lim – dunyoni bilishning maxsus, ma’lum maqsadga qaratilgan murakkab omilidir. U metodologik jihatdan falsafasidagi bilish nazariyasiga asoslanadi. Falsafa insonning dunyoni bilishidagi umumiy qonunlarni ochib beradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi. Dunyoni bilishning hissiy va aqliy, ilmiy va badiiy yo‘llari bor. Ta’lim bu aspektlarga, ularning muvaffaqiyatlariga asoslanadi. Ta’limning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u inson aql-zakovati, ijodiy mehnati allaqachonlar kashf etgan, ammo o‘quvchi-talabalar uchun mutlaqo yangi va sirli ko‘ringan real olamning ilmiy asoslari bilan tanishtiradi. Ta’limning ijodiy xarakteri va ta’siri, ta’lim jarayonini oqilona tashkil etilishiga bog‘liq. O‘qituvchidan ta’lim jarayoniga ijodiy yondashish, uning

o‘ziga xos qonuniyatlari va prinsiplarini hisobga olish talab etiladi. Ta’lim falsafasi ta’lim jarayoni mohiyati, qonuniyatlari, prinsiplarini ishlab chiqish bilan cheklanmay, shaxs oldiga uni o‘zgartirish masalasini ham qo‘yadi. U inson tafakkurini dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlari bilan qurollantirib, dialektik fikr yuritishni o‘rgatadi. Dialektik tafakkur narsa va hodisalar mohiyatini, ularning o‘zaro aloqadorligini va rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy tushunchalar yordamida ochib beradi. Bu dunyoni bilishning to‘g‘ri, zaruriy shartidir. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish esa bizga ta’lim jarayonining turli xil nazariy va amaliy masalalarini hal etishda katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, falsafa o‘zida gumanistik, umuminsoniy qadriyatlarni ham ifodalaydi. Bunda uning aksiologik fnuksiyasi o‘z ifodasini topadi. Falsafaning aksiologik funksiyasi ayniqsa, ta’lim taraqqiyotining hozirgi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim falsafasi insonni ta’lim jarayonida oliy qadriyat sifatida qarab, uning hayot mazmunini, jamiyatdagi o‘rni, axloqiy prinsiplarini baholash asosida tushuntiradi. Bugungi kunda ta’limning tarbiyaviy mohiyati, vazifalarini yangicha anglash, tushuntirish, uni qadriyatga aylantirish, pedagogic tafakkurga doir yangicha, zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish ta’lim falsafasining dolzarb vazifasidir. Bu haqda fikr yuritar ekan, faylasuflar ta’lim – bu o‘z mazmun-mohiyati va qadriyatlari bilan shaxsni tarbiyalaydigan falsafadir, demoqdalar. Ta’lim- tarbiyadagi hozirgi yangilanishlar, yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimiga joriy etilishi va boshqalar ta’lim falsafasini yanada takomillashib borishini taqozo etadi. Ta’lim falsafasi ta’lim tizimidagi yangi kashfiyotlarni, ta’limning yangi modellarini, paradigmalarini chuqur o‘rganib, nazariy umumlashtirish zaminida ijodiy rivojlanib bormoqda. Modernizatsiyalashayotgan jamiyatda tarbiyaning ko‘p qirrali vazifalari, ularning o‘zaro bog‘liq jihatlari, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy jihatlari