logo

Ijodiy oqimlar, metodlar masalasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.74609375 KB
Ijodiy oqimlar, metodlar masalasi .
Reja:
1. Gaspirinskiy va matbuot.
2. Behbudiy va matbuot.
3. Matbuot va ijtimoiy-siyosiy hayot.
4. Jadid adabiyoti va oqimlar.
5. XX   asr   boshlaridagi   tarixiy   sharoit   va   milliy   uyg’onish
xarakterlari.
6.  Jadid adabiyotining yuzaga kelishi.
7. X1X asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy hayot.
8. Jadid she’riyatida poetik tafakkur tadriji.
  Jadidlar   o’zlarining   siyosiy   maqsadlarini   amalga   oshirish   uchun
matbuotni  rivojlantirishga  katta  ahamiyat  qaratdilar.  Jadid    matbuotining  ilk
nashri   “Tarjimon”   gazetasi   bo’lib,   Qirimda   I.Gaspirinskiy   tomonidan   1883
yilda   chop   etilgan.   Gazetada   davrning   dolzarb   masalalariga   bag’ishlangan
maqolalar   bosildi.   SHuning   uchun   ham   obunachilar   yildan   yilga   ko’paydi.
Bir   yilning   o’zida   320   tadan   1000   tagacha   yetdi.   SHuning   ta’sirida
Turkistonda   ham   birin-ketin   gazetalar   paydo   bo’la   boshladi.   Turkistonda
jadidlar   chiqargan   ilk   qaldirg’och   gazeta   “Taraqqiy”   bo’lib,   u   1906   yilning
yanvaridan 31 martagacha ikki oy davomida haftada ikki marta chiqib turdi.
Gazetaga   Ismoil   Obidiy   muharrirlik   qildi.   Lekin   tezda   “kofirlar   gazetasi”
degan   ayb   bilan   yopildi.   1906   yil   sentyabrdan   Munavvarqori   muharrirligida
“Xurshid”,   1907   yili   Avloniy   tomonidan   “SHuhrat”   gagetalari   chiqarildi.
Ammo bu gazetalar 2 oydan so’ng yopib qo’yildi.
Turkiston madaniy hayotida 1870 yilning 28 aprelidan chiqa boshlagan
“Turkiston   viloyati   gazetasi”   ham   muhim   rol   o’ynadi.   U   Turkiston   general
gubernatorligi   qoshidagi   “Turkistanskoe   vedomosti”   gazetasiga   ilova   bo’lib
chiqdi. Gazetaning maqsad-muddaosi shunday belgilangan edi:
“Turkiston general gubernatori buyrug’i bo’yicha ushbu oydan boshlanib
“Turkiston   gazeti”   chiqadur.   Ushbu   gazetalarda   barcha   haloyiqqa   ma’lum
bo’lmoq   uchun   general   gubernatorni   har   turli   farmoni   izhor   qilinur   va   yana
har   turli   yangi   xabarlar,   savdo   to’g’risida   yozilur.   Va   yana   Toshkand   va
g’ayri   shaharlarda   bo’lg’on   hodisa   –   voqealar   yozilur”     gazetaga
SHohimardon Ibrohimov, bir oz muddat Muhammad Hasan CHenishev, 1885
yildan   1917   yilga   qadar   esa   Nikolay   Ostroumov   (1846-1930)   muharrirlik
qildilar.   Ayniqsa,   Ostroumov   davrida   rs   ilm-fani,   madaniyati   zo’r   berib
targ’ib-tashviq   etildi.   Rusiya   shaharlariga   borgan,   sayohat   qilgan
turkistonliklarning safar taassurotlari muntazam suratda berib borildi. Gazeta
atrofiga  mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi. Bu qalamkashlar Rusiya   tarixi,   madaniyatiga   hamdu   sanolar   o’qidilar.   Ruslardan   o’rnak
olishga   chaqirdilar.   Ruslarni   Turkistonga   ilm-ma’rifat,   axloq   va   madaniyat
olib   keluvchi,   dunyo   bilan   oshna   qiluvchi   bir   millat   sifatida   keng   xalqqa
tanishtirdilar. Bunday “ma’rifatparvarchilik” ko’pincha o’tmish, milliy-diniy
an’analar   ustidan   kulish,   ularni   kamsitish,   tanqid   qilish   hisobiga   amalga
oshirildi.   Va   u   millatni   sekin-astalik   bilan   ota-bobolarimiz   turmushidan
sovutishni   ko’zda   tutardi.   Turkistonda   adabiy   hukmronlik   qilish   istagi   bilan
kelganlarga, ularning turmush tarzi va tafakkuriga mehr-muhabbat uyg’otib,
“o’risparast” bir avlodni  yetkazishiga xizmat  qilar edi. Xullas,  o’rsiparastlik
dastlabki o’zbekcha matbuot namunasi bo’lgan “Turkiston viloyati gazeti”da
Rusiya   hukumatining   tegishli   odamlari   tomonidan   uyushtirilib,
rag’batlantirilib borildi. Va uni “ilg’or rus madaniyati” sifatida talqin qilindi.
Hatto   Furqatni   ham   1890   yil   Toshkentga   kelganida   N.   Ostroumov   o’z
gazetasiga   jalb   qiladi.   general   gubernator   Baron   Vrevskiy   shoirning
salohiyati   va   shuhratidan   targ’ibot   uchun   foydalanishi   maqsadida   uni   rus
zodagonlarining   bal   bazmiga   taklif   etadi.   Ostroumov   shoirga   ziyofat
taassurotlarini yozdirib, gazetada bostiradi.
Behbudiy   1913   yil   aprelь   oyida   “Samarqand”   gazetasini   chiqardi.
Gazeta   turkiy   va   forsiy   tillarda,   haftada   2   marta,   dastlab   ikki,   so’ng   to’rt
sahifada   chop   etildi.   45   ta   sondan   so’ng   moddiy   tanqislik   tufayli   chiqish
to’xtadi. O’sha yilning 20 avgustidan u “Oyna” (Ko’zgu – Mir’at - Zerkalo)
nomli fors, turk, arab va rus tilida jurnal chiqa boshladi. Lekin jurnal asosan
forsiy   va   turkiyda   chiqa   boshladi.   Bu   suratli   haftalik   jurnal   ko’proq   o’zbek
tilida:   shuningdek,   forscha   she’r,   maqola,   ruscha   e’lonlardan   iborat   edi.
Boshida haftada bir marta, so’ng ikkinchi yilda 15 kunda bir marta chiqqan.
20 oy chamasi to 1915 yil oxiriga qadar chiqib, so’ng to’xtagan.
“Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til adabiyotiga oid maqolalar, dunyo   ahvoliga   doir   qiziqarli   ma’lumotlar,   baholar   berib   borildi.   Masalan,
jurnalning   1913   yil   20   avgustdagi   birinchi   sondayoq   “Ikki   emas   to’rt   til
lozim”   degan   maqola   bilan   chiqdi   va   har   bir   ziyoli,   o’qimishli   odam   arab,
fors, rus va turkiy tilni bilish lozim deyiladi.
1917   yilda   Avloniy   tomonidan   “Turon”   gazetasi   Toshkentda,   shu   yili
qo’qonda “Kengash” jurnali chop etildi.
Jadidchilikning  ruhi va mazmunini o’zida bekami ko’st namoyon etgan
jadid   adabiyoti   milliy   ong   va   sezim   taraqqiyotida   beqiyos   rol   o’ynaydi.   Bu
adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko’ra u qadar yuksak emas, g’oyalar
yaydoq   berildi.   Yalang’och   da’vat   va   chaqiriqlar,   shiorbozlik   ko’zga
tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har
jihatdan to’laqonli adabiyotga aylandi.
Jadidlar   XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshlarida   maydonga   chiqdilar.
Ularning   tarix   sahnasida   paydo   bo’lishlarida   ikki   omil   –   tarixiy-ijtimoiy
sharoit   va   davrning   yangi   g’oyalarini   olg’a   surgan   gazetalar   bilan   birga
uchinchi omil – Muqimiy va Furqatlar boshlab bergan o’zbek ma’rifatparvari
adabiyotga ham muhim rol o’ynadi.
Jadidlar paydo bo’lgan ilk kunlardan boshlab ular ham chor hokimiyati,
ham mahalliy hukmdorlarning  qarshiliklariga duch keladilar.
Jadidchilik   X1X   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   Turkistonda   hukm   surgan
favqulodda qaloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashagan xalqlarni
ma’rifatlashtirish,   jamiyat   hayotida   ijtimoiy   va   madaniy   islohotlar   o’tkazish
hamda pirovardida erk va hurriyat g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini
o’z   oldiga   qo’ygan   harakat   sifatida   tarixiy   vaziyat   taqozosi   bilan   yuzaga
keldi. Bu harakat o’zining shakllanish yo’lini bosib o’tar ekan asr boshlaridan
1917 yil fevralь inqilobiga qadar bo’lgan birinchi bosqichda nafaqat ma’rifiy,
balki ijtimoiy harakat sifatida ham uzil-kesil rasmiylashdi. O’z   oldilariga   Turkiston   xalqlarining   taqdiri   uchun   muhim   ahamiyatga
molik vazifani qo’ygan jadidlar 1906 yil yanvarida Peterburgda bo’lib o’tgan
umumrusiya   musulmonlari   qurultoyiga   o’z   vakillarini   yashirincha   yuborib,
Rossiya   tasarrufida   yashagan   boshqa   musulmon   xalqlari   va   ularning
peshqadam arboblari bilan aloqa o’rnatmoqchi bo’lganlar. Bu vaqtda o’zbek
jadidlari, Qozon tatarlari kabi har tomonlama shakllangan milliy  dasturlariga
ega bo’lgan. Lekin yaqin kelajakda rus istibdodga jiddiy zarba berish uchun
tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Ammo ularning bu niyatlaridan xabardor
bo’lgan bolьsheviklar   Osipov qo’zg’olonidan keyin ko’plab jadidlarni qirib
tashladilar. O’z mustabid davlatining deshmani deb bilgan. Buxoro amiri ham
jadidlarni yo’qotishda bolьsheviklardagi zarracha orqada qolmadi.
Jadidchilik,   shunchaki   bir   ma’rifiy,  madaniy-oqartuv  harakatigina   emas
edi.   Asr   boshidan   voqealar,   rus-yapon   urushidagi   mag’lubiyat   Rusiyani
buhronga   olib   keldi.   Ichki   milliy   nizolar,   noroziliklar   kuchaya   boshladi.
Turkistonda   asta-sekin   uyg’onish   boshlandi.   Rusiyada,   xususan   Kavkaz,
volgabo’yida   yashovchi   turkiy   millatlar   bilan   yaqinlashishga,   hamkorlikka
intilish   kuchaydi.   Yangi   g’oyalar   kirib   kela   boshladi.   Islomchilik
(panislomizm), turkchilik (panturkizm) shundaylardan edi. Bu g’oyalar X1X
asrning   o’rtalarida   Usmonali   davlatlarda   paydo   bo’ldi.   Dastlab,
“usmonchilik” o’rtaga qo’yildi.
1698-99   yili   Usmonli   davlati   birvarakayiga   to’rt   davlat   –   Avstriya,
Venetsiya,   polьsha,   Rusiya   bilan   urushga   kirdi   va   yengildi.   Bu   usmonli
saltanati   tanazzulini   boshlanishi   edi.   Idora   usulida   o’zgarishlar   qilish   kerak
edi.   Yildan   yilga   taraqqiy   topib,   harbiy-iqtisodiy   qudrati   oshib   borayotgan
Ovrupadan   nimanidir   olish   kerak   edi.   Bu   fikr   1789   yili   taxtga   chiqqan   3-
Salimda   ko’zga   tashlandi.   U   “Nizomi   jadid”   tuzib,   qo’shin   va   idorani
yangilashga kirishdi. Jadidchilikning ruhi va mazmunini o’zida bekamu-ko’st namoyon etgan
jadid   adabiyoti   milliy   ong   va   sezim   taraqqiyotida   beqiyos   rol   o’ynaydi.   Bu
adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko’ra u qadar yuksak emas, g’oyalar
yayroq   beriladi.   Yalang’och   da’vat   va   chaqiriqlar,   shiorbozlik   ko’zga
tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har
jihatidan to’laqonli adabiyotga aylandi.
Jadid   adabiyotining   birinchi   bosqichi   –   1905-1917   yillar   adabiyotida
Turkiston jadidchiligining quyidagi xususiyatlari o’z ifodasini topdi:
1. Ma’rifatga maqsad emas, vosita sifatida qarash.
2. Erksizlikni,   mustamlaka   idora   usulini   anglash,   uning
sabablarini va undan qutilish yo’llarini izlash.
Turkistondagi jadidlar 1914 yilda boshlangan Birinchi jahon urushining
imperialistik   mohiyatini   anglab   yetdilar.   Bu   mavzu   jadid   adabiyotida
ifodasini topdi. Urushni inkor etish, uni insonlar boshiga yog’ilgan balo-ofat
shaklida   his   qilish   va   uni   adabiyotga   olib   kirish   Rusiyani   “rus   bo’lmagan”
xalqlari   adabiyotida   1914   yilning   oxiri   1915   yilning   avvalidan   boshlangan
edi.
Urush   chor   samoderjaviyasini   tanazzulini   ochiq-oshkor   qiladi,   ijtimoiy
ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi. 1916 yil mamlakatda ijtimoiy norozilik
boshladi.   Uning   ustiga   o’sha   yili   hosildorlik   bitmadi.   Oziq-ovqat   tanqisligi,
qahatchilik nafaqat Rossiyada, balki Turkistonda yuz berdi.
1916   yilning   25   iyunida   2-Nikolay   “Imperiyadagi   g’ayrirus   aholining
erkaklarini   harakatdagi   armiya   turgan   rayonlarda   mudofaa   inshootlarini   va
harbiy aloqa  yo’llarini qurish  ishlariga, xuddi shuningdek,  davlat  mudofaasi
uchun   zarur   bo’lgan   boshqa   har   qanday   ishlarga   safarbar   qilish   to’g’risida
farmon   berdi.   Turkistondagi   19   yoshdan   43   yoshgacha   bo’lgan   250   ming
kishi   mardikorlikka   olinadigan   bo’ldi.   O’lkada   qo’zg’olonlar   boshlandi.
CHor   hukumat  yon   berishga  majbur  bo’ldi.   O’lka   ahvolini   tekshirish  uchun A.F.Kerenskiy   ishtirokidagi   komissiya   yuborildi.   Turkistonni   yaxshi   bilgan
A.N.Kurapatkin general-gubernator qilib tayinlandi. 
1916   yil   voqealari   badiiy   adabiyotda   keng   ifodasini   topdi.   Hamzaning
“Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi”ning   7-bo’limi, Muhiddin
Ibrohimov tuzgan “Loshmon” (Namangan, 1916), Avloniyning “Mardikorlar
ashuvlasi”   (T.,   1917),   Akbariy   Toshkandiyning   “Vatanga   xizmati”   (T.,
1917), Sidqiyning “Rabotchilar namoyishi” (T., 1917), “Rabotchilar kelishi”
(T., 1917), Mulla Murtazo bin Ismoiljonning “vatan xizmati” (T., 1917) kabi
to’plamlari yaratildi. Mulla Murtazo bin Ismoiljon yozadi:
Mildir-mildir suv oqar, suv tagida qum oqar,
Xizmatga ketganlarning onasini kim boqar?
Jadid   she’riyati   milliy   poeziyamizning   o’ziga   xos   bosqichi   vazifasini
o’tadi.   Jadid   she’riyatining   mavzu   ko’lami   kengaydi.   Unda   realistik   tasvir
kuchaydi.   SHe’riyatda   jamiyat   hayoti   aks   etdi.   Vazn   jihatdan   boyidi.   Janr
jihatdan boyib kengaydi. Obrazlar olami reallashdi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

Ijodiy oqimlar, metodlar masalasi . Reja: 1. Gaspirinskiy va matbuot. 2. Behbudiy va matbuot. 3. Matbuot va ijtimoiy-siyosiy hayot. 4. Jadid adabiyoti va oqimlar. 5. XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit va milliy uyg’onish xarakterlari. 6. Jadid adabiyotining yuzaga kelishi. 7. X1X asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy hayot. 8. Jadid she’riyatida poetik tafakkur tadriji.

Jadidlar o’zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun matbuotni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratdilar. Jadid matbuotining ilk nashri “Tarjimon” gazetasi bo’lib, Qirimda I.Gaspirinskiy tomonidan 1883 yilda chop etilgan. Gazetada davrning dolzarb masalalariga bag’ishlangan maqolalar bosildi. SHuning uchun ham obunachilar yildan yilga ko’paydi. Bir yilning o’zida 320 tadan 1000 tagacha yetdi. SHuning ta’sirida Turkistonda ham birin-ketin gazetalar paydo bo’la boshladi. Turkistonda jadidlar chiqargan ilk qaldirg’och gazeta “Taraqqiy” bo’lib, u 1906 yilning yanvaridan 31 martagacha ikki oy davomida haftada ikki marta chiqib turdi. Gazetaga Ismoil Obidiy muharrirlik qildi. Lekin tezda “kofirlar gazetasi” degan ayb bilan yopildi. 1906 yil sentyabrdan Munavvarqori muharrirligida “Xurshid”, 1907 yili Avloniy tomonidan “SHuhrat” gagetalari chiqarildi. Ammo bu gazetalar 2 oydan so’ng yopib qo’yildi. Turkiston madaniy hayotida 1870 yilning 28 aprelidan chiqa boshlagan “Turkiston viloyati gazetasi” ham muhim rol o’ynadi. U Turkiston general gubernatorligi qoshidagi “Turkistanskoe vedomosti” gazetasiga ilova bo’lib chiqdi. Gazetaning maqsad-muddaosi shunday belgilangan edi: “Turkiston general gubernatori buyrug’i bo’yicha ushbu oydan boshlanib “Turkiston gazeti” chiqadur. Ushbu gazetalarda barcha haloyiqqa ma’lum bo’lmoq uchun general gubernatorni har turli farmoni izhor qilinur va yana har turli yangi xabarlar, savdo to’g’risida yozilur. Va yana Toshkand va g’ayri shaharlarda bo’lg’on hodisa – voqealar yozilur” gazetaga SHohimardon Ibrohimov, bir oz muddat Muhammad Hasan CHenishev, 1885 yildan 1917 yilga qadar esa Nikolay Ostroumov (1846-1930) muharrirlik qildilar. Ayniqsa, Ostroumov davrida rs ilm-fani, madaniyati zo’r berib targ’ib-tashviq etildi. Rusiya shaharlariga borgan, sayohat qilgan turkistonliklarning safar taassurotlari muntazam suratda berib borildi. Gazeta atrofiga mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi. Bu qalamkashlar

Rusiya tarixi, madaniyatiga hamdu sanolar o’qidilar. Ruslardan o’rnak olishga chaqirdilar. Ruslarni Turkistonga ilm-ma’rifat, axloq va madaniyat olib keluvchi, dunyo bilan oshna qiluvchi bir millat sifatida keng xalqqa tanishtirdilar. Bunday “ma’rifatparvarchilik” ko’pincha o’tmish, milliy-diniy an’analar ustidan kulish, ularni kamsitish, tanqid qilish hisobiga amalga oshirildi. Va u millatni sekin-astalik bilan ota-bobolarimiz turmushidan sovutishni ko’zda tutardi. Turkistonda adabiy hukmronlik qilish istagi bilan kelganlarga, ularning turmush tarzi va tafakkuriga mehr-muhabbat uyg’otib, “o’risparast” bir avlodni yetkazishiga xizmat qilar edi. Xullas, o’rsiparastlik dastlabki o’zbekcha matbuot namunasi bo’lgan “Turkiston viloyati gazeti”da Rusiya hukumatining tegishli odamlari tomonidan uyushtirilib, rag’batlantirilib borildi. Va uni “ilg’or rus madaniyati” sifatida talqin qilindi. Hatto Furqatni ham 1890 yil Toshkentga kelganida N. Ostroumov o’z gazetasiga jalb qiladi. general gubernator Baron Vrevskiy shoirning salohiyati va shuhratidan targ’ibot uchun foydalanishi maqsadida uni rus zodagonlarining bal bazmiga taklif etadi. Ostroumov shoirga ziyofat taassurotlarini yozdirib, gazetada bostiradi. Behbudiy 1913 yil aprelь oyida “Samarqand” gazetasini chiqardi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada 2 marta, dastlab ikki, so’ng to’rt sahifada chop etildi. 45 ta sondan so’ng moddiy tanqislik tufayli chiqish to’xtadi. O’sha yilning 20 avgustidan u “Oyna” (Ko’zgu – Mir’at - Zerkalo) nomli fors, turk, arab va rus tilida jurnal chiqa boshladi. Lekin jurnal asosan forsiy va turkiyda chiqa boshladi. Bu suratli haftalik jurnal ko’proq o’zbek tilida: shuningdek, forscha she’r, maqola, ruscha e’lonlardan iborat edi. Boshida haftada bir marta, so’ng ikkinchi yilda 15 kunda bir marta chiqqan. 20 oy chamasi to 1915 yil oxiriga qadar chiqib, so’ng to’xtagan. “Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til adabiyotiga oid maqolalar,

dunyo ahvoliga doir qiziqarli ma’lumotlar, baholar berib borildi. Masalan, jurnalning 1913 yil 20 avgustdagi birinchi sondayoq “Ikki emas to’rt til lozim” degan maqola bilan chiqdi va har bir ziyoli, o’qimishli odam arab, fors, rus va turkiy tilni bilish lozim deyiladi. 1917 yilda Avloniy tomonidan “Turon” gazetasi Toshkentda, shu yili qo’qonda “Kengash” jurnali chop etildi. Jadidchilikning ruhi va mazmunini o’zida bekami ko’st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o’ynaydi. Bu adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko’ra u qadar yuksak emas, g’oyalar yaydoq berildi. Yalang’och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko’zga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har jihatdan to’laqonli adabiyotga aylandi. Jadidlar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida maydonga chiqdilar. Ularning tarix sahnasida paydo bo’lishlarida ikki omil – tarixiy-ijtimoiy sharoit va davrning yangi g’oyalarini olg’a surgan gazetalar bilan birga uchinchi omil – Muqimiy va Furqatlar boshlab bergan o’zbek ma’rifatparvari adabiyotga ham muhim rol o’ynadi. Jadidlar paydo bo’lgan ilk kunlardan boshlab ular ham chor hokimiyati, ham mahalliy hukmdorlarning qarshiliklariga duch keladilar. Jadidchilik X1X asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda qaloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashagan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish hamda pirovardida erk va hurriyat g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan harakat sifatida tarixiy vaziyat taqozosi bilan yuzaga keldi. Bu harakat o’zining shakllanish yo’lini bosib o’tar ekan asr boshlaridan 1917 yil fevralь inqilobiga qadar bo’lgan birinchi bosqichda nafaqat ma’rifiy, balki ijtimoiy harakat sifatida ham uzil-kesil rasmiylashdi.

O’z oldilariga Turkiston xalqlarining taqdiri uchun muhim ahamiyatga molik vazifani qo’ygan jadidlar 1906 yil yanvarida Peterburgda bo’lib o’tgan umumrusiya musulmonlari qurultoyiga o’z vakillarini yashirincha yuborib, Rossiya tasarrufida yashagan boshqa musulmon xalqlari va ularning peshqadam arboblari bilan aloqa o’rnatmoqchi bo’lganlar. Bu vaqtda o’zbek jadidlari, Qozon tatarlari kabi har tomonlama shakllangan milliy dasturlariga ega bo’lgan. Lekin yaqin kelajakda rus istibdodga jiddiy zarba berish uchun tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Ammo ularning bu niyatlaridan xabardor bo’lgan bolьsheviklar Osipov qo’zg’olonidan keyin ko’plab jadidlarni qirib tashladilar. O’z mustabid davlatining deshmani deb bilgan. Buxoro amiri ham jadidlarni yo’qotishda bolьsheviklardagi zarracha orqada qolmadi. Jadidchilik, shunchaki bir ma’rifiy, madaniy-oqartuv harakatigina emas edi. Asr boshidan voqealar, rus-yapon urushidagi mag’lubiyat Rusiyani buhronga olib keldi. Ichki milliy nizolar, noroziliklar kuchaya boshladi. Turkistonda asta-sekin uyg’onish boshlandi. Rusiyada, xususan Kavkaz, volgabo’yida yashovchi turkiy millatlar bilan yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Yangi g’oyalar kirib kela boshladi. Islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) shundaylardan edi. Bu g’oyalar X1X asrning o’rtalarida Usmonali davlatlarda paydo bo’ldi. Dastlab, “usmonchilik” o’rtaga qo’yildi. 1698-99 yili Usmonli davlati birvarakayiga to’rt davlat – Avstriya, Venetsiya, polьsha, Rusiya bilan urushga kirdi va yengildi. Bu usmonli saltanati tanazzulini boshlanishi edi. Idora usulida o’zgarishlar qilish kerak edi. Yildan yilga taraqqiy topib, harbiy-iqtisodiy qudrati oshib borayotgan Ovrupadan nimanidir olish kerak edi. Bu fikr 1789 yili taxtga chiqqan 3- Salimda ko’zga tashlandi. U “Nizomi jadid” tuzib, qo’shin va idorani yangilashga kirishdi.