logo

ADABIY YO‘NALISh VA OQIMLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.4619140625 KB
A DABIY YO‘NALISh VA OQIMLAR
Reja:
1. Adabiy yo‘nalishlar haqida
2. Klassitsizm va uning o‘ziga xos jihatlari Klassisizm   (P.   Kornel,   J.   Rasin),   ekzistensionalizm(Jan   Pol   Sartr,   M.
Prust,   F.   Kafka),   syurrealizm(Pol   Elyuar,   Oskar   Uayld,   A.   Axmatova),
tanqidiy   realizm(Maxmur,   Muqumiy,   L.   Tolstoy,   F.   Dostoyevskiy),
sosialistik   realizm   (Oybek,   G’.G’ulom,   M.Gorkiy)   va   sh.   k.   romantizm   va
realizm (ikki daryo)ni metod deb yuritish  va bu ko’rinishlarning hammasini
oqimlar(irmoqlar)   deb   atash,   (ikki   daryoning   birikuvidan   tug’ilgan   irmoqlar
deya tasavvur qilish) ma’qulga o’xshaydi.  Chunki oqimlarning hammasi ham
yo   realistik,   yo   romantik   tasvirlash   prinsiplarining   qonuniyatlariga
bo’ysinadi.   Shu   qonuniyatlarga   tayanganlari   holda,   uning   hali   to’liq
anglanmagan yangi qirralarin ochadilar, xolos.
Yangi   qirralarni   kashf   etish   va   ifodalash   jarayonida   muayyan   o’ziga
xosliklar ham yuzaga kelishi tabiiydir. Jumladan, realizmning o’ziga xos bir
ko’rinishi   –   klassisizm   (lot.   “namuna”,   “ibrat”   ma’nolarini   beradi)ni
ko’raylik. Uning vakillari o’tmish antik adabiyoti namunalarini o’zlari uchun
ibrat   namunasi   deb   sanaganlar.   Ular   adabiyotda   hamma   narsalar   aniq   va
qat’iy   qoida   asosida   tasvirlanishi   shart   deb   tushunganlar   va   estetik
qarashlarini “uch birlik”ka moslaganlar: asarda tasvirlanayotgan hodisa bitta
yaxlit   syujetda   gavdalantirilishi   (“harakat   birligi”),   bir   joyda   bo’lib   o’tishi
(“joy  birligi”)  va  yigirma  to’rt  soat  ichida  yuz  berishi  (“vaqt  birligi”)  lozim
bo’lgan.   P.   Kornelning   “Sid”   (“Said”),   “Gorasiy”,   J.   Rasinning
“Andromaxa”,   “Britanik”,   Molyerning   “Xasis”   singari   go’zal,   betakror
asarlari shu qoidalarga muvofiq yaratilgan.
Klassisizm   vakillari   “Adabiyot   saroy   va   shahar   uchun   yaratilishi
kerak”(N. Bualo) deb hisoblaganlar va janrlarni tabaqalashtirganlar. Ularning
estetik   tushunchalaricha   drama   eng   yuksak   janr,   komediya   quyi   janr
hisoblangan.   Roman,   qissa,   hikoya   janrlariga   ikkinchi   darajali   unsurlar   deb
qarashgan.   Ko’pincha   ularning   asarlarida   inson   hayoti   va   xarakterining   bir qirrasi chuqur va batafsil tasvirlangani uchun, insonning ko’pqirrali xarakteri
to’liq gavdalanmagan... 
Sentimentalizm (fr.   Sentument-hissiyot,   his   qilish)   oqimi   XVIII   asr
o’rtalari   (Angliya)da   feodalizm   sarqitlariga   qarshi   kurashni,   oddiy
kishilarning   oliyjanobligini,   qalbini   tasvir   markaziga   olgan.   Chunki
klassisizm oqimi kishilarning ichki dunyosi tasviriga yetarli e’tibor qilmagan,
oliy ijtimoiy tabaqa hayotini bo’rttirib aks ettirgan va adabiyotni “uch birlik”
(harakat, joy, vaqt) qolipiga solgan edilar.
Sentimentalistlar   klassisizm   qoidalarini   unigg   qoliplarini   “buzdilar”.
Aql-   idrokdan   his-tuyg’uni   ustun   deb   bildilar.   O’rta   va   quyi   sinf   vakillari
hayotini,   ma’naviy   jihatdan   yetukligini,   pokligini,   boyligini,   odamiyligini
chuqur   tasvir   etdilar   va   ana   shu   jarayonda   yuqori   tabaqa   vakillari
dunyosining tubanligini, jirkanchligini fosh etdilar. Ingliz Sterning “Tristram
Shendi”,   Richardsonning   “Pamela”,   farang   Russoning   “Yangi   Eloiza”,   rus
Karamzinning “Bechora Liza” asarlari buning isbotidir. 
Sentimentalizm   oqimi   oddiy   qahramonlar   qismatini   har   qanday
kitobxonni   achintiradigan   tarzda   tasvirlaydi.   Xo’rlangan,   haqoratlangan,
aybsitilgan   qahrmonlar   bilan   tanishgan   o’quvchi   qalbida   “u   ham   inson-ku,
dunyoga   u   ham   baxt   uchun   kelgan-ku!   Nahot   insonlar   ularning   qadru
qimmatiga   yetmasa?   Insoniyat   qachon   birodarlikka,   komillikka   erishadi?”
degan tuyg’ular uyg’onadi va qalbni iztirobga soladi. Qahramonlar hayoti va
qalbining   chuqur   va   ta’sirchan   ochilishi   –   achinish   tuyg’usini   –
insoniylikning   zarur   belgisini   voqye   qiladi.   F.   Dostoyevskiyning
“Xo’rlanganlar   va   haqoratlanganlar”,   A.Chexovning   “Uyqu   istagi”   ham
xuddi shu yo’nalishda yozilgan bebaho asarlardir.
Shuning uchun ham XX asrning klassigi Ch.Aytmatov yozgan edi: “...
Dostoyevskiyning adabiyotda aytgan eng aziz va umriboqiy so’zi, menimcha,
berahm va oriyatsiz ekspluatatorlar jamiyati girdobida azobu uqubatga botib, bo’g’ilib   yotgan   insonga   cheksiz   achinishdan   iborat   bo’ldi.   O’sha   dahshatli
pallada   rus   yozuvchisi   gumanistik   adabiyotning   eng   muhim   vazifalaridn
birini-   axloqiy   sog’lom   kishini   tarbiyalash   vazifasini   jada   yuqori   ko’trdiki,
shunday achinishsiz inson haqiqiy inson hisoblana olmaydi.
Achinish qobiliyatini Dostoyevskiy insoniylikning eng oliy o’lchovi
darajasiga   ko’tardi...   Va   bugungi   dunyoda,   atom   bombalari   dunyosida,
imperialistlarning   bosqinchiliklari   bo’lib   turgan   dunyoda,   irqiy   muammolar
va   zo’ravonlarning   jabrini   tortayotgan   dunyoda   Dostoyevskiyning   hayajonli
bongi  to’xtovsiz eshitilib turibdi va  insonlikka, gumanizmga  chaqirayotibdi.
Uning   butun   dunyoni   tutgan   achinishining   mohiyati,   bizningcha,   ana
shundadir.   Uning   abadiy   va   borgan   sari   ortayotgan   shuhratining   boisi   ham
shudir.” (Ta’kidlar bizniki-H.U.).
Sentimentalizm   oqimiga   xos   bo’lgan   adabiy   asar   tilining   –   oddiy   va
soddaligi,   his-tuyg’ular   dunyosi   tasvirining   chuqurligi,   rahm-shafqat   ham
insoniylik   o’lchovi   ekanligi   xususiyatlari   hamon   adabiy   jarayonda   tirikdir.
Uning   yaqqol   misolini   O’tkir   Hoshimovning   realistik   povesti   “Dunyoning
ishlari”da ko’rish mumkin.
Syurrealizm (fr.   Surrealisme-yuksak   realizm   yoki   realizmdan   ham
yuksak)   Fransiyada   XX   asr   boshlarida   dunyoga   kelgan.   Hayot   voqea
hodisalarining   mohiyatini,   ichki   dunyoni   murakkab   ramz   va   shakllarda,
kutilmagan   obrazlarda   tasvirlashgan.   Syurrealizmni   –   sara   realizm(Ozod
Sharofiddinov)   deb   ham   yuritadilar   va   unda   simvolizm   (ramziylik)ning
asosiy yutuqlar, romantizmning kuchli bo’yoqlari jamg’arilganligi sabab, fikr
va   tuyg’ularning   zanjirli,   ramzli,   tagdor   va   murakkab   qirralari   kashf   etiladi.
Bu oqim jahoniy hislat kasb etgani uchun uning vakillarini turli adabiyotlarda
ko’plab   uchratish   mumkin.   Pol   Varlen,   Pol   Elyuar,   Emil   Verxare,   Oskar
Uayld, Anna Ahmatova, Marina Svetayeva, Aleksandr Blok, Garsiya Lorka, Pablo   Neruda,   Nozim   Hikmat,   Rauf   Parfi   kabi   san’atkorlarning   ijodlarida
ularning dilbar namunalarini ko’rsa bo’ladi.
Jumladan,   Anna   Ahmatovaning   “Na   sirlar   va   na   g’amlar”   she’riy
to’plamidagi   asarlarning   biriga   –   asliga   diqqat   qiling   va   undagi   tagdor
mazmunni ilg’ashga intiling:
Ya jivu, kak kukushka v chasax,
Ne zaviduyu ptisam v lesax.
Zavedut-i kukuyu.
Znayesh, dolyu takuyu
Lish vragu
Pojelat ya mogu. Adabiyotlar:
T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  512-
519- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 239-244-betlar.

A DABIY YO‘NALISh VA OQIMLAR Reja: 1. Adabiy yo‘nalishlar haqida 2. Klassitsizm va uning o‘ziga xos jihatlari

Klassisizm (P. Kornel, J. Rasin), ekzistensionalizm(Jan Pol Sartr, M. Prust, F. Kafka), syurrealizm(Pol Elyuar, Oskar Uayld, A. Axmatova), tanqidiy realizm(Maxmur, Muqumiy, L. Tolstoy, F. Dostoyevskiy), sosialistik realizm (Oybek, G’.G’ulom, M.Gorkiy) va sh. k. romantizm va realizm (ikki daryo)ni metod deb yuritish va bu ko’rinishlarning hammasini oqimlar(irmoqlar) deb atash, (ikki daryoning birikuvidan tug’ilgan irmoqlar deya tasavvur qilish) ma’qulga o’xshaydi. Chunki oqimlarning hammasi ham yo realistik, yo romantik tasvirlash prinsiplarining qonuniyatlariga bo’ysinadi. Shu qonuniyatlarga tayanganlari holda, uning hali to’liq anglanmagan yangi qirralarin ochadilar, xolos. Yangi qirralarni kashf etish va ifodalash jarayonida muayyan o’ziga xosliklar ham yuzaga kelishi tabiiydir. Jumladan, realizmning o’ziga xos bir ko’rinishi – klassisizm (lot. “namuna”, “ibrat” ma’nolarini beradi)ni ko’raylik. Uning vakillari o’tmish antik adabiyoti namunalarini o’zlari uchun ibrat namunasi deb sanaganlar. Ular adabiyotda hamma narsalar aniq va qat’iy qoida asosida tasvirlanishi shart deb tushunganlar va estetik qarashlarini “uch birlik”ka moslaganlar: asarda tasvirlanayotgan hodisa bitta yaxlit syujetda gavdalantirilishi (“harakat birligi”), bir joyda bo’lib o’tishi (“joy birligi”) va yigirma to’rt soat ichida yuz berishi (“vaqt birligi”) lozim bo’lgan. P. Kornelning “Sid” (“Said”), “Gorasiy”, J. Rasinning “Andromaxa”, “Britanik”, Molyerning “Xasis” singari go’zal, betakror asarlari shu qoidalarga muvofiq yaratilgan. Klassisizm vakillari “Adabiyot saroy va shahar uchun yaratilishi kerak”(N. Bualo) deb hisoblaganlar va janrlarni tabaqalashtirganlar. Ularning estetik tushunchalaricha drama eng yuksak janr, komediya quyi janr hisoblangan. Roman, qissa, hikoya janrlariga ikkinchi darajali unsurlar deb qarashgan. Ko’pincha ularning asarlarida inson hayoti va xarakterining bir

qirrasi chuqur va batafsil tasvirlangani uchun, insonning ko’pqirrali xarakteri to’liq gavdalanmagan... Sentimentalizm (fr. Sentument-hissiyot, his qilish) oqimi XVIII asr o’rtalari (Angliya)da feodalizm sarqitlariga qarshi kurashni, oddiy kishilarning oliyjanobligini, qalbini tasvir markaziga olgan. Chunki klassisizm oqimi kishilarning ichki dunyosi tasviriga yetarli e’tibor qilmagan, oliy ijtimoiy tabaqa hayotini bo’rttirib aks ettirgan va adabiyotni “uch birlik” (harakat, joy, vaqt) qolipiga solgan edilar. Sentimentalistlar klassisizm qoidalarini unigg qoliplarini “buzdilar”. Aql- idrokdan his-tuyg’uni ustun deb bildilar. O’rta va quyi sinf vakillari hayotini, ma’naviy jihatdan yetukligini, pokligini, boyligini, odamiyligini chuqur tasvir etdilar va ana shu jarayonda yuqori tabaqa vakillari dunyosining tubanligini, jirkanchligini fosh etdilar. Ingliz Sterning “Tristram Shendi”, Richardsonning “Pamela”, farang Russoning “Yangi Eloiza”, rus Karamzinning “Bechora Liza” asarlari buning isbotidir. Sentimentalizm oqimi oddiy qahramonlar qismatini har qanday kitobxonni achintiradigan tarzda tasvirlaydi. Xo’rlangan, haqoratlangan, aybsitilgan qahrmonlar bilan tanishgan o’quvchi qalbida “u ham inson-ku, dunyoga u ham baxt uchun kelgan-ku! Nahot insonlar ularning qadru qimmatiga yetmasa? Insoniyat qachon birodarlikka, komillikka erishadi?” degan tuyg’ular uyg’onadi va qalbni iztirobga soladi. Qahramonlar hayoti va qalbining chuqur va ta’sirchan ochilishi – achinish tuyg’usini – insoniylikning zarur belgisini voqye qiladi. F. Dostoyevskiyning “Xo’rlanganlar va haqoratlanganlar”, A.Chexovning “Uyqu istagi” ham xuddi shu yo’nalishda yozilgan bebaho asarlardir. Shuning uchun ham XX asrning klassigi Ch.Aytmatov yozgan edi: “... Dostoyevskiyning adabiyotda aytgan eng aziz va umriboqiy so’zi, menimcha, berahm va oriyatsiz ekspluatatorlar jamiyati girdobida azobu uqubatga botib,

bo’g’ilib yotgan insonga cheksiz achinishdan iborat bo’ldi. O’sha dahshatli pallada rus yozuvchisi gumanistik adabiyotning eng muhim vazifalaridn birini- axloqiy sog’lom kishini tarbiyalash vazifasini jada yuqori ko’trdiki, shunday achinishsiz inson haqiqiy inson hisoblana olmaydi. Achinish qobiliyatini Dostoyevskiy insoniylikning eng oliy o’lchovi darajasiga ko’tardi... Va bugungi dunyoda, atom bombalari dunyosida, imperialistlarning bosqinchiliklari bo’lib turgan dunyoda, irqiy muammolar va zo’ravonlarning jabrini tortayotgan dunyoda Dostoyevskiyning hayajonli bongi to’xtovsiz eshitilib turibdi va insonlikka, gumanizmga chaqirayotibdi. Uning butun dunyoni tutgan achinishining mohiyati, bizningcha, ana shundadir. Uning abadiy va borgan sari ortayotgan shuhratining boisi ham shudir.” (Ta’kidlar bizniki-H.U.). Sentimentalizm oqimiga xos bo’lgan adabiy asar tilining – oddiy va soddaligi, his-tuyg’ular dunyosi tasvirining chuqurligi, rahm-shafqat ham insoniylik o’lchovi ekanligi xususiyatlari hamon adabiy jarayonda tirikdir. Uning yaqqol misolini O’tkir Hoshimovning realistik povesti “Dunyoning ishlari”da ko’rish mumkin. Syurrealizm (fr. Surrealisme-yuksak realizm yoki realizmdan ham yuksak) Fransiyada XX asr boshlarida dunyoga kelgan. Hayot voqea hodisalarining mohiyatini, ichki dunyoni murakkab ramz va shakllarda, kutilmagan obrazlarda tasvirlashgan. Syurrealizmni – sara realizm(Ozod Sharofiddinov) deb ham yuritadilar va unda simvolizm (ramziylik)ning asosiy yutuqlar, romantizmning kuchli bo’yoqlari jamg’arilganligi sabab, fikr va tuyg’ularning zanjirli, ramzli, tagdor va murakkab qirralari kashf etiladi. Bu oqim jahoniy hislat kasb etgani uchun uning vakillarini turli adabiyotlarda ko’plab uchratish mumkin. Pol Varlen, Pol Elyuar, Emil Verxare, Oskar Uayld, Anna Ahmatova, Marina Svetayeva, Aleksandr Blok, Garsiya Lorka,

Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Rauf Parfi kabi san’atkorlarning ijodlarida ularning dilbar namunalarini ko’rsa bo’ladi. Jumladan, Anna Ahmatovaning “Na sirlar va na g’amlar” she’riy to’plamidagi asarlarning biriga – asliga diqqat qiling va undagi tagdor mazmunni ilg’ashga intiling: Ya jivu, kak kukushka v chasax, Ne zaviduyu ptisam v lesax. Zavedut-i kukuyu. Znayesh, dolyu takuyu Lish vragu Pojelat ya mogu.