Adabiy jarayon, adabiy hayot va ijtimoiy voqelik.
Adabiy jarayon, adabiy hayot va ijtimoiy voqelik. Reja: 1. Jarayon va voqelik. Toshkent adabiy maktabi haqida ma’lumot. 2. Fazlulloh Almaiy ijodi. 3. Karimbek Komiy ijodi. 4. Jadid adabiyotida lirika. 5. XX asrning ikkinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy hayot. 6. 20-40-yillardagi adabiy hayot. 7. Ushbu davrdagi poeziya, proza, dramaturgiya. 8. Dramalarning ommaviy va badiiy idrok yo’siniga ta’siri.
Toshkent Turkiston general gubernatorligini markaziy shahri bo’lganligidan yevropalashish jarayoni Bu yerda tezroq va sezilarliroq bo’ldi. Toshkentda ko’proq matbaachilik, ya’ni noshirlik va gazetachilik rivojlandi. Tarjimachilik, birinchi navbatda, ruschadan tarjima taraqqiy topdi. CHimkentlik ma’rifatparvar Sattorxon Abdug’afforov (1843-1901) 80-90 yillarda, mashhur Furqat (1851-1909) 1889-1891 yillarda “Turkiston viloyatining gazetasi”da bevosita ishlaganliklari, o’z hayotlari davomida ushbu gazeta bilan hamkorlikda bo’ldilar. Adabiyot rivojlandi. Mo’minjon Muhammadjonov – Toshqin (1883-1964)ning 40 dan ortiq shoir haqida ma’lumot beruvchi “Toshkentlik va Toshkentda bo’lgan o’zbek shoirlarining tarjimai hollari” (1948) asarida yuu haqda ma’lumotlar berilgan. Adabiy-madaniy jarayon ko’proq shaharning “Ko’kaldosh”, “Beklarbegi”, “Baroqxon”, “Xo’ja Axror” madrasalarida kechdi. Ayniqsa, dastlabki ikkitasini mavqei baland edi. “Ko’kldosh”da mashhur hattot “Tig’bandiy” taxallusi bilan she’rlar ham yozib turadigan SHohmurod kotib (1850-1922), Qosimxonto’ra Muztarib (1858-1944), “Beklarbegi”da “qashshoq mulla” nomi bilan tanilgan Rahimxo’ja Xatmiy (1855-1908), o’ttiz yoshida “Baroqxon”ga mudarris bo’lgan mashhur Bedilxon Alouddin Fununiy (1861-1932) kabi qalamkashlar atrofida adabiy muhit shakllandi. 1890 yilda Furqat, 1899 yilda Muqimiy “Ko’kaldosh”da turganlar. Karimbek Komiy (1865-1922), Qodirqori Ramziy (1861-1943), Afandixon Maxzum Anbariy (1870-1946), Sayyid Haybatulloh Xislat (1880-1845), Mulla Qo’shoq Miskin (1880-1937), Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934) ijod etdilar. Fazlulloh Almaiy (1851-1891) X1X asr o’zbek adabiyotini Toshkentda yetishtirgan taniqli voqealaridan, shoir, olim va tarjimondir. El orasida “Qori Fazlulloh” nomi bilan mashhur bo’lgan. U Toshkent shahrining Qo’shtut mahallasida tug’ilgan. Otasi Mirjalol bo’zchilik bilan shug’ullangan. U
dastlab mahalladan eski maktabda, so’ng Toshkentda “Mo’yi Muborak” madrasasida, so’ng Buxoro madrasalarining birida o’qidi. Madrasadan qaytib kelgach, Toshkentdagi SHukurxon madrasasida mudarrislik qiladi. Zamondoshlarning aybini Fazlulloh tikso’z, tantartmas, kishini yuzini ko’ziga demay aybini ochiq aytuvchi kishi bo’lgan. SHu sababli u amaldorlarga yoqmagan. Jumladan, qiziqqon Umarbek bilan kelisholmay madrasadagi chetlatilgan. SHundan so’z u asosan hattotlik va tarjimonlik bilan ro’zg’or tebratgan. Fazlulloh xat yozishda “nastaliq”, “xatti noxuniy” (tirnoq bilan yozish) san’atlarini egallagan xattot edi. X1X asrning so’ngida Toshkentda tan olingan 7 bedilxonni bir ana shu qori Fazlulloh edi. Almaiy qator hajviyalar yozdi. “Muyi muborak” madrasasida o’qib yurgan paytida o’sha atrofda o’tin terib yurgan ko’knorini hajv qilib she’r yozadi: Boshiga kichik latta chulg’ab, O’lguncha xor-zor ko’knori. Aslidin garchi har ish kelmas, CHo’p terarga yarar ko’knori. “Almaiy” (arabcha “sinchkov, ziyrak” degan) taxallusi shoir sifatida tanildi. Arab tili grammatikasiga oid “Azonul jumu’” (“Ko’plik vaznlari”) nomli kitob yozdi. Mashhur hind yodgorligi “Kalila va Dimna”ni o’zbek tiliga tarjima qildi. Almaiy 39 yoshida vafot etdi. Hotif degan shoir uning o’limiga bag’ishlab marsiya yozdi. Uni “Ma’danikoni” (fazilat koni, ilmu donishga makon) deb atadi. 1965 yilda olim va murabbiy Subitoy Dolimov uning she’rlaridan ayrimlarini e’lon qildi. “Kalila va Dimna” tarjimasidan parchalarni nashrga tayyorladi.
Fazlulloh Almaiy uch tilda baravar ijod eta olgan shoir edi. U she’rlarini to’plab devon tuzgan. Biroq bu devonni taqdiri noma’lum. Masalan, uning “Hayot” radifli she’ri o’z davrida mashhur bo’ldi. Unga Muqimiy muxammas bag’ishlagan. Ey, xayoli jonim ichra tanda jon yanglig’ hayot, Kelki sensiz talx bo’ldi, jonima totlig’ hayot. Jadid adabiyoti yangilanish davri adabiyotidir. Unda qadim davrlardan kelayotgan adabiy turlar saqlandi. Devon adabiyotida she’riyat (poeziya) asosiy o’rin egalladi. Aruz asosiy vazn bo’ldi. G’azal, ruboiy, tuyuq, ta’rix, muammo, muxammas, musaddas, musamman va ayniqsa, masnaviydan keng foydalanildi. Sayohat xotiralarini ifodalovchi sayohanoma janri maydonga keldi. Ishq mavzui bu davrda she’riyatning markaziy mavzui bo’ldi. Ikki tillilik (Zullisonayn) an’ana davom etdi. Madrasa ko’ganlarning deyarli hammasi arab va fors tillaridan xabardor edilar. SHoirlarning ko’ngiligi o’zbek tili bilan bir qatorda tojik tilida ham ijod eta olardi. Hamda ijodida aruz bilan bir qatorda barmoq, sarbast she’rlar yuzaga keldi. Hamza lirikasining tilini soddalashtirdi, xalq tiliga yaqinlashtirdi. Darsning maqsadi: XX asrning 20-40 yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit haqida magistrlarga ma’lumot bering. Bu davr adabiyoti va uning namoyandalari ijodini tahlil qilish. XX asrning 20-40-yillari ijtiomiy-siyosiy va mafkuraviy qarashlar davri sifatida ajralib turadi. Rossiyada 1917 yil fevralь, sakkiz oy o’tmay oktyabrь to’ntarilishi bo’lib o’tdi. 1-jahon urushidan g’oyat toliqib chiqish, 1916 yilgi milliy ozodlik qo’zg’olonining shafqatsiz bostirilishi, qishloqlarning vayron etilishi, haddan ziyod zulm va kamsitilish xalqning chorazimga nisbatan cheksiz nafratini qo’zg’atdi. Ana shunday sharoitda ro’y bergan fevralь to’ntarishi Turkistonda kuchli aks-sadosini berdi. Ammo jadidlarning barcha umidlari puchga chiqdi. 1924 yildagi milliy chegaralanish – yaxlit
Turkistondan parchalanishga mo’ljallangan edi. 1926 yilda esa bir yo’la ikki kompaniya: yer-suv islohoti bilan “hujum” kompaniyasi o’tkazildi. So’ng Buxoro va Xiva xonliklarining tugatilishi, SHo’rolar “bosmachilik harakati” deb nomlagan, aslida milliy ozodlik harakatining qonga botirib bostirilishi xalq hayotiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. O’z davrining ongli ziyolilari bo’lgan jadidlar ataylib uyushtirilayotgan bu “tadbir”larga befarq qarab tura olmadilar. Ular xalqning ko’zini ochishga, milliy urf-odatlardan kechmaslikka chaqirdilar. Proletar diktaturasi va boьsheviklar partiyasining mudhish kirdikorlarini fosh etishga kirishdilar. SHuning uchun sho’ro hukumati ularni jilovlash, o’z siyosatiga bo’ysundirish yo’llarini izlay boshladilar. RKP (b)ning 1923-24 yillarda bo’lib o’tgan XI- XII s’ezdlarida adabiyotning vazifalari belgilab berildi. So’ngra adabiyot va san’at partiya siyosatini og’ishmay amalga oshirishi shart qilib qo’yildi. 1925 yil 18 iyunda “Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to’g’risida”gi maxsus qarori qabul qilindi. Bu qarordan keyin proletar adiblarning gigemonligi kuchaydi. Yozuvchilar o’rtasida turli bo’linishlar kuchaydi. Turli oqimlar yuzaga keldi. “CHig’atoy gurungi”, RAPPchilar, “Qizil qalam” jamiyatlari yuzaga keldi. RAPP chilarning qarashlari S.Xusaynning “SHarq haqiqati” gazetasi 1929 yil 26 aprelь sonida e’lon qilingan. “Ijodiy yo’limiz” maqolasida o’z ifodasini topdi: “Eson afandi shoir yamoqchi emas, u buyruqni qabul qilmaydi, deyishi bilan aldashdir. Sinfiy jamiyatda hech kim o’zini xudo, ijtimoiy ta’sirdan tashqari yashovchi qilib ko’rsata olmaydi (S.Xusayn. tanlangan asarlar. T., 1974. 23-bet). Ana shunday ichki qarama-qarshiliklarga qaramay adabiyot yangilanish yo’lidan dadil boraveradi. SHuningdek, ijodkorlarning g’oyaviy jihatdan ikki oqimga ajralib qolganligi yaqqol sezildi. Bir tomondan Hamza boshchiligidagi inqilob kuychilari – So’fizoda, G’ayratiy, G’.G’ulom,