logo

ADABIY TUR VA JANRLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.3369140625 KB
ADABIY TUR VA JANRLAR
Reja: 
1. Adabiy  tur va janrlar haqida  tushuncha
2. Ye posning xususiyatlari
3. Lirikaning  o‘ziga xosligi
4. Drama   predmeti
5. Yeposning  janrlari Adabiy   janr   (fr.   Genre   –tur,   jins)   –adabiyot   rivoji   jarayonida   yuzaga
kelgan   asarlarning   tasvirlash   yo‘llari,   kompozision   qurilishi,   bayon   usullari,
badiiy   vositalar,   hayotiy   hodisalarni   qamrash   ko‘lami   va   miqyosiga   ko‘ra
ko‘rinishlaridir.   Adabiy   janr   muammosi   shunchalik   dolzarbki.   “janr
masalasini   hisobga   olmaslik,   san’at   nazariyasining   haqiqiy   falsafiy   va
sosiologik   munosabatdan   mahrum   qilib,   stilistik   mayda-chuydalar   bilan
ovora   bo‘lishga   olib   keladi”   (M.Baxtin.   Voprosы   literaturы   i   estetik.   M.,
“Xudojestvennaya   literatura”,   1975,   str.   409).   Janrlar   adabiy   jarayon
taraqqiyoti   davomida   turli   –tuman   o‘zgarishlarga   (jumladan,   qadimgi   epos
ko‘lamini   ummonga     qiyoslasak,   hozirgi   zamon   eposi-minatyuradagi
olamdir)   uchragan,   ixchamlashgan,   boyib   borgan.   Ijtimoiy,   ma’naviy
taraqqiyotga mos holda ba’zi (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g‘azal)
yetakchilik qilgan, ba’zisi iste’moldan (masalan, XX asr o‘zbek adabiyotida
muammo)   chiqib   ketgan,   ba’zilari   (masalan,   XX   asr   adabiyotimizda   sonet,
roman,   tragediya   kabi)   paydo   bo‘lgan.   Ayniqsa,   epik   turda   ixchamlashish
hamon   davom   etmoqda.   Bu   xususiyat   epopeya,   doston,   roman,   qissa
janrlarida   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   “Janrlarning   hajmi   jihatidan   bu   tarzda
ixchamlashishning   muhim   asoslari   bor.   Avvalo   bu   hodisa   kishilarning
turmush   tarzidagi   o‘zgarishlar   bilan   bog‘liqdir.   Kishilarning   vaqti   yillar
o‘tgani   sayin   tig‘izlashib   boraveradi.   Chunki   ular   o‘z   yashash   sharoitlarini
yaxshilash,   qulaylashtirish   uchun   muttasil   izlanishadi.   Ularning   ishi
ko‘payganidan   ko‘payib   boraveradi.   Kishilarning   ehtiyoji   ortgan   sayin
ularning vaqti qadrli bo‘laveradi. Vaqt tanqis bo‘lib borayotgan davrlarda esa
odamlarga   besh   yuz,   ming   sahifali   romanni   o‘qish   malol   keladi.   Bunday
hajmli asarni   mutoala qilishga odamlar ulgura olmaydilar. Kishining tabiati
esa   shundayki,   u   agar   biror-bir   ishga   ulgurishiga   ko‘zi   yetsagina,   o‘shanga
qo‘l uradi. Bo‘lmasa hafsala qilmaydi. Umuman, romanning hajmi jihatidan
ixchamlashishiga   kishilar   hayotida   vaqt   qadrining   oshgani   sabab   bo‘ldi. Mashhur   adib   Onore   de   Balzak   (1799-1850)   o‘z   romanlarida
qahramonlarining   kiyim-kechaklari-yu   uni   qaysi   tikuvchi   tikkani   ,   uning
uyiga   qanday   borilishi,   u   joyning   ko‘rinishi   manzarasini   batafsil   tasvirlagan
bo‘lsa   XX   asrning   ikkinchi   yarmida   yaratilgan   e’tiborli   asarlarda   bunday
mayda-chuyda   detallar,   sahifa-sahifa   tabiat   manzaralari   tasviri   yo‘q.
Endilikda   Stendal   (1783-1842),   Zolya   (1840-1902)   kabi   adiblarning
romanlari   ham   xuddi   Balzak   asarlari   singari   o‘zining   ko‘pso‘zligi   bilan
eskirdi. Roman janri o‘zining ananaviy ko‘pso‘zligidan voz kechish evaziga
ixchamlashdi.   Bu   o‘zgarishi   bilan   u   zamona   kishilarining   hayot   tarzi
ehtiyojiga   moslashdi”   (Abdulla   Ulug‘ov,   64-bet).   Lekin   bari-bir   bu
o‘zgarishlarga   qaramay,   janrlarning   o‘zgarmas   qonunlari   ham   (masalan,
g‘azal aruzda yozilgan, a-a, b-a, v-a... tarzida qofiyalangan) saqlanib qolagan
va   ular   hamon   amaliyotda   qo‘llaniladi.   Ammo   janrlarning   o‘zgarmas
qoidalarini   birgina   janr   misolida   o‘rganish   kutilgan   natijani   bermaydi,   uni
muayyan   janrlar   birligida   o‘rganish   ma’quldir,   ana   shundagina   badiiy
tafakkurning   tarixiy   va   aniq   davriy   xususiyatlari   ham   hisobga   olingan
bo‘ladi.   Darvoqe,   yuqorida   ta’kid   qilganimizdek,   sof   adabiy   tur
bo‘lmaganidek,   sof   adabiy   janr   ham   bo‘lmaydi.   Bir   janrning   xususiyati
ikkinchisida   ham   yashashi   mumkin,   faqat   u   yetakchilik,   belgilovchilik
xususiyatiga da’vogar bo‘lmaydi.
Shu   asoslarga   ko‘ra   janrlarning   o‘xshash   va   farqli   tomonlarini   hisobga
olgan   holda,   ularni   turlarga   ajratish   va   tur   ichida   o‘ziga   xos   o‘zgarmas
qonuniyatlarini ochish asosliroqdir, zaruratdir. 
Ye PIK TURNING JANRLARI
Voqealarni   hikoya   qilishdek   ustivorlik   asosiga   qurilgan   barcha
asarlarning   jami-   epik   turni   vujudga   keltirgan.   Shu   sabab   epos,   doston,
ballada,   masal,   ertak,   hikoya,   qissa,   povest,   roman,   novella,   poema,   ocherk,
feleton,   pamflet,   esse,   mif,   rivoyat,   afsona,   sayohatnoma,   muhabbatnoma, safarnoma,   “xamsa”,   hikmatli   so‘z,   cho‘pchak,   marsiya,   madhiya,   matal,
aforizm   kabi   janrlar   eposning   mulki   sanaladi.   Ularni   bir   necha   guruhlarga
ajratish mumkin:
A.Eposning katta janrlari
Yepos   (yunoncha   epos   –co‘z,   nutq,   hikoya)ning   eng   yirik   janri
e popeya (yunoncha   epopoiia-rivoyatlar,   qo‘shiqlar   majmuidir).   “Epopeya
xalqning faqat go‘daklik davrlarida, uning hayoti hali  ikki qarshi tomonga –
poeziya   va   prozaga   ajratilmagan   chog‘da,   xalqning   tarixi   faqat   afsona
bo‘lgan   zamonda,   dunyo   haqida   uning   tushunchalari   faqat   diniy
tasavvurlardan   iborat   bo‘lganda,   uning   kuch-qudrati   va   toza   faoliyati   faqat
qahramonlik   g‘alabalarida   ko‘ringan   zamonlardagina   paydo   bo‘lishi
mumkin” (V.Belinskiy, 167-bet).   Yeposda   xalq,   millat,   qabila   taqdirini   hal
qiladigan   buyuk   tarixiy   voqelar   tasvirini   topgani   sabab,   uning   bosh
qahramoni   tarix   sanaladi.   Eposda   voqea   hukmron   bo‘ladi   va   u   “tabiatning
o‘zginasi”tarzida,   “taqdirning   irodasi”   bo‘lib   namoyon   bo‘ladi.   Uni   inson
o‘zgartira   olmaydi,   balki   u   insonni   o‘zining   irodasiga   bo‘ysindiradi.
Homerning   “Iliada”   va   “Odessiya”si,   hindlarning   “Mahobhorat”   va
“Ramayana”si,   qirg‘izlarning   “Manas”i,   o‘zbeklarning   “Alpomish”i
yuqoridagi mulohazalarning isbotidir.  Folklorshunos   Bahodir   Sarimsoqov
ta’kid   etganidek,   tarixiy   shaxsning   bahodirliklari   bilan   bog‘liq   voqealar
haqida   yaratilgan   turkum   liro-yepik   qo‘shiqlar   asoslik   vazifasini   o‘taydi.
Keyinchalik   shu   qo‘shiqlar   o‘zaro   birikib,   epik   jihatdan   to‘lishib   yagona
epopeya   shakliga   ega   bo‘ladi,   ya’ni   qo‘shiqdagi   memorat(xotira)   xiralashib,
fabulat(epika)ga aylanadi. 1 
1  Biz bilgan “Alpomish” klassik epos shaklidadir.
U bu shaklga kirguncha tarixiy qo‘shiq – arxaik epos—xalqaro ideal(syujet)
—klassik   epos   jarayoni   bosqichlarini   o‘tishi   lozim   bo‘lganligini
B.Sarimsoqov   isbotlaydi:   “Birinchi   bosqich-syujetning   qadimgi   shaklidan
1 
 “Алпомиш”- Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси, Т., “Фан”, 1999, 133-бет (бундан кейинги иsтибосларда 
саҳифаларнигина кўрсатамиз). iborat   bo‘lib,   biz   uni   shartli   ravishda   arxaik   (eski)   epos   deb   yuritamiz.   Bu
bosqichda   qahramon   urug‘   yoki   qabila   boshlig‘i   bo‘lib,   o‘z   xatti-harakatida
urug‘   yoki   qabila   manfaatlarini   himoya   qiladi,   uni   dushmanlardan
muhofazalaydi.   Parchalanib   ketshdan   saqlaydi.   U   o‘zga   yurtlarda
bahodirliklar   ko‘rsatib,   o‘z   yorini   olib   keladi   va   oila   qurish   orqali   ijtimoiy
tuzumni   izchillashtirishga   intiladi.   Shu   bois,   arxaik   epos   syujeti   ixcham-bir
qismdan   iborat   bo‘ladi.   Bunday   syujetning   esa   xalqaro   epik   normalar
miqyosiga   ko‘tarilishi   qiyin.   Chunki   har   bir   urug‘   yoki   qabila   o‘zining
mahalliy tarixiga, qismatiga ega va bu tarix yoki qismat o‘zga etnoslar uchun
qadrli bo‘lmaydi”(135-bet).  Bu   bosqichdagi   syujetni   ming   yil   bilan
o‘lchashdan   ko‘ra,   yana   shuncha     yillar   qo‘shganda   ham   kamlik   qilishini
alohida ta’kidlash o‘rinlidir.   Ikkinchi   bosqichda   urug‘   va   qabilaga   xos
bahodirlik ideallari-yel-yelat yoki xalq ideali darajasiga ko‘tariladi, buni voqe
qiladigan   yangi   syujet   qo‘shiladi:   “Erning   o‘z   xotinining   to‘yiga   notanish
qiyofada   kelishi   va   jasoratlar   ko‘rsatib,   oxir   oqibatda   o‘z   yoriga,   qo‘lidan
ketgan hokimiyatiga erishishdan iborat syujet esa xalqaro miqyosda tarqalgan
syujet   hisoblanadi.   Masalan,   bu   syujet   Homerga   nisbat   beriladigan   yunon
eposlari   “Iliada”   va   “Odessiya”da,   o‘zbek   “Alpomish”ida,   rus   bilinasi
“Dobrinya va Alyosha”da ham uchraydi” (138-bet).  Arxaik   syujetga   xalqaro
miqyosdagi syujetning qo‘shilishi va uning yaxlitlashuvi-parchalanib ketgan
urug‘   (el-yelat)ni   birlashtirish   va   xalq   idealidagi   adolatni   qaytadan   tiklash
g‘oyasini   yuzaga   chiqaradi;   uning   ta’sirchan   ifodasi   eposning
umumbashariyligini   ta’minlaydi;   “Alpomish”   klassik   epos   namunasiga
aylanadi   (mana   shu   holatga   kelganiga   ming   yil   bo‘lganini   ta’kidlash
asoslidir);   uning   jahoniy   mazmunidagi   o‘zbek   milliy   ruhining   jozibasini
barcha   anglaydi,   uning   ulug‘vorligi-yu   go‘zalligidan   hamma   xalqlar   bahra
topadi, saboq chiqaradi.   Davrlarning o‘zgarishi – eposni ham yangilaydi, qadimgi eposda olam
– keng ko‘lamda , katta hajmda aks ettirilgan bo‘lsa, hozirgi zamon eposida
olam   –   miniatyura   shaklida   (tomchida   quyosh   aks   etganidek)   tasvirini   topa
boshladi.   Shuning   uchun   V.   Belinskiy   “roman   –   bu   miniatyuradagi   olam”
degandi. Bu I. Sulton yozganidek, realistik ijodiy metodning tug‘ilishi hamda
tantanasi bilan bog‘liqdir.  Yangi   eposda   ob’ektivlik   va   ko‘lamdorlik
xislati   ortadi.   Haqqoniylik     oliy   darajaga   ko‘tariladi.   Voqeabandlik
saqlangani   holda,   insonning   hatti-   harakati   “taqdir   irodasi”   ga   emas,   balki
real   (tipik)   sharoitning   ta’siri   bilan   o‘lchanadi.     Shu   hisobga   afsonalar,
mifologiyalar, tasavvur etib bo‘lmaydigan mubolag‘adorlik o‘rnini hayotning
mohiyatini   ochib   beruvchi   realliklar,   asoslar,   rostgo‘ylik,   haqqoniylik
egallaydi.   Qadimgi va yangi eposning xususiyatlarini birdam tasavvur etish
uchun   ikkita   misol. Alisher   Navoiyning   “Farhod   va   Shirin”   dostonining
XXXI bobi sarlavhasi shunday:  “Farhodning   teshasi   toshni   pora-pora
qilmoq bilan tog‘ bag‘riga kovkov solg‘on sadoni Shirin eshitgoni va quyosh
tog‘din   tulu’   qilg‘ondek,   ul   kuhi   balo   sarvaqtig‘a   yetgoni   va   aning   metini
lam’asining barqi muning xorodek ko‘nglig‘a asar etgoni va quyosh tuproqqa
nur sochg‘ondek, ul hokiyga mehr zohir qilg‘och, aning tuprog‘dog‘ilaridek
o‘zidin   ketgoni   va   umri   quyoshi   boshiga   kelgach,   aning   hayoti   sham’i
uchg‘oniga Shopurning sham’dek kuyub, yig‘lab boshiga o‘t chiqarg‘oni va
o‘lukni   mahdg‘a   solgandek,   ul   quyosh   oni   tuproqdin   ko‘tarib,   bihisht   oso
manzilg‘a olib borg‘oni”.  A. Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanining II bobi
sarlavhasi shunday: “Xon qiziga loyiq bir yigit”.  Bundan   shunday   xulosa
qilish   mumkin:   Qadimgi   eposni   –   okean   (ummon)   ga   qiyoslasak   (uning
to‘lqinlari   shiddatini   bir   tasavvur   qiling-a),   hozirgi   epos   –   daryoga   tengdir.
Hozirgi eposning eng katta janri “roman kichraytirilgan olam”(N.E. Saltikov
-   Shchedrin)   deya   ta’riflandi.   Ummon   ham,   daryo   ham   bo‘lishi   mumkin
bo‘lgan   olamni   kashf   etadi.   Faqat   ikkalasinining   tasvir   doirasi,   ko‘lami, qahramonlari   ikki   xil.   Birida   romantizm   barq   ursa,   ikkinchisida   realizm
kudrati   namoyon   bo‘ladi.   “Zamonamizning   epopeyasi   romandir.   Eposning
hamma   asosi,   muhim   xususiyatlari   romanda   bordir,   faqat   ayirmasi
shundaki, romanda boshqa elementlar, boshqa manzara hukm suradi.   Bunda
qahramonlik hayotining afsonaviy o‘lchovlari, qahramonlarning azamat
siymolari   yo‘q,   bunda   xudolar   ishtirok   qilmaydi:romanda,   odatdagi,
prozaik hayotning hodisalari  ideallashtiriladi,  umumiy tip ostiga olinadi...
bunda   odamning   taqdiri   uning   jamiyatiga   nisbatan   muhim   bo‘lib
qolmasdan,   balki   insoniyatga   ham   muhimdir ”(V.   Belinskiy,   175-   bet,
ta’kidlar   bizniki   –   H.U.).                   V.Belinskiy   fikrlarini   davom   ettirib,   badiiy
asar   sifatida   romanning   vazifasi-   kundalik   hayot   va   tarixiy   voqealarning-
yashirin qalbini, jonli g‘oyasini ochish ,tarqoq voqealarni ruh va  aql maskani
qilish   ekanligini   alohida   ta’kidlaydi   .   Shu   asosga   tayanib,   yozadi:   “Roman
badiiyligining darajasi asosiy ideyaning chuqurligiga va ayrim hususiyatlarda
u ideyani tashkil etgan kuchga bog‘liqdir .O‘z vazifasini bajarish bilan roman
ozod     fantaziyaning   mevasi   bo‘lgan   hamma   boshqa   asarlar   qatoriga   o‘tadi,
mana   shu   ma’noda   roman   oddiy   xalqning   zarur   ehtiyojlarini   ta’min   etuvchi
yuzaki   bellitristik   asarlardan   qat’iy   ravishda   ajratilishi   kerak”   (V.Belinskiy,
176- bet). Bu g‘oyani chuqurligi romanga xos tafakkurning- hayot falsafasini
teran tahlili bilan o‘lchanadi.  Yepos   tadqiqotchisi   E .A.Karimov     Gi   de
Mopassan   (“Roman   olamning   falsafiy   konsepsiyasi   asosida   yuzaga   keladi”)
ta’rifiga   asoslanib,   “Olamning   yaxlit   falsafiy   konsepsiyasi   yo‘q   asar   roman
bo‘lolmaydi” 1
,- deydi va davom etib yozadi: “Roman – bu olam va tarixga,
jamiyat   va   bashariyatga,   uning   muammo   va   tashvishlariga,   urush   va
sulhlariga,   siyosiy   va   sinfiy   jang   –   jadallariga,   qo‘zg‘olon   va   inqiloblariga,
ulkan   va   kichik   voqealariga   ochiq   qaratilgan   adabiy   –   badiiy   sistema,   yirik
badiiy shakl. Faqat roman emas, romanda tasvirlangan bosh qahramon ham,
1 1
 Қаранг: Адабий тур ва жанрлар, Т., “Фан”, 1991,  I том, 18- бет. uning qalb va fikri olamga, koinotga qaratilgan” 2
  Professor   S.
Mirzaevning   “O‘zbek   romanchiligi”   qo‘llanmasidagi   o‘zbek   romanlarining
xronologik   ko‘rsatkichiga   tayansak,   unda   1989   yilgacha   219     ta   o‘zbek
romani yaratilganiga shohid bo‘lamiz. Agar ularga keyingi o‘n yilliklar ham
qo‘shilsa,   o‘rtacha   300   ga   yaqin   roman   yaratilgan.   Demak,   1922   yilda   A.
Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan boshlangan bu jarayon izchil davom
etmoqda.   Lekin   yaratilgan   hamma   romanlar   ham   –   roman   janrining
talablariga   javob   bera   olmaydi;   ularning   judayam   ko‘pchiligida   hayotni
yuzaki   tasvirlash   oqibatida   (“Yashil   boylik”   -   S.Nazar,   “Ziyod   va   Adiba”   -
Mirmuhsin,   “Shinelli   yillar”   –   Shuhrat,   “Oqsoy”   -   S.   Anorboev,   “Odam
qanday   toblandi”   -   I.   Rahim,   “Binafsha   atri”   -   H.G‘ulom,   “Jimjitlik”   -   S.
Ahmad)   asosiy   g‘oya   chuqur   ochilmaydi,   jamiyat   va   inson   olami   falsafasi
talqini  talab darajasida ko‘zga tashlanmaydi.   Ko‘pchilik (“Dushman”, “Ilon
kuchi”,   “Vafo”,   “Chiniqish”,   “Qizil   Buxoro”,   “Mashrab”,   “Jannat   qushi”,
“Oqibat” singari) romanlar nomukammal, voqealar rivoji sust, ular markaziy
o‘qqa   (g‘oyaga)   birlasha   olmaydilar,   tarqoqliklaricha   qolaveradilar.
Qahramonlardagi   odamiy   tuyg‘u,   xislatlar   tasviri   o‘rnini   siyosiy   qarashlar,
soxta g‘oyalar, yasama oldi – qochdilar egallaydi.  “Olamning   yaxlit
falsafiy   konsepsiyasi”   “O‘tkan   kunlar”   (A.Qodiriy),   “Sarob”   (A.   Qahhor),
“Qutlug‘ qon”, “Navoiy” (Oybek), “Yulduzli tunlar” (P.Qodirov), “Ulug‘bek
xazinasi”   (O.   Yoqubov),   “Girdob”   (O‘.   Usmonov),   “Lolazor”   (Murod
Muhammad Do‘st), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod) kabi sanoqli
romanlardagina aksini topgan.   Darvoqe, “Sharq” nashriyoti “XX asr o‘zbek
romani” turkumida shularga o‘xshash 17 ta romanni eng sara va mukammal
asar deb topgan va nashr etishga qaror kilgani ham bejiz emas. Ularda olam
butun   murakkabligi,   ziddiyatlari   bilan   tasvir   etilgan,   hayot   oqimining     ichki
qonun   –   qoidalari,   insonning   mohiyati,   qalb   tebranishlari   kashf   qilingan.  
2 2
  Қ аранг: Шу асар, 19- бет. Asl romanlar ichidagi birlamchi o‘rin hamon shu maktabning asoschisi
bo‘lgan   Abdulla   Qodiriyga,   uning   “O‘tkan   kunlar”iga
tegishlidir.Tug‘ilganidanoq   jahonaro   umrboqiy   romanlar   qatoridan   o‘rin
olgan bu asar – o‘zbek romanchilik maktabining (farang, rus, ingliz, olmon,
hind   maktablaridan   keyingi   oltinchi   maktabni   A.   Qodiriy   yaratib   berdi,
degandi Ye. E. Bertels) takomillashish jarayoniga badiiy nur berib kelmoqda.
Romanlarni siyosiy, tarixiy – biografik, ijtimoiy – psixologik, fantastik,
tarixiy   –   sarguzasht,   ijtimoiy   –   maishiy,   roman   –   monolog   kabi   xillarga
bo‘lish   (S.   Mirzaev,   13-14-   bet   )     o‘zini   oqlamaydi.   Chunki   bunda   janr
tushunchasidan   chekiniladi,   ya’ni   adabiyot   qonunlariga   tayanmasdan,
mavzuiga,   undagi   pafosning   ko‘rinishiga   qarab   sosiologiya   nuqtai   –
nazaridan   umumlashtiriladi.   Unga   asoslansak,   roman   xillarini   istagancha
davom   ettirish   mumkin:   O‘qituvchilar   haqida   roman,   tadbirkorlar   haqida
roman, ijtimoiy – kulguli roman kabi.  Holbuki,   tarixiy   romanning   o‘ziga
xos   farqlanuvchi   xususiyatlari   bor.   O‘zbek   adabiy   tanqidida   bu   sohada   (S.
Mirvaliev,   U.   Normatov,   M.   Qo‘shjonov,   N.   Xudoyberganov   va   sh.k.)
bahslarini tahlil qilib, professor Akram Kattabekov shunday xulosaga keladi:
“Shunday   qilib   eng   yaxshi     romanlarga   xos   xususiyatlar:     Asarning   ob’ekti
sifatida   xalq   va   jamiyat   hayotida   eng   muhim   sanalgan   davrlar,   voqealar   va
ko‘zga ko‘ringan shaxslar hayoti olinishi; Tasvirlanayotgan davr   va undagi
voqealar,tarixiy   shaxslarga   nisbatan   yozuvchi   ilmiy   -   estetik
konsepsiyasining   bo‘rtib   turishi   lozimligi,   davr   ijtimoiy   –   siyosiy
xarakteristkasini   yaratish;   Yozuvchi   bilan   tasvir   ob’ekti   o‘rtasida   jamiyat
taraqqiyotining   muhim   etaplari   bilan   izohlanuvchi   davriy   masofani   mavjud
bo‘lishi va nihoyat; Tasvirlanayotgan voqealar va shaxslar hayotining chuqur
badiiy tadqiq etilishi, tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga o‘sib chiqishi shart
ekanligi   kabilar   bugungi   kun   romanlarini   baholashda   asosiy   mezon   bo‘la olishi   mumkin” 1
.     Bu   mulohazalardan   ikkita   fikr   (“yozuvchi   bilan   tasvir
ob’ekti o‘rtasidagi jamiyat taraqqiyotining muhim etaplari bilan izohlanuvchi
davriy   masofaning   mavjud   bo‘lishi”   va   “tarixiy   haqiqatni   badiiy   haqiqatga
o‘sib   chiqish   sharti”)   dan   boshqasi   hamma   romanlarga   xos   xislatdir.   Zero
“Tarixiy asarning eng muhim alomatlaridan biri shuki, unda o‘tmishga yangi
bir   davr   mafkurasi,   estetik   ideali,   axloqiy   –   ma’naviy   talablari   nuqtai
nazaridan   baho   berilishi   lozim   ”.   Biz   ham   shunday   fikrdamiz.   V.   G.
Belinskiy asoslaganidek, romanning ikki turi mavjud : tarixiy va zamonaviy
roman.   Boshqalarini   asossiz   o‘ylab   chiqishga,   har   biriga   xos   xususiyatni
“kashf” etishga hojat bo‘lmasa kerak. Romandagi epik xarakterlar tasviri ikki
kitobda nihoya topsa- dialogiya   (“Tutash olamlar” -   Hojiakbar Islomshayx),
uch   kitobda   tugallansa   –   trilogiya   (“Ufq”   -   “Qirq   besh   kun”,   “Hijron
kunlarida”,   “Ufq   bo‘sag‘asida”;   Said   Ahmad),   to‘rt   kitobga   sig‘sa   –
tetralogiya  (“Qora dengiz to‘lqinlari” - “Oqarib ko‘rinur yolg‘iz bir yelkan”,
“Cho‘ldagi   xutor”,   “Qishki   shamol”,   “Sovetlar   hokimiyati   uchun”;
V.Kataev),   besh   kitobga   yetsa   pentalogiya   (“Uch   mushketyor”,   “Yigirma
yildan   so‘ng”,   ikki   kitobdan   iborat   “O‘n   yildan   so‘ng   yoki   vikont   de
Brajelon”,   “Temir   niqob”   -   Dartanyan   xarakteri   tasviri   bilan   bog‘liq
Aleksandr   Dyuma   asari”)   deb   yuritiladi.   “Urush   va   tinchlik”   (Lev   Tolstoy),
“Tinch   Don”   (Mixail   Sholoxov)lar   to‘rt   kitobdan,   “Jan   Kristof”   (Romen
Rollan)   o‘n   jilddan   iborat   bo‘lishiga   qaramay,   ulardagi   ko‘lamdorlikning
hajmi va sifatiga asoslanib  roman – epopeya  deb atash amaliyotda uchraydi.
Olamni   birvarakayiga   epik   ko‘lamdorlikda   va   ehtiroslar   tug‘yonida
tasvirlovchi,   g‘oyatda   mubolag‘ador   sarguzashtlarga   boy,   romantik
bo‘yoqdor   yirik   hajmdagi   asar   –   doston   (forscha-tojikcha   so‘z,   ma’nosi,
nazm   yoki   nasr   bilan   yozilgan   hikoya,   poema;   epik   asar;   sarguzasht,
kechmish voqealar) deb yuritiladi. U adabiyotimizdagi epos singari qadimiy
1 1
 А.Каттабеков. Тарих сабоқлари, Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986, 280- бет. va   go‘zal   janrdir.   O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodida   birgina   doston   tasnifining
o‘ziyoq, epos janrlari va ko‘rinishlarining ko‘p qirraligini isbotlay oladi:
   1. Qahramonlik dostonlari (“Go‘ro‘g‘li”, “Ravshankom”);
   2. Jangnomalar (“Yusuf va Ahmad”, “Alibek va   Bolibek”); 
    3. Tarixiy dostonlar (“Shayboniynoma”, “Jizzax qo‘zg‘oloni”);
   4. Ishqiy- romantik dostonlar (“Malikai ayyor”, “Rustamxon”);
   5. Kitobiy dostonlar (“Farhod va Shirin”, “Tohir va Zuhra”);
Ko‘rinadiki,   dostonlarning   barcha   ko‘rinishlari   ham   eposga   mansub,
ular   xilma   –   xil   bo‘lsa-da,   baribir   epik   niyatning   yagona   konsepsiyasiga
bog‘lanadilar.  
“Go‘ro‘g‘li”,   “Kuntug‘mish”,   “Ravshanxon”,   “Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi”,   “Go‘ro‘g‘lining   bolaligi”   kabi   dostonlar   xalq   og‘zaki   ijodi
namunalari   sanalsa,   “Yusuf   va   Zulayho”   (Durbek),   “Gul   va   Navro‘z”
(Lutfiy),   “Lisonut   tayr”   (A.Navoiy),   “Shayboniynoma”   (Muhammad   Solih),
“Muhabbatnoma” (Xorazmiy)lar – yozma adabiyotning kashfiyotlaridir. 
Ko‘rinadiki,   dostonlar   asosi   (og‘zaki   va   yozma   namunalari)da   –   ertak,
afsona,   rivoyatlar   yotadi,   ular   har   bir   san’atkorning   salohiyatiga   mos   tarzda
qayta   ishlanadi,   muayyan   davrning   aniq   ijtimoiy   –   siyosiy,   ma’naviy   –
ahloqiy   muammolarini   jonlantiradi.   “Bu   asarlarda   ishtirok   etuvchi
qahramonlarning   soni   ko‘p   va   xilma-xildir.   Ular,   ko‘pincha,   katta   -   kuch
qudratga   ega   bo‘lgan   kishilar,   lashkarboshilar,   podshohlar,   donishmandlar,
munajjimlar,   oddiy   odamlar,   qanotli   otlar,   yalmog‘izlar   va   ajdarlar,   sirli
qushlar va ilohiy kuchlar qiyofasida ko‘rinadilar” (E.Xudoyberdiev, 197-bet).
Dostonlarda   alohida   kirish   qismi   (“Hamd”,   “na’t”,   “munojot”,   “madh”   va
“sababi   nazmi   kitob”   kabi)   bo‘lib,   bularda   Alloh   va   uning   payg‘ambarlari
madhi, shu mavzuda avval boshqa shoirlar tomonidan yozilgan dostonlarning
yutuq   va   kamchiliklarini   baholash,   ulardagi   xatoliklarni   rad   etish,   o‘z
asarining   ulardan   farqlari,   dostonni   yozishga   nimalar   sabab   bo‘lgani   va hokazolar (masalan, Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”ining 1-11 boblarida)
ta’riflanganidan   so‘ng,   asar   syujeti   (12   bobdan)   boshlanadi.   Dostonlarning
xotimasida   san’atkor   zamoni   va   zamondoshlari   (masalan,   Alisher   Navoiy
“Farhod   va   Shirin”   dostonida   “sultonlik   shajarasining   samarasi   shahzoda
Abulforis Shohg‘arib Bahodir madhida” bir necha so‘z bilan nasihat beradi;
“Kimki,   olimlarga   ta’zim   qilsa,   go‘yo   u   payg‘ambarlarga   ta’zim   qilgandek
bo‘ladi” tarzida hikmatlar sochadi) haqida mulohazalar yuritadi. O‘zi va ijodi
haqida,   yaratgan   asarining   bitirish   vaqti   haqida   (“Tangriga   maqtovlar
bo‘lsinki,   bu   g‘am   dostoni,   firoq   ahlining   motam   dostoni,   zamon   umrim
nomasini,  tugatmay,  visol  ayyomi  kabi  oxiriga  yetmoqda.  Yozilgan  yilining
to‘g‘risini aytsam, hijriy 889 yil  edi:
Bihamdillahki, bu g‘am dostoni, 
Firoq ahliga motam dostoni, 
Tugatmay nomai umrumni ayyom, 
Visol ayyomi yanglig‘ topti itmom.
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz,
Sekiz yuz sekson erdi dog‘i to‘qquz”)
batafsil ma’lumot beradi.  
Dostonning   ana   shu   xususiyatlariga   tayanganda   “Alpomish”ni
(masalan,   N.Shukurov,   N.Hotamov,   Sh.Xolmatov,   M.Mahmudovlar   kabi)
doston  deb  yuritish  o‘zini  oqlamaydi.   “Alpomish”da   qahramonlik  eposining
barcha   xislatlari   yaqqol   ifodasini   topganligi   uchun   –   uni   epos   deb   yuritish
asoslidir.   Unga   Go‘ro‘g‘li,   Avazxon,   Ravshanbek   obrazlarini   yuqoridagi
olimlar   singari   Alpomishga   tenglashtirish   ham   o‘zini   oqlamaydi,   ularni
doston   janrida   yaratilgan   halq   qahramonlari   obrazlari   tarzida   talqin   qilish
to‘g‘riroqdir.
B. Eposning o‘rtacha janrlari Qissa   (arabcha,   ma’nolari   “voqeiy   hodisa   yoki   afsonalar   bayon
qilingan   epik   asar;   syujetning   murakkabligi   jihatidan   romandan   ko‘ra
soddaroq   badiiy   asar”)   –   eng   qadimgi   janrlardan   biri   bo‘lib,   unda,   asosan
ishqiy   mazmun   yetakchilik   qiladi.   Ayniqsa,   “muayyan   payg‘ambar   yoki
avliyo,   dono   shaxs   yoki   tengsiz   pahlavonlar   obrazlarining   ibratomuz   xatti-
harakatlari   misolida   butun   xalqning   tarixini   ideallashtirib   ko‘rsatish”
(B.Sarimsoqov)   qissalarning   mohiyatini   tashkil   qiladi.   Ularning   barchasini
umuminsoniy   yagona   ruh   birlashtirib   turadi.   Bahodir   Sarimsoqovning
ta’kidlashicha, bu - hayotda pokdomon  bo‘lish, adolat uchun jon fido qilish,
el-yurt   qayg‘usi   bilan   yashash,   sadoqatli   muhabbat   nuridan   bahramand
bo‘lishdir.  “Ibrohim   Adham   qissasi”,   “Amiri   Axtam   qissasi”,   “Bobo
Ravshan qissasi”, “Qissasi Rabg‘uziy” (Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy),
“Hazrati   Ali   haqida   o‘n   to‘rt   qissa”   kabi   xalq   kitoblari   nomi   bilan   chop
qilingan   asarlar   (Ular   ko‘pincha   to‘y-hashamlarda,   choyxonalarda,   maxsus
yig‘inlarda   –   qissaxonlik   kechalarida   qissaxonlar   tomonidan   o‘qilgan)   qissa
janrining namunalaridir.  Jumladan, “Hazrati Ali haqidagi o‘n to‘rt qissa”
da ham Hazrati Alining Allohga qo‘ygan ishqi va shu ishq yo‘lida ko‘rsatgan
qahramonliklari (masalan, Ajdarning halok etilishi, Maqsura otlig‘ kofirning
yuz yigirma ming qo‘shinini o‘ldirilishi va hokazo) mo‘jizalari keng hikoya
qilinadi.   Epik   tasvir   g‘oyatda   mubolag‘ador   tarzda,   folklorga   xos   ohang   va
sodda til bilan bayon qilinadi, romantik tasvir yetakchilik qiladi.
Povest  (ruscha so‘z, ma’nosi hikoya, rivoyat qilish)ning asosiy belgisi,
unda   “Hayotiy   qamrovning   romanga   nisbatan   torligi,   hikoyaga   nisbatan
kengligi; shunga muvofiq syujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan
soddaligi,   hikoyaga   nisbatan   murakkabligi   hisoblanadi”   (N.Hotamov,
B.Sarimsoqov,   235-bet).   “Romanda   olamning   yaxlit   falsafiy   konsepsiyasi”
bo‘lishi   shart   bo‘lsa,   bu   hodisaning   bir   qismi(parchasi)ni   bir-ikki   qahramon
taqdiri   misolida   yechilishi   povest   uchun   yetarlidir.   Faqatgina   hayotiy voqealar   tasviridan   katta   umumlashmalar   chiqarish,   muayyan   davr   hayot
tarzidan   gumanizm   falsafasini   yorqin   e’zozlash   pafos   darajasiga   ko‘tarilishi
kerak.   Shu   sabab   V.Belinskiy:   “Povest   ham   ayni   romanning   o‘zginasidir,
faqat   kichik   hajmdadir,   asarning   hajmi   mazmunning   hajmi   va   mohiyatiga
qarab   belgilanadi”,   -   degan   edi   “Poeziyaning   xil   va   turlarga   bo‘linishi”
maqolasida.
Povestda   syujet   ham,   konflikt   ham,   kompozitsiya   va   boshqa   unsurlar
ham   qissaga   nisbatan   ixchamroq   bo‘ladi,   tezroq   suratda  rivojlanadi,  realizm
yetakchilik   qiladi   va   chuqurroq   ifodasini   topadi.   Asardagi   asosiy
personajlarning  hayotlarida  yuz  bergan  bir  qator   tipik  voqealar  siqiq  tarzda,
ko‘pincha,   bitta   yetakchi   syujet   yo‘nalishiga   asoslangan   holda   yoritiladi.
Jumladan,   G‘.G‘ulomning   “Yodgor”   povestida   Jo‘ra   xarakterining
shakllanishi   bilan   bog‘liq   voqealar   tasvirlanadi,   barcha   voqealar,   Yodgor,
Saodat,   Mehrixon,   Abdug‘ani,   Obid,   Umar   aka   kabi   obrazlar   –   qahramon
Jo‘ra   xarakterining   tipik   xususiyatlarini   ochishga,   asardagi   insoniylik
g‘oyasini   bo‘rttirib   ko‘rsatishga   bo‘ysinadi.   G‘afur   G‘ulomning   “Shum
bola”,   S.Ayniyning   “Sudxo‘rning   o‘limi”,   A.Qahhorning   “Sinchalak”,
O‘.Hoshimovning   “Dunyoning   ishlari”,   Ne’mat   Aminovning   “Bir   asr
hikoyati” povest janrining yetuk namunalari sanaladi.
Po e ma   (yunoncha   poiema   –   ijod)da   hayot   va   odamlar   qalbi   epik
(voqea)   va   lirik   (kechinma   -   tuyg‘ular)   tarzida   kashf   etiladi.   To‘g‘rirog‘i,
poemada   epika   va   lirika   birlashib,   yaxlit   liro-yepik   oqimni   vujudga   keltirib
hayotiy   voqea-hodisalarning   va   qahramon   xarakteridagi   kuchning   ruhi
(qalbi)ni   ochadi,   tahlil   qiladi,   hayajonli   ifodalaydi.   “Qisqasi,   poema   qalb
qo‘shig‘i,   undagi   lirik   element   ham,   epik   element   ham   poeziya,   qo‘shiq
darajasiga   ko‘tarilgan   bo‘lmog‘i   lozim...   poemada   voqea,   dramatizm   asosan
qahramon qalbi orqali o‘tadi. Poemada kitobxonni voqealarning izchil tasviri
emas, balki voqealar tufayli qahramon qalbida tug‘ilgan psixik kechinmalar – dramalar, o‘ylar, tuyg‘ular tasviri qiziqtiradi.” 1
 Lekin, bu poemada epik tasvir
ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi, degani emas. Balki qahramon qalbidagi
cheksiz   o‘ylar,   behisob   tuyg‘ular   dramatizmining   haqqoniyligini,
samimiyligini,   boshqacha   bo‘lishi   mumkin   emasligini   asoslovchi,   keltirib
chiqaruvchi,   rivojlantiruvchi   omildir.   Ana   shu   xislati   bilan   u   epik   turning
“qo‘shig‘i”dir.
Po e ma   –   lirik,   epik,   liro-yepik,   dramatik   bo‘lishidan   qat’i   nazar,
ularning   barchasida   hayot   (davr)ning   epik   qiyofasi   shoir   shaxsiyati
(to‘g‘rirog‘i, lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea-hukmronlik qiladi,
uning   hukmiga   asosan   qalb   qo‘shig‘ini   kuylaydi.   Lekin   bu   qo‘shiq   doston
janriga nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o‘ta real, o‘ta lirikdir.
“Zaynab   va   Omon”   (Hamid   Olimjon),   “Toshkentnoma”   (Maqsud
Shayxzoda), “Surat” (Mirtemir), “Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov), “Jannatga
yo‘l” (Abdulla Oripov), “Xalil Sulton” (Usmon Azim)kabi barkamol asarlar
poema   janrining   barcha   hislatu   fazilatlarini,   mumtoz   xususiyatlarini   o‘zida
jam etganlar.    
V. Eposning kichik janrlari
Ballada   (gr.balare   co‘zidan   fr.   baler   co‘zi   kelib   chiqqan,   ma’nosi   1)
“tovushga taqlid qilish, masalan, ma’rash”, 2) “raqs tushish”) janridagi bosh
xislat   –   kutilmagan   syujet   (voqea)ning   kutilmagan   final   (xotima)   bilan
tugashiga,   qahramon   qalb   kechinmalari   va   ruhiyatining   dramatik   izhoriga
bag‘ishlangan asardir; to‘g‘rirog‘i, undagi bu ikki (epik va lirik) holat-davr va
qalb   dramasi   kashfi   birlashib,   qalb   faryodi   izhoriga   aylanganda   ballada
tug‘iladi. Unda epik tasvir (etakchi) va lirik tasvir (ichki tug‘yon; ikkilamchi)
nisbati   buzilmasligi,   lirizm   voqeaning   ichida   yashashi   lozimligi     shart.   Bu
epik turning bosh qonuniyatdir.
1 1
 У.Норматов. Жанр имкониятлари, Т.,  Ғ афур  Ғ улом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 
1970, 14-17 –бетлар. Jumladan,   “Jangchi   Tursun”   (H.Olimjon)   balladasida   Tursun   “jon
shirin”   ko‘ringanidan   “qochmoqni   xayol”   qilib   turganida,   kutilmaganda
onasidan xat oladi. Shu voqea tufayli asar boshida kutilgan voqea (“qochish”)
boshqa   (fashistlardan   Vatanni   ozod   etish   yo‘lida   jon   berish   bilan)   tugaydi,
ya’ni   asar   xotimasi   kutilmagan   final   bilan   yakunlanadi.   Ana   shu   jarayonda
qattiq   qo‘rquv   ichida   turgan   Tursunning   qalbida   onaning   faryodi   tufayli
o‘zgarish yuz beradi, hayot mohiyatini, umr mazmunini chuqur   anglaydi va
ona,   ona-Vatan   ozodligi   uchun   ayovsiz   jangga   kiradi:   “qochoq”lik
“qahramon”lik   bilan   almashinadi.   Balladada   “muhim   narsa   voqea   emas,   u
uyg‘otgan   sezgidir,   o‘quvchiga   u   bergan   o‘ydir”   (V.Belinskiy,   191   –   bet),
saboqdir. “Jangchi Tursun”da bu quyidagicha ifodasini topgandir:
...Erkalanib yotadi
U Vatan tuprog‘ida.
Yosh bola yotganiday
Onaning quchog‘ida.
“Ballada syujetini harakatga keltiruvchi kuch lirizm va dramatizmdir...
Keskin   dramatizmsiz   va   kuchli   lirizmsiz   balladaning   bo‘lishi   aslo   mumkin
emas. Keskin dramatik tuyg‘ular, tug‘yonlar mahsuli bo‘lgan balladada to‘liq
bir   voqeaning   boshidan   to   oxirigacha   tasvirlab   berish   shart   emas.   Unda
ko‘pincha   inson   hayotida   kutilmaganda,   tasodifan   ro‘y   bergan,   uning
taqdirini   hal   etadigan,   hayotida   burilish   yasay   oladigan   dramatik
mazmundagi   epizodlar   tanlanib,   ular   nihoyatda   tarang   holatda,   avj   nuqtada,
eng keskin va shiddatli, baland ruh va yorqin bo‘yoqlarda, dialogik formada
bayon   etiladi.   Balladada   ko‘pincha   bir   yoki   ikki   asosiy   qahramon   bayon
markaziga   qo‘yiladi.   Bu   qahramonlarning   irodasi   o‘zining   eng   yorqin
namoyon bo‘lgan paytida, faoliyati eng keskin joyida, xarakter xususiyatlari charaqlab   ko‘ringan   momentlarda   ko‘rsatiladi”   (Murod   Ibrohimov.   O‘zbek
balladasi, T., “Fan”, 1974, 125-126 betlar).
Masal   (arabcha   so‘z,   ma’nosi   “namuna”)     voqelikni   allegorik
(kinoyaviy)   va   simvolik   (ramziy)   obrazlar   yordamida   ifodalovchi,   real
turmush   va   odamlarning   ko‘rinishlari,   xarakter   qirralarini   kinoya,   kesatish,
kulgu,   g‘azab   kabi   xususiyatlar   vositasida   ochuvchi,   “qissadan   hissa”
(bevosita yoki bilvosita) chiqaruvchi epik janrdir. U masal – hikoya, masal –
ertak,   masal   –   feleton,   masal   –   pamflet,   masal   –   epigramma   kabi
ko‘rinishlarga   ega   bo‘lishidan   qat’i   nazar,   voqelikdagi   barcha   hodisalarning
mohiyatini   chuqur   ochishga,   ochganda   ham   axloqiy   –   didaktik   saboq   va
xulosalari, o‘git va nasihatlari bilan insonni poklikka, ezgulikka yetaklashga
qodirdir.
Masal   janrining   asoschisi   ezop   bo‘lgani   sabab,   u   “Ezop”   nomi   bilan
ham yuritiladi: masal tili - ezop tili kabi. Ezopdan so‘ng bu janrni Lafonten
(fransuz),   Krilov   (rus),   Gulxaniy   (o‘zbek)lar     yangi   bosqichga   ko‘tardilar.
Masal,   ko‘pincha,   voqelik   va   odamlar   to‘g‘risidagi   haqiqatni   ochiqchasiga
aytishning   imkoniyati   yo‘q   paytlar   ko‘plab   yaratiladi   va   ramzli   tarzda
(pardali qilib)  bu haqiqatlarga ishora etiladi. Obrazlilikni bu ko‘rinishi inson
qalbini   “jarohatlamaydi”,   balki   hissaning   oson   “hazm   qilinishi”ni
ta’minlaydi,   ya’ni   ko‘ngil   xira   tortmaydi,   balki   u   haqiqat   (syujet)ni
qiziqarliligidan   oson   qabul   qilganini     “sezmay”   qoladi.   Jumladan,
I.A.Krilovning “Xo‘roz va inju donasi” masali ana shunday asardir:
Xo‘roz hadeb go‘ng titkilar edi,
Topib oldi-ku bir dona inju.
O‘zicha dedi: “Nega kerak bu?
Qanday bema’ni, foydasiz buyum,
Bekor titibman go‘ng uyum-uyum. Tentaklar borki, buni suyushar,
Hattoki qimmatbaho qo‘yishar.
Menga nima, bu-nimaga darkor, 
Topib olsaydim bir dona arpa
Hech bo‘lmas edim bunchalik xafa.
To‘g‘ri, arpada inju ko‘rki yo‘q,
Lekin, jig‘ildon bir oz bo‘lar to‘q.”
Nodonlar borki, tentak xo‘rozday fikr qiladi.
Yerga uradi asl buyumning  qadrini bilmay.
Go‘zallikning   asl   mohiyatini   tushunmay,   uni   faqat   o‘z   nafsi,   manfaati
nuqtai   nazaridan   o‘lchaydigan   farosatsiz   insonlar   Xo‘roz   obrazi   vositasida
g‘oyatda   kuchli   piching   (kesatiq)   orqali   fosh   qilinmoqdaki,   aslning   ,
odamiylikning   qadri   balandligi,     unga   yetishish   nodonlarning   qo‘lidan
kelmasligi   baralla   uqdirilmoqda.   Nodonlikdan,   tentakliklan
forig‘lik(qutulish)ka chaqirmoqda.
Latifa (arabcha   so‘z,   ma’nosi   “nozik,   yoqimli,   zarif”)   xalqning   o‘tkir
mushohadasi  asosiga  qurilgan   yoqimli   va  nozik   kulguli  eng  kichik   va   nodir
“hikoya” (“zarifa”, “ajiba”) sidir. Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning
bir   epizodi   nasriy   yo‘lda   kulguli   qilib   aytiladi,   epizod   qiziqarli
umumlashmaga,   muhim   fikrga,   yorqin   ifodaga   boy   bo‘ladi,   bu   xususiyati-
topqirlik va mahorat bilan yaratilgan bo‘lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi.
Ayni paytda, ular og‘izdan og‘izga tez o‘tib, yanada sayqallashadilar.
Latifaning   eng   muhim   xususiyatlaridan   yana   biri   undagi   konfliktning
ikki   (ijobiy   va   salbiy)   qutbligidir,   uning   yorqin,   bo‘rtib   ko‘rinishidir;
“boshqacha bo‘lishi mumkin”,  degan tushunchaga o‘rin qoldirmasligidadir.  Latifa   hamisha   hayot   bilan   aloqadorlikda   tug‘iladi.   Har   bir   davrning,
qavmning,   millatning   salbiy   illatlari   ayovsiz   fosh   etiladi,   poraxo‘rlik,
lo‘ttibozlik,   mansabparastlik,   maishatbozlik,   eskilik,   go‘llik,   laqmalik,
kaltafahmlik,   farosatsizlik,   ziqnalik,   xasislik,   uquvsizlik,   dangasalik   kabi
kamchilik   va   nuqsonlar   ustidan   achchiq   kulgu   qo‘zg‘otadi.   Uni   yaqqol
misolini   gabrovoliklar   (Bo‘lg‘oriya),   shildaliklar   (Olmoniya),   qazvinliklar
(Eron),   shirinilar   (Buxoro),   oltiariqliklar   (Farg‘ona),   xonqaliklar   (Xorazm)
latifalarida yaqqol ko‘rish mumkin. 
“Ziqna Shirini ko‘k choy ichib, ishkomning soyasida yonboshlab yotgan
edi,   kimdir   radiodan   aytib   qoldiki,   har   qaysi   atom   bombaning   qiymati   bir
necha million so‘m turadi!
-Ye-ye   xudo!-deb   yubordi   Shirini   falakka   ko‘z   tikkancha.   -   Axir   seni
saxovatli   deydilar-ku!   Agar   shunday   bo‘lsa,   chindan   bor   bo‘lsang,   bir
hikmat   qil:   shu   bombaning   aslidan   bizning   chorboqqayam   bittagina   tashla,
shunda   kun   ko‘rib,   odamga   o‘xshab   yashay!” (Oxunjon   Safarov.
Shirinqishloq latifalari. Buxoro nashriyoti. 1994, 56 -bet).
Latifaning   eng   kichik   ko‘rinishi   matbuotda   “ xanda ”lar   nomi   bilan
yuritiladi.   Xandalar   biron-bir   epizodning   “qaymog‘ini”   -   mohiyatini
birdaniga   kulminasion   cho‘qqiga   chiqaradi   va   dialogik   nutq   vositasida   uni
kulgili tarzda yechimga olib keladi. Jumladan, 
“Folbin mijoziga fol ochayapti. 
Yellik yoshgacha pulsizlikdan qiynalasan. 
Keyin-chi?
Keyinmi?.. Ko‘nikib ketasan”.
Hikoya   (arabcha   so‘z,   ma’nosi:   “1)   biror   narsaning   og‘zaki   bayoni,
tafsiloti;   2)   nasriy   yo‘l   bilan   yozilgan   kichikroq   badiiy   asar”)   –   Izzat
Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan  voqeadan kattaroq,
ammo   povestga   mazmun   beruvchi   voqeadan   kichikroq   sarguzashtni, ko‘pincha   kishi   hayotida   bo‘lgan   bir   epizodni   tasvirlaydi.   Darvoqe,   u   “...
minglab   bo‘laklarga   bo‘lingan   romandir...   kishilik   taqdirining   poyonsiz
poemasidan bir epizod... shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o‘zining
tor   ramkasida   ifoda   etadi”   (V.Belinskiy).   Hikoyanng   eng   ixcham   ko‘rinishi
novella   (it.   novella   -   yangilik)   deb   yuritiladi.   “Xarakterning   muayyan
vaziyatdagi   holati   voqeaning   keskin   burilish   nuqtasida,   dinamik   syujet,
kuchli dramatizm,  kutilmagan  yechim  asosida  ko‘rsatish    -  hikoya (novella)
uchun eng xarakterli xususiyatdir” (T.Boboev). Abdulla Qahhorning “Anor”,
“Bemor”,   “O‘g‘ri”   kabi   asarlari   hikoya   janri   talablariga   to‘liq   javob   berishi
bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Ularda kitobxon uchun yangilik bo‘la
oladigan turmush voqealari realistik va qiziqarli tasvirlangan.
Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu
lahzani   shunchalik   yorqin   ifodalashi   kerakki,   unda   hamma   so‘zlar   badiiy
“yuk” tashishi, “so‘z isrofgarchiligiga sabab bo‘ladigan ortiqcha detallar ham
bo‘lmasligi”   lozim.   Bu   haqiqatni   so‘z   san’atining   buyuk   ustasi   Abdulla
Qodiriy   “O‘qish-o‘rganish”   maqolasida   A.P.Chexovning   “Chinovnikning
o‘limi” nomli g‘oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misolida asoslaydi. U
yozadi: 
“Hikoyani   “ser   suv”   (ko‘p   suvli)   qiladigan   narsalardan   biri   ko‘rsatish
o‘rniga   so‘zlab   berishdir.   Agar   Ochumilovning   “Baqalamun”   ekanini   uning
so‘zlari   orqali   ko‘rsatilmasa,   avtor   tomonidan   ta’riflansa,   dunyo-dunyo   so‘z
ketar   edi.   Chexov   buni   aytib   bermasdan,   Ochumilovning   o‘z   so‘zi   bilan
ko‘rsatadi. 
Ochumilovning dastlabki fikri:
“- Itni o‘ldirish kerak, quturgan bo‘lsa ham ajab emas”. 
It generalga qarashli, deyilgandan keyin:
“-It nozik, sen ho‘kizday, bo‘yingni qara! ”
Yana it generalniki emas, deyilgandan keyin: “-Generalning   itlari  qimmatbaho   narsalar  edi.  Bu  bo‘lsa,  egasiz  daydi
itga   o‘xshaydi.   Epaqalik   yungi   ham   yo‘q.   Shunday   bema’ni   itni   ham
saqlaydimi kishi!”
Yana, it generalniki, deyilgandan keyin:
“-Balki qimmatbaho zotli itdir”.
Oshpaz, it generalniki emas, degandan keyin:
“-Bu egasiz daydi it”.
It generalning akasiga qarashli ekani ma’lum bo‘lganda: 
“-Yaxshigina it ko‘rinadi. O‘lguncha yugurdak ko‘rinadi”.
Mana   bu   dialoglarga   avtorning   hech   qanday   izohi   kerak   emas.   Bu
dialoglar   ham   voqeani   siljitadi,   ham   hikoya   qahramoni   Ochumilovni
xarakterlaydi... 
“Baqalamun”   hikoyasining   biron   so‘zini   chiqarib   tashlash   yoki   biron
so‘zni   qo‘shish   mumkin   bo‘lmaganligi,   so‘zga   naqadar   diqqat   qilganligini
ko‘rsatadi.” 1
G. E pik turning maxsus janrlari
Ko‘pincha xat, ocherk, feleton janrlari badiiy publisistika deb yuritiladi.
“Badiiy   publisistika   gazeta   janrlariga   xos   aktuallik,   operativlikni   o‘ziga
singdirgan eng hozirjavob janr... u mantiqiy muhokama va obrazlar bilan ish
ko‘ruvchi...  fikr  poeziyasidir”  (Ochil  Tog‘aev)  deb  baholanadi.  Bu  asosning
mag‘zida   ham   haqiqat   bor...   Lekin   ularning   barchasi   ham   ana   shu   maxsus
xususiyatlariga qaramay, epik turning “farzandlari” sanaladilar. 
Ocherk   (rus. Chertit, ocherchivat-chizmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq)
hayotda yuz bergan muayyan voqea - hodisaning asosiy xususiyatlarini yoki
kishilar   xarakteridagi   muhim   belgilarni   qisqa,   ixcham,   yaxlit   tasvirlovchi
badiiy publisistik janrdir. Ochil Tog‘aevning fikricha, “badiiy adabiyotga xos
1 1
 Абдулла Қодирий. Кичик асарлар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1969, 201-202 –
бетлар. belletristik va gazeta janrlariga xos publisistik xususiyatlarning uzviy birligi
ocherkning   muhim   janr   xususiyatini   belgilaydi” 1
,   ya’ni   bir   vaqtning   o‘zida
ocherkda hayotning badiiy manzarasi, voqea, qahramon taqdiri yaratiladi va
ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi. 
Ocherklar manzilli va manzilsiz bo‘ladi. Manzilsiz “ocherkda hujjatlilik
faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir, boshqa o‘rinlarda xuddi o‘zga
janrlarda   bo‘lgani   kabi   avtorning   qo‘li   erkindir.   Bunda   aniq   adresni
ko‘rsatmasdan   asarga   to‘qima   personajlar   kiritish,   badiiy   to‘qima   va
umumlashtirishdan   keng   foydalanish   mumkin”   (V.Ovechkin).   Manzilli
(hujjatli)   ocherklarda   esa   “yozuvchi,   avtor   shunday   shaxs   yoki   hayot
parchasini  tanlab  olsinki,  u voqelik  uchun  tipik bo‘lsin” (V.Solouxin).  Ayni
paytda, badiiy to‘qima faktning hujjatlilik xususiyatini ko‘mib yubormasligi,
balki   uni   qabariqli   tarzda   ochishi   lozim;   bu   hamma   vaqt   hayotiy   faktga
asoslanishi shart.
Ochil Tog‘aev ocherkning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini jamlab, uning
uch   xili:   1.   Portret   ocherk,   2.Safarnoma   (yo‘l   ocherki),   3.   Muammo   ocherk
mashhurligini   ta’kidlaydi.   Uningcha,   portret   ocherkda   asosan   bir   kishining
hayoti, taqdiri markaziy o‘rin tutadi (93-bet). Avtorning qishloqlar, shaharlar
va   mamlakatlararo   safar   paytida   yig‘ilgan   mushohada   va   mulohazalari,
o‘rgangan   va   eshitganlarining   badiiy   publisistik   tasviriga   safarnoma   (yo‘l
ocherki) deyiladi (99-bet). Muhim siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy muammolar: a)
kishilar obrazlari, b) obrazli publisistik vositalar orqali maxsus tadqiq etilgan
ocherklar muammo ocherk deb ataladi (105-bet).
XX   asr   o‘zbek   adabiyotining   bu   janriga   Abdulla   Qodiriy,   Hamid
Olimjon,   G‘afur   G‘ulom,   Abdulla   Qahhor,   Nazir   Safarov,   Sunnatilla
Anorboev kabi yozuvchilar salmoqli hissa qo‘shdilar.
1 1
 Очил Тоғаев. Публицистика жанрлари, Т., “Ўқитувчи”, 1976, 62-бет. Feleton   (it.feuilleton   -   varaqa)   ko‘pincha   hayotda   haqiqatdan   mavjud
bo‘lgan illatlarni, shu illatlarni o‘zida tashuvchi aniq kishilarning qusurlarini
tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik janrdir. 
Darvoqe, D.Zaslavskiy aytgan gap (Sovetskiy pechat, 1959, №10, str.24)
judayam   asoslidir:   “Feletonning   faktik   jihati   g‘oyat   aniq   bo‘lishi   lozim.
Faktni to‘qishingiz ham, unga har narsa to‘qib qo‘shishishngiz ham mumkin
emas.   Feletonning   adabiy   jihati   esa,   feletonchining   ishidir,   uning   mahorati,
badiiy didi, g‘oyaviy saviyasiga bog‘liqdir”.
Ushbu   mulohazadan   ko‘rinadiki,   hayotdagi   har   qanday   ikir-chikirlar,
yengil-yelpi   voqealar   emas,   balki   ijtimoiy   qimmatga   ega   bo‘lgan,
rivojlanishga   to‘siq   bo‘layotgan   konkret   (manzilli)   kamchilik   va   illatlarning
ildizi,   sabablari,   mohiyati   chuqur   tadqiq   va   tahlil   qilinadi;   shundan   so‘ng
“pishgan”   material   adabiy   jihatdan   ishlanadi:   mazmunga   mos   shakl   ixtiro
etiladi;  qiyoslash  yoki tadrijiy  ketma-ket  bayon  qilish, tipiklashtirish, badiiy
to‘qima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Alal oqibatda hujjatli
yoki   adabiy   feletonning   yuragi   bo‘lgan   satirik   obraz   butun   bo‘yi   -   basti,
to‘laqonli   xarakteri   bilan   namoyon   bo‘ladi.   A.Qahhorning   “Ig‘vogar”,
“Quyushqon”,   “Pora”,   Said   Ahmadning   “Kolbasa   qori”   ,   X.To‘xtaboevning
“Muzeydagi besh surat”, “Gipnoz” asarlari shu qabildadirlar. 
Xotira   (arabcha   so‘z,   ma’nosi:   “1)   xotir,   2)   Biror   kimsa   yoki   narsa
haqida yodda, esda saqlangan taassurot, 3) ism”) ham hujjatli janr. U ko‘rgan
kechirganlarni shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim
bir voqeaning yaxlit va ta’sirchan tasviridan iborat bo‘lishi lozim. Ko‘pincha,
xotirada   muayyan   san’atkorning   hayoti   va   ijodiga   oid   yodnomalar   naql
qilinadi, bu naql fakt-dalillarga suyanadi, chuqur tahlil va tadqiqni talab etadi.
Jumladan, Habibulla Qodiriyning “Otam haqida”, Olmosning “Ta’zim”, Said
Ahmadning   “Yo‘qotganlarim   va   topganlarim”,   Zarifa   Saidnosirovaning
“Oybegim   mening”,   Kibriyo   Qahhorovaning   “Chorak   asr   hamnafas”, Shukrulloning   “Javohirlar   sandig‘i”   kabi   yodnomalari   Abdulla   Qodiriy,
G‘afur   G‘ulom,   Oybek,   Abdulla   Qahhor   kabi   san’atkorlarning   ijodiy   va
insoniy   qiyofalarini   to‘liqroq,   teranroq   anglashimizga   yetaklaydi,   ularni
hayajonlantirgan   qahramonlarni   asosliroq   tushunishga,   ijodiy
laboratoriyalariga,   mashhur   asarlarining   yaratilish   jarayoniga   ko‘proq   kirib
borishga,   ijodiy   tajribalaridan   saboqlar   va   ibratli   xulosalar   chiqarishga
imkoniyat tug‘diradi.
“Sen   elimning   yuragida   yashaysan”,   “Abdulla   Qahhor   zamondoshlari
xotirasida”,   “Oybek   zamondoshlari   xotirasida”,   “Mirtemir   zamondoshlari
xotirasida”, “Ustozlar davrasida” (Nosir Fozilov) kabi o‘nlab to‘plamlarning
vujudga kelishi – san’atkorlar haqidagi qimmatbaho tarixiy hujjatlardir, qalb
so‘zlaridir,   baholaridir.   Ularning   barchasi   muayyan   san’atkor   qiyofasini
tasavvurda jonlantirishda mutaxassislar va ixlosmandlar uchun bebahodir.
Adabiyotlar: T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  459
-477- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 166-181-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 208-224-betlar.

ADABIY TUR VA JANRLAR Reja: 1. Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha 2. Ye posning xususiyatlari 3. Lirikaning o‘ziga xosligi 4. Drama predmeti 5. Yeposning janrlari

Adabiy janr (fr. Genre –tur, jins) –adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo‘llari, kompozision qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ko‘rinishlaridir. Adabiy janr muammosi shunchalik dolzarbki. “janr masalasini hisobga olmaslik, san’at nazariyasining haqiqiy falsafiy va sosiologik munosabatdan mahrum qilib, stilistik mayda-chuydalar bilan ovora bo‘lishga olib keladi” (M.Baxtin. Voprosы literaturы i estetik. M., “Xudojestvennaya literatura”, 1975, str. 409). Janrlar adabiy jarayon taraqqiyoti davomida turli –tuman o‘zgarishlarga (jumladan, qadimgi epos ko‘lamini ummonga qiyoslasak, hozirgi zamon eposi-minatyuradagi olamdir) uchragan, ixchamlashgan, boyib borgan. Ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyotga mos holda ba’zi (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g‘azal) yetakchilik qilgan, ba’zisi iste’moldan (masalan, XX asr o‘zbek adabiyotida muammo) chiqib ketgan, ba’zilari (masalan, XX asr adabiyotimizda sonet, roman, tragediya kabi) paydo bo‘lgan. Ayniqsa, epik turda ixchamlashish hamon davom etmoqda. Bu xususiyat epopeya, doston, roman, qissa janrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. “Janrlarning hajmi jihatidan bu tarzda ixchamlashishning muhim asoslari bor. Avvalo bu hodisa kishilarning turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Kishilarning vaqti yillar o‘tgani sayin tig‘izlashib boraveradi. Chunki ular o‘z yashash sharoitlarini yaxshilash, qulaylashtirish uchun muttasil izlanishadi. Ularning ishi ko‘payganidan ko‘payib boraveradi. Kishilarning ehtiyoji ortgan sayin ularning vaqti qadrli bo‘laveradi. Vaqt tanqis bo‘lib borayotgan davrlarda esa odamlarga besh yuz, ming sahifali romanni o‘qish malol keladi. Bunday hajmli asarni mutoala qilishga odamlar ulgura olmaydilar. Kishining tabiati esa shundayki, u agar biror-bir ishga ulgurishiga ko‘zi yetsagina, o‘shanga qo‘l uradi. Bo‘lmasa hafsala qilmaydi. Umuman, romanning hajmi jihatidan ixchamlashishiga kishilar hayotida vaqt qadrining oshgani sabab bo‘ldi.

Mashhur adib Onore de Balzak (1799-1850) o‘z romanlarida qahramonlarining kiyim-kechaklari-yu uni qaysi tikuvchi tikkani , uning uyiga qanday borilishi, u joyning ko‘rinishi manzarasini batafsil tasvirlagan bo‘lsa XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan e’tiborli asarlarda bunday mayda-chuyda detallar, sahifa-sahifa tabiat manzaralari tasviri yo‘q. Endilikda Stendal (1783-1842), Zolya (1840-1902) kabi adiblarning romanlari ham xuddi Balzak asarlari singari o‘zining ko‘pso‘zligi bilan eskirdi. Roman janri o‘zining ananaviy ko‘pso‘zligidan voz kechish evaziga ixchamlashdi. Bu o‘zgarishi bilan u zamona kishilarining hayot tarzi ehtiyojiga moslashdi” (Abdulla Ulug‘ov, 64-bet). Lekin bari-bir bu o‘zgarishlarga qaramay, janrlarning o‘zgarmas qonunlari ham (masalan, g‘azal aruzda yozilgan, a-a, b-a, v-a... tarzida qofiyalangan) saqlanib qolagan va ular hamon amaliyotda qo‘llaniladi. Ammo janrlarning o‘zgarmas qoidalarini birgina janr misolida o‘rganish kutilgan natijani bermaydi, uni muayyan janrlar birligida o‘rganish ma’quldir, ana shundagina badiiy tafakkurning tarixiy va aniq davriy xususiyatlari ham hisobga olingan bo‘ladi. Darvoqe, yuqorida ta’kid qilganimizdek, sof adabiy tur bo‘lmaganidek, sof adabiy janr ham bo‘lmaydi. Bir janrning xususiyati ikkinchisida ham yashashi mumkin, faqat u yetakchilik, belgilovchilik xususiyatiga da’vogar bo‘lmaydi. Shu asoslarga ko‘ra janrlarning o‘xshash va farqli tomonlarini hisobga olgan holda, ularni turlarga ajratish va tur ichida o‘ziga xos o‘zgarmas qonuniyatlarini ochish asosliroqdir, zaruratdir. Ye PIK TURNING JANRLARI Voqealarni hikoya qilishdek ustivorlik asosiga qurilgan barcha asarlarning jami- epik turni vujudga keltirgan. Shu sabab epos, doston, ballada, masal, ertak, hikoya, qissa, povest, roman, novella, poema, ocherk, feleton, pamflet, esse, mif, rivoyat, afsona, sayohatnoma, muhabbatnoma,

safarnoma, “xamsa”, hikmatli so‘z, cho‘pchak, marsiya, madhiya, matal, aforizm kabi janrlar eposning mulki sanaladi. Ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin: A.Eposning katta janrlari Yepos (yunoncha epos –co‘z, nutq, hikoya)ning eng yirik janri e popeya (yunoncha epopoiia-rivoyatlar, qo‘shiqlar majmuidir). “Epopeya xalqning faqat go‘daklik davrlarida, uning hayoti hali ikki qarshi tomonga – poeziya va prozaga ajratilmagan chog‘da, xalqning tarixi faqat afsona bo‘lgan zamonda, dunyo haqida uning tushunchalari faqat diniy tasavvurlardan iborat bo‘lganda, uning kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g‘alabalarida ko‘ringan zamonlardagina paydo bo‘lishi mumkin” (V.Belinskiy, 167-bet). Yeposda xalq, millat, qabila taqdirini hal qiladigan buyuk tarixiy voqelar tasvirini topgani sabab, uning bosh qahramoni tarix sanaladi. Eposda voqea hukmron bo‘ladi va u “tabiatning o‘zginasi”tarzida, “taqdirning irodasi” bo‘lib namoyon bo‘ladi. Uni inson o‘zgartira olmaydi, balki u insonni o‘zining irodasiga bo‘ysindiradi. Homerning “Iliada” va “Odessiya”si, hindlarning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, qirg‘izlarning “Manas”i, o‘zbeklarning “Alpomish”i yuqoridagi mulohazalarning isbotidir. Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov ta’kid etganidek, tarixiy shaxsning bahodirliklari bilan bog‘liq voqealar haqida yaratilgan turkum liro-yepik qo‘shiqlar asoslik vazifasini o‘taydi. Keyinchalik shu qo‘shiqlar o‘zaro birikib, epik jihatdan to‘lishib yagona epopeya shakliga ega bo‘ladi, ya’ni qo‘shiqdagi memorat(xotira) xiralashib, fabulat(epika)ga aylanadi. 1 1 Biz bilgan “Alpomish” klassik epos shaklidadir. U bu shaklga kirguncha tarixiy qo‘shiq – arxaik epos—xalqaro ideal(syujet) —klassik epos jarayoni bosqichlarini o‘tishi lozim bo‘lganligini B.Sarimsoqov isbotlaydi: “Birinchi bosqich-syujetning qadimgi shaklidan 1 “Алпомиш”- Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси, Т., “Фан”, 1999, 133-бет (бундан кейинги иsтибосларда саҳифаларнигина кўрсатамиз).

iborat bo‘lib, biz uni shartli ravishda arxaik (eski) epos deb yuritamiz. Bu bosqichda qahramon urug‘ yoki qabila boshlig‘i bo‘lib, o‘z xatti-harakatida urug‘ yoki qabila manfaatlarini himoya qiladi, uni dushmanlardan muhofazalaydi. Parchalanib ketshdan saqlaydi. U o‘zga yurtlarda bahodirliklar ko‘rsatib, o‘z yorini olib keladi va oila qurish orqali ijtimoiy tuzumni izchillashtirishga intiladi. Shu bois, arxaik epos syujeti ixcham-bir qismdan iborat bo‘ladi. Bunday syujetning esa xalqaro epik normalar miqyosiga ko‘tarilishi qiyin. Chunki har bir urug‘ yoki qabila o‘zining mahalliy tarixiga, qismatiga ega va bu tarix yoki qismat o‘zga etnoslar uchun qadrli bo‘lmaydi”(135-bet). Bu bosqichdagi syujetni ming yil bilan o‘lchashdan ko‘ra, yana shuncha yillar qo‘shganda ham kamlik qilishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Ikkinchi bosqichda urug‘ va qabilaga xos bahodirlik ideallari-yel-yelat yoki xalq ideali darajasiga ko‘tariladi, buni voqe qiladigan yangi syujet qo‘shiladi: “Erning o‘z xotinining to‘yiga notanish qiyofada kelishi va jasoratlar ko‘rsatib, oxir oqibatda o‘z yoriga, qo‘lidan ketgan hokimiyatiga erishishdan iborat syujet esa xalqaro miqyosda tarqalgan syujet hisoblanadi. Masalan, bu syujet Homerga nisbat beriladigan yunon eposlari “Iliada” va “Odessiya”da, o‘zbek “Alpomish”ida, rus bilinasi “Dobrinya va Alyosha”da ham uchraydi” (138-bet). Arxaik syujetga xalqaro miqyosdagi syujetning qo‘shilishi va uning yaxlitlashuvi-parchalanib ketgan urug‘ (el-yelat)ni birlashtirish va xalq idealidagi adolatni qaytadan tiklash g‘oyasini yuzaga chiqaradi; uning ta’sirchan ifodasi eposning umumbashariyligini ta’minlaydi; “Alpomish” klassik epos namunasiga aylanadi (mana shu holatga kelganiga ming yil bo‘lganini ta’kidlash asoslidir); uning jahoniy mazmunidagi o‘zbek milliy ruhining jozibasini barcha anglaydi, uning ulug‘vorligi-yu go‘zalligidan hamma xalqlar bahra topadi, saboq chiqaradi.