logo

Adabiy tur va janrlar. Ijodiy metod va oqimlar.Alisher Navoiy, Bobur she’rlaridagi badiiy san’atlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.671875 KB
Adab iy tur va janrlar. Ijodiy metod va oqimlar.Alisher Navoiy, Bobur
she’rlaridagi badiiy san’atlar.
Reja:
1. Adabiyotshunoslikda adabiy tur va janrlarning o‘ziga xosligi.
2. Ijodiy metod tushunchasi
3. Mumtoz badiiy san’atlar. Badiiy   asarda   so‘z   yoki   so‘z   birikmasining   ko‘chma   ma’noda
qo‘llanishi-trop   (gr.tropos-ko‘chim)lar   deb   yuritiladi.   Aslida   tilimizdagi
hamma   so‘zlar   ko‘chma     ma’noda   ishlatilishdan   tug‘ilgan   bo‘lsa   ajabmas.
Lekin   ularning   dastlabki   davrdagi   asl   ma’nosi   vaqtlar   o‘tishi   bilan   odamlar
tomonidan ko‘pincha unutilib yuboriladi.
Jumladan,   Kur’onning   A’rof   (7)   surasining   quyidagi   oyatlariga   diqqat
qilaylik:   “172.   Parvardigoringiz   Odam   bolalarining   bellaridan   (ya’ni   pushti
kamaridan   to   qiyomat   kunigacha   dunyoga   keladigan   barcha)   zurriyotlarini
olib:   “Men   parvardigoringiz   emasmanmi?”   deb,   o‘zlariga   qarshi   guvoh
qilganida, ular: “haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz”,
deganlarini   eslangh”   (Sizlardan   bunday   guvohlik   -   ahd-paymon   olishimiz)
qiyomat kunida: “bizlar bundan bexabar edik”, demasliklaring uchundir.
173.   Yoki:   “Axir   ilgari   ota-bobolarimiz   mushrik   esalar,   bizlar     ulardan
keyin   kelgan   (va   ularning   o‘rgatgan   yo‘llariga   ergashgan)   avlod   bo‘lsak,
o‘sha   nohaq   yo‘lda   o‘tgan   kimsalarning   qilmishlari   sababli   bizlarni   halok
qilurmisan” demasliklaring uchundir”.
Xalq   orasida   mashhur   bo‘lgan   “almisoq,   almisoqdan   qolgan”   degan
iboralarning   asl   mazmuni   yuqoridagi   ikki   oyatda   mazkur   bo‘ldi.   Qur’on
bizga   uqtirishicha,   Tangri   taolo   o‘z   qudrati   bilan   Odam   alayhissalomning
belidan   undan   tarqaydigan   barcha   zurriyotlarini   chiqarib,   ularga   o‘zining
mo‘jizalarini   ko‘rsatgach:   “Aytinglar-chi,   Men   sizlarning   rabbingiz
emasmanmi?”,   deganida,   ular:   “Parvardigoro,   O‘zing   barchamizning
rabbimizsan,   bizlar   bunga   guvoh   bo‘ldik”,   deb   Tangriga   ahdu   paymon,
ya’ni   misoq   bergan   ekanlar.   Shuning   uchun   islom   ulamolari:   “Kimdakaim
kofir bo‘lsa yoki dinidan qaytsa, o‘zining tangriga bergan misoqidan qaytgan
bo‘ladi”, deydilar. Muhammad alayhis-salomning “har bir tug‘ilgan bola toza
holda   islomda   tug‘iladi.   Keyin   ota-onasi   uni   yo   yahudiy,   yo   nasroniy,   yo
majusiy   qilib   buzuq   tarbiya   berishadi”,   degan   hadislarining   mazmuni   ham yuqoridagi   oyatlarga   hamohangdir. 1 [1]
Troplarmajoz   (ar.
So‘zyokiiboraningko‘chmama’nodaishlatilishivashundayma’nodaishlatilgans
o‘z,   ibora)   lar,   tashbeh   (ar.   O‘xshatish;   majoz)lar,   ko‘chim   (trop,   oborot
ma’nosini beradi)lar deb ham ataladi.
Ko‘chimlar   adabiyotga   jilo,   joziba,   ta’sirdorlik,   bo‘yoqdorlik   kabi
ko‘plab   rangbarang   fazilatlarni   ato   etadi.   Quyosh   tomchida   akslanganidek,
san’atkorning   badiiyati   qudrati   –   alohida   olingan   birgina   tropda   o‘zini
namoyon eta oladi. Behisob majozlardan bir nechtasini o‘rganishning o‘ziyoq
sizni mustaqil izlanishga, qolganlarini izlab, topib, talqin qilishga chorlaydi,
degan saboqqa tayanib ishni boshlaymiz.
Badiiy tasviriy vositalarning hammasi ham ikki vazifani o‘taydi: 
1.   Badiiy   asarda   ifodalangan   g‘oyani,   shu   g‘oyani   tashuvchi   obrazlarni
hayotiyroq va ta’sirchanroq ifoda qiladi. Bu mazmuniy vazifa.
2.   Misralar,   baytlar,   bandlarning   (demakki,   badiiy   asarning)   lafziy
musiqiyligini, jilosini, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu shakliy
vazifa.
Mazmun va shaklning monolitlik xislati bu vositalarga ham xos bo‘lgani
sabab ular ikki vazifani birvarakayiga va bir vaqtda o‘taydilar. Ularning har
biri   san’atkor   badiiy   mahoratining   kichik   o‘lchovi   bo‘la   oladilar,   ya’ni
san’atkor   badiiy   dunyosining   hayotiyligini,   go‘zalligini,   betakrorligini,
yangiligini ko‘z-ko‘z qila oladilar. Kitobxonni xayratga sola oladilar.
hazrat   Alisher   Navoiyning   “Majolis   ul-nafois”   asarida   bir   voqea   bor:
Kunlarning   birida   Lutfiy   va   Alisher   Navoiy   uchrashganlarida   yomg‘ir
yog‘ayotgan   bo‘ladi.   Lutfiy   yomg‘irga   ishora   qilib,   Amir   Xisrov   o‘z
g‘azallaridan   birida   shu   hodisani   nafislik   –   san’atkorlik   bilan   tasvirlaganini
aytadi: mahbuba bahor ayomida biron tomonga ketayotganida yomg‘ir tufayli
yerga   yiqilay   debdi-yu,   noziklikdan   yomg‘ir   rishtalari(tomiri)ni   ushlab
1 [1]
  Қуръони карим. Т., “Чўлпон”, 1992, 113-бет. qaddini   rostlab   olibdi.   Navoiy   bundan   hayratga   tushadi   va   uni   saroy   ahliga
so‘zlab   beradi.   hamma   lol   qolsa-da,   sinchkov   husayn   Boyqaro   e’tiroz
bildiribdi:   “...   ul   e’tiroz   budirkim,   yol   yog‘in   qatrasi   yuqoridin   quyi   inib
keladur,   muqarrardurkim,   rishtag‘a   dag‘i   hamul   holdir.   Rishtaikim,   mayli
quyi bo‘lg‘ay, aning madadi bilan yiqiladurg‘on o‘zin asramog‘i maholdir”.
Ko‘rinadiki,   badiiy   tasviriy   vosita   qanchalik   hayratomuz   bo‘lmasin,
uning   asosida   hayot   (yomg‘ir)   mantig‘i   buzilmasligi,   yangiligi,   betakrorligi
asoslangan   bo‘lishi,   kitobxonni   to‘liq   ishontirishi   badiiy   qonuniyat   bo‘lib
qolaveradi.   Ana   shu   qonuniyatga     amal   qilgangina-san’atkor   bo‘lib,   uning
badiiy mahorati namuna bo‘la oladi.
ha,   “Shoirlarimiz   borki,   yozganlari,   bir   qaraganingda   busbutun,   ravon,
qofiyalar   joyida.   Lekin   ularning   asarlari   na   adabiyot   tarixida,   na   xalq
qalbidan bir umr joy olishi gumon. Sen minglab satr she’r yozsangu, shundan
aqalli   ikki-uch   misrasi   ham   yuraklardan   joy   olmasa-bu   shoir   uchun   katta
fojea. 
...  “Ey   yor,  men  seni  sevaman”.   Ana  shu   gapni   Mirza  G‘olib  “Ey,   yor,
ostonang   oldida   yotgan   toshni   nima   qilarding   nariga   surib   qo‘yib,   axir   u
mening   peshonamga   urilaverib   o‘z-o‘zidan   yo‘q   bo‘lib   ketardikuh”   deb
berishida juda kuchli obrazlilik barq urib turibdi.” 1)
Xullas,   bu   mulohazalarning   yanada   chuqurroq,   osonliroq,   aniqroq
isbotini   jonlantirishda,   mubolag‘ada,   litotada,   sifatlashda,   o‘xshatishda,
tazminda ham ko‘rish mumkin. 
Jonlantirish   –   odamlarga   xos   xususiyatlarni   jonsiz   predmetlarga,
tabiatning   turli   hodisalariga   ko‘chirish   orqali,   to‘g‘rirog‘i,   ularni
insoniylashtirish   orqali   paydo   bo‘ladigan   tasvirdir.   Bu   tasvirning   ikki   xil
ko‘rinishi mavjud:   Birinchisi , tashxis (shaxs bilan bog‘liq) jonsiz narsalarni
jonlantirish   usulidir;   masalan,   badiiy   asarda   quyosh   yuguradi,   daryo
shoshadi,  samo  (yulduzlar)  ko‘z   yosh  to‘kadi,  harsang(tog‘)  bardosh   va sabr   ko‘rsatadi,   gul   kuladi,   bulutlar   ho‘mrayadilar,   qovoq   osadilar,
yig‘laydilar,   tun   uxlaydi,   oy   yuradi,   yulduzlar   guvohlikka   o‘tadi,
qashshoqlik kuladi...
“Zoriqtirmay kelsan-chi bir,
Intizor qilding buncha...”, 
Deb yaproqlar tebranadi,
To charchab uxlaguncha.
Quyosh chiqib isitsa ham,
Sendursan deb o‘ylaydi.
Tunda - oy kezib o‘tsa ham,
Sendursan deb o‘ylaydi.
Agar shamol qo‘zg‘ab qolsa, 
Titrashadi keldi deb,
Yerga qadar egiladi,
Aytganlarim bo‘ldi, deb.
Noyob yigit, bosib o‘t, deb
To‘kiladi yo‘lingga.
Gul barglari uchishadi,
Tushayin deb qo‘lingga.
Yori   o‘tkazib   ketgan   nihol   –   judayam   intiqqan,   beadad   sog‘ingan,
sadoqatli   dildor,   “ko‘zlariga   surtmoq   uchun   erining   gardi(changi   zarrasi)ga
zor   o‘zbek   ayolining   qalbi   bo‘lib   so‘zlaydi.   Bu   qalbning   yorga   bunchalik
intizorligini   faqatgina   jonlantirish   san’ati,   bu   san’atning   ustamoni   hamid Olimjongina  g‘oyatda  ta’sirli  qilib,  zarur  milliylikka  o‘rab  tiriltira  oladi.  Bu
san’atkorlikdir, bu insoniylikdir, bu o‘zbeklikdir, bu ibratomuz darslikdir.
Ikknnchisi,   intoq(nutq   bilan   bog‘liq)   –   nutqi   yo‘q   narsa   va
predmetlarni  nutq  egasi  sifatida  jonlantirish  usulidir;  masalan,  badiiy  asarda
ot   ham   so‘ylaydi   (“Alvido,   Gulsari”   -   Ch.Aytmatov),   Qo‘zichoq   va   bo‘ri
bahs yuritadi (“Bo‘ri bilan qo‘zichoq” - A.Krilov). 
Yerkin Vohidovning “Aruz va barmoq” she’rida ular o‘rtasidagi nifoq
jonlantirishning  ikkinchi  usuli  vositasida   quyidagicha  badiiylashtiriladi;   ular
o‘zlarining “jonli qiyofalari” bilan jonlanadilar:
Aruziy barmoqni
To‘pori, deydi.
Sen pastsan, men sendan-
Yuqori, deydi.
Barmoq uni ko‘hna-
Xarobasan, der,
Arobasan, der,
Parvozlar asrida.
Giperbola (gr.   huperbole-mubolag‘a)   –   mubolag‘a (ar.-lof   urish,
bo‘rttirish)da   san’atkor   tasvirlanayotgan   shaxs,   predmet,   voqea-hodisalarni
boshqalaridan   ajratib   ko‘rsatish,   diqqatini   jalb   qilish   maqsadida   judayam
bo‘rttirib   tasvirlaydi.   Aslida,   san’at   va   adabiyotning   hamma   vositalarida,
ularning   voqe   bo‘lishi   va   yashashida   mubolag‘a   qatnashadi;   mubolag‘a
qatnashmasa   san’at   ham   adabiyot   ham   bo‘lmaydi.   Ularning   asosida   real
tasavvur qiladigan, odam to‘liq ishonadigan mubolag‘i bo‘lsa, giperbola
usulida   bu   yanada   orttirib,   o‘ta   kuchaytirib   tasvirlanadi.   Bu   usul
ko‘pincha   sifatlash,   o‘xshatish,   jonlatirish   kabi   vositalar   bilan   hamkorlik
qiladi   va   shu   yo‘l   bilan   o‘zining   behisob   qudratini,   o‘lchovi   yo‘q   kuchini yaqqolroq namoyish  etadi. Masalan, shu vosita asosida yaratilgan mifologik
obrazlarni ko‘plab uchratish (Dev, Ajina, Iblis; Gerakl, Prometey, Ram, Ilya
Muromes)   mumkin.   Ular   shu   qadar   orttirilgan   mubolag‘a-grotesk (ital.
Grotta-yer   osti)   bilan   tasvirlanadiki,   ularning   real   qiyofasini   shartli   suratda
tasavvur qilish mumkin. “Alpomish”da:
Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan,
Ichida sichqonlar bolalab yotgan,
Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan.
Odam tushmas uning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.
Bu qalmoqdir Qalmoqlarning ravishi,
Oh ursa olamni buzar tovushi,
To‘qson molning terisidan kovushi... –
kabi   tasvirlar   orqali   qalmoq   alplarining   vahimali   obrazlari   yaratiladi.
Alpomishning   shunday   haybatli   dushmanlar   ustidan   g‘alabasi   –   uning   o‘ta
mard,   benihoyat   jasorat   egasi   ekanligini   ta’sirchan   ko‘rsatadi.   Uning
qiyofasini alohida ajratib alplardan-da zo‘r haybatliligini yorqin ifodalaydi.
Adabiyotshunoslikda   bu   san’atning   uch   xil   ko‘rinishi   borligi   qayd
qilingan: 
1.   Tasvirdagi   bo‘rttirishni   aql   qabul   qilsa-da,   lekin   hayotda   u
uchramaydi.   Bu   tablig‘   (ar.katta   kuchli   ma’nosini   beradi)   deb   yuritiladi:
“Olganing   oltin,   ko‘zlaganing   kumush   bo‘lsin”,   “Tuproq   olsang   –   oltin
bo‘lsin” kabi. 
Qamarg‘a buyla tosh o‘lg‘och havola,
Bo‘lub qalqon aning olida hola. Ko‘rub anjum yog‘arni ul ushoq tosh,
Taharrukdin o‘g‘irlab har taraf bosh.
Ushoq tosh aylabon gardun yuzin resh,
Nechukkim qullalar hamun yuzin resh.
Falak har lahza garchi bosh o‘g‘urlab,
Yer uzra yog‘dururg‘a tosh o‘g‘urlab.
Jafo toshiki holo charx etar fosh,
hamonokim tuganmaydur hamul tosh.
Farhod   tog‘ning   toshlarini   yo‘nar   ekan,   uning     metinidan   uchgan
toshlar borib oyga tegarkan. Oyga toshlar shu xilda otilavergach, u atrofdagi
gardishini   o‘ziga   qalqon   qilib   oladi.   Yulduzlar   bunday   ushoq   toshlarning
yog‘ishini ko‘rib o‘z boshlarini har tarafga olib qochar edilar. Cho‘qqilardan
sahroning   yuzi   ilma-teshik   bo‘lganday,   ushoq   toshlar   ham   osmon   yuzini
g‘alvir   qilib   yuborgan   edi.   Ayni   vaqtda   osmon   har   nafas   boshini   olib
qochgani bilan yer yuziga qayta yog‘dirish uchun tosh o‘g‘irlar edi. Taqdir –
falak jafo toshini yog‘dirishdan haligacha to‘xtamaganining sababi ham hali
o‘sha yig‘ib olgan toshlarning tugamaganidir. 
2.   Tasvirdagi   mubolag‘adorlik   aqlga   sig‘maydi,   inson   tafakkuri
mantig‘iga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Bu   ig‘roq   yoki   ifrot   (ar.   haddan   oshish,
chegaradan   tashqariga   chiqish)   deb   yuritiladi:   “Sar   hovuzdan   katta   edi
kosasi...”   (“Alpomish”),   Semurg‘   uchganda   bo‘ron   qo‘zg‘oladi,   yashin
uchganday bo‘ladi, qanoti ko‘kni qoplaydi (h.Olimjon – “Semurg‘”) kabi. 
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘ltirur, G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.
Atoiyning tasviricha, bu sanam – juda go‘zal, go‘yo nurdan yaratilgan,
bir   so‘zda   aytsak   –   parining   o‘zi,   shunchalik   nozikki,   bir   qultum   suv   bilan
yutib   yuborish   mumkin   ekanki,   bu   aqlga   sig‘maydi,   hayot   mantig‘iga
tamoman zid keladi.
3.   Tasvirdagi   haddan   ziyod   mubolag‘adorlikni   tasavvur   qilib
bo‘lmaydi, uni hech kim hayotda ko‘rmagan. Bu   g‘uluv   (ar. 1. Qiy-chuv; 2.
haddan   oshmoq)   deb   yuritiladi:   “Go‘ro‘g‘li   qilichining   har   hamlasi   –   qirq
ming lashkarning bo‘ynini uzardi...” yoki Ko‘kan yig‘layverib shudgorni ko‘l
qilibdi (G‘.G‘ulom) kabi. 
“Yigitlarni   frontga   jo‘natish”da   Ona   o‘z   o‘g‘liga   oq   yo‘l   tilar   ekan,
fashist degan dushmanga qarshi mardona kurashga chorlaydi:
“hujum chog‘i chekinma hech,
Tulkini sher bo‘lib bos.
Tirnoq bilan bag‘rini yirt,
Qo‘lingni dor qilib os. ”
“Jangchi   Tursun”da   ona   vatan   tuprog‘ining   har   qarichini   asrash
lozimligini   uqtirar   ekan,   “Qayoqqa   chekinasan?   Bormi   keraksiz   yering?   Ne
uchun odam bo‘lding, kelmasang dushmanga teng?” deya hayqiradi:
Sening uchun butun elni
Og‘ir uyat tutsinmi?
Seni ko‘rganda quyosh
Yuzini bekitsinmi?..
Ko‘zing tushganda, Amu Ilondek to‘lg‘onsinmi?
Zarafshon uyatingdan
Yantoq kabi yonsinmi?..
Bu   kabi   mubolag‘alar   aniq   asarning   g‘oyasini   ochishda   eng   zarur   va
yaratuvchan   vositadir,   ayni   paytda,   ular   san’atkor   qalbining   bepoyonligini,
tafakkurining xalqchilligini, shoironaligini ko‘rsatadi. 
Litota   (yunon.   Litotes-oddiy,   kichik)   –   tafrit   (ar.mo‘tadildan   pastki
holat)   mubolag‘aning     teskarisi   bo‘lib,   badiiy   asardagi   biror   predmetni,
hodisani,   detalni   bir   necha   barobar   kichraytirib   tasvirlash   san’atidir.   Narsa,
hodisa   qanchalik   kichraytirib,   zaiflashtirib,   kuchsizlantirib   tasvirlansa,   unga
nisbatan   tasvirlanayotgan   narsa,   hodisa   ulkan   va   ulug‘vor   ko‘rinadi.   Shu
sababga ko‘ra, ko‘pincha, litota mubolag‘a bilan birga ishlatiladi.
Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik:
Bo‘ying sarvu sanubartek,  beling qil ,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
Baytda yorning qaddi-qomatini tasvirlar ekan bo‘ychanligini, bo‘yining
tikligini   –   xushqadligini   (qarag‘ayga)   o‘xshatib   bo‘rttirish   maqsadida   belini
judayam ingichka qilib kichraytirmoqda.
O‘xshatish   –   tashbeh   (ar.o‘xshatish)   muayyan   bir   predmet,   hodisani
aniq   tasavvur   qilish   uchun   uni   boshqa   tanish   bo‘lgan   predmet,   hodisalarga
solishtirish asosida ish ko‘radi va tasvirlanayotgan predmet, hodisani yorqin
obrazini yaratadi. O‘xshatishlar “dek”, “day”, “larcha”, “o‘xshash”, “xuddi”,
“simon”,   “deganda”,   “taxlit”,   “yang‘lig‘”,   “misli”,   “go‘yo”   kabi
qo‘shimchalar, leksik vositalar, ko‘makchilar yordamida yaraladi. La’li labing qandu asal,  qildi tamannosi kasal,
Kom olmaganda filmasal, men mubtalo qayga 
                                                  boray (Muqimiy) –
baytida   ma’shuqa   labi   ham   la’lga,   ham   qandga,   ham   asalga   “tashbihi
jam’” qilinyapti.
Oy deganda yuzi bor,
Kun deganda ko‘zi bor...
Qaldirg‘och qoshlaridan,
To‘lib qarashlaridan
hayot sochilar edi,
Gullar ochilar edi.
Bu parchada h.Olimjon Oygulning yuzini oyga, ko‘zini kunga, qoshini
qaldirg‘ochga,   qarashlarini-gul   ochilishiga   o‘xshatib,   uning   go‘zalligini
ta’kidlaydi va Oygul qiyofasini jonlantiradi.
O‘xshatish   mukammal   bo‘lishi   uchun   unda   to‘rt   unsur   qatnashishi
lozim. 1. Birlamchi (o‘xshatilmoqchi bo‘lgan) predmet (sharob to‘la piyola);
2.   Ikkilamchi   (o‘xshatilayotgan)   predmet   (go‘yo   bahorgi   lola);   3.
O‘xshatilmoqchi   va   o‘xshatilayotgan   predmetlarning   o‘xshashlik   alomati
(botayotgan   kun   kabi;   go‘yo   qizlarning   labi   -   “qizil   rang”);   4.   O‘xshatish
qo‘shimchasi yoki ko‘makchisi (kabi, go‘yo):
Qo‘limdagi sharob to‘la piyola,
Qip-qizildir go‘yo bahorgi lola.
Qip-qizildir botayotgan kun kabi,
Qip - qizildir   go‘yo   qizlarning   labi .
                                                        (H.Olimjon) O‘xshatishlarning   hamma   vaqt   mukammal   bo‘lishligini   talab   etish
noo‘rin,   chunki   bu   vosita   ham   asar   g‘oyasining   talabiga   binoan   turli-tuman
(to‘liq, to‘liqsiz, vositasiz, sodda, murakkab, tarkibli, ketma-ket darajali va h)
bo‘ladi.
San’atkor   hech   vaqt   an’anaviy   o‘xshatishlarga   (tishni   durga,
sarvqomatni-sarvu   sanobarga,   yuzni   oyga,   ma’shuqani   gulga,   oshiqni
bulbulga   va   h)   ruju   qo‘ymasligi,   bosh   fazilat   deb   –   yangi,   original
o‘xshatishlar yaratishni bilishi ma’qul.
Darvoqe ,   Zulfiya   bilan   bo‘lgan   muloqotlarning   birida   shoiradan
so‘rashadi :
-   Suhbatimiz   she’riyat   haqida   bo‘layotgani   uchun   henrih   haynening   bir
gapini esladim: “Ayolni ilk bor gulga o‘xshatgan odam buyuk shoir bo‘lgan.
Uni   ikkinchi   martaba   gulga   qiyoslagan   shoir   esa   oddiy   laqma   xalos ”.
Sizningcha, shoir haqmi? 
Shoira   bu   savolga:   “Yuz   foiz.   Chunki   taqlid   she’riyatning   dushmani.
Undan qochish kerak, deyishadi ba’zan. Yo‘q, uni butunlay yo‘qotish kerak”,
- 1
 deya qat’iy va asosli javobni beradi.
Demak,   Zulfiya   aytgandek   san’atkor   vujudini   tug‘yonga   solib:   “Bugun
aytmasang,   halok   qilaman”   deb   hayqirib   turgan   fikrni,   g‘oyani   ifodalash
uchun   har   gal   qo‘liga   qalam   olganda,   ana   shu   g‘oya   badiiy   vositalarni   ham
o‘zi   yetaklab   kelaveradi.   So‘z   ham,   badiiy-tasviriy   vosita   ham   o‘sha
fikrlarning   yashash   tarzi   ekan,   shoirning   so‘z   tanlashda   xatoga   yo‘l
qo‘ymasligi   lozim,   yo‘l   qo‘ysa   –   fikr   xato   gapira   boshlaydi,   adabiy
laqmalikka imkoniyat tug‘iladi.
Bitta   isbotini  ko‘raylik.  Ma’lumki,  Alisher  Navoiyning   “Sab’ai  sayyor”
dostonida:   
1 1
  Зулфия.   Асарлар.   Уч   жилдлик.   Учинчи   жилд.   Камалак,   Т.,   Ғафур   Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1986, 173-бет Yuz yoshurg‘och quyosh diloromi,
Sochti ashkin sipehr bahromi. 1
baytida   “Kech   kirib,   quyosh   Diloromi   yuzini   yashirgach,   osmon
Bahromi  ham  ko‘z  yoshi  singari  yulduzlarini  olamga  sochdi”  degan  bebaho
o‘xshatish   yaratilganki,   u   shoh   Bahromning   qalbidagi   g‘amu   qayg‘u
qorong‘iligini   bo‘rttiradi,   qorong‘u   tun   uning   joniga   balo   bo‘lganligini
ko‘rsatadi. 
Oradan   asrlar   o‘tib   Muhammad   Yusufning     “Mehr   qolur”   she’rida   u
takrorlanadi: 
O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar - ko‘z yoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur 2
.
Garchi   bu   bandda   qancha   yillar   o‘tmasin,   samoning   ko‘z   yoshi   –
yulduzlar   bo‘lganidek,   insonlarning   qanchalik   yaxshi-yomoni   o‘tmasin,
ulardan mehr-muhabbat qolishi-o‘xshatish ila solishtirilishi-yangi fikr bo‘lsa-
da,   baribir   “Yulduzlar   ko‘z   yoshi   samoni”   o‘xshatishi   takror   bo‘layapti.
Natijada   sevimli   va   qadrdon   shoirimiz   Muhammad   Yusufning   nimasidir
yetishmagandek,   nimasidir   uning   betakror   talantiga   o‘xshamayotgandek
tuyuladi.
Sifatlash   –   tasvir   etilayotgan   inson,   predmet,   narsa,   hodisaning   muhim
belgisi   (xislati,   xususiyati,   o‘ziga   xosligi)ni   ko‘rsatuvchi   (izohlovchi,
xarakterlovchi,   ajratuvchi)   so‘z   bo‘lib,   u   aniqlanmishga   sifatlovchi
belgisiniko‘chiradi: 
1 1
 Алишер Навоий. Асарлар, Ўн беш томлик, 9-том, Сабъаи сайёр, Т., “Тошкент” бадиий адабиёт  нашриёти,
1969, 59-бет.
2 2
 Муҳаммад Юсуф. Ёлғончи ёр, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1994, 109-бет. Xalqim deb  yugurar hovuchlab  jonin
Xalqiga  bag‘ishlar  shavkatin-shonin
Lekin shu  chopishda  keta-ketguncha,
Tozalab boradi  xalqning hamyonin.
(A.Oripov)
Abdulla   Oripovning   ushbu   to‘rtligida   xalqni   bahona   qilib   jonini
hovuchlab,   tinimsiz   yuguruvchi,   go‘yo   unga   shavkatu   shonini   bag‘ishlovchi
odamlar   tipi   umumlashtirilganki,   ularning   bosh   xislati-xalqning   hamyonini
o‘pirishdir.   Bu   mazmun   sifatlish   san’ati   orqali   obrazlilik   va   emosionallik
kasb   etgani   uchun,   bunday   yulg‘uchlar   qiyofasini   aniq   va   yaqqol   ko‘z
o‘ngingizga keltirasiz. 
Badiiy   –   tasviriy   vositalarning   son-sanog‘iga   yetish   qiyin.   Uning
metafora,   metonimiya,   allegoriya,   simvol,   sinekdoxa,   istiora,   perefroza,
ironiya   kabi   san’atlaridan   tashqari,   mumtoz   adabiyotimizda   uning   yuzlab
ko‘rinishlari   ham   bor:   tashbih,   iyhom,   tanosib,   tazod,   talmih,   tazmin,   husni
ta’lil, irsoli masal, tajnis, tamsil, loff va nashr, tardu aks, taqsim, tafriq kabi. 
Badiiyat sirlarini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan mutaxassis bu san’atlarni
bilishi   lozim.   Ularga   V.Rahmonovning   “She’riy   san’atlar”   (1962),
A.Xojiaxmedovning   “She’riy   san’atlar   va   mumtoz   qofiya”   (1998)   kitoblari
qo‘l keladi, chunki ularda ma’naviy va lafziy san’atlarning ko‘pchiligi haqida
dastlabki   nazariy   ma’lumotlar   umumlashtirilgan.   Sizdagi   qiziqishni   orttirish
maqsadida ma’naviy  san’atlarning vakili-“tazmin”ga va lafziy san’atlardan -
“musoviyat tarafayn”ga qisqacha to‘xtalamiz.
Tazmin     (ar.   “bir   narsani   ikkinchi   bir   narsa   orasiga   qo‘ymoq”)da
san’atkor   yaratilayotgan   asariga   boshqa   biror   shoirning   kuchli   ta’sir   qilgan
misra   yoki   misralarini   o‘zgartirishsiz   kiritadi;   faqat   buning   sharti   bor: yaratilayotgan   asardagi   bosh   g‘oyaga   mos   bo‘lishi,   uning   mohiyatini
chuqurroq va ta’sirchanroq ochishi lozim. Jumladan, Mashrab o‘zining 
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma
G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
tarzida boshlanuvchi g‘azalida Lutfiyning mashhur
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
  Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma
baytini aynan keltiradi. 
Zulfiya ham “O‘rik gullaganda” she’rida
“Terazamning oldida bir tup, 
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...”
Gulni ko‘rib ishqparast qalbim,
Ming aytilgan darddan kuyladi.
deb     yozar   ekan,   sevimli   yori   hamid   Olimjonning   shu   nomdagi
she’rining   birinchi   ikki   misrasini   aynan   keltiradi.   Uning   she’rini   eslatish,
xotirlash   orqali   uni   qumsaganini,   unga   mushtoqligini   hayajon-la   kuylaydi.
hamma   yerda   uning   izlarini,   ko‘zlarini,   qo‘shig‘ini   ko‘radi,   hijron   harorat
beradi, sevgisining kuchi ortadi...
Bunchalik   mashhur   misra   va   baytlarni   shoirlarning   asarlarida
takrorlanishi   -   ayb   sanalmaydi,   balki   uning   asosida   ustoz   shoirlarga   hurmat
yotadi, ularning mahoratlariga qoyil qolishlikni bildiradi. Yuqorida aytganimizdek, “Mehr qolur” asaridagi “Yulduzlar ko‘z yoshi
samoni”   misrasi   qo‘shtirnoq   ichida   berilganda,   nur   alan   nur   bo‘lardi.
“Nimadir yetishmayotgani” ni izlamagan bo‘lardik (Qarang-a, asardagi bitta
qo‘shtirnoq qanchalik ahamiyatlihhh ).
Muhammad Yusufning Alisher Navoiyni ustoz sanagani, uning ijodini
chuqur   o‘rganganini   va   bilganini   isbotini   ko‘rgan   bo‘lardik.   Va   biz
shundayligiga ishonamiz, uning asarlari qayta nashrida bu xato to‘g‘rilanadi,
degan umiddamiz. 
“Musoviyat   tarafayn” da   misralar   odatdagi   o‘qilishidan   tashqari,
yuqoridan pastga qarab ham o‘qiladi va o‘sha misralarning o‘zi kelib chiqadi.
Ogahiy ijodida buni ko‘rish mumkin:
№ 1 2 3 4
1. Ul 
sho‘xki ochildi xatu ruxsori
2. Ochildi rayohinda yuzi  gulnori
3. Xatu  yuzi besabru 
qarori man-
man
4. Ruxsori gulnori man-man zori Adabiyotlar
N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O‘qituvchi”, 
1979, 133-140 betlar.
T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O‘qituvchi”, 1979, 148-161 
betlar. 
Ye.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O‘qituvchi”, 1979, 
115-130 betlar. 
Anvar hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya, T., “Sharq”, 
1998.
Vahob Rahmonov. She’riy san’atlar, Leninobod, 1962.
B.Umurqulov. Poetik nutq leksikasi, T., “Fan”, 1990.
Isomiddin Yormatov. O‘zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O‘quv 
qo‘llanma), T., 1994, 55-127-betlar.

Adab iy tur va janrlar. Ijodiy metod va oqimlar.Alisher Navoiy, Bobur she’rlaridagi badiiy san’atlar. Reja: 1. Adabiyotshunoslikda adabiy tur va janrlarning o‘ziga xosligi. 2. Ijodiy metod tushunchasi 3. Mumtoz badiiy san’atlar.

Badiiy asarda so‘z yoki so‘z birikmasining ko‘chma ma’noda qo‘llanishi-trop (gr.tropos-ko‘chim)lar deb yuritiladi. Aslida tilimizdagi hamma so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilishdan tug‘ilgan bo‘lsa ajabmas. Lekin ularning dastlabki davrdagi asl ma’nosi vaqtlar o‘tishi bilan odamlar tomonidan ko‘pincha unutilib yuboriladi. Jumladan, Kur’onning A’rof (7) surasining quyidagi oyatlariga diqqat qilaylik: “172. Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: “Men parvardigoringiz emasmanmi?” deb, o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: “haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz”, deganlarini eslangh” (Sizlardan bunday guvohlik - ahd-paymon olishimiz) qiyomat kunida: “bizlar bundan bexabar edik”, demasliklaring uchundir. 173. Yoki: “Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik esalar, bizlar ulardan keyin kelgan (va ularning o‘rgatgan yo‘llariga ergashgan) avlod bo‘lsak, o‘sha nohaq yo‘lda o‘tgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan” demasliklaring uchundir”. Xalq orasida mashhur bo‘lgan “almisoq, almisoqdan qolgan” degan iboralarning asl mazmuni yuqoridagi ikki oyatda mazkur bo‘ldi. Qur’on bizga uqtirishicha, Tangri taolo o‘z qudrati bilan Odam alayhissalomning belidan undan tarqaydigan barcha zurriyotlarini chiqarib, ularga o‘zining mo‘jizalarini ko‘rsatgach: “Aytinglar-chi, Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?”, deganida, ular: “Parvardigoro, O‘zing barchamizning rabbimizsan, bizlar bunga guvoh bo‘ldik”, deb Tangriga ahdu paymon, ya’ni misoq bergan ekanlar. Shuning uchun islom ulamolari: “Kimdakaim kofir bo‘lsa yoki dinidan qaytsa, o‘zining tangriga bergan misoqidan qaytgan bo‘ladi”, deydilar. Muhammad alayhis-salomning “har bir tug‘ilgan bola toza holda islomda tug‘iladi. Keyin ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qilib buzuq tarbiya berishadi”, degan hadislarining mazmuni ham

yuqoridagi oyatlarga hamohangdir. 1 [1] Troplarmajoz (ar. So‘zyokiiboraningko‘chmama’nodaishlatilishivashundayma’nodaishlatilgans o‘z, ibora) lar, tashbeh (ar. O‘xshatish; majoz)lar, ko‘chim (trop, oborot ma’nosini beradi)lar deb ham ataladi. Ko‘chimlar adabiyotga jilo, joziba, ta’sirdorlik, bo‘yoqdorlik kabi ko‘plab rangbarang fazilatlarni ato etadi. Quyosh tomchida akslanganidek, san’atkorning badiiyati qudrati – alohida olingan birgina tropda o‘zini namoyon eta oladi. Behisob majozlardan bir nechtasini o‘rganishning o‘ziyoq sizni mustaqil izlanishga, qolganlarini izlab, topib, talqin qilishga chorlaydi, degan saboqqa tayanib ishni boshlaymiz. Badiiy tasviriy vositalarning hammasi ham ikki vazifani o‘taydi: 1. Badiiy asarda ifodalangan g‘oyani, shu g‘oyani tashuvchi obrazlarni hayotiyroq va ta’sirchanroq ifoda qiladi. Bu mazmuniy vazifa. 2. Misralar, baytlar, bandlarning (demakki, badiiy asarning) lafziy musiqiyligini, jilosini, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu shakliy vazifa. Mazmun va shaklning monolitlik xislati bu vositalarga ham xos bo‘lgani sabab ular ikki vazifani birvarakayiga va bir vaqtda o‘taydilar. Ularning har biri san’atkor badiiy mahoratining kichik o‘lchovi bo‘la oladilar, ya’ni san’atkor badiiy dunyosining hayotiyligini, go‘zalligini, betakrorligini, yangiligini ko‘z-ko‘z qila oladilar. Kitobxonni xayratga sola oladilar. hazrat Alisher Navoiyning “Majolis ul-nafois” asarida bir voqea bor: Kunlarning birida Lutfiy va Alisher Navoiy uchrashganlarida yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘ladi. Lutfiy yomg‘irga ishora qilib, Amir Xisrov o‘z g‘azallaridan birida shu hodisani nafislik – san’atkorlik bilan tasvirlaganini aytadi: mahbuba bahor ayomida biron tomonga ketayotganida yomg‘ir tufayli yerga yiqilay debdi-yu, noziklikdan yomg‘ir rishtalari(tomiri)ni ushlab 1 [1] Қуръони карим. Т., “Чўлпон”, 1992, 113-бет.

qaddini rostlab olibdi. Navoiy bundan hayratga tushadi va uni saroy ahliga so‘zlab beradi. hamma lol qolsa-da, sinchkov husayn Boyqaro e’tiroz bildiribdi: “... ul e’tiroz budirkim, yol yog‘in qatrasi yuqoridin quyi inib keladur, muqarrardurkim, rishtag‘a dag‘i hamul holdir. Rishtaikim, mayli quyi bo‘lg‘ay, aning madadi bilan yiqiladurg‘on o‘zin asramog‘i maholdir”. Ko‘rinadiki, badiiy tasviriy vosita qanchalik hayratomuz bo‘lmasin, uning asosida hayot (yomg‘ir) mantig‘i buzilmasligi, yangiligi, betakrorligi asoslangan bo‘lishi, kitobxonni to‘liq ishontirishi badiiy qonuniyat bo‘lib qolaveradi. Ana shu qonuniyatga amal qilgangina-san’atkor bo‘lib, uning badiiy mahorati namuna bo‘la oladi. ha, “Shoirlarimiz borki, yozganlari, bir qaraganingda busbutun, ravon, qofiyalar joyida. Lekin ularning asarlari na adabiyot tarixida, na xalq qalbidan bir umr joy olishi gumon. Sen minglab satr she’r yozsangu, shundan aqalli ikki-uch misrasi ham yuraklardan joy olmasa-bu shoir uchun katta fojea. ... “Ey yor, men seni sevaman”. Ana shu gapni Mirza G‘olib “Ey, yor, ostonang oldida yotgan toshni nima qilarding nariga surib qo‘yib, axir u mening peshonamga urilaverib o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketardikuh” deb berishida juda kuchli obrazlilik barq urib turibdi.” 1) Xullas, bu mulohazalarning yanada chuqurroq, osonliroq, aniqroq isbotini jonlantirishda, mubolag‘ada, litotada, sifatlashda, o‘xshatishda, tazminda ham ko‘rish mumkin. Jonlantirish – odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga ko‘chirish orqali, to‘g‘rirog‘i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo‘ladigan tasvirdir. Bu tasvirning ikki xil ko‘rinishi mavjud: Birinchisi , tashxis (shaxs bilan bog‘liq) jonsiz narsalarni jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda quyosh yuguradi, daryo shoshadi, samo (yulduzlar) ko‘z yosh to‘kadi, harsang(tog‘) bardosh va

sabr ko‘rsatadi, gul kuladi, bulutlar ho‘mrayadilar, qovoq osadilar, yig‘laydilar, tun uxlaydi, oy yuradi, yulduzlar guvohlikka o‘tadi, qashshoqlik kuladi... “Zoriqtirmay kelsan-chi bir, Intizor qilding buncha...”, Deb yaproqlar tebranadi, To charchab uxlaguncha. Quyosh chiqib isitsa ham, Sendursan deb o‘ylaydi. Tunda - oy kezib o‘tsa ham, Sendursan deb o‘ylaydi. Agar shamol qo‘zg‘ab qolsa, Titrashadi keldi deb, Yerga qadar egiladi, Aytganlarim bo‘ldi, deb. Noyob yigit, bosib o‘t, deb To‘kiladi yo‘lingga. Gul barglari uchishadi, Tushayin deb qo‘lingga. Yori o‘tkazib ketgan nihol – judayam intiqqan, beadad sog‘ingan, sadoqatli dildor, “ko‘zlariga surtmoq uchun erining gardi(changi zarrasi)ga zor o‘zbek ayolining qalbi bo‘lib so‘zlaydi. Bu qalbning yorga bunchalik intizorligini faqatgina jonlantirish san’ati, bu san’atning ustamoni hamid