logo

Tarixiy-qiyosiy metod va qiyosiy tipologik metod

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.3759765625 KB
Tarixiy-qiyosiy metod  va  qiyosiy tipologik metod
Reja:
1. Qiyosiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari va prinsiplari 
2. Qiyosiy tahlil obyektlari.
3. Qiyosiy tahlilning vazifalari. 
4. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar.
 5. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar.  Qiyosiy tahlil oddiy tahlildan farq qiladi. An’anaviy tahlil obyektlardan, ular
esa   o‘z   tashkil   etuvchilaridan   iborat.   Tadqiqotchilar   uchun   shuni   bilishning   o‘zi
kifoya.   Qiyosiy   tahlil   esa   aytib   o‘tilgan   harakatlardan   tashqari,   yana   tahlil
obyektlarining   tashkil   etuvchilarini   ham   bir-biri   bilan   qiyoslashga   qaratiladi.
Qiyosiy   tahlildan   maqsad   –   qiyoslanuvchi   obyektlarning   o‘xshash   va   farqli
jihatlarini   aniqlash,   ular   orasidagi   umumiy   qonuniyatlarni   yuzaga   chiqarishdan
iborat. Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning uchun ham qiyoslash
metodologiyasi odamlarning hayotiy faoliyatida keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda qiyoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish jarayoniga
tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalarida qiyoslash metodologiyasidan
foydalaniladi.   Qiyoslash   metodologiyasining   mazmuni,   mohiyati   va   vazifalarini
yanada   chuqur   anglash   uchun   muayyan   ilmiy-amaliy   asoslar   mavjud.   Qiyosiy
tahlil   obyektlari   tabiiy,   ijtimoiy   va   ma’naviy   obyektlarga   bo‘linadi.   Ushbu   uchta
nisbatan mustaqil hodisalar guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir
butunlikda   inson   yashaydigan   muhitni   shakllantiradi   va   badiiy   adabiyotda   obraz
shaklida   o‘z   ifodasini   topadi.   Tabiat   hodisalarining   nisbatan   mustaqilligiga
qaramay, ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyingina qiyoslash
obyektlariga   aylanadi.   Boshqacha   aytganda,   tabiat   hodisalarining   qiyosiy   tahlili
bilan odamlar shug‘ullangani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib,
unga   o‘zlarining   ijtimoiy   xususiyatlarini   singdiradilar.   Buning   natijasida   tabiat
hodisalarining   qiyosiy   tahlili   ma’lum   darajada   ijtimoiylashadi.   Shunday   qilib,
ijtimoiy   omillar   ta’sirisiz   tabiat   hodisalarini   qiyoslash   mexanizmi   mavjud   bo‘la
olmaydi. Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini ijtimoiy hodisalar tashkil
etadi.   Ularning   qiyoslash   metodi   o‘z   xususiyatlariga   ega.   Bunda   tahlil   maydoni
kengayadi,   qiyosiy   tahlil   ko‘rsatkichlari   soni   ortadi.   Sababi,   bu   o‘rinda   ijtimoiy
taraqqiyot   qonunlari,   ijtimoiy   munosabatlarning   barcha   guruhlari:   iqtisodiy,
siyosiy,   ma’naviy-g‘oyaviy,   huquqiy,   ilmiy-texnik,   axborot,   harbiy,   ekologiya   va
boshqa   ko‘plab   munosabatlar   e’tiborga   olinadi.   Ma’naviy-g‘oyaviy   masalalar
qiyosiy tahlil obyektlarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon ma’naviy-
g‘oyaviy   soha   obyektlarini   qiyosiy   tahlil   qilish   bilan   bog‘liq.   Demak,   badiiy adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy-g‘oyaviy hodisalar – qiyosiy tahlil
obyektlaridir.   Ammo   bu   obyektlar   o‘ziga   xos   bo‘lib,   ular   o‘zining   bir   qator
xususiyatlarini   hisobga   olishni   talab   qiladi.   16   17   Qiyosiy   tahlilning   vazifalari
Ilmiy   adabiyotlarda   izohlanishicha,   qiyosiy   tahlilning   gnoseologik,   mantiqiy,
metodologik, metodik, akseologik kabi  vazifalari mavjud1 . Boshqacha  aytganda,
biz   adabiy   hodisalarni   qiyoslash   jarayonida,   albatta,   shu   bosqichlardan   o‘tamiz.
Qiyosiy   tahlilning   gnoseologik   vazifasi.   Uning   mohiyati   va   asosiy   maqsadi,
qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali
biz   quyidagi   natijalarga   erishamiz:   Birinchidan,   qiyosiy   tahlil   jarayonida,   har   bir
taqqoslanadigan   obyekt   haqida   yangi   ma’lumot   olamiz.   Ikkinchidan,
qiyoslanayotgan   adabiy   hodisalarning   o‘zaro   ta’siri   haqida   yangi   tushunchalarga
ega   bo‘lamiz.   Uchinchidan,   agar   obyektlarni   taqqoslash   jarayoni   yetarli   darajada
to‘liq   va   aniq   bo‘lsa,   unda   ularning   o‘tmishi,   buguni   va   kelajagi   haqida   umumiy
tasavvur   hosil   qilamiz.   Shu   bilan   birga   qiyoslash   metodikasi   nazariyasini
boyitamiz.   Qiyosiy   tahlilning   mantiqiy   vazifasi.   Adabiy   hodisalarni   taqqoslash
jarayonida   mantiqiy   qonun-qoidalar   ifodasi.   Qiyosiy   tahlil   jarayonida   mantiq
talablaridan   uzoqlashmaslik   uchun   quyidagilarga   rioya   qilish   kerak:   1.Turli   xil
asosga   ega   adabiy   hodisalarni   taqqoslash   mantiqqa   to‘g‘ri   kelmaydi.   Ko‘pincha
adabiy   hodisalarni   qiyosiy   tahlil   etish   uchun   turli   asoslar   tanlanadi.   Bu   hol   yuz
berganda   –   qiyoslash   jarayoni   o‘zining   aniqligini   yo‘qotadi.   U   ko‘p   jihatdan
predmetsiz,   demak,   samarasiz   bo‘lib   qoladi.   Qiyoslash   uchun   aniq   asos   bo‘lishi
kerak.   To‘g‘ri   kelgan   narsani   bosh1   Минералов   Ю . И .   Сравнительное
литературоведение   ( Компаративистика ).   Учебник .   –   М .:   Юрайт ,   2018;
Жирмунский   В . М .  Сравнительное   литературоведение  //   Изб .  тр . –  М .:   Наука ,
1979;  Кокорин   А . А .  Сравнительный   анализ :  теория ,  методология ,  методика . –
М .:   МГОУ ,   2009.   qasi   bilan   qiyoslab   bo‘lmaydi.   Masalan,   syujetni   syujet   bilan,
asar   tilini   boshqa   bir   asar   tili   bilan   qiyoslash   mantiqan   to‘g‘ri   bo‘ladi;
2.Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tahlildan olib tashlanmasa,
kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi; 3.Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama-
qarshiliklarga   uchrash   mumkin,   bu   tabiiy.   Hatto,   o‘ta   qarama-qarshi   bo‘lgan personajlarda   ham   albatta,   mantiqqa   zid   bo‘lmagan   umumiy   tomonlar   topiladi.
Qiyosiy   tahlilning   metodologik   vazifasi.   Qiyoslash   jarayonida   biz   ko‘plab   metod
va   usullardan   foydalanamiz.   Bu   esa   bizning   nafaqat   obyekt   haqidagi
bilimlarimizni,   balki   hayotdagi   ayrim   muammolarni   hal   qilishdagi   emperik
bilimlarimizni,   ya’ni   tajribamizni   ham   oshiradi   va   amaliy   imkoniyatimizni
kengaytiradi.   Qiyosiy   tahlilda   dunyoqarash   vazifasi.   Ma’lumki,   har   bir   jarayon
insonlarning   bilimi   va   dunyoqarashiga   bog‘liq   holda   amalga   oshadi.   Qiyosiy
tahlilning   qanchalik   keng   qamrovli   bo‘lishi,   aynan   inson   dunyoqarashi,   bilimi   va
saviyasining   qay   darajada   bo‘lishiga   bog‘liq.   Demak,   dunyoqarash   bu   jarayonda
muhim   rol   o‘ynaydi.   Subyektlarning   dunyoqarashi,   omma   dunyoqarashining
boyishiga   xizmat   qiladi.   Qiyosiy   tahlilning   baholovchi   (akseologik)   vazifasi
ko‘pgina   shaklda,   ko‘pgina   jihatlarda   namoyon   bo‘ladi.   Biz   nimaniki
qiyoslamaylik,   albatta,   xulosada   ilmiy-nazariy   fikrlarimizga   yakun   yasab,   u   yoki
bu   adabiy   hodisani   baholaymiz.   Shuning   uchun   ham   qiyosiy   tahlil   mohiyatan
akseologikdir,   ya’ni,   uning   mazmunida   o‘zaro   o‘xshashlik   va   tafovutlari   nuqtayi
nazaridan   qiyoslanadigan   hodisalarning   bahosi   mujassamlashgan   bo‘ladi.   Bu   esa
nafaqat   nazariy   darg‘alarni   boyitadi,   balki   ayrim   masalalar   yechimida   amaliy
ahamiyat ham kasb etadi. 18 19 Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi asosan amaliy
vazifalarni   hal   etishni   ta’minlashga   yo‘naltirilgan.   Bizning   qarshimizda   har   kuni
amaliy masalalar silsilasi paydo bo‘ladi. Qiyosiy tahlil amaliyotga xizmat qilsa va
inson hayotida ahamiyatga ega bo‘lsagina, u chinakamiga natija beradi. Qiyoslash
jarayonidagi   eng   muhim   bosqichlar   Qiyosiy   tahlil   kutilgan   natijani   berishi   uchun
tadqiqotchi nima qilishi, qanday bosqichlardan o‘tishi  kerak? Avvalo, tadqiqotchi
qiyoslash obyektlarini to‘g‘ri tanlab olishi kerak. Chunki qiyoslash obyektlarining
mavjudlik   vaziyati   bu   bosqichlarni   yuzaga   keltiradi.   Birinchidan,   hodisalarning
ichki   xususiyatini,   ichki   parametrlarini   qiyoslamay   turib,   ularni   qiyoslash,
o‘xshashlik   va   farqlarini   aniqlashning   iloji   yo‘q.   Ularning   asosiylari   –
qiyoslanadigan   obyektlarning   mazmun,   mohiyat,   sifatlaridir.   Shuning   uchun,
hodisalarning   mazmun,   mohiyat   va   sifatlari   orasidagi   o‘xshashlik   va   tafovutlarni
aniqlash   qiyoslash   jarayonidagi   birinchi   bosqichdir.   Ikkinchidan,   bilamizki, hodisalarning   ichki   xususiyatlari,   ya’ni   ularning   mazmun,   mohiyat   va   sifati
muhitda   o‘ziga   xos   shaklda   namoyon   bo‘ladi.   Demak,   qiyoslash   obyektlarining
ichki   xususiyatlarini,   muhitda   namoyon   bo‘lish   darajasidagi   o‘xshashlik   va
tafovutlarni   o‘rganish   kerak.   Bu   qiyosiy   tahlilning   keyingi   bosqichidir.
Uchinchidan,   nafaqat   qiyoslanadigan   obyektlar   muhitga   ta’sir   ko‘rsatadi,   balki
muhit   ham   ularga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.   Bu   tashqi   sharoitlarning   tahlil
obyektlariga   ta’sir   etish   xususiyatlarini   qiyoslashni   ko‘zda   tutadi.   Shu   tarzda,
tabiiy   ravishda   hodisalarni   qiyoslash   bosqichida   uchinchi   yo‘nalish   belgilanadi.
Uning mohiyati  – muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga ta’siridagi  o‘xshashlik va
tafovutlarni   aniqlashdan   iborat.   To‘rtinchidan,   har   qanday   hodisaning,   jumladan,
adabiy   hodisaning   paydo   bo‘lish   sababi,   zaruriyati   mavjud.   Qiyoslash   chog‘ida
albatta,   ularni   ham   e’tiborga   olish   zarur.   Har   bir   hodisaning   vujudga   kelishi,
mavjudligi, rivojlanishi  va faoliyat ko‘rsatishida  ko‘plab zaruriyatlar  rol  o‘ynaydi
va   ular   orasida   ayrimlari   ustuvor   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Buni   adabiyotda
ko‘pincha   motiv   deb   ataymiz.   Demak,   bizga   kerak   narsaning   qiyosiy   tahlilini
amalga   oshirishdan   oldin,   uni   yuzaga   keltirgan   ehtiyoj   va   zaruriyatlarni   ham
taqqoslash kerak. Bu bizga qiyoslanayotgan obyektlarning mavjudligi sabablarida
o‘xshash   va   xos   tomonlarni   ochishga   yordam   beradi.  Buning   uchun   biz  zaruriyat
(motiv)   –   obyekt   –   mohiyat   (natija)   algoritmi   asosida   qiyosiy   tahlilni   amalga
oshirishimiz   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Demak,   zaruriyat   (motiv)larni   qiyoslash
obyektni   tahlil   qilishning   muhim   bosqichi.   Chunki   ehtiyoj   va   zaruriyatsiz   hech
narsa   yuzaga   kelmaydi.   Axir,   Alisher   Navoiyning   «Lison   ut-tayr»   asarida   asl
manzilga yetish uchun tanlangan yettita vodiyning birinchisi aynan talab bo‘lgan1 .
Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar Ba’zida qo‘limizda shuncha material
bo‘la turib, nimani nima bilan qiyoslashni yoki taqqoslashni bilmaymiz. Ma’lumki,
qiyosiy   tahlil   jarayoniga,   uning   natijalariga   ko‘pgina   holat1
http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy   20   21   lar   ta’sir   qiladi.   Masalan,
qiyoslash   obyektlarining   mazmuni;   tahlildagi   metodologik   vositalar;   qiyosiy
tahlilni   o‘tkazish   usullari   va   h.k.   Bularning   barchasini   hisobga   olgan   holda,
qiyoslanishi   mumkin   bo‘lgan   quyidagi   tipik   vaziyatlarni   ko‘rsatish   mumkin: Birinchi vaziyat. Bir makon va zamonda mavjud bo‘lgan adabiy voqea hodisalarni
qiyoslash. Bunday qiyoslash jarayoni o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Birinchidan,
qiyoslanayotgan   obyektlarning   makoniy   birligi,   muhit   umumiyligi   uning   bu
xususiyatlarga ta’sir qilishini o‘rganishni kun tartibidan chiqaradi. Umumiy makon
va   zamon   esa,   qiyoslash   obyektlarining   muhiti   bir   ekani   haqida   dalolat   berib,   bu
muhit   ularga  asosan   bir  xil  ta’sir   ko‘rsatadi.   Bu  esa   qiyosiy  tahlilning  birmuncha
«soddalashuviga»,   yengillashuviga   olib   keladi.   Ikkinchidan,   qiyoslanuvchi
fenomenlarning   bir   makon   va   bir   zamonda   mavjudligi,   tabiiyki,   ularning   tarixiy
birligi haqida gapirishga imkon beradi. Masalan, O‘tkir Hoshimov va Tohir Malik
ijodini   qiyosan   o‘rgansak,   bir   makon   va   zamonda   yashab   ijod   etgan
yozuvchilarning umumiy va xos tomonlarini aniqlay olamiz. Ikkinchi vaziyat. Bir
makon,   lekin   har   xil   zamondagi   adabiy   hodisalarning   qiyosidan   tashkil   topadi.
Ma’lum   bir   sharoitda,   bir   muhitda,   bir   makonda,   ammo   turli   vaqtda   mavjud,
mavjud   bo‘lgan   yoki   mavjud   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   adabiy   hodisalarni
qiyoslash   kerak   bo‘lganda,   ikkinchi   vaziyat   yuzaga   keladi.   Shu   bilan   birga,   turli
vaqtda, ammo juda o‘xshash vaziyatlarda mavjud bo‘lgan hodisalarni qiyoslash –
qiyin   vazifa.   Odatda,   bu   yerda   muayyan   muammolar,   qiyinchiliklar,   jumboqlar
yuzaga   keladi.   Ko‘pincha   xuddi   o‘sha   bir   makon,   masalan,   bir   mamlakat
sharoitlarida   mavjud   bo‘lgan   hodisalarni   vaqt   omilini   inkor   etgan   holda
qiyoslashga   harakat   qilishadi.  Bu   noto‘g‘ri.  Masalan,   bir  makonda,  ammo  har  xil
zamonda   yashab   ijod   qilgan   shoirlar:   Muqimiy   bilan   Muhammad   Yusufning
yoshlar   yoki   yoshlik   haqidagi   qarashlariga,   albatta,   vaqt   o‘z   hukmini   o‘tkazadi.
Boshqacha   aytganda,   agar   qiyoslanuvchi   obyektlar   aynan   bir   muhitda   mavjud
bo‘lsa   ham,   o‘z   taraqqiyotining   turli   davrlarida   vaqt   masalaning   mohiyatiga
turlicha   ta’sir   ko‘rsatishini   hisobga   olish   lozim.   Hatto   agar   hodisalar   mavjud
bo‘lgan   sharoitlar   (mamlakat,   qandaydir   bir   makon)   tubdan   o‘zgarmagan   bo‘lsa-
da,   bu   vaqt   ichida   qiyoslash   obyektlarining   o‘zi   o‘zgargan   bo‘lishi   mumkin.
Uchinchi   vaziyat.   Bir   zamon,   lekin   har   xil   makonda   mavjud   bo‘lgan   obyektlarni
qiyoslash.   Masalan,   bugungi   kunda   bir   zamonda,   ammo   har   xil   makonda   yashab
ijod   qilayotgan   o‘zbekistonlik   yozuvchi   Nosir   Zohid   bilan   amerikalik   yozuvchi Viktoriya   Shvabning   bir   xil   nomdagi   «Qasos»   romani   mavjud.   Har   ikkala
romandagi qasos motivini taqqoslashda, albatta, muhitning qiyoslash obyektlariga
ta’sirini   hisobga   olish   juda   muhim.   Bu   jarayon   tadqiqotchidan   alohida   e’tiborni
talab qiladi. Chunki qiyosiy tahlil jarayonida sharoit va sabablarning qiyoslanuvchi
obyektlarga ta’sirini hisobga olish kerak bo‘ladi. To‘rtinchi vaziyat. Har xil makon
va zamon adabiy hodisalarini qiyoslash jarayoni. Bunda turli muhit, makon va turli
zamon adabiy hodisalari taqqoslanadi. Bu vaziyat qiyosiy tahlil metodologiyasi va
metodikasi   uchun   eng   murakkabi   sanaladi.   Masalan,   Shekspir   va   Alisher   Navoiy
asarlarida   ma’rifat   talqini   yoki   Abdulla   Qahhor   va   Jek   London   asarlarida   badiiy
psixologizm   masalasini   o‘rganish   uchun   quyidagilarni   hisobga   olish   kerak:
Birinchidan,   qiyoslanadigan   hodisalarning   mohiyatini   tushunish   lozim.
Ikkinchidan,   qiyosiy   tahlil   obyektlari   mavjud   bo‘lgan   oldingi   sharoitlar   va
muhitlarni   ham   imkon   qadar   22   23   chuqurroq   o‘rganish,   ularning   Shekspir   va
Navoiy yoki Abdulla Qahhor va Jek London dunyoqarashiga ta’sirini ochib berish
darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan adiblarning asarlarini
mashhurlikdan   boshqa   yana   nima   birlashtirib   turganini   bilish   uchun   ko‘pgina
adabiy   hodisalarni   yuzaga   chiqarish   lozim.   Qiyoslash   obyektlarining   makon-
zamon   ko‘rsatkichlari   munosabati   bilan,   tahlil   qiluvchining   oldida   ko‘plab
qiyinchiliklar   paydo   bo‘ladi.   Ammo   qiyoslanadigan   adabiy   hodisalarning
rivojlanish   jarayonida   vujudga   keladigan   vaziyatlarning   xususiyatlari   hisobga
olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qiyosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar
farqlanuvchi, ziddiyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga ega
bo‘lsa,   qiyoslash   natijasi   yaxshi   samara   beradi.   Nazorat   savollari:   1.   Tabiiy,
ma’naviy   va   ijtimoiy   qiyosiy   tahlil   obyektlari   bir-   biridan   qanday   farq   qiladi?   2.
Qiyosiy   tahlilning   vazifalari   nimalardan   iborat?   3.   Qiyoslash   jarayonidagi   eng
muhim bosqichlarga izoh bering? 4. Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun,
tadqiqotchi   qanday   bosqichlarda   ish   olib   borishi   kerak?   5.   Zaruriyat   –   obyekt   –
mohiyat algoritmida qiyosiy tahlilni amalga oshirish mexanizmini tushuntiring? 6.
Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz? 7. Nima uchun har xil   makon   va   zamon   adabiy   hodisalarini   qiyoslash   jarayoni   qiyosiy   tahlil
metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakkabi sanaladi?  Adabiyotlar :
1.   Гинзбург,   Л.   Я.   О   психологической   прозе.   О   литературном
герое.СПб.: Азбука, 2016. 
2.   Литературная   энциклопедия   терминов   и   понятий   ;   под   ред.   А.   Н.
Николюкина. М.: 2001 (https://www.academia.edu/37372082/ ).
 3. Есин А. Б. Психологизм русской классической литературы : учебное
пособие. — М. : Флинта : Наука, 2011. 
4. Адабиётшунослик луғати. Д.Қуронов ва б. Т.: Академнашр, 2013.
  5.   Н.   Г.   Чернышевский.   Собрание   сочинений   в   пяти   томах.   Том   3.
Литературная   критика.   Библиотека   "Огонек".   М.:   "Правда",   1974
( http://az.lib.ru/c/chernyshewskij_n_g/text_0240.shtml ). 
6. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 2007.
 7.  http://www.litmind.ru/milits-616-1.html  
8.   Исҳоқов   Ё.   Навоий   поэтикаси.   –   Т.:   Фан.   1983;   яна:   “Хамса”да
бадиий   психологизм   типлари   //   Алишер  Навоий   “Хамса”си   (тадқиқотлар).  –
Т.: Фан, 1986.
  9.   Машрабова   Г.   Навоийнинг   “Лайли   ва   Мажнун”   достонида   руҳият
тасвири   //   Навоийга   армуғон.   –   Т.:   А.Қодирий   номидаги   Халқ   мероси
нашриёти, 2003. 
10. Золотухина, О. Б. Психологизм в литературе : пособие по спецкурсу
для студ. спец. —Гродно : ГрГУ, 2009. 
11.  https://qomus.info/encyclopedia/cat-x/xarakter-uz/  
12. С.Л. Рубинштейн. Учение о характере/Отрывок из монографии С.Л.
Рубинштейна   "Основы   общей   психологии"
(.https://www.psychologyonline.net/articles/doc-451.html)

Tarixiy-qiyosiy metod va qiyosiy tipologik metod Reja: 1. Qiyosiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari va prinsiplari 2. Qiyosiy tahlil obyektlari. 3. Qiyosiy tahlilning vazifalari. 4. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar. 5. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar.

Qiyosiy tahlil oddiy tahlildan farq qiladi. An’anaviy tahlil obyektlardan, ular esa o‘z tashkil etuvchilaridan iborat. Tadqiqotchilar uchun shuni bilishning o‘zi kifoya. Qiyosiy tahlil esa aytib o‘tilgan harakatlardan tashqari, yana tahlil obyektlarining tashkil etuvchilarini ham bir-biri bilan qiyoslashga qaratiladi. Qiyosiy tahlildan maqsad – qiyoslanuvchi obyektlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, ular orasidagi umumiy qonuniyatlarni yuzaga chiqarishdan iborat. Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning uchun ham qiyoslash metodologiyasi odamlarning hayotiy faoliyatida keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda qiyoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish jarayoniga tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalarida qiyoslash metodologiyasidan foydalaniladi. Qiyoslash metodologiyasining mazmuni, mohiyati va vazifalarini yanada chuqur anglash uchun muayyan ilmiy-amaliy asoslar mavjud. Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy obyektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisalar guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir butunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi. Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay, ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyingina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda, tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shug‘ullangani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga o‘zlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning natijasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili ma’lum darajada ijtimoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar ta’sirisiz tabiat hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bo‘la olmaydi. Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini ijtimoiy hodisalar tashkil etadi. Ularning qiyoslash metodi o‘z xususiyatlariga ega. Bunda tahlil maydoni kengayadi, qiyosiy tahlil ko‘rsatkichlari soni ortadi. Sababi, bu o‘rinda ijtimoiy taraqqiyot qonunlari, ijtimoiy munosabatlarning barcha guruhlari: iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-g‘oyaviy, huquqiy, ilmiy-texnik, axborot, harbiy, ekologiya va boshqa ko‘plab munosabatlar e’tiborga olinadi. Ma’naviy-g‘oyaviy masalalar qiyosiy tahlil obyektlarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon ma’naviy- g‘oyaviy soha obyektlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bog‘liq. Demak, badiiy

adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy-g‘oyaviy hodisalar – qiyosiy tahlil obyektlaridir. Ammo bu obyektlar o‘ziga xos bo‘lib, ular o‘zining bir qator xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. 16 17 Qiyosiy tahlilning vazifalari Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gnoseologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi vazifalari mavjud1 . Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan o‘tamiz. Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi. Uning mohiyati va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz: Birinchidan, qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadigan obyekt haqida yangi ma’lumot olamiz. Ikkinchidan, qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning o‘zaro ta’siri haqida yangi tushunchalarga ega bo‘lamiz. Uchinchidan, agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli darajada to‘liq va aniq bo‘lsa, unda ularning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz. Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi. Adabiy hodisalarni taqqoslash jarayonida mantiqiy qonun-qoidalar ifodasi. Qiyosiy tahlil jarayonida mantiq talablaridan uzoqlashmaslik uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: 1.Turli xil asosga ega adabiy hodisalarni taqqoslash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pincha adabiy hodisalarni qiyosiy tahlil etish uchun turli asoslar tanlanadi. Bu hol yuz berganda – qiyoslash jarayoni o‘zining aniqligini yo‘qotadi. U ko‘p jihatdan predmetsiz, demak, samarasiz bo‘lib qoladi. Qiyoslash uchun aniq asos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan narsani bosh1 Минералов Ю . И . Сравнительное литературоведение ( Компаративистика ). Учебник . – М .: Юрайт , 2018; Жирмунский В . М . Сравнительное литературоведение // Изб . тр . – М .: Наука , 1979; Кокорин А . А . Сравнительный анализ : теория , методология , методика . – М .: МГОУ , 2009. qasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Masalan, syujetni syujet bilan, asar tilini boshqa bir asar tili bilan qiyoslash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi; 2.Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tahlildan olib tashlanmasa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi; 3.Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama- qarshiliklarga uchrash mumkin, bu tabiiy. Hatto, o‘ta qarama-qarshi bo‘lgan

personajlarda ham albatta, mantiqqa zid bo‘lmagan umumiy tomonlar topiladi. Qiyosiy tahlilning metodologik vazifasi. Qiyoslash jarayonida biz ko‘plab metod va usullardan foydalanamiz. Bu esa bizning nafaqat obyekt haqidagi bilimlarimizni, balki hayotdagi ayrim muammolarni hal qilishdagi emperik bilimlarimizni, ya’ni tajribamizni ham oshiradi va amaliy imkoniyatimizni kengaytiradi. Qiyosiy tahlilda dunyoqarash vazifasi. Ma’lumki, har bir jarayon insonlarning bilimi va dunyoqarashiga bog‘liq holda amalga oshadi. Qiyosiy tahlilning qanchalik keng qamrovli bo‘lishi, aynan inson dunyoqarashi, bilimi va saviyasining qay darajada bo‘lishiga bog‘liq. Demak, dunyoqarash bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Subyektlarning dunyoqarashi, omma dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi. Qiyosiy tahlilning baholovchi (akseologik) vazifasi ko‘pgina shaklda, ko‘pgina jihatlarda namoyon bo‘ladi. Biz nimaniki qiyoslamaylik, albatta, xulosada ilmiy-nazariy fikrlarimizga yakun yasab, u yoki bu adabiy hodisani baholaymiz. Shuning uchun ham qiyosiy tahlil mohiyatan akseologikdir, ya’ni, uning mazmunida o‘zaro o‘xshashlik va tafovutlari nuqtayi nazaridan qiyoslanadigan hodisalarning bahosi mujassamlashgan bo‘ladi. Bu esa nafaqat nazariy darg‘alarni boyitadi, balki ayrim masalalar yechimida amaliy ahamiyat ham kasb etadi. 18 19 Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi asosan amaliy vazifalarni hal etishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bizning qarshimizda har kuni amaliy masalalar silsilasi paydo bo‘ladi. Qiyosiy tahlil amaliyotga xizmat qilsa va inson hayotida ahamiyatga ega bo‘lsagina, u chinakamiga natija beradi. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun tadqiqotchi nima qilishi, qanday bosqichlardan o‘tishi kerak? Avvalo, tadqiqotchi qiyoslash obyektlarini to‘g‘ri tanlab olishi kerak. Chunki qiyoslash obyektlarining mavjudlik vaziyati bu bosqichlarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, hodisalarning ichki xususiyatini, ichki parametrlarini qiyoslamay turib, ularni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarini aniqlashning iloji yo‘q. Ularning asosiylari – qiyoslanadigan obyektlarning mazmun, mohiyat, sifatlaridir. Shuning uchun, hodisalarning mazmun, mohiyat va sifatlari orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash qiyoslash jarayonidagi birinchi bosqichdir. Ikkinchidan, bilamizki,

hodisalarning ichki xususiyatlari, ya’ni ularning mazmun, mohiyat va sifati muhitda o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Demak, qiyoslash obyektlarining ichki xususiyatlarini, muhitda namoyon bo‘lish darajasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni o‘rganish kerak. Bu qiyosiy tahlilning keyingi bosqichidir. Uchinchidan, nafaqat qiyoslanadigan obyektlar muhitga ta’sir ko‘rsatadi, balki muhit ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu tashqi sharoitlarning tahlil obyektlariga ta’sir etish xususiyatlarini qiyoslashni ko‘zda tutadi. Shu tarzda, tabiiy ravishda hodisalarni qiyoslash bosqichida uchinchi yo‘nalish belgilanadi. Uning mohiyati – muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga ta’siridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat. To‘rtinchidan, har qanday hodisaning, jumladan, adabiy hodisaning paydo bo‘lish sababi, zaruriyati mavjud. Qiyoslash chog‘ida albatta, ularni ham e’tiborga olish zarur. Har bir hodisaning vujudga kelishi, mavjudligi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishida ko‘plab zaruriyatlar rol o‘ynaydi va ular orasida ayrimlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Buni adabiyotda ko‘pincha motiv deb ataymiz. Demak, bizga kerak narsaning qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan oldin, uni yuzaga keltirgan ehtiyoj va zaruriyatlarni ham taqqoslash kerak. Bu bizga qiyoslanayotgan obyektlarning mavjudligi sabablarida o‘xshash va xos tomonlarni ochishga yordam beradi. Buning uchun biz zaruriyat (motiv) – obyekt – mohiyat (natija) algoritmi asosida qiyosiy tahlilni amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, zaruriyat (motiv)larni qiyoslash obyektni tahlil qilishning muhim bosqichi. Chunki ehtiyoj va zaruriyatsiz hech narsa yuzaga kelmaydi. Axir, Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida asl manzilga yetish uchun tanlangan yettita vodiyning birinchisi aynan talab bo‘lgan1 . Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar Ba’zida qo‘limizda shuncha material bo‘la turib, nimani nima bilan qiyoslashni yoki taqqoslashni bilmaymiz. Ma’lumki, qiyosiy tahlil jarayoniga, uning natijalariga ko‘pgina holat1 http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy 20 21 lar ta’sir qiladi. Masalan, qiyoslash obyektlarining mazmuni; tahlildagi metodologik vositalar; qiyosiy tahlilni o‘tkazish usullari va h.k. Bularning barchasini hisobga olgan holda, qiyoslanishi mumkin bo‘lgan quyidagi tipik vaziyatlarni ko‘rsatish mumkin: