logo

QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.466796875 KB
QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI
Reja:
 1. Ilmiy tadqiqot metodlari va qiyosiy tahlil.
 2. Qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish metodi xususida. 
3. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari.
4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari.  Qiyosiy   tahlil   –   borliqdagi   hodisalarni   bilish   va   o‘zgartirish   bo‘yicha
metodologiya bosqichlaridan biridir. Qiyoslash metodologiyasi ma’lum bir makon
va   zamonda   mavjud   turli   jarayonlarni   qiyoslash   uchun   asoslarni   shakllantiradi.
Shuning uchun ham  metodologiyada qiyosiy tahlilning o‘rnini  aniqlash  zaruriyati
mavjud.   Ma’lumki,   metodologiya   ilmiy   tadqiqot   metodlari   haqidagi   ta’limotdir.
Barcha fanlarda ilmiy tadqiqot metodlari empirik va nazariy metodlarga bo‘linadi.
Aynan   empirik   va   nazariy   metodlar   asosida   har   bir   fan,   jumladan,
adabiyotshunoslik   ham   o‘z   tadqiqot   usullarini   shakllantiradi.   «Tadqiqot
metodlarisiz   birorta   fan   o‘z   maqsadiga   (strategiyasiga),   tadqiqot   obyektining
mohiyatini   ochishga   erisha   olmaydi.   Chunki   u   yoki   bu   fanning   tabiat   va   jamiyat
hodisalarini aniqlashi, ularga xos qonuniyatlarni topishi, ular haqida ilmiy-falsafiy
g‘oyalar   24   25   chiqarishi,   shak-shubhasiz,   muayyan   metodlar   orqali   amalga
oshiriladi»1   .   Empirik   metod   kuzatish   va   tajriba   o‘tkazish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,
rejalashtirish,   tavsiflash,   statistika   kabi   bosqichlardan   iborat.   Nazariy   metodlarga
esa   analiz,   sintez,   abstraksiya,   induksiya,   deduksiya,   analogiya   modellashtirish
kabilar   mansubdir.   Nazariy   metodlarning   barchasi   qiyoslash,   umumlashtirish,
tasniflash   (klassifikatsiya),   baholash   kabi   bosqichlardan   o‘tadi.   Demak,   ayon
bo‘ladiki,  qiyoslash  barcha  nazariy ilmiy  xulosalarning  asosiy   bosqichlaridan  biri
hisoblanadi.   Shuning   uchun   qiyosiy   tahlilni   amalga   oshirishdan   oldin   ilmiy
tadqiqot   metodlarini   yaxshilab   o‘rganish,   ularning   qiyoslashdagi   rolini   tushunib
yetish kerak. Nazariy metodlarni qisqagina tushuntiramiz: Analiz – tahlil, sintez –
xulosalash,   abstraksiya   –   mavhumlashtirish,   induksiya   –   umumiylikdan
xususiylikka   o‘tish,   deduksiya   –   xususiylikdan   umumiylikka   siljish,   analogiya   –
o‘xshash   xususiyatlar   tahlili,   modellashtirish   –   model   yaratish   (prototip   yaratish:
mas:   olamning   badiiy   modeli,   darslikning   elektron   modeli).   Bu   nazariy
metodlarning   har   biri   qiyoslash   bosqichidan   o‘tishi   mumkin.   Qiyosiy   tahlilda
analiz,   sintez,   deduksiya   va   induksiya   kabilar   zarur   unsurlar,   ularsiz   qiyosiy
tahlilni   amalga   oshirish   mumkin   emas.   Masalan,   deduksiya   –   hodisalarni   tashkil
etuvchilarga   ajratish   jarayoni,   qiyosiy   tahlil   esa   ana   shu   jarayon   natijalarini   ham
o‘z ichiga oladi. Demak, qiyosiy tahlil voqelik hodisalarini bilish va o‘zgartirishga qaratilgan barcha nazariy metodlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib,
ilmda   qiyosiy   sintez,   qiyosiy   induk1   Расулов   Р .   Умумий   тилшунослик .   –
Тошкент ,   2010.   –   Б .291.   siya,   qiyosiy   deduksiya   kabi   tushunchalar   mavjud.
Masalan, qiyosiy sintez – hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash
jarayonidir.   Bunda   ularni   tashkil   etgan   unsurlarida   bilimlarni   integratsiyalash
natijalari   asos   qilib   olinadi.   Mohiyatan,   qiyosiy   sintez   «qiyosiy   tahlil   obyektlari
o‘rtasidagi   farq   nimada?»   degan   savolga   javob   beradi.   Qiyosiy   induksiya   –
xususiydan   umumiy   tomon   harakat,   qiyoslanadigan   adabiy   hodisalarning
o‘xshashlik   va   tafovutlarni   aniqlash   jarayonidir.   Qiyosiy-tarixiy   va   qiyosiy-
chog‘ishtirish metodi Qiyoslash metodologiyasida qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish
(yoki   qiyosiy-chog‘ishtiruv)   metodi   eng   asosiy   metodlardan   hisoblanadi.   Bu
metodlar   mohiyatan   bir-biriga   yaqin,   ammo   farq   qiladi.   Qiyosiy-tarixiy   metod
adabiy hodisalarning umumiy va xos tomonlarini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan
bog‘liqlikda qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy fikrlar
Arastuning   «Poetika»   asarida   bayon   qilingan.   Faylasuf   adabiyotni   epos,   lirika,
drama   kabi   uch   turga   ajratish   jarayonida   ularni   qiyoslaydi   va   mohiyatini
tushuntirib   beradi.   Qiyosiytarixiy   metod   haqida   ilmiy   adabiyotlarda   juda   ko‘plab
nazariy   fikrlar   bayon   qilingan.   Jumladan,   adabiyotshunos,   B.Karimov   qiyosiy-
tarixiy   metoddan   foydalanib,   quyidagi   yo‘nalishlarda   ilmiy   tadqiqot   olib   borish
mumkinligini ta’kidlaydi: 1. dunyo adabiyoti durdonalari yoki milliy adabiyotning
go‘zal   namunalari   o‘zaro   qiyoslanadi;   2.   adabiy   asarlar   yaratilgan   davriga   ko‘ra
taqqoslab   o‘rganiladi;   3.   bir   milliy   adabiyot   vakillarining   qiyos   uchun   asosli
asarlari   o‘rganiladi;   4.   milliy   adabiyot   namunalari   dunyo   adabiyoti   kontekstida
tekshiriladi;   26   27   5.   adabiy   jarayon   yoki   adabiyot   tarixida   mavjud   adabiy
hodisalarning   farqli   va   o‘xshash   qirralari   tadqiq   qilinadi;   6.   mavzu   yoki   ilmiy
muammo nuqtayi nazaridan o‘zaro yaqin bo‘lgan adiblarning asarlari tekshiriladi;
7.   adabiy-estetik   evolyutsiyani   kuzatishda   ma’lum   bir   adib   tomonidan   yozilgan
asarlar   obyekt   qilib   olinadi1   .   Qiyosiy-tarixiy   metodning   nazariy   asoslari
A.N.Veselovskiy,   V.M.Jirmunskiy,   N.I.Konrad,   A.Dima,   A.Dyurishin,
V.R.Amineva   kabi   olimlar   tomonidan   juda   yaxshi   yoritilgan2   .   Chog‘ishtirish metodi – filologik hodisalarni tizimli qiyoslashga asoslangan metod bo‘lib, asosan
farqli   xususiyatlarni   ochib   berishga   qaratilgan   metoddir.   Shuning   uchun   ham
tilshunoslikda   boshqacha   nomi   kontrastiv   metod   deb   ataladi.   Garchi   nazariy
asoslari   ishlab   chiqilmagan   bo‘lsa-da,   antik   davrlardan   boshlab   turli   xil   filologik
hodisalarni chog‘ishtirishga qaratilgan asarlar  yaratilgan. Alisher  Navoiyning fors
va   turkiy   tillar   muhokamasiga   qaratilgan   «Muhokamat-ul   lug‘atayn»   asari
chog‘ishtirish   metodining   yorqin   namunasidir.   Fanda   mazkur   metodning   nazariy
asoslari   tilshunos   olim   I.   A.   Boduen   de   Kurtene   tomonidan   XIX   asrda   ishlab
chiqilgan.   Ye.   D.   Polivanov,   L.   V.   Sherba,   S.   I.   Bernshteyn,   A.A.Reformatskiy,
Sh.   Balli   kabi   olimlar   bu   boradagi   ilmiy   ishlarni   davom   ettirishgan3   .   Tilshunos
olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, chog‘ishtirish metodi ikki va undan ortiq
qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli 1
Каримов   Б .  Адабиётшунослик   методологияси . –  Тошкент :  Муҳаррир , 2011. –
Б .74. 2 Bu haqda yana qarang:  Эшонбобоев   А .  Қиёсий - тарихий   метод   ҳақида  //
Ўзбек   тили   ва   адабиёти .   2008.   №2.   3   Поливанов   Е.Д.   Русская   грамматика   в
сопоставлении  с  узбекским   языком.  –  Ташкент,  1933;   Реформатский   А.А.  О
сопоставительном методе //  Русский язык в национальной школе. 1962. №5;
Методы   сопоставительного   изучения   языков.   –   М.,   1988.   bo‘lib,   ushbu
xususiyatga   ko‘ra   faqat   qarindosh   tillarni   taqqoslab,   qiyoslab   o‘rganadigan
qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli
ravishda,   chog‘ishtirilayotgan   tillarning   tarixiga,   ularning   kelib   chiqishiga   –
genetik   jihatlariga,   taraqqiyotiga   e’tibor   bermaydi,   ularga   asoslanmaydi.1   Agar
yuqoridagi   nazariy   fikrlarni   adabiyotga   tatbiq   qilsak,   tahlil   bir   millat   yoki   bir
hudud   adabiyoti   doirasida   olib   borilsa,   adabiy   hodisalarning   genetik   jihatlariga
e’tibor   qaratilsa,   bunda   qiyosiy-tarixiy   metoddan   (mas.,   «o‘zbek   mumtoz
adabiyotida   ramzlar   qiyosi»),   turli   millatga   mansub   adabiyotlar   tadqiqi   va   tahlili
asosida   (mas.,   rus   va   o‘zbek,   ingliz   va   ispan)   u   yoki   bu   adabiy   hodisalarning
spetsifik   xususiyatlari   ochib   berilsa,   chog‘ishtirma   metoddan   foydalaniladi.
Qiyoslash   natijalarini   baholashning   mezonlari   Qiyoslash   natijalarini   baholash
yuqorida   ko‘rib   o‘tilgan   qiyosiy   tahlil   vazifalarining   qay   darajada   bajarilganiga ko‘p   jihatdan   bog‘liqdir.   Ilmiy   adabiyotlarda   qiyoslash   natijalarini   xolisona
baholashning   tarixiy,   gnoseologik,   mantiqiy,   metodologik,   ma’naviy-g‘oyaviy   va
boshqa mezonlari mavjud. Ularni aniqroq tasavvur qilish uchun, ba’zilarini ko‘rib
chiqamiz.   Tarixiy   mezon   –   qiyosiy   tahlil   natijalarining   tarix   faktlariga   qanchalik
mos kelishini baholashdir. Gnoseologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarini ularning
bilish   nazariyasi   qonunlari   va   tamoyillariga   mos   kelishi   nuqtayi   nazaridan   baho
berishdir. 1 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Б.263. 28 29 Mantiqiy mezon –
qiyosiy tahlil natijalarining mantiq qonunlari talablariga mos kelishini baholashdir.
Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining qaysi metodlarga to‘g‘ri kelishi
yoki   kelmasligi   nuqtayi   nazaridan   baholashdir.   Ma’naviy-g‘oyaviy   mezon   –   bu
qiyosiy   tahlil   natijalarining   jamiyat   ma’naviyati,   g‘oyaviy   maqsadlariga   qay
darajada mos kelishini e’tiborga olib, baho berishdir. Xullas, yuqoridagi mezonlar
qiyosiy   tahlil   natijalarini   baholash,   komparativistik   tadqiqotning   ilmiy-nazariy
jihatlarini   aniqlash   imkonini   beradi.   Qiyosiy   tahlil   natijalarining   xolisligini
ta’minlash   shartlari   Qiyosiy   tahlilda   haqqoniy,   xolis   natijaga   erishish   uchun
quyidagilarga   diqqatni   qaratish   lozim:   Birinchidan,   qiyosiy   tahlilni   yakuniga
yetkazmoqchi   bo‘lgan   tadqiqotchi   qiyosiy   adabiyotshunoslikning   nazariy,
metodologik va metodik asoslarini bilishi kerak.  Bu borada ular bilishning nazariy
va empirik vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalana olishi lozim. Ikkinchidan,
qiyosiy   tahlil   obyektlari   mavjud   bo‘lgan,   mavjud   yoki   mavjud   bo‘lishi   mumkin
bo‘lgan muhitning xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, ilmiy
izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni
tahlilga  tortishi   kerak.   Uchinchidan,   qiyoslash   faqat   statistik   ma’lumot   yig‘ish   va
ko‘rsatishdan   iborat   bo‘lib   qolmasligi   kerak.   Qiyoslash   obyektlari   to‘xtovsiz
o‘zgaradi,   tadqiqotchilar   ana   shuni   hisobga   olishi   kerak.   O‘rganilayotgan
obyektlarning statistik manzarasi ularning dinamik xususiyatlari bilan to‘ldirilishi,
tadrijiy   takomili   ko‘rsatilishi   kerak.   Aks   holda   qiyosiy   haqiqat   to‘laqonli,   xolis
bo‘la olmaydi. Demak, olib borilgan statistika, dinamika bilan birga tahlil va talqin
qilinishi   lozim.   To‘rtinchidan,   tahlilda   subyektivizmga   yo‘l   qo‘ymaslik.   Soxta
qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mumkin, lekin fan rivojiga xizmat qilmaydi.   Ba’zi   tadqiqotchilarning   bir-biriga   umuman   to‘g‘ri   kelmaydigan
filologik jihatlarni qiyoslashi, ana shunday soxta qiyoslashga olib keladi. Natijada,
qiyosiy   tahlil   mazmuni   va   natijalari   buzib   ko‘rsatiladi,   odamlarning   ijtimoiy
ongida noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan
kunlar»   asaridagi   Otabekning   ishqiy   sarguzashtlarini,   Jorj   Bayronning     Don-Juan
obrazi   ishqiy   sarguzashtlari   bilan   qiyoslash   kutilgan   natijani   bermaydi.   Demak,
qiyosiy   tahlilning   asosiy   qoidalari,   talablari   bajarilmasa,   adabiy   hodisalarni
qiyoslash jarayoni noxolis natijalar beradi.  Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
2. Шарафиддинов О. Абдулла Қаҳҳор. Т. Ёш гвардия. 1988.
3. Шарафиддинов   О.   Ҳақиқатга   садоқат.   Т.   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва
санъат нашриёти. 1989.
4. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. Т. Шарқ. 2004.
5. Шарафиддинов О. Довондаги ўйлар. Т. Маънавият. 2004.
6. Озод Шарафиддинов замондошлари хотирасида. Т.  O ‘ ZBEKISTON .  2007
7. Шарафиддинов О. Домлалар. Т. Маънавият. 2009.

QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI Reja: 1. Ilmiy tadqiqot metodlari va qiyosiy tahlil. 2. Qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish metodi xususida. 3. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari. 4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari.

Qiyosiy tahlil – borliqdagi hodisalarni bilish va o‘zgartirish bo‘yicha metodologiya bosqichlaridan biridir. Qiyoslash metodologiyasi ma’lum bir makon va zamonda mavjud turli jarayonlarni qiyoslash uchun asoslarni shakllantiradi. Shuning uchun ham metodologiyada qiyosiy tahlilning o‘rnini aniqlash zaruriyati mavjud. Ma’lumki, metodologiya ilmiy tadqiqot metodlari haqidagi ta’limotdir. Barcha fanlarda ilmiy tadqiqot metodlari empirik va nazariy metodlarga bo‘linadi. Aynan empirik va nazariy metodlar asosida har bir fan, jumladan, adabiyotshunoslik ham o‘z tadqiqot usullarini shakllantiradi. «Tadqiqot metodlarisiz birorta fan o‘z maqsadiga (strategiyasiga), tadqiqot obyektining mohiyatini ochishga erisha olmaydi. Chunki u yoki bu fanning tabiat va jamiyat hodisalarini aniqlashi, ularga xos qonuniyatlarni topishi, ular haqida ilmiy-falsafiy g‘oyalar 24 25 chiqarishi, shak-shubhasiz, muayyan metodlar orqali amalga oshiriladi»1 . Empirik metod kuzatish va tajriba o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, rejalashtirish, tavsiflash, statistika kabi bosqichlardan iborat. Nazariy metodlarga esa analiz, sintez, abstraksiya, induksiya, deduksiya, analogiya modellashtirish kabilar mansubdir. Nazariy metodlarning barchasi qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash (klassifikatsiya), baholash kabi bosqichlardan o‘tadi. Demak, ayon bo‘ladiki, qiyoslash barcha nazariy ilmiy xulosalarning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun qiyosiy tahlilni amalga oshirishdan oldin ilmiy tadqiqot metodlarini yaxshilab o‘rganish, ularning qiyoslashdagi rolini tushunib yetish kerak. Nazariy metodlarni qisqagina tushuntiramiz: Analiz – tahlil, sintez – xulosalash, abstraksiya – mavhumlashtirish, induksiya – umumiylikdan xususiylikka o‘tish, deduksiya – xususiylikdan umumiylikka siljish, analogiya – o‘xshash xususiyatlar tahlili, modellashtirish – model yaratish (prototip yaratish: mas: olamning badiiy modeli, darslikning elektron modeli). Bu nazariy metodlarning har biri qiyoslash bosqichidan o‘tishi mumkin. Qiyosiy tahlilda analiz, sintez, deduksiya va induksiya kabilar zarur unsurlar, ularsiz qiyosiy tahlilni amalga oshirish mumkin emas. Masalan, deduksiya – hodisalarni tashkil etuvchilarga ajratish jarayoni, qiyosiy tahlil esa ana shu jarayon natijalarini ham o‘z ichiga oladi. Demak, qiyosiy tahlil voqelik hodisalarini bilish va o‘zgartirishga

qaratilgan barcha nazariy metodlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, ilmda qiyosiy sintez, qiyosiy induk1 Расулов Р . Умумий тилшунослик . – Тошкент , 2010. – Б .291. siya, qiyosiy deduksiya kabi tushunchalar mavjud. Masalan, qiyosiy sintez – hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. Bunda ularni tashkil etgan unsurlarida bilimlarni integratsiyalash natijalari asos qilib olinadi. Mohiyatan, qiyosiy sintez «qiyosiy tahlil obyektlari o‘rtasidagi farq nimada?» degan savolga javob beradi. Qiyosiy induksiya – xususiydan umumiy tomon harakat, qiyoslanadigan adabiy hodisalarning o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy- chog‘ishtirish metodi Qiyoslash metodologiyasida qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish (yoki qiyosiy-chog‘ishtiruv) metodi eng asosiy metodlardan hisoblanadi. Bu metodlar mohiyatan bir-biriga yaqin, ammo farq qiladi. Qiyosiy-tarixiy metod adabiy hodisalarning umumiy va xos tomonlarini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liqlikda qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy fikrlar Arastuning «Poetika» asarida bayon qilingan. Faylasuf adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish jarayonida ularni qiyoslaydi va mohiyatini tushuntirib beradi. Qiyosiytarixiy metod haqida ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab nazariy fikrlar bayon qilingan. Jumladan, adabiyotshunos, B.Karimov qiyosiy- tarixiy metoddan foydalanib, quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib borish mumkinligini ta’kidlaydi: 1. dunyo adabiyoti durdonalari yoki milliy adabiyotning go‘zal namunalari o‘zaro qiyoslanadi; 2. adabiy asarlar yaratilgan davriga ko‘ra taqqoslab o‘rganiladi; 3. bir milliy adabiyot vakillarining qiyos uchun asosli asarlari o‘rganiladi; 4. milliy adabiyot namunalari dunyo adabiyoti kontekstida tekshiriladi; 26 27 5. adabiy jarayon yoki adabiyot tarixida mavjud adabiy hodisalarning farqli va o‘xshash qirralari tadqiq qilinadi; 6. mavzu yoki ilmiy muammo nuqtayi nazaridan o‘zaro yaqin bo‘lgan adiblarning asarlari tekshiriladi; 7. adabiy-estetik evolyutsiyani kuzatishda ma’lum bir adib tomonidan yozilgan asarlar obyekt qilib olinadi1 . Qiyosiy-tarixiy metodning nazariy asoslari A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy, N.I.Konrad, A.Dima, A.Dyurishin, V.R.Amineva kabi olimlar tomonidan juda yaxshi yoritilgan2 . Chog‘ishtirish

metodi – filologik hodisalarni tizimli qiyoslashga asoslangan metod bo‘lib, asosan farqli xususiyatlarni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb ataladi. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, antik davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chog‘ishtirishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari chog‘ishtirish metodining yorqin namunasidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan. Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformatskiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom ettirishgan3 . Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, chog‘ishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli 1 Каримов Б . Адабиётшунослик методологияси . – Тошкент : Муҳаррир , 2011. – Б .74. 2 Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А . Қиёсий - тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти . 2008. №2. 3 Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент, 1933; Реформатский А.А. О сопоставительном методе // Русский язык в национальной школе. 1962. №5; Методы сопоставительного изучения языков. – М., 1988. bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taqqoslab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda, chog‘ishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chiqishiga – genetik jihatlariga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi, ularga asoslanmaydi.1 Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak, tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa, adabiy hodisalarning genetik jihatlariga e’tibor qaratilsa, bunda qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «o‘zbek mumtoz adabiyotida ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi va tahlili asosida (mas., rus va o‘zbek, ingliz va ispan) u yoki bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa, chog‘ishtirma metoddan foydalaniladi. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari Qiyoslash natijalarini baholash yuqorida ko‘rib o‘tilgan qiyosiy tahlil vazifalarining qay darajada bajarilganiga

ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ilmiy adabiyotlarda qiyoslash natijalarini xolisona baholashning tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, metodologik, ma’naviy-g‘oyaviy va boshqa mezonlari mavjud. Ularni aniqroq tasavvur qilish uchun, ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Tarixiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining tarix faktlariga qanchalik mos kelishini baholashdir. Gnoseologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarini ularning bilish nazariyasi qonunlari va tamoyillariga mos kelishi nuqtayi nazaridan baho berishdir. 1 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Б.263. 28 29 Mantiqiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining mantiq qonunlari talablariga mos kelishini baholashdir. Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining qaysi metodlarga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi nuqtayi nazaridan baholashdir. Ma’naviy-g‘oyaviy mezon – bu qiyosiy tahlil natijalarining jamiyat ma’naviyati, g‘oyaviy maqsadlariga qay darajada mos kelishini e’tiborga olib, baho berishdir. Xullas, yuqoridagi mezonlar qiyosiy tahlil natijalarini baholash, komparativistik tadqiqotning ilmiy-nazariy jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari Qiyosiy tahlilda haqqoniy, xolis natijaga erishish uchun quyidagilarga diqqatni qaratish lozim: Birinchidan, qiyosiy tahlilni yakuniga yetkazmoqchi bo‘lgan tadqiqotchi qiyosiy adabiyotshunoslikning nazariy, metodologik va metodik asoslarini bilishi kerak. Bu borada ular bilishning nazariy va empirik vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalana olishi lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bo‘lgan, mavjud yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitning xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, ilmiy izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni tahlilga tortishi kerak. Uchinchidan, qiyoslash faqat statistik ma’lumot yig‘ish va ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Qiyoslash obyektlari to‘xtovsiz o‘zgaradi, tadqiqotchilar ana shuni hisobga olishi kerak. O‘rganilayotgan obyektlarning statistik manzarasi ularning dinamik xususiyatlari bilan to‘ldirilishi, tadrijiy takomili ko‘rsatilishi kerak. Aks holda qiyosiy haqiqat to‘laqonli, xolis bo‘la olmaydi. Demak, olib borilgan statistika, dinamika bilan birga tahlil va talqin qilinishi lozim. To‘rtinchidan, tahlilda subyektivizmga yo‘l qo‘ymaslik. Soxta qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mumkin, lekin fan rivojiga xizmat