logo

Kichik janrlar maqol, matal va topishmoq, olqishlar va qarg`ishlar janrlar poetikasi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.1923828125 KB
Kichik janrlar: maqol, matal va topishmoq, olqishlar va qarg`ishlar janrlar
poetikasi.
REJA :
1. Maqol   –   mantiqiy   mushohada   namunasi   va   dono   gap   donishmandlik
mahsulidir.
2. Topishmoq, jumboq, matal, cho’pchak deb nomlanuvchi janrdir.
3. Maqol, topishmoq, lof janrlarining mavzu doirasi va badiiy talqini.
4. Olqishlar va qarg`ishlar janrlar poetikasi.
   So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga
kela boshladi. Maqol – mantiqiy mushohada namunasi, odob va axloq qoidalarini
jamuljam   etgan   dono   gap.   Ular   qadimdan   xalq   donishmandligi,   aql-idroki,   fikr-
o’ylarining   ifodasi   sifatida   yashab   kelganlar;   sinalgan,   turmush   tasdiqidan   o’tgan
tushunchalarni   ifodalab,   unga   qanot   baxsh   etganlar.   Maqollar   ta`lim-tarbiyaviy
jihatdan katta ahamiyatga ega. U kishilarni ogohlantiradi (« Birovga kulma zinhor,
senga   ham   kulguvchilar   bor »),   maslahat   beradi   (« Yo’l   bilmasang   yo’l   so’ragin
yurgandan,   gap   bilmasang   gap   so’ragin   bilgandan »),   tanbeh   berib,   tanqid   qiladi
(« CHolni   ko’rib  buvam  dema »),  mehnatni  ulug’laydi  (« Ishlaganning og’zi   oshga
tegar,   ishlamaganning   boshi   toshga   tegar »),   hajviy   kulgi   ostiga   olib,   fosh   etadi
(« Ishtonsiz   tizzasi   yirtiqqa   kular »)   va   boshqalar.   Ko’ramizki,   maqollarda   chuqur
mazmun,   mehnatkash   ommaning   donoligi,   milliy   an`ana,   uzoq   asrlik   hayot
tajribalari,   tabiat   va   jamiyat   hodisalari   haqida   fikri,   bahosi,   mehnat   yakunlari
mujassamlashgan.   SHuning   uchun   ham   maqollar   uzoq   umrli   bo’ladi.   Maqollarda
har bir tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy voqealar ma`lum darajada o’z izini qoldiradi.
SHuningdek, yangi-yangi maqollar yaratilib, so’z san`ati xazinasi boyiyveradi.
Maqollar ko’p jihatdan matallarga o’xshasa ham, ularning har qaysisi o’ziga
xos   xususiyatga   ega.   «Temirni   qizig’ida   bos»,   «YOvni   ayagan   yara   er,   kaltagini
sara   er»,  «Birlashgan   o’zar,  birlashmagan  to’zar»,   «Er   yigitga  ikki   nomus  –  bir
o’lim»   kabilar   tom   ma`noli   maqollar   bo’lib,   ularning   mazmunida   tugal   fikr,
umumiy   xulosa   bor.   «Sulaymon   o’ldi,   devlar   qutuldi»,   «Tosh   qattiqmi,   bosh»,
«Ko’rgan bilan eshitgan bir emas», «Ayozxon, haddingni bil»  kabilar esa matallar
hisoblanadi.   CHunki   ularning   mazmunidan   umumiy   xulosa,   tugal   fikr
anglashilmaydi, balki xususiy belgining o’zigina ifodalangan.
Darhaqiqat,   «Temirni   qizig’ida   bos»   maqolida   faktlar   jamlanib,   tugal   fikr,
umumlashma   ma`no   kelib   chiqqan.   Nasihat,   o’git   hamma   ishni   o’z   vaqtida
bajarishga   qaratilgan   bo’lib,   ma`no   nihoyatda   keng.   «Sulaymon   o’ldi,   devlar
qutuldi»   matalida esa, tugal, umumlashma ma`no yo’q, xulosa ko’rinmaydi, faqat
xususiy ma`no ifodalangan, xolos. SHunday qilib, maqol chuqur va keng ma`noli, ibratomuz,   tugal   fikr   anglatsa,   matal   juz`iy   belgi   anglatuvchi   ta`sirchan   nutq
bezagidir.
Maqollar xalq tushunchasi, hayot tajribalari, mulohazalarining umumlashma
xulosasigina bo’lib qolmay, haqiqatning obrazli ifodasi, u yoki bu masala ustidan
chiqarilgan   hukm   hamdir.   Maqol   hajmi   ixcham,   qisqa   bo’lib,   puxta   ishlangan,
keng   ma`noni   ifodalovchi   obrazli   nutq   namunasidir.   Biror   jumla,   gap   shaklida
kelgan maqolda ortiqcha so’z bo’lmaydi. Har bir so’z aniq, o’z o’rnida ishlatilgan
va ahamiyatli bo’lib, o’ziga xos ritm, ohang, tuzilishga ega.
O’zbek  xalq  maqollari   uzoq  davrlar   davomida yashab,   alohida janr  sifatida
shakllandi, avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga o’tib kelmoqda. O’tmish madaniy
yodgorliklarda   maqollar   ko’plab   uchraydi.   XI   asr   qomusi   hisoblangan   Mahmud
Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida keltirilgan maqollarda o’sha zamon
ruhi,   dunyoqarashi,   kishilarga,   mehnatga   munosabatning   turli   xil   shakllari   o’z
ifodasini   topgan.   Bu   maqollar   qadimgi   turk   urug’lari   va   qabilalari   orasida   keng
tarqalgan bo’lib, ularning turlari bizgacha etib kelgan.
Maqollar   tarixiylik   xususiyatga   ega.   Ular   ko’pincha   tarixiy   voqea   va
hodisalar   ta`sirida   vujudga   kelgan.   SHuning   uchun   ham   maqollarning   g’oyaviy
mazmunida xalq hayotining turli xil tomonlari o’z aksini topgan. Ma`lumki, turkiy
xalqlar   qadimdan   chorvachilik   va   dehqonchilik   bilan   shug’ullanib   kelgan.
Binobarin,   ba`zi   bir   maqollar   chorvachilik   va   dehqonchilik   bilan   bog’lanadi.
Ularda xalqning mehnat tajribalari umumlashtiriladi.
Mo’g’ullar   istilosi   davrida   (XIII   asr)   CHingizxon   zulmi   juda   ko’p   naql,
matal,   afsonalarning   yaratilishiga   sababchi   bo’lgan.   O’sha   davrda   to’qilgan
maqollarda tarixiy faktlar ham ko’zga tashlanadi.
Ma`lumki, feodal tuzum sharoiti hamda hukmron sinf  vakillari mehnatkash
dehqon,   kosiblar   hayotini   iqtisodiy   jihatdan   og’ir   ahvolga   solib   qo’ygan   edi.   Bu
holat   nochorlik,   ochlik,   kambag’allik   haqidagi   maqollarning   yuzaga   kelishiga
sabab bo’ldi.
Ayni choqda zulm va zo’rlikka qarshi ochiqdan-ochiq norozilik, isyonkorlik
ruhi bilan sug’orilgan maqollar ham yaratildi. Maqollar,   asosan   o’z   va   ko’chma   ma`nolarni   ifodalaydi:   «Ilon   chiqqan   ola
arqondan   qo’rqar»,   «Bo’rining   qulog’i   ovda».   Bu   xildagi   maqol   va   matallar
ma`lum bir voqea, hodisa bilan bog’liq holda ishlatiladi, aytilmoqchi bo’lgan fikr
majoziy ma`noda, kinoya tarzida ifoda etiladi.
Maqol   shaklan   qisqa   bo’lib,   voqelikni   yoyiq   holda   ifoda   qila   olmaydi.
Binobarin,   maqollarda   voqelikni   siqiq   va   ixcham   ifodalaydigan   aniq   va   hayotiy
obrazlar   mavjudki,   ular   umumiy   mulohazalarning   yakunidan   kelib   chiqqan
xulosani   ko’chma   ma`nolarda   belgilash   imkonini   beradi,   «Sen   bo’rini   ayasang,
bo’ri seni talaydi», «Jo’jani kuzda sana». Birinchi maqolda «bo’ri» orqali qonxo’r
dushman,   yovuz   niyatli   kishi,   obrazi   gavdalansa,   ikkinchi   maqolda   har   bir   ishda
xulosa   chiqarishga   shoshilmaslik   kerak   deyilmoqchi.   Ba`zan   u   yoki   bu   maqol
topishmoq   singari   tuzilgan   bo’lib,   voqelik   qiyos   qilish,   solishtirish   orqali
aniqlanadi: «YOz yomg’iri loy bo’lmas, o’g’ri aslo boy bo’lmas».
Maqollar   tuzilish   jihatdan   nihoyatda   sodda   va   ixcham.   U   ko’pincha   sodda
gapdan   iborat   bo’ladi:   «Til   –   tig’dan   o’tkir»,   «Insofsiz   –   imonsiz».   ega   va
kesimdangina   tashkil   topgan   mazkur   maqollarda   asosiy   mazmun   lo’nda
ifodalangan. Ularning har birida o’z yoki ko’chma ma`noli obrazlar qarama-qarshi
qo’yiladi: «G’amsiz boshim – g’avg’osiz boshim», «Ot aylanib qozig’ini topar, suv
aylanib   yorig’ini   topar».   Birinchi   gap   ikkinchi   gap   mazmunini   takrorlab,   uni
izohlaydi, yoki aksincha, ikkinchi gap birinchi gap mazmunini ta`kidlab izohlaydi.
Mazkur   maqollarda   kelgan   qarama-qarshi   bo’laklar   o’zaro   mos   tarzda
qofiyalashgan.   «Usti   yaltiroq   –   ichi   qaltiroq»,   «Ish   yoqmasga   it   boqmas»   kabi
maqollarda   esa,   birinchi   bo’lakka   urg’u   tushishi   bilan   yaxlitlanib   obraz   yaratadi,
ikkinchi   bo’lak   esa,   birinchi   bo’lakning   kesatiq   mazmunli   izohi   bo’lib,   obraz
xarakterini aniqlaydi. Ular mantiqan bir butun obrazlikni tashkil etadi.
Maqollarda   qofiyalanish   ham   o’ziga   xosdir:   «Jondan   kesmasang,   jonona
qayda,   Toqqa   chiqmasang,   do’lona   qayda»,   «Mehnat   –   mehnatning   tagi   rohat».
Ko’ramizki, turli xil shaklga ega bo’lgan bo’laklar o’zaro qofiyadosh so’zlar bilan
bog’landi. Har bir maqolda asosiy mazmunni ifoda etgan so’z qarama-qarshi yoki o’ziga mos tushgan so’z bilan qofiyalanadi:  «Ko’cha xandon, uy zindon», «Qo’li
ochiqning, yo’li ochiq».
Maqollarda   vazn,   ritm,   qofiya,   ohangdorlikning   quyma   birligi   katta   rol
o’ynaydi.   Binobarin,   ko’pchilik   maqollar   she`riy   formada   kelib,   ba`zan   bir   misra
yoki   bir   baytdan,   ba`zan   esa,   to’rt   misradan   tashkil   topadi.   Misralardagi   takror
so’zlar ohangdorlikni yanada oshiradi:
YAxshi otga bir qamchi,
YOmon otga ming qamchi.
YAxshi topib so’zlar,
YOmon qopib so’zlar.
Maqollarda   sifatlash,   o’xshatish   kabi   badiiy   tasvir   vositalari   va   omonim,
antonim so’zlardan foydalanish ularning badiiyligini yanada oshiradi, ifodalangan
fikrning tinglovchiga tez etib borishini ta`minlaydi.
Maqollar   donishmandlik   ramzi.   Ular   o’quvchi   va   tinglovchilarni   fikrni
chuqur,   ixcham,   aniq   va   obrazli   qilib   ifodalashga   o’rgatadi,   kishilarni,   ayniqsa,
yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita vazifasini o’taydi.       
Xalq   orasida   topishmoq,   jumboq,   ba`zan   matal,   topar,   cho’pchak   kabi
terminlar   bilan   yuritilib   kelingan   topishmoq   janri   o’zbek   fol’klorida   qadim
zamonlardan   hozirgacha   yashab   kelmoqda   va   rivojlanmoqda.   Uzoq   o’tmish
davrlarda topishmoq insonni o’rab olgan muhit va tabiatning turli-tuman hodisalari
haqidagi   tushunchalarining   badiiy   ifodasi   sifatida   maydonga   kelgan.   Tog’   va
o’rmonlar, daryo va ko’llar, cho’lu biyobon, er va osmon, quyosh va oy, yulduz va
fasllar,   zulmat   va   yorug’lik,   toshqinlar,   chaqmoq   va   momoqaldiroq,   hayvonot
olami,   oila-ro’zg’or   jihozlari,   dov-daraxt,   mehnat   qurollari   va   boshqalar   haqida
kollektiv ijodning mahsuli bo’lib to’qilgan togpishmoqlar avloddan-avlodga o’tib,
katta va kichikka hayot, tabiat sirlari haqida o’ylashni, bilishni o’rgatib kelganligi
bilan g’oyat ahamiyatlidir.
«Topishmoq» so’zi «top» buyruq fe`liga «ish-moq» yasovchilari qo’shilishi
bilan chigal, murakkab, belgi-xususiyati  yashirin berilgan biror noma`lum narsani
topish   mazmunini   ifodalaydigan   yasama   otga   aylangan.   Tabiat   va   jamiyat hodisalari   kishilar   oldiga   ko’p   murakkab   jumboqlar,   muammolar   qo’ygan.
Insonning o’sha masalalarni topishi, sirli bo’lib ko’ringan narsalarning tub, haqiqiy
mohiyatini ochishi uchun aql-idrok va o’tkir did talab qilingan. 
Tabiatning   sirli   hodisalari   inson   taqdirini   asossiz,   taxminiy   farazlar,   turli
e`tiqod   vositasida   passiv   anglash,   folbinlik,   astrologiya   kabi   og’zaki   ijodning
g’ayri   ilmiy   shakllarini   ham   maydonga   keltirgan.   Topishmoqlar   bo’lsa,   xalq
og’zaki   ijodida   eshituvchilardan   ongli   ravishda   yashirilgan,   berkitilgan   narsa,
hodisalarning   asosiy   mazmunini   topish,   echishning   o’ziga   xos   poetik   formasidir.
SHuning   uchun   topishmoqni   eshituvchilar   uni   tabiat   yoki   turmush   siri   deb   emas,
yashirilgan muayyan, aniq bir narsa deb biladilar, shunday tushunadilar.
Topishmoqlar   og’zaki   ijodning   ommaviy   va   maxsus   janrlaridan   biri.
Ularning uslubi  metafora (istiora), ko’chim, kinoya, qochiriq yo’li  bilan so’zlarni
ko’chma ma`noda ishlatib, yashirilgan narsa, hodisalarning belgilariga ikkinchi bir
narsa,   hodisalarning   belgilarini   qiyoslash,   imo-ishora   qilishdan   iboratdir.
Topishmoqlarning   shu   xususiyati   haqida   qadimgi   yunon   filosofii   Aristotelning:
«Juda yaxshi metafora tuzish yo’li», deyishi bejiz emas.
Topishmoq   aytish   qadimgi   zamonlardan   boshlab   turli   xalqlarning   hayoti,
ijtimoiy shart-sharoitlari, dunyoqarashlari, urf-odatlari, mifologik tasavvurlari bilan
bog’liq   bo’lgan.   O’zbek   xalqi   ham   boshqa   qardosh   xalqlar   kabi   kuz   va   qish
kechalari   g’o’za   chuvish,   charx   yigirish,   olacha   to’qish   kabi   qo’l   mehnati   bilan
bajariladigan turli-tuman ishlar davomida topishmoq aytishgan. Topishmoq aytish
qaysi bir xalqda bo’lmasin u aql-ziyraklik musobaqasi, ko’ngil ochish, o’yin-kulgi
vositasi.   Topishmoq   aytish,   asosan,   yoshlarning   so’z   boyligini   oshirish,   hayot   va
uning hodisalari haqidagi bilim-tushunchasi, idroki va mulohazalarini kengaytirish
uchun zarur tarbiya vositalaridan biri bo’lgani tufayli ular  soddadan murakkabga,
osondan   qiyinga   borish   usulida   yaratilgan.   Topishmoqlar   orasida   maktab
yoshigacha   bo’lgan   bolalar   osonlik   bilan   topa   oladiganlari   bo’lgani   kabi   katta
yoshdagi   bolalar,   hatto   turmush   tajribasi   ko’p   kishilarning   ham   boshini   qotirib,
o’ylashga   majbur   qiladiganlari   ham   bor.   Masalan,   «Otdan   baland,   itdan   past»,
«Qoziq   ustida   qor   turmas»   kabi   e gar,   tuxum   haqidagi   topishmoqlar   xalq   orasida keng   tarqalganligidan   topishmoq   aytilib   bo’linmay,   eshituvchilar   uning   javobini
topa oladi. Ammo «Uzundan uzoq, havoga tuzoq»  (tutun)  kabi topishmoqlar ancha
o’ylantirib   qo’yadi.   Topishmoqni   hamma   –   kattadan   kichik   aytadi,   uni   topishga
ham   ko’pchilik   ishtirok   etadi.   Xalq   orasida   nisbatan   ko’p   topishmoq   biladigan
kishilar topishmoqchi, jumboqchi ham deb yuritiladi.
Topishmoqlarda savol  tarzida aytiladigan fikrlar ma`lum bir badiiy shaklga
tushgan   bo’ladi.   Ular   xuddi   maqollar   kabi   ixcham,   quyma,   ta`sirchan   formada
yaratiladi. Badiiy tafakkur mevasi bo’lgan topishmoqlarda fikr timsoliy yo’l bilan
ifodalanadi, uning savol va javobini ichki mantiqiy qiyoslash boshqarib turadi.
Topishmoq   aytuvchi   qanoat   hosil   qilguncha   shu   tariqa   savol-javob   davom
etadi.  Javob   topa  olmagan  shaxsning   deyarli   barcha   tana  a`zolari   «sotib  olinadi».
«Sotdim-oldim»da kishining ko’zini – jin chiroqqa, burnini – hushtakka, boshini –
toshga,   og’zini   –   o’raga   va   boshqa   a`zolarini   turli-tuman   narsalarga   o’xshatib,
masxara   qilinadi.   Ko’rinib   turibdiki,   topishmoq   aytishish   mehnat   ahlining   o’ziga
xos ko’ngil ochishi, xursandchilik qilishining bir yo’lidir. Topishmoq aytish orqali
davrada   ajoyib   xushchaqchaqlik,   ruhiy   ko’tarinkilik   paydo   bo’ladi.
Topishmoqlarni   yaxshi   biladigan   keksalarning   guvohlik   berishicha,   topishmoq
aytish   kechalari   juda   maroqli   o’tgan,   ayniqsa   yoshlarga   tarbiyaviy-ta`limiy
jihatdan katta foyda etkazgan.
Ayrim   topishmoqlar   maqollik   xususiyatiga   ham   ega   bo’ladi.   Masalan,
«Hammaga   to’n   tikaman,   o’zim   yalang’och»   (igna)   topishmog’i   chuqur   ijtimoiy
mazmuni   bilan   ajralib   turadi.   O’zgalarning,   to’g’rirog’i,   boy-amaldorlarning
foydasiga   kechasiyu   kunduzi   tinmay   mehnat   qilib,   o’zi   quruq   qolgan,   och-
yalang’och,   muhtojlikda   yashagan   mehnatkashlar   ommasining   og’ir,   achinarli
ahvoli   g’oyat   obrazli   ifodalangan.   Lekin   igna   va   ish   haqidagi   boshqa   bir
topishmoqni   («Kichkina   Xotin,   lachagi   uzun»)   bunday   deb   bo’lmaydi.   Unda
ayollar mashg’uloti ko’zda tutilganligini payqash qiyin emas.
Topishmoqlarda   hokim   sinf   tabaqasiga   mansub   kishilarning   nomlari
ishlatilishi ham bejiz emas. Masalan, «Abdullaxon – beustixon»  (bit).  «Tokchama-
tokcha,   Samatjon   boyvachcha»   (sichqon).   «Hovuz   yonida   Sulton   boyvachcha» (qurbaqa).   Bunday   topishmoqlarning   umumiy   mazmunida   zaharxanda,   piching
bor.   Birinchi   topishmoqda   xalqning   qonini   so’rib,   zolimlikda   nom   chiqargan
Buxoro   xoni   Abdullaxonning   nomi   nafrat   Bilan   tilga   olinmoqda.   Ikkinchisida
tekinxo’rlik,   zararkunandalik,   tayyorga   ayyor,   ucharlik   sichqon   obrazi   misolida
qaysi   bir   Samatjon   degan   qallobga   tenglashtiriladi.   Sulton   boyvachcha   esa,
odamlarni ishlatib, faqat o’z jonining huzurini biladigan, o’zini koyitmaydigan bir
amaldorga nisbat berilganligi aniq.
Topishmoqlarda   topilayotgan   narsaning   belgisi   bo’rtib   ko’rsatiladi.   Buning
sababi   shundaki,   topishmoqda   o’xshatilayotgan   narsaning   belgisi   aynan   o’sha
narsada   yanada   aniqroq,   yorqinroq   namoyon   bo’ladi.   Masalan,   lampochkaning
qorong’ulikni   qisman   yoritishini   kuchaytirib   ko’rsatish   uchun   uning   yorug’lik
kuchi   kunduzning   yorug’ligiga   qiyoslanadi:   «Nur   sochadi   yulduzdek,   tunni   qilar
kunduzdek». Chumolilaming mehnatkashligi, ulaming tartibli harakati, darhaqiqat,
kishilaming hayratiga sabab bo’ladi. Biroq qumursqalar nihoyatda mayda hasharot
bo’lganligi   sababli   ulaming   bunday   faoliyati   har   doimo   ham   ko’zga
tashlanavermaydi. Quyidagi topishmoqda bu narsaga urg’u berish va kishilar ko’z
o’ngida haybatli tasvimi yaratish maqsadida ular karvonga o’xshatilayapti: «Qora-
qora, qorakarvon, ertayu kech tashirdon».
«Gul   tagida   olifta   ashulachi»   topishmog’ida   bulbulga   sha’ma   qilinmoqda.
Ma’lumki,   bulbul   o’zining   chiroyli   sayrashi,   go’zalligi   va   gullami   sevishi   bilan
boshqa   qushlardan   ajralib   turadi.   Qushning   bu   jihatlarini   bo’rttirib   ko’rsatish
uchun   u   rang-barang   mato   parchalaridan   kuylak   kiyib,   turlicha   maqom   va   noz   -
ishvalar bilan kuylaydigan olifta ashulachiga qiyoslanmoqda.
Ayrim   topishmoqlaming   qofiyalari   topishmoqda   yashiringan   narsa   nomiga
qofiya yoki omonim so’z bo’lishi mumkin:
Yedirib, yedirib, o’zi  yer. (Yer)
U yog’i alang, bu yog’i  alang,
O’rtasidaola  to'palang. (Chang)
Bunday   topishmoqlaming   tuzilishi,   qo’llangan   qofiyalarning   ohangdorligi,
ulaming   javobini   topuvchining   mushkulini   biroz   bo’lsa-da   osonlashtiradi. Shuningdek,   ayrim   topishmoqlardagi   qofiya   topiladigan   narsa   nomi   bilan   ayrian
qofiya bo’Imasa-da, biroq ohangdosh bo’lishi mumkin:
Cho’pchagim  cho 'pchak,
Oltin  belanchak,
Yetli qizning onasi,
Haligacha  kelinchak. (Qo’g'irchoq)
Anora,  minora,
O’ng qo’ lga  qo ’nara. (Piyola)
Uxlabyotar kunduzi, -
Shoinda oghilar te  'zi. (fitlduz) !
'
O’zbek   xalq   topishmoqlarining   ko’pchilik   qismini   metaforik   topishmoqlar
tashkil   etishini   aytib   o’tdik.   Topishmoqlaming   so’roq   mazmunidagi   masala-
topishmoqlari   ham   mavjud   bo’lib   unga   misol   tariqasida   yuqorida   keltirganimiz
g’ozlar haqidagi topishmoq mansubdir. Bundan tashqaii o’zbek xalq topishmoqlari
orasida topishmoq ~ maqol, topishmoq - o’yin, topishmoq - tez aytish, topishmoq -
qo’shiq, topishmoq - ertak kabi turlari bor.
Topishmoqlar   tuzilishi   jihatidan   ba`zan   nasriy,   ko’pchilik   hollarda   she`riy
shaklda   bo’lib,   ularda   ma`lum   bir   musiqiylik,   zarb,   turoq,   vazn,   qofiya   kabi
she`riyatning formal talablariga amal qilingan. Qofiya, vazn topishmoqning silliq,
ixcham,   ohangdor,   esda   qoladigan   bo’lib   tuzilishini   ta`minlashga   xizmat   etadi.
Masalan: «To’rt oyoqli, temir tuyoqli»  (ot).  
Topishmoqlar   bir   savol-javobli   (bir   predmetli)   bo’lish   bilan   birga,   ko’p
savol-javobli   (ko’p   predmetli)   ham   bo’ladi.   Bunday   topishmoqlar   ko’pchilik
hollarda yaxlit she`riy parcha tarzida tuziladi:
Tog’da talaymonni ko’rdim,
Suvda sulaymonni ko’rdim,
Tuzsiz pishgan oshni ko’rdim,
YUmalab yotgan toshni ko’rdim.
(Bo’ri, baliq, sumalak, toshbaqa.)   Ba`zan   topishmoqlarning   bir   nechasi   nazm   ipiga   tizilgandek   bo’ladi   va
ularning javoblari ham shu tarzda bo’lishi talab etiladi:
Qamish uchi qaltiroq, uni toping, dilbarim,
Igna uchi yiltiroq, uni toping, dilbarim,
Sassiq ko’lda it hurar, uni toping, dilbarim,
Taqir-tuqir taqravon, uni toping, dilbarim,
Ichidagi mehribon, uni toping, dilbarim…
Topishmoqlar fol’klorning boshqa janrlari bilan mahkam bog’liq. Ular epik
asarlarda   tez-tez   uchrab   turadi.   Hatto   maxsus   topishmoqli   ertaklar   ham   mavjud.
Bunda   topishmoqlar   epik   asarlar   uslubiga   moslashadi.   Asosan   doston   va   ertak
qahramonlari   orasidagi   dialoglarda   ishlatiladi,   ya`ni   jumboqli   savolga   asarning
asosiy   qahramonining   javobi   tarzida   qo’llaniladi.   Bunday   savol-javobli
topishmoqlar dostonlarda qahramonlarning aql-farosatini sinash, ma`lum shartlarni
bajarishda,   qobiliyatini   bilishda   ishlatiladi.   Bu   xil   savol-javobli   topishmoqlar
«Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand», «Xirmon dali», «YOzi bilan Zebo» dostonlarida,
Maxtumquli   va   Durdi   Qilich   aytishuvlarida   tez-tez   uchrab   turadi.   «Alpomish»
dostonining   Po’lkan   shoir   aytgan   variantida   Barchinning   jumbog’iga
Alpomishning bergan chiroyli javobi mavjud.  Topishmoqlar   ertaklarda   ham
qahramonlarning aql-farosatini, serfahmligini, achchiq hayot tajribalarini  boshdan
kechirganligini bilish maqsadida ishlatilgan.   
  O’zbek   xalq   og’zaki   ijodida   kichik   hajmdagi   nasriy   asarlar   ichida   latifa   va
loflar bir lahzalik kulgi uyg’otishi, kishilarga zavq bag’ishlashi bilan ajralib turadi.
Ularda   voqelik   mo’`jaz   shaklda,   daf`atan   hozirjavoblik   bilan   aks   ettiriladi.   Latifa
va   loflarning   bunday   o’ziga   xos   xususiyati   aytuvchi   –   latifago’y   va   lofchidan
alohida   mahorat   talab   etadi.   U   so’zlarga   urg’u   berish   yoki   qochiriq,   kosa   tagida
nim   kosa   borligiga   shama   qilish   kabi   zehnni   o’tkirlashtirish   uchun   qo’llanadigan
barcha   tasvir   vositalarini   ishga   soladi.   Latifago’y   va   lofchilar   talantli,   hayotiy
tajribaga   boy   kishilar   bo’ladi                 Qаdimgi     insоnlаr   so`zning   mаgik   qudrаtigа
ishоngаnlаri tufаyli оlqish vа qаrg`ishlаrgа ishоnаdilаr. Оlqish vа qаrg`ishlаr so`z
mаgiyasigа   аsоslаngаn   mаrоsim   fоl`klоri   nаmunаlаri   hisоblаnаdi.   CHunki   ulаr tаriхаn   mахsus   mаrоsimlаr   аytimlаri   sifаtidа   shаkllаngаn   vа   tаrаqqiy   tоpgаn.
Lеkin bоrа-bоrа ulаr mаrоsim bilаn аlоqаdоrligini, аsоsаn, yo`qоtgаn. Birоq hоzir
hаm   оlqish   vа   qаrg`ishlаrning   аyrim   nаmunаlаri   mаrоsimlаr   pаytidа   ijrо   еtilishi
kuzаtilаdi.
Оlqishlаr   kishilаrgа   yaхshilik,   еzgu     niyat,   хоtirjаmlik,   qut-bаrаkа,   sоg`liq
tilаsh   mаqsаdidа   аytilаdi.   Ulаr   kishilаrning   ruhini   ko`tаrib,   yaхshilikkа   dа`vаt
еtаdi.   SHuning   uchun   jаnr   nоmi   turkiy   tillаrdа   «mаqtаsh»,   «shаrаflаsh»,   «yaхshi
istаklаr   bildirish»   kаbi   mа`nоlаrni     аnglаtuvchi   qаdimgi   turkchа   «оl»   fе`li
o`zаgidаn   yasаlgаn   «оlqish»   аtаmаsi   bilаn   hritilаdi.   Аtаmа   «оl»   o`zаgigа   –“qы”
buyruq   mаyli   hаmdа     -“а   (sh)”   hаrаkаt   nоmi   yasоvchi   qo`shimchаlаrning
qo`shilishidаn hоsil bo`lgаn.
Оlqishlаr   o`z   ijrо   o`rnigа,   vаzifаsigа   vа   pоеtik   tаbiаtigа   еgа.   Ulаrni   shu
хususiyatlаrigа   ko`rа   tаlаb   qilingаn   o`rindа   yoshi   nisbаtаn   ulug`rоq   kishilаr
tоmоnidаn   аytilаdigаn   kundаlik   mаishiy   оlqishlаrigа,   аn`аnаviy   mаrоsimlаr
tаrkibidа ijrо еtiluvchi оlqishlаrgа bo`linаdi.
Kundаlik   mаishiy   оlqishlаr   ijtimоiy   turmush   bilаn   chаmbаrchаs   bоg`liq
bo`lib, insоn fаоliyatining dеyarli bаrchа tоmоnlаrini mаzmunаn qаmrаb  оlgаnligi
bilаn diqqаtni tоrtаdi. SHungа ko`rа, ulаrni ijrо o`rni vа ijrо mаqsаdigа qаrаb, yanа
ichki   turlаrgа   bo`lish   mumkin.   Binоbаrin,   birоr   kishi   bоshqа   birоr   shахs   bilаn
uchrаshib   qоlgаnidа,   bir-birlаrini   tаnish-tаnimаsliklаridаn   qаt`iy   nаzаr   hоl-аhvоl
so`rаshishdаn   оldin   o`zаrо   bir-birlаrigа   yaхshi   tilаk   –   istаk   bildirishlаri,   hzlаrigа
fоtihа tоrtib sоg`lik-оmоnlik istаshlаri  uchrаshuv оlqishlаri  sifаtidа е`tirоf  еtilаdi.
Uchrаshuv   оlqishlаri   kishilаrning   bir-birlаrigа   nisbаtаn   hurmаt-еhtirоmlаrini
nаmоyon   еtаdi.   Ulаr   shахsning   ахlоqiy   tаrbiyasi   dаrаjаsini   ko`rsаtib   bеrаdi.
Mаsаlаn, «Оmin, qаdаm еtdi, bаlо еtmаsin, Tinchlik, оmоnlik, хоtirjаmlik bo`lsin»
аytimi uchrаshuv оlqishi hisоblаnаdi. SHundаn kеyinginа uchrаshgаn kishilаr bir-
birlаridаn hоl-аhvоl so`rаshishgа o`tаdilаr.
Оlqishlаr   silsilаsidа   dаsturхоn   оlqish   аytimlаri   аlоhidа   mаvqеgа   еgа.   Ulаr
uch   hоlаtdа:   а)   dаsturхоn   аtrоfidа   tаnоvvul   qilish   uchun   o`tirishgаn   vаqtdа;   b)
оvqаtlаnib bo`lingаch, dаsturхоnni yig`ishtirib оlаyotgаndа; v) dаsturхоndа qоlgаn оvqаt   qоldiqlаri-h   nоn   ushоqlаrini   qоqаyotgаndа   аytilishi   o`zigа   хоs   оdаt   tusigа
kirgаn.
O`zbеk   хаlqi   –pаzаndаlik   hаdisini   оlgаn   хаlq.   Uning   milliy   tаоmlаri   judа
ko`p vа rаng-bаrаngdir. Qаdimdаn hаr bir tаоm еyilgаch , ungа bаg`ishlаb  mахsus
оlqish   аytilgаn.   Jumlаdаn,   go`shtli   tаоmlаrni   istе`mоl   qilgаch:   «Оlti   urug`ning
оshin   bеrsin,   Luqmоni   Hаkim   yoshin   bеrsin.   Qushdаy   quyib   bеrsin,   tоvdаy   uyib
bеrsin,   оllоhu   аkbаr»   dеyilgаn.   Bundаy   оlqishlаr,   аsоsаn,   chоrvаdоrlik   bilаn
shug`ullаnuvchi   аhоli   o`rtаsidа   tаrqаlgаn.   Ulаrni     dеhqоnchilik   bilаn
shug`ullаnuvchi аhоli o`rtаsidа uchrаtish qiyin.
Dеhqоnlаr   o`rtаsidа   qоvun   еgаndаn   kеyin   аytilаdigаn   оlqishlаr   аlоhidа:
“SHirin shаrbаt yoki оzоd, mаnzil оbоd, pаyg`аmbаri хudоgа sаlаvоt, еkkаnning,
tikkаnning,   еgаnning   оtаsigа   rаhmаt,   оllоhu   аkbаr”   kаbi.   Ko`rinib     turibdiki,
bundаy   оlqishlаrdа,   аsоsаn,   dеhqоnning   хаyrli   vа   sахоvаtli   mеhnаti   ulug`lаnаdi.
Dеhqоngа uzоq umr, kuch-quvvаt tilаnаdi. SHu istаk dеhqоn bаrоbаridа qоvunni
еgаnlаr uchun hаm tеgishli еkаnligi аlоhidа uqtirilаdi.
Kishilаr   birоr   ishni  bоshlаshdаn   оldin  hаm,  uni  yakunlаgаndаn   kеyin  hаm,
аlbаttа,   оlqish   аytishlаri   o`zigа   хоs   оdаt   tusini   оlgаn.   Аytаylik,   birоr   imоrаt
qurishdаn   оldin   yoki   uni   qurib   bo`lgаch,   ichigа   ko`chib   kirgаndа,   аlbаttа,   оlqish
аytilаdi. YOki  еrgа еkin еkkаndа hаm, hоsilni yig`ishtirib оlаyotgаndа hаm оlqish
аytish   аn`аnаviydir.   Bundаy   оlqishlаrdа,   оdаtdа,   shu   ishlаrning   piri   sаnаlgаn
mifоlоgik   pеrsоnаjlаr   nоmigа   murоjааt   qilinаdi.   Ulаrdаn   hоmiylik   ko`rsаtib,
mаdаd bеrishlаri so`rаlаdi.  Mаsаlаn, imоrаt qurish ustаchiligidа Nuh аlаyhissаlоm
nоmigа, dеhqоnchilikdа hоsildоrlik kul`ti Hаzrаti Хizir yoki Bоbо dеhqоn nоmigа
murоjааt qilinib оlqish аytilаdi. 
Kishilаr   birоr   yoqqа   sаfаrgа   chiqishdаn   оldin   kеksа   оtахоn   vа
оnахоnlаrning   оq   fоtihаsini   оlishgа   hаrаkаt   qilаdilаr.   Sаfаr   оlqishlаri   hоzirgаchа
yaхshi   sаqlаnib   qоlgаn.   Ulаrdа   sаfаrgа   chiquvchi   uchun   оmаd   tilаsh,   mаnziligа
еsоn-оmоn еtib, yanа o`z jigаrlаrining оldigа sоg`-оmоn qаytib kеlishi tilаnаdi.
Оdаmlаr   yangi   оyni   ko`rgаnlаridа   mахsus   оlqishlаr   аytаdilаr.   Bundаy
оlqishlаrning   kеlib   chiqishidа   ibtidоiy   insоnlаrning   Оy   kul`ti,   umumаn, kоsmоgоnik   tаsаvvur-tushunchаlаri,   qаrаshlаri   аsоs   bo`lgаn.   YAngi   оyni
ko`rgаndа   «Оyni   ko`rdim,   оmоnlik»   yoki   «Оy   ko`rdim,   оmоn   ko`rdim,   охirаtdа
iymоn ko`rdim» аytimlаrini аytаdilаr.
SHuningdеk,   yangi   kiyim-kеchаk   kiygаndа   аytilаdigаn   mахsus   оlqishlаr
hаm   bоr.   Ulаrdа   kiyimgа   qаrаtа   «sеn   bir   yillik,   mеn   ming   yillik»   dеyilаdi-h,
kiyimning o`ng еtаgi o`ng оyoq tаgigа оlinib, uch mаrtа tеpkilаnib   qo`yilаdi. Bu
bilаn   insоnning jаmiyki  nаrsаlаrdаn, hаr  qаndаy bоylikdаn ulug`ligi  vа ustunligi
tа`kidlаnаdi. 
Qаbristоn yonidаn o`tаyotgаn kishi, аlbаttа, dаfn qilingаn mаrhumlаr ruhigа
оlqish   аytib   o`tаdi.   Bu   hаm   хаlqimiz   оrаsidа   ахlоqiy   nоrmаgа     аylаngаn   hаtti-
hаrаkаtlаrdаn   biridir.   Bundаy   оlqishlаrning   gеnеtik   ildizi   ibtidоiy   insоnlаrning
ruhgа   аlоqаdоr   аnimistik   tаsаvvurlаrigа   bоrib   tаqаlаdi.   Bundаy   vаziyatdа
«YOtgаnlаrning   аrvоhi   shоd,   yotgаn   еri   yaхti   bo`lsin»   аytimi   аytilаdi.   SHundаn
so`ng ungа bоg`lаb «Qur`оn»ning iхchаm оyatlаrini qo`shib qirаоt qilish аn`аnаgа
аylаngаn.
Хаlq   оrаsidа   аzаgа   bоrgаndа   аytilаdigаn   оlqishlаr   аlоhidа   guruhni   tаshkil
еtаdi.   Ulаrdа   mаrhum   ruhigа   tinchlik,   хоtirjаmlik,   jаnnаtdаn   jоy   tilаsh   mа`nоlаri
еtаkchilik qilаdi.
Хаlqimiz   оrаsidа   to`y   mаrоsimlаrigа   аlоqаdоr   оlqishlаrning   аjоyib
nаmunаlаri   uchrаydi.   Ulаrning   mаzmunini   to`yning   хаrаktеri   bеlgilаb   turаdi.
Bеshik   to`ylаridаn   chаqаlоq   shаrаfigа,   sunnаt   to`ylаridа   to`ybоlаgа,   nikоh
to`ylаridа   kеlin-kuyovgа   qаrаtа   оlqishlаr   аytilаdi.   Mаsаlаn,   kеlin-kuyovlаr   uchun
«Оmin, qo`shgаni bilаn qo`shа qаrisin, uvаli-juvаli bo`lishsin, оllоhu аkbаr» dеya
аlqаnsа,   to`ybоlаgа   «Оmin,   to`ylаrgа   еtishtirsin,   to`y-   bоlаning   umri   uzоq,   to`rt
muchаsi   sоg`   bo`lsin,   kаttа   kishi   bo`lib   yursin,   оllоhu   аkbаr»   dеya   yaхshi   istаk
bildirilаdi.
ZARURIY ADABIYOTLAR: 1. O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi   (X.Razzoqov,   T.Mirzaev,   O.Sobirov,
K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
2. SH. Xolmatov. O’zbek xalq og’zaki ijodi. SamDU, 1980 yil. 
3. N.Mallaev.   O’zbek   adabiyoti   tarixi.   Toshkent:   «O’qituvchi»   nashriyoti,   1976
yil.
4. A.Abdurahmonov.   Turkiy   xalqlar   og’zaki   ijodi.   Toshkent:   «Fan»   nashriyoti,
2004 yil.
5. O’zbek xalqlar maqollari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1978 yil.
6.  O’zbek xalq topishmoqlari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1978 yil.

Kichik janrlar: maqol, matal va topishmoq, olqishlar va qarg`ishlar janrlar poetikasi. REJA : 1. Maqol – mantiqiy mushohada namunasi va dono gap donishmandlik mahsulidir. 2. Topishmoq, jumboq, matal, cho’pchak deb nomlanuvchi janrdir. 3. Maqol, topishmoq, lof janrlarining mavzu doirasi va badiiy talqini. 4. Olqishlar va qarg`ishlar janrlar poetikasi.

So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Maqol – mantiqiy mushohada namunasi, odob va axloq qoidalarini jamuljam etgan dono gap. Ular qadimdan xalq donishmandligi, aql-idroki, fikr- o’ylarining ifodasi sifatida yashab kelganlar; sinalgan, turmush tasdiqidan o’tgan tushunchalarni ifodalab, unga qanot baxsh etganlar. Maqollar ta`lim-tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega. U kishilarni ogohlantiradi (« Birovga kulma zinhor, senga ham kulguvchilar bor »), maslahat beradi (« Yo’l bilmasang yo’l so’ragin yurgandan, gap bilmasang gap so’ragin bilgandan »), tanbeh berib, tanqid qiladi (« CHolni ko’rib buvam dema »), mehnatni ulug’laydi (« Ishlaganning og’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga tegar »), hajviy kulgi ostiga olib, fosh etadi (« Ishtonsiz tizzasi yirtiqqa kular ») va boshqalar. Ko’ramizki, maqollarda chuqur mazmun, mehnatkash ommaning donoligi, milliy an`ana, uzoq asrlik hayot tajribalari, tabiat va jamiyat hodisalari haqida fikri, bahosi, mehnat yakunlari mujassamlashgan. SHuning uchun ham maqollar uzoq umrli bo’ladi. Maqollarda har bir tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy voqealar ma`lum darajada o’z izini qoldiradi. SHuningdek, yangi-yangi maqollar yaratilib, so’z san`ati xazinasi boyiyveradi. Maqollar ko’p jihatdan matallarga o’xshasa ham, ularning har qaysisi o’ziga xos xususiyatga ega. «Temirni qizig’ida bos», «YOvni ayagan yara er, kaltagini sara er», «Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar», «Er yigitga ikki nomus – bir o’lim» kabilar tom ma`noli maqollar bo’lib, ularning mazmunida tugal fikr, umumiy xulosa bor. «Sulaymon o’ldi, devlar qutuldi», «Tosh qattiqmi, bosh», «Ko’rgan bilan eshitgan bir emas», «Ayozxon, haddingni bil» kabilar esa matallar hisoblanadi. CHunki ularning mazmunidan umumiy xulosa, tugal fikr anglashilmaydi, balki xususiy belgining o’zigina ifodalangan. Darhaqiqat, «Temirni qizig’ida bos» maqolida faktlar jamlanib, tugal fikr, umumlashma ma`no kelib chiqqan. Nasihat, o’git hamma ishni o’z vaqtida bajarishga qaratilgan bo’lib, ma`no nihoyatda keng. «Sulaymon o’ldi, devlar qutuldi» matalida esa, tugal, umumlashma ma`no yo’q, xulosa ko’rinmaydi, faqat xususiy ma`no ifodalangan, xolos. SHunday qilib, maqol chuqur va keng ma`noli,

ibratomuz, tugal fikr anglatsa, matal juz`iy belgi anglatuvchi ta`sirchan nutq bezagidir. Maqollar xalq tushunchasi, hayot tajribalari, mulohazalarining umumlashma xulosasigina bo’lib qolmay, haqiqatning obrazli ifodasi, u yoki bu masala ustidan chiqarilgan hukm hamdir. Maqol hajmi ixcham, qisqa bo’lib, puxta ishlangan, keng ma`noni ifodalovchi obrazli nutq namunasidir. Biror jumla, gap shaklida kelgan maqolda ortiqcha so’z bo’lmaydi. Har bir so’z aniq, o’z o’rnida ishlatilgan va ahamiyatli bo’lib, o’ziga xos ritm, ohang, tuzilishga ega. O’zbek xalq maqollari uzoq davrlar davomida yashab, alohida janr sifatida shakllandi, avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga o’tib kelmoqda. O’tmish madaniy yodgorliklarda maqollar ko’plab uchraydi. XI asr qomusi hisoblangan Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida keltirilgan maqollarda o’sha zamon ruhi, dunyoqarashi, kishilarga, mehnatga munosabatning turli xil shakllari o’z ifodasini topgan. Bu maqollar qadimgi turk urug’lari va qabilalari orasida keng tarqalgan bo’lib, ularning turlari bizgacha etib kelgan. Maqollar tarixiylik xususiyatga ega. Ular ko’pincha tarixiy voqea va hodisalar ta`sirida vujudga kelgan. SHuning uchun ham maqollarning g’oyaviy mazmunida xalq hayotining turli xil tomonlari o’z aksini topgan. Ma`lumki, turkiy xalqlar qadimdan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan. Binobarin, ba`zi bir maqollar chorvachilik va dehqonchilik bilan bog’lanadi. Ularda xalqning mehnat tajribalari umumlashtiriladi. Mo’g’ullar istilosi davrida (XIII asr) CHingizxon zulmi juda ko’p naql, matal, afsonalarning yaratilishiga sababchi bo’lgan. O’sha davrda to’qilgan maqollarda tarixiy faktlar ham ko’zga tashlanadi. Ma`lumki, feodal tuzum sharoiti hamda hukmron sinf vakillari mehnatkash dehqon, kosiblar hayotini iqtisodiy jihatdan og’ir ahvolga solib qo’ygan edi. Bu holat nochorlik, ochlik, kambag’allik haqidagi maqollarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ayni choqda zulm va zo’rlikka qarshi ochiqdan-ochiq norozilik, isyonkorlik ruhi bilan sug’orilgan maqollar ham yaratildi.

Maqollar, asosan o’z va ko’chma ma`nolarni ifodalaydi: «Ilon chiqqan ola arqondan qo’rqar», «Bo’rining qulog’i ovda». Bu xildagi maqol va matallar ma`lum bir voqea, hodisa bilan bog’liq holda ishlatiladi, aytilmoqchi bo’lgan fikr majoziy ma`noda, kinoya tarzida ifoda etiladi. Maqol shaklan qisqa bo’lib, voqelikni yoyiq holda ifoda qila olmaydi. Binobarin, maqollarda voqelikni siqiq va ixcham ifodalaydigan aniq va hayotiy obrazlar mavjudki, ular umumiy mulohazalarning yakunidan kelib chiqqan xulosani ko’chma ma`nolarda belgilash imkonini beradi, «Sen bo’rini ayasang, bo’ri seni talaydi», «Jo’jani kuzda sana». Birinchi maqolda «bo’ri» orqali qonxo’r dushman, yovuz niyatli kishi, obrazi gavdalansa, ikkinchi maqolda har bir ishda xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak deyilmoqchi. Ba`zan u yoki bu maqol topishmoq singari tuzilgan bo’lib, voqelik qiyos qilish, solishtirish orqali aniqlanadi: «YOz yomg’iri loy bo’lmas, o’g’ri aslo boy bo’lmas». Maqollar tuzilish jihatdan nihoyatda sodda va ixcham. U ko’pincha sodda gapdan iborat bo’ladi: «Til – tig’dan o’tkir», «Insofsiz – imonsiz». ega va kesimdangina tashkil topgan mazkur maqollarda asosiy mazmun lo’nda ifodalangan. Ularning har birida o’z yoki ko’chma ma`noli obrazlar qarama-qarshi qo’yiladi: «G’amsiz boshim – g’avg’osiz boshim», «Ot aylanib qozig’ini topar, suv aylanib yorig’ini topar». Birinchi gap ikkinchi gap mazmunini takrorlab, uni izohlaydi, yoki aksincha, ikkinchi gap birinchi gap mazmunini ta`kidlab izohlaydi. Mazkur maqollarda kelgan qarama-qarshi bo’laklar o’zaro mos tarzda qofiyalashgan. «Usti yaltiroq – ichi qaltiroq», «Ish yoqmasga it boqmas» kabi maqollarda esa, birinchi bo’lakka urg’u tushishi bilan yaxlitlanib obraz yaratadi, ikkinchi bo’lak esa, birinchi bo’lakning kesatiq mazmunli izohi bo’lib, obraz xarakterini aniqlaydi. Ular mantiqan bir butun obrazlikni tashkil etadi. Maqollarda qofiyalanish ham o’ziga xosdir: «Jondan kesmasang, jonona qayda, Toqqa chiqmasang, do’lona qayda», «Mehnat – mehnatning tagi rohat». Ko’ramizki, turli xil shaklga ega bo’lgan bo’laklar o’zaro qofiyadosh so’zlar bilan bog’landi. Har bir maqolda asosiy mazmunni ifoda etgan so’z qarama-qarshi yoki

o’ziga mos tushgan so’z bilan qofiyalanadi: «Ko’cha xandon, uy zindon», «Qo’li ochiqning, yo’li ochiq». Maqollarda vazn, ritm, qofiya, ohangdorlikning quyma birligi katta rol o’ynaydi. Binobarin, ko’pchilik maqollar she`riy formada kelib, ba`zan bir misra yoki bir baytdan, ba`zan esa, to’rt misradan tashkil topadi. Misralardagi takror so’zlar ohangdorlikni yanada oshiradi: YAxshi otga bir qamchi, YOmon otga ming qamchi. YAxshi topib so’zlar, YOmon qopib so’zlar. Maqollarda sifatlash, o’xshatish kabi badiiy tasvir vositalari va omonim, antonim so’zlardan foydalanish ularning badiiyligini yanada oshiradi, ifodalangan fikrning tinglovchiga tez etib borishini ta`minlaydi. Maqollar donishmandlik ramzi. Ular o’quvchi va tinglovchilarni fikrni chuqur, ixcham, aniq va obrazli qilib ifodalashga o’rgatadi, kishilarni, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita vazifasini o’taydi. Xalq orasida topishmoq, jumboq, ba`zan matal, topar, cho’pchak kabi terminlar bilan yuritilib kelingan topishmoq janri o’zbek fol’klorida qadim zamonlardan hozirgacha yashab kelmoqda va rivojlanmoqda. Uzoq o’tmish davrlarda topishmoq insonni o’rab olgan muhit va tabiatning turli-tuman hodisalari haqidagi tushunchalarining badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan. Tog’ va o’rmonlar, daryo va ko’llar, cho’lu biyobon, er va osmon, quyosh va oy, yulduz va fasllar, zulmat va yorug’lik, toshqinlar, chaqmoq va momoqaldiroq, hayvonot olami, oila-ro’zg’or jihozlari, dov-daraxt, mehnat qurollari va boshqalar haqida kollektiv ijodning mahsuli bo’lib to’qilgan togpishmoqlar avloddan-avlodga o’tib, katta va kichikka hayot, tabiat sirlari haqida o’ylashni, bilishni o’rgatib kelganligi bilan g’oyat ahamiyatlidir. «Topishmoq» so’zi «top» buyruq fe`liga «ish-moq» yasovchilari qo’shilishi bilan chigal, murakkab, belgi-xususiyati yashirin berilgan biror noma`lum narsani topish mazmunini ifodalaydigan yasama otga aylangan. Tabiat va jamiyat