logo

Yangicha ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish adabiyoti, mavzu ko’lami, janrlar yangilanishi va takomili.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.0771484375 KB
Yangicha ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish adabiyoti, mavzu
ko’lami, janrlar yangilanishi va takomili.
Reja:
1. Yangicha ma’rifatparvarlik. 
2. Buxoro adabiy muhiti. Ahmad Donish ijodi.   Mirza Sahbo ijodi.
3. XX asr boshlarida adabiy bahslar va adabiy-estetik tafakkur.
4. Mavzu ko’lami, janrlar yangilanishi va takomili. 
5. Xorazm adabiy muhiti. Komil Xorazmiy ijodi. Ahmad Tabibiy ijodi.
6. Jadid adabiyotida Sharq va G’arb madaniyati masalalari talqini.
  Buxoro     adabiy   muhitida   an’anaviy   ikki   tillilik   rivojlandi.   Amir
Abdulahadxon   (1859-1910)   nafaqai   siyosiy   hayotning,   adabiy   ijodning   ham
eng   e’tiborli   vakili   edi.   Ayniqsa,   bu   uning   amirlik   davri   (1885-1910)da
yaqqol   namoyon   bo’ldi.   Uning   bobosi   Amir   Haydar   (1800-1826)   ham
“Sayyid”   taxallusi   bilan   she’rlar   mashq   qilardi.   Abdulahadxon   esa   “Ojiz”
taxallusi     bilan   tanilgan   sobdevon   shoir   edi.   Xukmdorlarning   adabiyotga
yaqinligi shu darajada ediki, ayrim tuman hakimlari, masalan, Hisor hokimi
Avliyoqumbek “Husayniy” taxallusi bilan davom tortib qilgan edi.
Abdulahadxonning   rag’bati   va   himmati   bilan   Afzal   Pirmastiy   (1915   y
v.b.),   Ne’matullo   Muhtaram   (1920   y.   v.b.),   Mirsiddiq   Holimat   (amirning
ukasi),   Abdi   kabilar   tazkiralar   tuzib,   an’anaviy   tazkirachilikni   yangi-yangi
asarlar bilan boyitdilar.
X1X   asrning   oxiri   XX   asr   boshi   Buxoro   tazkirachilik   maktabining   ida,
shubhasiz   Qori   Rahmatulloh   Vozoq   (1818-1894)   turadi.   Uning   1871   yilda
tuzilgan   “Tuhfatul   ahbotfi   tazkiratiya   -   ashob”   (“Suhbatdoshlar   zikrida
do’stlar   tuhfasi”)   tazkirasi   XVIII   asrning   oxiri   XIX   asrning   boshlari
Turkiston   shoirlarini   qamrab   olgan   edi.   Afzal   Maxdum   Pirmastiyning
“Afzaluit   –   tazkor   fi   zikrish   –   shuaro   val   -   ai’or”   (“SHoirlar   va   she’rlar
haqidagi Afzal tazkirasi”) (1904) X1X asr oxiri XX asr boshida o’lkamizda
yashagan   135   shoir   haqida   ma’lumot   beradi.   Ne’matulla   Muhtaram   (1910),
Mirsuddin   Hashmat   va   Abdullarning   “Tazkiratuli   shuaro”lari,   Hoji
Hakimxonning “Munexatut - tovorix” (“Tanlangan tarixlar”), Sadr Ziyoning
“SHuorayi   mutaaxxarin   va   fuzaloyi   muasirin”   (“So’nggi   shoirlar   va
zamondosh   fozillari”)   asarlari   mazkur   davr   adabiy   muhiti   o’rnida   muhim
manba bo’lib  xizmat  qiladi. Hajviy  asarlariga “Bepul” deb taxallus qo’ygan
Abduqodir   Savdo   (1823-?)   tojik   tilida   she’riy   sayohatnomalari   yozgan
Jonmuhammad   Joniy   (1839-1881),   “TarixgaSalimiy”si   bilan   shuhrat   topgan Mirzo samimiy (1850-1930), ham ishqiy, ham ijtimoiy she’rni baravar tutgan
SHamsiddin SHohik (1853-1893)larni keltirilgan.
XX   asr   boshida   Bahrombek   Davlatjon   o’g’li   (1873-1933),   Mirzo
Sirojiddin   (1877-1912),   Sadriddin   Ayniy   (1878-1954),   Abdurauf   Fitrat
(1886-1938)lar ijod etdilar.
Buxoro adabiy muhiti na xarakterli xususiyatlardan, bir kunlab tazkiralar
tuzilishi   bo’lsa,   ikkinchisi,   hajv   va   she’riy   sayohatnomalarning   udumga
kirishidir.
Amir   Haydarning   daftordori   (moliya   vaziri)   jondorlik   Mirza   Sodiq
Munshiy   (1753-1819)ning   “Dahmon   shohon”   (SHohlarning   qabrlari)
masnaviysining   qisqacha   mazmuni   shunday:   shoir   Buxoroning   sobiq
hukmdorlari   altarxoniylar   dasmasi   yonidan   o’tar   ekan   bizdan     sado
eshitadilar.   Yaqin   borsa   Subxonqumxon   (1680-1706)   o’zi   qilgan
haqsizliklardan   so’zlamoqda.   Qilmishlaridan   so’zlab   avlodlarga   nasihat
beryapti.   SHoir   Ubaydullaxon   (1702-1711),   Abdulfayzxon   (1711-1747)
daxmalar yonidan o’tadi. Ular ham o’z tarixlaridan, fojealaridan so’zlaydilar.
O’z   so’zlari   bilan   idoralarining   tartibsizligi   va   nizomsizligini   aytadilar,
o’zlarini fosh etadilar.
Oradan yuz yil o’tgach, Mirzo Abdulazim Somiy ham xuddi shu nomda
masnaviy   yozdi   va   amirlar   ro’yxatini   qilgan   joyidan   mang’itlar   sulolasini
boshlab   bordi.   Rahimbiydan   Muzaffarxongacha   olib   keladi.   Abdurahmon
Tamkin   degan   yana   bir   shoir   ushbu   mavzuda   asar   yozib,   “Dahman   shoh
Dabbus”   va   “Dahman   Amir   Temur”ni   ilova   qildi.   XX   asrning   10-yillarida
samarqandlik   Siddiqiy   Ajziy   “Anjumani   arvoh”   (“Ruhlar   yig’ini”)
masnaviysini   yozdi.   SHoir   hajdan   qaytar   ekan,   Misrga   tushibdi   va   arvohlar
anjumanidan   chiqibdi.   Buxoro   amirlari   anjumani   ekan   Amir   Muzaffar   so’z
olib,   noqisligi,   tepsa-tebranmasligi   bilan   mashhur   bu   hukmdor   barcha
qilmishlarini hikoya qilibdi. Mirzo   Sodiqning   “Dahmam   shohon”i   X1X   asrning   2-yarmida
Usmonxo’ja Xolis tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan.
Jonmuhammad Joniy SHarq adabiyotida qadim an’analarga ega bo’lgan
Sayohatnoma janriga yangi ruh berdi. X1X asrni 70-yillarida Buxoro-Nurota
safari   haqida   tojik   tilida   “Sayohatnoma”   nomli   asar   yozdi.   Unda   muallifni
800   chaqirimdan   uzoqroq   masofadagi   hozir   Buxoro,   samarqand,   Sirdaryo
hamda   Qozog’istonning   CHimkent   viloyatlarida   joylashgan   50   qishloqni
tabiati,   manzaralari,   odamlari   haqida   xotiralar   o’z   ifodasini   topadi.   Joniy
1839   yili   G’ijduvonni   Nayman   qishlog’ida   tug’ilgan.   1881   yili   Amir
Muzaffar buyrug’i bilan Qarshida qatl qilingan.
“Ahmad Kalla”, “Ahmad Maxdum” nomlari bilan shuhrat qozongan va
ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ko’rsatgan Ahmad Donish
X1X asr Buxorosining qadimiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik
mudarris   oilasida   tug’ildi.   Otasi   madrasasida   ta’lim   oldi.   Yoshligidan
naqqoshlik, rassomlik, xattotlik, tarix va falsafani o’rgandi.
1857   yilning   kuzida   Amir   Nasrulloning   Rusiya   imperatori   Nikolay   I
vafotiga   ta’zim   bildirish   va   valiahd   Aleksandr   I   ning   taxtga     chiqishini
qutlash     uchun     yuborilgan   elchi   Mullajon   Miroxurga   kotiblik   qiladi.
Peterburg   uch   oyo   san’at-madaniyat   obidalari   bilan   tanishadi.   1869   yilda
yangi   shart-sharoit   taqazosi   bilan   Amir   Muzaffar   Peterburgga   yana   elchi
yubordi.   Bu   elchilik   yarim   vassalga   aylangan   davlatni   hokimi   mutloq
ko’nglini olish harakatida edi. Uning ham kotibligi Ahmad Donish tanlandi.
1873   yil   oxirida   Ahmad   Donish   uchinchi   marta   elchilik   tarkibida   Rusiyaga
yo’l   oldi.7874   yil   yanvarь-mart   oylarida   Peterburgda   bo’ldi.   Aleksandr   II
bilan uchrashdi. So’ngra bular qog’ozga tushirdi. 
Muallifning “Navodirul -voqeo” asari 15 yil davomida, 1870-1885 yillar
oralig’ida yozilgan tarixi, falsafiy, memuar asardir. 23 bobdan tashkil topgan bu   asar   haligacha   to’la   nashr   etilmagan.   Bir   qismi   1964   yilda   o’zbekchaga
tarjima qilingan va bosilgan.
Kitobning   2   bobida   Rusiya   safari   taassurotlari   berilgan.   VII   bob
A.Donishning   1869   yilda   Rusiya   safariga   bag’ishlangan.   VIII   bob   podshoh
Aleksandr II ni qizi Maryaning 1874 yilda bo’lgan nikoh to’yiga yuborilgan
elchi   Abduqodirbek   safari   haqida.   Qolgan   boblar,   masalan,   ota-ona   va
farzand   munosabatlari   (1-bob),   mol-dunyo   (2-bob),   tarix   (3-bob),   olim   va
johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (6-bob), ilm-fan
manfaati   (9-bob),   haqiqiy   va   majoziy   ishq   hamda   uning   odobi   (10-bob),
nikoh (11-bob), taqdir (12-bob), kasb-kor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer
tuzilishi   va   maydonlar   (16-bob),   tush   ta’biri   (19-bob),   Bedil   baytlari   (20-
bob), ayrim hodisalar talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob) kabi
tamaddun   (madaniyat)   haqidagi   risola   (15-bob)     va   xilma-xil   voqeiy
hikoyalar   (18,   21-boblar)   ham   undan   joy   olgan.   Ularni   har   biri   muhim   va
ahamiyatlidir.   Masalan,   so’nggi   risolada     podshohning   xalq   oldidagi
mas’uliyat   10   mart   asosida   ko’rsatib   berilgan.   SHu   jihatdan   u   Yusuf   Xos
Hojibni “Qutadg’u bilig”, ikkinchi yondosh Rusokin “Ijtimoiy shartnomasini
yodga soladi.
SHuningdek,   uning   “Majmuai   hikoyati   Ahmad   Kolla”   (“Ahmad   Kolla
hikoyatlari to’plami”) (1877), “Isloh miyoni shis va sunn” (“SHia va sunniyni
yarashtirish   haqida   nasihat”)   kabi   risolalari,   “Daftari   taqvim”
(“Kundaliklar”)i ham muhim ahamiyatga ega.
Ahmad   Donish   umrining   oxirlarida   “Tarix   risolasi”   kitobini   yozdi.   Bir
yoqdan   Amir   Temur,   Husayn   Boyqaro,   Abdullaxon,   Subhonqulixon,
SHohmurod,   ikkinchi   tarafdan   Amir   Muzafar   saltanati   misolida   har   bir
davlatning   taraqqiy   va   tanazzul   sabablarini   tahlil   qildi.   Birinchi   guruhni
mujaddidlar (din va davlatni poklovchilar) deb hisoblaydi. Ismi-sharifi   Mirza   Hayot,   “Sahbo”   taxallusi   (1845/46-1918)   (ma’nosi
“qizil   may”)   Buxoro   viloyatining   Vobkent   tumanida   tug’ilgan.   Maktab
savodidagi so’ng madrasada o’qidi. 1885 yilda Abdulahadxon Buxoro amiri
martabasiga  ko’tarilgan,  Mirza  Hayit  uning  saroyida  eshik  og’asi  vazifasiga
tayinlandi.   1910   yilda   Abdulahadxon   vafot   etgach,   hokimiyatga   Olimxon
keldi.   Sahbo   ishdan   olinib,   miroblik   so’ng   mirshablikka   qo’yildi.   So’ng
undan ham ozod etildi.
1915   yildan   unga   siyosiy   ayb   qo’yildi.   CHor   Rossiyasining   siyosiy
josusi   ma’lumoti   bilan   qushbegi   huzuriga   chaqirtirib,   undan   gazeta
o’qimaslikka tilxat olindi. 1917 yil fevralь voqealaridan keyin esa, u inqilob
va hurriyatga hayrixohligi, jadidligi uchun qamaldi. 1918 yilda Qabadiyonga
surgun   qilinib,   mahalliy   hokim   Muhammad   Rahimbek   buyrug’i   bilan   otga
sudratilib, fojiona qatl etiladi.
Sahbo   nomi   o’z   davrining   deyarli   barcha   tazkiralariga   kiritilgan.   U
haqda   Mirza   Somiy   Bo’stoniydan   Sadriddin   Ayniygacha,   Mirza
Tursunzodagacha fikr bildirganlar.
“... u  shunday mard  kishiki, -  deb  yozadi Afzal  Pirmastiy,  -   nihoyatda
donishmand, o’ta xushmuomala, himmati oliy, marhamati baland, parxezkor,
nihoyatda   tetik,   aqlli,   she’rshunoslik   va   baytshunoslikda   tengi   yo’q,   tabiati
nozik,   zehni   o’tkir,   she’rlari   g’oyat   go’zal,   so’zlari   nasihatli...   devoni
mukammal...   asarlari   ommaga   maqbul   va   manzur...   SHe’rning   ta’biri   va
tahriri  benihoya nozik, rang-barang,  turkiy  va  tojikcha g’azallari  mazmunan
nihoyatda xub, qofiyalari benihoya marg’ub...”
1980-yili   shoirning   o’z   qo’li   bilan   tuzilgan   dastlabki   devoni   O’zFA
qo’lyozmalar fikrida aniqlanayotgani ma’lum bo’ldi. Devonda 550 dan ortiq
she’r   joy   olgan.   SHuni   61   tasi   o’zbek   tilida.   Janrlar   g’azal,   muxammas,
musaddas.   1991   yilda   H.Muxtorova   she’rning   “Tanlangan   asarlar”ini   chop
ettirdi. Sadriddin  Ayniy  uning  “yangilik  va  haqcho’plik  qurboni”  bo’lganligini
ta’kidlagan   edi.   SHoir   yoridan   muruvvat   kutarkan,   goh-goh   zamonning
bevafoligidan   “Sen   ulusdan,   ey   ko’ngul,   mehru   muhabbat   izlama”,   deb
yozadi, “Jabru zulm bilan Sahboning axvoli fone” bo’lganini ma’lum qiladi.
XX   asr   boshlarida   adabiy   bahslar   Turkistonda   chiqadigan   yetakchi
nashrlarda   o’z   ifodasini   topdi.   “Oina”,   “Al-Isoh”   jurnallari,   “Sadoi
Turkiston”, “Sadoi Farg’ona” gazetalarida va boshqa matbuot nashrlarda bu
bahslar   ko’zga   tashlandi.   Ushbu   bahslar   adabiy-estetik   tafakkur   rivojiga
munosib   hissa   bo’lib   qo’shildi.   Bahslarda   Fitrat,   Behbudiy,   Mirmuhsin,
Qodiriy, Avloniy, Munavvarqori, Oybek kabilar faol qatnashdilar.
Darsning   maqsadi:   magistrlarda   jadid   adabiyoti   taraqqiyotiga   hissa
qo’shgan,   Xorazm   adabiy   maktabi   vakillari   Xorazmiy,   Feruz,   Tabibiy
faoliyati, adabiy merosi, she’riyati haqida tasavvur berish.
Xorazm   adabiy   maktabi   o’zbek   adabiyoti   tarixida   muhim   o’rin   tutadi.
Xiva   adabiy   muhitining   shakllanishi   va   taraqqiyoti   Muhammad   Rahimxon
Feruz nomi bilan bevosita bog’liqdir. Muhammad Rahimxon Feruz – buyuk
davlat   arbobi,   atoqli   shoir,   madaniyat   va   san’at   homiysi,   ma’rifatpavardir.
Feruzning   Xorazm   xoni   sifatidagi   faoliyati   Vatanimiz   tarixining   eng
murakkab   va   ziddiyatli     davriga   to’g’ri   keldi.   Markaziy   Osiyo   Rossiya
istibdodi   girdobiga   tushgan   bu   davrda   u   davlatni   (1844-1910)   nihoyatda
tadbirkorlik   bilan   boshqardi.   Adabiyot,   san’at,   ilm-fan   va   maorifni   uning
tashabbusi bilan madaniy-ma’rifiy, adabiy muhit yuzaga keldi.
Feruz   X1X   asrning   ikkinchi   yarmi   o’zbek   adabiyoti   ravnaqiga   katta
hissa   qo’shdi:   saroyda   o’nlab   shoirlar   uning   homiyligida   badiiy   ijod   bilan
shug’ullandilar.   Muhammad   Yusuf   Bayoniy,   Muhammad   Rasul   Mirzo,
Ahmad   Tabibiy,   Avaz   O’tar   o’g’li,   CHokor,   Raqib,     Devoniy,   G’oziy,
SHinosiy,   Oqil,   G’ulomiy,   Komyob   kabi   shoirlar   jumlasidandir.   Uning saroyida 50 ka yaqin shoiru yozuvchilar, sozanda va go’yandalar, maoriflar,
tarjimonlar, xattotlar, noshirlar faoliyat ko’rsatdi.
Xorizm tarixiga oid birlamchi manbalar – Ogahiyning “SHohidul iqbol”,
Bayoniyning “SHetorayi Xorazmshohiy”, Ahmad Tabibiyning “Majmuatush
shuaroi   Feruzshohiy”,   Hasanmurod   Laffasiyning   “Xiva   shoir   va
adabiyotchilarning   tarjimai   holi”,   Bobojon   Tarrohning   “Xorazm
navozandalari”   kabi   asarlarida   Muhammad   Rahimxon   Soniy   Feruz   haqida
ma’lumotlar berilgan. 
Xorazm   adabiyoti   tarixida   X1X   asrning   ikkinchi   yarmi   o’ziga   xos   bu
davrdir. Bu davrda Xorazm adabiyoti yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi.
Ayniqsa, saroyda kuchli bir adabiy guruh maydonga keldiki, unda Feruzning
hissasi beqiyos. Afsuski, Feruz hukmdor, xon bo’lgan uchun 74 yillik sho’ro
davrida   e’tibordan   chetda   qolib   ketdi.   Feruz   unitilayotgan   bir   paytda,   1960
yilda   sho’rolar   mafkurasi     ustuvor   bo’lib   turgan   bir   zamonda   A.Qahhor
birinchi   bo’lib   shoir   ijodini   o’rganish   masalasini   ko’rib   chiqdi.   Jumladan,
“Qizil   O’zbekiston”   gazetasida   Feruz   ijodini   rad   etish   mazmunidagi
maqolasiga keskin qarshi chiqib: “Feruz – mashhur lirik shoir, musiqashunos,
kompozitor,   yaxshi   tarjimon   Umarxon   singari   o’z   zamonasining   shoirlarini
o’rdasiga yiqqan. 1873 yilda bosmaxona sotib olib, Xorazmda birinchi kitob
bostirgan odam” degan edi. Ammo Feruz faoliyatini o’rganish mustaqillikdan
keyingina boshlandi.
Komil   Xorazmiy   (1825-1897)   –   shoir,   hattot,   bastakor,   musiqashunos,
tarjimon, davlat arbobi.
X1X   asr   manbalarining   aksariyatida,   jumladan,   ogahiyning   “Gulshani
davlat”, Muhammad Yusuf Bayoniyning “SHajarayi Xorazmshohiy”, Ahmad
Tavbibiyning   “Majmuatush   shuaro”   kabi   asarlarida   Komilning   otashzabon
shoir va tadbirkor davlat arbobi sifatida faoliyati baholangan. Muhammadniyoz   Komil   1825   yilda   Xivada   tug’ildi.   Dastlab   eski
maktabda, so’ngra Xiva madrasalaridan birida ta’lim oldi.
Ta l abalik davridayoq she’rlari el nazariga tushdi. Natijada uni Xiva xoni
Sayid Muhammadxon saroyiga, mirzolik lavozimiga taklif etadi. Feruz taxtga
chiqqach   Komil   tez   orada   mirzaboshilik   lavozimiga   tayinlanadi.   Rusiya
imperiyasi   Xiva   xonligini   bosib   olish   uchun   urush   boshlagan.   1873-yilda
Komil xuddi shu mansabda edi.
Xiva   xonligi   saroyidagi   amaldorlar   yurt   ustiga   bostirib   kelayotgan
bosqinchilarga   munosabat   masalasida   farqlanar   edilar.   Devonboshi
Matmurod boshliq birinchi guruh kuchlar nisbatani hisobga olmay, el-yurtni
qonga   bostirishga   muqarrar   bo’lgan     jihod   tarafdori     edilar.   Mirzaboshi
Komil,  xonning  maslahatchisi  Said  Amirqul  Umar  va  uning  hamkifrlari  esa
yurt imkoniyatlarini to’la hisobga olgan   holda ish ko’rish, bosqinchi tomon
bilan murosayu modaro yo’lini tutish, shu tariqa huquqlari cheklangan holda
bo’lsa ham xonlikni saqlab qolish fikrida edilar. Keyingi voqealar Komil va
uning  tarafdorlari ham ekanligini ko’rsatdi.
1873-yilning   12   avgustida   Xiva   yaqinidagi   Gandimiyona   qishlog’ida
Rusiya   bilan   Xiva   xonligi   o’rtasida   shartnoma   tuzildi.   Bu   “Gandimiyon
shartnomasi”   nomi  bilan   tarixga   kirdi.  Xiva  xonligi   visol   bo’lib   qoldi.   Xiva
xonligidagi 1873-yil voqealari haqida ingliz tilida maxsus kitob chop ettirish
Mak-Goxan   Komilning   sulhparvar,   tadbirkor   kishi   ekanini   ta’kidlasa,   Xiva
xonligiga   qarshi   janglarda   bevosita   ishtirok   etgan   F.Lobasevich   uning
to’g’risida   bunday   yozadi:   “Matniyoz   xonlikning   og’ir,   kulfatli   paytlarida,
Xiva   aholisi  hayot-mamoti  hal   bo’layotgan   bir   vaqtda  butun  kuch-quvvatini
sarflab,   bekorchi   g’azab   va   jahoni   bosishga,   anglashilmovchiliklar   sababini
aniqlashga   va   yuzaga   kelgan   ixtilofni   yaxshi   natijalar   bilan   tugatilishiga
harakat   qildi.   Matniyozning   bu   vaqtda   o’z   Vataniga   ko’rsatgan   xizmati
beqiyos   katta   bo’ldi”   1873   yil   qirg’inbarotlarini   o’z   ko’zlari   bilan   ko’rgan ba’zi   muarrixlar   esa   ancha   keyin   bitilgan   asarlarida   Komilning   bu   davrdagi
faoliyatiga   birmuncha   salbiy   munosabatda   bo’lganlar.   Bu   hol   Bayoniy   va
Laffasiy   asarlarida   ko’proq   seziladi.   So’ng   Komil   bori   mansabidan   ozod
etildi. 1897-yildan 72 yoshida vafot etdi.
Komil   xattotlik   bilan   shug’ullangan.   Komil   Xorazmiy   Moskva,
Peterburg   shaharlarida   bo’lgan.   Birinchi   1873,   ikkinchi   1883,   uchinchi   esa
1891 yillarga to’g’ri keladi.
Komil taniqli shoir edi. Devon tuzgan.
Xorazmlik buyuk xonanda Komiljon Otaniyozov kuylagan “Kimni sevar
yorisan” muxammasi Komil qalamiga mansub:
Qaysi falak burjini mehri nur anvarisan,
Qaysi sadaf durining gavhari shaxvarisan,
Qaysi xutan ohusi, nafsi totarisan,
Qaysi chamanzorni lolayu gulnorisan,
So’yla manga, ey sanam, kimni sevar yorisan?
Qomatingga bandadur bog’ aro sarvi ravon,
La’l labing rashkidin g’uncha erur bag’ri qon,
CHunki chaman sahnida bo’lsa yuzing gulfishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon,
So’yla mang’a, ey sanam, kimni sevar yorisan?
Komil  Xorazmiy  musiqasini  notaga  kiritdi.  “Tanbur  notasi”  nomi  bilan
mashhur   bo’ldi.   Bastakor   sifatida   “Murabbai   Komil”,   “Peshravi   Komil”
kuylarini yaratdi.
Komil   Barxurdor   bin   Mahmud   turkman   forohiy   adabiy   taxallusi
“Mumtoz”ning   “Mahbubul   qulub”   (xalq   orasida   “Mahfil   aro”   (“Majlisga
ziynat   beruvchi”)   asarini,   Fahriddin   Ali   Safiyning   “Latoyifut-Tavoyif”
asarlari   fors   tilidan   o’zbek   tiliga   tarjima   qildi.   Komil   X1X   asrning   80-90-
yillarida Xiva xonligida matbaa ishlari rivojiga ham salmoqli hissa qo’shdi. Ahmad Tabibiy – X1X asr oxiri XX asr boshlarida badiiy adabiyotning
deyarli   barcha   turlarida   ijod   qilgan,   ustozlari   Munis,   Ogahiy,   Komil   kabi
o’ziga   xos   shoir,   dostonnavis,   tarjimon,   tazkiranavis   ijodkordir.   Ahmad
Tabibiy shaxsiyati, ijodiy merosi haqida dastlab Muhammad Yusuf Bayoniy,
rus   turkshunosi   A.N.Samoylovich,   shoirning   zamondoshi   Hasanmurodqori
Muhammadamin Laffaziy asarlarida ma’lumotlar berilgan.
Ahmad   Tabibiy   1869-yili   Xorazm   xonligining   siyosiy   va   madaniy
markazi   Xiva   shahrida   tug’ildi.   Uning   otasi   asli   afg’onistonlik,   keyinchalik
Xorazmga   kelib   turg’un   bo’lib   qolgan.   Ali   Muhammad   Xivaning   mashhur
tabiblaridan   edi.   U   o’g’lini   fors,   arab   tillariga,   tabiblikka   o’rgatdi.   SHuning
uchun   Ahmad   o’ziga   “Tabibiy”   taxallusini   tanladi.   Feruz   shoir   ahmadni
saroyiga   taklif   etdi.   U   saroyda   Avaz   O’tar   kabi   shoirga   ustozlik   qildi.
Laffaiyning yozishicha Tabibiy past bo’ylik, ochiq chehra, shirin so’z, nozik
tabib kishi bo’lgan. SHaxmat bilan tanburni xush ko’rgan. Uning besh devoni
bor.   “Tuhvabus   sulton”,   “Munisul   ushshoq”,   “Hayratul   ushshoq”   devonlari
o’zbek   tilidagi,   “Mir’otul   ishq”,   “Mazharul   -   ishtiyoq”   devonlari   esa   fors-
tojik   tilidagi   she’rlaridan   tashkil   topgan.   U   “Valeishq   va   Azro”   dostoni
muallifi. Tazkiranavis sifatida “Majmuatush – shuaroyi Feruzshohio”ni tuzdi.
Tarjimon sifatida Fuzuliyning “Haft jom” asarini fors tilidan tarjima qildi.
Ahmad Tabibiy ijodida ma’rifat mavzusi yetakchi o’rin egalladi.
Kimdakim ahli jahondin bor ilmu ma’rifat,
Qolg’usidur oni borxundor ilmu ma’rifat...
G’aflatu jahl uyqusig’a g’arq bo’lg’on shaxsni,
Fayz birla ul qilur bedor ilmu ma’rifat.
Ilm birla ma’rifat ta’limni tark etmagil,
Hosil et borincha jon, takror ilmu ma’rifat.
Jadid   adabiyotida   SHarq   va   G’arb   madaniyati   masalalari   talqini   keng
ifodasini   topdi.   Bu   I.Gaspirinskiyning   “Madaniyati   islomiya”   asarida   keng aks etdi. Fitrat “CHin sevish” dramasida ham shu masalaga e’tibor qaratadi.
CHo’lpon   asarlarida   ham   SHarq   va   G’arb   madaniyatida   o’ziga   xoslik   va
ayirmalar   keng   aks   etgan.   Bu   bejiz   emas.   Ular   SHarq   yuksak   madaniyat
beshinchi bo’lganini, XX asr boshlariga kelib mustamlakalar ta’sirida xarob
holatga kelganligidan iztirob tortadilar. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

Yangicha ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish adabiyoti, mavzu ko’lami, janrlar yangilanishi va takomili. Reja: 1. Yangicha ma’rifatparvarlik. 2. Buxoro adabiy muhiti. Ahmad Donish ijodi. Mirza Sahbo ijodi. 3. XX asr boshlarida adabiy bahslar va adabiy-estetik tafakkur. 4. Mavzu ko’lami, janrlar yangilanishi va takomili. 5. Xorazm adabiy muhiti. Komil Xorazmiy ijodi. Ahmad Tabibiy ijodi. 6. Jadid adabiyotida Sharq va G’arb madaniyati masalalari talqini.

Buxoro adabiy muhitida an’anaviy ikki tillilik rivojlandi. Amir Abdulahadxon (1859-1910) nafaqai siyosiy hayotning, adabiy ijodning ham eng e’tiborli vakili edi. Ayniqsa, bu uning amirlik davri (1885-1910)da yaqqol namoyon bo’ldi. Uning bobosi Amir Haydar (1800-1826) ham “Sayyid” taxallusi bilan she’rlar mashq qilardi. Abdulahadxon esa “Ojiz” taxallusi bilan tanilgan sobdevon shoir edi. Xukmdorlarning adabiyotga yaqinligi shu darajada ediki, ayrim tuman hakimlari, masalan, Hisor hokimi Avliyoqumbek “Husayniy” taxallusi bilan davom tortib qilgan edi. Abdulahadxonning rag’bati va himmati bilan Afzal Pirmastiy (1915 y v.b.), Ne’matullo Muhtaram (1920 y. v.b.), Mirsiddiq Holimat (amirning ukasi), Abdi kabilar tazkiralar tuzib, an’anaviy tazkirachilikni yangi-yangi asarlar bilan boyitdilar. X1X asrning oxiri XX asr boshi Buxoro tazkirachilik maktabining ida, shubhasiz Qori Rahmatulloh Vozoq (1818-1894) turadi. Uning 1871 yilda tuzilgan “Tuhfatul ahbotfi tazkiratiya - ashob” (“Suhbatdoshlar zikrida do’stlar tuhfasi”) tazkirasi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari Turkiston shoirlarini qamrab olgan edi. Afzal Maxdum Pirmastiyning “Afzaluit – tazkor fi zikrish – shuaro val - ai’or” (“SHoirlar va she’rlar haqidagi Afzal tazkirasi”) (1904) X1X asr oxiri XX asr boshida o’lkamizda yashagan 135 shoir haqida ma’lumot beradi. Ne’matulla Muhtaram (1910), Mirsuddin Hashmat va Abdullarning “Tazkiratuli shuaro”lari, Hoji Hakimxonning “Munexatut - tovorix” (“Tanlangan tarixlar”), Sadr Ziyoning “SHuorayi mutaaxxarin va fuzaloyi muasirin” (“So’nggi shoirlar va zamondosh fozillari”) asarlari mazkur davr adabiy muhiti o’rnida muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Hajviy asarlariga “Bepul” deb taxallus qo’ygan Abduqodir Savdo (1823-?) tojik tilida she’riy sayohatnomalari yozgan Jonmuhammad Joniy (1839-1881), “TarixgaSalimiy”si bilan shuhrat topgan

Mirzo samimiy (1850-1930), ham ishqiy, ham ijtimoiy she’rni baravar tutgan SHamsiddin SHohik (1853-1893)larni keltirilgan. XX asr boshida Bahrombek Davlatjon o’g’li (1873-1933), Mirzo Sirojiddin (1877-1912), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdurauf Fitrat (1886-1938)lar ijod etdilar. Buxoro adabiy muhiti na xarakterli xususiyatlardan, bir kunlab tazkiralar tuzilishi bo’lsa, ikkinchisi, hajv va she’riy sayohatnomalarning udumga kirishidir. Amir Haydarning daftordori (moliya vaziri) jondorlik Mirza Sodiq Munshiy (1753-1819)ning “Dahmon shohon” (SHohlarning qabrlari) masnaviysining qisqacha mazmuni shunday: shoir Buxoroning sobiq hukmdorlari altarxoniylar dasmasi yonidan o’tar ekan bizdan sado eshitadilar. Yaqin borsa Subxonqumxon (1680-1706) o’zi qilgan haqsizliklardan so’zlamoqda. Qilmishlaridan so’zlab avlodlarga nasihat beryapti. SHoir Ubaydullaxon (1702-1711), Abdulfayzxon (1711-1747) daxmalar yonidan o’tadi. Ular ham o’z tarixlaridan, fojealaridan so’zlaydilar. O’z so’zlari bilan idoralarining tartibsizligi va nizomsizligini aytadilar, o’zlarini fosh etadilar. Oradan yuz yil o’tgach, Mirzo Abdulazim Somiy ham xuddi shu nomda masnaviy yozdi va amirlar ro’yxatini qilgan joyidan mang’itlar sulolasini boshlab bordi. Rahimbiydan Muzaffarxongacha olib keladi. Abdurahmon Tamkin degan yana bir shoir ushbu mavzuda asar yozib, “Dahman shoh Dabbus” va “Dahman Amir Temur”ni ilova qildi. XX asrning 10-yillarida samarqandlik Siddiqiy Ajziy “Anjumani arvoh” (“Ruhlar yig’ini”) masnaviysini yozdi. SHoir hajdan qaytar ekan, Misrga tushibdi va arvohlar anjumanidan chiqibdi. Buxoro amirlari anjumani ekan Amir Muzaffar so’z olib, noqisligi, tepsa-tebranmasligi bilan mashhur bu hukmdor barcha qilmishlarini hikoya qilibdi.

Mirzo Sodiqning “Dahmam shohon”i X1X asrning 2-yarmida Usmonxo’ja Xolis tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan. Jonmuhammad Joniy SHarq adabiyotida qadim an’analarga ega bo’lgan Sayohatnoma janriga yangi ruh berdi. X1X asrni 70-yillarida Buxoro-Nurota safari haqida tojik tilida “Sayohatnoma” nomli asar yozdi. Unda muallifni 800 chaqirimdan uzoqroq masofadagi hozir Buxoro, samarqand, Sirdaryo hamda Qozog’istonning CHimkent viloyatlarida joylashgan 50 qishloqni tabiati, manzaralari, odamlari haqida xotiralar o’z ifodasini topadi. Joniy 1839 yili G’ijduvonni Nayman qishlog’ida tug’ilgan. 1881 yili Amir Muzaffar buyrug’i bilan Qarshida qatl qilingan. “Ahmad Kalla”, “Ahmad Maxdum” nomlari bilan shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ko’rsatgan Ahmad Donish X1X asr Buxorosining qadimiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug’ildi. Otasi madrasasida ta’lim oldi. Yoshligidan naqqoshlik, rassomlik, xattotlik, tarix va falsafani o’rgandi. 1857 yilning kuzida Amir Nasrulloning Rusiya imperatori Nikolay I vafotiga ta’zim bildirish va valiahd Aleksandr I ning taxtga chiqishini qutlash uchun yuborilgan elchi Mullajon Miroxurga kotiblik qiladi. Peterburg uch oyo san’at-madaniyat obidalari bilan tanishadi. 1869 yilda yangi shart-sharoit taqazosi bilan Amir Muzaffar Peterburgga yana elchi yubordi. Bu elchilik yarim vassalga aylangan davlatni hokimi mutloq ko’nglini olish harakatida edi. Uning ham kotibligi Ahmad Donish tanlandi. 1873 yil oxirida Ahmad Donish uchinchi marta elchilik tarkibida Rusiyaga yo’l oldi.7874 yil yanvarь-mart oylarida Peterburgda bo’ldi. Aleksandr II bilan uchrashdi. So’ngra bular qog’ozga tushirdi. Muallifning “Navodirul -voqeo” asari 15 yil davomida, 1870-1885 yillar oralig’ida yozilgan tarixi, falsafiy, memuar asardir. 23 bobdan tashkil topgan

bu asar haligacha to’la nashr etilmagan. Bir qismi 1964 yilda o’zbekchaga tarjima qilingan va bosilgan. Kitobning 2 bobida Rusiya safari taassurotlari berilgan. VII bob A.Donishning 1869 yilda Rusiya safariga bag’ishlangan. VIII bob podshoh Aleksandr II ni qizi Maryaning 1874 yilda bo’lgan nikoh to’yiga yuborilgan elchi Abduqodirbek safari haqida. Qolgan boblar, masalan, ota-ona va farzand munosabatlari (1-bob), mol-dunyo (2-bob), tarix (3-bob), olim va johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (6-bob), ilm-fan manfaati (9-bob), haqiqiy va majoziy ishq hamda uning odobi (10-bob), nikoh (11-bob), taqdir (12-bob), kasb-kor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer tuzilishi va maydonlar (16-bob), tush ta’biri (19-bob), Bedil baytlari (20- bob), ayrim hodisalar talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob) kabi tamaddun (madaniyat) haqidagi risola (15-bob) va xilma-xil voqeiy hikoyalar (18, 21-boblar) ham undan joy olgan. Ularni har biri muhim va ahamiyatlidir. Masalan, so’nggi risolada podshohning xalq oldidagi mas’uliyat 10 mart asosida ko’rsatib berilgan. SHu jihatdan u Yusuf Xos Hojibni “Qutadg’u bilig”, ikkinchi yondosh Rusokin “Ijtimoiy shartnomasini yodga soladi. SHuningdek, uning “Majmuai hikoyati Ahmad Kolla” (“Ahmad Kolla hikoyatlari to’plami”) (1877), “Isloh miyoni shis va sunn” (“SHia va sunniyni yarashtirish haqida nasihat”) kabi risolalari, “Daftari taqvim” (“Kundaliklar”)i ham muhim ahamiyatga ega. Ahmad Donish umrining oxirlarida “Tarix risolasi” kitobini yozdi. Bir yoqdan Amir Temur, Husayn Boyqaro, Abdullaxon, Subhonqulixon, SHohmurod, ikkinchi tarafdan Amir Muzafar saltanati misolida har bir davlatning taraqqiy va tanazzul sabablarini tahlil qildi. Birinchi guruhni mujaddidlar (din va davlatni poklovchilar) deb hisoblaydi.