logo

O’zbek milliy uyg’onish adabiyotining ilmiy maktabi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

20.8798828125 KB
O’zbek milliy uyg’onish adabiyotining ilmiy maktabi.
Reja:
1. Ilmiy maktablar haqida ma’lumot. Hoji Muin tarjimai holi.
2. Adabiy merosi.
3. Publitsistikasi. Dramalari.
  Jadid   adabiyoti   porloq   yulduzlaridan   yana   biri   -   Hoji   Muindir.   Hoji
Muin   1883   yili   Samarqand   shahrida   Go’ri   amir   maqbarasidan   ellik-yuz
qadam   narida,   do’kondor   oilasida   dunyoga   kelgan.   U   1937   yili   25   iyulda
bolalari   uchun   yozib   qoldirgan   “Tarjimai   holi”da   shu   haqda   quyidagilarni
ma’lum   qilgan:   “Men   1883”   yil   19   martda   Samarqand   shahrining   Ruhobod
guzarida   dunyoga   kelganman.   Otam   SHukrullo   avvaldan   xizmatchi   va
so’ngra   do’kondor   bo’lib,   1895   yilda,   32   yoshida   vafot   etgan.   Onam
Nusratoy   Bobokalon   qizi   otamdan   besh   yosh   burun   24   yoshida   olamdan
o’tgan.
Bobom Mirsayyid Muhammad SHarif o’g’lining tarbiyasida qolganman.
Bu   kishi   Ruhobod   guzarining   masjidida   imom-hatib   edi.   1902   yilda   76
yoshida vafot etdi...
Men 12 yoshimda xat-savodli bo’lib, 15 yoshgacha hisob ilmini kasb va
tanob qoidalari bilan mukammal suratda o’rgandim. SHu bilan birgalikda 18
yoshgacha   arabcha   sarf,   nahv   va   bir   muncha   diniy     ilmlardan   tahsil   etdim.
1903   yil   avgust   oyida   Samarqandning   Xo’janisbatdor   guzarida   usuli   jadid
maktabi ochib, 1917 yil   fevralgacha turli joylarda shu xizmatda edim. SHu
bilan   bir   necha   darslik   va   pьesalar   yozib   bostirdim.   Hamda   13-14   yillarda
“Samarqand”   gazetasi   bilan   “Oina”   jurnalida   bir   muddat   ishladim.   1917
yillarda   bir   necha   oyo   “Hurriyat”   gazetasida   ham   adabiy   xizatda   bo’ldim.
So’ng   1937   yil   o’rtalarigacha   “Mehnatkashlar   tovushi”,   “Tayoq”,
“Zarafshon”,  “Mashrab”,  “Ovozi  tojik”,  Mulla  Mushfiqiy  va  “Qizil  yulduz”
nomli gazeta va jurnallarda ishlab keldim.
SHuningdek,   Hoji   Muin   1916   yilda   boshqa   samarqandlik   yoshlar   bilan
birga   mardikorlikka   olinib,   o’sha   yilning   noyabrь   oyida   Minsk
guberniyasining   Novabarisov   shahriga   qora   ishchi   sifatida   yuborilgan.   1917
yil fevral voqealaridan keyingina mardikorlikdan qaytgan. Hoji   Muinning   e’tirof   etishicha   she’riyatga   qiziqish   unda   11   yoshidan
boshlangan.   SHu   vaqtda   u   Ahmad   Yassaviy   va   Mashrab   she’rlari   ta’sirida
bo’lgan.   18   yoshga   to’lagnda   esa   shoir   Vasiy   bilan   tanishib,   xushxatligi
tufayli   uning   she’rlarini   ko’chirib   bergan,   ayni   paytda   o’zi   ham   uning
ta’sirida g’azallar bita boshlagan. Ammo 1908 yili Samarqandda jadid-qadim
mojarosi   avj   olganda   u   “oshiqona   g’azallar   yozishni   axloq   uchun   zararli
bilib”,   ustozidan   uzoqlashgan   va   uni   tark   etgan.   SHundan   keyin   u   dastlab
“Nahof”, keyinroq esa “Mehriy” taxalluslari bilan milliy she’rlar yozgan.
Hoji Muinning 1914 yilgacha yaratgan she’rlarining 4 tasi o’zbekcha, 2
tasi   arabcha,   qolgani   esa   tojikcha   bo’lib,   u   2000   misrani   tashkil   etgan   bu
she’rlarni   saralab   1914   yil   yanvarda   “Guldastai   adabiyot”   to’plamini   nashr
ettiradi. U shu yillarda ozarbayjon shoirlaridan Sobir Tohirzoda va Muhomlar
Hodiy Salimzoda, turk shoirlaridan Tavfik Fikrat, Abdulxaq Hamid, Abdulla
JAvdat, Komil Kami, Muhammad Amin asarlarini xushlab mutolaa qildi.
Adibning   musahhihlik   faoliyati   bilan   bog’liq   bir   noxush   voqea   yuz
beradi:   “Ovozi   tojik”   gazetasi   1929   yilning   24   aprelь   sonida   sho’rolar
hukumati   qonuniy   bayram   tusini   bergan   1-may   arafasida   Mirzaquli
tomonidan   yuborilgan   bayram   oldi     chaqiriqlarini   ruschadan   tojikchaga
o’girib   berayotganida   “Doloy   sotsial   –   imperialistov,   da   zdrastvuet
Kommunisticheskiy   internatsional!”   matni   tarjimasida   “da   zdrastvuet”
(“zinda   bod”)   e’tiborsizlik   tufayli   tushib   qoladi-yu,   “nest   bod   ko’mmunisti
baynalmilali”   (Yo’qolgan   kommunistik   internatsionali)   bo’lib   chiqib   ketadi.
1922 yilda GPU uni “yozuvchi” laqabi bilan yollamoqchi bo’ladi. Lekin unda
tubjoy   ikki   millatni   bir-biriga   qayrashdek   chirkin   siyosat   borligini   anglagan
Hoji   Muin   uni   topshiriqlarini   bajarmagan   edi.   Unga   Munavvarqori   bilan
yaqinligi,   Behbudiy   haqida   “Maorif   qurbonlari”   pьesasini   yozganligi,
partiyadan   atayin   chiqib   ketganligi,   tanqidchi   Vadud   Mahmudni   ishdan
olishga   qarshilik   ko’rsatgani,   turk   “millatchilari”   asarlarini   o’qishga moyilligi,   umuman   “mafkurasiga   ko’ra   millatchi   shovinist”   ekanligi   ayblari
bilan   1929   yilda   olis   Sibirning   Keneg   okrug   Pugachan   rayoniga   surgun
qilindi.   Adib   o’z   vataniga   1932   yilda   qaytib   keladi.   O’zbekiston   davlat
nashriyotining tojik bo’limida, 1934-37 yillarda “Qizil yulduz” nomli harbiy
gazetada xizmat qildi. Uning karrektorligi yana baxtsizlik olib keldi. “Otishga
hukm qilingan xalq dushmani Muralov” deganning familiyasi shu yillarning
dovruqli arbobi Malatov bilan almashib ketadi. Hoji Muinning bu ishni ongli
qilganlikda   ayblaydilar,   “aksinsho’roviy   targ’ibot   bilan   shug’ullangan”,
“josuslik,   buzg’unchilik   faoliyati”,   “inliz   razvedkasiga   xizmat   qilgani”
uchun u 10 yilga hukm qilinadi va 1942 yilning 21 iyulida Perm oblastining
Semikamsk shahrida vafot etadi. Adib 1963 yil oqlandi.
Zarif Bashir “26 yillik xizmat qahramoni” (Zarafshon, 1927 yil, 19 may)
maqolasida   Hoji   Muinning   1917   yilga   qadar   o’ndan   ortiq   gazeta   –   jurnalda
faol   qatnashgani,   yozgan   2   kitobidan   o’ntasi   bosilib   chqqanini   qayd   etadi.
Muallifning   o’zi   “Ijodiy   tarjimai   holim”   (1937)   risolasida   1907-1937   yillar
davomida 23 xil gazeta va jurnalda adabiy, ilmiy va ijtimoiy mavzularda 200
maqola,   400   turli   xabarlar,   1500   ga   yaqin   o’zbekcha   va   tojikcha   she’rlari
bosilganini xabar qiladi, asarlarining to’la ro’yxatini keltiradi. Uning bir qator
dramalari   –   “Maorif   qurbonlari”,   “Juvonbozlik   qurbonlari”,   “Boy   ila
xizmatkor”, “Qozi ila muallim” she’riy asarlari – “SHe’rlar to’plami” (1400
misra),   “Eski   va   birmuncha   yangi   she’rlar   to’plami”   (1500   misra);   “Alfozi
mutoradifa”   (arabcha   –   forscha   –   turkcha   –   o’zbekcha   lug’at),   “O’zbekcha
maqolalar”,   “Tojikcha   maqolalar”,   “Alifbolar   ta’rixchisi”   kitoblari   nashr
etilmay qolib ketgan ayrim asarlar tugallanmay qolgan.
Yuqoridagilar   Hoji   Muinning   jurnalist,   shoir,   dramaturg,   tarjimon
sifatida   adabiyotimiz   va   madaniyatimiz   tarixida   ma’lum   mavqega   ega
ekanligini ko’rsatib turibdi. Unnig Behbudiy, Munavvvarqori, Fitrat, Qodiriy,
cho’lpon   bilan   yaqin   aloqalari,   hamkorlik   qilganligi   bunga   dalildir.   1915 yilda   boshlang’ich   maktablarning     3-sinfi   uchun   zamondosh   Turkiston
shoirlari she’rlaridan tuzgan “yangi adabiyot” majmuasida Karimbek Kamiy,
Siddiqiy   Ajziy,   Sadriddin   Ayniy,   Abdurauf   Fitrat,   Toshxo’ja   Asiriy,
Saidahmad Vasliy kabi ko’plab taniqli shoirlar bilan bir qatorda Bahrombek
Tarjimon, Manzum Buxoriy, Mirza Siroj Buxoriy, Muqallar Amin G’aflatiy
singari yangi nomlar ham joy olgan edi.
Hoji   Muin   Karimьek   Kamiyning   she’riga   muxammas   bog’lagan.   U
“Muxammasi Kamiy Toshkandiy bor e’tirofi Mehriy” deb nomlangan. SHe’r
Soldi boshimlik xatolarg’a,
Boraluk ilm uchun Xitolarg’a,
Etkarur ilm muddaslarg’a,
Ey, ne bo’ldi bizim sadolarg’a,
CHiqmagar arzin samolarg’a
Hoji Muin jurnalist sifatida yuzlab maqolalar qoldirdi. Ularning qamrovi
keng:   oddiy   xabardan   adabiy-biografik   ocherkkacha,   luqmadan   dolzarb
ijtimoiy-siyosiy   muammolarni   ko’tarib   chiqqan   munozaragacha   bor.
Masalan,   uning   Behbudiy   haqidagi   maqolalarining     ahamiyati   hozir   ham
katta. 1919 yilning martida Behbudiy SHo’rolar Rossiyasida bolьshevizmga
qarshi   kurash   olib   borayotgan   muxolif   guruhlarning   rahbarlari   qatorida
xorijga otlanib “asrorangiz” bir suratda “g’oyib bo’lgani”da “Mehnatkashlar
tovushi”   gazetasining     1919   yil   23   aprelida   birinchi   bo’lib   bong   urgan   Hoji
Muin edi. So’ng u mashhur istiqlol kurashchisi taqdiri haqida har bir fakt va
ma’lumotni   yig’ib,   rasmiy–norasmiy   tashkiliy   idoralarning   fikr   va   nuqtai
nazarini   solishtirib,   sinchiklab   o’rganib   bordi,   o’qituvchilarni   xabardor   qilib
turdi.   Masalan,   “Mehnatkashlar   tovushi”   gazetasining   1919   yil   30   noyabrь
sonida   Istanbulda   o’qiyotgan   Samarqandlik   Temurxon   degan   talabaning
ma’lumotlarini   e’lon   qildi.   1921   yilda   esa   “Mufti   Mahmudxo’ja
hazratlarining   qanday   shahid   bo’lganlig’i   va   oning   tomonidan   yozilg’on vasiyatnoma”ni   bostirdi.   So’ng   bu   hujjat   “inqilob”   jurnalining   1922   yil
yanvarь sonida qayta e’lon qilindi. Jaholat “Zarafshon” gazetasining 1923 yil
25   mart   sonida   uning   mashhur   adib   hayoti   va   faoliyatini   birinchi   marotaba
keng   va   atroflicha   yoritgan   “Mahmudxo’ja   Behbudiy”   biografik     ocherki
maydonga   keldi   va   u   mazkur   mavzu   bo’yicha   asosiy   manbalardan   bo’lib
turibdi.   “Hoji  Muin”   dramaturgning  Behbudiy   obrazini   ilk   bor  sahanga   olib
chiqqach   “Maorif   qurbonlari”   (1925)   asari   sadoqatli   shogirdning   chuqur
izlanishlar va o’z ustidagi muhabbatidan tug’ilgavn edi.
Hoji   Muin   dramaturg   sifatida   7   drama   yozdi.   Muallifning   o’zi   xabar
bergan   “Juvonbozlik   qurbonlari”,   “Boy   ila   xizmatkor”,   “Qozi   ila     muallim”
pьesalari   saqlangan   emas.   Qolganlari:   “To’y”   (Nusratulla   Qudratulla   o’g’li
bilan   hamkorlikda),   “Eski   maktab   –   yangi   maktab”,   “Mazluma   xotin”,
“Ko’knori”   o’z   davrida   nashr   qilingan.   Teatrshunos   SH.Rizaev   1957   yilda
o’zining “jadid dramasi” tadqiqiga ushbu asarlarni ilova sifatida kiritgan.
Xullas, Hoji Muinning “Boy ila xizmatkor” pьesasi   Samanqaddagi Rus
dram   teatri   va   “Behbudiy”   musulmon   truppasi,   “Mazluma   xotin”   Eron
forslarining   “Adolat”,   Buxoro   yaxudiylarining   “Tarbut”,   Yevropa
yaxudiylarining “Betgaam” truppalari repertuarlarida uzoq vaqt muvaffaqiyat
bilan ijro etib kelindi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

O’zbek milliy uyg’onish adabiyotining ilmiy maktabi. Reja: 1. Ilmiy maktablar haqida ma’lumot. Hoji Muin tarjimai holi. 2. Adabiy merosi. 3. Publitsistikasi. Dramalari.

Jadid adabiyoti porloq yulduzlaridan yana biri - Hoji Muindir. Hoji Muin 1883 yili Samarqand shahrida Go’ri amir maqbarasidan ellik-yuz qadam narida, do’kondor oilasida dunyoga kelgan. U 1937 yili 25 iyulda bolalari uchun yozib qoldirgan “Tarjimai holi”da shu haqda quyidagilarni ma’lum qilgan: “Men 1883” yil 19 martda Samarqand shahrining Ruhobod guzarida dunyoga kelganman. Otam SHukrullo avvaldan xizmatchi va so’ngra do’kondor bo’lib, 1895 yilda, 32 yoshida vafot etgan. Onam Nusratoy Bobokalon qizi otamdan besh yosh burun 24 yoshida olamdan o’tgan. Bobom Mirsayyid Muhammad SHarif o’g’lining tarbiyasida qolganman. Bu kishi Ruhobod guzarining masjidida imom-hatib edi. 1902 yilda 76 yoshida vafot etdi... Men 12 yoshimda xat-savodli bo’lib, 15 yoshgacha hisob ilmini kasb va tanob qoidalari bilan mukammal suratda o’rgandim. SHu bilan birgalikda 18 yoshgacha arabcha sarf, nahv va bir muncha diniy ilmlardan tahsil etdim. 1903 yil avgust oyida Samarqandning Xo’janisbatdor guzarida usuli jadid maktabi ochib, 1917 yil fevralgacha turli joylarda shu xizmatda edim. SHu bilan bir necha darslik va pьesalar yozib bostirdim. Hamda 13-14 yillarda “Samarqand” gazetasi bilan “Oina” jurnalida bir muddat ishladim. 1917 yillarda bir necha oyo “Hurriyat” gazetasida ham adabiy xizatda bo’ldim. So’ng 1937 yil o’rtalarigacha “Mehnatkashlar tovushi”, “Tayoq”, “Zarafshon”, “Mashrab”, “Ovozi tojik”, Mulla Mushfiqiy va “Qizil yulduz” nomli gazeta va jurnallarda ishlab keldim. SHuningdek, Hoji Muin 1916 yilda boshqa samarqandlik yoshlar bilan birga mardikorlikka olinib, o’sha yilning noyabrь oyida Minsk guberniyasining Novabarisov shahriga qora ishchi sifatida yuborilgan. 1917 yil fevral voqealaridan keyingina mardikorlikdan qaytgan.

Hoji Muinning e’tirof etishicha she’riyatga qiziqish unda 11 yoshidan boshlangan. SHu vaqtda u Ahmad Yassaviy va Mashrab she’rlari ta’sirida bo’lgan. 18 yoshga to’lagnda esa shoir Vasiy bilan tanishib, xushxatligi tufayli uning she’rlarini ko’chirib bergan, ayni paytda o’zi ham uning ta’sirida g’azallar bita boshlagan. Ammo 1908 yili Samarqandda jadid-qadim mojarosi avj olganda u “oshiqona g’azallar yozishni axloq uchun zararli bilib”, ustozidan uzoqlashgan va uni tark etgan. SHundan keyin u dastlab “Nahof”, keyinroq esa “Mehriy” taxalluslari bilan milliy she’rlar yozgan. Hoji Muinning 1914 yilgacha yaratgan she’rlarining 4 tasi o’zbekcha, 2 tasi arabcha, qolgani esa tojikcha bo’lib, u 2000 misrani tashkil etgan bu she’rlarni saralab 1914 yil yanvarda “Guldastai adabiyot” to’plamini nashr ettiradi. U shu yillarda ozarbayjon shoirlaridan Sobir Tohirzoda va Muhomlar Hodiy Salimzoda, turk shoirlaridan Tavfik Fikrat, Abdulxaq Hamid, Abdulla JAvdat, Komil Kami, Muhammad Amin asarlarini xushlab mutolaa qildi. Adibning musahhihlik faoliyati bilan bog’liq bir noxush voqea yuz beradi: “Ovozi tojik” gazetasi 1929 yilning 24 aprelь sonida sho’rolar hukumati qonuniy bayram tusini bergan 1-may arafasida Mirzaquli tomonidan yuborilgan bayram oldi chaqiriqlarini ruschadan tojikchaga o’girib berayotganida “Doloy sotsial – imperialistov, da zdrastvuet Kommunisticheskiy internatsional!” matni tarjimasida “da zdrastvuet” (“zinda bod”) e’tiborsizlik tufayli tushib qoladi-yu, “nest bod ko’mmunisti baynalmilali” (Yo’qolgan kommunistik internatsionali) bo’lib chiqib ketadi. 1922 yilda GPU uni “yozuvchi” laqabi bilan yollamoqchi bo’ladi. Lekin unda tubjoy ikki millatni bir-biriga qayrashdek chirkin siyosat borligini anglagan Hoji Muin uni topshiriqlarini bajarmagan edi. Unga Munavvarqori bilan yaqinligi, Behbudiy haqida “Maorif qurbonlari” pьesasini yozganligi, partiyadan atayin chiqib ketganligi, tanqidchi Vadud Mahmudni ishdan olishga qarshilik ko’rsatgani, turk “millatchilari” asarlarini o’qishga

moyilligi, umuman “mafkurasiga ko’ra millatchi shovinist” ekanligi ayblari bilan 1929 yilda olis Sibirning Keneg okrug Pugachan rayoniga surgun qilindi. Adib o’z vataniga 1932 yilda qaytib keladi. O’zbekiston davlat nashriyotining tojik bo’limida, 1934-37 yillarda “Qizil yulduz” nomli harbiy gazetada xizmat qildi. Uning karrektorligi yana baxtsizlik olib keldi. “Otishga hukm qilingan xalq dushmani Muralov” deganning familiyasi shu yillarning dovruqli arbobi Malatov bilan almashib ketadi. Hoji Muinning bu ishni ongli qilganlikda ayblaydilar, “aksinsho’roviy targ’ibot bilan shug’ullangan”, “josuslik, buzg’unchilik faoliyati”, “inliz razvedkasiga xizmat qilgani” uchun u 10 yilga hukm qilinadi va 1942 yilning 21 iyulida Perm oblastining Semikamsk shahrida vafot etadi. Adib 1963 yil oqlandi. Zarif Bashir “26 yillik xizmat qahramoni” (Zarafshon, 1927 yil, 19 may) maqolasida Hoji Muinning 1917 yilga qadar o’ndan ortiq gazeta – jurnalda faol qatnashgani, yozgan 2 kitobidan o’ntasi bosilib chqqanini qayd etadi. Muallifning o’zi “Ijodiy tarjimai holim” (1937) risolasida 1907-1937 yillar davomida 23 xil gazeta va jurnalda adabiy, ilmiy va ijtimoiy mavzularda 200 maqola, 400 turli xabarlar, 1500 ga yaqin o’zbekcha va tojikcha she’rlari bosilganini xabar qiladi, asarlarining to’la ro’yxatini keltiradi. Uning bir qator dramalari – “Maorif qurbonlari”, “Juvonbozlik qurbonlari”, “Boy ila xizmatkor”, “Qozi ila muallim” she’riy asarlari – “SHe’rlar to’plami” (1400 misra), “Eski va birmuncha yangi she’rlar to’plami” (1500 misra); “Alfozi mutoradifa” (arabcha – forscha – turkcha – o’zbekcha lug’at), “O’zbekcha maqolalar”, “Tojikcha maqolalar”, “Alifbolar ta’rixchisi” kitoblari nashr etilmay qolib ketgan ayrim asarlar tugallanmay qolgan. Yuqoridagilar Hoji Muinning jurnalist, shoir, dramaturg, tarjimon sifatida adabiyotimiz va madaniyatimiz tarixida ma’lum mavqega ega ekanligini ko’rsatib turibdi. Unnig Behbudiy, Munavvvarqori, Fitrat, Qodiriy, cho’lpon bilan yaqin aloqalari, hamkorlik qilganligi bunga dalildir. 1915

yilda boshlang’ich maktablarning 3-sinfi uchun zamondosh Turkiston shoirlari she’rlaridan tuzgan “yangi adabiyot” majmuasida Karimbek Kamiy, Siddiqiy Ajziy, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Toshxo’ja Asiriy, Saidahmad Vasliy kabi ko’plab taniqli shoirlar bilan bir qatorda Bahrombek Tarjimon, Manzum Buxoriy, Mirza Siroj Buxoriy, Muqallar Amin G’aflatiy singari yangi nomlar ham joy olgan edi. Hoji Muin Karimьek Kamiyning she’riga muxammas bog’lagan. U “Muxammasi Kamiy Toshkandiy bor e’tirofi Mehriy” deb nomlangan. SHe’r Soldi boshimlik xatolarg’a, Boraluk ilm uchun Xitolarg’a, Etkarur ilm muddaslarg’a, Ey, ne bo’ldi bizim sadolarg’a, CHiqmagar arzin samolarg’a Hoji Muin jurnalist sifatida yuzlab maqolalar qoldirdi. Ularning qamrovi keng: oddiy xabardan adabiy-biografik ocherkkacha, luqmadan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni ko’tarib chiqqan munozaragacha bor. Masalan, uning Behbudiy haqidagi maqolalarining ahamiyati hozir ham katta. 1919 yilning martida Behbudiy SHo’rolar Rossiyasida bolьshevizmga qarshi kurash olib borayotgan muxolif guruhlarning rahbarlari qatorida xorijga otlanib “asrorangiz” bir suratda “g’oyib bo’lgani”da “Mehnatkashlar tovushi” gazetasining 1919 yil 23 aprelida birinchi bo’lib bong urgan Hoji Muin edi. So’ng u mashhur istiqlol kurashchisi taqdiri haqida har bir fakt va ma’lumotni yig’ib, rasmiy–norasmiy tashkiliy idoralarning fikr va nuqtai nazarini solishtirib, sinchiklab o’rganib bordi, o’qituvchilarni xabardor qilib turdi. Masalan, “Mehnatkashlar tovushi” gazetasining 1919 yil 30 noyabrь sonida Istanbulda o’qiyotgan Samarqandlik Temurxon degan talabaning ma’lumotlarini e’lon qildi. 1921 yilda esa “Mufti Mahmudxo’ja hazratlarining qanday shahid bo’lganlig’i va oning tomonidan yozilg’on