logo

Kichik nasriy janrlar taraqqiyoti masalalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.5146484375 KB
Kichik nasriy janrlar taraqqiyoti masalalari .
Reja:
1. Kichik nasriy janrlar. 
2. Jadid   maktablari   uchun   Turkistonda   yaratilgan   darslik   va
qo’llanmalar.
3. Jadidlarning maorif sohasidagi islohotlari.
4. Jadid   nasri,   uning   poetik   xususiyatlari.   Romanlardagi
ijtimoiy va milliy ruh tasviri tasviri yo’sinlari.
  Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik harakatining rahnamosi edi. Bu nom
yuz   yillar   muqaddam   turkiy   dunyodagi   eng   mashhur   nom   edi.   Uni
qashqardan   Londongacha,   Sankt-Peterburgdan   Bombeygacha   bilar   edilar.   U
vafot etgan 1914 yilning 11 sentyabrida mashhur Narimonov yozadi: “Milliy
Ismoilbek   kabi   qahramonlarni   unutsa,   o’z   hayotini   barbod   etajakdir”.
Darhaqiqat,   u   tirikligidayoq   millatning   otasi,   rahnamosi   degan   nomga
sazovor   bo’ldi.   Uning   eng   katta   xizmati   Rusiya   sarhadida   yashab   turgach,
lekin   zamonaning   zayli   bilan   bir-biridan   uzoq   tushgan   (to’g’rirog’i,
uzoqlashtirilgan)   va   begonalashishdagi   rejasiga   yetgan   turkiy   xalqlarni   bir-
biriga tanitdi. Behbudiy so’zlari bilan aytganda, “Rusiyadagi butun turk-tatar
xalqlarini juda oz tarixiy muddatda xayri xushlik yo’li bilan yaxlit bir milliy
oilaga birlashtirmoqqa noyil bo’ldi”.
Ismoil Gaspirinskiy SHarq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktab-
maorifda  chinakam inqilob  yasagan,  “usuli  jadid”  nomi bilan  tarixga  kirgan
“usuli   savtiya”ni   boshlab   berdi.   XX   asr   SHarqining   eng   mashhur,   eng
taraqqiyparvar   harakatchiligiga   –   jadidchilikka   asos   soldi.   U   barcha   turkiy
xalqlarni   yaxlit,   yagona   millat   deb   bildi.   Ularni   ham   ilm-ma’rifatda,   xaq-
huquqda dunyoning taraqqiy qilgach millatlari bilan teng, baqamti ko’rmoqni
orzu qildi. Butun aqli vujudini mana shu  muqaddas ishga millatning ravnaqi
va muhofazasi yo’liga sarf etdi. Bu zamonasining baland-pastidan xabardor,
tarix   va   taqdirini   teran   anglagan,   SHarqni   ham,   G’arbni   ham   bab-baravar
bilgan   va   ko’rgan   bir   kishining   aniq   va   rejasi   hatti-harakati   edi.   Ammo   bu
harakatlarida   shakkoklik   va   kofirparastlik   deb   baholandi.   Dushmanlari   esa
siyosiy   ayb   qo’ydilar.   Turkiy   qavmlarni   Rusiya   davlatiga   qarshi
birlashtirishda,   yagona   turk-tatar   mamlakati   tuzishda   urinishida   aybladilar.
SHu tariqa Gaspirinskiy XX asrning 80-yillarida avlodlari qayta boshladi.
Ismoil   Gaspirinskiy   an’anaviy   tahsilning   zamondan   orqada   qolganini,
shu   tufayli   musulmonlarimiz   jahon   taraqqiyotidan   chetga   surilib chiqayotganini   ko’rdi.   SHu   bois   Malyutkin   imperiyasidagi   o’qitish   usulini,
Sarbonnada ko’rganlarini musulmon maktablariga ko’chirmoqchi bo’ldi. Har
bir maktab, madrasa o’z nizom dasturagi ega bo’lmog’i lozim. Diniy bilimlar
qatorida   dunyoviy   fanlar   ham   keng   o’qitilishi   kerak.   Bu   masalaning   bir
tomoni. Ikkinchi   tomoni shundaki, o’qishni nazariy qilish shakllari, bilimni
baholash mezonlari bo’lishi lozim.
Ismoilbekning   “Madaniyati   islomiya”   kitobida   madaniyat   hech   qachon
yolg’iz bir millatga yoxud mamlakatga tegishli bo’lib qolmaydi deb yozadi.
Bir   vaqtlar   Yevropa   undan   bebahra   qilgan   edi,   hozirda   u   Osiyodan   o’sib
ketdi,   deydi   Gaspirinskiy.   Zamonda   Yevropa   kiyim   nimaligini   bilmay,   mol
terisiga   o’ralib   yurgan   paytlarda   Osiyo   paxta-ipak   matolarini   tanlab
qo’yoyardi.   Hozirda   osiyolik   ot-eshak,   qayiq   bilan   o’n   kunda   yuradigan
yo’lni Yevropa temir yo’l yo paraxodda bir kunda bosib o’tadi. Bu madaniyat
darajasining samarasi. Uningcha:
1. Ismoil   madaniyati   birgina   arab   madaniyatidan   iborat
emasligi   haqidagi   Yevropada   tarqalgan   fikrlarga   qo’shiladi.   CHunki
islom madaniyatini yolg’iz arablar yaratmadilar. Unda turk, fors, hind
va boshqa qabilalarning ham ulushi bor.
2. Islom   madaniyati   antik   va   hozirgi   Yevropa   madaniyati
bilan   bog’liqdir.   Gaspirinskiy   Yevropa   madaniyati   Misr-Yunon
madaniyatining   bevosita   davomchisidir   degan   fikrlariga   qarshi
chiqadi.   Uningcha   Yunon   madaniyatining   oxiri   ila   Yevropa
madaniyatining   boshiga   qadar   kechgan   ming   yillik   olam
madaniyatisiz   qolgan   ekan.   Yunon   madaniyati   Yevropadan   oldin
islom   dunyosiga   yoyilgan   va   musulmonlar   uni   taraqqiy   qildirib,
nuqsonlarini ozaytirib Yevropaga topshirdilar. Aristotelь, platon kabi
o’nlab   mashhur   yunon   olimlari   asarlarini   Yevropaga   tanitganlar
musulmonlar bo’ldilar. “Qur’oni karim”da “ilm” so’zi 756 joyda uchraydi. 20 dan ortiq o’rinda
tinchlikni muhofaza qilish ta’kidlanadi. Xalqning ma’rifatida, axloqida islom
dinining   o’rni   beqiyosdir.   Gaspirinskiy   o’z   maktabida   bunga   e’tibor   berdi.
Ma’rifatni   til   emas,   bilim   beradi.   SHuningdek,   Gaspirinskiy   “Tarjimon”
gazetasining   1908   yil   13   sonida   bosilgan   “Til   va   mas’uliyat”   maqolasida
“Millatning   ikki   asosi   bor:   til   birligi,   din   birligi.   Millatning   o’zligini
yo’qotish   uchun   shularning   bittasini   buzilishi   kifoya”   deydi.   SHuningdek,
rus-tuzem   maktablarini   ochish   bilan,   rus   tilini   o’rgatish   bilan   kishi   bilimli
bo’lib qolmaydi, bilgan dunyoviy bilimlarni kuchaytirish kerak deydi muallif.
1884   yilda   Gaspirinskiy   12   bolani   yangicha   “usuli   jadid”   bilan
o’qitishga kirishadi. Va 40 kunda ularning burro savodini chiqaradi. Imtihon
qilib, bolalarning ota-onalarini taklif qiladi. Hamma  bir ovozdan bu usulning
beqiyos imkoniyatlarini e’tirof etadi. Xullas, Ismoilbek 2 yilda eski maktabda
5   yilda   oladigan   tahlilni   o’rgatishga   muvaffaq   bo’ladi.   So’ng   ular   uchun
“Xo’jai sibiyon” (“Bolalar muallimi”) nomli birinchi darslikni tuzadi. Darslik
4   qismdan   iborat   bo’lib,   uning   1-qismida   “Alifbo”ga   27   dars   ajratiladi.
Qolgan   qismlarda   turli   foydali   maslahatlar   va   hikoyatlar   berilgan.   Ular
orasida   “Ikki   ulug’   shoir”   sarlavhasi   ostida   A.S.Pushkin   va   Alisher   Navoiy
haqida ma’lumotlar berilgan.
Gaspirinskiyning   1898   yilda   bosilgan   “Rahbari   muallimi   yoki
muallimlarga   yo’ldosh”   kitobida   ushbu   maktablarning   “namunali   plani”lagi
“namunali dars jadvali”gacha berilgan. CHunonchi, maktabning panjarasidan
kitob hujrasigacha, o’quvchilarning ustki kiyimi boshlarini yechib kiritadigan
bo’lmagan   muallim   kursisining   qaerda   turishigacha   chizib   ko’rsatilgan.   30
o’quvchilik xonaning eni, bo’yi, balandligi qancha bo’lishigacha bor. “Xo’jai
Sibiyon”   1910   yilda   nashr   qilindi.   Keyinchalik   bu   darslar   ta’sirida
Turkistonda  ham  darsliklar  tuzildi.  “Ustozi  avval”  (Saidrasul  Aziziy,  1901),
“Adibi avval” (Munavvarqori, 1907), “Birinchi muallim” (Abdulla Avloniy, 1910)   kabilar   maydonga   keldi.   “Ustozi   avval”   1917   yilgacha   17   marta
bosildi.
CHor   hukumati   o’zining  milliy   siyosatida  ingliz  mustamlakachilarining
Hindistonda olib borgan zo’ravonlik siyosatidan o’rnak olib, mahalliy aholini
maorif   va   madaniyat   sohasidagi   intilishlarini   to’xtatib,   rahna   solib   keldi.
Turkistonga   1916   yildagi   qo’zg’olondan   keyin   general-gubernator   bo’lib
kelgan   I.A.Kurapatkin   o’z   kundaliklarida:   “Biz   yerli   aholini   50   yil
mobaynida   taraqqiyotdan,   maktabdan,   rus   hayotidan   chetda   tutib   keldik”
deya g’urur bilan yozgan edi.
Rus   kompozitorlari   maktab-maorif   sohasida   “sonini   o’zidan   chiqarish”
iborasiga   amal   qilib   rus-tuzem   maktablariga   mahalliy   bolalarni   qabul
qilganlar. Turkistonda 1916 yilga kelib bunday maktablar soni 212 taga yetdi.
Aksincha,   o’lkadagi   eski   maktablar   iloji   boricha   qarovsiz   holga   keltirildi.
Ular taqiqlandi, kamsitildi, kamaytirildi.
Akademik Qori Niyoziy o’z esdaliklarida yozishicha, mashhur pedagog
A.V.Yaxontov   Marg’ilon   madrasalarini   tekshirib,   ularning   og’ir   axvoli
to’g’risida Farg’ona general-gubernatori Ivanovga (1901-1904 yillar general-
gubernator   bo’lgan)   axborot   yozib   beradi   va   bu   holni   zudlik   bilan   o’nglash
kerakligini aytadi. General-gubernator esa Yaxontovni huzuriga chorlab, uni
qattiq   qoyiydi   va   olimning   e’tiborini   o’lkada   ahvol   “shunday   bo’lishi
lozimligiga,   chunki   bu   imperator   hazratlarining   siyosatiga   muvofiq
ekanligiga” qaratadi. M.Muratov degan rus siyosatchisi esa to’g’ridan-to’g’ri
“Musulmonlarimiz maorifi uchun asos qilib olish shart bo’lgan birinchi bosh
printsip   ruslashtirish,   ikkinchi   printsip   –   islomni   buzish”   deya   yo’l-yo’riq
bergan.
Jadidlar   o’zlari   ochgan   maktablarda   diniy   bilim   bilan   bir   qatorda
dunyoviy fanlarni o’qitishni ham yo’lga qo’ydilar, rus va boshqa chet tillarni
o’rganishga   e’tibor   berdilar.   O’zlari   chet   ellarga   borishib,   o’qitish   – o’qishning   yangicha   usullarini   o’rganib   keldilar,   maktablar   uchun   kitoblar,
qo’llanmalar olib qaytdilar. Jadid pedagoglari o’zlari darsliklar yaratib, nashr
ettirdilar.   Jadidlarning   bunday   hatti-harakatlari,   albatta   rus   kompozitorlariga
yoqmadi.   Ular   qadimlarga   qarshi   qayradilar.   Qadimlar   ularni   kofirlar   deb
e’lon qildilar.
Jadidlar   o’zlari   ochgan   maktablarda   faqat   tez   savod   chiqarishini   emas,
ayni   paytda   keng   ma’nodagi   ma’rifatni,  taraqqiyotni   ham  nazarda  tutganlar.
SHu   ma’noda   jadidchilik   harakatining   birgina   ma’rifatparvarlik   faoliyati
bilan   yaeklab   qo’yish   mumkin   emas.   Binobarin,   jadidlar   maktab   va
madrasalarda   isloh   o’tkazishdan   asta-sekin   oshkora   ma’noda   faoliyat
ko’rsatishga kirishdilar. Hayotni, turmushni yangilash buning uchun istibdod
zanjirlaridan   xolis   bo’lish   masalasini   ko’tarib   chiqa   boshladilar.   Zero
mustaqil bo’lmay turib hayotni yangilash, o’zgartirish mumkin emas.
Jadid   adabiyotida   tom   ma’nodagi   nasr   rivojlandi.   XX   asrning   10-
yillarida qator hikoyalar yaratildi. Roman yaratishga urinishlar bo’ldi. Hamza
garchand   talabga   to’la   javob   bermasa   ham   “Yangi   saodat”   nomli   milliy
romanni yaratdi. Fitrat, CHo’lpon, Qodiriy kabilar qator hikoyalar yaratdilar.
Qodiriyning   “O’tkan   kunlar”,   CHo’lponning   “Kecha   va   kunduz”   romanlari
yaratildi.   Ularda   milliy   ruh   tasviri   o’ziga   xosligi   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu
romanlar XX asr o’zbek romanchiligi uchun poydevor vazifasini bajardi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

Kichik nasriy janrlar taraqqiyoti masalalari . Reja: 1. Kichik nasriy janrlar. 2. Jadid maktablari uchun Turkistonda yaratilgan darslik va qo’llanmalar. 3. Jadidlarning maorif sohasidagi islohotlari. 4. Jadid nasri, uning poetik xususiyatlari. Romanlardagi ijtimoiy va milliy ruh tasviri tasviri yo’sinlari.

Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik harakatining rahnamosi edi. Bu nom yuz yillar muqaddam turkiy dunyodagi eng mashhur nom edi. Uni qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar. U vafot etgan 1914 yilning 11 sentyabrida mashhur Narimonov yozadi: “Milliy Ismoilbek kabi qahramonlarni unutsa, o’z hayotini barbod etajakdir”. Darhaqiqat, u tirikligidayoq millatning otasi, rahnamosi degan nomga sazovor bo’ldi. Uning eng katta xizmati Rusiya sarhadida yashab turgach, lekin zamonaning zayli bilan bir-biridan uzoq tushgan (to’g’rirog’i, uzoqlashtirilgan) va begonalashishdagi rejasiga yetgan turkiy xalqlarni bir- biriga tanitdi. Behbudiy so’zlari bilan aytganda, “Rusiyadagi butun turk-tatar xalqlarini juda oz tarixiy muddatda xayri xushlik yo’li bilan yaxlit bir milliy oilaga birlashtirmoqqa noyil bo’ldi”. Ismoil Gaspirinskiy SHarq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktab- maorifda chinakam inqilob yasagan, “usuli jadid” nomi bilan tarixga kirgan “usuli savtiya”ni boshlab berdi. XX asr SHarqining eng mashhur, eng taraqqiyparvar harakatchiligiga – jadidchilikka asos soldi. U barcha turkiy xalqlarni yaxlit, yagona millat deb bildi. Ularni ham ilm-ma’rifatda, xaq- huquqda dunyoning taraqqiy qilgach millatlari bilan teng, baqamti ko’rmoqni orzu qildi. Butun aqli vujudini mana shu muqaddas ishga millatning ravnaqi va muhofazasi yo’liga sarf etdi. Bu zamonasining baland-pastidan xabardor, tarix va taqdirini teran anglagan, SHarqni ham, G’arbni ham bab-baravar bilgan va ko’rgan bir kishining aniq va rejasi hatti-harakati edi. Ammo bu harakatlarida shakkoklik va kofirparastlik deb baholandi. Dushmanlari esa siyosiy ayb qo’ydilar. Turkiy qavmlarni Rusiya davlatiga qarshi birlashtirishda, yagona turk-tatar mamlakati tuzishda urinishida aybladilar. SHu tariqa Gaspirinskiy XX asrning 80-yillarida avlodlari qayta boshladi. Ismoil Gaspirinskiy an’anaviy tahsilning zamondan orqada qolganini, shu tufayli musulmonlarimiz jahon taraqqiyotidan chetga surilib

chiqayotganini ko’rdi. SHu bois Malyutkin imperiyasidagi o’qitish usulini, Sarbonnada ko’rganlarini musulmon maktablariga ko’chirmoqchi bo’ldi. Har bir maktab, madrasa o’z nizom dasturagi ega bo’lmog’i lozim. Diniy bilimlar qatorida dunyoviy fanlar ham keng o’qitilishi kerak. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundaki, o’qishni nazariy qilish shakllari, bilimni baholash mezonlari bo’lishi lozim. Ismoilbekning “Madaniyati islomiya” kitobida madaniyat hech qachon yolg’iz bir millatga yoxud mamlakatga tegishli bo’lib qolmaydi deb yozadi. Bir vaqtlar Yevropa undan bebahra qilgan edi, hozirda u Osiyodan o’sib ketdi, deydi Gaspirinskiy. Zamonda Yevropa kiyim nimaligini bilmay, mol terisiga o’ralib yurgan paytlarda Osiyo paxta-ipak matolarini tanlab qo’yoyardi. Hozirda osiyolik ot-eshak, qayiq bilan o’n kunda yuradigan yo’lni Yevropa temir yo’l yo paraxodda bir kunda bosib o’tadi. Bu madaniyat darajasining samarasi. Uningcha: 1. Ismoil madaniyati birgina arab madaniyatidan iborat emasligi haqidagi Yevropada tarqalgan fikrlarga qo’shiladi. CHunki islom madaniyatini yolg’iz arablar yaratmadilar. Unda turk, fors, hind va boshqa qabilalarning ham ulushi bor. 2. Islom madaniyati antik va hozirgi Yevropa madaniyati bilan bog’liqdir. Gaspirinskiy Yevropa madaniyati Misr-Yunon madaniyatining bevosita davomchisidir degan fikrlariga qarshi chiqadi. Uningcha Yunon madaniyatining oxiri ila Yevropa madaniyatining boshiga qadar kechgan ming yillik olam madaniyatisiz qolgan ekan. Yunon madaniyati Yevropadan oldin islom dunyosiga yoyilgan va musulmonlar uni taraqqiy qildirib, nuqsonlarini ozaytirib Yevropaga topshirdilar. Aristotelь, platon kabi o’nlab mashhur yunon olimlari asarlarini Yevropaga tanitganlar musulmonlar bo’ldilar.

“Qur’oni karim”da “ilm” so’zi 756 joyda uchraydi. 20 dan ortiq o’rinda tinchlikni muhofaza qilish ta’kidlanadi. Xalqning ma’rifatida, axloqida islom dinining o’rni beqiyosdir. Gaspirinskiy o’z maktabida bunga e’tibor berdi. Ma’rifatni til emas, bilim beradi. SHuningdek, Gaspirinskiy “Tarjimon” gazetasining 1908 yil 13 sonida bosilgan “Til va mas’uliyat” maqolasida “Millatning ikki asosi bor: til birligi, din birligi. Millatning o’zligini yo’qotish uchun shularning bittasini buzilishi kifoya” deydi. SHuningdek, rus-tuzem maktablarini ochish bilan, rus tilini o’rgatish bilan kishi bilimli bo’lib qolmaydi, bilgan dunyoviy bilimlarni kuchaytirish kerak deydi muallif. 1884 yilda Gaspirinskiy 12 bolani yangicha “usuli jadid” bilan o’qitishga kirishadi. Va 40 kunda ularning burro savodini chiqaradi. Imtihon qilib, bolalarning ota-onalarini taklif qiladi. Hamma bir ovozdan bu usulning beqiyos imkoniyatlarini e’tirof etadi. Xullas, Ismoilbek 2 yilda eski maktabda 5 yilda oladigan tahlilni o’rgatishga muvaffaq bo’ladi. So’ng ular uchun “Xo’jai sibiyon” (“Bolalar muallimi”) nomli birinchi darslikni tuzadi. Darslik 4 qismdan iborat bo’lib, uning 1-qismida “Alifbo”ga 27 dars ajratiladi. Qolgan qismlarda turli foydali maslahatlar va hikoyatlar berilgan. Ular orasida “Ikki ulug’ shoir” sarlavhasi ostida A.S.Pushkin va Alisher Navoiy haqida ma’lumotlar berilgan. Gaspirinskiyning 1898 yilda bosilgan “Rahbari muallimi yoki muallimlarga yo’ldosh” kitobida ushbu maktablarning “namunali plani”lagi “namunali dars jadvali”gacha berilgan. CHunonchi, maktabning panjarasidan kitob hujrasigacha, o’quvchilarning ustki kiyimi boshlarini yechib kiritadigan bo’lmagan muallim kursisining qaerda turishigacha chizib ko’rsatilgan. 30 o’quvchilik xonaning eni, bo’yi, balandligi qancha bo’lishigacha bor. “Xo’jai Sibiyon” 1910 yilda nashr qilindi. Keyinchalik bu darslar ta’sirida Turkistonda ham darsliklar tuzildi. “Ustozi avval” (Saidrasul Aziziy, 1901), “Adibi avval” (Munavvarqori, 1907), “Birinchi muallim” (Abdulla Avloniy,

1910) kabilar maydonga keldi. “Ustozi avval” 1917 yilgacha 17 marta bosildi. CHor hukumati o’zining milliy siyosatida ingliz mustamlakachilarining Hindistonda olib borgan zo’ravonlik siyosatidan o’rnak olib, mahalliy aholini maorif va madaniyat sohasidagi intilishlarini to’xtatib, rahna solib keldi. Turkistonga 1916 yildagi qo’zg’olondan keyin general-gubernator bo’lib kelgan I.A.Kurapatkin o’z kundaliklarida: “Biz yerli aholini 50 yil mobaynida taraqqiyotdan, maktabdan, rus hayotidan chetda tutib keldik” deya g’urur bilan yozgan edi. Rus kompozitorlari maktab-maorif sohasida “sonini o’zidan chiqarish” iborasiga amal qilib rus-tuzem maktablariga mahalliy bolalarni qabul qilganlar. Turkistonda 1916 yilga kelib bunday maktablar soni 212 taga yetdi. Aksincha, o’lkadagi eski maktablar iloji boricha qarovsiz holga keltirildi. Ular taqiqlandi, kamsitildi, kamaytirildi. Akademik Qori Niyoziy o’z esdaliklarida yozishicha, mashhur pedagog A.V.Yaxontov Marg’ilon madrasalarini tekshirib, ularning og’ir axvoli to’g’risida Farg’ona general-gubernatori Ivanovga (1901-1904 yillar general- gubernator bo’lgan) axborot yozib beradi va bu holni zudlik bilan o’nglash kerakligini aytadi. General-gubernator esa Yaxontovni huzuriga chorlab, uni qattiq qoyiydi va olimning e’tiborini o’lkada ahvol “shunday bo’lishi lozimligiga, chunki bu imperator hazratlarining siyosatiga muvofiq ekanligiga” qaratadi. M.Muratov degan rus siyosatchisi esa to’g’ridan-to’g’ri “Musulmonlarimiz maorifi uchun asos qilib olish shart bo’lgan birinchi bosh printsip ruslashtirish, ikkinchi printsip – islomni buzish” deya yo’l-yo’riq bergan. Jadidlar o’zlari ochgan maktablarda diniy bilim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni o’qitishni ham yo’lga qo’ydilar, rus va boshqa chet tillarni o’rganishga e’tibor berdilar. O’zlari chet ellarga borishib, o’qitish –