Muzeyshunoslikning dolzarb masalalari
Muzeyshunoslikning dolzarb masalalari Reja: 1.Muzey pedagogikasining xususiyatlari. 2.Bolalar muzeyi taraqqiyoti va ahamiyati.
1.Muzey pedagogikasining xususiyatlari. Muzeylarning jamiyat va insonlar hayotidagi o‘rni beqiyosdir. O‘tmishni, tarix tajribasini o‘rganish, ajdodlar yaratgan betakror moddiy va ma’naviy merosni asrash hamda targ‘ib etishda, istiqlol yo‘lidagi maqsadlarni aniqlashda muzeylar faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘yicha 1200 dan ortiq muzeylar mavjud. Ushbu muzeylarda xalqimizning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi, milliy mafkura va tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega materiallar ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Yoshlar ma’naviyatini shakllantirish maqsadida mamlakatdagi barcha muzeylarda oyning ma’lum bir kuni «Ochiq eshiklar kuni» deb e’lon qilindi. Shu kuni muzeylarga o‘quvchi, talaba va boshqa tomoshabinlar taklif etilib, muzey xodimlari tomonidan bepul xizmat ko‘rsatiladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning sa’y-harakatlari bilan qadimiy shaharlar: Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Termiz shaharlarining 2500–2700 yillik yubileylarining o‘tkazilishi, Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Imom al- Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Ogahiy kabi «Barhayot siymolar» yubileylarining o‘tkazilishi, «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi tantanalari, mamlakat tarixidagi muhim sanalarga bag‘ishlab muzeylar tayyorlab o‘tkazgan ko‘rgazma va tadbirlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida muhim o‘rin egallashi shubhasiz. Lekin yoshlarni tarbiyalashda ilg‘or mamlakatlar muzeylari to‘plagan ijobiy yutuqlarni umumlashtirib, jahon muzey pedagogikasi fanining bir asrdan ko‘proq vaqt mobaynida to‘plagan tajribasining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil etib, mos va xos dasturlar ishlab chiqishni bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri deb hisoblash mumkin. Ushbu ma’ruzada yoshlarni vatanga muhabbat, milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda muzeylar faoliyatida qanday jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozimligini jahon muzeylari tajribasidagi ijobiy holatlardan kelib chiqqan holda aniqlandi. Zero, eng ilg‘or muzeylar yoshlar bilan ishlashning qator bosqichlaridan
o‘tib, ushbu masalada nafaqat amaliy faoliyat tajribasiga ega bo‘ldilar, balki qator nazariya va konsepsiyalarni ham yaratdilar 1 . Bu tajriba natijalari o‘rganilib, tahlil etilar ekan, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aynan qo‘llash kerak deyilmaydi. Lekin hali nazariyalar yaratish darajasiga yetmagan muzeyshunoslik sohasi jahon muzeylari andozalaridan foydalanishi zarur. Bu borada qilingan ishlar quyida bosqichma- bosqich izohlab boriladi. Respublika maorif tizimini takomillashtirish, jamiyat hayotida muzeylarning rolini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, muzey muhitida va maorif muassasasi pedagogik muammolarni hal etadigan kun tartibidagi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ushbu vaziyat nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning aksariyat mamlakatlarida mavjud. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi zamon madaniyati va jamiyati hayotida muzeylar rolining oshib borishi bilan bir qatorda, unda ishlayotgan xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish ancha orqada qolmoqda. Vujudga kelgan vaziyatni muzeylarning bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat hayot uchun kurash muammosining ta’siri deb izohlash ham noo‘rindir. Uning ildizlari chuqur bo‘lib, muzey malakali xodimlarini tayyorlashga eskicha yondashuvdadir. Tomoshabinlar bilan ishlashda ko‘p narsa mutaxassisning psixologik-pedagogik tayyorgarligi, bilim saviyasi, bugungi kundagi ijtimoiy- madaniy vaziyatni anglashiga bog‘liqdir 2 . Insoniyat qadim zamonlardan o‘zining ijtimoiy tajribasini keyingi avlodlarga qoldirish usullarini yaratgani ma’lum. Muzey esa madaniy tajribani to‘plash, tavsiflash va saqlashning eng maqbul shakli bo‘lib chiqqan 3 . Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, muzeyga keng jamoatchilikning qiziqishi va uning institutsional shakllanishi XIX asrning ikkinchi yarmida boshlanadi. Xuddi shu paytdan muzey ishining kelgusi taraqqiyoti ishlab chiqarish, sanoatning yuksalishi va maorif sohasini isloh qilish bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda bu aloqa ayniqsa, video, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida 1 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика. – М осква: Высшая школа, 2004. – С. 200. ; Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А. . – М осква : Издательство «ВК», 2003. – 615 с. 2 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика. – М осква: Высшая школа, 2004. – С . 5. 3 Новости всемирного наследия // Мировое наследие . Москва, 2003. – № 5. – С. 64-67.
zamonaviy san’at turlarini namoyish etish orqali axborot jamiyatlariga o‘tishda namoyon bo‘layotir 4 . Muzey va ta’limning o‘zaro aloqalari ilm va fanning turli sohalari hamkorligining samarasidir. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, muzeyning umumta’lim jarayoniga kiritilishi, insonni ruhiy va axloqiy jihatdan juda tez o‘zgarib borayotgan olamda faqat yashashga tayyorlabgina qolmasdan, uning sodir bo‘layotgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanishiga xizmat qiladi. Insonning faoliyati, maishiy turmushida estetik didni shakllantirish tarafdorlari D.Reskin va U.Morrislar 1852 yil Londonda ilk dekorativ amaliy san’at muzeyini tashkil qildilar. O‘shanda muzeyning maqsadlari quyidagicha belgilangan edi: - san’atni jamiyatning barcha toifalari orasida targ‘ib qilish; - badiiy ta’lim saviyasini ko‘tarish; - amaliy-bezak san’ati sifatini oshirish. Insonlarda badiiy didni vujudga keltirish uchun muzeylar ma’ruza-konsert, bepul tashriflar, jamoat transportida bepul kelish kabi tadbirlar o‘tkaza boshlaydi. Eng muhimi, bu xildagi faoliyatni konseptual izohlashga harakat jarayoni kuzatiladi. Amerika muzeylarining ma’rifiy vazifalari nazariyasi asoschilaridan biri D.Gudd bo‘lib, u maorifda muzeyning vazifasini buyumlar vositasida ta’lim berishda ko‘rgan. Badiiy va tabiatshunoslik muzeylari orasidagi farqlarni e’tirof etgan tadqiqotchi tomoshabinlar uchun ashyo-buyumlarning kerakli yozma axborot - varaqa, yo‘l ko‘rsatkich, rassomlar haqidagi asarlar bilan ta’minlanishi muhimligini ta’kidlagan edi. U shuningdek, omma uchun ma’ruzalar tashkil etish kerakligini alohida uqtirgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida D.Guddning tashabbuslari tez amalga oshirildi. Nyu-York shahridagi Metropoliten muzeyining ilk yo‘l ko‘rsatkichi 1906 yili nashr etilib, u tomoshabinlarni ko‘rgazma bilan 4 Россия музейлари мисолида қаранг: Музеи Российской академии наук / РАН. Музейн ы й совет. Москва: Научн ы й мир, 2004. – С. 150 -164; Соболева Н.А. Музейный сервис: пути развития / Сборник. Москва, 2004. – С. 25-34.
tanishtirgan. O‘sha yili o‘qituvchilar uchun maxsus qo‘llanma ham chop etilgan. Dam olish kunlari omma uchun ma’ruzalar o‘tkazilgan. Muzey ma’rifatiga oid «Metropoliten byulleteni» ning maxsus soni chop etilib, unda barcha tomoshabinlar: talaba, o‘qituvchi, dizayner, ko‘zi ojiz va karlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar muhokama etilishidan tashqari, ularga o‘qiladigan ommaviy ma’ruzalar mazmuni, saviyasi va o‘ziga xosligi haqida ham so‘z borgan 5 . Mutaxassislar 1919 yildan boshlang‘ich va o‘rta maktablar, boshqa ta’lim muassasalarida ish olib borishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib amaliyotga tatbiq eta boshlaydilar 6 . Amerika Qo‘shma Shtatlarida tomoshabinlar bilan ishlashda to‘plangan tajribasi, badiiy muzeylar maqsadlarining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda D.Xayd muzey faoliyati va ahamiyatini quyidagicha ifodalagan: «Muzey bolalarning ma’rifiy bilimlar olishiga, kattalarning esa sog‘lom hayot tarzi, dam olishi va bilimlarini oshirishga sharoit yaratishi lozim. U talaba uchun bilimlar xazinasi, rassom uchun esa ilhom beruvchi manbaga aylanishi kerak. Uning ta’siri odamlarning o‘z uylarida sezilishi va jamiyatning har bir a’zosi hayotida aks etmog‘i darkor. Ushbu tajriba asosida turli toifadagi tomoshabinlar uchun o‘ziga xos dasturlar ham ishlab chiqilgan edi: 1. Ommaning dam olishi va ko‘ngilxushligi; 2. Bilim darajasini oshirish (shu jumladan san’atshunos, talaba va rassomlar); 3. Bolalar manfaatlari uchun 7 . Amerika Qo‘shma Shtatlari maorifi falsafasidagi estetik yo‘nalish muzeyning vazifasi sifatida jamiyatda yuksak estetik didni tarbiyalash va saqlashni talab etadi. O‘zining dolzarbligini bugun ham yo‘qotmagan bu qonun-qoidalar, muzey pedagogi vazifasini tomoshabinlar va san’at asarlari orasidagi bog‘lovchi vosita sifatida tushunadi. Ammo ko‘pchilik muzey namoyandalari qo‘llagan estetik yo‘nalish maorif amaliyotiga ko‘ra muzey ishi maqsadlari nazariyasiga yaqinroq edi. Natijada ko‘p 5 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая школа, 2004. – Б. 21. 6 Молоканова Т.В. Музей и школа: возможности взаимодействия // Проблем ы педагогики средней и в ы сшей школ ы / Сборник. Вып.1. Калинин: Калининский госуниверситет. 2004. – С. 48-51. 7 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая школа, 2004. – С . 22 .