logo

Ijtimoiy nazorat jarayonini o‘rganishda tarixiy va sotsiologik yondashuv

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.328125 KB
Ijtimoiy nazorat jarayonini o‘rganishda tarixiy va sotsiologik yondashuv
Reja
1.   I jtimoiy   nazorat   jarayonini   shakllantirish   va   rivojlantirish   muammolarini
o‘rganish da yangicha yondashuv.
2.   M amlakatda mukammal nazorat jarayonini shakllantirish d a  
demokratlashtirish va liberallashtirish ning o‘rni.
3.Nazorat   jarayonini   samarali   ishlashida   siyosiy-huquqiy   madaniyatning
o‘rni. 1.   I jtimoiy   nazorat   jarayonini   shakllantirish   va   rivojlantirish   muammolarini
o‘rganish da yangicha yondashuv.
Ijtimoiy   jarayonlarni   o‘rganish   jamiyat   strukturasini   tahlil   qilishni   taqozo
etadi.   Chunki   ijtimoiy   jarayonni   tushunish   uchun   uning   jamiyat   strukturasida
tutgan o‘rnini bilish kerak. Insoniyat jamiyati sotsiolog olimlar tomonidan ijtimoiy
voqeliklarni ng   majmui  sifatida tushuniladi. Ijtimoiy voqelik   – tabiatda, jamiyatda
va insonning o‘zida ma’lum bir o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan individlarning
o‘zaro   bog‘liq   harakatining   ta’siri   natijasidir.   Ijtimoiy   vokelik   o‘zaro   bog‘liq
harakat   va   bu   har a kat   ta’siri   natijasida   kelib   chiqadigan   o‘zgarishdan   iborat
bo‘lganligi   uchun   uni   ikkiga   bo‘lish   mumkin,   ya’ni   ijtimoiy   voqelik   ijtimoiy
jarayon va ijtimoiy tuzulmadan iborat bo‘ladi deb aytish mumkin. Ijtimoiy jaryon
tushunchasi   ko‘pincha   ijtimoiy   munosabatlar   tushunchasi   bilan   bir   xil   deb   qabul
qilinadi.   Lekin   ular   mazmun   va   shakl   singari   farq   qilishi   lozim,   ya’ni   ijtimoiy
jarayon   mazmun   bo‘lsa,   ijtimoiy   munosabat   shakldir.   Maslan,   asosiy   jarayon
bo‘lgan   ishlab   chiqarish   jarayoni   mazmun   bo‘lsa,   u   bir   qancha   shakllarda,   ya’ni
quldorchilik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shaklida amalga
oshirilishi mumkin.
Ijtimoiy   jarayonlarni   o‘rganishda   yangicha   yondashuvda   zamon
talablaridan   kelib   chiqish   lozim.   Zamonamiz   talabi   kuchli   davlatdan   kuchli
fuqarolik   jamiyatiga   o‘tishdan   iborat   bo‘lganligi   uchun   asosiy   e’tibor   fuqarolik
jamiyati   asoslarini   shakllantirish   masalalariga   qaratilishi   maqsadga   muvofiqdir.
Fuqarolik jamiyatining asosiy vazifasi ijtimoiy regulyator bo‘lgan huquq va axloq
normalariga   rioya   etilishini   nazorat   qilishdan   iborat   bo‘lganligi   uchun   ijtimoiy
nazorat jarayonini shakllantirish va rivojlantirish muammolarini o‘rganish bugungi
kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Sotsiologiya yaxlit jamiyat to‘g‘risidagi, eng
avaalo,   ijtimoiy   tartib   va   ijtimoiy   taraqqiyot   to‘g‘risidagi   fandir.   Jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun mamlakatda
mukammal ijtimoiy nazorat mexanizmi shakllangan bo‘lishi lozim.   B uning uchun
ijtimoiy nazorat  jarayonini  shakllantirish va  rivojlantirish  masalalarini  sotsiologik
jihatdan   tadqiq   qilish   kerak   bo‘ladi .   Ushbu   maqsadga   erishish   jamiyatshunoslik fanlari   va   eng   avvalo   tarix   fani   negizida   shakllanadigan   sotsiologik   tafakkurni
taqozo etadi.
Jamiyat   taraqqiyoti   masalalarini   o‘rganishda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
muammosiga   alohida   e’tibor   qaratiladi,   chunki,   ijtimoiy   tartib   jamiyat
taraqqiyotining   muhim   sharti   hisoblanadi.   Ijtimoiy   tartib,   shuning   uchun   jamiyat
taraqqiyotinig   muhim   sharti   hisoblanadiki,   agar   tartib   bo‘lmasa,   insoniyat
jamiyatida tabiiy ravishda kelib chiqadigan ziddiyatlar keskinlashib ketadi va, oxir-
oqibatda,   jamiyat   son-sanoqsiz   urushlardan   iborat   bo‘lib,   ertami-kechmi   bunday
jamiyat   halokatga   uchraydi.   Demak,   ijtimoiy   tartib   bo‘lmagan   joyda,   nafaqat
taraqqiyot   ta’minlanmaydi,   balki   jamiyatning   tanazzulga   yuz   tutish   ehtimoli
kuchayadi. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi barcha vaqtlarda donishmandlarni
o‘ylantirib   kelgan   eng   dolzarb   va   eng   murakkab   muammo   bo‘lib   qolmoqda.
Shuning   uchun   olimu   -   ulamolar   doimo   qanday   qilsak   jamiyatda   tartib   bo‘ladi
degan savolga javobqidirishgan.
Bugungi   kunda   ham   ushbu   savolga   javob   topish   o‘z   dolzarbligini
yo‘qotgan   emas,   chunki,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   ko‘plab
taklif va tafsiyalar ilmiy asosda ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan, muammo
haligacha   o‘z   ye chimini   to‘la   topa   olgani   yo‘q.   Ushbu   savolga   turli   davrlarda
turlicha   javob   berilgan   bo‘lsa   ham,   hali-hanuz   ijtimoiy   tartibning   barqarorligini
ta’minlashga   to‘la   erishilgani   yo‘q.   Buni   bugungi   kunda   dunyoning   turli
burchaklarida ro‘y berib turgan tartibsizliklar va urushlardan yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
Global miqyosdagi tartib sizlik har bir mamlakatdagi tartibsizlikdan tashkil topgani
kabi   global   ijtimoiy   tartib   ham     har   bir   mamlakatdagi   tartibdan   tashkil   topadi.
Bunday tartibni o‘rnatilishi huquq va axloq normalariga rioya qilishni ta’minlashga
qodir   bo‘lgan   nazorat   tizimiga   bog‘liqdir.   Nazorat   tizimi   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga   qodir   bo‘lishi   uchun   nazorat   borasida   davlat   va   jamiyat   o‘rtasida
hamkorlik va sheriklik o‘rnatilishi lozim. Hozircha yuqoridan amalga oshiriladigan
davlat nazorati kuchli, lekin quyidan amalga oshiriladigan jamiyat  nazorati  ancha
kuchsiz.   Demak   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi   nazorat   tizimining   tarkibiy   qismi
bo‘lgan   jamiyat   nazoratiga   bog‘liq   bo‘lmoqda.   Jamiyat   nazoratini   tashkil   qilish odamlardagi   befarqlik   kayfiyati   jilovlanib   huquq   va   axloq   normalariga   bo‘lgan
daxldorlik   hissini   shakllanishiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun,   O‘zbekis t on
Respublikasi   birinchi   Prezidenti Islom Karimov ushbu xususda gapirib, jumladan,
shunday   degan   edi:   “Oilada,   maktabda,   mehnat   jamoasida,   mahallada   olib
borilayotgan   axloqiy   tarbiya,   jamoatchilik   fikrini   kuchi,   ommaviy   axborot
vositalari,   ruhoniylarning   obro‘-e’tibori   -   hamma-hammasi   odamlarimizda   qonun
buzilishi  bilan  bog‘liq  har  qanday   hatti-harakatlarga  nisbatan   barqaror   qarshilikni
shakllantirishga qaratilmog‘i lozim” . 1
Ijtimioy tartibni o‘rnatish to‘g‘risida G‘arb va Sharq olami donishmandlari
ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan bo‘lishlariga qaramasdan muammo murakkabligicha
saqlanib  qolmoqda.   Ijtimoiy tartibni  o‘rnatishga  xizmat  qiladigan  ko‘plab  omillar
shakllangan   bo‘lishiga   qaramasdan   tartibsizlik   ko‘payib   bormoqda.   Ijtimoiy
tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   bilim,   ma’naviyatni   yuksaltirishga   va   o‘rta
sinfni   kuchaytirishga   qanchalik   harakat   qilinmasin   dunyodagi   tartibsizliklar
kamaymayapdi.   G‘arb   mamlakatlarini   olimlaridan   farq   qilib   Sharq   mamlakatlari
donishmandlari   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   ma’naviyatni   roliga   ko‘proq   e’tibor
qaratishadi.   Masalan,   Konfutsiy   ta’limotida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ma’naviy
yuksaklik bilan bog‘liqlikda ko‘rsatiladi. Sharq Arastusi deb nom olgan Abu Nasr
Farobiyning   ham   asarlarida   ijtimioy   tartibni   o‘rnatishda   axloqiy   tarbiya   negizida
shakllanadigan ma’naviyatga alohida e’tibor qaratiladi. G‘arb va Sharqda ijtimoiy
tartibni o‘rnatish borasidagi farqni kelib chiqishini sababi G‘arbdagi individualizm
va   Sharqdagi   jamoaviylik   tuyg‘usi   bilan   bog‘liq.   G‘arb   va   Sharqdagi   bunday
farqlarni   kelib   chiqishi   tabiiy   omillar   bilan   bog‘liq   bo‘lib   ular   ijtimoiy   hayotni
barcha sohalarida o‘zini namoyon qiladi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotining muhim
sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   ham   ma’lum   bir   o‘ziga   xosliklar   kelib
chiqgan. Bugungi kunda ijtimoiy tartibni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan muammo
ma’naviyat   bilan   bog‘liqdir.   Chunki   bilim   va   ma’naviyatni   uyg‘unlikda
rivojlanishini   ta’minlab   bo‘lmayapdi,   nega   deganda   global   miqyosda   ma’naviyat
1
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997 йил, 94 бет orqada qolmoqda. Nazorat tizimi ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lishi uchun
bilim va ma’naviyat uyg‘unlikda rivojlangan bo‘lishi lozim.
2.   M amlakatda mukammal nazorat jarayonini shakllantirish d a  
demokratlashtirish va liberallashtirish ning o‘rni.
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
to‘g‘risida gapirganda, jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan ko‘rsatkichlarni aniqlab
olish   va   o‘sha   ko‘rsatkichlardan   kelib   chiqib   fikrlash   lozim.   Jamiyatshunoslik
fanida   jamiyat   taraqqiyotining   ko‘rsatkichlari   sifatida   ishlab   chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining
qondirilganlik   darajasi   va   boshqa   me’zonlar   qabul   qilingan.   Albatta,bu
ko‘rsatkichlar   jamiyat   taraqqiyotini   belgilashda   muhim   ahamiyatga   ega.   Lekin
jamiyat taraqqiyoti oxir-oqibatda   odamlar hayotini baxtli qilishga   qaratilganligidan
kelib   chiqsak,   taraqqiyotni   ko‘rsatuvchi   boshqa   muhimroq   mezon   bo‘lishi
mumkin.  Buning  uchun  baxtli   hayot  nima  ekanligidan  kelib  chiqish   lozim,  bizlar
baxtli   hayot   deganda   odamning   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarining   to‘liq
qondirilganlik   holatini   tushunishga   odatlanganmiz.   Lekin,   insonning   baxtliligini
boshqa   muhim   sharti   bor,   bu   unda   qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissining
mavjudligidir.   Demak,   baxtli   hayot   deganda   nafaqat   moddiy   va   ma’naviy
ehtiyojlarning   to‘liq   qondirilganlik   holati,   balkim   qo‘rquvsiz   erkin   yashash
hissining   mavjudligini   tushunish   to‘g‘riroqdir.   Inson   qo‘rqmasdan   erkin   yashashi
uchun  esa,   jamiyatda  adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim   va   bunday
tartib   faqat   mukammal   nazorat   tizimi   orqaligina   ta’minlanishi   mumkin.   Shuning
uchun   nazorat   tizimini   samarali   qilishga   qaratilgan   chora-tadbirlar   davlat   va
jamiyat tomonidan qullab-quvvatlanadigan eng ustuvor vazifa  hisoblanadi .
Insoniyat   jamiyatida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun   ikkita   ijtimoiy
regulyator kashf etilgan bo‘lib, ulardan biri huquq, ikkinchisi esa axloqdir. Huquq
va axloq o‘z o‘zidan tartibni ta’minlamaydi, ular   jamiyatda tartib o‘rnatishi uchun
ularga rioya qilish amalda ta’minlangan bo‘lishi lozim.   Buning uchun esa huquq va axloq   normalariga   rioya   qilishni   ta’minlashga   qodir   bo‘lgan   mukammal   nazorat
tizimi shakllangan bo‘lishi lozim. Uzoq tarixiy jarayonda ijtimoiy tartibni o‘rnatish
asosan   davlat   zimmasidagi   vazifa   sifatida   tushunilgan   va   hozirgi   kunda   ham
shunday   tushuncha   saqlanib   qolmoqda.   Bugungi   kunga   kelib   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   uchun   faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat   nazorati   ye tarli
bo‘lmay   qoldi.   Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   nazorat   tizimida   davlat   bilan
birgalikda   jamiyat   ham   ishtirok   etishi   kerak   bo‘lmoqda.   Buni   sobiq   sho‘rolar
davlati   rahbariyati   ham   anglab   olgan   edi.   Ular   1979   yilda   davlat   va   jamiyat
nazoratini   uyg‘unlashtirishga   xizmat   qiladigan   “Xalq   nazorati   to‘g‘risida”   qonun
qabul   qilishgan   edi.   Ammo   ushbu   qonun   asosida   tashkil   qilingan   xalq   nazorati
tashkilotlari   davlat   va   jamiyat   nazoratini   uyg‘unlashtira   olmadi   va,   natijada,
yuqoridan amalga oshirilayotgan nozorat vositalaridan biriga aylanib qoldi.   Sobiq
sho‘rolar   davlati   rahbariyatining   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   bo‘lgan   urinishi
samara   bermadi   va,   oxir   oqibatda,  ijtimoiy  tartibning  buzilishi   sho‘ro  davlatining
barbod   bo‘lishiga   olib   keldi.   Demak,   bundan   kelib   chiqadigan   xulosa   shuki,
jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi uchun
faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat   nazorati   yetarli   emas,   buning   uchun
davlat   va   jamiyat   nazoratidan   iborat   bo‘lgan   nazorat   jarayoni   tizimli   xarakterda
bo‘lishi lozim.
Shuning   uchun   mamlakatimizda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   davlat
nazoratini   yanada   kuchaytirishga   emas,   balki   jamiyat   nazoratini   shakllantirish   va
kuchaytirishga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Davlat   nazorat   funksiyalariga
nisbatan   jamoatchilik   nazoratining   afzal   va   muhim   ekanligiga   to‘xtalib,
Respublikamiz   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov,   jumladan,   shunday   deb
ta’kidlaydi:   “Shuni   unutmaylikki,   biz   davlatning   nazorat   funksiyalarini   qancha
kuchaytirsak,   nazorat   bilan   shug‘ullanuvchi   davlat   tuzulmalari   va   organlarini
qancha   ko‘paytirsak,   amaldorlarning   zo‘ravonligi   va   korrupsiya   shuncha   avj
olaveradi.   Shuning   uchun   biz   jamoatchilik   nazoratini,   davlat   faoliyati,   shu
jumladan,   uning   kuch   ishlatuvchi   tuzulmalari   faoliyati   ustidan   ham   jamiyat nazoratini   har   tomonlama   kuchaytirishga   alohida   e’tibor   qaratishimiz   lozim.   Bu
masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q ” 2
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida  amalga oshirilayotgan siyosiy
islohotlar   -   demokratlashtirish   va   liberallashtirish   jarayonini   yanada
chuqurlashtirib,   mamlakatda   mukammal   nazorat   jarayonini   shakllantirishga
qaratilmoqda.   Buni   2010   yil   12   noyabrda   o‘tkazilgan   Parlamentning   qo‘shma
majlisida O‘zbekiston Respublikasi   birinchi   Prezidenti  Islom  Karimov tomonidan
bayon qilingan   “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni  yanada chuqurlashtirish
va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi”   va   2017   yil   7   fevralda
muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoev   tomonidan   ishlab   chiqilgan   “2017-
2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   besh   ustuvor
yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi” da   nazorat   tizimini   takomillashtirish
borasidagi takliflardan yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu konsepsiyada asosiy e’tibor
nazorat tizimining samarali ishlab turishini ta’minlaydigan mexanizmning huquqiy
asosini   yaratishga   qaratilgan.   Xususan,   konsepsiyada   taklif   qilingan   “Davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to‘g‘risida”gi,
“O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risida”gi,   “Ijtimoiy   sherikchilik
to‘g‘risida”gi   va   boshqa   qonunlar   nazorat   mexanizmining   huquqiy   asosi   bo‘lib
xizmat qiladi. Albatta, nazorat jarayonining samarali ishlashi  uchun huquqiy asos
muhim   ahamiyatga   ega,   lekin,   shu   bilan   birgalikda,   ushbu   qonunlarning   ishlashi
uchun kerak bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyat yanada muhimroq ahmiyatga ega.
Shuning   uchun   mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar
strategiyasi da   jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirishga   qaratilgan
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilab berilgan.
3.Nazorat   jarayonini   samarali   ishlashida   siyosiy-huquqiy
madaniyatning o‘rni.
 Jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksaklik darajasi, nafaqat
nazorat   tizimi   jarayonining   ishlashini,   balkim   umuman   demokratlashtirish
2
8 . Каримов И.А. Биз танлаган йўл  -  демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. -Т 11.-
Тошкент: Ўзбекистон, 2003. 28-29 б jarayonining   ham   muhim   sharti   hisoblanadi.   Chunki   demokratiya   o‘rnatilishi
uchun, eng avvalo, demokratiya sharoitida yashay oladigan va fuqarolik pozitsiyasi
shakllangan   shaxslar   kerak.   Agar   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati
yetarli  bo‘lmasa,  demokratiya namoyon bo‘lmaydi  va oxlokratiyadan farq qilmay
qoladi.   Shuning   uchun   bo‘lsa,   kerak   Aristotel   o‘zining   “Siyosat”   nomli   asarida
demokratiya   to‘g‘risida   gapirib,   unga   salbiy   baho   bergan   va   demokratiya
boshqaruvning yomon shakli deb aytgan. Chunki Aristotel zamonida odamlarning
siyosiy-huquqiy   madaniyati   past   bo‘lgan   va ,   demak,   demokratiya   talablari
darajasida   bo‘lmagan.   Agar   bugungi   kunda   ham   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyati zamon talablariga javob bermasa, demokratiya yuzaga kelmaydi va u,
ya’ni   demokratiya   oxlokratiyadan   farq   qilmay   qoladi.   Shuning   uchun,   bugungi
kunda   mamlakatimizda,   asosiy   e’tibor   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyatini oshirish masalalariga qaratilmoqda.
Jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati   siyosiy ong, huquqiy ong negizida
shakllanadi, har qanday ong esa, eng avvalo, ta’lim tizimida yuzaga keladi. Ta’lim
tizimida   siyosiy   va   huquqiy   ongni   shakllantiradigan   va   rivojlantiradigan   ko‘plab
fanlar o‘qitiladi, lekin, bular   zamon shiddat bilan o‘zgarib borayotgan   bugungi kun
talablariga   to‘liq   mos   kelma yap di.   Shuning   uchun   jamiyatning   siyosiy-huquqiy
madaniyatini   oshirishga   xizmat   qiladigan   fanlarni   kengroq   miqdorda   joriy   etish
maqsadga  muvofiqdir.  Siyosiy-huquqiy  madaniyat   demokratiyaning  o‘rnatilishiga
xizmat   qilishini   va   demokratiya   esa,   eng   avvalo,   nazoratda   namoyon   bo‘lishini
inobatga   olsak,   ta’lim   tizimida   nazoratga   doir   bilimni   beradigan   fanlarni   joriy
qilish   zaruriyatini   anglab   olish   mumkin.Ushbu   zaruriyatdan   kelib   chiqib,   oliy
ta’lim   tizimida   nazoratga   doir   bilimni   beradigan   “Ijtimoiy   nazorat”   nomli   uquv
kursini   joriy   etish   zamon   talabi   hisoblanadi .   Chunki   hozircha   biror-bir   fan
nazoratga doir  bilimni  kompleks  tarzda  berishga  qaratilmagan,  faqat  ayrim  fanlar
qisman   nazoratga   doir   bilimni   beradi,   xolos.   Bugungi   kunda,   aniqrog‘i,   2012
yilda“Ijtimoiy nazorat” o‘quv kursi faqat SamDUning ijtimoiy ish yo‘nalishidagina
joriy qilingan, xolos. Nazoratga doir bilimning ahamiyati shundaki, u ham siyosiy, ham huquqiy
ong   rivojlanishiga   xizmat   qiladi,   chunki   nazorat   faoliyatining   o‘zi   siyosat   bilan
bog‘liq   bo‘lsa,   nazoratning   ob’ekti   bo‘lgan   qonun   huquqiy   soha   bilan   bog‘liqdir.
Nazoratga doir bilim jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini rivojlantirishda va,
eng   muhimi,   nazorat   jarayonining   samarali   ishlashiga   xizmat   qiladigan   omillarni
shakllantirishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
ijtimoiy   tartib   ekanligi   va   u   faqat   nazorat   jarayoni   orqaligina   ta’minlanishi
mumkinligini   inobatga   olsak,   nazoratga   doir   bilim   qanchalik   muhim   ekanligini
anglab olish mumkin. Shuning uchun ijtimoiy tartibdan manfaatdor bo‘lgan davlat
va   jamiyat   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qilishda   tashabbuskor   bo‘lishi   lozim.
Nazoratga doir bilimni beradigan “Ijtimoiy nazorat” nomli o‘quv kursi oliy o‘quv
yurtlarining barcha yo‘nalishlariga joriy qilinishi lozim, chunki, inson kim bo‘lishi
va  qaerda  ishlashidan  qat’i y   nazar   fuqarolik  pozitsiyasiga  ega   bo‘lishi  va   nazorat
tizimida   ishtirok   etishi   lozim.   Nazoratga   doir   bilimni   yanada   kengaytirish   va
takomillashtirish   uchun   ushbu   mavzudagi   ilmiy   izlanishlarni   ham   rivojlantirish
lozim. Buning uchun oliy o‘quv yurtlarida “Ijtimoiy nazorat” qafedralarini ochish
har tomonlama maqsadga muvofiqdir.   Kafedrada nazoratga doir  ilmiy tadqiqotlar
olib   borilib,   ilmiy   yutuqlar   natijalari   pedagogik   jarayonlarda   qo‘llanilishi   bilan
nazoratga doir bilim berishning sifati va samaradorligini oshirish ta’minlanadi.
Nazorat   tizimi   jarayoning   samarali   ishlashida   nazoratga   doir   bilimni
kuchaytirishning   o‘zigina   yetarli   emas.   Buning   uchun   nazoratga   doir   bilimni
oshirish   bilan   birgalikda,   befarqlik   kayfiyati   pasayib,   daxldorlik   hissi   bilan
yashayotgan, fuqarolik pozitsiyasi  shakllangan  shaxslarni  tarbiyalash ham muhim
ahamiyatga ega. Chunki nazoratga doir bilimi kuchliyu, lekin turmushga nisbatan
befarq bo‘lib yashayotgan   nodon   odam nazorat tizimida ishtirok eta olmaydi. Inson
oliy   ma’lumotli,   hatto   fan   doktori   va   professor   bo‘lishi   mumkin,   lekin   hayotda
nodon   bo‘lib   qolishi   mumkin.   Shu   o‘rinda   aqlli   bilan   dononing   farqi   to‘g‘risida
shunday   deyish   mumkin:   aqlli   odam   jamiyatga   nisbatan   befarq   bo‘lib   yashasa,
dono odam daxldorlik hissi bilan yashaydi yoki aqllida bilim kuchli bo‘lsa, donoda
ma’naviyat   yuksak   bo‘ladi.   Insonning   bilimi   miyasida   shakllansa,   ma’naviyati qalbida   shakllanadi.   Agar   bilim   kuchli   bo‘lsayu,   ma’naviyat   qashshoq   bo‘lsa,
bunday bilim razolatga xizmat qiladi. Demak, insonda befarqlik kayfiyati pasayib
daxldorlik hissi kuchayishi   ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘liq. 
  Shuning   uchun   nazorat   tizimi   jarayonini   samarali   qilish   axloqiy   tarbiya
negizida ma’naviyatni yuksaltirishni taqozo etadi. Lekin ma’naviyatni yuksaltirish
bilimni   yuksaltirishga   qaraganda   ancha   murakkabroqdir,   chunki   ma’naviyatni
baholash   mezonlari   mukammal   emas   va   ularga   rioya   qilish   ham   to‘liq
ta’minlanmagan.   Bu   boradagi   muammolardan   yana   biri   ta’lim   va   tarbiya
jarayonlarida   uyg‘unlik   ta’minlanmaganligi,   ya’ni   tarbiya   ta’limdan   orqada
qolayotganligidadir.   Shuning   uchun,   ma’naviyatni   yuksaltirishda   faqat   ta’lim   va
tarbiya   tizimi   bilan   cheklanmasdan,   Ommaviy   axborot   vositalarilari   va,   eng
avvalo, OAVlarining eng ta’sirli vositasi bo‘lgan televidenie imkoniyatlaridan ham
kengroq   foydalanish   lozim.   Shulardan   kelib   chiqib   televidenieda   befarqlik
kayfiyatini   pasaytirib   daxldorlik   hissini   kuchaytiradigan   ko‘rsatuvlar   joriy   qilish
mumkin.   Ko‘rsatuv   jarayonida   befarqlikka   undayotgan   sabab,   motiv   o‘rganib
boriladi   va,   shu   bilan   birgalikda,   daxldorlik   hissini   shakllantiradigan   omillarni
topishga   harakat   qilinadi.   Ko‘rsatuv   odamlar   har a katining   motivini   o‘rganishga
qaratilganligidan kelib chiqib ko‘rsatuv nomini “Motiv” deb nomlash mumkin.
Yuqoridagi   fikr   mulohazalardan   kelib   chiqib,   quyidagi   xulosani   berish
mumkin.   Jamiyat taraqqiyotinig muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishda
ijtimoiy   nazorat   muhim   rol   o‘ynaydi.   Nazorat   tizimi   ijtimoiy   tartibning
barqarorligini ta’minlashga qodir bo‘lishi uchun davlat va jamiyat o‘rtasida nazorat
borasida   hamkorlik   va   sheriklik   o‘rnatilishi   lozim.   Sheriklik   bo‘lishi   uchun   har
ikkala   tomon   teng   bo‘lishi   kerakligini   va   hozirgi   kunda   bizlarga   sobiq   sho‘rolar
davlatidan   kuchli   davlat   va   nisbatan   kuchsiz   jamiyat   meros   bo‘lib   o‘tganligini
hamda   shu   tufayli   sho‘rolar   davlati   tanazzulga   yuz   tutganligini   inobatga   olib,
mustaqil   mamlakatimizda   jamiyatni   kuchli   qilish   chora-tadbirlarini   yanada
kuchaytirish   zarur.   Nazorat   tizimi   jarayonini   samarali   qilishga   xizmat   qiladigan,
nazorat   faoliyati   muammolarini ilmiy tadqiq qiladigan va nazoratga doir bilimlarni
beradigan   “Ijtimoiy   nazorat”   fanini   keng   joriy   qilish   uchun   oliy   ta’lim   tizimida “Ijtimoiy   nazorat”   qafedrasini   ochish   hamda   televidenieda   odamlarda   befarqlik
kayfiyatini pasaytirib daxldorlik hissini shakllantirishga xizmat qiladigan “Motiv”
va   “Fuqarolik   madaniyati”   ko‘rsatuv lar ini   joriy   etish   bu   borada   katta   samara
beradi.
  Ijtimoiy   nazorat   mexanizmini   shakllantirish   va   rivojlantirish
jamiyatshunos   olimlarni,   ya’ni   tarixchi,   siyosatshunos,   iqtisodchi,   faylasuf   va
sotsiologlarning   birgalikda   ilmiy   izlanishlar   olib   borishlarini   taqozo   etadi.
Mamlakatim i zda   amalga   oshirilayotgan   modernizatsiyalash   jarayoni   va   uning
tarkibiy   qismi   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   ijtimoiy
nazorat   jarayonini   o‘rganishda   sotsiologik   tafakkur   alohida   ahamiyatga   ega.
Sotsiologiya   fani   sotsiologik   tafakkurni   shakllantiradi   va   bu   tafakkur   ijtimoiy
muammolarni   tushunish,   muammoning   vujudga   kelish   sabablarini   tushunish   va
muammoni hal qilish yo‘llarini topish imkoniyatini beradi.   Bugungi kunda global
miqyosda   mavjud   bo‘lgan   ijtimoiy   muammolarning   sababi   ijtimoiy   tartib
barqarorligining   to‘la   ravishda   ta’minlanmaganligidadir.   Ijtimoiy   tartibni
ta’minlash   ijtimoiy   nazoratga   bog‘liq   ekan,   nazorat   jarayonini   kuchaytirish   eng
ustuvor   vazifa   bo‘lib   qolaveradi.   Ushbu   maqsadga   xizmat   qiladigan   quyidagi
konsepsiyani taklif etamiz: “Ijtimoiy   taraqqiyot - ijtimoiy   tartib – ijtimoiy nazorat
–   ijtimoiy   buyurtma”.   Oddiy   qilib   aytganda,   nazorat   jarayonini   takomillashtirish
uchun   davlat   ijtimoiy   buyurtma   berishi   kerak.   Nazorat   jarayonini
takomillashtirishga   ijtimoiy   buyurtma   berish,   fuqarolik   jamiyatining   sinfiy   asosi
bo‘lgan o‘rta sinfning   nazorat funksiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.   O‘rta sinf
nazoratining   kuchliligi   esa   ijtimoiy   tartib   barqarorligining   muhim   sharti   va   asosi
hisoblanadi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Ijtimoiy nazorat jarayonini o‘rganishda tarixiy va sotsiologik yondashuv Reja 1. I jtimoiy nazorat jarayonini shakllantirish va rivojlantirish muammolarini o‘rganish da yangicha yondashuv. 2. M amlakatda mukammal nazorat jarayonini shakllantirish d a demokratlashtirish va liberallashtirish ning o‘rni. 3.Nazorat jarayonini samarali ishlashida siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni.

1. I jtimoiy nazorat jarayonini shakllantirish va rivojlantirish muammolarini o‘rganish da yangicha yondashuv. Ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish jamiyat strukturasini tahlil qilishni taqozo etadi. Chunki ijtimoiy jarayonni tushunish uchun uning jamiyat strukturasida tutgan o‘rnini bilish kerak. Insoniyat jamiyati sotsiolog olimlar tomonidan ijtimoiy voqeliklarni ng majmui sifatida tushuniladi. Ijtimoiy voqelik – tabiatda, jamiyatda va insonning o‘zida ma’lum bir o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan individlarning o‘zaro bog‘liq harakatining ta’siri natijasidir. Ijtimoiy vokelik o‘zaro bog‘liq harakat va bu har a kat ta’siri natijasida kelib chiqadigan o‘zgarishdan iborat bo‘lganligi uchun uni ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni ijtimoiy voqelik ijtimoiy jarayon va ijtimoiy tuzulmadan iborat bo‘ladi deb aytish mumkin. Ijtimoiy jaryon tushunchasi ko‘pincha ijtimoiy munosabatlar tushunchasi bilan bir xil deb qabul qilinadi. Lekin ular mazmun va shakl singari farq qilishi lozim, ya’ni ijtimoiy jarayon mazmun bo‘lsa, ijtimoiy munosabat shakldir. Maslan, asosiy jarayon bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoni mazmun bo‘lsa, u bir qancha shakllarda, ya’ni quldorchilik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda yangicha yondashuvda zamon talablaridan kelib chiqish lozim. Zamonamiz talabi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat bo‘lganligi uchun asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalariga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Fuqarolik jamiyatining asosiy vazifasi ijtimoiy regulyator bo‘lgan huquq va axloq normalariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat bo‘lganligi uchun ijtimoiy nazorat jarayonini shakllantirish va rivojlantirish muammolarini o‘rganish bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Sotsiologiya yaxlit jamiyat to‘g‘risidagi, eng avaalo, ijtimoiy tartib va ijtimoiy taraqqiyot to‘g‘risidagi fandir. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun mamlakatda mukammal ijtimoiy nazorat mexanizmi shakllangan bo‘lishi lozim. B uning uchun ijtimoiy nazorat jarayonini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish kerak bo‘ladi . Ushbu maqsadga erishish jamiyatshunoslik

fanlari va eng avvalo tarix fani negizida shakllanadigan sotsiologik tafakkurni taqozo etadi. Jamiyat taraqqiyoti masalalarini o‘rganishda ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosiga alohida e’tibor qaratiladi, chunki, ijtimoiy tartib jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Ijtimoiy tartib, shuning uchun jamiyat taraqqiyotinig muhim sharti hisoblanadiki, agar tartib bo‘lmasa, insoniyat jamiyatida tabiiy ravishda kelib chiqadigan ziddiyatlar keskinlashib ketadi va, oxir- oqibatda, jamiyat son-sanoqsiz urushlardan iborat bo‘lib, ertami-kechmi bunday jamiyat halokatga uchraydi. Demak, ijtimoiy tartib bo‘lmagan joyda, nafaqat taraqqiyot ta’minlanmaydi, balki jamiyatning tanazzulga yuz tutish ehtimoli kuchayadi. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi barcha vaqtlarda donishmandlarni o‘ylantirib kelgan eng dolzarb va eng murakkab muammo bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun olimu - ulamolar doimo qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolga javobqidirishgan. Bugungi kunda ham ushbu savolga javob topish o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas, chunki, ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan ko‘plab taklif va tafsiyalar ilmiy asosda ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan, muammo haligacha o‘z ye chimini to‘la topa olgani yo‘q. Ushbu savolga turli davrlarda turlicha javob berilgan bo‘lsa ham, hali-hanuz ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlashga to‘la erishilgani yo‘q. Buni bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida ro‘y berib turgan tartibsizliklar va urushlardan yaqqol ko‘rsa bo‘ladi. Global miqyosdagi tartib sizlik har bir mamlakatdagi tartibsizlikdan tashkil topgani kabi global ijtimoiy tartib ham har bir mamlakatdagi tartibdan tashkil topadi. Bunday tartibni o‘rnatilishi huquq va axloq normalariga rioya qilishni ta’minlashga qodir bo‘lgan nazorat tizimiga bog‘liqdir. Nazorat tizimi ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lishi uchun nazorat borasida davlat va jamiyat o‘rtasida hamkorlik va sheriklik o‘rnatilishi lozim. Hozircha yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati kuchli, lekin quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ancha kuchsiz. Demak ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan jamiyat nazoratiga bog‘liq bo‘lmoqda. Jamiyat nazoratini tashkil qilish

odamlardagi befarqlik kayfiyati jilovlanib huquq va axloq normalariga bo‘lgan daxldorlik hissini shakllanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun, O‘zbekis t on Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ushbu xususda gapirib, jumladan, shunday degan edi: “Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib borilayotgan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrini kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro‘-e’tibori - hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog‘liq har qanday hatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog‘i lozim” . 1 Ijtimioy tartibni o‘rnatish to‘g‘risida G‘arb va Sharq olami donishmandlari ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan bo‘lishlariga qaramasdan muammo murakkabligicha saqlanib qolmoqda. Ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan ko‘plab omillar shakllangan bo‘lishiga qaramasdan tartibsizlik ko‘payib bormoqda. Ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan bilim, ma’naviyatni yuksaltirishga va o‘rta sinfni kuchaytirishga qanchalik harakat qilinmasin dunyodagi tartibsizliklar kamaymayapdi. G‘arb mamlakatlarini olimlaridan farq qilib Sharq mamlakatlari donishmandlari ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatni roliga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Masalan, Konfutsiy ta’limotida ijtimoiy tartibni o‘rnatish ma’naviy yuksaklik bilan bog‘liqlikda ko‘rsatiladi. Sharq Arastusi deb nom olgan Abu Nasr Farobiyning ham asarlarida ijtimioy tartibni o‘rnatishda axloqiy tarbiya negizida shakllanadigan ma’naviyatga alohida e’tibor qaratiladi. G‘arb va Sharqda ijtimoiy tartibni o‘rnatish borasidagi farqni kelib chiqishini sababi G‘arbdagi individualizm va Sharqdagi jamoaviylik tuyg‘usi bilan bog‘liq. G‘arb va Sharqdagi bunday farqlarni kelib chiqishi tabiiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib ular ijtimoiy hayotni barcha sohalarida o‘zini namoyon qiladi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ham ma’lum bir o‘ziga xosliklar kelib chiqgan. Bugungi kunda ijtimoiy tartibni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan muammo ma’naviyat bilan bog‘liqdir. Chunki bilim va ma’naviyatni uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlab bo‘lmayapdi, nega deganda global miqyosda ma’naviyat 1 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997 йил, 94 бет

orqada qolmoqda. Nazorat tizimi ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lishi uchun bilim va ma’naviyat uyg‘unlikda rivojlangan bo‘lishi lozim. 2. M amlakatda mukammal nazorat jarayonini shakllantirish d a demokratlashtirish va liberallashtirish ning o‘rni. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatish to‘g‘risida gapirganda, jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan ko‘rsatkichlarni aniqlab olish va o‘sha ko‘rsatkichlardan kelib chiqib fikrlash lozim. Jamiyatshunoslik fanida jamiyat taraqqiyotining ko‘rsatkichlari sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining qondirilganlik darajasi va boshqa me’zonlar qabul qilingan. Albatta,bu ko‘rsatkichlar jamiyat taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Lekin jamiyat taraqqiyoti oxir-oqibatda odamlar hayotini baxtli qilishga qaratilganligidan kelib chiqsak, taraqqiyotni ko‘rsatuvchi boshqa muhimroq mezon bo‘lishi mumkin. Buning uchun baxtli hayot nima ekanligidan kelib chiqish lozim, bizlar baxtli hayot deganda odamning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining to‘liq qondirilganlik holatini tushunishga odatlanganmiz. Lekin, insonning baxtliligini boshqa muhim sharti bor, bu unda qo‘rquvsiz erkin yashash hissining mavjudligidir. Demak, baxtli hayot deganda nafaqat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning to‘liq qondirilganlik holati, balkim qo‘rquvsiz erkin yashash hissining mavjudligini tushunish to‘g‘riroqdir. Inson qo‘rqmasdan erkin yashashi uchun esa, jamiyatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim va bunday tartib faqat mukammal nazorat tizimi orqaligina ta’minlanishi mumkin. Shuning uchun nazorat tizimini samarali qilishga qaratilgan chora-tadbirlar davlat va jamiyat tomonidan qullab-quvvatlanadigan eng ustuvor vazifa hisoblanadi . Insoniyat jamiyatida ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun ikkita ijtimoiy regulyator kashf etilgan bo‘lib, ulardan biri huquq, ikkinchisi esa axloqdir. Huquq va axloq o‘z o‘zidan tartibni ta’minlamaydi, ular jamiyatda tartib o‘rnatishi uchun ularga rioya qilish amalda ta’minlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa huquq va