logo

TARIXIY ANTROPOLOGIYaDA SOTSIOLOGIK VA FUNKSIONAL NAZARIYaLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.4033203125 KB
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA SOTSIOLOGIK VA FUNKSIONAL
NAZARIYALAR
REJA
1. Sotsiologik yo‘nalish.
2.  Funksionalizm.
3. Amerika tarixiy antropologiya maktabi. .1.Sotsiologik yo‘nalish .  
Ye vropa antropologiyasida diffuzionizm bilan deyarlik bir paytda sotsiologik
yo‘nalish ham  shakllanib, uning vakillari  diffuzionizmga nisbatan  ham sermahsul
ijod qiladilar. Agar evolyusionizm asoschilari antropologiyaning asosiy predmtini
–  odamda , diffuzionistlar –  madaniyatda  ko‘rsalar, sotsiologik yo‘nalish vakillari –
inson  jamiyatini   asos   deb  bildilar.  Nazariya  tarafdorlari  inson   jamiyatlarini  oddiy
individlar   majmuasi   sifatida   ko‘rishni   istamadilar.   Jamiyatni   ular   odamlar
orasidagi ahloq aloqalari tizimi sifatida ko‘rib, uni insonlarga majburan yoki kuch
bilan o‘tkazilishini ta’kidlashgan.
Sotsiologiya nazariyasining vatani Fransiya bo‘lib uning yirik nomoyondasi
Emil Dyurk Geym (1858-1917) sanaladi. U haqli ravishda 19 asrning so‘nggi o‘n
yilliklarida   yaratilgan   antropologiyadagi   muhim   yo‘nalishning   asoschisi
hisoblanadi.
Evolyusionistlardan   farqliroq   Dyurk   Geym,   odamlar   jamiyatini   atrof   –
muhitga moslashib boruvchi, yuksalishdagi bosqichlar deb emas, balki yopiq statik
tizimlar sifatida anglab, ularni ijtimoiy faktlar yordamida tadqiq qilish lozimligini
uqtiradi.     Ijtimoiy   faktlarni   esa   u   individning   harakat   turlari,   anglashi   va   sezilish
sifatida   ifodalab,   ularni   tashqi   muhit   tomonidan   ta’sir   etadigan   va   majburlash
kuchiga ega deb hisoblaydi. Bu borada olim ijtimoiy faktni bizning tushunchamiz
bo‘yicha   emas   o‘zligicha   o‘rganish   lozimligini   alohida   ta’kidlaydi.dyurxeymning
fikricha   unga   qadar   buyumlar   emas,   tadqiqochining   uning   haqidagi   tushunchasiz
o‘rganilgan   va   bu   fan   emas   mafkuradir.   Jamiyatni   anglashdagi   har   qanday
sub’ektivizm ham shundan kelib chiqqan.
Uning   fikricha   jamiyat   osoishtaligi   a’zolarinig     ijtimoiy     birdamligi   orqali
ta’minlanadi.   Ijtimoiy   tizimning   har   bir   elementi   muhim   muvozanatda   bo‘ladi   va
aks   holda   u   inqirozga   mahkumdir.   Jamiyatlarni   taraqqiy   etgani   darajasini
klassifikatsiya   qilgan   Dyurk   Geym   faniga   “ijtimoiy   tip”   yoki   “ijtimoiy   tur”
tushunchalarini   kiritdi.   Klassifikatsiya   asosiga   u   eng   oddiy   jamiyat:   “ ibtidoiy
to‘da ”   ni   qo‘yadi.   To‘da   taraqqiyoti   davomida   nisbatan   murakkabroq   ijtiomiy
strukturaga   klanga   (urg‘uga)   aylanadi.   Klanlarning   turli   birikmalari   esa   qabila, kuriya   fratrinlarini   shakllantirib,   keyinchalik   ulardan   ilterilga   qadar   yana   ham
murakkab   jamiyatlar   vujudga   keladi.   Demak   Dyurk   Geym   fikricha   har   qanday
jamiyat ibtidoiy jamiyatning ma’lum darajada murakkablashgan ko‘rinishidir.
Dyurk   Geymningn   etnosotsiologik   nazariyasining   yana   bir   muhim   qismi,
jamoaviy tushunchalar  haqida g‘oyadir. Inson ongini olim bir xil emasligini, sababi
u  xususiy va jamoaviy  (kollektiv) ikki ko‘rinishda bo‘lishini yozgan. Birinchisi har
bir  shaxsga  taaluqli bo‘lib, u to‘lig‘icha shu kishining ruhiyati  xususiyatlari  bilan
aniqlanmoqda; ikkinchisi butun guruh uchun yagona bo‘lib, ayrim shaxsga bog‘liq
emas   va   hatto   zarur   bo‘lsa   shaxsga   nisbatan   majburlash   kuchiga   ham   egadir.
Kollektiv   ong   o‘z   ifodasini   guruhiy   tushunchalarda   –   diniy   tasavvurlar,   miflar,
ahloq   va   huquq   normalarida   topadi.   Ular   ijtimoiy   hayotga   singdirilgan   bo‘lib,
butun   ijtimoiy   guruh   tomonidan   yaratilgan   uning   qabul   qilish   xususiyatlarini
turlicha ko‘rinishidir.
Guruhiy   tushunchalar   haqidagi   g‘oyasini   rivojlantirish   davomida
Dyurkgeym   qonuniy   tarzda   dinning   mohiyati   va   uning   jamiyatdagi   o‘rni
masalasiga   to‘qnashadi.   Dinning   keng   yoyilgang‘ayritabiiy   mavjudodlarga,
kuchlarga   sig‘inish   ekanligiizohini   rad   etgan   olim,   dinning   asosiy   belgisi   deb
dunyoni   ikkiga:   ilohiy   (muqaddas)   va   oddiy   kundalik   (profan)   hayotga   bo‘lishini
ko‘rsatadi. Bunday bo‘lishning o‘ziga xosligi, har ikki qismni butunlay o‘zga bir-
biriga   qo‘shilishi   mumkin   bo‘lmagan   narsalar   deb   ta’kidlaydi.   Bu   dunyolar
orasidagi o‘tib bo‘lmas chegarani, faqat diniy marosimlar orqali yengish mumkin.
Dyurkgeymning   fikricha   din   funksional   tamoyil   bo‘lib   u   guruhning   ijtimoiy
birdamligini   mustahkamlashga   yo‘naltirilgan.   Har   qanday   din   uni   vujudga
keltirgan   ijtimoiy   muhit   mahsuli   sifatida,   mavjud   borliqning   soxta   ko‘rinishi   deb
hisoblanishi   mumkin   emas.   Qolaversa   dinning   mazmuni   oxir-oqibat   uni   yaratgan
jamiyat va uning strukturasi aksidir.
Dyurkgeymning   nazariyasini   uning   shogirdlari   va   izdoshlari:   M.   Moss,   K.
Levi – Stroe, M. Grane, L. Levi Bryullar rivojlantirgan.
Fransuz   antropologiyasidagi   ushbu   sotsiologik   maktab   vakillari   orasida
Lyusen   Levi   Bryul   (1857-1939)   g‘oyalari   ayniqsa   muhimdir.   Levi   Bryul tadqiqotlarining   barchasi   jamoaviy   ong   insonning   shaxsiy   tajribasi   orqali   emas,
uning   ongiga   ijtimoiymuhit:   ta’lim-tarbiya,   jamoatchilik   fikpi,   urf-odatlar   orqali
kiritilishi   g‘oyalariga   asoslanadi.   Bu   g‘oyalarni   rivojlantirish   borasida   olim
kollektiv   ong,   tushunchalarni   boshqaruvchi   qonunlar   masalasiga   e’tibor   qaratdi.
Dyurkgeym   qarashlariga   suyangan   holda   u   o‘zining   ibtidoiy   jamiyatlardagi
oldmantiqiy ong nazariyasini yaratib “ibtidoiy ong” (1930) asarida ifodalaydi.
Levi-Bryul   fikricha   sabab   va   oqibat   orasida   aniq   chegaraning   bo‘lmasligi
oldmantiqiy   ongli   ibtidoiy   odamni   zamonaviy   avloddan   butunlay   farqlaydi.
Oldmantiqiy   ong   bizniki   kabi   qarama-qarshiliklardan   qochmasada   uni   mantiqsiz
deb bo‘lmaydi. Bu borada so‘z o‘zining alohida qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi ong
tipi   haqida   yuritilmoqda.   Ushbu   qoloq   xalqlarning   kollektiv   ongini   boshqaruvchi
qonunlari bizning mantiqiy ongimiz qonuniyatlariga butunlay o‘xshamagan. Ulavr
emotsiyalardan   ajralmagan   borliq   hodisalarini   izohlashiga   yo‘naltirilmagan.   Bu
borada ular  asab  tizimiga keskin qo‘zg‘atuvchi  sifatida ta’sir  etadi, xususan  diniy
marosimlarni o‘tkazish paytida, odamlarni qo‘rquvga solish, qattiq hohish, umid va
h.k.o.  bag‘ishlashi   mumkin.   Bu   holda  ibtidoiy  odam   o‘zini   o‘rab   turgan   borliqni,
hodisalarni   tushunishga,   anglashga   intilgan   sababi   u   hodisalarni   sof   holda   emas,
yashirin   kuchlar,   narsalarning   sehrli   xususiyatlari   bilan   mujassamlashgan
emotsiyalar majmuasi tarzida qabul qilgan.
Shu   sababdan   ibtidoiy   odamning   dunyo   qarashi   biznikidan   butunlay
o‘zgacha  yo‘naltirilgan, biz borliqni  ob’ektiv anglashga  intilsak, ibtidoiy odamlar
ongida   sub’ektivlik   hukmron   bo‘lgan.   Shuning   uchun   ibtidoiy   odamlar   real
narsalar   va   ular   haqidagi   tasavvurlarni   aralashtirib   yuborganlar,   ular   tushni
borliqdan, odamning o‘zini ismidan ajrata olmaganlar. Xuddi shu sababli ibtidoiy
ong   tajriba   bilan   bog‘lanmagan.   Tajribaviy   bilimlar   ibtidoiy   odamni   sehirgarlik,
tabiat   kuchlari,   fetishlarga   ishonchini   yo‘qota   olmagan.   Ibtidoiy   odamning   ongi
tajribalarga   “berilmaydi”.   Levi   Bryulning   yozishicha   unda   mantiqiy   qonunlar
emas,   “ishtirok   etish   qonuniyati”   hal   etuvchi   ahamiyat   kasb   etgan.   Unga   binoan
buyum o‘zligidan tashqari, bir vaqtning o‘zida boshqa narsa ham bo‘lishi mumkin,
u   bu   yerda   bo‘lishidan   tashqari   boshqa   joyda   ham   bo‘lishi   mumkin.   Ongning bunday tipini Levi-Bryul “oldmantiqiy” deb izohlaydi. Levi Bryulning yozishicha
jamoa fikriga e’tibor  zamonaviy yevropaliklar  ongida ham  mavjud. Bu insonning
ilmiy bilimlar tushuntirib bera olmaydigan, uni o‘rab turgan borliq bilan muloqatda
bo‘lish   tabiiy   ehtiyojidan   kelib   chiqadi.   Fanning   dunyoni   ob’ektivlashga   intilishi
uni insoniyatdan yanada uzoqlashtiradi. Shuning uchun inson tabiat bilan jamoaviy
tushunchalar:   din,   ahloq,   udumlar   orqali   muloqatda   bo‘lishga   intiladi.     Levi   –
Bryulning   fikricha   oldmantiqli   ong   mavjud,   va   u   mantiqiy   bilan   birgalikda
saqlanib   qolgan,   “ishtirok   qonuni”   va   mistik   tayyorlik   holati   –   zamonaviy   inson
ongining tabiiy xususiyatidir.
Sotsiologik yo‘nalishning asosiy g‘oyalari quydagilardan namoyon bo‘ladi:
- har   bir   jamiyatda   “jamoaviy   tasovvurlar”majmuasi   bo‘lib,   ular
jmiyatning mustahkamligini ta’minlaydi;
- madaniyatning   vazifalari   jamiyatni   birlashtirish,   insonlarni
yaqinlashtirishdan iborat; 
- har   bir   jamiyatda   xulqi   atrof   mavjud   bo‘lib,   u   doimiy   o‘zgaruvchan   va
yuksalishga moyildir; 
- bir   jamiyatdan   ikkichisiga   o‘tish   murakkab   jarayon   bo‘lib   u   bir   tekisda
emas notekis, tezlanishlar bilan amalga oshiriladi. 
               2. Funksionalizm. 
Satsologik   nazariyaning   mantiqi   davomi   va   yuksalishi   funksionalizmda
nomoyon   bo‘ladi.   Diffuziya   nazariyasi   vatani   Germoniya,   sotsiologik   g‘oyaniki
Fransiya bo‘lsa, fuksionalizm Angliyada  vujudga kelib 20 asrning 20chi billaridan
antropologiyadagi   yetakchi   yo‘nalishga   aylandi.   Shunga   qaramasdan   funksional
nazariyaning   yakuniy   konsepsiyasi   nemis   etnologi   Rixard   Turnvaldga   tegishli
deyishadi.   Lekin   funksionalizm   Germaniyada   keng   tarqalmadi.   Angliyada   yirik
ilmiy yo‘nalishga aylangan funksionalizm   ijtimoiy va madaniy antropologiyaning
taraqqiyotiga   sezilarli   ta’sir   o‘tkazdi.   Uning   eng   mashhur   vakili   Bronislav
Maminovskiy (1884-1942) shu yerda ijod qilgan. 
Etnik   jarayonlarni   funksional   tadqiq   qilishning   o‘ziga   xos   xususiyati,
madaniyatni o‘zaro aloqador elementlar va qismlardan iborat yagona birlik sifatida ko‘rishdadir.   Ushbu   yondashuvda   madaniyat   yagona   birlik,   uning   har   bir   qismi
ma’lum, unga tayyorlangan vazifani bajaruvchi zveno va uningsiz madaniy yagona
birlik   sifatida   yashay   olmaydi.   Shuning   uchun   funksionalizmning   muhim   metodi
madaniyatni   ma’lum   qismlarga   bo‘lib   ular   orasidagi   bog‘liqlikni   aniqlashdir.
Funksionalizm   tarafdorlari   uchun   madaniyatning   tarixiy   o‘zgarib   borishi
ahamiyatsizdir.   Ularning   tadqiqotlari   ijtimoiy   tizim   va   madaniyatning   yuksalib,
yangilanishi va   faoliyati  mexanizmlarini ochish muhim hisoblanadi. Unga inson
va   u   yaratgan   madaniyat   orasidagi   ko‘pqatlamli   (sathli)   o‘zaro   munosabatlarni
taxlil qilish orqali erishiladi. 
Malinovskiy ilmiy qiziqishlarining asosiy predmeti madaniyatni ko‘p qirra
–   borliq   tarzida   o‘rganish,   shuningdek   o‘ziga   xos   madaniyatlarni   sistemali
o‘rganish   qiyoslash   uchun   zarur   bo‘lgan   va   tamoyillarni   yaratish   edi.   O‘z
tadqiqotlarini   olim   dala   tadqiqotlari   o‘tkazmagan   holda   muzey   ashyolari   orqali
turli   fikrlar   bildirayotgan   evolyusionist   va   diffuzionistlarga   qarshi   keskin
chiqishdan boshlaydi. Malinovskiyning o‘zi  bunday tajribaga ega bo‘lib, qiziqarli
xulosalarga   keladi.   Uning   kuzatishlaricha   etnologlar   buyumlarning   tashqi
xususiyatlarinigina   tavsiflab,   qanaydir   psixoloik   gipotezlarni   ilgari   surishdan
qochishgan.   Lekin   Malinovskiyning   fikricha   tashqi   kuzatishlar   tadqiqotchini   juda
oson   chalg‘itadi,   ichki   movutlarini   aniqlamasdan   turib   esa   madaniyatni   anglash
mumkin   emas.   Buyumni   faqat   tavsiflash   emas,   uni   kim   yaratgan,   kimlar
foydalangan,   kimga   taaluqli   ekanliklarini   bilish   lozim.   U   antropologiya   fanining
tavsiflash,   faqat   faktlarni   qayd   etishi   orqali   madaniyatning   tarqoq   xususiyatlarini
ifodalashiga qarshi edi. 
O‘zining   madaniyat   nazariyasini   Malinovskiy   “Madaniyatning   ilmiy
nazariyasi”   (1944)   asarida   bayon   etgan.   Bu   nazariya   o‘zida   naturalizm,
bieseviorizm,   jixoinalizmning   strukturaviy   –   funksional   metod   bilan
mujassamlashtiradi.   Uning   barcha   masalalarini   o‘rganishdagi   funksional
ifodalashlari   izohlari   o‘rganilayotgan   madaniyatning   asosiy   ehtiyojlaridan   kelib
chiqqan.   Malinovskiyning   fikricha   jamiyat   o‘ziga   xos   biologik   organizm   (birlik)
bo‘lib,   u   tabiiy   adaptiv   tizim   sifatida,   jamiyat   va   uning   a’zolari   talablarini qondirishga   yo‘llangan   (yo‘naltirilgan).   Uning   fikricha   madaniyat   insonning
biologik   xususiyatlari   mahsuli,   sababi   odam   –   hayvonot   dunyosi   vakili   sifatida
dastlab o‘zining biologik talablarini qondirish lozim. Ularni qrndirish uchun odam
o‘ziga   oziq:   issiqlik   topadi,   uy   –   joy   barpo   etadi,   kiyim   –   kechak   tayyorlaydi   va
h.k.o.lar.   shu   tariqa   u   atrof   –   muhitni   o‘zlashtirib,   ishlab   chiqarish   vositalarini,
boshqacha aytganda madaniyatni yaratadi. Madaniyatlar orasidagi farq bu insonlar
elementar   ehtiyojlarini   qondirish   usullaridagi   tafovutdir.   Ushbu   metodologik
yo‘nalishda   madaniyat   moddiy   va   ma’naviy   tizimlar   bo‘lib,   ular   orqali   inson
o‘zining hayotini ta’minlab, o‘z oldidagi vazifalarni bajaradi.
Asosiy ehtiyojlardan tashqari Malinovskiy tabiat tomonidan emas madaniy
muhit yaratgan ikkinchi darajali talablarni ham mavjudligini ta’kidlaydi. Olimning
fikricha   ularning   har     ikkisini   qondirish   vositalari   ma’lum   tashkilotdan   iborat
bo‘lib,   uning   birliklarini   institutlar   deb   ataydi.   Instetut   birlamchi   tashkiliy   birlik
sifatida,   asosiy   va   qo‘shimcha   ehtiyojlarni   qondirishdagi   vosita   va   usullar
majmuasi,  yig‘indisidir.  Madaniyatni  mustaqil   tenglikka  asoslangan  har   bir  qismi
o‘z   vazifasini   bajaruvchi,   tizim   sifatida   qaragan   Malinovskiy,   unda   o‘zga
madaniyat o‘zgarishlar va boshqa madaniyatlardan bo‘lishini o‘zlashtirishlar inkor
etmagan.   Ammo   bu   o‘zgarishlar   davomida   madaniyatning   ma’lum   elementi
(masalan zararli udumni) yo‘q qilinsa, butun etnomadaniy tizim demak xalq xalok
bo‘lishi  mumkin. Malinovskiyning  ta’kidlashicha   an’ana   bilogik nuqtai  nazardan
jamoaning   yashash   muhitiga   moslashuv   omilidir.   An’anani   yo‘qotsangiz   siz
jamoaning   ijtimoiy   tanasi   himoya   qobig‘ini   yo‘qotgan   bo‘lasiz   va   uni   asta-sekin,
lekin   muqarar   o‘limga   mahkum   etasiz.   Malinovskiy   antropologiya
(antropologiyaning) vazifalarini bayon etar ekan, madaniyatni tadqiq etgan avvalgi
etnologik   maktablar   faoliyatini   tanqidiy   baholaydi.   U   Taylorning   “sarqitlar”
metodini   ayniqsa   qattiq   tanqid   ostiga   oldi.   Uning   fikricha   bu   metod   bo‘yicha
tadqiqotlar   o‘zkazgan   olimlar   hamma   joyda   sarqitlarni   izlashgan,   xolbuki
madaniyatda   sarqitlar   emas,   yangi   ko‘rinish   va   funksiya   olgan   an’anaviy
elementlar   shakllanadi.   Olimning   fikricha   “sarqitlar”   tushunchasi   antropologiya
faniga   sezilarli   zarar   keltirgan   sababi   u   madaniy   omillarning   funksional aloqadorligi   prinsipiga   ziddir.   Malinovskiyning   ta’kidlashicha   madaniyatda
ortiqcha yoki qo‘qqisdan (kutilmagan) narsa bo‘lishi mumkin emas, undagi barcha
narsalar   qandaydir   vazifani   o‘taydi   –   aks   holda   u   chiqarib   tashlanadiva   unitiladi.
Agar   qandaydir   udum   uzluksiz   davom   etib   kelayotgan   bo‘lsa   demak   nimagadir
kerak, biz uni zararli va ma’nisiz deb, uning ehtiyoj bazasi bilan hisoblashmasdan
yoki   uni   boo‘qa   madaniyatlarga   aloqasiz   deb   qiyoslashimiz   noo‘rindir.
Malinovskiy   madaniy   o‘zlashtirishlarga   tayangan   diffuzion   g‘oyani   ham   qattiq
tanqid qiladi. Uning fikricha diffuzionistlarning asosiy xatosi madaniyatni yagona
tirik   organik   birlik   sifatida   emas,   jonsiz   buyumlar   birikmasi   sifatida
qarashlaridadir.   O‘zidan   avvalgi   tadqiqotchilarning   asosiy   kamchiligi   deb
Malinovskiy,   madaniyatning   ayrim   xususiyatlarini   o‘zaro   bog‘liq
bo‘lmaganalohida   ayrim   narsalar   sifatida   o‘rganishida   deb   biladi.   Madaniy
tizimning   yaxlitligini   buzib   bo‘lmaydi,   aks   holda   unga   tayangan   butun   piramida
yaxlitligi ham qulashi mumkin. Shubhasiz zararli bo‘lgan mahalliy varvar xalqlari
udumlarini   ham   oddiy   holda   yo‘qotib   bo‘lmaydi.   Avval   ularning   barcha
funksiyalari   ularni   bajaradigan   vazifalarning   aniqlash,   ularni   to‘laqonli
almashtiruvchi udumlarini topish lozim. 
Malinovskiyda   ijtimoiy   institutlar   funksional   aloqalarining   insonning
biologik   ehtiyojlaridan   kelib   chiqishga   bog‘liqligi   g‘oyasi   asos   bo‘lsa,
funksionalizmning   boshqa   yirik   namoyondasi   Alfred   Radkliff   –   Braun   (1881-
1955) qiziqishlari jamiyat strukturasida bo‘lgan. Uning nazariyasi asosida, jamiyat
hayotiga   o‘zaro   ishonchga   asoslangan,   jamiyat   hayotining   o‘zaro   bog‘liq
elementlarning   yuksalib   boruvchi   tizimi   tarzida   qarashdadir.   Jamiyatning   asosiy
elementlari funksional o‘zaro mutanosiblikka ega bo‘lgan. 
Radkliff – Braun ilmiy qarashlari Malinovskiy g‘oyalariga yaqin bo‘lsada,
uning ilmiy nazariyasi o‘zining mustaqil ekanligi bilan xususiyatlangan Riversning
shogirdi   bo‘lgan   olim   ingliz   strukturalizmi   yoki   strukturaviy   funksionalizm   ilmiy
yo‘nalishiga   asos   soldi.   Unda   ijtimoiy   hayotni   odamlarni   ongi   xulqi   va
madaniyatlarni   tahlil   qilishda   funksional   va   strukturaviy   yondashuvlarga
asoslanilgan.  O‘zining asosiy asarlari  – “Antropologiya va ijtimoiy antropologiya metodi”   (1958),   “Madaniyatning   tarixi   va   funksinal   ifodalanishi”   da   (1929)   olim
insonuning   hayoti   haqidagi   fanning   tadqiq   qilish   med’todlarini   aniq   ifodalab
beradi.   Uning   harakatlari   bilan   ingliz   ijtimoiy   antropologiyasi   zamonaviy   ilmiy
yo‘nalish   sifatida   shakllanadi.   Olimning   tasavvuricha   insonni   o‘rganuvchi   asosiy
fan antropologiya bo‘lib u; odam biologiyasi, oldtarixiy arxeologiya va etnografiya
yo‘nalishlaridan   iborat.   Etnografiya   o‘z   navbatida:   antropologiya   va   ijtimoiy
antropologiyaga   bo‘linib   ularning   har   biri   o‘ziga   xos   metodlariga   egadir.
Antropologiyaning   asosiy   metodi   insoniyat   madaniyatini   tarixiy   rekonstruksiya
qilishdir.   Bu   kabi   tadqiqotlar   yozma   manbalarga   shuningdek   ma’lum   xalqning
madaniyati doirasidagi gipotetik rekonstruksiyaga tayangan. 
Olimning  fikricha  ijtimoiy  antropologiya  insoniyat  madaniyatining   tadqiq
etishning   butunlay   o‘zgacha   yo‘nalishidir.   Uning   vazifasi   ma’lum   xalqlar
madaniyati   rekonstruksiya   qilish   emas,   ijtimoiy   va   madaniy   taraqqiyotning
umumiy   qonuniyatlarini   izlashdir.bu   fan   tabiiy   fanlar   singari   induktiv   metoddan
foydalanadi.   Induktiv   metodning   mohiyati   –   madaniyat   omillarini   o‘rganishda
malumotlarni generalizatsiya tanlash va umumlashtirishdir. 
Radkliff   –   Braun   bo‘yicha   ijtimoiy   antropologiya:   umumiy   va   markaziy
(asosiy) nazariyalardan iborat. Umumiy nazariya 3 ta guruhdagi muammolar bilan
shug‘ullanadi. Umumiyga o‘rganilayotgan jamiyat haqidagi statik va morfologik:,
uning   boshqa   jamiyatlardan   farqi   va   o‘xshashligi,   ularni   qiyoslash   va
klassifikatsiyalash   xususiyatlari   kiradi.   Asosiyga   –   sotsial   dinamika:   turli
jamiyatlarning   faoliyati   jihatlari,   ularning   o‘z   faoliyatini   saqlash   va   qo‘llash
muammolari.   Uchinchi   guruhga   –   taraqqiyot   masalalari:   jamiyatning   o‘z   tipini
o‘zgartirish,   yangi   jamiyatlarni   qanday   shakllanishi,   ijtimoiy   o‘zgarishlarning
umumiy   qonuniyatlarini   o‘rganish   kiradi.   Boshqacha   aytgangda   inson   va   uning
madaniyati   taraqqiyotining   umumiy   qonunlarini   ijtimoiy   jihatlarini   tadqiq   qiladi.
Bu borada Redkliff Braun dastlab  generalizatsiyalashuv,   keyinroq  funksional  yoki
qiyosiy   deb   atagan   metod   qo‘llaniladi.   Ijtimoiy   antropologiyadan   farqliroq,
antropologiya   o‘z   tadqiqotlarida   ayrim   xalqlarning   o‘tmishi   va   bugungi   hayotiga
oid aniq ma’lumotlarni tarixiy metod orqali o‘rganadi.  Radkliff   –   Braun   umumnazariy   konsepsiyasi   bo‘yicha:   ob’ektiv   borliqni
barcha   turlari   tabiiy   tizimining   (atom,   molekula,   tana,   odamlar   jamiyati)   turli
sinflaridir.   Har   qanday   tizim:   a)   uni   tashkil   etuvchi   birliklar   (elementlar)   dan;   b)
ijtimoiy   udumlarning   umumiy   birikmasidan;   v)   ijtimoiy   udumlar   bilan   bog‘liq
o‘ziga xos fikrlar va sezgi timsollaridan iboratdir. 
O‘zining   ilk   asarlarida   Rodkliff   –   Braun   “madaniyat   ”   atamasini   keng
ishlatadi.   Lekin   1931   yildan   keyin   uning   ijtimoiy   antropologiya   predmetiga
nisbatan   fikri   o‘zgarib   u   yanada   torayadi   va   “madaniyat”   ni   “ijtimoiy
struktura”atamasi  bilan almashtiradi. Natijada     Rodkliff – Braun tadqiqotlarining
asosiy   yo‘nalishlari   turli   madaniyatlarning   siyosiy   tizimlari,   qon   –   qardoshlik
munosabatlaridan   o‘ziga   xosliklar   va   ularning   ijtimoiy   tizimdagi   o‘rni,   ibtidoiy
diniy   tasavvurlar-strukturasini   funksional   taxliliga   yo‘naltirildi.   Shu   sababli
ko‘pincha Rodkliff – Braunni Malinovskiyga qarshi qo‘yishib, funksionalist emas
(Malinovskiy kabi) strukturalist deb atashadi. 
Funksional   ta’limot   va   uning   asosiy   namoyondalari   konsepsiyalarini
tarixiy taxlil etish shuni ko‘rsatadiki, bu konsepsiyalar muammoni qo‘yishda ilmiy
tadqiqotlarda   o‘ziga   xos   xususiyatlari   va   metodlari   bilan   ajralib   turadi.   Lekin
ularning   barchasi   funksional   ta’limotning   asosiy   g‘oyalari   doirasida   faoliyat
ko‘rsatib ular quydagilarda o‘z ifodasini topgan:
- inson   jamiyati,   mavjud   borliqning   bir   qismi   sifatida   tirik   organizm
sifatida taraqqiy etadi, shu tarzda yashaydi qaysiki uni tashkil etadigan elementlari,
ma’lum   funksiyalarni   bajaradi,   boshqacha   aytganda   inson   jamiyati   asosini   o‘zaro
bog‘liq va bir-birini to‘latuvchi madaniy elementlar strukturasi tashkil etadi;
- har   qanday   ijtimoiy   sistema   “strukturalar”   (tuzilmalar)   va   “faoliyatlar”
qilishlaridan     tashkil   topadi.   Tuzilmalar   mustahkam   modellar   bo‘lib,   ular   orqali
shaxslar   atrof-muhit   bilan   bog‘lanadi,   shaxslarning   vazifasi   tizimining   ijtimoiy
yaxlitligiga o‘z hissasini qo‘shishdan iborat;
- madaniyat   shaxsining   ehtiyojlariga,   eng   avvalo   uning   uchta   asosiy
talablari:   asosiy   (taom,   uy-joy,   kiyim-kechak   va   h.k.o.   larda),   ishlab   chiqarish (mehnat   taqsimoti,   himoya,   ijtimoiy   nazorat),   va   integrativ   (ruhiy   xavfsizlik,
ijtimoiy yetuklik, qonunlar, din, san’at va h.k.o. larda) xizmat qiladi;
- madaniyatning   har   bir   tamoyili   yuqorida   qayd   etilgan   ehtiyoj   turlari
doirasida o‘z vazifasini o‘taydi;
- madaniyatdagi   asosiy   o‘rin:   udumlar,   marosimlar,   ahloqiy   me’yorlarna
tegishli   bo‘lib,   ular   insonlar   xulq-atvorini   boshqaruvchilardir.   Ushbu   vazifani
bajarish   orqali   ular   insonlarning   hayotiy   zarur   ehtiyojlarini   qondirishda   madaniy,
ularning birgalikda hayot kechirishidagi tashkiliy omil bo‘lib xizmat qiladi;
- antropologiyaning   vazifasi   madaniy   tamoyillar   funksiyalarini   har   bir
madaniyatdagi   boshqa   madaniyatlarga   bog‘liq   bo‘lmagan   o‘zaro   aloqadorlik   va
o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishdir. 
Funksionalizmning   asosiy   tavsiflari   orasida   eng   ahamiyatga   moligi   uning
tadqiqotlaridagi   amaliy   yo‘nalishdir.   Antropologiyadagi   yo‘nalishlar   orasida
funksionalizm  ilk  marotaba  o‘zining amaliy  xarakterda  ekanligini   bildirdi. Ushbu
yo‘nalish   tarafdorlari   ijtimoiy   antropologiyani   ingliz   koloniyalarini   boshqarishda
eng   muhim,   dolzarb   muammolarni   hal   etishini   ta’minlovchi   amaliy   fan   sifatida
yaratishga   intilganlar.   Bu   borada   eng   avvalo   an’anaviy   madaniyatlar   ustun
xududlar   nazarda   tutilgan.   Ingliz   mustamlaka   siyosatidagi,   an’anaviy   boshqaruv
institutlari   va   mavjud   ijtimoiy   strukturalarga   tayanib   boshqarish   konsepsiyasi
funksionalizm ta’sirida shakllangani shubhasiz.
3. Tarixiy antropologiyaning amerika maktabi.
XIX   asrning   90   yillariga   qadar   AQSh   antropologiya   fani   evolyusion
yo‘nalish   ta’sirida   rivojlangan.   Lekin   XIX   asr   90-yillarida   Amerika
antropologiyasida   yangi   yo‘nalish   vujudga   kelib   uning   asoschisi   yirik   olim   va
jamoa  arbobi   Frans   Boas   (1858-1942)   bo‘ladi.  Yangi  yo‘nalish    “Boas   maktabi”,
rasman esa “tarixiy antropologiyaning amerika maktabi” nomini oldi. 
Antropologiyadagi   inqiroz   holati   yangi   yo‘nalishning   vujudga   kelishi   yo‘l
ochdi. Bir qator olimlar fanda hukmron bo‘lgan g‘oyalarni inkor etib, turli xalqlar
hayotini   o‘rganishda   butunlay   yangi   yondashuvlarni   taklif   etishdi.   Antropologiya
vaziflarini   qayta   ko‘rishi   taklifi   bilan   chiqqan   olimlar   orasida   F.   Baos     alohida o‘rin tutadi. U antropologiyadagi barcha yo‘nalishlar: evolyusionizm, diffuzionizm
va   funksionalizmni   zarur   darajada   universal   emas   deb   inkor   etadi.   Tanqid   eng
avvalo evolyusion ta’limotga taaluqli bo‘lib, undagi  – insonlar, ijtimoiy itstitutlar
va   madaniyatlarning   oddiy,   sodda   ko‘rinishdan   murakkablikka   yuksalib   borishi
g‘oyasigs   qarshi   qaratilgan   edi.   Baos   antropologiyani   amalda   butunlay   yangidan
yaratishni   taklif   etib,   uni   avvalgi   etnologik   nazariyalar   noto‘g‘ri   asosga   ega
bo‘lgani hamda tadqiqotlarni noo‘rin xulosalarga olib kelganini  takidlaydi. Uning
fikricha etnografik ma’lumotlarni qaytadan to‘plab, ularni umumlashtirish asosida,
yangi metodlar va yangi nazariyalar yaratish lozim. 
Inson   haqidagi   fanning   maqsadini   Baos   har   bir   xalqni   uning   tili   va
madaniyatini o‘rganish orqali, tarix haqidagi yaxlit tasavvurni yaratish deb biladi.
Bu   aniq   tadqiqotni,   antropologiya   an’anaviy   maktablarining   soddalashtirilgan
abstaet   sxemalari   bilan   alishtirib   bo‘lmaydi.   O‘ziningidastlabki   prinsipial,
“Antropologiya vazifalari haqida” maqolasida Baos – bu fanning yakuniy maqsadi
faqat   sivilizatsiyalashgan   emas   barcha   xalqlar   buyuk   muzlik   davridan   to   hozirga
qadar   barcha   bosqichlardagi   yagona   tarixini   yaratishdir   deydi.   Buning   uchun
olimning   fikricha,   har   bir   xalqning   madaniyati,   tilini   ularning   o‘ziga   xosligini
alohidatadqiq   etish   lozim.   Butun   insoniyatning   mavjud   tarixini   rekonstruksiya
qilish orqali esa inson faoliyatini boshqaruvchi, barcha qonunlarni aniqlash maqsad
etib   qo‘yiladi.   Boasning   tan   olishicha   bu   jarayonda,   madaniyat   taraqqiyotining
umumiy   qonunlari   mavjud,   ammo   ularni   ifodalashda   ehtiyotkorlik   bilan
munosabatda   bo‘lish   lozim,   sababi   har   bir   madaniyat   o‘ziga   xos   betakror
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi.
U   o‘zining   ehtiyotkorlik   bilan   yondoshuvini,   tashqi   ko‘rinishidan   o‘xshash
narsalarning   turli   kelib   chiqishiga   egaligi   va   turli   vazifalarni   bajarishga
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydi. Har bir o‘xshashlik ham tarixiy
aloqalar yoki moddiy omillarni bir xalq tomonidan boshqasidan  o‘zlashtirganidan
darak  beravermaydi.  Moddiy   omillarning  o‘xshashligini   odamzot   ruhiyatining  bir
xil   tashkil   etilgani   atrof-muhit   o‘xshashligi   bilan   izohlash   ham,   har   doim   to‘g‘ri
deb   bo‘lmaydi.   Boas   madinyat   tarixida   turli   variantlar   hususan   matriaraxtna   yoki patriarxat   turdagi   qardoshlik  tizimiga   o‘tishi   kuzatilishi   mumkinligini   aytadi.   Har
bir vaziyatda sin’chikovlik bilan tarixiy taraqqiyotlar o‘tkazish lozim.
Evolyusionizm   va   diffuzionizmni   rad   etar   ekan   Baos   o‘z   navbatida
madaniyatni   tarixiy   metodi   orqali   tadqiq   qilish   lozimligini   ta’kidlaydi.   Uning
anglashicha   madaniyat   –   inson   ulg‘ayishi   va   qabul   qilishi   borasida   o‘zlashtirgan
xalq   modellari   yig‘indisi,   madaniyat   taraqqiyoti   –   ijtimoiy   guruhning   ichki
taraqqiyoti o‘ziga xosligi, qisman uniga o‘tkazilgan tashqi ta’sir bilan belgilanadi.
Har   bir   madaniyatni   betakror   va   o‘ziga   xos   deb   bilgan   amerika   tarixiy   maktabi
tarafdori   madaniyatning   eng   mayda   elementlarini   ham   to‘liq   tasvirlashga
intilganlar. Buning natijasida to‘plangan ko‘p sonli rang-barang ma’lumotlar tabiiy
uni   qayta   ishlashda   o‘ziga   xos   metodlarini   talab   qiladi.   Shuning   uchun   Baos
maktabida   qator   yangi   metodlar,   xususan   etnografik   kartografiyalash   uslubi
yaratilib u keyinchalik antropologiyada keng qo‘llanildi.
Baosning   ilmiy   salohiyati   nihoyatda   yuksak   bo‘lib,   uning   qator   shogirdlari
va davomchilari yetishib chiqadi. Ular ichida eng taniqlilari: K.Uissler, A.Kreber,
A. Goldenvayzer, R. Loui, P. Radin, L. Uaytlar bo‘lgan. Ulardan Alfred Kreberni
(1876-1960) shubhasiz eng qat’iyatli izdoshlardan deb atash mumkin.
O‘zining   ilmiy   qarashlarida   Kreber   Baos   maktabining   davomchisi   sifatida:
antropologiya (antropologiyaning) bosh predmeti – bu inson madaniyati, aniqrog‘i
inson   guruhlari   madaniyati   ekanligi   izchil   ta’kidlaydi.   O‘zining   nazariy
qarashlarini   olim   “Antropologiya”   (1912)   asarida   tariflaydi.   Uning   yozishicha
dunyo xalqlari madaniyati, o‘tmishda va hozir, yaxlit, uzluksiz   kontiniumli   tashkil
etsada va uni qismlarga bo‘lish qiyin bo‘lsa-da, an’anaga ko‘ra insoniyat yaratgan
madaniyatlarni ikkiga yozuvsiz va yozuvli xalqlar madaniyatlariga bo‘lish mavjud.
Antropologiya ulardan birinchisini, tarix fan esa ikkinchisini tadqiq qiladi.
Kreber   madaniyati:   turli   elementlardan   o‘ziga   xos   tarzda   birlashtirilgan   va
yaxlitlikni   tashkil   etuvchi,   ma’lum   model,   namunaga   mujassamlashgan,
uyg‘unlashgan   sistemasi   tizimi   deb   tushungan.   Madaniyat   formasi   unga   mansub
stilga bog‘liq bo‘lib, bu insonlarni  o‘zini  tutishda,  moddiy madaniyat  ashyolarida
o‘z   muhrini   qoldiradi.   Uning   o‘ziga   xosligi   ma’naviy   madaniyat   va   uning qadriyatlarida   namoyon   bo‘ladi.   Har   bir   madniyatga   xos   ma’lum   dominant
(etakchi)  g‘oya bo‘lib, u ushbu  madaniyatning eng buyuk yutuqlarini  va betakror
ekanlligini ifodalaydi. 
Kreber   nazariyasida   eng   muhim   “ Etos”   –   tushunchasi   bo‘lib,
umadaniyatning   umumiy   sifati,   uni   qamrab   olgan   hidi   deyish   mumkin.   Etos   –
ideallar,   qadriyatlar   sistemasi   (tizimi)   bo‘lib   u   har   qanday   aniq   madaniyatda
namoyon  bo‘ladi   va   uning   a’zolari   hulqini   nazorat   qiladi.   Etosni   ideal   madaniyat
kvintessensiyasi deb ham aytish mumkin.
Kreberning   nazariy   muammolariga     qiziqishlari     uni     sof-antropologiya
mavzulari   bilan   chegaralanib   qolmasligiga   olib   keladi.   O‘zining   fundamental
asarlaridan   biri   “Madaniyat   tabiati”   u   jaxon   madaniyatiga   bag‘ishlab,   jarayonni
Qadimgi Sharqda hozirga qadar davom etib kelayotgan uzluksiz madaniy modellar
bosqichi  sifatida tasvirlaydi.  Keyinchalik K. Klakxon bilan hamkorlikda yozilgan
boshqa   bir   asarida   u   madaniy   modellar   haqidagi   g‘oyasini   uzil-kesil
umumlashtirib,   tartibga   keltirdi.   Kreberning   madaniy   modellarning   o‘ziga   xos
abstraksiya,   ya’ni   tadqiqotchilarni   o‘rganilayotgan   madaniyatlarning   barcha
elementlarini   (siyosiy   tuzilishi,   kiyimlari,   taomlari,   san’at   asarlari,   uy-joylar
qurilishi  texnalogiyalari va h.k.o.) yaxlitlikda ko‘rish imkonini  beradi. Bu xildagi
yondashuv   bilan   Kreber   amalda   “madaniy   modellar”   tushunchasini   almashtiradi.
Shu   tariqa   modellarni   alohida   madaniyatlarning   suyagi,   arxitapik   asosi   deb   atash
mumkin.
Kreberning   madaniy   modellar   nazariyasi   ijtimriy   hayot   turlari   va
strukturalarning   kelib   chiqishi   bilan   qiziqmaydi.   Ularga   borliq   sifatida   qaraladi.
Biz   biror   –   bir   madaniyatni   o‘rganar   ekanmiz,   o‘z   madaniyatimiz   paragmalari
doirasida,   etnotsentrizm   pozitsiyasida   qolishimiz   tabiiy.   Madaniyat   hayoti   ichki
innovatsiyalari   va   tashqi   ta’sirlarga   beriluvchan   bo‘lsa-da   ular   madaniyatning
yuksalishini  ta’minlasa,  boshqalari  uni  sekinlashtiradi.    Madaniyatning bu xildagi
notekis   rivojlanishi   Kreber   tomonidan   kulminatsiya   tushunchasini   kiritilishiga
sabab   bo‘lib,   unda   turli   madaniy   modellar   kombinatsiyasi   eng   muvaffaqiyatli
chiqib,   madaniyatning   ma’lum   sohalari   yuksalgan   (gullab   yashnagan)   davri olinadi.   Bitta   madaniyatning   o‘zi   qator   kulminatsiyalarni   boshdan   o‘tkazishi
mumkin. Kulminatsiyaning vaqti ham turlicha – bir necha 10 yildan bir necha 100
yilgacha bo‘lishi mumkin.
Tarixiy maktabning mohiyatini, va uning antropologiyaga qo‘shgan hissasini
ifodalaydigan bo‘lsak, quydagilarga e’tibor bermoq lozim:
- antropologiya har bir xalqni alohida, tili, madaniyati va antropologik tipini
aniq va har tomonlama (mukammal)o‘rganishi kerak;
-   turli   xalqlar   madaniyatlarining   o‘zaro   ta’siri,   ma’lum   geografik
xududlaridagi   madaniy   birlikni   shakllanishini;   ushbu   areallar   chegarasida   xalqlar
madaniyati   o‘zaro   ta’sirining   aniq   ko‘rinishlarini,   ayrim   madaniy   elementlar
diffuziyasini kuzatish mumkin;
-   insoniyat   va   uning   madaniyati   taraqqiyoti   anglash   qiyin   bo‘lgan   umumiy
qonunlar asosida bo‘ladi: umumiy qonuniyatlarni tadqiq qilish davomida madaniy
omillarning tashqi o‘xshashligidan aldanmaslik lozim, sababi  ular aslida butunlay
xilma-xil hamda kelib chiqishi ham har xil bo‘lishi mumkin;
-   “O‘zimizning”   ma’naviy   baholash   kriteriyalarmizni   o‘zga   madaniy   tipga
ega   xalqlarga   nisbatan   qo‘llashimiz   noo‘rindir,   sababi   har   bir   xalqda   tarixian
ijtimoiy ideallar, ahloqiy normalar shakllanadi. Asosiy adabiyotlar
1. Hawaiki,  Ancestral   Polynesia   An Essay   in  Historical   Anthropology .   Published   in
the United States of America by Cambridge University Press, New York .  2001 .
2. Elizabeth Campbell and Luke Eric Lassiter. Doing Ethnography Today:  Theories, 
Methods, Exercises.   British Library. 2015 .
3. Robert L. Winzeler.  The Peoples of Southeast Asia Today (Ethnography, 
Ethnology, and Change in a Complex Region).  by AltaMira Press. 2011 . Printed in
the United States of America .   –R. 3.
4. Barbara A. West .  Encyclopedia of the Peoples of Asia and Oceania   Copyright © 
2009 .
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014.
2. Antropologiya.   (Pod   red.   Miskovoy   Ye.V,   Mexedova   N.A,   Pimenova   V.V ) -M..,
Izd-vo «Kultura» 2005.
3. Jabborov Iso. Jahon antropologiyasi asoslari. Toshkent. “Yangi asr avlodi”, 2005.
4. Jabborov Iso. Jahon xalqlari etnografiyasi.  Darslik. Toshkent.1985
E lektron manbalar
1. www.    mirknig.com   
2. www.turklib.com   
3. www.etnology.    com

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA SOTSIOLOGIK VA FUNKSIONAL NAZARIYALAR REJA 1. Sotsiologik yo‘nalish. 2. Funksionalizm. 3. Amerika tarixiy antropologiya maktabi.

.1.Sotsiologik yo‘nalish . Ye vropa antropologiyasida diffuzionizm bilan deyarlik bir paytda sotsiologik yo‘nalish ham shakllanib, uning vakillari diffuzionizmga nisbatan ham sermahsul ijod qiladilar. Agar evolyusionizm asoschilari antropologiyaning asosiy predmtini – odamda , diffuzionistlar – madaniyatda ko‘rsalar, sotsiologik yo‘nalish vakillari – inson jamiyatini asos deb bildilar. Nazariya tarafdorlari inson jamiyatlarini oddiy individlar majmuasi sifatida ko‘rishni istamadilar. Jamiyatni ular odamlar orasidagi ahloq aloqalari tizimi sifatida ko‘rib, uni insonlarga majburan yoki kuch bilan o‘tkazilishini ta’kidlashgan. Sotsiologiya nazariyasining vatani Fransiya bo‘lib uning yirik nomoyondasi Emil Dyurk Geym (1858-1917) sanaladi. U haqli ravishda 19 asrning so‘nggi o‘n yilliklarida yaratilgan antropologiyadagi muhim yo‘nalishning asoschisi hisoblanadi. Evolyusionistlardan farqliroq Dyurk Geym, odamlar jamiyatini atrof – muhitga moslashib boruvchi, yuksalishdagi bosqichlar deb emas, balki yopiq statik tizimlar sifatida anglab, ularni ijtimoiy faktlar yordamida tadqiq qilish lozimligini uqtiradi. Ijtimoiy faktlarni esa u individning harakat turlari, anglashi va sezilish sifatida ifodalab, ularni tashqi muhit tomonidan ta’sir etadigan va majburlash kuchiga ega deb hisoblaydi. Bu borada olim ijtimoiy faktni bizning tushunchamiz bo‘yicha emas o‘zligicha o‘rganish lozimligini alohida ta’kidlaydi.dyurxeymning fikricha unga qadar buyumlar emas, tadqiqochining uning haqidagi tushunchasiz o‘rganilgan va bu fan emas mafkuradir. Jamiyatni anglashdagi har qanday sub’ektivizm ham shundan kelib chiqqan. Uning fikricha jamiyat osoishtaligi a’zolarinig ijtimoiy birdamligi orqali ta’minlanadi. Ijtimoiy tizimning har bir elementi muhim muvozanatda bo‘ladi va aks holda u inqirozga mahkumdir. Jamiyatlarni taraqqiy etgani darajasini klassifikatsiya qilgan Dyurk Geym faniga “ijtimoiy tip” yoki “ijtimoiy tur” tushunchalarini kiritdi. Klassifikatsiya asosiga u eng oddiy jamiyat: “ ibtidoiy to‘da ” ni qo‘yadi. To‘da taraqqiyoti davomida nisbatan murakkabroq ijtiomiy strukturaga klanga (urg‘uga) aylanadi. Klanlarning turli birikmalari esa qabila,

kuriya fratrinlarini shakllantirib, keyinchalik ulardan ilterilga qadar yana ham murakkab jamiyatlar vujudga keladi. Demak Dyurk Geym fikricha har qanday jamiyat ibtidoiy jamiyatning ma’lum darajada murakkablashgan ko‘rinishidir. Dyurk Geymningn etnosotsiologik nazariyasining yana bir muhim qismi, jamoaviy tushunchalar haqida g‘oyadir. Inson ongini olim bir xil emasligini, sababi u xususiy va jamoaviy (kollektiv) ikki ko‘rinishda bo‘lishini yozgan. Birinchisi har bir shaxsga taaluqli bo‘lib, u to‘lig‘icha shu kishining ruhiyati xususiyatlari bilan aniqlanmoqda; ikkinchisi butun guruh uchun yagona bo‘lib, ayrim shaxsga bog‘liq emas va hatto zarur bo‘lsa shaxsga nisbatan majburlash kuchiga ham egadir. Kollektiv ong o‘z ifodasini guruhiy tushunchalarda – diniy tasavvurlar, miflar, ahloq va huquq normalarida topadi. Ular ijtimoiy hayotga singdirilgan bo‘lib, butun ijtimoiy guruh tomonidan yaratilgan uning qabul qilish xususiyatlarini turlicha ko‘rinishidir. Guruhiy tushunchalar haqidagi g‘oyasini rivojlantirish davomida Dyurkgeym qonuniy tarzda dinning mohiyati va uning jamiyatdagi o‘rni masalasiga to‘qnashadi. Dinning keng yoyilgang‘ayritabiiy mavjudodlarga, kuchlarga sig‘inish ekanligiizohini rad etgan olim, dinning asosiy belgisi deb dunyoni ikkiga: ilohiy (muqaddas) va oddiy kundalik (profan) hayotga bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunday bo‘lishning o‘ziga xosligi, har ikki qismni butunlay o‘zga bir- biriga qo‘shilishi mumkin bo‘lmagan narsalar deb ta’kidlaydi. Bu dunyolar orasidagi o‘tib bo‘lmas chegarani, faqat diniy marosimlar orqali yengish mumkin. Dyurkgeymning fikricha din funksional tamoyil bo‘lib u guruhning ijtimoiy birdamligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Har qanday din uni vujudga keltirgan ijtimoiy muhit mahsuli sifatida, mavjud borliqning soxta ko‘rinishi deb hisoblanishi mumkin emas. Qolaversa dinning mazmuni oxir-oqibat uni yaratgan jamiyat va uning strukturasi aksidir. Dyurkgeymning nazariyasini uning shogirdlari va izdoshlari: M. Moss, K. Levi – Stroe, M. Grane, L. Levi Bryullar rivojlantirgan. Fransuz antropologiyasidagi ushbu sotsiologik maktab vakillari orasida Lyusen Levi Bryul (1857-1939) g‘oyalari ayniqsa muhimdir. Levi Bryul

tadqiqotlarining barchasi jamoaviy ong insonning shaxsiy tajribasi orqali emas, uning ongiga ijtimoiymuhit: ta’lim-tarbiya, jamoatchilik fikpi, urf-odatlar orqali kiritilishi g‘oyalariga asoslanadi. Bu g‘oyalarni rivojlantirish borasida olim kollektiv ong, tushunchalarni boshqaruvchi qonunlar masalasiga e’tibor qaratdi. Dyurkgeym qarashlariga suyangan holda u o‘zining ibtidoiy jamiyatlardagi oldmantiqiy ong nazariyasini yaratib “ibtidoiy ong” (1930) asarida ifodalaydi. Levi-Bryul fikricha sabab va oqibat orasida aniq chegaraning bo‘lmasligi oldmantiqiy ongli ibtidoiy odamni zamonaviy avloddan butunlay farqlaydi. Oldmantiqiy ong bizniki kabi qarama-qarshiliklardan qochmasada uni mantiqsiz deb bo‘lmaydi. Bu borada so‘z o‘zining alohida qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi ong tipi haqida yuritilmoqda. Ushbu qoloq xalqlarning kollektiv ongini boshqaruvchi qonunlari bizning mantiqiy ongimiz qonuniyatlariga butunlay o‘xshamagan. Ulavr emotsiyalardan ajralmagan borliq hodisalarini izohlashiga yo‘naltirilmagan. Bu borada ular asab tizimiga keskin qo‘zg‘atuvchi sifatida ta’sir etadi, xususan diniy marosimlarni o‘tkazish paytida, odamlarni qo‘rquvga solish, qattiq hohish, umid va h.k.o. bag‘ishlashi mumkin. Bu holda ibtidoiy odam o‘zini o‘rab turgan borliqni, hodisalarni tushunishga, anglashga intilgan sababi u hodisalarni sof holda emas, yashirin kuchlar, narsalarning sehrli xususiyatlari bilan mujassamlashgan emotsiyalar majmuasi tarzida qabul qilgan. Shu sababdan ibtidoiy odamning dunyo qarashi biznikidan butunlay o‘zgacha yo‘naltirilgan, biz borliqni ob’ektiv anglashga intilsak, ibtidoiy odamlar ongida sub’ektivlik hukmron bo‘lgan. Shuning uchun ibtidoiy odamlar real narsalar va ular haqidagi tasavvurlarni aralashtirib yuborganlar, ular tushni borliqdan, odamning o‘zini ismidan ajrata olmaganlar. Xuddi shu sababli ibtidoiy ong tajriba bilan bog‘lanmagan. Tajribaviy bilimlar ibtidoiy odamni sehirgarlik, tabiat kuchlari, fetishlarga ishonchini yo‘qota olmagan. Ibtidoiy odamning ongi tajribalarga “berilmaydi”. Levi Bryulning yozishicha unda mantiqiy qonunlar emas, “ishtirok etish qonuniyati” hal etuvchi ahamiyat kasb etgan. Unga binoan buyum o‘zligidan tashqari, bir vaqtning o‘zida boshqa narsa ham bo‘lishi mumkin, u bu yerda bo‘lishidan tashqari boshqa joyda ham bo‘lishi mumkin. Ongning

bunday tipini Levi-Bryul “oldmantiqiy” deb izohlaydi. Levi Bryulning yozishicha jamoa fikriga e’tibor zamonaviy yevropaliklar ongida ham mavjud. Bu insonning ilmiy bilimlar tushuntirib bera olmaydigan, uni o‘rab turgan borliq bilan muloqatda bo‘lish tabiiy ehtiyojidan kelib chiqadi. Fanning dunyoni ob’ektivlashga intilishi uni insoniyatdan yanada uzoqlashtiradi. Shuning uchun inson tabiat bilan jamoaviy tushunchalar: din, ahloq, udumlar orqali muloqatda bo‘lishga intiladi. Levi – Bryulning fikricha oldmantiqli ong mavjud, va u mantiqiy bilan birgalikda saqlanib qolgan, “ishtirok qonuni” va mistik tayyorlik holati – zamonaviy inson ongining tabiiy xususiyatidir. Sotsiologik yo‘nalishning asosiy g‘oyalari quydagilardan namoyon bo‘ladi: - har bir jamiyatda “jamoaviy tasovvurlar”majmuasi bo‘lib, ular jmiyatning mustahkamligini ta’minlaydi; - madaniyatning vazifalari jamiyatni birlashtirish, insonlarni yaqinlashtirishdan iborat; - har bir jamiyatda xulqi atrof mavjud bo‘lib, u doimiy o‘zgaruvchan va yuksalishga moyildir; - bir jamiyatdan ikkichisiga o‘tish murakkab jarayon bo‘lib u bir tekisda emas notekis, tezlanishlar bilan amalga oshiriladi. 2. Funksionalizm. Satsologik nazariyaning mantiqi davomi va yuksalishi funksionalizmda nomoyon bo‘ladi. Diffuziya nazariyasi vatani Germoniya, sotsiologik g‘oyaniki Fransiya bo‘lsa, fuksionalizm Angliyada vujudga kelib 20 asrning 20chi billaridan antropologiyadagi yetakchi yo‘nalishga aylandi. Shunga qaramasdan funksional nazariyaning yakuniy konsepsiyasi nemis etnologi Rixard Turnvaldga tegishli deyishadi. Lekin funksionalizm Germaniyada keng tarqalmadi. Angliyada yirik ilmiy yo‘nalishga aylangan funksionalizm ijtimoiy va madaniy antropologiyaning taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Uning eng mashhur vakili Bronislav Maminovskiy (1884-1942) shu yerda ijod qilgan. Etnik jarayonlarni funksional tadqiq qilishning o‘ziga xos xususiyati, madaniyatni o‘zaro aloqador elementlar va qismlardan iborat yagona birlik sifatida