TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUSIONIZM NAZARIYASI
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUSIONIZM NAZARIYASI REJA 1. Darvinning evolyusion g‘oyasi. 2. Eduard Taylor evolyusion nazariya asoschisi sifatida. 3. Bastian nazariy qarashlarida, ijtimoiy hodisalarning psixologik va biologik xususiyatlari. 4. Morgan xalqlar urug‘chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishi.
1. Darvinning evolyusion g‘oyasi Darvinning evolyusion g‘oyasi tabiiy fanlardagina to‘ntarish yasab qolmasdan, ijtimoiy fanlar, xususan yangi shakllanayotgan antropologiyada ham uzil-kesil qaror topadi. Ko‘pgina antropolog – evolyusionistlar, ularni ijodga tabiiy fanlardagi muvaffaqiyatlar undaganligini ta’kidlaydilar. Evolyusionist olimlar o‘zlarining bosh vazifalari deb: turli xalqlar madaniyatlarini qiyoslash, insoniyat madaniyati taraqqiyotining umumiy qonunlarini ochish va asoslash deb bilganlar. Evolyusion g‘oyani turli mamlakatlar antropologlari: Gerbert Spenser, Eduard Taylor, Teodor Vays, Genrix Shurs (Germaniyadan); sharl Leturno (Fransiya); Lyuis Genri Mofgan (AQSh) yuksaltirdilar. Ularning tadqiqotlari tufayli madaniyat avvalgi ma’lum mazmunga ega bo‘lmagan alohida tur va xususiyatlar yig‘indisidan, insoniyat uchun umumiy tarixiy qonunlarga ega bo‘lgan mujassam, tizimi va tartibli ko‘rinishni oladi. Tarixiy antropologiyada evolyusion nazariya asoschisi deb haqli ravishda ingliz olimi Eduard Taylor (1833-1917) tan olinadi. U 1865 yili nashr qilingan “Insoniyatning qadimgi tarixiga oid tadqiqotlar” asarida o‘z qarashlarini bayon etadi. Olim asarida insoniyat madaniyatining ibtidoiy darajasidan hozirgi qadar yuksalib borishi, xalqlar madaniyatlaridagi farqlar esa haqiqiy xususiyatlarga emas madaniy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasi ekanligini ta’kidlaydi. Taraqqiyotning evolyusion nazariyasini Taylor 1875 yilda nashr qilingan “Ibtidoiy madaniyat” kitobida yanada batafsilroq yoritadi. Unda J. de Mestraning yerda yarim sivilizatsiyalashgan odamlarning paydo bo‘lgani hamda ularning bir qisimi yovvoyilikka boshqalarini esa oldingi sivilizatsiyaga qarab taraqqiy etishi g‘oyasiga qarshi insoniyat madaniyatining uzluksiz rivojlanishi g‘oyasi yotadi. Shu bilan birgalikda Taylor ma’lum tarixiy va tabiiy fojialar madaniyatida rekrisiv , ya’ni salbiy (orqaga qaytish) rivojlanish bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmaydi. Madaniyat turlarining ko‘pligini u taraqqiyot davomida ko‘plab bosqichlardan o‘tish bilan izohlangan. Bu bosqichlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib barcha xalqlar madaniyatlarini bir zanjirga birlashtiradi.
Boshqa evolyusionistlar kabi Taylor ham madaniy jarayonlarni o‘rganishda ilmiy – tabiiy metodni qo‘llashga xarakat qiladi. Shuning uchun olim tabiiy – ilmiy klassifikatsiyani tarixiy antropologiya ehtiyojlariga moslashtirishga intilgan. U moddiy va ma’naviy madaniyatning ma’lum belgilarini tadqiq etib uni tabiatshunoslarning o‘simlik va hayvonlar turlariga qiyoslagan (o‘xshatgan). O‘z asarlari va maqolalarida Taylor xususan madaniy borliq umuman insoniyat madaniyatining doimiy taraqqiyotda bo‘lishi nuqtai nazarni yoqlagan. O‘z nazariyasini tasdiqlash uchun olim katta hajimdagi, madaniyatning oddiy holatdan murakkab darajaga yuksalishini tasdiqlovchi dalillarni keltiradi. Taylor madaniy jarayonlarning barchasidan ham, ibtidoiy xalqlarning diniy tasavvurlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratib, dinning animistik kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surdi. Qoloq xalqlar diniy tasavvurlarini o‘rganishda olim, insoniyat va uning madaniyati vujudga kelishi yagona ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. U ayrim olimlarning “yovvoyilar” diniy tasavvurlari va udumlari turli bo‘lmag‘ir fikrlar aralashmasi emas, balki ularning aksari qismi mantiqli va tartibli ekanligini tasdiqlashga urinadi. Taylorning yozishicha diniy tasavvurlar asosida jonlar va ruhlarga ishonch tuyg‘usi yotadi. Olim bu tuyg‘ularni “ animizm” (lotincha anima –jon, hayot) atamasi bilan ifodalaydi. U animizmning ildizlarini “yovvoyi” kishining “falsafasi” da, uning: tush, tushko‘rish, hushdan ketish, kasalliklar, o‘lim sabablarini bilishga intilishda ko‘radi. Uni izohlash davomida insonlar har bir kishida ruh mavjudligi va odamni vaqtinchalik (tush) yoki umuman (o‘lim) domiga tashlab ketishi mumkinligi haqidagi xulosaga keladilar. Bu ruhlarga ishonch tuyg‘usi asosida qadimgi odamlarda keyinchalik yanada murakkabroq diniy tasavvurlar shakllanadi. Ibtidoiy odamni afsungarlikka ishonchi, atrof-muhitdagi barcha narsalar, shu jumladan jonsiz buyumlar, narsalar ham o‘z ruhlariga ega ekanligiga ishontirgan. Shu tariqa avval hayvonlar va tabiat kuchlari ruhlarga e’tiqod, keyinchalik esa “nargi dunyo”, tabiatning ulug‘ ilohlariga, eng so‘ngida, yagona Xudoga ishonch paydo bo‘ladi. Taylorning evolyusion qarashlari antropologiyada oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Ularni tarixiy jarayoni va madaniyatining ijobiy taraqqiyoti
yagonalini asoslovchi batartib konsepsiya deb atash mumkin. Ammo evolyusionizmning, xususan Taylor nazariyasining nuqsonlari keyinchalik ma’lum bo‘ldi. Olimning g‘oyalari o‘z zamonida antropologiyada juda tez tarqalib, uning qator davomchilari yetishib chiqdi. Evolyusion nazariya klassiklaridan biri ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1903) bo‘ladi. Uning birxillik (gomogen) dan madaniyatning ko‘pxillik (geterogen), ya’ni bosqichma-bosqich differensatsiya va integratsiya orqali o‘zgaribmurakkablashib borishi g‘oyasi “Sotsiologiya asoslari” (1876-1896) asarida to‘la aksini topadi. Spenser g‘oyasining asosi jamiyat va inson organizmining (tanasining) qiyoslanishida edi. Jamiyat va madaniyatlarning turli tiplarini u ma’lum “ilohiy tana” tarzidagi, doimiy taraqqiyotdagi borliq sifatida izohlaydi. Olimning fikricha jamiyat yoki madaniyatlar tashqi (gegrafik muhit, qo‘shni madaniyatlar); va ichki (insonning jismoniy tabiati, irqiy differensatsiya, ruhiy sifatlarining xilma-xilligi) omillari orqali taraqqiyot etadi. U birinchilardan bo‘lib “qoloq” madaniyatlarni jismoniy, aqlliy va ahloqiy taraqqiy etmagan xalqlar yaratganligi gipotezasini ilgari suradi. Spenser insoniyat ilk oldtarix bosqichidan tabiatga asta-sekin moslasha borayotgani ehtimolini aytadi. Ushbu jarayonlar natijasida inson sifatlari takomillashib, jamiyatlarda mujassamlashib, an’analar orqali keyingi avlodlarga o‘tib boradi. Insonlar guruhlari yashash sharoitlari, muhitlari ta’sirida, ularning sifatlari taraqqiysi ham turlicha bo‘ladi. Ammo bu kabi farqlar insondagi takomillashishiga bo‘lgan tug‘ma imkoniyatlar orqali tez vaqitda yo‘qotilishi mumkin. Inson jamiyati taraqqiyoti jarayonini taxlil etishda Spenser 2 xususiyatni – differensatsiya va intergratsiya ning ahamiyatini alohida belgilaydi. Olimning antropologiyada Morgan havaskor – olim, fidokor-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borib umrining deyarli 40 yilini dastlab AQSh hindu qabilalari, so‘ngra dunyoning boshqa xududdagi xadqlarni o‘rgandi. Uning g‘oyalari mazmunli va ko‘pqirrali bo‘lganidan, ularni to‘lig‘icha izohlash mushkul. Ammo Morganning etnik muammolariga qarashlari: “Qadimgi jamiyat” (1877) va “Ibtidoiy jamiyat” (1871)
asarlarida o‘z aksini topgan. Asarlarda olim antropologiyasining 3 asosiy muammosi: urug‘chilik jamiyatining insoniyat tarixidagi o‘rni va ahamiyati, oila- nikoh munosabatlarining shakllanishi tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirishni tadqiq qiladi. “Qadimgi jamiyat” asarida ironezlarning o‘ziga xos jamoa tuzumiga asoslangan Morgan ibtidoiy jamoa asosini urug‘ tashkil etgan degan xulosaga keladi. Olim insoniyat tarixini 2 katta: 1) ilk-urug‘, fratriya va qabilalarga asoslangan ijtimoiy tuzum; 2) so‘ngi odamlarning xudud va mulkka turlicha munosabatiga aoslangan siyosiy tashkilotlar davriga bo‘ladi. U urug‘chilik qadimgi osiyo, amerika, yevropa, afrika, avstraliya jamiyatlari uchun ijtimoiy tuzumning universal asosi bo‘lganligini yozadi. Ushbu davrda urug‘ jamoasi jamiyat tizimi va faoliyatining asosiy quroli hisoblangan. Morgan xalqlar urug‘chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan yondoshgan holda tadqiq qiladi. U urug‘ning eng sodda ko‘rinishini topishga urinib, uni avstraliyaliklar urug‘-frotriya tizimida fikricha dastlab son o‘sishi, madaniyati elementlarining ko‘payib borishi kuzatiladi. Miqdor o‘sishi o‘z navbatida ma’lum madaniy birlikning differensatsiyalashuvi yoki qismlarga bo‘linishiga olib keladi. Ushbu strukturaviy qismlar tobora bir-biriga o‘xshamaydigan, ma’lum funksiyalarni bajaradigan maxsus madaniy vazifalarni mujassamlashtiradigan mexanizmga aylana boradi. Bu borada Spenser ilmiy taomilga “struktura”, “funksiya”, “madaniy institut” kabi tushunchalarni kiritib shuning uchun olimni antropologiyaning yangi yo‘nalishi funksionalizmning boshlovchisi deb hisoblashadi. Spenser g‘oyalari faylasuflar orasida ommalashib, antropologiyaning taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazmaydi. Nemis antropologiyasi va evolyusionizmning Germaniyadagi asoschisi Adolf Bastian (1826-1905) yirik nazariyotchi va fan tashkilotchisi edi. U dunyoning turli xududlarida 9 ta ilmiy ekspeditsiya davomida to‘plangan ma’lumotlari ilmiy konsepsiya yaratish imkonini beradi. Bastian g‘oyasining muhim tomoni unda insoniyat tarixining soddalikdan murakkablikka tomon