TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM Reja 1. Diffuziya tushunchasi . 2. Diffuzionizm g‘oyasining yo‘nalishlari va maktablari. 3. Tarixiy antropologiyada Frobeniusning qarashlari . 4. AQShda diffuzionizm Frans Boas
1. Diffuzionizm. Antropologiya XIX asr oxiriga kelib o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga kirdi. Avvallari etnografik kuzatishlar aksari savdogorlar misseonerlar, sayyohatchilar tomonidan olib borilgan bo‘lsa, endi ularni maxsus tayyorlangan olimlar, avvaldan tayyorlangan dasturlar asosida olib boradigan bo‘ldi. Shu paytdan evolyusionizm antropologiyadagi yetakchi o‘rnini yo‘qota boshlaydi, chunki evolyusion metodologiya izohlab bera olmaydigan ma’lumotlar ko‘payib boradi. Evolyusionizmdagi metodologik inqiroz qator diffuzionistik maktablarni shakllantirishga yo‘l ochdi. Yangi yo‘nalish cheklangan davrdagi tarixiy muammolarni, xususan madaniyat va uning alohida elementlarini xududiy shvkllanishi, ularni rekonstruksiya qilish va tarqalishini tadqiq etishni bildirdi. “Diffuziya” tushunchasi (lotincha- tarqalish) fizikadan o‘zlashtirilib, unda “oqish”, oqib kirish ma’nosini bergan. Antropologiyada diffuziya madaniy olimlarning xalqlararo : savdo, ko‘chishlar, istilolar orqali tarqalishini ifodalaydi. Diffuzionizm ilmiy yo‘nalish sifatida, tarixiy jarayonning asosiy mazmuni deb diffuziya, o‘zaro aloqalar o‘zlashtirish, ko‘chirish (nus’ha olish) va madaniyatlararo o‘zaro ta’sirini tan oladi. Evolyusionizmning madaniyatlarining avtonom (muxtor) vujudga kelishi va bir xilda rivojlanishi g‘oyasiga, diffuzionistlar ma’lum geografik muhitda vujudga kelgan o‘ziga xos madaniyat elementlarining keyinchalik ushbu markazdan qo‘shni hududlarga tarqalishi g‘oyasini qo‘yishdi. Ma’lum ma’noda diffuzionizmni, evolyusion nazariyaning progessiv taraqqiyot g‘oyasini, madaniy komplekslar yoki ularning ayrim elementlarini xududiy –vaqt diffuziya prinsipi bilan almashtirishga urinish sifatida tushunish mumkin. Diffuzionizm g‘oyasining qator yo‘nalishlari va maktablari shakllandi. Skandinaviya mamlakatlarida Erik Nordenildning tarixiy – geografik yo‘nalishi; Germaniyada Fris Grebper va Vilgelm Shmidtning madaniy - tarixiy hamda Leo Frobeniusning antropolografiya maktablari; AQShda Eduard Sepir, Melvill
Xerskovis; Angliyada giperdiffizionizm (geosiyosiy) maktabi vakillari Grafton Elliot Smit, Uilyam Riverslar ijod qilishgan. Diffuzionizmning asoschisi deb Myunxen universiteti professori Fridrix Ratsel (1844-1904) tan olinadi. U birinchi bo‘lib madaniy omillarning mamlakatlar va xududlardagi tarqalishi qonuniyatlariga e’tibor qaratdi. Evolyusionistlarda madaniy omillar ularning paydo bo‘lishi sharoitlari bilan bog‘liq holda ko‘rilmagan. Ratsel’ esa madaniyat omillarini xalqlararo munosabatlardagi muhim omil sifatida ko‘rsatdi. Uning fikricha irqlar aralashadi, tillar paydo bo‘ladi va yo‘qoladi, xalqlarning nomi o‘zgaradi, faqat madaniy ashyolar o‘zining xududiy o‘rnini hamda ko‘rinishini saqlab qoladi. Shuning uchun Ratsel madaniy ashyolarning tarqalishi masalasini o‘rganishni fanning asosiy vazifalaridan deb hisoblaydi. Ratsel o‘z g‘oyalarini “Antropogeografiya (1882-1891)” Xalqshunoslik (1885-1895) va “Er va hayot” (1897) kabi ko‘p tomlik asarlarida ifodalaydi. Ularda olim yer yuzida insonlarning joylashishi umumiy ta’svirini yozar ekan. Madaniyatning geografik muhit bilan bog‘liq holda yuksalishiga e’tibor qaratdi. Bu borada olim tabiiy muhitning; xalqning ichki hayotiga, uning madaniyatini shakllantirishiga, xalqlar orasida aloqalar xarakteriga (fe’li-atvoriga) ta’sirini batafsil tadqiq qiladi. Ratsel o‘zining madaniyati borasidagi asosiy g‘oyalarini “Antropogeografiya” asoslarida, moddiy madaniyat buyumlari (etnografik buyumlar va ularning atamalari), ularning egalari elat va xalqlar orqali tarqalishi geografiyasini taxlil qildi. Uning fikricha turli xalqlar madaniyatidagi tabiiy muhit bilan bog‘liq tafovutlar, xalqlar orasidagi aloqalar etnografik buyumlarning tarqalishi orqali asta-sekin yo‘qolib boradi. Ratsel xalqaro munosabatlarga: qabilalarning ko‘chishlari, bosqinlar, irqlararo aralashuv xususiyatlariga, almashinuv, savdo va h.k.o.lar alohida e’tibor qaratadi: bunday o‘zaro munosabatlar davomida madaniyatning borliqqa tarqalishi ro‘y beradi. Amalda etnografik ashyolarning tarqalishi til yoki irqlar xususiyatlarning yoyilishidan ancha muhimdir. Irqiy tillar aralashuvii doimiy jarayon bo‘lganidan, zamonaviy
irqlar aralashgan bo‘lishi tabiiy. Til etnik belgi sifatida irqqa nisbatan muhimroq, lekin u ham vaqt davomida o‘zgaradi yoki boshqa tillar tomonidan surib chiqaradi. Moddiy madaniyat ashyolari – buyumlar esa o‘zining ko‘rinishini, tarqalgan xududini madaniyatning boshqa omillariga nisbatan uzoqroq saqlab turadi. Ratsel’ning fikricha xalqlar o‘zgaradi, yo‘qolib ketadi, moddiy madaniyat buyumlari esa nima bo‘lsa shunday qoladi. Shuning uchun etnografik ashyolarning tarqalishi geografiyasi madaniyatni tadqiq etishning eng muhim tomonlaridan biridir. Ratsel’ madaniyatning elementlari tarqalishida 2 usulni: akkulturatsiya, ya’ni madaniyatning ayrim predmetlari (ashyolari) emas butun etnografik ashyolarning bir halqdan ikkinchisiga o‘tishi. Uning takidlashicha ayrim buyumlar (taqinchoqlar, kiyimlar, tamaki) bir halqdan ikkinchisiga o‘tsa, boshqalari ( egar - jabduqlar, temir buyumlar) faqat uni o‘zlashtirgan halqlar bilan birga tarqaladi. Ratsel’ning asarlarida mustaqil yo‘nalishi sifatida deffuziyanizmning madaniyatni o‘rganishda asosiy tamoyillari: madaniyatlarning o‘zaro ta’siri; yangi elementlar davomida uning o‘zgarib borishi; insoniyat madaniyatining bir yoki bir necha markazdan boshlangani g‘oyalari aksini topgan. Bu borada Ratsel’ insonning o‘ziga insonning o‘ziga ikkinchi darajali etnografik buyumlar tashuvchisi sifatida o‘rin berib, madaniyatni unga nisbatan mustaqil deb hisoblaydi. Bu madaniy omillarning uni tashuvchilaridan nisbatan mustaqilligi g‘oyasi; keyinchalik Frobenusning “madaniy morfologiya” va Shmidtning “vena maktabi” vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. Rotselning shogirdi – arxeolog, etnolog, folklorshunos Leo Frobenitse (1873-1938) diffuzionizm doirasida “ madaniy morfologiya ” nazariyasi va “ madaniyat xalqlari ” g‘oyalari asoschisi bo‘ldi. Frobenius aslida afrikashunos bo‘lib: Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatlarini o‘rganish uchun 12 ta ekspeditsiya uyushtirgan. U tuzgan Afrikaning etnologik xaritasi hozirga qadar o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Ekspeditsiya materiallari va ularning nazariy taxlillari Frobeniusning fundamental asari “amerika madaniyatlarining kelib chiqishi” (1898) da bayon etilgan. Unda olim madaniyatni tirik organizm
sifatida ko‘rib, undagi o‘zgarishlar xayotning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunishi xulosasiga keladi. Asarda Frobenius afrika va melaneziya madaniyatlarini tadqiq qilish, qiyoslash orqali; madaniyatdagi o‘zgarishlar ayrim elementlar emas, balki madaniy borliqning butun komplekslari tarqalishi haqidagi fikrni aytadi. Frobeniusning qarashlari ma’lum ma’noda afsonaviyligi (mif) bilan xususiyatlidir. U madaniyatni tirik organizmga qiyoslab uni: tug‘ilish, bolalik, barkamollik, qarilik va nihoyat o‘lim bosqichlarini bosib o‘tishini aytadi. Olimning fikricha madaniyat odamlar tomonidan yaratilmasdan o‘z-o‘zidan yuksaladi. Inson esa madaniyatni yaratuvchi emas uning mohsuli yoki ob’ekti sifatida ifodalanadi. Ammo madaniyat xalq tomonidan yaratilmasada, uningsiz yashay olmaydi sababi madaniyat faqat xalq orqali tarqaladi. “madaniyatning oyog‘i yo‘q” shuning uchun u insonni o‘zini tashishiga, tarqatishga chorlaydi. Demak inson (xalq) – madaniyatni yaratuvchi emas tashuvchisi xolos. Frobeniusning fikricha har bir madaniyat o‘z xarakteriga, o‘zining “madaniy ruhi”ga ega bo‘lib u madaniyatning har bir elementida o‘zining o‘chmas izini qoldiradi. Ushbu madaniyatning o‘ziga xos xarakterini olim “paydeum” (yunoncha “tarbiyalash”) deb atab uni “madaniyat ruhi” atamasi o‘rnida ishlatishni taklif etadi. “Paydeum” atamasi mazmunini ochar ekan, Frobenius uni madaniy – psixologik tushuncha sifatida izohlab, u orqali xalqningma’naviy strukturasi yoki uning madaniy siymosi ko‘rinishlari deb izohlaydi. Atamaning ushbu ma’nosi zamonaviy “mentallik” tushunchasi sinonimi deyish mumkin. Madaniyatni ijtimoiyotdan xalos, mistik borliq sifatida tasvirlagan Frobenius, uni erkaklar va ayollar madaniyatlariga bo‘ladi. Ushbu bo‘linishni o‘zining ekspeditsiyalari ma’lumotlari bilan to‘ldirgan Frobenius afrikaliklar madaniyatini 2 turini: tellur – efiopatriarxal va xtonik-xamit-matriarxal deb farqlaydi. “ Tellur” va “ xtonik ” atamalari lotin va yunon tilida bir xil (“tellus”-yer, “xtom”-yer) yer ma’nosini beradi. Ammo olimning ta’birida bu atamalar qarama-qarshi ma’no kasb etadi. Tellur – yerdan yuqoriga o‘sish, xtonik esa yerga qarab (er bag‘riga) o‘sishdir. Ular turli geografik sharoitda tellur - savannada, xtonik Saxroi Kabir va Shimoiy Afrikada shakillangan. Shu aosda har bir madaniyat o‘z paydeumiga ega bo‘lib,