logo

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA STRUKTURALIZM, MADANIY RELATIVIZM VA NEOEVOLYUSIONIZM

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.701171875 KB
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA STRUKTURALIZM, MADANIY
RELATIVIZM VA NEOEVOLYUSIONIZM
Reja.
1. Strukturalizm.
2. Madaniy relativizm.
3. Neoevolyusionizm. 1.Strukturalizm.
Strukturalizmning   yaratilishi   funksionalizm   doirasida   bo‘lgani   sababli,
uning   ilk   turi   strukturaviy   funksionalizm   nomini   oladi.   Yuqorida   aytilganidek
antropologiya   yangi   yo‘nalishning   asoschisi   ingliz   olimi   Alfred   Radkliff-Braun
bo‘ldi.   Ilk   marotaba   jamiyatni,   alohida   elementlarning   o‘zaro   aloqadagi
strukturaviy tizimi sifatida qaray boshladi. Olimning fikricha insonlarning ijtimoiy
hayotini,   ularning   ma’lum   ijtimoiy   tizim   doirasidagi   faoliyatlari   sifatida   qarash
mumkin.   Uning   faoliyat   doirasida   takrorlanadigan   har   qanday   funksiya,
yo‘naltirilgan   ijtimoiy   muhim   vazifalarni   bajarish,   strukturaviy   merosiylikni
ta’minlashga   qaratilgan.   Shu   tariqa   ijtimoiy   madaniy   hayotga   funksional
yondashuv,   shaxsni   ijtimoiy   hayotni   o‘zlashtirishi,   unga   moslashuvi   va
qo‘llashining   muhim   fermalarini   o‘rganishni   anglatadi.   Shu   sababdan   Radkliff-
Braunning   fikricha   antropologiyaning   asosiy   vazifasi,   inson   jamiyati   va
madaniyatidagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash emas, ularda doimo takrorlanib
turadigan strukturaviy o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish deb hisoblagan.
Radkliff   –   Braun   yaratgan   g‘oyalar   ingliz   ijtimoiy   antropologiyasida   tezda
ommalashib,   o‘z   taraqqiyotini   qator   olimlar   guruhi   tadqiqotlarida   topdi.   Ular
orasida   Eduard   Evans-Pritchard   (1902-1972)   ayniqsa   mashhur   edi.   Afrika
madaniyatlarining   taniqli   tadqiqotchisi   bo‘lgan   Evans-Pritchard,   ularni
o‘zganishda strukturavistik uslubni qo‘llagan. Unga binoan aniq daoiltlarni tavsifi
ma’lum   sotsiologik   nazariyaga   bo‘ysundirilgan.   Ushbu   uslub   ko‘magida
jamiyatning   strukturaviy   tuzilishi,   unda   mavjud   insonlararo   munosabatlarning
anglash,   oqibatda   bu   uslubning   maqsadi   jamiyat   tizimini   yanada   aniqroq
tushinishga imkon bergan. 
Strukturalistik uslubning ushbu maqsadini ilgari surgan Evans-Pritchardning
tushunishicha   (anglashicha)   tizim   elementlari   bir-biriga   ta’sir   etadi,   strukturaviy
yondashuv esa elementlar oasidagi aloqalarni o‘rganadi. Uning fikricha ijtimoiy va
madaniy   tizimlar   yaxlitlikni   tashkil   etadi,   sababi   ular   inson   tomonidan   yaratiladi.
Bu   tizimlar   insonni   ehtiyojlari,   uni   o‘rab   turgan   muhit   bilan   munosabatlarini
tartibga solib turadi. Ushbu uslubni qo‘llanishi tadqiq etilayotgan bir necha bir xil ob’ektni   qiyoslashni   taqazo   etadi,   zero   bu   ularning   struktura   turlari   muhim
xususiyatlari va ularning o‘zgarishini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun dastlab
“madaniy formadan ijtimoiy faktni chiqarib olish lozim bo‘ladi. Ushbu faktlarning
har biri birlamchi va ikkilamchi sifatlarga egadir. Birlamchi sifat-struktura (tizim)
– bu mavjud narsa hamda sababning muhim vazifasidir. Ikkinchi sifat-madaniyat-
bir   tomondan   atrof-muhitning   inson   sezgi   organlariga   ta’siri   bo‘lsa,   boshqa
jihatdan-ushbu   jamiyatda   ramziy   belgilar   tanlovi   orqali   vujudga   keladi.   Ushbu
sifatlar o‘zaro munosabatida birinchisi ikkinchisining, ya’ni madaniyatning asosini
tashkil   etadi.   Madaniyat   ham   o‘z   strukturasiga   egadir   va   bu   barcha   madaniy
hodisalarning aloqalarini tushinish hamda izohlashga imkon beradi. 
O‘zining   strukturalistik   g‘oyalarini   rivojlantira   borgan   Evans-Pritchardning
xulosasicha,   odamlar   orasidagi   xar   qanday   munosabatlar   o‘ziga   xos   strukturani
tashkil etib, ular birgalikda ijtimoiy tizim (ko‘rinishidagi)  ierarxilni tashkil qiladi.
Uning   fikricha   zamonaviy   ijtimoiy   antropologiya   (antropologiya)   faqat   “qabila”,
“klan”,   “oila”   va   h.   ko   tushunchalari   bilan   ish   ko‘rish   noo‘rin.   Bu   tushunchalar
ijtimoiy   tizimning   faoliyatida   asosiy   vosita   emas.   Tarixiy   antropologiya   uchun
asosiysi – ijtimoiy vaziyat, munosabat turlari va ular orasidagi munosabatlar bilan
bog‘liq   tushunchalardir.   Olimning   fikricha   faqat   shu   yo‘l   bilan   ijtimoiy
taraqqiyotning umumiy qonunlarini shakillantirish mumkin. 
Fransiyada   strukturalizm   g‘oyalari   taraqqiyoti   o‘zgacha   yo‘l   bilan   bordi.
Tarixiy   antropologiya   fanida   fransuz   strukturalizimi   mashxur   olim   Klod   Levi   –
Stros (1908 y. tug‘.) ishlari bilan tanilgan. Uning ilmiy qarashlari Dyurkgeymning
jamiyat haqidagi va Ferdinand de Sosyurning strukturaviy lingvistika nazariyalari
ta’sirida   shakillangan.   Levi   –   Stros   dastlab   primitiv   xalqlarda   qardoshlik   tizimini
taxlil   qilish,   hamda   Braziliya   hindudari   madaniyati   va   turmushi   haqidagi   ilmiy
tadqiqodlari   bilan   tanildi.   Keyinchalik   uning   qiziqishlari   asosiy   mavzusi   o‘z
taraqqiyotida   orqada   qolgan   etnik   guruhlar   afsonalarini   qiyosiy   o‘rganish,
shuningdek   totemizm   va   boshqa   diniy   tasavvurlarni   tadqiq   qilish   bo‘lib   qoladi.
Uning   asosiy   asarlari:   “Strukturaviy   antropologiya”   (1958   va   1973),   “Totemizm bugun”   (1962),   “Qayg‘uli   tropiklar”   (1975)   va   boshqalar   ushbu   muammolarni
yoritishga bag‘ishlangan. 
Levi – Stros nazariyasining asosini strukturaviy lingvistika metodini qo‘llash
orqali,   madaniyatning   u   yoki   bu   turi   strukturasini   aks   ettiruvchi   ramzlar   tizimini
yaratish   mumkinligiga   tshonch   tashkil   etadi.strukturalizm   kansepsiyasi   qandaydir
doimiy, tarixga bog‘liq bo‘lmagan, doimo mavjud bo‘lgan inson ongining mahsuli
strukturasi xisoblanadi. 
Ushbu   g‘oya   asosida   Levi   –   Stros   biz   yashayotgan   dunyoning   rang
barangligi   ularning   qandaydir   boshlang‘ich   yaxlit   modelining   takomillashgan
turlari   ekanligini   shuning   uchun   ularning   barchasini   tizimlashtirish   va
klassifikatsiya mumkinligini ko‘rsatishga intiladi. Ular orasida aloqalarni ularning
bir-birlariga   va   ilk   modelga   nisbatan   muvofiqligini   aniqlash   mumkin.   Buning
uchun avvalo aloxidda xususiy dalillarning imkoni boricha to‘liq ro‘yxatini tuzish,
so‘ng   ular   orasidagi   aloqolarni   aniqlash,   hamda   yaxlit   birlikka   mujassamlash
lozim. 
Levi-Strosning   barcha   asarlaridan   markaziy,   insoniyat   ongining   barcha
tarixiy bosqichlarda yaxlitligi g‘oyasi yotadi. Uning uchun, inson faoliyati va inson
ongining   barcha   turlari   qat’iy   mantiqqa   bo‘ysundirilgan.   Bu   borada   inson   ongida
hissiy   emotsional   emas   oqillik,   oqilona   faoliyat   aksari   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.
Shu   sababdan   Levi   –   Stros   turmush   va   madaniyatning   har   bir   qirrasiga   alohida
yakunlangan   tizim   siftida   qarab,   ularning   har   biridan   mantiqiy   qonuniyatlarini
topishga   intilgan.   Aksari   holatda   qarama   –   qarshiliklar,   ziddiyatlarni   binar
oppozitsiyalarda   yoki   juft   qarama   –   qarshiliklarning   asosiylaridan   biri   “tabiat   –
madaniyat”   da   topgan.   U   rivojlantirgan   strukturaviy   taxlilning   asosiy   maqsadi
barcha   ijtimoiy   va   madaniy   xodisalar   asosida   yotgan   mantiqiy   qonuniyatlarni
topish bo‘lgan. Ayni paytda u F. de Sossyurning aloxida fenomenlar ahaiyat kasb
etmaydi,   faqat   ularning   majmuasi   (so‘z)   axamiyatga   molikligi   xaqidagi   tezisiga
tayangan. 
  Shveysariyalik   lingvist   Ferdinand   de   Sossyur   (1857-1913)   va   uning
davomchilari   qiyosiy   tilshunoslikda   inqilobi   o‘zgarishlar   qildi.   Ular   tillar   diaxron yondashuvdan   vos   kechib   o‘z   tuzilishida   ma’lum   strukturali   o‘xshashligi   bo‘lgan
sinxrom   belgili   tizimni   qo‘llaydilar.   Bunday   yondashuv   eng   avvalo   til   va   so‘z
orasida   farq   mavjudligiga   asoslangan.   De   Sossyurning   yozishicha   belgilarning
muvofiqlashtirilgan   tizimi   bo‘lib,   ularning   har   biri   ikki   komponet:   signifakant
“belgilaydigan   va   signifikat”   yoki   “belgilanadigan”   so‘zlardan   iborat   bo‘lgan.
Lingvistikada   ovozning   minimal   birligi   fonemadir.   Bir   fenomani   ikkinchisi   bilan
almashtirilishi   hamma   vaqt   ham   so‘zning   ma’nosini   o‘zgarishiga   olib   kelmaydi.
Ammo   har   bir   tilda   fenomlar   bo‘lib,   ular     oppozitsion   juftliklarni   tuzishadi.
Shuning   uchun   bir   ovoz   davomidagi   o‘zgarish,   so‘z   ma’nosining   o‘zgarishiga
(masalan “qo‘y”, “to‘y”) olib keladi. 
Ushbu   metodologik   yondashuvni   Levi   –   Stros   tarixiy   antropologiyada
qo‘llab,   madaniyatning   o‘rganilayotgan   hodisasi   mazmun   –   ma’nosini   empirik
aniqlangan dalillardan emas, ularning o‘zaro munosabatlaridan axtaradi. Jumladan
u   qarindoshlik   va   nikoh   munosabalari   o‘ziga   xos   til   ya’ni   individlar   va   guruh
orasidagi   xarakatsizlik   kamunikatsiya   tipi   sifatida   qaraydi.   Ammo   bu   metodni
antropologiyada   qo‘llash,   faqat   ijtimoiy   va   madaniy   yutuqlar   asosida   o‘xshash
strukturaviy   tamoyillar   (prinsiplar)   mavjudligini   tasdiqlashga   xizmat   qildi   xolos.
Bu   borada   Levi   –   Stros   ta’birida   “struktura   abstrakt   xususiyatiga   ega   bo‘lib,
ma’mum   darajadr   empirik   borliqqa   emas,   borliqning   modellariga   mos   keladi”.
Levi – Stros uchun ijtimoiy munosabatlar, modellar tuzish uchun qurilish ashyosi
hisoblanib,   ularning   yordamida   keyinchalik   ijtimoiy   strukturalar   anglanadi.   Bu
asosda   strukturaviy   analizning   mohiyati   etnografik   materiallarni   ma’lum
komponentlarga bo‘lib minimal invariant birliklarni olish, ular yordamida ijtimoiy
va madaniy hayotning barcha tomonlarini  aks ettiruvchi  modellarini  konstruksiya
qilishdir. 
Strukturaviy taxlil metodini qarindoshlik tizimini o‘rganishda qo‘llagan Levi
–   Stros   keyinchalik   uni   totemizmni   tadqiq   qilishda   anglash   jarayonlarini
izohlashda foydalandi. O‘zining to‘rt tomli “Mifologiya” (1964-1971) asarida Levi
–   Stros,   strukturaviy   taxlildan,   uning   strukturalarning   qat’iy   asosi   hisoblangan
jamoaviy   ongning   fundamental   mazmuni   bo‘lgan,   rivoyatlarni   qiyosiy   tadqiq etishda foydalanadi. Bu etnologga ongning turli formalari asosida yotgan kodlarni
ochishga   imkoniyat   berdi.   Insonlar   doimo   bir   xil   o‘ylaydilar,   farqi   faqat   ong
ob’ektlaridir   deb   yozadi   Levi   –   Stros.   Strukturalizm   ham   funksionalizm   singari
ma’lum   antropologik   konstantalarda   insonlar   madaniyatlarining   o‘xshashligi
sabablarini   izlaydi.   Lekin   funksionalizmda   o‘xshashlik   insonlar   asosiy
ehtiyojlarining   o‘xshashligi   bilan   izohlansa,   strukturalizmda   bu   holatni   inson
ruhiyatining o‘xshashligidan chiqarilgan.
Levi – Strosning antropologiyani strukturaviy antropologiyaga aylantirishga
urinishi oraliq fanlarda keng munozaralarga sabab bo‘lib, XX asrning 60 yillarida
ushbu   yo‘nalishni   fransiyaning   yetuk   intellektual   oqimiga   aylantirdi.   Ingliz
ijtimoiy   antropologiyasida   Levi   –   Stros   g‘oyalari   Meri   Duglas   (1921y   tug‘.)
tomonidan   rivojlantirilsada,   keng   tus   olmadi.   AQSh   madaniy   antropologiyasida
kognitie   antropologiya   maktabi   namoyondalari,   strukturalizm   bilan   o‘xshash
metodologik   yondashuvni   rivojlantirsada,   ma’lum   xudud   geografik   nomlarini
yaxlitligini   tadqiq   qilish   bilan   cheklanganlar.   Shu   sababdan   strukturalizmning
ta’siri   nihoyatda   cheklangan   bo‘lib,   uning   inson   ongining   universalligi   g‘oyasi
qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi xolos.
                2. Madaniy relyativizm.
XX   asrning   40-50   yillarida   dunyo   antropologiyasida,   AQSh   va   Yevropada
yangi   ilmiy   maktablarning   paydo   bo‘lishi,   ular   orasida   madaniy   relyativizmni
muhim   o‘rin   egallashi   bilan   izohlanadi.   Tarixiy   antropologiyadagi   bu   yo‘nalish
yevropa   etnotsentrizmiga,   ya’ni   yevropalik   bo‘lmagan   xalqlarda   yovvoyilik
belgilarini   ko‘rishlariga   qarshi   javob   tarzida   vujudga   keldi.   Madaniy
relyativizmning   bosh   g‘oyasi,   rivojlanish   darajasi   turli   bosqichda   bo‘lgan   xalqlar
yaratgan madaniyatlarning tengligini e’tirof etish, o‘sha paytgacha hukmron bo‘lib
kelgan   yevropo-amerikasentrizmi   va   umuman   har   qanday   etnotsentrizmni   inkor
etish   edi.   Madaniy   relyativizm   nazariyasi   vakillari   turli   xalqlar   madaniy   tiplarini
qiyoslab bo‘lmasligini, ularni yagona qolipda o‘lchash mumkin emasligini, sababi
har   bir   madaniyato‘zaro   taqqoslab   bo‘lmaydigan   unikal   qadriyatlar   tizimidan
iborat ekanligini e’lon qildilar. Har qanday madaniyat o‘zicha murakkab, qadrli va o‘ziga  xos  ,  chunki  u  mazkur  sharoitga  moslashish   usuli   mahsulidir   va  o‘zga  har
qanday   madaniyat   bilan   teng   ahamiyatga   egadir.   Har   bir   madaniyat,   yashashning
o‘ziga xos turi mahsuli sifatida, o‘z doirasida ko‘rilishi lozim.
Relyativizmning   ilk   g‘oyalari   Boas   tomonidan   shakllantirilgan   u
birinchilardan   turli   madaniyatlarning   o‘ziga   xos   qimmati   haqida   fikrni   bildiradi.
Uni   qo‘llab   -   quvvatlagan   A.   Kreber,   R.Benedikt,   M.Xerskovislar   madaniy
relyativizm   konsepsiyasini   uzil   –   kesil   ishlab   chiqdilar.   Madaniy   relyativizm
maktabi asoschilaridan biri taniqli amerikalik antropolog Melvill Xerskovis (1895-
1963) Boas va Goldenveyzerning shogirdi edi. U o‘z qarashlarini umumlashtirgan
holda   “Akkulturatsiya”   (1938),   “Inson   va   uning   ijodi”   (1948),
“Madaniyaantropologiya” (1940) asarlarida bayon etdi. Ularda olim o‘z g‘oyalarini
madaniyat   haqidagi   avvalgi   barcha   nazariyalardan   ajratadi.   Xerskovis   oldingi
g‘oyalarda   tan   olingan   madaniyatdagi   uch   asosiy   determinant:   madaniy   o‘ziga
xoslikning  irqiy, ya’ni   manadiy xilma-xillik  va  o‘zgarishlarni   individ  (shaxsning)
tanasi   tuzilishi   bilan   izohlanishi,   madaniy   xususiyatlarni   tabiiy   yashash   muhiti
bilan   bog‘laydigan   geografik   determinizm;   moddiy   ashyolarning   ishlab
chiqarishning   madaniyatining   eng   muhim   omili   deb   izohlagan   iqtisodiy
determinizmga qarshi chiqadi.
Xerskovis   bu   nazariyalarga   (etnodentrizm,   aerotsentrizm)   qarama-qarshi
turli   xalqlar   madaniyatini   izohlash   va   tavsiflash   lozimligini   ta’kidlaydi.   Uning
fikricha   umumiy   madaniy   –   tarixiy   jarayon,   turli   yo‘nalishda   rivojlanayotgan
madaniyatlar   yig‘indisidir.   U   madaniyatni   umumiy   ma’noda   inson   tomonidan
yaratilgan   yashash   muhiti   sifatida   tushingan.   Olim   har   bir   madaniyatni   betakror,
beqiyos   model,   boshqa   xalqlarniki   bilan   qiyoslab   bo‘lmaydigan,   har   bir   xalqning
o‘ziga   xos   qadriyatlari   tizimida   nomoyon   bo‘ladigan   an’analari   bilan
aniqlanadigan   voqelik   hodisa   deb   biladi.   Xerskovisning   fikricha   har   bir   xalq
madaniyatida   uning   eng   muxim   jihati   “madaniy   fokusi”   –   mavjud.   Insoniya
tarixini,   Xerskovis   mustaqil   taraqqiy   etgan   madaniyatlari   va   sivilizatsiyalar
yig‘indisi   tarzida   tushungan.   Madaniyatlar   dinamikasini,   ularning   birligi   va
o‘zgaruvchanligida   ko‘rgan.   Uning   ta’kidlashicha   har   qanday   madaniyat   bir paytning   o‘zida   ham   barqaror,   ham   o‘zgaruvchan   bo‘lishi   lozim.   Undagi
o‘zgarishlar,   madaniy   taraqqiyot   sub’ektini   tashkil   etuvchi,   ma’lum   konservativ
tizimlarning saqlanishi  orqaligina ro‘y beradi. Olimning fikricha, o‘zgarishlarning
umuman   bo‘lmasligi,   madaniyatning   halokatini   anglatadi.   Bir   paytning   o‘zida
madaniyat tizimidagi qat’iy tizimlarni tezda o‘zgarishlar uchun buzulishi ham, uni
degradatsiyasini, o‘ziga xosligini yo‘qotishini anglatadi. 
Amerika     antropologiya   an’analariga   sodiq   qolgan   Xerskovis   “madaniyat”
tushunchasini   “jamiyat”   tushunchasidan   ajratadi.   Uning   tushunishicha,   madaniyat
–   insonlarning   yashash   usuli   bo‘lsa,   jamiyat   ma’lum   turmush   tarzi   kechirayotgan
individlarning o‘zaro ta’sirini tashkil etuvi agregatidir. Soddaroq aytganda jamiyat
odamlardan   tashkil   topadi,     ular   tanlagan   o‘zini   tutish,   axloq   normalari
madaniyatdir.
Xerskovisning   madaniy   –   antropologik   konsepsiyasidagi   asosiy
tushunchalardan   biri   “inkulturatsiya”   bo‘lib   olim   uni   shaxsning   ma’lum
madaniyatiga   kirishi   deb   izohlagan.     Inkulturatsiyaning   asosiy   mazmuni,
madaniyatni   asosi,   fikirlash   va   harakat   qilish   xususiyatlari,   xulq   modellarini
o‘zlashtirish deb bilgan. Inkulturatsiyani bolalikda o‘zlashtiriladigan umuminsoniy
hayot   faoliyati   uslubi   –   sotsializatsiyadan   farqlay   bilish   lozim.   Amalda   bu   ikki
jarayon   birgalikda   mavjud   bo‘lib,   xamkorlikda   taraqqiy   etadi   va   aniq   tarixiy
formada namoyon bo‘ladi. 
Xerskovisda   “inkulturatsiya”   madaniy   relyativizmning   asosini   (yadrosini)
tashkil   etib,   uning   mohiyatiga   ko‘ra   odamning   fikirlashi   tajribaga,   tajriba   har   bir
individning   o‘z   inkulturatsiyasi   atamalari   bilan   izoxlanadi.   Turli   madaniyatlarda
shartlangan   tushunchalar   nisbiyligi   esa,   fizik   dunyo   faktlari:   vaqt,   masofa,   vazn,
razmer   va   h.   ko.lar   ham   mazkur   madaniyat   orqali   ko‘riladi.   Xerskovisning
ta’kidlashicha   nimaning   normal   yoki   nonarmal   bo‘lishi   madaniyatdagi
munosabatlarning   tashkil   qilinishiga   bog‘liqdir.   Ayrim   xulq   stereotiplari,   nikoh
turlari, urf-odatlar (poligamiya, poliandriya, initsiatsiya va h.ko.lar) yevro-amerika
madaniy   standartlariga   mos   kelmasada,   boshqa   madaniyatlar   uchun   butunlay
ma’sul   hisoblanadi.   Shuning   uchun   madaniy   relyativizmning   asosiy   g‘oyasi,   turli xalqlar   yaratayotgan   va  yaratgan   madaniy  qadriyatlarning  teng   huquqliligidir.  Bu
xulosa har bir madaniyatni mustaqilligi va to‘laqonligini tan olishni, yevroamerika
tizimi ustunligini rad etishni  boshqa madaniy etnotsentrizm va yevrotsentrizmdan
voz kechishni talab qiladi. 
Madaniy   relyativizm   mohiyatini   ochar   ekan     Xerskovis   uning   uch:
metodologik, falsafiy va amaliy jihatini ajratadi. 
Metodolik   aspekt ,   madaniyatni   mazkur   xalqda   qabul   qilingan   qadriyatlar
asosida   tafakkur   etishni   joiz   deb   biladi,   unga   binoan   shaxslar   hayotiy   faoliyati
tavsifini   ularning   madaniyatiga   oid   atamalarda   aks   ettirishni   bildiradi.   Falsafiy
aspekti, madaniy taraqqiyot – yo‘llarining ko‘pligini, madaniy – tarixiy jarayonida
baholash   ko‘pfikrlik   (palorizm)   bo‘lishini   anglatadi.   U   madaniy   taraqqiyot
bosqichlarini majburiy evolyusion almashinuvini rad etadi.
Nihoyat   amaliy   aspekt   induotrial   sivilizatsiyalar   tomonidan,   o‘zining
xususiyatlarini   saqlab   qolgan   arxaik   madaniyatlarini   tortilishini   anglatadi.   Bu
borada   ayrim   madaniyatlarni   saqlab   qolgan   ma’qulroq.   Xerekoviyning   ushbu
g‘oyasi   sermohsulligi   bizning   davrimizda   taraqqiy   etmagan   halqlarda   madaniy
sharoitni   sun’iy   yaratish   aksari   holatlarda   ommaviy   degradatsiya,   alkogolizm,
o‘g‘irlikka va h. ko. Larga olib kelishi aniq bo‘ldi. 
                     3. Neoevolyusionizm.
XX   asrning     40   -yillarida   antropologiyaning   taraqqiyoti   evolyusionizm
g‘oyalariga   qiziqishning   kuchayishiga   olib   keldi.   Bu   paytda   klassik
evolyusionizmning   sodda   to‘g‘ri   chiziqliligini   yengishga   intilgan   yangi   yo‘nalish
shakillandi.   Neoevolyusionizmtarafdorlari   “evolyusiya”   atamasini   u   albatta
progress   (taraqqiyot)   yoki   ortga   qaytarib   bo‘lmaydigan   o‘zgarishni:   oddiylikdan
murakkablikka o‘tishni; oddiy moslashuv (adaptatsiya)ning kuchayib borishini bir
chiziqli   yoki   ko‘pchiziqli   evolyusiyani;   darvshning   turlar   bo‘yicha   g‘oyasini
umuman   inson   madaniyatiga   nisbatan   qo‘llash   mumkinmi   va   h.   ko.   ni   turlicha
izohlagan.   Ushbu   atamani   tushunilishi   bo‘yicha   u   yoki   bu   nazariy   xulosalar
qilingan.  Yangi   evolyusionizm   g‘oyasi   tarafdorlarining   ko‘pchiligi,   universal   tarixiy
qonuniyatni tan olmaydilar, shuning uchun ular “evolyusiya”ni ma’lum bo‘lmagan
sabablarga   ko‘ra   insoniyatning   doimiy   rivojlanishi   sifatida   izohlaydilar.
Madaniyatning   bir   chiziqdagi   taraqqiyoti   g‘oyasi   o‘rnida     neoevolyusionistlar   bir
necha:   umumiy   va   xususiy   taraqqiyot   nazariyasi,   mikro   va   makrotjarayonlar
nazariyasini,   madaniy   dominanta   qonuni,   taraqqiyot   imkoniyati   qonuni   va
boshqalarni ishlab chiqdilar. O‘z tadqiqodlarida ular insoniyat tarixini ko‘pliniyali
yopiq   sistemalar   taraqqiyoti   yig‘indisi   sifatida   ko‘rsatib,   ko‘pliniyalikni   insonni
ekologik muhitga moslashuvi natijasi sifatida izohlaydilar.
Neoevolyusionizm g‘oyalari AQShda alohida ta’sirga ega bo‘lib, kulturolog
va   etnolog   Lesli   Elvin   Uayt   (1910-1975)   asarlarida   to‘liq   ishlab   chiqilgan.
O‘zining   madaniyat   haqidagi   g‘oyalar   va   umumiy   konsepsiyalarini   Uayt
“madaniyat   haqida   fan”   (1949),   “madaniyat   evolyusiyasi   (1959)   va”   madaniy
sistemalar   tushunchasi:   qabilalr   va   millatlarni   tushunish   kaliti   “(1975)
fundamentlar asarlarida bayon etgan.
Uayt   konchepsiyasi   asosida   uning   ijtimoiy   madaniy   hodisalar   va
jarayonlarni   tadqiq   qilishda   ikki   tadqiqot   usuli:   tarixiy   va   funksional   bo‘lishiga
qarashli qarshi ekanligi yotadi. Birinchisi katta ijtimoiy ahamiyatga ega hodisalarni
taxlil qilsa, ikkinchisi madaniy hodisalar, jarayondarning umumiy xususiyatlarini,
ularning   xronologik   ketma   –   ketligidan   qat’iy   nazar   o‘rganilishini   anglatadi.
Ularning   o‘rniga   amerikalik   olim,   madaniy   jarayonlarning   uch   turini,   uni
izohlashning   yana   shuncha   usulini:   vaqtli   jarayonlar,   xronologik   ketma   –
ketlikdagi   muhim   voqealar   tarix   tomonidan   o‘rganilishi   lozim:   madaniy
taraqqiyotning   funksional   jihatlari–funksional   analiz   chegaralarida   tadqiq   qilinsa;
nihoyat   formal   –   vaqtli   jarayonlar,   unda   madaniy   hodisalar   vaqtli   ketma   –   ketlik
formalida – evolyusion metodda ko‘rilishi lozim.
Uaytning   fikricha   evolyusiya,   mavjudlikning   uch   asosiy   formasining
yaxlitlikdagi   taraqqiyoti   bo‘lib,   bu   jarayonda   bir   forma   ikkinchisidan   xronologik
ketma-ketlikda   o‘sib   chiqadi.   Har   bir   forma   o‘z   navbatida   madaniyatning   turli
elementlari yig‘indisidan tashkil topadi. Uayt bo‘yicha madaniyat mustaqil tizimni tashkil etib, uning vazifasi va maqsadi-insoniyat uchun hayotni xavfsiz, yaraydigan
qilishdir. U o‘z hayotiga ega, o‘z prinsip va qonuniyatlari tomonidan boshqariladi.
Asrlar davomida u shoxlarni tug‘ilganidan o‘z bag‘riga olib, ularni fikrlari, xulqi,
tasavvuri va munosabatlariga ega shaxslarga aylantiradi.
Lekin   Uaytning  yozishicha   har   qanday   taraqqiyotning   o‘lchovi   va   manbasi
energiya   (quvvat)   hisoblanadi.   Barcha   tirik   mavjudotlar   kosmosning   erkin
energiyasini,   o‘z   tanalaridagi   hayotiy   jarayonlarga   xizmat   qiladigan   quvvat
turlariga   aylantiradi.   O‘simlik   quyosh   energiyasini   o‘sish,   qayta   yaralish   uchun,
hayotini saqlash uchun btgani singari, insonlar ham yashash uchun quvvat olishlari
shart.   Bu   to‘lig‘icha   madaniyatga   ham   ta’luqlidir.   Har   qanday   madniy   harakat
energiyani   sarflashni   talab   etadi.   Madaniyatning   yuksakligi   omili   va   belgisini
aniqlovchi   vosita,   uning   quvvat   bilan   ta’minlanishi   darajasidir.   Madaniyatlar
foydalanayotgan quvvati miqdori bilan farqlanib, madaniy taraqqiyot darajasi aholi
jon   boshiga   yil   davomida   ishlatilgan   quvvat   miqdori   bilan   o‘lchanishi   ham
mumkin.   Taraqqiy   etmagan   madaniyatlar   faqat   inson   kuchiga   nisbatan
rivojlanganlari   esa   shamol,   bug‘,   atom   quvvatidan   foydalanadi.   Shu   tariqa   Uayt
madaniyati   evolyusiyasini   ishlatiladigan   quvvat   miqdorining   o‘sishi,   butun
madaniy   evolyusiya   mazmun-mohiyatini   insonning   dunyoga   moslashuvini
takomillashtirish bilan bog‘laydi.
Uayt   konsepsiyasida   muhim   o‘rinni   ramzlar   nazariyasi   egallaydi.   Olim
madaniyatni   ekstrasomatik   (notanaviy)   an’ana   sifatida   belgilab,   unda   ramzlar
yetakchi   rol   o‘ynashini   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha   ramziy   xulq   –   atvor
madaniyatning   asosiy   belgilaridan   biri,   sababi   ramzlardan   foydalanish   insonning
asosiy o‘ziga xosligidir. Ramzni  Uayt so‘zi bilan shakllangan g‘oya hisoblab, uni
insontajribasini tarqatish va davom ettirish imkonini beradigan vosita hisoblaydi. U
razmning inson madaniyatidagi rolini odamni oddiy hayvondan “inson hayvon”ga
aylanishida ko‘radi. 
Neoevolyusionizmning   taraqqiyoti   yana   bir   yo‘nalishi,   ko‘pliniyali   g‘oya
Juli an Styuardning (1902-1972) “Madaniy o‘zgarishlar nazariyasi” (1955) asarida
aksini topdi. Unda Styuard har bir madaniyatni, alohida tabiiy muhitga moslashgan tizim   sifatida   qaraydi.   Uning   fikricha   tabiat   evolyusiyasi   turli   yo‘llar   bilan   ro‘y
berishi   mumkin,   ammo   o‘xshash   tabiiy   muhitda   va   deyarlik   bir   xil   texnologik
taraqqiyot darajasidagi jamiyatlar evolyusiyasi nisbatan o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Bu   paralel   evolyusiya   fenomeni   geografik   jihatdan   bir-biridan   uzoq   va   o‘zaro
aloqada   bo‘lmagan   jamiyatlar   taraqqiyotidagi   jarayonlarning   o‘xshashligini
izohlaydi.   Styuardning   fikri   turli   jamiyatlar   o‘xshashligi   madaniy   diffuziya
konsepsiyasi   vositasida   izohlanishi   mumkin   emas.   U   yoki   bu   madaniy
formalarning vujudga kelishi, tabiiy muhit, jamiyat texnologik taraqqiyoti darajasi
va   uning   faoliyati   orasidagi   o‘zaro   aloqalarni   analizdan   izohlanadi.   Shu   tarzda
Styuard   o‘zining   evolyusiyalarini   ko‘pligi   konsepsiyasi   orqali   madaniy
o‘zgarishlar g‘oyasini asosladi.
Styuardning   yozishicha   madaniy   taraqqiyot   qonunlarini   tadqiq   qilish   uch
yo‘l   bilan   evolyusiyani   bir   liniyali   taraqqiyoti   nazariyasi,   ya’ni   barcha   xalqlar
madaniyati taraqqiyotining kelib chiqishi birligi g‘oyasi unda ushbu taraqqiyotning
turli   bosqichlarida   genlar   farqlar   shakllangani   tan   olinadi,   madaniy   relyatavizm
nazariyasini qo‘llash orqali, u turli xalqlar madaniyatlari orasidagi  sifat farqlariga
e’tibor   qaratadi.   Ko‘pliniyali   evolyusiya   nazariyasini   qo‘llash,   unda   alohida
madaniyatlar   taraqqiyoti   turli   yo‘llar   bilan   bo‘lishi,   bu   holatni   atrof-muhitga
moslashishining turli jihatlari bilan bog‘liq ligi bilan izohlanadi.
So‘nggi nazariyaning asoschisi va tarafdori bo‘lgan Styuard, atrof-muhitning
turli-tumanligi,   unga   moslashuv   formalarini   ham   turlicha   bo‘lishiga   ishonadi.
Shuning   uchun   madaniyat   taraqqiyoti   turli   yo‘nalishlardaketib   biz   madaniy
evolyusiyaning ko‘plab turlarini va uning ko‘plab omillarini ko‘rishimiz mumkin.
Madaniy   o‘zgarishlar   jarayonini   izohlash   uchun   Styuard   “madaniy   ekologiya”
tushunchasini   kiritib,   u   madaniyatlarni   atrof-muhitga   moslashuvi   va   o‘zaro
aloqalari   jarayonini   anglatadi.   Styuard   bu   tushunchani   uning   fikricha   insonni
biologik muhitga moslashuvini ifodalanishini aks ettiruvchi “inson ekologiyasi” va
“ijtimoiy ekologiya” tushunchalariga qarama-qarshi qo‘yadi. 
Styuardning   madaniy   ekologiya   konsepsiyasi   asosiy   maqsadi,   moslashuv
evolyusion   xarakterdagi   ichkiijtimoiy   munosabatlarni   o‘z   ortidan   olib   keladimi yoki   yo‘qligini   aniqlash   bo‘lgan.   Uning   fikricha   madaniy   moslashuv   uzluksiz
jarayon,   chunki   biror   bir   madaniyat   atrof   muhitga   uzil-kesil   moslasha   olmagan.
Styuardning   ta’kidlashacha   madaniyatning   asosiy   xususiyatlari   tabiiy   muhit   bilan
bog‘liq,   lekin   bu   bog‘liqlik   madaniy   omillar   bilan   xususiyatlanadi.   Styuard
g‘oyasida   “madaniy   tip”   tushunchasi,   madaniyat   yadrosini   tashkil   etadigan
xususiyatlar yig‘indisi sifatida muhim o‘rin tutadi. 
Styuard ekologiyani muhim omil hisoblasada, uning fikricha madaniyatning
hamma   jihatlarini   ham   ekologik   moslashuv   bilan   izohlab   bo‘lmaydi.   U   qator
misollar   yordamida,   tabiiy   muhitga   bog‘liqlik,   juda   ham   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
(pryamaya)   emasligini   tasdiqladi.   Tarixiy   taraqqiyot   shuni   ko‘rsatmoqdaki
madaniyat   qanchalik   sodda   bo‘lsa,   uning   geografik   muhitga   bog‘liqligi   kuchli
bo‘ladi. 
Styuard   evolyusion   nazariyasini   takomillashtirar   ekan,   ijtimoiy-madaniy
integratsiya   darajasi   konsepsiyani   shakllantirishga   yaqinlashdi.   Olim   oddiy   va
murakkab   jamiyatlar   orasidagi   farqlar   faqat   son   bilan  o‘lchanmasligiga   ishongan.
Nisbatan   yuksak   tizimlar   faqat   xilma-xil   va   ko‘plab   qismlardangina   tashkil
topmagan.   Murakkab   tizimlar   sifat   jihatidan   oddiylaridan   farqlanadi,   sababi
murakkablik   darajasi   farqlari   integratsiya   va   moslashuvning   turli   formalarini
keltirib chiqaradi. 
Madaniy evolyusiyada atrof muhitning rolini sinchkovlik bilan tadqiq qilgan
Styuard,   uning   ikkilamchi   xarakterga   ega   ekanligini:   ijodiy   kuch   sifatida
chiqishidan   tashqari,   cheklovchi   omil   bo‘lishi   ham   mumkinligi   xulosasiga   keldi.
Oxirgisi   muhim   ahamiyatga   ega,   chunki   agar   ham   qanday   tizim   ma’lum
chegaragacha   o‘zgarishi   mumkin,   aksari   holatda   odamlar   tirik   qolmaydi.   Bu
chegaralar keng yoki tor bo‘lishi, o‘z navbvtida o‘zlariga bo‘ysunadigan madaniy
xaraklarning   katta   yoki   kichik   kenglikda   bo‘lishini   ta’minlaydi.   Yuksak
texnologiyali   jamiyatlar,   bu   borada   atrof   muhit   cheklovlaridan   erkinroq   bo‘lib,
kengroq madaniy difazonga ega bo‘ladi.
XX   asrning   50-60   yillarida   neoevolyusionizm   amerika   antropologiyasida
yetakchi   nazariy   yo‘nalishga   aylandi.   Sababi   neoevolyusionistlarning   madaniyat taraqqiyoti   haqidagi   konsepsiyalari,   klassik   evolyusionistlarnikiga   nisbatan
murakkab   va   ko‘p   qiraligi   bilan   ajralib   turadi.   Neoevolyusionizmning     ajralib
turadigan   xususiyati,   uning   zamonaviy   madaniyat   faktlaridan   foydalanib
madaniyat   taraqqiyotiga   nisbatan   qadimgi   davrlari   jarayonlari   haqida   xulosalar
qilishidir. 
Hozirgi   kunda   neoevolyusionizmning   eng   taniqli   namoyondasi   Marvin
Xarris   (1929   y.tug‘.)   bo‘lib,   u   o‘zini   Uayt   va   Styuardlarning   davomchisi
hisoblaydi. Uning “Madaniy materializm” (1979) asarida bayon etgan qarashlarida,
madaniyatlar   orasidagi   tafovut   va   o‘xshashliklar   oxir   –   oqibat,   odamlar
ehtiyojlarini   qondirish   texnologiyalarining,   hozirgi   paytdagi   atrof   muhit
sharoitlariga   mosligi   bilan   belgilanadi.   Har   qanday   texnologiya   atrof   muhit
xususiyati bilan mutanosib bo‘lishini mavjud resurslardan optimal foydalanib, kam
mehnat   va   quvvat   sarf   qilishni   ko‘zda   tutadi.   Shu   tariqa   tizim   muvozanat   paydo
bo‘lib,   uning   alohida   ko‘rsatkichlari   o‘zgarmaguncha   o‘z   muhimligini   saqlab
qoladi. 
Bu kabi fikrlarga tayangan Xarris, turli madaniyatlar misolida, biz umuman
keraksiz deb hisoblagan qator udumlarni ortida iqtisodiy manfaatlarning yotganini
tasdiqlashga   urinadi.   Xususan   qadimgi   hind   vedalarida   yirik   shoxli   molni
kurbonlik   qilingani   haqida   so‘z   yuritilsada,   hozirda   hindlarda   qoramolni
o‘ldirishga qat’iy tabu qo‘yilgan. Xarrisning fikricha, sigirlarni muqaddaslashtirish
Hindistonda uzoq tarixiy jarayon bo‘lib, iqtisodiy, ekologik, demografik va texnik
omillarning   o‘zaro   ta’siri   natijasidir.   Tadqiqotchining   xulosasicha   madaniya   va
atrof muhit o‘zaro ta’sir qiladigan omillardir. 
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014.
2. Antropologiya. (Pod red.   Miskovoy Ye.V, Mexedova N.A, Pimenova
V.V ) -M.., Izd-vo «Kultura» 2005.
3. Jabborov Iso. Jahon antropologiyasi asoslari. Toshkent. “Yangi asr 
avlodi”, 2005. E lektron manbalar
www.    mirknig.com   
www.turklib.com
www.etnology. com

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA STRUKTURALIZM, MADANIY RELATIVIZM VA NEOEVOLYUSIONIZM Reja. 1. Strukturalizm. 2. Madaniy relativizm. 3. Neoevolyusionizm.

1.Strukturalizm. Strukturalizmning yaratilishi funksionalizm doirasida bo‘lgani sababli, uning ilk turi strukturaviy funksionalizm nomini oladi. Yuqorida aytilganidek antropologiya yangi yo‘nalishning asoschisi ingliz olimi Alfred Radkliff-Braun bo‘ldi. Ilk marotaba jamiyatni, alohida elementlarning o‘zaro aloqadagi strukturaviy tizimi sifatida qaray boshladi. Olimning fikricha insonlarning ijtimoiy hayotini, ularning ma’lum ijtimoiy tizim doirasidagi faoliyatlari sifatida qarash mumkin. Uning faoliyat doirasida takrorlanadigan har qanday funksiya, yo‘naltirilgan ijtimoiy muhim vazifalarni bajarish, strukturaviy merosiylikni ta’minlashga qaratilgan. Shu tariqa ijtimoiy madaniy hayotga funksional yondashuv, shaxsni ijtimoiy hayotni o‘zlashtirishi, unga moslashuvi va qo‘llashining muhim fermalarini o‘rganishni anglatadi. Shu sababdan Radkliff- Braunning fikricha antropologiyaning asosiy vazifasi, inson jamiyati va madaniyatidagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash emas, ularda doimo takrorlanib turadigan strukturaviy o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish deb hisoblagan. Radkliff – Braun yaratgan g‘oyalar ingliz ijtimoiy antropologiyasida tezda ommalashib, o‘z taraqqiyotini qator olimlar guruhi tadqiqotlarida topdi. Ular orasida Eduard Evans-Pritchard (1902-1972) ayniqsa mashhur edi. Afrika madaniyatlarining taniqli tadqiqotchisi bo‘lgan Evans-Pritchard, ularni o‘zganishda strukturavistik uslubni qo‘llagan. Unga binoan aniq daoiltlarni tavsifi ma’lum sotsiologik nazariyaga bo‘ysundirilgan. Ushbu uslub ko‘magida jamiyatning strukturaviy tuzilishi, unda mavjud insonlararo munosabatlarning anglash, oqibatda bu uslubning maqsadi jamiyat tizimini yanada aniqroq tushinishga imkon bergan. Strukturalistik uslubning ushbu maqsadini ilgari surgan Evans-Pritchardning tushunishicha (anglashicha) tizim elementlari bir-biriga ta’sir etadi, strukturaviy yondashuv esa elementlar oasidagi aloqalarni o‘rganadi. Uning fikricha ijtimoiy va madaniy tizimlar yaxlitlikni tashkil etadi, sababi ular inson tomonidan yaratiladi. Bu tizimlar insonni ehtiyojlari, uni o‘rab turgan muhit bilan munosabatlarini tartibga solib turadi. Ushbu uslubni qo‘llanishi tadqiq etilayotgan bir necha bir xil

ob’ektni qiyoslashni taqazo etadi, zero bu ularning struktura turlari muhim xususiyatlari va ularning o‘zgarishini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun dastlab “madaniy formadan ijtimoiy faktni chiqarib olish lozim bo‘ladi. Ushbu faktlarning har biri birlamchi va ikkilamchi sifatlarga egadir. Birlamchi sifat-struktura (tizim) – bu mavjud narsa hamda sababning muhim vazifasidir. Ikkinchi sifat-madaniyat- bir tomondan atrof-muhitning inson sezgi organlariga ta’siri bo‘lsa, boshqa jihatdan-ushbu jamiyatda ramziy belgilar tanlovi orqali vujudga keladi. Ushbu sifatlar o‘zaro munosabatida birinchisi ikkinchisining, ya’ni madaniyatning asosini tashkil etadi. Madaniyat ham o‘z strukturasiga egadir va bu barcha madaniy hodisalarning aloqalarini tushinish hamda izohlashga imkon beradi. O‘zining strukturalistik g‘oyalarini rivojlantira borgan Evans-Pritchardning xulosasicha, odamlar orasidagi xar qanday munosabatlar o‘ziga xos strukturani tashkil etib, ular birgalikda ijtimoiy tizim (ko‘rinishidagi) ierarxilni tashkil qiladi. Uning fikricha zamonaviy ijtimoiy antropologiya (antropologiya) faqat “qabila”, “klan”, “oila” va h. ko tushunchalari bilan ish ko‘rish noo‘rin. Bu tushunchalar ijtimoiy tizimning faoliyatida asosiy vosita emas. Tarixiy antropologiya uchun asosiysi – ijtimoiy vaziyat, munosabat turlari va ular orasidagi munosabatlar bilan bog‘liq tushunchalardir. Olimning fikricha faqat shu yo‘l bilan ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonunlarini shakillantirish mumkin. Fransiyada strukturalizm g‘oyalari taraqqiyoti o‘zgacha yo‘l bilan bordi. Tarixiy antropologiya fanida fransuz strukturalizimi mashxur olim Klod Levi – Stros (1908 y. tug‘.) ishlari bilan tanilgan. Uning ilmiy qarashlari Dyurkgeymning jamiyat haqidagi va Ferdinand de Sosyurning strukturaviy lingvistika nazariyalari ta’sirida shakillangan. Levi – Stros dastlab primitiv xalqlarda qardoshlik tizimini taxlil qilish, hamda Braziliya hindudari madaniyati va turmushi haqidagi ilmiy tadqiqodlari bilan tanildi. Keyinchalik uning qiziqishlari asosiy mavzusi o‘z taraqqiyotida orqada qolgan etnik guruhlar afsonalarini qiyosiy o‘rganish, shuningdek totemizm va boshqa diniy tasavvurlarni tadqiq qilish bo‘lib qoladi. Uning asosiy asarlari: “Strukturaviy antropologiya” (1958 va 1973), “Totemizm

bugun” (1962), “Qayg‘uli tropiklar” (1975) va boshqalar ushbu muammolarni yoritishga bag‘ishlangan. Levi – Stros nazariyasining asosini strukturaviy lingvistika metodini qo‘llash orqali, madaniyatning u yoki bu turi strukturasini aks ettiruvchi ramzlar tizimini yaratish mumkinligiga tshonch tashkil etadi.strukturalizm kansepsiyasi qandaydir doimiy, tarixga bog‘liq bo‘lmagan, doimo mavjud bo‘lgan inson ongining mahsuli strukturasi xisoblanadi. Ushbu g‘oya asosida Levi – Stros biz yashayotgan dunyoning rang barangligi ularning qandaydir boshlang‘ich yaxlit modelining takomillashgan turlari ekanligini shuning uchun ularning barchasini tizimlashtirish va klassifikatsiya mumkinligini ko‘rsatishga intiladi. Ular orasida aloqalarni ularning bir-birlariga va ilk modelga nisbatan muvofiqligini aniqlash mumkin. Buning uchun avvalo aloxidda xususiy dalillarning imkoni boricha to‘liq ro‘yxatini tuzish, so‘ng ular orasidagi aloqolarni aniqlash, hamda yaxlit birlikka mujassamlash lozim. Levi-Strosning barcha asarlaridan markaziy, insoniyat ongining barcha tarixiy bosqichlarda yaxlitligi g‘oyasi yotadi. Uning uchun, inson faoliyati va inson ongining barcha turlari qat’iy mantiqqa bo‘ysundirilgan. Bu borada inson ongida hissiy emotsional emas oqillik, oqilona faoliyat aksari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu sababdan Levi – Stros turmush va madaniyatning har bir qirrasiga alohida yakunlangan tizim siftida qarab, ularning har biridan mantiqiy qonuniyatlarini topishga intilgan. Aksari holatda qarama – qarshiliklar, ziddiyatlarni binar oppozitsiyalarda yoki juft qarama – qarshiliklarning asosiylaridan biri “tabiat – madaniyat” da topgan. U rivojlantirgan strukturaviy taxlilning asosiy maqsadi barcha ijtimoiy va madaniy xodisalar asosida yotgan mantiqiy qonuniyatlarni topish bo‘lgan. Ayni paytda u F. de Sossyurning aloxida fenomenlar ahaiyat kasb etmaydi, faqat ularning majmuasi (so‘z) axamiyatga molikligi xaqidagi tezisiga tayangan. Shveysariyalik lingvist Ferdinand de Sossyur (1857-1913) va uning davomchilari qiyosiy tilshunoslikda inqilobi o‘zgarishlar qildi. Ular tillar diaxron

yondashuvdan vos kechib o‘z tuzilishida ma’lum strukturali o‘xshashligi bo‘lgan sinxrom belgili tizimni qo‘llaydilar. Bunday yondashuv eng avvalo til va so‘z orasida farq mavjudligiga asoslangan. De Sossyurning yozishicha belgilarning muvofiqlashtirilgan tizimi bo‘lib, ularning har biri ikki komponet: signifakant “belgilaydigan va signifikat” yoki “belgilanadigan” so‘zlardan iborat bo‘lgan. Lingvistikada ovozning minimal birligi fonemadir. Bir fenomani ikkinchisi bilan almashtirilishi hamma vaqt ham so‘zning ma’nosini o‘zgarishiga olib kelmaydi. Ammo har bir tilda fenomlar bo‘lib, ular oppozitsion juftliklarni tuzishadi. Shuning uchun bir ovoz davomidagi o‘zgarish, so‘z ma’nosining o‘zgarishiga (masalan “qo‘y”, “to‘y”) olib keladi. Ushbu metodologik yondashuvni Levi – Stros tarixiy antropologiyada qo‘llab, madaniyatning o‘rganilayotgan hodisasi mazmun – ma’nosini empirik aniqlangan dalillardan emas, ularning o‘zaro munosabatlaridan axtaradi. Jumladan u qarindoshlik va nikoh munosabalari o‘ziga xos til ya’ni individlar va guruh orasidagi xarakatsizlik kamunikatsiya tipi sifatida qaraydi. Ammo bu metodni antropologiyada qo‘llash, faqat ijtimoiy va madaniy yutuqlar asosida o‘xshash strukturaviy tamoyillar (prinsiplar) mavjudligini tasdiqlashga xizmat qildi xolos. Bu borada Levi – Stros ta’birida “struktura abstrakt xususiyatiga ega bo‘lib, ma’mum darajadr empirik borliqqa emas, borliqning modellariga mos keladi”. Levi – Stros uchun ijtimoiy munosabatlar, modellar tuzish uchun qurilish ashyosi hisoblanib, ularning yordamida keyinchalik ijtimoiy strukturalar anglanadi. Bu asosda strukturaviy analizning mohiyati etnografik materiallarni ma’lum komponentlarga bo‘lib minimal invariant birliklarni olish, ular yordamida ijtimoiy va madaniy hayotning barcha tomonlarini aks ettiruvchi modellarini konstruksiya qilishdir. Strukturaviy taxlil metodini qarindoshlik tizimini o‘rganishda qo‘llagan Levi – Stros keyinchalik uni totemizmni tadqiq qilishda anglash jarayonlarini izohlashda foydalandi. O‘zining to‘rt tomli “Mifologiya” (1964-1971) asarida Levi – Stros, strukturaviy taxlildan, uning strukturalarning qat’iy asosi hisoblangan jamoaviy ongning fundamental mazmuni bo‘lgan, rivoyatlarni qiyosiy tadqiq