logo

Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o’zbek tanqidchiligi muammolari. Vulgar sotsiologizm

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.4033203125 KB
Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o’zbek tanqidchiligi muammolari.
Vulgar sotsiologizm
Reja:
1. 40-50 yillar adabiy tanqidchilik taraqqiyoti jarayoniga umumiy nazar
2. Davr adabiy muhiti va adabiy tanqidchilik
3. “Konfliktsizlik nazariyasi” va uning oqibatlari
4. “Vulgar sotsiologizm”   atrofidagi bahslar                    Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
            Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot
yana   ham   rivojlandi.   Fanlar   Akademiyasining   tarix,   jahon   adabiyoti,
sharqshunoslik   institutlari   va   boshqa   bir   qator   ilmiy-madaniy   markazlarning
evakuasiya   qilinishi   bu   jonlanishga   sabab   bo’ldi.   Evakuasiya   etilgan   rus   olimlari
bu   yillarda   respublikamizdagi   fan   rivojiga,   ayniqsa,   filologiya   va   sharqshunoslik
fanlari   rivojiga   ma’lum   darajada   hissa   qo’shdilar.   O’rta   Osiyo   Davlat
universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi .
O’zbek   tanqidchiligi   urush   yillarida   o’zining   hozirjavoblik   va   jangovarligi
bilan   ajralib   turdi.   Badiiy   asarlar   peshma-pesh,   tezkorlik   bilan   tahlil   etildi,
tanqidchilikda   publisistik   ruh   yetakchi   bosqichga   ko’tarildi.   O’zbek   tanqidchiligi
ham davr va hayot sinovlaridan o’tib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi.
Xalqimizning   vatanparvarlik,   qahramonlik   tuyg’ularini   toblashda   adabiy   tanqid
o’zining munosib ulushini qo’shdi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot
yana   ham   rivojlandi.   Fanlar   Akademiyasining   tarix,   jahon   adabiyoti,
sharqshunoslik   institutlari   va   boshqa   bir   qator   ilmiy-madaniy   markazlarning
evakuasiya   qilinishi   bu   jonlanishga   sabab   bo’ldi.   Evakuasiya   etilgan   rus   olimlari
bu   yillarda   respublikamizdagi   fan   rivojiga,   ayniqsa,   filologiya   va   sharqshunoslik
fanlari   rivojiga   ma’lum   darajada   hissa   qo’shdilar.   O’rta   Osiyo   Davlat
universitetining   filologiya   va   sharq   fakultetlari   shu   davrda   ochildi.   S.Jo’ra,
K.Imomov,   P.Tursun,   M.Boboyev,   N.Safarov,   Z.Fatxullin,   I.Rahim,   A.Rahmat,
M.Muhamedov, M.Ismoiliy, Shuhrat, A.Udalov, V.Kostirya, I.Muslim, Nazarmat,
Akbariy va boshqa o’nlab adiblar harakatdagi armiya safida bo’ldilar. Oybekning
“Quyosh qoraymas” romanidan parchalar e’lon qilindi. G’.G’ulomning “Sen yetim
emassan”,   “Men   yahudiy”,   “Sog’inish”,   H.Olimjonning   “Rossiya”,   “Qo’linga
qurol   ol”,   “Roksananing   ko’z   yoshlari”,   Abdulla   Qahhorning   “Xotinlar”,   “Asror
bobo”,   Oybekning   “Navoiy”   asarlari,   Yashinning   “O’lim   bosqinchilarga”,
Shayxzodaning   “Jaloliddin   Manguberdi”,   H.Olimjonning   “Muqanna”,   Oybekning
“Mahmud   Tarobiy”,   I.Sultonovning   “Burgutning   parvozi”   singari   dramalari   bu davrda sahnaga qo’yilib, faqat urush davri o’zbek adabiyoti emas, umuman, o’zbek
adabiyoti   tarixidan   mustahkam   o’rin   egalladi.   Oydinning   “Qizlarjon”,   “Shirin
keldi”   hikoyalari   to’plami,   Oybekning   “Xalq-qahramon”,   S.Ahmadning   “Farhod
tog’ining etaklarida”, Oydinning “Mening qahramonim”, P.Tursunning “Oq oltin”
ocherklarida   davrning   konkret   qahramonlari   qiyofasi   aks   ettirildi.   Urush   davri
taqozasi  bilan matbuotda adabiy tanqid uchun avvalgidan ancha kam joy ajratilsa
ham,   bu   kamchilik   og’zaki   muhokamalar   va   munozaralar   bilan   bir   darajada
to’ldirildi.   Bu   davrda   professional   tanqidchilar   bilan   bir   qatorda   adabiy   tanqid
bilan san’atkorlarning o’zlari ham shug’ullandilar.   Uyg’un H.Olimjon ijodi haqida
“Shodlik   va   baxt   kuychisi”   nomli   maqola   yozdi.   O’zbek   tanqidchiligi   urush
yillarida   badiiy   adabiyotda   o’zining   chuqur   ifodasini   topgan   xalqlar   do’stligi
masalasiga   alohida   e’tibor   bilan   qaradi.   30-yillarda   badiiy   asarlar   tahlil   qilinar
ekan,  baxt  tushunchasi  Vatan   farovonligi,  ozod  va  baxtiyor   mehnat   talqin  etilgan
bo’lsa,   urush  davriga  kelib  bular   yoniga   Vatan  ozodligi,  fashizmni  tor-mor   qilish
masalalari   ham   kelib   qo’shildi.     1943   yilning   dekabrida   Moskvada   o’zbek
adabiyoti   va   san’ati   kunlari   bo’lib   o’tdi.   Dekada   o’zbek   tanqidchiligida   ham
munosib   iz   qoldirdi.   H.Olimjon,   Oybek,   I.Sultonovlarning   “O’zbek   xalqining
adabiyoti”,   “O’zbek   adabiyoti”,   “Katta   imtihon”   singari   maqolalarida   bir
tomondan, o’zbek adabiyotining 25 yil ichida bosib o’tgan yo’liga qisqacha yakun
yasaldi,   ikkinchi   tomondan,   o’zbek   adabiyotining   urush   davridagi   ahvoli   tahlil
qilib berildi. I.Sulton “Katta imtihon” maqolasida “...poeziyamiz bu davrda jiddiy
yutuqlarga erishdi; o’z taraqqiyotida birdaniga bir necha pog’ona yuqori ko’tarildi”
deb   yozgan   edi.   (I.Sulton.   Pyesalar,   maqolalar.   T.,   1959.   168-bet).   H.Olimjon
“O’zbek xalqining adabiyoti” maqolasida shu adabiyotning asosiy xususiyatlaridan
tashqari, uning avvalgi bosqichlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos belgilarini ham
ko’rsatib berdi. Bu davr  o’zbek adabiyoti  rivoji avvalgi bosqichdan farqli o’laroq
“Epik   qahramonlar   obrazini   yaratish”da   namoyon   bo’lmoqda,   der   ekan   u
“Burgutning   parvozi”,   “O’lim   bosqinchilarga”,   “Mahmud   Torobiy”,   “Jaloliddin”,
“O’zbekiston qilichi” kabi asarlar asosida haqli xulosa chiqargan edi. Uyg’unning
“Qilich   va   qalam   bilan”   nomli   maqolasida   urush   davri   tanqidchiligi   uchun   eng xarakterli   xususiyat   -   kuchli   publisistik   ruh     ajralib   turadi.   M.Shayxzodaning
“O’zbekiston qilichi” dramasi haqida” (Qizil O’zbekiston, 1942. 7 may) maqolasi
“O’zbekiston   qilichi”   dramasiga   yozilgan   taqriz   edi.   N.Pogodin,   S.Abdulla,
Uyg’un,   H.Olimjonning   “O’zbekiston”   qilichi”   1942   yilda   e’lon   qilindi.
“O’zbekiston qilichi”da Yunus  ota o’g’li  Arslonga o’zi  yasagan  qilichini tutqazib
jangga   kuzatadi.   Jangda   qo’rqoqlik   qilgan   Toshmatni   Arslon   otishga   buyuradi.
Farzandi nobakorligidan aziyat chekkan Odil ota o’g’li o’rnini bosish uchun jangga
otlanadi...   Oybekning   “Navoiy”   romaniga   tanqidchilik   katta   baho   berdi.
Ye.E.Bertels,   M.Shayxzoda,   I.Sultonlar   1945   yil   fevralida   O’zbekiston
Yozuvchilar   soyuzida   muhokamada   “Navoiy”   romaniga   munosabat   bildirdilar.
“Bu   asar,-degan   edi   I.Sulton,-o’zbek   xalqi   tarixida   o’lmaydigan   roman   bo’lishi
bilan   bir   qatorda   yirik   siyosiy   hujjat   hamdir”.   (“Qizil   O’zbekiston”   1945.   11
fevral). M.Shayxzoda “Tirik Alisher” degan maqola yozgan edi. Hodi Zarifovning
“O’zbek   folklorida   qahramonlik   va   vatanparvarlik”   maqolasida   folklor
namunalarini chuqur tadqiqot etdi.
Xulosa   qilib   aytganda   o’zbek   tanqidchiligi   urush   yillarida   o’zining
hozirjavoblik   va   jangovarligi   bilan   ajralib   turdi.   Badiiy   asarlar   peshma-pesh,
tezkorlik   bilan   tahlil   etildi,   tanqidchilikda   publisistik   ruh   yetakchi   bosqichga
ko’tarildi.   O’zbek   tanqidchiligi   ham   davr   va   hayot   sinovlaridan   o’tib   xalq   hayoti
ichiga   yanada   chuqur   kirib   bordi.   Xalqimizning   vatanparvarlik,   qahramonlik
tuyg’ularini   toblashda   adabiy   tanqid   o’zining   munosib   ulushini   qo’shdi.   50-yillar
adabiy   tanqidchiligida   yozuvchilar   e’tiborini   zamonaviylik   masalalariga   jalb
etuvchi jiddiy fikrlar ham aytila boshlandi. Masalan, 40-yillarning oxirida yozilgan
(“Sh.Yu.”, 1946, 7-8)  bir tanqidiy maqolada respublikamiz  hayotining bunyodkor
ko’rinishlari o’zining har taraflama  chuqur va haqqoniy ifodasini topayotgani yo’q
ekanligi   ta’kidlandi   “bizning   qariyb   hamma   shoirlarimiz   o’z     she’rlarida
O’zbekistonni   jannatga,   bog’i   Eramga   o’xshatadilar,   O’zbekiston   boy,   farovon,
obod,   deb     qayta-qayta   takrorlanadi”.   Holbuki,   davrni,   zamonni,   haqiqiy
O’zbekistonning   qiyofasini,   uning   buyuk     qurilishlaridagi   kurashlarni   tasvirlash
kerak,   bu   birinchidan   asarning   g’oyaviyligi   uchun   kurash   degan   gap   edi,   bu fikrlarda   adabiyotimizda   uch   berib   kelayotgan   konfliktsizlikni   tanqid   qilish
yotadi...   50-yillar   o’zbek   adabiy   tanqidchiligi   shoirlarimizni   umumiylikdan
qochishga   da’vat   etdi   va   asar   g’oyasining   aniq   va   konkretligi,   obraz   va
xarakterlarning   haqqoniyligi   uchun   kurashdi.   50-yillar   o’zbek   tanqidchiligining
ilg’or   vakillari   ijodida   yana   bir   muhim   xususiyat   ko’zga   tashlandi.   Endi   badiiy
tanqidchilarimiz   badiiy   asarning   g’oyasi   asar   tuzilishidagi   boshqa   barcha
komponentlar   bilan   aloqadorlikda   o’rgana   boshladi.   Bu   masalan,   S.Azimovning
H.Olimjon   ijodiga   bag’ishlangan   turkum   maqolalarida   ko’rina   boshladi.
S.Azimovning   “Sh.Yu.”   jurnalining   1954   yil   9-sonida   e’lon   qilingan   H.Olimjon
haqidagi   maqolasida   bu   ulkan   shoir   mahoratini,   uning   g’oyaviy-badiiy
konsepsiyasini   atroflicha   yoritishda   o’zbek     adabiyotshunosligining   jiddiy
yutuqlaridan   biri   bo’ldi.   Ayniqsa,   Zaynab   obrazining   prototipli   ekanligi,   lekin   bu
obraz badiiy tip darajasiga ko’tarilganligi eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash
zo’r mahorat bilan qo’yilganligini ta’kidlagan edi. “Asarning g’oyaviy mazmuniga
mos   badiiy   forma,   asar   qahramonlarining   ruhiga   mos   badiiy   vositalar   topa
olganligini tanqidchi yaxshi bayon etib beradi. 40-yillarning oxiri 50-yillar badiiy
tanqidchiligi   tarixida   munaqqid   Abdulla   Olimjonning   ijodi   alohida   ajralib   turadi.
Uning     “Og’riq   tishlar”   va   “Yangi   yer”   sahna   asarlariga   yozgan   taqrizlari,
R.Bobojonning   “Qadrdon   do’stlar”   S.Zunnunovaning   “Qizingiz   yozdi”,
Mirmuhsinning “Yashil qishloq”, Shukrulloning “Chollar”, O.Yoqubovning “Chin
muhabbat” nomli asarlari va to’plamlariga bag’ishlangan maqolalari alohida ajralib
turadi.   50-yillar   adabiy   tanqidchiligida   muammoli   xarakterdagi   maqolalar   yozish
ham   o’sha   davr   adabiy   tanqidchiligining   muhim   o’ziga   xos   xususiyatlaridan
biridir.   Masalan,   Abdulla   Olimjon   “Oybek   romanlarida   ijobiy   qahramon   obrazi»
mavzuida   muammoli   maqola   yozdi.   A.Olimjonning   mazkur   maqolalarida
partiyaning 1946-1948 yillarda e’lon qilingan adabiyotning g’oyaviyligini yanada
yuqoriga ko’tarish tadbirlari o’z ifodasini topdi.  50-yillar boshlarida ayrim shoirlar
ijodidagi   ko’zga   tashlanuvchi   ma’yuslik   motivlari   ba’zan   g’oyasizlik   va
tushkunlikda ayblandi. Bu kamchilik 50-yillarning o’rtalariga kelib bartaraf etildi.
O’zbekiston  Yozuvchilari  III   syezdi  (1954)   bo’lib o’tdi. Vera Inber Zulfiyaning “Bahor   keldi   seni   so’roqlab”   she’ri   haqida:   “She’rda   shoiraning   o’z   sevgisidan
judo bo’lganligi kuylanadi. Unga qiyin. U bahorni yolg’iz o’zi qarshilaydi. Lekin
bu   she’rda   juda   katta   hayotiy   kuch   bor.   She’rni   o’qigan   kishi   o’zini   kuchsiz   va
alamli   his   etmaydi,   aksincha,   bardam   his   etadi   (“Sh.Yu.”,   1954,   9,   56-bet).
“Chindan   ham   yaxshi   lirik   she’rda   qayg’uni   sosializm   uchun   ishlatish   mumkin”.
Qanday   qilib,   axir,   qayg’u-hasratni   kuylash   bizning   adabiyot   uchun   yot   emasmi?
Yo’q,   yot   emas.   Hamma   gap   qayg’uning   qanday   maqsadlar   nuqtai   nazaridan
kuylanishida,   uning   nafasini   qanday   g’oyaviy   niyat   tashkil   etishidadir.   G’oya,
mazmun va pafosning o’zaro munosabati  masalasi  50-yillarning oxirida o’rganila
boshlanib,   60-70-yillarda   chuqur   ishlandi.   Bu   sohada   I.Sulton,   O’.Yoqubov,   M.
Qo’shjonov   va     I.G’afurovlar   katta   ish   qildilar   (M.   1977   yilda   H.Yoqubovning
“Pafos   jilolari”   maqolasi   e’lon   qilindi.   I.Sulton,   O’.Yoqubov,   H.Abdusamatov,
S.Azimovlarning   tadqiqotlarida   ijodkorlarning   g’oyaviy-badiiy   evolyusiyasini
kuzatishga   jiddiy   e’tibor   berildi.   50-yillarning   o’rtalarida   o’zbek   tanqidchiligiga
M.Qo’shjonov,   L.Qayumov,   O.Sharafiddinov,   S.Mamajonov,   T.Sobirov,
X.Abdusamatov,  B.Imomov kabi  yangi  guruh adabiy tanqidchilar  kelib qo’shildi.
Ular   urushdan   keyingi   davrda   tanilgan   S.Azimov,   S.Qosimov,   M.Yunusov,
O’.Ubaydullayev   va   boshqa   tanqidchilar   bilan   hamkorlikda   qator   nazariy   va
amaliy   muammolarni   ishlab   chiqdilar.   50-yillarda   dramaturgiya   sohasidagi
qoloqlik   va   kamchiliklarni   tugatish   borasida   katta   ishlar   qilindi.   T.Sobirov,
H.Abdusamatovlar   dramaturgiya   sohasida   katta-katta   maqolalar   yozdilar.
Masalan,T.Sobirov   o’zining   “Konfliktsiz   dramaturgiya   nazariyasi”ga   qarshi”
(1953)     nomli   maqolasida   adabiyotimizning   muayyan   bosqichida   salbiy   iz
qoldirgan   bu   “nazariya”ni   keskin   fosh   etib   chiqdi,   shu   masala   nuqtai   nazaridan
kamchilikka   yo’l   qo’ygan   asarlarni   dadil   tanqid   qildi.   Dramaturgiyani   keskin
hayotiy   konfliktlar   asosiga   qurilgan   asarlar   yaratishga   chaqirdi.   Hayot   haqiqatini
tasvirlashga jiddiy to’qnashuvlar zamirida ochila boruvchi qahramonlar xarakterini
ko’rsatish   bilangina   erishish   mumkinligini   ta’kidladi.   U.S.Abdullaning
“Muqimiy”,   Is’hoq   O’ktamovning   “Kechirilmas   gunohlar”,   Tuyg’unning
“Hikmat”   dramalari   haqida   ham   maqolalar   yozdi.   H.Abdusamatov   proza taraqqiyotini,   o’zbek   lramaturgiyasini   o’rganish,   o’zbek   satirasining   taraqqiyot
yo’llarini   o’rganish   borasida   ko’plab   maqolalar   yozdi.   Masalan,   uning   Abdulla
Qahhor ijodi haqidagi   “Dramaturgiyada hayotni haqqoniy aks ettirish masalasiga
doir”     (1956)   nomli   umumlashma   xarakterdagi   maqolalari   ibratli   bo’ldi.   Uning
“Uyg’un-dramaturg”   (1956)   asari   ham   qoniqish   bilan   o’qiladi.   50-yillarning
avvalidan   o’zbek   tanqidchiligida   faol   ishtirok   eta   boshlagan   yangi   avlod
vakillaridan biri Berdiali Imomov edi. U bolalar adabiyotiga alohida e’tibor bergan
munaqqidlardan bo’ldi. Agar 1950-1956 yillar oralig’idagi adabiy jarayonga nazar
tashlasak,   uning   Z.Diyor,   Q.Muhammadiy,   Mirmuhsin,   Yo.Shukurov,   A.Rahmat,
J.Abdullaxonovning   bolalarga   bag’ishlangan   asarlari   haqida   ko’plab   maqolalar
e’lon   qildirdi.   V.Zohidov   Sharq   klassik   adabiyoti   haqida,   rus   va   jahon   adabiyoti
haqida, A.Navoiy ijodi haqida ko’plab asarlar yaratdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Валихўжаев   Б .   Ўзбек   адабиётшунослиги   тарихи   ( X - X 1 X   асрлар ).   T.:
Ўзбекистон , 1993.
2. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
3. Расулов А .  Танқид, тадқин, баҳолаш . T.:  Фан,  2006
4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т.  TURON - IQBOL .  2011
5. Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур.Т.  Akademnashr .  2014.

Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o’zbek tanqidchiligi muammolari. Vulgar sotsiologizm Reja: 1. 40-50 yillar adabiy tanqidchilik taraqqiyoti jarayoniga umumiy nazar 2. Davr adabiy muhiti va adabiy tanqidchilik 3. “Konfliktsizlik nazariyasi” va uning oqibatlari 4. “Vulgar sotsiologizm” atrofidagi bahslar

Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yana ham rivojlandi. Fanlar Akademiyasining tarix, jahon adabiyoti, sharqshunoslik institutlari va boshqa bir qator ilmiy-madaniy markazlarning evakuasiya qilinishi bu jonlanishga sabab bo’ldi. Evakuasiya etilgan rus olimlari bu yillarda respublikamizdagi fan rivojiga, ayniqsa, filologiya va sharqshunoslik fanlari rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdilar. O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi . O’zbek tanqidchiligi urush yillarida o’zining hozirjavoblik va jangovarligi bilan ajralib turdi. Badiiy asarlar peshma-pesh, tezkorlik bilan tahlil etildi, tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga ko’tarildi. O’zbek tanqidchiligi ham davr va hayot sinovlaridan o’tib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi. Xalqimizning vatanparvarlik, qahramonlik tuyg’ularini toblashda adabiy tanqid o’zining munosib ulushini qo’shdi. Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yana ham rivojlandi. Fanlar Akademiyasining tarix, jahon adabiyoti, sharqshunoslik institutlari va boshqa bir qator ilmiy-madaniy markazlarning evakuasiya qilinishi bu jonlanishga sabab bo’ldi. Evakuasiya etilgan rus olimlari bu yillarda respublikamizdagi fan rivojiga, ayniqsa, filologiya va sharqshunoslik fanlari rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdilar. O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi. S.Jo’ra, K.Imomov, P.Tursun, M.Boboyev, N.Safarov, Z.Fatxullin, I.Rahim, A.Rahmat, M.Muhamedov, M.Ismoiliy, Shuhrat, A.Udalov, V.Kostirya, I.Muslim, Nazarmat, Akbariy va boshqa o’nlab adiblar harakatdagi armiya safida bo’ldilar. Oybekning “Quyosh qoraymas” romanidan parchalar e’lon qilindi. G’.G’ulomning “Sen yetim emassan”, “Men yahudiy”, “Sog’inish”, H.Olimjonning “Rossiya”, “Qo’linga qurol ol”, “Roksananing ko’z yoshlari”, Abdulla Qahhorning “Xotinlar”, “Asror bobo”, Oybekning “Navoiy” asarlari, Yashinning “O’lim bosqinchilarga”, Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi”, H.Olimjonning “Muqanna”, Oybekning “Mahmud Tarobiy”, I.Sultonovning “Burgutning parvozi” singari dramalari bu

davrda sahnaga qo’yilib, faqat urush davri o’zbek adabiyoti emas, umuman, o’zbek adabiyoti tarixidan mustahkam o’rin egalladi. Oydinning “Qizlarjon”, “Shirin keldi” hikoyalari to’plami, Oybekning “Xalq-qahramon”, S.Ahmadning “Farhod tog’ining etaklarida”, Oydinning “Mening qahramonim”, P.Tursunning “Oq oltin” ocherklarida davrning konkret qahramonlari qiyofasi aks ettirildi. Urush davri taqozasi bilan matbuotda adabiy tanqid uchun avvalgidan ancha kam joy ajratilsa ham, bu kamchilik og’zaki muhokamalar va munozaralar bilan bir darajada to’ldirildi. Bu davrda professional tanqidchilar bilan bir qatorda adabiy tanqid bilan san’atkorlarning o’zlari ham shug’ullandilar. Uyg’un H.Olimjon ijodi haqida “Shodlik va baxt kuychisi” nomli maqola yozdi. O’zbek tanqidchiligi urush yillarida badiiy adabiyotda o’zining chuqur ifodasini topgan xalqlar do’stligi masalasiga alohida e’tibor bilan qaradi. 30-yillarda badiiy asarlar tahlil qilinar ekan, baxt tushunchasi Vatan farovonligi, ozod va baxtiyor mehnat talqin etilgan bo’lsa, urush davriga kelib bular yoniga Vatan ozodligi, fashizmni tor-mor qilish masalalari ham kelib qo’shildi. 1943 yilning dekabrida Moskvada o’zbek adabiyoti va san’ati kunlari bo’lib o’tdi. Dekada o’zbek tanqidchiligida ham munosib iz qoldirdi. H.Olimjon, Oybek, I.Sultonovlarning “O’zbek xalqining adabiyoti”, “O’zbek adabiyoti”, “Katta imtihon” singari maqolalarida bir tomondan, o’zbek adabiyotining 25 yil ichida bosib o’tgan yo’liga qisqacha yakun yasaldi, ikkinchi tomondan, o’zbek adabiyotining urush davridagi ahvoli tahlil qilib berildi. I.Sulton “Katta imtihon” maqolasida “...poeziyamiz bu davrda jiddiy yutuqlarga erishdi; o’z taraqqiyotida birdaniga bir necha pog’ona yuqori ko’tarildi” deb yozgan edi. (I.Sulton. Pyesalar, maqolalar. T., 1959. 168-bet). H.Olimjon “O’zbek xalqining adabiyoti” maqolasida shu adabiyotning asosiy xususiyatlaridan tashqari, uning avvalgi bosqichlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos belgilarini ham ko’rsatib berdi. Bu davr o’zbek adabiyoti rivoji avvalgi bosqichdan farqli o’laroq “Epik qahramonlar obrazini yaratish”da namoyon bo’lmoqda, der ekan u “Burgutning parvozi”, “O’lim bosqinchilarga”, “Mahmud Torobiy”, “Jaloliddin”, “O’zbekiston qilichi” kabi asarlar asosida haqli xulosa chiqargan edi. Uyg’unning “Qilich va qalam bilan” nomli maqolasida urush davri tanqidchiligi uchun eng

xarakterli xususiyat - kuchli publisistik ruh ajralib turadi. M.Shayxzodaning “O’zbekiston qilichi” dramasi haqida” (Qizil O’zbekiston, 1942. 7 may) maqolasi “O’zbekiston qilichi” dramasiga yozilgan taqriz edi. N.Pogodin, S.Abdulla, Uyg’un, H.Olimjonning “O’zbekiston” qilichi” 1942 yilda e’lon qilindi. “O’zbekiston qilichi”da Yunus ota o’g’li Arslonga o’zi yasagan qilichini tutqazib jangga kuzatadi. Jangda qo’rqoqlik qilgan Toshmatni Arslon otishga buyuradi. Farzandi nobakorligidan aziyat chekkan Odil ota o’g’li o’rnini bosish uchun jangga otlanadi... Oybekning “Navoiy” romaniga tanqidchilik katta baho berdi. Ye.E.Bertels, M.Shayxzoda, I.Sultonlar 1945 yil fevralida O’zbekiston Yozuvchilar soyuzida muhokamada “Navoiy” romaniga munosabat bildirdilar. “Bu asar,-degan edi I.Sulton,-o’zbek xalqi tarixida o’lmaydigan roman bo’lishi bilan bir qatorda yirik siyosiy hujjat hamdir”. (“Qizil O’zbekiston” 1945. 11 fevral). M.Shayxzoda “Tirik Alisher” degan maqola yozgan edi. Hodi Zarifovning “O’zbek folklorida qahramonlik va vatanparvarlik” maqolasida folklor namunalarini chuqur tadqiqot etdi. Xulosa qilib aytganda o’zbek tanqidchiligi urush yillarida o’zining hozirjavoblik va jangovarligi bilan ajralib turdi. Badiiy asarlar peshma-pesh, tezkorlik bilan tahlil etildi, tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga ko’tarildi. O’zbek tanqidchiligi ham davr va hayot sinovlaridan o’tib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi. Xalqimizning vatanparvarlik, qahramonlik tuyg’ularini toblashda adabiy tanqid o’zining munosib ulushini qo’shdi. 50-yillar adabiy tanqidchiligida yozuvchilar e’tiborini zamonaviylik masalalariga jalb etuvchi jiddiy fikrlar ham aytila boshlandi. Masalan, 40-yillarning oxirida yozilgan (“Sh.Yu.”, 1946, 7-8) bir tanqidiy maqolada respublikamiz hayotining bunyodkor ko’rinishlari o’zining har taraflama chuqur va haqqoniy ifodasini topayotgani yo’q ekanligi ta’kidlandi “bizning qariyb hamma shoirlarimiz o’z she’rlarida O’zbekistonni jannatga, bog’i Eramga o’xshatadilar, O’zbekiston boy, farovon, obod, deb qayta-qayta takrorlanadi”. Holbuki, davrni, zamonni, haqiqiy O’zbekistonning qiyofasini, uning buyuk qurilishlaridagi kurashlarni tasvirlash kerak, bu birinchidan asarning g’oyaviyligi uchun kurash degan gap edi, bu

fikrlarda adabiyotimizda uch berib kelayotgan konfliktsizlikni tanqid qilish yotadi... 50-yillar o’zbek adabiy tanqidchiligi shoirlarimizni umumiylikdan qochishga da’vat etdi va asar g’oyasining aniq va konkretligi, obraz va xarakterlarning haqqoniyligi uchun kurashdi. 50-yillar o’zbek tanqidchiligining ilg’or vakillari ijodida yana bir muhim xususiyat ko’zga tashlandi. Endi badiiy tanqidchilarimiz badiiy asarning g’oyasi asar tuzilishidagi boshqa barcha komponentlar bilan aloqadorlikda o’rgana boshladi. Bu masalan, S.Azimovning H.Olimjon ijodiga bag’ishlangan turkum maqolalarida ko’rina boshladi. S.Azimovning “Sh.Yu.” jurnalining 1954 yil 9-sonida e’lon qilingan H.Olimjon haqidagi maqolasida bu ulkan shoir mahoratini, uning g’oyaviy-badiiy konsepsiyasini atroflicha yoritishda o’zbek adabiyotshunosligining jiddiy yutuqlaridan biri bo’ldi. Ayniqsa, Zaynab obrazining prototipli ekanligi, lekin bu obraz badiiy tip darajasiga ko’tarilganligi eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash zo’r mahorat bilan qo’yilganligini ta’kidlagan edi. “Asarning g’oyaviy mazmuniga mos badiiy forma, asar qahramonlarining ruhiga mos badiiy vositalar topa olganligini tanqidchi yaxshi bayon etib beradi. 40-yillarning oxiri 50-yillar badiiy tanqidchiligi tarixida munaqqid Abdulla Olimjonning ijodi alohida ajralib turadi. Uning “Og’riq tishlar” va “Yangi yer” sahna asarlariga yozgan taqrizlari, R.Bobojonning “Qadrdon do’stlar” S.Zunnunovaning “Qizingiz yozdi”, Mirmuhsinning “Yashil qishloq”, Shukrulloning “Chollar”, O.Yoqubovning “Chin muhabbat” nomli asarlari va to’plamlariga bag’ishlangan maqolalari alohida ajralib turadi. 50-yillar adabiy tanqidchiligida muammoli xarakterdagi maqolalar yozish ham o’sha davr adabiy tanqidchiligining muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Masalan, Abdulla Olimjon “Oybek romanlarida ijobiy qahramon obrazi» mavzuida muammoli maqola yozdi. A.Olimjonning mazkur maqolalarida partiyaning 1946-1948 yillarda e’lon qilingan adabiyotning g’oyaviyligini yanada yuqoriga ko’tarish tadbirlari o’z ifodasini topdi. 50-yillar boshlarida ayrim shoirlar ijodidagi ko’zga tashlanuvchi ma’yuslik motivlari ba’zan g’oyasizlik va tushkunlikda ayblandi. Bu kamchilik 50-yillarning o’rtalariga kelib bartaraf etildi. O’zbekiston Yozuvchilari III syezdi (1954) bo’lib o’tdi. Vera Inber Zulfiyaning