logo

Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

98.6875 KB
Ikkinchi jahon urushi yillar i da   xalqaro munosabatlar
Reja:
1. Urush   boshlanishi   oldidan   fashistlar   blokidagi   davlatlarning   harbiy   kuchlar
nisbati
2. Fashizmga qarshi blokdagi davlatlarning harbiy kuchlar nisbati
3. Urushning boshlanishi va tavsifi
4. 1939   yil   23-avgust   bitimi   va   Sovet-Germaniya   iqtisodiy
aloqalari. Urushning birinchi davridagi harbiy harakatlar
5. SSSRga  qarshi urushning boshlanishi va dastlabki talofatlar  sabablari
6. Ikkinchi jahosh urushining asosiy janglari va fashistlar Germaniyasining tor-
mor qilinishi
7. Ikkinchi   jaxon   urushining   so’ngi   davrida   urush   xarakatlari,   militaristik
Yaponiyaning tor-mor qilinishi.  Urushning tugashi va natijalari Darsning   maqsadi:   Ma’lumki,   II   jahon   urushi   insoniyat   tarixida   I-jahon
urushidan   so’ng   eng   mudhish   voqyelik   sifatida   deyarli   jahonning   barcha
qit’alarini   qamrab   oldi.   Bu   urush   6   yil   davom   etib,   millionlab   kishilar
yostig’ini quritdi. Keyingi yillarda II jahon urushi to’g’risida ko’plab tarixiy
adabiyotlar   bilan   birga   ilmiy,   ommaviy   maqolalar   nashr   etilmoqda.   Ushbu
manba va adabiyotlarga tayangan holda, II jahon urushining boshlanishining
asosiy   sabablari   va   bir-biriga   qarama-qarshi   bo’lgan   siyosiy   kuchlarning
shakllanishi,   bo’lingan   dunyoni   qayta   bo’lib   olish   uchun   ular   o’rtasidagi
ziddiyatlarning kuchayishi bilan birga o’z navbatida G’arb mamlakatlarining
germaniya   fashizmini   Sharqqa   yo’naltirishdan   ko’zlangan   maqsadlariga
to’xtalib o’tiladi.
Germaniya   fashizmining   mamlakatlarga   qarshi   qaratilgan   rejalarini
ishlab   chiqishi   («Vays»,   «Dengiz   nahangi»,   «Barbarossa»)   rejalari
masalalariga alohida e’tibor beriladi. 
Angliya   va   Fransiyaning   Germaniyaga   qarshi   urush   e’lon   qilishi   va
ikkinchi   jahon   urushining   boshlanishi,   Polshaning   mag’lubiyati   dasstlabki
mag’lubiyati,   AQSh   betarafligining   e’lon   qilinishi,   G’arbiy   Yevropada
«G’alati   urush»,   Sovet-fin   urushining   boshlanishi,   bu   urushga   Angliya   va
Fransiya     xukumatlarining   munosabatlari,   ikkinchi   jahon   urushida
Fransiyaning   mag’lubiyati,   Angliyaga   havo   xujumining   uyushtirilishi   va
Sharqiy   Yevropada   germaniya   fashizmining   urush   olib   borishi   masalalari
ko’rib chiqiladi. 
Maruza     jarayonida   Germaniya   fashizmining   Sobiq   Sovet   ittifoqiga
qarshi   ishlab   chiqilgan   «Barbarossa»   rejasiga   ko’ra   urush   harakatlarini
boshlashi,   sovet-german   frontidagi   jangovar   harakatlar,   1941   yil   7   dekabrda
Yaponiyaning   tinch   okeani   xavzasidagi   Pyorl-Xarborga   xujumi,   AQShning
ikkinch   jahon   urushiga   kirishi     va   Tinch   okeani   havzasidagi   urush
harakatlarining boshlanishi kabi masalaga alohida e’tibor qaratiladi. 1942 yil may-iyun oylaridagi Angliya-Sovet va AQSh-SSSR o’rtasidagi
shartnomalar   imzolanishi,   Antigitlerchilar   koalisiyasining   tashkil   etilishi,
Stalingrad   yonidagi   jang   va   II   jahon   urushi   davridagi   tub   burilish   va   uning
tarixiy   ahamiyati,   Italiyaning   taslim   bo’lishi   va   Gitlerchilar   koalisiyasining
inqirozi,   Tehron   konferensiyasi   va   uning   qarorlari,   1944   yildagi   sovet
qo’shinlarining   jangovar   harakatdagi   muvafaqiyati   Shimoliy   Fransiyaga
Angliya-Amerika   qo’shinlarining   tushirilishi   va   II   front   ochilishi,   G’arbiy
frontdagi urush harakatlarining borishi, Fransiya, Belgiya va Gollandiyaning
ozod   etilishi,   Sharqiy   va   janubiy   Sharqiy   Yevropa   mamlakatlarining   ozod
qilinishi,   Germaniyaning   taslim   bo’lishi   va   II   jahon   urushining   tugashi     va
uning oqibatlari masalalari ko’rib chiqiladi.
1.   Urush   boshlanishi   oldidan   fashistlar   blokidagi     davlatlarning   harbiy
kuchlar nisbati
Ikkinchi   jahon   urushi   yaqinlashgan   sari   Gitler   Germaniyasining
urushga   zo’r   berib   tayerlanganligini   ko’ramiz.   1939   yilning   30   avgustida
Gitler   imperiyani   himoya   qilish   bo’yicha   ministrlar   kengashini   tuzish
to’g’risida dekret chiqardi. Yangi harbiy kabinetning qo’liga urush vaziyatida
butun   mamlakatning   taqdiri   toppshrildi.   Unga   doimiy   a’zolar   etib,   Gering
(rais),   Gess   (portfelsiz   ministr),   Funk   (iqtisod   minisgri),   Frik   (ichki   ishlar
ministri),   Dammers   (imperiya   kanselariyasi   boshliqi)   va   Keytellar   (qurolli
kuchlar bosh qo’mondonligi shtabi boshlig’i) kiritildi.
Fashistik   diktatura   faoliyatida   ayniqsa,   milliy-   sosialistik   partiya   katta
rol   o’ynadi.   Bu   partiyaning   a’zolari   Gitlerga   quyidagicha   qasamyod
qilardilar:   «Men   buzilmas   sadoqat   bilan   Adolf   Gitlerga   so’zsiz   itoat   etishga
qasamyod qilaman».
Fashistik   partiya   mamlakatda   bir   qator   tashkilotlarning   va
uyushmalarning   ustidan   rahbarlik   qilardi.   Jumladan,   shturmchi   (SA)   va
soqchi qo’riqchi (SS) otryadlar, avtomobillarning milliy-sosialistik ittifoqini, gitlerchi   yoshlar   tashkiloti,   nemis   talabalari   va   dosentlarining   milliy-
sosialistik   ittifoqi,   xotin-qizlarning   milliy-sosialistik   jamiyati   va   boshqa
shunga o’xshagan o’nlab tashkilotlarning ustidan nazorat qilar edi. Gitlerning
1937   yil   oxiridagi   bayonotiga   qaraganda   milliy-sosialistik   partiyaning
a’zolari   unga   buysungan   tashkilotlar,   jamiyatlar   va   itgifoqlarning   a’zolari
bilan birga 25 mln kishiga yetgan edi.
Qurollanish   uchun   juda   katta   mablag’   va   ishchi   kuchi   kerak   edi.
Shuning uchun 1933-1939 yillarda harbiy xarajatlarga Reyxstagda Gitlerning
aytgan   so’ziga   qaraganda   90   mlrd.   marka   mablag’   sarflangan.   G’arbiy
Germaniyalik   moliya   ishlari   mutaxassisi   F.Federauning   ma’lumotiga
qaraganda   1933-1939   yillarda   harbiy   harajatlarga   60   mlrd.   marka   mablag’
sarflangan.
1939   yilning   iyunida   Germaniyaning   harbiy   sanoatida   (Avstriya   va
Sudet   bilan   birga)   2   mln.   400   ming   kishi   faoliyat   ko’rsatar,   bu   esa
ishchilarining 21,9%i ni tashkil etardi.
G’arbiy   Germaniyadagi   iqtisodiy   tadqiqotlar   ilmiy-tekshirish
institutining ma’lumotlariga qaraganda, 1933-1940 yillarda harbiy sanoat 10
marta   sanoatida   631   ming   ishchi   kuchi   yetishmasdi.   Shuning   uchun
imperiyaning mehnat ministrligi ishga yaroqlilar hisobini olib chiqdi va 1939
yilning   23   iyunida   aholini   yoppasiga   safarbar   qilish   masalasini   ko’rdi.
Imperiyaning mehnat ministri Gitlerga axborot berib, mamlakatda 43,5 mln.
ishga   yaroqli   kishi   borligini   ma’lum   qildi   va   shulardan   vermaxtda   (qurolli
kuchlarda)   7   mln   erkak   va   250   ming   ayolni,   iqtisodiyotda   va   boshqa
sohalarda 19,2 mln erkak va 17,1 mln ayolni ishlatish mumkinligi to’g’risida
ko’rsatmalar   berildi.   Shunga   o’xshash   barcha   urinishlarga   qaramay,
Germaniyaning moliiviy ahvoli urush arafsida og’ir ahvolda edi. Uning tashqi
qarzi 60 mlrd. markann tashkil etar edi.   Urush   boshlanishi   arafasida   Germaniya   piyoda   qo’shinlarida   2   mln.
700   ming   kishi,   zahira   armiyada   esa   1mln.   kishi   bor   edi.   Ofiserlar   korpusi
70524   kishini   tashkil   etib,   shundan   21   ming   768   kishi   safda,   48   ming   756
kishi zahirada edi.
Urush  boshlangan  vaktda  Germaniyada 4093  ta  samolyot  bo’lib, 3646
tasi jangovor holatda edn, shundan 1170 tasi bombardimonchi (Xe III, Do-17,
Yu-88),   517   ta   sho’ng’uvchi   bombardimonchi   10-87,   408   ta   qiruvchi
bombardimonchi   Ts-110;   771   ta   kiruvchi   samolyot,   40   ta   shturmchi
samolyot;   013   ta   razvedkachi   samolyot;   552   ta   transport-samolyot   va   16   ta
gidrosamolyot  bor  edi.  1939  yil  avgustida  harbiy-havo  kuchlarida  373  ming
kishn   bo’lib,   shundan   aviasiya   va   havo-desanti   qo’shilarida   208   ming   kishi,
zenit   artelleriya   qo’shilarida   107   ming   kishi   va   havo-aloqa   qo’shinlarida   58
ming   kishi   bor   edi.   Shulardan   20   ming   kishi   uchuvchilar   edi.   Ofiserlar   soni
harbiy havo kuchlarida 1939 yili iyunida 12 ming kishidan 1939 yil avgustiga
kelib 15 ming kishiga yetdi.
Urush   boshlanganda   Gsrmaniyaning   harbiy   dengiz   kuchlaridagi
tayyorgarlik darajasi ancha past edi. M: u Angliya flotidan 7 marta, Fransiya
flotidan  3  marta  past  darajada  edi.  Admiral  Dennn,  aytganidek.  “Gsrmaniya
1939   yilning   yozida   Angliya   dengiz   flotiga   qarshi   tura   oladigan   darajada
kuchga ega bo’lgan harbiy dengiz flotiga ega emas edi».
Urush   boshlanganda   Germaniyaning   harbiy   dengiz   flotida   150   ming
557 ta kishi va 107 ta harbiy kema bor edi. Shundan 2 ta linkor, 2 ta og’ir va
6 yengil keyser (tez yurar katta harbiy kema), 3 ta «kormanno’x» kreyser, 37
ta mina tashuvchi va joylashtiruvchi kema, 57 ta suv osti kemasi bor edi.
Italiyaning   qurolli   kuchlari   ham   uch   xil   bo’lib,   piyoda,   harbiy   havo,
harbiy   dengiz   kuchlaridan   iborat   edi.   1939   yil   yozida   Italiyaning   qurolli
kuchlarida hammasi bo’lib, I mln 753 ming kishi bor edi. Quruqlikdagi   qo’shinlar   88   ta   diviziyadan   iborat   bo’lib,   bulardan   450
ming kishi jangovor holatga keltirilgan edi.
Italiyaning   harbiy   havo   kuchlarida   urush   arafasida   2802   ta   harbiy
samolyoti bo’lib, shundan 2132 tasi urush frontlarida edi.
Italiyaning   harbiy   dengiz   kuchlari   qudrat   jihatidan   Angliya   va
Fransiyadan keyin dunyoda 3-chi o’rinda turardi. Suv osti kemalari bo’yicha
(105ta) dunyoda 1-chi o’rinda turardi.
Urush boshlanganda Italiya dengiz flotida 4 linkor, 22 ta kreyser, 128 ta
esmines va mina tashuvchi, 105 ta suv osti kemasi bor edi.
Yaponiyaning   quruqlikdagi   qo’shinlarida   1939   yil   martida   1   mln   240
ming   kishi   bor   edi.   Jangovor   harbiy   diviziyalar   soni   40   ta   edi.   Har   bir
diviziyada 13-16 ming kishi bo’lgan. 1000 ta samolyoti bo’lib, 44 ming kishi
jalb qilingan.
Harbiy dengiz flotida 1939 yilning oxirida 10 ta linkor , 6 ta avianoses
396   ta   samolyoti   bilan,   35ta   kreyser,   121   ta   minonoses   va   56   ta   suv   osti
kemasi bor edi.
2.  Fashizmga qarshi blokdagi davlatlarning harbiy kuchlar nisbati
1939   yilning   mart-may   oylarida   so’ngra   avgust   oyida   Angliya   va
Fransiyaning   harbiy   bosh   shtablari   agar   Yevropada   urush   bo’lib   qolsa
birgalashib   harakat   qilish   to’g’risida   kelishib   oldilar.   Unda   Angliya   va
Fransiyaning qurolli kuchlari urush bo’lib qolgan taqdirda bir qo’mondonlik
ostida   harbiy   xarakatlarni   va   operasiyalarni   birgalikda   olib   boradilar
deyilgandi.   Kelishuvga   muvofik   Angliya   qo’mondonligi   harbiy   dengiz
flagida va aviasiya qo’shinlarida dastlabki kundan boshlab faollik ko’rsatadi,
xamda Fransiyaga 4 ta piyoda diviziyasini yuboradi deyilgandi. Fransiya esa
quruqlikdagi qo’shinlarning asosiy qismini (100 ta diviziya) Yevropa urushi
teatriga   tashlashni   o’z   zimmasiga   oldi.   Shuning   uchun   ham   quruqlikdagi qo’shinlarga   qo’mondonlik   Fransiya   zimmasida   bo’lib,   Angliyaning
ekspedision qo’shinlari unga bo’ysunadigan bo’ldi.
1939   yilning   mayida   Angliya-Pol’sha   va   Fransiya-Polsha   o’rtasida
harbiy   muzokoralar   bo’lib,   Polshaga   yordam   ko’rsatish   masalalari   ko’rildi.
1939   yilning   25   avgustida   imzolangan   Angliya-Polsha   o’rtasidagi   o’zaro
yordam   shartnomasi,   4   sentyabrda   imzolangan   Fransiya-Polsha   shartnomasi
Polshaning   Angliya-Fransiya   koalisiyasiga   rasmiy   ravishda   qo’shilganligini
bildirdi. Belgiya va Gollandiya betaraflik pozisiyasida turdilar.
1939 yilning aprelida Angliya bilan Fransiya shunday kelishib oldilarki,
«Agar   dushman   Gollandiya   va   Belgiyaga   bostirib   kirsa,   Angliya   bilan
Fransiya   dushmanning   hujumini   to’xtatishga   xarakat   qiladi   va   o’zlarining
ilgarilab borish frontini tuzadilar.
Agar   Italiya   Shimoliy   Afrikada   harbiy   harakatlar   boshlasa,
Yevropadagi   «muvaffaqiyatli   mudofaa   taktikasiga»   zarar   yetkazmay   qarshi
operasiyalar o’tkazadilar deyilgandi.
Angliyaning   qurolli   kuchlari   asosan   quruqlikdagi   qo’shinlari,   harbiy
havo   qo’shinlari   va   harbiy   dengiz   qo’shinlaridan   iborat   qilib   tuzilgandi.
Doimiy   harbiy   qo’shinlar   18   yoshdan   25   yoshgacha   bo’lgan   ko’ngillilardan
iborat   bo’ldi.   Qurolli   qo’shinlar   bosh   qo’mondoni   rasmiy   ravishda   qirol
hisoblanib, amalda unga premyer-ministr bosh qo’mondonlik qildi.
1939 yilning  iyulida  metropoliyada  majburiy  harbiy xizmat to’g’risida
qonun   qabul   qilindi,   unga   muvofiq   20   yoshga   yetgan   har   bir   erkak   6   oy
davomida doimiy armiyada xizmat qilishi majbur qilib qo’yildi, keyin esa 3,5
yil davomida hududiy qo’shin tarkibida xizmat qiladigan bo’ldi.
II-jahon   urushi   boshida   Angliyaning   harbiy-dengiz   flotida   7   ta
avianoses, 79 ta kreyser, 184 ta esmines, 45 tatralshik (dengazdagi minalarni
topib   zararsizlantiradi)   va   qirg’oq   qo’riqchilari   kemalari,   58   ta   suv   osti
kemasi   bor   edi.   Qirg’oq   qo’mondonligi   aviasiyasida   232   ta   jangovor samolyot   bo’lib,   ular   17   eskadriliyaga   birlashgandi.   490   ta   samolyot   esa
zahirada turardi.
Urush   boshida   Angliyaning   harbiy   havo   kuchlarida   1456   ta   jangovor
samolyot bo’lib, shulardan 536 tasi bombardimonchi samolyotlar edi. 2000 ta
samolyot esa zahirada turardi.   Bundan tashqari, Angliyaning mustamlaka va
dominionlarida ham 435 ta samolyot bor edi.
Angliyaning   quruqlikdagi   qo’shinlari   2   qismga   bo’lingandi:
Metropoliyadagi   va   Metropoliyadan   tashqaridagi   hududiy   qo’shinlarga
bo’lindi.   Urush   boshlangan   vaqtda   Angliya   9   ta   doimiy   va   16   ta   hududiy
diviziyaga, 8 ta piyoda, 2 ta otliq, 9 ta tank brigadalariga ega edi.
Fransiyaning ham qurolli qo’shinlari uch qismga: quruqlikdagi, harbiy-
havo va harbiy-dengiz qismlariga bo’linardi.
Mamlakatda   20   ta   harbiy   okrug   bo’lib,   har   birida   1-2   harakatdagi
diviziyalar bor edi. Agar urush bo’lib qolsa, safarbarlik rejasiga ko’ra ushbu
qo’shilmalarning   bazasida   80-100   ta   diviziyalarni   tuzish   ko’zda   tutilgandi.
Fransiya   qurolli   qo’shinlarida   1939   yilga   kelib   1   mln.   kishi   xizmat   qilardi.
Urush holati bo’lib qolsa, 6 mlnga yaqindagi kishini safarbar qilish mumkin
edi.
1   mln   armiyadan   quruqlikdagi   qo’shinlarda   865   ming,   (550   mingi
metropoliyada,   199   mingi   ekspedision   armiya   va   116   mingi   kaloniyalarda
tuzilgan   edi)   harbiy   havo   qo’shinlarida   50   ming   va   harbiy-dengiz
qo’pshnlarida 90 ming kishi bor edi.
1939   yil   avgust   oxiriga   kelib,   qo’shimcha   chaqiriqlardan   keyin
qo’shinlar
soni 2 mln. 674 ming kishiga yetdi. Shundan 2 mln. 438 mingi quruqlikdagi
 110 mingi xarbiy-havo, 126 mingi harbiy-dengiz qo’shinlarida edi.
Mavjud   Fransiya   armiyasi   texnik   jihozlanishi   va   harbiy   moharati
jihatidan ancha qoloq edi. Harbiy   havo   qo’shinlarida   3335   samolyot   bo’lib,   shundan   36%ni
qiruvchi
samolyotlar   tashkil   qnlardi.   25%ni   razvedkachi,   39%ni   bombardimonchi
samolyotlar tashkil qilardi. |
Fransiya harbiy-dengiz floti 4-chi o’rinda turardi va uning tarkibida 7 ta
liniya   kemasi,   1   ta   avianoses,   19   ta   kreyser,   32   ta   eskadron   mina   tashuvchi
kema, 38 ta mina tashuvchi kema, 20 ta tralshiklar va 77 ta suv osti kemasi
bor edi.
Urush   arafasida   Fransiya   yuqorida   ko’rsatilganidek   salmoqli   harbiy
kuchga ega edi, biroq agressorni sharqda, ya’ni SSSRga yo’naltirib yuborish
uchun   olib   borilgan   siyosat   va   o’ng   kuchlarning   fransuz   millatiga   nisbatan
xiyonatkorona   siyosat   yuritishi,   mamlakatni   urushga   tayyorlab   borishning
qoniqarsiz olib borilishi Fransiyani 1940 yilgi fojiaga olib keldi.
AQShning  qurolli kuchlari quruqlikdagi qo’shinlarga va harbiy-dengiz
qo’shinlariga   bo’linardi.   Harbiy-havo   kuchlari   va   quruqlikdagi   qo’shinlar
tarkibiga kirardi.
AQSh   qo’shinlarining   soni   1939   yilda   544   ming   700   kishini   tashkil
etib,   190  ming  kishi  doimiy   armiyada,   200  ming  kishi  milliy  gvardiyada   va
154,7 ming kishi harbiy-dengiz qo’shinlarida xizmat qilardi.
AQShning   harbiy   doktrinasiga   muvofiq,   harbiy-dengiz   qo’shinlarini
takomillashtirishga,   uni   yangi   zamonaviy   kemalar   va   avianoseslar   bilan
jihozlashga   ko’proq   e’tibor   qaratildi.   Urush   boshlangan   vaqtda   AQShning
harbiy-dengiz  qo’shinlarida  300   dan   ortiq  jangovor  kemalar   bo’lib,   shundan
15 tasi liniya kemalari, 5 tasi avianoses, 36 tasi kreyserlar, 181 tasi esmines,
99 tasi suv osti kemalari, 7 tasi kanoner (bir nechta o’rta kalibrli to’plar bilan
qurollangan   kichik   kema)   kemasi   va   26   tasi   mina   topuvchi   tralshik
(dengizdagi   minalarni   topadigan   va   zararsizlantiradigan)   kemalardan   iborat edi.   Harbiy   dengiz   kuchlari   tarkibida   300   ta   jangovor   samolyotlar   ham   bor
edi.
Harbiy-dengiz   kuchlarining   asosiy   qismi   Atlantika   okeanining
qirg’og’idagi Norfolkda, Tinch okean qirg’og’idagi San-Diyegoda va Gavay
orollaridagi Pyorl-Xarborda joylashtirilgan edi.
Quruqlikdagi   qo’shinlar   tarkibiga   kirgan   harbiy-havo   kuchlarida   1939
yili   1576   ta   jangovor   samolyot   bor   edi.   Ikkinchi   jahon   urushi   boshlanishi
bilan   samolyotsozlikka   katta   mablag’   ajratildi   va   qisqa   vaqt   ichida   harbiy
samolyotlar soni 2 hissa oshdi. Tezkorlik bilan Panamada, Alyaskada, Puerto-
Rikada va Gavay orollarida harbiy havo bazalari qurildi.
Polshaning   qurolli   kuchlari:   quruqlikdagi   qo’shinlar   va   harbiy   -dengiz
qo’shinlariga bo’lingan edi.
1939   yil   1   iyunda   Polshaning   qurolli   kuchlari   439   ming   718   kishidan
iborat bo’lib, shundan 418 ming 474 kishi quruqlikdagi qo’shinlarda, 12 ming
170 kishi aviasiyada va 9074 kishi xarbiy-dengiz qo’shinlarida xizmat qilardi.
Zahira   armiyada   1   mln   500   ming   kishi   bor   edi.   Armiyaning   asosiy   qismini
(70%   ni)   dehqonlar   tashkil   etardi.   Armiyaning   30-40%   gachasini   mayda
millatlarning   (ukrainlar,   beloruslar,   litvaliklar   va   boshqalarning)   vakillari
tashkil   etardi.   Armiyaning   tashkilotchisi   va   rahbar   kuchi-ofiserlar   va   unter-
ofiserlarning hammasi hukmron millat vakillaridan edi.
1939 yil iyulida Polsha qurolli kuchlarida hammasi bo’lib, 887 ta yengil
tank va tanketkalar, 100 ta zirhli avtomobil, 10 ta zirxli poyezd bor edi. 824 ta
harbiy   samolyot   bo’lib,   6   ta   aviasiya   polkiga,   2   ta   alohida   yengil
samolyotlarda   uchadigan   batalonga,   2   ta   dengiz-havo   kuchlari   diviziyasiga
bo’lingan edi.
Harbiy-dengiz   kuchlari   xarbiy   flotga   va   qirg’oq   soqchiligi   qismlariga
bo’linib,   uning   tarkibiga   4   ta   eskadrilya   mina   tashuvchi   kema,   5   ta   suv   osti
kemasi, mina qo’yuvchi zagraditel (mina, sim va hokazodan to’siq   quyuvchi harbiy   kema)   6   ta   tralshik   va   qirg’oq   qo’ruvchi   8   ta   batalon   kirgan   edi.
Polshaning   qurolli   kuchlari   ko’pgina   sohalar   bo’yicha   1914   yilgi   darajada
turardi.   Armiyani   takomillashtirish   ishi   sekinlik   bilan   bordi.   Umumiy
safarbarlik   faqat   1939   yilning   31   avgustida   e’lon   qilindi.   1939   yilning   1
sentyabri   ertalab   Polsha   quyidagi   harbiy   kuchlarga   ega   edi:   21   ta   piyoda
diviziya,   3   ta   zahira   diviziya,   matorlashtirilgan   brigada,   8   ta   kavaleriya
brigadasi,   3   ta   tog’-o’qchi   brigadasi,   56   ta   milliy   mudofaa   batalonlari   va
chegara   qo’shinlari   qismlari   hamda   dengiz   qirg’oqlarini   qo’riqlovchi   soqchi
qismlarga ega edi. Birinchi operativ eshelonda 840 ming soldat bor edi.
Polsha   ko’proq   Angliya   va   Fransiyaning   madad   berishiga   tayanardi,
ammo   u   o’ylaganday   bo’lib   chiqmadi   va   Germaniya   tomonidan   bo’lgan
kuchli zarbaga bardosh berolmadi.
3. Urushning boshlanishi va tavsifi
Ikkinchi   jahon   urushini   gitlerchilar   Germaniyasi   boshchiligida
tajovuzkor   guruhga   birlashgan   davlatlar   tayyorlashdi   va   o’t   oldirishdi.   O’z
navbatida   bu   munosabatlar   Versal   tizimiga   borib   taqalar,   u   esa   birinchi
jahon   urupshda   g’alaba   qilgan   va   Germaniyani   xo’rlangan   holatga   tushirib
qo’ygan   mustabid   davlatlarning   hukmronlik   siyosati   bilan   bog’lik   edi.
O’shandayoq
Germaniyada   qasos   olish   g’oyasi   paydo   bo’lishga   sharoit   yaratilgan   va
Yevropa
markazida militarizm o’chog’i paydo bo’lgan edi.
Germaniya imperializmi yangi moddiy-texnika bazasiga tayangan holda
o’zining   harbiy-iqtisodiy   poydevorini   qayta   qurdi   va   kengaytirdi,   bu   borada
unga   g’arb   mamlakatlarishshg   yirik   sanoat   konsernlari   va   banklari   madad
berdi.   Germaniyada   va   u   bilan   ittifoqchi   bo’lgan   davlatlar   Italiya   hamda
Yaponiyada   terrorchilik   diktaturasi   tantana   qilib ,   irqchilik   va   shovinizm
kuchayib borayotgan edi. «Ikkinchi   toifadagi»   xalqlarni   qirib   tashlash   va   yo’qotish   sari
yo’naltirilgan gitlerchilar «reyx»ining bosqinchilik dasturida Polshani dunyo
siyosiy   xaritasidan   yo’q   qilish,   Fransiyani   tor-mor   etish,   Angliyani   qit’ada
siqib qo’yish, Yevropa xom ashyosiga ega bo’lish, keyin esa Sharqqa yurish
qilib Sovet Ittifoqini yo’qotish va uning yerlarini egallab «yangi hayotiy zarur
hudud»larni   qo’lga   kiritish   kabi   maqsadlar   yotar   edi.   Rossiyaning   iqtisodiy
boyliklari   ustidan   nazorat   o’rnatgach,   Germaniya   navbatdagi   bosqinchilikni
boshlashni   o’ylar,   nemis   monopoliyasi   hukmronligini   Osiyo,   Afrika   va
Amerikaning   bepoyon   hududlariga   yoyishni   mo’ljallardi.   Gitlerchilar
Germaniyasi   va   uning   ittifoqchilari   tomonidan   boshlangan   urush   boshidan
oxirigacha imperialistik, bosqinchilik va adolatsizlikdan iborat bo’lgan urush
edi. Aigliya va Fransiyaning burjua-demokratik rejimdagi hukumatlari, g’arb
jamiyatining   an’ana   va   qadriyatlarini   saqlashni   yoqlasa-da   nasizmning
umumbashariyatga   solayotgan   xavf-xatarining   tushunib   yetmasdilar.   Ular
Gsrmaniya   va   Yaponiyaning   Sovet   Ittifoqi   bilan   to’qnashuvi   natijasida
ularning   xoldan   toyib,   kuchsizlanishiga   ro’y-rost   ishonardilar.   Ammo   ular
fashizm va militarizmni yo’q qilinish hayoliga ham keltirmas edilar. Ingliz va
fransuz   arboblari   Sovet   Ittifoqiga   ishonchsizlik   bilan   qarab   Germaniya
hukumatining   nasistik   siyosati   bilan   Stalinning   yakka   hukmrondikka
asoslangai   totalitar   siyosatini   bir   pog’onaga   qo’yardilar.   G’arb   davlatlari
xukumatlarining   urush   arafasi   va   boshlanish   paytidagi   hatti-xarakatlari   bu
mamlakatlarning xalqlariga katta zarar yetkazdi.
1939   yil   31   avgust   kuni   kechqurun   qurollangan   SS   chilar   bir   guruxi
o’sha   davrda   Polsha   bilai   chegaradosh   hisoblangan   nemis   shahri   Gleyvis
(Glivise) radiostansiyasi joylashgan binoga bostirib kirdi. Mikrofon oldida bir
qancha   o’q   otilganidan   so’ng,   Germaniyaning   Polshaga   hujum   qilishi
murojaati   polyak   tilida   o’qidi.   Shunga   o’xshash   sun’iy   ig’volar   nemis   va
polyak   chegaralarining   bir   qancha   uchastkalarida   ham   uyushtirildi. «Ishonchli»   bo’lishi   uchun   SSchilar   polyak   harbiy   kiyimi   qiyigizilgan
kishilarni otib tashladi. By kishilar soqchilar tomonidan konslagerlardan olib
kelingan   polyak   mahbuslari   edi.   Tez   orada   Germaniya   radiostansiyalari,
polyak   harbiylarining   nemis   chegaralariga   hujum   qilganligi   to’g’risidagi
shoshilinch   xabar   tarqatildi.   Ashyoviy   dalil   sifatida   otib   tashlangan   «polyak
harbiylari» ko’rsatildi.
Oradan ko’p o’tmay Oberzalsbergda Gitler o’z generallari bilan bo’lgan
suxbatida surbetlarcha shunday bayonot berdi: «Men urushni boshlash uchun
mafkuraviy   sabab   topib  beraman.   Bu  sabab  to’g’ri   keladimi  yo’qmi,   buning
xech   qanday   ahamiyati   yo’q.   G’olibdan   esa   uning   gapi   to’g’ri   yoki
noto’g’riligini so’rashmaydi». Shunday qilib bu sun’iy ig’volar Gitler uchun
bahona   bo’lib   xizmat   qildi.   Angliya   va   Fransiyaning   Polshaga   xech   qanday
yordam   bermasligiga   ishongan   Germaniya   1939   yil   31   avgustda   Dapsigda
harbiy harbiy to’ntarish qildi.
1939   yilning   1   sentyabr   soat   4   dan   45   minut   o’tganda   nemis-fashist
aviasiyasi   Polshaning   aerodromlarini,   barcha   aloqa   nuqtalarini   iqtisodiy   va
ma’muriy   markazlarini   qattiq   bombardimon   qildi.   Quruqlikdagi   ko’shinlari
Shimoldan   Sharkiy   Prussiya   orqali   g’arbdan   Sharqiy   Germaniya   orqali   va
Janubdan Slovakiya orqali Polsha hududiga bostirib kirdi.
Germaniyaning   linkori   «Shlezvig-Golshteyn»   oldindan   Polsha
qirg’oqlariga   yaqinlashib   kelgan   edi   va   u   Vasterplyatt   yarim   oroliga   qaratib
o’t   ochdi.   Germaniyaning   Polshaga   hujum   qilishi   bilan   2-chi   jahon   urushi
boshlanib   ketdi.   Germaniya   tashviqoti   «urush   Polshaning   aybi   bilan,   ya’ni
erkin   shahar   Dansigni   Germaniyaga   bermaganligi   uchun,   u   yerdan   Sharqiy
Prussiyaga   o’tish   uchun   magistral   avtomobil   yo’li   va   tor   izli   temir   yo’l
qurishga   ruxsat   bermaganligi   uchun   boshlandi»   deb   fashizm   agressiyasini
oqlashga   va   xaspushlashga   zo’r   berib   urindi.   Haqiqatda   esa,   urush   Dansig
uchun boshlanmagandi, bundan ko’zlangan maqsad fashistik Germaniyaning uzoq-uzoqlarga borib taqaladigan siyosiy va harbiy strategik rejalarini amalga
oshirish edi.
«Gap   Dansig   ustida   emas,   bizning   hayotiy   manfaatlarimiz   bo’lgan
Germaniya   chegarasini   kengaytirish   va   ta’minlash   ustida   ketmoqda,   gap
Boltiq masalasini hal qilish ustida ketmoqda»- deb aytgan edi Gitler.
1939   yilning   1-sentyabrida   Chemberlen   va   Daladye   hukumatlari
Angliya,   Fransiya,   Germaniya,   Italiya   va   Polsha   vakillari   ishtirokida
konferensiya   chaqirishga   kelishib   oldilar   va   Versal   shartnomasini   qayta
ko’rib   chiqishga   rozi   ekanliklarini   Gitlerga   bildirdilar.   Angliya   va   Fransiya
hukumatlari   chaqirilajak   konferensiyada   Germaniyaga   yon   berishga   rozi
ekanliklarini   bildirdilar.   Bu   safar   ular   Polsha   hisobiga   yon   berishni   va   shu
yo’l   bilan   o’zlariga   bo’ladigan   xavfning   oldini   olmoqchi   bo’ldilar.   Biroq,
bularning’   bu   safargi   urinishlari   befoyda   ketdi.   Gitler   bunga   rozi   bo’lmadi.
Gitler o’z ittifoqchilariga Chemberlen haqida gapirib: «Bu «soyabonli odam»
mening   huzurimga   Berxtesgadenga   kelishga   jur’at   qilib   ko’rsin,   men   uni
orqasiga tepki berib zinapoyadan tushurib yuboraman»,-degan edi. Endi 3-chi
reyx   boshlig’ini   «Yangi   Myunxen»   shartlari   hyecham   qoniqtirmas   edi,   u
g’olibona   urush   olib   borib   Germaniyaning   hukmronlik   qudratini   tiklash
niyatida   edi.   Fashistik   Germaniya   Polshaga   qarshi   boshlangan   urushni
jaxonga   hukumronlik   qilish   uchun   olib   boriladigan   urushning   birinchi
bosqichi deb hisobladi.
Ilgari Polshaga yordam qilish majburiyatini olgan Angliya va Fransiya
hukumatlari   Polshaga   harbiy   yordam   ko’rsatish   o’rniga   Germaniya
qo’shinlarining   Polshadan   olib   chiqib   ketilishini,   urush   harakatlarining
to’xtatilishini   «talab   qildilar».   3   sentyabrda   bu   talabni   Germaniyaga   qat’iy
ravishda   bayon   qildilar.   Germaniya   bunga   e’tibor   bermagach,3sentyabr   soat
11   da   Angliya   hukumati   Germaniyaga   urush   e’lon   qildi,   6   soat   o’tgandan
keyin   Fransiya   ham   Germaniyaga   urush   e’lon   qildi.   Angliyadan   keyin Germaniyaga qarshi uning dominionlari ham urush e’lon qildi: 3 sentyabrda
Avstraliya   va   Yangi   Zelandiya,   6   sentyabrda   Janubiy   Afrika   Ittifoqi,   10
sentyabrda Kanada.
Ba’zi   bir   Yevropa   davlatlari,   shuningdek   AQSh   o’zlarining
betarafliklarini   e’lon   qildilar.   Italiya   o’zini   «urishmaydigan»   mamlakat   qilib
ko’rsatdi. Biroq, u Germaniyaga ham siyosiy ham iqtisodiy jihatdan yordam
berishga tayyor turar edi.
Angliya bilan Fransiya Polshaga yordam berish uchun yoki «fashizmga
karshi   kurashish   uchun»   urush   e’lon   qilmadilar,   ular   Germaniya   o’z   kuch-
qudratiga   ishonib   o’zining   yaqindagi   xomiylariga   xavf   sola   boshlaganligi
uchun ham urush e’lon qildilar. 
Jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,   Germaniya   barcha   sohalar   bo’yicha
ustunlikka ega edi. Tanketka - pulemyotli tezyurar kichkina tank.
Pol’shaning   ittifoqchilari   g’arbda   tez   harakat   qilmadilar,   xolbuki
ularning harbiy kuchlari Germaniyanikidan ustun darajada edi.   M:   Fransiya
urush   boshlanguncha   o’z   armiyasini   maxfiy   ravishda   Germaniya
chegaralariga   olib   kelib   joylashtirgan   edi.   10   sentyabrga   kelib   ularning   soni
90 ta harbiy tuzilmalarga yetgan edi. Fransiya armiyasi tanklar va artelleriya
jihatidan   ham   Germaniyadan   ustun   edi.   General   Golderning   ma’lumoticha
g’arbiy   frontda   nemis   qo’mondonligi   diviziyalar   artelleriyasini   qo’shib
hisoblaganda   300   ta   zambarak,   to’p   va   artelleriya   qurollariga   ega   edi.
Xolbuki Fransiyaniki 1600 ta edi. Yana Fransuz armiyasida 2000 ta tank ham
bor edi, nemis-fashist qo’shinlarida esa bitta ham tank yo’q   edi.
Bundan   tashqari   g’arbiy   frontda   Angliyaning   1500   ta   samolyoti,
shundan   1144   tasi   bombardimonchi   va   qiruvchi   samolyotlar   edi.   Fransiya
1400 ta jangovor samolyotga ega edi.
Bu faktlar itgafoqchilarning g’arbda katta ustunlikka ega bo’lganligini,
Germaniyaga   qarshi   salkam   3000   ta   samolyotni   qarshi   tashlab,   urushning borishini   o’zgartirishlari   mumkinligini   ko’rsatadi.   Aksincha,   ular   katta
ustunlikka   ega   bo’lishiga   qaramay,   qo’l   qovushtirib   Pollshaning   taslim
bo’lishini kutib turdilar.
Germaniya   bosh   qo’mondonligi   shtabining   boshlig’i   general-
feldmarshal   V.Keytel:   Agar   Angliya   va   Fransiya   hujum   taktikasini
qo’llaganlarida   bormi,   ularga   qarshi   arzimagan   kuchimizni   mudofaaga
tashlashdan   boshqa   choramiz   qolmagan   bo’lardi»,   -   degai   edi.,   urushdan
keyingi esdallklarida.
1939   yilning   16   sentyabrida   Polsha   hukumati   mamlakat   xalqini   o’z
holiga   tashlab   Ruminiyaga   qochib   o’tdi.   Germaniya   Polshaga   hujum
boshlaganda Sovet   raxbariyati SSSRning «betarafligini» e’lon qilgan edi.
Keyinchalik   nemis   manbalaridan   shu   narsa   ma’lum   bo’ldiki   Berlin
SSSRdan   Polshaga   qarshi   harbiy   xarakatlarni   boshlashni   1,   3,   5,   8,   12
sentyabrlardagi notalarida talab qiladi. Shunday bir vaziyatda SSSR 1939 yil
23 avgust bitimining mahfiy bandlariga muvofiq 1939 yilning 17 sentyabrida
Polsha   xududga   bostirib   kirdi   va   12   kun   ichida   g’arbiy   Belorussiya   g’arbiy
Ukrainaning 12 mln aholiga ega bo’lgan 190 ming kv kmlik hududini bosib
oldi. Sovet tomoni g’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiya aholisining hayoti
va mulkini o’z himoyasiga olishni o’zini   burchi sanadi. Moskvaning go’yoki
Polsha   davlati   yo’q   qilinganligini   asoslovchi   fikri   xalqaro   huqukqa   zid
kelardi,   lekin,   vaqtinchalik   okkupasiya   biror-bir   davlatni   mutloq   yo’qqa
chiqarilishiga   sabab   bo’la   olmas   edi.   Tarixiy   maibalarga   asoslanadigan
bo’lsak,   Sovet   qo’shinlarining   Polshaga   bostirib   kirishi   to’qnashuvlarsiz
bo’lmadi.   Dastlab   Lvov   va   Lyublyanke   hududdlarida   qurolli   to’qnashuvlar
sodir   bo’ldi.   Lekin   bu   to’qnashuvlar   Germaniya   va   SSSP   qo’shinlarini
Brsetda   hamkorlikda   o’tkazilgan   harbiy   paradiga   xalaqit   bera   olmadi.   Sovet
Ittiofqining   1939   yil   17   sentyabrda   Polshaga   taqdim   etgan   notasiga   asosan,
Polsha   xukumati   SSSR   bilan   urush   holatida   emasligini   ma’lum   qildi.   17 sentyabrda   hali   Polsha   hududini   tark   etmasdanoq   Polsha   ko’shinlari   bosh
qo’mondoni marshall Ridz-Smigli qo’shinlariga quyidagi maxmunda buyruq
bergan edi: Sovetlar kirib kelishdi. Ruminiya va Vengriyaga eng yaqin yo’llar
bilan   tezlikda   chekinishni   buyuraman.   Sovetlar   bilan   jang   qilmanglar,
faqatgina   ular   tomonidan   tazyiq   o’tkazilganda   yoki   harbiy   qismlarimizni
qurolsizlantirishga   urinilgandagina   jang   hilishga   ruxsat   beriladi.   Varshavani
nemislardan   himoya   qilish   vazifasi   o’z   kuchida   qoladi.   Sovetlar   bilan
to’qnash   kelib   qolgan   otryadlar   ular   bilan   tezlikda   muzokaralar   olib   borsin.
Muzokaralardan maqsad Vengriya yoki Ruminiiya hududlariga yetib olish.
Xuddi   shunday   buyruqni   Lvovning   mudofasiga   boshchilik   qilgan
general   V.Lyanger   ham   olgan   edi:   «Biz   faqatgina   Germaniya   bilan
urushayapmiz
bolsheviklar   bundan   mustasno.   Agar   Sovet   qo’shinlari   hujum   qilishmasa,
ularga qarshi o’q   otilmasin». Polsha qo’shinlarining bir qismi qizil   Armiyaga
o’z   qurollarini   topshirishganya   bo’lsa,   bir   qismi   harbiy   xarakatlarni
to’xtatishmadi. Sovet qo’shinlari Lvovga yetib kelgach general Lyanger ular,
bilan   muzokoralar   boshlab   yubordi.   Polshadagi   so’ngga   qarshilik   janglari   2
oktyabrda bo’ldi va bir oylik urushdan so’ng Polsha okkupasiya qilib olindi.
Polsha   armiyasidan   66,3   ming   kishi   o’ldi,   133,7   ming   kishi   yarador   bo’ldi.
420   mingga   yaqin   kishi   asir   olindi.   Nemis   fashistlar   armiyasidan   10,6
ming o’ldi, 30,3 ming yarador bo’ldi va 3,4 ming kishi bedarak yo’qoldi.
Tashqi   ishlar   komissari   V.M.Molotov   1939   yil   31   oktyabrda   Sovet
qo’shinlaridan - 739 kishi halok bo’lganligi va 1862 kishi yarador bo’lganligi
to’g’risida   axborot   berdi.   Polyaklarning   talofatlari   esa   aniq   emas   edi.   Sovet
matbuotida ko’rsatilgan ma’lumotlarga qaraganda, Ukraina fronti tomonidan
181   ming   askar   va   10   ming   zobitlar   qurolsizlantirildi.   Belorusiya   fronti
bo’yicha  bu  ko’rsatkichlar  e’lon  qilinmagan  edi.  Polyak  manbalarida  esa  bu
ko’rsatkich,   biroz   ko’proq   ko’rsatilgan:   230-250   ming   kishi qurolsizlantirilgan   (shularning   ichida   10-12   ming   zobit   bor   edi).   G’arbiy
Ukraina   va   G’arbiy   Belorussiyada   yashovchi   aholiga   mansub   askarlar   o’z
uylariga  tarqatib yuborildi..«  qolganlar  esa  lagerlarga  joylashtirildi. 1939  yil
oktyabr   oyidan   repatriasiya   (o’z   vataniga   qaytarish)   boshlansada,   bu   Polsha
armiyasining   zobitlar   tarkibiga,   polisiya   va   jandarmeriyaning   yuqori
lavozimli   kishilariga   nisbatan   qo’llanilmadi.   Sovet   ko’ngillilari   1919   yilda
belgilangan   «Kerzon;   chizig’i   chegarasida   to’xtadi.   1939   yil   28   sentyabrda
Moskvada   SSSR   va   Germaniya   o’rtasida   do’stlik   va   chegara   to’g’risida
imzolangan   shartnomaga   muvofiq   «har   ikkala   davlat   manfaatlari»   chegarasi
Narev,   San   va   g’arbiy   Bug   daryolari   bo’ylab   belgilandi.   Polshaning   katta
hududi   Germaniya   tomonidan   okkupasiya   qilindi.   Ukraina   va   Belorussiya
yerlari esa, CCSPga qo’shib   olindi. Ikki davlat o’rtasida chegaralarning etnik
bo’lib   olishining   tan   olinishi,   halqaro   huquq   normalarining   qo’pol   ravishda
buzilganligini   bildirardi.   Keyngi   manbalardan   shu   narsa   ma’lum   bo’ladiki,
kelishuvlar   1939   yil   23   avgustda   imzolangan   shartnomaning   quyidagi
yashirin protokollarida o’z aksini t  topgan edi.
Maxfiy   protokol   -   Sovet   davlati   ixtiyoriga   o’tadigan   va   uning
manfaatlarini   ifodalaydigan   hududlardan   nemis   millatiga   mansub   bo’lgan
kishilarning Germaniya hududlariga ko’chishiga, to’sqinlik qilmaslikka Sovet
hukumat   rozi   bo’ldi.O’z   navbatida,   Germaniya   hukumati   ham   Ukraina   va
Belorussiyaga nisbatan xuddi shunday majburiyatni o’z zimmasiga oldi.
2.Mahfiy protokol-Litva hududi SSSRning davlat manfaatlari doirasiga
o’tdi.   O’z   navbatida,   Germaniyaga   Lyublin   va   Varshava   voyevodinalari
hududlari o’tdi.
  3.   Maxfiy   qo’shimcha   protokol-har   ikkala   davlat   Polsha   tomonidan
o’zlarining   manfaatlariga   zid   bo’lgan   tadqiqotlarning   olib   borilishiga   yo’l
qo’ymaslikka   kelishib   oldilar.   Shunday   qilib,   Polsha   Germaniya   va   CSSP
tomonidan surbetlarcha taqsimlab olindi. 1939 yil sentyabr oyida Polshaning mag’lubiyati   polyak   xalqi   uchun   eng   fojeali   voqyea   bo’ldi.   1939   yil   8
oktyabrda   fashist   hukumatining   Dekreti   bilan   9,5   mln   kishilik   axoli
yashaydigan hududni nemis o’lkalari deb e’lon qildi. Polshaning katta qismi
3-Reyxga   qo’shib   olindi.   Polsha   davlati   endi   yo’q   edi.   Sovet   qo’shinlari
uning   taqdirida   hyech   qanday   o’rin   tuga   olmadi.   Shu   orada   Sovet   armiyasi
tomonidan   polyaklarning   qurolsizlantirilgan,   asirga   olingan   soldat   va
zobitlarining   taqdiri   to’g’risida   to’xtalib   o’tsak.   1939   yil   17   sentyabrda
boshlangan xarakatlar natijasida, Sovet qo’shinlari tomonidan Polshaning bir
necha   ming   sonli   zobitlari   qurolsizlantirildi   va   asirga   olindi.   Ularning
ko’pchiligi   o’qituvchi,   shifokor   va   chegara   xizmatchilariga   mansub   kishilar
edi. Beriyaning Stalinga bergan ma’lumotiga ko’ra, 1940 yilning mart oyida
Sovet harbiy lagerlarida 14736 ta polyak mahbuslari bo’lganligini ko’ramiz.
Bundan   tashqari   Ukraina   va   Belorussiyaning   g’arbiy   viloyatlaridagi
qamoqxonalarda yana 10685 ta polyak xarbiylari bor edi. Ruslarning polyak:
zobitlari   saqlanayotgan   yirik   lagerlari   Kozelsk,   Ostashkov   va   Starobelskda
joylashgan edi.
1940   yilning   bahorida   Polsha   jamoatchiligi   o’rtasida   bu   lagerlar
yopilganligi   va   asirlar   noma’lum   yo’nalishga   olib   ketganligi   haqida   mish-
mishlar tarqaldi. 1943 yilda Gitlerchilar Germaniyasi tomonidan okkupasiya
qilingan Smolenskka qarashli Katin o’rmonida polyaklarning ommaviy tarzda
ko’milgan   mozorlari   topildi.   Keyingi   yillarda,   NKVD   va   KGBga   tegishli
bo’lgan   maxfiy   xujjatlarda   bu   qirg’inbarotning   Sovet   hukumati   tomonidan
amalga   oshirilganligi   aniq   bo’ldi.   Stalin,   Malogov,   Voroshilov,   Mikoyan,
Kalinin   Kaganovich   va   Beriyalarning   bevosita   boshchiligida   polyak
harbiylaridan   21857   kishi   otib   tashlangan   edi.   Mana   shu   ma’lumotlarning
o’zidan   ham   Sovet   hukumatining   bosqinchilikdan   iborat   bo’lgan   tashqi
siyosatini anglab olish qiyin edi. 1939   yil   sentyabridan   1940   yil   apreligacha   7   oy   davomida   g’arbiy
frontda   faol   urush   harakatlari   bo’lmadi,   faqat   dengizlardagina   birmuncha
urush harakatlari bo’lib turdi.
Angliya   va   Fransiya   1939   yil   3   sentyabrda   gitlerchilar   Germaniyasiga
urush e’lon qilgan vaqtida, Polshada urushning uchinchi kuni davom etmoqda
edi.   K.Klauzvesning   so’zlari   bilan   aytganda   g’arb   davlatlarining   rahbarlari
«Qalamni   qilichga»   almashtirdi-yu,   biroq   bu   qilich   bilan   dushman   ko’ksiga
zarba berishga shoshilmadi.
Barcha   jangovor   holatga   keltirilgan   harbiy   qismlar   chegaralarda   o’z,
o’rnini   egallab,   biron-bir   harbiy   harakatga   kirishmadilar.   U.Cherchill   bu
davrga   quyidagicha   izox   berdi:   «Gar   frontdagi   tinchlikni   faqatgina   ba’zida
otilgan   zambarak   o’qlari-yu,   razvedkachi   patrullar   buzishardi.   Barcha
davlatlarning   armiyalari   hyech   bir   davlat   tomonidan   istilo   qilinmayotgan
zamin uzra bir-biriga qarab turishardi».
Fransiya jurnalisti Derjeles bu urushga «G’alati urush» nomini berdi va
shundan so’ng bu davr chet el matbuotida «g’alati urush» deb atala boshladi.
Cherchill   bu   davrni   qosh   qoraygan   payt»   (sumerki   voynu)   deb   atadi.
Germaniyada   g’arbdagi   urushni   «ziskrig»,   ya’ni   o’troq   urush   deb   atashgan.
Aslida   bu   urushda   hyech   qanday   g’alatilik   yo’q   edi,   chunki   Angliya   va
Fransiyaning   Chemberlin   va   Daladye   boshliq   hukumatlari   Germaniyaga
nisbatan harbiy jihatdan ustun bo’lsalarda, Germaniyaga qarshi urush qilishni
istamadilar. Chunonchi, 1939 yil sentyabrida Germaniyaning hammasi bo’lib
105   diviziyasi   4.400   samolyoti,   100   ta   harbiy   kemasi,   Angliya   va
Fransiyaiing esa birga  qo’shib   hisoblaganda  125 diviziyasi, 7300  samolyoti,
500   harbiy   kemasi   bor   edi.   Germaniya   o’sha   vaqtda   urush   qilishga   to’la
tayyor   emas   edi.   Uning   chegara   istehkomini   («zigfrid   chizig’ini   «)   yorib
o’tish   mumkin   edi.   Ammo,   g’arb   davlatlari   yangi   Myunxen   siyosati   bilan
SSSRga qarshi til biriktirish mo’ljalida bo’ldilar. Fransiya va Italiya o’rtasida Germaniya bilan yarashish to’g’risida g’ayri rasmiy muzokoralar bo’ldi. 1939
yil   19   oktyabrda   Angliya   va   Fransiya   Turkiya   bilan   Finlyandiya   urushga
aralashdilar.
Germaniya   Polshani   bosib   olgandan   keyin   o’zining   agressiyasini
g’arbiy   Yevropaga   qaratdi.   G’arbiy   Yevropadagi   «g’alati   urush»dan
foydalanib, Gitler Germaniyasi o’z harbiy kuchlarini (135 ta piyoda askarlar
diviziyasini,   10   ta   tank   diviziyasini,   4000   samolyotni)   bemalol   g’arbiy
chegaralarga   to’pladi   va   hujum   rejalarini   ishlab   chiqdi.   Gitlerchilar
Germaniyasi   Angliya   va   Fransiya   davlatlarining   antisovet   qarashlari   va
qurolli   kuchlarning   harakatsizligidan   juda   ustamonlik   bilan   foydalandi.
Fashistlarning   tashviqot   mashinasi   vermaxt   qurolli   kuchlarining
«yengilmasligi»   to’g’risida   afsonalar   tarqatdilar.   Shu   bilan   bir   vaqtda
Germaniyaning   «tinchliksevarligi»   va   itgifoqchilar   ko’z   o’ngida   antisovet
fitnaga qatnashishi mumkinliga haqidaga fikrlar juda ko’p bor aytildi.
1939   yil   sentyabr-oktyabr   oylarida   Gitler   bir   necha   bor   Germaniya
g’arb   davlatlari   bilan   urushishni   istamasligini   va   Fransiya   chegarasini   eng
oxirgi nuqta deb hisoblashini ta’kidlab o’tgan edi. Bundan tashqari, Angliya
Germaniyaga   birinchi   jahon   urushi   davrida   tortib   olingan   mustamlakalarini
qaytarib berishiga umidvor ekanligini ham eslatib o’tdi.
Ammo,   haqiqatda,   ahvol   boshqacha   edi.   1939   yil   27   sentyabrda
Germaniya   qurolli   kuchlari   bosh   qo’mondonlari   va   shtab   boshliqlarining
Kengashida Gitler g’arbga hujum uyushtirish rejalarini tezkorlik bilan ishlab
chiqishga   farmoyish   berdi.   Urushdan   maqsad,   Angliyani   tiz   cho’ktirish   va
Fransiyani tor-mor keltirishdan iborat edi.
1939   yil   9   oktyabrda   ishlab   chiqilgan   №   6   direktiva   muhim   ahamiyat
kasb   etdi.   Vermaxt   quruqlik   qo’shinlarining   Bosh   qo’mondoni   1939   yil   19
oktyabrda   qo’shinlarning   g’arbga   hujum   uyushtirishlarini   ko’zda   tutgan
«Gelb   (Sariq)   operasiyasi»   nomli   rejani   o’z   ichiga   olgan   direktivaga   qo’l qo’ydi. Direktiva nemis qo’shinlarining g’arbiy frontning shimoliy yo’nalishi
orqali   Gollandiya,   Belgiya,   Lyuksemburg   va   Shimoliy   Fransiyaga   bostirib
kirishni   ko’zda   tutgan   edi.   Ammo,   hujumga   yaxshi   tayyorgarlik
ko’rmaganlik, ob-havoning noqulayligi, g’alaba qozonishga to’la ishonchning
yo’qligi   sababli   hujum   1940   yilnnng   29   martiga   qoldirildi.   Bu   orada
Germaniyada   harbiy   qurollar   asosan   tank,   samolyot   va   og’ir   artelleriya
to’plari   ishlab   chiqarish   keskin   o’sdi.   qurolli   kuchlarning   tarkibi   ham
kuchaydi.
1940 yil bahorida Germaniya 156 diviziyaga, Angliya va Fransiya esa
birgalikda   142   diviziyaga   ega   edi.   142   diviziyadan   102   tasi   Germaniyaga
qarshi qaratilgan edi. Gitler ham qat’iy va shiddatli harakat qildi. U g’arbda
asta-sekin   qurolli   kuchlarni   to’plab,   1940   yil   bahorida   Belgiya   va   Fransiya
chegaralarvda   135   dan   ortiq   diviziyani   jamladi,   askarlar   soni   texnika   va
aviasiyada   sohasida   juda   katta   ustunlikni   qo’lga   kiritdi.   Biroq   Germaniya
qo’mondonligi oldin Skandinaviyada harbiy-dengiz va havo bazalarini barpo
etishga  qaror  qildi,  chunki  ulardan  turib  Angliya  flotining  faol  harakatlariga
qarshilik ko’rsatish mumkin edi.
1940   yil   1   martda   Gitler   Norvegiya   va   Daniyani   bosib   olipshi   ko’zda
tutgan   «Vezeryubung»   («Vezerdagi   mashqlar»)   nomli   harbiy   rejani   o’zida
mujassam   etgan   direktivaga   qo’l   qo’ydi.   «Vezeryubung»   rejasiga   ko’ra
gitlerchilar   havo   va   dengiz   desant   qo’shinlarini   qo’llash   orqali   har   ikkala
davlatga bir vaqtniig o’zida hujum qilmoqchi edi. Bu rejani amalga oshirish
uchun   mo’ljallangan   quruqlikdagi   qo’shinlar   (9   ta   diviziya   va   brigada)
general   N.Falkenxorst   qo’mondonligidagi   21   armiya   qo’shilmasiga
birlashtirildi. Bu operasiyaii amalga oshirish uchun 96 ta harbiy va transport
kemalari, 35 ta suv osti kemasidan tashkil topgan harbiy dengiz floti hamda
500   ta   transport   samolyotidan   iborat   5-harbiy   havo   kuchlariga   qarashli   10-
aviasiya   korpusining   ham   qatnashishi   mo’ljallangan.   Bundan  tashqari  nemis fashist   qo’mondonligi   Germaniyaning   Norvegiyadagi   eski   agenti   Kvisling
boshchiligidagi mahalliy fashistlarning ham yordamiga katta umid bog’ladi.
Norvegiya   qurolli   kuchlari   ancha   kuchsiz   edi.   Jumladan,   quruqlik
qo’shinlari 150 ming kishidan iborat bo’lib, zaxirada 100 ming kishi bor edi.
Harbiy   havo   kuchlari   eski   rusumdagi   180   ta   samolyotdan,   harbiy   dengiz
kuchlari 4 ta og’ir kreyser, 30 ta mina tashuvchi 9 ta suv osti kemasi, 11 ta
(minnix zagraditeley) va bir necha 10 lab qo’shimcha kemalardan iborat edi.
1940   yil   aprel-mayida   Germaniya   shimoliy   va   g’arb   Yevropada
shiddatli operasiyalarini boshlab yubordi.
1940   yil   9   aprelda   «Vezeryubung»   operasiyasi   boshlandi,   biroq
qo’shinlari   qarshilikka   duch   kelmay   mamlakat   ichkariga   shiddat   bilan   kirib
bora   boshladi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   nemislarning   dengiz   desanti   Zeyeland,
Fyunen va Falster orollariga tushirildi.
Daniya  qiroli   Kristian   X tomonidan  chaqirilgan   kengashda  nemislarga
qarshilik ko’rsatmaslik va taslim bo’lish haqidagi qaror qabul qilindi. Daniya
qisqa vaqt   ichida taslim bo’ldi, biroq Norvegiya qarshilik ko’rsatishni davom
ettirdi.   Skandinaviya   yarim   orolining   bosib   olinishi   natijasida   nemislar   juda
muhim   strategik   punktga   ega   bo’lishini   anglagan   Angliya   va   Fransiya
qo’shinlari   harakatta   kela   boshladilar.   14   aprelda   24   ingliz   piyoda   brigadasi
Narvikka   kelib   tushdi.   Bundan   tashqari   inglizlarning   146-piyoda   brigadasi,
fransuzlarning   5-brigadalari   ham   yordamga   yetib   kelishdi.   Ammo
nemislarshshg 10 mayda boshlagan hujumlari tufayli, ittifoqchi qo’shinlar o’z
hududlarini   himoya   qilish   maqsadida   olib   ketildi.   Nemislar   tomonidan
Tronxeyn va Norvikda harbiy bazalar barpo etildi. Ularda Germaniya dengiz
flotining asosiy qo’shilmalari haqida suv osti flotining asosiy qismi jamlandi.
Bundan   tashqari,   Bergen   va   Tronxeynda   harbiy-havo   bazalari   barpo   etildi.
Angliya   bilan   Fransiya   Norvegiyaga   yordam   berishni   va’da   qilsada,   bproq
ular   amaliy   yordam   qilmadilar.   Norvegaya   ham   taslim   bo’lgandan   keyin Germaniya   g’arbga   qarab   yurishini   betaraf   davlatlar   territoriyasidan
boshlamoqchi   bo’ldi.   Buning   uchun   u   provakasiya   ishlatdi.   Fashistlar
samolyoti   Germaniyaning   shahri   Freyburgga   qarab   uchish   qildi.   Germaniya
bu   uchishni   Belgiya,   Gollandiya   va   Lyuksemburg   aviasiyasiga   to’nkadi   va
fashistik   hukumat   40-yilning   10   mayida   bu   davlatlarga   bostirib   kirish
to’g’risida   buyruq   berdi.   Bir   vaqtning   o’zida   Fransiyaga   ham   hujum
boshlandi.
1940 yil 10 mayda bu uch davlatni tor-mor keltiripshi ko’zda tutuvchi
«Gelb»   operasiyasi   boshlandi.   «g’alati   urush»(1939   yil   sentyabr   -   1940   yil
may)davri   tugadi.   Nemis   qo’shinlarining   bosqini   Gollandiya,   Belgiya,
Lyuksemburg va Fransiyaning aerodromlari, qo’mondonlik punktlari, harbiy
omborlari va muhim sanoat markazlariga kuchli havo hujumi bilan boshlandi.
14   mayda   Gollandiya   taslim   bo’ldi.   Angliya-Fransiya   va   Belgiyaning   katta
harbiy   kuchlari   nemis   qo’shinlari   tomonidan   dengizga   Dyunkerk   yaqinida
qisib   qo’yildi.   Faqat   ularning   bir   qismi   Britaniya   orollariga   evakuasiya
qilindi, 28 mayda Belgiya taslim bo’ldi.
Dengiz   bo’yidagi   ittifoqchilar   qo’lida   bo’lgan   so’nggi   yirik   port
Dyunkerk   xavf   ostida   qoldi.   Angliya   qo’mondonligi   o’z   ko’shinlari   va
Belgiya-
Fransiya qismlarini evakuasiya qilishga qaror qildi. 1940 yil  4   iyulgacha
davom   etgan   Dyunkerk   operasiyasi   davomida   338000   ga   yaqin   kishi,   shu
jumladan   123   ming   fransuz   va   belgiyaliklar   olib   chiqib   ketildi.   Bor   og’ir
harbiy texnika evakuasiya hududiga tashlab ketildi va gitlerchilarning qo’liga
tushdi.   Angliyaliklar   evakuasiya   davrida   224   ta   kema   va   transport   (sudna),
hamda 106 ta samolyotdan ajralib koldi.
Vermaxtning   g’arbiy   Yevropadagi   birinchi   harbiy   operasiyasi   mana
shunday   tugadi.   Unga   ko’ra,   gitlerchilar   Gollandiya   va   Belgiyaning   harbiy
kuchlarini taslim ettirdi va 28ta fransuz diviziyasini tor-mor keltirdi.   Nemis-fashist   qo’shinlari   Fransiyaning   shimoldagi   qo’shinlariga
ketma-ket   zarbalar   berib,   Fransiya   shimolidan   janub   va   janubi-g’arbiy
tomonlarga   kirib   bordilar.   Fransiyaning   asosiy   harbiy   kuchlari   Fransiya-
Germaniya chegarasida, «Mojino chizig’i»da qolib ketaverdi.
5 iyunda Germaniya Parij tomon hujum boshladi, 10 iyunda Italiya ham
Angliya bilan Fransiyaga urush e’lon qildi. Fransiya hukumati nemis-fashist
qo’shinlariga   qat’iylik   bilan   qarshi   chiqolmadi   va   u   Parijdan   Tur   shahriga
qochib   o’tdi.   Fransiya   armiyasining   bosh   qo’mondoni   Veygan   yarashish
taklifini   kiritdi.   Biroq,   Parij   nemislar   tomonidan   14   iyunda   ishg’ol   qilindi.
Parij olingandan keyin, Fransiya xukumati Bardo shahriga qochib o’tdi va 17
iyunda   Fransiya   premer   ministri   Peten.   Germaniya   hukumatiga   juda   og’ir
majburiyatlar va shartlar bilan bo’lsa ham yarashishni iltimos qildi. 19 iyunda
Fransiyaning 10-armiyasi harbiy xarakatlarini to’xtatdi.
1940 yilning 22 iyuni soat 18 dan 32 minut o’tganda Fransiya hukumati
nomidan   general   Xontspter   so’zsiz   taslim   bo’lish   aktiga   imzo   chekdi.   1918
yilning   11   noyabridagi   holat   qaytarildi.   Marshal   Foshning   vagon   muzeidan
Kompyen   o’rmoniga   olib   borild».   Bu   marosimda   Gitlerning   o’zi   ham
qatnashdi.   Germaniya   tomonidan   aktga   Keytel   imzo   chekdi.   Germaniya
Fransiyaning butun Shimoliy qismini va Atlantika okeaniga tutashgan barcha
qirg’oqlarini ishg’ol qildi.
Ishqol qilinmagan qismi Gemaniyaga vassal bo’lib qoldi va xom ashyo,
oziq-ovqat   hamda   ishchi   kuchi   yetkazib   berib   turadigan   bo’ldi.   Yarashishga
binoan   Fransiyaning   harbiy-dengiz   va   harbiy-havo   floti   qurolsizlantirildi,
ammo   Germaniyaning   ixtiyoriga   berilmadi.   Germaniya   bilan   kelishuvga   va
yarashishga   muvofiq   Fransiyaning   ba’zi   bir   hududlari   demilitarizasiya
qilindi, ya’ni qurolsizlantirildi va harbiy sanoatdan mahrum qilindi.
Fransiyaning tor-mor keltirilishi Yevropa davlatlarining urush boshlashi
arafasidagi   Germaniyaga   qarshi   koalisiyasi   barbod   bo’lganligini   bildiradi. Angliya   va   Fransiya   hukumatlarining   Myunxen   bitimi   bo’yicha   qilgan
harakatlari,   ularning   nasistlar   agressiyasiga   qarshi   kurashda   xalq   ommasiga
tayanishni   istamasligi,   ittifoqchilar   o’rtasidagi   qarama-qarshiliklarning
mavjudligi,   strategiyaning   sustkashligi   -   bularning   barchasi   ingliz-fransuz
ittifoqi   halokatining   asosiy   sabablaridir.   SSSRning   navbatdagi   bosqinchilik
rejasi   Boltiq   bo’yi   respublikalariga   qaratildi.   SSSR   28   noyabrda   Estoniya
bilan, 5 oktyabrda Latviya bilan va 10 oktyabrda Litva bilan tazyiq o’tkazish
yo’li orqali o’zaro   yordam ahdnomalarini imzoladilar.
Kelishuvlarga   ko’ra,   Sovet   Ittifoqi   Estoniya   va   Latviya   hududlarida
harbiy   dengiz   bazalari   va   aerodromlar   qurish,   Litva   hududining   ma’lum
joylarida piyoda qo’shinlar va harbiy-havo kuchlarini saqlash huquqini qo’lga
kiritdi.   Litva   bilan   bitimga   ko’ra   Sovet   Ittifoqi   Litva   respublikasiga   uning
1920   yilda   Polsha   qo’shinlari   tomonidan   bosib   olingan   qadimiy   poytaxti
Vilnyusni va Vilnyus viloyatini topshirdi.
Biroq   bu   bilan   SSSR   qanoatlanib   qolmadi,   bu   respublikalarni   SSSR
tarkibiga qo’shib  olish  uning maqsadi bo’lganligi uchun 1940  yilning 14-16
iyunida   Sovet   hukumati   Boltiq   bo’yi   mamlakatlari   hukumatlaridan   o’zaro
yordam shartnomalariga amal qilishni talab etdi, hamda antisovet ig’volarga
yo’l   qo’ymaslik   uchun   bu   mamlakatlar   hududiga   Sovet   harbiy   qismlarini
kiritdi.   1940   yilning   yozida   bu   respublikalarda   sun’iy   ravishda   «sosialistik
inqiloblar» amalga oshirildi va avgust oyi boshida SSSR tarkibiga olindi.
Sovet   hukumati   1939   yil   kuzidan   Finlyandiya   xalqaro   reaksiya
kuchlarining   SSSRga   qarshi   plasdarmiga   aylanib   qolgan,   Finlyandiya
tomonidan   SSSRning   shimoliy   chegaralariga,   xususan   chegaradan   32   km
berida   bo’lgan   Leningradga,   shuningdek,   Kronshtadt   va   Murmanskka   xavf
solinmoqda,   Kareliya   bo’yida   g’arb   davlatlarining   yordami   bilan   kuchli
harbiy   istehkomlar   («Mannerleym   chizig’i»)   qurilgan   va   fin   armiyasi   eng
yangi   qurollar   bilan   qurollanib,   SSSRga   qarshi   urushga   tayyorlanmoqda degan   baxonalar   bilan   Finlyandiyaga   qarshi   kompaniyani   boshlab   yubordi.
Sovet   hukumati   1939   yilning   oktyabr-noyabr   oylarida   Finlyandiya
hukumatiga   dastlab   yordam   aktini   tuzishi,   so’ngra   Leningrad   va   Murmansk
temir   yo’li   xavfsizligini   ta’minlash   choralarini   ko’rishni   (Karelya   bo’yidagi
hududning bir qismini SSSRga berishni, Fin ko’rfaziga kirishga yaqin joyda
harbiy-dengiz bazasi uchun ijaraga kichik hudud berilishini) talab qildi va bu
masalalar   yuzasidan   Moskvada   muzokoralar   olib   borildi.   Finlyadiya
hukumati   SSSRning   zo’ravonlikka   asoslangan   talablariga   ko’nmadi   va   o’z
chegarasi bo’ylab umumiy safarbarlik e’lon qildi. 1939 yilning 29 noyabrida
Sovet   hukumati   Finlyandiya   bilan   diplomatik   aloqani   uzishga   va   o’z
qo’shinlariga   chegaradan   o’tishga   buyruq   berdi.   Urush   harakatlari   30
noyabrda   boshlandi.   Sovet-Finlyandiya   urushi   (1939   yil   30   noyabr-1940   yil
mart)da   Angliya   Finlyandiyaga   101   samolyot,   200   dan   ortiq   to’p,   bir   necha
yuz   ming   snaryad,   aviabomba   va   tankka   qarshi   minalar;   Fransiya   esa   175
samolyot,   500   ga   yaqin   to’p,   5   mingdan   ortiq   pulemyot,   1   mingga   yaqin
snaryad, qo’l   granatasi va boshqalar yetkazib berdi. AQSh esa Finlyandiyaga
30   mln   dollar   xajmda   ikki   marta   zayom   berib,   harbiy   materiallar   yubordi.
Guver   boshchiligida   AQShda   «Finlyandiyaga   yordam   komiteti»   tuzildi.
Bunday   komitetlar   Angliya   va   Fransiyada   ham   tuzildi.   Bulardan   tashqari
1940 yil bahorida Finlyandiyaga Angliyadan yana 100 samolyot, Fransiyadan
50   ming   kishilik   ekspedision   armiyani   yuborish   mo’ljallandi.   SSSR
agressorlikda ayblanib 1939 yilning dekabrida Millatlar ittifoqidan chiqarildi.
Shvesiya   hukumati   urushning   Skandinaviyaga   yoyilib   ketshpidan   xavfsirab
ikki  o’rtada  vositachilik  rolini  o’ynadi.  2-3  haftaga  mo’ljallangan  urush   105
kunga   cho’zilib   ketdi.   Uzoq   tortishuvlardan   so’ng   1940   yilning   12   martida
SSSP bilan Finlyandiya o’rtasida Moskvada sulh shartnomasi tuzildi va yangi
chegara   chizig’i   belgilandi.   Leningrad,   Murmansk   va   Murmansk   temir
yo’lining   xavfsizligi   ta’minlandi.   Finlyandiyaning   Xanko   Yarim   oroli   va unga yondosh orollar 30 yil muddat bilan SSSRga ijaraga berildi va u harbiy
bazaga   aylantirildi.   SSSR   hududi   tarkibiga  V ы borg  shahri,   V ы borg  ko’rfazi
va   orollari   bilan   Kareliya   bo’yni,   Ladoga   ko’lining   Shimoliy   va   g’arbiy
qirg’oqlari,   Kandalakshining   g’arbiy   qismi,   Barens   dengizi   bo’yidagi
Ribachiy   va   Sredniy   yarim   orollarining   g’arbiy   qismi   qo’shildi.   Chegara
Kareliya   bo’ynidan   120   km   shimolga   surildi.   Shartnomaga   ko’ra   har   ikkala
tomon   ham   bir-biriga   hujum   qilmaslik,   bir-birlariga   qarshi   ittifoqlarga
qo’shilmaslik  majburiyatlarini  oldilar.  Finlyandiyadan  SSSRga   o’tgan  yerlar
o’sha   vaqtda   tashkil   topgan   Karelo-Fin   Sovet   Sosialisgik   Respublikasining
bir qismini tashkil etdi.
1940 yilning iyuni oxirida 1918 yil yanvaridan beri burjua Ruminiyasi
qo’lida   qolib   kelayotgan   Bessarabiya   masalasini   hal   qilish   kerak   edi.   Bu
masala tinchlik yo’li bilan hal qilindi. 1940 yilning 28 iyunida Bessarabiya va
Shimoliy   Bukovina   Ruminiyadan   olindi.   Shimoliy   Bukovina   va
Beyesarabiyaning   janubiy   rayonlari   Ukrainaga   qo’shildi.   Bessarabiya   esa
Moldaviya   ASSRga   qo’shilib,   u   1940   yilning   avgusti   boshida   Moldaviya
SSRga aylantirildi.
Shunday   qilib,   mustabid   Sovet   tuzimi   davrida   «Sovet   chegaralarining
mustahkamlanishi»   deb   nomlangan   bosqinchilik   tadbirlari   CSSP   tomonidan
shu tariqa amalga oshirilgandi.
1940   yil   yozi   o’rtalarigacha   nemis-fashisglar   Norvegiya,   Daniya,
markaziy va shimoli-g’arbiy Yevropadagi davlatlar ustidan o’z hukmronligini
o’rnatib   bo’lgan   edi   va   shu   bilan   bir   qatorda   strategik   mavqyei   ham   oshib
bordi. G’arbiy Yevropadagi hujum davomida vermaxt qo’shinlari katta harbiy
tajriba   to’pladi.   Yengil   g’alabalardan   sarmast   bo’lgan   nemis-fashist
hukumatining   rahbariyati   Sovet   Ittifoqiga   urush   boshlash   imkoni   paydo
bo’ldi   deb   baholay   boshlatdi.   Buning   uchun   esa   g’arbiy   Yevropada   to’la
hukmronlikni   qo’qlga   kiritish,   Angliyani   tor-mor   keltirish   kerak   edi. Germaniya   ixtiyorida   endi   urushni   g’alaba   bilan   tugallash   uchun   manba
yetarli edi. 1940 yil 16 iyulda Oliy qo’mondonlikning «Zeyeleve» («Dengiz
sheri»)   nomli   desant   tashlash   operasiyasini   tayyorlash   to’g’risidagi
direktivani   e’lon   qilishdi.   Operasiya   1940   yil   15   avgustga   belgilangan   edi,
biroq, u Angliya floti yaqqol ustunlikka ega bo’lgani uchun, amalga oshmay
qoldi.   Bundan   tashqari,   gitlerchilarga   Angliya   osmonida   ustunlikka   erishish
imkoni   bo’lmadi.   Nemis-fashist   qo’shinlarini   La-Mansh   orqali   Buyuk
Britaniya   orollariga   olib   borish   uchun   vositalari   ham   yetishmas   edi.   Xullas,
bu reja qog’ozda qolib ketdi va Aigliyani vahimaga solish vositalaridan biri
bo’lib xizmat qildi.
Fashist rahbariyati Britaniya orollarini surunkali bombardimon qilishni
boshlab, shu yo’l bilan Angliya hukumatini taslim bo’lishga majbur qilishni
ko’zladi.   Germaniya   Lyuft   Vaffet   qo’mondonligidagi   G.Gering   o’z
aviasiyasining imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.
1940   yil   avgust   oyida   inglizlar   havo   hujumidagi   mudofaa   tizimini
ancha   mustahkamlashga   erishdilar.   Dushmanga   qarshi   turish   uchun   4   ta
aviasiya   guruhlari   tashkil   etildi.   Avia   guruhlarni   birlashtirgan,   qiruvchilar
qo’mdonligi ixtiyorida 700 ta jangovor samolyot 290 ta zahira samolyot ham
bor   edi.   Bundan   tashqari,   Angliyaning   Germaniyaga   qarshi   hujumlar
uyushtira   olish   imkoniyatiga   ega   bo’lgan   430   ta   bombardimonchi   jangovor
samolyotlari ham bor edi.
Angliya havo hujumidan mudofaa tizimi 2000ga yaqin zenit artelleriya
to’plari   bilan   qurollangan   bo’lib,   radorlar   dushman   samolyotlarini   160   km
masofadan aniqlab olish imkoniyatiga ega edi.
Nemis   qo’mondonligi   yirik   havo   bosqinida   qatnashish   uchun   ikkita
harbiy-havo   flotini   jalb   qildi.   1480   ta   bombardimonchi,   980   ta   qiruvchi   va
140   ta   razvedka   bilan   shug’ullanuvchi   samolyotlar   hujum   uchun   shay   qilib
qo’yildi.   Xujum   1940   yil   13   avgusgda   yirik   havo   bosqini   bilan   boshlanib, unda 800 ta bombardimonchi va 1140 qiruvchi samolyotlar qatnashdi. O’sha
kuni   Angliyaning   Janubi-Sharqiy   hududdaridagi   aerodromlar   va
radiolakasion stansiyalar bombardimon qilindi. Keyinga kunlarda, deyarli har
kuni Britaniya orollarini 1500 ga yaqin samolyot bombardimon qilardi.
Havoda ustunlikka erishish uchun olib borilgan janglar 7 sentyabrgacha
davom etdi. Endilikda har kuni 1000 ga yaqin jangovor samolyotlar Britaniya
orollarini   bombardimon   qilardi.   Ammo,   ingliz   uchuvchi   va   zenitchilarining
mardonavor kurashlari tufayli, nemislar ham katta talofatlar ko’rishga majbur
bo’lar   edi.   Britaniya   orollarining   mudofaasida   polyak   va   chex   uchuvchilari
ham   faol   qatnashdi.   Sentyabr   oyining   boshlariga   kelganda,   nemis   fashist
qo’shinlarining   qo’mondonligi,   ingliz   aviasiyasini   tor-mor   keltirish   va
osmonda   ustunlikka   ega   bo’lish   uchun   qilingan   harbiy   xarakatlar
muvaffaqiyatsiz   chiqqanligiga   amin   bo’ldi.   Nemis   aviasiyasining   keyingi
harbiy harakatlari rejasi keskin o’zgartirildi; 5 sentyabrda harbiy-havo flotlari
endilikda   havo   xujumlarini   aviasiya   inshootlariga   emas,   balki   yirik
shaharlarga   yo’naltirish   to’g’risidagi   buyruqni   oldi.   Asosan,   yirik   sanoat   va
ma’muriy   markazlar   London,   Koventri,   Birmingem   va   boshqa   shaharlar   7
sentyabrdan noyabr oyining o’rtalarigacha surunkali havo hujumlariga duchor
bo’ldi.   Masalan,   15   sentyabrda   birgina   London   shahrini   1000   ga   yaqin
jangovor samolyotlar bombardimon qildi. Shahar ko’chalari va maydonlarida
kuniga minglab bombalar portlar edi. Minglab tinch aholi halok bo’ldi.
Gitler SSSR  bilan tuzilgan bitimlarga  oz ahamiyat berdi. 1940  yilning
yozidanoq   Germaniyada   SSSRga   qarshi   hujum   rejasi   ishlab   chiqilayotgan
bo’lsada, Germaniya hukumati SSSR XKK raisi, tashqi ishlar xalq komissari
V.M.Molotovni   muzokoralar   o’tkazish   uchun   Berlinga   taklif   qildi.
Molotovning Berlinga qilgan tashrifi 1940 yil 13 oktyabrda Stalinga maxsus
xat   bilan   murojaat   qilgan   «Uchinchi   reyxning   taklifiga   binoan   12-13
noyabrlarda  bo’lib o’tdn.  Uniig asosiy mohiyati shundan  iborat  ediki,  Gitler Stalinga 1940 yil sentyabrida imzolangan uch tomonlama bitimga qo’shilishi
va uning ishtirokchilari bo’lgan - Germaniya, Italiya va Yaponpya bilan har
bir   mamlakatning   keng   masshtabdagi   qiziqishlari   doirasini   aniqlashga   taklif
qilgandi.
V.M.Molotovning   «Uchinchi   reyx»   poytaxtaga   tashrifi   Germaniyada
alangalangan   ikkinchi   jahon   urushining   fojeali   muxitida   bo’lib   o’tdi.
«Uchinchi   peyx»   Yevropaning   katta   kismida   o’z   hukmronlipshi   o’rnatib,
1940   yilda   Polsha,   Fransiya,   Belgiya,   Gollandiya,   Lyuksemburg,   Daniya   va
Norvegiyani   bosib   oldi.   Germaniya   qo’shinlari,   shuningdek,   Finlyandiya   va
Ruminyada   ham   bor   edi.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,   1940   yil   14   oktyabrda
Stalin va Molotovlar SSSR qurolll kuchlari bosh shtabi ishlab chidash 1940-
1941 yillarda Sovet Ittifoqi qurolli kuchlarining g’arb va Sharqdagi strategik
harakatlarning   asoslari   haqidagi   mulohazalar   tezkor   rejasini   tasdiqlashdi.
Uning birinchi qismida raqib davlatlar haqida quyidagi xulosalar qilngan edi:
«Shunday   qilib,   Sovet   Ittifoqi   2   frontda   kurashga   tayyor   bo’lishi   kerak.
G’arbda   Italiya,   Vengriya,   Ruminiya,   Finlyandiya   qo’llab-quvvatlaydigan
Germaniyaga   va   Sharqda   esa   qurolli   neytralitet   pozisiyasini   egallagan,   har
damda ochiq   to’qnashuvga o’tish mumkin bo’lgan Yaponiyaga qarshi tayyor
bo’lishi kerak edi. Asosiy raqib esa Germaniya deb ko’zda tutilgan edi, 1940
yil 12-13 noyabrdagi nemis-sovet muzokoralarida yagona fikrga kelinmadi va
SSSR 1940 yil sentyabrida rasmiylashgan fashist davlatlarining Berlin ahdiga
qo’shilmadi.
 1940 yilning ikkiichi yarmidan e’tiboran Germaniyaning sa’yi-harakati
SSSRga   qarshi   urushga   tayyorgarlik   va   agressiv   blokni   kengaytirishga
qaratilgan   edi.   Fyurer   buyrug’iga   ko’ra,   bosh   shtab   maxfiy   «Barbarossa»
rejasini   ishlab   chiqdi.   1940   yilning   18   dekabrda   Gitler   21   direktivani
tasdiqladi.   Uning   asosiy   maqsadi   Sovet   davlatini   yo’q   qilish   va   bu   yerdagi
xalqlarni  qulga  aylantirishdan  iborat  edi.  Germaniyaning  SSSR   bilan  yaxshi munosabatlani o’rgatishga bo’lgan urinshilari inqobdan boshqa narsa emasdi.
G’arbdagi   urushdan   natija   chiqmasligiga   ishongan   sari,   Gitlerning   e’tiborini
Sovet   Ittifoqi   o’ziga   tortib   borardi.   Gitler   M.Bormanga   o’zining   xayotidash
asosiy   maqsadi   bolshevizmni   tor-mor   etish   ekanligi   to’g’risida   gapirganini
hisobga olsak, uning bu urshga jiddiy tayyorgarlik ko’rgani bilish qiyin emas.
Gitler   fashizm   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Ost   («Sharq»)   rejasida   Sharqiy
Yevropani xalqlarini yo’q qilishni mo’ljallagan edi. Bu rejani «oqlash» uchun
esa,   nasistlarning   vaxshiyona   irqiy   nazariyasi   ishlab   chiqilgan   edi.   «Ost»
rejasiga binoan, bosib olingan hududlardagi rus, ukrain, belorus, polyak, chex
va boshqa millatlarni yo’q qilish yoki qulga aylantirish ko’zda tutilgan edi. 30
yil   davomida   Polsha   hududida   va   SSSRning   g’arbiy   qismini   taxminan   31
mln. aholidan tozalash rejalashtirildi. Nemis rahbariyati tomonidan bu raqam
46-51  mln.   kishigacha  oshirildi.  Bu   aholining  asosiy  qismini   Sibirga   surgun
qilish   kerak   edi.   «Ozod   etilgan»   hududdarga   10   mln.   nemis   aholisini
ko’chirib keltirish va 14 mlnga yaqin   mahalliy axolini esa asta-sekinlik bilan
nemislashtirib   borish   taklif   etildi.   Agressiyaning   iqtisodiy   maqsadlari
SSSRning   boyliklarini   bosib   olish   va   o’zlashtirish,   mamlakatni   xom   ashyo
manbaiga   aylantirish,   davlatning   va   xalqning   moddiy   va   ma’navny
boyliklarini   «Uchinchi   reyx»ga   xizmat   qildirishdan   iborat   edi.   1941   yil
fevralida   «Sharqiy   masala»   bo’yicha   bo’lib   o’tgan   kengashda   G.Gering
pgunday   bayonot   bergan   edi:   «Vazifa,   bosib   olishimiz   mo’ljallangan   yangi
Sharqiy hududlardan eng ko’p miqdordagi qishloq xo’jalik mahsulotlari, xom
ashyo va ishchiga ega bo’lishdir.
SSSRga   hujum   qilgan   va   uni   bosib   olishga,   Germaniya   o’z
agressiyasining hal qiluvchi bo’g’ini sifatida qaradi. SSSR qurolli kuchlarini
tor-mor   keltirish   uchun   deyarli   Germaniya   qurolli   qo’shinlarining
hammasidan,   shuningdek,   Finlyandiya,   Ruminiya,   Vengriya   qo’shinlaridan
ham foydalanish ko’zda tutildi. Boltiq   dengizi   bo’yidagi   portlarni,   hamda   Kronshdat   va   Leningradni
bosib olish orqali sovet flotini tayanch bazalaridan mahrum qilish yuklatilgan
edi.
General-feldmarshal   F.Bok   qo’mondonligidagi   «Markaz»
gruppirovkasi   esa   g’arbiy   yo’nalishda   joylashgan   edi.   Bu   gruppirovka
Belorusiyadagi   harbiy   kuchlarni   tor-mor   keltirish   Smolensk-Moskva
yo’nalishi bo’ylab harakatlanish vazifasi topishrilgan edi.
General-feldmarshal   G.Rundshtendt   boshchiligidagi   «Janub»
gruppirovkasi   Kiyev   yo’nalishida   joylashgan   edi.   Bu   gruppirovkaga
Ukrainaning   g’arbiy   hududlarini   bosib   olish,   Kiyev   va   Dneprning   Sharqiy
qismidagi hujumini ta’minlash vazifasi yuklatilgan edi.
Finlyandiya   hududidan   kirib   keladigan   nemis-fin   qo’shinlariga
Murmansk,   Petrozavodsk   va   Leningrad   shaharlariga,   Ruminiya   hududidan
kirib keladigan nemis-rumin qo’shinlariga esa Vilnyus va Odessa bo’ylarida
xujum qilish vazifasi belgilab berilgan edi.
«Barbarossa»   rejasi   bo’yicha   yana   boshqa   bir   qancha   yo’nalishlarda
hujum   qilish   ko’zda   tutilgan   bo’lib,   maqsad   sovet   qo’shinlarining   talofatsiz
chekinishga yo’l qo’ymaslik edi.
Ishlab chiqilgan «Barbarossa» «rejasi» 1940 yilning 18 dekabrida Gitler
tomonidan   ma’qullandi,   hamda   1941   yilning   fevralida   Gitler   huzuridagi
kengashda uzil-kesil qabul qilindi. «Barbarossa» rejasi avantyuristik reja edi.
Rejaga muvofiq CSSP chegaralariga yaqin joyga nemis qo’shinlarini maxfiy
to’plash,   hujum   tayyorgarliklarini   15   iyungacha   tugallash,   to’satdan   hujum
qilish,   o’z   ittifoqchilari   bilan   «Yashin   tezligida»   urush   olib   borish,   1941   yil
qish   kirmasdan   Arxangelsk-Volga   liniyasiga   chiqib   olish,   SSSRni   tor-mor
qilish   va   uni   yo’q   qilish   mo’ljallangandi.   «Reja»ga   muvofiq   Finlyandiya
tomonidan ham SSSRga xujum qilish rejasin ishlab chiqildi. SCCP tor-mor qilingandan keyin Germaniya 1941 yil kuzidan boshlab
Afg’onistonni   bosib   olish   va   Hindistonga   hujum   qilishni,   O’rta   va   Yaqin
Sharq   mamlakatlarini   egallashni,   so’ngra   Angliyaga   bostirib   kirishni,
Ispaniya   va   Portugaliyaga   qo’shin   kiritib,   Gibraltarni   ishg’ol   qilishni   va
Angliyani   xom   ashyo   manbalaridan   mahrum   qilib   uni   qamal   qilishni
rejalashtirdi.
1940   yil   27   senyatbrda   Berlinda   Germaniya   Italiya   va   Yaponiya   bilan
harbiy-siyosiy   itgifoq   to’g’risida   uchlar   ahdnomasini   imzoladi.   Bunda
birlashib   harakat   qilish   va   dunyoni   ta’sir   doiralariga   bo’lib   olish   to’g’risida
kelishib   olindi.   Yaponiya   Germaniya   va   Italiyaning   Yevropa   va   Afrikada
hukmron   bo’lishiga,   Germaniya   va   Italiya   esa   Yaponiyaning   Osiyoda
hukmron   bo’lishiga   rozilik   bildirdi.   Berlin   axdnomasi   Angliya   va   AQShga
ham qarshi qaratilgai edi.
Ruzvelt   bilan   Cherchillning   1941   yil   9-14   avgustda   Nyufaunlenddagi
uchrashuvi Atlantik xartiya degan xujjatning qabul qilinigai bilan tugadi. Bu
xujjatda   birovlarning   yerini   bosib   olmaslik,   xalqlarning   mustaqil   bo’lib
yashash   huquqini   tan   olish,   savdoda   tenglik,   iqtisodiy   hamkorlik,   nasistlar
zulmini   bitirish,   agressorlarni   qurolsizlantirish,   tinchlik   o’rnatish   to’g’risida
vazifalar bayon qilindi.  1941 yilning 24 sentyabrida SSSR Xartiyaning asosiy
prinsiplariga roziligini bildirdi va unga qo’shildi. 1942 yilning   1   yanvarida
Vashingtonda   fashizmning   yovuz   kuchlariga   qarshi   kurash   to’g’risida   26
davlatning Deklarasiyasi qabul qilindi.DavlatlarAtlantik Xartiyani ma’qullab,
bir-birlari   bilan   hamkor   bo’lish,   dushman   bilan   separat   yarashuv   yoki   sulh
bitimlari   tuzmaslik   majburiyatlarini   oldilar.   Eron   ham   antifashistik
kaolisiyaga qo’shildi. 1942 yil 29 yanvarda CSSP, Angliya va Eron o’rtasida
ittifoqlik   shartnomasi   tuzildi;   Eron
territoriyasining butunligi va siyosiy mustaqilligi ta’minlandi. Deklarasiyaga
qo’shilgan davlatlar «Birlashgan millatlar» deb ataldi. 1942   yil   26   mayida   SSSR   va   Angliya   o’rtasida   ittifoqlik   va   urushdan
keyingi   hamkorlik   va   o’zaro   yordam   to’g’risida   (20   yilga)   shartnoma,   1942
yil   11   iyunda   SSSR   bilan   AQSh   o’rtasida   agressiyaga   qarshi   urush   olib
borishda   o’zaro   yordamga   doir   prinsiplar   to’g’risida   bitim   tuzildi.   Bu
shartnoma va bitimlarni tuzish paytida Angliya bilan AQSh Yevropada Gitler
Germaniyasiga   qarshi   ikkinchi   frontni   1942   yilda   ochish   to’g’risida
majburiyat ham olgandilar.
Biroq,   Angliya   va   AQShning   urushda   Germaniya   va   SSSRni
kuchsizlaitirib ularni tobe bo’lgan mamlakatlarga aylaitirib qo’yish fikri   ham
yo’q   emas   edi.   M:   O’sha   vaqtda   AQSh   senatori   (keyinchalik   Ruzveltdan
so’nggi   prezident)   Garri   Trumen   imperialistlarning   kabih   niyatlariniifodalab
shunday   degan   edi:   «Agar   biz   Germaniyaning   qo’li   ustun   kelayotganini
ko’rsak,  Rossiyaga  yordam  berishimiz  kerak,  agar  Rossiya  yutib  chiqadigan
bo’lsa,   u   holda   Germaniyaga   yordam   berishimiz   kerak.   Shu   tariqa   ular   bir-
birlarini mumkin qadar ko’proq o’ldiraverishsin».
Ikkinchi   frontni   ochish   masalasi   paysalga   solindi.   Cherchill   1942   yil
avgust   oyida   Moskvada   olib   borilgan   muzokoralarda   1942   yilda   ikkinchi
front   ochish   mumkin   emasligini   isbotlashga   urinib,   1943   yilda   albatga
ochishga va’da berdi. Biroq, 1943 yilda ham u ochilmadi. Angliya va AQSh
vakillari yashirin suratda Germaniya bilan ham muzokoralar olib bordilar. M:
1941   yil   sentyabrida   Lissabonda   Angliya   vakili   bilan   Germaniya   vakili
o’rtasida,   1943   yil   fevralida   Jenevada   AQShning   vakili   Dalles   bilan
Germaniya   knyazi   M.Gogenloe   o’rtasida   muzokoralar   bo’ldi.   Bunday
yashirin   muzokoralar   1945   yil   bahorigacha   davom   etdi.   1942   yil   oktyabrida
Cherchill’ Ruzveltga yozgan xatlarida SSSRga harbiy materiallar yuborishni
to’xtatish,  Kavkazga  Angliya-AQShning   quruklik   va   harbiy  xavo  kuchlarini
yuborgap to’g’risida xiyonatkorona istaklarni bildirdi. AQSh   xarbiy   kuchlari   urush   yillarida   12   mln   245   ming   kishiga,
Angliyaniki 9 mln 500 ming kipshga yetdi, shunga karamay, ular Yevropada
2-chi   frontni   ochmay,   asosiy   harbiy   kuchlarini   2-chi   darajali   bo’lgan   Tinch
okean va Afrikada urush ketayotgan rayonlarga to’pladilar.
Gitlerchilar   Sovet-German   frontining   eng   asosiy   vazifasi   Moskva
tomon   borish   deb   bilib,   80   ga   yakdsh   diviziyasini   va   katta   harbiy-havo
kuchlarshsh   shu   tomonga   tashladi.   Ular   noyabrning   oxiri   va   dekabr   oyining
boshlarida   Moskvaga   23-25   kmgacha   yaqinlashib   keldilar,   1941   yilning   5-6
dekabrida   boshlangan   karshi   hujum   natijasida   dushmanning   50   tacha
diviziyasi   majaklandi   va   1942   yilning   23   fevraligacha   dushman   Moskva
yonidan 120-400 km g’arbga uloktirib tashlandi. Nemis-fashisg armiyasining
«yengilmasligi»   to’g’risidagi   afsona   «Barbarossa   rejasi»   uzil-kesil   barbod
bo’ldi.
Moskva ostonasida dushman mag’lubiyatini g’arb tarixchilari kishning
qattik,   bo’lganliga   bilan   izohlaydilar.   Xususan,   ular;   «1941   yil   noyabr   oxiri
va   dekabrida   havo   63   darajagacha   sovib   ketdi»,-deb   izohlaydilar.   Xolbuki
sovuqning maksimal kuchayishi, ba’zi bir kunlari 31 darajadan oshmagan edi.
Nemislar   «General   qish   va   General   botqoq,   ruslarga   yordamga   keldi»-deb
o’zlarining mag’lubiyatlarini xaspo’slashga urindilar.
Dushman   1942   yilning   iyun   oxirida   katta   kuch   bilan   yana   hujumga
o’tdi.   Biroq,   Sovet   qo’shinlarining   yangi   shiddatli   janglari   natijasida   1942
yilning   19   noyabridan   1943   yilning   2   fevraligacha   nemis-fashistlarning   330
minglik   2   ta   armiyasi   tor-mor   qilindi.   Bulardan   147   mingi   halok   bo’ldi,   91
mingdan ortig’i feldmarshal Pauls boshchiligida asir olindi. Italyan, rumin va
venger   diviziyalari   yakson   kilindi,   hammasi   bo’lib   dushman   800   mingdan
ortiq   soldat   va   ofiserini,   2000   tank,   3   ming   samolyot,   70   ming
avtomashinasini yo’qotdi. Germaniyada umumiy motam e’lon qilindi. Nemis   tarixchilari   Stalingrad   ostonasida   nemis-fashistlarning
mag’lubiyatini   kuchlar   teng   bo’lmaganligining   natijasi   bilan   izohlaydilar,
ya’ni   «Sovet   Armiyasi   odam   soni   jihatidan   21   barovar   ustun   edi»-deb
izohlaydilar.   Aslida   1942   yilning   noyabrida   Stalingradda   kuchlar   nisbati
deyarlik teng edi: Sovet qo’shinlari 1 mln 5 ming jangchiga, nemis-fashistlar
1   mln   11   ming   jangchiga   ega   edilar;   tank   va   artelleriyada   Sovet   qo’shinlari
ustunlikka ega edi, samolyotlarning soni jihatidan esa dushman qo’li baland
edi.  Stalingrad  jangi  11-jahon  urushida  tubdan  burilish  jangi  bo’ldi,  bu  jang
Yaponiya bilan Turkiyaning SSSRga karshi urush boshlash rejalarini barbod
qildi.
Biroq,   nemis-fashistlar   2-chi   frontning   ochilmaganidan   foydalanib,
1943   yilning   yozida   Sovet-German   frontida   o’zlarining   257   diviziyasini
to’pladilar.   Kursk   yonida   ular   «Sitadel»   deb   nomlangan   operasiyani   amalga
oshirish   uchun   900   ming   soldat   va   ofiserini,   10   mingga   yakin   to’p   va
minomyotni,   3   mingga   yaqin   tank   va   o’zi   yurar   to’plarni,   2   mingdan   ortiq
samolyotni tashladilar. 1943 yilning 5 iyulida ular hujum boshladilar, biroq,
12   iyulda   Sovet   qo’shinlari   karshi   hujumga   o’tib   23   avgustgacha
dushmanning   katta   kuchini   tor-mor   qilib   tashladi.   Dushman   o’zini   o’nglab
ololmaydigan   darajaga   kelib   koldi.   Kursk   ostonasidagi   jang   2-jahon
urushining   eng   katta   janglaridan   biri   hisoblanib,   tubdan   burilish   tugallandi.
Faqat Kursk ostonasida dushmanning 30 ga yaqin   diviziyasi yakson qilindi.
G’arb davlatlarining liderlari Sovet-German frontining jahon urushidagi
salmog’ini   va   qizil   Armiyaning   rolini   tobora   tan   olishga   majbur   bo’ldilar.
Gitlerchilarning   Moskva   ostonasidagi   mag’lubiyatini   sharxlab,   Cherchill
«ruslarning karshilik ko’rsatishi german armiyasining belini sindirdi» dedi.
1942 yilning oktyabrida Ruzvelt Cherchillga yozgan xatida «Rus fronti
bizning eng buyuk umidimizdir» dedi. Nemis-fashistlarining   Stalingrad   ostonasida   so’ngra   Kursk   yonida
bo’lgan   katta   mag’lubiyati   Yevropada   fashizmga   qarshi   milliy-   ozodlik
kurashining   boshlanishiga   olib   keldi.   Yugoslaviya,   Fransiya,   Italiya,
Chexoslovakiya, Polsha, Bolgariya, Albaniya, Gresiya, Ruminiya, Norvegiya,
Gollandiya va boshqa mamlakatlarda bunday kurashlar o’sdi.
Osiyoda va Tinch okean havzasida-Xitoyda, Koreyada, Hindi-Xitoyda,
Filippin   orollarida,   Birma,   Malayya   va   Indoneziyada   erksevar   xalqlar
Yaponiya bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashini boshladilar.
1941   yil   kuzida   Angliya-Amerika   qo’shinlarining   asosiy   qismi
Shimoliy Afrikada edi. Dushman asosiy kuchlarining Sovet-German frontida
bo’lishi  Angliya-Amerikaga  Shimoliy Afrikada  xujumga o’tish  imkoniyatini
tug’dirdi. 1941yil kuzida Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiya 100 ming
kishilik harbiy kuchga, Angliya esa 150 miig kishilik harbiy kuchga ega edi.
1941   yil   noyabrida   gen.   Montgomeri   qo’mondonligidagi   ingliz   qo’shinlari
hujumga   o’tib,   1942   yil   yanvarida   Kirenaikani   egalladilar.   Lekin   gen.
Rommel   qo’mondoiligadagi   nemis-italyan   qo’shinlarining   karshi   hujumlari
natijasida  inglizlar  yana   Misrga  Al-Alamaynga  chekindilar.   1942  yilning   23
oktyabrida   ingliz   qo’shinlari   qarshi   hujumga   o’tib,   agressorlarni   Misrdan
surib   chiqardilar,   Kirenaika   va   Tripolitaniyani   egalladilar.   1942   yilning   8
noyabrida   Amerika   generali   Eyzenxauer   boshchiligidagi   700   ming   kishilik
ingliz-amerika qo’shiilari uch guruxga bo’linib hujum boshladi va Shimoliy-
g’arbiy   Afrika,   Frandiya   Marokashi   va   Jazoir   hududlarini   egallab   Tunis
hududiga kirdilar.
1943   yilning   20-21   martida   ittifoqchilar   hujumni   davom   ettirdilar.
Italyan-nemis qo’shinlari ko’p  talofat ko’rib,  O’rta  yer  dengizi  qirg’oqlariga
chekindilar.   Angliya-Amerika   armiyasi   Tunisni   ishg’ol   qildilar   va   nihoyat
1943   yilning   12   mayida   Shimoliy   Afrikada   italyan-nemis   qo’shinlari   taslim
bo’ldi.   Bu   g’alaba   ittifoqchilar   uchun   ikkinchi   frontni   ochish   uchun nmkoniyat   tug’dirib   berdi.   Bnroq,   ular   ikkinchi   frontni   ochishni   paysalga
solishni   davom   ettirdilar.   Ular   Shimoliy   Afrikadagi   g’alabalarini   bo’rttirib
maqtashdilar,   Al-Alamayn   yonidagi   jangni   2-chi   Stalingrad   deb   atashdilar.
Xolbuki,   Stalingrad   ostonasidagi   jangda   dushmanning   1   mlnga   yaqin
armiyasi ishtirok etgan bo’lsa, Al-Alamayn yonidagi jangda dushmanning 80
ming   kishilik   armiyasi   qatnashdi.   Demak,   2-chi   Stalingrad   jangi   deb
ko’klarga   ko’tarib   maqtash,   bo’rttirish   bo’lgan   ekan.   Gitler   Germaniyasi
ittifoqchilarining,   ayniqsa,   fashistik   Italiyaning   ahvoli   g’oyat   darajada
yomonlashib   ketdi.   Sovet-German   frontida   Italiya   11   ta   diviziyasidan
mahrum bo’ldi. Shimoliy Afrikada u katta talofat ko’rdi. Mamlakat iqtisodiy
tanglikni   boshidan   kechirmoqda   edi,   xom   ashyo   yetishmasdi.   U
Germaniyannng   qaramiga   aylandi,   500   ming   ishchi   Germaniyaga   olib
ketilgan   edi.   Moliyaviy   ahvol   og’irlashib,   aholi   sulhni   talab   qilib   chiqa
boshladi. Italiya soldatlari to’da-to’da bo’lib ittifoqchilar tomoniga o’tib keta
boshladi.   Italiyaning   tang   ahvolda   qolganligidan   foydalanib,   Kursk   janglari
ketayotgan   paytda   Ittifoqchilar   armiyasi   1943   yil   iyulida   Sisiliya   oroliga
qo’shin   tushirdi   va   uni   egalladilar.   1943   yil   19   iyulda   Verona   shahrida
Mussolini Gitler bilan uchrashib, uidan yordam so’radi, biroq Gitler buni rad
qiladi   va   Shimoliy   Italiyanigina   «birga   ximoya   qilish»ni   taklif   qiladi.   U   bu
bilan   Germaniyani   janub   tomondan   himoya   qilishda   Italiyaning   qolgan
qo’shinlaridan   foydalanishni   ko’zda   tutgan   edi.   Veronadagi   kengash   Italiya
fashistik partiya Sovetiga ma’qul bo’lmadi.
Sovet 24 iyulda Oliy bosh qo’mondonlik lavozimini Mussolini qo’lidan
olib   korolga   topshirish   to’g’risida   karor   qabul   qildi.   Mussolini   barcha
lavozimlaridan   mahrum   qilindi   va   Marshal   Badalo   boshchiligida   yangi
hukumat
tuzildi.   Mussolini   qamovda   olindi.   15   avgustda   Badalo   hukumati   gen.
Eyzenxauer bilan muzokoralar olib bordi va 3 sentyabrda yarashuv va so’zsiz taslim   bo’lgan   aktiga   imzo   chekdi.   Shu   kuni   Angliya-Amerika   qo’shinlari
Janubiy   Italiyaga   tushirildi.   Gitlerchilar   vahimaga   tushib,   Italiyaning
shimoliy   va   markaziy   rayonlarini,   shuningdek   janubning   bir   qismini
ishg’ol   qildilar.   Korol   va   Badalo   hukumati   ittifoqchi   qo’shinlar   panohiga
qochdi.
12   sentyabrda   Gitler   Mussolinini   qamoqdan   ozod   etib,   samolyotda
Germaniyaga   olib   bordi.   Gitler   bilan   muzokoralar   bo’lib   o’tgach   Mussolini
gitlerchilar   yordami   bilan   Shimoliy   Italiyada   qo’g’irchoq   hukumatni   tuzdi.
Gitlerchilar   taslim   bo’lgan   italyan   qo’shinlarini   qurolsizlantirib,   ularga
nisbatan   shafqatsizlik   bilan   munosabatda   bo’ldilar.   13   sentyabrda   Badalo
hukumati   fashistik   Germaniyaga   qarshi   urush   e’lon   qilishga   va   antigitler
kaolisiyaga   qo’shilishga   majbur   bo’ldi.   Biroq,   ittifoqchilar   Italiyaning
Shimoliga   qarab   hujum   qilishni   tezlashtirmadilar,   faqat   1943   yilning
noyabridagina   Neapol   shimolidagi   nemislar   ishg’ol   qilgan   pozisiyalarga
yetib bordilar.
Ma’lumki,   militaristik   Yaponiya   1941   yil   dekabr   -   1942   yil   mayida
Janubi-Sharqny   Osiyonnng   katta   qismini   va   Tinch   okeanda   bir   qancha
orollarni   egallagan   edi.   U   Avstraliyaga   hujum   qilishga   tayyorlanmoqda   edi.
Biroq,   amerikaliklar   tashabbusni   egallab,   1942   yilning   mayida   Yangi
Gvineyada va Marjon dengizida Yaponiyaning harbiy kemalariga zarba berdi.
Yaponiya   2   yirik   harbiy   kemadan   va   80   ga   yaqin   samolyotidan   mahrum
bo’ldi.   4-5   iyunda   Gavay   orollarida   bo’lgan   jangda   ham   Yaponiya
mag’lubiyatga   uchradi   va   u   Tinch   okeanda   mudofaaga   o’tishga   majbur
bo’ldi.   1943   yilda   ham   Tinch   okeanda,   bo’lgai   urushlarda   Yaponiya
muvaffaqiyatsizlikka   uchradi.   1944   yil   iyulida   Tinch   okeanda   urushni   olib
borgan   general   Tadzio   hukumati   qulad1s   Yaponyyaning   Tinch   okeaida   va
Osiyodagi ahvoli yomonlasha bordi. 1943« yil 19-30 oktyabrda Moskvada SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya
tashqi   ishlar  ministrlarining  konferensiyasi  bo’lib   o’tdi.  Konferensiya   CSCP
taklifi   bilan   urushning   borishi,   uning   muddatini   qisqartirish   va   urushdan
keyingi tartib to’g’risidagi masalalarni  muhokama  qildi.  Konferensiya urush
davrida   va   urushdan   keyin   ittifoqchi   davlatlar   hamkorligi   to’g’risida
Deklarasiya   qabul   qildi.   Deklarasiya   dushman   taslim   bo’lguncha   urushni
davom   ettirish,   urushdan   keyin   butun   kuchlarni   tinchlik   va   xavfsizlikning
mustahkamlashga   qaratish,   xalqaro   tinchlik   va   xavfsizlik   tashkilotini   tuzish,
urushdan keyin janjalli masalalarni hal qilishda o’zaro kelishmay turib harbiy
vositalarni ishga solmaslik kabi masalalarni bayon qildi.
Konferensiya   Stalin,   Ruzvelt   va   Cherchill   imzosi   bilan   e’lon   qilingan
gitlerchilarni   javobgarlikka   tortish   to’g’risidagi   Deklarasiyani   ham   qabul
qildi.
1943   yil   28   noyabr-1   dekabrda   Tehronda   uch   buyuk   davlat   -   CSCP,
AQSh,   Buyuk   Britaniya   hukumatlari   rahbarlari,   tashqi   ishlari   ministrlari   va
Bosh   shtab   boshliqlari   ishtirokida   konferensiya   bo’lib   o’tdi.   Konferensiyada
harbiy hamkorlik, 2-chi front masalasi, urushdan keyingi Germaniya masalasi
muhokama qilindi. Tegishlii hujjatlar, Deklarasiyalar qabul qilindi.
Sovet   delegasiyasining   qat’iy   talabi   bilan   1944   yil   1   maydan
kechiktirmay   La-Mansh   bo’g’ozi   orqali   Shimoliy   Fransiyaga   o’tib,
Yevropada   2-chi   frontni   ochish   to’g’risida   bitimga   kelindi.   Germaniya
masalasida   esa   bir   fikrga   kelinmadi.   SCCP   urushdan   keyin   Germaniyani
yagona demokratik davlat bo’lib qolishi to’g’risida bayonnoma berdi. AQSh
Germaniyani   besh   davlatga   bo’lib   yuborish   taklifini   kiritdi.   Angliya   esa
Prussiyani   Germaniyaning   boshqa   qismidan   ajratib   yuborishni,
Germaniyashshg Janubiy viloyatlarini «Dunay federasiyasi» tarkibiga kiritish
taklifini kiritdi. Eron to’g’risida deklarasiyada unga iqtisodiy yordam ko’rsatish, uning
mustaqilligiga, hududiy butunligiga ziyon yetkazmaslik haqida majburiyatlar
olindi.   Ayrim   kelishmovchiliklarga   qaramay   Tehron   konferensiyasi   Gitlerga
qarshi   qaratilgan   kaolisiyani   mustahkamlashda   katta   rol   o’ynadi.   Gitlerning
antifashistik   kaolisiyani   bo’lib   yuborish   uchun   qilgan   harakatlari   befoyda
ketdi.
1944   yilning   yozi   va   kuzida   Sovet   qo’shinlari   nemis-fashist
qo’shinlarini   quvib   borib,   o’zining   Shimoliy   dengazdan   qora   dengizgacha
bo’lgan   davlat   chegarasini   tikladi   va   fashizm   qulligiga   tushib   qolgan
davlatlarni ozod qilish uchun haloskorlik missiyasini boshladi.
AQSh va Angliya 1944 yilning 6 iyunida nihoyat 2-chi frontni ochdilar.
General   Eyzenxauer   qo’mondonligidagi   ingliz-amerika   qo’shinlari   La-
Manshdan   o’tib,   Fransiyaning   shimolidagi   Normandiyaga   kirdilar.   15
avgustda Angliya, Fransiya va AQSh qo’shinlari Fransiyaning janubiga Tulan
rayoniga   tushirildi.   13   avgustda   Fransiyaning   shimolida   olib   borilgan   bir
qator   operasiyalardan   keyin   nemis-fashistlarning   100   mingga   yaqin
qo’shinlari   asir   olindi.   1944   yil   25   avgustda   fransuz   vatanparvarlari
tomonidan  ozod  qilingan Parijga kirdilar va Fransiya respublikasi  muvaqqat
hukumati Londondan Parijga keldi.
1944   yilning   sentyabrida   ittifoqchilarning   qo’shinlari   Fransiyani,
Lyuksemburgni,   Belgiyani   va   Gollandiyaning   bir   qismini   ozod   qildilar,
hamda Germaniya chegarasiga o’tdilar.
G’arbdagi   front   fashistik   Germaniyaning   85   ta   diviziyasini   o’ziga   jalb
qildi,   xolbuki   1944   yil   yozida   ham   dushmanning   228   diviziyasi   va   28   ta
brigadasi   Sovet   German   frontida   edi.   Shu   sababli   1944   yil   sentyabrida
Cherchill   «shu   rus   armiyasi   German   harbiy   mashinasining   ichak   chavog’ini
olib tashladi va hozirgi daqiqada ham o’z frontida dushmanning tengsiz katta
qismiga bardosh bermoqda», deb iqror bo’lishga majbur bo’lgan edi. 1944 yil oxiri va 1945 yil boshiga kelganda kuchlar nisbati to’la Sovet
armiyasi   foydasiga   o’zgargandi.   Lekin   dushman   hali   kuchli   edi,   uning   204
diviziyasi Sovet-German frontida edi, faqat 70 dan kamroq diviziyasi g’arbiy
Yevropa frontida edi.
Shunga   qaramasdan   1944   yil   16   dekabrida   nemis   qo’shinlari   g’arbiy
frontda   hujum   boshlab,   Angliya-Amerika   qo’shinlari   frontini   yorib   o’tdi   va
Fransiyaning   Shimoli-Sharqiga   tutashgan   Belgiyaning   Ardenn   tog’
rayonlarida   Angliya-Amerika   qo’shinlarini   og’ir   ahvolda   qoldirdi.
Ittifoqchilarning   qo’shinlari   100   kmcha   orqaga   chekindi   va   ko’p   talofat
ko’rdi.   1945   yil   yanvarida   nemis-fashistlar   Elzasda   ham   huyasumga   o’tdi.
Cherchill   1945   yil   6   yanvarda   Stalinga   murojaat   qilib,   Sovet   qo’shinlari
hujumini tezlatishni va shu yo’l bilan yordam berilishini so’radi. 20 yanvarga
mo’ljallangan hujum 12 yanvarda boshlandi va 1200 km kenglikda dushman
kuchlariga   qaqshatqich   zarbalar   berildi.   Bu   hujum   operasiyalarida   150   ta
Sovet   diviziyasi   qatnashdi.   Sovet   qo’shinlari   odam   va   texnika   jihatidan
dushmandan   ancha   ustun   edi.   Gitler   qo’shinlari   bir   necha   yuz   kilometr
g’arbga   uloqtirib   tashlandi   va   60   ta   nemis   diviziyasi   tor-mor   qilindi.   17
yanvarda Varshava, 13 fevralda Budalesht, 4 aprelda Bratislava ozod qilindi.
9 aprelda Kengsburg, 13 aprelda Vena ishg’ol qilindi. Sovet qo’shinlarishshg
bu   hujumlari   nemis-fashist   qo’shinlarining   g’arbiy   frontdagi   hujumlarishshg
to’xtatilishiga   olib   keldi.   Gitler   qo’mondonligi   bir   qancha   diviziyalarni
g’arbiy   frontdan   olib   Sharqiy   frontga   tashlashga   majbur   bo’ldi.   Angliya-
Amerika   qo’shinlari   o’zlarini   o’nglab   olib   1945   yil   martidan   nemislarga
qarpsh hujumga o’tishga muvaffaq bo’ldilar.
1945   yil   4-12   fevralda   Qrimning   Yalta   shahrida   uch   buyuk   davlat-
CSCP,   AQSh,   Buyuk   Britaniya   hukumat   boshliqlari-Stalin,   Ruzvelt,
Cherchill   va   ularning   maslahatchilari   ishtirokida   konferensiya   bo’lib   o’tdi.
Konferensiyada   Germaniyaga   qarshi   birgalikda   urush   harakatlarini tezlashtirib olib borish rejalari, urush  harakatlarini Germaniya so’zsiz taslim
bo’lgandan   keyin   to’xtatish   haqida   bitim   qabul   qilindi.   Konferensiyada
AQShning   Germaniyani   5   qismga,   Angliyaning   esa   Germaniyani   3   qismga
bo’lish   to’g’risidagi   takliflari   rad   etilib,   kelgusi   Germaniyani   yagona   davlat
sifatida saqlab qolish to’g’risida ham bir bitimga kelindi.
Konferensiya   gitlerchilar   keltirgan   zararlar   va   xarobalar   uchun
Germaniyadan 20 mlrd. dollar (SSSRga 10 mlrd) miqdorida reparasiya olish
to’g’risida kelishib oldilar. Konferensiyada tinchlik va xavfsizlikni saqlash va
ta’minlash   uchun   Birlashgan   millatlarning   xalqaro   tashkilotini   tuzish
to’g’risida ham kelishib qaror qabul qildilar.
Konferensiyada   Germaniya   so’zsiz   taslim   bo’lgandan   keyin   2-3   oy
ichida
SSSRning   Yaponiyaga   qarshi   urushga   kirishi   to’g’risida   yashirin   bitim
tuzildi;
Janubiy   Saxalinni,   unga   yaqin   orollarni   va   Kuril   orollarini   Yaponiyadan
SSSRga   berilishi   masalasi,   Port-Arturni   SSSRning   harbiy-dengiz   bazasi
sifatida qayta ijaraga berish va boshqa masalalar ko’rildi.
1945   yil   aprel   o’rtalarida   gitlerchilar   Sovet   qo’shinlariga   qarshi   214
diviziya   va   14   brigada,   ittifoqchilarga   qarshi   60   diviziyaga   ega   edi.   1945
yilning   16   aprelidan   Berlin   operasiyasi   boshlandi.   23   aprelda   Sovet
qo’shinlari   Berlinga   kirdilar,   25   aprelda   Berlin   hamma   yovdan   qurshab
olindi.   g’arbdan   ittifoqchi   qo’shinlar   Reyndan   o’tib,   Elba   daryosi   tomon
yurdilar   va   25   aprelda   Sovet   qo’shinlari   Amerika   qo’shinlari   bilan
uchrashdilar.
Berlin operasiyasi ( 1945  yil  16 aprel  -  2 may) .
Xarbiy kuchlar SSSR Germaniya Nisbati
Odam soni 25000000 10000000  2 5:1  Zambaraklar va minamyotlar 41600 10400 4,0:1
Tanklar va o’zi yurar to’plar 6250 1500 4.1:1 
Samolyotlar 7500 3300 2,3:1
Berlin operasiyasi ikkinchi jahon urushining eng buyuk janglaridan biri
bo’ldi. Berlinni shturm qilishda Sovet tomonidan 2,5 mln kishi, 41 ming 600
zambarak   va   minomyot,   6300   tank   va   o’zi   yurar   to’plar,   7500   jangovor
samolyot  va  boshqa  harbiy  texnikalar  qatnashdi;  nemis-fashistlar  tomonidan
1 mln kishi, 10 ming 400 zambarak va minomyot, 3300 samolyot va boshqa
harbiy   texnikalar   qarshi   qo’yildi.   30   aprelda   Sovet   qo’shinlari   Reyxstagni
shturm qilib oldilar va soat 14dan 25 minut o’tganda Reyxstag binosi ustiga
g’alaba   bayrog’ini   o’rnatdilar.   Shu   kuni   Gitler,   undan   keyin   esa   Gebbels
o’zini-o’z otib o’ldirdi. 2 mayda fashistlarning Berlin gornizoni taslim bo’ldi
va Berlin Sovet qo’shinlari tomonidan batamom ishg’ol qilindi.
G’arb   tarixchilari   Berlin   operasiyasi   va   vaqtida   nemis-fashist   armiyasi
ruslarga   qarshilik   ko’rsatmadilar   deb   xaspo’shlaydilar,   xolbuki   1945   yil   16
aprelidan 2 mayigacha Berlin uchun bo’lgan janglarda qizil Armiya 102 ming
kishisidan ajraldi.
1945   yil   25   aprelda   Shimoliy   Italiyadagi   xalq   qo’zg’oloni   natijasida
Mussolini rejimi bitirildi, qo’lga tushgan Mussolini partizan sudi hukmi bilan
28 aprelda osib o’ldirildi.
Gitlerning   vasiyatiga   ko’ra   1   mayda   Shimoliy   Germaniyada   admiral
Denis boshchiligida yangi fashistik hukumat tuzildi.
1945   yil   8   mayda   SSCP,   AQSh,   Angliya   va   Fransiya
qo’mondonliklarining   vakillari   ishtirokida   Germaniya   qo’mondonligining
vakillari   (Keytel   va   boshqalar)   Germaniyaning   so’zsiz   taslim   bo’lganligi
to’g’risidagi aktga imzo chekdi. 1945 yil 23 mayda Sovet qo’mondonligining
talabi bilan Denis va uning «hukumati» qamoqqa olindn.  1945 yil 5 iyunda Berlinda Germaniyaning mag’lubiyati haqidagi qabul
qilingan   Deklarasiyaga   muvofik   Germaniyada   oliy   hokimiyat   4   ittifoqchi
davlat   ixtiyoriga   o’tdi.   Germaniya   4   zonaga:   SSSP,   AQSh,   Angliya   va
Fransiya qo’shinlari okkupasiya zonasiga, Berlin esa 4 sektorga bo’lindi.
Qrim   konferensiyasi   qarorlariga   ko’ra   1945   yil   25   apreldan   26
iyungacha   antifashistik   kaolisiyaga   kirgan   davlatlarning-Birlashgan
Millatlarning   San-Fransiskoda   konferensiyasi   bo’lib   o’tdi.   46   mamlakatdan
300   ga   yaqin   vakillar   qatnashdi,   keyinroq   yana   4   davlatdan   delegasiyalar
bordi,   shu   jumladan   Ukraina   CSP   va   Belorussiya   SSR   vakillari   ham
qo’shildi. Konferensiyada xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va
ta’minlash   uchun   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotini   tuzish   masalasi   ko’rildi.
Nihoyat   1945   yil   26   iyunda   BMTning   ustavi   qabul   qilindi.   O’sha   yili   24
oktyabrda   BMT   a’zosi   bo’lgan   davlatlar   tomonidan   Ustav   tasdiqlandi.   24
oktyabr - BMT kuni deb ataldi.
1945 yil 17 iyul - 2 avgustda uch buyuk davlat - SSSP, AQSh, Buyuk
Britaniya hukumatlari boshliqlarining-Stalin, G.Trumen (1945 yil 12 aprelda
prezident   Ruzvelt   vafotidan   keyin   vise-prezident   G.Trumen   prezidentlik
lavozimini   egallaydi),   U.Cherchill,   25   iyuldan   boshlab   K.Ettli   (Angliya
parlament   saylovlarida   g’alaba   qilgan   leyboristlar   partiyasining   vakili)   va
ularning maslahatchilari ishtirokida Berlin yaqinida Potsdamda konferensiya
bo’lib   o’tdi.   Potsdam   konferensiyasi   g’oyat   muxim   qarorlar   qabul   qildi.
Konferensiyadagi   bosh   masala-   Germaniya   masalasi   edi.   Siyosiy   prinsiplar
bo’yicha   Germaniyani   to’la   qurolsizlantirish   (demilitarizasiya),   fashizmni
bitirish   (denasifikasiya),   Germaniyaning   siyosiy   xayotini   demokratik   asosda
qayta qurish (demokratizasiya), iqtisodiy prinsiplar bo’yicha harbiy-iqtisodiy
potensialni   va   kartellarni   tugatish   choralari,   okkupasiya   davrida   ham
Germaniyani   «iqtisodiy   tomondan   yaxlit»   deb   qarash   ko’zda   tutildi.   Harbiy
jinoyatchilarni   qamovda   olish   va   sud   qilish   to’g’risida   kelishib   olinda. Xalqaro   harbiy   tribunal   tuzildi.   Konferensiyada   reparasiya   masalasi   ko’rib
chiqildi va 50 % (10 mlrd dollari) CSCP foydasiga deb belgilandi. Uch davlat
Germaniyaning   harbiy-dengiz   va   savdo   flotini   teng   bo’lib   olish   to’g’risida
kelishib oldilar.
Konferensiyada   Polshaning   g’arbiy   chegaralari   qilib,   Oder   va   Neyse
daryolari   belgilandi.   Kenigsberg   shahri   va   uning   atrofidagi   joylar   SSSPga
beriladigan bo’ldi.
3 .  Ikkinchi jaxon urushining so’ngi davrida urush xarakatlari,
militaristik  Yaponiyaning tor-mor qilinishi. Urushning tugashi va natijalari
Potsdam Konferensiyasida militaristik Yaponiyani tezlikda tor-mor 
qilish masalasi ham ko’rib chiqilgan edi.
1945   yil   6   va   9   avgustda   prezident   Trumen   buyrug’i   bilan
Yaponiyaning   Xirosima   va   Nagasaki   shaharlariga   atom   bombasini
tashladilar.   Xirosima   butunlay   vayron   qilindi.   Hammasi   bo’lib   300   mingga
yaqin   kishi   halok   bo’ldi,   200   mingga   yaqin   kishi   yarador,   mayib-majrux
bo’lib qoldi. Xirosimaga tashlangan bombaning quvvati 12 kiloton edi.
Sovet   hukumati   Yaponiyaning   urush   davridagi   antisovet   pozisiyasini
xisobga   olib,   1945   yil   8   avgustda   9   avgustdan   boshlab   Yaponiyaga   qarshi
urush boshlajagini bildirdi.
Sovet-Yaponiya frontidagi kuchlar nisbati (1945 yil avgust)
Harbiy kuchlar SSSR Yaponi Nisbati
Odam soni 1500000 120000
0 1,2:1
To’plar va
minamyot 26000 8500
3,5:1
Tank va o’zi yurar 5500 1155 5:1
Samolyotlar 3800 1800 2,1:1
9   avgustda   Sovet   qo’shinlari   shiddatli   hujumlarini   boshlab   yubordi   va
1945   yilning   2   sentyabrida   Yaponiya   so’zsiz   taslim   bo’lish   aktiga   imzo
chekdi.   Janubiy Saxalin va Kuril orollari SSSRga o’tdi. Yaponiyaning taslim
bo’lishi bilan 2-chi jahon urushi xam tugadi. Ikkinchi jahon urushi 5 davrga bo’linadi.
Birinchi davr-(1939 yilning 1 sentyabri-1941 yilning 22 iyuni) g’arbiy
Yevropa   davlatlarining   mag’lubiyatga   uchrashi,   kuchlar   nisbatining   fashizm
foydasiga o’zgarishi bilan, xarakterlanadi.
Ikkinchi   davr   -   (1941   yil   22   iyun   -   1942   yil   19   noyabr)   Yashin
tezligida   urush   olib   borish   rejasining   barbod   bo’lishi,   Antifashistik
koalisiyaning   tuzilishi   va   2-jahon   urushida   tub   burilishining   boshlanishi
bilan xarakterlanadi.
Uchinchi   davr   -   (1942   yil   19   ioyabr   -   1943   yil   oxiri)   Strategik
tashabbusning   to’la   Sovet   Ittifoqiga   o’tishi   va   urushda   tub   burilishning   yuz
berishi bilan xarakterlanadi.
To’rtinchi davr - (1944 yil yanvar - 1945 yil 9 may). Germaniyaning, -
uning Yevropadagi ittifoqchilarining tor-mor qilinishi va taslim bo’lishi bilan
xarakterlanadi.
Beshinchi   davr   -   (1945   yil   9   may   -   1945   yil   2   sentyabr).   Militaristik
Yaponiyaning tor-mor qilinishi bilan xarakterlanadi.
2-jahon urushi 6 yil davom etdi va deyarli barcha mamlakatlarni o’ziga
tortdi.   Urushda   61   davlat   ishtirok   etdi,   40   ta   mamlakat   hududida   urush
xarakatlari bo’ldi. Jahon aholisining 80 % urushda faol qatnashishga majbur
bo’ldi.   Hammasi   bo’lib,   110   mln   kishi   qurollantirildi,   60   mlnga   yaqin   kishi
halok bo’ldi, 35 mln kishi mayib-majrux bo’lib qoldi. Yevropadagi qamoq   va
o’lim   lagerlarida   12   mln   dan   ortiq   kishi   halok   bo’ldi.   Urushda   AQSh   300
mln,   Angliya   250   mln,   SSSR   24   mln,   Germaniya   12   mln,   Polsha   6   mln
kishisidan ajraldi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процесс: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Ikkinchi jahon urushi yillar i da xalqaro munosabatlar Reja: 1. Urush boshlanishi oldidan fashistlar blokidagi davlatlarning harbiy kuchlar nisbati 2. Fashizmga qarshi blokdagi davlatlarning harbiy kuchlar nisbati 3. Urushning boshlanishi va tavsifi 4. 1939 yil 23-avgust bitimi va Sovet-Germaniya iqtisodiy aloqalari. Urushning birinchi davridagi harbiy harakatlar 5. SSSRga qarshi urushning boshlanishi va dastlabki talofatlar sabablari 6. Ikkinchi jahosh urushining asosiy janglari va fashistlar Germaniyasining tor- mor qilinishi 7. Ikkinchi jaxon urushining so’ngi davrida urush xarakatlari, militaristik Yaponiyaning tor-mor qilinishi. Urushning tugashi va natijalari

Darsning maqsadi: Ma’lumki, II jahon urushi insoniyat tarixida I-jahon urushidan so’ng eng mudhish voqyelik sifatida deyarli jahonning barcha qit’alarini qamrab oldi. Bu urush 6 yil davom etib, millionlab kishilar yostig’ini quritdi. Keyingi yillarda II jahon urushi to’g’risida ko’plab tarixiy adabiyotlar bilan birga ilmiy, ommaviy maqolalar nashr etilmoqda. Ushbu manba va adabiyotlarga tayangan holda, II jahon urushining boshlanishining asosiy sabablari va bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan siyosiy kuchlarning shakllanishi, bo’lingan dunyoni qayta bo’lib olish uchun ular o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi bilan birga o’z navbatida G’arb mamlakatlarining germaniya fashizmini Sharqqa yo’naltirishdan ko’zlangan maqsadlariga to’xtalib o’tiladi. Germaniya fashizmining mamlakatlarga qarshi qaratilgan rejalarini ishlab chiqishi («Vays», «Dengiz nahangi», «Barbarossa») rejalari masalalariga alohida e’tibor beriladi. Angliya va Fransiyaning Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishi va ikkinchi jahon urushining boshlanishi, Polshaning mag’lubiyati dasstlabki mag’lubiyati, AQSh betarafligining e’lon qilinishi, G’arbiy Yevropada «G’alati urush», Sovet-fin urushining boshlanishi, bu urushga Angliya va Fransiya xukumatlarining munosabatlari, ikkinchi jahon urushida Fransiyaning mag’lubiyati, Angliyaga havo xujumining uyushtirilishi va Sharqiy Yevropada germaniya fashizmining urush olib borishi masalalari ko’rib chiqiladi. Maruza jarayonida Germaniya fashizmining Sobiq Sovet ittifoqiga qarshi ishlab chiqilgan «Barbarossa» rejasiga ko’ra urush harakatlarini boshlashi, sovet-german frontidagi jangovar harakatlar, 1941 yil 7 dekabrda Yaponiyaning tinch okeani xavzasidagi Pyorl-Xarborga xujumi, AQShning ikkinch jahon urushiga kirishi va Tinch okeani havzasidagi urush harakatlarining boshlanishi kabi masalaga alohida e’tibor qaratiladi.

1942 yil may-iyun oylaridagi Angliya-Sovet va AQSh-SSSR o’rtasidagi shartnomalar imzolanishi, Antigitlerchilar koalisiyasining tashkil etilishi, Stalingrad yonidagi jang va II jahon urushi davridagi tub burilish va uning tarixiy ahamiyati, Italiyaning taslim bo’lishi va Gitlerchilar koalisiyasining inqirozi, Tehron konferensiyasi va uning qarorlari, 1944 yildagi sovet qo’shinlarining jangovar harakatdagi muvafaqiyati Shimoliy Fransiyaga Angliya-Amerika qo’shinlarining tushirilishi va II front ochilishi, G’arbiy frontdagi urush harakatlarining borishi, Fransiya, Belgiya va Gollandiyaning ozod etilishi, Sharqiy va janubiy Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ozod qilinishi, Germaniyaning taslim bo’lishi va II jahon urushining tugashi va uning oqibatlari masalalari ko’rib chiqiladi. 1. Urush boshlanishi oldidan fashistlar blokidagi davlatlarning harbiy kuchlar nisbati Ikkinchi jahon urushi yaqinlashgan sari Gitler Germaniyasining urushga zo’r berib tayerlanganligini ko’ramiz. 1939 yilning 30 avgustida Gitler imperiyani himoya qilish bo’yicha ministrlar kengashini tuzish to’g’risida dekret chiqardi. Yangi harbiy kabinetning qo’liga urush vaziyatida butun mamlakatning taqdiri toppshrildi. Unga doimiy a’zolar etib, Gering (rais), Gess (portfelsiz ministr), Funk (iqtisod minisgri), Frik (ichki ishlar ministri), Dammers (imperiya kanselariyasi boshliqi) va Keytellar (qurolli kuchlar bosh qo’mondonligi shtabi boshlig’i) kiritildi. Fashistik diktatura faoliyatida ayniqsa, milliy- sosialistik partiya katta rol o’ynadi. Bu partiyaning a’zolari Gitlerga quyidagicha qasamyod qilardilar: «Men buzilmas sadoqat bilan Adolf Gitlerga so’zsiz itoat etishga qasamyod qilaman». Fashistik partiya mamlakatda bir qator tashkilotlarning va uyushmalarning ustidan rahbarlik qilardi. Jumladan, shturmchi (SA) va soqchi qo’riqchi (SS) otryadlar, avtomobillarning milliy-sosialistik ittifoqini,

gitlerchi yoshlar tashkiloti, nemis talabalari va dosentlarining milliy- sosialistik ittifoqi, xotin-qizlarning milliy-sosialistik jamiyati va boshqa shunga o’xshagan o’nlab tashkilotlarning ustidan nazorat qilar edi. Gitlerning 1937 yil oxiridagi bayonotiga qaraganda milliy-sosialistik partiyaning a’zolari unga buysungan tashkilotlar, jamiyatlar va itgifoqlarning a’zolari bilan birga 25 mln kishiga yetgan edi. Qurollanish uchun juda katta mablag’ va ishchi kuchi kerak edi. Shuning uchun 1933-1939 yillarda harbiy xarajatlarga Reyxstagda Gitlerning aytgan so’ziga qaraganda 90 mlrd. marka mablag’ sarflangan. G’arbiy Germaniyalik moliya ishlari mutaxassisi F.Federauning ma’lumotiga qaraganda 1933-1939 yillarda harbiy harajatlarga 60 mlrd. marka mablag’ sarflangan. 1939 yilning iyunida Germaniyaning harbiy sanoatida (Avstriya va Sudet bilan birga) 2 mln. 400 ming kishi faoliyat ko’rsatar, bu esa ishchilarining 21,9%i ni tashkil etardi. G’arbiy Germaniyadagi iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tekshirish institutining ma’lumotlariga qaraganda, 1933-1940 yillarda harbiy sanoat 10 marta sanoatida 631 ming ishchi kuchi yetishmasdi. Shuning uchun imperiyaning mehnat ministrligi ishga yaroqlilar hisobini olib chiqdi va 1939 yilning 23 iyunida aholini yoppasiga safarbar qilish masalasini ko’rdi. Imperiyaning mehnat ministri Gitlerga axborot berib, mamlakatda 43,5 mln. ishga yaroqli kishi borligini ma’lum qildi va shulardan vermaxtda (qurolli kuchlarda) 7 mln erkak va 250 ming ayolni, iqtisodiyotda va boshqa sohalarda 19,2 mln erkak va 17,1 mln ayolni ishlatish mumkinligi to’g’risida ko’rsatmalar berildi. Shunga o’xshash barcha urinishlarga qaramay, Germaniyaning moliiviy ahvoli urush arafsida og’ir ahvolda edi. Uning tashqi qarzi 60 mlrd. markann tashkil etar edi.

Urush boshlanishi arafasida Germaniya piyoda qo’shinlarida 2 mln. 700 ming kishi, zahira armiyada esa 1mln. kishi bor edi. Ofiserlar korpusi 70524 kishini tashkil etib, shundan 21 ming 768 kishi safda, 48 ming 756 kishi zahirada edi. Urush boshlangan vaktda Germaniyada 4093 ta samolyot bo’lib, 3646 tasi jangovor holatda edn, shundan 1170 tasi bombardimonchi (Xe III, Do-17, Yu-88), 517 ta sho’ng’uvchi bombardimonchi 10-87, 408 ta qiruvchi bombardimonchi Ts-110; 771 ta kiruvchi samolyot, 40 ta shturmchi samolyot; 013 ta razvedkachi samolyot; 552 ta transport-samolyot va 16 ta gidrosamolyot bor edi. 1939 yil avgustida harbiy-havo kuchlarida 373 ming kishn bo’lib, shundan aviasiya va havo-desanti qo’shilarida 208 ming kishi, zenit artelleriya qo’shilarida 107 ming kishi va havo-aloqa qo’shinlarida 58 ming kishi bor edi. Shulardan 20 ming kishi uchuvchilar edi. Ofiserlar soni harbiy havo kuchlarida 1939 yili iyunida 12 ming kishidan 1939 yil avgustiga kelib 15 ming kishiga yetdi. Urush boshlanganda Gsrmaniyaning harbiy dengiz kuchlaridagi tayyorgarlik darajasi ancha past edi. M: u Angliya flotidan 7 marta, Fransiya flotidan 3 marta past darajada edi. Admiral Dennn, aytganidek. “Gsrmaniya 1939 yilning yozida Angliya dengiz flotiga qarshi tura oladigan darajada kuchga ega bo’lgan harbiy dengiz flotiga ega emas edi». Urush boshlanganda Germaniyaning harbiy dengiz flotida 150 ming 557 ta kishi va 107 ta harbiy kema bor edi. Shundan 2 ta linkor, 2 ta og’ir va 6 yengil keyser (tez yurar katta harbiy kema), 3 ta «kormanno’x» kreyser, 37 ta mina tashuvchi va joylashtiruvchi kema, 57 ta suv osti kemasi bor edi. Italiyaning qurolli kuchlari ham uch xil bo’lib, piyoda, harbiy havo, harbiy dengiz kuchlaridan iborat edi. 1939 yil yozida Italiyaning qurolli kuchlarida hammasi bo’lib, I mln 753 ming kishi bor edi.