logo

Ilmiy texnika inqilobi falsafasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.544921875 KB
Ilmiy texnika inqilobi falsafasi
                     REJA:
1.Ilmiy inqilob tush u nchasi.
2.Ilmiy – fan paradigmasini ng  almashinuvi sifatida.
3.Texnika va texnologiya, ularning taraqqiyot bosqichlari.
4.Texnologik inqilobning ijtimoiy oqibatlari.                Ilmiy inqilob tushunchasi .  Fan taraqqiyoti rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlariga  bo‘ysunadigan jarayon va sohadir. Rivojlanishning umumiy 
qonuniyatlariga tadrijiy (evolyusion) va sakrashsimon  (inqilobiy) o‘zgarish, 
eski sifatdan yangi sifatga o‘tish kiradi.  Bu ikki turdagi o‘tish fan taraqqiyoti 
uchun ham xosdir.
Fan   ijtimoiy   institutdir.   SHunday   ekan   fan   o‘zini   taraqqiyotini   ichki
mexanizmlari va tashqi omillariga ega.
Fan taraqqiyoti ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotni bir tarkibiy qismidir.
Ilmiy   tadqiqot   sohasida   ishlaydigan   mutaxassislar   fan   taraqqiyoti
qonuniyatlarini bilishlari kerak. Bu mutaxassisni   falsafiy  tafakkur  madaniyatiga
kiradi,   o‘z   sohasidagi   faoliyatini   qaytarilmas   va   davriy   jarayonlarini   bilish
imkoniyatini beradi.
Ilmiy yoki nazariy - falsafiy inqilob tushunchasini fanga  birinchi bo‘lib I.Kant
kiritgan. Uning fikricha turli .davrlarda   matematika, tabiyot va falsafada inqiloblar
yuz   bergan.   Birinchi   ilmiy   inqilob   I.Kantni   fikricha,   qadimgi   yunon
matematikasida   sodir bo‘lgan. Bu inqilobni mazmuni shundan iboratki, Fales yoki
boshqa   kishi   geometriya   masalalarini   echish   bilan   qanoatlanmay,   geometrik
figuradagi  tomonlar   va  mikdorlar  nisbatini  mantiqiy   isbotlash   orqali   asoslashga
o‘tgan.
Tabiatshunosliqda,   Kantning   fikricha   ilmiy   inqilobni   F.Bekon   amalga
oshirgan. Aslida F.Bekon uslubiy inqilobni  amalga oshirgan.
Ilmiy inqilobni Kopernik, Galiley, Kepler, Nyuton amalga  oshirdilar.
Inqilob tushunchasini o‘ziga kelganda I.Kantni fikricha   fandagi inqilob -
bu «Baxtli fahm, o‘ydir», insonlarki  taraqqiyotga   olib     k eladigan
nogahon  yoritishdir.
Inqilob   natijasida   olim   muammoni   echishni   yangi   aprior   shakllarini
topadi.   I.Kant   bergan   yana   bir   tavsif   bo‘yicha   ilmiy   inqilob   biron   -   bir   bilim tarmog‘ini   to‘satdan   tug‘ilishidir,   bunda fan birinchi marta o‘zini predmeti va
maqsadini anglaydi. 
Inqilobni   keyingi   davrida   fan   faktlarni   to‘ttlash   va   ularga   tavsif   berish   orkali
tadrijiy   taraqqiyot   shaklida   rivojlanadi.   Ilmiy   inqilobni   intellektual   mexanizmi
ijodiy fikrlovchi  tafakkurdir.
Gegel   Kantning   qimmatli   fikrini   davom   ettirmadi.   Mutafakkir «Ilmiy -
tarakqiyot» tushunchasini ishlatish bilan   chegaralanadi.   Gegelni   fikricha   ilmiy
tarakqiyot nazariy  tafakkurni qo‘yi bosqichidan yuqori bosqichiga ko‘tarilgan.
Marks falsafasi ilmiy revolyusiya  u yoki bu unda chuqur  o‘zgarishlar, bir
tushunchalar   va   tamoyillar   tizimida   obektni   yana   ham   chuqur   mohiyatini
ochib beradigan, boshqa tushunchalar  tizimiga o‘tish deb tushuntirshadi.
G‘arb   fani   va   falsafasida   Kantdan   keyin   XX   asrni   o‘rtalarigacha   ilmiy
tarakqiyotni tushuntirishda kumulyativistik  yondashuv hukm surdi.
Bu   yondashuvga   ko‘ra   ilmiy   -   taraqqiyot   fakt   va   bilimlarni   to‘xtovsiz
to‘planishidir,   fakt   va   bilimlardan   tashkil   topgan   irmoqlar   qo‘shilishib   fan
daryosini   hosil   qiladilar,   har   bir   umumiy   mayda   haqiqatlarni   majmuasidir.
Mazkur   yondashuv   fanda   keskin   sakrashlar,   inqilobiy   o‘zgarishlar   bo‘lishini
inkor etadi.
Kumulyativizm   yondashuvi   fan   tarakqiyotidagi   tadrijiylikni,   nazariy
vorisliklarni   mutlaqlashtiradi.   Kumulyativistlarni   fikricha   fandagi   keskin
o‘zgarishlar,   butunlay   yangi   tushuncha   va   tasavvurlarni   kelib   chiqishi   ilmiy
inqilob   emas,   balki   ijodiyot   psixologiyasini   predmeti   bo‘lmish   g‘ayrishuuriy
jarayondir.
SHu bois, mantiqiy pozitivizmda ilmiy inqilob tushunchasi   umuman ishlab
chiqilmagan,   tadqiqot   predmetiga   aylanmagan.   Natijada   fan   taraqqiyotini
sinxroniyasiga   e’tibor   bergan   neopozitivizm   ilmiy   bilishni   tarixiy
dinamikasini,  diaxronikasini e’tibordan chetda qoldirdi.
Bu narsa 60 - yillarda tanqidiy fikrlovchi faylasuflarga ayon  bo‘ldi. Antikumulyativizm   yondashuvini   ishlab   chiqishda   A.Koyre,   E.Meyrson
xizmatlar qilishdi.
Asta   -   sekin   G‘arb   falsafasida   postnozitivizm   yo‘nalishi
shakllandi. K.Popper   falsifitsionizm   T.Kun   esa   fanning   paradigmal
konsepsiyasini yaratdilar.
Ilmiy inqilob fan paradigmasini almashinuvi   sifatida.  
Fan   taraqqiyotini   zaminida   har   davrda   bir   butunjahon   bilish     hosilalari
mavjudligi  g‘oyasi yotadi. Fanning   borlig‘iii  belgilab beradigan bir butun bilish
hosilasini T.Kun paradigma   deb  ifodaladi. U quyidagicha  yozadi:  «Paradigma
deb   men   ma’lum   davrda   ilmiy jamoatchilikka barchalar tomonidan tan olingan
muammolarni   qo‘yish   va   ularni   echish   modelini   beradigan   ilmiy   yutuqlarni
tushunaman» (Kun T. Struktura nauchnыx revolyusiy.  M. 1975. ).
Faylasuflar   T.Kuni   kiritgan   «Paradigma»   tushunchasini   noaniq   deb
baholadilar.
SHundan  keyin  T.Kun  «Paradigma»  tushunchasini  olimlarni   ma’lum bilim
tarmog‘iga   tegishli   ekanliklarini,   ularni   ilmiy   faoliyatlari   ma’lum   qoidalar
tizimiga bo‘ysunishni   ifodalaydigan tarmoqlar matrisasi (dissiplinariya matritsa)
tushunchasi orqali ta’riflashga harakat qildi.
Paradigma   tarkibiga   nazariy   umumlashmalar   (qonunlar   va   tushunchalarni
ta’riflaydigan   xulosalar),   universum   va   uni   ontologiyasini   tavsiflash
imkoniyatini   beradigan   metafizik   (ya’ni,   umumnazariy,   falsafiy)   elementlar,
tadqiqot yo‘nalishini   belgilaydigan qadriyatli ko‘rsatmalar va nihoyat ko‘pchilik
olimlar   tomonidan   qabul   qilingan   namunalar,   konkret   muammolarni   hal
qiladigan echimlar kiradi.
Bu unsurlar «normal fanni» mavjudligini ta’minlaydilar.
Ko‘pchilik   tan   olgan   paradigmani   mavjud   bo‘lishi   fanni   kamolotga,
taraqqiy etgan bosqichga erishgandan dalolat beradi. Tomas   Kun   paradigmalarning   tarixiy   shakllariga   Aristotel   dinamikasi,
Ptolomey astronomiyasi, Nyutonni mexanikasini  kiritgan.
K.Popperning   fikricha   ilmiy   inqilobni   xususiyati   shuki,   u   ma’lum
muammoni   hal   etishga   intilgan   nazariyalardan   birontasini   oqilona   tanlashni
bildiradi.
Ilmiy  bilish  jarayoni   -  bu   ilmiy  nazariyalarni  to‘xtovsiz   olg‘a  surish  va
falsifikatsiya qilishdir.
Fanda izlanishlar  gipotezalarni  ishlab chiqish jarayonlari  to‘xtamaslik kerak,
hatto   nazariya   tajribada   tasdiqlansa   ham   doimo yangidan yangi nazariyalarni
ishlab chiqish lozim.
Demak,   ilmiy   taraqqiyot   evolyusiyasi   ketma-ket   sodir   bo‘ladigan   ilmiy
inqiloblardan tashkil topadi. 
K.Popperning   g‘oyasiga   qaraganda   T.Kunni   nazariyasi   ilmiy   inqilob
jarayonini chuqurroq tushuntiradi. Uning fikricha ilmiy inqilob davriy vaqti-vaqti
bilan   sodir   bo‘ladigan   chuqur   o‘zgarish   bo‘lib,   u   fanni   yoki   fan   tarmog‘ining
predmetini,   tadqiqot   usulini,   tushunchalar   tizimish   va   falsafiy   asoslarini
yangilashga olib  keladi.
Inqilobiy   o‘zgarishdan   keyin   fan   taraqiyoti   normal   tadrijiy   bosqichiga
kiradi. Tadqiqotchilar T.Kunni paradigmal   konsepsiyasini ayrim kamchiliklariga
ham e’tibor berishdi.
Xususan T.Kun fanni normal, evolyusion taraqqiyoti  bosqichini asta-sekin
rivojlanishi,   muammolarni   echish   usuli   algoritmlashgan   faoliyat   deb,   fandagi
tanqidiy   va   ijodiy   xislatni ko‘ra olmadi.       Fanda inqilobga     olib     keladigan
o‘zgarishlar ilmiy bilishni tadrijiy taraqqiyot bosqichida sodir bo‘ladi.
Bundan   tashqari   fandagi   tadrijiy   va   inqilobiy   rivojlanish   o‘rtasida
predmetli   va   konseptual   vorislik   bor.   Ya’ni   ikki   davr   bir-biriga   nisbatan
butunlay mustaqil bo‘lmasdan, biri ikkinchisidan o‘sib chiqadi.
Ilmiy inqilob nimalarda namoyon bo‘ladi? 1. Ilmiy   inqilob   tadqiqotni   yangi   sohalari   va   predmetini
ochishda,   shu   bois   yangi   usullarini   va   ularga   monand   bo‘lgan   nazariy
tushunchalarni ishlab chiqishda ko‘rinadi.
SHunday   qilib,   inqilob   qatoriga   matematikada   noevklid   geometriyasi
yoki   differensial   va   integral   hisoblash   usullarini,   klassik   va   noklassyk
mexanikani yaratilishini kiritsh mumkin.
2. Ilmiy   inqilob   tadqiqot   obekti   chuqur,   fundamental,   mavjud
tasavvurlarini   o‘zgartirib   yuboradigan   xususiyatlarini,   qonuniyatlarini   ochish
va   ularni   talqin   etishni   bildirishi   mumkin.   Masalan,   fizikada   Bolsman
termodinamikasini   yoki   yorug‘likni   kvant   nazariyasiny   (M.Plank)   paydo-
bo‘lishi buni tasdiqlaydi.
3. Ilmiy   inqilob   ob’ekt   haqidagi   oldingi   tasavvurlarni   sifat   jihatdan
o‘zgartirilishini   bildirish   mumkin.   Ximiyada   kislorodni   kashf   etilishi   bois
yonishni   flogistion   nazariyasidan   oksidlash   nazariyasiga   o‘tish   shundan
dalolat beradi.
4. Ilmiy   inqilobni   juz’iy   shaklini   tadqiqot   obektini   tasvirlashda
ishlatiladigan   tushunchalar   modellar   tizimini,   in’ikos   etish   tilini   ishlab
chiqish, mavjudlarini almashtirish tashkil qilishi mumkin.
Hozirgi   paytda   tadrijiy   va   inqilobity   yangilanish   fan-texnika
tarakqiyotini turli bosqichini emas, balki ham parallel sodir bo‘layotgan, ham
bir-biri bilan bog‘langan turli tomonni ifoda etadi.
Texnika va texnologiya,  ularning taraqqiyot bosqichlari .   "Texnika " 
(yunoncha texne - san’at, mohirlik, o‘quvli) so‘zida  faoliyat va qurol sifatida 
ishlatish ma’nolarini farqlash  lozim. Birinchi ma’nosi "texnika" faoliyatni 
amalga oshirish  malakasi va usulini anglatadi. O‘zining dastlabki ma’nosini bu 
so‘z hozir ham saklagan (masalan, sportchining texnikasi). Lekin,   keyinchalik   mehnat   vositalarini,   ayniqsa,   mashinalarni   paydo
bo‘lishi   bilan   "texnika"   tushunchasini   mazmuni   o‘zgardi.   Texnika   nima?
Texnika   -   ishlab   chiqarish   jarayonini   amalga   oshirish,   mehnat   predmetiga
ta’sir ko‘rsatish  uchun yaratilgan inson faoliyati vositasidir.
Texnikada odamlarning maqsadi, bilimlari va tajribalari   moddiylashtirilgan.
Maqsad   texnikaga   yuklatilgan   vazifada,   texnika   bajaradigan   funksiyalarda
namoyon bo‘ladi. texnikaning  asosiy vazifasi inson mehnatini yangillashtirish,
samaradorligini oshirish, uning imkoniyatlrini kengaytirish,  insonni sog‘ligi uchun
havfli bo‘lgan mehnat sharoitlaridan ozod  qilishdir.
Har   qanday   narsaning   mohiyati   uning   xususiyatida   namoyon   bo‘ladi.
Texnikaning   xususiyati   nimadan   iborat?   Texnika   kishilarning   shunday
predmetli faoliyatini natijasiki, qaysiki   unda noorganik material (uning moddasi,
energiyasi,   xossalari)   ma’lum   funksiyani   bajarish   uchun   moslashtirilgan
sun’iy mexanizmga aylantirilgan.
Tabiiy materialni texnikaga aylantirishda ikki xildagi   tabiiylik va sun’iylik
xislatlari namoyon bo‘ladi:
Tabiiylik:   1) noorganik (modda va energiya) material; 2)   tabiiy material
xossalari va tabiiy muhit haqidagi obektiv  bilim (Tabiatshunolsik).
Sun’iylik:   1)   bo‘lajak   mexanizmni   modeli   va   loyihasida   mujassamlangan
inson   maqsadi;   2)   insonning   mexanizmni   yaratishga   qaratilgan   maqsadga
muvofiq faoliyati.
Texnikada   kishilarni   bilimi   va   tajribasi   moddiylashadi,   mujassalashadi.
Texnikaning asosiy vazifasi inson mehnatini  yangillashtirish, uning imkoniyati va
samaradorligini   oshirish,   kishilarni   sog‘ligi   uchun   havfli   bo‘lgan   mehnat
sharoitlaridan ozod qilishdir.
Texnikadan foydalanish sohalari:
- moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishda;
- tabiat, jamiyat va insonni tadqiq qilishda; - energiyani olish, o‘zgartirish va uzatishda;
- ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda;
- xossalari   oldindan   belgilangan   ashyolar   va   buyumlarni  ishlab 
chiqarishda;
- siljim, ko‘chish va aloqa bog‘lashda;
- madaniy va moishiy xizmat ko‘rsatishda;
- mudofa qobiliyatini ta’minlashda.
Texnika ijtimoiy mohiyatga ega. Bu nimada ko‘rinadi?
Texnika   ijtimoiy   va   individual   faoliyat   quroli,   vositasi   sifatida   insonni
mehnat   obekti   bilan   bog‘laydi,   cheksiz   ehtiyojlarni   qondirishga   qaratilgan
tabiat va jamiyatni o‘zlashtirish, o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
Texnika va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish kuchlari va omillari
mavjuddir.   Jamiyat   tegishli   ijtimoiy   munosabat   va   sharoit   yaratib   texnikani
rivojlantiradi,   texnika   esa   o‘sib   borayotgan   ehtiyojlarni   qondirish   orqali
ijtmioiy   tarakqiyotni   jadallashtirish   jarayoniga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bunda
texnikani   rivojlantirish   ehtiyojini   hosil   qiladigan   ijtmioiy   iqtisodiy
munosabatlar   va   sharoitlar   texnika   taraqqiyoti   uchun   etakchi   omil
hisoblanadi.
Texnikaning   ichki   taraqqiyot   mantig‘i   mavjud   bo‘lib,   u   texnikaga   oid
tasavvurlar va modellar vorisligida, texnikaning turlari va   avlodlari o‘rtasida
aloqadorlikda,   bir   texnika   turidan   ikkinchisiga   izchil,   zaruriy   o‘tishda
namoyon bo‘ladi.
Texnikaning   ma’lum   tarakqiyot   darajasida   mehnat   faoliyatini
murakkablishishi, texnik vositalarini tizimga solib ishlatish, texnik faoliyatini
davriy   bosqichlarga   bo‘linib   ketishi   jarayonida   texnologiya   vujudga   keladi.
Texnologiyada mehnat ob’ekti, vositasi (texnika), usuli, faoliyat qoidalari va
talablari bir tizimga birlashadi. YAna   bir   keng   tarqalgan   ma’noga   ko‘ra   texnologiya   ishlab   chiqarish
jarayonlarida   amal   qiladigan   xossalar   va   qonuniyatlarni   o‘rganadigan   bilim
tarmog‘idir.   Demak,   texnologiya   inson   va   uning   faoliyati   usullari,   texnika
bilan ishlash qoidalari va operatsiyalarni bir butun tizimidir.
Jarayonni   amalga   oshirish   operasiyasi   texnologiyaning   asosiy   birligidir.
Texnologik   operasiya   (maqsadga   yo‘naltirilgan   mehnat,   faoliyat,   jarayon)
inson,   texnika,   texnika   bilan   ishlash   usullari,   mehnatini   tashkil   qilish   kabi
unsurlarni birlashtiradi.
Texnologik operasiyalarni qat’iy izchilligi va ketma -ketligidan, ularning
barqarorligini ta’minlashdan texnologik intizom kelib chiqadi.
Texnologiya   insonni   ehtiyojlarini   qondirishga   qaratilgan   ashyolar,
buyumlar va boshqa xildagi qadriyatlarni, mahsulotlarni yakka - yakka ishlab
chiqarishdan   uzluksizlik,   konveyr   usulida   dunyod   etishga   o‘tishni   bildiradi.
Texnika   va   texnologiya   tarakqiyoti   uzoq   tarixga   egadir.   Ularning   quyidagi
taraqqiyot bosqichlarini ko‘rsatish mumkin:
- ko‘l mehnati qurollari (asbob - askuna);
- mashinalar   (soatsozlikdan     tortib   mexanizatsiyalashgan
korxonalargacha);
- avtomatlar, axborotli va kompyuterli texnika.
XX asrda  ilmiy,  texnik  va  texnologik  inqiloblar  qo‘shilib  ketishadi.  Bu
inqiloblar   texnikaning   funksiyalari,   energiyaning   manbai   va   xarakterini
tubdan o‘zgarishcha olib keldi.
Texnika   va   texnologiyaning   hozirgi   bosqichi   uchun   ularni
intellektuallashtirish, boshqarish   jarayonlarini   kompyuterlashtirish   xosdir.
Ya’ni   butun   texnika   va   texnologiyani   kompyuterlashtirish   hodisasi   sodir
bo‘lmokda, uning miqyosi va qo‘llash sohasi tobora kengayib bormokda.
Mazkur   hodisa   asosan   rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlarda
sodir   bo‘lmokda.   Bu   mamlakatlar   o‘z   vaqtida   asosan   mashina   va   konveyrli korxonalardan   iborat   bo‘lgan   industrial   jamiyatga   xos   texnik   tarakqiyot
bosqichini bosib o‘tganlar.
Shuni   aytish   joizki,   qo‘l   mehnati   qurollari,   texnik   vosita   sifatida,   o‘z
ahamiyati   va   salohiyatini   yo‘qotmagan.   Kam   rivojlangan   mamlakatlar
iqtisodiyotida   qo‘l   mehnati   qurollari   keng   tarqalgan   texnika   vositasi   bo‘lib
qolmoqda.
Rivojlanayotgan   va   rivojlangan   mamlakatlarda   qo‘l   mehnati
qurollaridan   iborat   bo‘lgan   texnika   ma’naviy   ishlab   chiqarish   va   istemol
sohalarida,   xususan,   tarixiy,   etnografik   va   mentalitetga   oid   madaniy
an’analarni saqlash maqsadida tatbiq qilinmoqda.
Texnologik inqilobning ijtimoiy oqibatlari .  Texnikaning falsafiy 
muammolari, inson va jamiyatning texnikaga bo‘lgan   munosabatlari har 
doim faylasuflarni qiziqtirib kelgan.
Xususan,   texnika   va   texnik   bilimlar   mohiyatini   tushuntirib   berishga
qaratilgan   peripatetik   (Aristotel),   YAngi   davr,   pozitivistik,   marksistik,
antropologik,   madaniy   -   tarixiy,   ruskosmik   (V.Solovev,   N.Berdyaev),
texnologik   determinizm,   ontologik   (M.Xaydegger)   nazariy   yo‘nalishlar   va
ta’limotlarni ko‘rsatish mumkin.
Aristotelning   fikricha   texnika   mehnat   qurollarini   yaratishga   qaratilgan
ijodiy faollikni bir sohasi va natijasidir,
YAngi   davr   faylasuflari   nazarida   texnika   odamlarning   budnyod   etish
qudratini   yanada   oshirish   vositasi   bo‘lib,   bunday   qarashda   texnika   inson
hayotida katta rol o‘ynay boshlashi, texnik yangilanishlarga bo‘lgan ijtimoiy
ehtiyojlarni ortishi aks etilgan.
Faylasuflardan   O.Shpengler,   K.Yaspers   va   M.Xaydeggerni   asarlarida
texnikaga,   uning   jamiyat   va   inson   hayotida   tutgan   o‘rni   pessimistik   baho
berilgan. Ular yaratgan ta’limotga ko‘ra, texnika insonni davlat mashinasiga bo‘ysundirishga   yordam   bergan,   texnik   sivilizatsiyaning   vayronagarchilikka
olib keladigan ta’siriga odamlar tomonidan qarishlik ko‘rsatish qobiliyatlarini
sindira oldigan bosh omildir.
Antropologik qarashlarga ko‘ra, texnika inson organlarini, uning fikrlash
qobiliyatini   tabiiy   davomchisidir.   Bunda   odamlarning   tabiatni   o‘zlashtirish
faoliyat nihoyatda samarali daraja va miqyosga erishadi.
Texnologik   determinizm   konsepsiyasiga   ko‘rasional   texnika   yuqori
darajada   rivojlanish   dinamikasiga   ega,   unda   ijtimoiy   munosabatlar,   hamda,
insonni o‘zini o‘zgartirish qobiliyati mavjuddir.
Hozirgi   zamon   texnika   va   texnologiya   o‘ta   marakkab,   elementlari   bir   -
biri   bilan   bog‘langan   tizimdan   iboratdir.   Bular   kompyuter   orqali
boshqariladigan   ishlab   chiqaruvchi   mashinalar   kompleksi,   suv,   gaz,   neft   va
elektr   energiyasini   uzatuvchi   tizimlar,   tarnsport,   axborot,   tibbiy,   harbiy
texnologiyalardir.
Bunday texnologiyalarning bosh bo‘g‘ini ijod, ixtro qilish, tashkil qilish
va boshqarish faoliyatlarini amalga oshiradigan inson tashkil qiladi.
Texnologiya   vaqtga   bo‘ysunadi.   U   vujudga   keladi,   ma’lum   vaqt
oralig‘ida   belgilangan   funksiyalarni   bajaradi,   mehnat   va   intellektual   faoliyat
vositasi   sifatida   insonning   jismoniy   va   aqliy   faolligini   davomchisi,
kuchaytirgichi bo‘lib qoladi.
Texnika   va   texnologiya   qanchalik   murakkablashib   borsa,   shunchalik
proporsional   ravishda   inson   va   mashina   muloqoti   paydo   bo‘ladi,
loyihalashtiriladigan mexanizmlarda insoniy va xislatlar ko‘payib boraveradi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI :
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. – B. 74. 2. 2017 – 2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi .2017.   yil   7   fevral
(PF4947) .
3. To‘raev B.O. Tabiatshunoslik falsafasi.-T.:Tafakkur, 2010
4. T o‘ raev B.O. Abu Rayhon Beruniy. – T.: Tafakkur, 2010. – B. 96
5. To‘raev B.O. Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan falsafasi 
muammolari. Tanlangan asarlar: I jild. O‘zMK nashriyoti, 2015. –B. 376.
6. To‘raev   B.   Hozirgi   zamon   tabiatshunoslik   konsepsiyasi.   –   T.:
Tafakkur. 2009. –B. 208
7. Turaev   B.O.   Sinergetika:   mohiyati,   qonuniyatlari   va   amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Jamoaviy monografiya. – T.: Navro‘z, 2017. –B. 36 4 .
8. Qo‘shoqov Sh. Tabiatshunoslik falsafasi. S.:Samarqand; 2004.
9. Qo‘shoqov Sh.S. Tabiiy, texnik va ijtimoiy – gumanitar fanlarning
falsafiy muammolari.S.:SamDU, 2000.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: 
Universitet,  2005.
11.   Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:   
Axborot texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -
T.:“Noshir”,   2011.

Ilmiy texnika inqilobi falsafasi REJA: 1.Ilmiy inqilob tush u nchasi. 2.Ilmiy – fan paradigmasini ng almashinuvi sifatida. 3.Texnika va texnologiya, ularning taraqqiyot bosqichlari. 4.Texnologik inqilobning ijtimoiy oqibatlari.

Ilmiy inqilob tushunchasi . Fan taraqqiyoti rivojlanishining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadigan jarayon va sohadir. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga tadrijiy (evolyusion) va sakrashsimon (inqilobiy) o‘zgarish, eski sifatdan yangi sifatga o‘tish kiradi. Bu ikki turdagi o‘tish fan taraqqiyoti uchun ham xosdir. Fan ijtimoiy institutdir. SHunday ekan fan o‘zini taraqqiyotini ichki mexanizmlari va tashqi omillariga ega. Fan taraqqiyoti ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotni bir tarkibiy qismidir. Ilmiy tadqiqot sohasida ishlaydigan mutaxassislar fan taraqqiyoti qonuniyatlarini bilishlari kerak. Bu mutaxassisni falsafiy tafakkur madaniyatiga kiradi, o‘z sohasidagi faoliyatini qaytarilmas va davriy jarayonlarini bilish imkoniyatini beradi. Ilmiy yoki nazariy - falsafiy inqilob tushunchasini fanga birinchi bo‘lib I.Kant kiritgan. Uning fikricha turli .davrlarda matematika, tabiyot va falsafada inqiloblar yuz bergan. Birinchi ilmiy inqilob I.Kantni fikricha, qadimgi yunon matematikasida sodir bo‘lgan. Bu inqilobni mazmuni shundan iboratki, Fales yoki boshqa kishi geometriya masalalarini echish bilan qanoatlanmay, geometrik figuradagi tomonlar va mikdorlar nisbatini mantiqiy isbotlash orqali asoslashga o‘tgan. Tabiatshunosliqda, Kantning fikricha ilmiy inqilobni F.Bekon amalga oshirgan. Aslida F.Bekon uslubiy inqilobni amalga oshirgan. Ilmiy inqilobni Kopernik, Galiley, Kepler, Nyuton amalga oshirdilar. Inqilob tushunchasini o‘ziga kelganda I.Kantni fikricha fandagi inqilob - bu «Baxtli fahm, o‘ydir», insonlarki taraqqiyotga olib k eladigan nogahon yoritishdir. Inqilob natijasida olim muammoni echishni yangi aprior shakllarini topadi. I.Kant bergan yana bir tavsif bo‘yicha ilmiy inqilob biron - bir bilim

tarmog‘ini to‘satdan tug‘ilishidir, bunda fan birinchi marta o‘zini predmeti va maqsadini anglaydi. Inqilobni keyingi davrida fan faktlarni to‘ttlash va ularga tavsif berish orkali tadrijiy taraqqiyot shaklida rivojlanadi. Ilmiy inqilobni intellektual mexanizmi ijodiy fikrlovchi tafakkurdir. Gegel Kantning qimmatli fikrini davom ettirmadi. Mutafakkir «Ilmiy - tarakqiyot» tushunchasini ishlatish bilan chegaralanadi. Gegelni fikricha ilmiy tarakqiyot nazariy tafakkurni qo‘yi bosqichidan yuqori bosqichiga ko‘tarilgan. Marks falsafasi ilmiy revolyusiya u yoki bu unda chuqur o‘zgarishlar, bir tushunchalar va tamoyillar tizimida obektni yana ham chuqur mohiyatini ochib beradigan, boshqa tushunchalar tizimiga o‘tish deb tushuntirshadi. G‘arb fani va falsafasida Kantdan keyin XX asrni o‘rtalarigacha ilmiy tarakqiyotni tushuntirishda kumulyativistik yondashuv hukm surdi. Bu yondashuvga ko‘ra ilmiy - taraqqiyot fakt va bilimlarni to‘xtovsiz to‘planishidir, fakt va bilimlardan tashkil topgan irmoqlar qo‘shilishib fan daryosini hosil qiladilar, har bir umumiy mayda haqiqatlarni majmuasidir. Mazkur yondashuv fanda keskin sakrashlar, inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lishini inkor etadi. Kumulyativizm yondashuvi fan tarakqiyotidagi tadrijiylikni, nazariy vorisliklarni mutlaqlashtiradi. Kumulyativistlarni fikricha fandagi keskin o‘zgarishlar, butunlay yangi tushuncha va tasavvurlarni kelib chiqishi ilmiy inqilob emas, balki ijodiyot psixologiyasini predmeti bo‘lmish g‘ayrishuuriy jarayondir. SHu bois, mantiqiy pozitivizmda ilmiy inqilob tushunchasi umuman ishlab chiqilmagan, tadqiqot predmetiga aylanmagan. Natijada fan taraqqiyotini sinxroniyasiga e’tibor bergan neopozitivizm ilmiy bilishni tarixiy dinamikasini, diaxronikasini e’tibordan chetda qoldirdi. Bu narsa 60 - yillarda tanqidiy fikrlovchi faylasuflarga ayon bo‘ldi.

Antikumulyativizm yondashuvini ishlab chiqishda A.Koyre, E.Meyrson xizmatlar qilishdi. Asta - sekin G‘arb falsafasida postnozitivizm yo‘nalishi shakllandi. K.Popper falsifitsionizm T.Kun esa fanning paradigmal konsepsiyasini yaratdilar. Ilmiy inqilob fan paradigmasini almashinuvi sifatida. Fan taraqqiyotini zaminida har davrda bir butunjahon bilish hosilalari mavjudligi g‘oyasi yotadi. Fanning borlig‘iii belgilab beradigan bir butun bilish hosilasini T.Kun paradigma deb ifodaladi. U quyidagicha yozadi: «Paradigma deb men ma’lum davrda ilmiy jamoatchilikka barchalar tomonidan tan olingan muammolarni qo‘yish va ularni echish modelini beradigan ilmiy yutuqlarni tushunaman» (Kun T. Struktura nauchnыx revolyusiy. M. 1975. ). Faylasuflar T.Kuni kiritgan «Paradigma» tushunchasini noaniq deb baholadilar. SHundan keyin T.Kun «Paradigma» tushunchasini olimlarni ma’lum bilim tarmog‘iga tegishli ekanliklarini, ularni ilmiy faoliyatlari ma’lum qoidalar tizimiga bo‘ysunishni ifodalaydigan tarmoqlar matrisasi (dissiplinariya matritsa) tushunchasi orqali ta’riflashga harakat qildi. Paradigma tarkibiga nazariy umumlashmalar (qonunlar va tushunchalarni ta’riflaydigan xulosalar), universum va uni ontologiyasini tavsiflash imkoniyatini beradigan metafizik (ya’ni, umumnazariy, falsafiy) elementlar, tadqiqot yo‘nalishini belgilaydigan qadriyatli ko‘rsatmalar va nihoyat ko‘pchilik olimlar tomonidan qabul qilingan namunalar, konkret muammolarni hal qiladigan echimlar kiradi. Bu unsurlar «normal fanni» mavjudligini ta’minlaydilar. Ko‘pchilik tan olgan paradigmani mavjud bo‘lishi fanni kamolotga, taraqqiy etgan bosqichga erishgandan dalolat beradi.

Tomas Kun paradigmalarning tarixiy shakllariga Aristotel dinamikasi, Ptolomey astronomiyasi, Nyutonni mexanikasini kiritgan. K.Popperning fikricha ilmiy inqilobni xususiyati shuki, u ma’lum muammoni hal etishga intilgan nazariyalardan birontasini oqilona tanlashni bildiradi. Ilmiy bilish jarayoni - bu ilmiy nazariyalarni to‘xtovsiz olg‘a surish va falsifikatsiya qilishdir. Fanda izlanishlar gipotezalarni ishlab chiqish jarayonlari to‘xtamaslik kerak, hatto nazariya tajribada tasdiqlansa ham doimo yangidan yangi nazariyalarni ishlab chiqish lozim. Demak, ilmiy taraqqiyot evolyusiyasi ketma-ket sodir bo‘ladigan ilmiy inqiloblardan tashkil topadi. K.Popperning g‘oyasiga qaraganda T.Kunni nazariyasi ilmiy inqilob jarayonini chuqurroq tushuntiradi. Uning fikricha ilmiy inqilob davriy vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarish bo‘lib, u fanni yoki fan tarmog‘ining predmetini, tadqiqot usulini, tushunchalar tizimish va falsafiy asoslarini yangilashga olib keladi. Inqilobiy o‘zgarishdan keyin fan taraqiyoti normal tadrijiy bosqichiga kiradi. Tadqiqotchilar T.Kunni paradigmal konsepsiyasini ayrim kamchiliklariga ham e’tibor berishdi. Xususan T.Kun fanni normal, evolyusion taraqqiyoti bosqichini asta-sekin rivojlanishi, muammolarni echish usuli algoritmlashgan faoliyat deb, fandagi tanqidiy va ijodiy xislatni ko‘ra olmadi. Fanda inqilobga olib keladigan o‘zgarishlar ilmiy bilishni tadrijiy taraqqiyot bosqichida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari fandagi tadrijiy va inqilobiy rivojlanish o‘rtasida predmetli va konseptual vorislik bor. Ya’ni ikki davr bir-biriga nisbatan butunlay mustaqil bo‘lmasdan, biri ikkinchisidan o‘sib chiqadi. Ilmiy inqilob nimalarda namoyon bo‘ladi?