logo

XX asr ilmiy texnika taraqqiyoti, O’zbekiston fani va uning rivoji

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.685546875 KB
12-Mavzu:   XX asr ilmiy texnika taraqqiyoti, O’zbekiston fani va uning rivoji
Reja:
1) XX asr fani rivojining tarixiy sharoitlari, asosiy bosqichlari va o’ziga xoslik 
tamonlari
2) XX asr boshida fizika fani rivoji
3) Fanning yangi sihalari yo’nalishi va rivojlanishi
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda   tadqiqotchilar   tomonidan   O’zbekiston   fani   tarixi   faniga   berilgan
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari:   doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar,
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
     XX asrni olimlar « ilmiy-texnik progress» (ITP) va «ilmiy-texnik inqilob» (ITI)
asri deb atashadi. ITP va ITI deganda quyidagilar tushuniladi. 
         Ilmiy-texnik progress - bu fan va texnikaning yaxlitligi, o’zaro bog’liqligidir.
Fan asta sekin ishlab chiqirish xizmatkoriga aylana boradi, chunki, ishlab-chikarish
progressi   va   texnik   taraqqiyot   faqat   ilmiy   progress   asosida   rivojlana   oladi.   Ilmiy
texnalogiya   inqilobi   -   bu   fanning   ijtimoiy   ishlab   chikarish   taraqqiyotining   asosiy
va   ilg’or   faktoriga   aylanishi   asosida   ishlab   chiqarish   kuchlarini   tubdan   sifatli
o’zgarishidir. 
          Bunda   texnik   vazifalarni   hal   qilishga   endi   barcha   fanlar   qatnashadi.   Ilmiy
kashfiyotlar   orkasidan   bir   qator   ishlab-chikarish   tarmoqlari   vujudga   keladi:   M:
radioelektronika,   atom   energitikasining   kashf   etilishi,   kosmonavtika   va   yaqin
kosmosning   o’zlashtirilishi,   informatika   va   hisoblash   texnikasining   kashf   etilishi,
kompyuterlar,   rabotlar,   Yerning   suniy   yo’ldoshi,   yangi   energiya   manbalari,
biotexnologiya va gen injeneriyasi hamda kimyo sanoat rivojlandi.
          Shuningdek,   XX   asrda   fanning   boshka   sohalarida   ulkan   kashfiyotlar   kilindi:
Mas:   ximiya   fani   sohasidagi   yutuqlar   katta   axamiyat   kasb   etdi,   ayniqsa   sun’iy
materiallarni   yaratish   bo’yicha.   Biologiya   va   genetika   sohasida   ham   katta   ishlar
qilindi, ilgari davosi yo’qk kasalliklar ustidan g’alaba qilina boshlandi. Vitaminlar,
garmonlar   kashf   qilindi.   Mas.   Ingliz   mikrobiologi   F.Tuort   bakteriya   virusini-
bakteriofagni kashf qildi. 
          Bu   davrda   Yer   haqidagi   fanlarda:   geologiya,   giofizika,   okeanografiya,
meteorologiya va boshka fanlar sohasida katta yutuqlarga erishildi.            XX asr  oxiri - XX asr  boshlaridagi ko’pgina kashfiyotlar  ikkala jahon urushi
oralig’ida   keng   qo’llanildi.   Bular:   telegraf,   telefon,   radio,   fuqaro   aviasiyasi,
kinematografiya va boshqalar.
         Kishilar kundalik hayotidagi texnik vositalarning roli  va o’rni o’zgardi, ya’ni
elektr   yoritgichlar,   tramvay   va   avtomabil,   lift,   pilesos,   muzlatkich,   ovoz   yozish
vositalari   va   televideniya   kashf   qilindi.   1928   y.   26   iyunda   Toshkentda
B.P.Grabovskiy   boshchiligidagi   bir   guruh   kashfiyotchilar   ekranga
harakatlanayotgan tramvay tasvirini uzatib uni ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.
         1896 yil rus olimi Siolkovskiy insonni kosmosga va hatto Quyosh sistemasiga
chiqishi   uchun   kosmik   apparatlarni   loyihalashtirdi.   Kosmosni   amaliy   ilmiy
o’rganish   1957   yilda   sobik   sovet   ittifoqining   Yerning   birinchi   sun’iy   yo’ldoshini
kosmosga   uchirishdan   boshlandi.   1861   yil   Yu.Gagarin   kosmosga   parvoz   qildi.
1969   y.   amerikalik   kosmonavtlar   oyga   qo’nishdi.   Insoniyat   tarixida   kosmik   era
boshlandi. 
          90   yillarda   yangi   fan   -   gen   injeneriyasi   vujudga   keldi.   1998   yil   klonlangan
birinchi hayvon yaratildi. 60-70 yillarda buyrakni o’tkazish (peresadka)  va sun’iy
yurak ixtiro qilindi va hokazo.
  Shunday qilib biz XX asrning buyuk kashfiyotlari to’g’risida qisqacha eslab
o’tdik. Endi bu davrda O’zbekistonda fan rivojini kuzatadigan bo’lsak, avvalo biz
buni   XIX   -   asr   oxiri,   XX-asr   boshlarida   Turkistonda   vujudga   kelgan   jadidchilik
harakatidan boshlashimiz  kerak. Ular  tomonidan yaratilgan yangi  usul  maktablari
milliy intellektual elitamizni, milliy fanimizni rivojlanishiga juda katta turtki berdi.
          Jadidchilikni   nafaqat   yangi   oqim   sifatida   baholash   kerak,   balki   unga
Turkistonda   yangi   iqtisodiy-siyosiy   qayta   qurish   konsepsiyasining   tug’ilishi,
gumanitar fanlar, ijtimoiy-siyosiy fikrlarning gullab – yashnagan davri deb qarash
kerak. Jadidlar o’sha davrda jaholatdan ma’rifat orqali chiqish yo’llarini izladilar.
Ularning ko’pchiligi sovet totalitar rejimining qurbonlariga aylandilar.
     XX asrning 20-yillarida Turkistonda birinchi milliy kadrlar tayyorlashda, milliy
intelligensiyani   shakllanishida   Toshkent   (O’rta   Osiyo)     Davlat   Universiteti   katta
rol   o’ynadi.   Bu   universitet   1918   yilda   mahalliy   vatanparvar   –   ma’rifatchilar
tomonidan tashkil  etildi va o’z faoliyatini Turkiston Xalq Universiteti  nomi  bilan
boshladi. 1920 yilda Davlat Universiteti maqomini oldi. Bu dargoh O’zbekistonda
oliy   ma’lumot   va   fanning   keyingi   rivojiga     katta   hissa   qo’shdi.   Keyinchalik
O’zbekistonda   bir   qator   Oliy   va   o’rta   maxsus   o’quv   yurtlari   va   ilmiy-tekshirish
institutlari tashkil etildi. 
          30   -   yillarda   O’zbekiston   fani   rivojida   burilish   davri   bo’ldi.   Birinchi     milliy
kadrlarimiz,   milliy   olimlarimiz   respublika   xalk   xo’jaligini   rivojlantirishning   bir
qator amaliy va nazariy muammolari ustida samarali ilmiy ish olib bordilar.       Barcha ilmiy fanlar va yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan olimlardan: geologlar
X.M.   Abdullayev,   G.A.Mavlonov,   N.A.Kenesarin,   matematiklar   T.N.Qori-
Niyoziy,   T.A.Sarimsoqov,   biologlardan   T.Z.Zoxidov,   A.G.G’ulomov,   ximiklar
A.S.Sodiqov,   K.S.Ahmedov,   tarixchi   Ya.G’.G’ulomov   va   boshqalar   bu   fan
yunalishlarining asoschilari sifatida dunyoga tanildi. Ilmiy-tekshirish muassasalari
tarmoqlarining   tez   o’sishi   natijasida   ular   ishini   koordinasiyalash   va   boshqarish
maqsadida   1932   yil   O’zbekiston   Fanlar   Qo’mitasi   tashkil   etildi.   1940   yil   8
oktyabrda   Qo’mita   bazasida   SSSR   FA   ning   O’zbek   filiali   tashkil   etildi.   1941   yil
O’zbekistonda 8 ming ilmiy xodim ishlagan 75 ta ilmiy muassasa mavjud edi.  
          Milliy   intelligensiyamizning   shakllanishi   jarayoni   murakkab   davrda   kechdi.
Qatag’onlar   uning   safidagi   sara   gullarni   olib   ketdi.   Biroq   bu   O’zbekistonda   fan
rivojini   to’xtata   olmadi.   Urush   yillarida   o’zbek   olimlari   Markazdan   evakuasiya
qilingan   olimlar   bilan   birga   bir   qator   ilmiy   muammolar   ustida   samarali   mehnat
qildilar.
     1943 yil 4 noyabrda O’zbekiston FA ning tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Unga
10   ta   ilmiy   tekshirish   institutlari   kirdi.   Uning   birinchi   prezidenti   etib   matematik
T.N. Kori-Niyoziy saylandi. 1944 yillar oxirida FA tizimida 22 ta ilmiy muassasa
faoliyat ko’rsatdi.    
          50-70     yillarda   Respublikada   yangi   talantli   olimlar   pleyadasi   vujudga   keldi.
Bular: geolog-akad. I.X.Hamraboyev, bioximik-akad. Ya.X.To’raqulov, ximiklar –
akad.   M.N.Nabiyev,   S.N.Yunusov,   texnika   fanlari   sohasi   akademiklari-   M.T.
O’ozbayev, M.A.Xodjinov va boshqalarning ilmiy ishlari dunyoga tanildi.
          50   yillar   boshlarida   fan   rivojiga   qatag’onlarning   yangi   to’lqini   salbiy   ta’sir
ko’rsatdi.   30-yillarda   qatag’onlar   asosan   partiya,   sovet,   xo’jalik   va   harbiy
kadrlarga   qaratilgan   bo’lsa,   50-yilning   boshlarida   qatag’onlar   asosan   fan   va
madaniyat arboblariga zarba berdi. 
          60-80   yillarda   xalqaro   munosabatlarning   keskinlashuvi,   «Sovuq   urush»   va
«Qurollanish poygasi» XSK (VPK) harbiy sanoat kompleksi sohasida bir qator fan
tarmoqlarining rivojlanishi zaruratini keltirib chiqardi.
          Baxtga   qarshi   XSK   sohasidagi   yangi   texnologiyalar   xalq   xo’jaligi   sohasiga
joriy   etilmadi.   Natijada   SSSR   boshqa   rivojlangan   davlatlarga   nisbatan   sanoat   va
texnologik taraqqiyot borasida birmuncha orqada qola boshladi.  
     Shunga qaramasdan bu davrlarda O’zbekistonning chet el davlatlari bilan ilmiy
va   madaniy   aloqalari   rivojlandi.   O’zbekistonning   ilmiy   tekshirish   muassasalarida
300   dan   ortik   chet   el   olimlari   bo’lishdi.   Respublika   o’quv   dargohlarida   minglab
chet el talabalari bilim olishdi.  
Mavzu bo’yicha savollar: 1. XX asr fani rivojining tarixiy sharoitlari, asosiy bosqichlari va o’ziga xoslik 
tamonlari nimada?
2. XX asr boshida fizika fani rivojiga misollar keltiring
3. Fanning yangi sihalari yo’nalishi va rivojlanishini tahlil qiling.
Adabiyotlar ro’yhati
1) Abdunabiyev A. Saidov M. Sto imen v vitke istorii.  T. 2000
2) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshestva” M.1956
3) Bernal D.J.   Nauka i obshestvo M. 1953
4) Kurilin  V.A.   Stranisi istorii nauki i texniki   M. 1986

12-Mavzu: XX asr ilmiy texnika taraqqiyoti, O’zbekiston fani va uning rivoji Reja: 1) XX asr fani rivojining tarixiy sharoitlari, asosiy bosqichlari va o’ziga xoslik tamonlari 2) XX asr boshida fizika fani rivoji 3) Fanning yangi sihalari yo’nalishi va rivojlanishi Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan O’zbekiston fani tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar XX asrni olimlar « ilmiy-texnik progress» (ITP) va «ilmiy-texnik inqilob» (ITI) asri deb atashadi. ITP va ITI deganda quyidagilar tushuniladi. Ilmiy-texnik progress - bu fan va texnikaning yaxlitligi, o’zaro bog’liqligidir. Fan asta sekin ishlab chiqirish xizmatkoriga aylana boradi, chunki, ishlab-chikarish progressi va texnik taraqqiyot faqat ilmiy progress asosida rivojlana oladi. Ilmiy texnalogiya inqilobi - bu fanning ijtimoiy ishlab chikarish taraqqiyotining asosiy va ilg’or faktoriga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarini tubdan sifatli o’zgarishidir. Bunda texnik vazifalarni hal qilishga endi barcha fanlar qatnashadi. Ilmiy kashfiyotlar orkasidan bir qator ishlab-chikarish tarmoqlari vujudga keladi: M: radioelektronika, atom energitikasining kashf etilishi, kosmonavtika va yaqin kosmosning o’zlashtirilishi, informatika va hisoblash texnikasining kashf etilishi, kompyuterlar, rabotlar, Yerning suniy yo’ldoshi, yangi energiya manbalari, biotexnologiya va gen injeneriyasi hamda kimyo sanoat rivojlandi. Shuningdek, XX asrda fanning boshka sohalarida ulkan kashfiyotlar kilindi: Mas: ximiya fani sohasidagi yutuqlar katta axamiyat kasb etdi, ayniqsa sun’iy materiallarni yaratish bo’yicha. Biologiya va genetika sohasida ham katta ishlar qilindi, ilgari davosi yo’qk kasalliklar ustidan g’alaba qilina boshlandi. Vitaminlar, garmonlar kashf qilindi. Mas. Ingliz mikrobiologi F.Tuort bakteriya virusini- bakteriofagni kashf qildi. Bu davrda Yer haqidagi fanlarda: geologiya, giofizika, okeanografiya, meteorologiya va boshka fanlar sohasida katta yutuqlarga erishildi.

XX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ko’pgina kashfiyotlar ikkala jahon urushi oralig’ida keng qo’llanildi. Bular: telegraf, telefon, radio, fuqaro aviasiyasi, kinematografiya va boshqalar. Kishilar kundalik hayotidagi texnik vositalarning roli va o’rni o’zgardi, ya’ni elektr yoritgichlar, tramvay va avtomabil, lift, pilesos, muzlatkich, ovoz yozish vositalari va televideniya kashf qilindi. 1928 y. 26 iyunda Toshkentda B.P.Grabovskiy boshchiligidagi bir guruh kashfiyotchilar ekranga harakatlanayotgan tramvay tasvirini uzatib uni ko’rishga muvaffaq bo’ldilar. 1896 yil rus olimi Siolkovskiy insonni kosmosga va hatto Quyosh sistemasiga chiqishi uchun kosmik apparatlarni loyihalashtirdi. Kosmosni amaliy ilmiy o’rganish 1957 yilda sobik sovet ittifoqining Yerning birinchi sun’iy yo’ldoshini kosmosga uchirishdan boshlandi. 1861 yil Yu.Gagarin kosmosga parvoz qildi. 1969 y. amerikalik kosmonavtlar oyga qo’nishdi. Insoniyat tarixida kosmik era boshlandi. 90 yillarda yangi fan - gen injeneriyasi vujudga keldi. 1998 yil klonlangan birinchi hayvon yaratildi. 60-70 yillarda buyrakni o’tkazish (peresadka) va sun’iy yurak ixtiro qilindi va hokazo. Shunday qilib biz XX asrning buyuk kashfiyotlari to’g’risida qisqacha eslab o’tdik. Endi bu davrda O’zbekistonda fan rivojini kuzatadigan bo’lsak, avvalo biz buni XIX - asr oxiri, XX-asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatidan boshlashimiz kerak. Ular tomonidan yaratilgan yangi usul maktablari milliy intellektual elitamizni, milliy fanimizni rivojlanishiga juda katta turtki berdi. Jadidchilikni nafaqat yangi oqim sifatida baholash kerak, balki unga Turkistonda yangi iqtisodiy-siyosiy qayta qurish konsepsiyasining tug’ilishi, gumanitar fanlar, ijtimoiy-siyosiy fikrlarning gullab – yashnagan davri deb qarash kerak. Jadidlar o’sha davrda jaholatdan ma’rifat orqali chiqish yo’llarini izladilar. Ularning ko’pchiligi sovet totalitar rejimining qurbonlariga aylandilar. XX asrning 20-yillarida Turkistonda birinchi milliy kadrlar tayyorlashda, milliy intelligensiyani shakllanishida Toshkent (O’rta Osiyo) Davlat Universiteti katta rol o’ynadi. Bu universitet 1918 yilda mahalliy vatanparvar – ma’rifatchilar tomonidan tashkil etildi va o’z faoliyatini Turkiston Xalq Universiteti nomi bilan boshladi. 1920 yilda Davlat Universiteti maqomini oldi. Bu dargoh O’zbekistonda oliy ma’lumot va fanning keyingi rivojiga katta hissa qo’shdi. Keyinchalik O’zbekistonda bir qator Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari tashkil etildi. 30 - yillarda O’zbekiston fani rivojida burilish davri bo’ldi. Birinchi milliy kadrlarimiz, milliy olimlarimiz respublika xalk xo’jaligini rivojlantirishning bir qator amaliy va nazariy muammolari ustida samarali ilmiy ish olib bordilar.

Barcha ilmiy fanlar va yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan olimlardan: geologlar X.M. Abdullayev, G.A.Mavlonov, N.A.Kenesarin, matematiklar T.N.Qori- Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, biologlardan T.Z.Zoxidov, A.G.G’ulomov, ximiklar A.S.Sodiqov, K.S.Ahmedov, tarixchi Ya.G’.G’ulomov va boshqalar bu fan yunalishlarining asoschilari sifatida dunyoga tanildi. Ilmiy-tekshirish muassasalari tarmoqlarining tez o’sishi natijasida ular ishini koordinasiyalash va boshqarish maqsadida 1932 yil O’zbekiston Fanlar Qo’mitasi tashkil etildi. 1940 yil 8 oktyabrda Qo’mita bazasida SSSR FA ning O’zbek filiali tashkil etildi. 1941 yil O’zbekistonda 8 ming ilmiy xodim ishlagan 75 ta ilmiy muassasa mavjud edi. Milliy intelligensiyamizning shakllanishi jarayoni murakkab davrda kechdi. Qatag’onlar uning safidagi sara gullarni olib ketdi. Biroq bu O’zbekistonda fan rivojini to’xtata olmadi. Urush yillarida o’zbek olimlari Markazdan evakuasiya qilingan olimlar bilan birga bir qator ilmiy muammolar ustida samarali mehnat qildilar. 1943 yil 4 noyabrda O’zbekiston FA ning tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Unga 10 ta ilmiy tekshirish institutlari kirdi. Uning birinchi prezidenti etib matematik T.N. Kori-Niyoziy saylandi. 1944 yillar oxirida FA tizimida 22 ta ilmiy muassasa faoliyat ko’rsatdi. 50-70 yillarda Respublikada yangi talantli olimlar pleyadasi vujudga keldi. Bular: geolog-akad. I.X.Hamraboyev, bioximik-akad. Ya.X.To’raqulov, ximiklar – akad. M.N.Nabiyev, S.N.Yunusov, texnika fanlari sohasi akademiklari- M.T. O’ozbayev, M.A.Xodjinov va boshqalarning ilmiy ishlari dunyoga tanildi. 50 yillar boshlarida fan rivojiga qatag’onlarning yangi to’lqini salbiy ta’sir ko’rsatdi. 30-yillarda qatag’onlar asosan partiya, sovet, xo’jalik va harbiy kadrlarga qaratilgan bo’lsa, 50-yilning boshlarida qatag’onlar asosan fan va madaniyat arboblariga zarba berdi. 60-80 yillarda xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi, «Sovuq urush» va «Qurollanish poygasi» XSK (VPK) harbiy sanoat kompleksi sohasida bir qator fan tarmoqlarining rivojlanishi zaruratini keltirib chiqardi. Baxtga qarshi XSK sohasidagi yangi texnologiyalar xalq xo’jaligi sohasiga joriy etilmadi. Natijada SSSR boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan sanoat va texnologik taraqqiyot borasida birmuncha orqada qola boshladi. Shunga qaramasdan bu davrlarda O’zbekistonning chet el davlatlari bilan ilmiy va madaniy aloqalari rivojlandi. O’zbekistonning ilmiy tekshirish muassasalarida 300 dan ortik chet el olimlari bo’lishdi. Respublika o’quv dargohlarida minglab chet el talabalari bilim olishdi. Mavzu bo’yicha savollar:

1. XX asr fani rivojining tarixiy sharoitlari, asosiy bosqichlari va o’ziga xoslik tamonlari nimada? 2. XX asr boshida fizika fani rivojiga misollar keltiring 3. Fanning yangi sihalari yo’nalishi va rivojlanishini tahlil qiling. Adabiyotlar ro’yhati 1) Abdunabiyev A. Saidov M. Sto imen v vitke istorii. T. 2000 2) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshestva” M.1956 3) Bernal D.J. Nauka i obshestvo M. 1953 4) Kurilin V.A. Stranisi istorii nauki i texniki M. 1986