Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy taraqqiyoti.
1 1 -MAVZU: Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy taraqqiyoti. Reja: 1. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. 2. XVII-XVIII asr fani - mexanistik fan. 3.Turkistonda fan va texnika. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralari: Fanning diniy aqidalardan ozod bo’la boshlashi, burjua inqiloblari natijalari, Ilmiy bilimlarning rivojlanishi, Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati», soat, tegirmon, tabiiy fanlar, fizika, «Boyl- Mariott qonuni», Blez Paskal, Havoning massasi haqida»gi asar, X.Gyuygens. Markaziy Osiyo Fani, Yevropa, buyuk geografik kashfiyotlar, fan, adabiyot va san’at, Maxmud ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; Munajjim Muhammad Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali hisobi»; Soqi Muhammad Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari, Ahmad Donish, Oy va Quyosh tutilishlari, tabib Ubaydullo ibn Muxammad Yusuf. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr Yevropada cherkovni roli va papa hokimiyatining halqaro ta’siri ancha pasayib, fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot sekulyarizasiya (cherkov ta’siridan xalos etish) qilina boshlandi. Burjua mafkurasining va yangi rasional hamda empirik bilimlarning rivoji bir qator mustaqil yangi fan tarmoqlarining vujudga kelishiga olib keldi. Masalan falsafa, huquq va tibbiyot fanlari diniy aqidalardan ozod bo’la boshladi. Har holda cherkov ta’siridan qo’tilmagan bo’lsada bu davrda dunyoviy maktablar kupaya boshladi. Ularda o’qitishning yangi usullari yaratildi. Bir qancha mamlakatlarda dunyoviy oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi.
Fan avvalo tabiiy hodisalarning o’zaro sabab va oqibatlarini rasional tushunishga va eksprerimentlar orqali hal qilishga harakat qila boshlaydi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 yillaridagi Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya burjua inqilobi; XVII asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan inqiloblar, xullas, 1789-1794 yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan rivoji diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez rivojlanishiga, ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi harakatlarning yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar burjuaziya boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka qahshatgich zarba bera boshladi. Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning rivojlanishi texnika, matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr sxolastikasi kishanlari parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi. Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan taraqqiyotini xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon bo’lgan bo’lsa, XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari paydo bo’lishi (Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. Lekin shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos. Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat yozishib turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-birlariga xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu akademiyalarda tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday akademiyalardan Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan keyin (1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida Boyl, Guk, Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi. 1652 yilda Germaniyada imperator «Leopold akademiyasi», 1666 yilda Parijda «Tabiat fanlari akademiyasi», 1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 1724-1725
yillarda Peterburgda, 1739 yil Stokgolmda, 1759 yil Myunxenda Fanlar akademiyalari tashkil qilindi va hokazo. Akademiyalar bilan bir vaqtda ilmiy jurnallar ham ta’sis qilndi. Bu jurnallarning eng keksasi Parijda 1665 yildan chiqa boshlagan «Olimlar jurnali» hisoblanadi. Shunday qilib, XVII-XVIII asrlar fanining eng muhim ikki xususiyati birinchidan uning kuzatishga, tajribaga, eksprimentga, ikkinchidan matematikaga tayanganida edi. Aniqlik va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i bo’lib qoldi. Yangi fannnig XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob- uskunalar (termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, mayatnikli soat, elektr mashina, teleskop, mikroskop va hokazo)ning ixtiro qilishi va takomillashtirilishi asosida , ikkinchi tomondan matematikaning tez rivojlinishi asosida bordi. Ammo XVII-XVIII asr fani ko’proq manufaktura ishlab chiqarishiga va ilk mashinalashgan ishlab chiqarishga bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan edi. Boshqacha qilib aytganda yirik sanoatga aylanayotgan manufaktura davrida mexanikaning ikki moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi. Mashinalashgan sanoatga o’tishda yana shu ikkala moddiy negiz asos bo’lgan edi: Soat – amaliy maqsadlar uchun ishlatilgan birinchi avtomat bo’lib, tekis harakat bilan ishlaydigan ishlab chiqarish nazariyasi ana shu soat asosida rivojlangan. Tegirmon – dastlabki suv tegirmoni qurilgan vaqtlardan boshlaboq unda mashina organizmining hamma muhim elementlari bor edi. Harakatga keltiruvchi kuchning me’yorini o’lchash, bu kuchni qo’llashdagi eng yaxshi usullar - tishli uzatma, tishlar haqidagi va ishqalanish haqidagi ta’limotga ham ana shu tegirmon asos bo’ldi. Shunday qilib, fan va texnika, ayniqsa, matematika, mexanika va astronomiya fanlari mashinalashgan sanoatga o’tish, kapitalistik sanoatning taraqqiy qilishi va diniy dunyoqarashni yengish asosida rivojlanib bordi. Sanoatning va tabiiy fanlarning tezkor rivoji, ilmiy izlanishlar, eksprimentlar va tajribalar tufayli erishilayotgan yutuqlar va falsafa fanining materiyalistik yunalishiga turtki berdi… ( falsafiy dunyoqarishni yoritish kerak ) Tabiiy fanlar: Galiley, Kipler va Nyutonlarning zamondoshlari ichida ko’plab tabiatshunos olimlar mavjud edi. Ana shulardan biri italyan fizigi va matematigi Evandjelista Torrichelli (1608-1647) bo’lib, Rimda Benedetti Kastilli rahbarligida matematik ma’lumot oladi. Torrichellining «Traktat o dvijenii tyajel ы x tel», nomli asari Galileyning e’tiborini tortadi. Galiley o’z asarlaridan birini qayta ishlab chiqishni
ishonib unga topshiradi. Galiley o’limidan so’ng, 1642 yilda Torrichelli Pizan universiteti matematik professori lavozimini yoki o’rnini egallaydi. Torrichelli 39 yoshida, ya’ni erta vafot etsada, fan tarixida katta ishlar qilishga erishdi. Torrichelli matematika, mexanika, gidravlika sohasida katta ishlar qildi. Uni fanda yanada tanitgan ishi, bu o’ta oddiy tajriba usuli bilan Yerning yuza qismiga havoning bosimi mavjudligini, ya’ni havonining og’irligini aniqladi va namoyish qildi, atmosfera bosimini o’lchash uchun oddiy barometrni ixtiro qildi. Fransuz fizigi Edm Mariott (1620-1684) turli sohalar bilan shug’ullangan olimlardan biri hisoblanadi. U optika, yorug’lik(svet) difraksiyasi, gidravlika va ayniqsa u o’zining gazlar hususiyatlari ustida olib borgan tajribalari bilan tanilgan. Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda va undan mustaqil ravishda Edm Mariott ham 1676 yilda eksprimental ravishda «Boyl-Mariott qonuni» deb ataluvchi qonunni aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz massasi uchun o’zgarmas temperaturada bosim hajmga teskari proporsionaldir: R1 = V2 R2 = V1 Temperatura ortishi bilan gaz bosimining ortishini 1787 yilda fransuz fizigi J.Sharl eksperimental ravishda aniqlaydi. Bu – fanda Sharl qonuni nomi bilan ataladi, ya’ni: muayyan gaz massasining bosimi o’zgarmas hajmda absolyut temperaturaga proporsionaldir: R1 = T1 R2 = T2 Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. Mariott Parij Fanlar Akademiyasining eng birinchi a’zolaridan biri hisoblanadi. Ingliz ximigi va fizigi Robert Boyl (1627-1691) Irlandiyaning Lismor qurg’onida gersog oilasida tug’iladi. U Temza daryosi bo’yidagi Iton shahridagi taniqli kolledjda o’qidi. Italiya va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha yil Jenevada o’qidi. Dastlab din ta’sirida bo’lgan Boyl zohidona hayot kechiradi. Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel boshchiligidagi respublikachilarning qirol armiyasi bilan jang olib borayotganida ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi. 1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida ham Boyl asosiy tashabbuskorlardan biri edi. 1665 yilda Boyl Oksford universitetining fizika fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl «Qirollik jamiyati»ning prezidenti lavozimiga saylanadi, biroq uning o’zi bu lavozimni rad etadi. Dj.Bernal aytganidek: «R.Boyl, shubhasiz, «Qirollik jamiyati»ning boshlang’ich davrida uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton ham jamiyatning gullab-yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi». Boylning yaqin do’sti va birinchi yordamchisi bo’lib uzoq vaqt faoliyat ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib eksperimentator Robert Guk (1635-1703) edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl
Qirollik jamiyatining yuragi bo’lsa, unda Guk uning ko’zi va qo’llari edi. U Faradeygacha bo’lgan davrning buyuk fizik-eksperimentatori edi. Mexanika, fizika, ximiya va biologiya bilan qiziqqan Guk metallarning mexanik xossalari, materiallarning elastik deformasiyalanishlari, elastiklik chegarasi ustida ish olib borib, fanda «Guk qonuni» deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. Uning ixtirosi, ya’ni aylanma prujinli mayatnik keyinchalik aniq soat va xronometrlarning yaratilishiga asos bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop sxemasini takomillashtirdi.» Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi yirik eksperimentator bo’lmasada, yoki Nyuton va Maksvell kabi yuksak matematik qobiliyatga ega bo’lmasada, biroq fan uchun juda ko’p ishlar qildi. O’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra Boyl ensiklopedist olim edi. Uning fandagi asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga aylanishini boshlab berdi. Fransuz olimi Blez Paskal (1623-1662) matematik, fizik, yozuvchi va diniy faylasuf edi. U Klermon- Ferrane shahrida matematik E.Paskal oilasida tug’iladi. 1655 yilda B.Paskal Por-Royaldagi yanseniychilik ( Kalvinizmga yaqin diniy- falsafiy oqim. Gollandiyalik va’zchi Yanseniy asos solgan ) monastiriga joylashib, bu oqimning maslakdoshlaridan biriga aylanadi. Matematika va fizika sohasida ko’p ishlar qilgan Paskal gidrostatikaga asos soladi. Bu qonunga ko’ra suyuqlik yuzasiga qilingan tashqi ta’sir kuchi suyuqlik orqali barcha yunalishda bir xil uzatiladi. Masalan: «Havoning massasi haqida»gi asarida Paskal havo bosimining zichligi Yer yuzasidan qancha yuqoriga chiqilsa shuncha kamayib borishini aniqlaydi. Shu bilan birga barometr ko’rsatgichi havoning holatiga, ya’ni temperaturasiga va namligiga bog’liq va shuning uchun ham barometr ob-havoni oldindan aytib berish pribori bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. Nyuton va Galileyning zamondoshi buyuk golland matematigi, fizigi va mexanigi Xristian Gyuygens (1629-1695) Gagada yozuvchi va siyosiy arbob oilasida tug’iladi. Nederlandiyaning Leyden va Bredi shaharlaridagi universitetlarida o’qib, huquqshunoslik va matematikani o’rganadi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada X.Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini – muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar obyektivlarining yorug’lik kuchini oshirib, ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini hisobladi. Saturnda hozir hammaga ma’lum bo’lgan halqalar borligini aniqladi. O’zining «Mayatnikli soatlar» (1658) nomli asarida u mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.