O‘zbekistonda yangi muzeylarning taraqqiyoti va ahamiyati
O‘zbekistonda yangi muzeylarning taraqqiyoti va ahamiyati Reja: 1. XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida muzey sohasidagi o‘zgarishlar. 2. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylarning faoliyati.
1. XX asrning oxiri XX asrning boshlarida muzey sohasidagi o‘zgarishlar. XX asrning 80-yillari bugungi kunga kelib tarixga aylandi. Muzey ishida muhim bosqich 1990 yillarda O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinganidan boshlanib, hozirda o‘zining yuksak taraqqiyot davriga o‘tdi. 1990 yillardagi yangi tarixiy sharoit O‘zbekistondagi tarix va o‘lkashunoslik muzeylari uchun ulkan imkoniyatlar va yorqin istiqbollar yaratdi. Ayni paytda muzeylar o‘zining jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqeini saqlab qolishga, vujudga kelgan vaziyatga ma’lum darajada moslashuvini ham namoyon etdi. Bugungi kunda barcha qiyinchiliklar ortda qoldi, deyish mumkin. Eng muhimi, madaniy merosni muhofaza qilish davlatning, qolaversa shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning diqqat markazida ekanligini ta’kidlash joiz. Muzeylarga nisbatan jamiyatdagi ehtiyoj unga kiruvchilar sonining oshib borishi bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich 1990 yillarda keskin kamayib, XX asrning oxirlaridan asta-sekin o‘sa boshladi. Olimlarning yozishicha, muzeylar faoliyatini murakkablashtirgan narsa XX asrning 90-yillarida ham jamiyatda ko‘pchilik aholi qabul qilgan muhim qadriyatlar tizimining shakllanmaganligi edi. Kommunistik mafkura va sovet turmush tarzining targ‘iboti mustaqillik yillaridan demokratik qadriyatlarga asoslangan ochiq jamiyat tomon yo‘nalish bilan almashdi. Muzeylar bosib o‘tgan tarixiy yo‘l uning vositasida ko‘plab madaniy va ijtimoiy muammolarni yechish mumkinligini tasdiqlamoqda. Buni anglagan muzey ilmiy xodimlari o‘z zimmalariga faqat muzey ishi, faoliyati uchun mas’uliyatni olibgina qolmay, balki shahar, viloyat, qolaversa mamlakat miqyosidagi ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy muammolarni hal etishda ham faol ishtirok etishga tayyordirlar. Muzeylar faoliyatining yangi yo‘nalishlari ularning jamiyatga ta’sirini sezilarli kengaytirib, bu jarayon nazariy muzeyshunoslikda kommunikatsion yondashuvning shakllanishi va taraqqiyoti, ekomuzeologiya, muzey-pedagogik tadqiqotlari, muzey faoliyati, madaniy-ma’rifiy va ekspozitsiya-ko‘rgazmalarda, yangi texnologiyalardan muzey ishining barcha yo‘nalishlarida foydalanilishida aks etadi. Muzey ishi va muzeyshunoslik bilimlari, uning keyingi taraqqiyoti muzeylar hamda jamiyat hamkorligidagi harakatlari yanada unumliroq bo‘lishini
ta’minlashi shubhasiz. Muzeylarning ma’lum qismini turli boshqarmalarning muzeylari tashkil etadi. Ularning ayrimlari davlat, boshqalari esa xususiy yoki jamoa muzeylariga aylangan. Boshqarma muzeylarining deyarli ko‘pchiligi mutaxassislar uchun tashkil etilgan. Bu turdagi muzeylar «yopiq» muassasalar bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi moliyaviy jihatdan yaxshi ta’minlangan. Ba’zida bu xildagi ayrim muzeylar o‘sib jamiyat uchun ochiladi, ularda ham boshqalardagi kabi muzey kommunikativ muammolari, kiruvchilar bilan o‘zaro munosabat, ko‘rgazmalar saviyasi muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Boshqarma muzeylariga normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish, xodimlar tayyorlash, kolleksiyalarni saqlash muammolari dolzarb bo‘lib qolmoqda. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida mamlakat muzeylari «qiyofasi» nisbatan o‘zgaradi. Ayrim o‘zgarishlar muzey ishiga yangi tashqi ta’sir, xorijiy muzeylar bilan aloqalarning faollashuvi bilan izohlansa, boshqalari muzey ishining ichki mantiqiy taraqqiyoti bilan belgilanadi. Xalqaro muzeylar tashkilotining (IKOM) ma’lumotlariga qaraganda, jahon muzeylarining 90 foizi so‘nggi ellik yilda bunyod etilgan. 2. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylarning faoliyati. Bugungi kunda muzeylar sonining o‘sishi umumjahon jarayon bo‘lib, har besh yilda ular 10 foizga ko‘payib bormoqda. Faqat mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘ndan ziyod muzeylarning, xususan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz Arxeologiya muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati va boshqa muzeylarning tashkil etilishi ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi doirasida 88 ta muzey mavjud bo‘lib, shulardan 43 tasi tarix va o‘lkashunoslik ixtisosligidagi muzeylardir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufida to‘rtta muzey bo‘lib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeylari shular jumlasidandir. Bulardan tashqari ma’lum muammo, mavzu, inshoot yoki jarayonni ifoda etuvchi muzeylar soni ham tobora ko‘payib bormoqda.
1990 yillarning boshida O‘zbekistonda jamoatchilik muzeylari keskin kamaydi. Ammo bugunga kelib, bu muzeylarning ba’zilari qayta tiklanib, konsepsiyasi tubdan o‘zgartirildi. Ularda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish uchun davlat muzeylari xodimlari qatorida malakalarini oshirish bilan shug‘ullanishmoqda. Ayrim jamoatchilik muzeylari avvalgidek o‘z faoliyatini kengaytirib, davlat muzeyi statusini olmoqda. Yana bir o‘ziga xos xususiyat ayrim jamoatchilik muzeylarining «davlat muassasasiga aylanishi» emas, balki o‘zining maqomini saqlab, kuchli va e’tiborli muzeyga aylanish harakatidir. Masalan, qadimiy Samarqand shahrida MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida yagona hisoblangan muzey joylashgan. Bu Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi bo‘lib, jamoat tashkiloti hisoblanadi 1 . U mustaqillik davrida Samarqand shahridagi «Esperanto» millatlararo do‘stlik klubi a’zolari tomonidan tashkil etilgan. «Xalq diplomatiyasi»ning turli xil nodir ko‘rgazmalari orasida «Jahon dastxati» loyihasi alohida o‘rin tutadi. Bu loyiha zamonamizning mashhur shaxslari – davlat va jamoat arboblari, Nobel mukofoti sohiblari, estrada va TV yulduzlari, fazogirlar hamda sportchilar dastxatlari tushirilgan rasmlar, shaxsiy tilaklari bitilgan xatlar va asarlaridan iborat to‘plamdir. Bugungi kunga kelib ushbu loyiha doirasida mingdan ziyod eksponatlar jamlangan. Loyihaning asosiy maqsadi mashhur zamondoshlarimiz orasida aloqa ko‘prigi yaratishdir. Dunyoning turli davlatlaridan 125 nafar Nobel mukofoti sohiblari «Jahon dastxati» loyihasida ishtirok etishdi. O‘z maktublarida ular qiyin sharoitlarda mustaqil demokratik davlat shakllantirayotgan hamda umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida birdamlik bilan harakat qilayotgan O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Loyiha ishtirokchilarining barchasi fizika, ximiya, tibbiyot, adabiyot, tinchlikparvarlik hamda iqtisodiyot sohalarida erishgan yutuqlari uchun yuqori mukofotlar bilan taqdirlanganlar. Adabiyot sohasida Nobel mukofoti laureati Vislava Shimbareka muzeyga dastxati tushirilgan yettita kitobni sovg‘a qilgan. Davrning o‘ziga xosligi xususiy muzeylarning paydo bo‘lishidir. Muzey 1 Йонесов А. М еждународный музей мира и солидарности // Мозийдан садо . – Ташкент, 2005. – № 4 (28) . – С. 12.
amaliyotida o‘nlab yillar taqiqlangan bu xildagi muassasalar 1980 yillar oxiri – 1990 yillar boshidan tiklanib taraqqiy etmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatdagi qator qadimgi shaharlar o‘zining 2500, 2700 yillik yubiley tantanalarini o‘tkazdi. YuNESKO qarori bilan Xiva, Buxoro 2 va Termizning 2500 yilligi, Shahrisabz, Qarshining 2700 yilligini nishonlash, ushbu shaharlardagi tarixiy obidalarni tiklash, restavratsiya qilish qatorida, u yerlardagi muzey ishining tubdan yaxshilanishiga, kolleksiyalarining yangi arxeologik tadqiqotlar orqali to‘ldirilishiga imkon berdi 3 . Ulardan biri Termiz arxeologiya muzeyi 2001 yilning 24 oktyabrida tashkil etilib, o‘z faoliyatini 2002 yil 2 apreldan boshlagan. Termiz arxeologiya muzeyi O‘rta Osiyodagi yagona arxeologiya muzeyi hisoblanadi. Ushbu zamonaviy inshoot sharqona me’morchilik uslubida qurilgan bo‘lib, kirish zali, 9 ta asosiy zal va ustunlar bilan bezatilgan galereyadan iborat. Kirish zalida turli tarixiy davrlarga tegishli tosh va gipsdan ishlangan haykallar, tosh hovuz va katta hajmdagi sopol xumlar joy olgan. Shu yerning o‘zida voha tarixining turli davrlariga taalluqli 20 ta arxeologik inshoot belgilangan relefli xarita mavjud. 9 ta asosiy zalda Surxondaryo viloyati hududidan topilgan eng qadimgi odamlarning tosh qurollaridan tortib, mohir ustalar qo‘li bilan yaratilgan san’at asarlarigacha bo‘lgan eksponatlar xronologik tartibda (mil.av.100 ming. yillikdan XX asrning boshlarigacha) joylashtirilgan. Muzey fondlarida viloyatning moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid 27000 dan ortiq ashyolar saqlanadi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda yana bir tarixiy muzey – Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on etilgan fidoyi vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan 4 . Ushbu Farmonning 5-bandida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyini tashkil etish to‘g‘risida 2 Инсониятнинг илмий ва маданий мероси – учинчи минг йилликка. Бухоро ва Хива ша ҳ арларининг 2500 йиллигига ба ғ ишланган халқаро симпозиум тезислари. Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – 302 c. 3 Хушваков Н. Шаҳрисабз тарих музейи // Мозийдан садо. – Тошкент, 2006. – № 2 (30). – Б. 12 -14. 4 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2001 йил 1 майда қабул қилинган «Қатағон қурбонларини ёд этиш кунини белгилаш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи, 2001 йил 2 май.