logo

Muzeylarning ilmiy- tadqiqotchilik faoliyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81 KB
    Muzeylarning ilmiy-     tadqiqotchilik faoliyati.
REJA.
1. Muzey  tadqiqot markazi sifatida.
2. Tadqiqotchilik faoliyati asoslari.
3. Tarixiy muzeydagi muzeyshunoslik tadqiqoti. Muzeylarning   eng   asosiy   ijtimoiy   vazifalaridan   biri   ilmiy   tadqiqot   ishidir.   Juda
ko’p   ilmiy   tadqiqot   institutlaridan   farqli   o’laroq   ravishda   muzeylarning   ilmiy
tadqiqot   ishlari   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Uning   o’ziga   xosligi   asosan
shundaki,   muzeyda   olib   boriladigan   ilmiy   tadqiqotlar   juda   keng   tarmoqli   bo’lib,
o’z   navbatida   uning   natijalari   ko’p   tarmoqlarga   ta`sir   etadi.   Bu   ilmiy   tadqiqotlar
biror-bir   tarixiy   manbani   o’rganish   maqsadida,   shuningdek,   tarixiy   manbalarni
yoki   bir   turdagi   muzey   predmetlarini   konservatsiyalash,   restavratsiya   qilish,
saqlash,   qo’riqlash,   xizmat   ko’rsatish   maqsadida   ham   bo’lishi   mumkin.   Tadqiqot
ishlarida   sohaga   ko’ra   deyarli   barcha   fanlar,   jumladan   pedagogika,   psixologiya,
sotsiologiya fanlarining ham uslublari qo’llaniladi. Muzey predmetini o’rganishga
yunaltirilgan   ilmiy   tadqiqot   ishlarida   shu   predmet   ta’aluqli   bo’lgan   fanlar
uslublaridan  foydalanilsa,  shu   predmetni  muzeyshunoslik   nuqtai   nazaridan  tadqiq
etganda  yoki  umuman  muzeyshunoslik  tadqiqotida  zarur   bo’lgan  tabiiy  fanlardan
tashqari   yuqorida   ta`kidlaganimizdek,   pedagogika,   psixologiya,   sotsiologiya
fanlarining   uslublaridan   foydalaniladi.   Muzeylarning   tadqiqotchilik   faoliyatiga
e`tibor kundan-kunga oshib bormoqda. 1968 yil Irji Neustupniy o’zining "Muzeyi
issledovanie" asarida muzeylarni o’ziga xos ilmiy tadqiqot instituti deb baholagan
edi.   IKOM   (Xalqaro   Muzeylar   Kengashi)   -   YUNESKO   qoshidagi   muzeylar
faoliyatini   koordinatsiyalashtirish   bo’yicha   xalqaro   markaz   o’zining   1978   yilgi
kengashida   muzeylarning   tadqiqotchilik   faoliyatini   o’rganib,   bundan   buyon   shu
jarayonni   doimiy   qo’llab-quvvatlab,   nazorat   qilib   borishni   o’z   oldiga   asosiy
maqsad qilib quygan edi.
2.   Muzeyning   tadqiqotchilik   faoliyati   asosi   bo’lib,   agar   bu   faoliyat   muzey
predmetini   manbaviy   nuqtai   nazardan   o’rganishga   yo’naltirilgan   bo’lsa,   muzey
fondlarida   saqlanayotgan   moddiy,   tasviriy   va   yozma   muzey   predmetlari   xizmat
qiladi.   Muzeyda   olib   borilayotgan   tadqiqot   ishlarini   shu   nuqtai   nazardan   uch
guruxga bo’lish mumkin:
muzey   predmetlarini   umumtarixiy   nuqtai   nazardan   tadqiq   etish.   Muzeyda
saqlanayotgan   yoki   muzey   fondiga   yangi   qabul   qilingan   predmetlarning   paydo
bo’lish   joyi   va   davri,   uning   muallifi   hamda   shu   predmetdan   foydalangan   davr aniqlanadi. Aynan shu jihatlar predmet ya`ni tarixiy manba haqida fikr yuritishda
asos   bo’lib   xizmat   qiladi.   CHunki,   tarixiy   manbaning,   misol   uchun,   yozma
manbaning   muallif   tomonidan   yozilgan   davri   va   etib   kelgan   nusxaning   xattotlar
tomonidan   ko’chirilgan   davr   o’rtasidagi   farq,   muallifning   shu   manbada
yoritilayotgan   voqealarga   qanchalik   daxldorligi   haqidagi   ma`lumotlar   shu
manbaga   bo’lgan   ishonch   darajasiga   ham   ta`sir   qiladi.   Bu   misolni   muzeyda
saqlanayotgan barcha tarixiy manbalarga nisbatan qo’llash mumkin.Komplektlash
jarayonida   umumtarixiy   tadqiqot.   Muzeylarni   komplektlab   borish   faqat   muzey
predmetlari   kollektsiyasini   to’ldirib   borish   uchungina   emas,   balki   tarix   fanining
bundan keyingi rivojlanishi uchun ham zarurdir. SHundagina muzey ko’rgazmalari
asl-nusxa   muzey   predmetlari   bilan   ta`minlab   boriladi.   Lekin   bu   boradagi   eng
muhim   vazifa   komplektlash   kontseptsiyasini   ishlab   chiqishdir.   Muzey   fondini
komplektlash   kontseptsiyasini   ishlab   chiqish,   ayniqsa,   zamonaviy   muzey
predmetilarini   to’plash   uchun   juda   muhimdir.   CHunki   bugungi   kun   ham   ertaga
tarixga aylanadi. Lekin bu bugungi kunga oid hamma narsani muzeyga qabul qilish
zarur degani emas, albatta. Aynan qanday predmetlarni muzey fondiga qabul qilish
zarurligi   muzey   fondini   komplektlash   kontseptsiyasida   ko’rsatilgan   bo’lishish
shart.   Komplektlash   jarayonida   tadqiqotchilik   faoliyatida   turli   uslublardan
foydalaniladi. Ular ichida eng muhimi va ko’p samara beradigani dala tadqiqotidir.
Bu   uslub   asosan   arxeologiya,   etnografiya,   san`atshunoslik   va   boshqa   bir   qator
fanlar yo’nalishida qo’llaniladi. Arxeologlar turli hududlarda qazilma ishlarini olib
borib   muzey   fondlarini   asl-ilmiy   predmetlar   bilan   to’ldirib   borsa,   etnografiya   va
san`atshunoslik   turli   qishloqlarda   hozirgi   kunda   ham   saqlanib   qolgan,   tarixiy   va
ilmiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   ko’plab   ma`lumot   va   ashyolar   to’plab,   muzey
fondini   yanada   boyitishlari   va   o’z   navbatida   fan   rivojiga   katta   hissa   qo’shishlari
mumkin.Tarixiy eksponatlarni ilmiy tayyorlash. Muzey ko’rgazmasini tashkil etish
muzey   faoliyatining   yana   muhim   qirralaridan   biridir.   Muzey   ko’rgazmasi   ilmiy
asosda   tashkil   etilishi   va   ko’rgazma   eksponatlari   joylashuvi   ham   tarixiy   nuqtai
nazardan   to’g’ri   bo’lmog’i   kerak.   Ma`lum   bir   mavzular   bo’yicha   shoshilinch
ko’rgazmalar   tashkil   etish   zarur   bo’lib   qolgan   hollarda   esa   ba`zi   bir   maxsus eksponatlarni   tez   va   chuqurroq   o’rganish,   yangi   predmetlarni   eksponat   sifatida
tayyorlash   lozim   bo’ladi.   SHuningdek,   mavzuni   yaxshiroq   yoritish   uchun   ilmiy-
ko’makchi materiallar (xarita, chizma, jadval va boshqalar)ni tayyorlash ham kerak
bo’ladi. Demak, tarixiy eksponatlarni  ko’rgazmaga tayyorlash  ham kerak bo’ladi.
Demak, tarixiy ekmponatlarni ko’rgazmaga tayyorlash ilmiy asosda tashkil etiladi
va ma`lum bir ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi.
3.   Muzey   faoliyatida   muzeyshunoslik   tadqioti   ham   muhim   ahamiyatga
egallaydi.   Muzeyshunoslik   tadqiqotiga   muzey   faoliyatini   yanada   yaxshilash,
muzey predmetidan yanada samaraliroq va faolroq foydalanish, muzey predmetini
saqlash   va   qo’riqlash   ishini   yaxshilash   sohasidaga   tadqiqotlar   majmui   kiradi.
Muzeyshunoslik tadqiqoti quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1. Fondni muzeyshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish. Bu yo’nalishda asosan
muzey   fondini   komplektlashning   umumiy   konseptsiyasini   ishlab   chiqish,   uning
shakl   va   uslublarini   aniqlash,   yig’ish   va   saqlash   ishi   bo’yicha   xujjatlashtirish
nizomlarini   ishlab   chiqish,   muzey   predmetlarini   fond   bo’limlariga   joylashtirish
bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu tadqiqotlar natijasi fond ishini yanada
yaxshilash,   ularga   predmetlarni   va   ilmiy   ko’makchi   materiallarni   to’g’ri
joylashtirishga olib keladi.
2. Muzey   fondlarini   saqlash,   qo’riqlash   yo’nalishidagi   tadqiqotchilik.   Muzey
faoliyatining   asosiy   yo’nalishlaridan   biri   muzey   predmetini   kelgusi   avlodlarga
etkazish   uchun   saqlash   va   qo’riqlashdir.   Bu   sohani   yanada   rivojlantirish   doimiy
izlanishlarni   talab   etadi.   Bu   borada   konsevatsiyalash   va   qayta   tiklash   ishlari   ham
olib   boriladi.   Faoliyat   natijasini   yanada   yaxshilash   esa   tabiiy   fanlar   yutuqlaridan
doimiy xabardor bo’lish va ulardan keng foydalanish, ko’plab tajribalar olib borish
vazifasini qo’yadi.
3. Muzey   kommunikatsiyasi   yo’nalishidagi   tadqiqotchilik.   Bu   yo’nalishdagi
tadqiqotchilik o’ziga xos xususiyatlariga quyidagi guruxlarga bo’linadi:
" ko’rgazmalilik   yo’nalishidagi   tadqiqotlar   muzey   eksponati   faqat   ilmiy
axborot berish qobiliyatiga emas, balki o’ziga xos tomoshabinlilik, ko’rgazmalilik
xususiyatiga ham ega bo’lishi kerak. Muzey ko’rgazmasi badiiy-me`moriy jihatdan mukammal echimga ega bo’lishi, tomoshabin didi va saviyasi talablarga javob bera
bilishi ham zarur. Muzey ko’rgazmasini badiiy-texnik echimini ishlab chiqayotgan
paytda   tomoshabinlarning   jismoniy   imkoniyatlarii   ham   xisobga   olinishi   ham
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Misol   uchun   eksponat   joylashtirilayotgan   paytda
tomoshabinlarning   o’rtacha   bo’yi,   ko’rish   qobiliyati,   ko’rish   maydoni,   maydonni
yoritilish   miqdori,   tomoshabinlar   yo’nalishi   (marshruti)   va   boshqa   jihatlar
e`tibordan   chetda   qolmasligi   shart.   Aynan   shu   yo’nalishdagi   muzey   faoliyatini
rivojlantirib borish bir qator tabiiy fanlar va muzey mutaxassislari bilan birgalikda
doimiy tadqiqotlar olib borishni  talab etadi. Muzey  pedagogikasi  tadiqoti. Muzey
ta`lim-tarbiyaviy jarayon ham muzey faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biridir.
Bu   yo’nalishda   muzey   pedagogikasi   muhim   o’rin   tutadi.   Muzey   pedagogikasi
tadqiqoti   muzeyning   ta`lim-tarbiyaviy   jarayonini   yanada   rivojlantirish,   yangi
uslublarni  yaratish va qo’llash yo’nalishida izlanishlar  olib boriladi. Faqat  muzey
ko’rgazmasi   jarayonida   pedagogik   faoliyat   olib   borish   bilan   cheklanmasdan,
jamiyat talabiga qarab turli uchrashuvlar, tugaraklar, ko’chma ko’rgazmalar tashkil
etish   va   uni   yuqori   darajada   o’tkaza   olish   ham   muzey   pedagogik   faoliyati   va
tadqiqoti   natijasidir.Sotsiologik   tadqiqot.   Muzey   fondidan   to’laroq,   kengroq
foydalanish va ularning samaradorligini yanada oshirish uchun sotsiologik tadqiqot
ham zarur bo’ladi. Bu uslub aslida muzeyshunoslikda o’tgan asrning 30-yillaridan
boshlab qo’llanila   boshlagan. Sotsiologik tadqiqot muzey faoliyatini xalq orasida
qanday   ta`sirga   ega   ekanligini,   uni   samaradorlik   darajasini   aniqlab   beradi.
SHuningdek,   bu   tadqiqot   natijasida   muzeyga   asosan   aholining   qanday   yoshdagi
qismi,   qatlami   tashrif   buyurayotganligi   va   ular   asosan   qaysi   predmetlarga   yoki
mavzularga qiziqayotganligi ma`lum bo’ladi. Bu esa muzeyning yaqin kelajakdagi
rejalarini   tuzishda,   uni   ishini   to’g’ri   tashkil   qilishda   va   zamon   talablariga
moshlashtira   olishda,   raqobatbardosh   bo’lishda   katta   ahamiyatga   egadir.
Sotsiologik   tadqiqotlarni   doimiy   ravishda   va   keng   miqiyosda   olib   borayotgan
muzeylar – o’z kelajaklarini ta`minlayotgan, muzeylarning raqobat maydonida o’z
o’rinlarini   mustahkamlab   borayotgan   muzeylardir.Psixologik   tadqiqot.   Muzey
faoliyatini  o’z o’rinlarini jamiyat  psixologiyasini, aholi qatlamlari  psixologiyasini doimiy   o’rganib,   kuzatib   borish   va   muzey   ishini   tashkil   etishda   shu   o’rganish   va
kuzatish natijalarini ham xisobga olish muhim ahamiyatga ega. Psixologik tadqiqot
natijalari   muzeyning   barcha   bo’limlari   uchun,   jumladan   muzey   pedagogikasi,
muzey ko’rgazmalarini badiiy-me`moriy jihatdan tashkil etish ishlarida ham katta
yordam beradi.  
“Buyuk İpak yuli” o’tgan   jozibali o’lkamiz   qadimdan-oq barcha davlatlarda
chet el istilochilarining diqqat  markazida bulgan. Shu sababli taqdir taqozasi bilan
O’rta Osiyoning tarixiy qismati juda og’ir  kechdi.
Tarix guvohligicha, X asrdagi Buxoro va Sheroz amirliklar  kutubxonalarida
insoniyat   yaratgan   hamma   nodir   kitoblar   bo’lgan.   Xorazmshohlar   davridagi
to’plangan   nodir   moddiy-ma’naviy   boyliklar   mug’ullar     bosqinida   yuqatildi,
kutubxonalar    yondirildi. Natijada hayot  100 yillar  orqaga  chekindi. Oradan    150
yil     o’tgach,   ayniqsa   Amir   Temur   davrida   fan   va     madaniyat   qayta     kurtaklay
boshladi.  Amir   Temur  musulmon  dunyosining  muxaddas  kitobi   bulmish  «Usmon
quroni»   ning   asl   nusxasini   Samarqandga   keltiradi.   Temur   va   Temuriylar
kutubxonasi dunega mashxur edi.
Buxoro,   Xiva,   Quqon   xonliklarida   ham   nodir   qulyozmalar     kollektsiyasini
to’plab   saroy   va   shaxsiy   kutubxonalar   barpo   etish   odat   bo’lgan.   Toshkentda
Jurabekning, Andijonda Dukchi Eshon shaxsiy kutubxonalari mashxur edi.
  Yuqoridagi   bu   faktlar   asosida   Orta   Osiyo   diyorida   moddiy   va   ma’naviy
yodgorliklarni to’plash asriy anana bulib, milliy xususiyatlarga rioya qilgan holda
amalga  oshirilganligini ko’ramiz.
Moddiy ma’naviy boyliklarning tashib ketilishi xilma-xil yullar bilan amalga
oshirildi.   Elchilarga   sovg’a   sifatida   berildi,   sayyohlar,   savdogarlar   orqali   va
bosqinchilik   xarakatlari   tufayli   ular   xorijiy   mamlakatlarga   utib   ketdi.   Masalan:
1831-1833-yillarda     Ost-İndiya   kompaniyasining   leytenanti   Aleksandr   Byorns
Buxoroda yashab qadimiy tilla va kumush tangalarni yigadi va 200 dan  ortiq nodir
numizmatika  kollektsiyasini barpo etib, Britaniya muzeyiga taqdim etadi.
Peterburgdagi   Osiyo   muzeyining   direktori,   sharqshunos   olim   X.D.Fren
1834-yil   O’rta   Osiyodan   izlab   topilishi   mumkin   bo’lgan   sharq   mualliflariga mansub «Yuz asarning xronologik ruyxati»ni tuzib chiqadi. Orenburg bojxonasiga
savdogarlar   yullash   va   kursatilgan   qulyozmalarni   Peterburgga   yuborish   haqida
farmoyish   berildi.   Bu   O’rta   Osiyo   moddiy   va   ma’naviy   yodgorliklarning   olib
kelinishining birinchi bosqichi edi.
1869-yildan     planli   o’lja   yig’ish   choralari   ishlab   chiqildi.   Soldat-ofitserlar
qullariga   Peterburgda   yozilgan     tavsiyanomalar   berilib     qanday   narsalarga
ahamiyat berishlik kursatilgan  edi. Asosiy   maqsad  qulyozmalar, hujjatlar, tanga,
muxr,   amaliy   sanat   namunalari,   asari-atiqa   buyumlar,   mahalliy
hunarmandchilarning   ijod   maxsulotlari,     gilamlar,   zargarlik   buyumlari,   ayniqsa
metaldan   yasalgan   qilich,   xanjar,   pichoq   va   boshqa   buyumlar   Peterburgga
junatilishi   kerak   edi.   Harbiy   boshliq   va     amaldorlar   bu   qimmatbaho
yodgorliklardan     o’zlariga   kollektsiya   to’plashni   ham   unutmadilar.   1869-yili
Turkiston general gubernatori K.P.Fon Kaufman (1867-1882) muxaddas kitob XV
asr  kufa qulyozma  yodgorligi «Usmon Quroni»ni Peterburg imperatoriga junatdi. 
1870-yilda   Shahrisabz   va   Kitob   bekliklaridagi   qo’zg’olonni   bostirish
bahonasida 97 jild qadimiy qulyozmalar tortib olindi. 
Moddiy   va   man’aviy     yodgorliklarni   ilmiy   asosda   yig’ish   1873-yil   Xiva
xonligiga   yurish   oldidan   juda   mukammal   tashkil   qilindi.   Sharqshunos   olim
P.İ.Lerx,   xonlikda   nimalarga   etibor   berish   va   yig’ish   haqida   mukammal   dastur
ishlab, Turkistonga yuboradi va   bu «ko’rsatma» soldat va ofitserlarga tarqatiladi.
Ayniqsa   O’rta   Osiyo   allomalarining   asarlarini   to’plashga   etibor   berildi.   Bu   ishlar
Turkiston general gubernatori faxriy maslaрatchisi A.Kun zimmasiga yuklatildi.
Xiva   xoni   taxti   1874-yili   Moskva   qurol-aslaxa   palatasiga   topshirildi.   Xon
saroyidan   olingan   uljalar   ichida   25   pud   tilla   va   kumush,     200   dan   ortiq   qadimiy
tanga,   tilla   buyumlar   buldi.   Ular   Moskva,   Peterburg   muzeylariga   junatildi.   1875-
1876 yillarda  Qo’qanga yurish natijasida, xonlik tugatilib, xazina Peterburgga olib
ketildi.   Keyingi   davrda   jalb   etildi.   Shu     maqsad   yulida   1807-1917-yillarda
Turkistonda   15   ilmiy     jamiyat   ishlab   turdi.   1895-yilda   tuzilgan   Toshkent
arxeologiya etnografiya va antropologiya   tugaragining ham asli vazifasi  shunday
buldi. Tarqoq   kollektsiyalarni   birlashtirish   va   ularni   Peterburgga   junatish   uchun
saralash   markazi   lozim   buldi.   Bunday   markaz   muzey   bulishi   mumkin   edi.   Shu
tarixa Turkiston   muzeyi tashkil  topdi. Bunday   maqsad “Qizil imperiya” davrida
xam   uz     kuchida  qoldi.   Yuqoridagi     faktlar   bugungi   mustaqilligimizning   naqadar
azizligini,  qadrli va muxaddasligini asoslab beradi.
O’zbekistonda   dastlabki   muzeylarning   shakllanishi   va   rivojlanishi   haqida
tuxtaydigan bo’lsak,  1876-yilda  Toshkentda  Turkiston  muzeyi  tashkil  etiladi   (12-
iyul). 
1877   yil   yanvarda   muzey   etnografiya,   texnik   ishlab   chiqarish,   qishloq
xujaligi,   tabiat   tarixi   va   arxeologiya   buyicha     1500   dan   ortiq   predmetlarga,
800 qadimiy  tanga    va  medallarga  ega  edi.  Muzey   ancha  shakllangach,   1877
yildan   xavaskor   tabiatshunoslar   jamiyatining   OLEAE   Turkiston   bo’limi
a`zolari  komitetiga raxbarlik qiluvchi statistika  komiteti ixtiyoriga utkazildi.
Uning   mudiri   ”Turkestanskie   vedomosti”ning   sobik   redaktori   N.A.Maev
bulib, muzeyga bino berilmaganligi  sababli    uni  uz uyiga joylashtirdi. Muzey
ta`minoti   uchun   arzimas   mablag   (300   sum)   ajratilar   edi   xolos,   yana   ayrim
shaxslar   tomonidan     uncha-muncha     exsonlar   tushib   turar   edi.   Aslida
Maevning   hisob   kitobiga   qaraganda,   yiliga     1600   sumlik   mablag   talab
etilardi.   Bu   muzey   4   bo’lim   -   etnografiya   va   texnika,   tabiat   tarixi   va
arxeologiya,   numizmatika,   qishloq   xujaligidan   iborat   bulib,   maxalliy   suratlar
va turli kollektsiyalar bilan  boyitilgan edi. 
1888   yil   muzey   nizomi   ishlab   chiqilib,   tasdiqlandi.   Unda     muzey
ixtisosi,   vazifasi,   ish   xarakteri   belgilab   berildi.   Muzeyga   raxbarlik   qilishi
besh   kishidan   iborat   Nazorat   komitetiga   yuklandi.   Ustavga   muvofiq
muzeygga   geologiya,   botanika,   zoologiya,   etnografiya,   arxeoliya,
numizmatika,     sanoat   va   qishloq   xujaligi   buyicha   materiallar   tuplash   va
saqlash huquqi berildi.
1919-yil  fevralda Turkiston General    Gubernatorligi   qarorgohi, «oq uy» ning bir
qismiga muzey ko’chiriladi. Bu   O’zbekiston   xalqlari   tarixi   muzeyi   fondida   1978   yildayoq   arxeologik
materiallardan 52 mingtagacha buyum,  numizmatikadan  43 mingdan, oshiq tanga
pul,   medal   va   boshqa   xil   pullar,   etnografiyada   1800   tadan   oshiqroq     yodgorlik
buyum   bo’ldi.   Muzey   kartotekasi   va   arxividagi   fotosuratlar   negativ   va   hujjatlar
soni 100 mingdan oshgan.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   21-aprel   1992-yil,   203
sonli   qarori   asosida   muzey   qayta     tashkil     etildi.   U   O’zRFA   O’zbekiston   tarixi
Davlat muzeyi   deb nomlandi (Muzey jamoasi 86 kishidan iborat. 23 kishisi ilmiy
xodim   jumladan   3   fan   doktori,   8   fan   nomzodi     bor.   Umumiy   maydoni   g   ming
kv.m. 12 ming eksponat o’rin olgan).
Turkiston muzeyidan tashqari 1895-yilda   Farg’ona viloyat muzeyi ochilib,
u   dastlab   shahar   xalq   muzeyi   deb   atalgan.   1896-yilning   21-iyunida   Samarqandda
«Samarqand statistika  komiteti  muzeyi» (hozirgi O’zR madaniyat  va san’at  tarixi
muzeyi)   ekspozitsiyasining  tuzilishi  odatdagi    kunstkamera sifatida bulgan, unda
xar xil materiallar tuplangan. Ularni to’ldirishda rus havoskor   kollektsionerlardan
A.İ.Dobrosmıslov,   N.S.Likoshin,   N.P.Ostroumov,   A.L.Vyatkin,   N.N.Karazin,
maxalliy vakillardan  Mirzo Buxoriy,  Mirzo Qosimov)   A.Asqarovlarning faolyaiti
katta bo’lgan.
1918-yil   10-dekabrda   muzey   va   kollektsiyalarni   hisobga   olish   va   saqlash
haqida  Dekret elon qilinadi. 1919-yil 20- avgustda «Turkiston xalq muzeyi haqida
Nizom» tasdiqlandi. 1943-yilda bu muzey O’zFA tizimiga o’tkazildi.
1920-yilda     Namangan   shahar   o’lkashunoslik   muzeyi,   1923-yilda   Buxoro
Muzofat  tarix o’lkashunoslik  muzeyi, 1934-yilda Chirchiq   shahar  o’lkashunoslik
muzeyi tashkil qilindi.
1913-yilda   hozirgi   O’zbekiston   hududida   3   ta     muzey   bo’lgan.   1924-yilda,
soni 8 ta, 1940-yilda esa 17, 70-yillar oxirida 27 muzey  ishlab turdi.
Turkkomstaris – Turkestanskaya komissiya po oxrane  pamyatnikov starini
i   iskusstva   –   qadimiy  san’at   yodgorliklarini,   tabiatni   qo‘riqlash   bo‘yicha   Turkiston
komissiyasi   edi.   1921   yil   22   mayda   Turkiston   Respublikasi   XKS   Maorif   xalq
komissarligi  tarkibida Turkkomstaris –  muzey ishlari, qadimiy yodgorliklarni,  san’at va   tabiatni   qo‘riqlash   ishlari   bo‘yicha   komissiya   tuzish   to‘g‘risidagi   nizom
tasdiqlanadi.   Komissiyaning   zimmasiga   Turkiston   Respublikasidagi   barcha
muzeylarni   birlashtirish   va   boshqarish,   qadimiy   yodgorliklarni,   san’at   va   tabiatni
qo‘riqlash  va ta’mirlash funksiyasi yuklatildi.
Turkiston Xalq Komissarlari  Sovetining 1923 yil  3 noyabr  qaroriga binoan
Turkiston   o‘lkasining   turli   viloyatlarida   joylashgan   20   ta   qadimgi   yodgorlik
Turkkomstaris   ixtiyoriga   o‘tkazildi.   Tarixiy-arxeologik   jihatdan   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   52   ta   yodgorlik   hisobga   olindi.   Turkiston   ASSRning   ettita   muzeyida
(Buxoro va Xivani qo‘shganda) osori-atiqalar soni 114075 taga etadi .
Mahalliy muzeylar taraqqiyoti o‘lkashunoslik harakati bilan bevosita bog‘liq
holda   borgan.   «O‘lkashunoslik   muzeylari»   atamasi   ham   o‘tgan   asrning   20-yillari
o‘rtalaridan keng tarqaladi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati o‘lkashunoslikka
oid   nashrlarda   muhokama   etildi.   O‘lkashunoslik   harakatini   taniqli   olimlar   va
madaniyat   arboblari   akademik   V.V.Bartold,   professor   A.A.Semyonov,
A.A.Divaev,   V.L.Vyatkin,   M.E.Masson,   L.V.Oshanin   va   boshqalar   boshqarib,
muntazam   ravishda   o‘lkashunoslik   konferensiyalarini   o‘tkazib   turganlar.
Rossiyada 1918–1923 yillari 150 dan ortiq muzey yaratilgan bo‘lsa 1
, Turkistonda 4
ta,   jumladan   Toshkentdagi   san’at,   Namangandagi   shahar   o‘lkashunoslik,   Xorazm
tarixiy-inqilobiy va Buxoro muzeylari tashkil qilindi.
1923 yili barcha muzeylarning fondi davlat mulki deb e’lon qilindi. Maxsus
qarorlarga   binoan   1922–1926   yillari   muzeylarga   tarixiy-badiiy   qiymatga   ega
bo‘lmagan buyum va ashyolarni, eskirgan narsa, takrorlanadigan fondlarni sotishga
ruxsat   berildi.   Ushbu   yangi   iqtisodiy   siyosat   davrining   majburiy   chorasi   hamda
1929   yili   davlat   muzey   fondlari   omborxonalarining   tugatilishi   haqidagi   qaror
antikvariat   bozorini   shakllantiribgina   qolmasdan,   muzey   kolleksiyalarining
sotilishiga va tiklab bo‘lmas yo‘qotishlarga olib keldi.
Sredazkomstaris   1928   yil   7   aprelda   tugatilib,   uning   muassasalari   –   O‘rta
Osiyo   bosh   muzeyi,   Markaziy   badiiy   muzey,   Hayvonot   bog‘i   va   inqilob   muzeyi,
O‘zbekiston   maorif   xalq   komissarligi   fan   bo‘limi   ixtiyoriga   o‘tkazildi.   Natijada
1
 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси.  –  Т ошкент : Фан, 1981. – Б. 76. muzeylarning   ilmiy-yig‘uv   va   ilmiy-ekspozitsion   faoliyati   maydoni   torayib,
O‘zbekiston hududi bilan cheklanib qoldi.
O‘zbekiston   Maorif   XKS   ning   1928   y il   28   martdagi   buyrug‘iga   binoan,
Samarqandda   muzey   ishlari   o‘tmish   san’at   va   tabiat   yodgorliklarini   muxofaza
etish O‘zbekiston komiteti –  O‘zkomstaris tashkil etildi.
Taniqli   olim   YA.G‘.G‘ulomov   tomonidan   yozilgan   asarda   O‘zbekistonning
moddiy   madaniyat   yodgorliklarini   asrash   va   muhofaza   qilish   masalalari   o‘z
ifodasini  topgan 2
.   Me’moriy obidalar va yozma yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha
yirik   mutaxassis   tomonidan   bu   asar   o‘zbek   tilida   yaratildi.   Unda   moddiy
madaniyat yodgorliklarining katta tarbiyaviy ahamiyati belgilab berildi.
Muzeyshunoslik adabiyotlarda O’zbekiston muzey ishlarini   rivojlantirishning
birinshi   davri   (1917-1923   yy)   Qadimgi   va   sanat   yodgorliklarini   muhofaza   qilish
komitetlari   (Turkkomstaris,   Sredazkomstaris,   Uzkomstaris)   faoliyati       bilan
belgilandi.   Turkrespublika   Markaziy     Ijroiya   komitetining   1920   y   30
yanvardagi   dekretiga   muvofik   bu   vazifa   Turkrespublika   Arxivlar   markaziy
boshqarmasiga   yuklatildi.   Biroq   bu   boshqarma   o’z   zimmasiga   yuklatilgan
vazifalarni     hayotga   muvofakkiyatli     tadbiq   etishga   ojizlik   qildi.   Shu
munosabat   bilan   tabiat,   san`at   obidalari   va   utmish   yodgorliklarini
saqlaydigan,   muzeylar   tashkil   etish   va   ularni   kuriklash   ishi   bilan
shugullanadigan   maxsus   tashkilot   tuzish   tug’risidagi   masala   yuzaga   keldi.
Turkomstaris   xuddi   shunday   tashkilot   buldi.   Turkomstaris   tuzilishi   jihatidan
muzey,   qadimgi   yodgorliklar   va   san`at   asarlarini   muhofaza   etish   hamda,
ta`mirlash,   arxeologiya   va   tabiatni   muhofaza   etish   singari     to’rt     sektsiyaga
bo’lindi.   Komitet   yodgorliklarni     hisobga   olish   va   quriqlash     borasida   katta
ishlar   olib   borildi,   koordinatsiyalovchi   ilmiy-tadqiqot     markaziga       aylandi.
İkkinchi   davri   (1923-1930   yillar)     tuplangan   materiallarni   tartibga   solish,
muzeylarning   asosiy   turlarini   (markaziy,   viloyat,   mahalliy)   ahamiyatga   kura
aniqlash     materiallar   to’plashda   muayyan     chegarani   belgiladi.   Uchinchi   davri
(1930-1941   yillar)   urushgacha   bulgan   davr     rekonstruktiv,   xarakterga   ega   buldi.
2
  Ғуломов   Я.   Ўзбекистонда   моддий-маданий   ёдгорликларни   сақлаш,   ўрганиш   йўллари.   –   Тошкент:   1934.   –
120 б. Muzey     shaxobchalari   kengaydi.   Shu   davrda,   1933-yil,   Toshkentda   muzey   ishini
yanada rivojlantirishga oid asosiy yunalishlarni belgilash masalasi  muxokamasiga
bagishlangan muzey   xodimlarining birinchi respublika konferetsniyasi  chaqirildi.
Unda uch komissiya tashkil etiladi:
1. Muzey tarmogi  va qurilishini planlashtirish
2. Muzeylarning ilmiy-tadqiqot ishlari
3. Muzeylarning ommaviy ma’naviy faolyaiti bo’yicha
To’rtinchi   davri   Vatan   urushi   yillariga   (1941-1945   yillar)   tugri   keladi.
Respublikaning urushdashi  ishtirokini ifodalovchi ekspozitsiyalar yaratildi, muzey
xalqni mardlik va vatanparvarlik  ruhida tarbiyalashda ahamiyatli bo’ldi. Statsionar
va   sayyor   ko’rgazmalar   tashkil   qilingan.   Muzey   eksponatlari   faqat   ilmiy
izlanishlar  manbagina bulib qolmasdan, amaliy maqsadlarga ham xizmat qildi.
Urushi   yillarida   ko’pgina   muzeylar   binolarini   evakuatsiya   qilgan
muassasalar   uchun   bushatib   berdi.   Muzey   tarmoqlari     vaqtincha   qisqardi.
Misol:   tabiat   va   politexnika   muzeyi   birlashdi.   San`at,   Adabiyot   va
Uzbekiston   tarixi   muzeylari   ham   bir   nom   ostida   birlashtirildi.   Muzey
xodimlarining     ko’plari   frontga   kendilar.   Front   orqasida   qolganlar   esa
sidqidildan     mehnat   qildilar.   Ular   Vatanparvarlar   mavzusida   bir   necha
ekskursiyalar   turkumini   yaratdilar.   Xalq   orasidagi   ommaviy-siyosiy   ish   olib
bordilar.   Muzeylarning   tarix   bo’limida   ko’rgazma   shaklida   “Ulug   Vatan
urushi”   deb   nomlangan   maxsus   bo’lim   ajratildi.   Bu   jangchilarni   frontga
ko’zatish,   bu   jarayondagi     tantanali   mitinglar   front   ortida     mehnat
qilayotganlar     frontga   jo’nash   haqidagi   xat   va   arizalar   hamda   suratlari   jang
maydonlarida   Uzbekistonliklarni   jasoratlari   aks   etgan   eksponatlar   o’z
ifodasini   topgan   edi.   Brest   qal`asini   oldida,   mashxur   I.V.Panfilov   nomi   8-
dviziyasida,   partizanlikda   va   jang   maydonida   jasorat   ko’rsatgan   o’zbek
farzandlarining  qahramonliklari bu bo’limdan o’rin oldi.
Beshinchi   davr.   1946-1964   yillar   urushdan     keyingi   qayta   tiklash   davriga
tug’ri   keladi.   Keyingi     mustaqillikgacha   bulgan   davrdagi   muzeylar   faoliyatida
albatta     totalitar   tuzum   goyalari   ustunlik   qilardi   va   bu   milliy   qadriyatlar durdonalarini   muzey   orqali   dunyoga   tanitish   ishlarini   markazga   bog’lab   quyardi.
Faqat   mustaqilligimiz   tufayligina     cheklashlarga   chek     quyildi.   Milliyligimiz,
o’zligimizni   namoyon   qiladigan   muzeylar   paydo   bo’ldi.   Masalan:   Temuriylar
Davlat muzeyi (1996-y,  18-oktyabr), Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (1996-yil 1 -
sentyabr) va xokazolar.
Qoraqalpogiston   Davlat   O’lkashunoslik   muzeyi   To’rtkul   shahrida   1929-yilda
tashkil qilingan. Bunda akademiklar S.F.Oldenberg, A.S.Samoylovich, akademiya
muhbir   a’zosi   S.P.Tolinskiy   va   O’zbekiston,   Qozog’iston   olimlari   yordam
berishgan.   30-yillar     boshida   muzey   ishlariga,   Moskva   Universiteti   bitiruvchilari
N.A.Baskakov,   N.V.Torchinskaya   va   keyinchalik   filologiya   fanlari   doktori,
professor   bulgan   Qalli   Ayimbetovlar     faol   ishtirok   etadi.   Olimlardan   Melkov,
Morozova,   S.P.Tolstov,   T.Jdanko   va   boshqalar   keyingi   davrlarda   bu   muzey
eksponatlarini     to’ldirishda   xissa   qo’shgan.   Muzey   1944-yilda   suv   tashqiniga
binoan   To’rtkuldan   Nukus   shahriga     kuchirilgan.   1965-yilda   esa   shahar
markazidagi binoga  keltirilgan. Qoraqalpog’iston   Davlat   san’at   muzeyi   esa
1966-yilda ochildi.
Muzeyning   asoschisi   I.V.Savitskiy   hisoblanadi’ 3
.   U   1915   yili   4   avgustda
Kiev   shahrida   tug’ilib,   1941-1946   yillarda   Moskvada   Syurikov   nomidagi
rassomchilik   institutida   tahsil   oladi.   1942   yili   o’zi   o’qiyotgan   institutning
Samarqandga   evakuaciya   etilishi   sharq   xalqlari   madaniy   merosi,   san’ati,   urf-
odatlari   bilan   tanishishiga   sabab   bo’ldi.   S.P.Tolstov   boschiligidagi   Xorazm
arxeologik, etnografik ekspediciyasiga I.V.Savitskiy chaqirilib, 1950-1957 yillarda
ushbu ekspediciyada rassomlik qiladi. U rassomlikdan tashqari xalq amaliy san’ati
manbalarini   to’plash   maqsadida   Qoraqalpog’iston   ovullariga   tashkillashtirilgan
safarlarda  qatnashgan.   Natiyjada mahalliy  xalqning o’tmishiga  xos  muzey  tashkil
qilishni   maqsad   qiladi   va   Moskvadan   Nukusga   ko’chib   keladi.   1957-1966   yillar
qoraqalpoq   xalqiga   oid   xalq   amaliy   san’ati   durdonalarini   to’plashning   eng   faol
davri   bo’ldi.   Zargarlik   buyumlari,   gilamlar,   milliy   kiyimlar,   qora   uy   bezaklari
yig’iladi.   Va   hihoyat,   1966   yili   Nukus   shahrida   Badiiy   san’at   muzeyi   ochiladi.
3
 Бабаназарова М. Государственный музей искусств Республики Каракалпакстан им. И.В.Савицкого // 
Мозийдан садо. – Ташкент, 1999. - № 1-2(01). – С. 29.  Muzeyda   noyob   hisoblanadigan   A.Shupov,   L.Kramarenko,   N.Ulyanov,   R.Falk,
M.Voloshin,   R.Mazel,   A.Volkov,   M.Kurzin,   N.Karaxan,   U.Tansiqboev,
V.Ufimtsev   va   boshqalarning   asarlari   saqlanmoqda.   Rus   avangard   kollektsiyasi
bo’yicha   dunyoda   Sankt-Peterburgtagi   Rus   muzeyidan   keyingi   ikinchi   o’rinda
turadi.
Fidokorlik   mehnatlari   uchun   2002   yili   I.V.Savitskiy   «Buyuk   xizmatlari
uchun» ordeni menen taqdirlangan.
Tayanch iboralar.
Ilmiy   tadqiqot,   IKOM,   muzey   predmetini   umumtarixiy   tadqiq   etish,
komplektlash   tadqiqoti,   tarixiy   ekmponatlarni   tayyorlash,   muzeyshunoslik
tadqiqoti,   fond   ishini   tadqiq   etish,   ko’rgazmalilik   tadqiqoti,   pedagogik   tadqiqoti,
sotsialogik tadqiqot, psixologik tadqiq
Nazorat uchun savollar. 
1. Muzeyda tadqiqotchilik faoliyatini asosan necha yo’nalishda bo’ladi?
2. Muzeydagi tadqiqot ishlarnining o’ziga xosligi nimada?
3. IKOM qanday tashkilot?
4. Irji   Neustupno`y   muzeyning   tadqiqotchilik   faoliyati   haqida   qanday   fikr
bildirgan?
5. Muzey   predmetini   umumtarixiy   nuqtai   nazardan   tadqiq   etish   deganda
nimani tushunasiz?
6. Muzeyshunoslik tadqiqoti haqida nima bilasiz?
7. Ko’rgazmalilik tadqiqoti qanday ahamiyatga ega?
8. Muzey pedagogikasi tadqiqoti haqida gapirib bering 9. Sotsiologik  tadqiqot muzeyga nima uchun kerak?
10. Psixologik tadqiqot muzey faoliyatin uchun zarurmi?
Adabiyotlar.   
1. Muzeevedenie. M.1988 g.
2. N. Sodiqova. Madaniy yodgorliklar xazinasi. T.1981 yil.
3. Kirienko E. M. Istoricheskiy muzey.  M.1984 g.

Muzeylarning ilmiy- tadqiqotchilik faoliyati. REJA. 1. Muzey tadqiqot markazi sifatida. 2. Tadqiqotchilik faoliyati asoslari. 3. Tarixiy muzeydagi muzeyshunoslik tadqiqoti.

Muzeylarning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri ilmiy tadqiqot ishidir. Juda ko’p ilmiy tadqiqot institutlaridan farqli o’laroq ravishda muzeylarning ilmiy tadqiqot ishlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning o’ziga xosligi asosan shundaki, muzeyda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar juda keng tarmoqli bo’lib, o’z navbatida uning natijalari ko’p tarmoqlarga ta`sir etadi. Bu ilmiy tadqiqotlar biror-bir tarixiy manbani o’rganish maqsadida, shuningdek, tarixiy manbalarni yoki bir turdagi muzey predmetlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, saqlash, qo’riqlash, xizmat ko’rsatish maqsadida ham bo’lishi mumkin. Tadqiqot ishlarida sohaga ko’ra deyarli barcha fanlar, jumladan pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining ham uslublari qo’llaniladi. Muzey predmetini o’rganishga yunaltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida shu predmet ta’aluqli bo’lgan fanlar uslublaridan foydalanilsa, shu predmetni muzeyshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etganda yoki umuman muzeyshunoslik tadqiqotida zarur bo’lgan tabiiy fanlardan tashqari yuqorida ta`kidlaganimizdek, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining uslublaridan foydalaniladi. Muzeylarning tadqiqotchilik faoliyatiga e`tibor kundan-kunga oshib bormoqda. 1968 yil Irji Neustupniy o’zining "Muzeyi issledovanie" asarida muzeylarni o’ziga xos ilmiy tadqiqot instituti deb baholagan edi. IKOM (Xalqaro Muzeylar Kengashi) - YUNESKO qoshidagi muzeylar faoliyatini koordinatsiyalashtirish bo’yicha xalqaro markaz o’zining 1978 yilgi kengashida muzeylarning tadqiqotchilik faoliyatini o’rganib, bundan buyon shu jarayonni doimiy qo’llab-quvvatlab, nazorat qilib borishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib quygan edi. 2. Muzeyning tadqiqotchilik faoliyati asosi bo’lib, agar bu faoliyat muzey predmetini manbaviy nuqtai nazardan o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsa, muzey fondlarida saqlanayotgan moddiy, tasviriy va yozma muzey predmetlari xizmat qiladi. Muzeyda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini shu nuqtai nazardan uch guruxga bo’lish mumkin: muzey predmetlarini umumtarixiy nuqtai nazardan tadqiq etish. Muzeyda saqlanayotgan yoki muzey fondiga yangi qabul qilingan predmetlarning paydo bo’lish joyi va davri, uning muallifi hamda shu predmetdan foydalangan davr

aniqlanadi. Aynan shu jihatlar predmet ya`ni tarixiy manba haqida fikr yuritishda asos bo’lib xizmat qiladi. CHunki, tarixiy manbaning, misol uchun, yozma manbaning muallif tomonidan yozilgan davri va etib kelgan nusxaning xattotlar tomonidan ko’chirilgan davr o’rtasidagi farq, muallifning shu manbada yoritilayotgan voqealarga qanchalik daxldorligi haqidagi ma`lumotlar shu manbaga bo’lgan ishonch darajasiga ham ta`sir qiladi. Bu misolni muzeyda saqlanayotgan barcha tarixiy manbalarga nisbatan qo’llash mumkin.Komplektlash jarayonida umumtarixiy tadqiqot. Muzeylarni komplektlab borish faqat muzey predmetlari kollektsiyasini to’ldirib borish uchungina emas, balki tarix fanining bundan keyingi rivojlanishi uchun ham zarurdir. SHundagina muzey ko’rgazmalari asl-nusxa muzey predmetlari bilan ta`minlab boriladi. Lekin bu boradagi eng muhim vazifa komplektlash kontseptsiyasini ishlab chiqishdir. Muzey fondini komplektlash kontseptsiyasini ishlab chiqish, ayniqsa, zamonaviy muzey predmetilarini to’plash uchun juda muhimdir. CHunki bugungi kun ham ertaga tarixga aylanadi. Lekin bu bugungi kunga oid hamma narsani muzeyga qabul qilish zarur degani emas, albatta. Aynan qanday predmetlarni muzey fondiga qabul qilish zarurligi muzey fondini komplektlash kontseptsiyasida ko’rsatilgan bo’lishish shart. Komplektlash jarayonida tadqiqotchilik faoliyatida turli uslublardan foydalaniladi. Ular ichida eng muhimi va ko’p samara beradigani dala tadqiqotidir. Bu uslub asosan arxeologiya, etnografiya, san`atshunoslik va boshqa bir qator fanlar yo’nalishida qo’llaniladi. Arxeologlar turli hududlarda qazilma ishlarini olib borib muzey fondlarini asl-ilmiy predmetlar bilan to’ldirib borsa, etnografiya va san`atshunoslik turli qishloqlarda hozirgi kunda ham saqlanib qolgan, tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab ma`lumot va ashyolar to’plab, muzey fondini yanada boyitishlari va o’z navbatida fan rivojiga katta hissa qo’shishlari mumkin.Tarixiy eksponatlarni ilmiy tayyorlash. Muzey ko’rgazmasini tashkil etish muzey faoliyatining yana muhim qirralaridan biridir. Muzey ko’rgazmasi ilmiy asosda tashkil etilishi va ko’rgazma eksponatlari joylashuvi ham tarixiy nuqtai nazardan to’g’ri bo’lmog’i kerak. Ma`lum bir mavzular bo’yicha shoshilinch ko’rgazmalar tashkil etish zarur bo’lib qolgan hollarda esa ba`zi bir maxsus

eksponatlarni tez va chuqurroq o’rganish, yangi predmetlarni eksponat sifatida tayyorlash lozim bo’ladi. SHuningdek, mavzuni yaxshiroq yoritish uchun ilmiy- ko’makchi materiallar (xarita, chizma, jadval va boshqalar)ni tayyorlash ham kerak bo’ladi. Demak, tarixiy eksponatlarni ko’rgazmaga tayyorlash ham kerak bo’ladi. Demak, tarixiy ekmponatlarni ko’rgazmaga tayyorlash ilmiy asosda tashkil etiladi va ma`lum bir ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi. 3. Muzey faoliyatida muzeyshunoslik tadqioti ham muhim ahamiyatga egallaydi. Muzeyshunoslik tadqiqotiga muzey faoliyatini yanada yaxshilash, muzey predmetidan yanada samaraliroq va faolroq foydalanish, muzey predmetini saqlash va qo’riqlash ishini yaxshilash sohasidaga tadqiqotlar majmui kiradi. Muzeyshunoslik tadqiqoti quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi: 1. Fondni muzeyshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish. Bu yo’nalishda asosan muzey fondini komplektlashning umumiy konseptsiyasini ishlab chiqish, uning shakl va uslublarini aniqlash, yig’ish va saqlash ishi bo’yicha xujjatlashtirish nizomlarini ishlab chiqish, muzey predmetlarini fond bo’limlariga joylashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu tadqiqotlar natijasi fond ishini yanada yaxshilash, ularga predmetlarni va ilmiy ko’makchi materiallarni to’g’ri joylashtirishga olib keladi. 2. Muzey fondlarini saqlash, qo’riqlash yo’nalishidagi tadqiqotchilik. Muzey faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri muzey predmetini kelgusi avlodlarga etkazish uchun saqlash va qo’riqlashdir. Bu sohani yanada rivojlantirish doimiy izlanishlarni talab etadi. Bu borada konsevatsiyalash va qayta tiklash ishlari ham olib boriladi. Faoliyat natijasini yanada yaxshilash esa tabiiy fanlar yutuqlaridan doimiy xabardor bo’lish va ulardan keng foydalanish, ko’plab tajribalar olib borish vazifasini qo’yadi. 3. Muzey kommunikatsiyasi yo’nalishidagi tadqiqotchilik. Bu yo’nalishdagi tadqiqotchilik o’ziga xos xususiyatlariga quyidagi guruxlarga bo’linadi: " ko’rgazmalilik yo’nalishidagi tadqiqotlar muzey eksponati faqat ilmiy axborot berish qobiliyatiga emas, balki o’ziga xos tomoshabinlilik, ko’rgazmalilik xususiyatiga ham ega bo’lishi kerak. Muzey ko’rgazmasi badiiy-me`moriy jihatdan

mukammal echimga ega bo’lishi, tomoshabin didi va saviyasi talablarga javob bera bilishi ham zarur. Muzey ko’rgazmasini badiiy-texnik echimini ishlab chiqayotgan paytda tomoshabinlarning jismoniy imkoniyatlarii ham xisobga olinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun eksponat joylashtirilayotgan paytda tomoshabinlarning o’rtacha bo’yi, ko’rish qobiliyati, ko’rish maydoni, maydonni yoritilish miqdori, tomoshabinlar yo’nalishi (marshruti) va boshqa jihatlar e`tibordan chetda qolmasligi shart. Aynan shu yo’nalishdagi muzey faoliyatini rivojlantirib borish bir qator tabiiy fanlar va muzey mutaxassislari bilan birgalikda doimiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Muzey pedagogikasi tadiqoti. Muzey ta`lim-tarbiyaviy jarayon ham muzey faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Bu yo’nalishda muzey pedagogikasi muhim o’rin tutadi. Muzey pedagogikasi tadqiqoti muzeyning ta`lim-tarbiyaviy jarayonini yanada rivojlantirish, yangi uslublarni yaratish va qo’llash yo’nalishida izlanishlar olib boriladi. Faqat muzey ko’rgazmasi jarayonida pedagogik faoliyat olib borish bilan cheklanmasdan, jamiyat talabiga qarab turli uchrashuvlar, tugaraklar, ko’chma ko’rgazmalar tashkil etish va uni yuqori darajada o’tkaza olish ham muzey pedagogik faoliyati va tadqiqoti natijasidir.Sotsiologik tadqiqot. Muzey fondidan to’laroq, kengroq foydalanish va ularning samaradorligini yanada oshirish uchun sotsiologik tadqiqot ham zarur bo’ladi. Bu uslub aslida muzeyshunoslikda o’tgan asrning 30-yillaridan boshlab qo’llanila boshlagan. Sotsiologik tadqiqot muzey faoliyatini xalq orasida qanday ta`sirga ega ekanligini, uni samaradorlik darajasini aniqlab beradi. SHuningdek, bu tadqiqot natijasida muzeyga asosan aholining qanday yoshdagi qismi, qatlami tashrif buyurayotganligi va ular asosan qaysi predmetlarga yoki mavzularga qiziqayotganligi ma`lum bo’ladi. Bu esa muzeyning yaqin kelajakdagi rejalarini tuzishda, uni ishini to’g’ri tashkil qilishda va zamon talablariga moshlashtira olishda, raqobatbardosh bo’lishda katta ahamiyatga egadir. Sotsiologik tadqiqotlarni doimiy ravishda va keng miqiyosda olib borayotgan muzeylar – o’z kelajaklarini ta`minlayotgan, muzeylarning raqobat maydonida o’z o’rinlarini mustahkamlab borayotgan muzeylardir.Psixologik tadqiqot. Muzey faoliyatini o’z o’rinlarini jamiyat psixologiyasini, aholi qatlamlari psixologiyasini