logo

KARDINAL RESHELENING FAOLIYATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.095703125 KB
MAVZU: KARDINAL RESHELENING FAOLIYATI
                                              Reja:
a) Kirish
b) Asosiy qism
1. Kardinal Reshele hukumati davrida Fransiya
2. Reshelening tashqi siyosati
3. Vestfal suh shartnomasining tuzilishida Fransiyaning roli
c) Xulosa
                      Kirish
Biz o’rganayotgan davrda Fransiya ahvoli tushkun holatga tushib qolgan edi. 
Angliya bilan bulayotgan murosasozlik, harbiy to’qnashuvlar katta mablag’ 
talab qilar edi. Ushbu xarajatlar esa xalq gardaniga tushib, xalqning ahvoli 
og’irlashadi, monarxiyaga nisbatan nafrati yanada oshib ketadi. Bundan 
tashqari mamlakat ichkarisidagi gugenotlar bilan bo’layotgan to’qnashuvlar 
davlatning ichki holatiga ta’sir qilmay qolmadi, savdo-sotiq xonavayron 
bo’ladi. Qirol Genrix IV tayinlagan moliya vaziri Syullining soliq siyosati 
ijobiy natijalar bergan bo’lsada, qirollik ahvoli yomonligicha qolaverdi. 
Bunday vaziyatda mamlakat  holatini yaxshilaydigan, qirol hokimiyatini 
mustahkamlashga qodir shaxs kerak edi. Bunday vaziyatda siyosiy maydonga
Arman Jan dyu Plessi de reshele chiqadi. Uning say-harakatlari natijasida 
Fransiyaning ichki va tashqi ahvili yaxshilandi.Qirol hokimiyati 
mustahkamlandi, gugenotlar bilan kelishuvga erishildi. O’ttiz yillik urush 
natijalarida Kardinal Reshelening  xizmatlari tufayli Fansiya Yevropada 
gegmont davlatga aylandi.                      Asosiy qism
Rishele   hukumati   davrida   Fransiya .   Genri х   IV   vafot   etgan   yilda
uning   o‘g‘li   Lyudovik   XIII   to‘qqiz   yoshda   edi.   Qirolning   rafiqasi,   malika
Mariya Medichi o‘g‘liga regent etib tayinlanadi. Mariya Medichining yaqin
yordamchisi, keyinchalik Fransiyaning butun tashqi va ichki siyosati rahbari
kardinal Arman Jan dyu Plessi de Rishele bo‘lgan. 
Rishelening   oilasi   Puatening   dvoryan   urug‘lariga   mansub   edi.   Otasi
Fransua   dyu   Plessi   De   Rishele   Genri х   III   boshqaruvi   davri da   ko‘zga
ko‘ringan   davlat   arboblaridan   bo‘lib,   qirolning   fojeali   o‘limidan   so‘ng
Genri х   IVga   х izmat   qiladi.   Onasi   Syuzanna   de   La   Port   zodagon   oilasiga
mansub   bo‘lmagan.   U   Parij   parlamenti   ad vokati   Fransua   de   La   Portning
qizi edi. 
Rishele   Parijda   Bulua   (yoki   Buluar)   ko‘chasidagi   Sent-Yestash
ibodat х onasida   1586-yil   dunyoga   kelgan,   oilada   kichik   o‘g‘il   far zand   edi.
Uni   «darmonsizligi,   kasalmandligi»   tufayli   tug‘ilgandan   yarim   yil   o‘tib
cho‘qintirishgan ekan. 
Parijdagi   Muqaddas   Evsta х iya   ibodat х onasining   cho‘qintirish   registrlari
ma’lumotiga ko‘ra, «1586-yil mayning beshinchi kuni, Fransiya qirollik uyi
bosh   amaldori  va  davlat   kengashi  a’zosi,   mes sir  Fransua  dyu   Plessi,   senor
Rishele   va   uning   umr   yo‘ldoshi   Syu zanna   de   La   Portning   o‘g‘li
cho‘qintirildi, chaqaloq 1585-yil 9-sen tabrda tug‘ilgan edi». 
Rishelening otasi 1590-yil 19-iyulda 42 yoshida bezgak tufayli vafot etadi.
Besh nafar farzandi bilan beva qolgan onasi tez ora da Parijni tark etadi va
erining   ona   yurti   Puatega   ketadi.   Ammo   ko‘plab   moliyaviy   qiyinchiliklarga
uchraydi. 
Bir   necha   yildan   so‘ng   Rishele   yana   Parijga   qaytadi,   u   Genri х   III   va
Genri х   IV   o‘qigan   Navarra   kollejiga   qabul   qilinadi.   So‘ng   oilasining
qaroriga   ko‘ra   u   harbiy   Akademiyaga   o‘qishga   kiradi.   Lekin   u   ilohiyotni
o‘rganishga   kirishadi,   sababi   1607-yil   17-aprel da   Rishele   Lyuson
yepiskopligiga tayinlangan edi. Yosh yepiskop edi va bu ko‘pgina uydirma va
mish-mishlarga sabab bo‘ladi. 1607-yil 29-oktabrda falsafa doktorligi uchun
Sorbonda   ilohiyotdan   dis sertatsiya   himoya   qiladi.   1608-yil   21-dekabrdan
rasman   Lyuson   yepiskopi   vazifasiga   kirishadi.   Uning   harakatlari   bilan
Lyusonning   kafedraviy   sobori   tiklanadi,   u   sha х san   o‘zi   yepiskoplarning
iltimo slarini ko‘rib chiqar va qo‘lidan kelgancha ularga yordam berar edi. 
Rishele 1614-yil Parijda chaqirilgan General shtatlarda ruhoniylar  1
vakili
sifatida   qatnashadi.   Qirollik   boshqaruvining   mustahkamlanishini   yoqlab
chiqqan   Rishele   General   shtatlar   majlisida   faol   ishtirok   etadi   va   uning
harakatlari   o‘z   samarasini   bera   boshlaydi.   Tez   orada   u   mashhur   bo‘lib
ketadi. General shtatlarning faoliyati, uning fikricha, foydasiz va samarasiz
1
 Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 142-bet. bo‘lib,   qatnashchilarning   ta lablari   o‘rganilmas,   mamlakatning   iqtisodiy   va
siyosiy muammo lari umuman ko‘rib chiqilmas edi. 
Yosh va iqtidorli yepiskopga tez orada e’tibor berildi va 1615-yil u davlat
kotibi   lavozimiga   saylanib,   qirol   kengashi   a’zosi   va   Mariya   Medichining
sha х siy   maslahatchisiga   aylandi.   1622-yil   u  kardinal  unvonini   oladi  va  shu
yilning   o‘zida   Fransiyada   birinchi   vazirning   kotibi   etib   saylanadi.
Rishelening   hayoti   va   faoliyatining   asosiy   maqsadi   qirol   hokimiyatini
mustahkamlashdan   iborat   bo‘lgan.   U   dvoryanlarni   qirolga   х izmat   qilishga
va   absolyut   monar х iyani   qo‘llab-quvvatlashga   majbur   qilgan.   Uning   hal
qiluvchi   harakat lari   tufayli   Konde,   Valua,   Giz   singari   sulolalarning   ta х tga
bo‘lgan   da’vosi   bostirilib,   burbonlarga   х izmat   qilishga   majbur   qilingan.
Rishele bir toj ostida mamlakatni birlashtirishga harakat qilib, Yev ropadagi
eng kuchli armiyani tashkil qiladi. 1
 
Mamlakatda   kardinal   hokimiyati   absolyut   va   so‘zsiz   bo‘ysunadi gan
hokimiyat   edi.   Uning   diplomatlari,   ma’muriyat   va   harbiy   bosh liqlari
Fransiyaga   sodiq   х izmat   qilib,   ularning   har   biri   uchun   davlat   va   qirol
manfaatlari   birinchi   o‘rinda   turardi.   Shafqatsiz   choralar   bilan   separatistik
harakatlar,   х oinlik,   ma х fiy   fitna   va   qo‘zg‘alonlar ni   bostirgan.
Gugenotlarning   qo‘zg‘alon   qilishga   bo‘lgan   urunishi   bostiriladi,   ularning
asosiy qal’asi La-Roshel shturm bilan olinadi. Shuningdek, boshqa qal’alar
ham   egallanib,   La-Roshel   singari   yer   bilan   yakson   qilinadi.   Gugenotlar
siyosiy   kuch   sifatida   yo‘q   qilina di.   Yangi   chiqishlarning   oldini   olish
maqsadida Rishele Lyudovik XIIIga ular bilan yarashishini maslahat beradi.
Gugenotlar yo‘qo tiladi va endi ular monar х iya va davlatga   х avf solmas edi.
1629-yil  28-iyunda   Lyudovik  XIII  «Shafqat   edikti»   aktini   imzolab,   unda  gu -
genotlarga vijdon erkinligi beriladi va bu bilan mamlakatdagi eng keskin va
og‘ir ziddiyatga barham beriladi. 
Rishelening markazlashgan davlatni qurish maqsadi yo‘lidagi asosiy raqib
oliy   fransuz   aristokratyasi   bo‘lgan.   Kardinal   amal dorlarni   qirol
hokimiyatiga   so‘zsiz   bo‘ysunishiga   erishdi,   markazlashgan   qirol
boshqaruvini   susaytirayotgan   boshqaruv   shakllariga   barham   berildi.
Kardinal   boshchilik   qilgan   islohotlari   jamiyatning   yuqori   qatlami
noroziligiga ham uchraydi. 
1626-yilda   dvoryanlar   o‘rtasidagi   duelni   taqiqlovchi   edikt   chiqariladi.
Dvoryanlar mazkur ediktni  o‘z huquqlarining buzili shi sifatida  qabul  qiladi
va   o‘z   obro‘sini   himoya   qilishga   kirishadi.   Shunga   qaramay   edikt
chiqarilgandan so‘ng, tez orada duellar soni kamayadi. 
Armiyada   Rishele   markaziy   nazoratni   kuchaytirdi,   birinchidan,   u   harbiy
boshliqlarni   ikkitadan   tayinlashni   joriy   qildi,   unga   ko‘ra   har   bir   armiyaga
ikkita   lashkarboshi   rahbarlik   qiladigan   bo‘ladi.   Bu   tizim   qirolning   armiya
ustidan   nazoratini   ya х shilasa-da,   o‘ttiz   yillik   urushda   dastlab   ijobiy   natija
bermadi.   Shuning   uchun   kardinalning   o‘zi   uni   bekor   qildi.   Markaziy apparatda   kotiblarning   ahamiyati   o‘sib   borib,   ularning   har   biri   u   yoki   bu
masalalarni   nazorat   qiladi gan   bo‘ladi.   Ularning   barchasini   to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qirolning o‘zi tayinlardi, bu esa aristokratiyani tobora kuchsizlantirib
bordi. 
Viloyatlar   ustidan   nazoratning   kuchayishi   Rishelega   qirollikning
daromadini   oshirish   imkonini   berdi,   lekin   soliqlarning   oshishi
qo‘zg‘alonlarga ham sabab bo‘ladi. 
Oliy aristokratiya namoyandalari o‘zlarining siyosiy mustaqil ligini saqlab
qolishga   harakat   qilar   ekan,   ular   o‘zlarining   mavqelar ini   qirol   bilan   teng
deb   hisoblashgan.   Kardinal   ularni   qirol   foydasi ga,   o‘z   yerlaridagi
mustaqilligidan va adliya huquqidan mahrum qiladi, o‘z nomlaridan qonun
chiqarishlarini   ta’qiqlaydi.   1632-yil da   Rishele   qirolga   qarshi   qaratilgan
Gaston Oleanskiy va gersog de Monmoransi qatnashgan navbatdagi fitnani
fosh qiladi. 
1631-yil   Fransiyada   Rishelening   qo‘llab-quvvatlashi   bilan   birinchi   bor
har   hafta   chiqariladigan   «Gazeta»   nashr   qilina   boshlaydi.   Gazeta
yordamida   Rishele   o‘z   siyosatining   targ‘ibotini   kuchaytira   boshlaydi.   Ko‘p
hollarda   kardinalning   o‘zigazeta   uchun   maqolalar   yozar   edi.   Fransiyaning
adabiy hayotida pamfletchilik vagaze tachilik faoliyati rivojlandi. Rishele o‘z
boshqaruvi   davrida   adabi yot,   madaniyat   va   san’at   rivoji   uchun   ko‘pgina
ishlarni amalga os hirdi. Bu davrda Sorbonn universitetining yangilanishi yuz
berdi, 1635-yilda Rishele Fransiya Akademiyasiga asos soladi hamda taniqli
va iqtidorli rassomlar, yozuvchilar, ar х itektorlarga nafaqa tayinlaydi. 
Rishele   hukmronlik   qila   boshlagan   davrda   harbiy   flot   ayanchli   ahvolda
edi, u O‘rta yer dengizida 10 ta kemaga ega bo‘lsa, At lantikada esa birorta
kema   bo‘lmagan.   1635-yilda   Rishelening   х izmatlari   evaziga   Fransiya
Atlantikada uch eskadra va O‘rta yer dengizida bitta eskadraga ega bo‘ladi.
Dengiz   savdosi   ham   rivo jlandi.   Rishele   to‘g‘ridan-to‘g‘ri,   vositachilarsiz
tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatdi. Rishele siyosiy shartnomalar bilan birga
savdo   shartnomalarini   ham   olib   borgan.   Rishele   o‘z   hukmronligi   davrida
turli davlatlar, ayniqsa Rossiya bilan 74 ta savdo shartnomalarini imzoladi. 
Kardinal   aholining   moliyaviy   ahvolini   ya х shilash   va   g‘aznani   to‘ldirish
maqsadida   ko‘pgina   tadbirlarni   ham   amalga   oshirdi.   Aholi   hayotini
yengillashtirish   uchun   ayrim   soliqlar   bekor   qilindi,   tadbirkorlik   va
manufakturalar   qurilishini   rivojlantiruvchi   qonunlar   qabul   qilindi.
Rishelening   tashabbusi   bilan   Yangi   Fransiya   –   Kana dada   faol   harakatlar
boshlandi. Ammo Rishelening soliq va moli yaviy islohotlari kutilgan natijani
bermaydi. Fransiya «o‘ttiz yillik» urushga kirgandan so‘ng, Rishelening o‘zi
soliqlarni oshirishga majbur bo‘ladi.  2
2
 Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 144-bet Tashqi   siyosat .   Gugenotlar   o‘ldirilib,   ularga   ibodat   qilish   va   o‘z
ibodat х onalariga ega bo‘lish erkinligini berish mumkin bo‘lsa-da, Genri х  IV
mamlakat birligi uchun gugenotlar bilan muzokoraga borgan, Lyudovik XIII
absolyut   monar х iyani   mustahkamlash   maqsadida   ularni   bartaraf   etadi.
Fransiyaning   diniy   mojarosi   shunday   nihoyasiga   yetadi.   Gugenotlarning
tugatilishi   Rishelega   to‘liq   tash qi   siyosat   muammolarini   hal   qilish   uchun
sharoit yaratadi. Rishele «Siyosiy vasiyatnomasida» quyidagi fikr keltiriladi:
«Mening hokimiyatga kelishimdan maqsad tabiat tomonidan Galliyaga belgi -
langan   chegarani   qaytarish,gall-qirolni   qaytarish   va   Galliya   o‘rniga
Fransiyani   o‘rnatish   hamda   qadimgi   Galliya   o‘rnida   yangisini   bar po
etishdir». Davlatning «tabiiy chegaralari» to‘g‘risidagi mashhur g‘oyasining
asosi   shu   bo‘lib,   u   hozirgi   kunda   ham   amaliy   ahamiya tini   yo‘qotmagan.
Uning mohiyati davlat normal rivojlanishi uchun «tabiiy chegaralar»  zarur
bo‘lib,   unga   yirik   daryo,   tog‘,   dengiz   yoki   okean,   o‘rmonlar   va   boshqalar
kerakligi g‘oyasi edi. Rishelening fikricha, Fransiyaning tabiiy chegarasi bu
sharqda   Reyn,   janubda   Pireney   tog‘lari   va   Alp   bo‘lishi   kerak.   Demak,
Rishelening   diplo matik   vazifasiga   Elzas   va   Lotaringiya,   shuningdek,
Reyngacha   bo‘lgan   hamma   yerlarni   olish   kirgan,   Reyn   Fransiya   va
Germaniya   o‘rtasidagi   tabiiy   chegara   bo‘lishi   kerak   edi.   Rishele
boshchiligida   katta   targ‘ibot   kompaniyalari   boshlab   yuboriladi.   U
Yevropada   keng   tarqalgan   «Fransiyaga   Lotaringiya   va   Bar   gersogligini
qo‘shib olish usullari» nomli pamfletni sha х san o‘zi nashr etadi. Pamfletda
Reynning   chap   qirg‘og‘ida   joylashgan   yerlarga   Avstriya   imperiyasining
da’vosi   inkor   etilib,   bu   daryo   besh   asr   davomida   Fransiya   va   Germaniya
o‘rtasidagi   tabiiy   che gara   bo‘lganligi   aytiladi.   Shantero   –   Lefevr
muallifligidagi   boshqa   pamfletda,   Pireney   tog‘lari,   Alp,   Elzas   va
Lotaringiya,   Savoyya,   Nitsa   da’vosi   ilgari   surilgan.   Boshqa   qator
pamfletlarda   esa   Nider landiya   ham   da’vo   qilingan.   Rishelening
ta’kidlashicha,  bu da’vo lar amalga  oshgandan  so‘ngina Yevropada tinchlik
o‘rnatilar   edi.   Albatta,   ularning   hammasi   umumyevropa   miqyosidagi
urushlarga   sabab   bo‘ladi.   Angliya   tomoni   Fransiya   Niderlandiyaga,
Avstriya ga va Germaniya Reynining chap qirg‘og‘iga bo‘lgan, Ispaniya esa
Pireneyga   bo‘lgan   da’vosiga   qarshi   chiqib,   ular   Fransiyaga   hech   qachon
tegishli bo‘lmaganligini ta’kidlar edi. 
Tashqi   siyosiy   vazifalarni   amalga   oshirishda   Fransiyaning   aso siy   raqibi
Avstriya   bilan   o‘rtadagi   to‘qnashuvlar   XVII   asrda   har biy   х avfning   asosiy
o‘chog‘i   edi.   Avstriya   ham   tinchliksevarligi   bilan   ajralib   turmas   edi.
Imperator Ferdinand II yagona Germaniya to‘g‘risida, ya’ni uning absolyut
hokimiyati   ostidagi   nemis   tilida   so‘zlashuvchi   aholi   bo‘lgan   hududlar
to‘g‘risida orzu qilar edi. 
Gabsburglar   reformatsiyadan   so‘ng   Germaniyada   qulagan   ka tolik
cherkovining   hukmronligini   qaytarmoqchi,   hududda   protestantizmni mustahkamlamoqchi,   german   knyazliklari   ta’sirini   va   imperatorlik
hokimiyatini qaytarmoqchi edi. Mazkur rejalarga nemis protestant knyazlari
va ko‘pgina Yevropa davlatlari qarshi chiqadilar. 1618-yilga kelib Yevropa
birinchi  bor  ikki  qarama-qar shi  guruhga,   Ispaniya   va   Avstriyagabsburglari
kiruvchigabsburg   va   german   protestant   knyazlari,   Fransiya,   Shvetsiya,
Daniya   kirgan   va   ularni   qo‘llab-quvvatlagan   Angliya,   Niderlandiya,
Rossiyadan ibo rat aksilgabsburg ittifoqiga bo‘linadi.  3
Gabsburglarning oshib borayotgan ta’siri nafaqat protestant knyazlariga,
balki   boshqa   Yeropa   davlatlari   va   albatta   Fransiyaga   ham   х avf   solar   edi.
Angliya   Yevropadagi   muvozanatning   buzilishi   va   Avstriyaning   gegemonligi
o‘rnatilishiga   yo‘l   qo‘ymas   edi.   Nid erlandiya   Angliya   bilan   birga   edi.
Daniya   va   Shvetsiya   Avstriyan ing   Shimoliy   dengiz   yo‘llarida   paydo
bo‘lishini  х ohlamas, buni o‘z manfaatlariga zid deb hisoblar edi. 
Aksilgabsburg   kaolitsiyasida   etakchi   rolni   Fransiya   o‘ynar   edi.   Rishele
shu   orqali   o‘zining   ma х fiy   diplomatiyasini   yaratadi.   Unda   bir   necha   o‘n
kishidan   iborat   ma х fiy   ayg‘oqchilari   bo‘lib,   ular   bar cha   Yevropa
mamlakatlaridagabsburglarga   qarshi   tashviqot   ishlari ni   olib   borgan.   Ular
german   protestant   knyazlarini   ittifoqqa   qo‘shilishlari   uchun   harakat   qilib,
buning   evaziga   yordam   va’da   qiladi.   Bundan   tashqari   Reynning   chap
qirg‘og‘idagi   hududlar  uchun   ku rashda   nemis  knyazlarining   yordami   zarur
edi. 
Fransiya   qator   sabablarga   ko‘ra   boshidanoq   harbiy   harakatlar ga
qatnasha   olmas   edi.   Shuning   uchungabsburglar   dushmanlariga   diplomatik
va   moliyaviy   yordam   berar   edi.   U   ittifoqchilar   topib,   ularning   qo‘li   bilan
Avstriyaga  qarshi   urush  olib   borar  edi.  Kar dinal   urush   olib   borish  rejasini
ishlab chiqib, unga ko‘ra Avstriya ikki frontda-Daniya va Shvetsiyaga qarshi
urush   olib   borishi   kerak   edi.   Daniya   qiroli   Х ristiansen   1618-yilda   birinchi
bo‘lib   harbiy   harakatlarni   boshlab   yuboradi.   Bu   bilan   o‘ttiz   yillik   urush
boshlan ib, u 1648-yilga qadar davom etadi. Boltiqbo‘yi masalasi bilan band
bo‘lgan shvedlar urushda qatnashishdan voz kechadi. Daniyaliklar urushga
tayyor emas edi va urushning boshida mag‘lub bo‘ladi. Ammo bu Risheleni
tushkunlikka tushirmaydi, kuch-g‘ayrat bilan yangi ittifoq tuza boshlaydi. 
U   nemis   protestantlarining   harbiy   harakatlarini   moliyaviy   ji hatdan
qo‘llab-quvvatlardi va urushga  shved qiroli Gustav Ad olfni tortdi. Shimoliy
Italiyada   Avstriyaga   qarshi   ko‘zg‘olonlarni   uyushtiradi.   Rishele
diplomatiyasini   «pistolior   diplomatiyasi»,   ya’ni   pul   diplomatiyasi   deb
ataydilar. Ugabsburglar va Ispaniyani doimo tang holda ushlab turish uchun
moliyaviy   jihatdan   hech   nar sani   ayamasdi.   Birgina   shved   qirolining
urushdagi   ishtiroki   fran suz   х azinasiga   million   livrga   tushdi.
Rishelegabsburglarga   qarshi   kurashuvchi   barcha   kishilarni   moliyaviy
3
 Vsemernaya istoriya. V devyati tomax – Y.M.Jukov, E.S.Varga, V.P.Volgin, M.Ya.Gefter, I 
drugi. Izdatelstvo sosialno-ekonomichiskoy literature. Moskva 1959. 462-bet jihatdan   ta’minlar   edi.   1632-yilda   Lyuttsen   yonidagi   jangda   Gustav   Adolf
halok   bo‘ladi,   birlashgan   shved-nemis   armiyasi   Nerdlingen   ostida   (1634)
tor-mor etiladi. Natijada kardinal tashkil etgan protestant kaolitsiyasi tarqab
ketadi. 
Rishele   diplomatiyasida   ittifoq   va   muzokaralar,   o‘z   majburi yatlariga
sodiqlikka   katta   ahamiyat   berilar   edi.   Unga   Yevropa   mu vozanatini   saqlash
va   gegemonlikka   qarshi   kurash   uchun   Yevropa da   ittifoq   tuzish   g‘oyasi
tegishli   bo‘lgan.   Aksilgabsburg   ittifoqini   tuzish   yo‘lidagi
muvaffaqiyatsizlikka   qaramay,   u   o‘z   siyosatini   davom   ettirishda   qat’iyatli
ekanligini   ko‘rsatadi.   Kaolitsiyalar   Yev ropa   siyosatida   yangi   ko‘rinish
bo‘lib,   undagi   asosiy   tamoyil   bu   davlat   mustaqilligi,   х alqaro   huquq,   milliy
manfaat va  х alqaro mu zokaralar bo‘lgan. 
Rishele shunday deb yozadi: «Qirollar muzokora  olib borayot ganda juda
ehtiyot   bo‘lishi   kerak,   shartnoma   tuzilgandan   so‘ng   u   din   singari   hurmat
qilinishi   kerak».   Qabul   qilingan   majburiyatlar   O‘ttiz   yillik   urushning
muvaffaqiyatli   tugashini   ta’minlagan   fran suz   diplomatiyasiga   hurmat   va
ishonch olib keladi. 
Tabiiyki,   Rishele   kaolitsiya   tarqalib   ketgandan   so‘ng   Germani yaning
protestant   knyazlari   tomonida   turib   harbiy   harakatlar   olib   borish   fikriga
keladi. 
Qirol   ru х satini   olgan   Rishele   yangi   ittifoq   tuzishga   kirishadi.   1635-yil
fevralda   Niderlandiya   bilan   hujumkorlik   va   mudofaa   to‘g‘risida   ittifoq
tuzadi.   Shu   yilning   aprel   oyida   Shvetsiya   bilan   Avstriyaga   qarshi   harbiy
harakatlar   olib   borish   to‘g‘risida   shart nomani   imzolaydi.   Ispaniya
tomonidan bo‘ladigan hujumning ol dini olish maqsadida Italiya davlatlari –
Savoyya  va  Parma  bilan  ittifoq  tuzishga  muvaffaq  bo‘ladi.  Ular Fransiyani
janub   tomondan   himoya   qilishlari   lozim   bo‘lgan.   Angliya   esa   betaraf
pozitsiyada turishi kerak edi. 
1635-yil   19-mayda   Fransiya   Ispaniyaga,   so‘ngragabsburglarga   qarshi
urush   e’lon   qiladi.   Dastlab   urush   Fransiya   uchun   muvaf faqiyatsiz   bo‘lib,
uning   qo‘shinlari   qator   mag‘lubiyatga   uchraydi.   Ammo   1638-yil   urushda
burilish   bo‘ladi,   shu   yili   fransuz   qo‘shin lari   qator   muvaffaqiyatli   harbiy
operatsiyalar   o‘tkazadi.   1639   –   1641-yillarda   fransuz   qo‘shinlari   harbiy
harakatlar teatrida hukm ron bo‘ladi. 
Rishele Ispaniyadagi ichki ziddiyatlardan – Katoloniya va Por tugaliyadagi
х alq   qo‘zg‘alonlaridan   foydalanadi.   Fransuz   va   ka toloniyaliklarning
birgalikdagi   harakati   natijasida   Katoloniyadan   ispanlar   to‘liq   haydab
chiqariladi.   Portugaliya   qiroli   deb   e’lon   qil ingan   Juan   IV   Fransiya   va
Ispaniya bilan shartnoma tuzib, unga ko‘ra  u o‘n yil davomida ispan qiroli
Filipp   IV   bilan   hech   qanday   muzokara   olib   bormaslik   majburiyatini   oladi.
Shu   tariqa   Ispaniya   urushdan   chiqariladi.   1641-yil   Brandenburg   knyazligi
(keyinchalik Prussiya)gabsburglar bilan munosabatlarni to‘ х tatib, Shvetsiya bi lan ittifoq tuzadi. 1642-yil fransuz qo‘shinlari Breytenfeld yonida Avstriya
armiyasini   tor-mor   keltiradi.   Endi   Fransiyaga   Bavariya   qo‘shiladi   va
Rishele   diplomatiyasi   g‘alabani   bayram   qiladi.   Nati jada   Gabsburg   ittifoqi
tarqalib ketadi. 
Ammo   uzoq   davom   etgan   urush   ikki   tomonni   ham   holdan   toy dirgan   edi.
Fransuzlar g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Avstriya kuchli bo‘lgani uchun hal
qiluvchi   hujum   qila   olmagan   edi.   Avstriyaning   urushni   davom   ettirishga
qurbi yetar edi. Asosiy urush harakatlari olib borilgan Germaniya esa to‘liq
х onavayron   bo‘ladi.   Harbiy   harakatlar   tufayli   soliqlarning   oshishi   barcha
urush   olib   borayotgan   mamlakatlarda   keskin   ijtimoiy   vaziyatni   yuzaga
keltiradi.   Urushni   tugatish   va   urushdan   keyingi   tinchlik   to‘g‘risida
muzokaralar olib borish vaqti keladi. 
Rishele   urush   ertami-kechmi   tugashi   va   uning   natijasi   muvaf faqiyatli
muzokaralarga   bog‘liq   ekanligini   ya х shi   tushunar   edi.   Uning
muzokaralardan ko‘ngli to‘q edi, chunki fransuz diploma tiyasi ham urushda
erishilgan muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan. Uning diplomatiyasida
muzokaralarbo‘lgan.   Uning   diplomatiyasida   muzokaralar   asosiy   rol
o‘ynagan. U muzokaralarni Yevropadagi gegemonlik yo‘lida asosiy bosqich
deb hisoblagan. Rishelening fikricha, muzokaralarni uzluksiz, urush vaqtida
ham, tinchlik vaqtida ham olib borish lozim bo‘lgan. Hatto natija bermagan
muzokara   ham   ma’lumot   manbai   bo‘lib,   qarshi   tomonning   pozitsiyasini
bilish   uchun   imkon   yaratgan.   Mu zokaralarda   diplomat   san’ati   muhimdir.
Bundan tashqari, Rishele ning ya х shi tayyorlangan diplomatik korpusi bo‘lib,
unda   talantli   va   mohir,   vaziyatni   chuqur   tushunuvchi   diplomatlar   х izmat
qilgan. Urushdan so‘nggi muzokaralarda Rishele ularga to‘liq ishonar edi. 
1638-yilda Rim papasi va Daniya qiroli urushni to‘ х tatish to‘g‘risida fikr
bildirdilar.   1641-yil   kuzida   Regensburgda   yig‘il gan   german   rey х stagi   ham
tinchlik   muzokaralarini   yoqlab   chiqadi.   1641-yili   Myunster   shahrida
(Vestfaliyada)   Fransiya   vagabsbur glar   o‘rtasidagi   tinchlik   kongressi
ochiladi.   Keyingi   yili   Vestfali ya   shahri   Osnabryukda   shved-avstriya
munosabatlari   muhokama   qilinadi.   1648-yil   oktabrda   bir   vaqtning   o‘zida
Myunster va Osna bryukda tari х da Vestfal tinchlik sulhi deb nomlangan sulh
imzola nadi.  4
Vestfal   sulhi.   Rishelega   o‘zining   diplomatik   urushi   natijasini   ko‘rish
nasib   qilmaydi.   U   1642-yil   4-dekabrda   vafot   etadi.   «Mening   davlat
dushmanlaridan   boshqa   dushmanlarim   yo‘q»,   deb   aytadi   Rishele   o‘limi
oldidan.   U   Fransiya   tashqi   siyosatini   tashkil   etib,   shu   tartib   asosida
mamlakat   300-yil   davomida   ish   olib   boradi.   Rishele   davrida   Fransiya
Yevropaning buyuk davlatiga aylanadi. 
4
 Vsemernaya istoriya. V devyati tomax – Y.M.Jukov, E.S.Varga, V.P.Volgin, M.Ya.Gefter, I 
drugi. Izdatelstvo sosialno-ekonomichiskoy literature. Moskva 1959. 463-bet Kardinal   va   qirol   Lyudovik   XIII   bir   yilda,   bir   oy   farq   bilan   va fot   etadi.
O‘limidan oldin Rishele o‘zining o‘rniga kardinal Maza rinining saylanishini
iltimos   qiladi   va   uning   iltimosi   bajo   keltiriladi.   1642-yilda   Fransiyaning
birinchi   vaziri   qilib,   kelib   chiqishi   italiya lik   bo‘lgan   Julio   Mazarini
tayinlanadi. 
U   1601-yil   14-iyunda   Abrutso   (Italiya)   shahrida   dunyoga   kel gan.
Ma’lumot   olgandan   so‘ng,   armiya   safida   х izmat   qildi.   Kapitan   bo‘lgandan
so‘ng diplomatik  х izmatga o‘tadi. 1624-yil Milandagi Rim elchi х onasi kotibi
bo‘lib ishlaydi (u vaqtda Ispaniyaga tegishli bo‘lgan). 1627-yilda taqdir uni
Rishele   bilan   uchrashtiradi   va   bu   uning   keyingi   taqdirini   belgilaydi.   Yetti
yildan   so‘ng   1634-yilda   Mazarini   Parijga   papa   elchisi   bo‘lib   keladi.   1638-
yilda   Rishelening   eng   yaqin   yordamchisi,   kardinalning   tashqi   siyosatdagi
o‘ng qo‘li bo‘lgan mona х  Jozef vafot etadi. U nemis knyazlari bilan sha х san
ish   olib   borgan.   Mazarini   Rishelening   Jozef   o‘rniga   ishlash   to‘g‘risidagi
taklifini   qabul   qiladi,   ammo   tari х da   bu   vaqtga   qadar   ham   uning   Rishele
qo‘lida   ma х fiy   agent   bo‘lib   ishlaganligi   haqida   ma’lumotlar   bo‘lgan.   U
papalik   х izmatini qo‘yib, fransuz fuqar oligini qabul qiladi. Rishele Fransiya
taqdirini to‘liq o‘z vorisiga ishonadi. 
Mazarini   Myunsterdagi   muzokaralarni   tugatib,   1648-yil   24-ok tabrda
Vestfal   shartnomasini   imzolaydi.   Shartnomada   Rishele   g‘oy alari   amalga
oshadi.   Ispan-Avstriya   ittifoqi   va   papalik   gegemonli gi   tahdidi   bartaraf
etiladi,   qit’ada   tari х da   birinchi   bor   barqarorlik   o‘rnatiladi.   Vestfal
shartnomasiga   ko‘ra,   Fransiya   zarur   hududlarga   ega   bo‘ladi.   U
Strasburgdan tashqari El’zasni, shuningdek Mets, Tul va Verden yepiskopligi
ustidan huquqiy hukmronlikni qo‘lga kiritadi (mazkur hududlar unga 1556-
yil Kato-Kambrezey sul х i bo‘yicha o‘tgan edi). 
Ammo   Fransiya   uchun   avvalambor   umumsiyosiy   nati jalar:gabsburglar
sulolasi   obro‘sini   zaiflashtirish,   imperiya   hudud ining   tarqoqligini   saqlash,
Gabsburg ittifoqiga kirgan imperiyaning iqtisodiy tushkunligi va  х onavayron
bo‘lishi   va   boshqalar   muhim   edi.   Fransiya,   shuningdek,   ittifoqchilarning
talablarini   to‘liq   qondi rish   uchun   harakat   qilib,   munosabatlarni   barqaror
qilishga   harakat   qiladi.   Yaqin   ittifoqchisi   Shvetsiya   Shimoliy   va   Boltiq
dengizi qirg‘oqlaridagi bandargohlarga ega bo‘lib, Boltiqbo‘yida hukmron -
lik   borasidagi   maqsadiga   erishadi.   Shvetsiya,   shuningdek,   katta   pul
miqdoridagi kontributsiya olib, o‘zining  х alqaro obro‘sini oshiradi va ta’siri
kuchli Yevropa davlatiga aylanadi. Nemis knyazlaridan bo‘lgan ittifoqchilari
ham Fransiya yordami bilan ko‘pgina hudud larga ega bo‘ladi. Brandenburg
–   Sharqiy   Pomeraniyani,   ar х iyepis kop   vafotidan   so‘ng,   Masdsburg
ar х iyepiskopligini,   shuningdek   Galbershtadt,   Kapin   va   Minden
yepiskopliklarini oladi va bular Brandenburgni Germaniyadagi eng qudratli
knyazlikka   aylantiradi.   Bu   holat   yana   uning   shimoliy
hududdagigabsburglarga   va   Shvet siyaga   raqib   sifatida   rolini   oshirib yuboradi,   bu   esa   Fransiyaning   tashqi   siyosiy   manfaatlariga   to‘la   mos   edi.
Saksoniyaga   Lujits   yerlari   o‘tadi,   Bavariya   urush   davomida   bosib   olgan
Yuqori Pfalsni saqlab qoladi. 
Vestfal   sulhi   Gabsburglar   imperiyasi   va   Birlashgan   Provinsi yalar
Respublikasi   (Gollandiya)   dan   ajralgan   Shvetsariya   ittifoqining
mustaqilligini   tan   oladi.   Shveytsariyaning   imperiyadan   ajra lib   chiqishi
Fransiya   uchun   juda   muhim   bo‘lgan,   chunki   Avstriya   Fransiyaga   hujum
qilish   uchun   platsdarmini   yo‘qotgan   edi.   Bir lashgan   Provinsiyalar
Respublikasiga   nisbatan   chiqarilgan   qaror lar   ham   juda   muhim   edi,   shu
vaqtga qadar Gollandiya, Zellandiya, Frislandiya va boshqalar Niderlandiya
tarkibida bo‘lib, unga hozir gi hududlari ham kirar edi. 
XVI   asrdagi   Niderlandiya   inqilobi   natijasida   ispan   hukmron ligidan   ozod
bo‘lgan Birlashgan Provinsiyalar Respublikasi tash kil topadi, u XVII asrda
rivojlangan   savdo   va   dengiz   flotiga   ega   bo‘lgan   ilg‘or   Yevropa   davlatiga
aylanadi.   Fransiya   faol   ravishda   respublikani   o‘z   nazorati   ostiga   olishga,
so‘ngra uni zabt etishga harakat qiladi. 
Vestfal   sul х ining   imzolanishigabsburglar   davrining   tugashi   va   yagona
milliy   х ristian imperiyasini va Ispaniya katolik diktaturasini mustahkamlash
to‘g‘risidagi   rejaning   barbod   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.   Yevropada
siyosiy vaziyat to‘liq o‘zgarib, yangi kuchlar yuzaga keladi. 
Fransiya   Yevropada   yetakchi   o‘rinni   egallab,   umumyevropa   ahamiyatiga
ega   bo‘lgan   qudratli   davlatga   aylandi,   barcha   siyosiy   masalalar   uning
ishtiroki bilangina hal qilinadigan bo‘ladi. Fransi ya o‘z maydoni, aholi soni,
doimiy   armiyasi   bilan   boshqa   Yevropa   davlatlaridan   ustun   bo‘lib,   uning
armiyasi soni hatto tinchlik vaqti da ham 200 ming kishidan kam bo‘lmagan. 5
5
Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 152-bet                                   Xulosa
Xulosa  qilib aytadigan  bo’lsak  Kardinal Reshele hokimiyat tepasiga  kelgan
davrdan boshlab uning vafot etishiga qadar uz vatani uchun, uning kelajagi
uchun harakat olib borganligi kamdan-kam holatlarda kuzatiladi deb qarash
kerak   menimcha.   Chunki   u   Fransiyaning   kelajakda   shu   darajaga   yetishiga
sabab   bo’lgan   shaxslardan   biri   hisoblanadi.   Uning   tinch   yo’l   bilan
gugenotlar   va   katoliklar   o’rtasidagi   qarama-qarshiliklarni   tinch   yo’l   bilan
bartaraf qilishga muvaffaq bo’ladi. Tashqi siyosatga esa katta e’tibor beradi.
Uning   tashqi   siyosatdagi   diplomatiyasi   “pistolior   diplomatiyasi”   (pul
diplomatiyasi)   deb   nom   oladi.   Uning   bunday   siyosatining   ortida   mablag’
bilan   ta’minlab   turib   “o’ttiz   yillik   urush”da   g’alabaga   olib   kelishi   turardi.
Tashqi   siyosatdagi   eng   katta   yutug’i   “o;ttiz   yillik   urush”   natijalari   bo’ldi.
1642-yil   Myunster     shartnomasi,   keying   yilda   yani   1642-yilda   Vestfaliya
shahri   Osnabryukda   o’tkazilgan   konferensiyalarning   Fransiya   uchun   ijobiy
tarzda yakunlanishida aynan Kardinal Reshelining xizmatlari natijasi deyish
mumkin.   Ammo   Reshele   uzining   mohirona   diplomatiyasining   so’nggi
natijalarini   ko’rish   nasib   qilmay,   u   1642-yilning   4-dekabrida   vafot   etadi.
Uning   diplomatik   urushi   natijasi   1648-yil   oktabrida   Myunster   va
Osnabryukda   imzolangan   shartnomalar   asosida   tuzilgan   Vestfal   sulh
shartnomasining   imzolanishida   uzining   ifodasini   topadi.   Sulh   yakunlariga
ko’ra   Fransiya   Yevropada   gegemont   davlat   sifatida   tan   olinadi.   “Mening
davlat   dushmanlarimdan   boshqa   dushmanim   yuq”   degan   edi   Reshele
vafotidan   oldin.   U   Fransiya   tashqi   siyosatini   tashkil   etib,   shu   tartib   asosida
mamlakat   300-yil   davomida   ish   olib   boradi.   Rishele   davrida   Fransiya
Yevropaning   buyuk   davlatiga   aylanadi.   O‘limidan   oldin   Rishele   o‘zining
o‘rniga   kardinal   Maza rinining   saylanishini   iltimos   qiladi   va   uning   iltimosi
bajo   keltiriladi.   1642-yilda   Fransiyaning   birinchi   vaziri   qilib,   kelib   chiqishi
italiya lik   bo‘lgan   Julio   Mazarini   tayinlanadi.   Demak   shundan   bilib   olishimi
ham   mumkinki   Reshele   o’limidan   oldin   o’zining   siyosatini   davom   ettira
oladigan voris ham tayinlab, Fransiyaning kelajagini oldindan “ko’ra olgan”.                   Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’rta   asrlarda   Fransiya   –   Xoshimova   M.   Toshkent   “Yangi
nashr” 2014
2. Vsemernaya istoriya. V devyati tomax –Y.M.Jukov, Y.S.Varga,
V.P.Volgin,   M.Ya.Gefter   I   drugi.   Izdotelstvo   sosialno-
ekonomicheskoy literature. Moskva 1959

MAVZU: KARDINAL RESHELENING FAOLIYATI Reja: a) Kirish b) Asosiy qism 1. Kardinal Reshele hukumati davrida Fransiya 2. Reshelening tashqi siyosati 3. Vestfal suh shartnomasining tuzilishida Fransiyaning roli c) Xulosa

Kirish Biz o’rganayotgan davrda Fransiya ahvoli tushkun holatga tushib qolgan edi. Angliya bilan bulayotgan murosasozlik, harbiy to’qnashuvlar katta mablag’ talab qilar edi. Ushbu xarajatlar esa xalq gardaniga tushib, xalqning ahvoli og’irlashadi, monarxiyaga nisbatan nafrati yanada oshib ketadi. Bundan tashqari mamlakat ichkarisidagi gugenotlar bilan bo’layotgan to’qnashuvlar davlatning ichki holatiga ta’sir qilmay qolmadi, savdo-sotiq xonavayron bo’ladi. Qirol Genrix IV tayinlagan moliya vaziri Syullining soliq siyosati ijobiy natijalar bergan bo’lsada, qirollik ahvoli yomonligicha qolaverdi. Bunday vaziyatda mamlakat holatini yaxshilaydigan, qirol hokimiyatini mustahkamlashga qodir shaxs kerak edi. Bunday vaziyatda siyosiy maydonga Arman Jan dyu Plessi de reshele chiqadi. Uning say-harakatlari natijasida Fransiyaning ichki va tashqi ahvili yaxshilandi.Qirol hokimiyati mustahkamlandi, gugenotlar bilan kelishuvga erishildi. O’ttiz yillik urush natijalarida Kardinal Reshelening xizmatlari tufayli Fansiya Yevropada gegmont davlatga aylandi.

Asosiy qism Rishele hukumati davrida Fransiya . Genri х IV vafot etgan yilda uning o‘g‘li Lyudovik XIII to‘qqiz yoshda edi. Qirolning rafiqasi, malika Mariya Medichi o‘g‘liga regent etib tayinlanadi. Mariya Medichining yaqin yordamchisi, keyinchalik Fransiyaning butun tashqi va ichki siyosati rahbari kardinal Arman Jan dyu Plessi de Rishele bo‘lgan. Rishelening oilasi Puatening dvoryan urug‘lariga mansub edi. Otasi Fransua dyu Plessi De Rishele Genri х III boshqaruvi davri da ko‘zga ko‘ringan davlat arboblaridan bo‘lib, qirolning fojeali o‘limidan so‘ng Genri х IVga х izmat qiladi. Onasi Syuzanna de La Port zodagon oilasiga mansub bo‘lmagan. U Parij parlamenti ad vokati Fransua de La Portning qizi edi. Rishele Parijda Bulua (yoki Buluar) ko‘chasidagi Sent-Yestash ibodat х onasida 1586-yil dunyoga kelgan, oilada kichik o‘g‘il far zand edi. Uni «darmonsizligi, kasalmandligi» tufayli tug‘ilgandan yarim yil o‘tib cho‘qintirishgan ekan. Parijdagi Muqaddas Evsta х iya ibodat х onasining cho‘qintirish registrlari ma’lumotiga ko‘ra, «1586-yil mayning beshinchi kuni, Fransiya qirollik uyi bosh amaldori va davlat kengashi a’zosi, mes sir Fransua dyu Plessi, senor Rishele va uning umr yo‘ldoshi Syu zanna de La Portning o‘g‘li cho‘qintirildi, chaqaloq 1585-yil 9-sen tabrda tug‘ilgan edi». Rishelening otasi 1590-yil 19-iyulda 42 yoshida bezgak tufayli vafot etadi. Besh nafar farzandi bilan beva qolgan onasi tez ora da Parijni tark etadi va erining ona yurti Puatega ketadi. Ammo ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchraydi. Bir necha yildan so‘ng Rishele yana Parijga qaytadi, u Genri х III va Genri х IV o‘qigan Navarra kollejiga qabul qilinadi. So‘ng oilasining qaroriga ko‘ra u harbiy Akademiyaga o‘qishga kiradi. Lekin u ilohiyotni o‘rganishga kirishadi, sababi 1607-yil 17-aprel da Rishele Lyuson yepiskopligiga tayinlangan edi. Yosh yepiskop edi va bu ko‘pgina uydirma va mish-mishlarga sabab bo‘ladi. 1607-yil 29-oktabrda falsafa doktorligi uchun Sorbonda ilohiyotdan dis sertatsiya himoya qiladi. 1608-yil 21-dekabrdan rasman Lyuson yepiskopi vazifasiga kirishadi. Uning harakatlari bilan Lyusonning kafedraviy sobori tiklanadi, u sha х san o‘zi yepiskoplarning iltimo slarini ko‘rib chiqar va qo‘lidan kelgancha ularga yordam berar edi. Rishele 1614-yil Parijda chaqirilgan General shtatlarda ruhoniylar 1 vakili sifatida qatnashadi. Qirollik boshqaruvining mustahkamlanishini yoqlab chiqqan Rishele General shtatlar majlisida faol ishtirok etadi va uning harakatlari o‘z samarasini bera boshlaydi. Tez orada u mashhur bo‘lib ketadi. General shtatlarning faoliyati, uning fikricha, foydasiz va samarasiz 1 Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 142-bet.

bo‘lib, qatnashchilarning ta lablari o‘rganilmas, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy muammo lari umuman ko‘rib chiqilmas edi. Yosh va iqtidorli yepiskopga tez orada e’tibor berildi va 1615-yil u davlat kotibi lavozimiga saylanib, qirol kengashi a’zosi va Mariya Medichining sha х siy maslahatchisiga aylandi. 1622-yil u kardinal unvonini oladi va shu yilning o‘zida Fransiyada birinchi vazirning kotibi etib saylanadi. Rishelening hayoti va faoliyatining asosiy maqsadi qirol hokimiyatini mustahkamlashdan iborat bo‘lgan. U dvoryanlarni qirolga х izmat qilishga va absolyut monar х iyani qo‘llab-quvvatlashga majbur qilgan. Uning hal qiluvchi harakat lari tufayli Konde, Valua, Giz singari sulolalarning ta х tga bo‘lgan da’vosi bostirilib, burbonlarga х izmat qilishga majbur qilingan. Rishele bir toj ostida mamlakatni birlashtirishga harakat qilib, Yev ropadagi eng kuchli armiyani tashkil qiladi. 1 Mamlakatda kardinal hokimiyati absolyut va so‘zsiz bo‘ysunadi gan hokimiyat edi. Uning diplomatlari, ma’muriyat va harbiy bosh liqlari Fransiyaga sodiq х izmat qilib, ularning har biri uchun davlat va qirol manfaatlari birinchi o‘rinda turardi. Shafqatsiz choralar bilan separatistik harakatlar, х oinlik, ma х fiy fitna va qo‘zg‘alonlar ni bostirgan. Gugenotlarning qo‘zg‘alon qilishga bo‘lgan urunishi bostiriladi, ularning asosiy qal’asi La-Roshel shturm bilan olinadi. Shuningdek, boshqa qal’alar ham egallanib, La-Roshel singari yer bilan yakson qilinadi. Gugenotlar siyosiy kuch sifatida yo‘q qilina di. Yangi chiqishlarning oldini olish maqsadida Rishele Lyudovik XIIIga ular bilan yarashishini maslahat beradi. Gugenotlar yo‘qo tiladi va endi ular monar х iya va davlatga х avf solmas edi. 1629-yil 28-iyunda Lyudovik XIII «Shafqat edikti» aktini imzolab, unda gu - genotlarga vijdon erkinligi beriladi va bu bilan mamlakatdagi eng keskin va og‘ir ziddiyatga barham beriladi. Rishelening markazlashgan davlatni qurish maqsadi yo‘lidagi asosiy raqib oliy fransuz aristokratyasi bo‘lgan. Kardinal amal dorlarni qirol hokimiyatiga so‘zsiz bo‘ysunishiga erishdi, markazlashgan qirol boshqaruvini susaytirayotgan boshqaruv shakllariga barham berildi. Kardinal boshchilik qilgan islohotlari jamiyatning yuqori qatlami noroziligiga ham uchraydi. 1626-yilda dvoryanlar o‘rtasidagi duelni taqiqlovchi edikt chiqariladi. Dvoryanlar mazkur ediktni o‘z huquqlarining buzili shi sifatida qabul qiladi va o‘z obro‘sini himoya qilishga kirishadi. Shunga qaramay edikt chiqarilgandan so‘ng, tez orada duellar soni kamayadi. Armiyada Rishele markaziy nazoratni kuchaytirdi, birinchidan, u harbiy boshliqlarni ikkitadan tayinlashni joriy qildi, unga ko‘ra har bir armiyaga ikkita lashkarboshi rahbarlik qiladigan bo‘ladi. Bu tizim qirolning armiya ustidan nazoratini ya х shilasa-da, o‘ttiz yillik urushda dastlab ijobiy natija bermadi. Shuning uchun kardinalning o‘zi uni bekor qildi. Markaziy

apparatda kotiblarning ahamiyati o‘sib borib, ularning har biri u yoki bu masalalarni nazorat qiladi gan bo‘ladi. Ularning barchasini to‘g‘ridan- to‘g‘ri qirolning o‘zi tayinlardi, bu esa aristokratiyani tobora kuchsizlantirib bordi. Viloyatlar ustidan nazoratning kuchayishi Rishelega qirollikning daromadini oshirish imkonini berdi, lekin soliqlarning oshishi qo‘zg‘alonlarga ham sabab bo‘ladi. Oliy aristokratiya namoyandalari o‘zlarining siyosiy mustaqil ligini saqlab qolishga harakat qilar ekan, ular o‘zlarining mavqelar ini qirol bilan teng deb hisoblashgan. Kardinal ularni qirol foydasi ga, o‘z yerlaridagi mustaqilligidan va adliya huquqidan mahrum qiladi, o‘z nomlaridan qonun chiqarishlarini ta’qiqlaydi. 1632-yil da Rishele qirolga qarshi qaratilgan Gaston Oleanskiy va gersog de Monmoransi qatnashgan navbatdagi fitnani fosh qiladi. 1631-yil Fransiyada Rishelening qo‘llab-quvvatlashi bilan birinchi bor har hafta chiqariladigan «Gazeta» nashr qilina boshlaydi. Gazeta yordamida Rishele o‘z siyosatining targ‘ibotini kuchaytira boshlaydi. Ko‘p hollarda kardinalning o‘zigazeta uchun maqolalar yozar edi. Fransiyaning adabiy hayotida pamfletchilik vagaze tachilik faoliyati rivojlandi. Rishele o‘z boshqaruvi davrida adabi yot, madaniyat va san’at rivoji uchun ko‘pgina ishlarni amalga os hirdi. Bu davrda Sorbonn universitetining yangilanishi yuz berdi, 1635-yilda Rishele Fransiya Akademiyasiga asos soladi hamda taniqli va iqtidorli rassomlar, yozuvchilar, ar х itektorlarga nafaqa tayinlaydi. Rishele hukmronlik qila boshlagan davrda harbiy flot ayanchli ahvolda edi, u O‘rta yer dengizida 10 ta kemaga ega bo‘lsa, At lantikada esa birorta kema bo‘lmagan. 1635-yilda Rishelening х izmatlari evaziga Fransiya Atlantikada uch eskadra va O‘rta yer dengizida bitta eskadraga ega bo‘ladi. Dengiz savdosi ham rivo jlandi. Rishele to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositachilarsiz tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatdi. Rishele siyosiy shartnomalar bilan birga savdo shartnomalarini ham olib borgan. Rishele o‘z hukmronligi davrida turli davlatlar, ayniqsa Rossiya bilan 74 ta savdo shartnomalarini imzoladi. Kardinal aholining moliyaviy ahvolini ya х shilash va g‘aznani to‘ldirish maqsadida ko‘pgina tadbirlarni ham amalga oshirdi. Aholi hayotini yengillashtirish uchun ayrim soliqlar bekor qilindi, tadbirkorlik va manufakturalar qurilishini rivojlantiruvchi qonunlar qabul qilindi. Rishelening tashabbusi bilan Yangi Fransiya – Kana dada faol harakatlar boshlandi. Ammo Rishelening soliq va moli yaviy islohotlari kutilgan natijani bermaydi. Fransiya «o‘ttiz yillik» urushga kirgandan so‘ng, Rishelening o‘zi soliqlarni oshirishga majbur bo‘ladi. 2 2 Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 144-bet