logo

Munavvar Qorining maorif tizimidagi faoliyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.4677734375 KB
Mavzu:   Munavvar Qorining maorif tizimidagi faoliyati
Reja
1. Munavvar Qori Abdurashidxonov hayot yo’li
2. Munavvar Qori Abdurashidxonovning ma’rifiy faoliyatlarda  yetakchilik 
o’rni
3.  Munavvar qori abdurashidxonovning yangi usul maktablarida ta’lim-
tarbiyaning takomillashuvidagi pedagogik faoliyati. Ma’naviyatimiz   tarxida   shunday   insonlar   borki,   ular   uz   faoliyatlarini   xalq
manfaatlari   yo’liga   baxshida   etgan.   Ular   vatan,   ozodlik,   millat   yo’lida   xatto   uz
jonlarini   ham   ayamaydilar.   Bunday   insonlar   bir   umr   kelajak   uchun,   xalq
farovonligi   uchun   kurashdi.   Ushbu   zotlarning   xizmatlari   xalq   dilida   asrlar   osha
saklanib   koladi.   Mana   shunday   insonlardan   biri,   ma’rifatparvar.   axlokshunos,
jug’rofshunos, pedagog, shoir, siyosatchi Mu navvar Qori Abdurashidxon o’g’lidir.
Munavvar   Qori   tavallud   topgan   davr   mustamlakachilik   siyosati   avjiga
chiqqan   bir   payt   edi.   Abdurashidxon   Sotiboldixon   o’g’li   Munavvar   Qori   1878
yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi.
Uning   otasi   Abdurashidxon   Mudarris,   onasi   Xosiyat   otin   bo’lgan.   Munavvar
Xosiyat  otinning  uchinchi  farzandi   edi.  Akalari   A’zamxon   va  Muslimxonlar  ham
uz   davrining   ziyoli   kishlaridan   bo’lgan.   Ularning   birlari   maktabdor   domla,
ikkinchilari ruxoniy kishi edi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta’kidlashicha,
ba’zi   manbalarda   «Munavvar   Qori   Abdulmajidxon   o’g’li»   deyilgan,   yozilmada
uning bobolari bilan boglik ekanligi ayti- ladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida
yetim   qolgan.   Unga   dastlab   tarbiya   va   ta’limni   onasi   Xosiyat   otin   bergan.   U   xat
savodni   ham   avvalo   onasidan   o’rgangan.   Ayni   paytda   yirik   maktabdorlardan
xisoblangan Usmon domla ismli kishi kulida o’qidi. Yana bilimlarini oshira borib,
Toshkentda   joylashgan   Yunusxon   madrasasida   taxsil   oladi,   O’rta   Osiyoda   ayni
paytda   ilmning   markazi   Buxoro   xisoblanar   edi.   Buxoro   madrasalarida   diniy   va
ba’zi   dunyoviy   ilmlar   ham   urgatilgan.   Munavvar   Qori   ham   yuqori   ilmlardan
baxramand   bo’lish   maqsadida   Buxoroga   boradi.   Bu   1898   yilda   edi.   SHu   yildan
boshlab   Buxoro   madrasalarining   birida   taxsil   kura   boshlaydi.   Ammo   tez   utmay
Munavvar   Qori   Toshkentga   qaytadi.   Sirojiddin   Axmedovning   ma’lumotiga   kura,
Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan.
Munavvar   Qori   yeshligidan   diniy   ilmlarni   puxta   o’rgangan   Buxoro   sabori
uning   bilimlarini   yanada   mustaxkamladi.   Buxorodan   tezda   qaytgach,   Toshkent
Darxon masjidida  imomlik bilan  shugullana  boshladi.  Imomlik  qilayotgan  paytda ham   u   Turkiston   xalqini   savodsiz   holda   yashayotganligini   chuxur   anglar   edi.
Yuqorida   aytilganidek   Ismoil   Gaspralining   g’oyalari   Toshkentda   ham   tarqalgan
edi.   Munavvar   Qori   birinchidan   Turkiston   xalqining   mustamlakachilikdagi
hayotidan ta’sirlangan bo’lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musurmon
mamlakatlaridan   kirib   kelayotgan   matbuotlardan   o’ziga   kuvvat   oldi.   «Toshkent
ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa kushib, uning yo’lboshchilaridan
biriga   aylandi.   Amerikalik   olim,   O’zbek   ma’rifat   va   madaniyatining
targ’ibotchilaridan  biri  Edvard  Ollvort   o’zining  «Zamonaviy  o’zbeklar   «  kitobida
Munavvar   Qorining   Turkiyada   ta’lim   olganligini   ma’lum   qiladi.   Ayni   paytda
Bogchasaroyda   nashr   etilgan   «Tarjumon»   gazetasini   Munavvar   Qori   ixlos   bilan
o’qir   edi,   Bundan   tashhari,   “Vaqt”   va   «Yulduz»,   «Siroti   Mustakim»   kabi
matbuotlari   bilan   ham   tanish   edi,   Munavvar   Qori   bu   matbuot   saxifalaridan
ulkadagi   ahvolni   qanday   qilib   yaxshilash   kerak   degan   savolga   javob   axtara
boshlaydi, SHu bilan birga, kunglida isloxotparvarlik fikrlari turila boshlagan edi.
CHunki   eski   uslubdagi   o’quv   ishlari   tamomila   eskirgan   bir   xolatda   turardi.   Bu
paytda   Munavvar   Qori   kabi   taradayparvarlarning   zimmasida   xalq   pedagogikasini
yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish
Munavvar   Qori   kabi   taraqqiyparvar   kishilar   tomonidan   boshlab   yuborildi.
Tadqiqotchi   Sirojiddin   Axmedovning   ma’lumotiga   kura,   Mu navvar   Qori   1901-
1904 yillarda Krimlik do’sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya»
maktabini   ochadi».   Munavvar   Qorining»   usuli   jadid»   maktabini   ochilgan   yili
to’g’risida yana bir misolni keltirishni lozim to- pamiz.E.Fyodorov «O’rta Osiyoda
milliy   inkilobiy   harakat   tarixi   «nomli   kitobida   ma’lumot   berishicha,   jadid
Bexbudiy   Samarkandda   birinchi   marta   yangi   usul   maktabini   ochgan.   Munavvar
Qori   Abdurashidxonov   ham   1904   yilda   Toshkentning   Zeki   shaharida   shunday
maktab ochgan.
Munavvar   Qori   yangi   usuldagi   maktabini   dastlab   o’z   xovlisida   ochgan,
keyinchalik boshqa joylarda ochish uchun keng hara- katni boshlab yuborgan, Bu
yillarda   uning   yaqin   tsarindoshlari   kumakdosh   bo’ldilar.   Bu   turrida   M, Muhammadjonov   o’zining   «Turmush   o’rinishlari»   kitobida   keng   ma’lumotlar
beradi:»SHayx   Xona-   vand   Taxur   daxalik   Mirza   Dadaxujaboyning
mexmonxonasida   mak tab   ochib,   bir-ikki   yildan   beri   Abdusami   Qori   degan   bir
kishi   bilan   bola   o’qitib   turmokda   bulgonini   aytdilar.   Borib   kurdim.   Bolalarning
uxishlarini   sinf-   sinflarida   yurib   kurib   chikdim.   Xozirda   4   sinf   boshlang’ich
ibtidoyi   maktab   bo’lib,   yaxshigina   tartiblik:   parta,   qora   taxtalar,   yer   yuzi
bulaklarining   qisqacha   ham   butun   haritalari   bor   ekan.   Bu   yangi   tartiblik
maktablarning   Toshkent   shahrida   bo’lib   ketishiga   bi rinchi   sabab   Munavvar   Qori
bo’lib, barchasining progromini shul tuzub bergan». Ushbu keltirilgan fikrdan kup
narsalarni   anglab   olish   mum kin.   Lemak,   Munavvar   Qorining   dastlab   ochgan
maktabi   4   sinfdan   iborat   bo’lib,   turli   zamonaviy   fanlar   ham   uxitilgan.   U   yangi
usuldagi   maktabda   utsitishdan   maqsadi,   birinchidan,   xalqni   savodli   xilish   bo’lsa,
ikkinchidan,   xalqni   mustaqqillik   uchun   kurashga   xozirlaydigan   ma’rifat   xona
ochish edi.
Munavvar   Qori   «usuli   jadid»   maktabini   tashkil   qilish   bi lan   birga,   xalqni
tarribot   xilishga   ham   undadi.   Jaxolatda   xolgan   xalqni   yangi   usuldagi   maktablar
orkali kutkarish yo’llarini uyladi. SHu jixatdan olib haraydigan bo’lsak, Munavvar
Qorining matbuotda dastlabki chixishlari ham e’tiborga molik.
U   1906   yildan   ch щ a   boshlagan   «   Taraqqiy   «   gazetasini   faol
tashkilotchilaridan   biri   edi.   Munavvar   Qori   ushbu   gazetani   bi-   rinchi   sonida
Munavvar   Qori   Ibn   Abdurashidxon   ismi   bilan   «  
Bizning   jaxolat   jaxli   murakkab»
nomli   ma’rifatparvarlik   ruxdagi   makolasini   e’lon   qildi.   Bu   makola   Munavvar
Qorining   ma’rifatparvarlik   qarashlarini   o’zida   mujassamlashtirgandir.   Muallif   bu
makolani   jadidlarning   tungich   gazetasi   Taraqqiy   «   ning   birinchi   sonida   e’lon
qilishi   bejiz   emas.   Taraqqiypar-   varning   «Bizning   jaxolat»   makolasi   «Taraqqiy»
gazetasining  birinchi  sonida  bosilib, uning dasto’rini  belgilaydi.  Makola quyidagi
tarzda boshlanadi: «Har millatning maktab va madrasasi  uldugi kabi bizning ham
maktab   va   madrasalarimiz   garchi   benizom   va   beusul   ulsa   ham   yo’q   demak
darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiya va ta’lim ilmida ko’rsatgan gayrat va   ximmati   kabi   bizlarda   ham   uz   mas’um   avlodlarni   jaxolat   va   gaflat   zulmatida
kolmogiga hech bir rizolari ulmay qo’llaridan kelgancha ta’lim va tarbiya avlodda
kusurlik ko’rsatguvchi zotlar mavjuddurlar».
Muallif makolada ikki davrni davriy solishtirish orkali ayni paytdagi axvolni
ko’rsatib   beradi.   Birinchidan   «Darsga   nima   uchun   kelganini   bilmay,   ilm   va
maorifga aslo ragbat kil- may, jonidan shirin bolalarini kuchaba - kucha kezdirub,
bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashini bndiruvchi behamiyat va bediyonat
otalar   ham   oramizda   oz   emasdur»   deb   ilmga   ragbat   qilmayotgan   insonlarning
kiefasini   ko’rsatsa,   ikkinchidan   ilm   va   ma’rifatni   to’g’ri   anglaydigan   qanday
bulmasin   farzandlarni   kelajak   taraqqiyoti   uchun   ilmli   qilish   kerak   degan
insonlarning   kiefasini   tasvirlaydi.   Munavvar   Qori   xalqni   ma’rifatga   chaqirishga
murojaat   usulidan   foydalanadi.Uning   so’zlaridan   vatanga,   xalqiga   va   millatiga
bo’lgan   tuygusi   jush   urib   turadi.   u   Xoy   vatandoshlar!   Diqqat,   nazar   ila   boqing»-
deb   muallif   fikrni   berishdan   avval   o’quv   chini   maqsadiga   dikkat   bilan   e’tibor
berishga   chaqiradi.  ushbu  makolada  ilm  va  uning foydasi   hamda  amaliy kimmati
to’g’risida fikrlar birdiriladi. Muallif makolada xalq iboralaridan keng foydalanadi.
Masalan,   eski   davrdagi   ta’lim   va   tarbiya   to’g’risida   gapirib   «Eshakiga   yarashur
tushovi   «   degan   makolani   ishlatadi,   Bunda   Munavvar   Qori   birinchidan
savodsizlikni nazarda tutsa, ikkinchidan taraqqiysizlikni ham nazarda to’tgan.
Munavvar Qori bu makolada yaktablardagi fanlarni o’qitishga alohida e’tibor
beradi.   U   maktablarda   faqat   Fuzuliy   ,   Navoyi,   Xuja   Xofiz,   Bedillar   kabi   buyuk
ijodkorlarni o’qitish bi lan birga ayni paytda ilm qiroat, masoili e’tikodiga, masoili
ilmiyat,   ilmli   xisob   kabi   fanlarni   o’qitilishini   alohida   ta’kidlaydi.   Muallifning
fikricha,   ustoz   shoirlarning   ijodini   o’qitish   bilan   birga   ,   k щ oridagi   aytgan   fanlar
ham   qo’shib   o’rgatilsa,   foydadan   xoli   bo’lmaydi.   Munavvar   Qori   maktablardagi
o’qituvchilarning   ham   savodli   kishilar   bo’lishini   istaydi.   Ayni   davrda   ayrim
uxituvchilarning uzlari ham hech narsa bilmasliklarini Munavvar Qori jaxolat deb
tasvirlaydi.  Munavvar  Qori   Fuzuliy,  Navoiy,  Xuja  Xofiz,  Bedillarning  kitoblarini
dastlabki savod urgatuvchi darslik sifatida qo’llab bulmasligini aytadi: «Vaxolanki boshqa   viloyatlarda   xat   bilmaydurgon   kishi   yuzdan   un   ulsa,   Turkiston   viloyatida
100   dan   90   dir.   Mundan   ham   ma’lum   buladurki,   savodi   chikmox   bu   kitoblarni
Uximokga muvofik emas. Balki bu kitoblar g’oyat kiyinligidan bolalarni besavod
qolmogiga ham sabab ulur».
Munavvar   Qori   bu   bilan   Fuzuliy,   Navoiy,   Bedil,   Xofizlarning   ijodini   inkor
kilmayapti,   u   avvaliga   bolalarga   savod   chikarish   uchun   yengil   daroliklardan
foydalanishni tavsiya qiladi.
Munavvar   Qori   eski   o’qitish   uslubini   keng   ravishda   tankid   qiladi.U   yerda
«Fasad axlokdin boshqa ish o’rganmas »
  deydi. Eski usul nixoyat joxil bir tartibda
olib borilishini quyidagicha tasvirlaydi, Muallim afandi ko’lida zur bir taek» qaysi
bola-   ni   boshi   harakatdan   kolsa,   ushbu   tayok   shu   bolani   boshida   ulur.   Ammo
o’qigon,   o’qimagon   ila  hech   kimning  ishi   yo’q.  Boshini   qimirlatib  ultursa   kifoya
kilur. Xattoki o’tgan yillarda bu tarifa zulm muallimlarni tayorini ostida vafot qilok
ham vakif o’ldi. Bu tarika zolim, badxulk joxil muallimlarning tarbiyasida o’lgan
bolalardan nima umid kilmok kerak».
Munavvar   Qori,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,eski   jaxolatni   tasvirlash   bilan
birga   yoshlarimizni   maorif   saodatiga   chaqiradi,   ularni   raflat   uykusidan   uyronib,
kuzlarini   ochishlarini   kay-   ta-qayta   ta’kidlaydi.   U   «Jaxolat   zulmatida»   qolishni,
saodatdan   maxrum   bo’lishni   xavfli   deb   xisoblaydi.Xullas,   muallifning-   bu
makolasi jadidlarning oldiga kuygan maqsadlarini ham ifoda etar edi.
Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovaning ma’lumotiga kura, Mu navvar Qorining
«Namuna»maktabida   bir   necha   yuz   bola   o’qigan.   Bu   maktabda   tayyorgarligi
anchagina   jiddiy   bo’lgan   iste’dodli   yoshlar   muallimlik   qilishgan,   tadqiqotchining
ma’lumoticha,   Mu navvar   Qorining   qo’lida   ta’lim   olgan   yoshlar   orasidan   Hamza,
Kayum   Ramazon,   Musa   Toshmuhammad   urli   Oybek,   Mannon   Uyg’ur   kabi
iste’dodli ijodkorlar yetishib chiqishgan. Ayni paytda jadid taraqqiyparvarlari uzlarining imkoniyatlaridan kelib chikib
o’qitish buyicha metodik dastur tavsiya qilishgan, Munavvar Qori ham ayni paytda
xaftada o’zining   25soatlik programmasini tavsiya qilgan. SHu soatlar asosida o’zi
ham maktabda darslar o’tgan. Munavvar Qorining maktab uchun va musulmonlar
uchun qilgan yana katta bir xizmati shundan iborat- ki, u shariatga doyr manbalar
bilan o’quvchilarni uz tilida o’qishini ta’minladi.
Amerikalik   olim   Edvard   Ollvortning   ma’lumotiga   kura,   Mu navvar   Qori
maktabidagi   o’quvchilar   o’qish   va   axloq   asoslari   darslarini   yozib   olish   uchun
xaftada   kushimcha   9   soat   shug’ullangan.   SHu   9   dan   4   soat   Munavvar   Qorining
«Ikkinchi o’qituvchi» kitobiga bagishlangan. 1 soati Sufi Olloyor sheriyatiga ajra-
tilgan. Darslar turk va fors tillarida olib borilgan. O’quv  chilar 2 soat arifmetika, 2
soat geografiya, 1 soat tarix, jami 25 soat xaftalik o’qigan. Yuqorida kayd etilgan
Munavvar Qorining namuna maktabida Oybekning taxsil  olganini Edvard Ollvort
ham yozib o’tadi..
Tadqiqotchi   Munavvar   Qorining   Oybek   taxsil   olgan   kursi   kuydagicha
bo’lganini ko’rsatadi:
1. Dinning muqaddasligi
2. Muqaddas an’ana
3. Naslning qonuniy   xuko’qi
4. Arab grammatikasi
5. Arifmetika
6. Jaxon geografiyasi
7.  Islom tarixi
8.  Arab va Turk yozuvining orfografiyasi.
Munavvar   Qorining   maktab   o ’ quv   dasturi   6   yilga   muljallangan   bo ’ lib ,   bu
dastur   Toshkentda  19»  yilda   taklif   kilingan   va   amalga   oshirilgan . Bu   usul   boshlang’ich   maktab   sinflari   uchun   amalda   qo’llanilgan.   Munavvar
Qori   ba’zi   bir   kishilarning   rus   ta’limidan   andoza   kuchirilgan   bilim   tavsiya
qilayotganliklarini   kabul   kila   olmas   edi.   Toshkendagi   va   ko’pgina   jadid
o’qituvchilarining   dastu ri   Munavvar   Qori   maslagida   amalga   oshirildi.   CHunki
Munavvar Qorining maqsadi Turkiston xalqi savodsizligini barham toptirib, ularni
yetuk inson bo’lib yetishishlari uchun kurashishdan iborat edi.
Turkistonda boshqa jadidlar kabi  Munavvar  Qori  olib borayotgan pedagogik
faoliyat chor xukumatini ancha bezovta qilib quyadi.
Munavvar   Qori   «Turon»   jamiyati   a’zolari   va   Toshkentdagi   maxalliy   boylar
e’tiborini   maorif   ishiga   jalb   xila   olgan   kishi   edi.   U   birinchilardan   bo’lib   bu
jamiyatning yigilishlarida chet ellarga ta’lim olish uchun talabalar yuborish kerak
degan   masalani   kutarib   chiqqan   edi.   Maqsad   maxalliy   yoshlarni   chet   ellarga,
asosan.  Germaniyaga yuborib, millatning kelajaki  uchun kadr tayyorlash bo’lgan.
Munavvar Qorining tashabbuskorligida bu masala buyicha Toshkentning mashxur
boy,   oqsoqollarini   yigib   majlislar   o’tkazilgan.   Quyida   Munavvar   Qorining   shu
yigilishlaridan   birida   so’zlagan   nutqidan   ayrim   fikrlarni   keltiramiz:   «O’zbek
ziyoliy   bolalarining   Germaniyaga   yuborib   o’qitishga   juda   muxtojmiz,   bolalar
o’qib,   ilm-taxsil   olib   kelsalar,   millatiga   katta   xizmat   kila   oladilar,   degan   bo’lsa,
yana   u   boylarga   va   oksokkollarga   karata   «jamoat,   mana   bu   yosh,   usmir
bolalarimizning   Germaniyaga   borib   o’qib   kelishlari   faqat   siz   bayonlarimizning
yordami   ostida   vujudga   chikadi»   deganidan   sung   utirganlar   talabalar   uchun
yerdam pullari berishadi.
Bundan  tashkari,   Munavvar  Qori   yordamida  Turkiyada   1905  yilda  15  nafar,
1912   yilda   30   nafar   yoshlar   o’qigan.   1922   yilda   Turkiston   va   Buxorodan   70   ga
yaqin usmirlar  Germaniyaga  o’qishga  yuborilgan.  Yana  Frantsiya  va  Yaponiyada
ham yurtdoshlarimiz o’qigani ma’lum».
Munavvar   Qori   faqat   pedagoggina   bo’lib   kolmasdan   izlanuvchan,   yangi
uslubiy tavsiyalarni  ishlab  chikishga  katta xissa  kushgan va  shu bilan bir  qatorda ilmiy-pedagogik   asarlar   hamda   darsliklar   yaratgan   ijodkor   edi,   U   birinchilardan
bo’lib,   jadid   maktablari   uchun   darsliklar   yaratish   lozim   ekanligini   anglab   yetdi.
SHuning uchun ham asrimiz boshlarida « Adibi avval» , “Adibi soniy” « Yer yuzi»
«Xavoyiji diniya» kitoblarini nashr ettirgan. 1914 yilda Salim Ismoilning « Kur ь on
qiroati»   buyicha   sabok   beruvchi   «   Tajvid»   ni   o’zbekchaga   tarjima   qilib ,
Orenburgda   nashr   ettirgan.   U   badiiy   ijod   bilan   ham   shugullangan.   Ayni   davrda
matbuotlarda   e’lon   kilingan   Kamiy,   Xislat,   Sufizoda,   Hamza   kabi   shoirlarning
she’rlarini   tuplab   «   Sabzavor»   nomi   bilan   chop   ettirgan».   Edvard   Ollvortning   «
Zamonaviy   o’zbeklar»   kitobidagi   ma’lumotlariga   kura.   Munavvar   Qorining   1915
yilda   yozilgan   120   varaqdan   iborat   «Xisob»   nomli   kitobi,   yana   “Arifmetika”
darsligi ham bo’lgan.
Munavvar   Qorining   “
Xisob   Arifmetika”   darsliklari   to’g’risida   ma’lumot
deyarli boshqa joyda uchramaydi. Taraqqiyparvar bu inson uz atrofiga Toshkentlik
firkrli yoshlarni tuplaydi. Toshkentlik bir boy raisligida « Jamiyati xayriya» nomli
jamiyatni 1909 yilda tashkil etishga muyassar buladi, Bu jamiyatda Munavvar Qori
rais   o’rinbosari   vazifasini   olib   borgan.   Uning   tashabbuskorligi,   uz   atrofidagi
yoshlarni   yiga   olganligi   jamiyatni   rivojlanishiga   olib   keldi.   Birinchidan,   ja miyat
ma’rifat   yunalishida   ish   olib   borsa,   ikkinchidan,   mustaqqillik   tomon   borishga
karatilgan   edi.   Bu   jamiyat   yangi   usuldagi   maktab   va   madrasalar   uchun   yerdam
berib   turdi.   Umuman,   kambag’al   va   bechoraxol   kishilarga   moddiy   tomondan
yordam berib, ularning tarbiyasi va o’qishi uchun kumaklashdi. Munavvar Qori bu
jamiyat orkali turli toifadagi kashshox  fukaro va o’quvchilarga yordam ko’rsatish
bilan   cheklanib   kolmagan.   Doimiy   ravishda   chekka   ulkalarga   oliy   ta’lim   olish
uchun   talabalarni   yuborish   bilan   ham   shugullangan.   Bu   olib   borilayotgan   ishlar
millat,   vatan   takdirini   uylovchi   buyuk   shaxsga   xos   fazilatlardandir.   Sirojiddin
Axmedovning   ma’lumotlariga   kura,   «Jamiyati   xayriya»   tashkiloti   yordamida
Mirmuxsin   SHermuhammedov   Ufadagi   «Oliya»   madrasasida
o’qigan.Tadqiqotchining   izlanishlaridan   yana   shu   narsalar   kuzga   tashlanadiki,
Munavvar   Qori   Oktyabr   tunta-   rishlaridan   keyin   ham   xalq   ma’rifati   uchun xizmatini   ayamaydi.   U   1921   yilda   Turkiston   xalq   maorifi   komissari   lavozimida
ish-   lab   to’rgan   paytida   Toshkentda   «Kumak»   uyushmasini   tuzib.   Germaniyada
taxsil   olayotgan   o’quvchilarga   hamda   Moskvada   ta’lim   ola yotgan   Mannon
Uygurga moddiy yerdam ko’rsatadi.
Munavvar   Qori   Abdurashidxonovning   milliy   matbuot   paydo   bo’lishi   va
shakllanishida   xizmatlari   juda   katta.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,   u   1906   yil   iyun
oyida   chika   boshlagan   «Taraqqiy   «gazetasining   tashkilotchilaridan   xisoblanadi.
SHu   yilning   sentyabrida   «Xurshid»   gazetasini   chikarib,   o’zi   muharrirlik   qildi.   U
«Taraqqiy»   gazetasi   kabi   xalq   fikrlarini   uygotishga   xizmat   qildi.   Keyinrok   U
«Najot»,   «Kengash»   da   muharrir   va   ma’sul   lavozimlarda   ishladi.   Munavvar
Qorining   matbuotga   alohida   e’tibor   berishiga   bosh   sabab,   u   matbuotni   xalqni
ma’rifatli qilishdagi asosiy vosita deb bilgani edi. U o’zining ma’rifiy qarashlarini
ham   mana   shu   matbuot   orkali   targ’ib   etdi.   Milliy   matbuot   tarixida   «Sadoi
Turkiston»   gazitasining   xizmatlari   juda   katta   bo’lganki,   1914-1915   yillarda
Munavvar   Qori   o’z   safdoshlari   Ubaydulla   Xujaev,   Abdulla   Avlo niy,   Tavallo,
Abdulhamid   CHulpon,   Abdurauf   Fitrat,   Abdurauf   Muzaffarzoda,   Mirmuxsin
SHermuhammedov,   SHokirjon   Raximiy,   Nu-   shiravon   Yovushevlar   bilan
birgalikda ushbu jaridani nashr etish- di. Bu jaridada jadidlarning kuzga ko’ringan
ijodkorlari   dastlabki   faoliyatlari   bilan   elga   tanilib,   voyaga   yetganlar.   Bunda
Munavvar Qorining xizmatlari alohidadir.
Munavvar   Qori,   bugungi   kunda   ham   Markaziy   Osiyoning   kuzgusi   bo’lgan
O’rta Osiyo Davlat universiteti tashkilotchilari dan edi.
Inqilobdan sung Munavvar Qori o’rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida
Turkiston   Xalq   dorilfununing   musulmon   bo’limini   tashkil   etish   yuzasidan
komissiya  tuzdi. Unga Munavvar  Qori  rais, Burxon Xabib, Iso Tuxtaboev, Sodiq
Abdusattorov. Muxtor Bakir, Abdusami Qori Ziyaboevlar a’zo   qilib saylandilar , 22
kun   ichida   Xalq   dorilfununining   Musulmon   bo’limi   dasto’rini   tuzdilar.   U   uch
boskichdan iborat edi. 1918 yili  3 mayda dorilfununda Munavvar  Qori  rais (rek tor), Iso Tuxtaboev
birinchi,   Burxon   Xabib   ikkinchi   muovini   qilib   tayinlanadi.   Dorilfunun   13   may
1918   yil   yakshanba   kuni   (xozirgi   O’zbek   yosh   tomoshabinlar   teatri   binosida)
tantanali   ravishda   ochildi.   Dorilfununni   boshqarishda   15   ta   demokratik
tashkilotdan   45   ta   vakil   saylandi.   O’qituvchilar   soni   190   ga   yetdi.   Ular   orasida
Fitrat, Kamol SHams va boshqa kuzga ko’ringan mutaxassislar bor edi.
Munavvar Qori ovrupacha usuldagi dorilfunun tashkil etish bilan birga qator
madrasalarni   islox   xilishni   va   ularda   asosan   dunyoviy   bilimlarni   o’qitib,   milliy
ziyolilar yetkazishni taklif etdi. SHunga kura, 1923 yildan yangi usul buyicha anik
fanlar   30   ta   madrasada   o’qitiladi.   Munavvar   Qori   jamiyatning   har   bir   jabxasida
faol edi.
1923 yil 28 avgustda bo’lib o’tgan Xalq Maorif Komissarligi yigilishning 20-
sonli bayonnomasida ko’rsatilishicha, u shikoyat byurosida faoliyat ko’rsatadi.
SHu bilan bir qatorda 1923 yilning 29 aprelida bo’lib o’tgan Turkiston Xalq
Komissarlari   Kengashining   qo’shma   yig’ilishida   Munavvar   Qori   faol   katnashib,
yeshlarning jismoniy tarbiyasi va kamoloti turrisida ma’ruza qiladi.
1923 yil 14 yanvarda Xalq komissarlari Kengashining T. Risqulov raisligida
bo’lib   o’tgan   yigilishida   Vakf   bosh   boshqarmasini   tasdiqlash   masalasi   kurilgan.
Munavvar Qori ushbu xay’atining a’zosi qilib saylangan.
1920 yil Turkiston Markaziy ijroiya qumitasining VII sessiyasi bo’lib o’tgan.
Bu   sessiyada   Munavvar   Qori   Sirdaryo   viloyati   kurilish   ishlari   buyicha   boshqa
ruvchi etib tayinlangan.
Yana   shuni   alohida   aytish   kerakki,   Munavvar   Qori   o’z   ma’ri fiy   qarashlarini
teatr truppasi orqali ham ilgari surdi. U 1913 yilda ish boshlagan Turon truppasini
tashkilotchilaridan   biri   bo’lgan.   U   truppaning   tashkiliy   va   tadbiriy   ishlarida   doi
miy ravishda katnashib kelgan. Munavvar Qori teatrning xalqni ma’rifat uchun tarbiyalashdagi rolini alohida
ko’rsatib   bergani   dixxatga   sazovordir.U   xalqqa   fikrlarini   yetkazib   berish   uchun
har-xil   uxshatishlardan   foydalandi.   Teatr   taraxkiy   etgan   mamlakatning   ishlarini
misollar   orxali   tushuntirish   eng   muximi,   millatning   obrusi   va   nomusi   teatr   bilan
boglixligini   alohida   uqdirdi.   Munavvar   Qori   teatrni   «   Ulug’lar   maktabi»   deb
tasvirladi.U fikrini quyidagi so’zlar bilan yakunlaydi; «Bas, bizga bu bildiruvchi va
o’rganuvchi yolgiz teatr saxnasidir. Sa’niy nafisini tark xilmok kerakdurki, oni tark
xildiruvchi   yana   jamiyat   va   teatr   vositasida   ochilgan   milliy   maktab   va
madrasalarimizdur. SHu sababli hamiyatli yoshlarimizdan bu teatrlarga faqat uyin
masharabozlik kuz ila boqmasin. Millat va axloqjixatdan eng ibratlar bir munozara
va uluglar  uchun ochilgan foydali  bir  maktab nazari  ila boxmoxlarini  ojizona  arz
istiroxat kilur- miz». Munavvar Qorining teatrga bunday katta baxo berishi uchun
bilimlari, dunyoharashi nixoyada keng ekanligini ko’rsatadi. CHunki u yoshligidan
diniy   axidalarni   puxta   egallay   bilish   bilan   bir   qatorda,   taraxxiyot   yo’llarining
barcha xirralarini Ham o’ziga xos ravishda o’rgangan edi,
Bu   taraxxiyparvar   inson   o’zi   ma’rifat   tarkatish   bilan   bir   qatorda,   ma’rifat
uchun jon kuydiradigan ijodkorlarga keng ravishda yordam berdi. U ijodkorlarning
kitob   nashr   etishiga   ma’naviy   tomondan   juda   katta   yerdam   ko’rsatdi.   Jumladan
Hamza Xakimzodaga bunday bekiyos yordam ko’rsatganligi ma’lum.
Xullas,   Munavvar   Qorining   ma’rifatparvarlik   faoliyati   serqirra   va   bir
maqsadga qaratilgan: u insonning ma’rifatli bo’lishi zarurligi, ko’zi ochilmaguncha
vijdoni   uygonmasligi,   vijdoni   uygonmasa   na   o’zining,   na   xalqining   erkini
muxofaza   qila   olishi,   bu   iymonsizlik   ekanini   mutafakkirona   noziklik   bilan   o’z
asarlarida turli shakllarda ifoda etadi.
U har doim aytar edi: «Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar har biri
yolgiz   nodonlik   va   maorifsizlik   orkasidangina   bulronligi   har   kimga   ma’lumdir»,
Munavvar   Qorining   no donlik   va   falokatlardan   kutulish   avvalo   maorif   vositasida
bo’lishini qayta-qayta ta’kidlaydi. Munavvar   Qori   Stalinchilarning   «G’oliblar   s’ezdi»   bo’lib   o’tgan   1929   yili
qatog’onning yangi tulkini kuchaya boshlagan paytda, (GPU) tomonidan qamoqqa
olinadi.   Jiyani   Muhammadxon   Muslimxon   o’g’li   Abdurashidov   amakisini
qamoqka olingan kunni shunday eslaydi: «Uch aka uka A’zamxon, Muslimxon va
Munavvarxon   bir   xovlida   juda   inok   yashar   edik.   Xovlimiz   juda   katta   edi,   Uning
yarmida   amakim   yangi   usuldagi   maktab   ochib,   bolalarni   o’qitgani   esimda.
Amakim   ochgan   bunday   maktablar   faqat   bizning   xovlimizdagina   emas,   balki
maxallada   ham   bo’lgan.   Ular   «Muxtoriyat»,»Birinchi   may»   kabi   nomlari   bi lan
atalgan.   Amakimlarning   katta   xotinlari   Muborakxon   opokidan   ikki   o’g’il   bo’lib,
ular   yoshligida   vafot   etib   ketgan.   SHundan   sung   amakim   ikkinchi   xotini
Lazizaxonga   uylandi.   Ulardan   farzand   bulmagan.   Esimda   bor   1929   yil   noyabri
bo’lsa   kerak,   erta   tongda   xovlimizga   GPU   ning   kurollangan   xodimlari   devordan
oshib   kirdi.   Ulardan   bir   necha   kishi   hech   kimni   xovlidan   tashqariga   chiqarmay,
xatto   xojatga   borganlar   orxasidan   ham   kuzatib   turdi.   Boshqalar   esa   uyda   tintuv
o’tkazib juda kup ruznoma, kitob. kulyozma va rasmlarni xoplarga solishdi, Tin tuv
erta tongdan namozi asrgacha davom etgandi». Muhammadxon ushanda 10 yoshda
bo’lgan,   Munavvar   Qorining   karindosh   -   urug’lari   ham   qatog’ondan   chetda
qolmagan edi.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   utmishdagi   har   bir   tarixiy   davrda   xalq
ommasi  va  jamoatchilikning  o’z  ma’naviy  otasiyu  pirlari  hamda   ijtimoiy-siyosiy,
ma’rifiy  yo’lboshchilari  bo’lgan. Bunga  ona  tarix guvox.  El,  Vatan taxdiri  uchun
jon   fido   qilgan,   uning   istiqlol,   mutaxilligini   dil-dilidan   orzu   qilgan   va   bu   orzuni
amalga   oshirish   maslagidan   bir   xadam   ham   chekinmagan   buyuk   mutafakkir
Munavvar   Qori   Abdurashidxonov   asrimiz   boshlarida   mustamlaka   iskanjasidan
ezilgan elimiz xalbiga ma’rifat, ozodlik va erk no’rini olib kirdi.
Munavvar   Qori   Abdurashidxonov   Rusiyaning   mustamlaka   va   mustabidlik
zulmi   davrida   xalq   farzandi   sifatida   buyuk   taraqqiyparvar,   madaniy   taraqqiyot,
ijtimoiy-siesiy harakat-miliy istiqlol kurashining raxbari bo’lib yetishdi. Munavvar
Qori   sharqona   islomiy   va   ovrupacha   dunyoviy   ilmlar   nuridan   baxramand   bo’lib voyaga   yetdi.   U   Turkiston   ulkasining   iktisodiy   va   mada niy   taraqqiyot   yo’liga
kirishida,   musulmon   bolalariga   darsviy   bilimlar   berishning   birdan-bir   yo’li   eng
avvalo mavjud eski maktab va madrasalarni islox qilish, yangi maorif tarmoklarini
yaratishda deb tushungan holda yangi usul maktablarini ochishga axd xildi.
El murabbiysi Munavvar Qori har bir xalqning millat si fatida shakllanishining
birinchi   belgisi   mazkur   xalqning   o’zligini   tanishi   va   o’zini   ximoya   qilish
tuygusining   uygonishi,   milliy   kadriyatlarini   saklash   va   taraqqiy   ettirishda
ekanligini   qayta-qayta   ta’kidlaydi   va   shu   yo’lda   turli-tuman   jamiyat   hamda
ushmalarni vujudga keltirish zarurligi xaqida uyladi.
Uning   raxbarligida   «Turon»   jamiyati   tuzildi.   Bu   jamiyat   ishida   Munavvar
Qori boshchiligidagi Abdulla Avloniy, Ubaydulla Xujaev, Komilbek va Karimbek
Nurbekovlar, Toshpulat Norbutabekov kabi xur fikrli ziyolilar faoliyat ko’rsatdilar.
O’zbek   milliy   matbuotini   vujudga   kelishi   ham   bevosita   Mu navvar   Qorining
faoliyati bilan uzviy bog’lanadi. U milliy matbuotimizning ilk namunalaridan biri
bulmish   «Xurshid»   gazetasini   nashrdan   chiqardi.   Keyinrok   «Najot»,   “Kengash»,
«Osiyo», «Xurriyat», «Turon» gazetalarida bosh muharrir, «Sadoyi Tur kiston» da
esa   bo’lim   muharriri   bo’lib   xizmat   qildi.   O’zbek   xalqining   ma’naviy   hayotida
ayniksa   «Sadoyi   Turkiston»   gazetasining   faoliyati   muxim   ahamiyatga   ega.
Munavvar Qorining tarix va xalq oldidagi xizmatini kulami bexad keng qamrovli,
Ozodlik   kurashida   xalqning   ma’na viy   otasi   darajasiga   kutarilgan   inson   hayotini
o’rganish,   uning   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy,   ma’rifiy   merosini   tulaligicha   xalqka
yetkazish   savobli   ishdir.   Munavvar   Qori   ma’rifatparvarlik   faoliyatida   o’zining
yetuk   taraqqiyparvar   insonligini   ko’rsatdi.   U   millatchi   ham,   islomparast   ham
turkparast ham emas edi. Munavvar Qori keng qamrovli ma’rifatparvar edi.
2 Munavvar Qorining maktab ta’limi xususidagi qarashlari eng avvalo yangi
usulda   tashkil   kilingan   maktablar   hamda   darsliklarda   o’z   askini   topganligini
ko’ramiz.   Yangi   usul   maktablarida   har-xil   toifa   boy   va   kambagallarning   bolalari
birday   O’qish   xuko’qiga   ega   bo’ldi.   Tur kistonda   yangi   usuldagi   maktab   soni ayniksa   1905   yildan   keyin   tez   kupaydi.   Ayni   paytda   matbuot   saxifalarida   usuli
jadid   maktablari   to’g’risida   fikrlar   tez-tez   e’lon   qilina   bordi.   Tabiiyki,   chor
general-gubernatorligi   yangi   usul   maktablarini   ochik   yuz   bilan   kutub   olmadi.
CHunki   jadidlar   tezlikda   savod   o’rgatib,   mustamlakachilikdan   kutilish
muammolarini   turli   yo’llar   bilan   tushunturmokda   edi.   «Turkiston   viloyatining
gazeti»,   saxifalarida   jadid   maktablariga   qarshi   fikrlar   tez-tez   berib   turildi.
Jumladan gazeta saxifalaridan birida shunday fikrlar beriladi. «Usuli jadid «degani
kaerdan chikdi. Bu nechuk? Masalan: ota-bobolarimiz usuli qadim ila ukub mullo
bo’lganlar va biz ham usuli qadimni ukub bir nima bilib edik. Usuli jadid degan bir
tarnoy bid’atturki, yaqin fursatda chikmishdur.»
Ayni paytda shu gazetani 1908 yil yilgi saxifalaridan bi- rida shunday fikrlar
bor: « Usuli  jadid nadur?», usuli jadid yangi  usul damakdir. Yangi usul deganda,
usuli   e’tikod   va   ibratda   yangilik   demak   emas,   balki,   sung   zamonlarda   xalqni
fakirligi   sababli   bik   xizgonch   bir   holda   tushgan   maktab   va   madrasalarimizning
kerak idorasini va kerak ta’lim tadris kayfiyatlarini isloh etmokdan iboratdir.
Munavvar   Qori   jadidlar   koralanaetgan   bir   paytda   mazkur   maktablar   va
ma’rifiy harakat to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi: «Jadidchilikka xanday
baxo berish to’g’risida kuyi-  dagi asoslarni  keltiraman:  Jadid maktabi xay vaqtda
va  kimlar  qo’li   bilan  vujudga  chiqdi?  Mana   buni   tekshirish  uchun   20  yil  ilgariga
qarash   albatta   lozim.   Xozirgi   paytda   o’rta   ma’lumotga   ega   bo’lgan   kishilar
Moskov va boshqa joylarga borib uxishni xavas qilsa, avvallari savodi chiqqan har
bir kishi Yeuxoroga borib o’qishni o’zi uchun bir sharaf deb bilar edi. CHunki ular
ilmni   faqat   dingina   deb   bilar   edilar.   Muxit   ham   shuni   takozo   kilar   edi.   Jadid
maktabi   tashkil   kilgonlar   ham   eski   maktab,   Madrasa   va   Qorixonalar   yetishtirgan
kishilar   edi.   Ular   yelgiz   Bogchasaroyda   chikadurgon   Ismoil   Gasprinskiyning
maktabini yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar. Ko’rinayaptiki, taraxxiyparvar Munavvar Qori jadidlar xoralanayotganda ham
ularga ayni paytdagi xolatdan kelib chixib baxo berish zarurligini aytadi. CHunki
ayni paytda yangi usuldagi maktablar ayni vaqtda zarur va lozim edi.
Yangi usul maktablarini faqatgina chor xukumatigina emas, chor xukumatiga
sodiq   bo’lgan   maxalliy   mutaassib   ruxoniylar,shu   bilan   bir   qatorda   eski   maktab
domlalari,   «usuli   qadim»   ta-   rafdorlari   ham   yoktirmas   edi.   Ular   yangi   usul
maktablarini «Islom diniga raxna uradi», bu maktablarning muallimlari kofir, deb
tashviqot   olib   borganlar.   Maxalliy   mutaassib   dindorlar   yangi   usul   maktablarini
koralashda va ularni tugatishda chor amaldorlariga yordam berib to’rganlar, yangi
usuldagi jadid maktabi muallimlarini yomonlashdan o’zlarini tiymaganlar.
1908 yillarga kelib, Turkiston ulkasida yangi usuldagi maktablar soni kupaya
bordi.   CHor   xukumati   ham   ularni   zurlik   bilan   bekitishga   kurbi   yetmay   koldi.
Aksincha   Turkiston   ulkasiga   yangi   usuldagi   maktablar   ochish   uchun
muallimlarning   ruxsat   surab   yozgan   arznomalari   kupayib   bordi.   Xatto   jadid
maktabla rini   ochish   ta’njlab   kuyildi.   1910-19»   yillar   oraligida   chor   amaldorlari
yangi   usuldagi   maktablarning   50  dan   ziyodini   yopib   kuydi.  SHunga   karamasdan,
fidoyi   taraqqiyparvar   muallimlar   sa’y-harakati   tufayli   «usuli   jadid»   maktablari
yanada kupayib bordi. Y. Abdullaevning ma’lumot  berishicha  «19» yil  31 iyulda
Turkiston   general-gubernatori   maxkamasiga   bergan   ma’lumotiga   kura,
Toshkentning   eski   shahar   kismida   16   ta   yangi   usul   maktabi   bo’lgan.   Keksa
kishilardan   surishtirib   ashvdtashimizcha,   1917   yil   arafasida   Quqonda   24   ta
(Besharik va Bogdoddagi yangi usul maktablari ham shu xisobga kiradi), Andijon
shahri   hamda   shahar   atrofidagi   kishloklarda   34   ta   yangi   usul   maktabi   bo’lgan».
Turkistonda yangi usul  maktablarining alohida yagona dasturi bulmagan. Jadidlar
taraqqiy   etgan   musulmon   mamlakatlari   mak tablari,   Ismoil   gasprinskiyning   usuli
jadid   maktabini   o’rganishlari   natijasida   va   o’zlari   ijodiy   ravi щ da   maxalliy
sharoitga   moslab   o’quv   ishlarini   olib   borganlar.   Ular   «usuli   jadid»   maktablari
uchun darsliklar kam bo’lganligi tufayli o’zlari darsliklar yozganlar. Yangi   usul   maktablarida   ta’lim-tarbiya   «usuli-
xadim»   maktablariga   qaraganda juda yaxshi yo’lga kuyilgan edi. Bu maktab- larda
din   darsi   ham   inkor   kilinmay,   aksincha,   chuqur   Urgatil-   gan.   Jumladan,»Tarixi
anbiyo», «Turkiy akoid». «Sabotul ojizin», «Islom tarixi» Kur ь on» ning uqilishi -
qiroati,   «Tajvid»   nomli   kitoblari   vositalarida   darslar   utilgan.   Mu navvar   Qorining
«Xavoyiji diniya» kitobi ham alohida darslik sifatida qo’llanilgan.
Turkistonda   yangi   usul   maktablari   ikki   boskichdan   iborat   bo’lgan.   Birinchi
xismi   ibtidoiy,   ya’ni   boshlang’ich   deb   nomla-   nib,   4   sinfdan   iborat   bo’lgan.
Ikkinchi   xismi   3   yeki   4   sinfni   o’z   ichiga   olgan.   Bu   xismi   rushadiy   “o’rta”   deb
nomlagan. Yangi usul maktablarida asosan bepul uxitilgan. Bu maktablarda asosan
o’g’il   bolalar   o’qigan.   Ammo   Toshkent,   QUQON,   Kattaqo’rg’on   kabi
shaharlardagi   «   usuli   jadid»   maktablarida   kiz   bolalar   uchun   ham   maxsus   sinflar
tashkil kilingan. Xatto qiz va o’g’il bolalar birga o’qiydigan sinflar ham bo’lgan.
Munavvar Qori 1890 yilda, 22 yoshida Toshkentning xozirgi Mirobod bozori
yaqinida   ,   1907   yilda   SHayxontoxur   daxasidagi   o’z   uyida   jadid,   ya’ni   yangi
maktab   ochadi.   Mazkur   maktab   va   un-   da   tashkil   etilgan   ta’lim-tarbiya   ishlari.
uxitish   uslubi   o’z   mazmuni   va   xususiyatiga   kura   butunlay  yangi   va  ilg’or   bo’lib,
tez   orada   millatni   madaniy   ma’rifiy,   ijtimoyi-siyosiy   va   oxir-okibatda,   ixtisodiy
taraxkietga   olib   chikaruvchi   juda   katta   omil   hamda   imkoniyatlarga   ega   buladi.
Maktabda o’qituv- chilar  yozish,  uxishni  bilishi  va jismoniy soglom  usishi  uchun
partalarga   o’tkazilgan,   uxitish   kurgazmali,   urgatiladigan   bilim   va   fan   asoslari
amaliy   xususiyatga   ega   bo’lgan,   ya’ni   kasb-xunarga   hayot   uchun   zarur   bo’lgan
talablarga yaqinlashtirilgan.
Xaqiqiy   insonparvarlik,   o’zaro   xurmat   va   demokratik   tamoyillar   diniy   va
dunyoviy bilimlar Munavvar Qori maktab tuzilishi asosini tashkil etadi.
Munavvar Qori jadid maktabi ta’lim-tarbiya uslubiy ishlarini takomillashtirish
bilan   cheklanmaydi.   U   butun   o’zbek   milliy   xalq   maorifining   butunlay   yangi,
mukammal, zamonaviy  boshlangich  (ibtidoiy),  umumta’lim, o’rta  maxsus   va oliy ta’lim   tarmoklari   majmuiga   asos   soldi.   U   o’z   dasturida   bolalarni   har   tomonlama,
ham   akliy,   ham   jismoniy,   ham   estetik   bir   butun   uygunlikda   bilimlarni   hayotda
bevosita qo’llashga o’rgatishga alohida e’tibor beradi.

Mavzu: Munavvar Qorining maorif tizimidagi faoliyati Reja 1. Munavvar Qori Abdurashidxonov hayot yo’li 2. Munavvar Qori Abdurashidxonovning ma’rifiy faoliyatlarda yetakchilik o’rni 3. Munavvar qori abdurashidxonovning yangi usul maktablarida ta’lim- tarbiyaning takomillashuvidagi pedagogik faoliyati.

Ma’naviyatimiz tarxida shunday insonlar borki, ular uz faoliyatlarini xalq manfaatlari yo’liga baxshida etgan. Ular vatan, ozodlik, millat yo’lida xatto uz jonlarini ham ayamaydilar. Bunday insonlar bir umr kelajak uchun, xalq farovonligi uchun kurashdi. Ushbu zotlarning xizmatlari xalq dilida asrlar osha saklanib koladi. Mana shunday insonlardan biri, ma’rifatparvar. axlokshunos, jug’rofshunos, pedagog, shoir, siyosatchi Mu navvar Qori Abdurashidxon o’g’lidir. Munavvar Qori tavallud topgan davr mustamlakachilik siyosati avjiga chiqqan bir payt edi. Abdurashidxon Sotiboldixon o’g’li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi. Uning otasi Abdurashidxon Mudarris, onasi Xosiyat otin bo’lgan. Munavvar Xosiyat otinning uchinchi farzandi edi. Akalari A’zamxon va Muslimxonlar ham uz davrining ziyoli kishlaridan bo’lgan. Ularning birlari maktabdor domla, ikkinchilari ruxoniy kishi edi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta’kidlashicha, ba’zi manbalarda «Munavvar Qori Abdulmajidxon o’g’li» deyilgan, yozilmada uning bobolari bilan boglik ekanligi ayti- ladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida yetim qolgan. Unga dastlab tarbiya va ta’limni onasi Xosiyat otin bergan. U xat savodni ham avvalo onasidan o’rgangan. Ayni paytda yirik maktabdorlardan xisoblangan Usmon domla ismli kishi kulida o’qidi. Yana bilimlarini oshira borib, Toshkentda joylashgan Yunusxon madrasasida taxsil oladi, O’rta Osiyoda ayni paytda ilmning markazi Buxoro xisoblanar edi. Buxoro madrasalarida diniy va ba’zi dunyoviy ilmlar ham urgatilgan. Munavvar Qori ham yuqori ilmlardan baxramand bo’lish maqsadida Buxoroga boradi. Bu 1898 yilda edi. SHu yildan boshlab Buxoro madrasalarining birida taxsil kura boshlaydi. Ammo tez utmay Munavvar Qori Toshkentga qaytadi. Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan. Munavvar Qori yeshligidan diniy ilmlarni puxta o’rgangan Buxoro sabori uning bilimlarini yanada mustaxkamladi. Buxorodan tezda qaytgach, Toshkent Darxon masjidida imomlik bilan shugullana boshladi. Imomlik qilayotgan paytda

ham u Turkiston xalqini savodsiz holda yashayotganligini chuxur anglar edi. Yuqorida aytilganidek Ismoil Gaspralining g’oyalari Toshkentda ham tarqalgan edi. Munavvar Qori birinchidan Turkiston xalqining mustamlakachilikdagi hayotidan ta’sirlangan bo’lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musurmon mamlakatlaridan kirib kelayotgan matbuotlardan o’ziga kuvvat oldi. «Toshkent ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa kushib, uning yo’lboshchilaridan biriga aylandi. Amerikalik olim, O’zbek ma’rifat va madaniyatining targ’ibotchilaridan biri Edvard Ollvort o’zining «Zamonaviy o’zbeklar « kitobida Munavvar Qorining Turkiyada ta’lim olganligini ma’lum qiladi. Ayni paytda Bogchasaroyda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasini Munavvar Qori ixlos bilan o’qir edi, Bundan tashhari, “Vaqt” va «Yulduz», «Siroti Mustakim» kabi matbuotlari bilan ham tanish edi, Munavvar Qori bu matbuot saxifalaridan ulkadagi ahvolni qanday qilib yaxshilash kerak degan savolga javob axtara boshlaydi, SHu bilan birga, kunglida isloxotparvarlik fikrlari turila boshlagan edi. CHunki eski uslubdagi o’quv ishlari tamomila eskirgan bir xolatda turardi. Bu paytda Munavvar Qori kabi taradayparvarlarning zimmasida xalq pedagogikasini yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish Munavvar Qori kabi taraqqiyparvar kishilar tomonidan boshlab yuborildi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Mu navvar Qori 1901- 1904 yillarda Krimlik do’sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya» maktabini ochadi». Munavvar Qorining» usuli jadid» maktabini ochilgan yili to’g’risida yana bir misolni keltirishni lozim to- pamiz.E.Fyodorov «O’rta Osiyoda milliy inkilobiy harakat tarixi «nomli kitobida ma’lumot berishicha, jadid Bexbudiy Samarkandda birinchi marta yangi usul maktabini ochgan. Munavvar Qori Abdurashidxonov ham 1904 yilda Toshkentning Zeki shaharida shunday maktab ochgan. Munavvar Qori yangi usuldagi maktabini dastlab o’z xovlisida ochgan, keyinchalik boshqa joylarda ochish uchun keng hara- katni boshlab yuborgan, Bu yillarda uning yaqin tsarindoshlari kumakdosh bo’ldilar. Bu turrida M,

Muhammadjonov o’zining «Turmush o’rinishlari» kitobida keng ma’lumotlar beradi:»SHayx Xona- vand Taxur daxalik Mirza Dadaxujaboyning mexmonxonasida mak tab ochib, bir-ikki yildan beri Abdusami Qori degan bir kishi bilan bola o’qitib turmokda bulgonini aytdilar. Borib kurdim. Bolalarning uxishlarini sinf- sinflarida yurib kurib chikdim. Xozirda 4 sinf boshlang’ich ibtidoyi maktab bo’lib, yaxshigina tartiblik: parta, qora taxtalar, yer yuzi bulaklarining qisqacha ham butun haritalari bor ekan. Bu yangi tartiblik maktablarning Toshkent shahrida bo’lib ketishiga bi rinchi sabab Munavvar Qori bo’lib, barchasining progromini shul tuzub bergan». Ushbu keltirilgan fikrdan kup narsalarni anglab olish mum kin. Lemak, Munavvar Qorining dastlab ochgan maktabi 4 sinfdan iborat bo’lib, turli zamonaviy fanlar ham uxitilgan. U yangi usuldagi maktabda utsitishdan maqsadi, birinchidan, xalqni savodli xilish bo’lsa, ikkinchidan, xalqni mustaqqillik uchun kurashga xozirlaydigan ma’rifat xona ochish edi. Munavvar Qori «usuli jadid» maktabini tashkil qilish bi lan birga, xalqni tarribot xilishga ham undadi. Jaxolatda xolgan xalqni yangi usuldagi maktablar orkali kutkarish yo’llarini uyladi. SHu jixatdan olib haraydigan bo’lsak, Munavvar Qorining matbuotda dastlabki chixishlari ham e’tiborga molik. U 1906 yildan ch щ a boshlagan « Taraqqiy « gazetasini faol tashkilotchilaridan biri edi. Munavvar Qori ushbu gazetani bi- rinchi sonida Munavvar Qori Ibn Abdurashidxon ismi bilan « Bizning jaxolat jaxli murakkab» nomli ma’rifatparvarlik ruxdagi makolasini e’lon qildi. Bu makola Munavvar Qorining ma’rifatparvarlik qarashlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Muallif bu makolani jadidlarning tungich gazetasi Taraqqiy « ning birinchi sonida e’lon qilishi bejiz emas. Taraqqiypar- varning «Bizning jaxolat» makolasi «Taraqqiy» gazetasining birinchi sonida bosilib, uning dasto’rini belgilaydi. Makola quyidagi tarzda boshlanadi: «Har millatning maktab va madrasasi uldugi kabi bizning ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul ulsa ham yo’q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiya va ta’lim ilmida ko’rsatgan gayrat

va ximmati kabi bizlarda ham uz mas’um avlodlarni jaxolat va gaflat zulmatida kolmogiga hech bir rizolari ulmay qo’llaridan kelgancha ta’lim va tarbiya avlodda kusurlik ko’rsatguvchi zotlar mavjuddurlar». Muallif makolada ikki davrni davriy solishtirish orkali ayni paytdagi axvolni ko’rsatib beradi. Birinchidan «Darsga nima uchun kelganini bilmay, ilm va maorifga aslo ragbat kil- may, jonidan shirin bolalarini kuchaba - kucha kezdirub, bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashini bndiruvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur» deb ilmga ragbat qilmayotgan insonlarning kiefasini ko’rsatsa, ikkinchidan ilm va ma’rifatni to’g’ri anglaydigan qanday bulmasin farzandlarni kelajak taraqqiyoti uchun ilmli qilish kerak degan insonlarning kiefasini tasvirlaydi. Munavvar Qori xalqni ma’rifatga chaqirishga murojaat usulidan foydalanadi.Uning so’zlaridan vatanga, xalqiga va millatiga bo’lgan tuygusi jush urib turadi. u Xoy vatandoshlar! Diqqat, nazar ila boqing»- deb muallif fikrni berishdan avval o’quv chini maqsadiga dikkat bilan e’tibor berishga chaqiradi. ushbu makolada ilm va uning foydasi hamda amaliy kimmati to’g’risida fikrlar birdiriladi. Muallif makolada xalq iboralaridan keng foydalanadi. Masalan, eski davrdagi ta’lim va tarbiya to’g’risida gapirib «Eshakiga yarashur tushovi « degan makolani ishlatadi, Bunda Munavvar Qori birinchidan savodsizlikni nazarda tutsa, ikkinchidan taraqqiysizlikni ham nazarda to’tgan. Munavvar Qori bu makolada yaktablardagi fanlarni o’qitishga alohida e’tibor beradi. U maktablarda faqat Fuzuliy , Navoyi, Xuja Xofiz, Bedillar kabi buyuk ijodkorlarni o’qitish bi lan birga ayni paytda ilm qiroat, masoili e’tikodiga, masoili ilmiyat, ilmli xisob kabi fanlarni o’qitilishini alohida ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, ustoz shoirlarning ijodini o’qitish bilan birga , k щ oridagi aytgan fanlar ham qo’shib o’rgatilsa, foydadan xoli bo’lmaydi. Munavvar Qori maktablardagi o’qituvchilarning ham savodli kishilar bo’lishini istaydi. Ayni davrda ayrim uxituvchilarning uzlari ham hech narsa bilmasliklarini Munavvar Qori jaxolat deb tasvirlaydi. Munavvar Qori Fuzuliy, Navoiy, Xuja Xofiz, Bedillarning kitoblarini dastlabki savod urgatuvchi darslik sifatida qo’llab bulmasligini aytadi: «Vaxolanki