MUZEYLARNING O‘QUV-TARBIYAVIY ISHLARDA TUTGAN O‘RNI
MUZEYLARNING O‘QUV-TARBIYAVIY ISHLARDA TUTGAN O‘RNI REJA: 1. O`zbekiston tarixi muzeyi 2. Muzey turlari 3. Muzey zallarida 4. O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish
O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o`rni va axamiyati kattadir. U moddiy va ma`naviy madaniyat yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga oid materiallarni to`playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o`rganib taxlil qiladi, natijalarini esa ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi. Yig`ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy ta`lim-tarbiya ishlarini olib boradi. 1. O`zbekiston tarixi muzeyi o`tmishi haqida bir necha so`z M. T. Oybek nomidagi O`zbekiston tarixi muzeyi Turkistonning mashhur olimlari va jamoat arboblarining harakati bilan va bevosita rahbarligi hamda yordamida 1976 yilda tashkil etilgan. O`zbekiston va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko`pdan buyon olimlarning diqqatini o`ziga jalb qilib kelardi. XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv ishlari olib borildi. Bu sohada P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. A. Jukovskiy, V. V. Bartol’d, M. S. Andreev, V. L.,Vyatkin, A. A. Divaev, L. A. Zimin, V. A. Kallaur, E. F. Kal’, B. N. Kastal’skiy, A. L. Kun, N. P. Ostroumov, N. N. Pantusov, A, A. Semyonov, E. T. Smirnovlar to`plagan materiallar O`zbekiston (Turkiston)ning qadimiy yodgorliklarini hisobga olish, ta`riflash va tekshirish ilmiy muassasalari: Imperator arxeologiya komissiyasi, Rus arxeologiya jamiyatining SHarq bo`limi, shuningdek, 1903 yil aprelda tashkil qilingan o`rta va SHarqiy Osyyo tarixiy, arxeologiya, lingvistika va etnografiya jamiyatlarining qimmatbaho materiallari hamda rus havaskor kollektsiyachilari: Barshchevskiy, Vyatkin, Dobrosmislov, Kastal’skiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslovskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov va boshqalar to`plagan ko`pdan-Ko`p ajoyib materiallar bu muzeyning asosiy fondlarini tashkil etadi. Muzeyini tashkil qilishda A. P. Fedchenko faol ishtirok etgan. U tabiiyot antropologiya va etnografiyaga oid materiallar to`plagan. Bu materiallar dastlabki eksponat sifatida muzeyga qo`yilgan. Fedchenko vafotidan so`ng bu ishga N. A. Severtsev, I. V. Mushketov, V. F. Oshanin kabi mashhur rus olimlari katta hissa qo`shdilar. Birinchi mahalliy arxeolog Akrom polvon
Asqarovning xizmatlari ham kattadir. Akrom polvon Asqarov o`zi to`plagan juda ko`p ajoyib yodgorliklar (faqat tanga-chaqalardan 15 mingdan ko`prog`ini mana shu muzeyga topshirgan) muzey fondini ancha boyitgan. Umuman, bu muzeyning ochilishi va uning faoliyati o`lkaning madaniy hayotida muhim voqea bo`ldi. Muzey eksponatlari xalqaro ko`rgazmalarda namoyish qilindi, unda tuzilgan kataloglar esa hozircha o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Asrimizning boshlarida, ya`ni 20- yillardan keyin bu muzey haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga bo`lib qoldi. Muzey jamoasi O`zbekiston xalqlarining qadim zamonlardan buyongi tarixini o`rganish yuzasidan ilmiy tekshirish ishlari olib bormoqda. Muzey fondi respublikaning hamma viloyatlariga yuborib turiladigan arxeologiya, etnografiya ilmiy safarlarining materiallari bilan doimiy ravishda boyitilmoqda. Hozirgi vaqtda muzeyda 40 mingdan ortiq arxeologiyaga oid eksponatlar, 44 ming qadimgi pul nusxalari, 10 mingdan ortiq turli-tuman etnografiyaga oid buyumlar, 2 mingdan ortiq noyob yodgorlik buyumlar mavjud. Muzey fondidagi materiallar orasida qo`shni respublikalar — Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistonga taalluqli ma`lumotlar ham ko`p. Muzeyda asosan materiallarning asl nusxalari, shuningdek, maketlar, badiiy va grafik tasvirlar, chizmalar, diagrammalar, rasmlar qo`yilgan. eksponatlar orasida noyob narsalar ko`p. 1917 yildan keyingi davr xronologik ravishda 1965 yilgacha ko`rsatilgan. Muzey 1967 yilda XIX asr ning me`morchilik yodgorliklaridan biri hisoblangan binoga ko`chdi. Bu binoda 1919 yilda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Turkiston ishlari bo`yicha komissiyasi (Turkkomissiya) ishlagan edi. Bu binoda 45 ta zal bo`lib, ularda 7 mingdan ortiq eksponat joylashtirilgan. 2. Muzey turlari Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo`lib, birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o`zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy hamda ta`lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib
boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (masalan, O`zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o`quv turidagi" muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan kollektsiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yo`nalishiga bog`liqdir. SHuningdek, turli fan sohalariga bo`lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko`proq ma`lum bo`lganlari yoki faqat o`sha sohd mutaxassislarigagina ravshan bo`lgan ma`lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud. Masalan, Toshkentdagi M. T. Oybek nomli O`zbekiston tarixi muzeyini, Tasviriy san`at muzeyini Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyini, Turkiston Harbiy Okrugi muzeyini, Tabiatshunoslik muzeyini ko`pchilik omma yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy, memorial, regional, san`atshunoslik, texnik muzeylarni ko`proq o`sha soha mutaxasisslari biladilar. Bulardan tashqari yana Toshkentda murakkab va kompleks sohali muzeylar xam mavjud. Toshkentdagi mavjud muzeylar o`zbek va boshqa qardosh xalqlar tomonidan tashkil etilgan turli-tuman sohalarning uzoq o`tmishdan to hozirgi kunga qadar bo`lgan rivojlanishini ko`rsatish bilan bir qatorda, O`rta Osiyo xalqlarining, shu jumladan, o`zbek xalqining ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm davridagi hamda 1917 yilgacha bo`lgan davrdagi hayot yo`lini aks ettiruvchi eksponatlar bilan birga to`ntarishdan keyingi Turkistonda Sho`rolar hokimiyatining o`rnatilishiga doir, fukarolar urushi xalq xo`jaligini qayta tiklash, mamlakatda elektrlashtirish rejasining amalga oshirilishiga doir materiallar ham muzey eksponatlari ichida joy olgan. 3. Muzey zallarida Muzey zallari tomoshabinlarni O`zbekiston tarixi muzeyi ekspozitsiyasida bo`lgan moddiy madaniyat yodgorliklari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Muzey fondlari asosan to`rt katta davrga bo`lingan bo`lib, ular quyidagicha nomlangan: «Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davri», «Feodalizm davri», «Turkiston chor Rossiyasi tarkibida» va nihoyat to`rtinchi bo`lim «O`zbekiston tarixining 1917 — 1990 yillardagi davri» deb nomlanadi. Ibtidoiy
jamoa va tsuldorlik tuzumi davri deb nomlangan birinchi bo`lim ibtidoiy jamoa odamlarining yashagan makonlariga ta`rif berish bilan boshlanadi. Ibtidoiy odamlar chaylalarda, g`orlarda yashaganlar. 1938 yilda Boysuntovning Teshiktosh g`orida (Surxondaryo viloyati) qadimiy tosh davri (must’e davri)da odam yashaganligi aniqlandi. G`orning ichi keng, balandligi 21 metrcha keladi. G`or ichida gulxan qoldiqlari, toshdan yasalgan mehnat qurollari, yovvoyi qush va hayvonlar — ayiq, kiyik, tog` echkisining suyaklari topildiki, bu hol Teshiktoshda yashagan odamlar ovchilik bilan kun kechirganliklaridan dalolat beradi. YUqoridagi ta`rifga binoan Teshiktosh g`ori (maketi) qo`yilgan. Teshiktosh g`oridagi chuqurda 8 — 9 yashar bolaning skeleti topilgan. Qabr atrofida tog` echkisining shoxlari yotgan ekan. Mashhur antropolog-haykaltarosh M. M. Gerasimov suyak tuzilishlariga qarab bolaning haykalini yaratdi. Bolaning bosh suyagi juda siqiq, peshanasi yaydoq, past, qosh-qovog`i osilib turadi. CHaynash muskullari baquvvat, iyagi tekis. Bosh suyagining holati va bukchaygan qomati qomati o`sha vaqt odamining xali qaddini rostlab yurishga odatlanmaganidan dalolat beradi. U o`z qiyofasi bilan Evropada yashagan neandertal’ turidagi odamlarga juda o`xshaydi. Qadimgi odamlarning tirikchiligi asosan ovchilik va yig`uvchilik bilan kechgan. O`lar tog` echkisi, yovvoyi ot, ayiq,qoplonlarni ov qilishgan. Ov ko`p odam ishtirokini talab qilganidan ibtidoiy odamlarni jipslashtirgan. YAralangan yirtqich h.ayvon bilan olishuvda ko`pincha odamlar halok bo`lganlar. O`ljani birga baham ko`rganlar, ortig`ini ehtiyot qilib qo`yganlar. Ayollar yig`uvchilik — meva-cheva terish, ildiz kovlash bilan shug`ullanganlar, mehnat qurollari tayyorlaganlar. «Ibtidoiy odam sinantrop ovda. eramizdan 600 — 400 ming yil ilgari» deb nomlangan maket xuddi jonliday qilib ishlangan. T. Sodiqov tomonidan chizilgan «Malika TO`maris