logo

Tarbiyaviy ishlar jarayonida Mirzo Ulug'bek ma'naviy merosining tutgan o'rni. 33v

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

185.5 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
“TARBIYAVIY SIHLAR METODIKASI” FANIDAN
“TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA MIRZO ULUG'BEK
MA'NAVIY MEROSINING TUTGAN O'RNI”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI Mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida Mirzo
Ulug'bek ma'naviy merosining tutgan o'rni.
Reja:
Kirish
I-bob. Mirzo  Ulug'bek Muhammad  ibn  Shohrux ibn Temur  Ulug'bek
Ko'ragon- Temuriylar davlatining  hukmdori, buyuk o'zbek munajjimi
va matematigi.
1.1. Mirzo Ulug'bekning hokimiyatga kelishi va boshqaruv usuli
1.2.     Mirzo   Ulug'bekning   pedagogik   g'oyalari   va   ma'rifatparvarlik
xizmatlari
II-bob. Mirzo Ulug'bekning ilmiy maktabi.
2.1.  Ulug'bek davrida maktab islohoti.
2.2.     Mirzo   Ulug'bekning   qomusiy   olim   sifatida   ilm-fan   rivojiga
qo'shgan bebaho hissasi.
  Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati KIRISH
  Mavzuning   dolzarbligi:     Ma’lumki,   odamzodga   ato   etilgan   eng   oliy
ne’mat   hisoblangan   farzan   bu     millat   boyligi.   Chaqaloqning   tashrifi     ila
xonadonimizga     nur,   oilamizga   baxt,   kelajagimizga   umid   va   ishonch   kirib
keladi. Darhaqiqat, farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir.
Ko’zimizning   oqu   qarosi   bo’lgan   dilbandlarimiz   har   doim   ardog’imizda   ekan,
biz   olamga   ular   nigohi   bilan   qarashga   intilamiz.   Har   bir   harakati   va   imo-
ishoralari   orqali   ularni   anglashga   urinamiz   va   albatta,   buning   uddasidan
chiqamiz. Lekin bolalik dunyosidan uzoqlashgan kattalarning   bu olamga qayta
kirib   kelishlari   qiyin   kechadi.   Bolalar   bilan     muloqot   paytidagina   bu   olam
mo’jizalaridan bahramand bo’lish mumkin. Lekin biz kattalar o’zimiz bilmagan
holda   bu   mo’jizalarni   ko’rish   va   ulardan   bahramand   bo’lishdek   baxtdan
qochamiz va bu ishni begonalarga topshiramiz.
Shunday daryolar borki, ularni tezoqar va o’zgaruvchan deya ta’riflashadi.
Bu qiyos farzand tarbiyasi borasida ham ifodalanishi mumkin. O’g’il-qizlarning
rivojlanish davri xuddi tezoqar va o’zgaruvchan daryolarga o’xshatiladi. Gohida
ular   oldinga   intilib   o’zanlaridan   chiqib   ketguday   bo’lsalar,   gohida   tinch   va
osudalik kasb etadilar.
Istiqloldan   keyingi   yillarda   farzand   tarbiyasiga   bo’lgan   e’tibor   davlat
siyosati   darajasiga   ko’tarildi.   Bu   boradagi   o’zgarishlar   bola   tarbiyasi
mavzusining asrlarga tatigulik vazifa ekanini isbotlab berayotir.
Negizi tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga tutash bo’lgan farzand tarbiyasiga
taalluqli   kitoblar   nashr   bu   borada   amalga   oshiralayotgan   eng   muhim   ishlardan
biri   hisoblanadi.   Mustaqilligimiz   sharofati   bilan   nashr   qilingan   Imom
Buxoriyning 4 jildlik «Hadis» lar to’plami, Amir Temur hayoti va bunyodkorlik
ishlari   mavzui   bilan  bog’liq  o’nlab  kitoblar   so’zimiz  isbotidir.  Alisher   Navoiy,
Zahriddin Muhammad Boburdan avlodlarga meros bo’lib qolgan bebaho boylik o’zbek   millatining  durdonalaridir.  Forobiy,  Beruniy,   al-Xorazmiy,  at-Termiziy,
Moturudiy,   Ibn   Sino,   Najmiddin   Kubro,   Pahlavon   Mahmud,   Mahmud   az-
Zamaxshariy,   Ulug’bek,   Yassaviy,   Abdulla   Qodiriy,   Ch’lpon,   Munavvarqori,
Fitrat,   Usmon   kabi   o’zbek   millatining   buyuk   siymolari,   atoqli   olimlari   va
adiblari bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Kengroq   mushohada   yuritadigan   bo’lsak,   millat   barkamolligi,   Vatan
taraqqiyoti   farzand   tarbiyasi   bilan   chambarchas   bog’liqdir.   Bu   o’z   navbatida
elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishligiga tutashdir. 
O’z  millatini  sevadigan   har   bir   inson,  uning yutuqlari, obro’-e’tibori   bilan
faxrlanadi, zavqlanadi, uning muammolariga befarq qarab tura olmaydi. Yuksak
ma’naviyatli   inson,   o’z   eliga   millatiga   jonkuyar   bo’ladi,   uning
muvaffaqiyatlaridan   ich-ichidan   faxrlanadi,   quvonadi.   Milliy   xulq-atvor
tushunchalari   har   bir   kishida   o’z   millatining   moddiy,   ma’naviy   merosilarini
o’zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish
hamda   uni   o’zga   millatlarniki   bilan   qiyoslash   natijasida   shakllanadi.   Buning
natijasida   unda   o’z   millatiga   mehr-muhabbati   osib   boradi.   Har   bir   o’quvchi
Vatan   muvafaqqiyatida   o’zining   ham   shaxsiy   burch   va   mas’uliyati   vazifalari
borligini   to’la   idrok   etsin.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   kundalik
ishlarimizni   shunday   tashkil   etishimiz   zarurki,   natija   o’quvchilar
Respublikamizning   hozirgi   mustaqilligi   sharoitida   uning   muammolarini
o’zinikidek qabul qiladigan bo’lsin. Ularning og’irligini o’z yelkasiga oladigan,
mumkin   qadar   Vatanga   foyda   keltirishdan   g’ururlanadigan   shaxs   bo’lib
ulg’aysin.
Yuqorida   qayd   etilganlardan   ma’lumki   bizning       kurs   ishimizning
«Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini
shakllantirish» nomli mavzusi Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy
tadqiqotlar   oldida   turgan   vazifalar   qatorida   hal   qilinishi   lozim   bo’lgan
dolzarbligiga   ega.Mirzo   Muhammad   ibn   Shohruh   ibn   Temur   Ulug‘bek
Qo‘rag‘oniy (1394-1449)  -  buyuk astronom  va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur
hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.
Ulug‘bek   (Muhammad   Tarag‘ay)   1394   yil   22   mart   kuni   hozirgi   Ozarbayjon
hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi,
O‘rtayer   dengizidan   Shimoiy   Hindistongacha   bo‘lgan   katta   yerni   o‘z   ichiga
olgan   ulkan   saltanatni   yaratgan   buyuk   sohibqironning   o‘limidan   so‘ng,   butun
merosiy   mulki   uning   o‘g‘il   va   nabiralariga   o‘tadi.   Temuriylar   saltanatining
tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi.
Mavaraunnahr   boshqaruvi   Shohruhning   to‘ng‘ich   o‘g‘li,   Amir   Temurning
nabirasi   Ulug‘bekka   topshiriladi.   1409   yil   Ulug‘bek   Samarqand   hokimi   etib
e’lon   qilinadi,   otasi   Shohruhning   o‘limidan   so‘ng,   1447   yil   Temuriylar
sulolasiga bosh bo‘ladi.
Yoshligida   Ulug‘bek   fan   va   san’at   turlariga,   ayniqsa,   matematik   va
astronomiyaga   katta   qiziqish   bildiradi.   Uning   aqliy   dunyoqarashi   kengayishida
otasi   va   bobosi   to‘plagan   boy   kutubxona   zamin   bo‘ldi,   u   yerda   ko‘p   vaqtini
o‘tkazardi.
Ulug‘bek   u   vaqtlar   o‘lchovi   bilan   qaraganda,   juda   zo‘r   ta’lim   olgan.   Ajoyib
xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi
bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham
she’rlar   yozgan.   Ulug‘bekning   ustozi   taniqli   olim,   Temuriylar   saroyidagi
mashhur   matematik   va   astronom   Qozizoda   Rumiy   bo‘lgan.   U   to‘qqiz   yasharli
Ulug‘bekka   Marog‘adagi   mashhur   rasadxona   xarobalarini   ko‘rsatgan.
Yoshlikdagi   aynan   shu   xotiralari   bo‘lajak   astronom   kelajagini   belgilagan
bo‘lishi   mumkin.   Ulug‘bek   davrida   Samarqand   o‘rta   asrlar   davridagi   ilm-fan
o‘choqlaridan   biriga   aylangan.   Samarqandda,   XV   asrning   birinchi   yarmida
Ulug‘bekning   atrofida   G‘iyosiddin   Jamshid   Koshiy,   Qozizoda   Rumiy,   Ali
Qushchi   kabi   taniqli   astronom   va   matematiklarni   birlashtirgan   butun   bir   ilmiy
maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib
asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin   Samarqandiy,   Sakkokiy,   Lutfiy,   Badaxshiy   va   boshqalar   yashagan.
Ular   insoniyat   aqli,   fanning   kuchiga   ishongan   o‘z   davrining   ilg‘or   shaxslari
bo‘lishgan.
1417-1420   yillar   Ulug‘bek   Samarqandda   madrasa   qurdirib,   Registonda   barpo
etilgan   birinchi   me’moriy   ansamblga   aylanadi.   Ushbu   madrasaga   Ulug‘bek
islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita
madrasa   G‘ijduvon   va   Buxoroda   qurilgan.   Ulug‘bek   tomonidan   qurilgan
madrasalar   universitet   vazifasini   bajargan.   Ulug‘bekning   Buxoroda   qurdirgan
madrasasi   peshtoqida   “Ilmga   intilish   har   bir   musulmon   uchun   farzdir”   yozuvi
saqlanib qolgan.
Kurs ishining nazariy asoslari:
Ma’lumki   har   bir   tadqiqot   uchun   tanlangan   mavzu   bo’yicha   olib
boriladigan   ishlarda   uning   maqsadi,   vazifasi,   dolzarbligini   nazariy   jihatdan
asoslab   o’tishni   taqazo   qiladi.   Shu   talabni   hisobga   olib,   bizning   izlanishimiz
ham   ilmiy   nazariy   jihatdan   o’zining   tayanch   manbalariga   ega   bo’lgan   holda
yuritiladi.
Kurs ishining maqsadi:
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   yosh   xususiyatlarini   inobatga   olgan
holda,   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini   shakllantirishning     nazariy,   ilmiy   va
pedagogik asoslarini tahlil qilish, o’rganish. 
Kurs ishining obyekti: 
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   ta’lim-tarbiya   jarayonida     milliy   xulq-
atvor tushunchalarini shakllantirish  jarayoni.
   Kurs ishining  predmeti: 
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   olib   boriladigan   ma’naviy-tarbiyaviy
tadbirlar   va   dars   jarayonida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarni   shakllantirish
mazmuni.    Kurs ishining vazifalari: 
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib:
1.   Kurs   ishi   uchun   tanlangan   mavzu   bo’yicha   pedagogik   –   psixologik,
ilmiy va o’quv adabiyot materiallarni o’rganib chiqish va umumlashtirish.
2. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini
shakllantirish   bo’yicha   hozirgi   zamon   pedagogika   va   yosh   psixologiyasiga   oid
adabiyotlardagi materiallarni o’rganish, ilmiy-amaliy  jihatdan tahlil qilish.
3. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   ruhiy   taraqqiyoti   va   jismoniy
rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berish.
4. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarning   ongi   va   xarakteriga   xos   bo’lgan
xususiyatlarni pedagogik nuqtai nazardan ilmiy asosda tushuntirib berish.
5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga
olib tarbiyalashning amaliy ahamiyatini o’rganish.
Sanab   o’tilgan   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   pedagogika   va   yosh
psixologiyasi   fani   sohasida   qo’llanib   kelinayotgan   bir   qator   metodlardan
foydalandik.
    Kurs   ishining   mazmuni:   U   kirish,     asosiy   qism,   to’rt     reja,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I-bob. Mirzo Ulug'bek Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug'bek
Ko'ragon- Temuriylar davlatining hukmdori, buyuk o'zbek munajjimi va
matematigi.
1.1. Mirzo Ulug'bekning hokimiyatga kelishi va boshqaruv usuli
Buyuk   astronom   Ulug‘bek   rahbarligi   va   ishtirokida   rasadxonaning   asosiy   ishi
“Zidjiy Ko‘rag‘oniy”, “Ulug‘bekning yulduzlar jadvali” tuzilgan. Kitobda ushbu
Samarqand   observatoriyasidan   1018   ta   yulduz   joylashuvi   aql   bovar   qilmas
aniqlikda, Gipparxdan so‘ng ilk bor belgilangan. Astronomik turkum yaratilishi
jahon astronomiya fani xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.
Bundan tashqari, rasadxonada ekliptikning ekvatorga qiyaligi va yulduz yilining
uzunligini belgilash; sinusning bir burchakdagi ahamiyatini - muhim astronomik
doimiylikni   -   verguldan   so‘ng   o‘n   sakkizinchi   belgigacha   aniqlikda   hisoblash
bo‘yicha ishlar olib borilgan.
Ulug‘bek   o‘z   ma’lumotlarini   bir   necha   bor   tekshirib,   uning   sonlarini   to‘g‘ri,
degan xulosaga keladi. 1437 yil u astronomik yil uzunligini aniqlaydi: 365 kun 6
soat  10 daqiqa 8 soniya. Keyinroq o‘zgarishlar  farqi  58 soniyada  ekanligi aniq
bo‘lgan.   Agar   astronomik   yil   uzunligi   31   million   558   ming   150   soniya
ekanligini   inobatga   olsa,   Ulug‘bek   o‘z   o‘lchamlarini   naqadar   yuqori   aniqlikda
olib borganligiga amin bo’lish mumkin.
Buyuk  olim   bo‘lish  bilan  birga,  Ulug‘bek kuchsiz   sarkarda edi.  Asosiy  vaqtini
rasadxonada   o‘tkazar   edi   va   davlat   ishlariga   kam   vaqt   ajratgan.   Ulug‘bekning
to‘ng‘ich   o‘g‘li   Abdulatif,   ruhoniylarning   keskin   ta’siri   ostida   otasiga   qarshi
urush e’lon qiladi. O‘g‘li otasiga Makka ziyoratiga borishlikni taklif qiladi. 1449
yil   Makkaga   safari   chog‘i   Ulug‘bek   shariat   qaroriga   muvofiq,   xoinona
o‘ldiriladi.
Buyuk   Ulug‘bekning   fojiali   o‘limidan   so‘ng,   uning   yorqin   yulduzi   so‘nmadi.
Ulug‘bekning sodiq shogirdi Ali Qushchi, ona Samarqandini tark etishga majbul
bo‘lib, Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘rag‘oniy” kitobini Ovrupaga olib chiqib ketadi. Keyinchalik   kitob   ko‘plab   olimlar   avlodining   mulkiga   aylandi.   Ulug‘bekning
ismi va mehnatlari Ovrupa va Osiyo olimlari orasida mashhur bo‘ldi. XVII asrda
Yan   Geveliy   tomonidan   nashr   etilgan   Ulug‘bekning   “Yulduzli   osmon
turkumi”da   turli   zamon   va   makonlarda   yashab   o‘tgan   buyuk   dunyo
astronomlarining aksi tushirilgan naqsh mavjud. Ular astronomiya ilhom manbai
bo‘lmish   Uraniyaning   ikki   tomonida   stol   qarshisida   o‘tirishgan   holda   aks
ettirilgan. Ular orasida Ulug‘bek ham bor. Nashq muallifi Ulug‘bekni portretiga
ega bo‘lmay, uning suratini tushirgan.
Ulug‘bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” hisoblanadi yoki
“Gurgonning   yangi   astronomiy   jadvali”   deb   nomlanadi.   Muallif   ushbu   asarni
1444   yil,   o‘ttiz   yillik   tirishqoqlik   va   astronomik   kuzatuvlardan   so‘ng
yakunlagan.   Astronomik   ma’lumotnoma   tez   orada,   Klavdiya   Ptolemeyning
“Almagest”     hamda   butun   Ovrupa   rasadxonalarida   qo‘llanma   hisoblangan
kastiliya   qiroli   Alfons   XVning   astronomik   jadvali   bilan   bir   vaqtda   lotin   tiliga
o‘girilgan.
Mazkur   jadvallarning   aniqligi   avvalroq   Sharqda   hamda   Ovrupada   erishilgan
yutuqlardan   ilgarilagan.   XVII   asrga   kelibgina,   Tixo   Brag   samarqandlik
kuzatuvlarga   teng   keladigan   aniqlikka   muvaffaq   bo‘lib,   keyinroq,   undan   ham
aniqroq natijaga erishgan. “Ulug‘bekning Zidji” Sharqda bo‘lgani kabi, Ovrupa
astronomlarining diqqatini o‘ziga tortganligining hayratlanarli yeri yo‘q.
“Ulug‘bekning   Zidji”   to‘rt   yirik   qilsmdan   iborat.   Xronologiya   nomini   olgan
birinchi   qismida   turli   Sharq   xalqlari   tomonidan   qabul   qilingan   xronologik
usullar   bayon   etilgan.   Ikkinchi   qismida   amaliy   astronomiya   masalalari
ifodalangan,   uchinchisi   —   dunyoning   geomarkaziy   tizimi   asosida   ko‘zga
ko‘rinarli   yulduzlar   harakati   haqida   ma’lumot   bersa,   to‘rtinchisi   astrologiyaga
bag‘ishlanadi — o‘rta asrlar dunyoqarashi fanining muqarrar taqdiri.
Ulug‘bek   hisoblab   chiqqan   1018   yulduz   turkumi   qadimiy   xronogiyani
o‘rganuvchi   astronomlar   va   tarixshunoslar   uchun   kompas   vazifasini   o‘taydi.
Ulug‘bekning   yulduzlar   jadvali   “Almagest”da   keltirilgan   Ptolomeyning
yulduzlar xaritasining haqiqiyligini tasdiqlaydi. 1648   yil   Oksfordda   —   fan   va   madaniyatning   eng   qadimiy   o‘choqlaridan
bo‘lmish   Angliyada   ilk   bor   Ulug‘bekning   mashhur   Samarqand   rasadxonasida
amalga oshirilgan asosiy ishi qisman nashr etilgan. Ishni nashr uchun tayyorlab,
unga   sharh   yozgan   Jon   Grivs   (1602   -   1652),   Oksford   universitetining
astronomiya professori. Keyinchalik, turkum lavhalari Angliyada bir necha bor
chop etilgan.
Ilk   oksfordlik   nashrdan   17   yil   o‘tgach,   olim,   Oksforddagi   Bodleyansk
kutubxonasi qo‘riqchisi, angliyalik sharqshunos va tarjimon Tomas Xayd (1636-
1703)   samarqandlik   nashrni   fors   va   lotin   tillarida   yangi   nashr   uchun
tayyorlab,   “Tabulae   Long,   as   Lat.   Stellarum   Fixarum,   ex   observatione   Ulugh
Beighi”, Oxonii nomlari ostida chop etgan, 1665.
Ulug‘bek jadvallarining Ovrupada chop etilishi, shu o‘rinda, tuzish uchun ulkan
va sermashshaq kuzatuv va hisob mehnatini talab qiluvchi o‘ziga xos yulduzlar
katalogi   sanoqli   shaxslar   tomonidan   hisoblangan   va   osmon   tadqiqotchilari
tomonidan yuqori baholangan.
Xaydning   oksfordik   nashridan   25   yil   o‘tgach,   Ulug‘bek   jadvalining
ma’lumotlari   polyak   astronomi   Yan   Geveliyning   (1611-1687)   Gdanskda   chop
etigan   “Prodromus   Astronomiae”   kitobi   sahifalaridan   joy   oladi.   Bu   yerda   o‘z
vaqtida   mavjud   bo‘lgan   turkumlardagi   ma’lumotlar   o‘rtasida   taqqoslash
keltirilgan: Ptolemey, Tixo Brag, Richchioli, shahzoda Gass va Geveliy.
1839   yil   fransuzs   sharqshunosi   L.A.Sediyo   (1808-1876)   Ulug‘bek   jadvalini
“Tables   astronomigue   d'Oloug   Beg,   commentees   et   publiees   avec   le   texte   en
regard” nomi ostida qisman chop ettiradi, I bob, I bo‘lim, Parij, 1839.
Va,   nihoyat,   Buyuk   Britaniya   kutubxonalarida   saqlangan   8   ta   qo‘lyozmani
o‘rganish asosidagi Ulug‘bek jadvalining aniqroq tahlili 1917 yil AQShda E. B.
Nobl   tomonidan   “Ulugh   Beg's   Catalogue   of   Stars.   Revised   from   all   Persian
Manuscripts Existing in Great Britain” nomi ostida chop etilgan.
Aytish   joizki,   Ovrupa   va   Osiyo   kitob   saqlanuvchi   omborlarda   “Zidjiy”ning
o‘nlab   qo‘lyozmalari   mavjud.   Ulug‘bekning   yulduzlar   jadvali   o‘rta   asrlar astronomiyasining   so‘ng   so‘zi   bo‘ldi.   Mazkur   jadval   teleskop   ixtirosidan
avvalgi, o‘rta asrlar astronomiya fanining eng yuqori    poyasi bo‘ldi.
Ulug‘bekning   boy   ilmiy   merosi   u   faqatgina   buyuk   musulmon   o‘g‘loni
bo‘lmaganligini   tasdiqlaydi.   Ijodiy   tafakkur   dahosi   butun   insoniyat   ilm-fani   va
sivilizatsiyasi   rivojiga   bebaho   hissa   qo‘shgan.   Shu   sababli,   ko‘p   asrlar   o‘tib,
hatto bugun ham Ulug‘bekning ismi savob maqsadlarga erishish niyatida Sharq
va G‘arb xalqlarini birlashtirgan timsol bo‘lib qoladi.
Mirzo   Ulug‘bekning   yuqori   ma’naviy   va   sezilarli   merosi   dunyoning   yetakchi
o‘quv   muassasalarida   va   ilmiy   markazlarida   o‘rganib   kelinadi.   O‘zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimovning   tashabbusi   bilan,
O‘zbekiston   Milliy   universiteti   ushbu   atoqli   olim   sharafiga   nomlanganligi
respublikaning bugungi yuqori ilmiy-ma’naviy qudratini tasdiqlaydi.
1994 yil olim tavalludining 600 yillik yubileyi xalqaro miqyosda nishonlangan,
shu sabab, xorij olimlari, mutaxassislari va jamoat arboblari ishtirokida bir qator
tadbirlar o‘tkazilgan.
2009   yil   Parijda   Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   615   yilligiga   bag‘ishlangan
xalqaro   ilmiy   anjuman   o‘tkazilgan.   Anjumanda   130   dan   ziyod   olimlar   va   turli
xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etgan.
O‘tkazib kelinayotgan tadbirlardan butun dunyoda Mirzo Ulug‘bekning ilmiy va
ma’naviy   merosiga   bo‘lgan   qiziqish   naqadar   ulkanligi   yaqqol   ko‘rinib   turibdi.
Ammo   Ulug‘bekning   katta   ishtiyoqi   -   bu   astronomiya   bo‘lgan.   Ulug‘bek
hayotining   mazmuni   va   Qozizoda   Rumiy,   Jamshid   G‘iyosiddin   al   Koshiy,   Ali
Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan.
Tadqiqotchi   olimlarning   fikricha,   rasadxona   qurilishi   1428-1429   yillan
yakunlangan.   Rasadxona   o‘z   davrining   nodir   binosi   bo‘lgan.   Yer   silkinishiga
bardoshli   bo‘lishi   uchun   bino   qurilishi   uchun   Qo‘hak   tepaligining   toshli   etagi
tanlangan.
Asosiy asbob - sekstant (burchak o‘lchagich) - janubdan shimol tomon meridian
chiziqlari bo‘ylab mo‘ljallangan. Asosiy asbobdan tashqari, rasadxonada boshqa
astronomik anjomlar ham bo‘lgan. Ehtimol,   aniq   astronomik   kuzatishlarni   amalga   oshirishiga   sekstantning
o‘lchami,   uning   qulay   tuzilishi,   Ulug‘bekning   bilimlari   va   uning   sherigi   sabab
bo’lgan.
  ULUG BEKNING   TUG ILISHI   KO PLAB   INSONLAR   HAYOTINIʻ ʻ ʻ
SAQLAB QOLGAN
Amir   Temur   1394-yilda   Iroqdagi   Mordin   qal asini   qamal   qiladi.Shu   vaqtda	
ʼ
Sohibqironning   Sultoniyadagi   qarorgohida   Ulug bek   tug iladi.   Tarixchi	
ʻ ʻ
Sharafuddin   Ali   Yazdiyning   “Zafarnoma”   asarida   yozilishicha,   Amir   Temur
huzuriga   chopar   kelib   Ulug bekning   tug ilgani   va   munajjimlar   bu   nevara	
ʻ ʻ
kelajakda   ham   olim,   ham   hukmdor   bo lishini   bashorat   qilganlari   xushxabarini	
ʻ
yetkazadi.   Sohibqiron   xursandligidan   Mordin   qal asi   qamalini   to xtatib,   uning	
ʼ ʻ
xalqiga yuklangan to lovni bekor qiladi.	
ʻ
 
O N   BESh   YOSHLI   ULUG BEK   BOBOSI   TEMURNING	
ʻ ʻ
SAMARQANDDAGI TAXTIGA O TIRGAN	
ʻ
Huroson   hokimi,   Amir   Temurning   to rtinchi   o g li   Shohrux   1409-yilda	
ʻ ʻ ʻ
Temuriylar   davlatining  oliy  hukmdori   sifatida  e tirof   etilgach,  ko lga   kiritilgan	
ʼ ʻ
Movarounnahrni   idora   etishni   Turkiston   viloyati   bilan   birga   Ulug bekka	
ʻ
topshirib,   Sohibqiron   vasiyatini   qayta   tikladi.   O smir   yoshdagi   Ulug bek   bu	
ʻ ʻ
hududlarni   dastlab   Shohmalik   yordamida   boshqargan   bo lsa,   19   yoshidan	
ʻ
Movarounnahrni   mustaqil   idora   etishga   kirishdi.Ulug bek   o z   hukmronligi	
ʻ ʻ
davomida 2-marta yirik harbiy yurish qildi.
 
HARBIY STRATEGIYALARDAN MOHIRONA FOYDALANGAN
Mirzo  Ulug bek   1425-yili   o zining   Mo g ulistonga   qilgan   birinchi   yirik   harbiy	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yurishi   chog ida   qo shin   miqdori   haqida   dushman   noto g ri   tasavvurga   ega
ʻ ʻ ʻ ʻ
bo lishi   uchun   har   bir   jangchisiga   tunda   besh   yerda   gulxan   yoqishni   amir	
ʻ
qilgan.Ulug bek qo llagan bu usul harbiy san atda arg ay o t (mo g ulcha arg a	
ʻ ʻ ʼ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
– aldash, turkcha – o t, olov) deb nomlanadi.U dushmanni chalg itish maqsadida	
ʻ ʻ qo shin   miqdorini   bo rttirib,   ko paytirib   ko rsatish   uchun   ishlatiladi.Yurishʻ ʻ ʻ ʻ
Ulug bek g alabasi bilan tugagan.	
ʻ ʻ
 
BOBOSI   SOHIBQIRON   SAG ANASIGA   NEFRIT   QABRTOSH	
ʻ
QO YDIRGAN	
ʻ
Samarqanddagi   Go ri   Amir   maqbarasigaTemuriylar   sulolasiga   mansub   kishilar	
ʻ
dafn etilgan. Ziyoratxona yuqorisi (to ri)da Temurning piri Mir Sayyid Baraka,	
ʻ
uning   qabri   oyoq   tomoniga   Amir   Temur   dafn   qilingan.   Temur   sag anasiga	
ʻ
qo yilgan   ko k   nefrit   qabrtoshini   Ulug bek   Mo g ulistonga   qilgan   yurishi	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
vaqtida   olib   kelgan.Toshdagi   lavhada   Temurni   ulug laydigan   so zlar,   uning	
ʻ ʻ
shajarasi   hamda   marsiyalar   o ymakori   yozuvlarda   bitilgan.Keyinchalik	
ʻ
Ulug bekning o zi ham shu yerga dafn etilgan.	
ʻ ʻ
 
BIBIXONIM JOME  MASJIDIGA ULKAN LAVH O RNATTIRGAN	
ʼ ʻ
Amir   Temurning   katta   xotini   Bibixonim   o zi   farzand   ko rmagan   bo lsa-da,	
ʻ ʻ ʻ
Sohibqiron   o z   nabiralari   qatori   Ulug bekni   ham   bevosita   zukko   Bibixonim	
ʻ ʻ
tarbiyasiga   topshirgan   edi.Samarqandda   Amir   Temur   Bibixonimga   atab
qurdirgan Bibixonim jome  masjidi mavjud.	
ʼ
Masjid   hovlisi   o rtasida   marmartoshdan   yasalgan   ulkan   lavh   –   Qur on	
ʻ ʼ
o qiladigan maxsus kursi bo lib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875-yilda	
ʻ ʻ
katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli o rtasiga chiqarib qo yilgan).	
ʻ ʻ
Lavh   Ulug bek   farmoniga   binoan   XV   asr   o rtalarida   yasalgan.   Unga   “Sultoni	
ʻ ʻ
azim,   oliy   himmatli   xoqon,   din-diyonat   homiysi,   Xanafiya   mazhabining
posboni,  aslzoda  sulton,  ibni  sulton,   amiri  mo minin  Ulug bek  Ko ragon”,   deb	
ʻ ʻ ʻ
bitilgan.
 
SULTON BO LSA-DA, TALABALARGA DARS BERGAN	
ʻ
Ulug bek   Samarqandda   ikkita   madrasa:   biri   Registon   ansambli   tarkibida   va	
ʻ
ikkinchisi   Go ri   Amir   ansambli   tarkibida   barpo   etgan.   Boshqa   yirik   olimlar	
ʻ qatorida   Ulug bekning   o zi   ham   bu   madrasalarning   har   birida   haftada   birʻ ʻ
marotaba ma ruza o qigan.
ʼ ʻ
Boshqa   vaqtini   ko proq   astronomik   kuzatishlarga,   “Zij”   ustida   ishlashga   va	
ʻ
davlat ishlariga bag ishlagan. Yaqin yillargacha u faqat astronom va matematik
ʻ
deb   hisoblanardi.   Lekin   XX   asr   oxirida   uning   ijodi   serqirra   o lib,   u   tarix,	
ʻ
she riyat   va   musiqa   bobida   ham   qalam   tebratgani   aniqlandi.   Ulug bek   she rlar	
ʼ ʻ ʼ
ham yozgan.
 
ULUG BEKNING   ULKAN   GLOBUSI   VA   50   METRLI   QUYOSH   SOATI	
ʻ
BO LGAN	
ʻ
XV   asrda   Samarqanddagi   Mirzo   Ulug bek   qurdirgan   rasadxonada   kattagina	
ʻ
globus   bo lgan.   Unda   iqlimlarning   chegaralari,   tog lar,   cho llar,   dengizlar   va	
ʻ ʻ ʻ
daryolar   ko rsatilgan.   Binobarin,   dunyodagi   ikkinchi   globusni   Samarqand	
ʻ
astronomlari   yasashgan.Ulug bekning   o limidan   keyin   u   mutaassiblar	
ʻ ʻ
tomonidan   yo qotilgan.Tarixiy   manbalarning   guvohlik   berishicha,   Ulug bek	
ʻ ʻ
Samarqandda balandligi 50 metrli quyosh soati yasagan.Ushbu noyob soat ham
saqlanib qolmagan.
 
ULUG BEKNING DASTXATI BIZGACHA YETIB KELGAN	
ʻ
O zbekiston   Fanlar   akademiyasi   Sharqshunoslik   instituti   qo lyozmalar   fondida	
ʻ ʻ
Mirzo   Ulug bekning   Samarqandlik   xattot   Azizullo   tomonidan   nasx   xatida	
ʻ
taxminan   1439-yilda,   Ulug bek   45   yoshda   bo lganida   ko chirilgan   “Ziji	
ʻ ʻ ʻ
Ko ragoniy”si   saqlanmoqda.   Qo lyozma   sahifalarida   Ulug bekning   tuzatishlari	
ʻ ʻ ʻ
ham bor. Ushbu tuzatishlar uning dastxati, yozuvi haqida ma lumot beradi.	
ʼ
 
SAMARQANDDA CHINNIDAN SAROY QURDIRGAN
XV   asrning   40   yillarida   Ulug bek   Samarqandning   Cho ponota   tepaligida,	
ʻ ʻ
Ulug bek   rasadxonasiga   yaqin   joyda   saroy   bunyod   ettirgan.Uning   devorlari	
ʻ
chinni bilan qoplangani uchun ham Chinnixona deb atalgan. Ulug bek   va   boshqa   olimlar   shu   yerda   samoviy   kuzatuv,   ilmiy   tadqiqotlardanʻ
so ng   hordiq   chiqarishgan.   Chinnixonaning   ko shkida   rangli   shishalar	
ʻ ʻ
ishlatilgan.Arxeologik   qazishmalar   jarayonida   Chinnixonadan   topilgan   tosh
taxtachalardan biriga “baxtli bo l” yozuvi borligi aniqlangan.	
ʻ
 
PADARKUSH   O G IL   OTASI   UMRINING   YARMINI   HAM   YASHAY	
ʻ ʻ
OLMAGAN
Ulug bek   o zining   o jar,   xudbin   va   shuhratparast   o g li   Abdullatifning   roziligi	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
bilan 1449-yil 27-oktyabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida qatl etilgan. Otasi
taxtini egallagan Abdullatif ham olti oylik hukmronligidan so ng, Ulug bekning	
ʻ ʻ
xos   navkarlaridan   Bobo   Husayn   Bahodir   tomonidan   1450-yil   8-mayda,   27
yoshida o ldirilgan.	
ʻ
 
MOVAROUNNAHR TAXTI UNING KUYOVIGA HAM NASIB ETGAN
Ulug bek o z ukasi Ibrohim Mirzoning kenja o g li Abdullo Mirzoni 1448-yilda	
ʻ ʻ ʻ ʻ
o z xizmatiga olib, 15 yoshli jiyaniga o z qizini bergan.Ulug bekning bu kuyovi	
ʻ ʻ ʻ
o g li   Abdullatif   vafotidan   so ng   Ulug bek   taxtini   1450–1451-yillarda
ʻ ʻ ʻ ʻ
boshqarib,   Movarounnahr   hukmdori   ham   bo lgan.U   18   yoshida   toj-u   taxt	
ʻ
da vogari, 27 yoshli Temuriyzoda Abu Saidga qarshi jangda halok bo lgan.	
ʼ ʻ
 
ULUG BEKNING XAZINASINI UNING SHOGIRDI SAQLAB QOLGAN	
ʻ
Samarqandlik   olim,   Mirzo   Ulug bekning   yaqin   shogirdi   Ali   Qushchining   otasi	
ʻ
Amir   Temur   qarorgohining   boshlig i   bo lgan.Ulug bek   saroyida   qarchig aylar	
ʻ ʻ ʻ ʻ
boqqani uchun Alini “Qushchi” deyishgan. Ali Qushchini Mirzo Ulug bek “Ziji	
ʻ
Ko ragoniy”ning so zboshisida “farzandi arjumand”, ya ni “aziz farzandim” deb	
ʻ ʻ ʼ
atagan.
Ulug bek   vafotidan   so ng   uning   Samarqanddagi   15   ming   kitobdan   iborat	
ʻ ʻ
mashhur   kutubxonasi   xavf   ostida   qoladi.   Kutubxonani   “o z   davrining	
ʻ
Ptolomeyi”   nomini   olgan   Ali   Qushchi   saqlab   qolgan,   degan   taxminlar   bor.
Rivoyatlarga   qaraganda   kutubxonadagi   kitoblarning   ko p   qismini   Ali   Qushchi	
ʻ Samarqand   yaqinidagi   Hazrat   Bashir   qishlog iga   ko chirgan.Ko p   o tmay,ʻ ʻ ʻ ʻ
ta qiblardan qochib Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo lgan.	
ʼ ʻ
1.2.  Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ma'rifatparvarlik xizmatlari
Tarbiya   insonning   aqliy   va   axloqiy   jihatdan   tarkib   topa   borishiga   ta’sir   etgan
bo’lsa,   insonning   shakllana   borishi   ham   o’z   navbatida   kishilik   jamiyatining
qaror   topa   borishiga   yordam   bergan.   Xullas,   tafakkur   yurita   olish   qobiliyatiga
ega   bo’lgan   inson   kamolotining   ta’minlanish   jarayoni   hamda   jamiyatning
ijtimoiy   taraqqiyoti   o’zaro   uzviy   aloqada   shakllangan.   Mazkur   tarixiy   jarayon
mohiyatini   bilish   bizga   inson   tafakkurining   juda   uzoq   davr   va   murakkab
sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi  jarayonida inson ham biologik
jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar,
eng  oddiy  ixtirolarning  takomillashib  borishi  kabi  holatlar   inson  ongining  ham
shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni  o’z ichiga olgan
bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi  sifatida qabul qilingan
xulq-odob   qoidalari,   ijtimoiy   talablar   yuzaga   kelgan.   Ushbu   talablar   muayyan
davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. 
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari,
orzu-umidlari   qadimgi   eposlarda   aks   etgan   afsonaviy   obrazlar   hamda
qahramonlar   qiyofasida   o‘z   ifodasini   topgan.   Ruhga   sig’inish   (onimizm),
ajdodlar   ruhiga   sig’inish   (totemizm),   sehrgarlik   kabi   diniy   e’tiqodlar   va
marosimlar   yoritilgan   afsona   va   rivoyatlarda   eng   qadimiy   ajdodlarimizning
tafakkur dunyosi  aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget,  sak,
xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng   qadimgi   madaniy   boyliklarimizni   o‘rganishda   quyidagi   uch   guruhga
ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. Ma’lumki,   ibtidoiy   kishilar   mehnat   faoliyati   jarayonida   o‘z   ehtiyojlarini
qondirgan   va   bu   jarayon   yosh   avlodda   ham   mehnat   qilish,   amaliy   faoliyatni
yo‘lga   qo’ya   olish   borasidagi   nazariy   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   hosil
qilishga   zamin   hozirlagan.   Mehnat   faoliyatini   tashkil   etish   jarayoni   dastlabki
paytlarda   butun   ijtimoiy   hayotni   yo’lga   qo’yish   negizida   amalga   oshirilgan
bo’lsa,   keyinchalik   tarbiya   inson   faoliyati   asosiy   jihati,   ijtimoiy   ongni
shakllantirishning   muhim   omiliga   aylandi.   Dastlabki   urug‘chilik   jamiyatidan
oldin   ham   inson   yashash   uchun   kurashgan,   mazkur   davrda   urug‘ning   barcha
a’zolari   jamoa   bo’lib   harakat   qilganlar.   Keyinroq   kishilar   mehnat   faoliyatini
jamoa   a’zolarining   yosh   jihatlariga   ko’ra   quyidagi   uch   guruh   asosida   tashkil
etganlar.
  - bolalar va o’smirlar;
- ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;
- keksalar.
Ibtidoiy   jamiyatda   bola   o’zi   uddalay   oladigan   faoliyatning   tashkil   etilishida
bevosita   ishtirok   etib,   hayot   kechirish   va   mehnat   qilish   ko‘nikmalarini
o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. O’g’il bolalar erkaklar bilan ov
qilish,   qurol   yasash   kabi   yumushlarni   bajarsalar,   qizlar   ayollar   tomonidan
bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat
va an’analarga ko’ra, yosh  bolalar  keksalar  nazorati  ostida ma’lum  tajribalarga
ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o’tib,
amaliy   faoliyatda   faol   ishtirok   eta   olish   huquqini   qo’lga   kiritar   edi.   Ushbu
an’ana,   ya’ni,   bolalarni   ma’lum   yoshgacha   enaga   yoki   murabbiyga   topshirish
yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-
hunar   faoliyatining   turlari   ko‘payib   boradi.   Tajribali   kishilar   bolalarni
tarbiyalash   bilan   birga   ularni   yozishga   ham   o‘rgata   boshlaydilar.   Asta-sekin
harbiy   tarbiyaning   boshlang’ich   ko‘rinishlari   yuzaga   kela   boshlaydi.   Bolalarga
harbiy   san’at   sirlarini   o‘rgatish   ancha   murakkab   ish   bo’lib,   ushbu   tarbiyani
tashkil   etish   maxsus   bilim   hamda   tayyorgarlikka   ega   bo‘lishni   taqozo   etar   edi. Shu  bois  maxsus  harbiy  bilim  va   tayyorgarlikka  ega  bo’lgan  kishilar  bolalarga
bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning   ijtimoiy   jihatdan   taraqqiy   eta   borishi   bolalarga   dalalarni   o’lchash,
suv   toshqinlarining   oldini   olish,   kishilarni   turli   kasalliklardan   davolash
usullariga   oid   bilimlarni   berishga   bo’lgan   ehtiyojni   yuzaga   keltirdi.   Mazkur
ehtiyojni   qondirish   yo‘lidagi   harakatning   tashkil   etilishi   natijasida   turli
maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og’zaki
bilimlar   berish   bilan   birga   ularda   yozuv   ko’nikmalarining   shakllantirilishiga
qaratildi.   Dastlab   suratkashlik   rivojlanib,   piktografik   xat   paydo   bo’lgan   bo’lsa,
keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli
paydo   bo‘ladi   va   bu   usul   tez   tarqala   boshlaydi.   Hozirgi   o’zbek   xalqining
ajdodlari   bundan   bir   necha   ming   yillar   oldin   yashagan   bo’lib,   ular   yuksak   va
o’ziga   xos   madaniyatni   vujudga   keltirishda   juda   katta   va   mashaqqatli   yo’lni
bosib   o’tgan.   Dastlabki   tosh   qurollaridan   tirikchilik   uchun   foydalanish,   ancha
takomillashgan   mehnat   qurollarini   yasash,   urug’chilik   davriga   kelib,   xo’jalik
hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha
bo’lgan   tariximiz   ota-bobolarimizning   boy   qadimiy   madaniyatga   ega
bo’lganligidan   dalolat   beradi.   Eramizdan   avvalgi   birinchi   ming   yillikda
Baqtriya,   Xorazm,   So’g’diyona,   Marg’iyona,   Parfiya   hamda   Parkana   kabi
davlatlarida   turli   qabila   va   elatlar   yashagan.   Ular   saklar,   massagetlar,
so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va
urug’lardan   iborat   bo’lib,   hozirgi   Markaziy   Osiyo   hududida   yashovchi
xalqlarning   ajdodlari   hisoblanadilar.   Ushbu   elatlar   yashagan   hududlarda   o’ziga
xos   madaniy   an'analar   tarkib   topa   borgan.   Masalan,   eramizdan   oldingi   asrning
birinchi   yarmida   qadimiy   davlatlar:   Baqtriya   va   So’g’diyona,   Marg’iyona,
Xorazm,   Parkana,   Parfiya   kabi   o’lkalarda   xalq   xo’jaligining   turli   sohalarida
rivojlanish   va   taraqqiyot   ro’y   bergan.   Eramizdan   oldingi   IX-VI   asrlarda  paydo
bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi  III  asr  o’rtalarida tashkil  topgan Grek-
Baqtriya,   eramizning   I   asrida   tashkil   topgan   Kushonlar,   eramizning   V   asrda
yuzaga   kelgan   Eftalitlar,   so’ngra   Sosoniylar   va   nihoyat   Turk   hoqonligi davlatlarida   ijtimoiy   madaniyat   yuksala   bordi.   Ajdolarimiz   tomonidan   qo’lga
kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta'limtarbiyaga oid merosi ham alohida
o’rin   olgan.   Zero,   hozirgi   turkiy   va   forsiyzabon   xalqlarning   bizgacha   yetib
kelgan   muhim   arxeologik   topilmalari,   tarixchilar,   adabiyot   va   san'at
namoyandalarining   ijodiy   merosi,   san'at   va   adabiy   asarlarning   namunalari
buning   dalilidir.   Bunday   muhim   manbalar   sirasiga   yunon   olimlari   Gerodot,
Suqrot,   Plutarx,   Polienlarning   tarixiy,   geografik   hamda   axloqiy   asarlari,
allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos
va   tarixchi   olimlar:   ye.E.Bertels,   S.P.Tolstov,   V.V.Braginskiy,   I.M.Mo’minov,
B.Gafurov,   I.V.Stebleva,   A.O.Makovelskiy,   Y.   Jumaboev,   M.IShoqov,
adabiyotshunoslar   A.Qayumov,   N.   Mallaev,   N.Rahmonov,   pedagog-olimlar
O’.Aleuov,   M.Orifiy   va   boshqalar   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlar   kiradi.
Eng   qadimgi   tarbiya   haqidagi   yodgorliklar   bizgacha   bevosita   yetib   kelmagan.
Turkiy   va   forsiyzabon   xalqlarning   hayot   kechirish   san'ati,   donolik   majmuasi
sifatida   yuzaga   kelib,   borliqqa   amaliy   munosabatda   bo’lishning   namunasi
tarzida  e'tirof  etilgan ma'naviy  madaniyat  yodgorliklari  qadimgi  grek  tarixchisi
Gerodotning   Tarix,   Strabonning   Geografiya   hamda   Mahmud   Qoshg’ariyning
Devonu   lug’atit-turk   kabi   asarlari,   shuningdek,   Urxun-yenisey   bitiklari   kabi
adabiy-tarixiy   manbalarda   saqlangan   va   ular   orqali   bizgacha   yetib   kelgan.
Ushbu   yodgorliklar   mohiyatini   o’rganish   insonning   shakllanishida   moddiy   va
ma'naviy   madaniyat   qay   darajada   katta   rol   o’ynaganligidan   dalolat   beradi.
Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta'sir
etgan   bo’lsa,   insonning   shakllana   borishi   ham   o’z   navbatida   kishilik
jamiyatining   qaror   topa   borishiga   yordam   bergan.   Xullas,   tafakkur   yurita   olish
qobiliyatiga   ega   bo’lgan   inson   kamolotining   ta'minlanish   jarayoni   hamda
jamiyatning   ijtimoiy   taraqqiyoti   o’zaro   uzviy   aloqada   shakllangan.   Mazkur
tarixiy   jarayon   mohiyatini   bilish   bizga   inson   tafakkurining   juda   uzoq   davr   va
murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Ma'lumki, kishilik
jamiyatining   vujudga   kelishi   jarayonida   inson   ham   biologik   jihatdan,   ham
ijtimoiy   jihatdan   takomillashib   borgan.   Dastlabki   diniy   e'tiqodlar,   eng   oddiy ixtirolarning takomillashib  borishi  kabi  holatlar  inson  ongining ham  shakllanib
borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana
shu  davrda  inson   ongi   shakllanishining  asosi   sifatida  qabul   qilingan  xulq-odob
qoidalari,   ijtimoiy   talablar   yuzaga   kelgan.   Ushbu   talablar   muayyan   davrda
yaratilgan   yodgorliklarining   asosiy   mazmuni   va   mohiyatini   tashkil   etadi.   Eng
qadimgi   kishilarga   xos   bo’lgan   xislatlar,   ularning   dastlabki,   oddiy   istaklari,
orzu-umidlari   qadimgi   eposlarda   aks   etgan   afsonaviy   obrazlar   hamda
qahramonlar   qiyofasida   o’z   ifodasini   topgan.   Ruhga   sig’inish   (onimizm),
ajdodlar   ruhiga   sig’inish   (totemizm),   sehrgarlik   kabi   diniy   e'tiqodlar   va
marosimlar   yoritilgan   afsona   va   rivoyatlarda   eng   qadimiy   ajdodlarimizning
tafakkur dunyosi  aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget,  sak,
xorazmiy,  so’g’d hamda parfiyanlar  yashagan  davrlar  ruhini  ifoda etadi, xolos.
Eng   qadimgi   madaniy   boyliklarimizni   o’rganishda   quyidagi   uch   guruhga
ajratilgan   manbalarga   tayanamiz:   1.   Arxeologik   qazilmalar   natijasida   topilgan
ko’rgazmali ashyolar.  2. Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
3.   Buyuk   adiblar,   allomalarning   ijodiy   merosi.   Ma'lumki,   ibtidoiy   kishilar
mehnat   faoliyati   jarayonida   o’z   ehtiyojlarini   qondirgan   va   bu   jarayon   yosh
avlodda   ham   mehnat   qilish,   amaliy   faoliyatni   yo’lga   qo’ya   olish   borasidagi
nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat
faoliyatini   tashkil   etish   jarayoni   dastlabki   paytlarda   butun   ijtimoiy   hayotni
yo’lga   qo’yish   negizida   amalga   oshirilgan   bo’lsa,   keyinchalik   tarbiya   inson
faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi.
Dastlabki   urug’chilik   jamiyatidan   oldin   ham   inson   yashash   uchun   kurashgan,
mazkur   davrda   urug’ning   barcha   a'zolari   jamoa   bo’lib   harakat   qilganlar.
Keyinroq   kishilar     mehnat   faoliyatini   jamoa   a'zolarining   yosh   jihatlariga   ko’ra
quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar. a) bolalar va o’smirlar; v) ijtimoiy
hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; s) keksalar. Ibtidoiy jamiyatda bola
o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot
kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda
kechgan. O’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar,   qizlar   ayollar   tomonidan   bajariladigan   mehnat   sirlarini   o’zlashtirar
edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an'analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar
nazorati   ostida   ma'lum   tajribalarga   ega   bolardilar.   Bola   ma'lum
tayyorgarliklardan   so’ng   maxsus   sinovlardan   o’tib,   amaliy   faoliyatda   faol
ishtirok   eta   olish   huquqini   qo’lga   kiritar   edi.   Ushbu   an'ana,   ya'ni,   bolalarni
ma'lum   yoshgacha   enaga   yoki   murabbiyga   topshirish   yaqin   davrlargacha
saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi. Urug’chilik jamoasi
bosqichida   esa   bolalar   mehnatining   kolami   kengayib,   kasb-hunar   faoliyatining
turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni
yozishga   ham   o’rgata   boshlaydilar.  Asta-sekin   harbiy   tarbiyaning   boshlang’ich
ko’rinishlari   yuzaga   kela   boshlaydi.   Bolalarga   harbiy   san'at   sirlarini   o’rgatish
ancha   murakkab   ish   bo’lib,   ushbu   tarbiyani   tashkil   etish   maxsus   bilim   hamda
tayyorgarlikka   ega   bo’lishni   taqozo   etar   edi.   Shu   bois   maxsus   harbiy   bilim   va
tayyorgarlikka   ega   bo’lgan   kishilar   bolalarga   bu   boradagi   bilimlarni   berish
jarayoniga   jalb   etila   boshladilar.   Jamiyatning   ijtimoiy   jihatdan   taraqqiy   eta
borishi   bolalarga   dalalarni   o’lchash,   suv   toshqinlarining   oldini   olish,   kishilarni
turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni
yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo’lidagi harakatning tashkil etilishi
natijasida   turli   maktablar   faoliyat   yurita   boshladi.   Maktablarda   asosiy   e'tibor
bolalarga   ogzaki   bilimlar   berish   bilan   birga   ularda   yozuv   ko’nikmalarining
shakllantirilishiga   qaratildi.   Dastlab   suratkashlik   rivojlanib,   piktografik   xat
paydo  bo’lgan   bo’lsa,   keyinchalik  qo’shni  mamlakatlardan  kirib  kelgan   harflar
yordamida   yozish   usuli   paydo   bo’ladi   va   bu   usul   tez   tarqala   boshlaydi.
Eramizdan   oldingi   ming   yillik   o’rtalarida   oromiy,   Aleksandr   Makedonskiy
istilosidan   so’ng   esa   yunon,   shuningdek,   forsiy   mixxat   yozuvlari   ham   ma'lum
vaqtlarda qo’llanilib kelgan
Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida
Avesto,   Xorazm,   So’g’d,   Kushon,   Run   (Urxun-yenisey),   uyg’ur   va   boshqa
yozuvlar   paydo   bo’ladi   va   ta'lim-tarbiyaning   rivojlanishida   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Ana   shu   davrga   kelib,   ibtidoiy   jamoa   bo’lib   yashash   an'anasi   asta- sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga
ega   bo’lgan   kashfiyotlar   yaratildi.   Xitoyda   qog’ozning   ixtiro   etilishi,
Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada
yer   kurrasining   154   graduslarga,   sutkani   soatlarga,   minut   va   sekundlarga
bo’lishning   o’ylab   topilishi,   Markaziy   Osiyoda   O’rta   dengiz   bilan   Hindistonni
o’zaro   bog’lovchi   karvon   yo’lining   vujudga   kelishi,   keyinchalik   Xitoydan
Markaziy   Osiyo   orqali   O’rta   dengizga   Buyuk   ipak   yo’lining   ochilishi   kabi
voqyealar mazkur hududlarda yashovchi  xalqlar madaniyatining rivojlanishi  va
yozuvning   tarqalishiga   sabab   bo’ladi.   Demak,   eramizning   boshlarida   hozirgi
Markaziy   Osiyo   hududida   biz   yuqorida   sanab   o’tgan   oromiy,   yunon   va   forsiy
mixxat   alifbosi   asosida   shakllangan   Xorazm,   So’g’d,   Baqtriya   yozuvlari
qo’llanilgan. 
Xalq maktablari, san’at maktablari
Eramizdan   oldin   taxminan   484(480)—431(425)   yillarda   yashagan   yunon
tarixchisi   Gerodotning   Tarix   kitobida   qadimgi   forslar,   saklar,   massagetlarning
ta'lim-tarbiya   tarziga   oid   muhim   ma'lumotlar   berilgan.   Forslarning   eng
sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim. Shunga ko’ra ular ko’proq o’g’il
bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili
sovg’a-salomlar   yuborgan.   Bundan   tashqari   bolalarning   yoshiga   ham   e'tibor
berishgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga:
otda   yurish,   kamondan   otish,   to’g’ri   so’zlikka   o’rgatilgan.   Bolani   besh
yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’gil
bola   vafot   etsa,   otasining   qayg’urmasligi   uchun   shunday   qilganlar.   O’g’illar
hyech   qachon   ota-onasiga   nisbatan   hurmatsizlik   qilmaganlar.   Ular   bunday
holatni faqat  nikohsiz  tug’ilgan yoki  tashlandiq  bolalardangina kutish mumkin,
deb   hisoblaganlar.   Bundan   tashqari,   Gerodot   forslar   uchun   yolg’onchilik   va
qarzdor   bo’lish   sharmandalik   hisoblangan,   deydi.   Ular   daryolarni   muqaddas
sanaganlar.   Shu   bois   daryo   suviga   tupurmaganlar,   hatto   qo’l   yuvmaganlar1   .
Gerodotning   ushbu   ma'lumotlaridan   ko’rinib   turibdiki,   bizning   ajdodlarimiz
o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson   etib   tarbiyalashga   katta   e'tibor   berganlar.   Yigitlar   va   erkaklargina   emas,
hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari
tomonidan   yozib   qoldirilgan.   Masalan,   Plutarx   fors   ayollari   haqida   gapirib,
shunday   voqyeani   keltiradi:   podshoh   Kir   forslarni   shoh   Astiag   boshliq
midiyaliklarga   qarshi   kurashga   otlantirganda,   ular   jangda   mag’lub   bo’ladilar.
Fors   jangchilari   shaharga   qarab   qocha   boshlaydilar.   Dushman   ularni   quvib,
shaharga   bostirib   kirishiga   yaqin   qolganda,   darvozadan   ularga   qarshi   ayollar
chiqib   keladilar   va   yoqavayron   holda   shovqin   ko’taradilar:   ―Ey,   noinsof
bandalar,   qayoqqa   qochmoqchisizlar?   Endi   siz   dunyoga   kelgan   joyingizga
qaytib   yashirina   olmaysizlar-ku!   Forslar   ayollarning   bu   hatti-harakatiga   dosh
bera   olmay,   qaytib   jangga   tashlanadilar   va   dushmanni   orqaga   chekinishga
majbur etadilar. Bu voqyeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta'sis etadi: Bu
shaharga qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin .
Yuqoridagi   misollardan   ko’rinib   turibdiki,   mavjud   holatlar   hamda   shart-
sharoitning   o’zi   yoshlarga   otda   yurish,   kamondan   otish   borasidagi   bilimlarni
o’rgatish,   shuningdek,   ularda   jasurlik,   to’g’rilik   va   botirlik   xislatlarini
tarbiyalash   lozimligini   taqozo   etggan.   Shu   bois   qadimgi   ajdodlarimiz   bolalarni
o’z   xalqining   erki   va   yurt   mustaqilligining   himoyachilari   etib   tarbiyalaganlar.
Plutarxning   yana   bir   o’rinda   qayd   etishicha,   Aleksandr   Makedonskiy   yerli
xalqlarga   yaqinlashish   maqsadida   makedoniyaliklar   bilan   mahalliy   xalqlarning
urfodatlarini   o’zaro   uyg’unlashtirishga   harakat   qilgan.   Shu   maqsadda   u   o’ttiz
ming   bolani   ajratib   olib,   yunon   tili   va   makedoniyaliklarga   xos   bo’lgan   harbiy
san'at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga
juda   ko’p   murabbiylar   tayinlangan.   Yunon   alifbosining   keyinchalik   bu   yurtda
qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi
farzandlari   ham   o’qitilganidan   dalolat   beradi.   So’g’d   yozma   yodgorliklari
orasida  V.B.Xen tomonidan aniqlangan va Eski xatlar nomi  bilan yuritiladigan
qimmatli   manbalar   eramizning   boshlarida   shakllangan   so’g’d   yozuvi   haqida
ma'lumot   beradi.   Ushbu   manbalarni   Dunxuan   shahri   (Sharqiy   Turkiston)
yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona   yurtlari   Samarqandga   yozgan   va   shaxsiy   xarakterga   ega   bo’lgan   xatlar3
tashkil   qiladi.   Imperator   Yan   Li   (615-617)ning   elchisi   Vey   Szi   hisobotlarida
ham   Samarqand   shahrida   yo’lga   qo’yilgan   ta'lim-tarbiya   haqidagi   ma'lumotlar
mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan,
unga savdoni   o’rgata boshlaydilar.  O’qishni   o’rganishi   bilan savdo  ishlari   ham
o’rgatilgan.   Syuan-Szin   nomli   boshqa   bir   Xitoy   tarixchisi   esa   Samarqand
aholisining   axloq   va   xulq-odob   qoidalariga   rioya   etishi   boshqalarga   o’rnak
bo’lganligini   aytib   o’tgan.   Bularning   barchasi   qadimgi   davrlarda   bolalarning
besh   yoshidan   o’qitilgani,   ta'lim   jarayonida   ularni   amaliy   hayotga   tayyorlash
asosiy maqsad  qilib belgiligi to’grisidagi  ma'lumotlarni beradi. Bu ma'lumotlar
qadimda   bolalar   o’qitiladigan   savod   maktablari   bo’lganligi   va   maktablardan
tashqari   bolalar   maxsus   murabbiylar   tomonidan   harbiy-jismoniy   mashqlarni
bajara   olish   va   muayyan   hunar   sirlarini   o’zlashtirish   ishiga   jalb   etilganligidan
darak   beradi.   Eng   qadimgi   davrlarda   yo’lga   qo’yilgan   ta'lim-tarbiyaga   oid
qimmatli   ma'lumotlarni   biz   yana   xalq   og’zaki   ijodi   namunalari:   afsonalar,
qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g’oyalardan
ham   olishimiz   mumkin.   Chunki   xalq   donishmandligining   yorqin   namunasi
bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari
umumlashgan. Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular
tomonidan   amal   qilingan   urf-odatlar,   ijtimoiy   munosabatlari   mazmuni   xalq
og’zaki  ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo’lgan afsonalarda ifodalangan.
Afsonalarning   qahramonlari   yaxshilikning   tantana   qilishi   uchun   yomonlik
hamda   nurning   muqarrar   mavjud   bo’lishi   uchun   zulmat   bilan   kurash   olib
boradilar,   yaxshilik   va   baxt-saodatga   chulg’angan   o’lkalarini   yaratadilar.
Aksariyat   afsonalarning   qahramonlarini   inson   sifatida   gavdalangan   xudolar
tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzuistaklari, o’y-fikrlari, maqsad va
intilishlarini   yoritishga   xizmat   qilgan   afsonalarning   ko’pchiligi   bizga   eng
qadimgi   yodgorliklar   Avesto,   Abulqosim   Firdavsiyning   Shohnoma   asarlari
orqali ma'lumdir                           II-bob. Mirzo Ulug`bekning ilmiy maktabi.
2.1.   Mirzo   Ulug`bekning   qomusiy   olim   sifatida   ilm-fan   rivojiga   qo’shgan
bebaho hissasi.
Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharqu
g’arbga,   shimolu   janubga   kengaytirib,   iqtisodiy,   madaniy   va   ma’naviy
jihatlardan yuksaltirib dovrug’ini olamga mashhur qilgan bo’lsa-da, biroq uning
vafotidan   keyinmamlakat   tanazzullikka   uchrab   bordi.   Buning   asosiy   boisi
avvalo shundaki, Amir Temurtasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-
xil, uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib,ularni yagona bir markazdan turib uzoq
vaqt   boshqarish   murakkab   edi.   Buning   ustigaulardagi   mavjud   turli-tuman
muholifatchi   kuchlar   ertami-kech   o’z   hududiy   mustaqilligi   uchun   harakat
etishlari tabiiy edi.
Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim
sabablardan yana biri - ko’p sonli temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt talashib
boshlanibketgan   va   bir   necha   yillarga   cho’zilgan   o’zaro   besamar   urushu
nizolardir. Chunki, AmirTemur vafotidan so’ng uning ko’p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o’gitlariga quloqosmay, markaziy hokimiyatni egallash yo’lida
jangu-jadalga   kirishadilar.Amir   Temur   Xitoy   yurishiga   otlangan   bir   paytda
O’trorda 1405 yil 18 fevraldakasallanib vafot etgan paytda uning 4 o’g’lidan 2
tasi (Mironshoh   va   Shohruh   Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek,
qizlari   -   Og’a   begim,   Sulton   Baxt   begim   va   Og’a   begimning   o’g’li   Sulton
Husayn Mirzolar qolgan edi.Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul,
Qandahar   va   Shimoliy   Hind   erlarini   boshqarib   turgan
nabirasi   Pirmuhammad   (Jahongir   Mirzo   o’g’li)   egallashi   kerakedi.   Biroq
shahzoda   Halil   Sulton   (Mironshoh   o’g’li)ning   o’zboshimchalik   bilan
Samarqandni   egallab,   o’zini   hukmdor   deb   e’lon   qilishi,   tabiiyki,   boshqa
shahzodalarning   ham   qo’zg’alishiga,   saltanatning   darz   ketishiga   olib   keldi.
Buning   oqibatida   tez   orada   g’arbiy   hududlarning   ancha   qismi   mustaqil   bo’lib
ajralib   ketdi.   Ozarbayjon   tomonda   turkmanlarning   Oq   quyunli   va   Qora
quyunli   sulolalarining Temur saltanatiga bo’ysunmaslik va unga qarshi qarshilik
harakati   kuchaydi.   Amir   Xudaydod   va   Shayx   Nuriddinlar   esa
Movarounnahrning   turli   hududlarida   bosh   ko’tardilar1.   Faqat
qat’iyatli,shijoatli   Shohruh   Mirzo   bu   qonli   nizolar ,   urushlarga   barham   berib,
Xuroson   va   Movarounnahrda   hokimiyat   jilovini   qo’lga   kiritadi.   U   1409   yilda
ovarounnahrdagi   vaziyatni   o’z   foydasiga   hal   etib,   uni   katta   o’g’li   Ulug’bekka
topshiradi.   Bobosi   Amir   Temur   unga   katta   mehr   bilan   qarabyoshligidan   o’z
tarbiyasiga   olgan. Ulkan  tug’ma  iste’dod,  aql-zakovat  sohibi   bo’lgan  Ulug’bek
(Sohibqiron xonadonida uni shunday nom bilan erkalashgan) davlatboshqaruvini
puxta   egallashdan   tashqari   diniy   va   dunyoviy   bilimlarni   ham   etuk
darajadao’zlashtirgan.   Mirzo   Ulug’bek   hukmronligi   (1409-1449)   temuriylar
saltanatining an’anaviy rivoji va muhim
ijtimoiy   o’zgarishlar   yo’lidan   ilgarilab   berishida   alohida   davrni   tashkil   etadi.
Negaki,   bunda   donishmand   hukmdorning   katta   sa’y-harakatlari,   to’g’ri
yo’naltirilgan   siyosati   tufayli   mamlakat   daxlsizligi,   tinchligi   va   osoyishtaligi
nisbatan   ta’minlandi.   Bu   esa   uning   iqtisodiy,   madaniy   va   ma’naviy   ravnaqiga
sezilarli   ijobiy   ta’sir   ko’rsatdi.   O’sha   davr   tarixchilarining   yakdil   fikricha, Ulug’bek   bobosi   davridagi   boshqaruv   tizimini,   barcha   tartib-qoidalarni   to’la
saqlashga   harakat   qilgan.   Soliq   va   moliya   siyosatida   ham   bunga   amal   qilgan.
To’g’ri, Ulug’bek Amir Temur singari jangu jadallarga qiziqmadi.  Bu
sohaga   uning   ortiqcha   rag’bati   ham   bo’lmagan.   Faqat   zaruriyat   taqoza
qilgandagina uharbiy yurishlarga otlangan.. Shu
boisdan ham endilikda uning faoliyatida mamlakat obodonchiligi, yurt tinchligi,
farovonligi, ilm-fan ravnaqiga oid masalalar asosiy o’rin egallaydi. Mamlakatda
savdosotiq,hunarmandchilik   va   ziroatchilik   avvalgidek   rivojlanishda   davom
etadi. Ko’plab sun’iy sug’orish inshootlari barpo etiladi. Mamlakat  Buyuk ipak
yo’li   orqali   halqaro   karvon   savdosida   faol   ishtirok   etadi.   Samarqand,   Buxoro,
Shaxrisabz,   Shosh   va   boshqa   shaharlarda   ko’plab   hashamatli   madrasalar,
masjidu   maqbaralar,   karvonsaroylar   qad   rostlaydi.   Uning   bevosita
rahnamoligida   qurilgan   tenggi   yo’q   me’moriy   inshoot   -   rasadxona   o’sha   davr
ilm-fani va texnikasining eng so’nggi yutuqlarini o’zida mujassam etgan edi.
Ulug’bekning 1428 yilda o’tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va
pul   muomalasini,   moliya   siyosatini   yo’lga   qo’yishda   muhim   voqea   bo’lgan.
Ulug’bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o’z qadri, qimmati
bilan   iqtisodiy   hayotni   jonlantirish,   savdo-sotiqni   rivojlantirishda   alohida   rol
o’ynadi.   Uning   davrida   ham   yuqori   tabaqa   vakillariga,   harbiy   sarkardalar,   oliy
ruhoniylarga   avvalgidek   alohida   imtiyozlar   berish   tartibi   hukm   surdi.   Bundan
tashqari   davlatning   katta   ma’naviy   tayanchi   hisoblangan   diniy   muassasalar
ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf erlari to’plangan edi.
Bu davrning yana bir muhim yutug’i-bu   ijtimoiy fanlar , xususan, tarixshunoslik
sohasida   katta   tadqiqotlarning   yaratilganligidir.   Bu   xayrli   ishlarning   yuzaga
chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo’lgan.
Jumladan,   Amir   Temurning   «Tuzuklari»,   Mirzo   Ulug’bekning   «To’rt   ulus
tarixi», Bobur  Mirzoning «Boburnoma»si  ijtimoiy fanlar  rivojiga ayricha ta’sir
ko’rsatganligi shubhasizdir.
Temuriylar   davrida   salmoqli   iz   qoldirgan   alloma   olimlardan   Nizomiddin
Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at- tavorix»,   Abdurazzoq   Samarqandiyning   «Matla   ul-sa’dain»   va   «Majma’   ul-
bahrayn»   («Ikki   saodatli   yulduzning   chiqish   o’rni   va   ikki   azim   daryoning
quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli
«Ravzat ul-safo» («Poklik bog’i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi
fazilatlar»),   «Xabibus   siyar   fi   axboru   afodul   bashar»   («Xabarlar   va   bashariyat
odamlaridan   dilga   yaqin   siyratlari»)   asarlari   o’sha   zamon   tarixshunoslik
ilmining yuksaklik darajasini o’zida ifoda etadi1.  Х ulosa qilib aytadigan bo’lsak
Eng muhimi, bu davr AmirTemurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi.
Bu   zoti   sharif   va   uning   avlodlarining   mislsiz   sa’y-harakatlari,   bunyodkorlik
faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson
o’lkalari ulkan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mo’g’ullarning bir yarim asrlik bosqini
va   zulmasoratidan   butunlay   xalos   bo’lgan   ona   yurtimiz   qudratli   saltanat
darajasiga   ko’tarildi.   Ayni   chog’da   u   ijtimoiy-iqtisodiy,   madaniy-ma’naviy
jihatlardan   yuksalib,   jahonga   dovrug’   taratdi.   Ulug’   ajdodlarimiz   tomonidan
yaratilgan   moddiy   va   ma’naviy   madaniyatning   yuksak   namunalari,   duru
javohirlari   mana   necha   asrlardirki,   jahon   ahlini   hayratga   solib,   minnatdor
avlodlar ardog’ida e’zozlanib kelmoqda.
2.2.   Ulug`bekning   “To’rt   ulus   tarixi”   asari   tarixiy   manba   sifatida
Mirzo   Ulugbek   iki   yirik   asar   yozib   koldirdi.   Bulardan   biri   «Zichi   Jadidi
Kuragoniy» bulib, klassik astronomiyani nazariy va amaliy masalalarini kamrab
olgan   ;   Samarkand   astronomlarining   kup   yillik   ilmiy   kuzatishlarini   bayon
etuvchi kapital asar xisoblanadi.
Ikkinchisi tarixiy asar mamlakatning ijtimoiy – siyosiy tarixi kiska tarzda bayon
etilgan.   Asar   «Ulus   –   i   arba’yi   Chingiziy»   (Chingiziylarning   turt   ulusi   tarixi)
yoki   «Tarixiy–   i   arba   ulus»   (Turt   ulus   tarixi)   nomi   bilan   mashxur.   1425   yilda
yozib tomomlangan. «Tarix– i arba ulus» mukaddima va turt kismdan iborat.
Mukaddima   O’rta   asrlar   tarixchilar   urtasida   xukm   surgan   an’anaga   kura
islomiyatdan   avval   utgan   paygambarlar,   turklarning   afsonaviy   ota   –   bobolari xisoblangan   Yofas   ibn   Nux   va   uning   farzandi   Turkxon,   shuningdek   ,   Turk   –
mugul kabilalari va Chingizxon ta’rifi bayon kilingan.
Birinchi kism, Ulug yurt, ya’ni Muguliston va Shimoliy Xitoy tarixi: Ugadayxon
(1227   –   1241)   davridan   to   Arikbugunning   avlodi   Urdayxon   zamonigacha   yuz
bergan vokealarni uz ichiga oladi. Ikkinchi kismda Jush ulusi, ya’ni Oltin Urda
tarixi   (Jujixon   davridan   to   Shoxruxning   zamondosh   bulishi   Muxammadxon
zamonigacha;   XIII   –   XIV   asrlardagi   tarixi   talkin   etilgan).   Shuni   xam   aytish
kerakki, muallif mazkur ulusda xukmronlik kilgan xar bir xukmdor (xon) ustida
kiskacha   va   aloxida   –   aloxida   tuxtalib,   ularning   davrida   sodir   bulgan
vokealardan eng muximlarini bayon etgan.
«Tarix –  i  arbob  ulus»  ning  ayrim  kismlari, xususan  uning  turtinchi  kismi  kup
jixatdan   Sharafuddin   Ali   Yazdiyning   «Mukaddimai   Zafarnoma»   siga   uxshab
ketadi, lekin «Tarix arbo ulus» bir muncha tula asar.
Bundan   tashkari,   unda   turt   ulus   urtasidagi   siyosiy   munosabatlar   «Uzbek»
etnomining kelib chikish vakti xususida xam kimmatli ma’lumotlar uchratamiz.
Kiskasi,   «Tarix   –   i   arba   ulus»   O’rta   Osiyo   va   Kozogistonning   XIII   –   XIV
asrlardagi   tarixini urganishda ayniksa , Chigatoy ulusi tarixini urganishda muxim
manbadan biri vazifasini utashi mumkin.
Ko’rilayotgan   davr   ichida   O’rta   Osiyo   xalqlari   madaniy   hayoti   murakkab   va
mashaqqatli   yo’lni   bosib   o’tdi.   Uzaro   qirg`inbarot   urushlar,   tez-tez   bo’lib
turadigan   chet   el   bosqinchilarining   talon-torojlari   ba’zida  xalqning   asrlar   bo’yi
yaralgan ma’naviy va moddiy madaniyati boyliklarini bir uyum xaroba va kulga
aylantirar,   faqat   mo’’jiza   bilan   saqlanib   qolgan   urug`largina   madaniyatning
yangi   nihollarini   etishtirardi.   Xalqning   fidoyi   o’g`il-qizlari   ularni   sevib
parvarishlar,   shogirdlar   va   o’rinbosarlar   tayyorlashar,   o’zlaridan   oldin   o’tgan
ajdodlarning   an’analarini   davom   ettirar   edilar.   Temur   o’limidan   keyin   ham
shun day   bo’ldi.   Temurning   ulkan   feodal   davlati   qilich   va   qalqon   itoatida   edi.
Xalq ommasi esa feodallarning jabr-zulmi ostida yashardi.
Temur   vafotidan   so’ng   (5.02.1405   yil)   hokimiyat   uchun   kurash   boshlanadi   va
to’rt yildan so’ng Temurning o’g`li Shohruh bu kurashda g`olib chiqadi. U otasi idora   qilgan   hokimiyatni   ikki   kismga   bo’ldi:   markazi   Qirotda   bo’lgan,   o’zi
boshqargan Xuroson davlati va markazi  Samarqandda bo’lgan, o’g`li Ulug`bek
boshqargan Movarounnahr davlati.
Temurning nabirasi  Shohruhning to’ng`ich o’g`li Ulug`bek 1394 yil 22 martda
(796   yil)   Sultoniya   shahrida,   Shoh ruhning   17   yashar   xotini
Gavharshodbegimdan   tug`ildi.   Gavharshodning   otasi   Chig`atoy   zodagonlari
vakili, Chingizxon hayotini saqlab qolgan Kishliqning o’g`li Giyosiddin Tarxon
edi.   Temur   vafotidan   so’ng   Shohruhning   xotini   erining   hukmronlik   yillarida
muhim   rol   o’ynadi.   Yangi   tug`ilgan   chaqaloqqa   Muhammad   Tarag`ay   nomi
berildi. Lekin hali Temur hayotligi davridayoq uni Ulug`bek deb atashardi.
1404   yil   kuzida   «Etti   yillik»   yurishdan   qaytgan   amir   Temur   o’z   g`alabalariga
qo’shib,   9   yoshdan   17   yoshgacha   bo’lgan   beshta   nabirasining   to’yini   xam
qo’shib o’tkazdi. Ular safida o’n yoshli Ulug`bek xam bor edi. Uning qallig`i -
amakisi   Muhammad   Sultonning   (uning   sharafiga   Go’ri   Amir   maqbarasi
qurilgan)   qizi   Og`abegim   (yoki   Og`abeka)   edi,   u   ham   keyinchalik   Go’ri   Amir
xilxonalarining   biriga   dafn   qilingan.   Ulug`bek   15-16   yoshida,   1409   yilda   otasi
Shohruh   tomonidan   Movarounnahr   hokimi   etib   tayinlandi.   Ikki   yildan   keyin
1411   yili   17   yoshli   Ulug`bek   shimoli-g`arbiy   Amudaryodan   Sig`noqgacha,
shimoli-sharqda   esa   Ashpara   (Isfara)   gacha   bo’lgan   ulkan   muzofotning
hukmdoriga aylandi. Qokimiyat jilovi Shohrux qo’lida bo’lsa-da, zamondoshlari
Ulug`bekni itoatdagi shoh deb bilmasdilar. Xulosa
Tarbiya   insonning   aqliy   va   axloqiy   jihatdan   tarkib   topa   borishiga   ta’sir   etgan
bo’lsa,   insonning   shakllana   borishi   ham   o’z   navbatida   kishilik   jamiyatining
qaror   topa   borishiga   yordam   bergan.   Xullas,   tafakkur   yurita   olish   qobiliyatiga
ega   bo’lgan   inson   kamolotining   ta’minlanish   jarayoni   hamda   jamiyatning
ijtimoiy   taraqqiyoti   o’zaro   uzviy   aloqada   shakllangan.   Mazkur   tarixiy   jarayon
mohiyatini   bilish   bizga   inson   tafakkurining   juda   uzoq   davr   va   murakkab
sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi  jarayonida inson ham biologik
jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar,
eng  oddiy  ixtirolarning  takomillashib  borishi  kabi  holatlar   inson  ongining  ham
shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni  o’z ichiga olgan
bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi  sifatida qabul qilingan
xulq-odob   qoidalari,   ijtimoiy   talablar   yuzaga   kelgan.   Ushbu   talablar   muayyan
davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.  Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari,
orzu-umidlari   qadimgi   eposlarda   aks   etgan   afsonaviy   obrazlar   hamda
qahramonlar   qiyofasida   o‘z   ifodasini   topgan.   Ruhga   sig’inish   (onimizm),
ajdodlar   ruhiga   sig’inish   (totemizm),   sehrgarlik   kabi   diniy   e’tiqodlar   va
marosimlar   yoritilgan   afsona   va   rivoyatlarda   eng   qadimiy   ajdodlarimizning
tafakkur dunyosi  aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget,  sak,
xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ma’lumki,   ibtidoiy   kishilar   mehnat   faoliyati   jarayonida   o‘z   ehtiyojlarini
qondirgan   va   bu   jarayon   yosh   avlodda   ham   mehnat   qilish,   amaliy   faoliyatni
yo‘lga   qo’ya   olish   borasidagi   nazariy   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   hosil
qilishga   zamin   hozirlagan.   Mehnat   faoliyatini   tashkil   etish   jarayoni   dastlabki
paytlarda   butun   ijtimoiy   hayotni   yo’lga   qo’yish   negizida   amalga   oshirilgan
bo’lsa,   keyinchalik   tarbiya   inson   faoliyati   asosiy   jihati,   ijtimoiy   ongni
shakllantirishning   muhim   omiliga   aylandi.   Dastlabki   urug‘chilik   jamiyatidan
oldin   ham   inson   yashash   uchun   kurashgan,   mazkur   davrda   urug‘ning   barcha
a’zolari   jamoa   bo’lib   harakat   qilganlar.   Keyinroq   kishilar   mehnat   faoliyatini
jamoa   a’zolarining   yosh   jihatlariga   ko’ra   quyidagi   uch   guruh   asosida   tashkil
etganlar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Siyosiy manbalar
1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonun” T., 2020 yil
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Asosiy adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T. 2008 y 176 b.
2. Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura – T.
«O’zbekiston» 1998 y.
3. Inomova. M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi – T., 1999 
y.
4. Imomov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. – T., 
«O’qituvchi»1990 y.
5. Inomova. M. Bolalarni axloqiy tarbiyalashda ota-onalarning roli – T.,  
Pedagogika «Bilim» jamiyati, 1989 y.
6. Musurmonova O. Yuqori sinf o’quvchilari ma’naviy madaniyatini 
shakllantirishning shakl va metodlari. – T., «Fan»1993 y.
7. Musurmonova O. O’quvchilarning  ma’naviy madaniyatini 
shakllantirish. – T., «Fan»1993 y.
8. Ma’naviyat darsligi. Tuzuvchi  S.Nishonova. – T., «O’qituvchi» 1994 
y.
9. Mahkamov U. Axloq – odob saboqlari. – T., «Fan»1994 y.
10. Munavvarov A.Q. Oila pedagogikasi. – T., «O’qituvchi»1994 y.
11. Mirtursunov Z. O’zbek xalq pedagogikasi – T., «Fan»1973 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Maxmudov Q. Turmush ziynati. – T., «O’qituvchi» 1991 y.
2. Ushinskiy K.D. Tanlangan pedagogik asarlar Toshkent, O’quv 
pedagogik nashriyoti 1959 y. 101-bet.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “TARBIYAVIY SIHLAR METODIKASI” FANIDAN “TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA MIRZO ULUG'BEK MA'NAVIY MEROSINING TUTGAN O'RNI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI

Mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida Mirzo Ulug'bek ma'naviy merosining tutgan o'rni. Reja: Kirish I-bob. Mirzo Ulug'bek Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug'bek Ko'ragon- Temuriylar davlatining hukmdori, buyuk o'zbek munajjimi va matematigi. 1.1. Mirzo Ulug'bekning hokimiyatga kelishi va boshqaruv usuli 1.2. Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ma'rifatparvarlik xizmatlari II-bob. Mirzo Ulug'bekning ilmiy maktabi. 2.1. Ulug'bek davrida maktab islohoti. 2.2. Mirzo Ulug'bekning qomusiy olim sifatida ilm-fan rivojiga qo'shgan bebaho hissasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, odamzodga ato etilgan eng oliy ne’mat hisoblangan farzan bu millat boyligi. Chaqaloqning tashrifi ila xonadonimizga nur, oilamizga baxt, kelajagimizga umid va ishonch kirib keladi. Darhaqiqat, farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir. Ko’zimizning oqu qarosi bo’lgan dilbandlarimiz har doim ardog’imizda ekan, biz olamga ular nigohi bilan qarashga intilamiz. Har bir harakati va imo- ishoralari orqali ularni anglashga urinamiz va albatta, buning uddasidan chiqamiz. Lekin bolalik dunyosidan uzoqlashgan kattalarning bu olamga qayta kirib kelishlari qiyin kechadi. Bolalar bilan muloqot paytidagina bu olam mo’jizalaridan bahramand bo’lish mumkin. Lekin biz kattalar o’zimiz bilmagan holda bu mo’jizalarni ko’rish va ulardan bahramand bo’lishdek baxtdan qochamiz va bu ishni begonalarga topshiramiz. Shunday daryolar borki, ularni tezoqar va o’zgaruvchan deya ta’riflashadi. Bu qiyos farzand tarbiyasi borasida ham ifodalanishi mumkin. O’g’il-qizlarning rivojlanish davri xuddi tezoqar va o’zgaruvchan daryolarga o’xshatiladi. Gohida ular oldinga intilib o’zanlaridan chiqib ketguday bo’lsalar, gohida tinch va osudalik kasb etadilar. Istiqloldan keyingi yillarda farzand tarbiyasiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu boradagi o’zgarishlar bola tarbiyasi mavzusining asrlarga tatigulik vazifa ekanini isbotlab berayotir. Negizi tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga tutash bo’lgan farzand tarbiyasiga taalluqli kitoblar nashr bu borada amalga oshiralayotgan eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Mustaqilligimiz sharofati bilan nashr qilingan Imom Buxoriyning 4 jildlik «Hadis» lar to’plami, Amir Temur hayoti va bunyodkorlik ishlari mavzui bilan bog’liq o’nlab kitoblar so’zimiz isbotidir. Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburdan avlodlarga meros bo’lib qolgan bebaho boylik

o’zbek millatining durdonalaridir. Forobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, at-Termiziy, Moturudiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Mahmud az- Zamaxshariy, Ulug’bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Ch’lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon kabi o’zbek millatining buyuk siymolari, atoqli olimlari va adiblari bilan har qancha faxrlansak arziydi. Kengroq mushohada yuritadigan bo’lsak, millat barkamolligi, Vatan taraqqiyoti farzand tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’z navbatida elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishligiga tutashdir. O’z millatini sevadigan har bir inson, uning yutuqlari, obro’-e’tibori bilan faxrlanadi, zavqlanadi, uning muammolariga befarq qarab tura olmaydi. Yuksak ma’naviyatli inson, o’z eliga millatiga jonkuyar bo’ladi, uning muvaffaqiyatlaridan ich-ichidan faxrlanadi, quvonadi. Milliy xulq-atvor tushunchalari har bir kishida o’z millatining moddiy, ma’naviy merosilarini o’zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o’zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi. Buning natijasida unda o’z millatiga mehr-muhabbati osib boradi. Har bir o’quvchi Vatan muvafaqqiyatida o’zining ham shaxsiy burch va mas’uliyati vazifalari borligini to’la idrok etsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kundalik ishlarimizni shunday tashkil etishimiz zarurki, natija o’quvchilar Respublikamizning hozirgi mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o’zinikidek qabul qiladigan bo’lsin. Ularning og’irligini o’z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltirishdan g’ururlanadigan shaxs bo’lib ulg’aysin. Yuqorida qayd etilganlardan ma’lumki bizning kurs ishimizning «Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish» nomli mavzusi Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan dolzarbligiga ega.Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli

allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. 1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi. Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi. Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar