logo

Turk xoqonligi davlatining O‘zbekiston davlatchiligida tutgan o‘rni masalasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.263671875 KB
Turk xoqonligi davlatining   O‘zbekiston davlatchiligida tutgan o‘rni masalasi 
Reja:
1. Ilk o‘rta asrlar tarixiga oid tadqiqotlar
2. Turk hoqonligi tarixshunosligi Turkiylar – jahondagi eng qadimgi va eng yirik etnoslardan biri bo‘lib, ular
Osiyoning sharqiy hududlarida qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o‘zlaridan
munosib   iz   qoldirib   kelganlar.   Xitoy   manbalari,   mashhur   “O‘g‘iznoma”,   O‘rxun-
Yenisey   runiy   yozuvlari,   Kultegin   bitiklari   bunga   ishonchli   dalildir.   Oltoy,   Tuva
hamda   ularga   tutash   xududlarda   turli   turkiy   qabilalar,   chunonchi,   ashin,   arg‘un,
o‘g‘iz, to‘qqiz o‘g‘iz, o‘ttiz tatar, qarluq, kitan, turq uyg‘ur,   toharlar, duba (tuba-
tuva),va   boshqalar   yashaganlar.   So‘nggi   davrda   sharqshunos   olimlar,   jumladan
o‘zbek   olimlarining   tadqiqotlari   natijasida   hamda   qadimgi   Xitoy   manbalaridagi
ma’lumotlarga   ko‘ra   turk   atamasi   bundan   3,5-4   ming   yil   muqaddam   rasmsimon
ierogliflar   bilan   yozilgan   bitiklarda   “Tiek”   va   “Tiauk”   shaklida   uchraydi.   Turk
so‘zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi, degan fikr majud. 
Turon davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davri muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonlik xususida 
ma’lumotlar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshi va aniq ma’lumotlar 
bermaydi. Birinchi navbatda VI-VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bular epigrafik 
yodgorliklar – O‘rxun-Yenisey, Turk-Run yozuvlari, Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” (VII-IX asrlar) tarixiy 
manbasi, VI asrning birinchi yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik 
yozuvchi Ioan Efesskiylarning tarixiy asarlaridir. Shuningdeq Turk xoqonligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rta
asr mualliflari at-Tabariy, Denovariy, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiylar asarlarida ham uchraydi. 
Xususan, Abu Is’hoq Nishopuriy (VIII asr) o‘zining “Qissai al-anbiyo” asarida turklarning kelib chiqishini 
Nuh payg‘ambar o‘g‘li Yofasning to‘ng‘ich o‘g‘li Turk bilan bog‘laydi. Boshqa afsonaga ko‘ra, ular o‘n 
yashar bola va ona bo‘ridan tarqalganligi ta’kidlanadi. Bu ma’lumotlar Bey-shi va Xitoy yilnomalarida 
berilgan bo‘lib, turklarning ota-bobolari katta botqoqlik chekkasida (“G‘arbiy dengiz”ning o‘ng 
qirg‘oqlarida) yashagan. Biroq ular qo‘shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Ammo ulardan o‘n 
yashar bola tirik qolgan. U Turfon tog‘lariga ketib, u yerda urg‘ochi bo‘ridan o‘nta bola ko‘rgan. Bo‘ri 
bolalari Turfondagi ayollarga uylanadilar. Xar bir boladan bir urug‘ kelib chiqadi. O‘g‘illardan birining ismi
Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo‘ladi. Afsonaga ko‘ra, “turk” so‘zi Oltoy 
tog‘ining eng qadimgi nomidir. Yana bir boshqa afsonaga ko‘ra, turk qabilasining ajdodlari Oltoyning 
shimoliy yonbag‘irlaridagi viloyatidan kelib chiqqan bo‘lib, bu yerdagi qabila boshlig‘i Abanbi ularning ilk 
yo‘lboshchisi bo‘lgan. 
VI asrning boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi. U Asan Shad 
nomi bilan urug‘ boshlig‘i bo‘ladi. Uning o‘limidan keyin esa o‘g‘li Tuu taxtga o‘tiradi. Tuuning o‘g‘li 
Tumin-Bumin 551-yilda turk xoqonligiga asos soladi. Bumin Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilinib, 
“Ili qag‘an” degan unvonni oladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo‘lib qoladi. Oltoydagi O‘tukan shahri 
xoqonlikning poytaxti qilib belgilanadi. (ushbu xoqonlik 551-744-yillarda faoliyat ko‘rsatdi)  Qadimgi turk 
manbalarida bu ittifoq “tyurk”, “tyurk el”, ”turk bo‘dun” kabi nomlar bilan tilga olinadi. 552-yilda Bumin 
boshliq bu ittifoq Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jo‘jan xoqonligiga zarba beradi. Bumin ukasi Istamiga 
(Istemi-turkcha, Sebimi-xitoycha, Sinjibi-arabcha, Stembi-xagah yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning 
birinchi amaldoriga to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u”(bahodir) unvonini berib, u bilan birga davlatni kengaytirish 
payiga tushadi.  Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug‘i  ortib boradi. 552-yilda Bumin vafot etadi.  Taxtga uning o‘g‘li Qora Issiqxon, 553-yilda uning ukasi Mug‘anxon o‘tiradi va 20 yil xonlik qiladi. Turklar 
tomonidan qisqa vaqt ichida Yenisey (Enasoy) daryosi bo‘yida yashovchi qirg‘izlar, shimoliy Xitoy 
viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Istemi boshchiligida 
turklar 555-yilda Toshkent va uning atroflari, Qozog‘iston, Xorazm xududlari Yettisuv tutashgan yurtlarda
yashovchi nushibu, dulu  va   turkash qabilalarini bo‘ysundiradilar. Shu yili turklar Sharqiy Turkistonning 
obod dehqonchilik viloyatlarining bir qismini hamda  Sirdaryo va Orol dengizi bo‘yidagi dashtliklarni 
butunlay bosib oladilar. 558 yilga kelib  Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo‘ylari zabt etilib, turklar avarlar bilan 
to‘qnashadilar. 563-567-yillarda Istami Yabg‘u qo‘shinlari eftalitlarga ketma-ket zarbalar berib uning 
hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan yerlarni egallaydilar. Buning 
oqibatida eftalitlar hokimiyati qulaydi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylardan, shimoldan esa Turk 
xoqonligidan qattiq zarbaga uchragan Eftalitlar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so‘ng, 
batamom barbod bo‘ladi. 
Turk xoqonligi O‘rta  Osiyo xududlarini ishg‘ol etgach, xoqonlik Eron bilan chegaradosh bo‘lib qoladi. 
Natijada ikki davlat o‘rtasida munosabatlari keskinlashadi. Turk xoqoni Istamining 567-yilda ikki marta 
yuborgan elchilari faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqadi. Eron bilan munosabatlarni o‘rnatishga intilishlar 
natija bermaydi  Biroq, Eron bilan o‘zaro munosabatlarni yahshilash imkoni bo‘lmagach xoqonlik 
sosoniylar bilan bir necha bor urush olib boradi. Istemi qo‘shinlari Eron shohi Xusrav I ni yengadi.   
Mug‘anxon va uning avlodlari G‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni zabt etib, o‘zlariga 
bo‘ysundiradilar. Turk xoqonligi 568-569-yillarda o‘sha davrning qudratli davlati – Vizantiya bilan 
iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, Sug‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u
yerga yuboradi. Shundan so‘ng Vizantiyaning Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Biroq 
ko‘p vaqt o‘tmay Vizantiya bilan munosabat keskinlashadi. 575-576-yillarda turklar Kimmeriy Bosforini 
egallab, Qrim yarim oroligacha kirib boradilar. Keyinchalik Vizantiya va xazarlar yordamida turklar 
birnecha bor Eronga qarshi qo‘shin tortadilar. 588-yilda Xirot yaqinida Eronning mashhur sarkardasi 
Bahrom Chubindan yengiladilar. Turk xoqoni jangda halok bo‘ladi. 
Shunday qilib,  VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan  to Amudaryo bo‘ylarigacha, 
Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlar davlati – 
Buyuk Turk xoqonligi tashkil topadi.  
Turk xoqonligi qanchalik buyuk bo‘lmasin, lekin u chinakam markazlashgan
davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni
xoqon boshqarar edi. Turk xoqonlari O‘rta Osiyoda hukmronlik qilsalar-da, biroq
o‘zlari    bu hududlarga ko‘chib kelmadilar. Ular  Yettisuv  va boshqa hududlardagi
markaziy   qarorgohlarida   qolib,   bo‘ysundirilgan   hududlarni   mahalliy   hukmdorlar
orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq va o‘lponlar bilan kifoyalanganlar. Turk
xoqonligi   davrida   O‘rta   Osiyodagi   15   dan   ortiq     mahalliy   davlat   tuzilmalari,
ularning  boshqaruv  tizimlari   saqlanib,  ichki  siyosat   bobidagi  mustaqil  faoliyatlari
davom   etgan.   V-VII   asrlarda   bu   mahalliy   davlatchalar,   avvalo   eftaliylar,   so‘ngra
Turk   xoqonligiga   bo‘sundirilgan   bo‘lsa-da,   ammo   eftaliylar   ham,   turklar   ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi
yerli sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan boju yasoq undirib olish
bilan   cheklanadilar.   Biroq   mamlakat   boshqaruvida   urug‘-aymoqchilik   udumlari
kuchlik bo‘lib, zodagonlarning boshboshdoqlik harakati zo‘rayib bormoqda edi.
O‘zaro   qabilaviy   urushlar,   sulolaviy   kurashlar   oqibatida   Turk   xoqonligi   VI
asrning 80-yillariga kelib (bu sana ba’zi manbalarda 603-yil bilan belgilanadi) ikki
mustaqil   davlatga   ajralib   ketadi.   Ulardan   biri   Mo‘g‘ulistonda   tashkil   topgan,
markazi   Oltoy   bo‘lgan   Sharqiy   turk   xoqonligi,   ikkinchisi   esa   O‘rta   Osiyo,
Jungariya   va   Sharqiy   Turkistonning   bir   qismini   o‘z   tasarrufiga   olgan   markazi
Yettisuv   bo‘lgan   G‘arbiy   turk   xoqonligi   edi.   G‘arbiy   xoqonlik   ijtimoiy,   iqtisodiy
va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan ajralib turardi. Aholining kattagina qismi
o‘troq dehqonchilik va savdo-sotiq  bilan mashg‘ul  edi. Yer  va suv munosabatlari
rivoj   topib   borayotgan   g‘arbiy   xoqonlikdagi   turklarning   bir   qismi   o‘troqlashadi,
qolganlari yerli chorvadorlar bilan qorishib ketadi. 
VII   asrning   birinchi   choragida     G‘arbiy   xoqonlik   nihoyatda
kuchayadi..Uning   sharqiy   chegarasi   Oltoygacha,   janubi   esa   Hind   daryosiga   borib
taqalib,   markazi   Yettisuv   edi   .Xoqonning   yozgi   qarorgohi   Isfijob   yaqinidagi
Mingbuloqda,   qishkisi   Suyob   shahrida   edi.   Xoqon   To‘nyabg‘u   (618-630)
hukmronligi   davrida   boshqaruv   tartiblari   isloh   etiladi.   Viloyat   hokimlariga
“yabg‘u”   unvoni   berilib,   ular   xoqonning   noiblariga   aylantiriladi.   O‘rta   Osiyo,
Sharqiy Turkiston va Toharistonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy
nazorat   kuchaytirilib,   ular   huzuriga   xoqonlikning   vakillari   yuboriladi.   Bunday
vakillar “tudun”deb yuritiladi. Biroq xoqon markaziy hokimiyatni mustahkamlash
bobida   amalga   oshirgan   ishlari   yaxshi   natija   bermadi,   o‘zaro   kurash   davom   etdi.
Xoqonlikning   harbiy-ma’muriy   tayanchi   hisoblangan   dulu   va   nushibu   qabila
ittifoqi   zodagonlari   o‘rtasida   hokimiyat   uchun   kuchayib   borgan   kurash   oqibatida
G‘arbiy   turk   xoqonligi   zaiflashib,   bo‘linib   ketadi.   667-679-yillarda   vaziyatdan
foydalangan   Xitoyning   Tan   imperiyasi   xoqonlik   markazi   Yettisuvni   bosib   oladi.
Biroq G‘arbiy turklarning muttasil olib borgan kurashlari natijasida, VII asr oxiriga kelib   G‘arbiy   xoqonlik   o‘z   mustaqilligini   tiklaydi.   Xitoy   gumashtasi   Xusrav
Bo‘ritosh Yettisuvdan haydab chiqariladi. Chochdan to Beshbaliq va Turfongacha
bo‘lgan  viloyatlarda  dulu  qabila  ittifoqidagi   turkashlar  hukmronligi   o‘rnatiladi   va
Turkash xoqonligi tashkil topadi.
Turk   xoqonligida   saltanat   ustidan   oliy   hukmronlikni   “xoqon”   olib   borgan.
Bu   lavozim   merosiy   bo‘lgan.   Xoqondan   keyingi   shaxs   “Yabg‘u”   davlatdagi
birinchi amaldor vazifasida bo‘lgan. Taxt merosxo‘ri “tegin” deb atalgan. “Tudun”
unvoni   yuqorida   ta’kidlangandek   hukmdorning   joylardagi   noiblariga   berilgan.
Turkiy   ko‘chmanchilarning   asosiy   qismi   kambag‘al   chorvador   va   ovchilardan
iborat   bo‘lib,   bunday   xalq   ommasi   “budun”   yoki   “qora   budun”   deb   atalgan.
Mamlakat   “budunlar”   yashaydigan   ellarga   bo‘lingan.   Urug‘-qabilaning   nomdor
vakillari   “beklar”   deb   yuritilgan.   Jamoani   xoqon   boshchiligidagi   zodagonlar
kengashi   –   “qurultoy”   boshqargan.   Aholining   ijtimoiy   hamda   xo‘jalik   hayoti
turlicha   bo‘lib,   ko‘chmanchi   turklarda   urug‘   jaoasi   an’analari   hali   kuchli   edi.
Ko‘chmanchilarning asosiy qismi  kambag‘al chorvadorlar edilar.   Ular o‘z urug‘i
va qabilasi doirasida oqsuyak tabaqaga tobe holda yaylovma-yaylov ko‘chib yurar
edilar.   Katta   xududlarni   egallagan   xoqonlik   bo‘dunlar   yashaydigan   ellarga
bo‘lingan   edi.   Ellarni   harbiy   zodagonlarning   vakili   “beklar”   boshqargan.
Ko‘chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik va yilqichilik edi.
G‘arbiy Turk xoqonligi aholisining hammasi ham ko‘chmanchilardan iborat
bo‘lmay,   Yettisuv   va   uning   tevarak   atrofidagi   hududlarda   o‘troq     ziroatkorlar
istiqomat qilardi. Ushbu vohalarda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lib, aholi asosan
dehonchiliq   hunarmandchilik   hamda   savdo-sotiq   ishlari   bilan   shug‘ullangan.
Mamlakatda   dehqonchilik   ancha   rivojlangan.   Asosan   don   va   poliz     ekinlari
ekilgan. Paxtachilik sohasida ham yuqori hosil yetishtirilgan. Turk hunarmandlari
yasagan zeb-ziynatlar, qurol-yarog‘lar xilma-xilligi va puxtaligi bilan mashhur edi.
Farg‘ona,   Choch,   Eloqda,   Usrushonada,   Sug‘dda   oltin,   mis,   temir   va   boshqa
madanlar qazib olinardi. Turk xoqonligi xududlarida tranzit karvon savdo yo‘lining
o‘tishi   ichki   va   tashqi   savdaga   ta’siri   kuchli   edi.   Sug‘d   sadogarlarining   mavqei baland,  bo‘lib,  ular  xalqaro  savdoda     asosiy   vositachi  edilar.  VII  asrning   birinchi
yarmida     Buxoro hududi  savdoning   markazlaridan  bo‘lgan.  Poykent  “savdogarlar
shahri”   deb   nom   chiqargan.Tashqi   savdoda   Xitoy   bilan   aloqa   yetakchilik   qilgan.
Tarixiy   manbalarda   bu   davrda   ko‘plab   savdo   karvonlari   yuborilganligi   qayd
qilingan. Birgina 627-647 yillarda Buxoro, Samarqand, Ishtixon  tarkibida elchilar
bo‘lgan birlashgan  to‘qqizta savdo karvoni Xitoyga yetib borgan.
Shunday qilib, G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining   dehqonchilik
va   savdo-sotiq   bilan   shug‘ullangan   o‘troq   qismi   madaniy   jihatdan   ilg‘or   bo‘lib,
xoqonlikning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   hayotida   yetakchi   o‘rinni   egallagan.   Biroq
aholining bu qismi hayotida mulkiy tabaqalanish kuchayib, yer maydonlari va suv
manbalarining katta  qismi  mulkdor  zodagon  dehqonlar   qo‘lida  to‘planmoqda  edi.
Ziroatchi   aholining   kattagina   qismi   zodagon   dehqonlarga   qaram   kadivarlarga
aylanib bormoqda edi.  
Turk   xoqonligi   davrida   yuz   bergan   murakkab   ijtimoiy-siyosiy   vaziyat
mamalakat   obodonchiligi,   xo‘jalikning   ravnaqi,   shaharlarning   qiyofasi   va
aholisining   turmush   tarziga   jiddiy   ta’sir   ko‘rsatdi.   Yer   egaligi   munosabatlarning
jadallashuvi,   ko‘chmanchi   chorvador   qabilalar   o‘troqlashuvining   kuchayishi   ekin
yerlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi. Shaharlar gavjumlashdi. Qishloqlarda “ko‘shk”,
“qasr”, “qo‘rg‘on” va “qo‘rg‘onchalar” nomli istehkomli turar joylar tashkil topdi.
Ular asosan markaziy  shaharlarning tevarak atrofida joylashgan edi.
Sug‘orma   dehqonchilikning   ravnaqi,   xunarmandchilik   va   asbob   –
uskunalarga   bo‘lgan   ehtiyojning  ortib  borishi,   savdo-sotqning   avj   olishi   dastlabki
shaharlar   shakllanishi   va   ravnaqiga,   ayniqsa   hunarmandchilik   mahallalarining
kengayishiga   ta’sir   qildi.   Movarunnahr   shaharlarining   maydoni   unchalik   katta
bo‘lmagan.   Masalan,   Afrasiyob   xarobalari   216   gektar   atrofida   edi.   Ustrushona
poytaxti   Bunjikat   10   gektardan   oshmagan,   Eski   Poykent   shahri   devoirining
umumiy   uzunligi   2   km   atrofida,   Chochning   asosiy   shaxri   Binkent   chegarasi
5,Termizning umumiy doirasi  7-10km  atrofida,    Jizzaxning   maydoni  undan  ham
kichik bo‘lgan.     Xitoy   manbalarida   ta’kidlanishicha   Xorazm,   Farg‘ona,   Sug‘d,   Chu
vodiysida   Tuproqqal’a,   Buxoro,   Samarqand,   Ishtixon,   Toshkent,   Isfara,   Qubo,
Koson,   Axsikent   kabi     hunarmandchilik   va   savdo-sotiq   tarmoqlari   gurkirab
rivojlangan   shaharlari   bo‘lgan.   Ularning   ko‘pchiligi   tashqi   tomondan   devorlar
bilan   o‘rab   olingan.   Bu   davrda,   bir   tomondan,   shahar   aholisining   ortib,   uning
gavjumlashuvi yuz beradi, ikkinchi tomondan, shaharlar atrofi o‘zlashtirilib, obod
etiladi.   Markaziy   shaharlarning   tashqi   devorlariga   tutashgan   joylarda
hunarmandchilik   mavzelari   –   rabotlar     paydo   bo‘ladi.   Ularda   xunardmandchilik
mahallalaridan   tashqari,   karvonsaroylar,   bozor,   ibodatxona   va   dahmalar   qad
ko‘targan.   Karvonsaroylar   Mavorunnaxrning   iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy
aloqalarida,   balki   tranzit   savdoning   yuksalishida   muhim   rol   o‘ynagan.   Ularda
savdo   karvonlari   qabul   qilinib,   savdo   ko‘rgazmalari   tashkil   qilingan,   savdo-sotiq
va mol ayirboshlash amalga oshirilgan. Ko‘p hollarda ular qal’a, xarbiy turar joy,
omborxona hamda ma’naviy-madaniy markaz vazifasini ham bajarganlar. Ilk o‘rta
asrlarda   shaharlar   uch   qismdan,   ark   (podsho   qasri   joylashgan),   shahriston   (ichki
shahar)   va   rabotlardan   iborat   bo‘lib   qoladi.   Shaharlarning       uchchala   qismi   ko‘p
xollarda alohida devorlar bilan o‘rab olinadi.
Shunday   qilib,   ilk   o‘rta   asrlar   davrida   O‘rta   Osiyoda   yerga   egalik   qilish
munosabatlari   shakllanib,   mustahkamlanib   bordi.   Siyosiy   hayotda   Eftaliylar
davlati   va   Turk   xoqonligi   hukmronligi   o‘rnatildi.   Hunarmandchiliq   sug‘orma
dehqonchilik   va   chorvachilik   rivoj   topib.   Buyuk   ipak   yo‘li   orqali   tashqi   savdo
rivojlandi.  
Ilk o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘li ravnaqi tufayli O‘rta Osiyo xalqlari jahon tarixi jarayoniga tortilib, o‘troq
dehqonchilik vohalari bilan dasht xalqlari madaniyatlari o‘zaro ta’siri kuchaydi, bu diyorda ilk o‘rta 
asrning o‘ziga xos sirqirra va nihoyatda boy madaniyati shakllandi va rivojlandi.
 Bu yuksak madaniyatning serjilo qirralari, ayniqsa, VI-VIII asrlarning moddiy madaniyat obidalari, diniy 
e’tiqodlar va  tasviriy san’at namunalarida o‘z ifodasini topdi. Bunday o‘zgarishlar, ayniqsa, binokorliq 
me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabhalarida ko‘rindi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Naxshab, 
Toshkent kabi dehqonchilik vohalarida ko‘plab istehkomli qasrlar va zodagon dehqon qo‘rg‘onlari qad 
ko‘tardi. Nahshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Alfir qal’alari, Sug‘d, 
Tohariston, Farg‘ona va Chochning shahar va qal’alari shular jumlasidandir. Ushbu shahar va qal’alarda 
devorlari turli tasvirlar bilan bezalgan saroy va ibodatxonalar qurilgan. Bu davr binokorligi va  me’morchiligida, ayniqsa qasrlar alohida o‘rin tutgan. Ularning ayrimlar, hatto ikki qavatli bo‘lib, 
yuqorisiga maxsus ko‘tarma – pandus orqali chiqilgan.  V asr oxiridan boshlab binokorlikda an’anaviy xom
g‘isht va paxsa bilan bir qatorda pishiq g‘isht ham ishlatila boshlangan. Ilk o‘rta asrlar me’morchiligining 
qurilish g‘oyalari, muhandislik yechimlari va me’moriy uslublari Xorazm, Sug‘d, Farg‘ona, Choch va 
Toxaristonning shahar va qal’alari mulkdor dehqonlarning qo‘rg‘onlari, ibodaxonalar, ularning ichki 
naqshlari hamda tasviriy san’atda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ilk o‘rta asrlarda qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa Xitoy, Hindiston va Eron bilan iqtisodiy va madaniy 
aloqalar kengayib bordi. Bu davrda O‘ra Osiyolik shishagarlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va 
shisha buyumlar yasashni o‘rgatdilar. Xitoy imperatorlari saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan 
rangli shishadan foydalanganlar. 
Bu davrda geografik  jihatdan bir–biridan uzoqda joylashgan  viloyatlarning aholisi turli tillarda 
so‘zlashgan. Turkiy xalqlar qadimiy yozma madaniyatga ega bo‘lgan xalqlardan biridir. Turk xoqonligi 
davrida sug‘d yozuvi, xorazm yozuvi oromiy yozuvi bilan bir qatorda qadimiy turkiy xalqlarning yozuvi, 
O‘rxun-Yenesey yozuvi, Turk-Run yozuvi, Ko‘k Turk yozuvi, Belga xoqon yodnomasi va shu xildagi noyob 
topilmalar keng ishlatilgan. Yaqinlarga qadar turkiy yozuv VI-VII asrlarda shakllangan deb kelingan edi. 
1970-yil Almati yaqinidagi Issiq degan qadimgi qo‘rg‘on-qabrdan miloddan avvalgi birinchi ming 
yilliklarning o‘rtalariga oid ko‘plab buyumlar qatori ko‘mush kosacha ham topilib, uning sirtida chizma 
shakllari qadimgi turkiy yozuviga o‘xshash bitik borligi aniqlandi. Uni taniqli olim A.S.Omonjo‘lov 
tomonidan o‘qib, talqin qilindi va ushbu bitik fanda “Issiq” yozuvi nomini oldi. Ushbu turkiy qavmlar 
yozuvi tarixga oid qarashlarimizni yanada boyitdi. Endilikda topib tahlil qilingan noyob ashyoviy dalillar 
asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashi ma’lum bo‘ldi.    
Qadimgi Turonzaminda chorvador aholi o‘rtasida turkiy til muhiti hukmron bo‘lsa, o‘troq aholining katta 
qismi sug‘d tilida so‘zlashuvi va sug‘d tilining keng muomalada bo‘lishi kuzatilgan. Bu davrda sug‘d tili va 
yozuvi xalqaro savdo tili sifatida Sharqiy Turkiston va Xitoy hududlarigacha kirib boradi. Bizgacha 
saqlanib qolgan Sug‘d yozuvlari orasida Panjakent yaqinida Qal’ai Mug‘dan, Sharqiy Turkistonda Turfan 
shahri yaqinida topib o‘rganilgan hujjatlar, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etilgan 
devoriy yozuvlar betakrordir. 
Shaharlarda sug‘d va turkiy tildan iborat ikki tillili rasmiy odat bo‘lganligi Mahmud Qoshg‘ariyning 
“Devoni lug‘atit turk” asarida ta’kidlangan. Bu yozuvlarda buyuk ajdodlarimiz ijod qilganlar, o‘zlaridan 
qimmatli madaniy, ma’naviy, meros qoldirganlar. Sug‘dda savodxonlikka intilish juda ham kuchli bo‘lgan.
Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, bu yerda besh yoshga to‘lgach o‘g‘il bola yozuv va hisobga 
o‘rgatilar, so‘ngra ular yigirma yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga 
jo‘natilar edi. Sug‘d yozuvi asosida uyg‘ur va turk yozuvlari shakllangan. Uyg‘ur yozuvidan esa o‘z 
navbatida keyinchalik mo‘g‘ul va manjur xatlari paydo bo‘ladi. Shubhasiz bu tabiiy voqelik edi. Chunki,  V-
VIII asrlarda O‘rta Osiyo, Yettisuv va Sharqiy Turkiston viloyatlarida sug‘d tilining amaliy qatlami juda 
keng edi. Aholi sug‘d va turk tillarida bemalol so‘zlashgan.
Turk xoqonligi siyosiy jihatdan ko‘p xalqlarni birlashtirgani sababli turli diniy e’tiqoddagi aholi yonma-yon
yashagan. V-VIII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiy, budda, nasroniy (xristianlik),  moniy va qam ( shomon)
kabi bir necha dinlar mavjud bo‘lgan. Ammo aholining katta qismi olovga topinuvchi ma’jusiy edi. 
Otashparastlik Xorazm, Sug‘d va Choch viloyatlarida, ayniqsa, keng tarqalgan edi. Shaharlarda 
ma’jusiylarning “vag‘n” deb atalgan ibodatxonalari bo‘lgan. Kohinlar “vag‘npat” deb yuritilgan. 
Muqaddas otash “azarxurra” deb atalgan. U maxsus olovxona – “otashkada”larda kechayu-kunduz 
muttasil yonib turardi. Otashkada mutavallilari o‘ta zohid dindorlardan bo‘lib, ular “atrabon” deb 
yuritilgan.. Zardo‘shtiylik dinida yaratuvchilik qudratiga ega tangri – Axuramazda bo‘lib, u olam va  odamzodning, tabiat va jamiyatdagi barcha xodisalarning yaratuvchisi sifatida targ‘ib qilingan. U zulmat, 
ochliq o‘lim, urush, yomon (gunoh) ishlar, razil niyatlar va qabohatliklarning homiysi Axriman bilan doim 
uzluksiz kurash olib borgan.  
Ilk o‘rta asrlarda aholi o‘rtasida budda dinining ham e’tiqodiy mavqei past emas edi, Garchi u Sug‘dda 
deyarli tarqalmagan bo‘lsa-da, ammo O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida, xususan, Toharistonda, 
Farg‘ona va Yettisuvda hamda Sharqiy Turkistonda keng tarqalgan edi. VI asr oxiri – VII asr boshlarida 
ayrim G‘arbiy turk xoqonlari budda dinini qabul qilgan, ular butxonalar qurilishida homiylik 
qiladilar.Tarixiy manbalar ma’lumotlariga qaraganda  VII asrda Balx shahrida yuzta, Termizda o‘ntacha va
Kabodiyonda uchta budda monastirlari bo‘lgan. Ularning har birida bittadan to 50 nafargacha rohib 
(monax)lari bo‘lgan.Ilk o‘rta asrga mansub ibodatxonalarning qoldiqlari Farg‘ona vodiysidagi qadimgi 
Quva shaxri xarobalarida qazib o‘rganildi. Xitoy Sayyohi Syuan Szanning ma’lumotlariga qaraganda, 
birgina Qoshg‘arda bir necha yuz budda ibodatxonalari bo‘lgan. Ularda o‘n mingdan ortiqroq buddaviy 
rohiblar zohidlik bilan o‘z dinlari yo‘lida xizmat qilganlar.  Bu davrda O‘rta Osiyoda nasoro (xristian) 
dinining nestorian ta’limotiga e’tiqod qiluvchi jamoalarning soni ham oz emas edi. Samarqandning Urgut
tumani Sug‘ddagina emas, balki butun O‘rta Osiyoda nasoroniy targ‘ibotlarning markazlaridan 
hisoblanardi. Aftidan, nasoro dini  Sug‘dga V-VI asrlarda kirib kelgan, VI asr boshlarida Samarqandda 
yepiskop, VIII asrda esa mitropolit kabi nasoro dinining oliy unvonidagi ruhoniylar nasoroniy jamoalariga 
rahnomolik qilganlar.  
 O‘rta Osiyo xalqlarining hayotida zardo‘shtiy, nasoroniy va budda dinlari aosida yuzaga kelgan moniy 
dini ham ancha chuqur ildiz otgan edi. Bu dinning asoschisi Bobillik Moniy degan tarixiy shaxs bo‘lib, o‘z 
targ‘ibotini Midiya va Forsda boshlagan, VI-VIII asrlarda bu mazhab tarafdorlari O‘rta Osiyoda, 
Tohariston, Sug‘d, Sharqiy Turkiston va Xitoyda ham yoyilgan. Tarixiy manba ma’lumolariga qaraganda 
ushbu din Murg‘ob vohasi orqali Tohariston, Sug‘d, Sharqiy Turkiston va Xitoyga yoyiladi. VIII asrda Xitoy 
imperatori tomonida moniy dini “G‘arbiy mulk”larning mahalliy dini, Uyg‘ur xoqonligining davlat dini deb
e’lon qilinadi.  Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan shomon diniga sig‘inib kelgan. Qadimda 
turklar o‘z dinini “qam” deb yuritganlar. VI-VIII asrlarda G‘arbiy turk xoqonligining chorvador aholisi 
o‘rtasida buddaviy va nasoroniy jamolari paydo bo‘lib, ayrim Turk xoqonlari bu yangi dinlarga homiylik 
qilsalar-da, ammo chorvador aholining aksariyati hali “shomon” diniga e’tiqod qilardi. Bu din koinotni 
yo‘qlikdan bor qilgan “ko‘k tangriga” e’tiqod qiluvchi tavhid (yakka xudolik) dini hisoblanardi. 
V-VIII asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va me’morchilik bilan bir qatorda tasviriy 
san’atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi tarmoqlari ravnaq topgan. Ularning ayrim namunalari ilk 
o‘rta asrlarda bino qilingan qasr va saroylarni bezagan siymo va ramziy belgilarda namoyon bo‘ladi. 
Ularda ilk o‘rta asrlar davrida sodir  bo‘lgan ijtimoiy siljishlar va siyosiy  munosabatlar  ma’lum darajada 
o‘z aksini topgan. Bolaliktepa va Qoratepa, Panjakent, Varaxsha, Afrosiyob, Quva xarobalaridan hamda 
boshqa yodgorliklardan topib o‘rganilgan devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar o‘sha zamon 
yuksak san’atining nodir asarlaridandir. Ularda ilk o‘rta asrlar davrining o‘ta murakkab siyosiy 
munosabatlari tazyiqi ostida yuzaga kelgan ma’naviy va maishiy hayotning omuhtalashib ketgan 
sermazmun va beqiyos manzaralari tasvirlanadi. Masalan, Bolaliktepa devoriy suratlarida qo‘llarida 
qadah tutib, hashamatli zarrin liboslarda juft-juft bo‘lib purviqor o‘tirgan erkaklar va  ayollarning bazmi 
jamshidi tasvir etilgan bo‘lsa, Varaxsha saroyida oq fil ustiga mingan filbon va pahlavonlarning old va 
orqadan chovut solayotgan arslon va qanotli grifonlar bilan olishuvi yoki suyanchiqlari qanotli tuya 
shaklida ishlangan oltin taxt ustida o‘tirgan hukmdor hamda otashdonda alangalanib turgan muqaddas 
olovni tiz cho‘kib tavob qilayotgan ziyoratchilar namoyish qilingan. Bunday misollarni Panjakent shahar 
harobalari va Afrasiyob  devoriy  suratlari misolida ham ko‘rish mumkin. Ilk o‘rta  asrlarda haykaltaroshlik
ham rivojlangan bo‘lib, budda va uning kohinlarining haykallari ko‘plab yasalgan. Termiz yaqinidagi  Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa, Farg‘ona vodiysidagi Quva va Qo‘rg‘ontepadan buddaning 
bahaybat haykallari topilib  o‘rganilgan.
Muhtasar qilib aytganda ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta 
o‘zgarishlar yuz berdi. Yerga egalik qilish munosabatlari shakllanib, mustahkalanib bordi. Siyosiy hayotda
Eftaliylar  va Turk xoqonligi hukmronligi o‘rnatildi. Mamlakatda hunarmandchiliq sug‘orma dehqonchilik 
va irrigatsiya ishlari amalga oshirildi, chorvachilik rivojlandi, tranzit savdo yo‘llarining bu xududdan o‘tishi
ichki va tashqi savdoga ijobiy ta’sir qildi. Xalqlar madaniy hayotida qurilish, me’morchiliq xat-savod, diniy
e’tiqodlar, tasviriy san’at va musiqa ravnaq topib, madaniy aloqalar jonlandi. Natijada ilk o‘rta asrlarning 
madaniy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos serjilo madaniyat yaratildi va rivojlandi. A dabiyotlar:
1. Ўзбекистон тарихи фанида инновa ц иялар.Т. -2012.
2. Ўзбекистон  халқлари  тарихи..1-қисм.  Ўқув қўлланма /   Масъул  муҳаррир
А. Асқаров-Т.1992.
3. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2,3-китоблар. - Т.: Шарқ, 2000.
4. Ўзбекистон   тарихи   (1917-1991-йиллар)   Биринчи   ва   иккинчи   китоблар/
масъул муҳаррир Қ.Ражабов.Т.;-“Ўзбекистон”-2019
5. O‘zbekiston   tarixi.   Oliy   o‘quv   yurtlarining   tarix   fakulteti   talabalari   uchun
darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2019.
6. Ўзбекистон   тарихи.   Ўқув   қўлланма   /   Масъул   муҳаррир   А.С.Сагдуллаев-
Т.1997.
7. Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи   очерклари   /   Масъул   муҳаррир
Д.Алимова-Т.,2001
8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи  . Т.,2000 
9. Эшов   Б.Ж.   Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи.   Ўқув   қўлланма.   –   Т.:
Маърифат, 2009.
10. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи- Т.:2012
11. Эшов   Б.,   Одилов   А.   Ўзбекистон   тарихи.   1-жилд.   Энг   қадимги   даврдан
XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.
12. Shamsutdinov   R ,   Karimov   Sh ,   Xoshimov   S. .   Vatan   tarixi   1 ,2,3 -kitob.   O’quv
qo’llanma-T.”Sharq”-2016

Turk xoqonligi davlatining O‘zbekiston davlatchiligida tutgan o‘rni masalasi Reja: 1. Ilk o‘rta asrlar tarixiga oid tadqiqotlar 2. Turk hoqonligi tarixshunosligi

Turkiylar – jahondagi eng qadimgi va eng yirik etnoslardan biri bo‘lib, ular Osiyoning sharqiy hududlarida qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o‘zlaridan munosib iz qoldirib kelganlar. Xitoy manbalari, mashhur “O‘g‘iznoma”, O‘rxun- Yenisey runiy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli dalildir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash xududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, ashin, arg‘un, o‘g‘iz, to‘qqiz o‘g‘iz, o‘ttiz tatar, qarluq, kitan, turq uyg‘ur, toharlar, duba (tuba- tuva),va boshqalar yashaganlar. So‘nggi davrda sharqshunos olimlar, jumladan o‘zbek olimlarining tadqiqotlari natijasida hamda qadimgi Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra turk atamasi bundan 3,5-4 ming yil muqaddam rasmsimon ierogliflar bilan yozilgan bitiklarda “Tiek” va “Tiauk” shaklida uchraydi. Turk so‘zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi, degan fikr majud. Turon davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davri muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonlik xususida ma’lumotlar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshi va aniq ma’lumotlar bermaydi. Birinchi navbatda VI-VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bular epigrafik yodgorliklar – O‘rxun-Yenisey, Turk-Run yozuvlari, Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” (VII-IX asrlar) tarixiy manbasi, VI asrning birinchi yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik yozuvchi Ioan Efesskiylarning tarixiy asarlaridir. Shuningdeq Turk xoqonligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rta asr mualliflari at-Tabariy, Denovariy, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiylar asarlarida ham uchraydi. Xususan, Abu Is’hoq Nishopuriy (VIII asr) o‘zining “Qissai al-anbiyo” asarida turklarning kelib chiqishini Nuh payg‘ambar o‘g‘li Yofasning to‘ng‘ich o‘g‘li Turk bilan bog‘laydi. Boshqa afsonaga ko‘ra, ular o‘n yashar bola va ona bo‘ridan tarqalganligi ta’kidlanadi. Bu ma’lumotlar Bey-shi va Xitoy yilnomalarida berilgan bo‘lib, turklarning ota-bobolari katta botqoqlik chekkasida (“G‘arbiy dengiz”ning o‘ng qirg‘oqlarida) yashagan. Biroq ular qo‘shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Ammo ulardan o‘n yashar bola tirik qolgan. U Turfon tog‘lariga ketib, u yerda urg‘ochi bo‘ridan o‘nta bola ko‘rgan. Bo‘ri bolalari Turfondagi ayollarga uylanadilar. Xar bir boladan bir urug‘ kelib chiqadi. O‘g‘illardan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo‘ladi. Afsonaga ko‘ra, “turk” so‘zi Oltoy tog‘ining eng qadimgi nomidir. Yana bir boshqa afsonaga ko‘ra, turk qabilasining ajdodlari Oltoyning shimoliy yonbag‘irlaridagi viloyatidan kelib chiqqan bo‘lib, bu yerdagi qabila boshlig‘i Abanbi ularning ilk yo‘lboshchisi bo‘lgan. VI asrning boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi. U Asan Shad nomi bilan urug‘ boshlig‘i bo‘ladi. Uning o‘limidan keyin esa o‘g‘li Tuu taxtga o‘tiradi. Tuuning o‘g‘li Tumin-Bumin 551-yilda turk xoqonligiga asos soladi. Bumin Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilinib, “Ili qag‘an” degan unvonni oladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo‘lib qoladi. Oltoydagi O‘tukan shahri xoqonlikning poytaxti qilib belgilanadi. (ushbu xoqonlik 551-744-yillarda faoliyat ko‘rsatdi) Qadimgi turk manbalarida bu ittifoq “tyurk”, “tyurk el”, ”turk bo‘dun” kabi nomlar bilan tilga olinadi. 552-yilda Bumin boshliq bu ittifoq Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jo‘jan xoqonligiga zarba beradi. Bumin ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sebimi-xitoycha, Sinjibi-arabcha, Stembi-xagah yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldoriga to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u”(bahodir) unvonini berib, u bilan birga davlatni kengaytirish payiga tushadi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug‘i ortib boradi. 552-yilda Bumin vafot etadi.

Taxtga uning o‘g‘li Qora Issiqxon, 553-yilda uning ukasi Mug‘anxon o‘tiradi va 20 yil xonlik qiladi. Turklar tomonidan qisqa vaqt ichida Yenisey (Enasoy) daryosi bo‘yida yashovchi qirg‘izlar, shimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Istemi boshchiligida turklar 555-yilda Toshkent va uning atroflari, Qozog‘iston, Xorazm xududlari Yettisuv tutashgan yurtlarda yashovchi nushibu, dulu va turkash qabilalarini bo‘ysundiradilar. Shu yili turklar Sharqiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining bir qismini hamda Sirdaryo va Orol dengizi bo‘yidagi dashtliklarni butunlay bosib oladilar. 558 yilga kelib Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo‘ylari zabt etilib, turklar avarlar bilan to‘qnashadilar. 563-567-yillarda Istami Yabg‘u qo‘shinlari eftalitlarga ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan yerlarni egallaydilar. Buning oqibatida eftalitlar hokimiyati qulaydi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylardan, shimoldan esa Turk xoqonligidan qattiq zarbaga uchragan Eftalitlar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so‘ng, batamom barbod bo‘ladi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo xududlarini ishg‘ol etgach, xoqonlik Eron bilan chegaradosh bo‘lib qoladi. Natijada ikki davlat o‘rtasida munosabatlari keskinlashadi. Turk xoqoni Istamining 567-yilda ikki marta yuborgan elchilari faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqadi. Eron bilan munosabatlarni o‘rnatishga intilishlar natija bermaydi Biroq, Eron bilan o‘zaro munosabatlarni yahshilash imkoni bo‘lmagach xoqonlik sosoniylar bilan bir necha bor urush olib boradi. Istemi qo‘shinlari Eron shohi Xusrav I ni yengadi. Mug‘anxon va uning avlodlari G‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni zabt etib, o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Turk xoqonligi 568-569-yillarda o‘sha davrning qudratli davlati – Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, Sug‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Shundan so‘ng Vizantiyaning Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay Vizantiya bilan munosabat keskinlashadi. 575-576-yillarda turklar Kimmeriy Bosforini egallab, Qrim yarim oroligacha kirib boradilar. Keyinchalik Vizantiya va xazarlar yordamida turklar birnecha bor Eronga qarshi qo‘shin tortadilar. 588-yilda Xirot yaqinida Eronning mashhur sarkardasi Bahrom Chubindan yengiladilar. Turk xoqoni jangda halok bo‘ladi. Shunday qilib, VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlar davlati – Buyuk Turk xoqonligi tashkil topadi. Turk xoqonligi qanchalik buyuk bo‘lmasin, lekin u chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqarar edi. Turk xoqonlari O‘rta Osiyoda hukmronlik qilsalar-da, biroq o‘zlari bu hududlarga ko‘chib kelmadilar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarida qolib, bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq va o‘lponlar bilan kifoyalanganlar. Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyodagi 15 dan ortiq mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. V-VII asrlarda bu mahalliy davlatchalar, avvalo eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘sundirilgan bo‘lsa-da, ammo eftaliylar ham, turklar ham

ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi yerli sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan boju yasoq undirib olish bilan cheklanadilar. Biroq mamlakat boshqaruvida urug‘-aymoqchilik udumlari kuchlik bo‘lib, zodagonlarning boshboshdoqlik harakati zo‘rayib bormoqda edi. O‘zaro qabilaviy urushlar, sulolaviy kurashlar oqibatida Turk xoqonligi VI asrning 80-yillariga kelib (bu sana ba’zi manbalarda 603-yil bilan belgilanadi) ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Ulardan biri Mo‘g‘ulistonda tashkil topgan, markazi Oltoy bo‘lgan Sharqiy turk xoqonligi, ikkinchisi esa O‘rta Osiyo, Jungariya va Sharqiy Turkistonning bir qismini o‘z tasarrufiga olgan markazi Yettisuv bo‘lgan G‘arbiy turk xoqonligi edi. G‘arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan ajralib turardi. Aholining kattagina qismi o‘troq dehqonchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi. Yer va suv munosabatlari rivoj topib borayotgan g‘arbiy xoqonlikdagi turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan qorishib ketadi. VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi..Uning sharqiy chegarasi Oltoygacha, janubi esa Hind daryosiga borib taqalib, markazi Yettisuv edi .Xoqonning yozgi qarorgohi Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishkisi Suyob shahrida edi. Xoqon To‘nyabg‘u (618-630) hukmronligi davrida boshqaruv tartiblari isloh etiladi. Viloyat hokimlariga “yabg‘u” unvoni berilib, ular xoqonning noiblariga aylantiriladi. O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toharistonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning vakillari yuboriladi. Bunday vakillar “tudun”deb yuritiladi. Biroq xoqon markaziy hokimiyatni mustahkamlash bobida amalga oshirgan ishlari yaxshi natija bermadi, o‘zaro kurash davom etdi. Xoqonlikning harbiy-ma’muriy tayanchi hisoblangan dulu va nushibu qabila ittifoqi zodagonlari o‘rtasida hokimiyat uchun kuchayib borgan kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib, bo‘linib ketadi. 667-679-yillarda vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi xoqonlik markazi Yettisuvni bosib oladi. Biroq G‘arbiy turklarning muttasil olib borgan kurashlari natijasida, VII asr oxiriga

kelib G‘arbiy xoqonlik o‘z mustaqilligini tiklaydi. Xitoy gumashtasi Xusrav Bo‘ritosh Yettisuvdan haydab chiqariladi. Chochdan to Beshbaliq va Turfongacha bo‘lgan viloyatlarda dulu qabila ittifoqidagi turkashlar hukmronligi o‘rnatiladi va Turkash xoqonligi tashkil topadi. Turk xoqonligida saltanat ustidan oliy hukmronlikni “xoqon” olib borgan. Bu lavozim merosiy bo‘lgan. Xoqondan keyingi shaxs “Yabg‘u” davlatdagi birinchi amaldor vazifasida bo‘lgan. Taxt merosxo‘ri “tegin” deb atalgan. “Tudun” unvoni yuqorida ta’kidlangandek hukmdorning joylardagi noiblariga berilgan. Turkiy ko‘chmanchilarning asosiy qismi kambag‘al chorvador va ovchilardan iborat bo‘lib, bunday xalq ommasi “budun” yoki “qora budun” deb atalgan. Mamlakat “budunlar” yashaydigan ellarga bo‘lingan. Urug‘-qabilaning nomdor vakillari “beklar” deb yuritilgan. Jamoani xoqon boshchiligidagi zodagonlar kengashi – “qurultoy” boshqargan. Aholining ijtimoiy hamda xo‘jalik hayoti turlicha bo‘lib, ko‘chmanchi turklarda urug‘ jaoasi an’analari hali kuchli edi. Ko‘chmanchilarning asosiy qismi kambag‘al chorvadorlar edilar. Ular o‘z urug‘i va qabilasi doirasida oqsuyak tabaqaga tobe holda yaylovma-yaylov ko‘chib yurar edilar. Katta xududlarni egallagan xoqonlik bo‘dunlar yashaydigan ellarga bo‘lingan edi. Ellarni harbiy zodagonlarning vakili “beklar” boshqargan. Ko‘chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik va yilqichilik edi. G‘arbiy Turk xoqonligi aholisining hammasi ham ko‘chmanchilardan iborat bo‘lmay, Yettisuv va uning tevarak atrofidagi hududlarda o‘troq ziroatkorlar istiqomat qilardi. Ushbu vohalarda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lib, aholi asosan dehonchiliq hunarmandchilik hamda savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullangan. Mamlakatda dehqonchilik ancha rivojlangan. Asosan don va poliz ekinlari ekilgan. Paxtachilik sohasida ham yuqori hosil yetishtirilgan. Turk hunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar, qurol-yarog‘lar xilma-xilligi va puxtaligi bilan mashhur edi. Farg‘ona, Choch, Eloqda, Usrushonada, Sug‘dda oltin, mis, temir va boshqa madanlar qazib olinardi. Turk xoqonligi xududlarida tranzit karvon savdo yo‘lining o‘tishi ichki va tashqi savdaga ta’siri kuchli edi. Sug‘d sadogarlarining mavqei