logo

O‘zbekistonda 1917-90 yillardagi muzeylarining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80.2158203125 KB
O‘zbekistonda 1917-90 yillardagi muzeylarining  ijtimoiy hayotda
tutgan o‘rni
Reja:
1. O‘zbekistonda   muzeylar   bo‘yicha   sovet   davrida   olib   borilgan   siyosat   va
muzey ishi.
2. O‘zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati.
1.O‘zbekistonda  muzeylar  bo‘yicha  sovet   davrida  olib  borilgan  siyosat   va  muzey
ishi.  XX   asr   boshlarida   hozirgi   O‘zbekiston   hududi   tarkibiga   uch   davlat
birlashmasi:   Rossiya   O‘rta   Osiyoni   zabt   etganidan   keyin   tuzilgan   va   uning
tarkibiga   mustamlaka   sifatida   qo‘shib   olingan   Turkiston   general-gubernatorligi,
shuningdek,   yuzaki   ravishda   mustaqil   bo‘lgan,   ammo   Rossiyaga   qaram
hisoblangan   Buxoro   amirligi   va   Xiva   xonligi   kirar   edi.   O‘sha   vaqtda   xududning
kattaligi   va   aholisining   ko‘pligi   jihatidan   Turkiston   o‘lkasi,   ya’ni   Turkiston
general-gubernatorligi   eng   yirik   sanalardi.   Uning   tarkibiga   Samarqand,   Sirdaryo,
Farg‘ona, Kaspiy orti va Yettisuv viloyatlari kirar edi.
Mustamlakachilik   Turkiston   xo‘jaligining   an’anaviy   tarkibiga   putur
yetkazish bilan bir qatorda milliy asosda burjua yo‘nalishida o‘z axvolini mustaqil
ravishda   o‘zgartirish   imkoniyatidan   uni   mahrum   etdi,   turg‘unlikka,   inqirozga,
qoloqlikka mahkum qildi.
1917   yillarga   kelib,   mamlakatda   keskin   burilish   yuz   berdi.   Shu   yilning
oktyabr   oyida   bolsheviklar   zo‘rlik   bilan   amalga   oshirgan   to‘ntarish   sobiq   Ittifoq
xalqlari, jumladan, O‘zbekiston xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi
mustamlakachilik   sahifasini   boshlab   berdi.   Natijada   chor   mustamlakachilik
imperiyasi o‘rnini «qizil imperiya» egalladi.
Muzeylarda,   jumladan   saroy   muzeylarida   saqlanayotgan   san’at   asarlari   va
qadimgi   davrga   oid   osori-atiqalar   xalqning   qadriyatlari   ekanligi,   ularni   asrash   va
muhofaza   etish   bilan   hukumat   darajasida   shug‘ullanish   lozimligi   anglanadi.
O‘zbekistonda   davlatning   o‘zi   muzeylariga   homiylik   siyosatini   olib   borish   bilan
birgalikda,   ularning   eng   asosiy   muammolarini   hal   etishga   yo‘naltirilgan   tadbirlar
o‘tkazdi.   Xususan,   ushbu   davrdan   hunarmandchilik,   pedagogika   sohalarida
muzeylar   tashkil   etish   boshlandi.   Yangi   hokimiyat   ham   muzeylarni   moliyaviy
ta’minlash   o‘rniga   asosiy   e’tiborni   muzeyga   kiruvchilarga   hukmron  kommunistik
g‘oyani   targ‘ib   etishga   yo‘naltirdi 1
.   Shuni   ta’kidlamoq   lozimki,   Rossiya
imperiyasida   oktyabr   davlat   to‘ntarishiga   qadar   muzeylarni   boshqarish   uchun
alohida   boshqarma   yoki   biror   bir   maxsus   muzeylar   uchun   qonunlar   majmuasi
yaratilmagan edi. Natijada muzeylarning ko‘payishi, eng ilg‘or muzeylar erishgan
1
  Музейное  дело  России   /   П од   об щей   редакцией  Каулен   М.Е. ,   Коссов ой   И.М.,  Сундиев ой   А.А..   –  М осква :
Издательство «ВК», 2003.   – С. 127. yutuqlar bilan bir qatorda umumiy tarqoqlik, ishni tashkil etishning past saviyasi,
muzeylar   faoliyatining   ilmiy   asoslangan   yagona   tizimi   yo‘qligi   ko‘zga   tashlanar
edi. 
1917   yilgi   bolsheviklarning   davlat   to‘ntarishidan   so‘ng   xonlarning   saroy
kolleksiyasi   va   muzeylar   milliylashtirildi   hamda   davlat   mulki   deb   e’lon   qilindi.
Badiiy   va   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ashyo-buyumlarni   aniqlash,   ularni
ro‘yxatga   olish,   muhofaza   qilish   uchun   badiiy-tarixiy   komissiyalar   tuzilib,
mutaxassislarning   fikricha,   bu   tashkilot   madaniy   merosni   saqlab   qolishda   muhim
rol o‘ynadi.
Muzey   ishi   va   yodgorliklarni   muhofaza   qilish   davlat   boshqaruvi   tizimi
1918–1920   yillarda   yaratildi 2
.   Muzeylarni   boshqarish   yagona   tashkilotining
tuzilishi muzeyshunos arboblarning istak va fikrlarining amalga oshishi bo‘ldi. Bu
tashkilot RSFSR Maorif xalq komissarligi qoshida tuzilib, uning ishida madaniyat
arboblari,   muzey   xodimlari,   san’atshunoslar,   rassomlar   (I.E.Grabar,   P.P.Muratov,
N.G.Mashkovsev  va  boshqalar)  faol   ishtirok  etadi.  1918–1927 yillari   muzey  ishi,
san’at   va   qadimgi   yodgorliklarni   muhofaza   qilish   bo‘limini   N.I.Troskaya
boshqaradi.   Maorif   xalq   komissarligi   rahbarligida   mahalliy   sovetlar   xalq   maorifi
bo‘limlari   qoshida   muzey   ishini   boshqarish   tashkilotlari   tuziladi.   Muzeylarni
boshqarishning bu tizimi uning markazlashuvini ta’minladi.
Sovet   hukumati   muzey   ishi   va   yodgorliklarini   muhofaza   qilish   bo‘yicha
qonun   yaratilib,   u   osori-atiqalarni   milliylashtirish   asoslarini,   madaniy   boyliklarni
asrash, davlat uchun ma’lum yodgorlik yoki kolleksiyaning muhim ahamiyat kasb
etganligini   tasdiqladi.   «Vijdon   erkinligi,   cherkov   va   diniy   jamiyatlar   haqida»gi
1918   yil   20   yanvar   dekreti   esa   cherkov   mulkini   milliy   qadriyat   deb   e’lon   qildi.
Yangi hukumat shu bilan diniy qadriyatlar orqali ham katta mablag‘ va vositalarga
ega bo‘ldi. Tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyo-buyumlarni chet elga
sotish   1918   yilning   sentyabr–dekabr   oylarida   e’lon   qilingan   dekretlar   bilan
taqiqlandi 3
.
2
  Музейное  дело  России   /   П од   об щей   редакцией  Каулен   М.Е. ,   Коссов ой   И.М.,  Сундиев ой   А.А..   –  М осква :
Издательство «ВК», 2003.   – С. 130.
3
  Музейное  дело  России   /   П од   об щей   редакцией  Каулен   М.Е. ,   Коссов ой   И.М.,  Сундиев ой   А.А. .   –  М осква :
Издательство «ВК», 2003. – С. 132. Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yili 19 apreldagi dekreti bilan
knyaz   Nikolay   Romanovning   Toshkentdagi   hovlilarini   davlat   mulki   deb   e’lon
qilindi.   Uyi   esa   xalq   muzeyiga   aylandi 4
.   Unda   tasviriy   san’at,   grafika,   haykallar,
badiiy san’at ashyolari, mebel, chinni, tunj va amaliy san’atning boshqa buyumlari
qo‘yilgan   edi.   Muzey   fondlarini   to‘latish   uchun   Moskva   davlat   muzeyi   fondidan
badiiy muzey qiymatiga ega bo‘lgan 120 ga yaqin eksponat shu muzeyga berildi. 
Turkiston   ASSR   Xalq   Komissarlari   Sovetining   1920   yil   31   iyuldagi
«Turkiston Respublikasidagi ayrim shaxslar va jamiyatlar ixtiyorida bo‘lgan san’at
asarlari,   qadimgi   yodgorliklarni   ro‘yxatdan   o‘tkazish,   hisobga   olish   hamda
qo‘riqlash   haqida»gi   maxsus   Qarori   muzey   jamoalari   zimmasiga   mas’uliyatli
vazifa yukladi 5
. Turkkomstarisning maxsus yo‘riqnomasi bilan muzey ashyolarini
rasmiylashtirish va ro‘yxatga olish joriy etildi. Qarorda ayrim shaxslar ixtiyoridagi
yodgorliklarni   ro‘yxatga   olishga   katta   e’tibor   berilgan.   Bunday   shaxslarga   har
tomonlama yordam ko‘rsatilib, maxsus muhofaza yorliqlari berilar edi 6
.
Turkkomstarisga qimmatbaho ashyolar bilan savdo qilishda maxsus ekspert
komissiyasi belgilagan baho bo‘yicha sotib olish huquqi berildi. Ushbu maqsadda
maxsus   mablag‘   fondi   tuzilib,   knyaginya   Iskanderga   tegishli   qadimiy   qurollar
kolleksiyasi   200   ming   rublga   sotib   olindi.   Unda   Sharq   xalqlari   Rossiya   va
Angliyada ishlangan nodir va qimmatbaho qurollar bor edi 7
.
Bundan   tashqari,   Turkkomstarisga   ko‘rgazma   va   nashrlar   uchun   xususiy
kolleksiyalardan   foydalanish   huquqi   ham   berildi.   Muzey   uchun   qadrli   narsalarni
aniqlash   uchun   ilmiy-badiiy   ekspert   komissiyasi   tuzildi.   Uning   raisi   etib
Turkkomstaris   muzey   seksiyasining   mudiri   A.M.Mironov   tayinlandi.
Komissiyaning faol harakatlari bilan Turkkomtstaris muzey fondi qisqa davr ichida
badiiy tarixiy qiymatga ega ko‘plab ashyolar bilan boyidi. 
Turkiston Xalq Komissarlari  Sovetining 1923 yil  3 noyabr  qaroriga binoan
Turkiston   o‘lkasining   turli   viloyatlarida   joylashgan   20   ta   qadimgi   yodgorlik
Turkkomstaris   ixtiyoriga   o‘tkazildi.   Tarixiy-arxeologik   jihatdan   ahamiyatga   ega
4
  Культурное строительство в Туркестанской АССР (1917–1924) .Том 1. – Ташкент, 1979 .  – С. 417.
5
 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 5-иш, 7-варақ.
6
 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 13-иш, 18-варақ.
7
 ЎзР МДА, Р–396-фонд, 1-рўйхат, 5-иш, 7-варақ. bo‘lgan   52   ta   yodgorlik   hisobga   olindi.   Turkiston   ASSRning   yettita   muzeyida
(Buxoro   va   Xivani   qo‘shganda)   osori-atiqalar   soni   114075   taga   yetadi 8
.   Muzey
ishlarini   tashkil   etish   va   unga   rahbarlik   qilish   uchun   yagona   markaziy   apparat   –
Turkkomstarisning tuzilganligi O‘rta Osiyo xalqlari tarixiy o‘tmishini o‘rganishga
sharoit yaratdi.
XX  asrning  20-yillari  xalqli  ravishda  «o‘lkashunoslikning   oltin  o‘n  yilligi»
deyiladi.   Mahalliy   muzeylar   taraqqiyoti   o‘lkashunoslik   harakati   bilan   bevosita
bog‘liq holda borgan. «O‘lkashunoslik muzeylari» atamasi ham o‘tgan asrning 20-
yillari   o‘rtalaridan   keng   tarqaladi.   Ularning   faoliyati,   mazmun   mohiyati
o‘lkashunoslikka   oid   nashrlarda   muhokama   etildi 9
.   O‘lkashunoslik   harakatini
taniqli   olimlar   va   madaniyat   arboblari   akademik   V.V.Bartold,   professor
A.A.Semyonov,   A.A.Divaev,   V.L.Vyatkin,   M.E.Masson,   L.V.Oshanin   va
boshqalar   boshqarib,   muntazam   ravishda   o‘lkashunoslik   konferensiyalarini
o‘tkazib   turganlar.   Rossiyada   1918–1923   yillari   150   dan   ortiq   muzey   yaratilgan
bo‘lsa 10
,   Turkistonda   4ta,   jumladan   Toshkentdagi   san’at,   Namangandagi   shahar
o‘lkashunoslik, Xorazm tarixiy-inqilobiy va Buxoro muzeylari tashkil qilindi 11
.
O‘lkashunoslik   ishlarining   bu   xilda   tashkil   etilishi   muzeylarning   viloyatlar
hayotidagi   ahamiyatini   oshirib,   ularni   o‘ziga   xos   madaniy   va   ilmiy   markazlarga
aylantirdi,   jamiyatda   ularga   «viloyat   fanlar   akademiyasi»,   «o‘lkaning   jonli
ensiklopediyasi»   sifatidagi   munosabati   shakllandi.   Dastlab   bolsheviklar   hukumati
mahalliy   ziyolilaridan   katta   qismining   muzeylarda   ishlashi   jiddiy   ilmiy
tadqiqotlarni   davom   ettirishlari   imkonini   beradi.   O‘tgan   asrning   20-yillarida
muzeyga   sovet   davrida   ta’lim   olgan,   ammo   avvalgi   an’ana   va   tajribalarni
o‘zlashtirgan yosh avlod ham kelib qo‘shildi. O‘lkashunoslik muzeylarining ushbu
yillardagi   faoliyati   natijasida   fondlar   to‘latilib,   turli   mavzudagi   kolleksiyalar
viloyatlar   tabiati   va   xom   ashyo   zaxiralariga   oid   eksponatlar   to‘plandi.   Muzeylar
faoliyatiga   oid   masalalar   ko‘p   sonli   anjumanlarda   va   o‘sha   davr   matbuoti
8
 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 103-иш, 85–86-варақлар.
9
  Музейное  дело  России   /   П од   об щей   редакцией  Каулен   М.Е. ,   Коссов ой   И.М.,  Сундиев ой   А.А. .   –  М осква :
Издательство «ВК», 2003. – С. 141.
10
 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси.  –  Т ошкент : Фан, 1981.   – Б. 76.
11
 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 49-иш, 3-варақ. sahifalarida keng muhokama etildi 12
.
Bu davrda nafaqat sobiq Ittifoq, balki O‘zbekiston mahalliy muzeylari ham
(bu   atama   XX   asrning   30   yillarining   o‘rtalarigacha   muomalada   bo‘lgan)   kuchli
g‘oyaviy   tazyiqqa   uchradi.   O‘lkashunoslik   muzeylaridan   yigirmanchi   yillarning
oxiridanoq   faqat   utilitar   xo‘jalik,   siyosiy-ma’rifiy   maqsadlarda   foydalanishga
harakat   boshlanadi.   Natijada   o‘lkashunoslik   muzeylari   o‘lkani   kompleks   va   keng
qamrovli o‘rganishi lozimligi haqidagi juda ham muhim vazifa amalda sxematizm
va   bir   tomonlama   yondashuvga   olib   keldi.   Oqibatda   mahalliy   muzeylarning
ko‘pchiligi   XX   asrning   o‘ttizinchi   yillariga   kelib,   madaniyat   sohasining   ikkinchi
darajali   tarmog‘iga   aylanib   qoldi.   Zero,   bu   ko‘rinishda   ham   muzeylar   ilmiy
bilimlarni   ommalashtiruvchi,   o‘z   o‘lkasiga   qiziqish   uyg‘otuvchi,   savodsizlikni
tugatishdagi muhim omil bo‘lib qoladi. 
Muzey   ishida   XX   asrning   20-yillari   o‘rtalaridayoq   bolsheviklarning
inqilobiy   ruhlari   va   markazlashishning   ta’sirida   xavfli   yo‘nalishlar   ko‘rina
boshladi.   Xalq   maorifi   komissarligi   qoshida   1920   yili   tuzilgan   Bosh   siyosiy-
ma’rifiy   komitet   muzey   bo‘limi   ustidan   siyosiy   nazoratni   kuchaytira   boshladi.
Davlat  tomonidan  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi   shakllana   boshlab,  RKP   (b)ning
1919   yilgi   konferensiyasi   qarorlarida   ko‘rsatilgan   muzey   xodimlarining
jamoatchilik   va   kasbiy   birlashmalarini   tuzish   taklifi   amalga   oshirilmay   qoldi.
Keyinroq   1927   yili   oktyabr   inqilobining   o‘n   yilligini   nishonlash   davomida
«yuqoridan»  ko‘rsatma  berilib,  unda  muzey  ko‘rgazmalarida   inqilobiy  voqealarni
aks   ettirish   talabidan   tashqari   bo‘lim   va   ko‘rgazma   materiallari   nomlari   ham
belgilab qo‘yilgan edi.
1923 yili barcha muzeylarning fondi davlat mulki deb e’lon qilindi. Maxsus
qarorlarga   binoan   1922–1926   yillari   muzeylarga   tarixiy-badiiy   qiymatga   ega
bo‘lmagan buyum va ashyolarni, eskirgan narsa, takrorlanadigan fondlarni sotishga
ruxsat   berildi.   Ushbu   yangi   iqtisodiy   siyosat   davrining   majburiy   chorasi   hamda
1929   yili   davlat   muzey   fondlari   omborxonalarining   tugatilishi   haqidagi   qaror
antikvariat   bozorini   shakllantiribgina   qolmasdan,   muzey   kolleksiyalarining
12
  Музейное дело России /   П од об щей   редакцией  Каулен М.Е. ,   Коссов ой   И.М., Сундиев ой   А.А..   – М осква :
Издательство «ВК», 2003. –  C . 142-14. sotilishiga va tiklab bo‘lmas yo‘qotishlarga olib keldi.
Ushbu   davrda   O‘zbekistonda   qator   tarixiy   o‘lkashunoslik   muzeylari   barpo
etildi. Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyi 1925 yili Qo‘qon shahrida Qo‘qon
xoni   Xudoyorxonning   1870   yili   qurilgan   saroyida   tashkil   qilindi.   Muzey   tabiat,
maishiy-turmush,   tarix   va   xalq   xo‘jaligini   aks   ettiruvchi   o‘lkashunoslik   sohasida
ish olib boradi.
O‘zbekiston hukumati Buxoro viloyatida o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etish
uchun   1925–1927   yillari   tayyorgarlik   ishlarini   olib   boradi 13
.   Ekspozitsiya   dastlab
Ko‘kaldosh   madrasasining   6   ta   kichik   xonasiga   qo‘yiladi.   Unda   arxeologiya,
etnografiya va zoologiya  bo‘limlarida mingdan ziyod buyum  bor  edi. Arxeologik
ashyolar soni 335 ta, etnografiya bo‘limida 618 buyum bo‘lgan. Zoologiya bo‘limi
eksponatlari 90 ga yaqin edi 14
.
Sitorai   Mohi   Xosa   Buxoro   amirining   yozgi   saroyida   «Amirlar   so‘nggi
sulolasining   turmushi»   deb   atalgan   uch   bo‘limdan   iborat   ochiq   muzey
ekspozitsiyasi   tashkil   etildi. Buxoro  amirligining inqilobdan  oldingi  holati   haqida
respublikamizning   dastlabki   rahbarlaridan   biri   Fayzulla   Xo‘jaev   shunday   degan:
«Ulkan   mamlakat   uy   xo‘jaligidek   boshqarilar   edi.   Amirlar   Buxoroga   ota   meros
mulk,   oilaviy   mulk   deb   qarar   edilar 15
» .   Ma’lum   kamchiliklarga   ega   bo‘lishiga
qaramay,   Buxoro   muzeyining   ochilishi   ommaviy-ma’naviy   muassasa   sifatida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi 16
.
1926   yilning   1   yanvarida   Toshkentda   (eski   shaharda)   yana   bir   muzey
ochildi.   U   qishloq   xo‘jaligi   yo‘nalishidagi   respublikadagi   ilk   tarmoq   muzeyi
hisoblanar   edi 17
.   Unda   uchta:   qishloq   xo‘jaligi,   hunarmandchilik   sanoati,   tabiat
tarixi   bo‘limlari   faoliyat   ko‘rsatgan.   Muzeydagi   2   mingga   yaqin   eksponatning
aksariyati   noyob   buyumlardan   iborat   edi.   Keyinchalik   u   Toshkent   tabiat   muzeyi
nomini oldi.
I Butunrossiya muzeylari qurultoyi 1930 yil dekabr oyida Moskvada bo‘lib,
13
 ЎзР МДА, Р–94-фонд, 5-рўйхат, 735-иш, 19-варақ.
14
 ЎзР МДА, Р–94-фонд, 5-рўйхат, 735-иш, 19–21-варақлар.
15
 Хўжаев Ф. Танланган асарлар. 1 том. – Тошкент, 1970. – Б. 79.
16
 Жумаев К. Музей народно-прикладного искусства Ситораи Мохи хоса // Мозийдан садо. – Ташкент, 2003.
– № 1 (17). – С. 12.; ЎзР МДА, Р– 394-фонд, 1-рўйхат, 300-иш, 57-варақнинг олди ва орқаси.
17
 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 226-иш, 29–48-варақлар. u 20-yillar oxirida muzey ishida ko‘zga tashlangan yangi omillarni, muzeylarning
jamiyat   va   madaniy   hayotdagi   o‘rnining   mustahkamlanishiga   olib   keldi.   Ushbu
davrdan   muzeylar   tarixida   1980   yillargacha   davom   etgan   yangi   bosqich
boshlanganligini ta’kidlash mumkin 18
.
Qurultoyda qabul qilingan qarorlar o‘z davri va g‘oyaviy muhitiga monand
edi.   Muzeylarni   sotsialistik   qurilish   xizmatiga   jalb   etib,   «madaniy   inqilob»
quroliga   aylantirish   vazifasi   istiqbol   rejaga   qo‘yildi.   Qurultoy   qarorlarining   30-
yillarda   muzeylar   uchun   majburiy   ekanligini   alohida   ta’kidlamoq   lozim.
Muzeylarda   tez   orada   reekspozitsiya   (ko‘rgazmalarni   qayta   tuzish)   sotsialistik
qurilish   bo‘limlari   ochish   tavsiya   etildi.   Har   bir   tumanda   o‘lkashunoslik
bo‘limlarini tuzish, omma orasida g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.
Muzeylar   tizimini   qayta   tashkil   etish   va   takomillashtirish   1930   yillarda   davom
ettirildi. Ommani inqilob an’analari ruhida tarbiyalovchi tarixiy-inqilobiy va xotira
muzeylarini tashkil etishga e’tibor qaratildi.
O‘lkashunoslik   muzeylari   eng   chekka   viloyatlarda   ham   ochilib,   ilgari
muzeylar   umuman   bo‘lmagan   shaharlarni   ham   qamrab   oldi.   Bu   muzeylar
viloyatlarni har tomonlama, eng avvalo xalq xo‘jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan
tadqiq   etish,   ilmiy   muassasalarga   mamlakat   zaxiralarini   aniqlashda
ko‘maklashishga   yo‘naltirilgan.   Muzeylar   madaniyat,   maorif   va   ommaning,
ayniqsa   uzoq   hududlarda   faolligini   oshirishga   xizmat   qilishda   davom   etadi.   1930
yillarning o‘rtalarida o‘lkashunoslik muzeylarining umumiy tizimi yaratilib, uchta
ekspozitsiya   bo‘limi   –   tabiat,   tarix   va   sotsialistik   qurilish   bo‘limi   belgilandi.   Shu
vaqtning   o‘zida   avvalgi   saroy,   zodagonlar   qo‘rg‘onlarida   joylashgan   tarixiy-
maishiy   va   tarixiy   badiiy   muzeylar   soni   kamayib   boradi.   Muzey   ishida   30-
yillardagi   o‘zgarishlar   dinga   qarshi,   ateistik   muzeylarni   tashkil   etishda   ham
o‘zining   ifodasini   topdi.   Bu   davrda   siyosiy-ma’rifiy   ishlarga,   xususan,   muzeydan
tashqari   ish   uslublari   –   ma’ruzalar,   ko‘chma   ko‘rgazmalarga   e’tibor   kuchaydi.
Muzeylarga   kiruvchilarning   soni   ko‘payishiga   ko‘rgazmalarga   maktab
o‘quvchilarining tartibli jalb qilinishi orqali erishilgan. Ekspozitsiya ishining ko‘p
18
  Музейное дело России / Под  общей  редакцией Каулен М.Е., Коссов ой   И.М., Сундиев ой   А.А. .   – М осква :
Издательство «ВК», 2003.   – С. 145. yillar davom etgan uslubi siyosiy mazmundagi mavzuli ko‘rgazmalar bo‘lib qoldi.
Muzeylarga   sotsialistik   qurilish   va   hayot   tarzidagi   ustunliklarni   namoyish   etish
tavsiya qilindi.
Shunga   qaramasdan,   muzey   ishi   ko‘nikmalari   avloddan-avlodga   o‘tgan
madaniy   faoliyatining   ma’lum   an’analarini   saqlashga   erishildi.   Sredazkomstaris
1938   yil   7   aprelda   tugatilib,   uning   muassasalari   –   O‘rta   Osiyo   bosh   muzeyi,
Markaziy   badiiy   muzey,   Hayvonot   bog‘i   va   inqilob   muzeyi,   O‘zbekiston   maorif
xalq   komissarligi   fan   bo‘limi   ixtiyoriga   o‘tkazildi.   Natijada   muzeylarning   ilmiy-
yig‘uv  va ilmiy-ekspozitsion  faoliyati  maydoni   torayib,  O‘zbekiston  hududi  bilan
cheklanib qoldi.
XX   asrning   30-yillarida   davom   etayotgan   siyosiy   qatag‘onlar   kampaniyasi
ham O‘zbekiston muzey ishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘shanda sobiq
Ittifoqda   qator   yirik   muzeylarning   g‘oyaviy   pozitsiyasi   noto‘g‘ri   deb   topildi.
Natijada bir necha muzeylarning faoliyati to‘xtatildi 19
. 
Urush   yillarida   ilmiy   tadqiqot   muassasalari,   shu   jumladan,   muzeylarning
faoliyati   ham   tubdan   o‘zgardi.   Ko‘pgina   muzeylar   o‘z   binolarini   evakuatsiya
qilingan   muassasalar   uchun   bo‘shatib   berdi.   Respublikada   muzeylar   tarmog‘i
qisqardi.   Birgina   O‘zbekiston   tarixi,   madaniyat   va   san’at   muzeyi   nomi   ostida
San’at,   Adabiyot   va   O‘zbekiston   tarixi;   tabiat   muzeyi   bilan   birga   Politexnika
muzeyi   birlashtirildi.   Respublikaning   ko‘pgina   muzeylari   ekspozitsiyalari
yig‘ishtirilib, ilmiy tadqiqot faoliyati hamda shtatlar qisqartirildi 20
. 
Urushdan   keyingi   yillarda   muzeylar   oldida   turgan   asosiy   vazifalar:   tarixiy
yodgorliklarni   ta’mirlash,   tiklash   va   saqlashga   qaratildi.   «O‘lkashunoslik
muzeylarining   namunaviy   mavzulari   tizimi»   1946   yili   yaratilib,   bu   hujjat   bir
tomondan   muzeylar   faoliyatini   qattiq   reglamentga   solish   orqali   muzey
xodimlarining   faolligini   cheklab   qo‘ygani   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   malakasiz
mutaxassislarga   yangi   ko‘rgazmalar   tashkil   etishda   qo‘l   keldi.   O‘lkashunoslik
muzeylarining   namunaviy   tizimini   ishlab   chiqishda   yirik   tarixchi   olimlarning
19
  Музейное дело России /   П од об щей   редакцией  Каулен М.Е. ,   Коссов ой   И.М., Сундиев ой   А.А. .   – М осква :
Издательство «ВК», 2003.   – С.158.
20
  Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси.  –  Т ошкент : Фан, 1981.   – Б. 180. ishtiroki   bu   hujjatlarning   o‘sha   davr   tarix   fani   darajasiga   mos   bo‘lishini   qisman
ta’minladi.
Urush   natijasida   yetkazilgan   zarar,   keyingi   davrning   iqtisodiy
qiyinchiliklarini   to‘ldirish   qiyin   kechdi.   Shu   yillarda   muzey   xodimlari   soni,
ularning  maoshi   keskin  qisqartirildi.  Muzey   osori-atiqalarini   saqlash  xonalarining
og‘ir   holati,   yetarlicha   nazorat   va   hisobning   bo‘lmasligi   qimmatli   buyumlarning
yuqolishiga   olib   keldi.   Bu   holatga   faqatgina   urush   emas,   1930   yillarda   muzey
ishida   ilmiy   tadqiqot   va   muhofaza   ishlariga   e’tibor   bermaslik,   muzeylar
faoliyatining   faqat   madaniy-ma’rifiy   tarbiyaga   yo‘naltirilgani   ham   ta’sir   etmay
qolmadi.
Muzeylarga   umumiy   talablar   markaz   tizimlari   tomonidan   1930   yillarda
shakllanib,   urushdan   keyin   ham   deyarli   o‘zgarmay   qoldi.   Davlat   muzey   ishini
qat’iy   talablar   asosida   olib   borishdan   ham   voz   kechmadi.   Bu   esa   ularning   ijodiy
ishlashiga,   izlanishlariga   yo‘l   bermadi.   Ustiga-ustak   1945   yili   muzeylar
O‘zbekistonda   ham   maorif   tizimidan   madaniy-ma’rifiy   muassasalar   qo‘mitasiga
o‘tkazildi. Shu tariqa muzeylarning madaniy-ma’rifiy muassasalar tizimiga o‘tishi
uzil-kesil   hal   etildi.   1953   yil   Madaniyat   vazirligi   tuzilsa-da,   uning   muzeylarni
boshqarishning   ilmiy   asoslangan   dasturga   ega   emasligi,   boshqaruvning   barcha
pog‘onalaridagi   kadrlar   saviyasining   pastligi   kuzatilar   edi 21
.   Muzeylarni
boshqarishdagi   bu   vaziyat   O‘zbekistonda   1950   yillarning   oxiridan   80-yillarning
oxiriga qadar davom etdi.
Partiya   Markaziy   Qo‘mitasining   1964   yil   12   maydagi   «Mehnatkashlarning
kommunistik   tarbiyasida   muzeylarning   rolini   oshirish   to‘g‘risida»gi   va   1982   yil
avgustdagi   «Muzeylarning   g‘oyaviy-tarbiyaviy   rolini   oshirish   to‘g‘risida»gi   ikki
Qarori O‘zbekiston muzeylarini ham «g‘oyaviy targ‘ibotchi muassasalar» tizimiga
uzil-kesil biriktirib qo‘ydi. Bu esa muzeylar rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Muzeylar boshqarmasi  1947 yili ishlab chiqqan «Muzey fondlarini hisobga
olish   bo‘yicha   ko‘rsatmalar»,   1968   yili   yangi   «Asosiy   fondlar   tarkibi   haqida»
hujjat chiqqunga qadar O‘zbekistonda amal qildi. Muzeylarga yagona namunadagi
21
  Златоустава В.И. Государственная политика в области музейного дела. (1945 – 1965гг . ) // Музей и власть. Ч.
I . М осква , 1991. – С.  226-298 . inventar kitoblari ishlab chiqilib tarqatildi 22
.
Davlatning   asosan   muzey   muassasalaridan   g‘oyaviy   targ‘ibotchi
imkoniyatlaridan   foydalanishga   intilishi   sovet   davrining   deyarli   boshqa
bosqichlarida   muzeylarning   ilmiy   salohiyatli   mutaxassislarning   qarshiligiga   duch
keldi.   O‘lkashunoslik   va   muzey   ishi   ilmiy   tadqiqot   institutlarining   1948   yil
noyabrdagi   kengaytirilgan   sessiyasi   ushbu   muassasaning   faoliyati   yakunlari   va
istiqbollariga   bag‘ishlandi.   Institut   «Respublika,   o‘lka,   viloyat   va   yirik   rayonlar
o‘lkashunoslik   muzeylari   haqida»gi   hamda   «Respublika,   o‘lka,   viloyat   va   yirik
rayonlar   o‘lkashunoslik   muzeylari   ko‘rgazmalarini   tashkil   etishning   asosiy
tamoyillari»   kabi   hujjatlarning   ishlab   chiqilishi   va   qabul   qilinishida   katta   o‘rin
tutdi.   Hujjatlarda   muzey   eksponatlarini   unifikatsiyalashga   yo‘l   tutilgani   o‘z
tasdig‘ini topdi. O‘lkashunoslik muzeylarining davlat tomonidan ilmiy tadqiqot va
madaniy-ma’rifiy muassasa deb tan olinishi muzey ishiga ijobiy ta’sir qildi. Uning
tizimida   fond   bo‘limi,   kutubxona,   ilmiy   arxiv,   yordamchi   kabinetlar   bo‘lishi
ko‘zda tutilgan edi. Muzeylar mustaqil ravishda adabiyot yoki badiiy ko‘rgazmalar
tashkil etishga ruxsat oldi. Katta anjuman tashkil etilib, unda muzey tizimini ilmiy
rejalashtirish masalasi muhokama etildi.
1950   yillarning   ikkinchi   yarmi   –   1960   yillarning   boshigacha   bo‘lgan   qisqa
davr   sobiq   Ittifoq   va   respublikalar   madaniyati   tarixida   «iliqlik»   davri   deb
nomlanadi.   Unda   ijtimoiy   hayot   va   madaniy   jarayonlar   ustidan   qattiq   nazorat   bir
muncha   susaydi.   Hozir   ma’lum   bo‘lishicha,   mamlakat   siyosiy   rahbariyatining
madaniy   jarayonlar   taraqqiyotida   qisman   erkinliklar   berishi,   sotsializmni
mustahkamlashga   ko‘maklashishni   ijodiy   kuchlarni   faollashtirish   maqsadini
ko‘zlagani   ma’lum   bo‘ldi.   Ushbu   qisqa   imkoniyat,   erkin   nafas   olish   madaniy
hayotni   sezilarli   jonlantirdi.   Jumladan,   muzey   ishida   tabiat   va   madaniy   merosni
asrash   muammolariga   e’tibor   kuchaydi.   Ushbu   yillarda   jamoa   muzeylarining
umumiy   soni   o‘sib,   dastlabki   muzey   qo‘riqxonalar   yaratildi.   Badiiy   muzeylar
tizimini   yaratishga   faol   kirishildi.   «Iliqlik»   ta’sirini   qatag‘on   qilingan   siyosiy   va
madaniy   arboblar   haqidagi   ko‘rgazmalar,   ma’lumotlarda   hamda   qamoqlarda,
22
  Музейное дело России /   П од об щей   редакцией  Каулен М.Е. ,   Коссов ой   И.М., Сундиев ой   А.А. .   – М осква :
Издательство «ВК», 2003.   – С. 159-160. surgunlarda omon qolgan xodimlarning muzey ishiga qaytishida ko‘rish mumkin.
Ushbu   davrning   yana   bir   muhim   jihati   xalqaro   hamkorlikning   tiklanishi
bo‘ldi.   Sovet   muzeylari   tashkiloti   1957   yili   Muzeylar   xalqaro   kengashiga   a’zo
bo‘ldi.   Muzeylar   xalqaro   kengashi   bu   davrda   sovet   muzeylari   uchun   dunyoga
ochilgan   «darcha»   bo‘lib,   xorijiy   muzeylar   bilan   aloqa   bog‘lash   jahon   muzey
amaliyotidagi   yangi   jarayonlar   bilan   tanishish   imkonini   berdi.   Butunittifoq
muzeylarning   I   ko‘rigi   1957   yili   o‘tkazilib,   u   urushdan   keyingi   o‘n   yillikda   soha
faoliyatini sarhisob qilishga imkoniyat yaratadi. 
Ayni   shu   yillarda   O‘zbekistonda   ham   o‘lkashunoslik   harakati   jonlandi.
Yangi   bosqichda   ommaviy   tarixiy   o‘lkashunoslik   harakatining   o‘ziga   xos   jihati
qator   muzeylar   tizimining   yaratilishi   bo‘ldi.   Yangi   muzeylar   jamoatchilik
tashabbusi bilan tashkil etilib, ularning mablag‘lari hisobiga faoliyat ko‘rsatgan.
Dastlabki   jamoat   muzeylari   XX   asrning   20–30-yillarida   tashkil   qilingan
bo‘lsa,   1970   yilda   O‘zbekistonda   60   ta   bu   turdagi   muzeylar   bo‘lib,   ularning
faoliyati davomida 4 mingta ekskursiya o‘tkazilib, 200 ming kishi ko‘rgazmalarni
tomosha   qilgan.   Jamoatchilik   muzeylari   davlat,   boshqarma,   muassasa,   tashkilot,
oliy   ta’lim,   maktab   muzeylari   vazifasini   o‘tab,   muzey   tizimining   ajralmas   qismi,
davlat   muzey   fondini   to‘ldirish   vositasi   bo‘lib   qoldi.   O‘z   faoliyatida   tashkiliy,
g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-ma’naviy, targ‘ibiy, madaniy-tarbiyaviy darajaga erishgan
muzeylarga   «Xalq   muzeyi»   unvoni   berildi.   Jamoatchilik   muzeylarining   keskin
ko‘payishi  mamlakatda aholining tabiiy-madaniy merosga  ommaviy qiziqishining
natijasi edi. Ular professional  mahorati jihatidan davlat muzeylaridan past  bo‘lsa-
da, ommaning jonli ijodi faolligi namunasi sifatida davlat muzeylarining g‘oyaviy
cheklanganligi,   formalizmiga   qarshi   «namoyishi»   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.
Jamoa   muzeylari   mahalliy   madaniy   va   ijtimoiy   madaniyatdagi   o‘rni,   aholini
muzeylar   tashkil   etishga   bevosita   jalb   qilishi   o‘z   qishlog‘i,   shahri,   korxonasining
tarixini o‘rganish, madaniy yodgorliklarni asrashda qo‘l keldi.
Jamoa   muzeylari   ichida   son   jihatidan   eng   ko‘pchiligini   maktab   muzeylari
tashkil etadi. O‘zbekistonda ular XX asrning 60-yillaridan tashkil qilina boshlandi. 
Umuman   olganda   1960–1980   yillarning   boshida   muzeylarga   kiruvchilar sonining keskin o‘sishi kuzatiladi. Muzey ishi jamoachilik diqqat markazida turdi.
Muzeylar,   ular   faoliyati,   madaniy   yodgorliklarni   asrash   muammolari   haqidagi
munozaralar nafaqat maxsus, balki matbuot, gazeta va jurnallarda keng muhokama
etildi.   Jamiyatda   muzeylarga   qiziqishning   oshishi   muzey   faoliyatiga   davlat
tomonidan e’tiborning kuchayishiga olib keldi. 
1966   yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklarni
saqlash jamiyati tuzilib, unga alohida shaxs, ayrim jamoalar a’zo bo‘la boshladilar.
Natijada yirik zavod, korxonalar jamiyatga a’zolik badali tarzida nasbatan salmoqli
mablag‘larni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu vaziyat jamiyatga darhol yuqori
status berib, u eng avvalo davlat manfaatlarining himoyasi, ayniqsa sobiq hukmron
g‘oyaga   zid   bo‘lmagan   tarixiy-madaniy   merosni   muhofaza   qilishda   qo‘l   keldi.
Ammo   masjid,   madrasa,   xonaqohlarni   buzish,   ularni   tahqirlab   omborxonalarga
aylantirish   siyosati   davom   etdi.   Ular   muhofazadagi   binolar   ro‘yxatidan
chiqarilganligi   tufayli   sanoat   korxonalari,   vaqtixushlik   muassasalariga   aylantirish
hollari   ham   uchrab   turardi.   Bu   salbiy   holatga   1960–1970   yillarda   keng   yoyilgan
yoshlar, ziyolilarning tarixiy va madaniy obidalarni asrash vatanparvarlik harakati
qarshi turdi. 
YuNESKO ma’lumotlariga qaraganda, dunyo muzeylarining 80 foizi dastlab
qal’a,   saroy,   ibodatxona,   monastir,   xususiy   uylarda   faoliyat   ko‘rsatgan.
O‘zbekistonda   ham   ushbu   manzara   kuzatiladi.   Yana   shuni   ta’kidlash   lozimki,
muzey binolarining ko‘pgina qismi ancha paytdan buyon ta’mirlanmagan, avariya
holatidagilar   ham   bo‘lgan.   Holbuki,   XX   asrning   60–70-yillarida   harbiy-tarixiy,
inqilobiy,   badiiy   muzeylar   uchun   maxsus   muzey   binolari 23
,   xususan   Toshkentda
ham ko‘plab qurildi. 
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   jamiyatda   tarixiy-madaniy   yodgorliklarni
muhofaza   qilishga   hamda   ulardan   foydalanishga   munosabatning   ijobiy   tomonga
o‘zgarishi  yangi  muzey muassasalari,  muzey-qo‘riqxonalarning vujudga kelishiga
ko‘maklashdi.   Ularning   o‘ziga   xosligi   ma’lum   ko‘chmas   yodgorlik   asosida
yaratilishi, uning atrofidagi tarixiy-madaniy va tabiiy muhitni muhofaza qilish yoki
23
  Миронов А.М. Художественн ы й муз ей в Ташкенте / Музей и школа. Пособие для учителей. М., 1985. – С.
27-43. tiklanishi   bilan   bog‘liqligi   edi.   Muhim   tarixiy-madaniy   va   tabiiy-madaniy
qadriyatga   ega   bo‘lgan   bu   xildagi   muzeylarning   dastlabki   kundanoq   yuqori
mavqeni   olishi   ularning   tarixiy-madaniy   osori-atiqalar   yirik   majmuasi   tarzida
muhofaza qilinishiga imkoniyat yaratar edi. 
         2.O‘zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati.   Bu
davrda   muzey   tizimidagi   yetakchi   o‘rin   O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat
vazirligi   doirasidagi   davlat   muzeylari   bo‘lib   qolgan   edi.   Turli   boshqarmalar,
xususan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   tizimidagi   muzeylar   soni
ko‘paydi.
Ushbu   davrda   respublikada   yigirmadan   ortiq   tarix   va   o‘lkashunoslik
muzeylari   faoliyat   ko‘rsatgan.   Ularning   muzeylar   tizimidagi   o‘rni   muhimdir.   XX
asrning   60–80-yillarida   o‘lkashunoslik   muzeylari   markaziy   muzeylar   fondlaridan
olingan ashyo, buyum va hujjatlar hisobiga ham boyib bordi. 
O‘lkashunoslik   muzeylari   1970   yillardan   tabiiy-ilmiy   ko‘rgazmalardan,
landshaftli   ko‘rgazmalarga   o‘tish   jarayonini   yakunladi.   Tez   sur’atlar   bilan
o‘sayotgan   muzeylar   guruhiga   muzey-qo‘riqxonalar,   jonli   eksponatli   muzeylarni
kiritish mumkin.
O‘zbekiston   muzeylari   tizimidagi   turli   o‘zgarishlar   umumjahon   miqyosida
muzeylarga   qiziqishning   o‘sishi   va   ularning   madaniy   imkoniyatlari   cheksiz
ekanligini namoyish etgan.
Sovet hokimiyati davrida muzeylar tizimini tashkillashtirish usullaridan biri,
markazlashgan   muzeylar   sistemasini   yaratish   bo‘ldi.   Bunday   birlashmalarning
asosiy   maqsadi   nazorat   hamda   muzey   to‘plamlaridan   g‘oyaviy   va   targ‘ibot
maqsadlari   uchun   kengroq   va   unumliroq   foydalanish,   viloyat,   shahar   va   tuman
muzeylari   saviyasini   oshirish,   ayrim   muzeylarning   tematik   qayta   tashkil   qilinishi
vazifalarini hal etishga qaratilgani edi.
Yangi   muzey,   ko‘rgazmalarning   tashkil   etilishi   jarayonining   tezlashuvi
muzeylarni   loyihalashtirishda   ham   o‘zgarishlarga   olib   keldi.   Ko‘rgazma   dizayni
badiiy   ijodiyotning   mustaqil   va   istiqbolli   turi   bo‘lib,   muzey   xodimlari   va
rassomlarning hamkorligidagi ijodi edi. Muzey ko‘rgazmalarini san’atning alohida sohasi   ekanligining   nazariy   asosini   Ye.A.Ryuzenblyum   tahlil   etishga   harakat
qilgan 24
.   Biroq   shuni   ta’kidlash   lozimki,   sovetlar   davrida   muzey   ko‘rgazmalari
rang-ba rang   va   yuqori   darajadagi   san’at   asarlariga   aylana   olmasdi.   Zero,
ko‘rgazmalar   ham   totalitar   tuzumning   mohiyatini   o‘zida   mujassam   etishi   lozim
bo‘lgan.   Barcha   san’at   turlari   g‘olib   proletariat   va   dehqonlarning
muvaffaqiyatlarini   tarannum   etishi   lozim   bo‘lgan.   Shuning   uchun   maxsus
komissiyalar   nazorati   va   muhokamasidan   o‘tgan   asarlar   hayotga   tatbiq   etilib,
minglab   nusxalarda   ko‘paytirilib,   sobiq   Ittifoq   hududlarida   tarqatilar   edi.
Jumladan,   Toshkentdagi   Lenin   muzeyining   filiali   o‘lkamizda   bo‘lmagan   «butun
jahon  proletariatining  dohiysi»   hayoti   va   faoliyatini   keng   omma  orasida   targ‘ibot
qilishi   kerak   edi.  Shunday   milliy  qadriyatlar   va   an’analarga   qarshi   bo‘lgan   g‘oya
hamda mavzular boshqa muzeylar orqali ham xalq ongiga singdirilishi kerak edi.
Yangi   muzey   binolari   qurilishi,   kommunistik   g‘oyalariga   mos   keladigan
ekspozitsion   yechimlar,   ba’zan   original   ko‘rgazma   loyihalari   keng   ko‘lamli
restavratsiya,   me’morchilik   yodgorliklarining   muzeyga   aylantirilishi   natijasida
muzeylar   o‘zgacha   tus   oldi.  Muzey   faqat   ma’rifiy  ta’sir   vositasi   emas,   dam   olish
joyi,   bo‘sh   vaqtni   unumli   o‘tkazish   maskani,   sovet   xalqi   va   chet   el   turizmining
ommaviy   maskaniga   aylantirilishi   lozim   edi 25
.   Shunda   madaniy-ma’rifiy
faoliyatning   bunday   keng   ko‘lami   jarayonni   anglab,   maxsus   ijodiy   tahlil   etishni
taqozo   etar   edi.   Muzeyshunoslikda   1980   yillarning   boshlaridan   «muzey
pedagogikasi»   atamasi   paydo   bo‘ldi.   Muzeyshunoslar   keluvchilarga   «Muzey
madaniyatini»   oshirish,   ya’ni   maxsus   muzey   tilini   qabul   qila   olishi,   predmetli
axborot,   asl   nusxaning   qiymatini   tushunish   va   boshqa   ko‘nikmalarni   yuksaltirish
dasturini ishlab chiqdilar. 
Muzeyga   keluvchilarning   «ichki   dunyosini»,   talablarini   o‘rganish   uchun
psixolog   va   sotsiologlar   taklif   qilina   boshlandi.   Bu   xildagi   dastlabki   tadqiqotlar
1920   yillarda   (ijtimoiy-demografik   tahlil,   axborotni   qabul   qilish   xususiyatlarini
o‘rganish   va   boshqalar)   o‘tkazilgan   edi.   Sobiq   totalitar   tuzum   tomonidan   30-
24
  Розенблюм Е.А. Художник в дизайне. – Москва: Наука, 1974. – С. 51. 
25
  Музейное  дело России  /   П од  об щей   редакцией  Каулен  М.Е. ,   Коссов ой   И.М.,  Сундиев ой   А.А.   – М осква :
Издательство «ВК», 2003.   – С. 171 . yillarda to‘xtatilgan tadqiqotlar 1960 yillardan qaytadan boshlandi. Keng ko‘lamli
tadqiqotlar   1970–1980   yillarda   madaniyat   ilmiy   tadqiqot   instituti   xodimlari
tomonidan o‘lkashunoslik va muzey-qo‘riqxonalarda o‘tkazilgan «Muzey va unga
kiruvchilar» deb nomlangan tadqiqotlar natijalari ushbu institut olimlari asarlarida,
muzey jurnallarida chop etildi. 
Sovet   davridagi   muzey   faoliyati   nazariy   tahlili   muzeyshunoslik   ilmining
yangi   sohasi   sifatida   shakllanishida   o‘z   aksini   topadi.   A.M.Razgon   tahriri   ostida
chop   etilgan   «Muzeyshunoslik»   hamda   tarixiy   soha   muzeylariga   bag‘ishlangan
ishlari muzeylarning sovetlar davridagi faoliyati yakuni sifatida tan olingan 26
.
Sobiq  Ittifoq  hamda   O‘zbekistonda   muzey   ishining   holati,  ko‘p  sonli   ilmiy
munozaralar   hamda   yirik   kompleks   tadqiqotlar,   ularning   natijalari   muzey
nashrlarida   e’lon   qilinishi   asosida   bo‘ldi.   Muzeylar   tarixidagi   50   yildan   ortiq
davom   etgan   son   va   sifat   jihatidan   rivojlanish   davri   yakunlandi.   Muzeylar
mamlakat tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, muzey ishi o‘zining ichki mantiqiy
taraqqiyotiga   ega   edi.   Muzeylar   soni   va   turi   o‘sib   bordi,   ularning   o‘rni   va
ahamiyati   targ‘ibot   va   tashviqot   markazi   sifatida   mamlakatning   ijtimoiy   hayoti,
madaniyatidagi roli esa kundan-kunga sezila borgani kuzatiladi. 
O‘zbekistonda   sovet   davri   t arix   va   o‘lkashunoslik   muzeylarining   ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni ni tadqiq etish quyidagi xulosalarni berishga asos bo‘ladi: 
Rossiya   imperiyasi   davridagi   Turkistondagi   muzeylar   o‘lkaning   moddiy   va
ma’naviy, yer osti va ustki boyliklarini chuqur o‘rganib, Rossiya manfaati yo‘lida
foydalanish uchun tashkil etilgan bo‘lsa, sobiq sovet mustamlakachiligi davrida bu
ishlar   o‘zgacha   tusga   ega   bo‘ldi.   Ular   endi   yangi   tuzumni   targ‘ib   etishlari,   yangi
g‘oyalarni xalqqa singdirishlari zarur edi. Muzeylar tashviqot va targ‘ibot manbai
sifatida   partiyaning   barcha   g‘oyalari,   qabul   qilinayotgan   qarorlari   hayotga   tatbiq
bo‘lishini (uzoq kelajakda bo‘lsa ham) ko‘rsatib berishi lozim edi. Muzeylar sovet
davridagi   ijtimoiy   yolg‘onni   targ‘ib   qiladigan   bir   organga   aylandi   desak   xato
bo‘lmaydi.
Muzeylar   reekspozitsiya   qilindi   va   alohida   sotsialistik   qurilish   bo‘limlari
26
  Музееведение. Музеи исторического профиля. – М осква :  Высшая школа,  1988. – С. 5-8. yaratildi.   Har   bir   viloyat,   shahar,   tuman   markazlarida   o‘lkashunoslik   muzeylari
tashkil   etildi.   Ommaviy-g‘oyaviy   ishlar   kuchaytirildi.   Sun’iy   ravishda   muzey
faoliyati doirasi ommaviy g‘oyaviy ish bilan qisqartirildi, muzeyda ish olib borish
uslubi va shakllari primitiv (sodda)lashtirildi. G‘oyaga mos kelmaydigan madaniy
yodgorliklarning   ahamiyati   pasaydi.   Muzey   muassasalarining   o‘ziga   xos,
individuallik   tomonlari   tenglashtirildi.   Muzey   ekspozitsiyalarida   yodgorliklardan
foydalanish   masalasi   noto‘g‘ri   hal   qilindi   va   bu   sobiq   sovet   davridagi   muzeylar
rivojida salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi.
Muzey   tarmoqlarini   qayta   tashkil   etish   va   kengaytirish   davom   etdi   va
ma’lum   strukturaviy   o‘zgarishlar   sodir   bo‘ldi.   Asosiy   o‘rinni   tarixiy-inqilobiy   va
memorial   muzeylar   egalladi.   Mavjud   tarixiy   va   o‘lkashunoslik   muzeylarining
barchasida yangi tuzum yutuqlarini namoyish etib, uning g‘oyalarini keng ommaga
singdiruvchi ekspozitsiyalar paydo bo‘ldi. O‘lkashunoslik muzeylarining tipologik
tizimi ishlab chiqildi. Asosiy e’tibor tomoshabinlar  bilan siyosiy-ma’rifiy ish olib
borishga   qaratildi.   Bunda   ma’ruza   va   ko‘chma   ko‘rgazmalardan   kengroq
foydalanildi. Tomoshabinlar soni ularni uyushgan holda ko‘rgazmalarga jalb etish,
maktablar   bilan   ommaviy   ishlar   olib   borish   hisobiga   oshirildi.   Ekspozitsiya
ishining   yetakchi   uslublari   tematik   (mavzular   bo‘yicha)   ekspozitsiya   bo‘ldi.
Ekspozitsion faoliyatni baholashning asosiy mezoni uning siyosiy mazmuni bo‘ldi.
Muzeylarga   sotsialistik   qurilish   yutuqlari   va   sotsialistik   hayot   tarzining
afzalliklarini   ekspozitsiyalarda  aks  ettirish  zimmasi   yuklatildi. Lekin ularda sovet
tarixi   bo‘yicha   to‘laqonli   kolleksiyalar   yo‘q   bo‘lganligi   sababli   muzey   predmeti
o‘rnini matn, sxema, shiorlar egalladi.
Namangan   viloyati   o‘lkashunoslik   muzeyi .   Keyingi   muzey   Namanganda
1920   yili   tashkil   etiladi.   Bu   ishni   amalga   oshirishda   Namangan   shahridagi   1-rus
o‘rta  maktabining fizika  o‘qituvchisi  Vladimir  Ivanov  katta  tashabbus  ko‘rsatdi.  U
1919   yilda   Xalq   ta’limi   nozirligiga   yozgan   xatida   o‘quvchilarga   puxta   bilim   berish
maqsadida   Namangan   shahar   maktablaridagi   barcha   fizika   o‘quv   asboblarini   bir
joyga   yig‘ishni   va   yagona   fizika   kabineti   tashkil   qilishni   taklif   etdi.   Bu   taklif   xalq
ta’limi nozirligi tomonidan qabul qilindi.  1920   yil   20   avgust   kuni   muzeyga   asos   solindi   va   1-son   7   yillik   rus
maktabining   ikkita   xonasida   ekspozitsiya   joylashtirildi.   Mazkur   muzey   to‘liq
xo‘jalik hisobida ish olib bordi va o‘zini o‘zi ta’minladi. Ilk tashkil etilgan davrda
Namangan   shahar   o‘lkashunoslik   muzeyi,   1934   yildan   keyin   tumanlararo,   1938
yildan boshlab esa  Namangan viloyat o‘lkashunoslik  muzeyi  deb atala boshlandi.
M.I.Ben-Gerariy nomidagi  Namangan  viloyat  o‘lkashunoslik  muzeyi  1920 yildan
1930   yilgacha   bo‘lgan   davrda   ekspozitsion   zallarini   muntazam   ravishda   to‘ldirib
bordi. har 5 yilga reja tuzilib ish olib borildi. Masalan 1930 yilda tuzilgan 5 yillik
reja   qo‘yidagilardan   iborat:   Muzey   1930   yildan   boshlab   ish   rejasida   muzey
fondlarini   ko‘rgazmali   qurollar,   modellar,   manikenlar,   turli   hayvonlar   tulumlari
kolleksiyasi,   o‘lkadagi   o‘simliklardan   namunalar,   turli   xildagi   preparatlar,
diaramalar,   kartinalar,   chizmatasvirlar,   turmushda   ishlatiladigan   buyumlar   bilan
boyitishni   maqsad   qilib   qo‘ydi.   Bu   kolleksiya   to‘plamlari   mazkur   o‘lka
odamlarining   turmush   tarzini,   madaniyatini,   bilim   darajasini,   ilm-fan   yutuqlarini,
san’atni, ishlab chiqarishni, savdo-sotiq faoliyatini, aloqa yo‘llari  kabilarni  o‘zida
aks   ettirishi   lozim.   Muzeyga   o‘lkadagi   barcha   muassasalar   yordam   berishi   kerak.
Muzey   aholi   talablarini   aks   ettirishi,   mazkur   o‘lka   tabiatining   va   ijtimoiy
hayotining   oynasi   bo‘lishi   kerak.   Muzeyda   to‘qqizta:   Zoologiya   bo‘limi,   Qishloq
xo‘jaligi   bo‘limi,   Paxtachilik,   ipakchilik   bo‘limlari,   Agronomiya   va
zararkunandalarga   qarshi   kurash   bo‘limi,   Inqilob   bo‘limi,   Suratlar   galereyasi,
haykaltaroshlik   va   gravyura   namunalari,   Tarixiy   arxeologik
bo‘lim,Hunarmandchilik bo‘limi, Xudosizlik bo‘limlari mavjud edi. 
Shuningdek   arxiv   fondi   hujjatlaridagi   o‘n   olti   yil   davomida   muzeyga
kelayotgan   tomoshabinlar   sonini   ko‘rsatish,   ushbu   muzey   haqidagi   tasavvurlarni
kengaytiradi:     xar   ikki   uch   yildan   tomoshabinlar   soni   orta   borgan.   1920   yillari
tomoshabinlar soni 3205 kishi  bo‘lsa, 1934 yilga kelib bu ko‘rsatkich 36770 taga
yetdi.   Demak,   muzey   ishi   faoliyati   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgan.   1935   yili
tomashabinlar   soni   keskin   16075   tagacha   tushib   ketadi,   bunga   sabab,   yuqori
tashkilotlar buyrug‘iga asosan, tirik hayvonlar namoyish etiladigan bo‘limi yopilib,
Toshkentga jo‘natilgan.  Yana shuni  ta’kidlab o‘tish joizki, Namangan muzeyi ko‘chma agit-muzeyi
ham   tashkil   etib,   paxta   yig‘im-terim   kompaniyasiga   chiqib,   jamoat   xo‘jaliklarida
yurib, quyidagi ishlarni amalga oshirgan.
Ko‘chma   agit-muzeyning   maqsadi,   ekspozitsiyalar   orqali   iqtisodiyot   va
madaniy   frontdagi   asosiy   erishilgan   yutuqlarni   ko‘rsatish   va   jamoa   xo‘jaliklari
bilan muzeylar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat edi.
Namangan   o‘lkashunoslik   muzeyi   fondlari   eksponat   sotib   olish   hisobiga
boyigan,   shuningdek   Moskvadagi   Tretyakov   galeriyasi   va   Sankt-Petrburgdagi
Ermitajdan bir necha asarlar yuborilgan.
 Shuningdek fondlarni boyitish uchun  muzey xodimlari Farg‘ona vodiysini
qamrab oluvchi tematik ekspeditsiyalar uyushtiradilar . Shu zaylda muzey fondlari
etnografik, tabiatshunoslik, arxeologik eksponatlar bilan boyidi.
Urush   yillarida   O‘zbekistonda   muzey   tarmoqlari   vaqtincha   qisqarishi
Namangan   O‘lkashunoslik   muzeyiga   xam   tasir   qildi.   Eksponatlar   vaqtinchalik
viloyat   o‘rta   maktablariga   taqsimlanadi.   Natijada   ko‘pgina   muzey   eksponatlari
yo‘qoladi.
1947 yili muzey qayta tiklanib,eksponatlar joyiga qaytariladi.
1950-60 yillarda Chust, Quvasoy, Axsikent daralari va g‘orlaridan qadimgi
davrlarga   mansub   manzilgoxlar   topilib,   o‘rganiladi.   Bu   ishda   muzey   xodimlari
xam faol qatnashadilar.
1961 yili O‘zbekiston rassomlari uyushmasi qoshidagi O‘zbekiston   Badiiy
ko‘rgazmalar direksiyasi Namangan viloyat O‘lkashunoslik muzeyiga 50ta tasviriy
sanat asarlarini sovg‘a qilgan.
1988 ylda muzey maxsus qurilgan binoga ko‘chirildi. Bino 3 qavatli bo‘lib,
umumiy maydoni 53201 kvadrat  metrdan iborat, 1700 kvadrat  metri  ekspozitsion
maydon, 520 kvadrat metri fond xonalar maydonini tashkil etadi. Eksponatlar soni
56mingdan   ortiq.   Bugungi   kunda   ekspozitsiya   Tabiat   bo‘limi,   Ommaviy   oqartuv
bo‘limi,   Ilmiy   uslubiyat   bo‘limi,   Zamonaviy   davr,   Tarix,   Jangovor   shon-shuxat
bo‘limlaridan   iborat.   Muzey   eksponatlari   soni   2000-yillarga   kelib   61mingdan
oshdi. O‘zbekiston   Davlat   San’at   muzeyi.   Turkiston   Xalq   Komissarlari   Sovetining
1918   yil   19   apreldagi   dekreti   bilan   knyaz   N.Romanovning   Toshkentdagi
majmualari davlat mulki deb e’lon qilindi.  Uyi esa muzeyga aylantirildi. Shu tariqa
respublikada   muzey   ishlari   qurilishi   boshlandi.   Knyaz   yig‘gan   tasviriy   va   amaliy
san’at   namunalari   asosida   Markaziy   badiy   muzey   tashkil   etildi.   Biroq   bu
kolleksiyalar   muzey  uchun   kamlik   qilar   va  har   xil  edi.  Bu   yerda   turli  vaqtda,  turli
yo‘llar   bilan   to‘plangan   tasviriy   san’at,   grafika,   haykaltaroshlik   asarlari,   badiiy
ishlangan   mebl,   chinni,   tunj   va   amaliy   san’atga   doir   buyumlar   ham
ekspozitsiyadan   joy   olgan   edi.   Bu   kolleksiyalarning   cheklangan   xususiyati   yangi
tuzum   muzeylariga  qo‘yilgan   talablarga  javob   bera  olmasligi  sababli   boshqa  yirik
muzey   fondlaridan   eksponatlar   yg‘ildi.   Muzey   ilk   tashkil   etilgan   davrda   500   ga
yaqin   eksponat   bo‘lsa,   1923   yilga   kelib   ularning   soni   2-3   baravar   ko‘paydi.   1924
yili milliy chegaralanish o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi o‘z
navbatida,   muzey   oldiga   milliy   san’at   bo‘limi   ochish   vazifasini   qo‘ydi.   1935-1939
yillarda   xalq   san’ati   namunalarini   yig‘ish   uchun   Respublika   bo‘ylab   bir   necha
ekspeditsiyalar   uyushtirildi.   Natijada   O‘zbekiston   xalq   san’atining   barcha
tomonlarini   ko‘rsatuvchi   g‘oyat   nodir   va   xilma-xil   kolleksiya   to‘plandi,   shu   bilan
birga juda boy ilmiy materiallar yig‘ildi. O‘ttizinchi yillarning oxiriga kelib, muzeyda
uch  mustaqil  bo‘lim  - G‘arbiy  Yevropa san’ati,  rus  san’ati,  O‘zbekiston  tasviriy  va
xalq   amaliy   san’ati   bo‘limlari   tashkil   topdi.   Shuni   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   ushbu
muzey-Markaziy badiiy muzey sifatida 1929 yilga qadar faoliyat ko‘rsatdi. Chunki
1929   yili   eksponatlarga   joy   yetishmaganligi   sababli   muzey   yopildi.   1935   yili
O‘zbekiston   san’at   muzeyi   nomi   bilan   boshqatdan   ochilib,   fabrika   binosidan
muzey   uchun   joy   ajratildi.   1941   yildan   bu   muzey   O‘zbekiston   xalqlari   tarixi
muzeyiga qo‘shib yuborildi. 1945 yili alohidagi muzey sifatida O‘zbekiston  Davlat
san’at   muzeyi   nomi   bilan   atalib,   faoliyat   ko‘rsata   boshlaydi.   Mazkur   muzey   juda
boy   eksponatlar   to‘plamiga   ega   bo‘ldi.   Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davridan   to
zamonaviy   davrgacha   bo‘lgan   tasviriy   va   amaliy   san’atning   noyob   namunalari, muzey ekspozitsiyasidan joy oldi.
Buxoro   viloyati   o‘lkashunoslik   muzeyi .   Buxoro   muzeyi   ilk   bor   1922   yil
tashkil etilib, ba’zi sabablarga ko‘ra yopiladi. Buxoroda qayta muzey ochish taklifi
Zarafshon   viloyati   prezidiumi   va   eski   Buxoro   shahar   qo‘mitasi   yig‘ilishida   ilgari
suriladi.   Mazkur   yig‘ilish   mazmuni   1926   yil   7   dekabrda   37-sonli   protakolda   o‘z
aksini   topgan   va   arxiv   fondi   hujjatlarida   saqlanib   qolgan.   Yig‘ilishda   quyidagi
maqsad vazifalar oldinga qo‘yiladi:
Mukamilov Buxoroda muzey tashkil etish kerakligi va buning uchun sobiq
amir saroyi Sitorai Moxi-Xosa binosini berish kerakligini ta’kidlaydi:
a)   Zarafshon   viloyati   markazida   muzey   ochish   zarur   va   buning   uchun
Sitorai Moxi-Xosa saroyini berish kerak.
b) Mazkur saroyning tarixiy ahamiyatini hisobga olib, unda 
  Buxoroda   mehnatkash   xalqni   ezgan   johil   amirning  kundalik   hayotini   aks
ettiruvchi ekspozitsiya tashkil etish lozim.
v)   Muzey   tashkil   etish   bo‘yicha   amaliy   ish   viloyat   mudiri   Xolmuradovga
topshirib, 1 oy muddat berildi. 
g) Sitorai-Moxi-Xosa saroyidan tashib ketilgan muassasalardagi, alohidagi
shaxslardagi   buyumlarni   yig‘ib   olish   vazifasi   Zarafshon   viloyati   ijroya   qo‘mitasi
va Xolmurodov zimmsiga yuklatildi.
1925-27 yillarda muzeyni ochish uchun shu tariqa tayyorgarlik ishlari olib
borildi.   Buxoro   komstarisining   raisi   Musa   Saidjanov   va   ilmiy   kotib
B.I.Dudkeevilar Buxoro muzeyining tashkilotchilari edi.
Yuqorida qayd etilgan yig‘ilishida muzey uchun 2 ta bino taklif etiladi, biri
Sitorai-Moxi-Xosa,   ikkinchisi   Ko‘kaldosh   madrasasi.   XVI   asrga   mansub
Ko‘kaldosh   madrasasi   juda   noqulay   bo‘lsada,   muzey   uchun   aynan   shu   bino
ajratiladi.   Ekspozitsiya   madrasa   hovlisidagi   oltita   kichik   xonaga   joylashtiriladi.
Binolar   zarur   talablarga   javob   bermas,   xona   shiftlari,   past,   sathi   kichik   edi.
Muzeyning   dastlabki   ekspozitsiyasi   arxeologiya,   etnografiya   va   zoologiya
bo‘limlaridan iborat bo‘lib, ularda mingdan ziyod buyumlar bo‘lgan. Xalq maorifi
tomonidan berilgan materiallar va shuningdek, qisman muzey tomonidan yig‘ilgan, hamda   sotib   olingan   buyumlar   bo‘rilajak   ekspozitsiya   uchun   asos   bo‘lib   xizmat
qildi.
Ekspozitsiyaning   birinchi   bo‘limida,   Buxoro   okrugi   qadimiy   obidalarning
fotosuratlari,   Sayfuddin   Boxarziy   (XIV   asr)   qabriga   qo‘yilgan   yog‘och   sag‘ana,
Bahoviddindagi   amirlar   sag‘anasidan   olib   kelinib,   badiiy   ishlov   berilgan   ikkita
qabirtoshi,   Buxoro   va   Samarqand   me’moriy   obidalarining   sirli   koshinlaridan
lavhalar,   Afrosiyobdan   topilgan   ossuariy   bo‘laklari   va   sirli   idish   parchalari
namoyish etilgan edi.
Etnografiya   bo‘limida   qadimiy   sharq   qurollari,   cholg‘u   asboblari,   yozuv
anjomlari, ot-ulov aslahalari, kiyim- boshlar, Kitob, Xisor, Qarshi, Buxoro, Nurota
choponlari,   zargarlik   va   kashtachilik   buyumlari   va   hakozalar   yig‘ilgan.
Shuningdek   numizmatika   bo‘limida   qadimiy   tangalardan   to   sovet   davrigacha
bo‘lgan qog‘oz pullar namoyish qilingan.
Zoologiya   bo‘limi   eksponatlarining   soni   kamroq   bo‘lib,   to‘qsonga   yaqin
mahalliy fauna vakillarining nusxalari bo‘lgan.
Buxoro   Davlat   muzeyining   1935   yil   1   yanvardan   1   iyulgacha   bo‘lgan
hisobotlaridan birida shunday  deyilgan: «Ish jarayoni  juda noqulay sharoitda olib
borilmoqda. Bunga sabab muzey XVI asrda qurilgan eski Ko‘kaldosh madrasasiga
joylashgan bo‘lib, bu bino muzey uchun umuman yaroqsiz». 
Muzey   xodimlari   shunday   og‘ir   sharoitda   ishlagan   bo‘lsalarda   ilmiy
safarlar   tashkil   etishgan,   ilmiy   muassasalar   bilan   aloqa   bog‘lab,   muzey   uchun
eksponat   yig‘ilgan.   Masalan:   1934   yilning   birinchi   yarmida   muzeyning   ilmiy
xodimi Goncharova Moskva va Leningradga ikki oyga yuborilgan. Muzey xodimi
u   yerda   markaziy   muzeylar   faoliyati   bilan   tanishgan,   fondlarni   hisobga   olish,
saqlash, ekspozitsiya tuzish ishlarini o‘rgangan. Shu yilning ikkinchi yarmida esa
Toshkent   va   Samarqand   muzeylari   bilan   tanishib,   eksponat   yig‘ish   uchun   yana
uchta bo‘lim boshliqlari yuborilgan.
Muzeyga   bir   yil   maboynida   29722   tomoshabin   kelgan,   shulardan   19253
tasi mahalliy aholi edi.
Buxoro   amirining   sobiq   yozgi   rezidensiyasi   Sitorai-Moxi-Xosada   alohida muzey ochish xam ko‘zda tutiladi. Mazkur masalaning muhimligini nazarda tutib,
O‘zbekiston   hukumati   Sitorai-Moxi-Xosa   saroyini   Buxarstaris   ixtiyoriga
topshiradi.   Saroyda   «Amirlar   so‘nggi   sulolasining   turmushi»   deb   atalgan   3
bo‘limdan   iborat   ekspozitsiya   tashkil   etildi.   Bundan   ommaga   g‘oyaviy   ta’sir
o‘tkazishda   foydalanish   mumkin   edi.   Ammo   muzey   ixtisosi   o‘z   mazmuniga
munosib   emas   edi.   Zarafshon   viloyat   o‘lkashunoslik   muzeyi   va   undagi   «Amirlar
so‘nggi   sulolasining   turmushi»   filialining   dastlabki   ekspozitsiyasi   ko‘plab   jiddiy
nuqsonlarga ega bo‘lib, tarixiy-tematik prinsipda yondashilmagan edi.
Muzeyda o‘lkashunoslik ixtisosligi 1945 yili shaharning qadimiy memoriy
obidasi-Arkka ko‘chirilganidan so‘ng to‘la shakillanadi. Bu bino 300 yil davomida
Buxoro hukumdorlarining rezidensiyasi vazifasini o‘tagan. 1948 yili Sitorai-Moxi-
Xosa filialida tarixiy-maishiy bo‘limi amaliy san’at bo‘limiga aylantiriladi. 
1955   yili   Buxoro   Amirining   sobiq   zindonida   –muzey   burchagi   ochiladi.
1969   yili   muzey   O‘lkashunoslik   ixtisosligidagi   muzeyga   aylantiriladi   va   tabiat,
tarix   va   tasviriy   sanat   bo‘limlariga   ajratiladi.   1980   yillargacha   muzey   sust
rivojlanadi. (20-23-ill). 
Mustaqillik   davrida   mazkur   muzey   o‘z   faoliyatini,   ekspozitsion
konsepsiyasini o‘zgartirib, zamon talablariga mos ekspozitsiyalar yaratiladi.
Toshkent   Tabiat   muzeyi .   Toshkent   Tabiat   muzeyi   Toshkentning   eski
shahrida 1926 yilning 1 yanvarida ochildi. Mazkur muzey 1921 yilning 1 mayidan
boshlab   Toshkentning   eski   shahar   qismida   ish   olib   borgan   Eski   shahar   muzeyi
asosida tashkil etiladi.   U qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida bo‘lib, respublikada birinchi
tarmoq   muzey   hisoblanar   edi.   Birinchi   o‘zbek   muzey   to‘g‘risidagi   nizom,   1925
yilning   20   fevralida   O‘rta   Osiyo   komstaris   tomonidan   tasdiqlandi.   Qishloq
xo‘jaligini va o‘lka qishloq xo‘jalik kooperatsiyalarini, shuningdek bevosita ana shu
masalalarga   oid   qolgan   barcha   masalalarni   qamrash   maqsadida   muzey
gerbariylar,   urug‘lar,   qayta   ishlangan   ozuqalar,   qishloq   xo‘jaligi   sohasidagi   ilmiy
tajribalar natijasida hosil bo‘lgan materiallarni to‘plash, sotib olishni ko‘zda tutgan
edi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mehnat qurollari, mashinalarining modellari ham to‘plangan edi.
Muzey   quyidagi   bo‘limlardan   iborat   bo‘lgan:Qishloq   xo‘jaligiga   karashli
barcha   sohalar;   Hunarmandchilik   sanoati   bo‘limi;   Umumiy   ta’lim   xarakteridagi
tabiat tarixi bo‘limi.
Muzey   kolleksiyalarini   qishloq   xo‘jalik   ko‘rgazmalaridan   olingan   bir   qism
eksponatlar,   muassasa   va   tashkilotlardan   olingan,   o‘lka   qishloq   xo‘jaligi   hamda
ilmiy sanoatiga oid materiallardan tashkil etar edi. 1926 yilga kelib muzeyda ikki
mingga   yaqin   eksponat   mavjud   bo‘lib,   ularning   asosiy   qismini   noyob   buyumlar
tashkil   etar   edi.   1930   yili   O‘rta   Osiyo   bosh   muzeyining   zoobog‘i,   geologiya,
geografiya,   botanika,   zoologiya,   antropologiya   bo‘limlari   va   Birinchi   o‘zbek
qishloq xo‘jaligi muzeyi O‘rta Osiyo tabiati va ishlab chiqarish kuchlari muzeyiga
aylantiriladi.   1935   yildan   esa   umumiy   tabiat   ixtisosligidagi   O‘zbekiston   Davlat
tabiat muzeyi sifatida qayta tashkil etiladi.
1945   yili   muzey   O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   muassasalari   sistemasiga
o‘tkaziladi   va   “O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasining   tabiat   muzeyi”   deb   ataladi.
1963 yili Madaniyat Vazirligi  tasarrufiga o‘tadi.
Ekspozitsiya   Yer   sayyorasining   paydo   bo‘lish   jarayonlarini   va   boshqa
Quyosh   sistemasidagi   sayyoralarning   vujudga   kelishini,   rivojlanish   evolyusiasini
aks ettiruvchi  ekspozitsiadan  boshlanadi. Shuningdek   Yer sayyorasida  xayotning
boshlanishi xaqidagi ekspozitsialar xam mavjud.
Keyingi   bo‘limlardaO‘zbekistonning   xayvonot   va   o‘simlik   dunyosi
namunalari   ,     respublikaning   mineral   va   foydali   qazilmalarini   aks   ettiruvchi
materiallar   namoish   etilgan.   Asosiy   o‘rinni   turli   xildagi   diaramalar   egallaydi   va
ular juda qiziqarli bo‘lib, tomoshabinlarni  o‘ziga jalb qiladi.
Mustaqillik   yillarida   muzey   yangi   binoga   ko‘chirilib,   ekspozitsion
konsepsiasi tubdan o‘zgartirilib, yanada ko‘rkam ekspozitsiya yaratildi.
Qo‘qon   shahar   o‘lkashunoslik   muzeyi .   Qo‘qon   shahar   o‘lkashunoslik
muzeyi 1924 yili qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida tashkil etiladi(35-ill.). Muzey
binosi   uchun   sobiq   Qo‘qon   xoni   Xudoyorxonning   saroyi   ajratiladi.   Mazkur   bino
1871 yili qo‘rilgan bo‘lib, ham noyob tarixiy me’moriy obida, ham muzey vazifasini o‘taydi. Saroy qurilishida ishtirok etgan ustalarning nomlari ham saqlanib qolgan.
Usto Abdullo, Isavoy Mogum, Mullo Axmat Domullo, Mir-Ubaydulla, Fozil-Xo‘jalar
shular jumlasidandir.
Muzey   ekspozitsiyasi   yil   sayin   ilmiy   xodimlar   tashabbusi   bilan   to‘ldirib
borildi.   Eksponatlar   miqdori   1937   yilgacha   1040   ta   bo‘lsa,   1940   yilga   kelib
ularning soni 5487 to gacha yetkazildi. Ekspozitsiyaga qo‘yilgan eksponatlar soni
1939 yili 1401 ta bo‘lsa, 1940 yili 2337 ta eksponatdan iborat edi.
Barcha   o‘lkashunoslik   ixtisosligidagi   muzeylar   singari,   Qo‘qon
o‘lkashunoslik   muzeyi   ekspozitsiyasi   ham   qadimgi   Qo‘qon   tarixini   yoritib
beruvchi ekspozitsion  materiallardan iborat  edi. Shuningdek chor Rossiyasi  bosib
olgandan keyingi o‘zgarishlar, ya’ni yangi binolarning, temir yo‘llarning qurilishi,
1906   yili   birinchi   poezdning   kelishi   haqida   ham   ma’lumotlar   mavjud   bo‘lgan.
Inqilobdan   keyingi   davr   siyosatiga   oid   eksponatlar,   qishloq   xo‘jaligi   faoliyatini,
sanoatdagi   rivojlanish   va   o‘lka   tarixini,   flora   faunasining   turli   jabhalarini   o‘zida
aks   ettiruvchi   eksponatlar   ham   muzey   ekspozitsiyasidan   joy   olgan   edi.   Tasviriy
san’at   asarlari   uchun   ham   bir   bo‘lim   ajratilgan.   Qo‘qon   shahar   o‘lkashunoslik
muzeyini «muzey ichidagi muzey» deb bejiz aytishmagan. Chunki yuqorida aytib
o‘tilganidek, muzey binosi sobiq xon saroyi bo‘lgan. Markaziy binoning devorlari
juda go‘zal sirli koshinlar, ganch o‘ymakorligi pannolari bilan bezatilgan va mana
shu taxt turadigan zalda amaliy san’at namunalari ham ekspozitsiyaga qo‘yilgan.
Makzur   bino   muzey   uchun   moslashtirilgan   bo‘lganligi   bois
ekspozitsion   maydon   yetarli   emas.   Avvallari   tabiat,   tarix,   xalq   amaliy   sanati,
tasviriy   sanat   bo‘limlaridan   iborat   bo‘lgan.   2001   yili     mart   oyida   muzey   ilmiy
kengashining   qaroriga   asosan   vaqtinchalik   muzey   yopilib,   ekspozitsiya   qayta
tuzildi. Davr talabiga mos ekspozitsiya yaratildi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   o‘lkashunoslik   muzeyi .   Qoraqalpog‘iston
Respublikasida   ham   boshqa   qo‘shni   viloyatlardagi   kabi   rus   olimlari   va   mahalliy
aholi   o‘lka   tarixini   har   tomonlama   o‘rganishgan.   Mana   shu   tadqiqotlar   negizida
1927   yili   To‘rtko‘l   shahrida   birinchi   o‘lkashunoslik   muzeyi   tashkil   etiladi.   Ammo
ba’zi   bir   sabablarga  ko‘ra  uning  ishi  to‘xtatiladi  va  1929  yili   muzey  o‘z  faoliyatini davom   ettiradi.   1938   yilgacha   bo‘lgan   davrda   eksponatlar   soni   318   ta   bo‘lib,
shulardan   300  tasi   ekspozitsiyaga   qo‘yilgan   edi.   1940  yilga   kelib   esa  eksponatlar
miqdori   7689   taga   yetadi   va   shulardan   1000   tasi   ekspozitsiyaga   qo‘yiladi.
Tomashabinlar soni ham 1938 yili 7572 ta bo‘lsa, 1940 yillarda 31650 taga yetdi.
Demak, muzey ilk tashkil etilgandan so‘ng ish faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan,
ya’ni   9   yilda   318   ta   buyum   yig‘ilgan   xalos.   Yuqoridagi   raqamlar   muzey   ilmiy
xodimlari   1938   yildan   keyin   muzey   fondlarini   boyitish   uchun   yaxshi   ish   olib
borishganini   bilish   mumkin.   Muzey   ilk   tashkil   etilganidan   uning   ekspozitsiyasi
tabiat,   inqilobgacha   bo‘lgan   o‘tmish   va   zamonaviy   davr   bo‘limlari,   shuningdek
suratlar galeriyasidan iborat edi.
Keyinchalik ekspozitsiya kengaytirilib, uchta bo‘limga ajratiladi. Brinchisi
o‘lkaning umumiy fizik-geografik xarakteristikasini  ochib beradi. Ikkinchi  bo‘lim
o‘lkaning   qadimgi   va   inqilobdan   oldingi   davrini   o‘zida   aks   ettiradi.   Uchinchi
bo‘limda   qizil   imperiyaning   tashkil   etilishiga   oid   ekzpozitsiya   namoyish   etilgan
edi. 
Mustaqillik yillarida mazkur muzey ekspozitsiyasining konsepsiyasi tubdan
o‘zgartiriladi. Zamon talablariga moslashtirilib, yangi ekspozitsiya tuziladi.
Andijon  viloyati   o‘lkashunoslik   muzeyi .   Andijon  shahrida  1934  yili   qishloq
xo‘jaligi   yutuqlari   ko‘rgazmasi   uyushtirildi.   Ushbu   ko‘rgazma   asosida   viloyat
o‘lkashunoslik   muzeyi   tashkil   etildi.   1937   yilga   kelib   eksponatlar   soni   760   taga
yetadi   va   hammasi   ekspozitsiyaga   qo‘yildi.   1940   yilga   kelib   esa,   eksponatlar
miqdori   1753   tagacha   yetib,   shulardan   450   tasi   ekspozitsiyaga   qo‘yiladi.
Eksponatlar orasida ibtidoiy jamoa tuzumi davrining mehnat qurollari, rangtasvir,
grafika,   haykaltaroshlik   asarlari,   fotoxujjatlar   va   hokazolar   mavjud   edi.   Andijon
viloyat o‘lkashunoslik muzeyi 1935-41 yillardan viloyat xududida o‘tkazilgan ilmiy
safar   va   ekspeditsiyalar   jarayonida   arxeologiya,   etnografiya   hamda   o‘lka   tabiiy
boyliklari bo‘yicha kolleksiyalarni komplektlashtiradi.
Muzeyning ilmiy fondi 24000 ga yaqin eksponatni o‘z ichiga oladi. Ularning
orasida   rangtasvir   va   grafika   asarlari,   xaykaltaroshlik   namunalari,   amaliy   san’at asarlari, 16000 ga yaqin fotosurat va boshqa xujjatlar mavjud.
Muzey   eksponatlari   Andijon   viloyatining   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi,
Farg‘ona   vodiysi   xalqlarining   etnografik   o‘ziga   xosliklarini,   dehqonchilik,
chorvachilikning   rivojlanishini,   o‘lkaning   resurslarini   har   tomonlama   o‘rganishga
imkoniyat yaratadi.
Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi.  Surxondaryodagi muzey ham
qishloq   xo‘jaligi   ko‘rgazmasi   asosida   1933   yili   tashkil   etilgan.   Avvaliga   u
Surxondaryo   tumanlararo   davlat   muzeyi   deb   atalgan.   1935   yili   viloyat   muzeyi,
1945   yili   viloyat   tarix   o‘lkashunoslik,   1964   yildan   boshlab   esa   o‘lkashunoslik
muzeyi deb atala boshlangan.
1933 yili respublika viloyatlari muzeylarini yiriklashtirish maqsadida ularni
qayta   qurish   ishlari   boshlangan.   Xususan,   Surxondaryo   okrug   ijroya   komiteti
qarori bilan Termizdagi Surxondaryo tumanlararo davlat muzeyi okrugi va shahar
ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   muzeyga   aylantirildi.   Sherobod   tumani   o‘lkashunoslik
muzeyi esa uning filiali bo‘lib qoldi. Shu yili muzeyda jonli tabiat burchagi tashkil
etilib,   keyinchalik   u   Termiz   hayvonot   bog‘i   sifatida   muzeydan   ajralib   chiqdi.
Surxondaryo okrug muzeyi ekzpozitsiyasi tabiat, inqilobgacha bo‘lgan o‘tmishi va
zamonviy   davr   tarixi   bo‘limlariga   ega   edi.   Birinchi   bo‘limdan   viloyatning
hayvonot   va   nabotot   dunyosi   o‘rin   oldi.   Madaniy   voha   zonasida   ingichka   tolali
paxtaning turli  navlari  hamda shakar  qamish namoyish  qilindi. Ikkinchi  bo‘limda
Teshiktosh   va   Machay   g‘orlaridagi   arxeologik   topilmalar,   Zarovutsoy   va   Bitik
Chashma   devor   naqshlari,   ro‘zg‘or   buyumlari,   haykalchalar,   saroy   devorlaridagi
naqsh   parchalari,   Xonaqatepa   va   Xayrobodtepa   haykaltaroshligi   va   qadimgi
Ayritom   frizi   fotonusxasi   joylashgan   edi.   Uchunchi   bo‘limda   xujjatlar,   suratlar
orqali   zamonaviy   davr   tarixi   namoyish   qilingan   edi.   Mazkur   muzeyda   1937   yili
eksponatlar   soni   9816   taga   yetdi,   1611   tasi   ekspozitsiyaga   qo‘yildi.   1940   yilga
kelib   esa   eksponatlar   soni   72840   tadan   iborat   bo‘lib,   shulardan   2050   tasi
ekspozitsiyadan joy oldi.
O‘zbekiston     Xalq   amaliy   san’ati   muzeyi .   O‘zbekiston   Xalq   Amaliy   san’at
muzeyi   1937   yili   hunarmandlar   ishlagan   buyumlar   ko‘rgazmasi   asosida   vujudga keldi(17,18,19-ill).   1938   yili   muzey   uchun   podsho   amaldori   Polovsevning   XIX   asr
oxirida   qurilgan   sobiq   qarorgohi   binosi   ajratildi.   Bu   bino   juda   ko‘rkam   bo‘lib,
me’moriy   yodgorlik   sifatida   ham   qarash   mumkin.   Binoni   bezashda   mashhur
o‘zbek   ustalaridan   Olimjon   Qosimjonov,   Usto   Kal,   Toshpo‘lat   Arslonqulov   va
boshqalar ishtirok etganlar.
Muzey   ekspozitsiyasi   amaliy   san’atning   turlariga   qarab   tuzilgan.   U   yerda
asosan   XIX - XX   asrlarda   yaratilgan   san’at   asarlari   namoyish   etiladi.   Ekspozitsiya
bilan   tanishuv   XIX   asrning   ajoyib   me’moriy-dekarativ   san’ati   namunasi   bo‘lgan
markaziy   zaldan   boshlanadi.   Zalni   bezashda   o‘zbek   xalq   ustalarining   ijodi   o‘z
aksini topgan: ganch va yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, mozayka va hokazolar
shular jumlasidandir.
Muzeyda   kulolchilik,   mayda   plastika,   kashtachilik   san’ati   namunalari
saqlanadi. Shuningdek Respublikada ishlab chiqarilgan milliy matolardan xonatlas,
beqasam, olachi, adras kabilar ham ekspozitsiyadan joy olgan. Muzey eksponatlari
ko‘p   marotaba   Polsha,   Hindiston,   AQSh,   Fransiya,   Daniya,   Щvesiya,   Belgiya   va
boshqa   davlatlarda   bo‘lib   o‘tgan   ko‘rgazmalarda   namoyish   etilgan.   1937   yili
Parijda   o‘tkazilgan   xalqaro   ko‘rgazmalarda   xonatlas   va   beqasam   yaratuvchi
ustalari   oltin   medalga   sazovor   bo‘lganlar   va   oltin   medal   bilan   taqdirlangani
haqidagi   Diplom   hozirgi   kunda   muzeyda   saqlanilmoqda.   Yana   shu   yili   Parijda
o‘tkazilgan   Butun   dunyo   ko‘rgazmasida   kashtachilik   namunalari   katta   oltin
medalga   sazovor   bo‘lgan.   1939   yili   Nyu-Yorkdagi   ko‘rgazmada   muzey
eksponatlari oliy mukofot Diplomi savrindori bo‘lib, qaytgan.
Mustaqillik   yillari   muzey   binosining   ikki   tomoniga   qo‘shimcha   binolar
qurilib,   ekspozitsion   maydon   kengaytirildi.   Muzey   fondi   yildan   yilga   ortib,
tomoshabinlar soni xam ko‘payib bormoqda.
Mazkur   muzey   fondida   amaliy   san’at   namunalarining   juda   boy   to‘plami
yig‘ilgan.
O‘zbekiston   Geologiya   muzeyi .   O‘zbekiston   Respublikasining  Geologiya   va
mineral resurslar davlat qo‘mitasining Geologiya muzeyi Respublikaning geologiya
soxasi tizimida 1988 yili tashkil etilgan. O‘zbekiston   Geologiya   muzeyining   qurilishi   1976   yili   boshlangan   bo‘lib,
qurilish   davomida   ilg‘or   geolog   va   mutaxassislarning   fikrlari   e’tiborga   olinib,
loyixaga   qator   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritildi.   Natijada,   o‘ziga   xos
me’moriy   shakl   va   dizaynga   ega   muzey   binosi   barpo   etildi.   Muzeyning   beshta
ko‘rgazma   zalida   O‘zbekistondagi   geologiya   fani   amaliyotining   barcha
yo‘nalishlari   ekspozitsiyadan   joy   olgan.   Muzeyda   yerning   planeta   sifatida
shakllanishi   va   rivojlanishining   umumiy   fazoviy   va   geologik   jarayonlari   aks
ettirilgan.   Mazkur   muzeyda   O‘rta   Osiyo   va   O‘zbekiston   xududining   geologik
rivojlanish   tarixi   zali,   regional   geologiya   zali   va   monografik   paleontologik
kolleksiyalardan   tashkil   topgan   zallari   mavjud.   Foydali   qazilmalar,   mineralogiya,
geokimyo,   qadim   tog‘   sanoati   tarixi   hamda   Dunyo   geologik   merosi   zali   katta
ekspozitsion   maydonni   egallagan   va   xar   tomonlama   mukammal   kompozitsion
yechimga   ega   ekspozitsiya   tuzilgan.   Muzey   vestibyulida,   uning   birinchi   va
ikkinchi   qavatlarida   Respublika   geologiya   xizmatining   shakllanish   tarixi,
geologiya   fanining   rivojlanishi,   O‘zbekistonning   ilk   geologlari,   foydali   qazilma
konlarini ochgan dastlabki geologlar, ustoz olimlar haqidagi ma’lumotlar berilgan.
Ekspozitsiyalarda   namoyish   etilayotgan   eksponatlarning   umumiy   soni   muzey omborlarida saqlanayotgan  dublikat va almashuv jamg‘armasini  hisobga  olmagan
xolda,   32   mingdan   ortiqni   tashkil   etadi.   Turfa   xil   tog‘   jinslari,   rangli,   kam
uchraydigan   metall   rudalari,   noma’dan   foydali   qazilmalar   ko‘rgazma   qilinadi.
Muzey   vitrinalarida   kinovar   minerali,   molibdenit,   vismut,   volframit   kristallarini
o‘zida   saqlab   qolgan   noyob   namunalar   namoyish   etilgan.   Maxsus   petrografik
kolleksiya   o‘z   ichiga   300   ta   namunani   (vulqon   tog‘   jinslari   -   228   ta,   metomorfik
tog‘ jinslari – 46, cho‘kindi tog‘ jinslar - 26 ) qamrab oladi; mineralogik kolleksiya
esa 858 ta namunadan iborat bo‘lib, ular juda nodir eksponatlar qatoriga kiradi.
Geologiya   muzeyining   tashkil   topganiga   uncha   ko‘p   vaqt   bo‘lmaganiga
qaramay , tadqiqot  ishlari  xamda respublikaning turli  xududlarida izlanishlar  olib
boradigan   ilmiy   va   o‘quv   markaziga   aylandi.Mazkur   muzey,   geologik   ishlab
chiqarish   bilan   shug‘ullanadigan   turli   tashkilot   va   muassasalarning   muzeylari
ustidan uslubiy boshqaruvni amalga oshirib kelmoqda.
Muzey   qoshida   O‘zbekistonning   mineral   xom   ashyo   boyliklarini   aks
ettiruvchi   turli   xil   ko‘rgazmalar,   taqdimotlar,   chet   ellik   xamkorlar   bilan   birga
qo‘shma   geologik   tadqiqotlarni   o‘tkazish   va   izlab   topilgan   foydali   qazilmalarni
o‘zlashtirish masalasiga oid uchrashuvlar o‘tkazilib turiladi. Geologiya muzeyi tomonidan konlar va geologik ob’ektlarga har yili tashkil
etiladigan   geologik   marshrutlar,   tadqiqot   ob’ektlari   bo‘yicha   keng   qamrovli
axborot va jamg‘armaviy tosh materiallari yig‘ishga keng imkoniyat yaratib beradi.
Muzeyda   jamg‘armaviy   tosh   materillarning   maqsadli   yo‘naltirilgan   meneralogik,
petrografik, giokimyoviy va boshqa xil tadqiqotlari, noyob ob’ektlar yangi konlar
bo‘yicha   tekshirish,   qimmatbaxo   metallar   va   yarqiramatoshlar   xom   ashyosi
jumladan,   zargarlik   buyumlariga   ekspert   xulosalarini   berish   kabi   ishlar   amalga
oshiriladi. 
Alisher   Navoiy   nomli   Adabiyot   muzeyi .   Alisher   Navoiy     tug‘ilgan
kunining   500   yilligi   munosabati   bilan   1941   yili   Toshkentda   Adabiyot   muzeyi
tashkil  etildi. 
“O‘zbekiston   Fanlar   Akademiyasining   adabiyot   muzeyi   xaqida   “   gi   1967
yilning 18 yanvaridagi qarori bilan Alisher Navoiy nomli Davlat Adabiyot muzeyi
tashkil etildi. Bu muzey uchun muvofiqlashtirilgan bino hisoblanadi. Muzey oldida
she’riyat   xiyoboni   qurilgan.   Xiyobon   o‘rtasida   o‘zbek   milliy   adabiyotiga   asos
solgan ulug‘  o‘zbek  shoiri  Alisher  Navoiyga haykal  o‘rnatilgan. Mazkur  hiyobon
kompozitsiyasi me’morlar tomonidan muzey binosi bilan uyg‘unlashtirilgan.
Muxtasham   binoning   uchchala   qavatini   to‘la   egallagan   yangi   adabiy
eskpozitsiya   1968   yili   Alisher   Navoiy   tavalludining   525   yilligi   bayram qilinayotgan kunlarda ochildi. Muzey binosi 4 qavatdan iborat bo‘lib 1 chi qavatda
ma’muriy xonalar, qolgan xonalarda ekspozitsion zallar joylashgan. 
Ikkinchi   qavatdagi   dastlabki   zallarda   XU   asr   tarixiy   muxit   xamda
Sohibqiron Amir Temur davlati haqida ma’lumot beruvchi xarita joylashgan. 
Temur   va   Temuriylar   davri   san’atini   keng   miqyosda   o‘rganish,   xozirgi
zamon   san’at   taraqqiyoti   uning   boy   an’analaridan   foydalanish   yo‘llarini   izlash
mustaqil   davlatimiz   yoshlarini   vatanparvarlik   ruxida   tarbiyalashda   muxim
axamiyat kasb etadi.
Muzey   vitrinalarida   Amir   Temur   xayoti   va   faoliyati,   uning   umr   mobay
nida   qilgan   ishlari   haqida   ma’lumot   beruvchi   tarixiy   va   badiiy   asarlar
qo‘yilgan.
Keyingi   zallarda   o‘zbek   klassik   adabiyoti   namoyondalarining   asarlari
joylashgan.   Mazkur   zallar   o‘zbek   xalqining   ulug‘   shoiri   va   mutafakkiri   Alisher
Navoiyning   davri,   hayoti   va   ijodi,   zamondoshlari   faoliyatini   yoritishga
bag‘ishlangan.   Ana   shu   zallarda   faqat   Navoiy   va   uning   zamondoshlari   xaqidagi
ko‘rgazmalargina namoyish etilib qolmay, balki XU asrda O‘rta Osiyo madaniyati
va   san’atining   badiiy   namunalari   -   kitobot,   tasviriy   san’at,   xattotlik,   nakqoshlik, musiqa va me’morchilik asarlari xam ko‘rsatilgan.
Zal  markaziga shoir  haykali  o‘rnatilgan. Stendga Navoiy yashab ijod etgan
asosiy   shaharlar   tushirilgan   xarita   qo‘yilgan.   Shoir   dunyoga   kelib,   vafot   etgan
Xirot manzarasi aks etgan rangtasvir asari ekspozitsiyaga joylashtirilgan. 
G‘oyat   yorqin   ilmiy   tafakkur   namoyondalaridan   biri   -   Mirzo   Ulug‘bekka
buyuk   olimning   xaykaltaroshlik   portreti,   me’moriy   yodgorliklarning   manzaralari,
astronomiyaga doir asarlar, tarixiy risolalarning qo‘lyozma saxifalari buyuk olim,
mutafakkir va shoir obrazini yorqin gavdalantirilgan. Ularga ekspozitsiyadan katta
joy ajratilgan.
Ekspozitsiyada   o‘zining  nozik   san’ati,  ajoyib   maxorati,  betakror   ijodi   bilan
butun   jaxon   xalqlari   madaniyatida   unutilmas   iz   qoldirgan,   ulkan   iste’dod   egasi,
miniatyurachi rassom Kamoliddin Behzod haqida ham ekspozitsiya tuzilgan.  Unda
rassom   Temur   Sa’dullaevning   “Bexzod   ustaxonada”,   “Bexzod   va   Navoiy”   deb
nomlangan   asarlari   ham   mavjud.   Shuningdek   Behzod   miniatyuralari   ham
namoyish etilgan.
1991   yilda   musavvir   Temur   Sa’dullaev   qalamiga   mansub   bo‘lgan   devoriy
panno   tomoshabin   diqqatini   o‘ziga   jalb   etadi.   Bu   devoriy   pannoda   shoir   Alisher Navoiyning 5 dostoniga bag‘ishlangan lavhalari aks etgan.
Muzeyning III qavatidagi zallaridan birida atoqli davlat arbobi, adib, tarixchi
Zaxriddin Muhmmad Boburning hayoti va ijodi keng yoritilgan.
O‘zbek xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan mohirona bezatilgan mazkur
zalning   markazida   Boburning   xaykali   o‘rnatilgan.   Uning   ikki   tomoniga
o‘ymakorlik   san’atiga   oid   8   qirrali   kursi   qo‘yilgan.   Boburni   jahonga   tanitgan
“Boburnoma”   asari   qo‘lyozmasining   fotonusxasi   va   hozirgi   davrimizdagi
naqshlari, “Aruz risolasi “,   “Mubayyin”   kabi   asarlari   haqida   noyob   ko‘rgazmalar
tashkil qilingan.
1991 yili Koreys adabiyotining yirik vakili, qatag‘on yillarining qurboni Cho
Min   Xi   memorial   xonasi   ochildi.   Bu   xonada   adibning   shaxsiy   buyumlari,
asarlaridan   namunalar,   oilaviy   hayoti   aks   etgan   lavhalar   namoyish   qilingan.
Ekspozitsiya   “O‘zbek   yozuvchilarining   xalqaro   aloqalari”   mavzui   bilan
yakunlanadi.   Binoning   1U   qavatida   Istiqlol   davri   adabiyoti   vakillari   Abdulla
Qodiriy,   H.H.Niyoziy,   Cho‘lpon,   Fitrat,   X.Olimjon,   Oybek,   G‘.G‘ulom,
M.Shayxzoda, Uyg‘un va A. Qahhorning ijodiy faoliyatlari aks ettirilgan. O‘zbek
yozuvchi   ayollariga   maxsus   zal   ajratilgan   bo‘lib,   ekspozitsiyada   S.Zunnunova, Zulfiya,   O.Xojieva,   X.Xudoyberdieva,   E.Oxunova   kabi   ijodkor   ayollarning
asarlaridan   namunalar   qo‘yilgan.   1991   yili   13   sentyabrda   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   muzey   uchun   tarixiy   axamiyatga   molik
farmonga   imzo   chekdi.   Endilikda   muzey,   eng   avvalo   o‘zining   xuquqiy   jixatidan
mustaqil ilmiy ma’rifiy muassasa maqomiga ega bo‘ldi. Muzeyning ijodiy jamoasi
boy   o‘zbek   adabiyotimizning   qadimgi   davridan   shu   kungacha   bo‘lgan   tarixini
yorituvchi ekspozitsiyalar ustida qizg‘in ish olib bormoqdalar.
Bu davrdagi muzeylar  muzey   tarmoqlari   kengaydi,   fondlari
komplektlashtirilib,   eksponatlar   tartibga   keltirildi.   «Badiiy   va   tarixiy   noyob
buyumlarni   chet   davlatlarga   olib   ketishni   taqiqlash»,   «Xususiy   shaxslarda,
muassasa   va   jamiyatlardagi   san’at   asarlari   hamda   qadimiy   buyumlarni   saqlash,
ro‘yxatga   olish»,   «San’at   va   qadimiy   yodgorliklarni   hisobga   olish   hamda   qayd
etish»   bo‘yicha   qonunlar   qabul   qilindi.   Muzey   xodimlarining   malakasi   oshirildi.
Madaniy,   tarixiy   yodgorliklar,   muzey   fondlaridagi   kolleksiya,   to‘plamlar   olimlar
va   tadqiqotchilar   tomonidan   o‘rganilib,   ilmiy   maqolalar   to‘plamlari,
monografiyalar   chop   etildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   hamda
muzey   ilmiy   xodimlari   tomonidan   qator   ekspeditsiyalar   tashkil   etilib,   arxeologik
ob’ektlar   o‘rganildi,   muzey   fondlarini   kengaytirish   maqsadida   eksponatlar
to‘plangani qayd etildi. 
Muzeylarga   oid   barcha   materiallarni   o‘rganish,   ularni   atroflicha
umumlashtirgan   holda   tahlil   etish   respublikadagi   madaniy   qurilishning   tarkibiy
qismi bo‘lgan O‘zbekistonda muzey ishining shakllanishi va taraqqiyoti tarixining
asosiy bosqichlarini yoritish imkonini yaratgan.
Yuqorida   mustaqillik   davridagi   muzeylar   faoliyatini,   muzey   ishini   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlarini   aniqlash   maqsadida   sovet   davridagi muzeylarning ijobiy va salbiy tomonlari yoritildi. 
Shu bo‘limning xulosasi sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim:
Sovetlar   davrida   muzeylar   markazlashgan   tizim   asosida   boshqarilib
(ularning   barchasi   sobiq   SSSR   bo‘yicha   Madaniyat   vazirligi   tamonidan
boshqarilgan), moddiy ta’minoti zaxiralar ta’minoti usuliga o‘tkazildi.
Chor   hukumati   tomonidan   boshlangan   xalqning   moddiy   va   madaniy
boyliklarini talon -toroj qilish siyosati davom ettirildi.
Me’moriy   yodgorliklar   (masjid   va   madrasalar)   ombor,   yotoqxonalar   va
boshqa narsalarga aylantirildi, muzeylarning moddiy-texnikaviy bazasi zaif, zaxira
va qoldiqlar prinsipi asosida ta’minlangan.
XX   asrning   20-yillaridan   boshlab   muzeylar   siyosiy-ideologik   va   g‘oyaviy-
tarbiyaviy vazifalarni ko‘proq bajaradigan bo‘lishdi.
XX   asrning   30-yillaridan   muzeylar   partiya   «buyruqlariga   binoan»,   ko‘p
hollarda   mintaqaviy   va   milliy   an’analarga   zid   holda   partiya   hamda   davlatning
iqtisodiy   va   ijtimoiy   siyosatini   «hayotga   tatbiq   etishini»   ko‘rsatuvchi   joylarga
aylandi   (muzeylarda   partiya   siyosatining   hayotga   tatbiq   etilgani   haqidagi
namoyish,   plakatlar   va   fotoko‘rgazmalar,   partiya   s’ezdlari,   plenumlari,   turli
kampaniyalar,   kollektivlashtirish,   sanoatlashtirish,   madaniy   inqilob,   kommunistik
xato   g‘oyalaridan   kelib   chiqqan   turli   ijtimoiy   muammolarga   bag‘ishlangan   va
h.k.).
Bu   davrning   yana   bir   xususiyati   shundan   iborat   bo‘ldiki,   o‘lkashunoslik
xarakteridagi   muzeylar   son   jihatdan   ko‘p   bo‘lgan.   1940   yilga   kelib   12   davlat
muzeyidan O‘zbekistonda 9 tasi o‘lkashunoslik, 1 tasi tarix, 1 ta badiiy, 1 ta tabiat
muzeyi bo‘lgan.
Ikkinchi   Jahon   urushi   yillarida   barcha   muzeylar   va   muzey   ishi   ham
g‘alabaga   erishish   maqsadlariga   yo‘naltirildi.   Biroq   ba’zi   muzeylarning   nodir
fondi, zargarlik mahsulotlari, numizmatik kolleksiyalari Mudofaa fondiga olingan
edi. XX asrning 60–70-yillaridan boshlab O‘zbekistonda shu tuzum uchun xizmat
qilgan   shaxslarga   atab   yodgorlik   muzeylarining   ochilishi   rivojlanib   ketadi.
Sovetlar   davrida   muzeylarning   rivojlanishida   muzey   xodimlarining   ijobiy   emas, balki davlat organlarining salbiy hissasi katta bo‘lgan. Va nihoyat, bunday qarama-
qarshilik va nosog‘lom raqobatda milliy qadriyatlar, an’anaviy madaniyat mag‘lub
bo‘lmay,   barcha   qiyinchiliklarga   bardosh   berdi.   Mustaqillik   davrida   u
umuminsoniy qadriyatlar qatoridan joy oldi.
  Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Zlatoustava   V.I.   Gosudarstvennaya   politika   v   oblasti   muzeynogo   dela.   (1945 –
1965gg . ) // Muzey i vlast. Ch.  I . M oskva , 1991. 
2. Kulturnoe stroitelstvo v Turkestanskoy ASSR (1917–1924) .Tom 1. – Tashkent, 
1979 .  
3. Mironov A.M. Xudojestvenn ы y muz ey v Tashkente / Muzey i shkola. Posobie
dlya uchiteley. M., 1985. 
4. Muzeevedenie. Muzei istoricheskogo profilya. – M oskva :  V ы sshaya shkola,  
1988. 
5.   Muzeynoe   delo   Rossii   /   Pod   obщey   redaksiey   Kaulen   M.E.,   Kossovoy   I.M.,
Sundievoy A.A.. – Moskva: Izdatelstvo «VK», 2003. 
6. Rozenblyum Ye.A. Xudojnik v dizayne. – Moskva: Nauka, 1974. 
7. Sodiqova N. Madaniy yodgorliklar xazinasi.  –  T oshkent : Fan, 1981.  
8. O‘zR MDA, R–394-fond, R–396-fond,

O‘zbekistonda 1917-90 yillardagi muzeylarining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni Reja: 1. O‘zbekistonda muzeylar bo‘yicha sovet davrida olib borilgan siyosat va muzey ishi. 2. O‘zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati. 1.O‘zbekistonda muzeylar bo‘yicha sovet davrida olib borilgan siyosat va muzey ishi.

XX asr boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududi tarkibiga uch davlat birlashmasi: Rossiya O‘rta Osiyoni zabt etganidan keyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida qo‘shib olingan Turkiston general-gubernatorligi, shuningdek, yuzaki ravishda mustaqil bo‘lgan, ammo Rossiyaga qaram hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi kirar edi. O‘sha vaqtda xududning kattaligi va aholisining ko‘pligi jihatidan Turkiston o‘lkasi, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi eng yirik sanalardi. Uning tarkibiga Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Kaspiy orti va Yettisuv viloyatlari kirar edi. Mustamlakachilik Turkiston xo‘jaligining an’anaviy tarkibiga putur yetkazish bilan bir qatorda milliy asosda burjua yo‘nalishida o‘z axvolini mustaqil ravishda o‘zgartirish imkoniyatidan uni mahrum etdi, turg‘unlikka, inqirozga, qoloqlikka mahkum qildi. 1917 yillarga kelib, mamlakatda keskin burilish yuz berdi. Shu yilning oktyabr oyida bolsheviklar zo‘rlik bilan amalga oshirgan to‘ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, jumladan, O‘zbekiston xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o‘rnini «qizil imperiya» egalladi. Muzeylarda, jumladan saroy muzeylarida saqlanayotgan san’at asarlari va qadimgi davrga oid osori-atiqalar xalqning qadriyatlari ekanligi, ularni asrash va muhofaza etish bilan hukumat darajasida shug‘ullanish lozimligi anglanadi. O‘zbekistonda davlatning o‘zi muzeylariga homiylik siyosatini olib borish bilan birgalikda, ularning eng asosiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazdi. Xususan, ushbu davrdan hunarmandchilik, pedagogika sohalarida muzeylar tashkil etish boshlandi. Yangi hokimiyat ham muzeylarni moliyaviy ta’minlash o‘rniga asosiy e’tiborni muzeyga kiruvchilarga hukmron kommunistik g‘oyani targ‘ib etishga yo‘naltirdi 1 . Shuni ta’kidlamoq lozimki, Rossiya imperiyasida oktyabr davlat to‘ntarishiga qadar muzeylarni boshqarish uchun alohida boshqarma yoki biror bir maxsus muzeylar uchun qonunlar majmuasi yaratilmagan edi. Natijada muzeylarning ko‘payishi, eng ilg‘or muzeylar erishgan 1 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А.. – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 127.

yutuqlar bilan bir qatorda umumiy tarqoqlik, ishni tashkil etishning past saviyasi, muzeylar faoliyatining ilmiy asoslangan yagona tizimi yo‘qligi ko‘zga tashlanar edi. 1917 yilgi bolsheviklarning davlat to‘ntarishidan so‘ng xonlarning saroy kolleksiyasi va muzeylar milliylashtirildi hamda davlat mulki deb e’lon qilindi. Badiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyo-buyumlarni aniqlash, ularni ro‘yxatga olish, muhofaza qilish uchun badiiy-tarixiy komissiyalar tuzilib, mutaxassislarning fikricha, bu tashkilot madaniy merosni saqlab qolishda muhim rol o‘ynadi. Muzey ishi va yodgorliklarni muhofaza qilish davlat boshqaruvi tizimi 1918–1920 yillarda yaratildi 2 . Muzeylarni boshqarish yagona tashkilotining tuzilishi muzeyshunos arboblarning istak va fikrlarining amalga oshishi bo‘ldi. Bu tashkilot RSFSR Maorif xalq komissarligi qoshida tuzilib, uning ishida madaniyat arboblari, muzey xodimlari, san’atshunoslar, rassomlar (I.E.Grabar, P.P.Muratov, N.G.Mashkovsev va boshqalar) faol ishtirok etadi. 1918–1927 yillari muzey ishi, san’at va qadimgi yodgorliklarni muhofaza qilish bo‘limini N.I.Troskaya boshqaradi. Maorif xalq komissarligi rahbarligida mahalliy sovetlar xalq maorifi bo‘limlari qoshida muzey ishini boshqarish tashkilotlari tuziladi. Muzeylarni boshqarishning bu tizimi uning markazlashuvini ta’minladi. Sovet hukumati muzey ishi va yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha qonun yaratilib, u osori-atiqalarni milliylashtirish asoslarini, madaniy boyliklarni asrash, davlat uchun ma’lum yodgorlik yoki kolleksiyaning muhim ahamiyat kasb etganligini tasdiqladi. «Vijdon erkinligi, cherkov va diniy jamiyatlar haqida»gi 1918 yil 20 yanvar dekreti esa cherkov mulkini milliy qadriyat deb e’lon qildi. Yangi hukumat shu bilan diniy qadriyatlar orqali ham katta mablag‘ va vositalarga ega bo‘ldi. Tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyo-buyumlarni chet elga sotish 1918 yilning sentyabr–dekabr oylarida e’lon qilingan dekretlar bilan taqiqlandi 3 . 2 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А.. – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 130. 3 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А. . – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 132.

Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yili 19 apreldagi dekreti bilan knyaz Nikolay Romanovning Toshkentdagi hovlilarini davlat mulki deb e’lon qilindi. Uyi esa xalq muzeyiga aylandi 4 . Unda tasviriy san’at, grafika, haykallar, badiiy san’at ashyolari, mebel, chinni, tunj va amaliy san’atning boshqa buyumlari qo‘yilgan edi. Muzey fondlarini to‘latish uchun Moskva davlat muzeyi fondidan badiiy muzey qiymatiga ega bo‘lgan 120 ga yaqin eksponat shu muzeyga berildi. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1920 yil 31 iyuldagi «Turkiston Respublikasidagi ayrim shaxslar va jamiyatlar ixtiyorida bo‘lgan san’at asarlari, qadimgi yodgorliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish hamda qo‘riqlash haqida»gi maxsus Qarori muzey jamoalari zimmasiga mas’uliyatli vazifa yukladi 5 . Turkkomstarisning maxsus yo‘riqnomasi bilan muzey ashyolarini rasmiylashtirish va ro‘yxatga olish joriy etildi. Qarorda ayrim shaxslar ixtiyoridagi yodgorliklarni ro‘yxatga olishga katta e’tibor berilgan. Bunday shaxslarga har tomonlama yordam ko‘rsatilib, maxsus muhofaza yorliqlari berilar edi 6 . Turkkomstarisga qimmatbaho ashyolar bilan savdo qilishda maxsus ekspert komissiyasi belgilagan baho bo‘yicha sotib olish huquqi berildi. Ushbu maqsadda maxsus mablag‘ fondi tuzilib, knyaginya Iskanderga tegishli qadimiy qurollar kolleksiyasi 200 ming rublga sotib olindi. Unda Sharq xalqlari Rossiya va Angliyada ishlangan nodir va qimmatbaho qurollar bor edi 7 . Bundan tashqari, Turkkomstarisga ko‘rgazma va nashrlar uchun xususiy kolleksiyalardan foydalanish huquqi ham berildi. Muzey uchun qadrli narsalarni aniqlash uchun ilmiy-badiiy ekspert komissiyasi tuzildi. Uning raisi etib Turkkomstaris muzey seksiyasining mudiri A.M.Mironov tayinlandi. Komissiyaning faol harakatlari bilan Turkkomtstaris muzey fondi qisqa davr ichida badiiy tarixiy qiymatga ega ko‘plab ashyolar bilan boyidi. Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1923 yil 3 noyabr qaroriga binoan Turkiston o‘lkasining turli viloyatlarida joylashgan 20 ta qadimgi yodgorlik Turkkomstaris ixtiyoriga o‘tkazildi. Tarixiy-arxeologik jihatdan ahamiyatga ega 4 Культурное строительство в Туркестанской АССР (1917–1924) .Том 1. – Ташкент, 1979 . – С. 417. 5 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 5-иш, 7-варақ. 6 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 13-иш, 18-варақ. 7 ЎзР МДА, Р–396-фонд, 1-рўйхат, 5-иш, 7-варақ.

bo‘lgan 52 ta yodgorlik hisobga olindi. Turkiston ASSRning yettita muzeyida (Buxoro va Xivani qo‘shganda) osori-atiqalar soni 114075 taga yetadi 8 . Muzey ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun yagona markaziy apparat – Turkkomstarisning tuzilganligi O‘rta Osiyo xalqlari tarixiy o‘tmishini o‘rganishga sharoit yaratdi. XX asrning 20-yillari xalqli ravishda «o‘lkashunoslikning oltin o‘n yilligi» deyiladi. Mahalliy muzeylar taraqqiyoti o‘lkashunoslik harakati bilan bevosita bog‘liq holda borgan. «O‘lkashunoslik muzeylari» atamasi ham o‘tgan asrning 20- yillari o‘rtalaridan keng tarqaladi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati o‘lkashunoslikka oid nashrlarda muhokama etildi 9 . O‘lkashunoslik harakatini taniqli olimlar va madaniyat arboblari akademik V.V.Bartold, professor A.A.Semyonov, A.A.Divaev, V.L.Vyatkin, M.E.Masson, L.V.Oshanin va boshqalar boshqarib, muntazam ravishda o‘lkashunoslik konferensiyalarini o‘tkazib turganlar. Rossiyada 1918–1923 yillari 150 dan ortiq muzey yaratilgan bo‘lsa 10 , Turkistonda 4ta, jumladan Toshkentdagi san’at, Namangandagi shahar o‘lkashunoslik, Xorazm tarixiy-inqilobiy va Buxoro muzeylari tashkil qilindi 11 . O‘lkashunoslik ishlarining bu xilda tashkil etilishi muzeylarning viloyatlar hayotidagi ahamiyatini oshirib, ularni o‘ziga xos madaniy va ilmiy markazlarga aylantirdi, jamiyatda ularga «viloyat fanlar akademiyasi», «o‘lkaning jonli ensiklopediyasi» sifatidagi munosabati shakllandi. Dastlab bolsheviklar hukumati mahalliy ziyolilaridan katta qismining muzeylarda ishlashi jiddiy ilmiy tadqiqotlarni davom ettirishlari imkonini beradi. O‘tgan asrning 20-yillarida muzeyga sovet davrida ta’lim olgan, ammo avvalgi an’ana va tajribalarni o‘zlashtirgan yosh avlod ham kelib qo‘shildi. O‘lkashunoslik muzeylarining ushbu yillardagi faoliyati natijasida fondlar to‘latilib, turli mavzudagi kolleksiyalar viloyatlar tabiati va xom ashyo zaxiralariga oid eksponatlar to‘plandi. Muzeylar faoliyatiga oid masalalar ko‘p sonli anjumanlarda va o‘sha davr matbuoti 8 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 103-иш, 85–86-варақлар. 9 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А. . – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 141. 10 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Т ошкент : Фан, 1981. – Б. 76. 11 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 49-иш, 3-варақ.