Yangi nasr va uning poetik xususiyatlari.
Yangi nasr va uning poetik xususiyatlari. Reja: 1. Yangi nasr va uning poetikasi 2. Ilk mustamlakatchilik davri adabiy muhiti. 3. Satira va yumorning vujudga kelishi. 4. Ilk mustamlakatchilik davri adabiyoti namoyondalari.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab CHor Rossiyasi O’rta Osiyoni istilo qilish harakatiga tushdi. O’rta Osiyo o’sha paytda uch xonlikdan – Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklaridan tashkil topgan edi. Ana shu yo’nalishlar bo’yicha CHor askarlari o’z harakatlarini boshladilar. Dastlabki harakatlar Yoyiq va Ural kazaklarining Xivaga qilgan hujumlari bo’lib, asosan ular qaroqchilikdan iborat bo’lgan. Ruslarning birinchi Xivaga yurishi 1717 yili Petr I hukmronligi davrida Bikovich-CHerkasskiy tomonidan uyushtirildi. Bunga Xiva xoni SHohniyozning Petr I ga elchi jo’natishi va o’z fuqarolariga kuchi yetmay qolganligi, rus podshosi himoyasiga muhtojligi ifodalangan xatni yo’llashi bilan boshlanadi. 1714 yilda esa Xo’ja Nafas ismli bir turkman Xivadan Petr I oldiga kelib Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarda oltin qum zarralari borligini ma’lum qiladi. Knyaz Bikovich- CHerkasskiy Kaspiy dengizi yoqalarini o’rganish va ekspeditsiya bahonasida uch yil holatni o’rganadi. Ammo SHohniyoz vafot etib, Xiva shahri taxtiga o’tirgan SHerg’ozixonning ruslarga munosabati boshqacha bo’lib, u boshqacha siyosat yurgizadi. Bikovich-CHerkasskiy 4000 qo’shin bilan Xivaga ekspeditsiya bahonasida yurish qiladi. SHerg’ozixon ularni qabul qilish qiyinligini aytib, turli shaharlarga bo’lib yuborib, tor-mor etadi. Knyazning o’zi zindonga tashlanib, boshi olinadi. 4000 qo’shindan 40 kishigina omon qoladi. Xivaliklar ularni uzoq ushlab turgach, katta tovon evaziga ozod etadilar. 1839 yilda general Perovskiy boshchiligidagi “ekspeditsiya” Orenburgdan 5 ming kishilik otryad, 22 dala to’pi, 10000 tuya bilan yo’lga chiqadi. Ammo qishning sovuq kelishi, sovuqning 32 darajaga yetishi qo’shinlarni nobud qiladi. Qo’shindan 2 ming kishigina omon qoladi. Bu Xivaga qilingan beshinchi yurish edi. General fon Kaufman boshchiligidagi oltinchi yurishning dahshatini Mak-Goxan (Yanuari Alauz) (1844-1877)ning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” maqolasida batafsil bayon
qilingan. Mak-Goxan amerikalik jurnalist bo’lib, “Nь yu -York Joralьd” gazetasining muxbiri sifatida Xiva yurishida ishtirok etgan. Bu yurishda general CHaykovskiy ham qatnashgan. Unda turkmanlarning yovmut qabilasining qirilishi tasvirlangan: “Bir-biriga zich qo’yilgan aravalar o’rtasida qonga belangan, qilich bilan boshi yoki yuzi chopilgan o’liklar qalashib yotardi. Ularga qarashning o’zi dahshatli edi. Ammo aravalar ostiga yashirinib olgan va tilsiz-zabonsiz maxluq kabi ayollarning qiyofalari o’liklardan ko’ra ayanchliroq ko’rinardi. Ular o’lib yotgan erlari, sevishganlari yoki og’a-inilarining murdasi orasiga kirib olishganicha dahshat ichra g’oliblarintiqomini kutishardi... O’z qoniga belanib yotgan uchta yovmut jasadi yonida to’rt yashardan olti yashargacha bo’lgan olti bola turganini ko’rdim. Kattasi – miqti, kelishgani ukalariga g’amxo’rlik ko’rsatardi. U sochilgan paxta, eski gilamlar va to’zg’ib yotgan choponlarni – ma’mur ro’zg’ordan yodgor qolgan ayanch latta-puttalarni yig’ib kelib, joy hozirlardi. Men yaqinlashar ekanman, bola loaqal boshini ko’tarib nazar solgani ham yo’q, indamay ishini qilaverdi. Uning bolalarcha beg’ubor qalbida menga nisbatan g’azab va nafrat jo’sh urib turganini aniq his etdim. Bu bola yuragidagi intiqom hissi qanchalik kuchli ekanini yana 20 yillardan keyin qaysidir bir kofir o’z boshida sinab ko’rishiga shubhalanmayman”. Rus hukumati 1867 yilda Turkiston general – gubernatorligini tashkil etib, K.P.Kaufman (1867-1882) birinchi gubernator qilib tayinlandi. U bosqinchilik va talonchilik harakatlarini davom ettirib, Buxoro, Xiva va qo’qon xonliklarini bosib oldi. Quyidagi Turkistonga tayinlangan gubernatorlar qattiqqo’llikdan bir-biridan qolishmas edi: K.P.Kaufman (1867-1882) M.G.CHernyaev (1882-1884) N.O.Rozenbax (1884-1888) A.B.Vrevskiy (1889-1898)
S.M.Duxovskiy (1898-1901) N.A.Ivanov (1901-1904) N.A.Tevyanov (1904-1905) D.I.Subbotich (1905-1906) N.I.Gredekov (1907-1908) P.I.Mishenko (1909) A.I.Samsonov (1909-1913) A.N.Kurapatkin (1916-1917) Bulardan tashqari 1914-1916 yillarda Flug, Martson, Yerofeevlar vaqtincha gubernator bo’lganlar. CHor mustamlakasiga qarshi o’lkada qator qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Oloy malikasi Qurbonjon dodhoh (O’sh shahrining Modi qishlog’ida cho’pon Mamat xonadonida 1811 yilda tug’ilgan) bo’lib, u kenja beshinchi o’g’il Qamchibek Fon Kaufman tomonidan asir olinib, dorga tortilganda, uning oldiga otda keladi va “SHahid ketmoq biz uchun ota meros, bergan sutimga roziman” deydi-yu, mag’rur yurib ketadi. Qurboshjon Yettisuvdan Xitoy chegarasigacha bo’lgan joylarga hukmronlik qiladi. Buxoro amiri Muzaffar unga general unvoni yorlig’ini topshiradi. Xudoyorxon Oloy vodiysiga Qurbonjon dodhohni hokim etib tayinlaydi. 1873 yilda Qo’qonda Po’latxon deb nom olgan Isoq Hasan o’g’li qo’zg’olon ko’taradi. Qurbonxon unga madad beradi. 1876 yil 19 fevralda Po’latxon asir olinadi. U Fon Kaufman buyrug’i bian 26 fevralda Marg’ilonda dorga osib o’ldiriladi. Ammo Qurbonjon va uning o’g’illari chor askarlariga taslim bo’lmaydilar. Qurbonjon Qashqarga va undan Afg’onistonga o’tib ketadi. Skobelev Oloy malikasi bilan sulh tuzish harakatiga tushadi. Natijada u Qurbonjonning barcha talablarini bajaradi, asir olingan qo’zg’olonchilarning barchasini ozod etadi. Sulhdan so’ng Skobelev Qurbonjonga zarbof to’n yopadi. Turkiston general-gubernatori uni shaharda
ot mingan holda, otdan tushmasdan Duxovskiyni qarshi oladi. 1901 yili general Kurapatkin (harbiy vazir) O’sh shahrida podshoh Nikolay II ning rafiqasi Mariya nomidan unga olmos uzuk taqdim etadi. Qurbonjon mamat qizi 1907 yil 1 fevralda O’shda vafot etadi. O’sha paytda uning ikki nafar o’g’li, ikki qizi, 31 nevara, 57 chevara va 6 evarasi hayot edi. (“Sanam” jurnali, 1998 yil, 3-son). So’ng Andijonning Mingtepasida Muhammadali halifa sobir o’g’li – Dukchi eshon (1856-1898) boshchiligidagi qo’zg’olon ko’tarildi. Bu qo’zg’olonning sabablari Fozilbek Otabek o’g’lining “Dukchi eshon voqeasi” kitobida batafsil bayon etilgan. Mahalliy xalqning chor amaldorlari tomonidan ezilishi, huquqlarining cheklanishi, hosildor yerlarning rus mujiklari egallab olganliklari xalqning noroziligiga sabab bo’ldi. Asli CHimyonlik, avlodlari qashqarlik bo’lgan. Otasi usta sobir beshik, belakchak, paxtani chigitdan ajratadigan chig’iriq hamda yik (yoki duk) tayyorlagan. Eshon ham shu hunarlarni bilgan. Muhamadali Sultonxon to’ra eshonga murid bo’ladi. 1886 yilda hajga boradi va o’zini Muhamadali eshon deb e’lon qiladi. Sultonxon to’raning farzandlari kelib e’tiroz bildirganlarida, u Sultonxon to’radan qolgan imzo qo’yilib, muhr bosilgan xati-irshodni (yo’llanma xatni) ko’rsatadi. 1898 yilning aprelida esa Muhamadali halifa hajga borgan Abdujalil Mirsodiq qori o’g’li orqali Turk sultonidan farmon oladi. Fors tilida bitilgan ushbu farmon-yorliqda Turk sultonining venzeli (ismi-sharifi bosh harflari) tushirilgan edi. Alloh va uning rasuli Muhammad alayhissalom sha’niga hamdu sanolar aytilgandan keyin: “Eshonlik Muhammad payg’ambardan boshlanib, undan Abu bakr Sidiqqa, undan Muhammad payg’ambarning o’g’li hazrat Qosimga, undan Sulton Boyazid Bastomiyga, undan hazrat SHayx Abulhasan Haraqoniyga, undan hazrat xo’ja Ali Farmodiyga, undan Sayyid Ali Hamadoniyga, undan