logo

Parazitosenoz. Parazitofauna va uning ekologik xususiyatlari”

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.556640625 KB
“ Parazitosenoz. Parazitofauna va uning ekologik xususiyatlari”
1. Parazitosenoz haqida tushuncha 
2. Parazitosenoz dinamikasi va uning o’zgarish sabablari
3. Parazitofaunaning xo’jayin migratsiyasiga bog’liq bo’lishi
4. Parazitofaunaning xo’jayin oziqasiga bog’liq bo’lishi
5. Parazitofaunaning xo’jayinning hayot kechirish tarziga bog’liq bo’lishi
6. Parazitofaunaning xo’jayin yoshiga  qarab o’zgarishi 1. Parazitosenoz haqida tushuncha
Xo’jayin tanasining turli organlarida yashovchi parazit va parazit bo’lmagan
(kommensallar, erkin yashovchilar va hokazo) organizmlar o’zaro turli darajadagi
hamkorlik   va   munosabatlarda   bo’ladi.   Masalan,   odam   yoki   biron-bir   hayvon
ichagida bir vaqtning o’zida bir hujayrali hayvon, har xil  chuvalchang, bakteriya,
zamburug’,   virus   kabilarning   turli   vakillari   yashaydi.   Ushbu   organizmlarning
o’zaro   hamkorlik   va   munosabatlar   darajasi,   xo’jayin   organizmining   holatiga
turlicha   ta’sir   o’tkazadi.   Bu   ta’sir   darajasi   mavjud   parazit   va   noparazit
organizmlarning turlar  tarkibi hamda ularning turli-tuman kombinasiyalariga juda
ham bog’liq bo’ladi. Bu kombinasiyalarning ayrimlari xo’jayin organizmiga salbiy
ta’sir etib kasallik paydo qilishi hamda uning og’irlashuviga olib kelsa, boshqa bir
kombinasiyalar   esa   parazitlarning   zararli   ta’sirini   kamaytirib,   uning   faoliyatini
bostirib turadi yoki ma’lum bir turga mansub bo’lgan parazitni xo’jayin tanasidan
chiqarib tashlashga yordam beradi. 
Parazitosenoz   tushunchasini   fanga   birinchi   bo’lib   akad.   Ye.N.Pavlovskiy
(1937)   olib   kirgan.   Parozitosenoz   deganda   xo’jayin   organizmini   yoki   uning
ma’lum bir organini boshpana (yashash joyi) qilib olgan turli-tuman parazitlar va
boshqa mikroorganizmlar yig’indisi tushuniladi.
Parazitosenoz yo’nalishi  bo’yicha o’tkaziladigan tadqiqot ishlarining asosiy
maqsadi va vazifasi xo’jayin organizmida mavjud turli-tuman parazitlar majmuini,
uning   tarkibiga   kiruvchi   turlarning   har   birini   alohida-alohida   hamda   turli
kombinasiyalarning o’zaro bir-biri bilan bog’langanlik darajasi, bir-biriga yordami,
befarqligi   va   ziddiyati   hamda   ushbu   munosabatlarning   xo’jayin   organizmiga
ta’sirini aniqlashdan iboratdir.
Ushbu   tadqiqot   ishlarining   naqadar   ahamiyatli   ekanligini   quyidagi   dalillar
bilan   tasdiqlash   mumkin.   Ovqat   hazm   qilish   sistemasida   askarida,   qilbosh
nematodasi   va   ostrisa   bo’lgan   odam   ichburug’   (bakterial   dizenteriya)   kasalligiga duchor bo’lsa ushbu infeksion kasallik juda og’ir va surunkali kechadi hamda uni
davolash juda qiyin bo’ladi.
Gimenolipidozda  ham   surunkali   bakterial   ichburug’   kasalligi   uch  va   undan
ko’p   yillar   davom   etishi   mumkin.   Shuning   uchun,   bakterial   ichburug’   kasalligini
amaliyotda   davolash   uchun,   eng   avvalo,   bemorda   gelmintoz   kasalliklarning
mavjudligini   aniqlash   va   shundan   keyingina   davolashga   kirishish   lozimligi
qonunlashtirilgan.
Bolalarda   kelib   chiqish   sabablari   turlicha   bo’lgan   bakterial   ichburug’
kasalligi   bilan   lyambliyalarning   o’zaro   bog’liqlik   darajasi   ham   tadqiq   qilingan.
Masalan,  bakterial  ichburug’  bilan kasallanmagan  sog’lom  bolalarning 40,9%  ida
lyambliyalar   topilgan   bo’lsa,   Fleksner   bakterial   ichburug’i   bilan   kasallangan
bolalarning   77,3%   ida   lyambliyalar   topilgan.   Ushbu   holatlarga   qarama-qarshi
ravishda   Zonne   bakterial   ichburug’i   bilan   kasallangan   bolalarning   esa   faqatgina
8,4% ida lyambliyalar bo’lishi aniqlangan.
Ichakdagi   ichburug’   amyobasi   ( Entamoeba   histolytica )   va   ichak
bakteriyalari  ( Escherichia coli )ning o’zaro munosabatlari  va bir-biriga ta’siri  juda
qiziq hodisa  va  jarayonlarni   yuzaga  keltiradi.  Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga
binoan   (Westfal;   Phillips   va   boshqalar)   (K.V.Krashkevich,   1963)   ichburug’
amyobasining   zararli   faoliyatini   ko’tarishda   ichak   bakteriyalarining   roli   borligi
isbotlanadi.   Masalan,   esherixiya   va   parakoli   (Paracoli)   guruhidagi   bakteriyalar
kalamush   ichagidagi   ichburug’   amyobasining   zararli   faoliyatini   oshirib,   ichak
devorining   kuchli   yallig’lanishiga   sabab   bo’ladi.   Buning   aksi   sifatida   kalamush
ichburug’   amyobasi   va   streptokokk   ( Streptococcus   faecalis )   bakteriyasi   bilan
sun’iy   zararlantirilganda   ichakning   yallig’lanishi   keskin   pasayadi.   Bu   jarayon,
ehtimol,   St.   faecalis ning   moddalar   almashinuvida   hosil   qilingan   sut   kislotasi
parazit amyobalarga salbiy ta’sir qilib, ularni ko’plab halok bo’lishiga asosiy sabab
bo’lsa kerak. Shunday   qilib,   yuqorida   keltirilgan   dalillardan   shu   narsa   kelib   chiqadiki,
parazitosenoz tarkibidagi turlar orasida yoki   antogonistik   (zid, ziddiyatli, qarama-
qarshi)   yoki   sinergitik   (hamkorlik,   bir   yo’nalishda   ishlash,   qulaylik   yaratish)
munosabatlari   mavjud   bo’ladi.   Antogonistik   munosabatda   bir   tur   boshqa   parazit
turni yoki turlarni faoliyatini chegaralab, bostirib tursa, sinergitik munosabatda esa
bir   tur   boshqa   parazit   turning   (turlarni)   faoliyatini   kuchaytirishga   imkoniyat
tug’diradi. 
2. Parazitosenoz dinamikasi va uning 
o’zgarish sabablari
Xo’jayin   tanasidagi   parazitlar     yig’indisi   yoki   parazitosenoz   xujayinining
morfo-fiziologik   xususiyatlari   va     atrof-muhit   ta’sirida   shakllanadi.   Xujayin
xususiyatlari   parazitlar   uchun   birinchi   darajali   muhit   hisoblansa,   tashqi   sharoitlar
ikkinchi darajali muhit hisoblanadi.
Parazitosenoz   uchun   xo’jayinning   xususiyatlari,   xarakteri,   yashash   joyi   va
oziqlanish shakli katta ahamiyatga ega. Bunday shart-sharoitlar har xil guruhlarga
kiruvchi hayvonlarning ovqati bir xil bo’lsa ovqat hazm qilish sistemasi parazitlari
yig’indisi   o’xshash   bo’ladi.   Bunday   hayvonlarga   tuyoqlilar   bilan   kemiruvchilarni
ko’rsatish   mumkin.   Masalan,   dala   sichqoni,   o’rmon   sichqoni   va   lemminglarni
ovqat   hazm   qilish   sistemasida,   xuddi   kavshovchi   va   toq   tuyoqlilarni   ovqat   hazm
qilish   sistemasidagidek,   bir   xil   infuzoriyalar   topilgan.   Shuningdek,   kemiruvchilar
bilan   damanlarni   ichagida,   bir   xil   infuzoriyalar,   xivchinlilardan   gipermastiginalar
topilgan.
Bir   uchastkada   yashab,   oziqasi   turlicha   bo’lgan   hayvonlarning   ichak
parazitlari   ham   turlicha   bo’ladi.   Masalan,   katta   qumsichqon   bilan   tipratikonda
ichak   parazitlari   faunasi   bir-birinikidan   farq   qiladi.   Xujayin   tanasida
parazitosenozni   shakllanishida   o’sha   organda   yashovchi   parazitlarning   turlari
orasidagi o’zaro munosabatlarga ham bog’liqdir. Parazitosenozdagi   ayrim   turlar   o’zaro   bir-biriga   ijobiy   (sinergetik)   ta’sir
ko’rsatsa,   ularning   ikkalasini   ham   rivojlanishi   va   o’sishi   kuchayadi.   Bordiy-u
ikkita yoki bir necha tur o’zaro bir-biriga salbiy (antibioz) ta’sir ko’rsatsa, ularning
ko’payish chegaralanishi yoki hayotini davom etirishi qiyin bo’lib qoladi.
Xo’jayin   tanasidagi   parazitosenozning   mavsumiy   dinamikasi   tashqi
muhitning   o’zgarishi,   xo’jayinining   holati   va   uning   yashash   tarzining   o’zgarishi
hamda   parazit,   oraliq   va   asosiy   xujayinlarini   rivojlanish   sikllarining   o’zgarishiga
bog’liqdir.
Ko’pgina   xo’jayin   almashtirmaydigan   bir   hujayralilar,   nematodalar   va
boshqa   ayrim   parazitlar,   o’zlarining   qisqa   vaqt   davomida   amalga   oshuvchi
rivojlanish   siklariga   ega   bo’lishi   tufayli   yilning   barcha   fasllari   davomida   bir   xil
miqdorda bo’ladi, lekin oraliq xo’jayinlarining hayot tarzi mavsumlar bilan bog’liq
bo’lsa, (masalan, hasharotlar bo’lsa) parazitlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi aynan
ana   shu   xo’jayin   bilan   bog’liqdir.   Masalan,   qishloq   qaldirg’ochining   ichagida
parazitlik   qiluvchi   Phaneropsolus   micrococcus   trematodasi   faqat   may-avgust
oylarida   o’z   rivojlanishini   tugatib,   oraliq   xo’jayin   hisoblanuvchi   hasharotlar
ko’paygan davrda ularni tuxumlari bilan ko’p miqdorda zararlanishi sodir bo’ladi.
Ektoparazitlarda   mavsumiy   o’zgarishlar   dinamikasi   aniq   ifodalangan
bo’ladi.   Masalan,   burgalar   orasida   yozgi,   bahorgi,   qishki   va   kuzgi   turlar   farq
qilinadi.   O’rta   Osiyo   cho’llarda   yashovchi   oddiy   yumronqoziqda   burgalarning
ichki,   ya’ni   yozgi   (Caratophyllus   tesguorum)   va   kuzgi-qishki   (Neopsylla   setosa)
turlari   parazitlik   qiladi.   Ushbu   burgalarning   birinchi   turini   paydo   bo’lishi   bilan
yosh yumronqoziqlar populyasiyalari ichida toun kasalligining epizootiyasi paydo
bo’ladi.   Epizootiya   yumronqoziqlarning   uyquga   ketishi   bilan   so’na   boshlanadi,
lekin   Neopsylla   burgalari   ko’payib   ketib,   ular   uyqudagi   yumronqoziqlar   orasida
toun   kasalligini   qo’zg’atuvchilarining   qishda   saqlanib   turishini   ta’minlaydi.
Shunday   qilib   ikki   tur   burga   yumronqoziqlar   orasida   qishin-yozin   toun
kasalligining qo’zg’atuvchilarini doimiy ravishda saqlanishini ta’minlashadi. Qon so’ruvchi qo’sh qanotli hasharotlarni mavsumlarda paydo bo’lishi havo
harorati va namligiga bog’liq bo’ladi. Shunga binoan, odamning leyshmanioz bilan
zararlanishi   ushbu   kasallikni   yuqtiruvchi   iskaptoparlarning   faollik   mavsumiga
to’g’ri keladi.
3. Parazitofaunaning xo’jayin migratsiyasiga bog’liq bo’lishi
Xo’jayin   parazitofaunasini   o’zgartiruvchi   omillardan   (sabablardan)   biri
uning hayotida migrasiya hodisasining bo’lishidir. Xo’jayinning uzoq masofalarga
ko’chib, yangi muhitga o’tishi o’zidagi parazitlarni ham yangi, o’zgacha sharoitga
solib   qo’yadi.   Yangi   muhitga   o’tish   jarayonida   xo’jayin   organizmida   bir   qator
fiziologik   o’zgarishlarni   yuzaga   keltiradiki,   u   o’z   navbatida   tanadagi   parazitlarga
o’z ta’sir kuchini o’tkazadi.
Uzoq   masofalarga   migrasiyalarni   oshiruvchi   bir   qancha   umurtqasiz   va
umurtqali  hayvonlarda, shu  jumladan,  turli-tuman baliqlar  va  qushlarda parazitlar
faunasida   turlarning   o’zgarishlarini   aniq   ko’rish   mumkin.   Masalan,   bir   necha
takrorlanuvchi migrasiyalarni boshidan kechirib hayot kechiruvchi losos balig’ida
parazitofaunaning o’zgarishini keltirish mumkin, ya’ni ushbu baliq 3-4 yoshgacha
shimoliy daryolarning yuqori o’zanida yashaydi. Bu joylarda u juda sust o’sadi va
yomon   oziqlanadi.   Keyin   baliq   dengizga   o’tadi   va   u   yerda   u   tez   o’sib,   jinsiy
voyaga yetadi. Dengizda 2-3 yillik hayotidan keyin u birinchi marta tuxum qo’yish
uchun   yana   daryoga   o’tadi.   Birinchi   marta   daryolardan   dengizga   o’tuvchi   yosh
lososlarning   parazitofaunasi   12   turdan   iborat   bo’lgan.   Ushbu   parazit   turlar   faqat
chuchuk suv uchun xarakterli bo’lgan faunadan iborat.
Baliqlar daryodan birinchi marta dengizga o’tgandan so’ng ularning chuchuk
suvdagi   sharoitlari   faunasi   yo’qoladi   va   yangi   dengiz   muhitiga   mos   bo’lgan
parazitlar   faunasiga   ega   bo’la   boshlaydi.   Baliqlar   dengizda   voyaga   yetib,
urug’lanib,  tuxum   qo’yish   uchun  2-3  yildan   keyin  yana  daryolarga   qaytib  keladi.
Bu jarayonda uning parazitlari faunasi  ham  o’zgaradi. Birinchi  navbatda xo’jayin
ektoparazitlardan tozalanadi. Keyinchalik o’zidagi  ichak parazitlardan xalos bo’la boshlaydi.   Lekin   ichak   parazitlarining   turlarini   kamaya   borish   jarayoni,   birinchi
navbatda, baliqning chuchuk suvda bo’lish vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Xo’jayinning   migrasiyasi   va   uning   yangi   muhitda   yashay   boshlashi   dengiz
faunasi bo’shliq parazitlariga juda kam ta’sir etadi va chuchuk suv muhiti bunday
parazitlarni xo’jayin tanasidan tashqariga chiqara olmaydi.
Migrasiyaning parazitofaunaga ta’sir etishini daryo minogasida ham ko’rish
mumkin.   Ushbu   minoga   dengizda   yashashi   davrida   dengiz   ichak   parazitlari   bilan
zararlanadi.  Uning tuxum  qo’yish uchun  daryoga  qaytib kelishi  tufayli  u ichidagi
barcha   parazitlardan   tozalanadi,   lekin   ayrim   trematodalarning   metaserkariy
bosqichi ko’z muskullari orasida saqlanib qoladi.
Ko’chib hayot kechiruvchi qushlarda migrasiya tufayli parazitofaunalarning
almashinuvini o’rganish katta ahamiyatga va juda qiziq ma’lumotlarga ega bo’lishi
mumkin.   Bir   qator   uchib   ketuvchi   va   uchib   keluvchi   qushlardan   jarqaldirg’och,
qoravoy   qush,   qaldirg’och,   turna   baliqchi   qush,   o’rdaksimon   qushlar,   qizil   g’oz,
mayna   kabilarning   migrasiyalari   tufayli   parazitofaunasining   o’zgarishlari
kuzatilganda  qiziq ma’lumotlar olingan.
Tadqiqot   ishlari   uya   qurish   uchun   shimolga   uchib   kelgan   qushlarning
parazitofaunasini   o’rganishdan   boshlangan.   Bu   qushlarda   janubdan   olib   kelingan
turli   parazitlardan   iborat.   Shuningdek,   har   bir   turdagi   qush   o’ziga   xos   parazitlar
majmuidan   tashkil   topgan.   Shimolda   bu   parazitlar   hayoti   va   taqdiri   turlicha
bo’ladi. Masalan, patxo’r ektoparazit hasharotlar va parxo’r kanalar nafaqat uchib
kelgan qushlarda saqlanib qoladi, balki ularning bolalariga ham o’tadi va ular bilan
birga   yana   janubga   qaytib   ketadi.   Parazitlarning   ikkinchi   guruhi   sekin-asta
o’zlarining   mavjudligini   yo’qotib   boradi   va   qush   bolalariga   umuman   paydo
bo’lmaydi. Nihoyat, uchinchi guruh parazitlar (asosan endoparazitlar) uchib kelgan
qushlarda butun yoz davomida saqlanadi va yangi, yosh qushlarga, ularning uchib
ketishigacha   o’tmaydi.   Shuningdek,   janubdan   olib   kelingan   parazitlar   bilan   birga
qushlarning   uya   qurgan   joylarida   parazitlarning   yangi   turlari   ham   paydo   bo’ladi. Bunday yangi turlarga uya qurish bilan bog’liq holdagi ektoparazitlardan burgalar,
ba’zi   qon   so’ruvchi   pashsha   kabilarni   ko’rsatish   mumkin.   Yangi   turlar   qatoriga
yana   voyaga   yetgan   va   yosh   qushlarni   zararlovchi   endoparazitlarni   ham   kiritish
mumkin.   Lekin   bu   parazitlar   qushlarni   janubga   uchib   ketishi   arafasida   halok
bo’ladi.   Shunga   binoan,   bunday   parazitlar   janubga   olib   ketilmaydi.   Lekin
endoparazitlar   orasida   shunday   turlar   ham   paydo   bo’ladiki,   ular   janubga   olib
ketiladi. Lekin janubdan qaytib keluvchi qushlarda ular bo’lmaydi. Shunday qilib,
qushlarning   uzoq   masofalarga   yillik   migrasiyalari   tufayli   ularda   shakllanadigan
parazitlarni uchta guruhga ajratish mumkin:
a)   xo’jayin   tanasida   yil   davomida   uchrovchi   parazitlar   yoki   ubikvistlar.
Bunday   turlar   omillarga   e’tibor   bermasdan   shimolda   ham   janubda   ham   qushlar
tanasida uchraydi;
b)  janubiy turlar. Ushbu guruhdagi parazitlar  qishlash  uchun janubga uchib
ketgan qushlarda uchraydi; 
v)  shimoliy   turlar.   Uya   qurish   va   jo’ja   ochish   uchun   shimolga   uchib
kelgan qushlar bilan bog’liq guruh turlari (parazitlari).
4. Parazitofaunaning xo’jayin oziqasiga bog’liq bo’lishi
Hayvonlar tanasidagi parazitofaunaning tarkibi shu xo’jayinning oziqlanishi
va   oziqa   turiga   bog’liq   bo’lishiga   shubha   qilmasa   ham   bo’ladi.   Parazitning
xo’jayin   tanasiga   oziqa   bilan   kirishi   eng   qulay   yo’l   hisoblanadi.   Lekin   shunday
bo’lsa   ham   hamma   ektoparazitlar   ham,   shu   jumladan,   ichak   parazitlari   har   doim
oziqa   bilan   kiravermaydi,   balki   ayrim   endoparazitlar   mavjudki,   (masalan,   qon
parazitlari)   ekzogen   yo’l   bilan   yuqtiruvchilar   orqali   kiritiladi.   Bundan   tashqari,
xo’jayin parazitofaunasi  haqida gap borganda ektoparazitlarni  ham  nazarda tutish
lozim.   Shunga   binoan,   oziqa   bilan   kiruvchi   parazitlar   deganda   asosan   ichak
parazitlarini va qisman boshqa ichki organlar parazitlarini e’tiborga olish kerak.
Ko’p   hollarda   turli   xo’jayinlarning   oziqasi   o’xshash   bo’lsa,   ularning   ovqat
hazm   qilish   organlaridagi   parazitlari   faunasi   ham   o’xshash   bo’ladi.   Masalan, aksariyat   o’txo’r   sut   emizuvchilarning   yerdagi   o’simlikni   yulib   olishida   tuproqda
mavjud   bo’lgan   parazitlarning   tinch   yotuvchi   bosqichini   ham   qo’shib   olishi
natijasida bir xil parazitofaunaning shakllanishiga sabab bo’ladi.
Oziqasi   juda   ham   o’xshash   bo’lgan   ikkita   har   xil   xo’jayinning   ko’pgina
endoparazitlarini  umumiy bo’lishini cho’chqa va odam misolida ko’rish mumkin.
Cho’chqa odam singari hammaxo’r (polifag) organizmdir. Shunga binoan ularning
umumiy   parazitlari   ham   anchagina.   Masalan,   balantidiy   (Balantidium   coli)
cho’chqa   va   odam   ichagida   topilgan   yoki   odamning   o’zi   cho’chqa   solityoriga
oraliq   xo’jayin   bo’lishi   mumkin.   Odam   askaridasi   (Ascaris   lumbricoides)   bilan
cho’chqa   askaridasi   (Ascaris   suum)   morfologik   jihatdan   juda   ham   o’xshash
bo’ladi.   Trixina   nematodasining   odam   va   cho’chqada   uchrashi   va   nihoyat   gigant
xartumbosh (skrebni) (Acrocanthorynchus hirudinaceus) ning cho’chqa va odamda
parazitlik qilishini ko’rsatish mumkin. Bir xil oziqa bilan oziqlanuvchi turli guruh
sut   emizuvchilaridan   tuyoqlilar   va   kemiruvchilarni   ovqat   hazm   qilish   sistemasid
(Enthodiniomorpha)   turkumiga   kiruvchi   infuzoriyalar   juda   ko’p   bo’ladi.   Shuning
bilan   birga   bir   xil   sharoitda   yashovchi,   lekin   oziqasi   har   xil   bo’lgan   va   turli
guruhlarga   mansub   bo’luvchi   hayvonlarning   parazitofaunalari   turlicha   bo’ladi.
Masalan, sut emizuvchilardan hasharotxo’rlar (Insectovora) turkumidan kipritikan
va   kemiruvchilar   (Rodentia)   turkumidan   katta   qumsichqonlarning   ektoparazitlari
bir xil yoki o’xshash bo’lishiga qaramasdan, ovqat hazm qilish sistemasi parazitlari
turlicha bo’ladi, ya’ni katta qumsichqonning ichak sistemasi  parazitlardan deyarli
ozod   bo’lsa,   tipratikonni   ichagida   esa   lentali   va   yumaloq   chuvalchanglar   hamda
xartumboshlilarga mansub bo’lgan parazitlarni uchratish mumkin. 
Oziqaning o’xshash yoki turlicha bo’lishi tufayli parazitofaunaning tarkibini
o’xshash yoki farq qilishini qushlarda ham uchratish mumkin.
5. Parazitofaunaning xo’jayinning hayot kechirish tarziga bog’liq bo’lishi
Hayvonning hayot kechirish tarzi deganda shu organizmni o’rab olgan muhit
bilan bog’liqligi hamda uning o’ziga xos xususiyatlari va odatlari tushuniladi. Har
bir   sistematik   guruhda   shunday   turlar   bo’lishi   mumkinki,   u   o’zining   hayot kechirish   tarzi   bilan   o’zining   boshqa   yaqin   qarindoshining   hayot   kechirishidan
tubdan  farq  qiladi.  Masalan,   daraxtda   yashashga  moslashgan  kemiruvchi   uyquchi
olmaxon   (Glis   glis)   turi   va   shu   turkum   vakili   yerda   yashovchi   o’rmon   sichqoni
(Apodemus   silvaticus)   ning   parazitofaunasi   bir-birinikidan   keskin   farq   qiladi.
Uyquchi   olmaxonda   uch   tur   (Brachylaemus   recurvus,   Heminolepis   myoxi,
Heligmosomus   gracile)  endoparazitlar   topilgan  bo’lsa,  o’rmon  sichqonining   ichki
organlarida   10   tur   endoparazitlar   topilgan.   Ularning   2   turi   so’rg’ichlilar,   3   turi
lentali chuvalchanglar va 5 turi nematodalardan iborat bo’lgan.
Amerikalik   tadqiqotchi   Xarnema   amerika   olmaxonining   ichagida   faqat   bir
tur   nematodani   topgan.   Ichak   parazitlarining   bunday   kamligi,   ushbu
xo’jayinlarning yer betidan ancha balandda hayot kechirishga moslashganligi bilan
tushuntirish mumkin.
Xo’jayin   organizmida   uning   yashash   tarziga   binoan   parazitofaunasining
“boy”   yoki   “kam”   (kambag’al)   deyilishi   nisbiy   tushuncha   hisoblanadi.   Chunki
parazitlar   turining   ko’p   yoki   kam   bo’lishi   faqat   ma’lum   bir   areal   yoki   biotop
bo’yicha   taqqoslanishadi.   Shuningdek,   xo’jayin   tanasidagi   parazitlarning   faqat
turini   hisobga   olmasdan,   balki   ularning   individlari   miqdorini   hamda   ma’lum   bir
parazitning   shu   tur   xo’jayinlari   orasida   epizootiyasini   (tarqalish   darajasini)   ham
nazarda tutish maqsadga muvofiq bo’ladi.
6. Parazitofaunaning xo’jayin yoshiga  qarab o’zgarishi
Parazitofauna   tarkibiga   ta’sir   etuvchi   omillarning   asosiylaridan   biri
xo’jayinning   yoshi   hisoblanadi.   Odatda   yangi   tug’ilgan   organizm   parazitlardan
holi   bo’ladi.   Shuning   uchun   faqat   sut   bilan   oziqlanuvchi   yosh   organizmda   ham
ichak   parazitlari   bo’lmaydi.   Lekin   ushbu   masalaga   batafsilroq   yondoshadigan
bo’lsak,   sut   emizuvchilarning   ona   qornidagi   rivojlanishi   davrida   ayrim   parazitlar
bilan   zararlanishini   ko’rsatib   o’tish   mumkin.   Boshqacha   qilib   aytadigan   bo’lsak,
yosh   organizm   embrional   bosqichida   ham   plasentar   va   transovarial   yo’l   bilan
onasidan ayrim parazitlarni o’ziga yuqtirishi mumkin. Bunday parazitlarga bezgak
plazmodiysi,   tripanasomalar,   toksoplazma,   piroplazmalar,   qaytalama   tif,   zaxm (sifilis)   speroxetalar   kabilarni   eslatish   mumkin.   Ayrim   paytda   yo’ldosh   plasentar
orqali   bola   organizmiga   ankilostoma,   itlarda   askarida,   qon   so’rg’ichlisi   kabilar
ham o’tishi mumkin:
Organizmning   tug’ilgandan   keyin   uning   dastlabki   oylarida   organizmiga
yuquvchi   parazitlari   bo’ladi.   Masalan,   Ascaris   lineata   faqat   jo’jalar   ichagida
uchraydi   yoki   Trypanosoma   lauvisi   faqat   yosh   kalamushlarda   parazitlik   qiladi.
Xuddi   shuningdek,   ayrim   tripanosomalar,   masalan,   T.   equiperdum   faqat   jinsiy
voyaga yetgan oylarda uchraydi.
Xo’jayinning   yoshiga   qarab   uning   parazitofaunasini   o’zgarib   borishini   bir
qancha   guruhlarga   mansub   bo’lgan   hayvonlarda   kuzatish   mumkin.   Lekin   ushbu
masalani   ancha   ko’p   (uzoq)   yashovchi   va   deyarli   bir   xil   muhitda   bo’luvchi
hayvonlarda   o’rganilsa,   aniq   ma’lumotlarga   ega   bo’lish   mumkin.   Bunday
ma’lumotlar   turli-tuman   dengiz   va   chuchuk   suv   baliqlari,   qushlar   va   sut
emizuvchilarning turli guruhlari bo’yicha mavjuddir.
Chuchuk suvda yashovchi cho’rtan balig’ida parazitofauna tarkibining yosh
bo’yicha   o’zgarishi   kuzatilganda   unda   topilgan   parazitlarni   uch   guruhga   ajratish
mumkin.
a)   Xo’jayin   yoshidan   qat’iy   nazar   doimo   uchraydigan   parazitlar   Bunday
parazitlarning 18 turidan 6 turi  kirib, ulardan  2 turi  miksosporidiylar  (Myxosoma
dujardini, Hennequya lobosa), 1 ta turi so’rg’ichlilardan (Gasterosteum fibriatum),
2  turi xartumboshlilardan (Aconthocephalus lucii, Neoechinorhynchus rutili) va 1
turi tuban qisqichbaqasimonlar (Argulus foliacium) dan iborat bo’lgan.
b)   Xo’jayin   yoshining   oshishi   bilan   kamayib   boruvchi   parazitlar.   Bunday
parazitlar   2   turni   tashkil   etdi.   Ularning   biri   lentali   chuvalchang   -   Proteocephalus
cerpnae va ikkinchisi shilliq sporali - Henneguya oviperda kabilardir.
v)   Xo’jayin   yoshining   oshishi   bilan   ortib   boruvchi   parazitlar.   Bunday
parazitlar 10 turni tashkil etadi.
Dengizda   yashovchi   ayrim   baliq   turlarining   ham   yoshlar   bo’yicha
parazitlarning   o’zgarishi   kuzatilgan.   Masalan,   treska   balig’ining   tuxumdan   endi
chiqqan lichinkalarida parazitlar umuman bo’lmaydi.

“ Parazitosenoz. Parazitofauna va uning ekologik xususiyatlari” 1. Parazitosenoz haqida tushuncha 2. Parazitosenoz dinamikasi va uning o’zgarish sabablari 3. Parazitofaunaning xo’jayin migratsiyasiga bog’liq bo’lishi 4. Parazitofaunaning xo’jayin oziqasiga bog’liq bo’lishi 5. Parazitofaunaning xo’jayinning hayot kechirish tarziga bog’liq bo’lishi 6. Parazitofaunaning xo’jayin yoshiga qarab o’zgarishi

1. Parazitosenoz haqida tushuncha Xo’jayin tanasining turli organlarida yashovchi parazit va parazit bo’lmagan (kommensallar, erkin yashovchilar va hokazo) organizmlar o’zaro turli darajadagi hamkorlik va munosabatlarda bo’ladi. Masalan, odam yoki biron-bir hayvon ichagida bir vaqtning o’zida bir hujayrali hayvon, har xil chuvalchang, bakteriya, zamburug’, virus kabilarning turli vakillari yashaydi. Ushbu organizmlarning o’zaro hamkorlik va munosabatlar darajasi, xo’jayin organizmining holatiga turlicha ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir darajasi mavjud parazit va noparazit organizmlarning turlar tarkibi hamda ularning turli-tuman kombinasiyalariga juda ham bog’liq bo’ladi. Bu kombinasiyalarning ayrimlari xo’jayin organizmiga salbiy ta’sir etib kasallik paydo qilishi hamda uning og’irlashuviga olib kelsa, boshqa bir kombinasiyalar esa parazitlarning zararli ta’sirini kamaytirib, uning faoliyatini bostirib turadi yoki ma’lum bir turga mansub bo’lgan parazitni xo’jayin tanasidan chiqarib tashlashga yordam beradi. Parazitosenoz tushunchasini fanga birinchi bo’lib akad. Ye.N.Pavlovskiy (1937) olib kirgan. Parozitosenoz deganda xo’jayin organizmini yoki uning ma’lum bir organini boshpana (yashash joyi) qilib olgan turli-tuman parazitlar va boshqa mikroorganizmlar yig’indisi tushuniladi. Parazitosenoz yo’nalishi bo’yicha o’tkaziladigan tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi va vazifasi xo’jayin organizmida mavjud turli-tuman parazitlar majmuini, uning tarkibiga kiruvchi turlarning har birini alohida-alohida hamda turli kombinasiyalarning o’zaro bir-biri bilan bog’langanlik darajasi, bir-biriga yordami, befarqligi va ziddiyati hamda ushbu munosabatlarning xo’jayin organizmiga ta’sirini aniqlashdan iboratdir. Ushbu tadqiqot ishlarining naqadar ahamiyatli ekanligini quyidagi dalillar bilan tasdiqlash mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasida askarida, qilbosh nematodasi va ostrisa bo’lgan odam ichburug’ (bakterial dizenteriya) kasalligiga

duchor bo’lsa ushbu infeksion kasallik juda og’ir va surunkali kechadi hamda uni davolash juda qiyin bo’ladi. Gimenolipidozda ham surunkali bakterial ichburug’ kasalligi uch va undan ko’p yillar davom etishi mumkin. Shuning uchun, bakterial ichburug’ kasalligini amaliyotda davolash uchun, eng avvalo, bemorda gelmintoz kasalliklarning mavjudligini aniqlash va shundan keyingina davolashga kirishish lozimligi qonunlashtirilgan. Bolalarda kelib chiqish sabablari turlicha bo’lgan bakterial ichburug’ kasalligi bilan lyambliyalarning o’zaro bog’liqlik darajasi ham tadqiq qilingan. Masalan, bakterial ichburug’ bilan kasallanmagan sog’lom bolalarning 40,9% ida lyambliyalar topilgan bo’lsa, Fleksner bakterial ichburug’i bilan kasallangan bolalarning 77,3% ida lyambliyalar topilgan. Ushbu holatlarga qarama-qarshi ravishda Zonne bakterial ichburug’i bilan kasallangan bolalarning esa faqatgina 8,4% ida lyambliyalar bo’lishi aniqlangan. Ichakdagi ichburug’ amyobasi ( Entamoeba histolytica ) va ichak bakteriyalari ( Escherichia coli )ning o’zaro munosabatlari va bir-biriga ta’siri juda qiziq hodisa va jarayonlarni yuzaga keltiradi. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga binoan (Westfal; Phillips va boshqalar) (K.V.Krashkevich, 1963) ichburug’ amyobasining zararli faoliyatini ko’tarishda ichak bakteriyalarining roli borligi isbotlanadi. Masalan, esherixiya va parakoli (Paracoli) guruhidagi bakteriyalar kalamush ichagidagi ichburug’ amyobasining zararli faoliyatini oshirib, ichak devorining kuchli yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Buning aksi sifatida kalamush ichburug’ amyobasi va streptokokk ( Streptococcus faecalis ) bakteriyasi bilan sun’iy zararlantirilganda ichakning yallig’lanishi keskin pasayadi. Bu jarayon, ehtimol, St. faecalis ning moddalar almashinuvida hosil qilingan sut kislotasi parazit amyobalarga salbiy ta’sir qilib, ularni ko’plab halok bo’lishiga asosiy sabab bo’lsa kerak.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan dalillardan shu narsa kelib chiqadiki, parazitosenoz tarkibidagi turlar orasida yoki antogonistik (zid, ziddiyatli, qarama- qarshi) yoki sinergitik (hamkorlik, bir yo’nalishda ishlash, qulaylik yaratish) munosabatlari mavjud bo’ladi. Antogonistik munosabatda bir tur boshqa parazit turni yoki turlarni faoliyatini chegaralab, bostirib tursa, sinergitik munosabatda esa bir tur boshqa parazit turning (turlarni) faoliyatini kuchaytirishga imkoniyat tug’diradi. 2. Parazitosenoz dinamikasi va uning o’zgarish sabablari Xo’jayin tanasidagi parazitlar yig’indisi yoki parazitosenoz xujayinining morfo-fiziologik xususiyatlari va atrof-muhit ta’sirida shakllanadi. Xujayin xususiyatlari parazitlar uchun birinchi darajali muhit hisoblansa, tashqi sharoitlar ikkinchi darajali muhit hisoblanadi. Parazitosenoz uchun xo’jayinning xususiyatlari, xarakteri, yashash joyi va oziqlanish shakli katta ahamiyatga ega. Bunday shart-sharoitlar har xil guruhlarga kiruvchi hayvonlarning ovqati bir xil bo’lsa ovqat hazm qilish sistemasi parazitlari yig’indisi o’xshash bo’ladi. Bunday hayvonlarga tuyoqlilar bilan kemiruvchilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, dala sichqoni, o’rmon sichqoni va lemminglarni ovqat hazm qilish sistemasida, xuddi kavshovchi va toq tuyoqlilarni ovqat hazm qilish sistemasidagidek, bir xil infuzoriyalar topilgan. Shuningdek, kemiruvchilar bilan damanlarni ichagida, bir xil infuzoriyalar, xivchinlilardan gipermastiginalar topilgan. Bir uchastkada yashab, oziqasi turlicha bo’lgan hayvonlarning ichak parazitlari ham turlicha bo’ladi. Masalan, katta qumsichqon bilan tipratikonda ichak parazitlari faunasi bir-birinikidan farq qiladi. Xujayin tanasida parazitosenozni shakllanishida o’sha organda yashovchi parazitlarning turlari orasidagi o’zaro munosabatlarga ham bog’liqdir.

Parazitosenozdagi ayrim turlar o’zaro bir-biriga ijobiy (sinergetik) ta’sir ko’rsatsa, ularning ikkalasini ham rivojlanishi va o’sishi kuchayadi. Bordiy-u ikkita yoki bir necha tur o’zaro bir-biriga salbiy (antibioz) ta’sir ko’rsatsa, ularning ko’payish chegaralanishi yoki hayotini davom etirishi qiyin bo’lib qoladi. Xo’jayin tanasidagi parazitosenozning mavsumiy dinamikasi tashqi muhitning o’zgarishi, xo’jayinining holati va uning yashash tarzining o’zgarishi hamda parazit, oraliq va asosiy xujayinlarini rivojlanish sikllarining o’zgarishiga bog’liqdir. Ko’pgina xo’jayin almashtirmaydigan bir hujayralilar, nematodalar va boshqa ayrim parazitlar, o’zlarining qisqa vaqt davomida amalga oshuvchi rivojlanish siklariga ega bo’lishi tufayli yilning barcha fasllari davomida bir xil miqdorda bo’ladi, lekin oraliq xo’jayinlarining hayot tarzi mavsumlar bilan bog’liq bo’lsa, (masalan, hasharotlar bo’lsa) parazitlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi aynan ana shu xo’jayin bilan bog’liqdir. Masalan, qishloq qaldirg’ochining ichagida parazitlik qiluvchi Phaneropsolus micrococcus trematodasi faqat may-avgust oylarida o’z rivojlanishini tugatib, oraliq xo’jayin hisoblanuvchi hasharotlar ko’paygan davrda ularni tuxumlari bilan ko’p miqdorda zararlanishi sodir bo’ladi. Ektoparazitlarda mavsumiy o’zgarishlar dinamikasi aniq ifodalangan bo’ladi. Masalan, burgalar orasida yozgi, bahorgi, qishki va kuzgi turlar farq qilinadi. O’rta Osiyo cho’llarda yashovchi oddiy yumronqoziqda burgalarning ichki, ya’ni yozgi (Caratophyllus tesguorum) va kuzgi-qishki (Neopsylla setosa) turlari parazitlik qiladi. Ushbu burgalarning birinchi turini paydo bo’lishi bilan yosh yumronqoziqlar populyasiyalari ichida toun kasalligining epizootiyasi paydo bo’ladi. Epizootiya yumronqoziqlarning uyquga ketishi bilan so’na boshlanadi, lekin Neopsylla burgalari ko’payib ketib, ular uyqudagi yumronqoziqlar orasida toun kasalligini qo’zg’atuvchilarining qishda saqlanib turishini ta’minlaydi. Shunday qilib ikki tur burga yumronqoziqlar orasida qishin-yozin toun kasalligining qo’zg’atuvchilarini doimiy ravishda saqlanishini ta’minlashadi.