MULOQOT SISTEMASI VA UNING XUSUSIYATLARI HAQIDA
MULOQOT SISTEMASI VA UNING XUSUSIYATLARI HAQIDA Reja: 1. Til va nutq. Til va nutqning vazifalari.Til va tafakkur. 2. Muloqot stru k turasi . Subyekt va aloqa obyekti . Aloqa vositalari . Aloqa funksiyalari . 3. Kommunikativ ifoda tuzilishining, ya’ni nutqiy aktning illokutiv maqsadi kommunikativ vaziyat tuzilishiga bog‘liqligini aniqlash. 4. Muloqotning lingvistik tuzilishini o‘rganish. Muloqotning har xil ko‘rinishlari va turlariga oid qoida, usullarni o‘rganish, tamoyillarini shakllantirish va ishlab chiqish.
Muloqotning lingvistik tuzilishini o‘rganish. Keyingi vaqtlarda tilshunoslikda inson nutqining voqelanish usullari, unda til birliklarining ishtirokiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson nutqiy faoliyati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda «nutqiy aloqa», «nutqiy ifoda», «nutqiy kommunikatsiya», «nutqiy strategiya» kabi atamalarni qo‘llashga e’tibor kuchayganligi seziladi. E’tibor qilinsa, bu atamalarning har biri tarkibida «nutqiy» so‘zi qo‘llaniladi. Buning sababi nimada? Vaholanki, biz shu vaqtga qadar til muloqotning asosiy vositasi ekanligi haqida gapiramiz. Bu savolga «til» va «nutq» tushunchalari orasidagi farqlarni aniqlaganimizdan so‘nggina javob topamiz. Soddagina qilib aytish mumkinki, til bu belgilar tizimidir. Belgilarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra pog‘onali tartiblanishi natijasida til strukturasi shakllanadi. Bu fikr har qanday til tizimi haqida gapirishda qo‘l keladi Tovush, morfema, o‘zak, so‘z, so‘z birikmasi, gap kabi birliklar har qanday tilda mavjud va ular umumiy lisoniy birliklar hisoblanadi. Har qaysi birlik tilning ma’lum bir sathiga tegishli bo‘ladi. Bu sathlar o‘zaro bog‘liq va tovush-morfologik-sintaktik-semantik ko‘rinishidagi qat’iy tartibga ega. Til sathlarining har birida shu sath doirasida qaraluvchi birliklarni qo‘llash me’yori, qoidalari mavjud. Tilimizda «nutq» atamasi ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan, u inson kommunikativ faoliyatining bir ko‘rinishiga – tilning kishilarning o‘zaro aloqa qilishida qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi. Bu ma’noda nutq – og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalanuvchi aniq faoliyatdir. Ikkinchidan, faoliyat natijasi –matn (maqola, xabar va shu kabilar) nutq deyiladi. Shunga ko‘ra « til » so‘zida « sistema, struktura » ma’nolari, « nutq » so‘zida – « faoliyat » ma’nosi mujassam. Shuning uchun «kommunikatsiya» tushunchasini belgilashda «nutqiy» so‘zini qo‘llash ma’qul bo‘ladi.
Tilshunos A.Nurmonov o‘z kuzatishlarida rus tilshunosi V.Ya.Zveginsevning til va nutq o‘rtasidagi quyidagi farqli belgilarni aniqlaganligini qayd etadi: 1.Nutq individual, til umumiy hodisadir. Umumxalq tili o‘z taraqqiyoti davomida doimo ma’lum o‘zgarishlarga uchraydi. 2.Nutq psixik hodisa, til ijtimoiydir. 3.Nutq harakatchan, rivojlanuvchi, til esa barqarorlikka, turg‘unlikka intiladi. 4.Nutq tarixiy, til diaxronik xususiyatga ega. 5.Nutqiy elementlar o‘rtasida sababiy tobelik, til elementlari o‘rtasida funksional tobelik mavjud. 6.Til lingvistik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. U lingvistik barqaror, nutq esa lingvistik barqaror bo‘lmagan, o‘zgaruvchan xarakterga ega. 7.Nutq o‘z funksiyasini real birliklar vositasida bajaradi. Mohiyat va shakl o‘rtasida farqlanish mavjud. Shu asosda til ham mavhum tizim sifatida amal qiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, nutq tushunchasini ifodalashda «lisoniy kommunikatsiya» ifodasi ham sinonim sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, hozirgacha «til» va «nutq» hodisalarining mohiyati to‘la ochib berilmaganligi, ular o‘rtasidagi chegara aniq belgilab olinmaganligi bois, ularni farqlamay qo‘llash davom etib kelmoqda. Til va nutqning vazifalari Til va nutq orasidagi chegarani belgilash ancha qiyin . Gap shundaki, har qanday og‘zaki yoki yozma ko‘rinishdagi lisoniy ifoda – bu nutq. Bundan keyin biz shu asosda fikr yuritamiz. Tilning asosiy vazifalari (bu nutqiy kommunikatsiyani belgilashga tegishli):
1) xabar – ma’lumot yetkazish, insonlarning maqsad va mo‘ljallari, fikrlari haqida ma’lumot. 2) tashviqot – istak, chaqiriq, iltimos. 3) his-tuygularni bevosita ifodalash, emotsiyalar. Bundan tashqari, metalisoniy (predmetni tavsiflash uchun tildan foydalanish) va fatik (muloqot ishtirokchilari o‘rtasida aloqaning o‘rnatilishi) vazifaning mavjudligi. Masalan, tadqiqotlarda, ilmiy tushunchalarni keng izohlovchi lug‘atlarda til metalisoniy vazifada kuzatish obyektini tavsiflash, ularni belgilash uchun qo‘llaniladi. Kundalik maishiy muloqotlarda «Ishlar qanday?», «Nima yangiliklar bor?» kabi jumlalar so‘rashish, shuningdek, aloqa o‘rnatish uchun muhimdir. Til insonning nutqiy faoliyatida turli lisoniy birliklarning qo‘llanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, gazeta maqolasida tilning xabar funksiyasi yetakchilik qiladi, shuningdek, unda tashviqot va emotiv vazifa ham ishtirok etadi. Til va tafakkur Kommunikatsiya jarayonida nutqning faoliyat sifatidagi asosiy funksiyasi fikrni ifodalash hisoblanadi. Inson chuqur uyquni hisobga olmaganda , doimo fikrlaydi. Mana shunday hollarda fikr nafaqat shakllanadi, balki to‘liq va tugallangan holda vujudga keladi. Nutq tafakkurdan ajralmasdir. L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra «nutq tafakkurning so‘zga aylanish, materiallashish jarayonidir» 1 . Tafakkur jarayoni hozirgacha to‘liq anglangan emas. Olimlarning e’tirof etishicha, tafakkurda mavjud hodisalar mohiyatini umumlashtirish muhim o‘rin tutadi. Tushunchalar muloqot uchun material bo‘lgan so‘z orqali ifodalanadi. Demak, fikrlash – tushunchalardan 1 Выготский, Л.С. Мышление и речь: Психологические исследования. – М., Лабиринт, 1996. – C .415.
foydalanish, ularni ifodalovchi so‘zlarni bilishdir. Shuning uchun lisoniy vositalar (so‘z zahirasi, grammatik shakllar va qurilmalar)ni bilish tafakkur va idrok etish faoliyatini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bu yerda biz nutq va tafakkur masalasiga yetib keldik. Bu ikki tushuncha albatta, bir xil emas. Bir tomondan, tafakkur nutqqa nisbatan keng, u nafaqat tilda aks etadi, balki nutqiy fikrlash bilan bir qatorda amaliy natija beradigan va ko‘rgazmali-obrazli fikrlashni ham qamrab oladi. Boshqa tomondan, qaysidir ma’noda, nutq tafakkurga nisbatan keng, u nafaqat tushuncha mazmuni haqida xabar beradi, balki qo‘shimcha ravishda his- tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Bundan tashqari, nutq uslubiy jihatdan bo‘yoqdor va ijtimoiy tabaqalashtirilgan hamda o‘zgaruvchandir. Tafakkur mexanizmlari, shubhasiz, odamlarning millati va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, hamma uchun umumiydir.Nutqning ikki ko‘rinishi: ichki va tashqi ko‘rinish farqlanadi. Ichki nutq fikrlarni og‘zaki yoki yozma shakliga e’tibor bermay ifodalaydi. U lisoniy ma’nodan va aniq kommunikatsiya jarayonidan tashqarida foydalaniladi. Hatto nomlashning o‘zidan ham tushunarliki, bu jarayon bevosita kuzatishdan yashirin, shuning uchun u hali to‘liq o‘rganilmagan. Ichki nutq jarayoni tez sur’atda sodir bo‘ladi va uning lisoniy shakllanishi sharoitga bog‘liqligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Ichki nutqning uch turi farqlanadi: ♦ Ichki so‘zlash, tashqi nutq strukturasini saqlab qolgan, ammo tovush yoki grafik jihatdan rasmiylashmagan so‘zlashdir. Bunday nutq qiyin sharoitlarda tafakkur vazifalarini hal qilish uchun xosdir; ♦ Shaxsiy ichki nutq - fikrlash vositasi sifatida ishtirok etuvchi o‘z ichki nutqi. Bunda inson maxsus birliklardan (predmet kodlari, obrazlar kodlari kabilardan) foydalanadi. Bunday nutq tashqi nutq tuzilishidan farq qiluvchi o‘ziga xos tuzilishga ega ;