logo

INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR –TEXNIKA FALSAFASINING TADQIQOT OB’EKTI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.4189453125 KB
INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR –TEXNIKA FALSAFASINING
TADQIQOT OB’EKTI
Reja:
1.Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
2.Axborot tushunchasi,uning tur va shakllari.
3.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning rivojlanish tendensiyalari..
    1-§. Axborotlashgan jamiyat  tushunchasi va  uning mazmun-mohiyati.
XX   asrning   oxiri   va   XX1   asrning   boshlarida     dunyo   xalqlarining   ijtimoiy,
iqtisodiy,   siyosiy   hayotda,   shuningdek,tabiatda   yuz   berayotgan   global   o‘zgarishlar
bugungi jamiyatni “Axborotlashgan jamiyat” 1
 deb atashga asos bo‘lmokda.        
       «Axborolashgan  jamiyat»   atamasi  dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon
faylasuf   olimi   Yu.Xayashi   1969   yilda   Yaponiya   hukumatiga   “Yaponiya
axborotlashgan jamyat bardamligi siyosatiga chizgilar”, 1971 yili “ Axborotlashgan
jamiyat   rejasi”   kabi   tadqiqotlarni   taqdim   etdi.   1971   yildan   boshlab   mazkur
tushuncha   ilmiy   jamoatchilik   tomonidan   keng   qo‘llanila   boshladi.   Demak,
axborotlashgan   jamiyat   tushunchasini   birinchi   bo‘lib   fanga   Tokio   texnologik
universititning   prof.   Yu.Xayashi   kiritgan.   Uning   fikricha,   moddiy   mahsulot   emas,
axborotlashuv   mahsuloti   jamiyatning   shakllantiruvchi   va   rivojlantiruvchi   kuchiga
aylanadi. 
    To‘g‘ri, axborotlashgan jamiyatning mohiyat-mazmuni haqida olimlar tomonidan
turli xil  qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar ilgari surilgan. Shular ichida M.Kastelsning
fikri   diqqatga   sazovordir.   Uningcha,   Axborolashgan   jamiyat   mohiyatini   bir-biriga
bog‘liq   quyidagi   jarayonlar   belgilaydi:   axborot   va   bilimlar   ijtimoiy-iqtisodiy,
texnologik   va   madaniy   rivojlanishning   haqiqiy   o‘zak   qudratiga,   uning   qimmatli
manbaiga   aylanadi;   ishlab   chiqarish   omili   bo‘lmish   xom   ashyo,   mehnat,   mablag‘
resurslariga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi; axborot
yetkazib   berish   va   undan   foydalanishni   ta’minlovchi   sohalar   ahamiyati   shiddatli
tarzda osha boradi. 
        Jamiyatni   axborotlashtirish   jarayoni   bir-biri   bilan   bog‘liq  bo‘lgan  uch   qismdan
tarkib topadi:  mediatizatsiya  (lot.mediatus  - vositachi) — axborot to‘plash, saqlash
va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni;   kompyuterlashtirish   — axborot
izlash   va   unga   ishlov   berish   vositalarini   takomillashtirish   jarayoni;
intellektualizatsiya  — axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish,
1
Ахборотлашган   жамиятни   ижтимоий   феномен   тарзда   тушунтириб   бериш   масалалари
Д.Белл,   А.Тоффлер,   М.   Кастельс,   У.Ростоу,   П.Дракер,   Ж.Гелбрейт,   Ф.Уэбстер,И.Масуда
каби олимларнинг  асарларида муфассал баён қилинган. ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun’iy intellektdan
foydalanish   jarayoni.   Umuman   olganda,   jamiyatni   axborotlashtirishni   zamonaviy
axborot-texnika   vositalari   yordamida   ijtimoiy   tuzilma   va   jarayonlarni   takomil-
lashtirish   deb   talqin   qilish   lozim.   Axborotlashtirish   ijtimoiy   intel-   lektualizatsiya
jarayonlari   bilan   uyg‘un   holda   bo‘lishi   kerak.   Zotan,   bu   shaxs   va   u   yashayotgan
axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi 2
.
       Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki
ma’naviy omillar – bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi.
Axborot   va   bilim   olish,   ularga   ishlov   berish   hamda   ularni   saqlash   va   yetkazish
jarayonida   jamiyat   a’zolarining   aksariyati   band   bo‘ladi.   Axborotlashgan   jamiyatda
axborot   tayyorlash   moddiy   ishlab   chiqarishni   siqib   chiqarmaydi,   balki   uning
negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi 3
.
        2006   yilning   BMT   Bosh   Assambleyasi   Butun   jahon   axborot   jamiyati   yili   deb
e’lon   qilinishi   ham   hozirgi   kunda   jamiyat   axborotlashuvining   ahamiyati   ortib
borayotganligadan dalolat beradi. Hozirgi davrda dunyodagi barcha dav- latlarning
axborotlashgan  jamiyat  tomon  intilishi  kuzatilmoqda.
        Axborotlashgan   jamiyatda   nafaqat   turmush   tarzi,   ma’naviy   qadriyatlar   tizimi
o‘zgaradi,   modsiy   boyliklarga   faqat   jamg‘arma   sifatida   qarashlar   o‘rniga   madaniy
hordiq   chiqarish,   intellektual   boylik   ortirish   vositasi   sifatida   yondashuvning
ahamiyati ortadi. Rossiyalik faylasuf olim A.A.Chernov global informatsion jamiyat
tushunchasini   axborot   texnologiyalarini   o‘sib   borishi   va   jamiyat   hayotiga   kirib
borishidir   deb   izohlaydi:   “globallashuv   ko‘p   hollarda   axborot   va   axborot
texnologiyalarining   yangi   sifat   ko‘rsatkichlariga   ega   bo‘lishidir,   “elektron
hokimyat”ning takomillashuvi, paydo bo‘lishi, “kibersiyosat”ning kengayib borishi,
“kiberdemokratiya”ning   kuchayishi,   “siyosiy   kommunikatsiyalarni
kompyuterlashtirishining   rivojlanishi   globallashuvni   yuzaga   keltirmoqda” 4
.
2
Қаранг:  Кастельс М. Информационная эпоха:Экономика,общества,культура. – М.: Изд-во
«ВШЭ»,2000.–С.502-503.
3
Қаранг:  Фалсафа:энциклопедик луғат. – Т.:“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2010. –Б.33-34.
4
Қаранг:  Чернов А. А. Становление глобального инфор мационногообшества. Проблемы и
перспективы -М.: Дашнков и.К: 2003. – С.5-6. Yuqoridagi   ta’rif   va   tasnifda   axborotlashgan   jamiyatning   texnik   va   texnologik
jihatlariga asosiy urg‘u berilgan, globallashuv faqat axborotlashuv bilangina bog‘liq
degan   xulosa   ilgari   surilgan.   Bu   jarayon   global   o‘zgarishlarga   xos   bo‘lib,   axborot
madaniyati   o‘sishining   rivojlangan   bosqichini   anglatib,   uning   jamiyat   hayotida
tobora   salmoqli   o‘rin   egallayotganligini   bildiradi.   Insoniyat   globallashuv   va
axborotlashtirish deb atalgan yangicha aloqa va hamkorlik tizimlari yo‘lga ko‘yilgan
va   tobora   jadal   sur’atlarda   kengayib   borayotgan   taraqqiyot   bosqichiga   chiqdi.
Natijada   “globallashuv”   va   “axborotlashuv”   tushunchalari   faqat   iqtisodiy   hayotni
emas, balki ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshqa deyarli barcha
sohalardagi umuminsoniy jarayonlarni qamrab oluvchi tushunchaga aylandi.     
          Globallashuv   insoniyat   tarixi   va   taraqqiyotidagi   ob’ektiv   zaruriyat   bo‘lib,   uni
chetlab   o‘tish   mumkin   emas,   u   xalqlarning,   davlatlarning,   milliy   madani-   yat   va
iqtisodiyotlarining   yakinlashuvini   tezlashtiradi,ularning   rivojlanishi   uchun   yangi
imkoniyatlar   yaratadi,   shuning   uchun   ham   fuqarolik   jamiyati   davrida   axborot
komunikatsiyalar   tizimidagi   globallashuv   tobora   ilgarilab   borayotgan   ijtimoiy
voqelikdir.
         Globallashuv tufayli odamlar bir lahzada o‘zini qiziqtiradigan axborotni darhol
olish,   unga   egalik   qilish   imkoniyatiga   ega.   Ushbu   jarayon   mazmuni   to‘g‘risida
I.A.Karimov:   “Bugungi   kunda   zamonaviy   axborot   maydonidagi   harakatlar   shu
qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz
beribdi,   uning   bizga   aloqasi   yo‘q,deb   beparvo   qarab   bo‘lmaydi.   Ana   shunday
kayfiyatga   berilgan   xalq   yoki   millat   taraqqiyotdan   yuz   yillar   orqada   qolib   ketishi
hech gap emas” 5
,– degan edi.
      Shunday   qilib,   axborotlashgan   jamiyat   –   bu     tabiat   va   jamiyatda   sodir
bo‘layotgan narsa, hodisa, voqea, jarayonlar haqida axborotlarni yig‘ish, yaratish,
saqlash,   qayta   ishlash,tizimlashtirish,   uzatish   va   qabul   qilish,   iste’mol,
ayirboshlash,taqsimlashga     asoslangan   moddiy   va   ma’naviy   ishlab   chiqarish
jarayonlarini  uyg‘un holda tezkor  harakatga keltiruvchi  intelektual    munosabatlar
zaminiga  qurilayotgan  kishilar jamiyatidir.
5
 Каримов И.А. Юксак маънавият–енгилмас куч.– Т.: Маънавият,2008.– Б.112. 2-§.Axborot  tushunchasi,uning  tur va shakllari.
Xo‘sh,   axborot   o‘zi   nima?     Bu   savolga   olimlar   quyidagicha   javob
berishganlar.   Masalan,   N.Viner:“Axborot   -   tashqi   olamga   ko‘nikish   jarayonida
undan olingan mazmunni ifodalashdir” 6
, (Bu yerda axborot tashqi olamni aks ettirish
(gnoseologik   jihat)   va   adaptatsiya   (unga   ko‘nikish)   deb   ifodalanadi),   L.Popov:
“Axborot kommunikatsiya va aloqa jarayonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi” 7
,–
deb   hisoblaydi.   (Bu   ta’rifda   asosan   axborotning   falsafiy-psixo-   logik
(kommunikatsiya,   aloqa)   tomoniga   e’tibor   qaratiladi.)   R.Eshbi:   “Axborot   -
strukturalarning   me’yori,   yangilik,   originallik” 8
,   S.Mol:   “Axborot   -   tanlash
ehtimolligi” 9
  , L.G.Svitich: “Axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy
falsafiy,   metolingvistik   ma’noda   potensial,   keng   yoritilgan   real   mohiyatlarning
majmui” 10
 ,– degan ta’riflarni berishgan. Bular ichida axborotning eng sodda klassik
ta’rifi  bu - ma’lumot berishdir.
            Yuqoridagilardan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   axborot   mazmuni   va   tushunchasiga
berilgan ta’riflar xilma-xilligi bilan ajarilib turadi.   
        Umuman   olganda   bugungi   kunda   axborot   tushunchasini     kundalik   hayotda
qo‘llayotgan  kishilar:
        –   axborot   -   unga   moslashish   jarayonida   tashqi   dunyodan   olingan   mundarijani
anglashdir;
    – axborot - jarayon davomida noma’lumlikni bartaraf etadigan komunikatsiyadir;
   –  axborot — xilma-xilligini yetkazishdir;
   –  axborot - orginallik, yangilikdir; 
   –axborot - tizimning murakkabligi chorasidir;
   –axborot - tanlash ehtimolidir;
6
Винер Н. Кибернетика и обшество. -М.: Наука, 1991. -С.620.
7
Қаранг: Попов Л. Информациология и информационная политика. -М.:Луч, 1999. -С.27.
8
Қаранг: Эшби Р. Массовая информация: стратегия и тактика потребления.-М.: Дело, 1993. -
С.469.
9
Қаранг :   Моль С. Информационное воздействие в современном мире. -М.:Крымский мост,
2004. -С. 484.
10
Қаранг :  Свитич Л .П. Социальная информациология. -М.: Алгоритм, 2000. -С.250       –   axborot   -   xilma-xillikni   aks   etirishdir   degan   ma’nolarni   anglatish   uchun
ishlatadilar.   Ko‘rinib   turibdiki,   axborot   tushunchasi   bugungi   kunda   global   ma’no
kasb etmoqda. U inson tafakkuriga ta’sir o‘tkazuvchi, insoniyat hayoti va taqdirini u
yoki   bu   tomonga   burib   yuboruvchi,   goh   salbiy,   goh   ijobiy   mohiyat   kasb   etuvchi
vositaga aylandi 11
.
     Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, axborot arabcha “xabar” so‘zidan olingan
bo‘lib,   “darak”,   “ma’lumot”,   “ovoza”   degan   ma’nolarni   anglatadi 12
.   Shu   tariqa
bugungi   kunda   axborot   deganda biror   kimsa,   narsa   yoki   hodisa   haqida   darak,
ma’lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali yetkazish yoki ovoza qilish
tushuniladi.
      Falsafiy jihatdan axborotlarni o‘zining aks ettirish  ob’ektiga  ko‘ra:  birinchidan,
tabiat   (koinot,   yer-suv,   tuproq,   o‘simlik,   hayvonot   va   boshqalar);   ikkinchidan,
jamiyat   (odamlar,   jamoat   birlashmalari,   davlatlar,   ularning   tuzilishlari,   iqtisodiy,
siyosiy,   ma’naviy-ma’rifiy   faoliyatlari);   uchinchidan ,   inson   faoliyati   (jismoiniy   va
aqliy salohiyati, salomatligi, ongi va tafakkuri, mentaliteti, moyilligi  va boshqalar)
haqida   batafsil   ma’lumotlarni   yetkazib   beruvchi   guruhlarga   ajratish   mumkin.   Bu
bilan   ularni   tasniflash   muammosi   tugamaydi.   Darvoqe,   mavjud   olamda   yuz
berayotgan   hodisa,   voqea,   jarayonlar   qanchalik   tez   va   izchil   kechsa,   ular   haqidagi
informatsiyalar oqimi ham shunchalik ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. 
          Bugungi   kundagi   axborotlarni   o‘zining   sub’ektiga   ko‘ra   uchta   katta   guruhga
ajratish mumkin.  Bunda:
birinchi guruhga  axborotlarni o‘zida miqdoriy va sifatiy jihatdan aks ettirgan holda
saqlovchi,   qayta   ishlovchi   va   uzatuvchi   texnologiyalarga   asoslangan   vositalar   –
oddiy   aloqa   tarmoqlaridan   tortib   bugungi   kundagi   murakkab   texnologiya   asosiga
qurilgan   ixcham   va   qulay   har   xil   turdagi   katta   va   kichik   qurilmalargacha   bo‘lgan
vositalarni o‘z ichiga oluvchi; 
ikkinchi guruhga  ularning ijodkori bo‘lgan intelektual aql sohiblarini;    
11
Қаранг: Муҳаммад Амин Яҳё. Интернетдаги таҳдидлардан ҳимоя. –Т.:«Моуагоиппаhг», 
2016. -Б.206.
12
  Ўзбек тилининг  изоҳли луғати.  4.Ж. –Т.: “Ўзбекистон  миллий энциклопедияси”  Давлат
илмий нашриёти, 2008. –Б.370. uchinchi   guruhga   ulardan   foydalanuvchi   shaxs,   jamoa   va   boshqa   turli   xildagi
birlashmalarni kiritish mumkin.
     Bulardan tashqari axborotlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin:
    “idrok qilish usuliga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ajratiladi: 
         – vizual - ko‘rish organlari orqali qabul kilinadigan axborotlar;
         – audial - eshitish organlari orqali qabul qilinadigan axborotlar;
         – hidlash orqali qabul qilinadigan axborotlar;
        –  teri sezgisi orkali qabul qilinadigan axborotlar.
Takdim etish ko‘rinishiga ko‘ra axborotlarning quyidagi shakllari mavjud:
        –  matnli axborot - turli ramzlar orqali ifodalanadi;
        –  sonli axborot - raqamlar va belgilar yordamida ifodalanadi;
        –  grafik axborot - predmetlar, tasvirlar, grafiklar yordamida 
           ifodalanadi;
       – tovushli axborot - og‘zaki yoki tovush uzatadigan yozuv shaklida 
ifodalaniladi.
Axborot vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
      – ommaviy jamiyatning ko‘pchilik qismi uchun tushunarli bo‘lgan 
         axborotlar;
      –  maxsus  tor ijtimoiy guruh doirasi uchun mo‘ljallangan axborotlar;
      –  shaxsiy kaysidir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat 
          axborotlar» 13
.
      Tabiat   va   jamiyat   ichida   va   ular   o‘rtasida   qanchalik   narsa,voqea,hodisa   va
jarayonlar   ko‘p   bo‘lsa,ularning   in’ikosi   va   tashuvchisi   bo‘lgan   axborotlar   ham
shunchalik   ko‘p   va   serqirra   mazmunga   ega   bo‘ladi.   Taraqqiyotning   kelgusidagi
ta’qdiri   ana   shu   axborotlardan   tez   va   samarali   foydalanishga   ko‘p   jihatdan
bog‘liqdir.
3-§.   Axborot   -   kommunikatsiya   texnologiyalari   va   ularning     rivojlanish
tendensiyalari.
13
Қаранг: Алиев  Б.,Мелиқулов А.Ахборот хуружларидан хабардормисиз?  Т.:«Маънавият»,
2015. – Б. 7-8. E ndilikda, XXI  asrga kelib insoniyat o‘zining yangi sifatiy bosqichiga o‘tishi
hech kimda shubha uyg‘otmaydi,desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Chunki ko‘z
oldimizda   texnika   va   texnologiyalarning   yangidan   yangi   avlodlari   yaratilib,   bir
tomondan,   inson   aql-sakovatining   cheksiz   ekanligini   ko‘rsatsa,ikkinchi   tomondan
esa   uni   barcha   kishilar   o‘zlashtirib   olishlari,o‘z   maqsadlari   yo‘lida   foydalanish
borasida   bir   qator   qulayliklarni   yaratib   bermoqda.   Ularning   negizida   axborot-
kommunikatsiya   texnoldogiyalari   (AKT)   sohasida   yuz   berayotgan   inqillobiy
o‘zgarishlar turadi.
     Shunday ekan axborot - kommunikatsiya texnologiyalari deb nimalarga aytiladi?
Bunda   axborot 14
  –   ma’lumotlarni   yig‘ish,saqlash   va   uzatish   bo‘lsa,
kommunikatsiya 15
  –   transport,   aloqa   yo‘llari,   inshootlardan   iborat   bo‘lgan   aloqa
vositalari   turkumi,   texnologiya 16
  –   xomashyo   va   meteriallarga   tegishli   ishlab
chiqarish   qurollari   yordamida   ishlov   berish   yoki   qayta   ishlash,ularning
holati,xossalari   va   shaklini   o‘zgartirishda   qo‘llanadigan   usullar(metodlar)   majmui
hisoblanadi.  Ushbu atamalarning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda axborot
kommunikatsiya   texnologiyalari   tushunchasiga   quyidagicha   ta’rif   va   tavsif   berish
mumkin.   Axborot   -   kommunikatsiya   texnologiyalari     deb axborotlarni
olish,to‘plash,saqlash,qayta   ishlash,o‘zgartirish   va   uzatish   jarayonida
qo‘llaniladigan vositalarning holati,xossa va shakllarini o‘zgartirish usullari orqali
yangilarini   yaratish   va   ulardan   tezkor   sur’atlar   bilan   foydalanish   amaliyotiga
aytiladi.
Bular jumlasiga internet,televedenie,radio,matbuot va boshqalar kiradi.
14
“Ахборот”    –   арабча хабар сўзидан олинган бўлиб,иш,воқеа-ҳодисалар ҳақида тушунча
берувчи   хабар,маълумот   деган   маъноларни   англатади.//   Ўзбек   тилининг   изоҳли
луғати.Ж.1.–   Т.:   “Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси”   Давлат   илмий   нашриёти,   2006.   –
Б.119.
15
“Коммуникация”  –  лотинча communication < communicare – «умумий қилмоқ, боғламоқ
фикр алмашув, алоқа», деган маъноларни англатади.//Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.2.–
Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. –Б.395.
16
“ Технология”  –  юнонча techne – маҳорат,санъат + logos    – таълимот,яъни «бирон  бир
нарсани   яратишда   қўлланиладиган     маҳорот     ҳақидаги     таълимот»   ,деган   маънони
англатади//Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4.–Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”
Давлат илмий нашриёти, 200. – Б.81.       Axborot   -   kommunikatsiya   texnologiyalarining   rivojlanish   tendansiya 17
lari
quyidagilardan iborat.
1-tendensiya.   Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarining   ichida   yuz
berayotgan   o‘zgarishlar,natijasida   ularning   yangi   avlodini   yaratish   borasidagi
izlanishlar.Masalan,transport   vositalaridan   foydalanishda   benzin,   gaz,   elektr
energiyasidan   foydalanish   oxir-oqibatda   kutilmagan   holatlarni   keltirib   chiqarishi
mumkin,   shuning   uchun   ham   hozirgi   kunda   bu   masalani   yechish   ustida   ish   olib
borilmoqda.
2-tendensiya.   Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   qanday
maqsadlarda   foydalanishlariga   qarab   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-
huquqiy,   ma’naviy-madaniy     hayotida   sodir   bo‘ladigan     o‘zgarishlarning   falsafiy
mantig‘i   tashkil   qiladi.Masalan,   davlatlararo   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari   yordamida   “elektron   huqumat”   doirasidagi   olib   boriladigan
shartnomalar va ularning bajarilishi bunga misol bo‘la oladi.
        AKT   ni   rivojlantirish   va   uning   natijalaridan   mamlakat   hayotining   barcha
sohalarida unumli foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 30 iyun kuni «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun
shart-sharoitlarni   tubdan   yaxshilash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»   Farmoni   e’lon
qilindi.   Bundan   ko‘zlangan   maqsad   –mamlakatimizda   AKT   uchun   xalqaro
standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish,mahalliy
ishlab   chiqaruvchilar   tomonidan   sifatli   va   raqobatdosh   dasturiy   mahsulotlar   ishlab
chiqarishni   kengaytirishni   rag‘batlantirishni   kuchaytirish,AKT   mahsulotlapri
eksportini   kengaytirish,mahalliy   va   xorijiy   investitsiyalarni   jalb   etishni
rag‘batlantirishni tashkil etishdan iborat 18
.
3-tendensiya.   Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   mafkuraviy
maqsadlarda   foydalanish   borasidagi   xatti-harakatlar.   Buning   yoqqol   ifodasini
17
“Тенденция”   –   немисчаTendens   <лотинча   tendere   –   йўналмоқ,интилмоқ   сўзларидан
олинган   бўлиб   тараққиёт   йўналиши;бирор   нарсага   қизиқиш,мойиллик,интилиш   деган
маъноларни   англатади.//Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.Ж.4.–Т.:   “Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 200. – Б.65.
18
Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   «Республикада   ахборот   технологиялари
соҳасини   ривожлантириш   учун   шарт-шароитларни   тубдан   яхшилаш   чора-тадбирлари
тўғрисида» Фармони. 2017 йил 30 июнь// «Халқ сўзи» газетаси,2017 йил 1 июль. axborot   kommunikatsiya   texnologiyalaridan     tinchlik,   hamkorlik,   bunyodkorlik
yo‘lida ish olib borayotgan ezgulik tarafdorlari ham, shuningdek,urush olib borish,
gegemonlik   qilish,   sotqinlik,   xunrezlik,   vahshiylik   kabi   g‘ayriinsoniy   hatti-
harakatlar   bilan   shug‘ullanuvchi   buzg‘unchi   to‘dalar   ham   foydalanishga
urunayotganligida ko‘rish mumkin.  Bularning ichida internet alohida ajralib turadi Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Yaxshilikov   J.Ya.,Muhammadiyev   N.E.   Texnika   va   inovatsion
texnologiyalar  falsafasi. darslik –  Samarqand   2019.
A3. Falsafa asoslari .  (mas. muh:  Q.Nazarov ). -  Т :   O‘zbekiston,  2005. - 384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338 b.  
A5 Emirova   Ye.,   Strelsova   A.   Vvedeniye   v   filosofiyu.   –   T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev B. Borliq (falsafiy tahlil).   – Samarqand.: Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. - 574
b.
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
Q1. 1. Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib,   yangi   bosqichga   ko‘taramiz.1-jild,   Toshkent,   O‘zbekiston,   2017
yil.
Q2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy bahodir.2-jild, Toshkent, O‘zbekiston, 2018 yil.

INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR –TEXNIKA FALSAFASINING TADQIQOT OB’EKTI Reja: 1.Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. 2.Axborot tushunchasi,uning tur va shakllari. 3.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning rivojlanish tendensiyalari..

1-§. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri va XX1 asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek,tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni “Axborotlashgan jamiyat” 1 deb atashga asos bo‘lmokda. «Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Yu.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga “Yaponiya axborotlashgan jamyat bardamligi siyosatiga chizgilar”, 1971 yili “ Axborotlashgan jamiyat rejasi” kabi tadqiqotlarni taqdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng qo‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universititning prof. Yu.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. To‘g‘ri, axborotlashgan jamiyatning mohiyat-mazmuni haqida olimlar tomonidan turli xil qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar ilgari surilgan. Shular ichida M.Kastelsning fikri diqqatga sazovordir. Uningcha, Axborolashgan jamiyat mohiyatini bir-biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar belgilaydi: axborot va bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy o‘zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylanadi; ishlab chiqarish omili bo‘lmish xom ashyo, mehnat, mablag‘ resurslariga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi; axborot yetkazib berish va undan foydalanishni ta’minlovchi sohalar ahamiyati shiddatli tarzda osha boradi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) — axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish — axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya — axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, 1 Ахборотлашган жамиятни ижтимоий феномен тарзда тушунтириб бериш масалалари Д.Белл, А.Тоффлер, М. Кастельс, У.Ростоу, П.Дракер, Ж.Гелбрейт, Ф.Уэбстер,И.Масуда каби олимларнинг асарларида муфассал баён қилинган.

ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomil- lashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intel- lektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi 2 . Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy omillar – bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi 3 . 2006 yilning BMT Bosh Assambleyasi Butun jahon axborot jamiyati yili deb e’lon qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligadan dalolat beradi. Hozirgi davrda dunyodagi barcha dav- latlarning axborotlashgan jamiyat tomon intilishi kuzatilmoqda. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlar tizimi o‘zgaradi, modsiy boyliklarga faqat jamg‘arma sifatida qarashlar o‘rniga madaniy hordiq chiqarish, intellektual boylik ortirish vositasi sifatida yondashuvning ahamiyati ortadi. Rossiyalik faylasuf olim A.A.Chernov global informatsion jamiyat tushunchasini axborot texnologiyalarini o‘sib borishi va jamiyat hayotiga kirib borishidir deb izohlaydi: “globallashuv ko‘p hollarda axborot va axborot texnologiyalarining yangi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishidir, “elektron hokimyat”ning takomillashuvi, paydo bo‘lishi, “kibersiyosat”ning kengayib borishi, “kiberdemokratiya”ning kuchayishi, “siyosiy kommunikatsiyalarni kompyuterlashtirishining rivojlanishi globallashuvni yuzaga keltirmoqda” 4 . 2 Қаранг: Кастельс М. Информационная эпоха:Экономика,общества,культура. – М.: Изд-во «ВШЭ»,2000.–С.502-503. 3 Қаранг: Фалсафа:энциклопедик луғат. – Т.:“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010. –Б.33-34. 4 Қаранг: Чернов А. А. Становление глобального инфор мационногообшества. Проблемы и перспективы -М.: Дашнков и.К: 2003. – С.5-6.

Yuqoridagi ta’rif va tasnifda axborotlashgan jamiyatning texnik va texnologik jihatlariga asosiy urg‘u berilgan, globallashuv faqat axborotlashuv bilangina bog‘liq degan xulosa ilgari surilgan. Bu jarayon global o‘zgarishlarga xos bo‘lib, axborot madaniyati o‘sishining rivojlangan bosqichini anglatib, uning jamiyat hayotida tobora salmoqli o‘rin egallayotganligini bildiradi. Insoniyat globallashuv va axborotlashtirish deb atalgan yangicha aloqa va hamkorlik tizimlari yo‘lga ko‘yilgan va tobora jadal sur’atlarda kengayib borayotgan taraqqiyot bosqichiga chiqdi. Natijada “globallashuv” va “axborotlashuv” tushunchalari faqat iqtisodiy hayotni emas, balki ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshqa deyarli barcha sohalardagi umuminsoniy jarayonlarni qamrab oluvchi tushunchaga aylandi. Globallashuv insoniyat tarixi va taraqqiyotidagi ob’ektiv zaruriyat bo‘lib, uni chetlab o‘tish mumkin emas, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madani- yat va iqtisodiyotlarining yakinlashuvini tezlashtiradi,ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shuning uchun ham fuqarolik jamiyati davrida axborot komunikatsiyalar tizimidagi globallashuv tobora ilgarilab borayotgan ijtimoiy voqelikdir. Globallashuv tufayli odamlar bir lahzada o‘zini qiziqtiradigan axborotni darhol olish, unga egalik qilish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayon mazmuni to‘g‘risida I.A.Karimov: “Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q,deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas” 5 ,– degan edi. Shunday qilib, axborotlashgan jamiyat – bu tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan narsa, hodisa, voqea, jarayonlar haqida axborotlarni yig‘ish, yaratish, saqlash, qayta ishlash,tizimlashtirish, uzatish va qabul qilish, iste’mol, ayirboshlash,taqsimlashga asoslangan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘un holda tezkor harakatga keltiruvchi intelektual munosabatlar zaminiga qurilayotgan kishilar jamiyatidir. 5 Каримов И.А. Юксак маънавият–енгилмас куч.– Т.: Маънавият,2008.– Б.112.

2-§.Axborot tushunchasi,uning tur va shakllari. Xo‘sh, axborot o‘zi nima? Bu savolga olimlar quyidagicha javob berishganlar. Masalan, N.Viner:“Axborot - tashqi olamga ko‘nikish jarayonida undan olingan mazmunni ifodalashdir” 6 , (Bu yerda axborot tashqi olamni aks ettirish (gnoseologik jihat) va adaptatsiya (unga ko‘nikish) deb ifodalanadi), L.Popov: “Axborot kommunikatsiya va aloqa jarayonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi” 7 ,– deb hisoblaydi. (Bu ta’rifda asosan axborotning falsafiy-psixo- logik (kommunikatsiya, aloqa) tomoniga e’tibor qaratiladi.) R.Eshbi: “Axborot - strukturalarning me’yori, yangilik, originallik” 8 , S.Mol: “Axborot - tanlash ehtimolligi” 9 , L.G.Svitich: “Axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolingvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui” 10 ,– degan ta’riflarni berishgan. Bular ichida axborotning eng sodda klassik ta’rifi bu - ma’lumot berishdir. Yuqoridagilardan ham ko‘rinib turibdiki, axborot mazmuni va tushunchasiga berilgan ta’riflar xilma-xilligi bilan ajarilib turadi. Umuman olganda bugungi kunda axborot tushunchasini kundalik hayotda qo‘llayotgan kishilar: – axborot - unga moslashish jarayonida tashqi dunyodan olingan mundarijani anglashdir; – axborot - jarayon davomida noma’lumlikni bartaraf etadigan komunikatsiyadir; – axborot — xilma-xilligini yetkazishdir; – axborot - orginallik, yangilikdir; –axborot - tizimning murakkabligi chorasidir; –axborot - tanlash ehtimolidir; 6 Винер Н. Кибернетика и обшество. -М.: Наука, 1991. -С.620. 7 Қаранг: Попов Л. Информациология и информационная политика. -М.:Луч, 1999. -С.27. 8 Қаранг: Эшби Р. Массовая информация: стратегия и тактика потребления.-М.: Дело, 1993. - С.469. 9 Қаранг : Моль С. Информационное воздействие в современном мире. -М.:Крымский мост, 2004. -С. 484. 10 Қаранг : Свитич Л .П. Социальная информациология. -М.: Алгоритм, 2000. -С.250