logo

INTERNET VA UNI INFORMATSION TEXNOLOGIYaLAR RIVOJIDAGI URNI VA AHAMIYaTI. OB’EKTI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.328125 KB
INTERNET VA UNI INFORMATSION TEXNOLOGIYaLAR  RIVOJIDAGI
URNI VA AHAMIYaTI. OB’EKTI
Reja:
1.Internet va uning informatsion texnologiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni.
2.Internet   orqali   tarqatilayotgan   texnika   va   texnologiyalarga   oid
informatsiyalar,ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari...
3.Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish muammolari.....  1. Internet va uninginformatsion texnologiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni
Texnologik   gegemonlikka   intilayotgan   kuchlar   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalaridan,jumladan   internet     orqali   o‘zgalarning   texnika   va   texnologiya
sohasidagi yutuqlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqdalar.
          Xo‘sh,   internet   nima?   Internet   inglizcha   Internet   –   to‘r,   o‘rgimchak   to‘ri:
umumjahon   tarmog‘i   degan   so‘zlardan   olingan   bo‘lib,   o‘zbek   tilida   umumjahon
kompyuter tarmog‘i, ya’ni butun jahon bo‘yicha tarqalgan va telefon hamda optik-
tolali   liniyalar,   modemlar   va   boshqalar   bilan   o‘zaro   bog‘langan,   har   qanday
axborotni   o‘zaro   almasha   oladigan   katta   miqdordagi   kompyuterlar   majmui   degan
ma’noni   bildiradi.   Bu   tarmoq   1972   yilda   AQSh   mudofaa   vazirligining   loyihasi
asosida   vujudga   kelgan   bo‘lib,   u     XX   asrning   buyuk   kashfiyotlaridan   biri
hisoblanadi.   Umuman   olganda   internet     vaqtni   va   mablag‘ni   tejashga   yordam
berishidan   tashqari   axborotlarni   juda   tez   uzatish   va   qabul   qilish,   kerakli
ma’lumotlarni   tez   izlab   topish,   uzog‘imizni   yaqin   qilish,   onlayn   suhbatlar   qurish,
dunyo   voqealari   bilan   qisqa   fursatlarda         xabardor   bo‘lish   kabi   ko‘plab
imkoniyatlarni yaratib beradi.
Hozirgi   kunda   internet   tizimining   ijtimoiy   tarmoqlari   xizmatlari   keng   ommalashib
bormoqda.   Ijtimoiy   tarmoqning   maqsadi   internetda   o‘zaro   qiziqishlar   yoki
faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. 
Masalan, birgina 2019 yilda: 
–“UZ” domenidagi domenlar soni 30 168 saytni tashkil etdi (o‘sish 119%). 
– Mail.uz   elektron pochtasi milliy tizimidagi foydalanuvchilar soni 398 500
nafardan oshdi (o‘sish 151%);
–   11   325   ta   umumta’lim   maktablari,   o‘rta-maxsus   va   oliy   ta’lim
muassasalarining   10   620   (93,8%)   tasi   ZiyoNET   tarmog‘iga   ulangan,     ZiyoNET
tarmog‘idagi resurslar soni  130 000 dan oshdi (o‘sish 119%);
– joylardagi barcha davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining veb-
sahifalari yaratildi;
– 295 davlat axborot resurslari, 499 davlat  axborot tizimi joriy etildi;
– elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar soni 1 720 mingtaga yetdi; Foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish, mobil aloqa operatorlari tomonidan mobil
tarmoqlarining     hajmi   va   o‘tkazuvchanlik     qobiliyatini   oshirish   masadida
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida 18,3 ming tayanch stansiyalari o‘rnatildi. 2020
yilda viloyatlarda 455 4G tayanch stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
So‘nggi   yilda   ma’lumotlar   o‘tkazish   tezligi     ikki   baravardan   oshdi.   Yurtimizda
internet foydalanuvchilar  ikki baravar ko‘paydi va 14,7 million nafar kishini tashkil
etadi 1
.
Foydalanuvchilarining soni   bo‘yicha   hozirda   G‘asebook   ijtimoiy tarmog‘i
500 000 000 foydalanuvchisi bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda
MuSrase   (255000000   foydalanuvchi),   Odnoklassniki   (205000000   ortiq),   Twitter
(200000000   foydalanuvchi),   Windows   Live   Spaces   (120   000   000   foydalanuvchi)
ijtimoiy tarmoqlarni keltirish mumkin.
          Ammo   hamma   narsaning   yaxshi   va   yomoni   bo‘lganidek,   bu   qulayliklar   bilan
birga   internetdan   samarali   va   maqsadli   foydalanuvchilardan   tashqari   undan   vaqtni
bekorga   o‘tkazish,   turli   ko‘ngilochar   hamda   behayo   saytlardan   foydalanuvchilar
ham   ko‘payib   bormoqda.   Buning   asosiy   sababi   internetdan   foydalanuvchilarning,
ayniqsa,   yoshlarning   tizimdan   maqsadli   foydalanish   ko‘nikmalari   va   madaniyatini
to‘liq shakllanmaganligi deb aytish mumkin.
E’tibor   berib,   keltirilgan   veb   sahifalar   tahlili   quyidagi   salbiy   holatlar   va
kamchiliklar:   foydalanuvchilarning   ayrimlari   o‘z   nomlari   bilan   ro‘yxatdan
o‘tkazmasligi;  nomaqbul    foto sur’atlar  qo‘yishi;   o‘zaro  muloqatlarda  hurmatsizlik
qilishi;   bema’ni   gaplar   yozishi,     ba’zan   noto‘g‘ri   ma’lumotlardan   foydalanishi;
sahifalar           ijtimoiy           bo‘lishiga         qaramasdan         siyosiy muloqatlar o‘rnatishi
kabi holatlarning  uchrab turishini ko‘rsatmoqda.
           Shu bilan bir qatorda katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan korchalonlar
o‘zlarining   g‘arazli   maqsadlarini   amalga   oshirish   maqsadida   o‘zlarining
dushmanlarini   badnom   qilish   yoki   boshqalar   ustidan   texnologik   gegemonlikka
erishish uchun o‘zga xalqlarga nisbatan texnologik xuruj   qilish ishlarini bajarishda
internetdan keng ravishda foydalanmoqda.
1
https://invest.gov.uz/uz/investor/ikt/    2. Internet  orqali tarqatilayotgantexnika va texnologiyalarga    oid
informatsiyalar,ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy   tomonlari
Yuqorida   ta’kidlaganidek,internet   -   insoniyat   aqliy   salohiyati   erishgan   eng
buyuk   kashfiyotlardan   biri   bo‘ldi.   Bugungi   kunga   kelib   dunyo   aholisining   deyarli
35%   (2milliard   400   milliondan   ortik)   qismiinternetga   ulanish   imkoniga   ega.
Mutaxassislar tomonidan 2020 yilga boribbu ko‘rsatkich 50% ni tashkil etishi aytib
o‘tilmoqda.   Mutaxassislarning   tadqiqotlari   natijasiga   ko‘ra   hozirda   internet
tarmog‘idagi   ma’lumotlarning   70-75   %   i   inson   uchun   zarar   keltiruvchi   g‘oyalar
hisoblanadi 2
.
 Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, barcha mavjud
saytlarning taxminan 12 foizi parnografik xususiyatlarga ega, 44,0% zo‘ravonlik va
yovuzlik   ko‘rinishiga,   41,0%   jangari,   turli   otishmalar   va   portlashlarga   asoslangan
mavzuga   bag‘ishlangan.   Shuningdek,   bugungi   kunda,   insoniylikka   butunlay   zid,
yovuzlikka asoslangan shaytoniy sektalar faoliyati ham jadallashmokda 3
.
     Shunday ekan, o‘zbek xalqini tanlagan yo‘lidan chalg‘itish uchun internet  orqali
qilinayotgan salbiy informatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Birinchidan,   jamiyatimiz   a’zolarining   ongi   va   tafakkuriga,xususan
intellektual-texnikaviy   salohiyatiga   ta’sir   qilishga   qaratilgan   informatsion
xurujlar .   Ma’lumki,   xalqimizning   asrlar   davomida   shakllanib   kelayotgan   milliy
ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‘zi yashayotgan
mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bilan qarash, muayyan
voqea   va   hodisalarga   bosiqlik,   mulohaza   va   andisha   bilan   munosabatda   bo‘lish,
jamoa   fikriga   nisbatan   alohida   ehtirom   ko‘rsatish   kabi   xislatlar   ustuvorlik   qiladi.
Qolaversa,   aynan   mana   shu   qadriyatlar   jamiyatimiz   ma’naviyatining,intellektual-
texnikaviy salohiyatining  tamal toshini tashkil qiladi.
2
  Қаранг: http//old/reliqions.us/usb/news  17 Ноябрь, 2013. Инсон онги учункурашнинг янги
шакллари.
3
Қаранг : Абдумаликов А. Фуқаролик жамиятида шахс информацион маданиятини 
шакллантириш:монография.– Т.: Фан,2016.– Б.60.         Bunday   vaziyatni   yaxshi   o‘rgangan   g‘animlarimiz   bizga   qarshi   ma’naviy
xurujlarni   amalga   oshirishda   xalqimizning   mana   shunday   ulug‘vor   qadriyatlariga
mutlaqo   teskari   va   begona   bo‘lgan,   asosan   “individualizm”,
“egoizm”,“kosmopolitizm”,“zo‘ravonlik”,“diniy mutaassiblik”, ”texnokratizm” kabi
g‘oyalarini   iloji   boricha   chiroyli   niqoblarga   o‘rab,   jamiyatimizga   olib   kirishga
urinmoqda.   G‘animlarimizning   xalqimiz   milliy   ongiga   ta’sir   ko‘rsatishdan
ko‘zlangan   asosiy   maqsadi     davlatimiz   asoschisi   I.A.   Karimov   xulosa   qilganidek:
“O‘zbekistonda   hukm   surayotgan   tinchlik   va   osoyishtalikni,   jamiyatimizdagi
bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish,
tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarishdir.
Odamlarimizning   yuragiga   vahima   va   qo‘rquv   solish   hisobidan   ularning   ertangi
kunga   bo‘lgan   ishonchini   yo‘qotish,   bir-biriga   qarshi   qo‘yish,   yurtimizda,
mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat” 4
.
        Ikkinchidan,   milliy   urf-odatlarimizga   bo‘layotgan   informatsion   xurujlar.
Ma’lumki, xalqimizda o‘ziga xos milliy odatlar, an’analar shakllangan. Jamoa bo‘lib
yashash,   qarindosh-urug‘larga   mehribonlik,   to‘y   va   ma’rakalar,   bayramlar,   tarbiya
masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning boshqalarda uchramaydigan o‘ziga
xos yuqori darajasining namoyon bo‘lishi  shular  jumlasidan. Xalqimizning bu urf-
odatlari   asrlar   davomida   jamiyat   mustahkamligining   asosi   bo‘lib   xizmat   qilib
kelmoqda. 
            Milliy   an’analarimiz   va   urf-odatlarimizning   mamlakatimiz   taraqqiyoti   uchun
naqadar   ulkan   ahamiyatini   sezgan   tahdidchilar   bu   borada   ham   muayyan
informatsion   xurujlarni   amalga   oshirmoqda.   Shu   maqsadga   erishish   uchun   ular
global   aloqa   tizimlari   va   boshqa   vositalar   orqali   ma’naviy   qashshoqlikka,
tarkidunyochilikka,   odamlarga   nisbatan   oqibatsizlik   va   shafkatsizlikka,texnikaviy
zo‘rovonlik,vahshiyliklarni olib keluvchi g‘oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‘r
berib   targ‘ib   qilmoqda.   Bular   orasida,   ayniqsa,   odamovilik,   ota-onaga   nisbatan
4
  Каримов   И.А.   Ватанимизнинг   тинчлиги   ва   хавфсизлиги   ўз   куч-қудратимизга,
халқимизнинг   ҳамжиҳатлигига   ва   букилмас   иродасига   боғлиқ   //   Унинг   ўзи .   Тинчлик   ва
хавфсизлигимиз   ўз   куч-қудратимизга,   ҳамжиҳатлигимиз   ва   қатъий   иродамизга   боғлиқ.
Т.12. – Т.: Ўзбекистон, 2004. –Б.250. bepisand   qarash,   shaxsiy   hayotni   ulug‘lash   kabi   g‘oya   va   qarashlar   ustuvorlik
qilmoqda.
Uchinchidan,   milliy   madaniyatimizga   bo‘layotgan   xurujlar.   Sir   emaski,
xalqimizning   milliy   madaniyati   o‘zining   qadimiyligi,   boyligi   bilan   alohida   ajralib
turadi.   Markaziy   Osiyo   tarixida   aql-idrok   bilan   ma’naviy   jasoratni,   diniy
dunyoqarash   bilan   qomusiy   bilimdonlikni   o‘zida   mujassam   etgan   allomalar   ko‘p
bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad
Yassaviy,   Al-Xorazmiy,   Beruniy,   Ibn   Sino,   Amir   Temur,   Mirzo   Ulug‘bek,
Zahiriddin   Bobur   va   boshqa   ko‘plab   buyuk   ajdodlarimiz   milliy   madaniyatimizni
rivojlantirishga   ulkan   hissa   qo‘shdilar,   xalqimizning   milliy   iftixori   bo‘lib   qoldilar.
Ularning   nomi,   jahon   sivilizatsiyasi   taraqqiyotiga   qo‘shgan   buyuk   hissasi   hozirgi
kunda butun dunyoga ma’lum.
   Ma’naviy-mafkuraviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a’zolarini milliy
madaniy-texnikaviy   boyliklar   va   imkoniyatlardan   begonalashtirishga   harakat
qilmoqda. Shu maqsadda ular Internet tarmog‘idan, kinofilmlar va san’at turlaridan
foydalangan   holda   nihoyatda   ohanrabo,   lekin   yengil-yelpi,   inson   tafakkurini
rivojlantirishga   emas,   aksincha   uning   sayozlashuviga   xizmat   qiluvchi   namunalarni
jamiyatimizga olib kirishga intilmoqda. Bunday san’at va madaniyat namunalarida
behayolik, mantiqsizlik g‘oyalarining targ‘iboti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki, bu
mamlakatlarning o‘zlari millatlarni parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun
sharmandali   vaziyatlarni   demokratiya,   inson   huquqlari   kabi   oliy   qadriyatlar   shiori
ostida targ‘ib qilmoqda.
         Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda
mamlakatimizning har bir fuqarosida samarali va mustahkam ma’naviy immunitetni
shakllantirish   kechiktirib   bo‘lmaydigan   vazifaga   aylandi.   I.A.Karimov
ta’kidlaganidek:   “Bir   xalqni   o‘ziga   tobe   qilishni   istagan   kuchlar,   avvalo,   uni
o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. ...Shunga o‘xshash zararli
ta’sirlar   davom   etaversa,   millat   o‘zligini   yo‘qotishi,   ming   yillik   an’analarini   boy
berib, olomonga aylanib qolishi ham hech gap emas. Tabiiy savol tug‘iladi: bunday
mafkuraviy   ta’sirlar   salbiy   oqibatlarga   olib   kelmasligi   uchun   nima   qilish   kerak? Buning   yo‘li   –   odamlarimiz,   avvalambor,   yoshlarimizning   iymon-e’tiqodini
mustahkamlash,   irodasini   baquvvat   qilish,   ularni   o‘z   mustaqil   fikriga   ega   bo‘lgan
barkamol   insonlar   etib   tarbiyalash.   Ularning   tafakkurida   o‘zligini   unutmaslik,   ota-
bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror
toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga
erishishdir” 5
.   Bugun   kuchli   davlatlarning   targ‘ibot   va   tashviqotlari   natijasida
uchinchi   dunyo   mamlakatlari   o‘zlarining   yuqori   malakali   mutaxassislaridan
ajralmoqdalar.   Oddiygina   raqamlarga   murojaat   qilganimizda   buning   tasdig‘ini
ko‘ramiz.   G‘arb   ommaviy   axborot   vositalarining   doimiy   tarzda   olib   boradigan
targ‘ibot   va   tashviqotlari   natijasida   kambag‘al   Afrika   mamlakatlari   uchun   yuqori
malakali   mutaxassislarga   bo‘lgan   ehtiyoj   yuqori   bo‘lib   turgan   bir   paytda,   oliy   va
yuqori   malakali   xodimlarning   har   uchtasidan   bittasi   rivojlangan   davlatlarga   ketib
qolmoqda.   Har   yili   Afrikadan   o‘rtacha   23   000   ilmiy   xodim   va   o‘qituvchi   chiqib
ketmoqda.   Keyingi   besh   yil   mobaynida   qit’a   davlatlari   60   mingdan   ortiq   o‘rta   va
yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv xodimlaridan mahrum bo‘ldi. 
3.   Internetdan   foydalanish   madaniyatini   shakllantirish   –   tarixiy   zaruriyat
sifatida
Axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   orqali   tarqatilayotgan   kundalik
hayotda   yuz   berayotgan   vaqealar,shuningdek,texnika   va   texnologiya,fan   va   ishlab
chiqarish,   ilmiy   kashfiyotlarga   oid   axborotlarni   olish   uchun   aholining   internetdan
foydalanish madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish zarur.
    Buning uchun yoshlarimizga: 
1) internetdan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
2) kerakli ma’lumotlarni tez izlab topish malakasini ortishi; 
3) vaqtdan unumli foydalanish, vaqtni qadriga yetish; 
4) yozish savodxonligi ortishi; 
5) bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish;
5
  Каримов   И.А.   Миллий   истиқлол   мафкураси   –   халқ   эътиқоди   ва   буюк   келажакка
ишончдир //  Унинг ўзи. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз.
Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. –Б.494.  6) ijodiy va intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish; 
7) zamonaviy axborot texnologiyalarni amaliyotga qo‘llay bilish;
8)   zamon   talabi   bilan   hamnafas   bo‘lib   yashashni   o‘rgatish   asosida,   ularning
internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish uchun
  birinchidan,   texnikaviy          salohiyatini        o‘stirish       va       barkamol   avlod
tarbiyasida   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   to‘g‘ri
foydalanishni;
ikkinchidan,   axborot-kommunikatsiya   va   internet   texnologayalari
yutuqlaridan oqilona va maqsadli foydalanish;
uchinchidan ,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   va   axborotlardan
foydalanish   muhitini  yaratish;
to‘rtinchidan,   internet   tarmog‘ida   yoshlarga,   ularning   qiziqishlariga   va
intilishlariga,   axborot   ehtiyojlariga   yo‘naltirilgan   elektron   manbalarni
tashkillashtirish  kerak.
      Afsuski,   dunyoda   kiber   firibgarlik,   axloqsizlik   va   jinoyatning   turlari   va   usullari
tobora ko‘payib bormoqda. Ularga nisbatan qonunchilikni yanada takomillashtirish,
aholining   xolis   axborot   va   xavfsiz   internetga   bo‘lgan   huquqlarini   yetarli   himoya
qilish bugungi kun talabi hisoblanadi.
        Yoshlarning   internetdan   foydalanish   madaniyatini   shakllantirishda   milliy
mafkuramizni targ‘ib qiluvchi, o‘zligimizni anglatuvchi, kuchli g‘oyaviy, ma’naviy-
ma’rifiy,   ilmiy,   badiiy,   sport,   harbiy-vatanparvarlik,   milliy   o‘yinlar   yo‘nalishlarida
milliy   axborot   resurslarini   yaratish   va   rivojlantirish   zamon   talabi   hisoblanadi.
Demak, bu ish bilan faqatgina pedagoglar yoki ota-onalar emas, balki mahalla ko‘y,
tarbiyachilar,   “internet   klub”larning   xodimlari,   bolalar   va   yoshlar   tashkilotlarining
provayderlar,   ommaviy   axborot   vositalari,   xullas,   keng   jamoatchilik   birgalikda
shug‘ullanishi   lozim.   Chunki,   endilikda   yoshlar   internetdan   faol   foydalanuvchi
sub’ektlarning   aksariyat   qismini   tashkil   etadi,   ularning   texnikaviy   tafakkuri   unda
berilayotgan ma’lumot-axborotlar orqali shakllanib boradi. Bu  jarayonni taqiq yo‘li
bilan to‘xtatib bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Yaxshilikov   J.Ya.,Muhammadiyev   N.E.   Texnika   va   inovatsion
texnologiyalar  falsafasi. darslik –  Samarqand   2019.
A3. Falsafa asoslari .  (mas. muh:  Q.Nazarov ). -  Т :   O‘zbekiston,  2005. - 384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338 b.  
A5 Emirova   Ye.,   Strelsova   A.   Vvedeniye   v   filosofiyu.   –   T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev B. Borliq (falsafiy tahlil).   – Samarqand.: Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. - 574
b.
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
Q1. 1. Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib,   yangi   bosqichga   ko‘taramiz.1-jild,   Toshkent,   O‘zbekiston,   2017
yil.
Q2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy bahodir.2-jild, Toshkent, O‘zbekiston, 2018 yil.

INTERNET VA UNI INFORMATSION TEXNOLOGIYaLAR RIVOJIDAGI URNI VA AHAMIYaTI. OB’EKTI Reja: 1.Internet va uning informatsion texnologiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni. 2.Internet orqali tarqatilayotgan texnika va texnologiyalarga oid informatsiyalar,ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari... 3.Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish muammolari.....

1. Internet va uninginformatsion texnologiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni Texnologik gegemonlikka intilayotgan kuchlar axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan,jumladan internet orqali o‘zgalarning texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqdalar. Xo‘sh, internet nima? Internet inglizcha Internet – to‘r, o‘rgimchak to‘ri: umumjahon tarmog‘i degan so‘zlardan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida umumjahon kompyuter tarmog‘i, ya’ni butun jahon bo‘yicha tarqalgan va telefon hamda optik- tolali liniyalar, modemlar va boshqalar bilan o‘zaro bog‘langan, har qanday axborotni o‘zaro almasha oladigan katta miqdordagi kompyuterlar majmui degan ma’noni bildiradi. Bu tarmoq 1972 yilda AQSh mudofaa vazirligining loyihasi asosida vujudga kelgan bo‘lib, u XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda internet vaqtni va mablag‘ni tejashga yordam berishidan tashqari axborotlarni juda tez uzatish va qabul qilish, kerakli ma’lumotlarni tez izlab topish, uzog‘imizni yaqin qilish, onlayn suhbatlar qurish, dunyo voqealari bilan qisqa fursatlarda xabardor bo‘lish kabi ko‘plab imkoniyatlarni yaratib beradi. Hozirgi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari xizmatlari keng ommalashib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. Masalan, birgina 2019 yilda: –“UZ” domenidagi domenlar soni 30 168 saytni tashkil etdi (o‘sish 119%). – Mail.uz elektron pochtasi milliy tizimidagi foydalanuvchilar soni 398 500 nafardan oshdi (o‘sish 151%); – 11 325 ta umumta’lim maktablari, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining 10 620 (93,8%) tasi ZiyoNET tarmog‘iga ulangan, ZiyoNET tarmog‘idagi resurslar soni 130 000 dan oshdi (o‘sish 119%); – joylardagi barcha davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining veb- sahifalari yaratildi; – 295 davlat axborot resurslari, 499 davlat axborot tizimi joriy etildi; – elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar soni 1 720 mingtaga yetdi;

Foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish, mobil aloqa operatorlari tomonidan mobil tarmoqlarining hajmi va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish masadida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida 18,3 ming tayanch stansiyalari o‘rnatildi. 2020 yilda viloyatlarda 455 4G tayanch stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. So‘nggi yilda ma’lumotlar o‘tkazish tezligi ikki baravardan oshdi. Yurtimizda internet foydalanuvchilar ikki baravar ko‘paydi va 14,7 million nafar kishini tashkil etadi 1 . Foydalanuvchilarining soni bo‘yicha hozirda G‘asebook ijtimoiy tarmog‘i 500 000 000 foydalanuvchisi bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda MuSrase (255000000 foydalanuvchi), Odnoklassniki (205000000 ortiq), Twitter (200000000 foydalanuvchi), Windows Live Spaces (120 000 000 foydalanuvchi) ijtimoiy tarmoqlarni keltirish mumkin. Ammo hamma narsaning yaxshi va yomoni bo‘lganidek, bu qulayliklar bilan birga internetdan samarali va maqsadli foydalanuvchilardan tashqari undan vaqtni bekorga o‘tkazish, turli ko‘ngilochar hamda behayo saytlardan foydalanuvchilar ham ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sababi internetdan foydalanuvchilarning, ayniqsa, yoshlarning tizimdan maqsadli foydalanish ko‘nikmalari va madaniyatini to‘liq shakllanmaganligi deb aytish mumkin. E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar tahlili quyidagi salbiy holatlar va kamchiliklar: foydalanuvchilarning ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tkazmasligi; nomaqbul foto sur’atlar qo‘yishi; o‘zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishi; bema’ni gaplar yozishi, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanishi; sahifalar ijtimoiy bo‘lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o‘rnatishi kabi holatlarning uchrab turishini ko‘rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan korchalonlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish maqsadida o‘zlarining dushmanlarini badnom qilish yoki boshqalar ustidan texnologik gegemonlikka erishish uchun o‘zga xalqlarga nisbatan texnologik xuruj qilish ishlarini bajarishda internetdan keng ravishda foydalanmoqda. 1 https://invest.gov.uz/uz/investor/ikt/

2. Internet orqali tarqatilayotgantexnika va texnologiyalarga oid informatsiyalar,ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari Yuqorida ta’kidlaganidek,internet - insoniyat aqliy salohiyati erishgan eng buyuk kashfiyotlardan biri bo‘ldi. Bugungi kunga kelib dunyo aholisining deyarli 35% (2milliard 400 milliondan ortik) qismiinternetga ulanish imkoniga ega. Mutaxassislar tomonidan 2020 yilga boribbu ko‘rsatkich 50% ni tashkil etishi aytib o‘tilmoqda. Mutaxassislarning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra hozirda internet tarmog‘idagi ma’lumotlarning 70-75 % i inson uchun zarar keltiruvchi g‘oyalar hisoblanadi 2 . Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, barcha mavjud saytlarning taxminan 12 foizi parnografik xususiyatlarga ega, 44,0% zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga, 41,0% jangari, turli otishmalar va portlashlarga asoslangan mavzuga bag‘ishlangan. Shuningdek, bugungi kunda, insoniylikka butunlay zid, yovuzlikka asoslangan shaytoniy sektalar faoliyati ham jadallashmokda 3 . Shunday ekan, o‘zbek xalqini tanlagan yo‘lidan chalg‘itish uchun internet orqali qilinayotgan salbiy informatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining ongi va tafakkuriga,xususan intellektual-texnikaviy salohiyatiga ta’sir qilishga qaratilgan informatsion xurujlar . Ma’lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‘zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo‘lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko‘rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz ma’naviyatining,intellektual- texnikaviy salohiyatining tamal toshini tashkil qiladi. 2 Қаранг: http//old/reliqions.us/usb/news 17 Ноябрь, 2013. Инсон онги учункурашнинг янги шакллари. 3 Қаранг : Абдумаликов А. Фуқаролик жамиятида шахс информацион маданиятини шакллантириш:монография.– Т.: Фан,2016.– Б.60.

Bunday vaziyatni yaxshi o‘rgangan g‘animlarimiz bizga qarshi ma’naviy xurujlarni amalga oshirishda xalqimizning mana shunday ulug‘vor qadriyatlariga mutlaqo teskari va begona bo‘lgan, asosan “individualizm”, “egoizm”,“kosmopolitizm”,“zo‘ravonlik”,“diniy mutaassiblik”, ”texnokratizm” kabi g‘oyalarini iloji boricha chiroyli niqoblarga o‘rab, jamiyatimizga olib kirishga urinmoqda. G‘animlarimizning xalqimiz milliy ongiga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘zlangan asosiy maqsadi davlatimiz asoschisi I.A. Karimov xulosa qilganidek: “O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat” 4 . Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‘layotgan informatsion xurujlar. Ma’lumki, xalqimizda o‘ziga xos milliy odatlar, an’analar shakllangan. Jamoa bo‘lib yashash, qarindosh-urug‘larga mehribonlik, to‘y va ma’rakalar, bayramlar, tarbiya masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning boshqalarda uchramaydigan o‘ziga xos yuqori darajasining namoyon bo‘lishi shular jumlasidan. Xalqimizning bu urf- odatlari asrlar davomida jamiyat mustahkamligining asosi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun naqadar ulkan ahamiyatini sezgan tahdidchilar bu borada ham muayyan informatsion xurujlarni amalga oshirmoqda. Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali ma’naviy qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nisbatan oqibatsizlik va shafkatsizlikka,texnikaviy zo‘rovonlik,vahshiyliklarni olib keluvchi g‘oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‘r berib targ‘ib qilmoqda. Bular orasida, ayniqsa, odamovilik, ota-onaga nisbatan 4 Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлигига ва букилмас иродасига боғлиқ // Унинг ўзи . Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т.12. – Т.: Ўзбекистон, 2004. –Б.250.