logo

Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning urni. Temperament

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.1611328125 KB
Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning urni.
Temperament
REJA
1. Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushunch a
2. Temperamentning fiziologik asoslari
3. Temperamentning o’zgarishi Temperament  va xarakter  odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol  namoyon
bo’ladigan   individual   xususiyatlardir.   Kishining   temperament   va   xarakter
xususiyatlari   bir-biriga   shunday   yaqindan   bog’lanib   (to’g’rirog’i   qo’shilishib)
ketgandirki, ularning qaysi biri xarakter xususiyatlariga taalluqli ekanligini odatda
hayot sharoitida ajratish qiyin bo’ladi.
I.TEMPERAMENT
Temperament   lotincha   «temperamentum»   degan   so’zdan   olingan   bo’lib,uning
ma’nosi «aralashma» demakdir.
Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushuncha
Temperament   deganda   biz,   odatda,   kishining   tabiiy   tug’ma   xususiyatlari   bilan
bog’liq bo’lgan individual xususiyatlarini tushunamiz.
I.P.Pavlov   temperamentni   quyidagicha   ta’riflaydi.   «Har   bir   ayrim   kishining   va
shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir
individning   butun   faoliyatlariga   muayyan   qiyofa   beradigan   nerv   sistemasining
asosiy   xarakteristikasidir».   (Polnoye   sobraniye   sochineniy,   III   tom,   2-kitob,   103-
bet). 
Temperament,   psixologik   jihatdan   olganda,   kishidagi   hissiyotning
qo’zg’alishlarida   va   kishidagi   umumiy   harakatchanlikda   ko’rinadigan   individual
xususiyatdir. 
Har  qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi   va barqarorligi har
xil   bo’ladi.   Bir   xil   odamlarning   hissi yoti   tez,   kuchli   qo’zg’aladi   va   barqaror
bo’ladi.   Ba’zi   ki shilarda   esa   bunday   qo’zg’alish   sust,   zaif   bo’lib,   uzoqqa
bor maydi.   Temperamentning   bunday   xususiyatlari   kishidagi   hissi yotning
qo’zg’alishlari   bilan   birga,   organizmning   atrofda gi   muhit   ta’siriga   javoban
ko’rsatadigan   ixtiyorsiz   reaksiya larida   ayniqsa   yaqqol   ko’rinadi.   Bu   xususiyatlar
tashqi  tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har  xil beixtiyor ish-
harakat   va   imo-ishoralarida   ko’rinib   turadi.   Kishi   hissiyotining   bunday
qo’zg’aluvchanlik   xususiyat lari   diqqatning   kuchi   va   barqarorligida,   iroda
sifatlari da,   aqliy   jarayonlar,   jumladan,   nutq   tezligida   aks   etadi.   Mana   shunday
ixtiyorsiz   faollikning   qanday   yuz   berishiga   qarab,   bir   xil   odamlarni   «tez», «betoqat»,   «serg’ayrat»,   «jo’shqin»   deymiz.   Ba’zilarini   esa   «sustkash»,
«lapashang»   va   hokazolar   deb   yuritamiz.   Bu   xildagi   individual   xususiyat lardan
kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Ayrim   temperamentlarning   alomatlari   kishining   bola lik   chog’larida   yaqqol
namoyon bo’ladi.
Har   bir   kishining   o’z   temperamenti   bo’ladi.   Lekin   har   qaysi   odamning
temperamentlarida mana shunday indivi dual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu
temperamentlar ning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Ham ma
xilma-xil   temperamentlarni   mana   shunday   umumiy   belgilariga   qarab   ajratish,
ya’ni klassifikasiya qilish  mumkin.
Barcha   temperamentlarni   qadimdan   to’rt   tipga:   1)   xole rik,   2)   sangvinik,   3)
melanxolik va 4) flegmatik tempera mentga ajratish rasm bo’lgan.
Xolerik   temperament   –   hissiyotning   tez   va   kuchli   qo’zg’a luvchanligi,
barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik   temperamentli kishilarning hissiyotlari
ularning   imo- ishoralarida,   mimikalarida,   harakatlari   va   nutqlarida   yaqqol
ko’rinib   turadi.   Xoleriklar   qizg’inlik   va   tajanglik ka   moyil   bo’ladilar.   Bunday
temperamentli   kishilar   chaqqon,   umuman   harakatchan,   serg’ayrat   va   har   doim
urinuvchan bo’ladi lar.
Bu   xil   temperamentli   bolalar   serg’ayrat   bo’ladilar.   Ular   bir   ishga   tez
kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga  yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik
bilan  jamoa   o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari
boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik  temperamentli bolalar arazchan,
serja h l   va   tajang   bo’ladi lar .   Bir   narsadan   xaf a   bo’l salar,   bu   xafali k   ularda
uzoq  sa q lanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davom li bo’ladi.
Sangvinik   temperament –   hissiyotning   tez,   kuchli   qo’zg’al uvchanligi,   lekin
beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sang vinik temperamentli kishilarning kayfiyati
tez-tez o’zgar ib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat  bilan tez
almashib   turmog’i   mumkin.   Sangviniklardagi   psi xik   jarayonlar,   xoleriklardagi
singari,   tez   o’tadi.   Bu   xil   temperamentli   kishilar   ildam,   chaqqon,   serharakat   va
jo’sh qin   bo’ladilar.   Sangvinik   temperamentli   kishilar   tevarak- atrofdagi voqyealardan   tez   ta’sirlanadilar   va   muvaffaqiyat sizliklar   hamda   ko’ngilsiz
hodisalar   uncha   qattiq   xafa   qilmaydi.   Ular   ko’p   ishga   tez   va   g’ayrat   bilan
kirishadi gan   bo’ladilar,   lekin   ishdan   tez   soviydilar.   Bir   zayldagi   ish larni   uzoq
davomli sur’atda bajarishga moyil bo’lmaydilar.
Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, il dam va chaqqon bo’ladilar.
Ular   har   qanday   ishga   qatnashish   uchun   doim   tayyor   bo’ladilar.   Ko’pincha,   bir
qancha   vazifalar ni   birdaniga   bo’yinlariga   oladilar.   Lekin,   har   bir   ishga   ishtiyoq
bilan  tez   kirishganliklari   singari,   boshlagan   ish dan tez  qaytishlari   ham  mumkin.
Sangviniklar   chin   ko’ngil dan   va’dalar   berishlari,   lekin,   ko’pincha,   va’dani
unutib,   uni   bajarmasliklari   ham   mumkin.   Bu   xil   temperamentli   bolalar
o’yinlarga   tez   va   zavq   bilan   kirishadilar,   lekin   o’yin   davomida,   o’z   rollarini
tez-tez   o’zgartirib   turishga   moyil bo’ladilar. Ularning darrov xafa bo’lishlari va
yig’ lashlari   mumkin,   lekin   ular   hafalikni   tez   unutadigan   bo’ladi lar.   Ularning
yig’isi   kulgi bilan tez almashadi.
Melanxolik   temperament   –   hissiyotning   sekin,   lekin   kuchli
qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi . Melanxoliklar  barqaror,
davomli bir kayfiyatga mo yil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda
zaif   bo’ladi.   Melanxolik   temperamentli   odamlar   sustkash   bo’ladilar.   Melanxolik
temperamentli   odam   ishga   birdan   kirishmasligi   mumkin,   lekin   bir   kirishsa,
boshlagan ishni  oxiriga yetkazmay qo’ymaydi.
Bunday   temperamentli   bolalar   mo’min-qobil,   yuvosh   bo’ladi lar,   ko’pincha,
birov   savol   bilan   murojaat   qilsa,   uyalib,   tortinib   javob   beradilar.   Ularni   darrov
xafa yoki xursand  qilish yengil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xa falik
uzoq   davom   etadi,   barqaror   bo’ladi.   Ular   bir   ishga   yoki   o’yin ga   tez   yopishib
kirishmaydilar,  lekin qandaydir   ish  yoki   bir   o’yin   boshlasalar,   bunda  chidam   va
matonat ko’rsatadilar.
Flegmatik   temperament   –   hissiyotning   juda   sekin,   kuch siz   qo’zg’alishi   va
uzoq   davom   etmasligi   bilan   farq   qiladi .   Flegmatik   temperamentli   kishilar
hissiyotlarining   tashqi   ifodasi   kuchsiz   bo’ladi.   Bu   xil   temperamentli   odam larni
xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha  qiyin. Flegmatiklarning   psixik   jarayonlari   sust   bo’ladi.   Bu   xil   temperamentli   odamlar
nihoyat   og’ir,   yuvosh,   bosi q ,   harakat lari   salmo q li   bo’ladi.   Agar   bir   faoliyatga
kirishsalar,  uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
  Flegmatik   temperamentli   bolalar   yuvosh,   m o’ min   qobil   bo’ladi.   Ular
ko’pchilikka   ham   aralashadigan,   tortincho q   va   h yech kimga tegmaydigan, birovni
ranjitmaydigan bo’ladilar.   Agar birov ular bilan urish chiqarmo q chi bo’lsa, o’zlarini
chetga   olishga   harakat   qiladilar.   Ular   shovqin-suronli,   harakat li   o’yinlarga   moyil
bo’lmaydilar.   Bu   xil   temperamentli   bolalar   jizzaki   bo’lmaydilar   va   odatda   ular
o’yin-kulgi larga moyil emaslar. 
Flegmatik   temperamentli   kishilar   (bolalar)   tashabbus   ko’rsatishga   moyil
bo’lmaydilar,   lekin   ular   faoliyatini   yo’l ga   qo’yilsa,   ancha   qunt   bilan   ish   ko’radilar,
yaxshi o’qib ketish lari mumkin.
Har   qaysi   odam   temperamentini   batamom   bir   tip   doira sigagina   «sig’dirib»
bo’lmaydi   albatta.   Tip   tushunchasining   o’zi   faqat   bir-birlariga   o’xshash   bir   guruh
odamlarnigina o’z   ichiga olishligini  nazarda tutadi. Har  qaysi  odam temperamentida
o’ziga   xos   individual   xususiyatlari   bo’ladi,   bu   xususiyatlarni   batamom   muayyan   bir
temperament tipiga kiritib  bo’lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir,
ya’ni   shu   shaxsning   o’zigagina   xos   xususiyatdir.   Ko’pchilik   odamlarda   bir   tip
temperament   alomatlari   ikkinchi   bir   tip   temperament   alomatlari   bilan   qo’shilgan
bo’lishini   ko’ramiz;   chunonchi,   xolerik   temperamentli   kishida   melanxolik   yoki
flegmatik temperament  alomatlari  bo’lishi,  sangvinik tem peramentli  kishida   xolerik
va flegmatik temperament alo matlari bo’lishi mumkin va hokazo.
Odamlarni   faqat   ularda   qaysi   temperament   belgilari   ustun   bo’lsa,   shunga   qarab,
ma’lum bir temperament tipiga  kiritish mumkin.
2. Temperamentning fiziologik asoslari
Temperament   haqidagi   ta’limot   dastlab   qadimgi   (bizning   eramizdan   oldingi   460–
356 yillarda yashagan) grek olimi  Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga
muvofiq   sur’atda,   keyinchalik   «temperament»   termini   ham   ishlatila digan   bo’ldi,
shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari  o’rnashib qoldi. Gippokrat   ta’limotiga   muvofiq,   odamlarning   tempera ment   jihatdan   turlicha
bo’lishi, ularning organizmidagi  suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda bo’lishi
bi lan   bog’liqdir.   Gippokrat   fikricha,   odam   tanasida   to’rt   xil   suyuqlik   (xilt)   bordir.
Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha sholye), qon  (latincha sandus), (qora o’t- grekcha
melanhole)   va   balg’am   (grekcha   rhlegma)   bordir.   Bu   suyuqliklarning   har   biri   o’z
xususiyat iga   ega   bo’lib,   ularning   o’z   vazifasi,   ishi   bordir.   Chunonchi,   o’tning
xususiyati   –   quruqlikdir.   Uning   ishi   –   or ganizmdagi   quruqlikni   saqlab   turish,   ya’ni
badanni quruq  tutishdir. Qonning xususiyati – issiqlikdir. Uning ishi –  organizmni isitib
turishdir. Qora o’tning xususiyati – namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish,
uning   namligini   tutib   turishdir.   Balg’am   (shilimshiq   modda)ning   xususiyati
sovuqlikdir.   Uning   ishi   –   badanni   sovitib   tu rishdir.   Gippokrat   fikriga   muvofiq,   har
qaysi   odamda   shu   to’rt   xildagi   suyuqlikdan   biri   ko’proq   bo’lib,   ustun   turadi.   Bu
aralashma   (latincha   tyemperamentum)   lardan   qaysi   biri   ustun   bo’lishiga   qarab,
odamlar   temperament   jihatdan   har   xil   bo’ladilar.   Xoleriklarda   sariq   o’t   ustun;
sangviniklar da   –   qon;   melanxoliklarda   –   qora   o’t;   flegmatiklarda   esa   balg’am
(shilimshiq modda) ustun bo’ladi deb ko’rsatadi.
Gippokratning mana shu to’rt  xil moddalar aralashmasp   to’g’risidagi ta’limotidan
kelib   chiqqan   temperament   so’z i   qadimgi   zamonlardan   beri   hozirgacha   saqlanib
kelmoqda.
Temperament   xususiyatlarining   ilmiy   sabablari   I.P. Pavlovning   yuksak   nerv
faoliyat   tiplari   haqidagi   ta’limo tida   ochib   berildi.   I.P.Pavlov   yuksak   nerv   faoliyat
turla ri   deganda   hayvon   bilan   odam   nerv   sistemasining   faoliyati dagi   eng   muhim
xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi.
I.P.Pavlov   itlar   ustida   ko’p   tajribalar   o’tkazib,   reflekslarni tekshirishi natijasida,
hayvonlar   nerv   sis temasining   a)   qo’zg’alish   va   tormozlanishning   kuchiga,   b)   bu
jarayonlarning   muvozanatiga   va   v)   ularning   ildamlik   dara jasiga   qarab   bir-biridan
farq qilishini aniqladi.
I.P.Pavlov   ajratishicha,   nerv   sistemasining   kuchi   hujayra lardagi   fiziologik
moddalarning zapas miqdori bilan belgilanadi. Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zapas ko’p miqdor da bo’lib, kuchsiz tipda
ozdir.
Nerv   sistemasining   kuchi   qo’zg’alish   jarayoniga   ham,   shu ningdek,   tormozlanish
jarayoniga ham tegishlidir. Nerv  sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo’zg’ovchilarga
«bardosh»  bera olish qobiliyatida ko’rinadi.
Nerv   jarayonlari   kuchining   ahamiyati   shundan   ravshan   ko’rinib   turadiki,–   deydi
I.P.Pavlov,– atrofdagi muhitda  odatdan tashqari, favqulodda hodisalar, zo’r kuchga
ega   bo’lgan   qo’zg’ovchilar   ma’lum   darajada   tez-tez   voqye   bo’lib   turadi,   shu   bilan
birga,   tabiiy   ravishda,   ko’pincha,   bu   qo’zg’ovchilar ning   ta’sirini   boshqalarning
talabiga   va   shuningdek,   undan   ham   qudratli   bo’lgan   tashqi   sharoitning   talabiga
muvofiq   bosmoq,   to’xtatib   turmoq   zaruriyati   tug’iladi.   Nerv   hujayra lari   esa   o’z
faoliyatining   bunday   haddan   tashqari   zo’riqishiga   bardosh   berishi   kerak» 1
.
(I.P.Pavlov, Polnoye sobraniye sochineniy, III tom, 2-kitob, 268-bet).
Nerv   sistemasidagi   muvozanat,   I.   P.   Pavlov   ta’limotiga   muvofiq,   nerv
sistemasining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining  kuch darajasini teng baravar
holda   tutib   tura   bilish   qobiliyatida   ko’rinadi.   Qo’zg’alish   va   tormozlanish   baravar
darajada   kuchli   yoki   kuchsiz   bo’lganda,   nerv   sistema sida muvozanat  bo’ladi. Shu
jarayonlardan   biri   kuchliroq   yoka   kuchsizroq   bo’lsa,   nerv   sistemasida   muvozanat
bo’lmaydi.
Nerv   sistemasining   ildamligi   (labilligi)   miya   po’sti ning   biron   qismidagi
qo’zg’alishning   tormozlanishi   bilan   yoki,   aksincha,   tormozlanishning   qo’zg’alish
bilan   naqadar   yengil   al mashinishidan   iborat.   I.   P.   Pavlov   nerv   sistemasining   bu
xususiyatiga   ayniqsa   katta   ahamiyat   bergan   edi.   «Ravshanki,   eng   muhimi
ildamlikdir,– deydi u,– hayot o’zi deganicha qila   beradi, hamma sharoitni o’zgartirib
yuboradi, u juda ham o’zgar uvchan, kimki sergaklik bilan bu o’zgarishlarni darrov
payqab ola bilsa, ya’ni ildam esga ola biladigan nerv siste masi bo’lsa, o’sha yutadi».
(«Pavlovskiye sredo’», II tom, 244-bet).
Yuqorida  ko’rsatilgan  belgilariga  qarab, nerv sistemasi ning   quyidagi   to’rt   asosiy
tiplarini ajratiladiki, bular,  I. P. Pavlov fikricha, Gippokratning to’rtta temperament
tipiga to’g’ri keladi: a) kuchli muvozanatli va epchil tip.  Serharakat tip. Bu tip sangvinik temperament
asosini tashkil  etadi.
b) kuchli,   muvozanatli   inert   (sustkash)   tip   og’ir   vazmin   tip.   Flegmatik
temeperamentning asosini tashkil  etadi.
v) kuchli,   lekin   muvozanatsiz,   ya’ni   qo’zg’alish   tormozla nishdan   ustun
chiqadigan,  q iz g’ in, j o’ sh q in ,  tip. Bu–xolerik  temperamentning asosini tashkil etadi.
g) kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil  etadi.
I. P. Pavlov nerv faoliyatinnng bunday tiplari odam larga ham xos deb hisoblaydi.
«Hayvonlar   nerv   sistema   tip larini   klassifikasiyalashning   elementar   fiziologik
asoslariga   suyanib   turib,   deydi   I.   P.   Pavlov   ana   shu   tiplarni   ko’pchilik   odamlarga
nisbatan ham qabul qilish lozim».
Shunday qilib, temperament, I. P. Pavlov ta’limotiga  muvofiq, yuksak nerv faoliyat
tiplarining kishi  h ulkida na moyon bo’lishidan iboratdir.
3. Temperamentning o’zgarishi
  Ammo   temperament   haqida   bayon   qilingan   bu   fikrlardan   odam
temperamentining   barcha   x ususiyatlari   albatta   nerv   sis temasining   tuzilish
x ususiyatlari   bilan   qat’iy   ravishda   bel gilanadi   va   o’zgarmaydi,   degan   xulosa
chiqarish   yaramaydi.   Nerv   sistemasining   ma’lum   bir   tipi   faqat   shaxsda   ma’lum
sifatlarga   moyillik   vujudga   keltiradi,   unga   zamin   hozir laydi,   xolos.
Temperamentga   xos   bo’lgan   x ususiyatlarni   kishi   o’z   irodasi,   istagi   bilan   o’zi
o’ stira   oladi,   birmuncha   yo’qota   yoki   o’zgartira   oladi.   Kishi   temperamenti
x ususiyatlaridagi   bun day   o’zgarishlar   kishining   shaxsiy   istagi   bilangina   vujudga
kelib  qolmay,   balki,  kishining   hayot   tajr i basi   jarayonida,   atrof-tevarakdagi   muhit
ta’siri, asosan tarbiya ta’siri osti da ham vujudga keladi.
Nerv   faoliyatining   o’zi   qandaydir   o’zgarmaydigan   bir   nar sa   emasligini
I.P..Pavlov takror-takror o’qtirib o’tgan. U nerv sistemasining  faoliyati  «turmush
beradigan   tarbiya   ta’ siri   bilan»   o’zgarishi   mumkin,   va   bir   shaklga   kirgan   nerv
faoliyati»   faqat   tug’ma   nerv   sistema   tipi   bilangina   belgi lanmasdan,   balki
organizm hayotining butun tarixi bilan ham  belgilanadi deb hisobladi. «Odam   bilan   hayvonning   hatti-harakati,   deydi   I.   P,   Pavlov,–faqat   nerv
sistemasining   tug’ma   xususiyatlarigagi na   bog’liq   bo’lib   qolmay,   balki
organizmning   individual   hayot ida   unga   doim   ko’rsatilgan   va   ko’rsatilayotgan
ta’sirlar ga   ham   bog’liqdir,   ya’ni,   keng   ma’noda   olganda,   doimiy   tar biya   yoki
o’rgatishga   bog’liqdir.   Buning   sababi   shuki,   nerv   sis temasining   yuqorida
ko’rsatilgan   xossalari   bilan   bir   qatorda ,   uning   eng   muhim   xossasi   bo’lgan   eng
yuksak   plastikligi   ham   to’xtovsiz   kor   qilib   turadi.   Demak,   agar   gap   nerv   siste -
masining   tabiiy   tipi   to’g’risida   borar   ekan,   u   vaqtda   tug’ilgan   kunidan   boshlab
mana   shu   organizmga   ta’sir   etgan   va   hozir gi   vaqtda   ham   ta’sir   etib   turgan
hamma   ta’sirlarni   hisobga   olmoq   kerak».(Polnoye   sobraniye   sochineniy,   III
tom, 2-kitob, 269-bet).
Kishining   temperamenti   o’zicha   ayrim   ravishda   namoyon   bo’lmaydi ,   u
kishining xarakteri tarkibiga kiradi. Foydalaniladigan    adabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. O’zbekiston.  2014 .
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1- 2 2 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-2014.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.  T.-Ma’naviyat. 2008.
4. Karimov   I.A.   “Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo’lida   xizmat
qilish — eng oliy saodatdir”. T.: O’zbekiston. 2015.
Asosi y  adabiyotlar
1. G’oziyev E.G’.   Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 2010.
2. Leontyev   A.N.   Leksii   po   obщyey   psixologii:   ucheb.posobiye   dlya
stud.vыssh.ucheb.zavedeniy.   –   5-ye   izd.,   ster.   –   M.:   Smыsl;   Izdatelskiy   sentr
«Akademiya», 2010. – 511 s.
3. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii.  –   SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
4. Yaroshevskiy M. G. Istoriya psixologii. – M., 2012.
5. Marsinkovskaya T.V. Istoriya psixologii. M., 2002 
6. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.   
7. Schiffman   H.R.   Sensation   and   Perception:   An   Integrated   Approach.   5    th
  
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608        p.   
8. A History of Modern Psychology  /  Duane P. Schultz ,  Sydney Ellen Schultz . 
Series:  PSY 310 History and Systems of Psychology.  Hardcover:  432 pages. 
Publisher:  Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011). Language:  English. 
ISBN-10:  1133316247. ISBN-13:  978-1133316244

Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning urni. Temperament REJA 1. Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushunch a 2. Temperamentning fiziologik asoslari 3. Temperamentning o’zgarishi

Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo’ladigan individual xususiyatlardir. Kishining temperament va xarakter xususiyatlari bir-biriga shunday yaqindan bog’lanib (to’g’rirog’i qo’shilishib) ketgandirki, ularning qaysi biri xarakter xususiyatlariga taalluqli ekanligini odatda hayot sharoitida ajratish qiyin bo’ladi. I.TEMPERAMENT Temperament lotincha «temperamentum» degan so’zdan olingan bo’lib,uning ma’nosi «aralashma» demakdir. Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushuncha Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug’ma xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan individual xususiyatlarini tushunamiz. I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. «Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy xarakteristikasidir». (Polnoye sobraniye sochineniy, III tom, 2-kitob, 103- bet). Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko’rinadigan individual xususiyatdir. Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil bo’ladi. Bir xil odamlarning hissi yoti tez, kuchli qo’zg’aladi va barqaror bo’ladi. Ba’zi ki shilarda esa bunday qo’zg’alish sust, zaif bo’lib, uzoqqa bor maydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissi yotning qo’zg’alishlari bilan birga, organizmning atrofda gi muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiya larida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har xil beixtiyor ish- harakat va imo-ishoralarida ko’rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo’zg’aluvchanlik xususiyat lari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlari da, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odamlarni «tez»,

«betoqat», «serg’ayrat», «jo’shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyat lardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi. Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bola lik chog’larida yaqqol namoyon bo’ladi. Har bir kishining o’z temperamenti bo’ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday indivi dual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu temperamentlar ning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Ham ma xilma-xil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikasiya qilish mumkin. Barcha temperamentlarni qadimdan to’rt tipga: 1) xole rik, 2) sangvinik, 3) melanxolik va 4) flegmatik tempera mentga ajratish rasm bo’lgan. Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo’zg’a luvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo- ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglik ka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladi lar. Bu xil temperamentli bolalar serg’ayrat bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serja h l va tajang bo’ladi lar . Bir narsadan xaf a bo’l salar, bu xafali k ularda uzoq sa q lanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davom li bo’ladi. Sangvinik temperament – hissiyotning tez, kuchli qo’zg’al uvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sang vinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgar ib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Sangviniklardagi psi xik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bu xil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo’sh qin bo’ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak- atrofdagi

voqyealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyat sizliklar hamda ko’ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko’p ishga tez va g’ayrat bilan kirishadi gan bo’ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ish larni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil bo’lmaydilar. Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, il dam va chaqqon bo’ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo’ladilar. Ko’pincha, bir qancha vazifalar ni birdaniga bo’yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ish dan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko’ngil dan va’dalar berishlari, lekin, ko’pincha, va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu xil temperamentli bolalar o’yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o’yin davomida, o’z rollarini tez-tez o’zgartirib turishga moyil bo’ladilar. Ularning darrov xafa bo’lishlari va yig’ lashlari mumkin, lekin ular hafalikni tez unutadigan bo’ladi lar. Ularning yig’isi kulgi bilan tez almashadi. Melanxolik temperament – hissiyotning sekin, lekin kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi . Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga mo yil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo’ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo’ymaydi. Bunday temperamentli bolalar mo’min-qobil, yuvosh bo’ladi lar, ko’pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov xafa yoki xursand qilish yengil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xa falik uzoq davom etadi, barqaror bo’ladi. Ular bir ishga yoki o’yin ga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o’yin boshlasalar, bunda chidam va matonat ko’rsatadilar. Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuch siz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi . Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu xil temperamentli odam larni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin.

Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu xil temperamentli odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosi q , harakat lari salmo q li bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar. Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, m o’ min qobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka ham aralashadigan, tortincho q va h yech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo’ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmo q chi bo’lsa, o’zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakat li o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgi larga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko’rsatishga moyil bo’lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo’l ga qo’yilsa, ancha qunt bilan ish ko’radilar, yaxshi o’qib ketish lari mumkin. Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doira sigagina «sig’dirib» bo’lmaydi albatta. Tip tushunchasining o’zi faqat bir-birlariga o’xshash bir guruh odamlarnigina o’z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o’ziga xos individual xususiyatlari bo’ladi, bu xususiyatlarni batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo’lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o’zigagina xos xususiyatdir. Ko’pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo’shilgan bo’lishini ko’ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo’lishi, sangvinik tem peramentli kishida xolerik va flegmatik temperament alo matlari bo’lishi mumkin va hokazo. Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo’lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin. 2. Temperamentning fiziologik asoslari Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460– 356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatila digan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari o’rnashib qoldi.