Nikox va oilaning axlokiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi urni
Nikox va oilaning axlokiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi urni Reja: 1.Nikoxni kadimiy axlokiy munosabat shakli.Nikoxning konuniy va diniy jixatlari. 2. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muxitining farzand garbiyasiga ta’Siri va o ta –ona va farzandlap mas’uliyati. 3.Milliy ma’navnyatimizda nikox va oilaga doir axlokiy kadriyatlar 1. Uzbekistonda yoshlar tarbiyasi ma’naviy-axlokiy kamolotida nikox va oila xakidagi milliy axlokiy kadriyatlarining urni. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy-axlokiy tamoyillarini shakllshtirish Ajralish va uning axlokiy kamolotga salbiy ta’siri. 2. Oilaviy mu nosabatlariga noan’anaviy yondashuvlarning okibatlari. 3. Davlatning oila tinchligi va barkarorligini ta’minlash dagi urni. Oila shar t nomasinn tuzishnish ax lo kiy jixatlari
Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kelishi uning quyidagi uchta jihatlari o‘zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1]Nikox; 2]Oilaviy mulk va unga egalik qilish ; 3] Farzand tarbiyasi. Nikox oila tizimining negizi hisoblanadi. Oila va nikox turli darajadagi ijtimoiy tuzilmalaridir. Oila kishilarning tabiiy- biologik[jinsiy munosabatlar, uy-ro‘zg‘or yuritish, farzand ko‘rish], xuquqiy- ma'naviy munosabatlarga [sevgi-muhabbat, mas'uliyat, burch, vijdon va x.] asoslangan birlikdir. Nikoh esa oilaning faqat xuquqiy asosi bo‘lib, oila boshliqlarining bir-birlari va jamiyat oldidagi axloqiy va xuquqiy burch majburiyatlarini, mas'uliyatini belgilaydi. Shunga ko‘ra uning mohiyatan ijtimoiy-ma'naviy hodisa tarzdagi maqomati belgilovchi jihatdir. Nikox-bu ikki jinsdagi kishining ixtiyor erkinligiga asoslangan oila qurishlariga berilgan fatvodir. Tarix, qadimshunoslik, etnografiya fanlarining ko‘rsatishicha, nikox kishilik jamiyatining sivilizatsiya tomon tadrijiy rivojlanib borishi jarayonida takomillashib borgan. Nikohning dastlabki shakli - ekzogamiya , ya'ni nikoh bo‘lib, uning o‘zi ham quyidagi shakllarda - bochqichlar bo‘yicha oddiydan murakkabga qarab o‘zgarib boradi. Bular: 1]poligamiya [ko‘pnikoxlik]; 2]poliginiya [ko‘pxotinlilik]; 3]poliandriya [ko‘perlilik]. Urug‘chilikni paydo bo‘lishi bilan ko‘pnikohlilik[poligamiya] yuzaga keladi, yaqin qarindoshlar o‘rtasida jinsiy munosabat-aloqada bo‘lishni tabu taqiqlarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Poliginiya – erkak kishining chegaralangan miqdordagi ayollar bilan poliandriya esa ayol kishining chegaralangan, bir qancha erkaklar bilan nikohli ittifoqidir. Nikoh bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xuquqiy va axloqiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Bular; xuquqiy, axloqiy, diniy jihatlar. Xuquqiy tomondan, sotsial norma, talablar majmui bilan shartlangan bo‘ladiki, ular muayyan qonun-
qoidalarda mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan uning shartlaridan eng muhimi– nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari[yigitlar 18 yosh, qizlar 17 yoshdan nikoh tuzish xuquqiga ega]. Shuningdek nikohning davlat tomonidan rasmiy ro‘yxatga qayd etilishi oilada er- xotining xuquqlariga doir talablar uning xuquqiy jihati hisoblanadi. Nikohning xuquqiy jihati uning axloqiy jihatini zaruran taqozo etadi-ushbu jihatlar uyg‘unlashgan paytdagina qurilgan oila mustahkam bo‘ladi. Oila buzilishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu uyg‘unlikning buzulishi hisoblanadi. Nikohning axloqiy jihati asrlar davomida shakllangan sevgi-muhabbat, or- nomus, burch, sharm-xayo vafo-kabi axloqiy tamoyil, normalar bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda shuni ta'kidlash kerakki, Sharqda xususan, o‘zimizning yurtimizda avval-azaldan nikohning axloqiy jihati ustivor hisoblangan.[Abdulla Oripovning “Ayol she'rida sevgi-muhabbat, vafodorlik axloqiy tamoyillari o‘zining ifodasini topgan.] Axloqiy tomondan qurilgan nikohda sevgi, ya'ni tomonlarning muhabbati yetakchi o‘rin tutadi. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq, goh yashirin sevgi-muhabbat bo‘lishi mumkin. har ikki holda ham rozilik sharti bilan qurilgan oila uning muhim tomonini tashkil etadi. Ko‘pincha bunday oilaning qurilishiga ota-onalarda norozilik, shubxa uyg‘otadi, chunki bo‘lajak kelin- kuyovning oilaviy kelib chiqishi, ota-onasi, axloqiyligi haqida hech qanday ma'lumotga ega bo‘lmaganligi uchun ular bundan nikohga qarshi bo‘ladilar. Hozirgacha qarb madaniyati, demokratiyasi ideallari jamiyatimiz hayotiga ta'siri kuchli bo‘lsa-da, oilalar xalqimizga xos urf-odat, an'analar bo‘yicha qurilmoqda. Bunda, ayniqsa, ota-ona, mahalla qo‘shnilarning fikrlari, ishtiroki muhim jihat hisoblanadi. Masalan, o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, so‘rovga jalb qilingan, oila qurayotgan yosh yigit-qizlarning 83,3 foizi oila qurish nikohdan o‘tishda ota-onalarning roziligi, oq fotixasi zarur deb hisoblaydilar. “Sizningcha, nikohdan o‘tish haqidagi masalani hal qilish haqida mahalla, yaqin qo‘shnilarning fikrini hisobga olish kerakmi?” degan savolga esa ularning
47,6 foizi albatta kerak bu muhim deb, 38,8 foiz kerak juda zarur bo‘lgan holda deb javob beradilar. Hozirgi paytda nikohning xuquqiy jihati shariat qoidalari asosida mustahkamlanadi. Bunday holatda har ikkala tomon roziligi olinadi va diniy marosimlar o‘tkaziladi[islom dinida mulla tomonidan fotixa surasi o‘qiladi, xristian dinida cherkov oldida va xudojo‘y cherkov otasi tomonidan kerakli marosimlar o‘tkaziladi. Mazkur nikohda ham tomonlar bir-biriga hurmat qilishga, hayotning achchiq va shirin kunlarida birga yelkadosh bo‘lishni o‘z zimmalariga oladilar. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqi bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda tabiiy-ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajalidir. Shuning uchun nikohsiz qurilgan oilalar jamiyat oldida burch va ma'suliyatsiz yashaydilar va unda tug‘ilib voyaga yetgan farzandlar ham yetuk insonlar bo‘lib shakllanmaydilar. Oilaning ikkinchi jixhatini oilaviy merosiy munosabatlar bu uning mavjudligi, mustaqqilligini, tinch osoyishtaligi ta'minlovchi moddiy asos hisoblanadi. U oila a'zolarning balki ma'naviy ehtiyojlarni qondirish, baxtli hayot kechirishlarining muhim omilidir. Oilaviy boylik, molu-mulk halol mehnat bilan topilgan paytdagina oilada axloqiy muhit yuzaga keladi. Oilada asosan erkak kishi yetakchilik qiladi. Oilani boshqarish va uni moddiy jihatdan ta'minlash uning zimmasiga yuklanadi. Ayol kishi oilada ko‘proq uy-yumushlari, farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Moddiy jihatdan ta'minlangan oilalarda ko‘pincha farzandlar turli axloqsiz yo‘llarga kirib ketishi mumkin.[O‘g‘irlik, qalloblik va x.] Lekin shuni aloxida ta'kidlash lozimki, moddiy boylik hech qachon oilada ustuvor xarakterga ega bo‘lmasligi lozim, aks holda, unday oila axloqsizlikka, tubanlikka yuz tutadi. Xadisi shariflarda: “Oila moddiy jihatdan qancha farovon bo‘lsa ham, lekin er- xotin bir-birlaridan ma'naviy oziqa topolmasa, u eng qashoq oiladir”, deyiladi. Shuning uchun hukumatimiz kam ta'minlagan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha doimiy ravishda tadbir-choralarni amalga oshirib bormoqda.
Oilaning uchinchi jihati farzandlar tarbiyasidir. Bu har qanday jamiyatda nihoyatda katta jamiyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir. Oilada asosan ayol ko‘proq farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, lekin konstitutsiyamizning 14 bobi 64-moddasida ota-ona o‘z farzandlarini voyaga yetkazishda birdek ma'suldirlar, deb ko‘rsatilgan. Shuni yaxshi tushunib olish kerakki, oilada, farzand tarbiyasida xuquqiylikdan ko‘ra axloqiylik ustuvor xarakterga egadir. Boshqacha qilib aytganda ota-ona farzandlariga yuksak va oliyjanob axloqiy fazilatlari bilan namuna bo‘la olishlari bilan tarbiyani amalga oshiradilar. Xalq tilida aytganda “qush uyasida ko‘rganini qiladi 2. Oila jamiyatning asosi, muhim hujayrasi va ayni paytda u ma'naviy ijtimoiy muhit hisoblanadi. Shunga ko‘ra u jamiyatning boshlang‘ich axloqiy asosi vazifasini o‘taydi. Avvalambor oila mikro ma'naviy maskan bo‘lib, u qanday tashkil topsa, shakllansa, jamiyat ham shunday taraqqiy etadi. Shu ma'noda oila jamiyat tizimining tarkibiy qismiki, ayni paytda uning o‘zi ham makrooiladir. Inson ana shu mikro ma'naviy-maskan muhitida voyaga yetadi va unda axloqiy fazilatlar egasi kamol topadi. Oila insoniyatning sivilizatsiya bosqichiga asosiy omil vazifasini o‘taydi. Tarix, qadimshunoslik [arxeologiya] fanlarining ko‘rsatishicha insoniyat ma'lum davr mobaynida oilasiz davrni boshidan kechirgan. Oilaning tarixan shakllanishi jarayonida insonning tabiiy-biologik jihati, munosabatlari axloqiy talab, normalar asosida ijtimoiylashadi. Va buning natijasi o‘laroq ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan er-xotinlik, ota-ona, qarindoshlik tashkilot- davlat shakllanadi. Oilaning bunday xususiyatiga birinchilardan bo‘lib qadimgi yunon faylasufi Aflotun e'tiborini qaratgan va davlat oilalarning o‘zaro birlashishi natijasida yuzaga keladi deb tushuntiradi. Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kelishi uning quyidagi uchta jihatlari o‘zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1]Nikox; 2]Oilaviy mulk va unga egalik qilish ; 3] Farzand tarbiyasi. Nikox oila tizimining negizi hisoblanadi.